toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1−2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2014-yil 7-maydagi 88 (6018)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-may,
OʻRQ-370-son
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 64-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Bank, investitsiya va sugʻurta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining oʻziga xos xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari va davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun banklarni sanatsiya qilish va tugatishga doir munosabatlarga nisbatan maxsus qonunchilikka zid boʻlmagan hollarda qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-martdagi OʻRQ-1070-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 25-sentabr)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati
Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
Jamiyat yuridik shaxs boʻlib, u oʻz mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan oʻzining ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan mol-mulkka ega boʻladi, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasi.
Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida bank hisobvaraqlari ochishga haqlidir.
Jamiyat oʻzining tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan toʻliq firma nomiga ega boʻladi va qisqartirilgan firma nomiga ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat oʻzining firma nomi davlat tilida toʻliq yozilgan hamda joylashgan yeri koʻrsatilgan yumaloq muhrga ega boʻlishga haqli. Muhrda bir vaqtning oʻzida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham koʻrsatilishi mumkin.
(3-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Jamiyat oʻzining nomi yozilgan shtamp va blankalarga, oʻz timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlarning, ishlarning va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalarga ega boʻlishga haqli.
Jamiyatning joylashgan yeri, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joyga koʻra belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 46-moddasining uchinchi qismi.
Jamiyat u bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga va elektron pochta manziliga ega boʻlishi lozim. Jamiyat oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarni (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) yozma bildirish yuborish yoʻli bilan, aksiyadorlarni esa, ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish yoʻli bilan xabardor etishi shart.
4-modda. Jamiyatning javobgarligi
Jamiyat oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar boʻladi.
Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi va uning faoliyati bilan bogʻliq zararlarning oʻrnini oʻzlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida qoplash tavakkalchiligini oʻz zimmasiga oladi.
Aksiyalarning haqini toʻliq toʻlamagan aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan oʻzlariga tegishli aksiyalar qiymatining toʻlanmagan qismi doirasida solidar javobgar boʻladi.
Jamiyat oʻz aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jamiyatning toʻlovga qobiliyatsizligi jamiyat uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan aksiyador sifatida ish yuritayotgan shaxsning gʻayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan boʻlsa, jamiyatning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, mazkur aksiyadorning zimmasiga jamiyatning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Aksiyador majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga jamiyat ustavida bu huquq nazarda tutilgan taqdirdagina ega boʻladi.
(4-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan aksiyador jamiyat muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida toʻlovga qobiliyatsiz boʻlishini oldindan bila turib, ushbu huquqidan jamiyat tomonidan shunday harakat amalga oshirilishi uchun foydalangan taqdirdagina jamiyatning toʻlovga qobiliyatsizligi aksiyadorning harakatlari tufayli yuzaga kelgan deb hisoblanadi.
(4-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
5-modda. Jamiyat tomonidan chiqarilayotgan aksiyalarga obuna oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga ularni ommaviy joylashtirish yoʻli bilan qonunchilik talablarini hisobga olgan holda ochiq obuna oʻtkazishga haqli. Bunda jamiyat xodimlari jamiyat tomonidan joriy qilinadigan aksiyalar birlamchi ommaviy joylashtirilganda xodimlarning aksiyalarga egalik qilish rejasi doirasida aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga ularni xususiy joylashtirish yoʻli bilan yopiq obuna oʻtkazishga haqli, yopiq obuna oʻtkazish imkoniyati qonunchilikda va jamiyat ustavida cheklab qoʻyilgan hollar bundan mustasno.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aksiyadorlar oʻzlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning va jamiyatning roziligisiz oʻzga shaxsga berishga haqli, ushbu Qonunning 6-moddasida belgilangan hol bundan mustasno.
6-modda. Aksiyadordan aksiyalarni olishga boʻlgan imtiyozli huquq
Agar aksiyadorlarning soni ellik nafardan oshmasa, jamiyat ustavida:
ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narx boʻyicha va shartlar asosida, aksiyadorlarning har biriga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda olish yuzasidan aksiyadorlar uchun;
agar ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari oʻz imtiyozli huquqlaridan foydalanmagan boʻlsa, jamiyatning aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni olish yuzasidan jamiyat uchun imtiyozli huquq nazarda tutilishi mumkin.
Oʻz aksiyalarini sotayotgan aksiyador aksiyalarini sotish niyati toʻgʻrisida boshqa aksiyadorlarni aksiyalarning narxini va uchinchi shaxsga taklif etish shartlarini koʻrsatgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yoxud jamiyat orqali yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni olishga doir imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi va muddatlari jamiyat ustavida belgilanadi, bunda imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar sotuvga qoʻyilgan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kam va oʻttiz kundan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Aksiyador tomonidan oʻziga tegishli aksiyalar imtiyozli huquq buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan aksiyadori va (yoki) jamiyat bunday qoidabuzarlik toʻgʻrisida aksiyador yoki jamiyat bilgan yoxud bilishi lozim boʻlgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida oʻziga sotib oluvchining huquq va majburiyatlari oʻtkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega.
Aksiyalarni olishga boʻlgan ushbu imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari
Jamiyat filiallar tashkil etishga va vakolatxonalar ochishga haqli.
Filial jamiyatning jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki ularning bir qismini, shu jumladan vakolatxonaning vazifalarini amalga oshiradigan alohida boʻlinmasidir.
Vakolatxona jamiyatning jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan, uning manfaatlarini ifodalaydigan va bu manfaatlarni himoya qilishni amalga oshiradigan alohida boʻlinmasidir.
Jamiyatning filiali va vakolatxonasi yuridik shaxs boʻlmaydi. Ular jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida ish yuritadi. Jamiyatning filialga va vakolatxonaga berib qoʻyilgan mol-mulki jamiyatning balansida hisobga olinadi.
Filialning yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat tomonidan berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi.
Filial hamda vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tashkil etgan va ochgan jamiyat zimmasida boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan yerdagi mamlakatning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlari
Jamiyat aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlariga ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Shuʼba xoʻjalik jamiyati oʻz mulkida oʻz asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalariga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar oʻz asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalarini olgan shuʼba xoʻjalik jamiyati asosiy jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas.
Tobe xoʻjalik jamiyati oʻz mulkida jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini olgan tobe xoʻjalik jamiyati jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Shuʼba xoʻjalik jamiyati oʻzining asosiy jamiyati majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Shuʼba xoʻjalik jamiyatiga majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan asosiy jamiyat bunday koʻrsatmalarni bajarish uchun shuʼba xoʻjalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan shuʼba xoʻjalik jamiyati bilan solidar javobgar boʻladi. Asosiy jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyatiga majburiy koʻrsatmalar berish huquqi faqat shuʼba xoʻjalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shuʼba xoʻjalik jamiyatining ustavida nazarda tutilgan taqdirda asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi.
Shuʼba xoʻjalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan bankrot boʻlgan taqdirda asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatining majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar boʻladi.
Asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning bankrot boʻlib qolishini oldindan bila turib, shunday harakatlarni amalga oshirishi uchun shuʼba xoʻjalik jamiyatiga majburiy koʻrsatma bergan va (yoki) shuʼba xoʻjalik jamiyatining imkoniyatidan foydalangan hollardagina shuʼba xoʻjalik jamiyatining bankrotligi asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.
Shuʼba xoʻjalik jamiyatining aksiyadorlari (ishtirokchilari) asosiy jamiyatdan uning aybi bilan shuʼba xoʻjalik jamiyatiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli. Asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning zarar koʻrishini oldindan bila turib, oʻz huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shuʼba xoʻjalik jamiyatining shunday harakatlarni amalga oshirishi maqsadida foydalangan holdagina zarar asosiy jamiyatning aybi bilan yetkazilgan deb hisoblanadi.
Agar boshqa ishtirok etuvchi jamiyat xoʻjalik jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalarining (ulushlarining) yigirma foizidan ortigʻiga ega boʻlsa, xoʻjalik jamiyati tobe deb eʼtirof etiladi.
2-bob. Jamiyatni tashkil etish
9-modda. Jamiyatni tashkil etish usullari
Jamiyat yuridik shaxsni taʼsis etish yoki qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin.
10-modda. Jamiyatni taʼsis etish
Jamiyatni taʼsis etish yoʻli bilan tashkil etish muassislarning (muassisning) qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror taʼsis yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan taʼsis etilgan taqdirda jamiyatni taʼsis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.
Jamiyatning muassislari uni tashkil etish toʻgʻrisida oʻzaro taʼsis shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni taʼsis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar oʻrtasida joylashtirilishi lozim boʻlgan aksiyalarning turlari, ular uchun toʻlanadigan haqning miqdori va uni toʻlash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.
Jamiyatni taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini toʻlash uchun kiritilayotgan qimmatli qogʻozlarning, oʻzga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega boʻlgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda aksiyadorlik jamiyatini taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi.
11-modda. Jamiyatning muassislari
Jamiyatni tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning muassislari (muassisi) deb eʼtirof etiladi.
Agar qonunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) boʻlishi mumkin emas.
Jamiyat muassislari jamiyatning tashkil etilishi bilan bogʻliq majburiyatlar yuzasidan jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilguniga qadar solidar javobgar boʻladi. Jamiyat muassislarning jamiyatni tashkil etish bilan bogʻliq majburiyatlari yuzasidan muassislarning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida maʼqullangan taqdirdagina javobgar boʻladi.
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ jamiyatning muassisi boʻladi.
Jamiyat muassislari oʻrtasida aksiyalarni taqsimlash taʼsis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
12-modda. Taʼsis yigʻilishi
Taʼsis yigʻilishi:
jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uning ustavini tasdiqlaydi;
taʼsis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
muassislar tomonidan aksiyalar haqini toʻlash tartibini belgilaydi;
chiqariladigan aksiyalarning turlarini va sonini belgilaydi;
jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini (taftishchisini) saylaydi;
jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi).
Taʼsis yigʻilishida ovoz berish muassislar kiritadigan ulushlarga muvofiq oʻtkaziladi.
Taʼsis yigʻilishi qarorlarni oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi, bundan taʼsis shartnomasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinadigan hollar mustasno boʻlib, buning uchun barcha muassislarning roziligi talab etiladi.
Taʼsis yigʻilishining qarorlari jamiyatning barcha muassislari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat tashkilotini aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirish davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida taʼsis yigʻilishini oʻtkazmasdan amalga oshiriladi.
Bir muassisdan iborat boʻlgan jamiyatda taʼsis yigʻilishi oʻtkazilmaydi.
13-modda. Jamiyatning ustavi
Ustav jamiyatning taʼsis hujjati boʻlib, unda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
jamiyatning toʻliq (agar boʻlsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
faoliyatining sohasi (asosiy yoʻnalishlari) va maqsadi;
ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);
jamiyat boshqaruvining tuzilmasi, jamiyat kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining aʼzolari soni, bu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Jamiyat ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan ulushning eng koʻp miqdoriga cheklovlar belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ustavida qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalar ham koʻrsatilishi mumkin.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyat aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga koʻra uch ish kuni ichida ularga jamiyatning ustavi, shu jumladan ustavga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aksiyadorning talabiga koʻra unga jamiyat ustavining koʻchirma nusxasini berishi shart.
14-modda. Jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Jamiyat yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga jamiyatning ustavini va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarini taqdim etadi. Davlat tashkilotini oʻzgartirish yoʻli bilan tashkil etilgan, shuningdek bitta muassis tomonidan tashkil etilgan jamiyat jamiyatning ustavini taqdim etadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatni tashkil etishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning ustavi qonunga muvofiq emasligi davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran koʻpi bilan uch oy muddatda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi, jamiyatning kuzatuv kengashi, ijroiya organi haqidagi (tegishincha direktori, boshqaruvi, ishonchli boshqaruvchi toʻgʻrisidagi) va taftish komissiyasi (taftishchisi) toʻgʻrisidagi ularning faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek jamiyatning mazkur organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartib-taomilini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi hamda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida tasdiqlashi shart.
15-modda. Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, shu jumladan jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi ushbu Qonunning 14-moddasida jamiyatni roʻyxatdan oʻtkazish uchun nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
3-bob. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali). Jamiyatning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari, jamiyatning sof aktivlari
16-modda. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) va aksiyalari
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil boʻlishi kerak.
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat mol-mulkining jamiyat kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat davlat mulki negizida tashkil etilayotganda ushbu davlat mulkining (tashkilotning yoki boshqa mol-mulkning) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlangan bozor qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) summasini tashkil etadi.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Bunda joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma besh foizidan oshmasligi kerak.
(16-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Jamiyat taʼsis etilayotganda uning barcha aksiyalari jamiyat muassislari oʻrtasida joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori jamiyat ustavida belgilanadi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
18-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.
Qoʻshimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan, eʼlon qilingan aksiyalarning soni doirasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorda joylashtiriladigan qoʻshimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari hamda shartlari belgilangan boʻlishi kerak.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda jamiyat ustavida koʻrsatilgan, eʼlon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi kerak.
Jamiyatning tegishli boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish haqidagi qaror jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarordir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning oʻz kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
(18-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning oʻz kapitali hisobidan koʻpaytirishda qoʻshimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli boʻlsa, ayni oʻsha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) koʻpaytirilishi natijasida koʻpaytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi taʼminlanmaydigan boʻlsa, jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
19-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yoʻli bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan aksiyalarni olish yoʻli bilan kamaytirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) aksiyalarning bir qismini olish va bekor qilish yoʻli bilan kamaytirishga, agar bunday imkoniyat jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisidagi va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotganda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish sabablarini koʻrsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori kamaytirilganda kreditorlarning huquqlari
Jamiyat kreditorlari jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilganligidan xabar topgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyatdan oʻz majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishini va ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilishi bilan bogʻliq zararlarning oʻrnini qoplashini talab qilishga haqli.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-fevraldagi OʻRQ-910-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son)
21-modda. Jamiyatning aksiyalari
Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.
