1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-noyabr,
OʻRQ-582-son
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatlari jumlasiga kiritilgan munosabatlarni tartibga solish vazifalari maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hudud ishtirokchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining nazorati ostidagi banklar va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududdagi vakolatli organ bilan birgalikda tartibga solinadi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisidagi qonunchilik
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) huquqiy maqomi, vakolatlari, vazifalari, faoliyatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(3-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Markaziy bank yuridik shaxs boʻlib, u davlatning mutlaq mulkidir va oʻz xarajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiradi.
Markaziy bank oʻz vakolatlari hamda vazifalari doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlaridan mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi.
Markaziy bank davlatning majburiyatlari yuzasidan, davlat esa Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, agar ularning oʻzi bunday majburiyatlarni oʻz zimmasiga olmagan boʻlsa yoki qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, javobgar boʻlmaydi.
Markaziy bank, shuningdek uning tasarrufidagi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi yozilgan muhri va blankasiga ega boʻladi.
4-modda. Markaziy bankning mol-mulki
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
Markaziy bankning mol-mulki uning pul qimmatliklari va boshqa moddiy qimmatliklaridan iborat boʻlib, ularning qiymati Markaziy bankning balansida aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor boʻlishi]
Markaziy bank oʻz balansida aks ettirilgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanishga va uni tasarruf etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining II boʻlimi va “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
5-modda. Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari:
narxlarning;
bank tizimining;
toʻlov tizimlari ishlashining barqarorligini taʼminlashdan iboratdir.
Markaziy bankning bank tizimi barqarorligini taʼminlash boʻyicha faoliyati narxlarning barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
Foyda olish Markaziy bankning maqsadi hisoblanmaydi.
6-modda. Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Markaziy bank:
uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam koʻrsatish bilan shugʻullanishga, bundan oʻz tasarrufidagi tashkilotlar mustasno;
tijorat faoliyatini amalga oshirishga;
uchinchi shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining majburiyatlari boʻyicha kafolatlar berishga;
banklarning kapitallarida va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas, bundan valyuta birjasining, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatining (bundan buyon matnda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi deb yuritiladi), shuningdek Markaziy bankning faoliyatini taʼminlovchi oʻz tasarrufidagi tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishi mustasno.
(6-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.01.00 Konsolidatsiyalangan budjet. Tashabbusli budjet. Budjetning boshqa turlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, boshqa davlat organlariga va tashkilotlariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) taqchilligini moliyalashtirish uchun kreditlar yoki moliyaviy yordam bermaydi.
7-modda. Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaning oldini olishga doir choralar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Markaziy bank manfaatlar toʻqnashuvlarining oldini olish, ularni aniqlash va boshqarishga oid siyosatni, shuningdek korrupsiyaning oldini olish yuzasidan Markaziy bankning hamda uning tasarrufidagi tashkilotlarning barcha xodimlari tomonidan rioya etilishi majburiy boʻlgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
8-modda. Hisobdorlik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati]
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.05.00 Auditorlik xulosasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Markaziy bankning yillik hisobotini auditorlik tashkilotining xulosasi bilan birga koʻrib chiqadi.
9-modda. Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari
Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha jismoniy va yuridik shaxslar ijro etishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10-modda. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimidir.
Markaziy bank oʻzining vakolatlarini amalga oshirish va vazifalarini bajarish uchun oʻz tasarrufida tashkilotlar tashkil etishga haqli.
Markaziy bank Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan hududiy bosh boshqarmalarini tashkil etadi.
Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlar oʻz faoliyatini Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadigan nizom (ustav) asosida amalga oshiradi.
2-bob. Markaziy bankning vakolatlari va vazifalari
11-modda. Markaziy bankning vakolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.03.00.00 Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya / 07.03.02.00 Naqd pul emissiyasi, pul muomalasini tashkil qilish va tartibga solish. Inflyatsiya;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.06.00 Kredit operatsiyalari (shuningdek, 07.22.00.00 larga qarang);
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
8.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.07.00 Valyuta hisobvaraqlari;
9.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi;
10.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar;
11.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Markaziy bank:
Oʻzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;
bank tomonidan milliy va chet el valyutasida mijozlarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida pul belgilarini muomalaga kiritadi va muomaladan chiqaradi;
qimmatbaho metallardagi aktivlarni toʻldirish uchun davlatning affinlangan oltin sotib olishga boʻlgan ustuvor huquqini amalga oshiradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan quymalarni muomalaga chiqaradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi;
banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
oʻzi belgilaydigan tartibda va shartlarda banklarga qisqa muddatli kreditlar, shuningdek likvidlilikni tezkor surʼatda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar beradi;
banklar faoliyatini litsenziyalashda, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni, faktoring tashkilotlarini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini va kafolatlar berish tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazishda, shuningdek banklar, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari, faktoring tashkilotlari, lombardlar va banklar guruhlari faoliyatini tartibga solishda hamda nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanadi;
(11-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom (10.02.2020-y., roʻyxat raqami 3219).
oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrab oladi;
oʻz balansida aks ettirilgan mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;
oʻz tasarrufidagi tashkilotlarni, shu jumladan valyuta birjasini tashkil etadi;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi, shu jumladan chet el hukumatlariga, boshqa davlatlarning markaziy banklariga bank xizmatlarini koʻrsatadi;
boshqa davlatlarning markaziy banklarida va xalqaro moliya institutlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini oʻz vakolatlari doirasida ifoda etadi;
chet davlatlarda vakolatxonalar ochadi;
obligatsiyalar emissiyasini amalga oshiradi;
oʻz nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kliring va toʻlov bitimlari tuzadi;
banklardagi, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlardagi, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlaridagi kafolatlar berish tashkilotlaridagi, faktoring tashkilotlaridagi va lombardlardagi qoidabuzarliklarni aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshiradi, shu jumladan masofadan turib ham amalga oshiradi;
(11-modda birinchi qismining oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
banknotalar va tangalar tasvirlarini aks ettirishga doir talablarni belgilaydi;
banklar, “Milliy kliring markazi” aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda Milliy kliring markazi deb yuritiladi) va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi uchun hisobvaraqlar ochadi;
(11-modda birinchi qismining yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
autrayt (spot va forvard) sotib olish va sotish yoki kelishuvga binoan qaytarib sotib olish yoʻli bilan, shuningdek bozor vositalarini, valyutalarni va qimmatbaho metallarni kreditlash yoki jalb etish yoʻli bilan moliya bozorlarida faoliyatni amalga oshiradi;
mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari kafolatlar berish tashkilotlari, faktoring tashkilotlari (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi), shuningdek banklar, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalarining hamda kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha choralar koʻradi;
(11-modda birinchi qismining yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
banklarning va nobank kredit tashkilotlarining (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi), toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash hamda ularning oldini olish boʻyicha faoliyati ustidan monitoringni amalga oshiradi;
kredit tashkiloti boʻlmagan shaxslar tomonidan tashkil etilgan elektron faktoring platformalarining axborot tizimlari xavfsizligiga, kiberxavfsizligiga va ularni IT-auditdan oʻtkazishga doir talablarni belgilaydi hamda mazkur talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan yigirma beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatida aniqlangan kiberxavfsizlikka oid hodisalar hamda tahdidlar toʻgʻrisida Markaziy bank bilan tezkor axborot almashish tartibini belgilaydi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-964-sonli Qonuniga asosan yigirma uchinchi, yigirma toʻrtinchi va yigirma beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son — 2024-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
Markaziy bank qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Markaziy bankning vazifalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.03.00.00 Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya / 07.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.03.00.00 Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya / 07.03.02.00 Naqd pul emissiyasi, pul muomalasini tashkil qilish va tartibga solish. Inflyatsiya;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
8.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar;
9.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
Markaziy bank:
pul-kredit siyosatini, shu jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasida inflyatsiya darajasini monitoring, tahlil va prognoz qiladi, tegishli axborot materiallarini hamda statistik maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining toʻlov balansini, xalqaro investitsiyaviy mavqeyini, tashqi qarzini va zaxira aktivlarini oʻz ichiga olgan bank, pul-kredit statistikasini, tashqi sektor statistikasini shakllantirishni hamda eʼlon qilishni amalga oshiradi;
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Davlat budjeti loyihasini tayyorlashga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan iqtisodiy va moliyaviy masalalar boʻyicha axborotni taqdim etadi;
naqd pul muomalasini tashkil etadi;
valyutani tartibga solishni va valyutani nazorat qilishni amalga oshiradi;
valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi;
banklarni va kredit byurolarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;
banklarning, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalari va kredit byurolarining faoliyatini litsenziyalaydi, banklarning, shuningdek nobank kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, Milliy kliring markazining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(12-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarning natijalari boʻyicha pul mablagʻlari hisob-kitoblariga oid faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi;
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) boshlaganlik va tugatganlik toʻgʻrisidagi xabarnomalarni qabul qiladi, xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiruvchi xabardor qiluvchilar ustidan nazoratni amalga oshiradi, faoliyatni (harakatlarni) toʻxtatib turish, qayta tiklash va tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-martdagi OʻRQ-1070-sonli Qonuniga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 25-sentabr)
hukumatning fiskal agenti vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan bank operatsiyalarini va boshqa bitimlarni mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshirigʻiga binoan amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov tizimlari barqaror ishlashini taʼminlash choralarini koʻradi;
Markaziy bank nazorat qilishi lozim boʻlgan shaxslar tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi yuzasidan monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi;
(12-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Xalqaro valyuta fondining Oʻzbekiston Respublikasi valyutasidagi mablagʻlari depozitariysi hisoblanadi, operatsiyalarni va bitimlarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan operatsiyalar va bitimlarni amalga oshiradi;
kredit tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, moliyaviy xizmatlarning ochiqligini hamda aholining va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish choralarini koʻradi;
(12-modda birinchi qismining oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-964-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son — 2024-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini aniqlaydi, ularning reyestrini shakllantirish hamda kiberxavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarni ishlab chiqadi;
kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organ tomonidan belgilangan tartibga muvofiq kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining axborot tizimlari hamda resurslarini, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini ularning kiberxavfsizlik talablariga mosligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi;
kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining axborotlashtirish obyektlarini axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik auditidan oʻtkazadi;
kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlikning taʼminlanganlik darajasi boʻyicha reytingni yuritadi;
kredit tashkilotlariga, toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga kiberxavfsizlikka tahdidlarning (shu jumladan bank kartalari bilan bogʻlik talon-torojliklarning) oldini olish va (yoki) ularni bartaraf etish yuzasidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi hamda normativ hujjatlar qabul qiladi;
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-964-sonli Qonuniga asosan oʻn sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son — 2024-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini (bundan buyon matnda xalqaro zaxiralar deb yuritiladi), shu jumladan kelishuvga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining zaxiralarini boshqarishni, hisobga olishni va saqlashni amalga oshiradi.
