

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1456814" id="-1456814">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1456815" id="-1456815">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1456816" id="-1456816">YAKKA TARTIBDA QURILGAN UYGA BOʻLGAN MULK HUQUQI BILAN BOGʻLIQ NIZOLAR BOʻYICHA SUD AMALIYOTI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1456817" id="-1456817"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7324467" id="edi-7324467"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456818">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7324467" id="-7324467"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7324473" id="-7324473">Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining <a href="/mact/-6445145#-6445678">65-moddasiga</a> muvofiq xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7324482" id="-7324482">(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308508">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456819" id="-1456819">Yakka tartibda uy qurish fuqarolarning uy-joyga boʻlgan talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi va davlat yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga yer uchastkalarini ajratish, uy qurishga ssuda va kreditlar berish yoʻli bilan har taraflama koʻmaklashadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456821" id="-1456821">Uyga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha ishlar sudlar tomonidan koʻrilayotganda qonun hujjatlarini toʻgʻri qoʻllanilishi fuqarolarning xususiy mulkka boʻlgan konstitutsiyaviy huquqi himoya etilishini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398227" id="edi-6398227"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456822">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398227" id="-6398227"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398228" id="-6398228">Mazkur toifadagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirish shuni koʻrsatdiki, bunday ishlar sudlar tomonidan asosan toʻgʻri hal etilmoqda. Shu bilan birga sudlar ulushni ajratib berish (uyni boʻlish) toʻgʻrisidagi, uylardan foydalanish tartibini belgilash haqidagi hamda uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq boshqa nizolarni hal etishda xatoliklarga yoʻl qoʻymoqdalar. Ishlarni sudda koʻrishga tayyorlashda har doim ham tegishli hujjatlar talab qilib olinmayapti, zarur hollarda qurilish-texnika ekspertizasi tayinlanmayapti.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398229" id="-6398229">(muqaddimaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6394174">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456823" id="-1456823">Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mazkur ishlarni sudlar tomonidan hal etayotganda qonun hujjatlari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining <a href="/mact/-68532#-70640">17-moddasiga </a>muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456825" id="-1456825">1. Uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolarga doir ishlarning toʻgʻri hal etilishi fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda yakka tartibda uy qurishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashda, muhim ahamiyatga ega ekanligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456826" id="-1456826">2. Shuni nazarda tutish joizki, uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq quyidagi nizolar sudlarga taalluqlidir, xususan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456827" id="-1456827">a) uyga yoki uning bir qismiga (ulushga) boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish haqidagi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456828" id="-1456828">b) umumiy ulushli mulk huquqi asosida bir necha shaxsga yoki umumiy birgalikdagi mulk huquqi asosida er-xotinga tegishli uydan ulushni ajratib berish (uyni boʻlish) haqidagi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6406460" id="edi-6406460"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456829">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6406460" id="-6406460"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6406461" id="-6406461">v) uyning va yordamchi imoratlarning ustiga, yoniga qoʻshimcha imoratlar qurish yoki ularni qayta qurish toʻgʻrisidagi, basharti bunga umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari eʼtiroz bildirgan boʻlsa;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6406466" id="-6406466">(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli <a href="/mact/-6402531?ONDATE=20.02.2023 01#-6402944">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456830" id="-1456830">g) uydan foydalanish tartibini belgilash haqidagi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398230" id="edi-6398230"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456831">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398230" id="-6398230"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398233" id="-6398233">d) umumiy ulushli mulk boʻlgan uydagi ulushlari