Aksiya boʻlinmasdir. Agar aksiya umumiy mulk huquqi asosida bir nechta shaxsga tegishli boʻlsa, bu shaxslarning barchasi bir aksiyador deb eʼtirof etiladi va aksiya bilan tasdiqlangan huquqlardan oʻzlarining umumiy vakili orqali foydalanadi.
Bir turdagi aksiya unga egalik qiluvchi har bir aksiyadorga shu turdagi aksiyalarning boshqa egalari bilan bir xil boʻlgan hajmdagi huquqlarni beradi.
Oddiy aksiyalarni imtiyozli aksiyalarga, korporativ obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qogʻozlarga ayirboshlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli boʻlsa, oʻsha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyaning egasi — aksiyador deb eʼtirof etiladi.
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar boʻlib, ular oʻz egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Oʻz egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilayotganda aksiyalarga qoʻyilgan mablagʻlarni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʼi nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Aksiyaning egasi boʻlgan aksiyadorga ovozga qoʻyilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy yoki imtiyozli aksiya jamiyatning ovoz beruvchi aksiyasidir.
Chiqariladigan aksiyalarning turlari, ularni joylashtirish, ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi jamiyat ustavida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
23-modda. Aksiyalarning nominal qiymati
Aksiyalarning nominal qiymati besh ming soʻmdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
24-modda. Qimmatli qogʻozlarning bozor qiymati
Qimmatli qogʻozning bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narx tushunilib, unga koʻra mazkur qimmatli qogʻoz ochiq bozorda bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega boʻlgan holda oʻz manfaatlari yoʻlida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat sharoitida boshqa shaxsga berilishi mumkin, bitim narxining baland-pastligida esa biror-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qoʻshilish majburiyati aks etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qimmatli qogʻozlar fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan boʻlsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qogʻozlarning bozor qiymati deb eʼtirof etiladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
25-modda. Jamiyatning joylashtirilgan va eʼlon qilingan aksiyalari
Jamiyatning ustavida aksiyadorlar olgan aksiyalarning (joylashtirilgan aksiyalarning) soni va nominal qiymati belgilanishi kerak.
Jamiyat ustavida jamiyat joylashtirilgan aksiyalarga qoʻshimcha ravishda joylashtirishga haqli boʻlgan eʼlon qilingan aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ustaviga jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari haqida ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar jamiyat tomonidan joylashtirilgan taqdirda eʼlon qilingan aksiyalarning soni ushbu qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam boʻlmasligi lozim.
Jamiyat oʻzi joylashtirgan qimmatli qogʻozlar ayirboshlanishi mumkin boʻlgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qogʻozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.
26-modda. Aksiyadorlarning huquqlari
Aksiyadorlar:
tegishli jamiyat aksiyadorlarining reyestriga kiritilish;
Oldingi tahrirga qarang.
depo hisobvaragʻidan oʻziga taalluqli koʻchirma olish;
(26-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
jamiyat tugatilgan taqdirda oʻzlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida ovoz berish orqali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish;
jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborotni belgilangan tartibda olish;
olgan dividendini erkin tasarruf etish;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda oʻz huquqlarini himoya qilish;
oʻziga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalarga va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyat aksiyadorlari (ishtirokchilari) oʻrtasida ularning huquqlarini amalga oshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda korporativ shartnoma tuzish;
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
qimmatli qogʻozlarni olishda zarar koʻrish, shu jumladan boy berilgan foyda ehtimoli bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlar qonunchilikka va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aksiyador tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa aksiyadorlarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi lozim.
Aksiyalarni boshqa shaxsga berishga doir cheklov belgilanishi aksiyadorni — mazkur aksiyalar egasini ushbu Qonunda belgilangan tartibda jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va ular boʻyicha dividendlar olish huquqidan mahrum qilmaydi.
27-modda. Oddiy aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning huquqlari
Oddiy aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida mazkur yigʻilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar boʻyicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, oʻzlariga tegishli ulushga muvofiq jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga ega.
28-modda. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning huquqlari
Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar, agar ushbu Qonunda va jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish huquqiga ega emas.
Jamiyatning imtiyozli aksiyalari ularning egalari boʻlgan aksiyadorlarga bir xil hajmda huquqlar beradi va oddiy aksiyalar bilan bir xil nominal qiymatga ega boʻladi.
Jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanadigan dividendning miqdori va (yoki) qiymat (tugatilish qiymati) jamiyat ustavida belgilab qoʻyilishi lozim. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendning miqdori va tugatilish qiymati qatʼiy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Agar imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividend miqdori va tugatilish qiymatini belgilash tartibi jamiyat ustavida koʻrsatilgan boʻlsa ham imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendning miqdori va tugatilish qiymati belgilangan deb hisoblanadi.
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamgʻarib borilishi va keyinchalik toʻlanishi belgilab qoʻyilishi mumkin.
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning oddiy aksiyalarga ayirboshlanishi imkoniyati va shartlari belgilanishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisidagi masalalar hal etilayotganda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etadi. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida jamiyat ustaviga imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalar, shu jumladan avvalgi navbatdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanadigan dividendning miqdorini belgilash yoki koʻpaytirish va (yoki) tugatilish qiymatini belgilash yoki koʻpaytirish masalalari, shuningdek imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarga dividend va (yoki) bu aksiyalarning tugatilish qiymatini toʻlash navbati boʻyicha imtiyozlar berish hollari hal etilayotganda ovoz berish huquqini oladi.
Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlarni toʻliq toʻlamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan keyingi yigʻilishdan boshlab ega boʻladi. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar boʻyicha dividendlar birinchi marta toʻliq miqdorda toʻlangan paytdan eʼtiboran bekor qilinadi.
Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ustavi imtiyozli aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ushbu imtiyozli aksiyaning egasi oʻziga tegishli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin boʻlgan oddiy aksiyalar boʻyicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdordagi ovozlarga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
281-modda. Jamiyatning majoritar aksiyadori va uning majburiyatlari
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining ellik foizidan ortigʻiga egalik qiluvchi yoxud ovoz beruvchi aksiyalari miqdori jamiyatning boshqa har bir aksiyadori ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan hamda ovozi qaror natijasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan aksiyador majoritar aksiyador deb eʼtirof etiladi.
Agar majoritar aksiyadorga qarorlar jamiyatning va boshqa aksiyadorlarning manfaatlariga zarar keltirishi oldindan ayon boʻlsa, u mazkur qarorlarni shaxsiy manfaatlarini hisobga olib qabul qilmasligi, jamiyat boshqaruv organlarining yigʻilishi kun tartibiga jamiyatning va boshqa aksiyadorlarning manfaatlariga mos kelmaydigan masalalarni yoki hal etilishi jamiyatning va boshqa aksiyadorlarning manfaatlariga zarar yetkazishi oldindan maʼlum boʻlgan masalalarni kiritmasligi shart.
Jamiyatning majoritar aksiyadori ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik natijasida jamiyatga va boshqa aksiyadorlarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
(281-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1097-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 03/25/1097/1099-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-fevral)
29-modda. Aksiyalarga boʻlgan huquqlarning oʻtishi
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalarga boʻlgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi va qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 43-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Aksiya bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularni oluvchiga ushbu qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oʻtgan paytdan eʼtiboran oʻtadi.
30-modda. Jamiyatning korporativ obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat qonunchilikka va oʻz ustaviga muvofiq korporativ obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarishga hamda joylashtirishga haqli.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatning korporativ obligatsiyalari jamiyat aksiyalariga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalarni chiqarish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra yoki, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashiga bunday qaror qabul qilish huquqi tegishli boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Jamiyat tomonidan jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda, mazkur qaror jamiyat kuzatuv kengashining barcha aʼzolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi kerak.
31-modda. Jamiyatning aksiyalariga va boshqa qimmatli qogʻozlariga haq toʻlash
Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish chogʻida ularga haq toʻlash pul va boshqa toʻlov vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda ifodalanadigan bahoga ega boʻlgan huquqlar (shu jumladan mulkiy huquqlar) orqali amalga oshiriladi. Jamiyatni taʼsis etish chogʻida uning aksiyalariga haq toʻlash tartibi jamiyatni tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasida (oʻzgartish toʻgʻrisidagi qarorda) yoki jamiyat ustavida, qoʻshimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga haq toʻlash esa, ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilab qoʻyiladi.
Jamiyatning qoʻshimcha aksiyalariga ushbu aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan joylashtirish muddati ichida haq toʻlanishi lozim.
Jamiyat ustavida aksiyalar haqini toʻlash majburiyatini bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatni taʼsis etishda aksiyalarga toʻlanadigan haq sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalanadigan bahosi muassislar oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jamiyatning puldan oʻzga vositalar bilan haqi toʻlanayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarining nominal qiymati qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan koʻpni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarining haqi sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan chiqarilishi zarur.
(31-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda va jamiyatning ustavida jamiyat aksiyalari hamda boshqa qimmatli qogʻozlari haqi sifatida toʻlanishi mumkin boʻlgan mol-mulk turlariga cheklovlar belgilanishi mumkin.
(31-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
32-modda. Jamiyatning fondlari va sof aktivlari
Jamiyatda jamiyat ustavida nazarda tutilgan, ammo uning ustav fondining (ustav kapitalining) oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Jamiyatning zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Boshqa mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, jamiyatning zaxira fondi jamiyatning zararlari oʻrnini qoplash, jamiyatning korporativ obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun moʻljallanadi.
Jamiyatning zaxira fondidan boshqa maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas.
Jamiyat ustavida boshqa fondlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyat sof aktivlarining qiymati buxgalteriya hisobi maʼlumotlari boʻyicha, jamiyat aktivlari va majburiyatlarining umumiy summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijasiga muvofiq jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) oz boʻlib chiqsa, jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) sof aktivlari qiymatidan oshib ketmaydigan miqdorgacha kamaytirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki jamiyatni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan taqdirda uning aksiyadorlari, kreditorlari, shuningdek vakolatli davlat organlari jamiyatni sud tartibida tugatishni talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish hamda olish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
33-modda. Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish
Jamiyat tomonidan aksiyalarning dastlabki chiqarilishini joylashtirish muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi lozim.
Jamiyat tomonidan jamiyatning qoʻshimcha aksiyalarini va boshqa emissiyaviy qimmatli qogʻozlarini joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning joylashtirilmagan aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
(33-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikning qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalasiga taalluqli qismi talablarini buzgan holda tuzilgan jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirishga hamda ularning muomalasiga doir bitimlar sudning qaroriga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bitimning predmeti boʻlgan jamiyat aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari ularni joylashtirish muddati oʻtganidan keyin bitim haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa bekor qilinishi kerak, agar ushbu bitim qimmatli qogʻozlar joylashtirilayotganda tuzilgan boʻlsa.
(33-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini insofli egallovchi jamiyat aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish hamda ularning muomalasi boʻyicha bitimlar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni aybdor shaxslardan talab qilishga haqli.
Davlat tashkilotlarini aksiyadorlik jamiyatlari etib oʻzgartirish jarayonida emissiya qilingan aksiyalar yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat aktivlaridir.
Jamiyat tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish usullari (ochiq yoki yopiq obuna) jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi, jamiyat ustavida bu xususda koʻrsatmalar mavjud boʻlmasa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorida jamiyatning aksiyalarini va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarini joylashtirish usuli toʻgʻrisida koʻrsatmalar mavjud boʻlmasa, joylashtirish faqat ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalarning ochiq obunasi faqat tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar savdolarida oʻtkaziladi.
(33-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarning ochiq obuna vositasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi shart boʻlgan hollar belgilab qoʻyilishi mumkin.
(33-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalarning va boshqa emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi mazkur chiqarilishni toʻxtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklar jamiyat tomonidan bartaraf etilmagan, shuningdek mazkur chiqarilishdagi aksiyalarning va boshqa emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning oltmish foizidan kam qismi ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddatda xususiy joylashtirilgan taqdirda amalga oshmagan deb eʼtirof etiladi.
(33-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar savdolarida aksiyalar va boshqa emissiyaviy qimmatli qogʻozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda ularning chiqarilishi, joylashtirish hajmidan qatʼi nazar, amalga oshgan deb eʼtirof etiladi.
(33-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
34-modda. Aksiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni joylashtirish narxi
Jamiyatni taʼsis etishda uning aksiyalari haqini toʻlash jamiyat muassislari tomonidan aksiyalarning nominal qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalarni joylashtirish, shu jumladan aksiyadorlar oʻrtasida joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda aksiyalarni joylashtirish (tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar savdolariga chiqarish) narxi jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashi tomonidan, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq kuzatuv kengashiga bunday vakolat berilgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining savdo maydonchalarida vujudga kelayotgan narxlar konyunkturasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Jamiyatning qoʻshimcha aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish chogʻida ularga haq toʻlash ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilanganidan kam boʻlmagan narx boʻyicha amalga oshiriladi.
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) koʻpaytirilayotganda jamiyatning qoʻshimcha aksiyalariga uning oʻz kapitali hisobidan, shuningdek haqini qoʻshimcha aksiyalar bilan toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan dividendlar hisobidan haq toʻlangan taqdirda, bunday aksiyalarni joylashtirish jamiyat aksiyalarining nominal qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
35-modda. Aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda aksiyadorlarning huquqlarini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul mablagʻlari bilan toʻlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar ularni imtiyozli ravishda olish huquqiga ega. Aksiyador, shu jumladan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qarshi ovoz bergan yoxud unda ishtirok etmagan aksiyador aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni oʻziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli olish huquqiga (bundan buyon matnda imtiyozli huquq deb yuritiladi) ega.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat aksiyadorlari reyestrining maʼlumotlari asosida tuziladi.
Imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning faqat butun miqdorini olishi mumkin.