Markaziy bank ushbu Qonun bilan belgilangan maqsadlariga erishish uchun qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-bob. Markaziy bankning moliyaviy holati
13-modda. Markaziy bankning ustav kapitali
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati]
Markaziy bank ustav kapitalining miqdori bir trillion soʻmni tashkil etadi. Ustav kapitali miqdorini koʻpaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.06 Zakalat]
Markaziy bankning ustav kapitali boshqa shaxslarga berilishi yoki undan zakalat taʼminoti sifatida foydalanilishi mumkin emas.
14-modda. Foydani aniqlash va taqsimlash
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Markaziy bankning foydasi har bir moliya yili uchun zaxiralar shakllantirilganidan, umidsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarning oʻrni qoplanganidan, barcha daromadlar hamda xarajatlar hisobga olinganidan, shuningdek aktivlar va passivlar haqiqatda baholanganidan soʻng aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2696, 14.07.2015-y.).
Markaziy bankning chet el valyutasi kursining yoki qimmatbaho metallar qiymatining oʻzgarishi natijasida xalqaro zaxiralarni qayta baholashdan hosil boʻladigan realizatsiya qilinmagan daromadlari va xarajatlari xalqaro zaxiralarga oid operatsiyalar boʻyicha qayta baholash fondiga kiradi. Mazkur realizatsiya qilinmagan daromad Davlat budjetiga yoʻnaltirilmaydi.
Markaziy bankning foydasi uning boshqaruvi tomonidan belgilangan tartibda, yillik hisobotni tasdiqlash bilan bir vaqtda taqsimlanadi.
Markaziy bank boshqaruvining qaroriga binoan aniq maqsadli zaxiralar va fondlar shakllantirilishi mumkin.
Aniq maqsadli zaxiralar va fondlar belgilangan tartibda toʻldirilganidan keyin foydaning qolgan qismi Davlat budjeti daromadiga yoʻnaltiriladi. Agar ustav kapitali va umumiy zaxiralar summasi Markaziy bankning muomaladagi pullar hamda Markaziy bankka nisbatan moliyaviy talablar sifatida belgilanadigan pul majburiyatlarining, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va xalqaro moliya tashkilotlari oldidagi majburiyatlar mustasno, oʻn foizidan kamrogʻini tashkil etsa, Davlat budjeti daromadiga foydaning ellik foizdan oshmaydigan miqdori oʻtkaziladi.
Yillik hisobot koʻrib chiqilmaguniga qadar foydaning qolgan qismini Davlat budjetiga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
15-modda. Markaziy bankning yillik hisoboti
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.15.00 Boshqa operatsiyalar va bitimlar]
Markaziy bankning hisobot davri kalendar yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar etib belgilanadi. Yillik hisobot auditorlik tashkilotining xulosasi ilova qilingan holda 15-maydan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati koʻrib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Markaziy bankning yillik hisoboti:
iqtisodiyot holatining tahlilini;
Markaziy bankning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni, shu jumladan pul-kredit siyosatining va bank sektori holatining sharhini oʻz ichiga oladi.
Markaziy bank har yili yillik hisobotni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
LexUZ sharhi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.06.00 Ayrim tashkilotlar auditining xususiyatlari]
16-modda. Markaziy bank faoliyatining ichki auditi
Markaziy bank faoliyatining ichki auditi Markaziy bankning ichki auditorlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Markaziy bankning ichki auditorlik xizmati oʻz faoliyatida Markaziy bank boshqaruviga va Auditorlik qoʻmitasiga hisobdordir.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Markaziy bankda uch nafar mustaqil aʼzodan iborat boʻlgan Auditorlik qoʻmitasi tashkil etiladi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Auditorlik qoʻmitasining aʼzolari Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tayinlanadi. Bunda Markaziy bank boshqaruvining mustaqil aʼzolaridan biri Auditorlik qoʻmitasining raisi boʻlishi hamda Auditorlik qoʻmitasining bir nafar aʼzosi buxgalteriya hisobi yoki audit sohasida ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Auditorlik qoʻmitasining vakolatlari va faoliyatining reglamenti, uning huquqiy maqomi, shuningdek uning aʼzolariga nisbatan talablar Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi.
Markaziy bank boshqaruvi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida Auditorlik qoʻmitasi Markaziy bankda moliyaviy hisobotlar tayyorlanishi jarayoni va ichki audit xizmati faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish, xatarlarni boshqarish va ichki nazorat tizimlarining samaradorligini kuzatib borish hamda tashqi auditning sifatli oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha vazifalarni bajaradi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Auditorlik qoʻmitasi oʻz faoliyatida Markaziy bank boshqaruviga hisobdordir.
Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatining ichki auditi yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi.
17-modda. Markaziy bank faoliyatining tashqi auditi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.07.00 Auditorlik faoliyatining boshqa masalalari]
Markaziy bank faoliyatining tashqi auditi Auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik tashkilotlari tomonidan har yili oʻtkaziladi.
Markaziy bank faoliyatini tekshirish jarayonida tashqi auditor tomonidan olingan axborot konfidensialdir va u Markaziy bankning roziligisiz oshkor etilishi mumkin emas.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-964-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son — 2024-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
Tashqi auditni oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotiga nisbatan qoʻyiladigan talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
4-bob. Markaziy bankni boshqarish
18-modda. Markaziy bank boshqaruvi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Markaziy bankning oliy organi Markaziy bank boshqaruvidir.
Markaziy bank boshqaruvi Markaziy bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi va uni boshqaradi.
19-modda. Markaziy bank boshqaruvining tarkibi
Markaziy bank boshqaruvi toʻqqiz nafar kishidan iborat boʻladi.