miqdorini oʻzgartirish haqidagi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398234" id="-6398234">(2-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6394178">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398235" id="edi-6398235"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456832">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398235" id="-6398235"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398236" id="-6398236">e) umumiy ulushli mulk boʻlgan uydagi ulushini imtiyozli asosda sotib olish huquqi haqidagi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398237" id="-6398237">(2-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6394180">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456833" id="-1456833">j) uyning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va boshqa shartnomalarni haqiqiy emas deb topish haqidagi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456834" id="-1456834">z) oʻzboshimchalik bilan qurilgan uyga nisbatan qonunda nazarda tutilgan hollarda mulk huquqini eʼtirof etish haqidagilar. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1456835" id="-1456835"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6406474" id="edi-6406474"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-6406472">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6406474" id="-6406474"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6406476" id="-6406476">3. Qonunchilikda belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, shu jumladan, ana shunday uyga nisbatan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, meros olish, shuningdek uyni boʻlish bilan bogʻliq daʼvolar, oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs yoki boshqa manfaatdor shaxs tomonidan taqdim qilinganidan qatʼi nazar, sudlarga taalluqli emas, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 212-moddasining <a href="/mact/-111189#-4228815">toʻrtinchi qismida</a> nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6406487" id="-6406487">(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli <a href="/mact/-6402531?ONDATE=20.02.2023 01#-6402950">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398330" id="edi-6398330"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=26.06.2015 00#-6398238">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398330" id="-6398330"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398335" id="-6398335">Bunday daʼvolar arz qilinganda, sud Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 194-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan arizani qabul qilishni rad etadi, agar ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, shaxsga tegishli davlat organiga ushbu talab bilan murojaat qilish huquqini tushuntirgan holda FPK 124-moddasining 1-bandiga asosan ish yuritishni tugatadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398338" id="-6398338">(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121320">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398241" id="edi-6398241"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456841">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398241" id="-6398241"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398242" id="-6398242">Ayni vaqtda shuni ham nazarda tutish zarurki, qonun oʻzboshimchalik bilan uy qurgan shaxsning va boshqa manfaatdor shaxsning daʼvosi, agar talab mulk huquqi bilan bogʻliq boʻlmagan, xususan qurilish materiallariga boʻlgan huquqni eʼtirof etish, uyga kiritish, uydan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisida berilgan boʻlsa, sudlar tomonidan koʻrib chiqilishini istisno etmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398244" id="-6398244">(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6394187">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456836" id="-1456836">4. Uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha ishlarni tez va toʻgʻri hal etilishini taʼminlash maqsadida sudlar ishlarni sudda koʻrishga tayyorlash bosqichida daʼvoning predmeti va asosini oydinlashtirishi, nizoli huquqiy munosabatlarning xususiyatini hamda mazkur nizoli huquqiy munosabatga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunni aniqlab olishlari zarur. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4198009" id="edi-4198009"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456837">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4198009" id="-4198009"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4198024" id="-4198024">Sud uyga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi dalillarni (qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, oldi-sotdi, hadya shartnomasi va shu kabilarni), uyning va yer uchastkasining rejasini taqdim etishni taraflarga taklif qilishi yoki oʻz tashabbusi bilan ularni talab qilib olishi lozim. Uydan ulush ajratib berish (uyni boʻlish), uyni qayta qurish va shu kabi ishlarni koʻrib hal etishda sud FPK 204-moddasi birinchi qismining <a