toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi ijrosini samarali ta’minlash, norma ijodkorligi jarayonida “aqlli tartibga solish” usullaridan keng foydalanish hamda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish barqarorligini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda qonunchilik hujjatlari natijadorligini monitoring qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini rivojlantirish maqsadida:
1. Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 1860 ta qonunchilik hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilganligi va shundan 243 ta hujjatda 350 ta o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan normalar va huquqiy bo‘shliqlar aniqlanganligi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga moliya, kredit, bank, tadbirkorlik faoliyati, ijtimoiy himoya, tashqi iqtisodiy aloqalar hamda bojxona ishi sohalarida qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1-ilovaga muvofiq;
Qonunchilik hujjatlaridagi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan normalar va huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlaridagi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan va amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan normalar, huquqiy bo‘shliqlar hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin.
2. 2024-yil 1-oktabrdan boshlab, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholashning (keyingi o‘rinlarda — baholash) soddalashtirilgan va kengaytirilgan tartibi joriy qilinsin. Bunda:
a) soddalashtirilgan tartibda loyiha ishlab chiqilishidan oldin quyidagi tartibga solish vositalari baholanadi va baholash natijalari yuzasidan Adliya vazirligining dastlabki xulosasi olinadi:
jismoniy va yuridik shaxslarga majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarni belgilash (keyingi o‘rinlarda — talablar), ularni o‘zgartirish yoxud talablarga rioya qilishni yoki ularni bajarishni ta’minlash bilan bog‘liq ta’sir choralarini qo‘llash;
tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, preferensiya va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini joriy qilish, ularning ta’sir doirasini kengaytirish yoki qisqartirish;
b) kengaytirilgan tartibda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari baholanadi:
soddalashtirilgan baholash natijalari bo‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga ta’siri darajasi yuqori deb topilgan loyihalar;
Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari hamda baholash sohasidagi vakolatli organlar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlarning taklifiga ko‘ra kengaytirilgan baholashdan o‘tkazilishi lozim deb topilgan loyihalar.
Adliya vazirligi ikki oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish ta’sirini soddalashtirilgan va kengaytirilgan baholashdan o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlasin.
3. Amaldagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llash samaradorligini tahlil qilish, baholash faoliyatini kompleks tashkil etish va bu borada joriy etilgan institutlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda ta’sirchanligini oshirish maqsadida 2025-yildan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etilsin:
a) ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, huquqiy normalarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat kuchga kirgandan so‘ng:
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish, uning ijrosini ta’minlash hamda baholash uchun statistik ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida har yili mas’ul davlat organi tomonidan monitoring olib boriladi;
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilganligi va samaradorligini aniqlash maqsadida qonunosti hujjatlari har uch yilda mas’ul davlat organi tomonidan baholashdan o‘tkaziladi;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi va baholashdan o‘tkazilishiga mas’ul bo‘lgan davlat organi ko‘rsatiladi;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat monitoringi va baholash natijalari majburiy ravishda Adliya vazirligiga taqdim etiladi hamda mas’ul davlat organining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi;
b) qonunchilik hujjatlarining huquqiy monitoringi tartibga solish ta’sirini baholash doirasida o‘tkaziladi;
v) qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha kompleks reja (keyingi o‘rinlarda — kompleks reja) har yili Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
g) kompleks reja ijrosi bo‘yicha Adliya vazirligi hisoboti Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasiga taqdim etib boriladi.
4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertlar bilan keng muhokama qilgan holda ishlab chiqilishini ta’minlash maqsadida:
a) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, shu jumladan, baholashda, ma’lumot yig‘ish (so‘rov, fokus guruh muhokamalari va boshqa) jarayonlariga ilmiy tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari keng jalb qilinadi;
b) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
davlat organlari tomonidan qonun loyihalari bo‘yicha ushbu sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari xulosalari majburiy ravishda olinadi, qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyihalar bundan mustasno;
davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari xulosalari va muhokama natijalari bo‘yicha materiallar loyihani Adliya vazirligi hamda hujjatni qabul qiluvchi organlarga kiritishda majburiy tartibda ilova qilinadi.
5. Adliya vazirligi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti bilan birgalikda ikki oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Bosh vazir kotibiyati tarkibida 3 ta shtat birligidan iborat Tartibga solish ta’sirini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertiza bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — Bo‘lim) tashkil etilsin.
Bunda Bo‘limning shtat birliklari Adliya vazirligi tizimidan 2 ta shtat birligini hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tizimidan 1 ta shtat birligini maqbullashtirish hisobiga shakllantiriladi.
Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari etib belgilansin:
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish sohasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning baholashdan o‘tkazilishini va korrupsiyaga qarshi ekspertizasini amalga oshirish;
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi holatining tanqidiy tahlilini amalga oshirish, natijasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va baholashdan o‘tkazishning barcha bosqichlarida jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalarni aniqlash va bartaraf etish tizimining sifati hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
7. Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut)ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish barqarorligini ta’minlash sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, tartibga solish ta’sirini baholash siyosatini samarali amalga oshirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
qonunchilik hujjatlarini baholashdan o‘tkazish orqali ijtimoiy munosabatlarni samarali va barqaror tartibga solish hamda tartibga solish yukini kamaytirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;
qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini baholash, ilmiy, huquqiy, korrupsiyaga qarshi va boshqa turdagi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, mazkur yo‘nalishlarda o‘quv kurslarini tashkil etish;
qonunchilikdagi muammolarni tahlil qilish, huquqiy normalarning o‘zaro bog‘lanishi, kompleksligi va uyg‘unligi monitoringini o‘tkazish, qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish yo‘nalishlarini belgilash;
yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni jadallashtirish, xalqaro moliya institutlari va xorijiy donorlarning texnik ko‘mak va grantlarini jalb qilish;
qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ularni baholash, ilmiy, huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish.
Belgilab qo‘yilsinki, Institut xodimlari mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shart-sharoitlari bo‘yicha Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
Adliya vazirligi ikki oy muddatda Institut faoliyatini samarali tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Vazirlik va idoralar markaziy apparatlarida tuzilgan strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
tashkilotning norma ijodkorligi faoliyatiga “aqlli tartibga solish” vositalarini keng joriy etish;
tashkilot tomonidan ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan qonunchilik hujjatlari loyihalari bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish va ularni Rejalashtirish dasturiga kiritish;
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari baholashdan o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek, tashkilotning norma ijodkorligi faoliyatiga, shu jumladan, baholash yuzasidan uslubiy yordam ko‘rsatish;
qonunchilik hujjatlari ijrosi monitoringini o‘tkazish, shu jumladan, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, tahlil qilish, uning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
9. Strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar, qoida tariqasida, tegishli soha mutaxassislari, iqtisodchi, huquqshunos mutaxassisligiga ega xodimlar bilan jamlanadi hamda ularning har ikki yilda kamida bir marta majburiy ravishda malakasini oshirish tartibi joriy etiladi.
Strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar xodimlari malakasini oshirishni tashkil etish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Belgilansinki, quyidagi xarajatlar respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini baholashdan o‘tkazish jarayoniga ilmiy tashkilotlar, maslahat xizmatini ko‘rsatadigan tashkilotlar va soha ekspertlarini jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining baholash uchun mas’ul xodimlarining malakasini oshirib borish bilan bog‘liq xarajatlar.
11. Davlat organlarining qonunchilik hujjatlari loyihalarini baholashdan o‘tkazish faoliyati samaradorligini tahlil qilish, baholash, xodimlarni rag‘batlantirish va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash reytingi (keyingi o‘rinlarda — Reyting) joriy etilsin.
Reyting ushbu Farmonga 4-ilovada keltirilgan baholash mezonlari asosida Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari loyihalarini baholash reytingini aniqlash uslubiyotiga muvofiq yuritiladi.
12. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Adliya vazirligi tomonidan har yili yil yakunlari bo‘yicha Reyting aniqlanadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi;
Reytingda dastlabki uch o‘rinni egallagan davlat organlarining baholashga mas’ul xodimlari tegishli davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik mehnat haqi fondining uch baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik moddiy rag‘batlantiriladi;
Reytingi past davlat organlarining faoliyatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi.
13. Adliya vazirligi (A. Tashkulov):
mas’ul vazirlik va idoralarga mazkur Farmon talablarining amalga oshirilishi yuzasidan amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatib borsin;
2024-yil 1-noyabrga qadar Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini ushbu Farmon talablari asosida takomillashtirilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmonga 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar asosida qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish choralarini ko‘rsin;
uch oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida taklif kiritsin;
ushbu Farmonning tartibga solish ta’sirini baholash va ijrosi monitoringi uchun mas’ul etib belgilansin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-avgust,