Markaziy bank raisi Markaziy bank boshqaruvining raisi boʻladi. Markaziy bank boshqaruvining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Markaziy bank boshqaruvi tarkibiga Markaziy bank raisi, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, shuningdek boshqaruvning ikki nafar mustaqil aʼzosi kiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.04 Oliy Majlis Senati Kengashi]
Markaziy bank boshqaruvining mustaqil aʼzolari Markaziy bank raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
20-modda. Markaziy bank boshqaruvining vakolatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.22.00 Mehnat shartnomasi (kontrakti)ning bekor qilinishi / 05.02.22.01 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni xodimning tashabbusi bilan bekor qilish;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot;
7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.02.00 Birja faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Birja faoliyatini litsenziyalash]
Markaziy bank boshqaruvi:
pul-kredit siyosatining asosiy parametrlarini, shu jumladan likvidlilikni berish va olib qoʻyish boʻyicha Markaziy bank operatsiyalarining hajmlari, limitlari va normativlarini, Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalarini, shu jumladan qayta moliyalashtirish stavkasini va (yoki) asosiy stavkani, majburiy zaxira talablarining miqdorlarini (majburiy zaxiralar normativlarini, majburiy zaxiralarni oʻrtachalash koeffitsiyentini) va beriladigan kreditlarga doir taʼminot turlarining roʻyxatini belgilaydi;
kelgusi yil uchun pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini tasdiqlaydi;
kredit tashkilotlari uchun islomiy moliya standartlarini tasdiqlaydi;
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Markaziy bankning xalqaro tashkilotlarda ishtirok etishi, shuningdek xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzishi hamda ularga qoʻshilishi masalasini koʻrib chiqadi;
pul belgilarining nominal qiymatini, namunalarini va ularni qaytarib olish shartlarini belgilaydi;
Markaziy bankning buxgalteriya hisobini, hisobotini va moliya-xoʻjalik faoliyatini yuritish tartibini belgilaydi;
banklar, shu jumladan tizimli ahamiyatga molik banklar, shuningdek banklar guruhlari, mikromoliya tashkilotlari, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari hamda faktoring tashkilotlari uchun prudensial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini va ushbu normativlarning yoʻl qoʻyiladigan qiymatlarini belgilaydi;
(20-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
kredit tashkilotlari uchun moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish, buxgalteriya hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlaydi;
kredit tashkilotlari, banklar guruhlari va kredit byurolari uchun moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish qoidalarini, uning tuzilishini va mazmunini tasdiqlaydi;
bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi va islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
(20-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
bankni sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-martdagi OʻRQ-1070-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 25-sentabr)
valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyani berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
(20-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyani berish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini, kafolatlar berish tashkilotlarini va faktoring tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida, shuningdek ular haqidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrlardan chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
(20-moddaning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini va Milliy kliring markazini hisob roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuniga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini, Markaziy bank markaziy apparatining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bosh boshqarmalarining tuzilmasini hamda ularning shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish hamda tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Markaziy bankda Islomiy moliya faoliyati bilan bogʻliq masalalarni muvofiqlashtiruvchi Markaziy bankning islomiy moliya kengashini (bundan buyon matnda Markaziy bankning islomiy moliya kengashi deb yuritiladi) tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, shuningdek uning faoliyatiga doir talablarni belgilaydi;
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuniga asosan yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Markaziy bankning xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning yillik va moliyaviy hisobotlarini koʻrib chiqadi;
Markaziy bank tarkibiy boʻlinmalarining hamda tasarrufidagi tashkilotlarning rahbarlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bank tarkibiy boʻlinmalari, oʻz tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini va maʼruzalarini eshitadi;
Markaziy bankning Kredit qoʻmitasi va Bank nazorati qoʻmitasi nizomini hamda tarkibini tasdiqlaydi;
Markaziy bank Kredit qoʻmitasining va Bank nazorati qoʻmitasining hisobotlarini hamda maʼruzalarini eshitadi;
Markaziy bank faoliyatini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda boshqarishga doir siyosatni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
qonunchilikka muvofiq Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, mehnat shartnomasini bekor qilish, ularning mehnatiga haq toʻlash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi tartibini belgilaydi;
bank tizimi masalalari boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablar doirasida qarorlar qabul qiladi;
(20-moddaning yigirma ikkinchi va yigirma uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xalqaro zaxiralarni boshqarish, hisobga olish va saqlash strategiyasini belgilaydi;
kredit tashkilotlarining oʻz xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarini amalga oshirishi chogʻidagi faoliyatiga doir minimal talablarni tasdiqlaydi;
kredit byurolarining faoliyatiga doir talablarni tasdiqlaydi;
Markaziy bank vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqadi va hal qiladi.
21-modda. Markaziy bank boshqaruvining majlislari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Markaziy bank boshqaruvining majlislari oyiga kamida bir marta oʻtkaziladi.
Markaziy bank boshqaruvining majlislari Markaziy bank raisi tomonidan chaqiriladi. Majlislar Markaziy bank boshqaruvining kamida uch nafar aʼzosi talabi boʻyicha ham chaqirilishi mumkin.
Markaziy bank boshqaruvi majlislariga Markaziy bank raisi, rais boʻlmagan taqdirda esa uning birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlaridan biri raislik qiladi.
Markaziy bank boshqaruvi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda boshqaruv majlisi vakolatli boʻladi. Markaziy bank boshqaruvining qarorlari hozir boʻlgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi boʻladi.
Markaziy bank boshqaruvi majlislari, qoida tariqasida, yopiq tartibda oʻtkaziladi.
Markaziy bank boshqaruvining ochiq majlislarini oʻtkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi, oʻtkaziladigan joyi hamda vaqti Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Markaziy bank boshqaruvining majlislari reglamentga muvofiq oʻtkaziladi.
Markaziy bank boshqaruvining toʻxtami qaror tarzida qabul qilinadi.
22-modda. Markaziy bank raisi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi;
4.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
5.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
6.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
7.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
8.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.21.00 Bank faoliyatining boshqa masalalari]
Markaziy bank raisi:
Markaziy bank va uning boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi hamda Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar boʻladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijda Markaziy bank nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;
ichki audit xizmatiga rahbarlik qiladi;
Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, bundan ushbu Qonunga binoan Markaziy bank boshqaruvining vakolatlariga kiritilgan masalalar mustasno;
Markaziy bank boshqaruvining qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar qabul qiladi;
Markaziy bankning faoliyatini va joriy operatsiyalarini tezkor boshqarishga doir harakatlarni bajaradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobot taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida Markaziy bank faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha Markaziy bank nomidan ish yuritadi;
(22-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
ayrim masalalarni hal qilishni oʻz oʻrinbosarlariga, markaziy devonning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga, Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha bosh boshqarmalari rahbarlariga topshiradi;
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabulini oʻtkazadi.
Markaziy bank raisining vakolat muddati — besh yil.
Markaziy bank raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
23-modda. Markaziy bank raisini egallab turgan lavozimidan ozod qilish uchun asoslar
Markaziy bank raisi egallab turgan lavozimidan quyidagi asoslarga koʻra ozod qilinishi mumkin:
vakolat muddati tugaganda;
egallab turgan lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida sabablari koʻrsatilgan arizasiga koʻra;
oʻziga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
sogʻligʻining holatiga koʻra oʻz xizmat vazifalarini bajara olmaganda, davlat tibbiy komissiyasining xulosasi asosida;
vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
egallab turgan lavozimiga munosib boʻlmagan xatti-harakatlar sodir etganda, shu jumladan ushbu Qonunni qoʻpol ravishda buzganda va Markaziy bank manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganda.
24-modda. Markaziy bank raisining oʻrinbosarlari
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Markaziy bank raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari egallab turgan lavozimidan quyidagi asoslarga koʻra ozod qilinishi mumkin:
egallab turgan lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida sabablari koʻrsatilgan arizasiga koʻra;
oʻziga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
sogʻligʻining holatiga koʻra oʻz xizmat vazifalarini bajara olmaganda, davlat tibbiy komissiyasining xulosasi asosida;
vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
egallab turgan lavozimiga munosib boʻlmagan xatti-harakatlar sodir etganda, shu jumladan ushbu Qonunni qoʻpol ravishda buzganda va Markaziy bank manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganda.
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish chogʻida manfaatlar toʻqnashuvlarining oldini olish, ularni aniqlash va boshqarish maqsadida Markaziy bank raisi oʻz oʻrinbosarlari, mustaqil tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari oʻrtasida vakolatlarning taqsimlanishini, shu jumladan pul-kredit siyosatini amalga oshirish, xalqaro zaxiralarni boshqarish, moliya bozorlari sohasida bank tomonidan tartibga solish, nazorat qilish va tekshirishni amalga oshirish chogʻida vakolatlarning taqsimlanishini taʼminlashi shart.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.22.00 Mehnat shartnomasi (kontrakti)ning bekor qilinishi / 05.02.22.01 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni xodimning tashabbusi bilan bekor qilish;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, mehnat shartnomasini bekor qilish, ularning mehnatiga haq toʻlash shartlari va boshqa mehnatga oid munosabatlar Markaziy bank tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.16.00 Bank siri (shuningdek, 12.03.05.03ga qarang);
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.01.00 Umumiy qoidalar]
Markaziy bank xodimlariga quyidagilar taqiqlanadi:
haq toʻlanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish mustasno;
banklar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
(25-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi OʻRQ-1031-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 03/25/1031/0160-son)
oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni oshkor etish yoki uchinchi shaxslar manfaatlarini koʻzlab undan foydalanish.
(25-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Markaziy bank xodimlarini tadbirkorlik subyektlarining, shu jumladan kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning, shuningdek konsolidatsiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvlarini oʻtkazish uchun jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
Markaziy bank xodimlarining malakasini va kasbiy darajasini baholash tartibi Markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
5-bob. Markaziy bankning pul-kredit siyosati
26-modda. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.03.00.00 Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya / 07.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.06.00 Kredit operatsiyalari (shuningdek, 07.22.00.00 larga qarang)]
Markaziy bank narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi chora-tadbirlar vositasida pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi:
makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, shu jumladan inflyatsiya koʻrsatkichlari prognozlarini shakllantirish, shuningdek uning maqsadli koʻrsatkichini belgilash;
kelgusi yil uchun pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
qayta moliyalashtirish stavkasini va (yoki) asosiy stavkani, shuningdek Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalarini belgilash;
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2201, 23.02.2011-y.).
Markaziy bankda banklarning majburiy zaxiralariga doir normativlarni, shuningdek majburiy zaxiralar summasiga nisbatan oʻrtachalash koeffitsiyentini belgilash;
pul bozorida likvidlilikni taqdim etish va uni olib qoʻyish boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish;
ichki valyuta bozorida intervensiyalarni amalga oshirish;
Markaziy bankning kommunikatsiya siyosatini oʻtkazish.
