|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.01.2020
|
Hujjat 01.01.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI
Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-136-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi sababli mazkur Kodeks ham oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mazkur Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2019-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-599-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
UMUMIY QISM
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-bob. Asosiy qoidalar
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga (bundan buyon matnda budjet deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlash bilan bogʻliq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 1-bandining birinchi xatboshisi.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar ushbu Kodeks bilan belgilanadi, oʻzgartiriladi yoki bekor qilinadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 23-moddasi.
Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, ushbu Kodeks qoidalari qoʻllaniladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 3, 16-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 1.1-bandi.
Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjat quyidagi hollarda ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi, agar hujjat:
1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga ega boʻlmagan organ tomonidan qabul qilingan boʻlsa yoki normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan boʻlsa;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 3 va 4-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 12 — 21, 25-26-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti”ning III — V-boʻlimlari, “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (roʻyxat raqami 2565, 28.02.2014-y.).
2) soliq munosabatlari subyektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa, soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarining mazmunini, ular harakatlarining asoslari, shartlari, ketma-ketligi yoki tartibini oʻzgartirsa;
Qarang: mazkur Kodeksning 31—33-moddalari.
3) ushbu Kodeks bilan taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yoʻl qoʻysa;
Qarang: mazkur Kodeks 6-moddasining ikkinchi qismi, 8-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 9-moddasining ikkinchi qismi, 67-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari, 71-moddasiningoltinchi va yettinchi qismlari, 80-moddasining oʻn birinchi qismi, 89-moddasining toʻrtinchi qismi, 91-moddasining uchinchi, sakkizinchi va oʻn birinchi qismlari, 92-moddasining sakkizinchi qismi, 95-moddasining uchinchi, toʻrtinchiqismlari, 99-moddasining uchinchi qismi hamda 105-moddasining birinchi qismi.
4) ushbu Kodeksda belgilangan tushunchalar mazmunini oʻzgartirgan yoki bu tushunchalar ushbu Kodeksda qoʻllanilganidan boshqacha maʼnoda qoʻllanilgan boʻlsa.
Qarang: mazkur Kodeksning 12—22-moddari, 221–moddasining birinchi qismi, 222–moddasining birinchi qismi.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda, soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.
Ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari mazkur hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur oʻzgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur oʻzgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, bu hujjat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 178 — 183-moddalari.
3-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining vaqt boʻyicha amal qilishi
Soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining toʻrtinchi, beshinsi, oltinchi xatboshilari.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni bekor qilish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini kamaytirish, soliq toʻlovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega boʻlishi mumkin, agar bu soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Yangi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar belgilanishini, imtiyozlar toʻliq yoki qisman bekor qilinishini, soliq solinadigan baza oshirilishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ular rasmiy eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kamida uch oy oʻtgach, amalga kiritiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalari oʻzgartirilishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, agar ularda kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular rasmiy eʼlon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran amalga kiritiladi.
(3-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining uchinchi xatboshisi.
Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida koʻrsatilmagan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, agar ularda kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach, kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi.
5-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining prinsiplari
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq toʻlovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoidalari ushbu Kodeksda belgilangan prinsiplarga zid boʻlishi mumkin emas.
Qarang: mazkur Kodeksning 6 — 11-moddalari.
6-modda. Soliq solishning majburiyligi prinsipi
Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasi, mazkur Kodeks 32-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi.
Hech kimning zimmasiga ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoki uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.
7-modda. Soliq solishning aniqligi prinsipi
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar aniq boʻlishi kerak. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari har bir soliq toʻlovchi qaysi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, qachon, qancha miqdorda hamda qay tartibda toʻlashi kerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan boʻlishi kerak.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni belgilashda, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning elementlari aniqlangan boʻlishi kerak.
Qarang: mazkur Kodeksning 13 va 24-moddalari.
8-modda. Soliq solishning adolatliligi prinsipi
Soliq solish umumiydir.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi kerak. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha yakka tartibdagi xususiyatga ega boʻlgan imtiyozlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar kamsitish xususiyatiga ega boʻlishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qoʻllanilishi mumkin emas.
9-modda. Soliq tizimining yagonaligi prinsipi
Soliq tizimi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq toʻlovchilarga nisbatan yagonadir.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablagʻlarning erkin muomalada boʻlishini bevosita yoki bilvosita cheklab qoʻyadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
10-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi prinsipi
Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi shart. Barchaning eʼtibori uchun rasmiy eʼlon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi koʻrsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanksiyani qoʻllashga asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.
11-modda. Soliq toʻlovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib boʻlmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq toʻlovchining foydasiga talqin qilinadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 1.2-bandi.
2-bob. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar
12-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar
Soliqlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va begʻaraz xususiyatga ega boʻlgan, budjetga yoʻnaltiriladigan majburiy pul toʻlovlari tushuniladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 23-moddasining ikkinchi qismi.
Boshqa majburiy toʻlovlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy pul toʻlovlari, bojxona toʻlovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni toʻlovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun toʻlanishi lozim boʻlgan yigʻimlar, davlat boji tushuniladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 23-moddasining uchinchi qismi.
13-modda. Soliq toʻlovchilar. Soliq agentlari. Soliq toʻlovchining vakillari
Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalaridir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-moddasi va 39-moddasining birinchi qismi hamda mazkur Kodeks 32-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi.
Soliq agentlari ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, soliq toʻlovchidan ushlab qolish hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir.
Qarang: mazkur Kodeks 28-moddasining uchinchi qismi, 32-moddasining ikkinchi qismi, 185-moddasi, 186-moddasi toʻqqizinchi qismi, 187-moddasi birinchi qismi
Soliq toʻlovchining vakillari qonunga yoki taʼsis hujjatiga muvofiq soliq toʻlovchining vakili boʻlishga vakolatli shaxslardir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 43-moddasi.
Ushbu Kodeksda “soliq toʻlovchi” tushunchasining qoʻllanilishi uning “soliq agenti”, “soliq toʻlovchining vakili” maʼnosida ham ishlatilishini nazarda tutadi.
14-modda. Vakolatli organlar
Vakolatli organlar quyidagilardir:
1) davlat soliq xizmati organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
2) bojxona organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi Qonunining 6-moddasi.
3) moliya organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining moliya boʻlimlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi 2847-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizom”
4) boshqa majburiy toʻlovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari.
15-modda. Soliq munosabatlarining subyektlari
Soliq toʻlovchilar va vakolatli organlar soliq munosabatlarining subyektlaridir.
Qarang: mazkur Kodeksning 13-moddasi birinchi qismi, 14-moddasi.
16-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar
Yuridik shaxs deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega boʻlgan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda daʼvogar va javobgar boʻla oladigan tashkilot;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti;
(16-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb eʼtirof etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-moddasi.
17-modda. Notijorat tashkilotlari
Notijorat tashkilotlari deganda foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni oʻz qatnashchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notijorat tashkilotlariga budjet tashkilotlari, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar kiradi.
(17-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 40-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari, 73 — 78-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi.
18-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor
Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, xodimlarni yollash huquqisiz, oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Rezidentlar va norezidentlar
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxs;
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat Oʻzbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs.
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning quyidagilar sifatida turgan davri uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda turgan vaqtiga kiritilmaydi:
1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega boʻlgan shaxs sifatida;
2) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga koʻra tuzilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida;
3) ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarning oila aʼzosi sifatida, bunday jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda;
Qarang: mazkur Kodeks 22-moddasining oʻn beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
4) faqat bir chet davlatdan boshqa chet davlatga Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtish (tranzit oʻtish) uchun;
5) agar bu jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasida faqat turist sifatida, davolanish yoki dam olish maqsadlari bilan turgan boʻlsa.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan mezonlarga javob bermaydigan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti deb eʼtirof etiladi.
20-modda. Doimiy muassasa
Oldingi tahrirga qarang.
Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deganda norezident Oʻzbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, shu jumladan faoliyatni vakolatli shaxs orqali amalga oshirayotgan har qanday joy eʼtirof etiladi. Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida har qanday ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr ichida bir yuz sakson uch kalendar kunidan ortiq davom etadigan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi ham eʼtirof etiladi.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: mazkur Kodeks 19-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
“Doimiy muassasa” tushunchasi faqat soliq sohasidagi maqomni aniqlash uchun qoʻllaniladi va tashkiliy-huquqiy ahamiyatga ega emas.
“Doimiy muassasa” tushunchasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1) tovarlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, butlash, qadoqlash, oʻrash-joylash, realizatsiya qilish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni;
2) har qanday boshqaruv joyi, vakolatxona, filial, boʻlim, byuro, idora, ofis, xona, agentlik, fabrika, ustaxona, sex, laboratoriya, doʻkon, omborni;
3) tabiiy resurslarni qazib olish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni: shaxta, kon, neft va (yoki) gaz qudugʻini, karyerni;
4) quvur, gaz quvuri, tabiiy resurslarni qidirish va (yoki) ishlatish, asbob-uskunalarni oʻrnatish, montaj qilish, yigʻish, sozlash, ishga tushirish va (yoki) ularga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyat (shu jumladan nazorat yoki kuzatuv faoliyati) amalga oshiriladigan har qanday joyni;
5) oʻyin avtomatlari (shu jumladan pristavkalar), kompyuter tarmoqlari va aloqa kanallari, attraksionlar, transport yoki boshqa infratuzilmadan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni;
6) qurilish maydonini (qurilish, montaj qilish yoki yigʻish obyektini), shuningdek ushbu obyektlarda ishlarning bajarilishini kuzatib borish bilan bogʻliq xizmatlarni. Har bir qurilish maydoni ishlar boshlangan kundan eʼtiboran alohida doimiy muassasani tashkil etuvchi sifatida qaraladi. Agar yordamchi pudratchilar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentlari boʻlsa, ularning faoliyati ham shu qurilish maydonida ishlar boshlangan kundan eʼtiboran yordamchi pudratchilarning alohida doimiy muassasasi sifatida qaraladi;
7) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti bilan shartnoma munosabatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasida uning manfaatlarini ifoda etuvchi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining ushbu norezidenti nomidan faoliyat koʻrsatuvchi, Oʻzbekiston Respublikasining shu norezidenti nomidan kontraktlar tuzish vakolatiga ega boʻlgan va undan muntazam foydalanuvchi shaxs orqali faoliyatni amalga oshirishni;
8) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan va Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga tegishli boʻlgan, u tomonidan ijaraga olinayotgan yoki boshqacha tarzda foydalanilayotgan omborlardan (shu jumladan bojxona omborlaridan) tovarlarni realizatsiya qilishni;
9) boshqa ishlarni amalga oshirishni, oʻzga xizmatlar koʻrsatishni, boshqa faoliyatni olib borishni, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan faoliyat bundan mustasno.
Yoʻllar qurilishi yoki foydali qazilmalarni qidirish kabi muayyan hollarda, yaʼni faoliyat olib boriladigan joy muntazam oʻzgarib turadigan hollarda, doimiy joyni belgilashning boshqa mezonlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda butun loyiha uning koʻchma xususiyatidan qatʼi nazar, doimiy muassasa sifatida qaraladi.
“Doimiy muassasa” tushunchasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
1) tayyorgarlik va yordamchi xususiyatga ega boʻlgan faoliyatni amalga oshirishni, ular jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga tegishli tovarlarni realizatsiya qilish boshlanguniga qadar binolardan faqat mazkur tovarlarni saqlash, namoyish etish va (yoki) yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga tegishli tovarlar zaxiralarini tovarlar realizatsiya qilinguniga qadar mazkur zaxiralarni faqat saqlash, namoyish etish va (yoki) yetkazib berish maqsadida saqlab turish;
doimiy faoliyat joyini faqat Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan tovarlarni xarid qilish maqsadlari uchun saqlab turish;
doimiy faoliyat joyini faqat axborot toʻplash, ularga ishlov berish va (yoki) tarqatish (sotish huquqisiz), Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining tovarlari (ishlari, xizmatlari) marketingini olib borish, ularni reklama qilish yoki ularning bozorini oʻrganish uchun, agar bunday faoliyat norezidentning asosiy faoliyati boʻlmasa, saqlab turish;
doimiy faoliyat joyini faqat ushbu bandda sanab oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday kombinatsiyasini amalga oshirish uchun, bunday kombinatsiya natijasida vujudga kelgan faoliyat majmui tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlishi sharti bilan saqlab turish;
Oldingi tahrirga qarang.