PF-111-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3706-son Farmoni 2-bandining uchinchi xatboshisidagi “mehnat daftarchasi beriladi” so‘zlari “elektron mehnat daftarchasi shakllantiriladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-yanvardagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3709-son Farmoni 4-bandi “v” kichik bandidan “, ularda tomonlarning huquq va majburiyatlari, jumladan yetkazib beriladigan mahsulotning kamida 30 foiziga avans berilishini va keyin uning xarid qilinishini ta’minlash aniq belgilab qo‘yiladi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5997-son Farmonining 11-bandi beshinchi xatboshisi “Markaz” so‘zidan keyin “hamda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 30-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Sudyalar oliy maktabi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-son Farmoni 7-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining xohishiga ko‘ra uning daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada:
a) “17. Adliya vazirligi” bo‘limi “Adliya vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “3 842” va “2 087” raqamlari tegishlicha “3 840” va “2 085” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) “19. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi” bo‘limi “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “342” va “334” raqamlari tegishlicha “341” va “333” raqamlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-iyundagi “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-97-son Farmonining 1-bandidan “Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti” so‘zlari chiqarib tashlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-133-son Farmoniga 1-ilovada:
“Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish hamda tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti” blokida “14” raqami “17” raqami bilan almashtirilsin;
izohdagi “217” raqami “220” raqami bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-oktabrdagi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining investitsiyaviy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-975-son qarorining 1-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 13-noyabrdagi “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankining investitsiyaviy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-998-son qarorining 1-bandida:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1084-son qarorining 2-bandi to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, agrosanoat kompleksi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga, zamonaviy chet el texnologiyalari va uskunalarini jalb etishga yo‘naltirilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshirish”.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “2018 — 2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3632-son qarori 4-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumfoydalanadigan avtomobil yo‘llarida joylashgan inshootlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari;
xo‘jalik avtomobil yo‘llari, shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarida joylashgan inshootlar uchun, shu jumladan turar-joylar va noturar joy imoratlarini buzish, shuningdek, yer ustida piyodalar o‘tadigan yo‘lkalar qurish, transport inshootiga tutash hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, jala suvlarini chiqarib tashlash va sug‘orish vodoprovodlarini qurish qismidagi xarajatlarni qoplash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari belgilab qo‘yilsin”.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-iyundagi “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4363-son qarori 3-bandining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish yengib bo‘lmaydigan kuch sababli belgilangan muddatlarda yakunlanmagan bo‘lsa yoxud xuddi shu sabablarga ko‘ra oxirgi 6 oy mobaynida ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilmagan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat muassasasi shaklidagi kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar (keyingi o‘rinlarda — direksiyalar) unga loyiha amalga oshirilishini tezlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlagan holda qo‘shimcha muddat taqdim etadi. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan muddatlarda investitsiya loyihasi yakunlanmasa yoki ishlab chiqarish faoliyati boshlanmasa, direksiyalar shartnomani bekor qiladi”.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi “Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5025-son qaroriga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ishlab chiquvchi — normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazuvchi davlat organi va tashkiloti;
tartibga solish ta’sirini baholash (keyingi o‘rinlarda — TSTB) — loyihaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy oqibatlarni aniqlash va baholash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, samaradorligini hamda tartibga solish usulini qo‘llashda yuzaga kelgan oqibatlarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
tartibga solish vositasi — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi (rioya etilishi) majburiy bo‘lgan talablar yoki boshqa cheklovlar yoxud ularga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa choralar;
manfaatdor tomonlar — o‘rganilayotgan muammo yoki taklif etilayotgan tartibga solish doirasiga tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari;
foyda — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlar olishi mumkin bo‘lgan (kelgan) har qanday shakldagi foyda yoki daromad;
xarajatlar — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (yuzaga kelgan) bevosita va bilvosita xarajatlar;
ta’sir — normativ-huquqiy hujjatlar loyihasida hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlar, talablar, taqiq va boshqa cheklovlarga rioya qilishda manfaatdor tomonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bevosita yoki bilvosita foyda va xarajatlar;
TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat yuzasidan o‘tkazilgan TSTB yakunlari bo‘yicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
soddalashtirilgan TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishidan oldin o‘tkazilgan TSTB yakunlari bo‘yicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
kengaytirilgan TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda kengaytirilgan tartibda o‘tkazilgan TSTB yakunlari bo‘yicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
TSTB natijalari bo‘yicha xulosa — TSTB hisobotini ko‘rib chiqish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tegishli sohaga ta’sirini baholash yakunlari bo‘yicha xulosa beruvchi organlar tomonidan tayyorlanadigan hujjat.
3. TSTB muayyan sohada vujudga kelgan muammo, kelib chiqqan ijobiy va salbiy oqibatlar hamda muammoni hal qilishga qaratilgan yechimlar va ularning afzallik va kamchiliklarini, sohaga davlat aralashuvining zaruratini aniqlash, shuningdek, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha ularning tartibga solish maqsadlariga erishilganligi va samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
4. Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat majburiy tarzda TSTBdan o‘tkaziladi.
5. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini TSTBdan o‘tkazish ikki bosqichda loyiha ishlab chiqilishidan oldin soddalashtirilgan tartibda hamda loyihani ishlab chiqish bilan bir vaqtda kengaytirilgan tartibda amalga oshiriladi.
6. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi bilan quyidagi tartibga solish vositalari joriy etilishi nazarda tutilgan hollarda soddalashtirilgan tartibda TSTB o‘tkaziladi:
jismoniy va yuridik shaxslarga majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarni belgilash yoki ularni o‘zgartirish;
jismoniy va yuridik shaxslarga majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarga rioya qilish yoki ularni bajarishni ta’minlash bilan bog‘liq ta’sir choralarini qo‘llash;
tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, preferensiya va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini joriy qilish, ularning ta’sir doirasini kengaytirish yoki qisqartirish yoxud ularni bekor qilish.
7. Soddalashtirilgan TSTB natijasida iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga ta’sir darajasi yuqori deb topilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi kengaytirilgan tartibda TSTBdan o‘tkaziladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek TSTB sohasidagi vakolatli organlar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlarning takliflariga ko‘ra ham kengaytirilgan TSTBdan o‘tkazilishi mumkin.
8. Quyidagi hollarda normativ-huquqiy hujjat loyihasini TSTBdan, shu jumladan, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish majburiy hisoblanmaydi:
normativ-huquqiy hujjat loyihasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha cheklovchi tadbirlar (karantin)ni belgilashga qaratilgan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishni nazarda tutsa;
normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar nazarda tutilsa;
normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga javob bermasa.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan hollarda ishlab chiquvchi loyihaning tushuntirish xatida TSTBdan o‘tkazish rad etilganligini asoslashi lozim.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olsa, ular jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilmasdan TSTBdan o‘tkazilishi mumkin.
9. Quyidagilar TSTBdan o‘tkazish uchun axborot manbalari hisoblanadi:
rasmiy statistik ma’lumotlar;
davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlari;
ilmiy-tahliliy materiallar va nashrlar, ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar hamda yig‘ilishlar materiallari;
vakolatli tashkilotlar va ishlab chiquvchi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarning natijalari;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda e’lon qilingan nashrlar;
TSTBdan o‘tkazish doirasida davlat organi va tashkiloti tomonidan, shu jumladan, bevosita joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) ma’lumotlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
10. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni TSTBdan o‘tkazish ushbu Nizomga muvofiq tasdiqlanadigan uslubiyot asosida amalga oshiriladi.
TSTB natijalari yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTB hisoboti tayyorlanadi hamda ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
11. Davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish uchun soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil qilinadi.
Davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjat yoki uning loyihasini TSTBdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish hamda TSTB bo‘yicha ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirish davlat organi va tashkilotlarining strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘linmasi zimmasiga, bunday bo‘linma mavjud bo‘lmagan hollarda qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish yoki metodik ta’minlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy bo‘linmalar zimmasiga yuklatiladi.
2-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va TSTBdan o‘tkazish tartibi
1-§. Loyihani soddalashtirilgan tartibda TSTBdan o‘tkazish
12. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan tartibga solish vositalarini joriy etishni nazarda tutuvchi loyihalar ishlab chiqilishidan oldin soddalashtirilgan tartibda TSTBdan o‘tkaziladi.
13. Ishlab chiquvchi soddalashtirilgan TSTB natijalari yuzasidan hisobot tayyorlaydi.
14. Soddalashtirilgan TSTB hisobotida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
muammo tavsifi, shu jumladan muammo ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar va subyektlar tahlili;
davlat aralashuvining zarurati, maqsadi va muammoni hal qilish yoki uning salbiy ta’sirini kamaytirish bilan bog‘liq xatarlar;
muammoni hal qilishning muqobil usullari;
muqobil usullarning ijobiy va salbiy ta’sirlari hamda muammoni hal etishdagi ehtimoliy ulushi;
maqbul usulning boshqa usullarga nisbatan afzalligi;
maqbul usul orqali joriy etilishi kutilayotgan tartibga solish vositalari.
2-§. Loyihani kengaytirilgan tartibda TSTBdan o‘tkazish
15. Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hollarda loyiha yuzasidan kengaytirilgan tartibda TSTB o‘tkaziladi.