27-modda. Pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi]
Markaziy bank har yili keyingi moliya yili boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin kelgusi yil uchun pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini bu haqda xabardor etadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagi axborotni:
oʻtkazilayotgan pul-kredit siyosatining asosiy prinsiplarini;
iqtisodiyotning oʻtgan davrdagi rivojlanish sharhini;
iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollarini, asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozini, shu jumladan inflyatsiya, toʻlov balansi va pul-kredit koʻrsatkichlarining prognozini;
kelgusi yil uchun inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlarini, pul-kredit siyosatining asosiy parametrlari va pul-kredit siyosati boʻyicha koʻrilayotgan choralarni, shuningdek pul-kredit siyosatining maqsadlariga erishish tavakkalchiliklari tahlilini oʻz ichiga oladi.
Markaziy bank oʻz rasmiy veb-saytida:
har yili — pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlarini;
har chorakda — pul-kredit siyosatining sharhlarini;
har oyda — pul-kredit siyosatining asosiy koʻrsatkichlarini, shu jumladan pul massasining dinamikasi va tarkibini, bank tizimiga doir statistik maʼlumotlarni, Markaziy bankning operatsiyalari toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni eʼlon qiladi.
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga pul-kredit siyosati va bank sektorining holati toʻgʻrisidagi har choraklik axborotni taqdim etadi.
Markaziy bank inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, bir yoki bir nechta pul-kredit koʻrsatkichlari oʻzgarishining maqsadli moʻljallarini belgilashi mumkin.
29-modda. Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
Markaziy bank har xil turdagi pul-kredit operatsiyalari boʻyicha bir yoki bir nechta foiz stavkasini belgilashi mumkin.
Markaziy bank amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati doirasida bozor foiz stavkalari darajasiga taʼsir koʻrsatish uchun foiz siyosatini qoʻllaydi.
Markaziy bank pul-kredit operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalarini oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
30-modda. Majburiy zaxira talablari
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish doirasida Markaziy bank banklar jalb qilgan majburiyatlar ostida banklar tomonidan Markaziy bankda deponentga oʻtkaziladigan majburiy zaxiralarning normativlarini belgilaydi.
Markaziy bank majburiy zaxira talablarining miqdorini, banklarning zaxiralar deponentga oʻtkaziladigan majburiyatlari tarkibini, hisob-kitob qilish va zaxiralash tartibini, shuningdek majburiy zaxiralarni oʻrtachalash koeffitsiyentini tasdiqlaydi.
Majburiy zaxiralarning normativlari barcha banklar uchun bir xildir.
Majburiy zaxiralar banklarning Markaziy bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi mablagʻlarini deponentga oʻtkazish yoʻli bilan va (yoki) Markaziy bankda ochilgan vakillik hisobvaragʻida majburiy zaxiralarni oʻrtachalash koeffitsiyenti miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblangan majburiy zaxiralarning oʻrtachalashtirilgan miqdorini saqlab turish yoʻli bilan ushlab turiladi.
Majburiy zaxiralarni oʻrtachalash koeffitsiyenti qiymati 0 dan 1 gacha oraliqda boʻlgan son bilan ifodalangan koʻpaytiruvchidan iboratdir.
Minimal zaxira talablari normativlarining oʻzgarishi bunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kamida bir oydan soʻng amalga kiritiladi.
Undiruvni Markaziy bankdagi hisobvaraqlarda banklar tomonidan deponentga oʻtkazilgan majburiy zaxiralarga qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
31-modda. Pul bozorida likvidlilikni taqdim etish va olib qoʻyishga doir operatsiyalar
Markaziy bank bozor foiz stavkalari darajasiga taʼsir koʻrsatish, shuningdek bank tizimining likvidliligini ushlab turish va tartibga solish maqsadlarida pul bozorida likvidlilikni taqdim etish va olib qoʻyish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiradi. Mazkur operatsiyalar:
taʼminot ostidagi kreditlarni;
“svop” operatsiyalarini;
ochiq bozordagi operatsiyalarni;
qayta moliyalashtirishning maxsus mexanizmlarini;
depozit operatsiyalarini;
Markaziy bank obligatsiyalarining emissiyasini oʻz ichiga oladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan operatsiyalar umum qabul qilingan xalqaro amaliyot hisobga olingan holda Markaziy bank tomonidan belgilangan boshqa vositalarni, shu jumladan islomiy moliya standartlariga muvofiq boʻlgan vositalarni (bundan buyon matnda islomiy moliya vositalari deb yuritiladi) ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(31-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
32-modda. Markaziy bankning kreditlari boʻyicha taʼminot
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.08.00 Banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi]
Markaziy bankning kreditlari boʻyicha quyidagilar taʼminot boʻlishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining xalqaro zaxiralari toifasiga kiruvchi valyuta qimmatliklari;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari;
banklarning kreditlari boʻyicha talab qilish huquqi;
likvidlilik va umum qabul qilingan xalqaro amaliyot hisobga olingan holda roʻyxati Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qarz vositalari hamda boshqa qimmatliklar, shuningdek kafilliklar va bank kafolatlari.
Markaziy bank banklarni kreditlash shartlarini oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
33-modda. Tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash
Likvidlilikning vaqtinchalik taqchilligi yuzaga kelganda toʻlovlarning uzluksizligini taʼminlash maqsadida Markaziy bank likvidlilikni saqlab turish uchun toʻlovga qobiliyatli va barqaror tijorat banklariga olti oygacha boʻlgan muddatga qisqa muddatli kreditlar tarzida tezkor yordam berishga haqli. Mazkur kreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning boshqa kreditlariga doir amaldagi stavkalardan kam boʻlmasligi va u bankning aktivlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Tijorat banki favqulodda qoʻllab-quvvatlash kreditlarini olish uchun Markaziy bankka mazkur kreditni oʻz vaqtida toʻlash va likvidlilik holatini tiklash boʻyicha tadbirlar rejasini taqdim etishi kerak.
Mamlakatning moliyaviy tizimi barqarorligiga tahdid tugʻilgan alohida hollarda Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan kreditni nisbatan yuqori foiz stavkasida bir yilgacha boʻlgan muddatga berishga yoʻl qoʻyiladi.
(33-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Markaziy bank islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarning likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun islomiy moliya vositalaridan foydalanishga haqli.
(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
34-modda. Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari
Bozorning foiz stavkalari va bank tizimidagi likvidlilik darajasiga taʼsir koʻrsatish maqsadida Markaziy bank ochiq bozorda:
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlarini, shuningdek Markaziy bankning oʻzi chiqargan obligatsiyalar tarzidagi qarz majburiyatlarini;
Markaziy bankning qaroriga koʻra boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olishi va sotishi mumkin.
Markaziy bank Davlat budjetini moliyalashtirish uchun ochiq bozordagi operatsiyalardan foydalanishga, Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari birlamchi joylashtirilganda ularni sotib olishga haqli emas.
Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari limiti Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1829, 18.06.2008-y.).
35-modda. Markaziy bankning obligatsiyalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Markaziy bank faqat pul-kredit siyosatini amalga oshirish maqsadida obligatsiyalar emissiyasini amalga oshiradi.
Obligatsiyalarning emissiyasi, joylashtirilishi, muomalada boʻlishi hamda muomaladan chiqarilishi tartibi va shartlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
36-modda. Ichki valyuta bozoridagi valyuta intervensiyalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi]
Markaziy bankning valyuta intervensiyalari pulga boʻlgan umumiy talab va taklifga taʼsir koʻrsatish, shuningdek soʻm kursining ortiqcha oʻzgarishlarini yumshatish uchun ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish-sotish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
37-modda. Markaziy bankning pul bozoridagi ishtiroki
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi]
Pul bozori milliy va chet el valyutalaridagi pul mablagʻlarini joylashtirish hamda jalb etish boʻyicha (birjada va birjadan tashqari) savdolarni tashkil etish hamda amalga oshirish tizimidir.
Markaziy bank pul bozoridagi oʻz operatsiyalarining hajmlarini, turlarini va oʻtkaziladigan joyini belgilaydi.
38-modda. Markaziy bank tomonidan mijozlarga bank xizmati koʻrsatish
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.15.00 Boshqa operatsiyalar va bitimlar]
Markaziy bank qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining asosiy hisobvaraqlariga, shu jumladan ular harbiy qismlarining, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining, shuningdek Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlarning hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
(38-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.03.00.00 Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya / 07.03.01.00 Umumiy masalalar]
6-bob. Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi va pul muomalasini tashkil etish
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.03.00.00 Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya / 07.03.01.00 Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi Oʻzbekiston Respublikasining pul birligini, pul muomalasini tashkil etishni va uni tartibga solishni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir. Bir soʻm yuz tiyindan iborat.
Soʻm Oʻzbekiston Respublikasidagi yagona cheklanmagan qonuniy toʻlov vositasidir.
Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Soʻmning ramz tarzidagi grafik belgisi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi.
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pul muomalasini tashkil etadi.
Soʻm va oltin oʻrtasida yoki boshqa qimmatbaho metallar oʻrtasida nisbat belgilanmaydi.
40-modda. Pul belgilarini muomalaga chiqarish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.03.00.00 Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya / 07.03.02.00 Naqd pul emissiyasi, pul muomalasini tashkil qilish va tartibga solish. Inflyatsiya]
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Pul belgilari banknotlar va tangalar tarzida, shu jumladan qimmatbaho metallar tarzida chiqariladi.