href="/mact/-3517337#-3522534">7-bandiga</a> muvofiq, taraflarning fikrini inobatga olib, qurilish-texnika ekspertizasini tayinlash va mutaxassis jalb etish masalasini muhokama qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4198025" id="-4198025">(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121325">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398339" id="edi-6398339"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=26.06.2015 00#-6398245">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398339" id="-6398339"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398340" id="-6398340">FPK 49-moddasiga muvofiq zarur deb topilgan hollarda, uyga boʻlgan mulk huquqi haqidagi nizolar boʻyicha mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida hokimiyat jalb etilmogʻi lozim. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398342" id="-6398342">(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121343">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456839" id="-1456839">5. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilgan yangi uyga boʻlgan mulk huquqi Fuqarolik kodeksining <a href="/mact/-111189#-154158">210-moddasiga </a>asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran vujudga keladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7324487" id="edi-7324487"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=20.02.2023 01#-6406493">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7324487" id="-7324487"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7324500" id="-7324500">Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar Oʻzbekiston Respublikasi “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonunining <a href="/mact/-6297080#-6298237">37-moddasiga</a> asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, boshqa shaxsga begonalashtirilishi mumkin emas</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7324504" id="-7324504">(5-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435#-7308512">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398251" id="edi-6398251"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456848">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398251" id="-6398251"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398252" id="-6398252">Uyni birgalikda qurayotgan er-xotinning, imorat soluvchining oila aʼzolarining, shuningdek merosxoʻrlarning daʼvosiga koʻra sud qurilishi tugallanmagan uyni, agar uning tayyor boʻlganlik darajasini inobatga olib, alohida qilib ajratib berish mumkin boʻlgan qismlarini keyinchalik ularning mazkur shaxslar tomonidan qurilishi oxiriga yetkazilishi texnik imkoniyatlari mavjudligidan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin boʻlsa, boʻlishga haqli. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398253" id="-6398253">(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6394192">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456849" id="-1456849">Qurilishi tugallanmagan uyni boʻlishning imkoniyati boʻlmasa, sud mazkur shaxslarning qurilish materiallariga hamda uyning konstruktiv elementlariga boʻlgan huquqini eʼtirof etishi mumkin. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6406500" id="edi-6406500"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456842">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6406500" id="-6406500"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6406501" id="-6406501">6. Uyning bir qismiga nisbatan uy qurilishidagi ishtirokka asoslangan mulk huquqini eʼtirof etish haqidagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, uy qurishda imorat soluvchiga yot shaxslarning ishtirok etganligi qurilgan uyning bir qismiga nisbatan ularning mulk huquqini eʼtirof etish uchun asos boʻla olmaydi. Bunday shaxslar uy mulkdoridan qilgan xarajatlarini qoplab berishni talab qilishga haqlidirlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6406502" id="-6406502">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli <a href="/mact/-6402531?ONDATE=20.02.2023 01#-6402960">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456843" id="-1456843">7. Imorat soluvchiga uning oila aʼzolari yoki qarindoshlarining uy qurishda yordam berganligi faktining oʻzi ularning uyning bir qismiga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi daʼvosini qanoatlantirish uchun asos boʻla olmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456844" id="-1456844">Bunday daʼvo ana shu shaxslar bilan imorat soluvchi oʻrtasida uyga nisbatan umumiy mulkning vujudga kelishi toʻgʻrisida kelishuv boʻlgan hamda ular (shaxslar) ayni ana shu maqsadda uy qurilishiga oʻz mehnat va mablagʻlarini qoʻshgan hollardagina sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6406496" id="edi-6406496"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456845">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6406496" id="-6406496">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli <a href="/mact/-6402531?ONDATE=20.02.2023 01#-6402963">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456846" id="-1456846">9. Nikoh