toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Qarori
Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud amaliyoti haqida
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish yakunlarini ko‘rib chiqib, qonunlarni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash maqsadida “Sudlar to‘g‘risidagi”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda ushbu munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Mehnat, Fuqarolik protsessual kodekslari va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalari” (bundan buyon matnda Qoidalar), Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida”gi Nizom, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinishi sudlarga tushuntirilsin
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
 LexUZ sharhi
1-bandga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sudlar xodimga yetkazilgan ziyon o‘rnini qoplashga oid quyidagi nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘radi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
a) ish beruvchi tomonidan xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyon o‘rnini qoplash haqidagi;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
b) ish beruvchi tomonidan xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqani to‘lash va qo‘shimcha xarajatlarni qoplash haqidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqani to‘lash va yetkazilgan ziyonni qoplash haqidagi;
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) ziyonni qoplash miqdorini yoki boquvchisi vafot etganligi natijasida ziyon to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar sonini o‘zgartirish haqidagi;
(2-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) Qoidalar shartlari va normalari bo‘yicha qayta hisoblab chiqish haqidagi;
(2-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oshirilishi munosabati bilan ziyonni qoplash miqdorini ko‘paytirish haqidagi;
(2-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
j) jabrlanuvchining sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi oqibatida berilgan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, ish haqidagi yo‘qotishni to‘liq qoplamagan yoki unga bunday nafaqa to‘lanmagan hollarda yetkazilgan ziyonni qoplash haqidagi;
(2-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
z) qayta tibbiy guvohlantirishdan (nogironlikni belgilash) so‘ng sog‘liqqa shikast yetkazilganligi oqibatida yetkazilgan ziyon to‘lovlarini to‘lash yoki qayta hisoblash haqidagi;
(2-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
i) ma’naviy ziyonni qoplash haqidagi nizolar;
(2-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
k) sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan xodimga, boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan esa, uning oila a’zolariga yetkazilgan ziyonni undirish bilan bog‘liq boshqa nizolar.
(2-bandning “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 336-moddasiga muvofiq, hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi.
Xodim yoki ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi bo‘lmagan yoki belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli.
Qayta tibbiy guvohlantirishdan o‘tgandan so‘ng yangi muddatga sog‘liqqa shikast yetkazilganligi oqibatida yetkazilgan ziyon to‘lovlarini to‘lash haqidagi da’volar ham sud tomonidan birinchi marta ariza qabul qilish uchun belgilangan tartibda qabul qilinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sudlarga tushuntirilsinki, mayib bo‘lish yoki sog‘liqqa yetkazilgan boshqa shikastlanish yoxud boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan to‘lanadigan zararni qoplash haqidagi da’volar FPK 33, 34-moddalari talablariga muvofiq, da’vogarning tanlashi bo‘yicha javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudning yoxud da’vogar yashab turgan joydagi sudning sudloviga taalluqlidir.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
5. Mayib bo‘lish yoki sog‘liqqa yetkazilgan boshqa shikastlanish yoxud boquvchisi vafot etganligi natijasida kelib chiqqan zararlarni qoplash haqidagi da’vo arizalarini berishda da’vogarlar sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etiladilar. Da’vo qanoatlantirilgan taqdirda, sud xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardan undiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi FKning 163-moddasi talabiga muvofiq, xodimning mehnat vazifalarini bajarish vaqtida ularga yetkazilgan shikastlar yoki boquvchining vafot etganligi munosabati bilan to‘lanadigan zararni undirish haqidagi talablarga da’vo muddati tatbiq qilinmasligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Qayd etilganlarga ko‘ra, da’vo qilish muddati o‘tkazib yuborilgan degan asos bilan arizani qabul qilmaslikka, shuningdek da’voni rad qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat jarohati tufayli kasb layoqati yo‘qotilgandan yoki boquvchining vafotidan so‘ng uch yildan keyin keltirilgan da’vo talablari, ariza berilgan kunidan oldingi ko‘pi bilan uch yil bo‘yicha qondiriladi.
