Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda baholash faoliyatini amalga oshirish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.
(41-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli qarori bilan tasdiqlangan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisida nizomga qarang.
Baholovchi tashkilot oʻz faoliyatida mustaqildir. Xizmatlarning isteʼmolchisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.19.00 Begona shaxsning manfaatini koʻzlab topshiriqnomasiz harakat qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.02.00 Baholash faoliyatini litsenziyalash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
Baholovchi tashkilot qonunchilikda nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin, aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi kerak:
(41-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi boʻlishi;
baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega boʻlgan baholovchilarning shtatdagi eng kam soniga doir, qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qarori bilan tasdiqlangan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi nizom.
(41-moddasi uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi OʻRQ-1021-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi.
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlish;
(41-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining baholovchi tashkilotni tashkil etishi, shuningdek baholash faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi.
(41-moddaning va beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
Baholovchi belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir.
(42-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli qarori bilan tasdiqlangan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisida nizomga qarang.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(42-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qarori bilan tasdiqlangan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli “Malaka sertifikatlarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Baholovchi baholash ishlarini oʻtkazishga, agar u baholovchi tashkilotning shtatida turgan boʻlsa yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan boʻlsa, baholovchi tashkilot tomonidan jalb etilishi mumkin.
Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻtkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin.
(42-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 26-avgustdagi OʻRQ-945-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2024-y., 03/24/945/0653-son)
43-modda. Baholovchining yordamchisi
Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlmagan va baholovchining baholash obyektini baholashdan oʻtkazish bilan bogʻliq topshiriqlarini bajaradigan, baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobotni (bundan buyon matnda baholash toʻgʻrisidagi hisobot deb yuritiladi) hamda baholashni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega boʻlmagan jismoniy shaxsdir.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari qonunchilikda belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qoʻyiladi.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur boʻladigan ish stajiga qoʻshiladi.
(41, 42 va 43-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi OʻRQ-208-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
44-modda. Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari kamida ellikta baholovchi tashkilotning aʼzoligiga asoslangan, baholovchilarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga koʻmaklashish, ularning professional manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlaridir.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari:
baholovchilarning malaka imtihoni uchun test savollarini ishlab chiqishda va malaka imtihonini oʻtkazishda ishtirok etadi;
Baholovchilarning professional xulq-atvori kodeksini tasdiqlaydi hamda unga rioya etilishini tizimli ravishda monitoring qilishni taʼminlaydi;
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
baholash faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan tashkilotlarni belgilangan tartibda aʼzolikka qabul qiladi;
oʻz aʼzolarining reyestrini yuritadi va uni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
oʻz aʼzolari tomonidan mazkur Qonun talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
nazorat natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun baholovchi tashkilotlarni aʼzolikdan chiqaradi hamda qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini tugatish boʻyicha vakolatli organga taqdimnoma kiritadi;
oʻz aʼzolarining axborot-uslubiy taʼminotini tashkil etadi;
baholash faoliyati boʻyicha xalqaro tashkilotlarning va vakolatli organ komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
baholovchilar malakasini oshirish tizimi monitoringini taʼminlaydi hamda yil yakunlari boʻyicha 20-yanvarga qadar vakolatli organga baholovchilarga taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi oʻquv markazlarida malaka oshirish kurslaridan oʻtilganligi haqida axborot taqdim etadi.
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar ularning barcha aʼzolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalari kirish va aʼzolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda badallarning va toʻlov tariflarining miqdorlari ular aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasining rahbarlari va xodimlari baholovchi tashkilotning taʼsischisi boʻlishga, baholovchi tashkilotda ishlashga, baholovchi tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni tuzishga, shuningdek rahbarlarga, baholovchilarga yoki baholovchi tashkilotlarning boshqa xodimlariga nisbatan affillangan shaxs boʻlishga haqli emas.
45-modda. Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalarining boshqaruv organlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari]
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va bu yigʻilish besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Ijro etuvchi organ baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasining yuqori organi tomonidan uning aʼzolari orasidan saylanadi va jamoat birlashmasining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
(44 va 45-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
5-modda. Baholash obyektlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Baholash obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
alohida moddiy obyektlar (ashyolar);
shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (koʻchar yoki koʻchmas) mol-mulk;
mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
intellektual mulk obyektlari va qonunchilikka fuqarolik muomalasida boʻlishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari obyektlari.