2) mustaqil vositachi: broker, vositachi, ishonchli vakil, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi yoki vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki shunga oʻxshash boshqa shartnoma asosida faoliyat koʻrsatuvchi va Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti nomidan kontraktlarga imzo qoʻyish vakolati berilmagan har qanday boshqa shaxs orqali faoliyatni amalga oshirishni. Mustaqil vositachi deganda oʻzining odatiy (asosiy) faoliyati doirasida ish olib boradigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining norezidentidan yuridik va iqtisodiy jihatdan mustaqil boʻlgan shaxs tushuniladi;
(20-modda beshinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: mazkur Kodeks 19-moddasining uchinchi qismi va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 817, 832-moddalari.
3) tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish operatsiyalarini, shu jumladan faqat Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti nomidan tuziladigan va Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarni xarid qilish, shuningdek tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga eksport qilish boʻyicha operatsiyalar bilan bogʻliq tashqi savdo kontraktlari doirasida operatsiyalarni amalga oshirishni;
4) Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan qimmatli qogʻozlarga, yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa mol-mulkka egalik qilishni. Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti bunday yuridik shaxs zimmasiga vakillik vazifalarini ham yuklasa, ushbu qismning 1-bandiga muvofiq tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlgan vazifalar bundan mustasno, bunday yuridik shaxs mustaqil soliq toʻlovchi boʻlishi bilan birga bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi sifatida ham qaraladi;
5) ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan doimiy muassasaning belgilari mavjud boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentiga xodimlar ajratishni, agar bunday xodimlar faqat ular oʻzlari yuborilgan tashkilot nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab ish koʻrsalar.
Ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish boshlangan kunni qatʼiy belgilash mumkin boʻlsa, doimiy muassasa shu kunda tashkil etilgan deb hisoblanadi. Agar bunday kunni qatʼiy belgilash mumkin boʻlmasa, quyida keltirilayotgan kunlardan biri doimiy muassasa tashkil etilgan kun deb hisoblanadi:
ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish boshlanadigan, kontraktda koʻrsatilgan kun;
agar litsenziya muayyan kontrakt boʻyicha biron bir ishni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish maqsadida olingan boʻlsa, litsenziyaning amal qilishi boshlanadigan kun.
Qurilish maydoni (qurilish, montaj qilish yoki yigʻish obyekti) pudratchiga maydonni topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan paytdan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasini tashkil etadi.
Doimiy muassasa shu muassasa orqali olib borilayotgan faoliyat tugatilgan paytdan eʼtiboran tugatilgan hisoblanadi. Agar mazkur paytni qatʼiy aniqlab boʻlmasa, quyida keltirilayotgan kunlarning eng keyingisi doimiy muassasaning faoliyati tugatilgan kun deb hisoblanadi:
bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi imzolangan kun;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi tomonidan bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash uchun oxirgi hisobvaraq berilgan kun;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining yakuniy hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga amalda taqdim etilgan kun.
21-modda. Moliyaviy ijara
Oldingi tahrirga qarang.
Moliyaviy ijara mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) egalik qilish va foydalanishga oʻn ikki oydan ortiq muddatga shartnoma boʻyicha topshirishda vujudga keladigan ijara munosabatlaridir. Bunda moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
(21-moddaning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara obyekti ijara oluvchining mulkiga oʻtsa;
moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara obyekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq boʻlsa yoki moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymatining 20 foizidan kam boʻlsa;
moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijaraga oluvchi moliyaviy ijara obyektini shu huquqni amalga oshirish sanasidagi bozor qiymatidan past narx boʻyicha sotib olish huquqiga ega boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
moliyaviy ijara shartnomasining amal qilishi davrida ijara toʻlovlarining joriy diskontlangan qiymati moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan oshib ketsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(21-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos”ning (roʻyxat raqami 475, 14.08.1998-y.) 70.4-bandi.
22-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar
Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar:
asosiy ish joyi — ish beruvchi mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart boʻlgan ish joyi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasi, “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 402, 29.01.2008-y.) 1.1–1.6-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari boʻyicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyati;
(22-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot — birgalikdagi faoliyat natijasi boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
budjetdan ajratiladigan subsidiya — davlat tomonidan muayyan maqsadlar uchun budjet hisobidan beriladigan pul mablagʻlari; soliq toʻlovchiga muayyan maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlar hisobiga boʻshaydigan mablagʻlar;
(22-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
grant — davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan roʻyxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga begʻaraz asosda beriladigan mol-mulk, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga begʻaraz asosda beriladigan mol-mulk;
Oldingi tahrirga qarang.
dividendlar — aksiyalar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan daromad; yuridik shaxs tomonidan uning muassislari oʻrtasida (ishtirokchilari, aʼzolari oʻrtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari boʻyicha) taqsimlanadigan sof foydaning va (yoki) oʻtgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi; yuridik shaxs tugatilganda mol-mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek muassis (ishtirokchi, aʼzo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, aʼzo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi, taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish uchun yoʻnaltirilgan taqdirda, yuridik shaxs aksiyadorining, muassisining (ishtirokchisining, aʼzosining) qoʻshimcha aksiyalar qiymati, aksiyalar nominal qiymatining oshishi, ulush (pay, hissa) qiymatining oshishi tarzida olingan daromadlari;
(22-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
ijara (lizing) toʻlovi — ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) toʻlaydigan summa;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ning (roʻyxat raqami 1946, 24.04.2009-y.) 14-bandi.
ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi — buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) toʻlovi summasi bilan ijara (lizing) obyektining qiymatini qoplash summasi oʻrtasidagi farq koʻrinishidagi ijara (lizing) toʻlovining bir qismi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ning (roʻyxat raqami 1946, 24.04.2009-y.) 15-bandi.
insonparvarlik yordami — aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq maqsadli begʻaraz koʻmaklashish. Insonparvarlik yordami dori vositalari va tibbiy ahamiyatga molik buyumlar, xalq isteʼmoli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy ravishdagi xayr-ehsonlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar, shu jumladan insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tariqasida beriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolatli tashkilotlar orqali taqsimlanadi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisida”gi nizomning 2-bandi.
ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish — ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) joyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasining beshinchi qismi.
kredit tashkilotlari — tegishli litsenziyaga ega boʻlgan banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari;
Keyingi tahrirga qarang.
kurs boʻyicha farq — milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining oʻzgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulk — egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish obyektlari boʻla oladigan moddiy obyektlar, shu jumladan pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, ulushlar (paylar, hissalar) hamda nomoddiy obyektlar;
(22-moddaning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasi.
oila aʼzolari — er (xotin), ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar va bolalar, shu jumladan farzandlikka olinganlar;
operativ ijara — moliyaviy ijara shartnomasi boʻlmagan mulkiy ijara (ijaraga berish) shartnomasi asosida mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 535-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni 1-modassining birinchi xatboshisi.
realizatsiya qilish — sotish, ayirboshlash, begʻaraz berish maqsadida tovarlarni joʻnatish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shuningdek garovga qoʻyilgan tovarlarga boʻlgan mulk huquqini garovga qoʻyuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish. Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, tovarlar joʻnatilganligini (topshirilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlardir;
royalti — quyidagilar uchun har qanday turdagi toʻlovlar:
fan, adabiyot va sanʼat asarlaridan, shu jumladan elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlar, audiovizual asarlardan hamda turdosh huquqlar obyektlaridan, jumladan ijrolar va fonogrammalardan foydalanganlik yoxud ulardan foydalanish huquqini berganlik uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat mulki obyektiga, tovar belgisiga (xizmat koʻrsatish belgisiga), savdo markasiga, dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy formula yoki jarayonga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi patentdan (guvohnomadan) yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborotdan (nou-xaudan) foydalanganlik uchun;
(22-moddaning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1041 — 1079-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 12, 15, 19, 21, 23, 25, 26 — 31, 33-moddalari, Uzbekiston Respublikasi “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 7, 8, 12, 13-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
savdo faoliyati — qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni sotishga doir faoliyat;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinnig 2002-yil 26-noyabrdagi 407-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 2, 3-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinnig 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ning 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi — soliq solishning ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qoʻllanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi;
Qarang: mazkur Kodeks 23-moddasining beshinchi qismi va 348—375-moddalari.
soliq qarzi — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasi, shu jumladan ushbu Kodeksda belgilangan muddatida toʻlanmagan moliyaviy sanksiyalar;
sof tushum — tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻini hamda aksiz soligʻi summalarini kiritmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum;
Keyingi tahrirga qarang.
sof foyda — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda;
tannarx — mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, shuningdek tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi. Tannarx buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti “Baholashning umumiy tushuncha va prinsiplari” (1-BMS)ning (roʻyxat raqami 1604, 24.07.2006-y.) 3-boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom “B”-boʻlimi 1-bandining beshinchi — sakkizinchi xatboshilari.
tovar oboroti — muayyan davr ichida savdo faoliyatini amalga oshirish chogʻida tovarlarni sotishdan olingan (olinishi lozim boʻlgan), pulda ifodalangan mablagʻlar;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum — realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan (olinishi lozim boʻlgan) mablagʻlar summasi, shu jumladan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq toʻlash yoki qarzni uzish hisobiga tushadigan mol-mulk qiymati;
tovarlarni eksport qilish — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib chiqish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonun 11-moddasining uchinchi qismi.
toʻlov manbai — soliq toʻlovchiga toʻlovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
umidsiz qarz — sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud daʼvo qilish muddati oʻtishi oqibatida uzish mumkin boʻlmagan qarz;
favqulodda holatlar — taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan, tabiat hodisalari (zilzila, koʻchkilar, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini koʻzlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlar boʻlib, qabul qilingan majburiyatlar shular tufayli bajarila olmaydi;
foizlar — har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, shuningdek depozit qoʻyilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad;
yutuq — lotereyalar, oʻyinlar, tanlovlar, musobaqalar (olimpiadalar), festivallar va shu kabi boshqa tadbirlarda olingan, natura holida yoki pulda ifodalangan toʻlovlar, sovrinlar va boshqa daromadlar;
yaqin qarindoshlar — er, xotin, ota-ona, bolalar, tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillar, bobolar, buvilar, nevaralar;
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestri — soliq toʻlovchilarga oid davlat maʼlumotlar bazasi tizimi;
qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar — buyurtmachiga tegishli xom ashyo va materiallar boʻlib, buyurtmachi ularni mahsulot ishlab chiqarish uchun boshqa shaxsga sanoat asosida qayta ishlashga beradi hamda tuzilgan shartnomaga muvofiq mahsulot keyinchalik buyurtmachiga qaytariladi;
hujjat bilan tasdiqlangan xarajatlar — operatsiya sanasini, summasini, xususiyatini aniqlash va uning ishtirokchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tizimi
23-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning turlari
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar amal qiladi.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
Qarang: mazkur Kodeksning 126 — 166-moddalari.
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Qarang: mazkur Kodeksning 167 — 196-moddalari.
3) qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Qarang: mazkur Kodeksning 197 — 228-moddalari.
4) aksiz soligʻi;
Qarang: mazkur Kodeksning 229 — 241-moddalari.
5) yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʻlovlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 242 — 256-moddalari.
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Qarang: mazkur Kodeksning 257 — 264-moddalari.
7) mol-mulk soligʻi;
Qarang: mazkur Kodeksning 265 — 277-moddalari.
8) yer soligʻi;
Qarang: mazkur Kodeksning 278 — 294-moddalari.
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi;
Qarang: mazkur Kodeksning 295 — 300-moddalari.
Keyingi tahrirga qarang.
10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Keyingi tahrirga qarang.
Boshqa majburiy toʻlovlarga quyidagilar kiradi:
1) ijtimoiy jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar:
yagona ijtimoiy toʻlov;
fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar;
Qarang: mazkur Kodeksning 305 — 315-moddalari.
2) Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar:
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar;
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 316 — 325-moddalari.
Keyingi tahrirga qarang.
3) davlat boji;
Qarang: mazkur Kodeksning 326 — 342-moddalari.
4) bojxona toʻlovlari;
Qarang: mazkur Kodeksning 343 va 344-moddalari.
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim.
Qarang: mazkur Kodeksning 345 — 347-moddalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida toʻlanadigan quyidagi soliqlar qoʻllanilishi mumkin:
yagona soliq toʻlovi;
yagona yer soligʻi;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq.
Qarang: mazkur Kodeksning 348 — 375-moddalari.
Ushbu modda ikkinchi qismining 1—6-bandlarida, uchinchi qismining 1—4-bandlarida, beshinchi qismining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy toʻlovlardir. Ushbu modda ikkinchi qismining 7—10-bandlarida, uchinchi qismining 5-bandida, beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar jumlasiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamgʻarmalar tashkil etilishi mumkin boʻlib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy toʻlovlar belgilanadi.