Muomaladagi pul belgilari Markaziy bankning qatʼiy majburiyatlari boʻlib, ushbu pul belgilari uning barcha aktivlari bilan taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.04 Oliy Majlis Senati Kengashi]
Pul belgilarining namunalari, shuningdek ularning dizayni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi. Pul belgilarining dizayni Markaziy bankning mulkidir. Yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi xabar, shuningdek ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Markaziy bank va banklar talabga koʻra bir nominal qiymatdagi pul belgilarini boshqasiga hech qanday toʻlovsiz yoki vositachilik haqisiz ayirboshlashni amalga oshiradi.
Pul belgilarining himoya elementlariga doir talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Markaziy bank muhim sanalarga oid va esdalik pul belgilarini, shu jumladan qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini muomalaga chiqarishga haqli.
Numizmatika va kolleksiyalash maqsadlarida pul belgilarini sotish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Markaziy bank yoʻq qilib yuborilgan, yoʻqotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yoʻqotgan pul belgilarining oʻrnini qoplamaydi.
Pul belgilarini qalbakilashtirish va qonunga xilof ravishda tayyorlash qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
41-modda. Pul belgilarini tayyorlash va saqlash
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.14.00 Pullar va boshqa qimmatliklarni inkasso qilish]
Markaziy bank pul belgilarining tayyorlanishini, muomalaga chiqarilmagan pul belgilarining saqlanishini, bosma qoliplar va boʻyoqlarning saqlanishi hamda yoʻq qilinishini taʼminlaydi, naqd pullarni saqlash, tashish va inkasso qilish, shuningdek ularni yoʻq qilib yuborish qoidalarini belgilaydi.
42-modda. Muomaladagi pul belgilaridan foydalanishga qoʻyiladigan talablar
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pul belgilari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida toʻlovlarning barcha turlarida, shuningdek hisobvaraqlarga, omonatlarga oʻtkazish va joʻnatma sifatida oʻtkazish uchun oʻz nominal qiymati boʻyicha qabul qilinishi shart.
43-modda. Shikastlangan pul belgilari
Markaziy bank pul belgilarining muomalaga yaroqliligini aniqlash hamda shikastlangan pul belgilarini almashtirish tartibini belgilaydi va eʼlon qiladi.
Banklar shikastlangan pul belgilarini Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq cheklovlarsiz almashtirib beradi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir Yoʻriqnoma” (roʻyxat raqami 3028, 29.06.2018-y.).
44-modda. Pul belgilarini muomaladan chiqarish
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining har qanday pul belgilarini muomaladan chiqarishga haqli. Buning uchun Markaziy bank boshqaruvining ayirboshlash tartibi va vaqti koʻrsatilgan eʼlon qilingan qarori asos boʻlib xizmat qiladi.
Ayirboshlash uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan muddat tugagach ayirboshlanishi kerak boʻlgan pul belgilari qonuniy toʻlov vositasi sifatida oʻz kuchini yoʻqotadi.
45-modda. Toʻlovlarni amalga oshirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.08 Naqd pul bilan hisob-kitob;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pul yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar tarzida amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklar orqali amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 3229, 04.13.2020-y.).
Markaziy bank toʻlov tizimining ishlashini taʼminlash maqsadida:
toʻlov tizimining strategiyasini belgilaydi va amalga oshiradi;
oʻz vakolatlari doirasida toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimlari operatorlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
toʻlov xizmatlari bozorida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga doir talablarni belgilaydi;
toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimlari operatorlari faoliyatini tartibga solishni hamda nazorat qilishni amalga oshiradi.
Markaziy bank banklarga va toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga toʻlovlarga hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatilishini tashkil etishda, shu jumladan bank kartalari hamda boshqa toʻlov vositalari orqali toʻlagan holda koʻmaklashishga, bunday operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilashga va tegishli koʻrsatmalar berishga haqlidir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
7-bob. Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish, shuningdek xalqaro zaxiralarni boshqarish
47-modda. Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir.
Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida:
valyutani tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
banklarning valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishga doir faoliyatini tartibga solishni va nazorat qilishni amalga oshiradi;
(47-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
valyuta birjalari faoliyatini litsenziyalashni va tartibga solishni amalga oshiradi;
banklar uchun ochiq valyuta pozitsiyasi limitlarini va boshqa prudensial normativlarni belgilaydi;
LexUZ sharhi
chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni ochish tartibini belgilaydi;
valyuta kursini aniqlash tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonuni 7-moddasi.
48-modda. Xalqaro kliring va toʻlov bitimlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.01 Joriy xalqaro operatsiyalar]
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan kliring muassasalari bilan oʻz nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshirigʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kliring hamda toʻlov bitimlari, shuningdek har qanday shartnomalar tuzishga haqlidir.
49-modda. Xalqaro zaxiralar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.13.00 Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi boshqa masalalar]
Xalqaro zaxiralar Markaziy bankning va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli aktivlaridan iboratdir.
Markaziy bank oʻzining balans hisobvaraqlarida xalqaro zaxiralarni shakllantiradi, bu zaxiralar:
monetar oltinni;
Xalqaro valyuta fondidagi mablagʻ jalb qilishga doir maxsus huquqlarni va zaxira pozitsiyasini;
chet el valyutasini;
chet el hukumatlari, xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan chiqarilgan yoki kafolatlangan qimmatli qogʻozlarni;
xalqaro standartlarga muvofiq xalqaro zaxiralar tarkibiga kiritiladigan boshqa aktivlarni oʻz ichiga oladi.
Majburiyatlari xalqaro zaxiralarga kiritiladigan mamlakatlar va xalqaro moliya tashkilotlarining roʻyxati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Xalqaro zaxiralar Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirish, shuningdek xalqaro operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni taʼminlash uchun yetarli boʻlgan darajada saqlab turiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar]
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar]
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq hamda umum qabul qilingan xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidir.
(50-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-bob. Markaziy bankning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan munosabatlari
51-modda. Markaziy bankning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Moliyaviy barqarorlik kengashi bilan hamkorligi
(51-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-iyundagi OʻRQ-1070-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 25-sentabr)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Markaziy bank hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati pul-kredit va soliq-budjet siyosati sohasida hamkorlik qiladi.
Markaziy bank va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiy siyosat uchun ahamiyatga ega boʻlgan moʻljallanilayotgan harakatlar hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisida bir-birini xabardor qilishi va muntazam ravishda maslahatlashuvlar oʻtkazishi shart.
Markaziy bank oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiy siyosati amalga oshirilishiga, uning asosiy maqsadlariga ziyon yetkazmagan holda, koʻmaklashadi.
Markaziy bank va Moliyaviy barqarorlik kengashi tizimli moliyaviy tanazzul vujudga kelishining oldini olish va uning oqibatlarini kamaytirish maqsadida moliyaviy barqarorlik uchun tavakkalchilik omillarini birgalikda baholash, kelishilgan qarorlar majmuini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish orqali moliyaviy tizim barqarorligini taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi.
(51-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-iyundagi OʻRQ-1070-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 25-sentabr)
52-modda. Davlat sektoriga mablagʻ jalb qilish masalalaridagi maslahatlashuvlar
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan mablagʻ jalb qilish, shu jumladan ushbu mablagʻni jalb qilish doirasida toʻlanadigan summalarni berish masalalari, shuningdek kreditlar berishning taklif etilayotgan muddatlari hamda shartlari yuzasidan Markaziy bank bilan maslahatlashadi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va uning davlat organlari olayotgan barcha qarzlar hamda kreditlar toʻgʻrisida Markaziy bankka xabar beradi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang Oʻzbekiston Respublikasining “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 9-moddasi.
53-modda. Depozitariy vazifalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy]
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining, shuningdek boshqa davlat organlarining pul mablagʻlarini va valyuta qimmatliklarini depozitga qabul qilishi mumkin. Markaziy bank depozitariy sifatida pul mablagʻlarini oladi va beradi, ularning hisobini yuritadi. Markaziy bank koʻrsatib oʻtilgan depozitlar boʻyicha foizlar toʻlashi mumkin.
54-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining fiskal agenti vazifalari
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartlar asosida faoliyat yuritib, quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va davlat boshqaruvi organlarining fiskal agenti sifatida ish yuritishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari tomonidan emitentlangan qarz majburiyatlarini (qimmatli qogʻozlarni) joylashtirishda, joylashtirishni roʻyxatga olishda;
qarz majburiyatlarining (qimmatli qogʻozlarning) qiymatini, ular boʻyicha foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlashda;
qarz majburiyatlari (qimmatli qogʻozlar) boʻyicha hisobvaraqlarni yuritishda va ularga doir toʻlov operatsiyalarini bajarishda;
qarz majburiyatlari (qimmatli qogʻozlar) boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda.
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlatning qimmatli qogʻozlarini chiqarish va davlat qarzini qaytarish jadvali hamda hajmi masalalari yuzasidan ularning bank tizimi likvidliligiga taʼsiri va pul-kredit siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda maslahat beradi.
55-modda. Axborot almashish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bank oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida doimiy ravishda tegishli statistik axborot almashishni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Markaziy bankka u oʻz vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan iqtisodiy axborotni taqdim etadi.
9-bob. Markaziy bankning kredit tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlari
56-modda. Majburiyatlar boʻyicha javobgarlik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Markaziy bank va kredit tashkilotlari bir-birining majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi.