36-modda. Imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi
Jamiyat aksiyalarning yoki aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish orqali oʻzining imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyadorlariga aksiyalarni yoki aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni mazkur aksiyadorlarda mavjud boʻlgan aksiyalar soniga mutanosib ravishda teng shartlarda, qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan jamiyatning boshqaruv organi tomonidan belgilangan joylashtirish narxi boʻyicha olishni taklif etishi shart.
Bildirish matnida joylashtirilayotgan aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli boʻlgan aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bu huquqi amal qiladigan muddat va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati bildirish eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kam va oʻttiz kundan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni jamiyatga yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida jamiyatga taqdim etilishi kerak.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat oʻtguniga qadar jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish toʻgʻrisida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan boʻlsa, tugaydi.
Jamiyat imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaguniga qadar aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni ularni olish boʻyicha imtiyozli huquqqa ega boʻlmagan shaxslarga joylashtirishga haqli emas.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan tartibda jamiyat tomonidan realizatsiya qilinadi.
Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
37-modda. Joylashtirilgan aksiyalarni jamiyat tomonidan olish
Jamiyat oʻzi joylashtirgan aksiyalarni aksiyadorlar umumiy yigʻilishining joylashtirilgan aksiyalarning bir qismini olish va ushbu aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisidagi qaroriga koʻra, shuningdek ularni keyinchalik belgilangan tartibda qayta sotish maqsadida jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra olishga haqli.
Agar muomalada qolgan aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan boʻlsa, jamiyat joylashtirilgan aksiyalarining umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini olish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularni olish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qabul qilingan qarori asosida jamiyat tomonidan olingan aksiyalar qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi.
(37-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aksiyalarni olish toʻgʻrisidagi qarorda olinadigan aksiyalarning turlari, jamiyat oladigan har bir turdagi aksiyalarning soni, aksiyalarni olish narxi, aksiyalar haqini toʻlash shakli va muddati, shuningdek aksiyalar qancha muddatda olinishi belgilab qoʻyilishi kerak.
Agar jamiyatning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksiyalarni olish vaqtida ularga haq toʻlash pul mablagʻlari bilan amalga oshiriladi. Aksiyalarni olish muddati aksiyalarni olish toʻgʻrisidagi qaror bilan belgilanadi, bu muddat oʻn kundan kam boʻlmasligi kerak. Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalarni olish narxi ularning bozor qiymatiga muvofiq belgilanadi.
Qaysi muayyan turdagi aksiyalarni olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, oʻsha aksiyalarning egasi boʻlgan har bir aksiyador mazkur aksiyalarni sotishga haqli, jamiyat esa ularni olishi shart. Agar jamiyat tomonidan olinishi toʻgʻrisida aksiyadorlarning arizalari tushgan aksiyalarning umumiy soni ushbu moddada belgilangan cheklovlar hisobga olingan holda jamiyat olishi mumkin boʻlgan aksiyalarning sonidan ortiq boʻlsa, aksiyadorlardan arizada koʻrsatilgan talablarga mutanosib ravishda aksiyalar olinadi.
Aksiyalar olinadigan muddat boshlanishiga kechi bilan oʻn kun qolganda jamiyat muayyan turdagi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarni jamiyat tomonidan aksiyalar olinishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali xabardor etishi shart. Bildirishda ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Imtiyozli aksiyalarni olish jamiyat ustavida nazarda tutilgan narx boʻyicha amalga oshiriladi.
Jamiyat tasarrufiga oʻtgan aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi, ular boʻyicha dividendlar hisoblab chiqarilmaydi.
Keyinchalik qayta sotish maqsadida jamiyat tasarrufiga oʻtgan aksiyalar ular jamiyat tasarrufiga oʻtgan paytdan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi kerak, aks holda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim. Koʻrsatilgan muddatda realizatsiya qilinmagan aksiyalar bekor qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan oʻz aksiyalarining olinishi, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, mustaqil ravishda yoki qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
(37-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyat oʻzi chiqargan aksiyalar boʻyicha ularni qaytarib sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek oʻzi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berishga haqli emas.
38-modda. Joylashtirilgan aksiyalarni jamiyat tomonidan olishga doir cheklovlar
Jamiyat oʻzining joylashtirilgan oddiy aksiyalarini:
jamiyatning butun ustav fondi (ustav kapitali) batamom toʻlanguniga qadar;
Oldingi tahrirga qarang.
agar oddiy aksiyalarni olish paytida jamiyatda toʻlovga qobiliyatsizlik belgilari mavjud boʻlsa yoki bunday belgilar u aksiyalarni olganligi natijasida paydo boʻlsa;
(38-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
agar oddiy aksiyalarni olish paytida jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan), zaxira fondidan va joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatining nominal qiymatidan ortiq qismidan kam boʻlsa yoxud aksiyalarni olish natijasida ularning miqdoridan kamayib ketsa, olishga haqli emas.
Ushbu Qonunning 40 va 41-moddalariga muvofiq qaytarib sotib olish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan hamma aksiyalar qaytarib sotib olinmaguniga qadar jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni olishga haqli emas.
39-modda. Aksiyalarni yiriklashtirish va maydalash
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirishga haqli boʻlib, buning natijasida jamiyatning ikki yoki undan ortiq aksiyasi xuddi shu turdagi bitta yangi aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga uning joylashtirilgan aksiyalarining nominal qiymatiga va soniga taalluqli tegishli oʻzgartishlar kiritiladi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni maydalashni amalga oshirishga haqli boʻlib, buning natijasida jamiyatning bir aksiyasi xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarining nominal qiymatiga va soniga taalluqli tegishli oʻzgartishlar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
40-modda. Aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyalarni olish
(40-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar:
jamiyatni qayta tashkil etish toʻgʻrisida;
joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish haqida;
ushbu Qonun 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bogʻliq yirik bitim (bundan buyon matnda yirik bitim deb yuritiladi) tuzish toʻgʻrisida;
jamiyatning ustaviga ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash toʻgʻrisida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan boʻlsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga koʻra ishtirok etmagan boʻlsa, oʻzlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
Oʻzlariga tegishli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxati ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan jamiyat aksiyadorlari reyestrining maʼlumotlari asosida tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish ushbu aksiyalarning bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi, bu qiymat jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻladigan harakati natijasida qiymatning oʻzgarishi hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
(40-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat aksiyalarining 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaxs, agar u bungacha mazkur jamiyat aksiyalariga egalik qilmagan yoki aksiyalarining 50 foizidan kamrogʻiga egalik qilgan boʻlsa, qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymati boʻyicha oʻziga sotishlari borasidagi taklifini oʻttiz kun ichida eʼlon qilishi shart. Aksiyadorning oʻziga tegishli aksiyalarni sotishi toʻgʻrisidagi yozma roziligi eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida olingan taqdirda, jamiyatning 50 va undan ortiq foiz aksiyalari egasi mazkur aksiyalarni sotib olishi shart.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
41-modda. Aksiyadorlarning oʻzlariga tegishli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi
Jamiyat aksiyadorlarni oʻzlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi mavjudligi, qaytarib sotib olish narxi va qaytarib sotib olishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida xabardor etishi shart.
Ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarga yetkaziladigan xabarda ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻlishi lozim. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlmagan aksiyadorlarda aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi mavjudligi va bunday huquqni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi axborot aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻlgan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran yetti kundan kechiktirmay aksiyadorlarga yuboriladi.
Aksiyadorning oʻziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish toʻgʻrisidagi yozma talabi aksiyadorning yashash joyi (joylashgan yeri) va uning qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar soni koʻrsatilgan holda jamiyatga yuboriladi.
Aksiyadorlarning oʻzlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishi toʻgʻrisidagi yozma talablari aksiyadorlar umumiy yigʻilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyatga taqdim etilishi kerak. Mazkur muddat tugaganidan soʻng jamiyat qaytarib sotib olish talabini qoʻygan aksiyadorlardan aksiyalarni oʻn kun ichida qaytarib sotib olishi shart.
Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin boʻlgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarda koʻrsatilgan narx boʻyicha amalga oshiriladi. Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning umumiy summasi aksiyadorlarda oʻzlariga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻlgan qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat sof aktivlari qiymatining oʻn foizidan oshib ketishi mumkin emas, bundan jamiyatning oʻzgartirilishi hollari mustasno. Qaytarib sotib olish talabi qoʻyilgan aksiyalarning umumiy soni ushbu qismda belgilangan cheklov inobatga olingan holda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishi mumkin boʻlgan aksiyalar sonidan oshib ketgan taqdirda aksiyalar aksiyadorlardan qoʻyilgan talablarga mutanosib ravishda qaytarib sotib olinadi.
Jamiyat qayta tashkil etilgan taqdirda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olingan aksiyalar bekor qilinadi.
Ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olingan aksiyalar jamiyat tasarrufiga oʻtadi. Mazkur aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanash chogʻida hisobga olinmaydi, ular boʻyicha dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytdan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi mazkur aksiyalarni bekor qilish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
5-bob. Jamiyat aksiyadorlarining reyestri va aksiyalarni saqlash
42-modda. Jamiyat aksiyadorlarining reyestri
Jamiyat aksiyadorlarining reyestri roʻyxatdan oʻtkazilgan aksiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan, ularga tegishli aksiyalarning nomi, soni, nominal qiymati va turi, shuningdek reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilgan roʻyxatidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish qimmatli qogʻozlar egalarining depo hisobvaraqlari holatiga koʻra markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(42-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etishi, dividendlar olishi va jamiyat tomonidan korporativ harakatlar bajarilganda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishi jamiyat aksiyadorlarining reyestri asosida amalga oshiriladi.
(42-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyat aksiyadorlarining reyestriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur reyestr shakllantirilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni shakllantirishda yoʻl qoʻyilgan xatolar tuzatilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish uchun:
(42-modda oltinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarning identifikatsiya qilinishini;
reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarning axborot olishga va ularga axborot yuborilishiga hamda reyestr shakllantirilishiga imkon beradigan aksiyalarga boʻlgan huquqlari hisobga olinishini;
Oldingi tahrirga qarang.
reyestrga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishiga sabab boʻladigan hujjatlarning hamda barcha faktlar toʻgʻrisidagi hamda Markaziy depozitariyning va (yoki) investitsiya vositachisining bunday oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga doir barcha harakatlari haqidagi axborotning qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida toʻplanishi va saqlanishini taʼminlashi kerak.
(42-modda oltinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan har bir shaxs haqidagi, uning nomiga yozilgan aksiyalarning soni va turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
(42-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Markaziy depozitariy jamiyatlar aksiyadorlarining reyestrlari shakllantirilishini taʼminlashi va shakllantirilgan reyestrlarni saqlashi shart, jamiyat esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay Markaziy depozitariy bilan jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish uchun shartnoma tuzishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyador oʻziga oid maʼlumotlardagi oʻzgarishlar haqida uning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi Markaziy depozitariyni va (yoki) investitsiya vositachisini oʻz vaqtida xabardor qilishi shart. Aksiyador oʻziga oid maʼlumotlar oʻzgarganligi haqidagi axborotni taqdim etmagan hollarda, aksiyadorning oʻz aksiyalariga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi buning oqibatida aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.
(42-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
43-modda. Depo hisobvaragʻidan koʻchirma
Oldingi tahrirga qarang.
Depo hisobvaragʻidan koʻchirma aksiyadorning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini tasdiqlaydigan, Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan beriladigan hujjatdir.
(43-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorga uning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi aksiya egasining yoki uning qonuniy vakilining talabiga koʻra ikki ish kuni ichida depo hisobvaragʻidan koʻchirma berishi shart. Qimmatli qogʻozlarning egasi depo hisobvaragʻidan koʻchirmaga oʻziga taalluqli boʻlmagan axborot, shu jumladan boshqa qimmatli qogʻozlarning egalari hamda ularga tegishli qimmatli qogʻozlarning soni toʻgʻrisidagi axborot kiritilishini talab qilish huquqiga ega emas.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Depo hisobvaragʻidan koʻchirma bergan Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun javobgar boʻladi. Depo hisobvaragʻidan koʻchirma berish tartibi, koʻchirmaning shakli va mazmuniga oid talablar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(43-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aksiyalari paketlari boʻyicha depo hisobvaragʻidan koʻchirma berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(43-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi.
44-modda. Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish shartlari va tartibi
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish jamiyatning yoki qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining topshirigʻi, shuningdek ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan hollarda aksiyadorlarning yozma murojaati asosida Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi. Reyestrning qaysi sanada shakllantirilishi reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqda koʻrsatiladi.
Jamiyat jamiyatning aksiyadorlari reyestrini shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqlarga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan shaxslar haqida Markaziy depozitariyni yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(44-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish rad etilgan taqdirda, Markaziy depozitariy reyestrni shakllantirish rad etilganligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan bildirishni jamiyatning topshirigʻi kelib tushgan paytdan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yuboradi.
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish asossiz rad etilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
45-modda. Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish tartibini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Jamiyat, transfer-agent, Markaziy depozitariy va qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari jamiyat aksiyadorlari reyestridagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun solidar javobgar boʻladi hamda oʻzining harakatlari (harakatsizligi) tufayli aksiyadorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
46-modda. Qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachilaridir.
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
47-modda. Aksiyalarni saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalarni saqlash qonunchilikda belgilangan tartibda Markaziy depozitariyda amalga oshiriladi.
(47-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
6-bob. Dividendlarni toʻlash
48-modda. Dividend
Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadigan qismidir.
Jamiyat aksiyalarning har bir turi boʻyicha eʼlon qilingan dividendlarni toʻlashi shart.
Dividend aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra pul mablagʻlari yoki boshqa qonuniy toʻlov vositalari yoxud jamiyatning qimmatli qogʻozlari bilan toʻlanishi mumkin.
Jamiyatning imtiyozli aksiyalari boʻyicha dividendlarni qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Dividend aksiyadorlar oʻrtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
49-modda. Dividendlarni toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddatlari
Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, toʻqqiz oyi natijalariga koʻra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga koʻra, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, joylashtirilgan aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Jamiyatning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va toʻqqiz oyi natijalariga koʻra dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qarori tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin.