24-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning elementlari
Soliq yoki boshqa majburiy toʻlov soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida soliq toʻlovchilar, shuningdek ushbu soliq yoki boshqa majburiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun zarur elementlar belgilab qoʻyilgan taqdirdagina belgilangan deb hisoblanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning elementlari quyidagilardir:
soliq solish obyekti;
Qarang: mazkur Kodeksning 25-moddasi.
soliq solinadigan baza;
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi.
stavka;
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
hisoblab chiqarish tartibi;
Qarang: mazkur Kodeksning 28-moddasi.
soliq davri;
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi.
soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi.
toʻlash tartibi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq yoki boshqa majburiy toʻlov belgilanayotganda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida soliq imtiyozlari, shuningdek ularning soliq toʻlovchi tomonidan qoʻllanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.
Soliq toʻlovchilar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning elementlari har bir soliq yoki boshqa majburiy toʻlovga tatbiqan belgilanadi.
25-modda. Soliq solish obyekti
Soliq solish obyekti soliq toʻlovchida soliq yoki boshqa majburiy toʻlov hisoblab chiqarilishi va (yoki) toʻlanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat, harakat natijasidir.
Qarang: mazkur Kodeksning 39 — 42-moddalari.
26-modda. Soliq solinadigan baza
Soliq solinadigan baza soliq solish obyektining soliq yoki boshqa majburiy toʻlovning stavkasi tatbiqan belgilangan koʻrsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi.
27-modda. Stavka
Stavka soliq solinadigan bazaning oʻlchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 1591, 160, 181, 182, 2111-moddalari, 212-moddasining birinchi qismi, 214 — 217, 2264-moddalari, 256-moddasining birinchi qismi, uchinchi qismining 4-bandi, 2691, 276, 283, 291, 3081-moddalari, 326-moddasining uchinchi qismi, 344-moddasi, 347-moddasi ikkinchi qismi, 353, 3671-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi 4086-son qarorining 2-bandi.
28-modda. Hisoblab chiqarish tartibi
Soliq va boshqa majburiy toʻlovni hisoblab chiqarish tartibi soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud boʻlsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib, soliq va boshqa majburiy toʻlov summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.
Soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 116-moddasi, 163-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 165-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 184-moddasi birinchi qismi, 185-moddasi, 194-moddasi yettinchi qismi, 224, 2261, 2263, 236, 247-moddalari, 263-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, 271, 285, 310, 347, 360, 369 moddalari.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq va boshqa majburiy toʻlovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organi yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Qarang: 1551-moddasi uchinchi qismi, 186-moddasi ikkinchi qismi, 263-moddasi ikkinchi qismi, 277-moddasi birinchi qismi, 293-moddasi birinchi qismi, 375-moddasi uchinchi qismi, 392-moddasi beshinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim turdagi soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarishda ularning toʻlanishi lozim boʻlgan eng kam miqdori belgilanadi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Qarang: mazkur Kodeksning 186-moddasi, 263-moddasining ikkinchi qismi, 271-moddasining oltinchi qismi, 277-moddasining birinchi qismi, 293-moddasining birinchi qismi, 375-moddasining uchinchi qismi, 392-moddasining beshinchi qismi.
29-modda. Soliq davri
Soliq davri u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi hisoblab chiqariladigan davrdir.
Soliq davri bir necha hisobot davriga boʻlinishi mumkin boʻlib, ularning yakunlari boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻlanishi lozim boʻlgan summalarini toʻlash majburiyati yuzaga keladi.
Joriy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga kelgan davr hisobot davri boʻlmaydi.
Qarang: mazkur Kodeksning 24-moddasi ikkinchi qismi birinchi, oltinchi xatboshilari, 28-moddasi birinchi qismi, 38-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, 44-moddasi uchinchi, toʻrtinchi qismlari, 45-moddasi uchinchi qismi birinchi xatboshisi, 46-moddasi birinchi qismi, 65-moddasi ikkinchi qismi, 70-moddasi sakkizinchi qismi, 712-moddasi toʻrtinchi qismi, 91-moddasi toʻrtinchi qismi, 110-moddasi birinchi qismi birinchi, uchinchi, toʻrtinchi xatboshilari, 128-moddasi ikkinchi qismi, 131-moddasi toʻrtinchi qismi, 138-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, 141-moddasi uchinchi qismi, 159-moddasi birinchi qismi 3-bandi, 161-moddasi ikkinchi — yettinchi qismlari, 162-moddasi, 165-moddasi toʻrtinchi qismi 3, 4-bandlari, 179-moddasi birinchi qismi 1, 14-bandlari,183-moddasi birinchi qismi, 187-moddasi birinchi qismi 1-bandi, 192-moddasi uchinchi, toʻrtinchi qismlari, 193-moddasi birinchi qismi, 203-moddasi oltinchi qismi, 205-moddasi toʻrtinchi qismi, 220-moddasi toʻrtinchi qismi, 223-moddasi birinchi qismi, 225-moddasi ikkinchi qismi, 2261-moddasi birinchi qismi, ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi, 2262-moddasi birinchi qismi, 227-moddasi uchinchi qismi, 233-moddasi toʻrtinchi qismi, 238, 239-moddalari, 246-moddasi birinchi qismi, 247-moddasi ikkinchi qismi, 260-moddasi uchinchi, toʻqqizinchi qismlari, 262-moddasi, 263-moddasi uchinchi, toʻrtinchi qismlari, 264-moddasi, 268-moddasi birinchi qismi, 270, 271-moddalari, 277-moddasi oʻn birinchi qismi, 282-moddasi ikkinchi qismi 25-bandi, 284, 285-moddalari, 286-moddasi ikkinchi qismi, 292-moddasi, 294-moddasi oltinchi qismi, 309-moddasi birinchi qismi, 348-moddasi uchinchi qismi, 350-moddasi birinchi qismi, 351-moddasi oltinchi qismi, 354-moddasi oltinchi qismi, 256-moddasi uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi, 359-moddasi birinchi qismi, 363-moddasi birinchi — beshinchi qismlari, 368-moddasi, 369-moddasi ikkinchi qismi, 378-moddasi ikkkinchi qismi.
30-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar
Ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq toʻlovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy toʻlov toʻlamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda toʻlash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar deb eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha imtiyozlarni berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-oktabrdagi 281-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar vujudga kelgan paytdan eʼtiboran ular amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanishga haqli.
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar boʻshagan mablagʻlarni muayyan maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablagʻlardan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan taqdirda, belgilanmagan maqsadda foydalanilgan summa oʻrnatilgan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi, yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Soliq munosabatlari subyektlarining huquq va majburiyatlari
31-modda. Soliq toʻlovchilarning huquqlari
Soliq toʻlovchilar quyidagi huquqlarga ega:
davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar haqida axborot olish;
Qarang: mazkur Kodeksning 10-moddasi.
oʻz soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq xizmati organlari hamda boshqa vakolatli organlardagi mavjud maʼlumotlarni olish;
soliq munosabatlari masalalari yuzasidan oʻz manfaatlarini shaxsan yoki oʻz vakili orqali ifoda etish;
Qarang: mazkur Kodeksning 13-moddasi.
ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilab qoʻyilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda hamda tartibda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlardan foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, penya va jarimalarning ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan summalarini hisobga olish yoki qaytarib olish;
Qarang: mazkur Kodeksning 56 — 58-moddalari.
ushbu Kodeksda hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan shartlarda va tartibda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash;
Qarang: mazkur Kodeksning 54 — 55-moddalari, “Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1502, 02.08.2005-y.).
soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlashda oʻzlari yoʻl qoʻygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;
Qarang: mazkur Kodeksning 46-moddasi.
soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish;
Qarang: mazkur Kodeks 101-moddasining uchinchi — oltinchi qismlari, 102-moddasining yettinchi, sakkizinchi qismlari.
soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
Qarang: mazkur Kodeks 102-moddasining beshinchi qismi.
davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va ular mansabdor shaxslarining ushbu Kodeksga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlmagan hujjatlari hamda talablarini bajarmaslik;
Qarang: mazkur Kodeks 2-moddasining uchinchi — beshinchi qismlari.
davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Qarang: mazkur Kodeksning 125 — 128-moddalari.
davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 990-moddalari, mazkur Kodeksning 105-moddasi.
Soliq toʻlovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Soliq toʻlovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq toʻlovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.
Qarang: mazkur Kodeks 13-moddasining birinchi, uchinchi xatboshilari.
Soliq toʻlovchi vakillarining mazkur soliq toʻlovchining soliq munosabatlaridagi ishtiroki munosabati bilan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) soliq toʻlovchining harakati (harakatsizligi) deb eʼtirof etiladi.
Qarang: mazkur Kodeks 13-moddasining birinchi, uchinchi xatboshilari.
32-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari
Soliq toʻlovchilar:
oʻz soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarishi;
Qarang: mazkur Kodeksning 34 — 36-moddalari.
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi;
Qarang: mazkur Kodeksning 43 — 47-moddalari,Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunini.
davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
soliq tekshiruvlari oʻtkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash bilan bogʻliq hujjatlar hamda maʼlumotlarni taqdim etishi;
Qarang: mazkur Kodeksning 94-moddasi.
davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisdagi kodeksning 198-moddasi.
Soliq agentlari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
soliq toʻlovchilarga toʻlanadigan mablagʻlardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazishi;
soliq toʻlovchilarga toʻlangan daromadlarning, ushlab qolingan hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq toʻlovchi boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
33-modda. Vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari
Vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari ushbu Kodeks hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 5 — 6-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 — 8-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi 2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Moliya Vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 11 — 13-bandlari.
II BOʻLIM. SOLIQ MAJBURIYATINI BAJARISH
5-bob. Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalari
34-modda. Soliq majburiyati
Soliq toʻlovchining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyati soliq majburiyati deb eʼtirof etiladi.
Soliq majburiyatini bajarish uchun soliq toʻlovchi:
ushbu Kodeksda belgilangan hollarda davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi;
Qarang: mazkur Kodeksning 71 — 81, 84-moddalari.
soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni aniqlashi hamda ularning hisobini yuritishi;
moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishi;
Qarang: mazkur Kodeksning 43 — 46-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunini.
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq miqdorda toʻlashi shart.
Qarang: mazkur Kodeksning 48-moddasi.
35-modda. Soliq majburiyatini bajarish tartibi
Soliq majburiyatini bajarish bevosita soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Kodeksga va boshqa qonunlarga muvofiq soliq majburiyatini bajarish boshqa shaxsga yuklatiladigan hollar bundan mustasno.
Qarang: mazkur Kodeks 51-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari, 52-moddasining uchinchi va beshinchi qismlari, 188-moddasi, 305-moddasining uchinchi qismi.
Yuridik shaxsning alohida boʻlinmalari boʻyicha soliq majburiyati mazkur alohida boʻlinmalar tomonidan, agar ularga alohida mol-mulk ajratilgan boʻlsa va ular mustaqil balansga ega boʻlsa, mustaqil ravishda bajariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilganda boshqaruv muassisi boʻlgan soliq toʻlovchining soliq majburiyati, agar bu majburiyat unga boshqaruv muassisi tomonidan yuklatilgan boʻlsa, ishonchli boshqaruvchi tomonidan bajarilishi mumkin.
(35-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq toʻlovchiga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda uning bajarilishini taʼminlash choralari qoʻllaniladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 59 — 65-moddalari.
36-modda. Soliq majburiyatini bajarish muddatlari
Soliq majburiyati ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda soliq toʻlovchi tomonidan bajarilishi kerak.
Qarang: mazkur Kodeks 61-moddasi, 164-moddasining birinchi, uchinchi, oltinchi, yettinchi qismlari, 188-moddasining birinchi qismi, 193-moddasining beshinchi qismi, 226-moddasi, 2265–moddasi uchinchi, toʻrtinchi qismlari, 240-moddalari, 247-moddasining uchinchi, toʻrtinchiqismlari, 251-moddasi, 253-moddasining ikkinchi qismi, 254-moddasining yettinchi qismi, 264-moddasining uchinchi, beshinchi, yettinchi qismlari, 271-moddasining uchinchi, beshinchi, yettinchi, toʻqqizinchi, oʻninchi qismlari, 277-moddasining oʻn birinchi qismi, 286-moddasi, 294-moddasining oltinchi qismi, 310-moddasining toʻrtinchi qismi, 311-moddasining toʻrtinchi, beshinchi, sakkizinchi — oʻninchi qismlari, 325-moddasining birinchi qismi, 336-moddasining birinchi qismi, 338-moddasining birinchi qismi, 339-moddasining birinchi qismi, 340-moddasi, 347-moddasining uchinchi qismi, 360-moddasining beshinchi qismi, 369-moddasining beshinchi qismi, 375-moddasning toʻrtinchi qismi.