57-modda. Banklarning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi]
Markaziy bank banklarning hisobvaraqlarini yuritishga va ulardan depozitlarni qabul qilishga haqli.
58-modda. Markaziy bankning statistik maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va tarqatishdagi vakolatlari
Markaziy bank bank tizimi ehtiyojlari uchun hamda tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan statistik maʼlumotlarni almashish uchun axborot tarmogʻini yaratadi va saqlab turadi.
Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida statistik maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va tarqatish qoidalarini tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan kelishib oladi.
Markaziy bank oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun tegishli davlat boshqaruvi organlaridan yoki bevosita tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan axborotni (shu jumladan konfidensial axborotni) qonunchilikda belgilangan tartibda soʻrab olishga haqli.
(58-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-964-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son — 2024-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 263-son “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi sektor statistikasi shakllantirilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 445-son qarori bilan tasdiqlangan Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhini shakllantirish boʻyicha statistik hisobotlarni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 26-maydagi 19/2-son qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalari (roʻyxat raqami 3031, 2018-yil 2-iyul)
Markaziy bankka qarzdorning Markaziy bankdagi hisobvaraqlaridagi qoldiqlari va boshqa aktivlari hisobidan oʻzining qonunchilikda belgilangan talablarini qanoatlantirishda ustuvor huquq beriladi.
(59-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 22-yanvardagi 1/1-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 42 va 68-bandlari (roʻyxat raqami 2201, 2011-yil 23-fevral).
Markaziy bank oʻzining ustuvor huquqini hisobvaraqlardagi qoldiqlarni ushlab qolish yoki boshqa aktivlarni maqbul narxlarda sotish va sotish xarajatlari chegirib tashlanganidan keyin oʻziga tegishli boʻlgan miqdordagi tushumni ushlab qolish orqali amalga oshirishi mumkin.
10-bob. Kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish
(10-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
60-modda. Markaziy bankning tartibga solishga doir vazifalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
Markaziy bank tartibga solishga doir vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagilarni belgilaydi:
banklarni va kredit byurolarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi hamda shartlarini;
(60-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
amalga oshirilishi uchun Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarini litsenziyalash tartibini;
ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini;
(60-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini;
(60-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
banklar aksiyalarining potensial oluvchisini baholash tartibi va shartlarini;
chet ellik muassislarga (aksiyadorlarga) nisbatan ular tomonidan bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish chogʻida qoʻyiladigan qoʻshimcha talablarni;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet davlatlar banklarining vakolatxonalarini ochish, akkreditatsiya qilish, ularning faoliyatini amalga oshirish va tugatish tartibini;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 1883, 23.12.2008-y.).
chet elda shuʼba bankni va filialni ochish uchun banklar boshqaruvi hamda moliyaviy holatining yetarliligi mezonlarini;
toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimlari operatorlari ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdorini;
(60-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
banklarga aloqador boʻlgan shaxslar bilan bitimlar tuzish, shu jumladan ularga kreditlar berish boʻyicha cheklovlarni;
kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizligiga doir minimal talablarni;
(60-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-964-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son — 2024-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolarining binolariga, ularning himoya qilinishini taʼminlashga, uskunalar, tashkiliy-texnik vositalar bilan jihozlanishiga hamda dasturiy taʼminotiga doir talablarni;
banklarning faoliyatini tugatish va banklarni tugatish, shu jumladan ixtiyoriy shaklda tugatish tartibini;
banklarni sanatsiya qilish va tugatishga oid tartib hamda qoidalarni;
(60-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-martdagi OʻRQ-1070-sonli Qonuniga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 25-sentabr)
banklarni auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlarini;
(60-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash uslubiyotini;
banklarning va banklar guruhlarining moliyaviy ahvoli yomonlashishiga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash uslubiyotini;
yuridik shaxslar tomonidan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, operatsiyalar va xizmatlarning soni va (yoki) hajmi, isteʼmolchilar soni va boshqalar) sinovdan oʻtkazish boʻyicha maxsus huquqiy rejimini (“tartibga solish qumdoni”);
mikromoliya tashkilotlari tomonidan toʻlov agentining (subagentining) yoki banklar, sugʻurta va boshqa moliya tashkilotlari agentining vazifalarini amalga oshirish tartibini;
mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatish tartibini;
(60-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan oʻn sakkizinchi, oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
bankning moliyaviy operatsiyalari boʻyicha foizlarni hamda islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha ustama va (yoki) foydadan olinadigan ulush miqdorini hisoblashga va ularni bankning daromadlari va (yoki) xarajatlari hisobvaraqlariga kiritishga doir talablarni;
(60-modda birinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
kredit tashkilotlari faoliyatini oʻzgartirishning oʻziga xos xususiyatlarini;
(60-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-fevraldagi OʻRQ-1026-sonli Qonuniga asosan yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 03/25/1026/0131-son)
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlardan kelib chiqqan holda boshqa talablarni.
Berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi kerak va u tanishib chiqish uchun ochiq boʻlishi lozim.
Markaziy bank banklar va kredit byurolarining davlat reyestrlarini, banklarga, toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga, kredit byurolariga berilgan litsenziyalarning reyestrlarini, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestrini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestrini, kafolatlar berish tashkilotlari reyestrini, faktoring tashkilotlari reyestrini, lombardlar reyestrini, shuningdek ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritadi.
(60-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
61-modda. Markaziy bankning nazoratga doir vazifalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.15.00 Boshqa operatsiyalar va bitimlar]
Nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish uchun Markaziy bank:
kredit tashkilotlari uchun moliyaviy operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va nazoratga doir hisobotlarni, shu jumladan yillik hisobotni tuzish hamda taqdim etish, tavakkalchiliklarini baholash hamda ularning faoliyatini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan axborotni taqdim etish boʻyicha majburiy boʻlgan qoidalarni;
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1834, 11.07.2008-y.).
faoliyatni va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolari uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda foydani taqsimlash uchun banklar tomonidan Markaziy bankning roziligini olish tartibini;
konsolidatsiya chegaralarini (perimetrini) va usullarini aniqlash tartibini;
banklar guruhining asosiy banki tomonidan banklar guruhining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan konsolidatsiyalashgan hisobotni va axborotni tuzish hamda Markaziy bankka taqdim etish tartibini;
banklar guruhining ishtirokchilari tomonidan banklar guruhining asosiy bankiga banklar guruhining faoliyati toʻgʻrisidagi konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzish uchun zarur boʻlgan oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish tartibini;
banklarning hamda banklar guruhlarining ichki nazoratiga va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga, shuningdek banklardagi korporativ boshqaruvga, shu jumladan banklarning kuzatuv kengashlari aʼzolarining mustaqilligiga doir talablarni;
islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarda islomiy moliya standartlariga muvofiq boʻlgan boshqaruv tizimini tashkil etishga doir talablarni;
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari va banklar guruhlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratga doir talablarni;
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
banklarning va banklar guruhlarining moliyaviy ahvolini tiklash rejalarining mazmuniga hamda ularni yangilashga doir talablarni, ularni taqdim etish va baholash tartibini;
banklar, shu jumladan tizimli ahamiyatga molik banklar, shuningdek banklar guruhlari, mikromoliya tashkilotlari, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari va faktoring tashkilotlari uchun prudensial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini hamda ushbu normativlarning yoʻl qoʻyiladigan qiymatlarini;
(61-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
banklar, tizimli ahamiyatga molik banklar va banklar guruhlari uchun likvidlilik hamda kapitalning yetarliligi koeffitsentlariga qoʻshimcha ustamalarni;
toʻlanadigan haq miqdorlarining bazaviy darajasini aniqlash tartibini, shu jumladan jismoniy shaxs boʻlgan omonatchilarga toʻlanadigan har qanday foizlarni va foizsiz toʻlovlarni, natura shaklidagi daromadlarni, shuningdek bank omonati shartnomalari boʻyicha pul mukofotlari qiymatlarining bazaviy darajadan ogʻishining eng yuqori darajasini;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 23-avgustdagi 27/4-sonli “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3460, 29.09.2023-y.).
banklarda vaqtinchalik boshqaruvni amalga oshirish tartibini;
banklarning kuzatuv kengashi, boshqaruvi aʼzolarini va muhim ahamiyatga ega xodimlarini hamda islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarning islomiy moliya masalalarini muvofiqlashtiruvchi islomiy moliya kengashi (bundan buyon matnda bankning islomiy moliya kengashi deb yuritiladi) aʼzolarini baholashdan oʻtkazish tartibini, ularning malaka talablariga muvofiqlik mezonlarini, shuningdek ularni kelishib olish tartibini belgilaydi.