16. Kengaytirilgan TSTB hisobotida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
tartibga solinishi kerak bo‘lgan muammo tahlili va davlat aralashuvining zarurati (sabablari);
tartibga solish orqali erishilishi lozim bo‘lgan maqsadlar;
muammoni hal qilishda muqobil usullar, ularning afzalliklari hamda kamchiliklari;
tartibga solish ta’sir ko‘rsatadigan subyektlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
har bir muqobil usulning miqdoriy va sifat tahlili, shu jumladan foyda va xarajat tahlili, tegishli sohalarga (raqobat, ijtimoiy soha, atrof-muhit) ta’sirlari va qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari xavfi va qiyosiy tahlil yordamida tanlangan maqbul usulni joriy etishning maqsadga muvofiqligi;
tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur chora-tadbirlar va kutilayotgan natijalar;
loyihaning yoki unda belgilangan tartibga solish vositalarining amal qilishi taklif qilingan davrni asoslash (amal qilish muddati mavjud bo‘lganda).
3-§. Loyiha va TSTB hisobotini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish, ekspertlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish
17. TSTB jarayonida muammolarni tahlil qilish, ma’lumotlar va dalillarni yig‘ish, muqobil usullarni aniqlash va tartibga solish vositalari joriy etilishi maqsadga muvofiqligi va zaruratini baholash maqsadida manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishi, shuningdek, muammoni hal qilishning muqobil usullari soha mutaxassislari (ekspertlari) bilan muhokama qilinishi (keyingi o‘rinlarda — ekspertlar muhokamasi) zarur.
Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlar yuklatilishini nazarda tutuvchi loyihalar va TSTB hisoboti bevosita tadbirkorlik subyektlari hamda ularning birlashmalari ishtirokida muhokama qilinadi.
Loyihalarni ishlab chiqishda, shu jumladan, TSTBdan o‘tkazishda, ma’lumot yig‘ish (so‘rov, fokus guruh muhokamalari va boshqa) jarayonlariga ilmiy tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — ilmiy tashkilotlar), shuningdek, maslahat (konsalting) xizmatini ko‘rsatadigan tashkilotlar va soha mutaxassislari (ekspertlari) shartnoma asosida keng jalb qilinishi mumkin.
18. Ekspertlar muhokamasi natijalari asosida loyiha va TSTB hisoboti qayta ishlanadi, tegishli materiallar Adliya vazirligiga hamda qaror qabul qiluvchi organlarga loyiha va TSTB hisobotini kiritishda majburiy tartibda ilova qilinadi.
19. Loyiha va TSTB hisobotini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
20. Loyihalarni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
21. Ekspertlar muhokamasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish yakunlari asosida qayta ishlangan loyiha va TSTB hisoboti ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (keyingi o‘rinlarda — Portal) joylashtirilishi orqali o‘zi belgilagan, lekin 15 kundan kam bo‘lmagan muddatda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
22. Loyiha va TSTB hisoboti bo‘yicha asoslangan takliflar jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan Portalning texnik imkoniyatlaridan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda taqdim etiladi.
23. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda boshqa tashkilotlar va fuqarolar tomonidan loyihaning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash amalga oshirilishi va baholash natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosalar loyihani ishlab chiquvchi davlat organiga taqdim etilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan o‘tkazilgan loyihaning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
24. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda manfaatdor tomonlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq asoslangan ma’lumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan loyiha va TSTB hisobotini loyiha muhokamasi muddati yakunlangandan so‘ng 5 kundan kam bo‘lmagan muddatga Portalga joylashtiradi.
Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma TSTB o‘tkazishning barcha jarayonlarida TSTB hisobotiga ilova qilinadi.
25. Jamoatchilik muhokamasi asosida loyihani qayta ishlashda loyiha matni jamoatchilik muhokamasiga kiritilganidan tubdan farq qilsa, xususan, uning konseptual qoidalari o‘zgartirilgan taqdirda, loyiha va TSTB hisoboti jamoatchilik muhokamasiga takroran joylashtiriladi.
26. Ishlab chiquvchi o‘z tashabbusi bilan yoki Adliya vazirligi talabiga muvofiq jamoatchilik muhokamasi davomida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan yoki aholining asosli e’tirozlarini keltirib chiqargan loyiha va TSTB hisoboti yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun ushbu loyihaning maqsadi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha matbuot anjumanlari va brifinglarni o‘tkazadi.
4-§. Loyiha va TSTB hisobotini xulosa beruvchi organlar bilan kelishish
27. Loyiha va kengaytirilgan TSTB hisoboti, shuningdek, TSTB yuzasidan xulosa berish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar loyihaning tegishli sohaga ta’sirini o‘rganish uchun xulosa beruvchi organlarga Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali idoralararo kelishuv bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
28. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va kengaytirilgan TSTB hisoboti:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri jihatidan;
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan raqobatga ta’siri jihatidan;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan atrof-muhitga ta’siri jihatidan o‘rganiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ta’sirini o‘rganish tegishli sohada davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kelishish jarayonida amalga oshiriladi.
Xulosa beruvchi organlar zaruratga ko‘ra, loyiha va kengaytirilgan TSTB hisobotini o‘zaro muhokama qilish orqali birgalikda kelishilgan xulosa tayyorlashlari mumkin.
29. Xulosa beruvchi organlar kengaytirilgan TSTB hisobotini o‘rganish jarayonida ishlab chiquvchidan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish huquqiga ega.
30. Kengaytirilgan TSTB natijalari bo‘yicha xulosa beruvchi organlar tomonidan 10 ish kuni mobaynida loyihaning maqsadga muvofiqligi, qayta ko‘rib chiqish lozimligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiriladi va xulosa beruvchi organlarning birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) tomonidan imzolangan holda ishlab chiquvchiga taqdim etiladi.
5-§. Soddalashtirilgan TSTB hisobotini dastlabki xulosa olish uchun Adliya vazirligiga kiritish
31. Ishlab chiquvchi soddalashtirilgan TSTB hisobotini ushbu Nizomda belgilangan ma’lumotlar bilan birgalikda, o‘tkazilgan TSTBning sifati hamda loyiha bo‘yicha kengaytirilgan TSTB o‘tkazish zaruratini aniqlash yuzasidan dastlabki xulosa olish uchun Adliya vazirligiga kiritadi.
32. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB o‘tkazish jarayonlarida ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, davlat aralashuvining zarurati, muammoni tanlangan tartibga solish usuli bilan hal etish asosliligini hamda loyihani kengaytirilgan TSTBdan o‘tkazish zarurati mavjudligini o‘rganadi.
33. Adliya vazirligi soddalashtirilgan TSTB hisobotini o‘rganish jarayonida ishlab chiquvchidan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish huquqiga ega.
34. Adliya vazirligi tomonidan 10 ish kuni mobaynida soddalashtirilgan TSTB hisoboti ko‘rib chiqiladi hamda baholash natijalari yuzasidan quyidagi xulosalardan biri taqdim etiladi:
loyiha soddalashtirilgan TSTB hisoboti asosida ishlab chiqilishi mumkinligi;
loyiha iqtisodiy, ijtimoiy sohaga yoki atrof-muhitga ta’siri darajasi yuqori deb topilganligi bois kengaytirilgan tartibda TSTBdan o‘tkazilgan holda ishlab chiqilishi zarurligi haqida.
Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda o‘tkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan o‘tkazish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda soddalashtirilgan TSTB hisobotini ishlab chiquvchiga qaytaradi.
6-§. Loyiha va TSTB hisobotini Adliya vazirligiga kiritish
35. Soddalashtirilgan TSTBdan, idoralararo kelishuvdan, ekspertlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgandan so‘ng qayta ishlangan loyiha va TSTB hisoboti, shuningdek, kengaytirilgan TSTBdan o‘tkazilgan loyihalar yuzasidan xulosa beruvchi organlarning TSTB natijalari bo‘yicha xulosasi va ushbu Nizomda ko‘rsatilgan boshqa zarur materiallar, ularni belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda amalga oshirilgan TSTB sifatini o‘rganish uchun ishlab chiquvchi tomonidan Adliya vazirligiga kiritiladi.
36. Loyiha va kengaytirilgan TSTB hisoboti xulosa beruvchi organlarning TSTB natijalari bo‘yicha xulosalari mavjud bo‘lgandagina Adliya vazirligiga kiritiladi.
37. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan loyihani TSTBdan o‘tkazish jarayonlarida ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, loyihada manfaatdor tomonlar uchun asossiz xarajatlar, ortiqcha majburiyatlar, taqiq, javobgarlik choralari va cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligi, muammo taklif etilayotgan tartibga solish usuli bilan hal etilishining asosliligini o‘rganadi.
38. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda o‘tkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan o‘tkazish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda loyiha, TSTB hisoboti va TSTB natijalari bo‘yicha xulosalarni ishlab chiquvchiga qaytaradi.
39. Ishlab chiquvchi tomonidan TSTB o‘tkazish jarayonlari ushbu Nizom talablariga to‘liq rioya etilgan holda o‘tkazilgan taqdirda, Adliya vazirligi tomonidan loyihada manfaatdor tomonlar uchun asossiz xarajatlar, ortiqcha majburiyatlar, taqiq va cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligi, muammo taklif etilayotgan tartibga solish usuli bilan hal etilishining asosli yoki asosli emasligini nazarda tutuvchi loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
40. Ishlab chiquvchi tomonidan loyihani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritishda unga TSTB hisoboti, ekspertlar va jamoatchilik muhokamasi natijasi bo‘yicha ma’lumot, xulosa beruvchi organlar va Adliya vazirligining xulosalari ilova qilinadi.
3-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish
41. TSTB doirasiga tushadigan normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, kengaytirilgan tartibda TSTBdan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi majburiy ravishda ular kuchga kirgandan so‘ng har yili monitoringdan o‘tkaziladi.
Bunda:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishlab chiquvchi tomonidan belgilangan shakldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish rejasi (keyingi o‘rinlarda — monitoring rejasi) tayyorlanadi va loyiha qabul qilinguniga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarda unga ilova qilinadi;
monitoring rejasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini TSTBdan o‘tkazish jarayonida vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi;
normativ-huquqiy hujjatning monitoringi monitoring rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
42. Quyidagilar monitoringning asosiy vazifalari hisoblanadi:
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish, uning ijrosi va natijalarini muntazam hamda tizimli ravishda kuzatib borish;
TSTBdan o‘tkazish uchun statistik ma’lumotlarni to‘plash;
huquqni qo‘llash amaliyotining normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadlariga muvofiqligini o‘rganish;
normativ-huquqiy hujjatlar ijrosiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarni aniqlash;
normativ-huquqiy hujjat ijrosi bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish.
43. Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi o‘tkazilishiga bevosita mas’ul etib belgilangan davlat organi tomonidan, mas’ul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Monitoring rejasining shakli va monitoring o‘tkazish uslubiyoti Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