Soliq toʻlovchi soliq majburiyatini muddatidan ilgari bajarishga haqli.
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, yil choragi, oy, oʻn kunlik va kun) oʻtishi bilan belgilanadi.
Muddatning oʻtishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qoʻyilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati bu majburiyatni bajarish muddatining soʻnggi kuni soat yigirma toʻrtga qadar bajarilishi kerak.
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
37-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi
Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
uning vafot etishi bilan;
uni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirishi bilan.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 36-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 264, 308-moddalari.
Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
u tugatilganidan keyin;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi, 55-moddasining oʻn birinchi qismi.
u qoʻshib olish (qoʻshib olingan yuridik shaxsga nisbatan), qoʻshib yuborish, boʻlish va oʻzgartirish orqali qayta tashkil etilganidan keyin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
38-modda. Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati
Davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta koʻrib chiqishi mumkin.
Soliq toʻlovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishga haqli.
Qarang: mazkur Kodeksning 31-moddasi birinchi qismi beshinchi xatboshisi, 46-moddasi uchinchi qismi, 48-moddasi toʻrtinchi qismi, 56 — 58-moddalari.
Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddatining oʻtishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatib turiladi, uziladi va tiklanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 156 — 160-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7-bandining birinchi va uchinchi xatboshilari.
6-bob. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni aniqlash hamda ularning hisobini yuritish
39-modda. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni aniqlash hamda ularning hisobi
Soliq va boshqa majburiy toʻlovning har bir turi boʻyicha soliq solish obyekti hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadi.
Soliq toʻlovchilarning daromadlari hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun ular boʻyicha tegishli chegirmalar toʻlov toʻlangan vaqt va pul kelib tushgan sanadan qatʼi nazar, ular taalluqli boʻlgan hisobot davrida aks ettiriladi (hisoblab yozish usuli).
Mol-mulkni hisobga olish buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
40-modda. Ayrim hollarda soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni aniqlash
Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini soliq toʻlovchi toʻgʻrisida, shuningdek shunga oʻxshash boshqa soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida oʻzlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkin.
Qarang: “Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2110, 31.05.2010-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Agar oʻzaro aloqador yuridik shaxslar oʻz tijorat va moliyaviy munosabatlarida oʻzaro aloqador boʻlmagan yuridik shaxslar oʻrtasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan narxlardan farq qiladigan narxlarni qoʻllasa, soliq solinadigan baza tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish narxlari asosida hisoblab chiqariladigan soliq solish obyektini aniqlashda davlat soliq xizmati organlari oʻzaro aloqador boʻlmagan yuridik shaxslar oʻrtasida qoʻllaniladigan narxlardan foydalanadi.
Oʻzaro aloqador yuridik shaxslar quyidagilardir:
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar va ularning chet davlatlar yuridik shaxslari boʻlgan muassislari (ishtirokchilari, aʼzolari);
chet davlatlarning yuridik shaxslari va ularning Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar boʻlgan muassislari (ishtirokchilari, aʼzolari);
muassislari (ishtirokchilari, aʼzolari) ayni bir yuridik yoki jismoniy shaxslar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar va chet davlatlarning yuridik shaxslari.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
41-modda. Hisob hujjatlari. Hisob hujjatlarini tuzish va saqlash
Hisob hujjatlari soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun asos boʻlgan birlamchi hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa hujjatlardan iboratdir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunini.
Hisob hujjatlari qogʻozda va (yoki) elektron shaklda tuziladi hamda ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi.
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning hisob hujjatlarini saqlash majburiyatlari uning huquqiy vorisi zimmasiga yuklatiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50-moddasi.
Yuridik shaxs tugatilganda hisob hujjatlari tegishli davlat arxiviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 55-moddasi.
42-modda. Alohida-alohida hisob va uni yuritish qoidalari
Ushbu Kodeksda soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan soliq toʻlovchilar soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart.
Qarang: mazkur Kodeksning 221-moddasining oltinchi qismi, 260-moddasining uchinchi qismi, 268-moddasi uchinchi qismi, 353-moddasi, 363-moddasi yettinchi qismi, 379-moddasining toʻrtinchi qismi, 380-moddasining birinchi qismi, 389-moddasining uchinchi qismi.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq toʻlovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida yuritiladi.
Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki toʻgʻridan-toʻgʻri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga moʻljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida oʻzgartirilishi mumkin emas.
Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari boʻyicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga kiritiladi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri hisobga olish usuli qoʻllanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlsa, shu turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin boʻlmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi.
7-bob. Soliq hisoboti
43-modda. Soliq hisoboti tushunchasi
Soliq hisoboti soliq toʻlovchining soliq va boshqa majburiy toʻlovning har bir turi boʻyicha yoki toʻlangan daromadlar boʻyicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni oʻz ichiga oladigan hujjati boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2439, 22.03.2013-y.) 1-bandi.
44-modda. Soliq hisobotini tuzish
Soliq hisoboti qogʻozda va (yoki) elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat tarzida tuziladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonunining 5, 6-moddalari, “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishning tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2808, 12.07.2016-y.).
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u yuridik shaxs boʻlsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq toʻlovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs — soliq toʻlovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq toʻlovchiga soliq davri boshlanganidan eʼtiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar boʻlgan davr yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Ushbu qismning qoidalari oʻzgartirish, shuningdek boshqa yuridik shaxsni qoʻshib olish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(44-modda uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 51, 55-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga soliq davri boshlanganidan to yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida xabardor qilingan sanagacha boʻlgan muddat uchun alohida soliq hisoboti tuziladi.
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik soliq toʻlovchining zimmasiga yuklatiladi.
45-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Ayrim turdagi soliqlar boʻyicha soliq hisoboti ham ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyilgan joy boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslar soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etadilar.
Qarang: mazkur Kodeks 191, 192-moddalari.
Soliq toʻlovchilar soliq hisobotini oʻz xohishlariga koʻra quyidagicha taqdim etishga haqli:
Keyingi tahrirga qarang.
shaxsan olib borib berish tartibida;
pochta orqali buyurtma xat bilan;
telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq hisobotini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish sanasi quyidagilardir:
soliq hisoboti shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etilganda — soliq hisoboti davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilib olingan sana;
soliq hisoboti pochta orqali buyurtma xat bilan taqdim etilganda — aloqa tashkilotining tamgʻasida koʻrsatilgan, pochta joʻnatmasi joʻnatilgan sana;
soliq hisoboti elektron hujjat tarzida taqdim etilganda — elektron hujjat davlat soliq xizmati organi tomonidan olingan sana.
Qarang: “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishning tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 15-bandi (roʻyxat raqami 2808, 12.07.2016-y.).
Davlat soliq xizmati organi shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan soliq hisobotini qabul qilib olishni rad etishga haqli emas hamda soliq toʻlovchining talabiga binoan soliq hisobotining nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyishi shart.
Soliq hisoboti telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma yuborishi shart.
Qarang: “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishning tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 2808, 12.07.2016-y.) 8-bandi.
Soliq hisoboti dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 70-moddasi.
Soliq hisoboti quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim etilmagan deb hisoblanadi, agar unda:
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilmagan yoki notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa;
soliq davri va (yoki) soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi koʻrsatilmagan boʻlsa;
ushbu Kodeksning 43 va 44-moddalarida soliq hisobotini tuzishga doir belgilangan talablar buzilgan boʻlsa.
Belgilanmagan shakldagi soliq hisoboti taqdim etilganda davlat soliq xizmati organi hisobot olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida bu haqda soliq toʻlovchiga yozma bildirish yuboradi va aniq fikr-mulohazalarni koʻrsatgan holda uni maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
Kamchiliklari tuzatilgan soliq hisoboti uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaguniga qadar taqdim etilgan taqdirda, soliq toʻlovchiga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi.
Qarang: mazkur Kodeksning 115-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 175-moddasining birinchi-ikkinchi qismlari.
46-modda. Aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti taqdim etilgan davrga taalluqli xatolarni oʻzi mustaqil ravishda aniqlagan soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati ichida oʻsha davr yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqiga ega. Mazkur norma davlat soliq xizmati organlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) doirasida tekshirish oʻtkazilgan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasining kamayishini nazarda tutuvchi aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etiladigan hollarda qoʻllanilmaydi.
(46-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Aniqlashtirilgan soliq hisobotida ilgari taqdim etilgan soliq hisobotidagi maʼlumotlar, aniqlashtirilgan maʼlumotlar va ulardagi tafovutlar koʻrsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan va toʻlangan soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasidan ortiq boʻlsa, tegishli soliq yoki boshqa majburiy toʻlovni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatlariga penya hisoblangan holda mazkur tafovut qoʻshiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 120-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan va toʻlangan soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasidan kam boʻlsa, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan eʼtiboran shaxsiy varaqada soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi tafovut miqdoriga kamaytirilganligi aks ettiriladi. Soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, penyalarning ortiqcha toʻlangan summasi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi yoki qaytariladi.
(46-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: mazkur Kodeksning 56 — 58-moddalari.
47-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq toʻlovchida ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati mobaynida saqlanadi.
(47-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
8-bob. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash
48-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati
Soliq toʻlovchining muayyan soliq yoki boshqa majburiy toʻlovni toʻlash, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan holatlar boʻlgan taqdirda, mavjud soliq qarzini uzish majburiyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati deb hisoblanadi.
Qarang: mazkur Kodeks 50-moddasining toʻrtinchi, beshinchi qismlari, 52-moddasining toʻrtinchi — sakkizinchi qismlari, 54, 55-moddalari, 56-moddasining ikkinchi qismi, 60 — 65-moddalari.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati soliq toʻlovchining hisobvaragʻida yetarlicha pul mablagʻlari boʻlgan taqdirda, tegishli soliq yoki boshqa majburiy toʻlovni toʻlash uchun bankka toʻlov topshiriqnomasi taqdim etilgan paytdan eʼtiboran, soliq yoki boshqa majburiy toʻlov naqd pul mablagʻlari bilan toʻlanganda esa pul summasi bankka yoki vakolatli organ kassasiga topshirilgan paytdan eʼtiboran bajarilgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasini oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasi soliq toʻlovchi tomonidan chaqirib olingan yoki bank tomonidan soliq toʻlovchiga qaytarilgan taqdirda, shuningdek agar soliq toʻlovchi bankka toʻlov topshiriqnomasini taqdim etgan paytda bu soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga qoʻyilgan, qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda bajarilishi lozim boʻlgan, bajarilmagan talablar mavjud boʻlsa hamda soliq toʻlovchi barcha talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqda yetarlicha pul mablagʻlariga ega boʻlmasa, soliq yoki boshqa majburiy toʻlov toʻlangan deb hisoblanmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 784-moddasi.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati ushbu Kodeksning 10-bobida belgilangan tartibda hisobga olish orqali ham bajarilishi mumkin.
Soliq agentining ushlab qolingan summalarni budjetga yoki davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazishga doir majburiyati ushbu moddaning ikkinchi va toʻrtinchi qismlariga muvofiq bajarilgan deb hisoblanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash milliy valyutada, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi.
Qarang: mazkur Kodeks 193-moddasining ikkinchi qismi, 336-moddasining sakkizinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli qarori bilan tasdiqlangan Boj stavkalari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarning tariflari.
Soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda toʻlanadi. Ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchiga soliq va (yoki) boshqa majburiy toʻlovni, shuningdek penyani toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi mumkin.
Soliq majburiyatining soliq toʻlovchi tomonidan bajarilmaganligi yoki ushbu Kodeksda belgilangan tartib buzilgan holda bajarilganligi unga nisbatan soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash choralarini qoʻllash uchun asos boʻladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 59, 62 — 65-moddalari.
Soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilgan hollarda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati davlat soliq organining yozma talabnomasi olingan sanadan eʼtiboran yuzaga keladi.
Qarang: mazkur Kodeks 260-moddasining oʻninchi qismi.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
asosiy summa;
hisoblangan penya;
jarimalar.
49-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash hisobi
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash hisobi soliq toʻlovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuritiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organi bilan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatlari bajarilishiga doir solishtirma dalolatnoma tuzishni talab qilishga haqli. Davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchiga solishtirma dalolatnoma tuzishni rad etishga haqli emas.