Sudlar yetkazilgan zarar summasini aniqlashda Qoidalarning 50-bandida nazarda tutilgan quyidagi tartibga amal qilishlari kerak:
a) jabrlanuvchilarga — ular mehnat jarohati oqibatida kasb bo‘yicha mehnatga layoqatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan kundan boshlab;
b) boquvchining vafoti tufayli zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga — boquvchining vafot etgan kunidan, ammo faqat zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lingan vaqtdan boshlab to‘lanadi.
7. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda sudlarning e’tibori nizoni hal qilish uchun zarur bo‘lgan dalillar doirasini aniqlab, ularni talab qilib olish uchun tegishli choralar ko‘rishga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jumladan, ish beruvchining yetkazilgan zararda aybdorligi va javobgarligini isbotlovchi dalil sifatida quyidagi hujjatlar ishga qo‘shilishi lozim: ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida dalolatnoma, sud hukmi va qarori, prokuratura, surishtiruv va dastlabki tergov organining qarori, mehnat-texnika inspektorining yoki mehnatni muhofaza qilish va mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini, salomatlikka yetkazilgan zarar sabablarini nazorat qilishni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar (organlar)ning xulosasi; kasb kasalligi to‘g‘risida tibbiy xulosa; aybdor shaxslarga ma’muriy yoki intizomiy jazo berish to‘g‘risidagi qaror; mehnat jarohati tufayli xodimga vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotganlik uchun nafaqa to‘lovi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun ish beruvchi tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urta budjetiga pul o‘tkazish to‘g‘risidagi kasaba uyushma qo‘mitasining, tuman (shahar) soliq inspeksiyalarining qarorlari hamda ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa dalillar.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yoki boshqa vakil qilingan vakolatli organ tomonidan berilgan jabrlanuvchining ayb darajasini aniqlash haqidagi xulosa ish bo‘yicha dalillardan biri hisoblanib, FPK 80-moddasiga muvofiq, ishda mavjud bo‘lgan boshqa dalillar majmui bilan birgalikda sud tomonidan baholanishi lozim.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ish beruvchining aybi faraz qilinadi. Ish beruvchi oshiqcha xavf manbai tomonidan zarar yetkazilishi hollaridan tashqari, yetkazilgan zarar uchun o‘zining aybdor emasligini isbotlab bergan taqdirda zararni qoplashdan ozod qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Sudlarga tushuntirilsinki, xodim mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 327-moddasida belgilangan, yetkazilgan ziyonni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasini kengaytirib sharhlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni qoplashga bo‘lgan huquq, xotin(er)ning yangidan nikoh tuzgan holatlarida ham saqlanib qoladi. Chunki, qonunda bunday holatlarda ushbu shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati bekor bo‘lishi nazarda tutilmagan.
Vafot etganning voyaga yetmagan bolalari boshqa shaxs tomonidan farzandlikka olinganda ham ularning zarar qoplanishini talab qilish huquqi saqlanib qoladi. (Oila kodeksining 166-moddasi).
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
9. Xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan zarar:
mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlik darajasiga qarab ish haqi (yoki uning tegishli qismi) miqdorida jabrlanuvchiga pul to‘lanishi;
salomatlikning yomonlashuvi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar;
bir yo‘la beriladigan nafaqadan iborat.