50-modda. Dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalarning har bir turi boʻyicha dividendlarni toʻlash, dividendning miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan koʻp boʻlishi mumkin emas. Bunda davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalarning aksiyalari fond bozorida ommaviy joylashtirish yoʻli bilan joylashtirilgan taqdirda, kamida yetti yil davomida ushbu korxonalar sof foydasining kamida 30 foizi dividendlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar mustasno.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi aksiyalarning muayyan turlari boʻyicha dividendlarni toʻlamaslik toʻgʻrisida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qoʻyilgan imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻliq boʻlmagan miqdorda dividendlarni toʻlash haqida qaror qabul qilishga haqli. Dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qarorda dividendlarni toʻlash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganligi va boshqa muhim axborot haqidagi xabar ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 15 kun ichida joʻnatilganligi faktini va qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani qayd qilgan holda, aksiyadorlar eʼtiboriga mobil telefonga qisqa xabarlar (SMS-xabarlar) va (yoki) elektron pochta (aksiyadorlar reyestrida mobil telefon raqami va elektron pochta manzili mavjud boʻlganda) orqali yetkaziladi.
(50-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
51-modda. Dividendlarni toʻlash tartibi
Dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan toʻlanadi. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar jamiyatning buning uchun maxsus moʻljallangan fondlari hisobidan ham toʻlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarni toʻlash aksiyadorlarning dividendlarni olishga boʻlgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Dividendlarni toʻlash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni toʻlash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kundan kech boʻlmasligi lozim.
Dividendlarni toʻlash chogʻida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar boʻyicha, soʻngra oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlanadi. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha qatʼiy belgilangan dividendlarni toʻlash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud boʻlgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar toʻlashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar toʻlanishini sud tartibida talab qilishi mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega boʻlmagan yoki zarar koʻrib ishlayotgan taqdirda, imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar jamiyat tomonidan jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi hisobidan va ushbu fond doirasida toʻlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Dividendlarni toʻlash Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiya vositachilari orqali aksiyadorning mavjud bank hisobvaragʻiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bunda aksiyadorlik jamiyati aksiyadordan dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi arizani talab qilishga haqli emas.
(51-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(51-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi norezident aksiyadorining yozma talabiga koʻra unga hisoblangan dividendlarni erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablagʻlarni norezident aksiyador taqdim etgan bank hisobvaragʻiga oʻtkazib berishi shart.
Jamiyat aksiyadorlarining reyestridan olingan, jamiyat tomonidan tasdiqlangan koʻchirma hamda jamiyat buxgalteriyasining hisoblangan dividendlar summasi va ular hisoblangan sana toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi ayirboshlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
52-modda. Dividendlar toʻlash mumkin boʻlgan aksiyalar
Aksiyadorlarga dividendlarni toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestrida qayd etilgan shaxslar aksiyalar boʻyicha dividend olish huquqiga ega.
53-modda. Toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar
Oldingi tahrirga qarang.
Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan toʻlanmagan (olinmagan) taqdirda toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi. Toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar boʻyicha hisoblanadigan penyalar miqdori toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar miqdorining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyador jamiyat tomonidan hisoblangan dividendlar va penyalar toʻlanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividendlar jamiyat tomonidan toʻlanmagan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb eʼlon qilish tartib-taomili qoʻllaniladi.
(53-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
54-modda. Dividendlarni toʻlashga doir cheklovlar
Jamiyat:
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) hammasi uning taʼsis etilishi chogʻida toʻliq toʻlab boʻlinguniga qadar;
Oldingi tahrirga qarang.
agar dividendlar toʻlanadigan paytda jamiyatda toʻlovga qobiliyatsizlik belgilari mavjud boʻlsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni toʻlash natijasida paydo boʻlsa;
(54-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) va zaxira fondi summasidan kam boʻlsa, aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga hamda dividendlar toʻlashga haqli emas.
Ushbu moddada koʻrsatilgan holatlar tugatilgach, jamiyat hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga toʻlashi shart.
55-modda. Dividendlar toʻlanishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda eʼlon qiladi. Jamiyat toʻlanadigan dividendlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining va jamiyatning rasmiy veb-saytlarida qonunchilikda belgilangan muddatlarda eʼlon qiladi.
(55-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 48-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-13-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalari (roʻyxat raqami 2383, 31.07.2012-y.).
56-modda. Dividendlarga soliq solish
Oldingi tahrirga qarang.
Dividendlarga soliq solish soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi va bunda soliq solish boʻyicha imtiyozlar belgilanishi mumkin.
(56-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 48-bobi.
7-bob. Jamiyatning boshqaruv organlari. Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasi
57-modda. Jamiyatni boshqarish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi jamiyatning boshqaruv organlaridir.
58-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini jamiyat kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolaridan biri olib boradi.
Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishini) oʻtkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay oʻtkaziladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida jamiyatning kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash toʻgʻrisidagi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (bundan buyon matnda direktor deb yuritiladi), kollegial ijroiya organining (bundan buyon matnda boshqaruv deb yuritiladi) aʼzolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilariga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari koʻrib chiqiladi.
(58-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan tashqari oʻtkaziladigan umumiy yigʻilishlari navbatdan tashqari yigʻilishlardir.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi va tartibi, yigʻilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning (axborotning) roʻyxati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish chogʻida umumiy yigʻilishda, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatini beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilishi mumkin. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va masofadan turib elektron ovoz berishning umumiy tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(58-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilmaydi. Ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak, jamiyatning imtiyozli aksiyalari ushbu Qonunga muvofiq ovoz berish huquqini olishi hollari bundan mustasno. Bunda ushbu bobning aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish tartibini hamda muddatlarini belgilovchi qoidalari qoʻllanilmaydi, aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishini oʻtkazish muddatlariga taalluqli qoidalar bundan mustasno.
59-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasi
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
jamiyat ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
jamiyatni qayta tashkil etish;
jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining son tarkibini belgilash, ularning aʼzolarini saylash va aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
eʼlon qilingan aksiyalarning eng koʻp miqdorini belgilash;
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish;
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish;
oʻz aksiyalarini olish;
jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
jamiyat taftish komissiyasining aʼzolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni oʻrta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash;
(59-moddaning birinchi qismi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) oʻz vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish;
(59-modda birinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
imtiyozli huquqni qoʻllamaslik toʻgʻrisida ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar savdolariga chiqarish) narxini belgilash;
(59-modda birinchi qismining oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining reglamentini tasdiqlash;
aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
jamiyatning ijroiya organiga toʻlanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash;
ushbu Qonunning 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
(59-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan yigirma toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
(59-modda birinchi qismining yigirma beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijroiya organi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagi masalalar bundan mustasno:
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish hamda jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
(59-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar savdolariga chiqarish) narxini belgilash;
(59-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
jamiyatning ijroiya organiga toʻlanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash;
ushbu Qonunning 75-moddasi birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.
60-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorlari
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha quyidagilar ovoz berish huquqiga ega boʻladi:
jamiyatning oddiy aksiyalari egalari boʻlgan aksiyadorlar;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyatning imtiyozli aksiyalari egalari boʻlgan aksiyadorlar.
Ovozga qoʻyilgan masala boʻyicha aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari boʻlgan, yigʻilishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning koʻpchilik (oddiy koʻpchilik) ovozi bilan qabul qilinadi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovozga qoʻyilgan, hal qilish chogʻida jamiyatning oddiy va imtiyozli aksiyalari egalari boʻlgan aksiyadorlar ovoz berish huquqiga ega boʻladigan masala yuzasidan ovozlarni sanab chiqish ovoz beruvchi aksiyalarning barchasi boʻyicha birgalikda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining ikkinchi — toʻrtinchi, oltinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilarida , 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida hamda 88-moddasining beshinchi qismida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi bilan qabul qilinadi.
(60-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini shakllantirish yoki oshirish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining kamida uchdan ikki qismi egalari boʻlgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
(60-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini olib borish tartibi boʻyicha aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyatning ustavida yoki jamiyatning aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlangan boshqa hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar boʻyicha qaror qabul qilishga, shuningdek kun tartibiga oʻzgartishlar kiritishga haqli emas.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari ushbu Qonunda hamda jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda, biroq bu qarorlar qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay aksiyadorlar eʼtiboriga yetkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(60-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Agar aksiyador uzrli sababga koʻra aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan boʻlsa, u aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.
61-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan uch ish kuni oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega boʻladi.
Jamiyat aksiyadorning talabiga koʻra aksiyadorga u aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etishi shart.
62-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborot
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida yigirma bir kundan kechiktirmay, lekin uzogʻi bilan oʻttiz kun oldin Korporativ axborotning yagona portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi.
(62-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(62-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
jamiyatning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
jamiyat aksiyadorlarining reyestri shakllantiriladigan sana;
umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar;
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni tanishtirish tartibi;
(62-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish va ovoz berish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi.
(62-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining direktor (boshqaruv raisi), ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, shartnomani qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosasi, shuningdek jamiyatning kuzatuv kengashi hamda taftish komissiyasi aʼzoligiga (taftishchiligiga) nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jamiyatning ustaviga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar loyihasi yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi.
(62-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi majburiy boʻlgan qoʻshimcha axborotning (materiallarning) roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin.
(62-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarga va davlat vakiliga berilishi lozim boʻlgan axborotdan (materiallardan) aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etadigan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etadigan shaxslar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilguniga qadar va uni oʻtkazish vaqtida foydalana olish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
(62-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
63-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga takliflar
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʻlib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin oʻttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) ushbu kengashning va komissiyaning (taftishchilarning) son tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar koʻrsatishga haqli, bundan kuzatuv kengashining mustaqil aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish mustasno.
(63-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi OʻRQ-814-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
Aksiyadorlar (aksiyador) jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) oʻzlari koʻrsatgan nomzodlar roʻyxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay oʻzgartishlar kiritishga haqli.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga masala uni qoʻyish sabablari, masalani kiritayotgan aksiyadorlarning (aksiyadorning) ismi-sharifi (nomi), ularga tegishli aksiyalarning soni va turi koʻrsatilgan holda yozma shaklda kiritiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisida takliflar kiritilganda, shu jumladan oʻzini oʻzi nomzod qilib koʻrsatilgan taqdirda nomzodning ismi-sharifi, unga tegishli aksiyalarning soni va turi (agar nomzod jamiyat aksiyadori boʻlsa), shuningdek nomzodni koʻrsatayotgan aksiyadorlarning ismi-sharifi (nomi), ularga tegishli aksiyalarning soni va turi koʻrsatiladi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi tushgan takliflarni koʻrib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddat tugaganidan soʻng oʻn kundan kechiktirmay ularni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aksiyadorlar (aksiyador) tomonidan kiritilgan masala aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga, xuddi shuningdek koʻrsatilgan nomzodlar jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov boʻyicha ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilishi kerak, quyidagi hollar bundan mustasno:
ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatga aksiyadorlar (aksiyador) tomonidan rioya etilmagan boʻlsa;
aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi ovoz beruvchi aksiyalarining egasi boʻlmasa;
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa;
takliflar ushbu Qonun talablariga muvofiq boʻlmasa.
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov boʻyicha ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qarori masalani kiritgan yoki taklif taqdim etgan aksiyadorlarga (aksiyadorga) qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov boʻyicha ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
64-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda jamiyatning kuzatuv kengashi, ushbu Qonun 65-moddasining oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa, umumiy yigʻilishni chaqiruvchi shaxslar quyidagilarni belgilaydi:
umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni;
umumiy yigʻilishning kun tartibini;
umumiy yigʻilish oʻtkazish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestri shakllantiriladigan sanani;
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish tartibini;
(64-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (materiallar) roʻyxatini;
(64-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
ovoz berish byulletenining shakli va matnini;
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish va ovoz berish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi.
(64-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Aniq masala qoʻyilishini aks ettirmaydigan taʼriflarning (shu jumladan, “turli masalalar”, “boshqa masalalar”, “oʻzga masalalar” va shu singari taʼriflarning) aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sana uni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kam va oʻttiz kundan koʻp etib belgilanishi mumkin emas.
65-modda. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra uning oʻz tashabbusi asosida, taftish komissiyasining (taftishchining) yozma talabi, shuningdek yozma talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) yozma talabi asosida oʻtkaziladi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) yozma talabiga koʻra aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish haqida yozma talab taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabda yigʻilish kun tartibiga kiritilishi kerak boʻlgan masalalar ularni kiritish sabablari koʻrsatilgan holda taʼriflangan boʻlishi kerak.
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga koʻra chaqiriladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibidagi masalalarning taʼrifiga oʻzgartishlar kiritishga haqli emas.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi talab aksiyadordan (aksiyadorlardan) chiqqan taqdirda, bu talabda umumiy yigʻilishni chaqirishni talab qilayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) ismi-sharifi (nomi), unga tegishli aksiyalarning soni, turi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi talab aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni talab qilgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida talab taqdim etgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida yoki yigʻilishni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi kerak.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga koʻra aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, agar:
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi boʻlmasa;
kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalardan birortasi ham aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kirmasa;
kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masala ushbu Qonun talablariga muvofiq boʻlmasa.
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi qarori yoki bunday yigʻilishni chaqirishni rad etish haqidagi asoslantirilgan qarori yigʻilish chaqirishni talab qilgan shaxslarga qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashi ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan taqdirda yoki uni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi uni chaqirishni talab qilgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra jamiyatning mablagʻlari hisobidan qoplanishi mumkin.