50-modda. Yuridik shaxs tugatilganda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash
Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ixtiyoriy tugatish hollari bundan mustasno, tugatuvchi besh kunlik muddat ichida bu haqda davlat soliq xizmati organiga yozma shaklda maʼlum qiladi. Yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bu haqda davlat soliq xizmati organini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor etadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 54-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Yuridik shaxs davlat soliq xizmati organiga tugatish balansini taqdim etish bilan bir vaqtda hisobotlarni hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etishi shart.
Yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyati ushbu yuridik shaxsning pul mablagʻlari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida tugatuvchi tomonidan bajariladi.
Yuridik shaxsni tugatish davrida yuzaga keladigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek penya va jarimalarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyati yuzaga kelishiga qarab, ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda hamda tartibda bajariladi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq uzilmagan soliq qarzi umidsiz deb eʼtirof etiladi.
Agar tugatilayotgan yuridik shaxsda ortiqcha toʻlangan soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlar summasi boʻlsa, mazkur summalar ushbu Kodeksning 10-bobida belgilangan tartibda hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
51-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan tartibda uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajariladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 50-moddasi.
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatini bajarish, qayta tashkil etish tugallanguniga qadar huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs soliq majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi faktlari va (yoki) holatlari maʼlum boʻlganligi yoxud maʼlum boʻlmaganligidan qatʼi nazar, uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) zimmasiga yuklatiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 50-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 42-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi uning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatlarining bajarilishi muddatlarini shu yuridik shaxsning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) uchun oʻzgartirmaydi.
Huquqiy vorisni (huquqiy vorislarni), shuningdek huquqiy vorislarning yuridik shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatlarini bajarishdagi ishtiroki ulushini belgilash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs qayta tashkil etilguniga qadar u ortiqcha toʻlagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning summalari shu yuridik shaxs huquqiy vorisining (huquqiy vorislarining) shaxsiy kartochkasiga yuridik shaxsni qayta tashkil etish tugallangan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak.
Yuridik shaxsning soliq qarzi yoki u qayta tashkil etilguniga qadar ortiqcha toʻlangan soliq yoki majburiy toʻlov summalarini qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorislari oʻrtasida taqsimlash har bir huquqiy vorisning ulushiga muvofiq amalga oshiriladi.
52-modda. Soliq toʻlovchi vafot etgan, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan hollarda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash
Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati uning meros qilingan mol-mulkini qabul qilgan merosxoʻri (merosxoʻrlari) tomonidan, meros qilingan mol-mulkning qiymati doirasida va merosdagi ulushga mutanosib ravishda, meros qabul qilib olingan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmasdan bajariladi. Vafot etgan jismoniy shaxs toʻlashi lozim boʻlgan penya va (yoki) jarimalarni toʻlash majburiyati merosxoʻrga (merosxoʻrlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1113-moddasining birinchi qismi, 1118-moddasi.
Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyati summasi meros qilingan mol-mulk qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq yoki boshqa majburiy toʻlovni toʻlash boʻyicha qarzining qolgan summasi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.
Merosxoʻr boʻlmagan taqdirda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi umidsiz qarz hisoblanadi.
Soliq qarziga ega boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, jismoniy shaxs hisobga qoʻyilgan va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi davlat soliq xizmati organi vafot etgan shaxsning merosxoʻri (merosxoʻrlari) toʻgʻrisida axborot olingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida unga (ularga) soliq qarzi borligini maʼlum qilishi shart.
Sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan jismoniy shaxsning soliq qarzi qonun hujjatlariga muvofiq bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulkini boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33,34-moddalari.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati uning vasiysi tomonidan muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30,32-moddalari.
Belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning mol-mulki yetarli boʻlmagan (yoʻq boʻlgan) taqdirda, uning soliq qarzining koʻrsatilgan mol-mulk qiymatidan ortiq qismi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.
Jismoniy shaxsning bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligini bekor qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan yoki jismoniy shaxsni muomalaga layoqatli deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ilgari hisobdan chiqarilgan soliq qarzining amal qilishi, daʼvo qilish muddatidan qatʼi nazar, qayta tiklanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 30-moddasining uchinchi qismi, 35-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vafot etgan jismoniy shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va qatʼiy belgilangan soliqni toʻlash boʻyicha qarzi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.
(52-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
53-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻtkazishga doir toʻlov topshiriqnomalarining, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomalarining banklar tomonidan bajarilishi
Banklar soliq toʻlovchining soliqni va (yoki) boshqa majburiy toʻlovni oʻtkazishga doir toʻlov topshiriqnomalarini, shuningdek tegishli vakolatli organning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomalarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bajarishi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 784-moddasi, mazkur Kodeksning 63-moddasi, 64-moddasining toʻqqizinchi, oʻninchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 37-bandi.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini tegishli budjet yoki davlat maqsadli jamgʻarmasining hisobvaragʻiga kiritish soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini oʻtkazish deb eʼtirof etiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini oʻtkazishga doir toʻlov topshiriqnomasi yoki ularni tegishli budjet yoxud davlat maqsadli jamgʻarmasiga undirish toʻgʻrisidagi tegishli vakolatli organning inkasso topshiriqnomasi, toʻlov topshiriqnomasi yoki inkasso topshiriqnomasi olinganidan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari qoidalari bank tomonidan inobatga olingan holda bajariladi. Inkasso topshiriqnomasiga doir bunday operatsiyalar boʻyicha xizmat koʻrsatganlik uchun haq olinmaydi.
Soliq toʻlovchining hisobvaragʻida pul mablagʻlari boʻlgan taqdirda, banklar soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini oʻtkazish toʻlov topshiriqnomalarini yoki tegishli vakolatli organning ularni tegishli budjetga yoki davlat maqsadli jamgʻarmalariga undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomalarini bajarishni kechiktirishga haqli emas.
Soliq toʻlovchining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari boʻlmagan yoki ular soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini oʻtkazish toʻlov topshiriqnomasini yoki tegishli vakolatli organning ularni tegishli budjetga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini bajarish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, bunday topshiriqnomalar mazkur hisobvaraqlarga pul mablagʻlari kelib tushishiga qarab, har bir shunday kelib tushishdan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida bajariladi.
Bankning aybi bilan soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini oʻtkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻtkazilmagan summasini 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 37.2-bandi.
9-bob. Soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash
Keyingi tahrirga qarang.
54-modda. Soliq qarzini toʻlashni kechiktirishning va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashning umumiy shartlari
Soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka ega boʻlgan korxonalarga davlat tomonidan yordam koʻrsatish maqsadida toʻlash muddatini soliq toʻlovchi qarz summasini bir yoʻla yoki bosqichma-bosqich toʻlagan holda keyinroq muddatga koʻchirishdan iboratdir.
Soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan bir oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga beriladi.
Qarang: “Budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻxtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida”gi Nizomning (roʻyxat raqami 1442, 14.01.2005-y.) II boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 8-bandi.
Oxirgi hisobot sanasidagi holatga koʻra joriy aktivlar summasining jami 20 foizidan ortiq miqdordagi qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar hamda moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida soliq qarzi oyma-oy boʻlib toʻlangan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash soliq qarzining hammasiga yoki uning bir qismiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penya hisoblash tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilish davri boshlanishidan eʼtiboran toʻxtatib turiladi.
Qarang: “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqmi 1724, 09.10.2007-y.).
Soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: “Budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻxtatish, shuningdekpenya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1442, 17.01.2005-y.).
Ushbu moddaning qoidalari bojxona toʻlovlarini va davlat bojini toʻlashga tatbiq etilmaydi. Bojxona toʻlovlarini va davlat bojini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VIII boʻlimi (“Bojxona toʻlovlari”).
Keyingi tahrirga qarang.
55-modda. Soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishini tugatish
Soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishi u (ular) berilgan muddat oʻtganidan keyin tugaydi.
Soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishi soliq toʻlovchi kechiktirilgan va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlanadigan soliq qarzining jami summasini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash muddati oʻtguniga qadar toʻlagan yoki soliq toʻlovchi kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarini buzgan hollarda muddatidan ilgari tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10-bob. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olish hamda qaytarib berish
56-modda. Soliqning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olish
Soliqning budjetga toʻlangan hamda toʻlash uchun hisoblangan summasi oʻrtasidagi, taqdim etilgan soliq hisoboti asosida aniqlanadigan ijobiy farq soliqning ortiqcha toʻlangan summasi deb eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ortiqcha toʻlangan summa soliq qarzini quyidagi ketma-ketlikda uzish hisobiga hisobga olinishi kerak:
1) soliqning mazkur turi boʻyicha penya va jarimalarni uzish hisobiga;
2) boshqa turdagi soliqlar boʻyicha qarzni uzish hisobiga;
3) boshqa turdagi soliqlar boʻyicha penya va jarimalarni uzish hisobiga;
4) mazkur soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga;
5) boshqa turdagi soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga.
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini mazkur soliq turi boʻyicha penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan mustaqil ravishda soliq toʻlovchining arizasisiz amalga oshiriladi, soliq toʻlovchi bu haqda hisobga olish amalga oshirilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda yozma ravishda xabardor etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda ikkinchi qismining 2, 3 va 5-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ortiqcha toʻlangan soliqni hisobga olish soliq toʻlovchining yozma arizasi asosida davlat soliq xizmati organi tomonidan hisobga olishni amalga oshirish toʻgʻrisida xulosa taqdim etilgan taqdirda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchi yozma ariza bergan sanadan eʼtiboran uch kunlik muddatda hisobga olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi xulosani moliya organlariga taqdim etishi shart.
(56-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida yozma ariza bermagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi tegishli moliya organlariga ushbu modda ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hisobga olishni amalga oshirish toʻgʻrisida mustaqil ravishda xulosa taqdim etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olish bu xususda xulosa berilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ortiqcha toʻlangan soliq summasi boshqa soliq toʻlovchining soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi mumkin emas.
Qarang: mazkur Kodeksning 38-moddasi ikkinchi qismi, 46-moddasi uchinchi qismi, 48-moddasi toʻrtinchi qismi, 50-moddasi oltinchi qismi, 154-moddasi oltinchi, yettinchi qismlari, 155-moddasi oltinchi, oʻn birinchi qismlari, 166, 196-moddalari, 204-moddasi oʻn uchinchi qismi, 207-moddasi toʻrtinchi qismi, 218 — 222-moddalari, 224-moddasi ikkinchi qismi, 2261-moddasi oltinchi, toʻqqizinchi qismlari, 2263-moddasi beshinchi qismi, 227-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari, 361-moddasi, 380-moddasi sakkizinchi, toʻqqizinchi qismlari, 381-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9 — 9.2-bandlari.
57-modda. Ortiqcha toʻlangan soliqlar summalarini qaytarish
Ushbu Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olish amalga oshirilganidan keyin ortiqcha toʻlangan soliqlarning qolgan summasi soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali qaytarilishi kerak.
Ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish davlat soliq xizmati organi qaytarish uchun soliq toʻlovchining yozma arizasi asosida xulosa taqdim etgan taqdirda, qaytarish toʻgʻrisidagi ariza topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz ish kuni ichida tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
58-modda. Boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olish va qaytarish
Boshqa majburiy toʻlovlarning toʻlangan va toʻlash uchun hisoblangan summasi oʻrtasidagi ijobiy farq boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summasi deb eʼtirof etiladi.
Boshqa majburiy toʻlovlarni hisobga olish hamda qaytarish ushbu Kodeksda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona toʻlovlarining ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olish va qaytarish bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 49-bobi (“Bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish”).
Oldingi tahrirga qarang.
Ortiqcha toʻlangan boshqa majburiy toʻlovlar summalarini qaytarish ortiqcha toʻlangan summa qaysi budjetga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha budjet yoki davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlaridan soliq toʻlovchining yozma arizasi asosida, zimmasiga majburiy toʻlovlarni undirib olish majburiyati yuklatilgan organlarga tegishli ariza berilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz ish kuni ichida amalga oshiriladi.
(58-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11-bob. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlarini bajarish
59-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlari bajarilishini taʼminlash
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari boʻlgan soliq toʻlovchi oʻzining bank hisobvaragʻida pul mablagʻlari mavjud boʻlishidan qatʼi nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni ushbu Kodeksda belgilangan toʻlash muddatidan kechiktirmay ularni xizmat koʻrsatayotgan bankka toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini taqdim etishi shart.