44. Monitoring Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat organlari har yili 1-fevralga qadar o‘tkazilgan monitoring natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy ravishda o‘zlarining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi hamda Adliya vazirligiga taqdim etadi.
4-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish tartibi
1-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash
45. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar TSTBdan o‘tkaziladi:
loyihasi ishlab chiqilishida TSTBdan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatlar;
ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan holatlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar.
Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi, maqsadi va kutilgan natijalarga erishilganligini aniqlash maqsadida:
qonun kuchga kirgan kundan boshlab besh yil o‘tib, keyinchalik har besh yilda mas’ul davlat organi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari tomonidan;
qonunosti hujjatlari kuchga kirgan kundan boshlab uch yil o‘tib, keyinchalik har uch yilda mas’ul davlat organi tomonidan TSTBdan o‘tkaziladi.
46. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish ishlab chiquvchi yoki davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish rejasiga (keyingi o‘rinlarda — TSTBdan o‘tkazish rejasi) muvofiq amalga oshiriladi.
47. Davlat organlari va tashkilotlari har yili 1-fevralga qadar Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTBdan o‘tkazish rejasi loyihasiga takliflarni shakllantiradi va birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) imzosi bilan Adliya vazirligiga taqdim etadi.
48. Adliya vazirligi har yili 10-fevralga qadar davlat organlari va tashkilotlari takliflari asosida TSTBdan o‘tkazish rejasi loyihasini ishlab chiqadi hamda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun 15 kundan kam bo‘lmagan muddatda Portalga joylashtiradi.
49. Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida asoslangan ma’lumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan TSTBdan o‘tkazish rejasini har yili 1-martga qadar tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
50. TSTBdan o‘tkazish rejasi har yili 20-martga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror shaklida tasdiqlanadi.
Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan TSTBdan o‘tkazish rejasini Portalga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish orqali keng jamoatchilikka yetkazilishini ta’minlaydi.
51. Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoringi doirasida aniqlangan ma’lumotlar normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazishda inobatga olinadi.
2-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish
52. Ishlab chiquvchi TSTBdan o‘tkazish rejasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazadi va natijasi bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTB hisobotlarini tayyorlaydi hamda ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) imzosi bilan rasmiylashtiradi.
53. TSTB jarayonida ma’lumotlar va dalillarni yig‘ish, tartibga solish vositasining samaradorligi, shu jumladan uning natijadorligi, maqsadlariga erishilganligi hamda uning qo‘llanilishi natijasida yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash maqsadida manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishi, shuningdek, soha mutaxassislari (ekspertlari) bilan muhokamalar amalga oshirilishi zarur.
54. TSTB hisobotida quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi shart:
normativ-huquqiy hujjatning turi, nomi va rekvizitlari;
normativ-huquqiy hujjatning loyihasi ishlab chiqilganda tayyorlangan TSTB hisoboti va TSTB natijalari bo‘yicha xulosalar (mavjud bo‘lsa);
normativ-huquqiy hujjat manfaatlariga ta’sir ko‘rsatgan subyektlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
tartibga solishning maqsadlariga erishilganligi va samaradorligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qo‘llashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar tahlili;
manfaatdor tomonlar uchun normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi munosabati bilan keltirilgan foyda va (yoki) yuzaga kelgan xarajatlarning tahlili va taqqoslash natijalari;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning to‘liqligi, normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida qarama-qarshiliklar mavjudligi, ulardagi bir-birini takrorlovchi va kollizion normalar, normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llashning yagona amaliyoti mavjudligi (yo‘qligi)ga oid ma’lumotlar;
murojaatlar soni va mazmuni (takliflar, arizalar, shikoyatlar), normativ-huquqiy hujjatning amal qilish sohasidagi qayd etilgan huquqbuzarliklarning soni va xarakteri, shuningdek, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish holatlariga oid ma’lumotlar;
normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiqligi yoki ularni bekor qilish zarurligi to‘g‘risida xulosa;
boshqa ma’lumotlar.
55. TSTB hisobotida normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi munosabati bilan kelib chiqqan oqibatning ijobiy, salbiy ta’siri yoki ta’sir mavjud emasligining aniq tavsifi aks ettiriladi.
56. TSTB hisoboti ishlab chiquvchi tomonidan Portalga joylashtirilishi orqali 10 kun muddatda majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
57. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash amalga oshirilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
58. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari va manfaatdor tomonlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida asoslangan ma’lumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan TSTB hisobotini jamoatchilik muhokamasi muddati yakunlangandan so‘ng 5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda Portalga joylashtiradi.
Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma TSTB o‘tkazish barcha jarayonlarida TSTB hisobotiga ilova qilinadi.
3-§. TSTB hisobotini xulosa beruvchi organlar bilan kelishish
59. Jamoatchilik muhokamasi yakunlari bo‘yicha qayta ishlangan TSTB hisoboti tegishli sohaga ta’sirini o‘rganish uchun xulosa beruvchi organlarga taqdim etiladi.
60. TSTB hisoboti:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri jihatidan;
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan raqobat muhitiga ta’siri jihatidan;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan atrof-muhitga ta’siri jihatidan;
tegishli sohada davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ta’siri jihatidan o‘rganiladi.
Xulosa beruvchi organlar zaruratga ko‘ra, TSTB hisobotini o‘zaro muhokama qilish orqali birgalikda kelishilgan xulosa tayyorlashlari mumkin.
61. Xulosa beruvchi organlar TSTB hisobotini o‘rganish jarayonida ishlab chiquvchidan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish huquqiga ega.
62. TSTB natijalari bo‘yicha xulosa beruvchi organlar tomonidan 10 ish kuni mobaynida TSTB natijalari to‘g‘risida xulosalar rasmiylashtiriladi va xulosa beruvchi organlarning birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) tomonidan imzolangan holda ishlab chiquvchiga taqdim etiladi.
4-§. TSTB hisobotini Adliya vazirligiga kiritish
63. Jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilgandan va TSTB natijalari bo‘yicha xulosalar olingandan so‘ng qayta ishlangan TSTB hisoboti TSTB sifatini o‘rganish uchun Adliya vazirligiga kiritiladi.
64. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qo‘llashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarni, manfaatdor tomonlar uchun asossiz xarajatlar, ortiqcha majburiyatlar, taqiq va cheklovlar yuzaga kelganligi (kelmaganligi)ni o‘rganadi.
65. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda o‘tkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan o‘tkazish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda TSTB hisoboti va xulosalarni ishlab chiquvchiga qaytaradi.
66. Ishlab chiquvchi tomonidan TSTB hisoboti ushbu Nizom talablariga to‘liq rioya etilgan holda tayyorlangan taqdirda, Adliya vazirligi 10 ish kuni mobaynida tartibga solish maqsadlariga erishilganligi, normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qo‘llashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar, manfaatdor tomonlar uchun asossiz xarajatlar, ortiqcha majburiyatlar, taqiq va cheklovlar yuzaga kelganligi (kelmaganligi) to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va ishlab chiquvchiga taqdim etadi.
5-§. TSTB natijalari bo‘yicha yakuniy ma’lumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish
67. Adliya vazirligi TSTBdan o‘tkazish rejasiga muvofiq, qoida tariqasida, har chorakda normativ-huquqiy hujjatlarning TSTBdan o‘tkazilishi holatini tahlil qiladi va uning natijalari bo‘yicha TSTBdan o‘tkazish rejasining bajarilishi holati, TSTB hisobotlarining umumlashmasi hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni (mavjud bo‘lsa) nazarda tutuvchi axborot-tahliliy ma’lumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
68. Vazirlar Mahkamasi axborot-tahliliy ma’lumotni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish natijalarini amalga oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlaydi yoki tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Hukumatga kiritish yuzasidan vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga topshiriq beradi.
5-bob. TSTB va monitoring o‘tkazilishini nazorat qilish
69. TSTB ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda o‘tkazilishi Adliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
70. Adliya vazirligi tartibga solish ta’sirini baholash, shu jumladan, monitoring sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ sifatida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish ta’sirini baholash va monitoring sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar monitoringini olib borish bo‘yicha faoliyatini tahlil qilib boradi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTB o‘tkazish va monitoring olib borishda ishtirok etadi, shuningdek, davriyligidan qat’i nazar normativ-huquqiy hujjatlarni TSTB va monitoringdan o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi;
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish bo‘yicha faoliyati monitoringini olib boradi;
jamoatchilik muhokamasi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha kelib tushgan, asosli deb topilgan takliflarga javob qaytarilmagan hollarda (ko‘rmasdan qoldirilgan) mazkur kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar monitoringini olib borish yakunlari bo‘yicha o‘z vaqtida taqdim etilmagan, noto‘g‘ri, ishonchsiz yoki to‘liq bo‘lmagan axborot taqdim etilgan taqdirda, ularga monitoringni o‘tkazishdagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash uchun mas’ul xodimlari ro‘yxatini shakllantiradi, ularning malaka va ko‘nikmalarini oshirib borish, shu jumladan ular uchun o‘quv tadbirlarini xorijda tashkil etish yuzasidan takliflar kiritib boradi.
71. Adliya vazirligi har yili mamlakatda TSTB tizimining holati to‘g‘risida axborot tayyorlab, uni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
72. TSTBdan o‘tkazish jarayonlariga ilmiy-ta’lim muassasalari mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, chet ellik mutaxassislar, shuningdek, amaliyotchi-mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
73. TSTBdan o‘tkazayotgan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va TSTBga mas’ul xodimlari amalga oshirilgan hisob-kitoblar hamda taqdim etilgan ma’lumot, hisobot va xulosalarning asoslanganligi va sifati uchun javobgar hisoblanadi.
74. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5041-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritilgan faoliyatni amalga oshirish (zarur xomashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so‘mgacha miqdorida kredit mablag‘lari naqd pul ko‘rinishida beriladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-son Farmoniga
2-ILOVA
Qonunchilik hujjatlaridagi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan normalar va huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Normativ-huquqiy hujjatlar