10. Ko‘rilgan zararni to‘lash miqdori jabrlanuvchining mehnat jarohati olguniga qadar oladigan ish haqiga nisbatan foizlarda, kasb bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik darajasiga qarab belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchilarning mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlik darajasi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) tomonidan aniqlanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ish haqi yoki uning bir qismini qoplashda, jabrlanuvchiga mehnatda jarohat olishi tufayli tayinlangan nogironlik pensiyasi, shuningdek, mehnat jarohati olgunga qadar va undan keyin tayinlangan pensiyalarning boshqa turlari hisobga olinmaydi. Shuningdek, jabrlanuvchining jarohat olganidan keyingi ish haqi zararni qoplashda hisobga olinmaydi. Bunda mehnatda mayib bo‘lgan jabrlanuvchilar-nogironlarga zararni qoplash summasi belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ellik foizidan kam bo‘lmasligi kerak;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Zararni qoplash miqdori hisoblab chiqariladigan ish haqi tarkibiga har qanday bir martalik to‘lovlardan tashqari (foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya, ishdan bo‘shatish vaqtidagi nafaqa va boshqalar) ish vaqtidan ortiqcha, dam olish va bayram kunlari hamda o‘rindoshlik asosida ishlaganlik uchun to‘lovlar hisobga olinadi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan beriladigan ta’til davri uchun to‘lanadigan nafaqa hisobga olinadi.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Yetkazilgan zararni qoplash miqdorini belgilashda o‘rtacha oylik ish haqini hisoblash Qoidalarning 11—21-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Qoidalarning 27-bandiga muvofiq, vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va boquvchining vafoti tufayli zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz fuqarolar uchun zarar miqdori vafot etgan shaxsning o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan uning o‘ziga va qaramog‘idagi mehnatga layoqatli, ammo zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarga to‘g‘ri keladigan ulushni chegirib tashlagan holda belgilanadi.
Zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning har biriga beriladigan zarar to‘lovlari miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarning hammasiga to‘g‘ri keladigan ulushi ularning soniga taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boquvchini yo‘qotganlik tufayli zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ularga boquvchi vafoti tufayli tayinlangan pensiya, shuningdek boshqa pensiyalar, ish haqi, stipendiyalar va boshqa daromadlar zarar to‘lovi hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramoqda bo‘lgan har bir shaxs hisobiga beriladigan zarar to‘lovi miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ellik foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
(11-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onaning ikkalasi ham vafot etgan taqdirda, bolalarga to‘lanadigan zarar miqdori ota-onaning ikkalasining umumiy ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 323, 330-moddalariga muvofiq, xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi hamda mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi tufayli boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanishi tufayli, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda sog‘liqqa shikast yetkazilishi yoki boquvchining vafoti tufayli yetkazilgan zararni undirish haqidagi nizolarni ko‘rishda sud jamoa shartnomasini, bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa organi o‘rtasidagi kelishuvni talab qilib olishi lozim.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoa shartnomasi yoki ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvda bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan kam bo‘lsa yoki miqdor ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoxud bunday shartnoma, kelishuv tuzilmagan bo‘lsa, u holda bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdorini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 323, 330-moddalariga muvofiq hal qilinadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lishi sababli qo‘shimcha xarajatlar sarflagan bo‘lsa, ular zarar yetkazilishiga javobgar bo‘lgan ish beruvchi tomonidan Qoidaning 22—25-bandlarida belgilangan tartib va miqdorda qoplanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jabrlanuvchi maxsus transport vositalari (qo‘l bilan boshqariladigan avtomobil, motorli aravacha) ga muhtoj bo‘lsa, ularni sotib olish natijasida yetkazilgan zarar TIEK tomonidan ko‘rsatilgan transport vositasi qiymati doirasida qoplanadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus transport vositalarini kapital ta’mirlash uchun sarflangan xarajatlar ham qoplanadi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Qoidalarning 23-bandiga muvofiq, maxsus tibbiy parvarishga hamda uy sharoitidagi parvarishga muhtoj bo‘lgan jabrlanuvchiga, uy sharoitidagi parvarish bilan bog‘liq xarajatlar maxsus tibbiy parvarish xarajatlaridan tashqari qoplanadi.
Jabrlanuvchi kim tomonidan parvarish qilinganligi va bu xarajatlar haqiqatda sarflangan-sarflanmaganligidan qat’i nazar, bunday xarajatlarni qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Kelgusi vaqt uchun qo‘shimcha xarajatlar TIEK xulosasida belgilangan muddat doirasida undiriladi.