Qarang: mazkur Kodeks 36-moddasining birinchi qismi, 61-moddasi, 164-moddasining birinchi, uchinchi, oltinchi, yettinchi qismlari, 188-moddasining birinchi qismi, 193-moddasining birinchi, uchinchi, beshinchi qismlari, 226, 240-moddalari, 247-moddasining uchinchi qismi, 251-moddasi, 253-moddasining ikkinchi qismi, 254-moddasining yettinchi qismi, 264-moddasining uchinchi, beshinchi, yettinchi qismlari, 271-moddasining uchinchi, beshinchi, yettinchi, toʻqqizinchi, oʻninchi qismlari, 277-moddasining oʻn birinchi qismi, 286-moddasi, 294-moddasining oltinchi qismi, 300-moddasining toʻrtinchi, yettinchi qismlari, 304-moddasining toʻrtinchi qismi, 310-moddasining toʻrtinchi qismi, 311-moddasining toʻrtinchi, yettinchi–oʻninchi qismlari, 315-moddasining uchinchi qismi, 319-moddasining uchinchi qismi, 325-moddasining birinchi, beshinchi qismlari, 336-moddasining birinchi qismi, 338-moddasining birinchi qismi, 339-moddasining birinchi qismi, 340-moddasi, 347-moddasining uchinchi qismi, 360-moddasining beshinchi qismi, 369-moddasining beshinchi qismi, 375-moddasining toʻrtinchi qismi.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlari bajarilishini taʼminlash choralari jumlasiga soliq toʻlovchiga davlat soliq xizmati organi tomonidan uning majburiyatini bajarish zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan koʻriladigan choralar toʻgʻrisida yuborilgan talabnomasi kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
60-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yozma shaklda rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
1) soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki toʻliq nomi;
2) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Qarang: mazkur Kodeksning 78-moddasi.
3) talabnoma tuzilgan sana;
4) talabnomani yuborish vaqtida hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, penya, jarimalar boʻyicha qarz summasi;
5) talabnoma olinganidan soʻng soliq majburiyati bajarilmagan taqdirda qoʻllaniladigan majburiy undirish choralari va muddatlari;
Qarang: mazkur Kodeksning 62-moddasi.
6) debitorlar bilan oʻzaro hisob-kitoblar solishtirma dalolatnomasini taqdim etish toʻgʻrisidagi koʻrsatma.
Qarang: mazkur Kodeksning 64-moddasi.
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga bu talabnomani soliq toʻlovchi olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda, u buyurtma xat pochta joʻnatmasi topshirilganligi toʻgʻrisidagi bildirish blankasida koʻrsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12.1-bandi.
(60-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
61-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddatlari
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchi tomonidan olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida soliq qarzi uzilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari uni ushbu Kodeksning 63-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchining bank hisobvaraqlaridan soʻzsiz undirish choralarini qoʻllaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yuridik shaxs soliq qarzini uzmagan taqdirda va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni ushbu Kodeksning 64-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchiga uning debitorlari oʻtkazishi lozim boʻlgan summalarga qaratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yuridik shaxs soliq qarzini uzmagan taqdirda va, agar ushbu moddaning birinchi hamda ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni ushbu Kodeksning 65-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan boshlab oʻn kun ichida jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari soliq qarzini jismoniy shaxsdan undirish toʻgʻrisidagi ariza bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
62-modda. Soliq qarzini majburiy undirish choralari
Soliq qarzini majburiy undirish choralariga quyidagilar kiradi:
soliq qarzini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soʻzsiz undirish;
Qarang: mazkur Kodeksning 63-moddasi.
undiruvni soliq toʻlovchiga uning debitorlari oʻtkazishi lozim boʻlgan summalarga qaratish;
Qarang: mazkur Kodeksning 64-moddasi.
undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish.
Qarang: mazkur Kodeksning 65-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandi uchinchi xatboshisi.
Soliq toʻlovchi soliq qarzini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan barcha choralar koʻrilganidan keyin uzmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi uni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq qarzini majburiy undirish choralari jismoniy shaxslarga nisbatan faqat sud tartibida qoʻllaniladi va ularga ushbu Kodeks 63—65-moddalarining qoidalari tatbiq etilmaydi, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno.
(62-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga tadbirkorlik faoliyatiga doir qismi boʻyicha soliq qarzini majburiy undirish choralari ushbu Kodeksning 63 — 65-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qoʻllaniladi.
(62-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliq qarzi summalarini majburiy undirish choralari soliq toʻlovchi tomonidan uning natijalari boʻyicha berilgan shikoyat davriga ushbu Kodeksning 18-bobiga muvofiq toʻxtatib turiladi.
63-modda. Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini soʻzsiz undirish
Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini soʻzsiz undirish, agar ushbu Kodeks 62-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka davlat soliq xizmati organining soliq qarzi summasini tegishli budjetga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Xizmat koʻrsatuvchi bank belgisi qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomasining nusxasi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, soliq qarzi summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomalari soliq qarzi summasini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani bajarishning belgilangan muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchining hisobvaragʻida pul mablagʻlari boʻlmaganligi yoki yetarli boʻlmaganligi tufayli davlat soliq xizmati organining inkasso topshiriqnomasi toʻliq yoki qisman bajarilmagan taqdirda, inkasso topshiriqnomasi olingan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda uning nusxasi bankning belgisi qoʻyilib, davlat soliq xizmati organiga va soliq toʻlovchiga yuboriladi. Agar inkasso topshiriqnomasini taqdim etish paytida soliq toʻlovchi soliq qarzining summasini oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasini bankka topshirgan boʻlsa, bank taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasini soliq toʻlovchining toʻlov topshiriqnomasi nusxasini ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organiga qaytaradi.
Soliq qarzi summasini undirish soliq toʻlovchining barcha bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlaridan amalga oshiriladi, qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratish mumkin boʻlmagan hisobvaraqlar bundan mustasno.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14, 37.1-bandlari.
64-modda. Undiruvni soliq toʻlovchiga uning debitorlaridan oʻtkazilishi lozim boʻlgan summalarga qaratish
Soliq toʻlovchi debitor bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari undiruvni soliq toʻlovchiga uning debitorlaridan oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaga qaratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Debitorlar oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalariga imzo qoʻyishni asossiz rad etgan taqdirda, soliq toʻlovchi bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarni debitorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish huquqiga ega.
Soliq toʻlovchi bir tomonlama imzolangan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining debitoriga uning kreditorlik qarzi borligi haqida imzolash uchun soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan solishtirma dalolatnomani va kreditorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma bildirish yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchining debitori yozma bildirish olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolash yoki solishtirma dalolatnomada koʻrsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini taqdim etishi shart. Agar soliq toʻlovchining debitori tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada koʻrsatilganidan farq qilsa, debitor xuddi shu muddatda davlat soliq xizmati organiga oʻzi tan olgan summani koʻrsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchining debitori tomonidan imzolangan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi kreditorning imzosi mavjud boʻlishidan qatʼi nazar, uning kreditori soliq qarzini undiruvni unga qaratishi uchun asos boʻladi. Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan majburiyat soliq toʻlovchining debitori tomonidan bajarilmagan taqdirda, undiruv soliq toʻlovchi taqdim etgan solishtirma dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
(64-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchi bilan uning debitori oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
soliq toʻlovchi va uning debitorining nomi, ularning identifikatsiya raqami;
soliq toʻlovchi va uning debitori soliq hisobida turgan joydagi davlat soliq xizmati organining nomi;
soliq toʻlovchi va uning debitorining bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari;
debitorning soliq toʻlovchi oldidagi qarz summasi;
soliq toʻlovchi va uning debitorining taraflar muhri bilan tasdiqlangan imzolari, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
soliq toʻlovchi va uning debitori oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi tuzilgan sana.
Soliq toʻlovchi va uning debitori oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma davlat soliq xizmati organi tomonidan yuborilgan sanadan keyin keladigan sanada tuzilgan boʻlishi lozim.
Davlat soliq xizmati organi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorlarning bank hisobvaraqlariga soliq toʻlovchining soliq qarzi summasini soliq toʻlovchi oldidagi qarzidan oshmaydigan miqdorda undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Davlat soliq xizmati organining ushbu moddaga muvofiq taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasini bajarish ushbu Kodeksning 63-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
65-modda. Undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish
Undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish davlat soliq xizmati organining daʼvo arizasi asosida sud tartibida amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi II-boʻlimining 2-kichik boʻlimi (“Daʼvo ishlarini yuritish”), Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi II-boʻlimi (“Birinchi instansiya xoʻjalik sudida ish yuritish”).
Undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi soliq toʻlovchi soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan imzolanadi. Daʼvo arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
soliq qarzi borligi toʻgʻrisida soliq toʻlovchining mavjud shaxsiy kartochkalaridan koʻchirma;
soliq toʻlovchining bank hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yoʻqligi toʻgʻrisidagi bank maʼlumotnomasi;
soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha (bunday tekshiruv oʻtkazilgan taqdirda) soliq qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
soliq toʻlovchining oxirgi hisobot davriga doir buxgalteriya balansining koʻchirma nusxasi, bundan moliyaviy hisobotni taqdim etish muddati hali kelmagan, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni sud hujjatlari asosida soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi.
(65-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
66-modda. Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish
Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarang: “Investorlarga bepul berilgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar boʻyicha oldingi yillardagi toʻlanishiga ishonch boʻlmagan qarzlari, shu jumladan ular boʻyicha hisoblangan penya va jarimalar summalarini aniqlash va hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1436, 25.12.2004-y.).
III BOʻLIM. SOLIQ NAZORATI
12-bob. Soliq nazoratining asoslari
67-modda. Soliq nazoratining shakllari
Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
soliq toʻlovchilarni hisobga olish;
Qarang: mazkur Kodeksning 77 — 84-moddalari.
soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olish;
Qarang: mazkur Kodeksning 68-moddasi.
budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish;
Qarang: mazkur Kodeksning 69-moddasi.
kameral nazorat;
Qarang: mazkur Kodeksning 70-moddasi.
naqd pul tushumlari kelib tushishining xronometraji;
Qarang: mazkur Kodeksning 71-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
soliq tekshiruvlari;
Qarang: mazkur Kodeksning 67 — 103-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash;
Qarang: mazkur Kodeksning 72-moddasi.
aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish;
Qarang: mazkur Kodeksning 73-moddasi.
davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablagʻlari davlat daromadiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishini nazorat qilish;
Qarang: mazkur Kodeksning 74-moddasi.
boshqa majburiy toʻlovlarni undirish vazifasini amalga oshiradigan davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish.
Qarang: mazkur Kodeksning 75-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Bojxona organlari tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha soliq nazoratini oʻz vakolatlari doirasida ushbu Kodeksga va bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Soliq nazorati amalga oshirilayotganda ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini buzgan holda soliq toʻlovchi toʻgʻrisida axborot toʻplash, saqlash, undan foydalanish va uni tarqatishga, shuningdek soliq sirini oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qarang: mazkur Kodeksning 76-moddasi.
Qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda olingan soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hujjatlar yoki boshqa axborot soliq toʻlovchini soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga asos boʻla olmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20.1-bandi.
68-modda. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olish
Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq toʻlovchi boʻyicha hamda u toʻlayotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarining maʼlumotlari, ushbu Kodeksning 84-moddasida nazarda tutilgan organlar, tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar, shuningdek davlat soliq xizmati organlari boshqa manbalardan toʻplagan, shu jumladan soliq tekshiruvlari vaqtida toʻplagan axborotlar asosida shakllantiriladi.
Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning qoidalari tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga, shuningdek undirilishi tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan boshqa majburiy toʻlovlarga tatbiq etilmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VIII boʻlimi (“Bojxona toʻlovlari”).
Keyingi tahrirga qarang.
69-modda. Budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlarni hisobga olish
Davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish vazifasi yuklatilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlar hisobini yuritishi kerak.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10 — 11-bandlari.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tushumini hisobga olish budjet klassifikatsiyasiga muvofiq yuritiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 18, 21-moddalari.
Davlat soliq xizmati organlari budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlar hisobini soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning, shuningdek penya va jarimalarning hisoblangan hamda toʻlangan summalarini aks ettirish orqali yuritadi.
Soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning har bir turi boʻyicha ochiladi.
Soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlari tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjetga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlar hisobini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda yuritadi.
Undirilishi boshqa davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan ayrim turdagi boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjetga tushumlarni hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
70-modda. Kameral nazorat
Kameral nazorat soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir.
Kameral nazorat soliq toʻlovchining huzuriga bormasdan davlat soliq xizmati organi joylashgan yerda amalga oshiriladi.
Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan kameral nazorat jarayonida soliq hisobotini toʻldirishda xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligi yoki taqdim etilgan soliq hisobotidagi va davlat soliq xizmati organlaridagi maʼlumotlar oʻrtasida ziddiyatlar borligi aniqlansa, bu haqda soliq toʻlovchiga tegishli tuzatishlar kiritish talab qilingan holda yozma shaklda xabar qilinadi.
Soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish uchun nazarda tutilgan tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha tuzatilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asosini talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
71-modda. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji
Soliq toʻlovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji xronometraj oʻtkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul tushumini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji naqd hisob-kitob asosida tovarlar realizatsiya qiladigan yoki xizmatlar koʻrsatadigan soliq toʻlovchi huzurida bevosita tovarlar realizatsiya qilinadigan, xizmatlar koʻrsatiladigan joyda davlat soliq xizmati organi tomonidan oʻtkaziladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan tushum miqdori kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda xronometraj oʻtkaziladigan soliq toʻlovchi, xronometrajni oʻtkazish joyi va muddati, xronometraj oʻtkaziladigan davr, xronometraj oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga sabab boʻlgan tafovut, shuningdek davlat soliq xizmati organining xronometraj oʻtkazadigan mansabdor shaxslari albatta koʻrsatiladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji kelib tushayotgan pul tushumini davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan kuzatish va qayd etish orqali oʻtkaziladi. Xronometrajni oʻtkazishga boshqa shaxslarni, shu jumladan ekspertlarni jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini amalga oshirish jarayonida tekshiruv oʻtkazishga, soliq toʻlovchidan biron bir axborot yoki tushuntirishlar talab qilishga, soliq toʻlovchiga nisbatan talablar taqdim etishga yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida saqlanayotgan xronometraj oʻtkazilayotgan vaqtga doir maʼlumotlarni olish mustasno.
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalari yuzasidan maʼlumotnoma tuzadi. Maʼlumotnomaning koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga topshiriladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalaridan faqat taqdim etilayotgan soliq hisoboti toʻgʻriligini tahlil etish uchun, shuningdek soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yuritish uchun foydalaniladi. Xronometraj natijasi soliq toʻlovchini javobgarlikka tortish uchun asos boʻla olmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23-bandi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
72-modda. Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanilishi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pulda hisob-kitob qilish bilan tovarlarni realizatsiya qilish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish Nazorat-kassa mashinalarining davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari majburiy qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi, bundan naqd pul bilan hisob-kitob qilishni, faoliyatining oʻziga xos xususiyati sababli nazorat-kassa mashinalarini qoʻllamasdan amalga oshirishi mumkin boʻlgan ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslar mustasno.
Faoliyatining oʻziga xos xususiyati sababli naqd pul bilan hisob-kitob qilishni nazorat-kassa mashinalarini qoʻllamasdan amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilgan Nazorat-kassa mashinalarining davlat reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibda shakllantiriladi.
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi texnik jihatdan vaqtincha nosoz boʻlgan yoki elektr energiyasi boʻlmagan taqdirda naqd pul bilan hisob-kitob qilishni xaridorlarga kvitansiyalar, chiptalar, talonlar yoki chekka tenglashtirilgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shakldagi qatʼiy hisobdagi boshqa hujjatlarni berish orqali amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarori bilan tasdiqlangan “Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 3-ilovasi.
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qoʻllashda quyidagilar majburiy hisoblanadi:
1) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini faoliyat amalga oshirilayotgan joydagi davlat soliq xizmati organlarida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi berilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish;
2) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
3) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining chekini isteʼmolchiga berish;
4) davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini tekshirishiga ruxsat etish.
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanilish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvlari oʻtkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarida saqlanayotgan maʼlumotlardan foydalanishga haqli.
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
73-modda. Aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamgʻalash. Moliya inspektori lavozimini joriy etish
Tamaki va alkogolli mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda hamda shartlarda aksiz markasi bilan tamgʻalanishi kerak, pivo bundan mustasno.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi 49-sonli “Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori va “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 589, 07.01.1999-y.).
Aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni aksiz markasi bilan tamgʻalash uchun masʼuldir.
Aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamgʻalash qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari amalga oshiradi.
Aksiz soligʻini toʻlovchi korxonalarda va boshqa ayrim korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektori lavozimi joriy etilishi mumkin. Moliya inspektori lavozimi joriy etiladigan korxonalar roʻyxati va uning faoliyatini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-dekabrdagi 532-sonli “Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan nazorat qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
74-modda. Davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablagʻlarining davlat daromadiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishini nazorat qilish
Davlat soliq xizmati organlari davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablagʻlarining davlat daromadiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
75-modda. Boshqa majburiy toʻlovlarni undirish vazifasini amalga oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlari ustidan nazorat qilish
Davlat soliq xizmati organlari boshqa majburiy toʻlovlarni undirish vazifasini amalga oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlari ustidan boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq undirib olinishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻz vaqtida oʻtkazilishi boʻyicha nazoratni amalga oshiradi.
76-modda. Soliq siri
Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq toʻlovchi toʻgʻrisida olingan har qanday maʼlumot soliq sirini tashkil etadi, quyidagi maʼlumotlar bundan mustasno:
1) soliq toʻlovchining oʻzi oshkor etgan yoki uning yozma roziligi bilan oshkor etilgan maʼlumotlar;
2) soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
4) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi va bu qonunbuzarlik uchun qoʻllanilgan javobgarlik choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 106, 112, 121-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 165, 174, 175, 1751-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184, 190-moddalari.
5) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning soliq yoki tegishli boshqa organlariga taqdim etiladigan maʼlumotlar (ushbu organlarga taqdim etilgan maʼlumotlarga doir qismi).
Soliq siri oshkor etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Soliq sirini oshkor etishga, xususan, soliq toʻlovchining davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsiga, jalb etilgan ekspertga yoki tarjimonga ular oʻz vazifalarini bajarayotganda maʼlum boʻlib qolgan ishlab chiqarish yoki tijorat siridan foydalanish yoxud uni boshqa shaxsga berish kiradi.
Davlat soliq xizmati organlariga kelib tushgan, soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar saqlash va foydalanishning maxsus rejimiga ega boʻladi.
Davlat soliq xizmati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatdagi mansabdor shaxslari soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanish huquqiga ega.
Soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlari boʻlgan hujjatlarning yoʻqotilganligi yoki bunday maʼlumotlarning oshkor etilganligi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 46-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
13-bob. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish
77-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyishning umumiy qoidalari
Davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchilarning hisobini yuritadi. Soliq toʻlovchilarning hisobini yuritish ularni hisobga qoʻyish va ular toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlarini yuritish orqali amalga oshiriladi.
Soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilayotganda unga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami beriladi hamda soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisobga qoʻyish maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq toʻlovchiga berilgan identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki soliq toʻlovchi bir vaqtning oʻzida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qoʻyilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
78-modda. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami muayyan soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilganda unga beriladigan raqamdir.
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami muayyan soliq toʻlovchiga bir marta beriladi. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami oʻzgarmaydi va bekor qilinganidan keyin boshqa soliq toʻlovchiga berilmaydi.
Ushbu Kodeks 35-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxsning alohida boʻlinmalariga mazkur alohida boʻlinmani tashkil etgan yuridik shaxsning — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami nazorat belgilari qoʻshilgan holda beriladi.
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami quyidagilarda albatta yozib qoʻyilishi kerak:
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada, roʻyxatdan oʻtkazish davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida ularni hisobga qoʻyish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanishga doir litsenziyasida;
cheklardan tashqari, pul bilan hisob-kitob qilinadigan toʻlov hujjatlarida, shuningdek ularning elektron shaklida;
davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan moliyaviy va soliq hisoboti hujjatlarida;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xoʻjalik, fuqarolik-huquqiy hamda mehnat shartnomalarida;
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bitimlar tuzganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalar hamda transport hujjatlarida;
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda qiymat ifodasiga ega boʻlgan moliyaviy, mulkiy hamda boshqa majburiyatlar yuzaga kelganligini, shuningdek ularning bajarilishini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son “Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimi toʻgʻisida”gi qarori.
79-modda. Soliq toʻlovchini hisobga qoʻyish
Soliq toʻlovchi sifatida quyidagilar hisobga qoʻyiladi:
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari oʻzlari joylashgan yerdagi (pochta manzilidagi) davlat soliq xizmati organida;
yuridik shaxsning soliq majburiyatini ushbu Kodeks 35-moddasining ikkinchi qismi asosida mustaqil ravishda bajaradigan alohida boʻlinmalari — alohida boʻlinmaning joylashgan yeridagi yoki faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi davlat soliq xizmati organida;
jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organida;
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — doimiy muassasaning joylashgan yeridagi va (yoki) faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi davlat soliq xizmati organida;
ushbu Kodeksga muvofiq mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlovchilar boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida.
Soliq toʻlovchida u hisobga qoʻyilganidan keyin yer soligʻi yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (jismoniy shaxslar uchun esa mol-mulk soligʻi ham) toʻlash boʻyicha soliq majburiyati hisobga qoʻyilgan joydan tashqarida vujudga kelgan taqdirda, soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 81-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida obyekt boʻyicha hisobga qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
80-modda. Soliq toʻlovchini hisobga qoʻyish tartibi
Bir vaqtning oʻzida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qoʻyilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qoʻyilishi kerak.
Yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilganlar bundan mustasno, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
Ushbu Kodeks 35-moddasining ikkinchi qismi asosida soliq majburiyatlarini mustaqil ravishda bajaradigan alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish uchun mazkur alohida boʻlinmani tashkil etgan yuridik shaxs uni tashkil etish toʻgʻrisida va (yoki) mustaqil balansga ajratish haqida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Arizada mazkur alohida boʻlinmani tashkil etgan yuridik shaxsning — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami albatta koʻrsatiladi. Arizaga yuridik shaxsning alohida boʻlinmani tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek uning rahbariga berilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari, mazkur Kodeks ushbu moddasining birinchi qismida koʻrsatilganlar bundan mustasno, soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ushbu Kodeksga muvofiq davlat soliq xizmati organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart.
Yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan eʼtiboran bir yuz sakson uch kundan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizasiga shartnoma yoki yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti nomidan Oʻzbekiston Respublikasida ish yuritish uchun berilgan ishonchnoma, shuningdek majburiyatlarining bajarilishi doimiy muassasa tashkil topishiga olib keladigan shartnoma mavjud boʻlsa, shu shartnoma ilova qilinadi.
Ushbu Kodeksga muvofiq yer soligʻi, shuningdek koʻchmas mulkka taalluqli qismida mol-mulk soligʻi toʻlovchilari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari yer uchastkasiga, koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga unda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar yoqilgʻi quyish stansiyasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida davlat soliq xizmati organiga transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga unda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organi hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida soliq toʻlovchiga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini beradi, soliq toʻlovchi haqidagi hisobga qoʻyish maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritadi va tegishli ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Soliq toʻlovchini hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza va guvohnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Agar yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan alohida boʻlinmalardan bir nechtasiga ega boʻlsa, hisobga qoʻyish har bir alohida boʻlinma boʻyicha tegishli davlat soliq xizmati organlarida amalga oshiriladi.
Agar yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti Oʻzbekiston Respublikasida bir nechta doimiy muassasaga ega boʻlsa, u har bir doimiy muassasa boʻyicha tegishli davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi shart. Bitta yuridik shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining bir nechta doimiy muassasa boʻyicha soliq hisobotini jamlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
81-modda. Soliq toʻlovchini obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyish
Soliq toʻlovchini obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyish soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq toʻlovchini obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyish u ushbu Kodeksning 80-moddasida belgilangan tartibda hisobga qoʻyilganidan keyin, agar ushbu Kodeksga muvofiq soliq toʻlovchida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilmagan joydagi yer soligʻi yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash majburiyati yuzaga kelgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobga qoʻyilmagan joydagi yer soligʻini yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash majburiyati yuzaga kelgan soliq toʻlovchi tegishli yer uchastkasiga (yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquq bilan birga tegishli koʻchmas mulk obyektiga) boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran yoxud suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida soliq solish obyektlarini ular joylashgan yerda hisobga qoʻyish uchun davlat soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat etishi kerak.
(81-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyilishi davlat soliq xizmati organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlovchi — jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan majburiyat tatbiq etilmaydi.
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining ilgari berilgan identifikatsiya raqamiga muvofiq soliq toʻlovchi murojaat etgan kundan uch kundan kechiktirmay uni obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyadi.