(61-modda birinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.15.00 Bank omonati]
Markaziy bank nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish uchun:
kredit tashkilotlaridan, ularga aloqador boʻlgan shaxslardan, toʻlov tashkilotlaridan, toʻlov tizimlari operatorlaridan, valyuta birjalaridan, kredit byurolaridan, shuningdek banklar guruhlaridan, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslardan va kredit tashkilotlarining assotsiatsiyalaridan (uyushmalaridan) hisobotlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni soʻrab olishga va tekshirishga, olingan axborotni tushuntirib berishni talab qilishga;
kredit tashkilotlarini, toʻlov tashkilotlarini, toʻlov tizimlari operatorlarini, valyuta birjalarini, kredit byurolarini, bank tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarni, shuningdek konsolidatsiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaxslarni inspeksiyadan (tekshiruvdan) oʻtkazishga;
banklarning, mikromoliya tashkilotlarining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining, kredit byurolarining, kafolatlar berish tashkilotlarining va faktoring tashkilotlarining ichki auditiga doir talablarni belgilashga;
(61-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan beriladigan isteʼmol kreditlari hamda mikroqarzlar, shuningdek lombardlar tomonidan beriladigan mikroqarzlar boʻyicha foiz stavkalari va toʻlovlarining eng yuqori qiymatlarini belgilashga;
(61-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga banklar tomonidan har chorakda toʻlanadigan kalendar badalga qoʻshimcha ajratmalar miqdorini belgilashga;
(61-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi OʻRQ-1031-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 03/25/1031/0160-son)
umidsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va tartib-taomilini belgilashga;
kredit tashkilotlari va kredit byurolari uchun hisobot shakllarini hamda uni tuzish uslubiyotini, taqdim etish davriyligi va muddatlarini belgilashga;
bankdan konsolidatsiyalashgan hisobot taqdim etishni talab qilishga;
moliyaviy ahvoli yomonlashgan taqdirda banklarga va banklar guruhlarining asosiy banklariga moliyaviy ahvolini tiklash chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi tiklash rejalarini ishlab chiqish hamda taqdim etishga doir talabnoma yuborishga;
kredit tashkilotlariga, toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida, shu jumladan kredit tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborishga;
banklar aksiyalariga bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning moliyaviy ahvoli hamda ishchanlik obroʻsi haqida axborot soʻrashga va olishga;
toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolari rahbarlari hamda bosh buxgalterlariga nisbatan malaka talablarini qoʻyishga, shuningdek ularni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etishning oʻziga xos xususiyatlarini belgilashga haqli.
(61-modda ikkinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
62-modda. Kredit tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.06.00 Kredit operatsiyalari (shuningdek, 07.22.00.00 larga qarang)]
Markaziy bank kredit tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish boʻyicha vazifalarni bajarish uchun quyidagi choralarni koʻradi:
kredit tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish tartibini belgilaydi;
kredit tashkilotlari faoliyatidagi ularning xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi tizimli kamchiliklarni aniqlaydi, shuningdek ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;
oʻz xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻygan kredit tashkilotlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllaydi;
kredit tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining buzilgan huquqlarini tiklash borasida maslahatlar beradi va koʻmaklashadi;
moliyaviy xizmatlarning ochiqligini hamda aholining va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish choralarini koʻradi.
Markaziy bank xalqaro tajribani va Oʻzbekiston Respublikasi moliya bozorining oʻziga xos xususiyatini inobatga olgan holda moliyaviy ochiqlik indikatorlarini belgilaydi hamda oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Markaziy bankda kredit tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish xizmati tashkil etiladi.
Markaziy bank nazorat tadbirini oʻtkazishga haqli boʻlib, uning jarayonida Markaziy bank xodimlari kredit tashkiloti tomonidan bank xizmatlarining isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish chogʻida oʻz faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishini tekshirish maqsadida kredit tashkilotining faoliyati doirasida bitimlar tuzish yoki operatsiyalarni bajarish boʻyicha harakatlarni amalga oshiradi.
Nazorat tadbiri kredit tashkilotini oldindan xabardor qilmagan holda oʻtkaziladi.
63-modda. Asoslantirilgan mulohazaning Markaziy bank tomonidan qoʻllanilishi
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.21.00 Bank faoliyatining boshqa masalalari]
Qonunchilikda belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda Markaziy bank tomonidan qoʻllaniladigan, koʻrib chiqilayotgan masalaning haqiqiy yoki iqtisodiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash asoslantirilgan mulohazadir.
(63-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Asoslantirilgan mulohaza asosida qarorlar qabul qilish Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi vakolatiga kiradi.
Markaziy bank asoslantirilgan mulohazadan:
bankni tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnomani, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish (berishni rad etish) chogʻida, shuningdek Markaziy bank tomonidan tartibga solish va nazoratga doir vazifalarni amalga oshirish chogʻida bankning bevosita hamda bilvosita muassislarining va aksiyalari egalarining, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning moliyaviy holatini hamda ishchanlik obroʻsini baholash;
kredit tashkilotiga nisbatan birgalikda harakat qilayotgan shaxslarni aniqlash;
kredit tashkilotiga aloqador boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda kredit tashkiloti tomonidan ancha qulay shartlar asosida bitimlar tuzilganligi faktlarini aniqlash;
kredit tashkilotida tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat tizimi sifatini samarali ichki siyosatlarning mavjudligi hamda amalga oshirilishi nuqtai nazaridan baholash;
aktivlarni va majburiyatlarni baholash, shu jumladan ularning kredit tashkilotida tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholash uchun foydalanishga haqli.
Asoslantirilgan mulohaza Markaziy bank tomonidan kredit tashkilotlari va banklar guruhlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim boʻlgan boshqa axborotga asoslanadi.
Asoslantirilgan mulohazani shakllantirish va undan foydalanish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi hamda qonuniylik, asoslantirilganlik, xolislik va bir xil yondashish prinsiplariga asoslanadi.
64-modda. Markaziy bankning tartibga solish va nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Markaziy bankning tartibga solish va nazorat qilish vazifalarini Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi amalga oshiradi.
Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasining vazifalari, vakolatlari va funksiyalari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning, shuningdek konsolidatsiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning faoliyatini inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning vakolatli xodimlari va Markaziy bank tomonidan belgilanadigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Markaziy bank bankning ichki auditi oʻtkazilayotganda auditorlardan Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga, shu jumladan tartib-taomillar va uslubiyotlarga rioya etilishini talab qilishga, shuningdek bevosita auditorlardan bank auditi bilan bogʻliq axborotni olishga haqli.
Markaziy bank kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari hamda toʻlov tizimlari operatorlari uchun majburiy boʻlgan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga doir ichki nazorat qoidalarini maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda tasdiqlaydi.
65-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish
Markaziy bank quyidagi harakatlarni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi:
birgalikda harakat qiluvchi shaxslar yoki shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida bankning ustav kapitalidagi:
1) besh va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan yigirma foizni;
2) yigirma va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan ellik foizni;
3) ellik foizni va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulush bevosita yoxud bilvosita sotib olinayotganda;
ushbu qismning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan miqdorlardagi bank aksiyalari oluvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olinganda;
bank tomonidan boshqa bankning aksiyalari sotib olinayotganda;
banklar tomonidan oʻz aksiyalari sotib olinayotganda;
banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida shuʼba banklar va vakolatxonalar ochilayotganda, filiallar tashkil etilayotganda, banklarning kapitalida ishtirok etilayotganda, shu jumladan chet el banklari tashkil etilayotganda;
banklar tomonidan naqd chet el valyutasi va (yoki) milliy valyuta Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilayotganda;
bank tomonidan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari autsorsingga topshirilayotganda;
ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishga;
(65-moddaning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
kafolatlar berish tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga;
faktoring tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga;
(65-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek norezidentlar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) yigirma va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulushi bevosita yoki bilvosita olinayotganda;
(65-moddaning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ushbu moddaning oʻn sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan hajmdagi ulushi oluvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olinayotganda.
(65-moddaning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
651-modda. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Quyidagi faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshirish uchun bu haqda Markaziy bankni xabardor qilish talab etiladi:
lombard faoliyatini boshlash yoki tugatish;
naqd xorijiy va (yoki) milliy valyutani Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish;
bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochish yoki tugatish;
toʻlov tashkilotini qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish);
elektron pullar emitentining elektron pullarni chiqarish boʻyicha faoliyatni boshlash yoki tugatish;
mikromoliya tashkiloti filialini ochish yoki yopish;
(651-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
(651-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
faktoring tashkilotining filialini ochish yoki yopish;
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek norezidentlar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻn foizdan yigirma foizgacha tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olish.
(651-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari bilan Markaziy bankni xabardor qilmasdan shugʻullanish taqiqlanadi.
(651-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
66-modda. Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaxslarni inspeksiyadan (tekshiruvdan) oʻtkazish
Markaziy bank kredit tashkilotlarini, toʻlov tashkilotlarini, toʻlov tizimlari operatorlarini, valyuta birjalarini, kredit byurolarini, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarni, shuningdek konsolidatsiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaxslarni tavakkalchiliklarni baholash natijalari asosida inspeksiyadan oʻtkazadi, shuningdek ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning soʻrovlari, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari boʻyicha alohida masalalar yuzasidan tekshiruvdan oʻtkazishi mumkin.
(66-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni inspeksiyadan (tekshiruvdan) oʻtkazish tartibi Markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Inspeksiya (tekshiruv) davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishuvsiz hamda ular xabardor qilinmasdan amalga oshiriladi.
Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaxslar faoliyatining inspeksiyadan (tekshiruvdan) oʻtkaziladigan sohasi yoʻnalishini Markaziy bank tarkibiy boʻlinmalarining vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilaydi.