(5-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2023-yil 25-oktabrdagi 01/11-14/29-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3487, 28.12.2023-y.).
6-modda. Baholash obyekti qiymatining turlari
Baholash maqsadlariga qarab baholash obyekti xususida bozor qiymati yoki bozornikidan farqlanuvchi qiymat qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
Baholash obyekti qiymati turlarining qoʻllanish sohasi va ularning farqlanuvchi xususiyatlari baholash standartlari bilan belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
Baholash obyektini baholash pul shaklida amalga oshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
Baholash obyektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, unga koʻra mazkur baholash obyektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega boʻlgan holda oʻz manfaatlarini yoʻlida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qoʻshilish majburiyati aks etmaydi.
Agar biron-bir baholash obyektining baholashda majburiy oʻtkazish talabi mavjud boʻlgan normativ hujjatda yoki baholash obyektining baholash toʻgʻrisidagi shartnomada (matnda bundan buyon shartnoma deb yuritiladi) qiymatning aniq turi koʻrsatilgan boʻlmasa, mazkur obyektning bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash obyekti qiymatining turini aniqlovchi, ushbu Qonunda yoki baholash standartlarida nazarda tutilmagan atamalarda foydalanilgan taqdirda ham qoʻllanishi kerak.
8-modda. Baholash obyektining bozornikidan farqlanuvchi qiymati
Baholash obyektining bozornikidan farqlanuvchi qiymati deganda mazkur baholash obyektining baholash ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilganidan farqli shartlarida oʻtkazilgan eng ehtimol tutilgan baho tushuniladi.
9-modda. Baholash standartlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
Baholash standartlari oʻzaro bogʻliq norma va qoidalar majmuidan iborat boʻlib, ular quyidagilarni belgilaydi:
baholash tushunchalari va prinsiplarini;
baholash faoliyatida qoʻllaniladigan atamalar va taʼriflarni;
Baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
10-modda. Baholashni oʻtkazish va uning natijalaridan foydalanish huquqi
Baholash oʻtkazish huquqi mutlaq huquqdir.
Baholash obyektlarini baholash ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
Baholashni oʻtkazish natijalaridan baholash obyekti oʻz balansida turgan shaxslar buxgalteriya hisobi va hisobot maʼlumotlariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanishlari mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Baholashni oʻtkazishni davlatga toʻla yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan:
(11-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
baholash obyektlarini xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda;
(11-modda birinchi qismning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-980-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son)
baholash obyektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda;
baholash obyektlari sotilayotganda yoki oʻzga shaxsga boshqacha tarzda oʻtkazilayotganda;
baholash obyektlari bilan bogʻliq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda;
baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.
Davlat tashkiloti xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda baholash talab etilmaydi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-980-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.04.00 Er-xotin mol-mulkining shartnomaviy maqomi (nikoh shartnomasi)]
Baholash oʻtkazish baholash obyektining qiymati toʻgʻrisida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan:
mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda;
ipoteka krediti berilayotganda;
taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki boʻlinayotganda;
mol-mulk mulkdorlardan jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olinayotganda yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qoʻyilayotganda;
(11-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻgʻri toʻlanishi ustidan nazorat oʻtkazilayotganda majburiydir.
Ushbu moddaning amal qilishi davlat muassasalari va tashkilotlari oʻrtasida ularga operativ boshqarish huquqi asosida biriktirilgan mol-mulkni tasarruf etishda kelib chiqadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(11-modda toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnoma yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sud ajrimi baholash obyektini baholashdan oʻtkazish uchun asoslardir.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi shartnomaga oid majburiy talablar
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi oʻrtasidagi shartnoma yozma shaklda qonunchilikka muvofiq tuziladi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shartnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
baholash obyektining nomi;
baholash obyektini baholashning maqsadi;
baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish muddati;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazgani uchun pul mukofoti miqdori.