Aniqlangan muammolar

Normativ-huquqiy hujjatni takomillashtirish yo‘nalishlari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun

Iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish hamda ularga yetkazilgan zararning kafolatli qoplanishini ta’minlash mexanizmlari to‘liq shakllanmagan.

Jumladan, Qonunda nuqsonlari aniqlangan tovarni almashtirib berish uchun uning sifatini qo‘shimcha ravishda tekshirish asoslari va tartib-taomillari ko‘rsatilmagan.

Bu, o‘z navbatida, tovarni sotuvchi tomonidan almashtirish muddati asossiz ravishda cho‘zilishiga hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishda nizoli holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qonunning 14-moddasi birinchi qismida sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan aynan qanday holatlarda tovar sifatini qo‘shimcha ravishda tekshirish asoslari va tartib-taomillarini aniq belgilash.

2024-yil oktabr

Raqobatni rivojlantirish

va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

“Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonun

1. Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish uchun vakolatli organ tomonidan tanlov e’lon qilish nazarda tutilgan bo‘lsa-da, tanlov o‘tkazishning mexanizmlari (tanlov maqsadi va shartlari, uni o‘tkazish tartib-taomili va b.) aniq keltirilmagan.

2. Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish rejasini vakolatli organ tomonidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi, muddati hamda mexanizmlari aniq belgilanmagan.

3. Qonunda vakolatli organga qishloq xo‘jaligi korxonasiga nisbatan tashqi boshqaruvni sanatsiya qilish muddatini joriy etish huquqi berilgan. Biroq, “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tashqi boshqaruv tartib-taomili yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonasiga nisbatan joriy etilmasligi belgilangan.