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
14. Xodimning mehnat qobiliyati to‘liq yoki qisman yo‘qolishiga olib kelgan kasb kasalligining kelib chiqishida ish beruvchining aybi mavjud bo‘lgan taqdirdagina jabrlanuvchiga zarar undirib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Binobarin, sudlar kasb kasalligi aniqlanganligi holatining o‘zi ish beruvchiga zararni qoplash majburiyatini yuklash uchun yetarli asos bo‘la olmasligini nazarda tutishlari lozim. Mazkur turdagi ishlarni ko‘rishda xodimda bunday kasallikning mavjudligini tasdiqlovchi yozma dalil TIEK guvohlantirgan dalolatnoma, kasallik tarixidan ko‘chirma va boshqalarni tekshirish bilan bir qatorda, sudlar ish beruvchi tomonidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish hollari bor-yo‘qligiga har bir holatda alohida e’tibor berishlari shart.
(14-bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
15. Sudlarga tushuntirilsinki, jabrlanuvchiga ish beruvchi tomonidan zarar yetkazilganda, uning qo‘pol ehtiyotsizligi zararni qoplash haqidagi da’voni to‘liq rad qilishga asos bo‘la olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 326-moddasi talabiga muvofiq, agar jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi ziyonning kelib chiqishiga yoki ko‘payishiga sabab bo‘lsa, o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan ziyon miqdori jabrlanuvchi aybining darajasiga qarab, muvofiq ravishda kamaytiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday holda ziyonning o‘rnini qoplashni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Jabrlanuvchining ehtiyotsizligi qo‘pol ehtiyotsizlik yoki zarar miqdoriga ta’sir qilmaydigan oddiy e’tiborsizlik masalasi har bir holda muayyan holatlardan kelib chiqib hal qilinishi kerak. Xususan, jabrlanuvchining mastlik holati yetkazilgan zarar bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lib, uning kelib chiqishiga yoki ko‘payishiga olib kelgan taqdirda qo‘pol ehtiyotsizlik deb hisoblanishi mumkin.
Zararni to‘lashning qo‘shimcha turlariga, bir yo‘la nafaqa to‘lashga, shuningdek, boquvchisining vafoti tufayli yetkazilgan zarar to‘lovlariga nisbatan aralash javobgarlik qo‘llanilmasligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
16. Oshiqcha xavf manbai tomonidan xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni ish beruvchi, basharti zarar uni bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli yoki jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida kelib chiqqanligini isbotlab berolmasa, to‘lashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Oshiqcha xavf manbai va uning egasi haqidagi tushuncha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 999-moddasida yoritib berilganligini sudlar e’tiborda tutishlari lozim.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 335-moddasiga muvofiq, ish beruvchining g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon xodimga mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilangan miqdorlarda pul shaklida kompensatsiya qilinadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nizo yuzaga kelgan taqdirda, xodimga ma’naviy ziyon yetkazilganligi fakti va uni kompensatsiya qilish miqdorlari, o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan moddiy zarardan qat’iy nazar, sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1022-moddasi talabidan kelib chiqib belgilanadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Baxtsiz hodisa ma’naviy zararni qoplash nazarda tutilgan qonun amalga kiritilgandan keyin sodir bo‘lgan bo‘lsa, bunday holda jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy zarar qoplanadi. Chunki, bu qonun amalga kiritilgunga qadar sog‘lig‘iga shikast yetkazilishi yoki boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zarar uchun qonunda bunday mulkiy javobgarlik turi belgilanmagan.
18. Korxona tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda, tegishli to‘lovlarni to‘lash majburiyati Qoidalarning 42-bandiga muvofiq, uning huquqiy vorisiga yuklanadi.
Korxona tugatilganda, zararni qoplash to‘lovlari summasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilmagan taqdirda zararni undirish haqidagi da’vo uning huquqiy vorisiga yoki yuqori turuvchi xo‘jalik organiga beriladi.
19. Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi ishlarni ko‘rishda, sudlar, zarar yetkazilishining sabablarini aniqlashga alohida ahamiyat berishlari, zarur hollarda ularga xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga muntazam ravishda mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirib borish tavsiya etilsin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
2003-yil 19-dekabr,
18-son