Shartnomaga baholovchi malaka sertifikatining, shuningdek baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi haqidagi maʼlumotlar kiritilishi shart.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazganlik uchun pul mukofotining miqdori shartnomada belgilab qoʻyiladi va u baholash obyekti qiymatining baland-pastligiga bogʻliq boʻlishi mumkin emas.
14-modda. Baholovchi tashkilotning huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
qonunchilikda belgilangan baholash usullarini mustaqil qoʻllash;
(14-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2023-yil 25-oktabrdagi 01/11-14/29-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti.
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlardan foydalanish erkinligi taʼminlanishini buyurtmachidan talab qilish, yozma shaklda tushuntirishlar va qoʻshimcha maʼlumotlar olish;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni uchinchi shaxslardan talab qilib olish. Agar mazkur axborotni berishning rad etilishi baholashning ishonchliligiga jiddiy taʼsir etadigan boʻlsa, baholovchi buni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatib oʻtadi;
baholash obyektlarini baholashdan oʻtkazishda ishtirok etishga boshqa baholovchilarni va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan hollarda baholash obyektini baholashdan oʻtkazishni rad etish.
Baholovchi tashkilot qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Baholovchi tashkilotning majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.03 Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
baholash faoliyatiga qoʻyiladigan qonunchilik talablariga rioya etish;
(15-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikatini shartnoma tuzilishi oldidan buyurtmachining talabiga koʻra koʻrsatishi;
(15-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
baholash obyektini baholashdan oʻtkazishda ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan, xolisona baholashni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida oʻzining ishtirok etish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida buyurtmachiga xabar berishi;
buyurtmachining soʻrovnomasiga koʻra baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari haqida axborot taqdim etishi;
(15-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish davomida olinadigan hujjatlarning but saqlanishini taʼminlashi;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish davomida aniqlangan zarar yetkazilganligi, shuningdek qonunchilikning boshqacha tarzda buzilganligi faktlari toʻgʻrisida baholash obyekti mulkdoriga va (yoki) buyurtmachiga xabar berishi;
(15-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning nusxasi uch yil mobaynida saqlanishini taʼminlashi;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish davomida buyurtmachidan olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
baholovchilarning har yili malaka oshirish kurslarida belgilangan tartibda oʻqishini taʼminlashi;
baholovchi tashkilotlar faoliyatining reytingini baholash uchun baholovchi tashkilotlar va baholovchilar birlashmalarining soʻrovnomasiga koʻra axborot taqdim etishi shart;
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlishi.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Baholovchi tashkilotning zimmasida qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli qarori bilan tasdiqlangan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisida nizomga qarang.
Baholovchi tashkilot qonunchilikka muvofiq boshqa qoʻshimcha professional xizmatlar ham koʻrsatishi mumkin.
(151-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
buyurtmachi baholovchi tashkilotning mulkdori, muassisi (ishtirokchisi), kreditori, sugʻurtalovchisi, baholovchisi boʻlsa;
(16-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
baholovchi tashkilot va (yoki) baholovchi buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), kreditori boʻlsa;
baholovchi tashkilotning va (yoki) baholovchining baholash obyektida mulkiy manfaati boʻlsa;
baholovchi baholash obyektida mulkiy manfaati boʻlgan shaxslar bilan yaqin qarindoshlik yoki qayin-boʻyinchilik va quda-andachilik munosabatlarida boʻlsa.
17-modda. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot mazmuniga oid talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazish natijalari baholash toʻgʻrisidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sana va uning tartib (roʻyxatdan oʻtkazilganlik) raqami;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish uchun asos;
baholovchi tashkilotning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);
(17-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
baholash obyektini baholashdan oʻtkazgan baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
baholash obyektining uning qiymatini aniqlash sanasidagiga aynan identifikatsiya qilish imkonini beradigan tavsifi, shuningdek baholash obyekti mulkdorining rekvizitlari;
baholash standartlari, ulardan foydalanish uchun asos, baholash obyektini baholashdan oʻtkazishda foydalanilgan maʼlumotlarning mazkur maʼlumotlar olingan manbalar koʻrsatilgan holdagi roʻyxati;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish izchilligi, shuningdek olingan natijani qoʻllanish chegaralari;
baholash obyektining qiymati aniqlangan sana;
baholovchi tashkilot foydalanadigan hamda baholash obyektining miqdor va sifat xususiyatlarini belgilaydigan hujjatlar roʻyxati.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
Agar baholash obyektini baholash bir nechta baholovchi tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa, baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash jarayonida ular tomonidan bajarilgan ish baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatiladi.