vaqtida, yaʼni birgalikdagi turmush davrida er-xotin tomonidan qurilgan yoki qonunda belgilangan asoslar bilan qoʻlga kiritilgan uy, bu uyni qurish uchun yer uchastkasi ulardan qaysi biriga ajratib berilganligidan, uyni mulk qilib olish toʻgʻrisidagi shartnomada ulardan qaysi birining nomi koʻrsatilganligidan va uy kimning nomiga roʻyxatdan oʻtkazilganligidan qatʼi nazar, ularning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456852" id="-1456852">Er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan uyni boʻlish toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda, uyning ulardan har biriga tegishli ulushi miqdori Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-158758">28-moddasiga </a>muvofiq belgilanadi. Agar xotin (er) uydan oʻz ulushi uchun pul kompensatsiyasi olishga rozi boʻlsa, erga (xotinga) berilishi yoki ularning umumiy ulushli mulki qilib qoldirilishi mumkin. Uy umumiy ulushli mulk qilib qoldirilgan taqdirda, sud oʻzining hal qiluv qarorida uyning er-xotindan har biriga tegishli ulushi miqdorini koʻrsatishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456850" id="-1456850">10. Sud oldi-sotdi shartnomasi asosida birgalikda olingan uyga nisbatan oila aʼzolarining umumiy mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi daʼvoni, muayyan holatlarni inobatga olgan holda agar bu shaxslar (oila aʼzolari) bilan shartnomada sotib oluvchi sifatida koʻrsatilgan oila aʼzosi oʻrtasida uyni birgalikda sotib olish toʻgʻrisida kelishuvga erishilganligi va ana shu maqsadda oila aʼzolari uyni olishga oʻz mablagʻlarini qoʻshganliklarini aniqlasa qanoatlantirishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456851" id="-1456851">11. Umumiy ulushli mulk huquqi asosida bir necha shaxsga tegishli boʻlgan uydan ulush ajratib berish (uyni boʻlish) haqidagi nizolarni koʻrishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Fuqarolik kodeksining <a href="/mact/-111189#-154280">223-moddasiga </a>koʻra, ulushli mulk ishtirokchisi oʻz ulushini umumiy mol-mulkdan asl holida ajratib berilishini talab qilishga haqli. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining talabi boʻyicha unga umumiy mulk boʻlgan uydan tegishli ulushini ajratib berish (uyni boʻlish) uyning va yordamchi imoratlarni ishtirokchining ulushiga mutanosib hamda kirish-chiqishi alohida boʻlgan qismini unga mulk qilib berilishini, shuningdek u umumiy mulkdagi ulushga boʻlgan huquqini yoʻqotganligini anglatishini inobatga olib, sud bunday talabni, agar ajratib berilayotgan ulush uyning kirish-chiqishi alohida boʻlgan qismini tashkil etsa yoki uyning bu qismini tegishincha qayta jihozlash yoʻli bilan alohida qilib ajratib qoʻyish mumkin boʻlsagina, qanoatlantirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456854" id="-1456854">Uyning bir qismini qayta jihozlash yoʻli bilan bogʻliq holda ajratib berishga, bunday jihozlash arxitektura hamda qurilish normalari hamda qoidalariga monand boʻlsagina, yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456853" id="-1456853">12. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlar Fuqarolik kodeksining <a href="/mact/-111189#-154274">221-moddasiga </a>koʻra, umumiy ulushli mulkning har bir ishtirokchisi mol-mulkni saqlash chiqimlarida ulushiga qarab qatnashishi shart ekanligi sababli sud tomonidan taraflar oʻrtasida ularning ulushini inobatga olgan holda taqsimlanishi kerak. Shu bilan birgalikda mulkdorlarning moddiy ahvolini va eʼtiborga loyiq boshqa holatlarini eʼtiborga olgan holda sud ushbu qoidadan chekinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456855" id="-1456855">13. Agar ulushni ajratib berish texnik jihatdan mumkin boʻlsa-yu, har bir mulkdorga toʻgʻri keladigan ulush miqdoridan chekinishga toʻgʻri kelsa, sud ajratib berilayotgan ulush miqdorini muayyan holatlarni inobatga olgan holda koʻpaytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunga ajralib chiqayotgan mulkdorning ulushiga qoʻshilgan uy qismi uchun yoki ajralib chiqayotgan mulkdor ulushining boshqa mulkdorlarda qoldirilayotgan qismi uchun pul kompensatsiyasi toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398254" id="edi-6398254"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456856">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398254" id="-6398254"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398255" id="-6398255">Sud uyni boʻlish haqidagi nizo boʻyicha oʻzining hal qiluv qarorida uyning qaysi qismi alohida qilib ajratib berilayotganini hamda bu qism uyning qanday ulushini tashkil etishi aniq koʻrsatib oʻtmogʻi lozim. Ajralib chiqayotgan mulkdorga qaysi yordamchi imoratlar berilishi ham qarorda oʻz aksini topmogʻi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398256" id="-6398256">(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6394196">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456857" id="-1456857">14. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining uyga boʻlgan ulushini asl holida ajratib berishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, uyning unga tegishli qismi oʻrniga, Fuqarolik kodeksi 223-moddasining <a href="/mact/-111189#-154286">oltinchi qismiga </a>koʻra, boshqa mulkdorlar tomonidan pul summasini toʻlash yoki boshqacha kompensatsiya toʻlanishiga uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456858" id="-1456858">Ayrim hollarda, sud uyga boʻlgan umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari zimmasiga ajralib chiqayotgan mulkdorning roziligi boʻlmagan taqdirda ham unga tegishli ulush uchun yuqorida koʻrsatilgan moddiy huquq normasiga muvofiq pul summasi yoki boshqacha kompensatsiya toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin boʻlib, sud bu holatni oʻzining qarorida asoslantirmogʻi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456859" id="-1456859">Pul kompensatsiyasi, xususan uyga boʻlgan umumiy mulkda mulkdorning ulushi arzimas boʻlsa va amalda uni ajratib berish mumkin boʻlmasa hamda mazkur mulkdor umumiy mulkdan foydalanishdan katta manfaatga ega boʻlmasa (masalan, ajralib chiqayotgan mulkdor bu uyda yashamaydigan va boshqa uy-joy maydoni bilan taʼminlangan boʻlsa), toʻlanishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456860" id="-1456860">Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining uydan foydalanishda katta manfaatga ega boʻlish yoki boʻlmasligi masalasini sud har bir muayyan holatdan, taraflar tomonidan taqdim qilingan dalillar yigʻindisidan (xususan, yoshiga koʻra uydan foydalanishga muhtojligi, salomatlik darajasi, bolalarining yoki boshqa oila aʼzolarining shu jumladan mehnatga layoqatsiz oila aʼzolarining borligi va h.k.) kelib chiqib hal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456861" id="-1456861">Sanab oʻtilgan shartlarning birortasi boʻlmagan taqdirda, sud umumiy mulkning boshqa ishtirokchilariga kompensatsiya toʻlash majburiyatini yuklashga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456862" id="-1456862">Mulkdor pul kompensatsiyasini olganidan soʻng umumiy ulushli mulk boʻlgan uydagi ulushiga boʻlgan mulk huquqini yoʻqotadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456863" id="-1456863">15. Ajralib chiqayotgan mulkdorga beriladigan pul kompensatsiyasi uyning boʻlinayotgan paytdagi haqiqiy bahosidan kelib chiqib belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456864" id="-1456864">Agar taraflar uyning bahosi toʻgʻrisida kelishuvga erisha olmasalar, u holda uyning haqiqiy bahosi qurilish-texnika ekspertizasi oʻtkazish yoʻli bilan belgilanadi va bunda qurilish materiallariga boʻlgan chakana (mahalliy) baho, tashish tariflari, oʻsha joydagi ishchi kuchiga toʻlanadigan haq, uyning eskirganlik darajasi, shuningdek boshqa muayyan holatlar (uyni joylashgan oʻrni, obodonlashtirilganlik darajasi va boshqalar) hisobga olinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456865" id="-1456865">16. Sud uyni boʻlish toʻgʻrisidagi kelishuv bitimini tasdiqlashda, kelishuv bitimining qonunga zid yoki zid emasligini, boshqa shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilmayotganligini, kelishuv bitimi shartlariga muvofiq uyni boʻlishning texnik imkoniyatlari mavjud yoki mavjud emasligini tekshirib koʻrishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456866" id="-1456866">17. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining mol-mulkdagi ulushini imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda sudlar quyidagilarga eʼtibor qaratishlari lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456874" id="-1456874">a) Fuqarolik kodeksining <a href="/mact/-111189#-154280">223-moddasida</a>, mol-mulkka boʻlgan umumiy ulushli mulk huquqi umumiy mulkdan ulush asl holida ajratib berilishi bilan bekor boʻlishi nazarda tutilganligi tufayli, fuqarolarning uyga nisbatan umumiy ulushli mulk huquqi shunday tartibda bekor boʻlganidan keyin ular mazkur uydan ulushni imtiyozli sotib olish huquqini ham yoʻqotadilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456875" id="-1456875">b) imtiyozli sotib olish huquqi umrbod taʼminlash sharti bilan uyni boshqa shaxsga berish shartnomasi tuzishda tatbiq etilmaydi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398274" id="edi-6398274"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456880">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398274" id="-6398274"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398275" id="-6398275">v) imtiyozli sotib olish huquqi buzilgan taqdirda, umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchisi sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini oʻziga oʻtkazishni sud tartibida talab qilish uchun Fuqarolik kodeksi <a href="/mact/-111189#-154288">224-moddasida </a>belgilangan uch oylik muddat manfaatdor shaxs huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan hisoblanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398277" id="-6398277">(17-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6394198">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6406503" id="edi-6406503"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456867">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6406503" id="-6406503"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6406504" id="-6406504">18. Agar