1. Qonunning 15-moddasida sanatsiya qilish uchun tanlov o‘tkazish maqsadi, shartlari, uni o‘tkazish tartib-taomillari va boshqa mexanizmlarini aniq belgilash.

2. Qonunning 18-moddasida qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish rejasini ekspertizadan o‘tkazish tartibi, muddati va mexanizmini aniq belgilash.

3. Qonunning 19-moddasini “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning 178-moddasiga muvofiqlashtirish.

2024-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

“Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonun

1. Qonunda temir yo‘l transporti tushunchasiga aniqlik kiritish va qonun matnini alohida terminlar bilan to‘ldirish talab etiladi.

Jumladan, Qonunda faqat umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti inobatga olingan bo‘lib, umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l transporti (iqtisodiyot turli tarmoqlaridagi sanoat korxonalari, o‘z faoliyatida temir yo‘l transportidan foydalanadigan turli mulkchilik shaklidagi yuridik shaxslar) faoliyati qamrab olinmagan.

2. Qonunda temir yo‘l transporti korxonalariga xo‘jalik yuritish huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mol-mulkni sotish davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilangan. Biroq mazkur vakolatlar “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra (mulkning balans qiymati yoki sof aktivlari miqdoriga nisbatidan kelib chiqib) jamiyatning kuzatuv kengashining a’zolari yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

3. Qonunda umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga chiquvchi yangi temir yo‘l tarmoqlarini barpo etuvchi, shuningdek, harakatdagi sostavni loyihalashtiruvchi va ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mazkur tarmoqlar va harakatdagi sostavni davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda loyihalashtirish va qurish belgilangan. Lekin Qonunda mazkur tarmoqlar va harakatdagi sostavni davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi qanday tartib va muddatlarda kelishishi belgilanmagan.

1. Qonunning 1-moddasida temir yo‘l transporti tushunchasiga umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l transporti bo‘yicha alohida ta’rif berish.

2. Qonunning 5-moddasini (ko‘chmas mol-mulkni sotish, mol-mulkni ijaraga berish, ayirboshlash) “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 84-moddasiga muvofiqlashtirish.

3. Qonunning 15-moddasida yangi temir yo‘l tarmoqlari va harakatdagi sostavni davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi bilan kelishish tartibi va muddatlarini aniq belgilash.

2024-yil oktabr

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

“Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonun

Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tashuvchilarning xo‘jalik faoliyatiga aralashishi, shuningdek, ularning ekspluatatsiya xizmati xodimlarini boshqa ishlarga jalb etishi mumkin bo‘lgan holatlar aniq belgilanmagan.

Tashuvchilarning xo‘jalik faoliyatiga aralashish, shuningdek, ularning ekspluatatsiya xizmati xodimlari boshqa ishlarga jalb etilishi mumkin bo‘lgan holatlar belgilangan normativ-huquqiy hujjatga aniq havola keltirilmagan.

Bu esa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari tashuvchilarning xo‘jalik faoliyatiga asossiz aralashishiga sharoit yaratadi.

Qonunning 9-moddasida avtomobil transporti tashuvchilarining xo‘jalik faoliyatiga aralashish hamda ularning ekspluatatsiya xizmati xodimlarini boshqa ishlarga jalb etish mumkin bo‘lgan holatlarni aniq belgilash yoki ushbu holatlar nazarda tutilgan qonunchilik hujjatlariga havola keltirish.

2024-yil oktabr

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

“Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi Qonun

Qonunda tranzit ruxsatnomasini berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinishi, zarur hollarda mazkur muddat uzaytirilishi mumkinligi belgilangan.

Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarori bilan mazkur muddat yigirma kundan oshmasligi zarurligi belgilangan.

Bundan tashqari, Qonunda ushbu muddatni uzaytirishga asos bo‘luvchi holatlar hamda uzaytirilishi mumkin bo‘lgan muddat chegarasi aniq belgilanmagan.

Qonunda tranzit ruxsatnomasini berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza olingan kundan e’tiboran yigirma kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinishini, mazkur muddatni uzaytirishga asos bo‘luvchi holatlarni hamda uzaytirish mumkin bo‘lgan muddat chegarasini aniq belgilash.

2024-yil noyabr

Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

“Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etilgan bo‘lsa-da, Qonunda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqib, Qonunda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini moliyalashtirishning yangi tartibini belgilash.

2024-yil noyabr

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

“Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmoniga muvofiq davlat aktivlarini “nol” xarid qiymatida va investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida ommaviy savdolarga chiqarish amaliyoti bekor qilingan bo‘lsa-da, Qonunda Maxsus iqtisodiy zona ma’muriy kengashiga maxsus iqtisodiy zona hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda, shu jumladan, “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish huquqi berilgan.

Qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmoni talablariga muvofiqlashtirish.

2024-yil noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun

Qonunda nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanishi uchun davlat mulki bo‘lgan sport obyektlari va inshootlarining sport zallari hamda xonalari bepul asosda taqdim etilishini istisno etuvchi holatlar aniq ko‘rsatilmagan.

Bu, o‘z navbatida, nogironligi bo‘lgan shaxslarning Qonunda belgilangan huquqlari asossiz cheklanishi holatlarini yuzaga keltirishi mumkin.

Qonunning 27-moddasida barcha davlat mulki bo‘lgan sport obyektlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun istisnolarsiz bepul asosda taqdim etilishini qat’iy belgilash yoki ushbu qoidadan mustasno holatlarni aniq ko‘rsatish va (yoki) aniq hujjatga havola keltirish.

2024-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari

10.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 11-martdagi “Qishloq xo‘jaligida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirishga oid tub chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1734-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son qaroriga asosan 2020-yil hosilidan boshlab paxta xom ashyosini yetishtirishda davlat buyurtmasi, 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son qarori bilan 2021-yil hosilidan boshlab boshoqli donga nisbatan davlat xaridi to‘liq bekor qilingan bo‘lsa-da, Farmonda qishloq xo‘jaligidagi tovar ishlab chiqaruvchilar bilan ularga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar o‘rtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar tayyorlovchi tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotini xarid qilishga kontraktatsiya shartnomasi, shu jumladan fyuchers asosidagi shartnoma hamda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarid qilishga shartnoma asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Farmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son va PQ-4634-son qarorlari talablariga muvofiqlashtirish.

2024-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-yanvardagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3709-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-son Farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish elektron onlayn auksion savdolari orqali amalga oshirilishi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunda fermer xo‘jaligi o‘ziga berilgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berishga haqli ekanligi belgilangan bo‘lsa-da, Farmonda bog‘ va uzumzorlar joylashgan yer maydonlari kimoshdi savdosi g‘oliblariga hadya qilish, sotish, garovga berish, ayirboshlash va subarendaga topshirish huquqini bermagan holda uzoq muddatli ijaraga topshirilishi nazarda tutilgan.

Farmonda belgilangan normalarni qayta ko‘rib chiqish zarurati mavjud.

Farmonni “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-son Farmoni talablariga muvofiqlashtirish.

2024-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-3750-son Farmoni

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda garov shartnomalarini tasdiqlaganlik hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritganlik uchun davlat boji stavkasi miqdori belgilangan bo‘lsa-da, Farmonda mikromoliyalashtirish shartnomalari, shuningdek garov, kafolat shartnomalari hamda mikromoliyalashtirish bilan bog‘liq boshqa shartnomalarni notarial tasdiqlash uchun shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida to‘lov undirilishi nazarda tutilgan.

Farmonda belgilangan mikromoliyalashtirish shartnomalari, garov, kafolat shartnomalari hamda mikromoliyalashtirish bilan bog‘liq boshqa shartnomalarni notarial tasdiqlash uchun yig‘im undirish nazarda tutilgan normani “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish.

2024-yil noyabr

Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 18-apreldagi “Fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka rioya etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4301-son Farmoni

Farmonda fermer xo‘jaliklari kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishi, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarid qilish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining shartlarini muntazam (uch yil mobaynida) bajarmaslik ularning yer maydonlarini optimallashtirishga doir da’vo arizalarini qo‘zg‘atish va ularni sudga oshirish uchun asos bo‘lishi belgilangan.

Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son qaroriga asosan 2020-yil hosilidan boshlab paxta xom ashyosini yetishtirishda davlat buyurtmasi, 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son qarori bilan 2021-yil hosilidan boshlab boshoqli donga nisbatan davlat xaridi to‘liq bekor qilingan.

Farmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son va PQ-4634-son qarorlari talablariga muvofiqlashtirish.

2024-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida” PQ-3777-son qarori

Qarorda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholiga imtiyozli kreditlar ajratish har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Biroq, hokim yordamchisi tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholiga imtiyozli kreditlar ajratish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi tavsiyanomani berish tartibi, mezonlari hamda tavsiyanoma berishni rad etish asoslari belgilanmagan.

Qarorda hokim yordamchisi tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholiga imtiyozli kreditlar ajratish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi tavsiyanomani berish tartibi, mezonlari hamda tavsiyanoma berishni rad etish asoslarini belgilash yoki mazkur tartiblar belgilangan normativ-huquqiy hujjatga havola keltirish.

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4804-son qarori

Qarorda nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini tashkil etayotgan xususiy investorlarga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarining, kasb-hunarga o‘qitish muassasalarining binolari yoki ularning bir qismi hamda mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga ko‘ra boshqa bo‘sh turgan binolar yoki ularning bir qismini ijaraga berish muddati va ijaraga berilganda qo‘llaniladigan imtiyozlar aniq belgilanmagan.

Qarorda nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini tashkil etayotgan xususiy investorlarga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga tegishli binolarni, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga ko‘ra boshqa bo‘sh turgan binolar yoki ularning bir qismini ijaraga berish muddatlarini hamda ijaraga berilganda qo‘llaniladigan imtiyozlarni aniq belgilash.