Agar baholash obyektini baholashdan oʻtkazishda bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymat aniqlangan boʻlsa, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda bahoni aniqlash mezonlari va baholash obyektining bozor qiymatini aniqlash imkoniyatidan voz kechish sabablari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash obyekti qiymatini asoslash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Baholash obyektlarining ayrim turlarini baholashdan oʻtkazish uchun qonunchilikda baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning maxsus shakllari nazarda tutilishi mumkin.
(17-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2023-yil 25-oktabrdagi 01/11-14/29-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning har bir beti baholash obyektini baholashdan oʻtkazgan baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolanadi, hisobot baholovchi tashkilot rahbarining imzosi, mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi va buyurtmachiga topshiriladi.
(17-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Baholash toʻgʻrisidagi hisobot har xil sharhlashga yoʻl qoʻymasligi yoki chalgʻitmasligi kerak”;
(16 va 17-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-apreldagi OʻRQ-208-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 178-modda)
18-modda. Hisobotning ishonchliligi
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tuzilgan hisobot ishonchli deb tan olinadi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti]
Xususiylashtirilgan obyektlar qiymatini baholash natijalarini qayta koʻrib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Zarur boʻlgan holda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini tekshirish uchun mazkur hisobot qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa baholovchi tashkilot tomonidan shartnoma asosida ekspertizadan oʻtkazilishi mumkin.
(181-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari ekspert xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ekspertiza oʻtkazayotgan baholovchi tashkilotning ekspert xulosasida baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi haqidagi xolisona fikr boʻlishi kerak. Bunda mazkur tashkilot takroriy baholashni oʻtkazishga va baholash obyektining qiymati toʻgʻrisida ekspert xulosasini chiqarishga haqli emas.
Baholovchi tashkilotni ilgari oʻzi bajargan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Buyurtmachi baholash toʻgʻrisidagi hisobot ishonchliligi toʻgʻrisida olingan ekspert xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda, nizo sudda koʻrib chiqilishi kerak.
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazish materiallarini nizoli hollarda ekspertizadan oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ekspert komissiyasi tuziladi.
(181-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazish materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining mazkur materiallarning ishonchliligini aniqlashga doir xulosasi qonunchilikda belgilangan tartibda faqat sud ajrimiga koʻra tayyorlanadi. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot sud tomonidan ishonchli emas deb topilganda baholash obyektini baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi sudning ajrimiga koʻra baholash obyektini takroriy baholashdan oʻtkazadi va baholash obyektining qiymati toʻgʻrisidagi xulosasini sudga taqdim etadi.
(181-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish mexanizmini tasdiqlash haqida”gi qarori.
Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida javobgar boʻladi. Buyurtmachiga yetkazilgan zararning, shu jumladan boy berilgan foydaning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14 va 985-moddalari.
Baholovchi baholash obyektini baholashni sifatsiz oʻtkazganligi yoki lozim darajada oʻtkazmaganligi, maxfiy maʼlumotlarni oshkor etganligi natijasida yetkazilgan zarar yoki baholovchi tashkilotning zarar koʻrishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun baholovchi tashkilot oldida qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
21-modda. Baholovchi tashkilotlarning va baholovchilarning birlashmalari
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.03 Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi]
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari aʼzosi boʻlgan baholovchi tashkilotlar va baholovchilar oʻz manfaatlarini himoya qilish hamda ifoda etish maqsadida ixtiyoriy ravishda uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmalarga qonunchilikda belgilangan tartibda birlashishi mumkin.
(21-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari”gi Qonuni.
22-modda. Nizolarni hal etish
Baholash faoliyati amalga oshirilayotganda yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda hal etiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisida”gi nizom.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-avgust,
811-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 2009-y., 15-son, 178-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 27.08.2024-y., 03/24/945/0653-son; 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son; 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)