66-modda. Sanoq komissiyasi
Ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etishi uchun aksiyadorlarni roʻyxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sanoq komissiyasi tuzilib, uning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Sanoq komissiyasining tarkibi kamida uch kishidan iborat boʻlishi kerak. Sanoq komissiyasi tarkibiga jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, taftish komissiyasining aʼzolari (taftishchisi), jamiyat direktori, jamiyat boshqaruvi aʼzolari, ishonchli boshqaruvchi, shuningdek ana shu lavozimlarga nomzodi koʻrsatilgan shaxslar kirishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoq komissiyasi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kvorum bor yoki yoʻqligini aniqlaydi, umumiy yigʻilishda ovoz berish huquqlarining aksiyadorlar (ularning vakillari) tomonidan amalga oshirilishi munosabati bilan yuzaga keladigan masalalarni tushuntiradi, ovozga qoʻyiladigan masalalar boʻyicha ovoz berish tartibini tushuntiradi, ovoz berishning belgilangan tartibi va aksiyadorlarning ovoz berishda ishtirok etish huquqlarini taʼminlaydi, ovozlarni sanab chiqadi va ovoz berish yakunlarini chiqaradi, ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi, ovoz berish byulletenlarini jamiyatning idoraviy arxiviga topshiradi.
(66-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
67-modda. Aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish tartibi
(67-modda nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi aksiyador tomonidan shaxsan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi.
(67-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Aksiyador aksiyadorlarning umumiy yigʻilishidagi oʻz vakilini istalgan vaqtda almashtirishga yoki yigʻilishda shaxsan oʻzi ishtirok etishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ismi-sharifi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlar) boʻlishi lozim. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma uning rahbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan holda beriladi.
(67-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Agar jamiyatning aksiyasi bir nechta shaxsning umumiy ulushli mulkida boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish vakolatlari ularning xohishiga koʻra umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan har bir shaxsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak.
68-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kvorumi
Agar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami ellik foizidan koʻproq ovoziga ega boʻlgan aksiyadorlar (ularning vakillari) roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatli (kvorumga ega) boʻladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun kvorum boʻlmasa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi eʼlon qilinadi. Aksiyadorlarning takroriy umumiy yigʻilishini oʻtkazishda kun tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar aksiyadorlarning oʻtkazilmay qolgan yigʻilishi oʻrniga chaqirilgan takroriy umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami qirq foizidan koʻproq ovoziga ega boʻlgan aksiyadorlar (ularning vakillari) roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yigʻilishi vakolatli boʻladi.
Aksiyadorlarning takroriy umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar qilish ushbu Qonunning 62-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda va shaklda amalga oshiriladi.
Kvorum boʻlmaganligi sababli aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi yigirma kundan kam muddatga koʻchirilgan taqdirda, umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar oʻtkazilmay qolgan umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning reyestriga muvofiq aniqlanadi.
69-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish “jamiyatning ovoz beruvchi bitta aksiyasi — bitta ovoz” prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi, jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash boʻyicha kumulyativ ovoz berishni oʻtkazish hollari bundan mustasno.
70-modda. Ovoz berish byulleteni
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kun tartibidagi masalalar boʻyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib amalga oshiriladi.
(70-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Ovoz berish byulletenlarining shakli va matni jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan chaqirilmagan hollar bundan mustasno. Ovoz berish byulleteni umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan aksiyadorga (uning vakiliga) beriladi.
Ovoz berish byulletenida: jamiyatning toʻliq firma nomi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi, ovoz berishga qoʻyilgan har bir masalaning taʼrifi va uni koʻrib chiqish navbati, ovoz berishga qoʻyilgan har bir masala boʻyicha “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” degan mazmundagi soʻzlar bilan ifodalangan ovoz berish variantlari koʻrsatilgan boʻlishi (bundan ovoz berishga qoʻyilgan masalaga “yoqlayman” degan mazmundagi soʻz bilan ifodalanadigan kumulyativ ovoz berish mustasno), ovoz berish byulleteni aksiyador (uning vakili) tomonidan imzolanishi lozimligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma boʻlishi kerak.
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi aʼzosini (taftishchisini) saylash toʻgʻrisidagi masala yuzasidan ovoz berish oʻtkazilgan taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kun tartibidagi masalalar boʻyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ovoz berilganda ovoz berish byulletenlaridan foydalanilmaydi. Bunda ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha qabul qilingan qarorning qonuniyligi aksiyadorni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun roʻyxatga olishda foydalaniladigan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
(70-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
71-modda. Ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish
Ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala boʻyicha ehtimol tutilgan ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan boʻlsa, oʻsha masala boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinadi. Mazkur talabni buzgan holda toʻldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va ulardagi masalalar boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Agar ovoz berish byulletenida ovozga qoʻyilgan bir nechta masala koʻrsatilgan boʻlsa, bir yoki bir nechta masalaga nisbatan mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning umuman haqiqiy emas deb topilishiga sabab boʻlmaydi.
72-modda. Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Ovoz berish yakunlari boʻyicha sanoq komissiyasi ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida sanoq komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuzadi. Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnoma aksiyadorlar umumiy yigʻilishining, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib oʻtkaziladigan umumiy yigʻilishining kvorumi mavjudligi haqidagi maʼlumotni oʻz ichiga oladi.
(72-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzilganidan va aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi imzolanganidan keyin aksiyadorlarning qogʻozdagi yoki elektron jismdagi ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi tomonidan muhrlanadi va jamiyat arxiviga saqlash uchun topshiriladi.
(72-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnoma aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi lozim.
Ovoz berish yakunlari aksiyadorlarning ovoz berish oʻtkazilgan umumiy yigʻilishida oʻqib eshittiriladi, shuningdek aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yopilganidan keyin ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni eʼlon qilish orqali aksiyadorlar eʼtiboriga yetkaziladi.
73-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yopilganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yigʻilishda raislik qiluvchi va umumiy yigʻilish kotibi tomonidan imzolanadi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasida:
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilgan sana, vaqt va joy;
jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar ega boʻlgan ovozlarning umumiy soni;
umumiy yigʻilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega boʻlgan ovozlarning soni;
umumiy yigʻilishning raisi (rayosati) va kotibi, yigʻilish kun tartibi koʻrsatiladi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasida maʼruzalarning asosiy qoidalari, ovozga qoʻyilgan masalalar hamda ular yuzasidan oʻtkazilgan ovoz berish yakunlari, yigʻilish qabul qilgan qarorlar koʻrsatilishi lozim.
74-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Ovoz beruvchi aksiyalar egasi boʻlgan aksiyadorlarning soni oʻttiz kishidan kam boʻlgan jamiyatda jamiyat kuzatuv kengashining vazifalari jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday hollarda jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish masalasini hal etish oʻz vakolat doirasiga kiritilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organi koʻrsatilishi kerak.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolariga ular oʻz vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq toʻlanishi va (yoki) kuzatuv kengashining aʼzosi vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarining oʻrni qoplanishi mumkin. Bunday haq va toʻlovlarning miqdorlari aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Eng muhim masalalarni koʻrib chiqish va jamiyatning kuzatuv kengashiga tavsiyalar tayyorlash uchun kuzatuv kengashi aʼzolari orasidan qoʻmitalar tashkil etilishi mumkin.
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyat faqat mazkur jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolaridan tarkib topgan audit qoʻmitasini tashkil etishi shart. Jamiyatning ichki audit xizmati, agar bunday xizmat mavjud boʻlsa, oʻz faoliyatida audit qoʻmitasiga hisobdordir.
Qoʻmitalarni shakllantirish va ularning ishlash tartibi, soni va tarkibi jamiyatning kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
(74-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi — oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
75-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasi
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
(75-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yigʻilishlarini chaqirish, bundan ushbu Qonun 65-moddasining oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibini tayyorlash;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasini belgilash;
ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun kiritish;
mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
jamiyatning boshqaruv aʼzolarini (raisdan tashqari) saylash (tayinlash), ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustaviga koʻra bunday huquq jamiyat kuzatuv kengashiga berilgan boʻlsa;
korporativ maslahatchini tayinlash va uning faoliyati tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan boʻlsa;
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan boʻlsa yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyat kuzatuv kengashiga topshirilmagan boʻlsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini maʼqullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga moʻljallangan biznes-rejasi jamiyat kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmay maʼqullanishi lozim;
ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;
jamiyat ijroiya organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan erkin foydalanish va jamiyat kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bu hujjatlarni ijroiya organidan olish. Jamiyat kuzatuv kengashi va uning aʼzolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish (majburiy auditorlik tekshiruvi bundan mustasno), auditorlik tashkilotini belgilash, uning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
(75-modda birinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
jamiyatning taftish komissiyasi aʼzolariga (taftishchisiga) toʻlanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish;
dividend miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
jamiyatning zaxira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish;
jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;
jamiyatning shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlarini tashkil etish;
ushbu Qonunning 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bogʻliq bitimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tuzish;
(75-modda birinchi qismining yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga yoki jamiyat ustaviga koʻra quyidagilar jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish masalalarini, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish hamda jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qilish;
(75-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar savdolariga chiqarish) narxini belgilash;
(75-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
ijroiya organiga toʻlanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlarini belgilash;
jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga ushbu Qonun va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni hal etish ham kiritilishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyatning ijroiya organiga oʻtkazilishi mumkin emas.
76-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolarini saylash
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan uch yil muddatga saylanadi.
(76-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat boshqaruvi aʼzolari va direktori, uning shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslar va ushbu jamiyatlar boshqaruv organlarining aʼzolari jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas.
(76-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ayni shu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslar jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(76-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi OʻRQ-814-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 20-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(76-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi OʻRQ-814-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 20-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son)
Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar jamiyat ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan qarorda belgilab qoʻyilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat kuzatuv kengashining son tarkibi jamiyat ustavi bilan belgilanadi, bunda kuzatuv kengashi tarkibiga kiritiladigan mustaqil aʼzolar soni alohida koʻrsatilishi kerak.
(76-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi OʻRQ-814-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
Aksiyadorlarining soni besh yuzdan ortiq boʻlgan jamiyat uchun jamiyat kuzatuv kengashining son tarkibi yetti aʼzodan kam boʻlishi, aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq boʻlgan jamiyat uchun esa toʻqqiz aʼzodan kam boʻlishi mumkin emas.
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi kerak boʻlgan mustaqil aʼzolar va boshqa aʼzolar soniga alohida koʻpaytiriladi hamda aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga toʻliq berishga yoki ikki va undan ortiq nomzodlar oʻrtasida taqsimlashga haqli.
(76-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi OʻRQ-814-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
Eng koʻp ovoz toʻplagan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashining tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylangan kuzatuv kengashi aʼzosi mazkur yigʻilish bayonnomasida qaysi aksiyadorning vakili ekanligi yoki kuzatuv kengashining qaysi aʼzosi mustaqil aʼzo ekanligi koʻrsatilishi kerak.
(76-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi OʻRQ-814-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(76-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi tahrirga qarang.
761-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyatning, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil aʼzo kiritilishi kerak. Bunda kuzatuv kengashining mustaqil aʼzoligiga nomzodlar, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi koʻrib chiqishi uchun tanlov asosida koʻrsatiladi.
Quyidagilar kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi boʻlishi mumkin emas:
soʻnggi uch yil ichida jamiyatda va (yoki) jamiyatning affillangan shaxslarida ishlagan shaxs;
jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiluvchi (toʻgʻridan-toʻgʻri va (yoki) affillangan shaxslar orqali) aksiyador;
jamiyatning va (yoki) uning affillangan shaxsining yirik mijozi va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boʻlgan shaxs. Bunda qaysi shaxslar bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravaridan koʻp boʻlgan summaga teng amaldagi shartnoma mavjud boʻlsa, oʻsha shaxslar yirik mijoz va yirik yetkazib beruvchi deb eʼtirof etiladi;
soʻnggi uch yil ichida jamiyatga va (yoki) jamiyatning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining xodimi;
ketma-ket olti yil davomida jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan shaxs;
jamiyat va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan biror-bir kelishuvga ega boʻlgan shaxs, bundan kuzatuv kengashi aʼzosining vazifalari va funksiyalari bajarilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan kelishuvlar mustasno;
jamiyatning boshqaruv va ichki nazorat organlarining va (yoki) uning affillangan shaxslarining aʼzosi boʻlgan shaxsning yoki soʻnggi uch yil ichida ularga aʼzo boʻlgan shaxsning yaqin qarindoshi yoki quda tomondan qarindoshi (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, oʻgʻillari, qizlari, eri (xotini), shuningdek erining (xotinining) ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) boʻlgan shaxs;
davlat boshqaruvi organining yoki davlat korxonasining xodimi boʻlgan shaxs;
jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan shaxs.
Jamiyat jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan mustaqil aʼzolarning reyestrini yuritadi va uni oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashi mustaqil aʼzolarining reyestrini yuritish tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Jamiyat kuzatuv kengashi mustaqil aʼzosining ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiqligi oʻzgargan taqdirda, u jamiyatni va kuzatuv kengashini bu haqda ikki ish kuni ichida xabardor qilishi shart. Bu holda ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda boshqa nomzod mustaqil aʼzo sifatida taklif etiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi kuzatuv kengashining boshqa aʼzolari bilan bir qatorda ushbu Qonunda belgilangan teng huquqlar va majburiyatlarga ega boʻladi.
(761-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi OʻRQ-814-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
77-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi, agar jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kuzatuv kengashi aʼzolarining umumiy soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan, ushbu kengash tarkibidan kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan saylanadi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi, agar jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz raisini kuzatuv kengashi aʼzolarining umumiy soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan qayta saylashga haqli.
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlislarda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, agar jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida raislik qiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifasini kuzatuv kengashining aʼzolaridan biri amalga oshiradi.