tegishli organlar ruxsatnomasi hamda umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari roziligi bilan uyning ustiga, yoniga qoʻshimcha imoratlar qurilganligi yoki uy qayta qurilganligi natijasida uyning foydali maydoni koʻpayganligi yoxud uy har bir mulkdor ulushining aniq miqdoridan chekingan holda boʻlinganligi natijasida oʻzgarish boʻlganligi yoki mulkdorlardan biriga uyning unga tegishli ulushi uchun pul kompensatsiyasi toʻlanganligi aniqlansa, uyga boʻlgan umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining daʼvosiga koʻra ularning ulushlari miqdori sud tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6406505" id="-6406505">(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli <a href="/mact/-6402531?ONDATE=20.02.2023 01#-6402965">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456868" id="-1456868">19. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, umumiy ulushli mulk boʻlgan uydan ulushni asl holida ajratib berish (uyni boʻlish) mumkin emasligi umumiy ulushli mulk ishtirokchisining uydan foydalanish tartibini belgilab berish haqidagi talab bilan arz qilish huquqidan mahrum etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456869" id="-1456869">Bunday talabni hal etayotganda sudlar, uydan foydalanishning amalda shakllangan va umumiy mulkdagi ulushlarga batamom mutanosib kelmasligi ham mumkin boʻlgan tartibini, mulkdorlardan har birining uydan foydalanishga boʻlgan ehtiyojini hamda birgalikda foydalanishning real imkoniyatini inobatga olishlari zarur. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456870" id="-1456870">Amalda uydan birgalikda foydalanishning imkoniyati boʻlmasa sud mulkdorga kompensatsiya toʻlash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398280" id="edi-6398280"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456871">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398280" id="-6398280"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398281" id="-6398281">Mulkdorga foydalanishi uchun kirish-chiqish yoʻli alohida, shuningdek alohida boʻlmagan yashash xonalari ajratib berilishi mumkin. Bunday holda, uyga nisbatan boʻlgan umumiy mulk huquqi tugatilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398283" id="-6398283">(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6394199">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456872" id="-1456872">Yordamchi imoratlar va qurilmalar (pillapoyalar, yoʻlak-dahlizlar, isitkich asboblar va shu kabilar) umumiy foydalanishda qoldirilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456873" id="-1456873">20. Sudlar uyning oldi-sotdi, hadya va shu kabi shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni hal etishda Fuqarolik kodeksining bitimlarning haqiqiy emasligiga oid normalariga amal qilishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456876" id="-1456876">Amalda yer uchastkasi sotilganligini niqoblash maqsadida tuzilgan oldi-sotdi, hadya, uy ijarasi shartnomalari va boshqa shartnomalar Fuqarolik kodeksi 114-moddasining <a href="/mact/-111189#-153463">birinchi qismida </a>nazarda tutilgan oqibatlar bilan haqiqiy emas deb topiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1456877" id="-1456877"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398288" id="edi-6398288"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-6398287">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398288" id="-6398288"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398289" id="-6398289">21. Sudlar uyning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va hokazo shartnomalarni haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni koʻrishda shuni eʼtiborga olishlari lozimki, uyni begonalashtirishda, uyning avvalgi mulkdori bilan yordamchi imoratlarni buzish yoki koʻchirib olib ketish haqida kelishilmagan boʻlsa, ular uy bilan birgalikda yangi mulkdorga oʻtadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398292" id="-6398292">(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6394202">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456878" id="-1456878">Shuni nazarda tutish kerakki, uy bilan bir butunlikni tashkil etuvchi xoʻjalik maqsadida qurilgan har xil imoratlar (omborxona, yozgi oshxona va shu kabilar) yordamchi imoratlar deb tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456879" id="-1456879">22. Uyga yoki uning qismiga boʻlgan mulk huquqi buzilishi bilan bogʻliq talablarga Fuqarolik kodeksining <a href="/mact/-111189#-153702">150-moddasida </a>koʻrsatilgan uch yillik umumiy daʼvo muddati qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456882" id="-1456882">Sudlar shuni eʼtiborda tutishlari joizki, Fuqarolik kodeksi 153-moddasining <a href="/mact/-111189#-153712">ikkinchi qismiga </a>muvofiq, daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud hal qiluv qarori chiqargunga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5560510" id="edi-5560510"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=30.11.2018 00#-4198152">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5560510" id="-5560510"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5560547" id="-5560547">23. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs mazkur qurilmaga mulk huquqini ololmaydi, FK 212-moddasining <a href="/mact/-111189#-4228817">toʻrtinchi</a> va <a href="/mact/-111189#-4228826">beshinchi qismlarida</a> nazarda tutilgan oʻzboshimcha qurilmaga mulk huquqini belgilash asosi va shartlari mavjud boʻlgan holatlar bundan mustasno.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5560557" id="-5560557">(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli <a href="/mact/-5437823?ONDATE=20.04.2021 00#-5437858">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5560586" id="edi-5560586"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456883">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5560586" id="-5560586">(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli <a href="/mact/-5437823?ONDATE=20.04.2021 00#-5437860">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5560641" id="edi-5560641"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456884">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5560641" id="-5560641"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5560646" id="-5560646">25. FK 212-moddasining <a href="/mact/-111189#-4228817">toʻrtinchi qismi</a> talabiga koʻra, imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning ham oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan eʼtirof etilishi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5560647" id="-5560647">Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, FK 212-moddasining <a href="/mact/-111189#-4228817">toʻrtinchi qismiga</a> muvofiq, nazarda tutilgan imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxs bilan ushbu yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs oʻrtasida nizo mavjud boʻlgandagina oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish haqidagi daʼvo sudda koʻrishga tegishli boʻladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5560690" id="-5560690">(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli <a href="/mact/-5437823?ONDATE=20.04.2021 00#-5437861">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5560735" id="edi-5560735"><a href="/mact/-1455965?ONDATE=24.09.2004 00#-1456890">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5560735" id="-5560735"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5560737" id="-5560737">26. FK 212-moddasining <a href="/mact/-111189#-4228826">beshinchi qismi</a> talabiga koʻra, agar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmaydigan yoki fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmaydigan boʻlsa, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi FK 212-moddasining <a href="/mact/-111189#-4228817">toʻrtinchi qismiga</a> <a href="/mact/-111189#-154202"></a>muvofiq sud tomonidan eʼtirof etilishi mumkin. Bunday holda, sudlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblangan uyga nisbatan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolarni koʻrayotganda, ushbu qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzilishiga, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilishiga olib kelmasligini aniqlashi shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5560759" id="-5560759">(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli <a href="/mact/-5437823?ONDATE=20.04.2021 00#-5437864">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456892" id="-1456892">27. Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Fuqarolik kodeksi <a href="/mact/-111189#-153977">187-moddasining </a>egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat toʻgʻrisidagi normalari, uyga egalik qilish mazkur qonunda belgilangan muddat mobaynida shartnoma majburiyatlari (ijara, tekin foydalanish) asosida amalga oshirilgan hollarda qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456893" id="-1456893">Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mulk huquqi vujudga kelishi bilan avvalgi mulkdor uyga boʻlgan mulk huquqini yoʻqotadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1456894" id="-1456894">28. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining (Oliy sud Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi qarori asosida kiritilgan oʻzgartirishlar bilan) <a href="/mact/-1448773#-1448907">9</a> va <a href="/mact/-1448773#-1448908">10-bandlari </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1456895" id="-1456895"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1456896" id="-1456896"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1456897" id="-1456897">2004-yil 24-sentabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1456898" id="-1456898">14-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