Markaziy bank tomonidan nazoratga doir vazifalarni bajarishga toʻsqinlik qilinganligi uchun Markaziy bank nazorat qilishi lozim boʻlgan shaxslarga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllanilishi mazkur shaxslarni inspeksiyadan (tekshiruvdan) oʻtkazishdan ozod etmaydi.
Markaziy bankning inspeksiya va tekshirish oʻtkazishni amalga oshiruvchi boʻlinmalarining vakolatlari, ularning majburiyatlarini taqsimlash Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Inspeksiya (tekshiruv) oʻtkazish uchun Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlarning, shuningdek banklar va sohaga oid boshqa tashkilotlarning xodimlari jalb etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2217, 14.04.2011-y.) va “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom(roʻyxat raqami 2209, 14.03.2011-y.).
Markaziy bank banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq banklarga, banklarning bevosita hamda bilvosita aksiyadorlariga, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlariga, kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolariga, banklarning muhim ahamiyatga ega xodimlariga, shuningdek banklarning islomiy moliya kengashi aʼzolariga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qoʻllashga haqli.
(67-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Nobank kredit tashkilotlari qonunchilik talablarini, shu jumladan belgilangan prudensial normativlarni buzgan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi toʻgʻrisida Markaziy bankka yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot bergan taqdirda Markaziy bank:
qoidabuzarga oʻz faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborishga;
ularning oʻz kapitalining besh foizigacha miqdorda jarima undirishga;
ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni uch oygacha boʻlgan muddatga cheklashga;
nobank kredit tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan, kafolatlar berish tashkilotlari reyestridan, faktoring tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan chiqarib tashlashga;
(67-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni toʻxtatib turishga yoki tugatishga haqlidir.
(67-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda Markaziy bank ularga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar va sanksiyalar qoʻllashga haqli.
Kredit tashkilotlariga, toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Markaziy bank ayni bir qoidabuzarlik boʻyicha bir vaqtning oʻzida yoki ketma-ket bir nechta choralar va (yoki) sanksiyalar qoʻllashga haqlidir.
(67-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
671-modda. Moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus “tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimi
Yuridik shaxslarning yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, operatsiyalar va xizmatlarning soni va (yoki) hajmi, isteʼmolchilar soni va boshqalar) sinovdan oʻtkazish boʻyicha faoliyatini maxsus tartibga solish moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimdir (“tartibga solish qumdoni”).
Maxsus huquqiy rejimni joriy etish va bekor qilish, mazkur rejim doirasida faoliyatni amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Maxsus huquqiy rejim Markaziy bank tomonidan maxsus huquqiy rejimning vaqtinchalik tartibini tasdiqlash orqali joriy etilib, ushbu tartib quyidagilarni nazarda tutadi:
maxsus huquqiy rejimning uch yildan oshishi mumkin boʻlmagan amal qilish muddatini;
maxsus huquqiy rejim ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydigan qonunchilik hujjatlarining normalarini;
maxsus huquqiy rejim joriy etilishining samaradorligi va natijadorligini baholash tartib-taomillari hamda mezonlarini, shu jumladan maqsadli indikatorlarni;
maxsus huquqiy rejimni joriy etish va qoʻllash uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni.
Maxsus huquqiy rejim amal qilishi yakunlanganidan keyin maxsus huquqiy rejim doirasida sinovdan oʻtkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahlil oʻtkaziladi.
Maxsus huquqiy rejim doirasida sinovdan oʻtkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, Markaziy bank maxsus huquqiy rejim doirasida sinovdan oʻtkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar hamda xizmatlarni ularning amal qilishini cheklamasdan joriy etishga doir qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
(671-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
672-modda. Banklardagi omonatlarni kafolatlash tizimining ishlashiga doir Markaziy bankning vazifalari va vakolatlari
Markaziy bank banklardagi omonatlarni kafolatlash tizimi ishlashi yuzasidan quyidagilarni belgilaydi:
banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibini;
Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiyalar toʻlash tartibi va shartlarini, shu jumladan kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatini, shuningdek ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablarni;
omonatlarni kafolatlash tizimi toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish tartibi va shartlarini.
Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasi mablagʻlarining taqchilligi yuzaga kelganda Markaziy bank likvidlilikni taʼminlash uchun Omonatlarni kafolatlash agentligiga uch oygacha boʻlgan muddatga kredit berishi yoki islomiy moliya vositalarini qoʻllashi mumkin.
(672-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
101-bob. Markaziy bankning islomiy moliya kengashi
673-modda. Markaziy bank islomiy moliya kengashining faoliyati
Markaziy bankda besh nafar aʼzodan iborat boʻlgan Markaziy bankning islomiy moliya kengashi tashkil etiladi.
Markaziy bankning islomiy moliya kengashi Markaziy bank nazorat qilishi kerak boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan islomiy moliya faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.
Markaziy bank islomiy moliya kengashining faoliyati Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
Markaziy bank islomiy moliya kengashining aʼzolari Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tayinlanadi.
Markaziy bank islomiy moliya kengashining vakolatlari va faoliyati reglamenti, uning huquqiy maqomi, shuningdek ushbu Kengash aʼzolariga nisbatan talablar Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi.
674-modda. Markaziy bank islomiy moliya kengashining vazifalari
Markaziy bankning islomiy moliya kengashi:
islomiy moliya standartlarini ishlab chiqadi;
islomiy moliya faoliyati boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Markaziy bankka koʻmaklashadi;
islomiy moliya sohasiga oid bahs-munozaralarga sabab boʻluvchi masalalar yuzasidan tushuntirishlar va izohlar beradi;
islomiy moliya faoliyati bilan bogʻliq nizolar boʻyicha xulosalar beradi.
Markaziy bankning islomiy moliya kengashi Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
(101-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
68-modda. Xalqaro hamkorlik
Markaziy bank xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazorati va monetar siyosat boʻyicha boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi hamda axborot almashishni amalga oshiradi.
Markaziy bank nazorat vazifalarini amalga oshirish boʻyicha, shu jumladan konfidensial axborotni almashish yuzasidan milliy va chet el organlari bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitimlar tuzishga haqli.
(68-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Markaziy bank chet davlatdan kelib tushgan axborotni uni taqdim etgan shaxsning roziligi boʻlgan taqdirda va tegishli shaxs qaysi maqsadlarda rozilik bergan boʻlsa, oʻsha maqsadlarda oshkor qilishga haqli.
69-modda. Markaziy bankning kommunikatsiya siyosati
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Markaziy bank pul-kredit siyosatining va bank tizimining barqarorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarning taʼsirchanligini oshirish maqsadida Markaziy bank siyosatining maqsadlari va mohiyatini jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish orqali kommunikatsiya siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Markaziy bankning kommunikatsiya siyosati tahliliy materiallarni, sharhlarni, statistik maʼlumotlarni, intervyularni, maʼruzalarni eʼlon qilish, shuningdek matbuot brifinglari tashkil etish orqali va umumeʼtirof etilgan xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda boshqa usullar bilan amalga oshiriladi.
Markaziy bank bank tizimi faoliyatining shaffofligini taʼminlash uchun oʻzining rasmiy veb-saytida quyidagi axborotni:
banklarni nazorat qilish hamda tartibga solish sohasida qabul qilingan qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini va ularning qoʻllanilishiga doir tavsiyalarni;
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi uchun banklar tomonidan qoʻllaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar hamda mexanizmlarni tekshirishda va banklar duchor boʻlgan yoki duchor boʻlishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni baholashda foydalaniladigan umumiy mezonlar hamda uslubiyotlarni;
(69-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
banklarning rahbarlari roʻyxatini;
banklarning hisobotlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni, bundan bank sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar mustasno;
koʻrilgan choralar va sanksiyalarni eʼlon qiladi hamda muntazam ravishda yangilab turadi.
691-modda. Markaziy bankning davlat organlari va tashkilotlari bilan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari doirasidagi oʻzaro hamkorligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
Markaziy bank davlat organlari va tashkilotlaridan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari doirasida qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olishga haqlidir.
Davlat organlari va tashkilotlari Markaziy bank tomonidan soʻralgan, tegishli qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan axborotni taqdim etishi kerak.
(691-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
70-modda. Markaziy bankning xodimlarini oʻz vazifalarini bajarishi chogʻida huquqiy jihatdan himoya qilish
Markaziy bank, uning xodimlari, tashqi ekspertlar va vaqtinchalik boshqaruvchilar, shuningdek nazorat qilishga doir vazifalarni bajaradigan ushbu Qonunda belgilangan boshqa shaxslar, shu jumladan ularning vakolatlari tugatilganidan yoki Markaziy bankda ishlashi tugaganidan keyin faqat oʻz vazifalarini bajarishi chogʻida insofsizlik bilan amalga oshirgan harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgar boʻladi.
Markaziy bank ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning manfaatlarini, mazkur shaxslar ushbu Qonunga muvofiq bajaradigan vazifalar munosabati bilan qoʻzgʻatilgan sud ishini va maʼmuriy ishni yuritishda, shu jumladan ularning vakolatlari tugatilgan yoki Markaziy bankda ishlashi tugagan hollarda, ifodalashga doir xarajatlarni toʻlaydi.
71-modda. Markaziy bankning qarorlari ustidan shikoyat qilish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Markaziy bankning qarorlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(71-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
72-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(72-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)