78-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning oʻz tashabbusiga koʻra, jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisining), ijroiya organi aʼzosining, shuningdek jamiyat ustavida belgilangan boshqa shaxslarning talabiga koʻra chaqiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va oʻtkazish tartibi jamiyatning ustavida belgilab qoʻyiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini oʻtkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilanadi, biroq u jamiyat kuzatuv kengashiga saylangan aʼzolarning yetmish besh foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining soni jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorning yetmish besh foizidan kam boʻlgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan aʼzolari aksiyadorlarning bunday navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga, shuningdek jamiyat ijroiya organi rahbarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, uning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlashga haqlidir.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va oʻtkazish tartibini belgilovchi ushbu Qonunda, jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, majlisda hozir boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi. Ushbu Qonun 18-moddasining ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(78-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Jamiyat kuzatuv kengashining bir aʼzosi oʻz ovozini kuzatuv kengashining boshqa aʼzosiga berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jamiyat ustavida jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining ovozlari teng boʻlgan taqdirda kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilishda jamiyat kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
majlis oʻtkazilgan sana, vaqt va joy;
Oldingi tahrirga qarang.
majlisda ishtirok etadigan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etadigan shaxslar;
(78-modda sakkizinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
majlisning kun tartibi;
ovoz berishga qoʻyilgan masalalar, ular yuzasidan oʻtkazilgan ovoz berish yakunlari;
qabul qilingan qarorlar.
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan imzolanadi, ular majlis bayonnomasi toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun javobgar boʻladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) jamiyat kuzatuv kengashining barcha aʼzolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi imzolangan kuni jamiyatning ijroiya organiga ijro etish uchun topshiriladi. Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur qaror haqidagi axborot jamiyatning ijroiya organiga kuzatuv kengashining majlisi oʻtkaziladigan kuni topshiriladi.
79-modda. Jamiyatning ijroiya organi
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish vakolati jamiyatning ustavida belgilanadigan direktor yoki jamiyat boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Agar jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik boshqaruv tomonidan amalga oshiriladigan boʻlsa, jamiyat ustavida boshqaruv rahbarining (boshqaruv raisining) vakolati ham belgilangan boʻlishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma boʻyicha tijorat tashkilotiga (ishonchli boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, agar jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tayinlanadigan jamiyat ijroiya organi tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan belgilangan shaxs uning vazifalarini aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yoʻl qoʻyiladi.
Jamiyat ijroiya organining vakolatiga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining yoki jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
Jamiyatning ijroiya organi aksiyadorlar umumiy yigʻilishining va jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi rahbarini tayinlaydi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ijroiya organlarini tuzish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan boʻlsa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra jamiyat direktorini yoki boshqaruv aʼzolarini tayinlash, qoida tariqasida, chet ellik menejerlar ishtirok etishi mumkin boʻlgan tanlov boʻyicha saralash asosida amalga oshiriladi.
(79-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat direktorining, jamiyat boshqaruvi aʼzolarining, ishonchli boshqaruvchining huquq va majburiyatlari tegishincha ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida, jamiyat ustavida hamda ularning har biri jamiyat bilan uch yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni bekor qilish mumkinligi toʻgʻrisida har yili qaror qabul qilinadi. Shartnoma jamiyat nomidan jamiyat kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Jamiyatning direktori, jamiyat boshqaruvining raisi, ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha majburiyatlari hamda jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va jamiyat kuzatuv kengashi oldida beradigan hisobotlarining davriyligi nazarda tutilishi kerak.
(79-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Jamiyatning direktoriga, boshqaruv aʼzolariga toʻlanadigan haq miqdori, shuningdek ishonchli boshqaruvchining xizmatlariga haq toʻlash shartlari jamiyat faoliyatining samaradorligiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻladi va shartnomada belgilangan boʻlishi kerak.
Jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) vazifalarini boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlaridagi lavozim bilan birgalikda egallab turishga faqat jamiyat kuzatuv kengashining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoki jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatning direktori, boshqaruv aʼzolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda tugatishga (bekor qilishga), agar jamiyat ustaviga koʻra kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan boʻlsa, haqli.
Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatning direktori, jamiyat boshqaruvining aʼzolari, shuningdek ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani, agar ular jamiyat ustavini qoʻpol tarzda buzsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoki jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan jamiyat ijroiya organining, ishonchli boshqaruvchining vakolatlarini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, jamiyat ijroiya organining vakolatlarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala oʻsha yigʻilishning oʻzida hal etilishi yoxud jamiyat ijroiya organining rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlagan holda aksiyadorlarning yaqin oradagi umumiy yigʻilishida koʻrib chiqish uchun qoldirilishi mumkin. Agar jamiyatning ijroiya organini tuzish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan boʻlsa, jamiyat ijroiya organining, ishonchli boshqaruvchining vakolatlarini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat ijroiya organining rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, shuningdek jamiyatning ijroiya organi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan axborot va hisobotlar bir yil ichida ikki va undan ortiq marotaba oʻz vaqtida oshkor etilmagan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ijroiya organini oʻzgartirish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida koʻrsatma kiritishga haqli.
(79-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuniga asosan oʻn toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
80-modda. Jamiyatning boshqaruvi
Jamiyatning boshqaruvi jamiyat ustavi asosida ish yuritadi.
Jamiyat boshqaruvining majlisida bayonnoma yuritiladi. Jamiyat boshqaruvi majlisining bayonnomasi kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchining) aʼzolari talabiga koʻra ularga beriladi.
Jamiyatning boshqaruvi majlislarini oʻtkazishni boshqaruv raisi tashkil etadi, u jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda jamiyat boshqaruvi majlisi bayonnomalarini imzolaydi, jamiyatning boshqaruvi oʻz vakolat doirasida qabul qilgan qarorlarga muvofiq jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi.
81-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv aʼzolarining, ishonchli boshqaruvchining javobgarligi
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, jamiyat direktori va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek ishonchli boshqaruvchi oʻz huquqlarini amalga oshirishda va oʻz majburiyatlarini bajarishda jamiyatning manfaatlarini koʻzlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar boʻlishi lozim.
Agar ushbu modda qoidalariga muvofiq bir nechta shaxs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari, boshqaruv aʼzolari javobgar boʻlmaydi bundan ushbu Qonunning 90-moddasida belgilangan hollar mustasno.
(81-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Jamiyat yoki u joylashtirgan aksiyalarning hammasi boʻlib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvo bilan jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosi, direktori yoki boshqaruv aʼzosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosini, boshqaruv direktorini yoki aʼzosini, shuningdek ishonchli boshqaruvchini jamiyatga mulkiy zarar yetkazganlikda aybdor deb topgan taqdirda, sud qaroriga koʻra ularning vakolatlari xoʻjalik jamiyatlarida rahbarlik lavozimini egallash taqiqlangan holda kamida bir yil muddatga tugatilishi mumkin.
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosi, boshqaruv direktori yoki aʼzosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi quyidagilar natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi:
chalgʻituvchi axborot yoki bila turib yolgʻon axborot taqdim etganlik;
ushbu Qonunda belgilangan axborot taqdim etish tartibini buzganlik;
jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan yirik bitimlarni va (yoki) amalga oshirilishidan manfaatdorlik mavjud boʻlgan bitimlarni tuzishni taklif etganlik, shu jumladan jamiyat bilan bunday bitimlar tuzilishi natijasida oʻzlari yoki oʻz affillangan shaxslari tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida bitimlar tuzishni taklif etganlik;
(81-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fidutsiar majburiyatlarni bajarmaslik;
(81-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1097-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 03/25/1097/1099-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv aʼzolarining hamda ishonchli boshqaruvchining fidutsiar majburiyatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
vazifa va majburiyatlarini amalga oshirishda vijdonan harakat qilib, jamiyat va aksiyadorlar manfaatlarini eng koʻp aks ettiruvchi usullardan foydalanishni;
jamiyat mol-mulkidan jamiyatning ustaviga va ichki hujjatlariga zid ravishda va (yoki) aksiyadorlar umumiy yigʻilishining va (yoki) kuzatuv kengashining qarorlarisiz, shaxsiy manfaatlarini koʻzlab foydalanmaslikni hamda undan boshqa shaxslar tomonidan shu tarzda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslikni;
jamiyatning biznes imkoniyatlaridan yoki jamiyat uchun manfaatli boʻlgan obyektlardan oʻz vazifalarini bajarishi munosabati bilan yoki oʻz mavqeyidan kelib chiqqan holda, jamiyatning tegishli boshqaruv organlari roziligisiz, shaxsiy naf olish maqsadida yoki boshqa shaxslar manfaatlarini koʻzlab, shunday naf olishga koʻmaklashish maqsadida foydalanmaslikni;
jamiyatning asosiy faoliyati yoʻnalishlariga xos boʻlgan sohadagi tadbirkorlik faoliyatini jamiyatning tegishli boshqaruv organlari roziligisiz amalga oshirmaslikni;
qonunchilikka, jamiyatning ichki hujjatlariga va shartnomaga muvofiq jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi maxfiy axborotni oshkor qilmaslikni;
oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq qarorlar qabul qilish evaziga moddiy qimmatliklar olmaslikni yoki bundan manfaatdor boʻlgan shaxslardan mulkiy manfaatdor boʻlmaslikni.
Qonunchilikda, jamiyat ustavida va ichki hujjatlarida jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv aʼzolarining hamda ishonchli boshqaruvchining boshqa fidutsiar majburiyatlari belgilanishi mumkin.
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1097-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 03/25/1097/1099-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jamiyatning ijroiya organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa va bunda jamiyat direktorining yoki boshqaruv aʼzolarining yoxud ishonchli boshqaruvchining aybi qonunchilikda belgilangan tartibda isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.
(81-moddaning Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi OʻRQ-814-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
82-modda. Jamiyatning minoritar aksiyadorlari qoʻmitasi
Minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar aksiyadorlarning qoʻmitasi tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining tarkibiga nomzodlar boʻyicha takliflar jamiyatga jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda kiritiladi, bundan kuzatuv kengashining mustaqil aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish tartibi mustasno.
(82-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi OʻRQ-814-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining aʼzolarini saylashda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida hozir boʻlgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar koʻrsatmagan yoxud aksiyadorlarning oʻtkazilayotgan umumiy yigʻilishida kuzatuv kengashiga nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi.
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining tarkibiga jamiyatning direktori, boshqaruv aʼzolari, shuningdek jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchisi etib) saylangan shaxslar kirishi mumkin emas.
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining vakolatiga quyidagilar kiradi:
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
minoritar aksiyadorlarning oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bogʻliq murojaatlarini koʻrib chiqish;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida murojaatlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni koʻrib chiqish.
(82-modda beshinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining majlislari uning miqdor tarkibiga saylangan shaxslarning kamida toʻrtdan uch qismi hozir boʻlganda vakolatlidir.
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasi aʼzolarining soni jamiyat ustavida belgilanadi.
Minoritar aksiyadorlarning qoʻmitasi qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida har yili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida hisobot beradi.
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining raisi ushbu qoʻmita tarkibidan minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining aʼzolari tomonidan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi.
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining raisi minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining vakolat doirasiga kiritilgan barcha masalalar boʻyicha jamiyatning hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyat koʻrsatish tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasi jamiyatning xoʻjalik faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyat koʻrsatishi tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2712, 27.08.2015-y.).
8-bob. Jamiyat tomonidan yirik bitimlar tuzish
83-modda. Yirik bitim
Jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shaxsga berish yoxud mol-mulkni boshqa shaxsga berish ehtimoli bilan bogʻliq bitim (shu jumladan qarz, kredit, garov, kafillik) yoki oʻzaro bogʻlangan bir nechta bitim, agar boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning balans qiymati bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining oʻn besh foizidan ortigʻini tashkil etsa, yirik bitim deb hisoblanadi, kundalik xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan bitimlar hamda aksiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar bundan mustasno.
Jamiyatning yirik bitimi predmeti boʻlgan mol-mulkning bozor qiymati deganda mol-mulkning eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, ushbu qiymat boʻyicha mazkur mol-mulk ochiq bozorda bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega boʻlgan holda oʻz manfaatlari yoʻlida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat sharoitida boshqa shaxsga berilishi mumkin, bitim narxining baland-pastligida esa biror-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qoʻshilish majburiyati aks etmaydi.
Jamiyat mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash uchun bitimning taraflari tomonidan baholovchi tashkilot jalb etilishi mumkin.
84-modda. Yirik bitim tuzish
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining oʻn besh foizidan ellik foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashidan chiqib ketgan aʼzolarning ovozi inobatga olinmaydi.
Yirik bitim tuzish masalasi boʻyicha jamiyat kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan taqdirda yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi masala kuzatuv kengashining qaroriga koʻra aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqilishi mumkin.
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining ellik foizidan ortigʻini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashi ushbu bitim boʻyicha qaror qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror mol-mulkning qonunchilikka muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan bitimning shartlari oʻrganilgan holda majburiy tartibda qabul qilinadi.
(84-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Qonun talablari buzilgan holda tuzilgan yirik bitim sud qaroriga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
9-bob. Jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish
85-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari
Jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar mazkur jamiyatga nisbatan affillangan shaxslar deb eʼtirof etiladi.
Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxslari deb eʼtirof etiladi:
1) ushbu jamiyatning yigirma foiz va undan ortiq foiz aksiyalariga egalik qiluvchi yuridik shaxs;
2) ushbu jamiyatning yigirma foiz va undan ortiq foiz aksiyalariga yaqin qarindoshlari bilan birgalikda egalik qiluvchi jismoniy shaxs;
3) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi, jamiyat direktorining yoxud jamiyat boshqaruvi aʼzosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs;
4) ushbu jamiyat qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;
5) ushbu jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyati boʻlgan yoki ushbu jamiyat qaysi jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyati boʻlsa, oʻsha jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyati boʻlgan yuridik shaxs;
6) ushbu jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qiluvchi ayni bir shaxs qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;
7) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi ayni bir shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, oʻsha yuridik shaxs;
8) ushbu jamiyatning direktori yoxud boshqaruv aʼzosi boʻlgan ayni bir shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ijroiya organining rahbari vazifasini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs;
9) yaqin qarindoshlari bilan birgalikda ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi shaxs qaysi yuridik shaxs rahbarining yoki ijroiya organi aʼzosining vazifasini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs;
10) ushbu jamiyat direktorining yoki boshqaruv aʼzosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs yaqin qarindoshlari bilan birgalikda qaysi yuridik shaxs jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, oʻsha yuridik shaxs;
11) ushbu jamiyat bilan bitta xoʻjalik birlashmasiga kiruvchi yuridik shaxs.
Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxsi boʻlgan aksiyador — jismoniy shaxsning affillangan shaxslari deb eʼtirof etiladi:
1) ushbu jismoniy shaxs va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, oʻsha yuridik shaxs;
2) ushbu aksiyador yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining aʼzosi boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs;
3) ushbu aksiyador yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda ijroiya organining aʼzosi vakolatlarini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs.
Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 2, 4, 6-bandlari va uchinchi qismining 1-bandi ishonchli boshqaruvchi yoki aksiyadorning vakili sifatida ish yuritayotgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
86-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish
Affillangan shaxs jamiyat bilan bitim tuzishda affillangan ekanligi toʻgʻrisida tuzilishi kutilayotgan bitim haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan bitimda ishtirok etayotgan shaxslar, bitim predmeti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tegishli shartnomaning muhim shartlarini batafsil koʻrsatgan holda yozma bildirish yuborish orqali jamiyatni xabardor etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborot, shu jumladan affillangan shaxslarning yozma bildirishlari va bitimlar boʻyicha qabul qilingan qarorlarning toʻliq taʼriflari, qaror qabul qilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar hamda affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish chogʻidagi manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamiyat yillik hisobotining bir qismidir.
(86-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
87-modda. Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni oʻrganish
Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitim toʻgʻrisidagi, tuzilishi kutilayotgan bitim tarafining yozma bildirishida koʻrsatiladigan axborot jamiyatning ijroiya organi va ichki audit xizmati (agar u mavjud boʻlsa) tomonidan oʻrganiladi. Jamiyatning ijroiya organi tomonidan oʻrganish yozma bildirish olinganidan keyin uch ish kuni ichida amalga oshiriladi. Direktorning (boshqaruv raisining) qaroriga koʻra mazkur bitimni oʻrganishga qoʻshimcha ravishda jamiyatning boshqa xodimlari jalb qilinishi mumkin.
Affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni jamiyat ijroiya organi va ichki audit xizmati tomonidan oʻrganish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va bitimni oʻrganishda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi. Bayonnomada bitimning yuridik, moliyaviy, texnik va boshqa muhim jihatlari hamda uning jamiyat faoliyatiga koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼsiri nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
88-modda. Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitimni maʼqullash
Jamiyatning ijroiya organi jamiyat kuzatuv kengashini affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni oʻrganish natijalari bayonnomasini ilova qilgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi affillangan shaxs bilan tuziladigan bitim toʻgʻrisidagi axborotni oʻrganadi va affillangan shaxsning yozma bildirishi jamiyatga kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay bitim boʻyicha qaror qabul qiladi.
Agar jamiyat kuzatuv kengashining ikki va undan ortiq aʼzosi affillangan shaxs boʻlsa, bitim boʻyicha qaror ushbu Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatning affillangan shaxsi jamiyatning kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi mazkur bitim yuzasidan qaror qabul qilayotganda muhokamada ishtirok etishga haqli emas va ovoz berish huquqiga ega emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimni maʼqullash haqidagi qaror majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan bir ovozdan yoxud aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan aksiyadorlarning malakali koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bunda affillangan shaxs bilan tuzilayotgan, qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining oʻn yoki undan koʻp foizini tashkil etadigan bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror mol-mulkning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan bitimning shartlari oʻrganilgan holda majburiy tartibda qabul qilinadi.
(88-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatning ijroiya organi tuzilishi kutilayotgan bitim tarafini affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim boʻyicha qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda xabardor qiladi.
Agar affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim ayni bir vaqtda yirik bitim boʻlsa, bitimni tuzish tartibiga ushbu Qonunning 8-bobida belgilangan yirik bitim tuzishga doir qoidalar qoʻllaniladi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi affillangan shaxs bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xoʻjalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda tuzilishi mumkin boʻlgan bitimni (bitimlarni) maʼqullash haqida qaror qabul qilishga haqli.
89-modda. Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha nizolashish
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha jamiyat aksiyadori mazkur bitimni maʼqullash haqida qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan yoxud aksiyador qaror qabul qilinishida ishtirok etmagan taqdirda nizolashishi mumkin.
Jamiyat aksiyadorning talabiga koʻra uch ish kuni ichida aksiyadorga affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim haqida direktor (boshqaruv raisi) tomonidan imzolangan tegishli axborotni:
affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitim tarafi yozma bildirishining;
bitimni oʻrganish natijasi bayonnomasining;
bitimni maʼqullash toʻgʻrisida qabul qilingan qarorning;
tegishli shartnomaning, agar u tuzilgan boʻlsa, koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma shaklda taqdim etishi shart.
Jamiyat aksiyadorning talabiga koʻra aksiyadorga affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimga taalluqli boʻlgan boshqa axborotni ham taqdim etishi mumkin.
Affillangan shaxs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa yoxud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, aksiyador oʻsha bitimni haqiqiy emas deb topish yuzasidan bevosita yoxud aksiyador nomidan daʼvogar boʻlib chiqishga haqli boʻlgan vakolatli davlat organlari orqali sudga murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning besh foizdan kam boʻlmagan ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador affillangan shaxs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa yoxud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, oʻsha bitimni tuzishga doir talablar buzilishining mavjud belgilarini oʻrganish uchun mustaqil ravishda auditorlik tashkilotini jalb etishga haqli. Sud tomonidan bitim tuzishga doir talablar buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, jamiyat sudning qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran bir oy muddatda aksiyadorning auditorlik tashkilotini jalb etishga doir xarajatlarining oʻrnini mazkur xizmatlarning bozor qiymatidan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplashi shart.
(89-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim quyidagi hollarda sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
ushbu Qonunda bitim tuzish boʻyicha belgilangan talablarga rioya etilmaganda;
bitimni jamiyat uchun zararli deb topishga doir asoslar mavjud boʻlganda;
bitimni tuzishda manfaatlar qarama-qarshiligi mavjud boʻlganda;
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlganda.
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas:
affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorning ovoz berishi aksiyadorlarning ushbu bitimni maʼqullash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan umumiy yigʻilishida uning ishtirok etishidan yoki ishtirok etmasligidan qatʼi nazar, ovoz berish natijalariga taʼsir koʻrsatmasa;
mazkur bitimning tuzilishi jamiyatga yoki daʼvo bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorga zarar yetkazilishiga sabab boʻlganligi yoki zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkinligi isbotlanmagan boʻlsa;
mazkur bitim boʻyicha zararlar bitim taraflarining harakatlariga bogʻliq boʻlmagan holatlarning (fors-major holatlarning) natijasi boʻlganligi isbotlangan boʻlsa;
mazkur bitimning ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda keyinchalik maʼqullanganligi dalillari ishni sudda koʻrib chiqish paytida taqdim etilgan boʻlsa.
90-modda. Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni oʻrganishni amalga oshirgan shaxslar bitim boʻyicha xulosa va yakunlarning ishonchliligi uchun javobgar boʻladi.
Jamiyatning sud tomonidan aybi isbotlangan affillangan shaxsi yetkazilgan zararning, jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuzilgan bitimni va daʼvoni sudda koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplashi shart.
91-modda. Affillangan shaxs bilan bitimlar tuzishdagi istisnolar
Ushbu bobning qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
bir vaqtning oʻzida jamiyat direktori boʻlgan bitta aksiyadordan tashkil topgan jamiyatlarga;
tuzilishidan jamiyatning barcha aksiyadorlari manfaatdor boʻlgan bitimlarga;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun tuziladigan bitimlarga, agar qonunchilikka koʻra realizatsiya qilishning maxsus tartibi belgilanadigan monopol mahsulot, moddiy-texnika resurslarining strategik turlari bitim predmeti boʻlsa;
(91-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
birja va kimoshdi savdolari orqali tuziladigan bitimlarga, agar jamiyatning ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xom ashyo va materiallar, shuningdek jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot bitim predmeti boʻlsa;
jamiyat tomonidan joylashtirilayotgan qimmatli qogʻozlarni olishga doir imtiyozli huquqni amalga oshirishda;
jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni olganda;
jamiyatni qayta tashkil etishga doir tartib-taomillarni amalga oshirishda;
aksiyalarni aksiyadorlar oʻrtasida joylashtirishda;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlarni tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar savdolarida realizatsiya qilishda;
(91-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
jamiyat va affillangan shaxs oʻrtasidagi bitimni (bitimlarni) maʼqullash haqida jamiyat kuzatuv kengashining yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining ushbu bobda belgilangan tartibda oldindan qabul qilingan qarori mavjud boʻlganda.
10-bob. Jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish
92-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish
Jamiyatni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish faqat vakolatli davlat organlarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
(92-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, bundan qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etish mustasno.
Jamiyat boshqa yuridik shaxsga qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etilganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qoʻshib yuborilgan yuridik shaxsning (jamiyatning) faoliyati tugatilganligi haqidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritgan paytdan eʼtiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarning faoliyati tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(92-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyat oʻz kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni tugatishni yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararlarning oʻrnini qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda xabardor etish orqali talab qilishga haqli:
qoʻshib yuborish, qoʻshib olish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish haqidagi yozma bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay;
boʻlish yoki ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish haqidagi yozma bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan eʼtiboran oltmish kundan kechiktirmay.
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning oʻz kreditorlari oldidagi majburiyatlari yuzasidan solidar javobgar boʻladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qayta tashkil etish natijasida tugatilayotgan jamiyat qimmatli qogʻozlarining chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi bekor qilinganidan, shuningdek u yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridan chiqarilganidan keyin yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi.
93-modda. Jamiyatlarni qoʻshib yuborish
Yangi yuridik shaxsning unga oʻz faoliyatini tugatgan ikki yoki bir nechta jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini oʻtkazish yoʻli bilan vujudga kelishi aksiyadorlik jamiyatlarining yoxud aksiyadorlik jamiyati va masʼuliyati cheklangan jamiyatning qoʻshib yuborilishi deb eʼtirof etiladi. Aksiyadorlik jamiyatini yuridik shaxslar bilan boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda qoʻshib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyat qoʻshib yuborish haqida shartnoma tuzadi, unda qoʻshib yuborish tartibi va shartlari, shuningdek har bir jamiyat aksiyalarini (ulushlarini) yangi yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushlariga ayirboshlash tartibi belgilab qoʻyiladi. Har bir yuridik shaxsning kuzatuv kengashi yoki vakolatli organi qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi, qoʻshib yuborish shartnomasini tasdiqlash haqidagi va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalarni qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Yangidan vujudga kelayotgan yuridik shaxsning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qoʻshma umumiy yigʻilishida amalga oshiriladi. Jamiyatlar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qoʻshma umumiy yigʻilishida ovoz berish tartibi yuridik shaxslarni qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, ularning har biriga tegishli barcha huquq va majburiyatlar, bu topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilganligidan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi.
(93-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
94-modda. Jamiyatni qoʻshib olish
Bir yoki bir nechta yuridik shaxs faoliyatini tugatib, ularning huquq va majburiyatlarini boshqa yuridik shaxsga oʻtkazish jamiyatni qoʻshib olish deb eʼtirof etiladi.
Qoʻshib olinayotgan jamiyat va qoʻshib olayotgan yuridik shaxs qoʻshib olish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi, unda qoʻshib olish tartibi va shartlari, shuningdek qoʻshib olinayotgan jamiyatning aksiyalarini (ulushlarini) qoʻshib olayotgan jamiyatning aksiyalari va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi belgilab qoʻyiladi. Har bir yuridik shaxsning kuzatuv kengashi yoxud vakolatli organi qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi va qoʻshib olish shartnomasini tasdiqlash haqidagi masalani qoʻshib olishda ishtirok etayotgan oʻz jamiyati aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi. Qoʻshib olinayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi yoxud vakolatli organi topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani ham jamiyatlar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Mazkur yuridik shaxslar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qoʻshma umumiy yigʻilishi yuridik shaxsning ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Yuridik shaxslar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qoʻshma umumiy yigʻilishida ovoz berish tartibi qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinayotganda, qoʻshib olinayotgan yuridik shaxsning barcha huquq va majburiyatlari, ular topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilganligidan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, qoʻshib olayotgan yuridik shaxsga oʻtadi.
(94-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
95-modda. Jamiyatni boʻlish
Jamiyat faoliyatini uning huquq va majburiyatlarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga oʻtkazgan holda tugatish jamiyatni boʻlish deb eʼtirof etiladi.
Boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni boʻlish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxslarni tashkil etish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyatning aksiyalarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi jamiyatni boʻlish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxslarni tashkil etish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyatning aksiyalarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqida qaror qabul qiladi. Yangidan tashkil etilayotgan har bir yuridik shaxs aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yigʻilishi uning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Jamiyat boʻlinganda uning barcha huquq va majburiyatlari taqsimlash balansiga muvofiq tashkil etilayotgan ikki yoki bir nechta yuridik shaxsga oʻtadi.
96-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini tugatmagan holda, uning huquq va majburiyatlarining bir qismini oʻtkazgan holda bir yoki bir nechta yuridik shaxsni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb eʼtirof etiladi.
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs ajralib chiqqanda ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilgan jamiyat huquq va majburiyatlarining bir qismi taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga oʻtadi.
97-modda. Jamiyatni oʻzgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilgan holda yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakli etib oʻzgartirilishga haqli.
(97-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzgartirilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni oʻzgartirish, oʻzgartirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzgartirilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi jamiyatni oʻzgartirish, oʻzgartirish tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Jamiyatni oʻzgartirish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari jamiyatning chiqib ketayotgan aksiyadorlari bilan hisob-kitoblar amalga oshirilganidan keyin taʼsis hujjatlarini tasdiqlaydi hamda qonunchilikka muvofiq yuridik shaxsning boshqaruv organlarini saylaydi (tayinlaydi).
(97-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyat oʻzgartirilganida uning barcha huquq va majburiyatlari saqlanib qoladi.
Qonunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida faoliyatning ayrim turlarini faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etishga doir talablar belgilanishi mumkin.
98-modda. Jamiyatni tugatish
Jamiyatning tugatilishi huquq va majburiyatlarni huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtkazmagan holda jamiyat faoliyatini tugatishga sabab boʻladi.
Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni tugatish va tugatuvchini yoki tugatish komissiyasini (bundan buyon matnda tugatuvchi deb yuritiladi) tayinlash toʻgʻrisidagi masalani aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat sudning qaroriga koʻra tugatilayotganda tugatuvchini tayinlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(98-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi.
Tugatuvchi tayinlangan paytdan eʼtiboran jamiyat ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar unga oʻtadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra jamiyatni tugatish ushbu jamiyat moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida uning faoliyati tiklanmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda tugatuvchi tayinlanmaydi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(98-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-592-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori boʻlgan taqdirda, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organning vakili kiritiladi.
99-modda. Jamiyatni tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi. Jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi eʼlon roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(99-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-592-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning tugatilishi haqidagi eʼlonda uning kreditorlari talablarini bildirish tartibi va muddatlari koʻrsatiladi. Bu muddat tugatish toʻgʻrisidagi eʼlon chiqqan paytdan eʼtiboran ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
(99-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-592-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Agar tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytga kelib jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega boʻlmasa, uning mol-mulki ushbu Qonunning 100-moddasiga muvofiq aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadi.
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini koʻradi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.
Kreditorlarning talablar qoʻyishi uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur balansda tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar tomonidan taqdim etilgan talablar, shuningdek ularni koʻrib chiqish natijalari haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Oraliq tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablagʻlari kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini toʻlash tugatuvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan navbat tartibida oraliq tugatish balansiga muvofiq, ushbu balans tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
(99-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-taomillar tugallanganidan keyin jamiyat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini bekor qilish yuzasidan zarur tadbirlarni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiradi.
(99-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari (roʻyxat raqami 2000, 30.08.2009-y.).
100-modda. Tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash
Tugatilayotgan jamiyatning kreditorlar bilan hisob-kitoblardan keyin qolgan mol-mulki tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar oʻrtasida quyidagi navbat boʻyicha taqsimlanadi:
birinchi navbatda ushbu Qonunning 40-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olinishi lozim boʻlgan aksiyalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshiriladi;
ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar boʻyicha hisoblangan, biroq toʻlanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha belgilangan tugatish qiymatini toʻlash amalga oshiriladi;
uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash amalga oshiriladi.
Mol-mulkni har bir navbat boʻyicha taqsimlash avvalgi navbat boʻyicha mol-mulk toʻliq taqsimlab boʻlinganidan keyin amalga oshiriladi.
Agar jamiyatdagi mavjud mol-mulk hisoblangan, biroq toʻlanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatini imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan barcha aksiyadorlarga toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, mol-mulk imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar oʻrtasida ularga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Mol-mulkni tugatish qiymatining chet ellik investor boʻlgan aksiyadorga oʻtkaziladigan qismini jamiyat xorijiy valyutaga ayirboshlab berishi shart.
101-modda. Jamiyat tugatilgan payt
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritgan paytdan eʼtiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan deb hisoblanadi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni faqat jamiyatning qimmatli qogʻozlari chiqarilishlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi.
11-bob. Hisob va hisobot. Hujjatlarni saqlash. Jamiyat toʻgʻrisidagi axborot
102-modda. Jamiyatning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobot taqdim etishi shart.
(102-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Jamiyatda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati va ishonchliligi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar, shuningdek jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida aksiyadorlarga, kreditorlarga taqdim etiladigan jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik jamiyat ijroiya organining zimmasida boʻladi.
Jamiyatning moliyaviy hisobotida koʻrsatilgan va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotdagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvaragʻidagi maʼlumotlarning ishonchliligi mulkiy manfaatlari jamiyat yoki uning aksiyadorlari bilan bogʻliq boʻlmagan auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan oʻn kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.
(102-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan oʻtkazilganidan keyin, aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin eʼlon qilishi shart.
(102-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
103-modda. Jamiyatning hujjatlarini saqlash
Jamiyat:
jamiyatning ustavini, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni, jamiyatni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni, jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani;
jamiyatning oʻz balansidagi mol-mulkka boʻlgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va jamiyatning boshqa boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlarni;
jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi haqidagi nizomni;
jamiyatning yillik hisobotini;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorlarni;
aksiyalar emissiyasi risolasini;
buxgalteriya hisobiga doir hujjatlarni;
tegishli organlarga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarni;
jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishlarining, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisi) va boshqaruvi majlislarining bayonnomalarini, shuningdek jamiyat direktorining (boshqaruv raisining) buyruqlarini;
jamiyatning affillangan shaxslari roʻyxatlarini;
jamiyat aksiyadorlarining reyestrlarini;
jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining), auditorlik tashkilotining xulosalari va hisobotlarini, nazorat qiluvchi davlat organlarining tekshiruvlari dalolatnomalarini saqlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat qonunchilikka va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa hujjatlarni ham saqlashi shart.
(103-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
104-modda. Aksiyadorlarga jamiyat hujjatlaridan foydalanish imkoniyatini berish
Jamiyat ushbu Qonun 103-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan aksiyadorlarning foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi, bundan buxgalteriya hisobiga doir hujjatlar, boshqaruv majlislarining bayonnomalari, shuningdek jamiyat direktorining (boshqaruv raisining) buyruqlari va jamiyat aksiyadorlarining reyestri mustasno.
Jamiyat aksiyadorning yozma talabiga koʻra unga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini haq evaziga taqdim etishi shart. Haq miqdori jamiyat tomonidan belgilanadi hamda hujjatlarning koʻchirma nusxalarini tayyorlash xarajatlarining qiymatidan va hujjatlarni pochta orqali joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlardan ortib ketmasligi kerak.
Jamiyat soʻralayotgan hujjatlarni aksiyadorga elektron shaklda taqdim qilishga haqli.
Aksiyadorlar jamiyat yoki uning faoliyati toʻgʻrisidagi xizmat, tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor qilishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyador (aksiyadorlar) daʼvo arizasini sudda koʻrib chiqish chogʻida jamiyatdan va guvohlardan sud tomonidan koʻrib chiqilayotgan ishga taalluqli boʻlishi mumkin boʻlgan barcha hujjatlarni olishga haqli, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi hujjatlar mustasno.
(104-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
105-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari toʻgʻrisidagi axborot
Jamiyatning affillangan shaxsi ushbu Qonunning 85-moddasiga muvofiq affillanganlik asoslari vujudga kelgan paytdan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay jamiyatni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan maʼlumotlarni batafsil koʻrsatgan holda oʻzining affillanganligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Agar affillangan shaxsning aybi bilan koʻrsatilgan axborot taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi natijasida jamiyatga mulkiy zarar yetkazilgan boʻlsa, affillangan shaxs jamiyat oldida oʻzi yetkazgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat oʻzining affillangan shaxslari hisobini yuritishi va ular toʻgʻrisida qonunchilik talablariga muvofiq hisobot taqdim etishi shart. Jamiyat affillangan shaxslar roʻyxatini qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda har yili eʼlon qilishi shart.
(105-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
106-modda. Jamiyat toʻgʻrisidagi axborot
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda oʻzi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilishni amalga oshirishi shart.
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor etilishi majburiy boʻlgan barcha axborotni Korporativ axborotning yagona portalida eʼlon qilishi shart.
Fond birjasi aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyat ustavining matnini Korporativ axborotning yagona portali axborot tizimidan maʼlumotlarni olish orqali, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor etilishi majburiy boʻlgan boshqa axborotni fond birjasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilishi shart.
Fond birjasi va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborot eʼlon qilinganligi uchun haq olishga haqli emas.
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyat boshqa yuridik shaxslarning 5 va undan ortiq foiz aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egalik qilishi toʻgʻrisidagi axborotni Korporativ axborotning yagona portalida eʼlon qilishi shart. Bunda mazkur axborot aksiyalar (ulushlar, paylar) olingan paytdan eʼtiboran 72 soat ichida eʼlon qilinishi kerak.
Fond birjasining rasmiy veb-saytida va Korporativ axborotning yagona portalida axborotning oshkor qilinganligi jamiyatni qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat organlarining yozma soʻroviga koʻra axborot taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Jamiyat oʻzi va affillangan shaxs oʻrtasida tuzilgan bitim haqidagi axborotni bitim tuzilgan paytdan eʼtiboran 72 soat ichida Korporativ axborotning yagona portalida oshkor etishi shart.
Jamiyat oshkor etilishi majburiy boʻlgan axborotni va (yoki) boshqa axborotni oʻzining rasmiy veb-saytida oʻz xohishiga koʻra oshkor etishga haqli.
(106-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
12-bob. Jamiyatning faoliyatini nazorat qilish
107-modda. Taftish komissiyasi (taftishchi)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun jamiyat ustavida jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash) nazarda tutilishi mumkin.
(107-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Taftish komissiyasi (taftishchi) aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi.
(107-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-760-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Jamiyat taftishchisiga yoki taftish komissiyasi aʼzolariga doir malaka talablari aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi. Ayni bir shaxs ayni bir jamiyatning taftish komissiyasi tarkibiga (taftishchilikka) ketma-ket uch martadan ortiq saylanishi mumkin emas.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) vakolat doirasi ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) faoliyat koʻrsatish tartibi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yozma talabiga koʻra jamiyat ijroiya organida mansabni egallab turgan shaxslar jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga (taftishchiga) taqdim etishi shart.
Jamiyat taftishchisi yoki taftish komissiyasining aʼzolari bir vaqtning oʻzida jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi boʻlishi, shuningdek ayni shu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlashi mumkin emas.
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining (taftishchining), aksiyadorlar umumiy yigʻilishining, jamiyat kuzatuv kengashining tashabbusiga koʻra yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga koʻra jamiyat kuzatuv kengashini oldindan xabardor qilish yoʻli bilan bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yakunlariga koʻra jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) xulosa tuzadi, bu xulosada:
jamiyatning hisobotlarida va boshqa moliyaviy hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligiga doir baho;
Oldingi tahrirga qarang.
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi buzilganligi, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilayotganda qonunchilik buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatilishi shart.
(107-modda sakkizinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Taftish komissiyasi (taftishchi) jamiyatda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonunchilikning va jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi xulosani har chorakda jamiyat kuzatuv kengashining majlisiga olib chiqadi. Ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan axborotni oʻz ichiga olgan xulosa aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida eshitiladi.
(107-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
108-modda. Jamiyatning ichki audit xizmati
Oldingi tahrirga qarang.
Aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan koʻp boʻlgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
(108-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari tomonidan qonunchilikka, jamiyat ustaviga va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda maʼlumotlarning toʻliq hamda ishonchli tarzda aks ettirilishi taʼminlanishini, xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
(108-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatning ichki audit xizmati oʻz faoliyatini, agar qonunda oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
109-modda. Auditorlik tashkiloti
Oldingi tahrirga qarang.
Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda jamiyat moliya-xoʻjalik faoliyatining tekshirilishini amalga oshiradi va unga auditorlik xulosasini taqdim etadi.
(109-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborot haqidagi notoʻgʻri xulosani oʻz ichiga olgan auditorlik xulosasi tuzilganligi oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(109-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
110-modda. Jamiyatning korporativ maslahatchisi
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ustavida jamiyat kuzatuv kengashiga hisobdor boʻlgan va korporativ qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish vazifasini bajaruvchi jamiyat korporativ maslahatchisi lavozimini joriy etish nazarda tutilishi mumkin.
(110-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyat korporativ maslahatchisining faoliyati jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
111-modda. Aksiyadorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari
Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Jamiyatning xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatiga davlat organlarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat organlarining qonunga xilof harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Davlat aksiyador sifatida boshqa aksiyadorlar bilan bir qatorda ushbu Qonunda belgilangan teng huquq va majburiyatlarga ega boʻladi.
112-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari
Aksiyadorlarning huquqlari:
ushbu Qonunda belgilangan va jamiyat ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali jamiyatning boshqaruv organlari;
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari;
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ixtiyoriy birlashmalari;
sugʻurta tashkilotlari;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi;
auditorlik tashkilotlari;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.
Aksiyadorlar va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa ishtirokchilari oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
113-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish usullari
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:
huquqni tan olish;
huquq buzilguniga qadar mavjud boʻlgan holatni tiklash va huquqni buzuvchi yoki huquqning buzilishi tahdidini yuzaga keltiruvchi xatti-harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash;
huquqini oʻzi himoya qilish;
majburiyatni natura holida ijro etishga qaror qilish;
zararlarning oʻrnini qoplatish;
neustoyka undirish;
maʼnaviy zararni kompensatsiya qilish;
huquqiy munosabatlarni tugatish yoki oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda birlashmalarga uyushishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli boʻlgan dividendlar toʻlanmagan taqdirda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki minoritar aksiyadorlari qoʻmitasining murojaati asosida sudga jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat aksiyadorlariga dividendlar toʻlash majburiyatini yuklatish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishga haqli. Bunday daʼvoni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(113-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
(113-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
114-modda. Xususiylashtirilayotgan tashkilot aksiyalarining birlamchi emissiyasi paytida mehnat jamoasi aʼzolarining huquqlarini himoya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirilayotgan davlat tashkiloti mehnat jamoasi aʼzolarining aksiyalarni olishga boʻlgan huquqlarini himoya qilish qonunchilik bilan kafolatlanadi. Bunda mehnat jamoasining aʼzolariga realizatsiya qilinishi lozim boʻlgan aksiyalar soni har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli boʻlgan organ tomonidan belgilanadi.
(114-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
115-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(115-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
116-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(116-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XIII-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XIII, XIII1 boblari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 19-son, 210-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son; 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son; 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son; 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son; 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son; 27.11.2025-y., 03/25/1097/1099-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)