2024-yil dekabr

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-son Farmoniga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 5-yanvardagi “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi PF-1030-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 11-martdagi “Qishloq xo‘jaligida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirishga oid tub chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1734-son Farmonining 4-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi PF-2114-son Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi Farmonlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-2841-son Farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi Farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-2886-son Farmoni.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3202-son Farmonining 4-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 1995-yil 5-yanvardagi PF-1030-son Farmonini ayrim qoidalarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-3466-son Farmoni.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-3750-son Farmonning 4-bandi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-4045-son Farmonining 2-bandi ikkinchi xatboshisi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-apreldagi “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4296-son Farmoni.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-4561-son Farmoniga 1-ilovaning 1 va 26-bandlari hamda 2-ilovaning 9-bandi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-4578-son Farmoniga ilovaning 6-bandi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4609-son Farmoniga 3-ilovaning 4-bandi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-4910-son Farmoniga 1-ilovaning 7-bandi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5097-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, ba’zilarini esa o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5187-son Farmoniga 1-ilovaning 1 va 4-bandlari.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi PF-5287-son Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi hamda 2-ilovaning 3-bandi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5456-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-son Farmoniga 4-ilovaning 3 va 8-bandlari.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5668-son Farmoniga 2-ilovaning 2 va 3-bandlari.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5870-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5892-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5893-son Farmoniga 2-ilovaning 4-bandi.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6075-son Farmoniga 1-ilovaning 139-bandi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga 2-ilovaning 27-bandi.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-15-son Farmoniga ilovaning 11-bandi.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-martdagi “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-29-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-iyundagi “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnika bilan jihozlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-110-son qarori.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-244-son qaroriga 30-ilovaning 5-bandi.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 28-fevraldagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-294-son qarori.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi “Ba’zi Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi PQ-423-son qaroriga 5-ilovaning 6-bandi.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-458-son qarorining 9-bandi uchinchi xatboshisi.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-744-son qaroriga 30-ilovaning 2-bandi.
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-yanvardagi “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1050-son qarori.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1293-son qarori.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1675-son qaroriga 27-ilovaning 5-bandi, 32-ilovaning 7-bandi hamda 33-ilovaning 9-bandi.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1887-son qaroriga 35-ilovaning 5-bandi.
38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-maydagi “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari sinash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1972-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2099-son qaroriga 34-ilovaning 1-bandi uchinchi xatboshisi hamda 36-ilovaning 10-bandi.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2270-son qaroriga 36-ilovaning 16-bandi.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2455-son qaroriga 36-ilovaning 4-bandi.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi “Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2603-son qarori.
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi “2017 — 2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2687-son qaroriga 8-ilovaning 3-bandi.
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2697-son qarori.
45. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2847-son qaroriga 8-ilovaning 10, 14 va 16-bandlari.
46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-apreldagi “2017-yilda ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2873-son qarorining 11-bandi ikkinchi xatboshisi.
47. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3240-son qaroriga 2-ilovaning 6 va 19-bandlari.
48. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi “Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3796-son qarori.
49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-sentabrdagi “O‘zbekximmash zavodi” AJ negizida yangi quyuv sexi qurish bilan quyuv ishlab chiqarishini modernizatsiyalash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3944-son qarori.
50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi “Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4505-son qarori.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4679-son qarori.
52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-avgustdagi “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4815-son qarori.
53. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martdagi “Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 137-son qarori.
54. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-iyundagi “O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil qilish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi 290-son qarori.
55. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-apreldagi “Respublika ko‘chmas mulk birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 228-son qarori.
56. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 8-apreldagi “Qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va valyuta boyliklari saqlanishi ta’minlanmaganligi va ulardan to‘g‘ri foydalanilmaganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida”gi 124-son qarori.
57. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-apreldagi “Supermarketlar shoxobchalarini tashkil etish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 135-son qarori.
58. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-maydagi “Dorivor vositalar, tibbiy buyumlar va davolash-profilaktika oziq-ovqatlari sifati ustidan davlat nazoratini tashkil etish to‘g‘risida”gi 181-son qarori.
59. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi “Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 399-son qarorining 3, 4, 5, 7, 9 va 10-bandlari hamda 3-4-ilovalari.
60. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-dekabrdagi “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 437-son qarori.
61. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini to‘liq va qisman yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 55-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.
62. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 232-son qarorining 1, 4, 5, 8, 9 va 10-bandlari hamda 1-ilovasi.
63. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi to‘g‘risida”gi 272-son qaroriga 2-ilovaning 13-bandi.
64. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-sentabrdagi “Bozorlarda sifatsiz oziq-ovqat tovarlari sotilishini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 378-son qarori.
65. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 9-apreldagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 165-son qarori.
66. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-martdagi “Fermerlarni, xususiy tadbirkorlarni hamda kichik biznes boshqa subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 75-son qarori.
67. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 263-son qarori.
68. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 276-son qaroriga ilovaning 15-bandi.
69. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-sentabrdagi “Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklarini mablag‘ bilan ta’minlash, moddiy-texnik ta’minlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 366-son qarori.
70. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 8-son qarori.
71. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-martdagi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari amalga oshirilishini, xorijiy investitsiyalarni jalb etish faollashtirilishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 97-son qarori.
72. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi “Banklarning kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 422-son qarori.
73. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi “Don tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish tizimida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 424-son qarori.
74. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi “Pul-kredit ko‘rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 63-son qarori.
75. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 314-son qarori.
76. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi “Elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish intizomini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 341-son qarori.
77. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 360-son qarori.
78. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-oktabrdagi “Valyuta operatsiyalarini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 420-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
79. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi “Respublika gaz ta’minotini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 421-son qarori.
80. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-oktabrdagi “Kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 462-son qarori.
81. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-oktabrdagi “Kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 463-son qarori.
82. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston-Turkiya “Bursel-Toshkent tekstil” qo‘shma korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 8-son qarori.
83. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 24-son qarori.
84. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 28-son qaroriga ilovaning 13 va 25-bandlari.
85. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 121-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
86. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 323-son qarori.
87. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-avgustdagi “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasini “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risida”gi 376-son qaroriga 5-ilovaning 3-bandi.
88. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 397-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
89. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-avgustdagi “Avtomobil sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 405-son qarori.
90. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi “Elektr energiyasi sotilishi hamda undan foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish tizimini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 512-son qarori.
91. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi “2005 — 2007-yillarda fermer xo‘jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 607-son qaroriga 5-ilovaning 1-bandi.
92. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 28-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
93. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 79-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
94. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 78-son qarori.
95. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi faoliyatini takomillashtirish va kommunal xo‘jalik korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 17-avgustdagi PQ-445-son qarori)”gi 213-son qaroriga ilovaning 7 va 11-bandlari.
96. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)”gi 235-son qaroriga 1-ilovaning 44-bandi.
97. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 95-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi.
98. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-dekabrdagi “Vazirlar Mahkamasining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 6-maydagi 78-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-son Farmoni)”gi 273-son qarori.
99. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi “Eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy va kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 290-son qarori.
100. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 142-son qaroriga 1-ilovaning 11-bandi.
101. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida”gi 327-son qarori.
102. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori)”gi 66-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
103. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 108-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
104. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-avgustdagi “Respublikaning oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 178-son qarori.
105. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-dekabrdagi “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini bosqichma-bosqich joriy etish muddatlarini uzaytirish to‘g‘risida”gi 284-son qarori.
106. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“Qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-son qonuni)”gi 40-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
107. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-son qonuni)”gi 26-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
108. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-martdagi “Chet elda ko‘rgazma-yarmarka faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 73-son qarori.
109. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 148-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
110. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 253-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
111. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)”gi 313-son qaroriga 1-ilovaning 38-bandi va 2-ilovaning 13-bandi.
112. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmoni)”gi 369-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
113. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 69-son qarori.
114. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi “Chetdan olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy texnika, tibbiy texnikaga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 356-son qarori.
115. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi “Tijorat banklarining investitsiya faoliyatini rag‘batlantirishga va banklar tomonidan korxonalarni yangi investorlarga sotishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 71-son qarori.
116. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 279-son qaroriga 8-ilovaning 2-bandi.
117. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 332-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
118. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qarori)”gi 57-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
119. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo‘shimcha yem ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko‘chatlar va tomchilatib sug‘orish tizimi uchun asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 110-son qarori.
120. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-398-son qonunlari)”gi 122-son qaroriga 1-ilovaning 56-bandi.
121. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi “Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 206-son qarori.
122. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-son qonunlari)”gi 211-son qaroriga 1-ilovaning 7 va 8-bandlari.
123. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi “Surxondaryo viloyatida bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan kelgusida yanada samarali foydalanish, ularga salohiyatli investorlarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 300-son qarori.
124. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)”gi 130-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
125. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-apreldagi “2017-2018-yillarda Surxondaryo viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish loyihalarining ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 182-son qarorining 11-bandi.
126. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi O‘RQ-399-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 185-son qaroriga 4-ilovaning 11-bandi.
127. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-son qarori)”gi 207-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
128. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 17-noyabrdagi PF-4857-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 16-noyabrdagi PQ-2658-son qarori)”gi 442-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
129. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 504-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
130. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)”gi 638-son qaroriga 1-ilovaning 43-bandi.
131. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi “Kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va kam ta’minlangan oilalarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 655-son qarorining 8-bandi va qarorga 3-ilova.
132. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)”gi 703-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
133. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoni)”gi 1021-son qaroriga ilovaning 4 va 5-bandlari.
134. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qarori)”gi 16-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
135. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni)”gi 34-son qaroriga 1-ilovaning 7 va 13-bandlari.
136. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-yanvardagi “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo‘shimcha yem ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko‘chatlar va tomchilatib sug‘orish tizimi uchun asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 12-apreldagi 110-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 60-son qarori.
137. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 66-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
138. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki korxonalari va mulkini sotishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 104-son qarorining 4-bandi.
139. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi “Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarorining 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi 306-son qarori.
140. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)”gi 321-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
141. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)”gi 384-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
142. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi “Neft-gaz tarmog‘ida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 444-son qaroriga 7-ilovaning 4-bandi.
143. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoni)”gi 499-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
144. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni hamda “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qarori)”gi 539-son qaroriga ilovaning 20-bandi.
145. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)”gi 884-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
146. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi 995-son qaroriga 1-ilovaning 20, 25, 43 va 107-bandlari.
147. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)”gi 1023-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
148. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida” 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoni)”gi 1053-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
149. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi 161-son qaroriga 2-ilovaning 21-bandi.
150. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son qarori)”gi 195-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
151. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-apreldagi “Yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 297-son qarorining 8-bandi.
152. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi “Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi 381-son qarorining 4-bandi va qarorga 3-ilova.
153. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 2-fevraldagi PF-5653-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qarori)”gi 457-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi.
154. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 498-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
155. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 520-son qaroriga 8-ilovaning 1-bandi.
156. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi “Xorijiy investorlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 547-son qarori.
157. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)”gi 661-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
158. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi “2019-2021-yillarda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 670-son qarori.
159. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 707-son qarori.
160. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasini xarid qilish va yetkazib berishda hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 4-sentabrdagi 728-son qarorining 3-bandi va qarorga ilova.
161. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-sentabrdagi “Binokor-M” va “Shoxjahon-qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan olib kelinadigan og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositalari va Tirkamalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 808-son qarori.
162. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 829-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi.
163. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)”gi 1014-son qaroriga ilovaning 11, 24 va 25-bandlari.
164. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)”gi 1046-son qaroriga ilovaning 28 va 88-bandlari.
165. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qarori)”gi 30-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
166. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tajriba tariqasida soliq solish obyektlarini hisobga olish va soliq ma’muriyatchiligining alohida tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 107-son qarori.
167. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi 217-son qaroriga 1-ilovaning 14 va 20-bandlari hamda 2-ilovaning 17-bandi.
168. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)”gi 384-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi hamda 2-ilovaning 14 va 16-bandlari.
169. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-son qonunlari)”gi 472-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandi.
170. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 753-son qaroriga 4-ilovaning 5-bandi.
171. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosati tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 777-son qaroriga 2-ilovaning 6-bandi.
172. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi 87-son qaroriga ilovaning 430, 940, 1118, 1272 va 1880-bandlari.
173. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi “Sholi ekish uchun sotib olingan zamonaviy urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 362-son qarori.
174. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimi tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 393-son qaroriga 1-ilovaning 17-bandi.
175. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 402-son qaroriga 4-ilovaning 4 va 6-bandlari.
176. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-oktabrdagi “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 627-son qarori.
177. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qarori)”gi 766-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi.
178. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qaroriga 4-ilovaning 6-bandi.
179. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 88-son qaroriga 4-ilovaning 98-bandi.
180. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)”gi 153-son qaroriga ilovaning 78, 88, 101, 103, 114, 205, 223, 387 va 653-bandlari.
181. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 195-son qaroriga 7-ilovaning 1-bandi.
182. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 431-son qaroriga 3-ilovaning 12, 21 va 71-bandlari.
183. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 615-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-son Farmoniga
4-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish faoliyatini baholash
MEZONLARI

T/r

Baholash mezonlari

Ball

1.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasining reglament talablariga muvofiqligi

20

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining soddalashtirilgan tartibda baholashdan o‘tkazilganligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish talablariga rioya qilinganligi

2.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bilan belgilanayotgan tartibga solish vositalarining samaradorligi

50

Amaldagi holat va muammolar to‘g‘ri aniqlanganligi hamda yetarli darajada o‘rganilganligi

Tartibga solish vositalarining belgilangan maqsadlarga mutanosibligi

Muqobil usullar ko‘rib chiqilganligi hamda har bir usul bo‘yicha foyda va xarajat tahlili o‘tkazilganligi, ijro etish xatarlari o‘rganilganligi hamda natijada eng samarali muqobil usul tanlanganligi

3.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari dalillarga asoslanganligi

30

Tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobotning statistik ma’lumotlar bilan batafsil asoslantirilganligi

Manfaatdor tomonlar bilan muhokamalar o‘tkazilganligi va joylarga chiqqan holda o‘rganishlar amalga oshirilganligi

Izoh. Davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash reytingini aniqlash uslubiyotida asosiy baholash mezonlarining qo‘shimcha subindikatorlari va baholash tartibi belgilanishi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)