82-modda. Soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari
Yuridik shaxs — soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi asosiy hisob maʼlumotlari quyidagilardan iborat:
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
nomi (toʻliq va qisqartirilgan nomi);
joylashgan yeri (pochta manzili).
Yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asosiy hisob maʼlumotlariga qoʻshimcha ravishda quyidagilar ham hisob maʼlumotlari hisoblanadi:
tashkiliy-huquqiy shakli;
ushbu Kodeks 35-moddasining ikkinchi qismi asosida soliq majburiyatlarini mustaqil ravishda bajaradigan alohida boʻlinmalar, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlarining tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar uchun — soliq toʻlovchi qaysi tashkilotning tarkibiga kirsa, shu tashkilot;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, joy va tartib raqami;
tijorat tashkilotlari uchun — ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
tijorat tashkilotlari uchun, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno, muassislarning — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlarining soliq toʻlovchi tariqasidagi identifikatsiya raqamini hamda har bir muassisning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini ham koʻrsatgan holda muassislarning toʻliq tarkibi.
Jismoniy shaxs — soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari quyidagilardan iborat:
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
familiyasi, ismi va otasining ismi;
fuqaroligi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — fuqaroning identifikatsiya raqami (shaxsiy kodi);
pasportining seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi;
yashash joyi (manzili).
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun quyidagilar ham soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlaridir:
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, joy va tartib raqami;
faoliyat turi;
faoliyat amalga oshiriladigan joy.
83-modda. Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlarini yuritish
Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlarini yuritish soliq toʻlovchilar hamda ushbu Kodeksning 84-moddasida nazarda tutilgan organlar va tashkilotlar tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish orqali amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlarida hisobda turmagan soliq toʻlovchilar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari ularga belgilangan tartibda hisobga turish toʻgʻrisida talabnoma taqdim etadi. Bunday talabnoma olinganligi shaxsni qonunda belgilangan javobgarlikdan ozod etmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1762-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritilgan yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga hisob maʼlumotlaridagi har qanday oʻzgarishlar haqida bunday oʻzgarishlar yuzaga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda maʼlum qilishlari shart.
Jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda davlat soliq xizmati organi mazkur soliq toʻlovchiga taalluqli barcha materiallarni uning yangi yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshirishi shart. Bunday materiallarni topshirish-qabul qilib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq toʻlovchining talabi boʻyicha davlat soliq xizmati organi mazkur soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomani, shu jumladan oʻzgarishlar kiritilgan hisob maʼlumotlarini ham koʻrsatgan holda berishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestridan chiqarish quyidagicha amalga oshiriladi:
jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — ular vafot etganidan keyin, basharti soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati ularning merosxoʻrlari tomonidan toʻliq uzilgan yoki soliq qarzi belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan boʻlsa;
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — ular tugatilganidan keyin, basharti soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati toʻliq uzilgan yoki soliq qarzi belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — ularning Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritilishini belgilagan holatlar bekor boʻlgan, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati toʻliq uzilgan taqdirda.
84-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar hamda ularning majburiyatlari
Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar, ushbu Kodeks 80-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganlar bundan mustasno, roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga ushbu yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay tegishli yuridik shaxslarning davlat reyestridan koʻchirma topshirishi shart. Mazkur organlar davlat soliq xizmati organiga tegishli yuridik shaxslarga taalluqli davlat reyestriga kiritilgan har qanday oʻzgartishlar toʻgʻrisida ham bunday oʻzgartishlar kiritilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay maʼlum qilishi shart.
Litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar beradigan organlar bunday hujjatlar berilgan shaxslar joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga shunday hujjatlar berilganligi hollari haqida maʼlum qilishi, shuningdek mazkur hujjatlar bekor qilinganligi, ularning amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berishi shart.
Ichki ishlar organlari oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga pasportlar berilganligi, shu jumladan yoʻqotilgan yoki amal qilish muddati oʻtgan pasportlar oʻrniga pasportlar berilganligi faktlari haqida, bekor qilingan pasportlar toʻgʻrisida har oyda maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga tegishli hududda joylashgan koʻchmas mulk va uning mulkdorlari (egalari) toʻgʻrisida mazkur koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv resurslarini hisobga oluvchi organlar suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga 1-fevraldan kechiktirmasdan oʻtgan yil yakunlari boʻyicha oʻlchov asboblarisiz foydalanilgan suv hajmlari toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
(84-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son,555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat notarial idoralari tegishincha koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisida koʻrsatilgan notarial harakatlar amalga oshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga maʼlum qilishi shart.
(84-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Yer resurslarini hisobga oluvchi va (yoki) baholovchi organlar yer uchastkasiga nisbatan huquqi yuzaga kelgan (tugatilgan) shaxslarni koʻrsatgan holda yer uchastkasiga nisbatan huquq berilganligi (tugatilganligi) hamda qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati toʻgʻrisida yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshiruvchi va (yoki) yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga yer qaʼri uchastkasi joylashgan yer hamda mazkur yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi berilgan shaxs toʻgʻrisidagi axborotni yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi roʻyxatdan oʻtkazilgan (hisobga olingan) kundan eʼtiboran oʻn kun ichida maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Banklar yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga faqat ular davlat soliq xizmatining tegishli organida hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgan taqdirda bank hisobvaraqlari ochishi mumkin va hisobvaraqlar ochilganligi toʻgʻrisida oʻsha organga keyingi kundan kechiktirmay maʼlum qilishi shart. Qonunda nazarda tutilgan hollarda banklar davlat soliq xizmati organlariga boshqa maʼlumotlarni ham taqdim etadi.
Bojxona organlari har oyda eksport-import operatsiyalari, shuningdek tovarlar harakati haqidagi maʼlumotni davlat soliq xizmati organlariga maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibi ushbu moddada nazarda tutilgan organlar bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(84-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2355, 26.04.2012-y.).
14-bob. Soliq tekshiruvlari
85-modda. Soliq tekshiruvi tushunchasi va shakllari
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir.
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining uchinchi qismi.
Soliq tekshiruvi soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi.
Soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida soliq toʻlovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarini oʻrganish va taqqoslashdir.
Qisqa muddatli tekshiruv soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish bilan bogʻliq boʻlmagan, uning ayrim operatsiyalarining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiruvidir.
86-modda. Soliq tekshiruvlarining turlari
Soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
rejali soliq tekshiruvi;
rejadan tashqari soliq tekshiruvi;
muqobil tekshiruv.
Soliq toʻlovchi moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvi (taftishi) — tekshiruvlarni amalga oshirishning nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejasi asosida oʻtkaziladigan tekshiruvdir.
Soliq toʻlovchi moliya-xoʻjalik faoliyatining rejadan tashqari soliq tekshiruvi (taftishi) quyidagi hollarda oʻtkaziladigan tekshiruvdir:
yuridik shaxs tugatilayotganda;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlaridan kelib chiquvchi tekshiruvlarni oʻtkazish zarur boʻlganda;
davlat soliq xizmati organiga soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari soliq toʻlovchi tomonidan buzilganligi hollari haqida qoʻshimcha maʼlumotlar tushganda.
Muqobil tekshiruv — operatsiyalar birligi tufayli oʻzaro bogʻlangan va turli soliq toʻlovchilarda boʻlgan hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruvdir.
Muqobil tekshiruv uchinchi shaxslarga nisbatan, agar soliq tekshiruvlari oʻtkazilayotganda davlat soliq xizmati organida mazkur shaxslar bilan bogʻliq boʻlgan, soliq toʻlovchi oʻtkazgan operatsiyalar soliq boʻyicha hisobga olishda toʻgʻri aks ettirilganligi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish zaruriyati kelib chiqsa, oʻtkaziladi.
Qisqa muddatli tekshiruvlar rejadan tashqari soliq tekshiruvi tarzida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
87-modda. Soliq tekshiruvlarining ishtirokchilari
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq toʻlovchi soliq tekshiruvlarining ishtirokchilaridir. Soliq tekshiruvlarida soliq toʻlovchining vakili ishtirok etishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 13-moddasi birinchi, uchinchi qismlari.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq tekshiruviga soliq tekshiruvi natijasidan manfaatdor boʻlmagan ekspert, tarjimon va xolislar jalb etilishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 97 — 99-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining aʼzosi boʻlgan soliq toʻlovchilarning soliq tekshiruvida uning vakillari ishtirok etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
88-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun asos
Rejali soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasidan olingan, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi tomonidan berilgan koʻchirma. Bunda koʻchirma uning asliga toʻgʻri ekanligi koʻrsatilgan holda tegishli imzo va muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim;
tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasi asosida davlat soliq xizmati organining tekshiruvni maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr va tekshiruv oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, rejadan tashqari soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
(88-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-sentabrdagi OʻRQ-256-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning tekshiriladigan obyektning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, tekshiriladigan davr (taftish uchun), tekshiruv oʻtkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar koʻrsatilgan tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori;
(88-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organining nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ qarori asosida chiqargan tekshiruvni oʻtkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr koʻrsatilgan holdagi buyrugʻi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimlar, ijara haqi toʻliq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar oʻtkazish uchun davlat soliq xizmati organlarining qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmasi boshligʻining tekshiruv oʻtkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi koʻrsatilgan buyrugʻi asos boʻladi. Davlat soliq xizmati organlarining qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmasi nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organni yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasini oʻtkazilgan qisqa muddatli tekshiruv toʻgʻrisida tekshiruv oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida xabardor qiladi.
(88-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-sentabrdagi OʻRQ-256-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Muqobil tekshiruv oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning tekshiriladigan obyektning nomi, tekshiruv oʻtkazish maqsadlari, muddatlari, shuningdek oʻzaro munosabatlarning tekshirilishi lozim boʻlgan predmeti koʻrsatilgan holdagi muqobil tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori;
davlat soliq xizmati organining nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ qarori asosida chiqargan tekshiruvni oʻtkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi koʻrsatilgan holdagi buyrugʻi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tugatilayotgan yuridik shaxsni rejadan tashqari soliq tekshiruvidan oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning yuridik shaxs tugatilishi toʻgʻrisidagi yozma bildirishi;
(88-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
davlat soliq xizmati organining tekshiruv maqsadlari, tekshiruv oʻtkaziladigan muddatlar va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi koʻrsatilgan buyrugʻi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
89-modda. Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish muddatlari
Soliq tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻttiz kalendar kunidan oshmasligi kerak. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori bilan uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq tekshiruvi muddatlarini uzaytirish davlat soliq xizmati organining qoʻshimcha buyrugʻi bilan rasmiylashtirilib, unda oldingi buyruqning roʻyxatdan oʻtkazish raqami hamda sanasi, tekshiruv oʻtkazishga ilgari jalb qilingan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak.
Qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazish muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
90-modda. Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish davriyligi
Soliq toʻlovchilar moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) bir yilda koʻpi bilan bir marta, belgilangan normalar va qoidalarga oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda rioya etayotgan soliq toʻlovchilar moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari esa, ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklari moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) toʻrt yilda koʻpi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) esa, uch yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yilda rejali soliq tekshiruvlaridan oʻtkazilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
91-modda. Soliq tekshiruvlarini oʻtkazishga doir qoʻshimcha shartlar
Soliq tekshiruvlari faqat ushbu Kodeksning 88-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq tekshiruvi oʻtkazilishi soliq toʻlovchining faoliyatini toʻxtatib qoʻymasligi kerak, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan boshqa tumanlarda (shaharlarda) davlat roʻyxatidan oʻtgan tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari oʻtkazish, ularning ishlab chiqarish binolari, savdo nuqtalari va xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish) joyi qayerda joylashganligidan qatʼi nazar, takrorlashga yoʻl qoʻyilmagan holda, tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi tegishli davlat soliq xizmati organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan soliq tekshiruvi oʻtkazish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvini oʻtkazish dasturida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
soliq tekshiruvi oʻtkazilayotganda oʻrganiladigan masala yoki masalalar doirasi;
soliq tekshiruvi soliq toʻgʻrisidagi qaysi qonun hujjatlariga rioya etilishini oʻrganish uchun oʻtkaziladigan boʻlsa, shu qonun hujjatlarining roʻyxati;
tekshiruv turidan kelib chiqqan holda boshqa maʼlumotlar.
Soliq tekshiruvini oʻtkazish dasturini tuzish qoidalari nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Muqobil tekshiruv tekshirilayotgan soliq toʻlovchi bilan faqat oʻzaro munosabatlarga taalluqli qism yuzasidan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Muqobil tekshiruvlar oʻtkazilayotganda soliq toʻlovchilarning huzuriga kirish va ulardan tekshiruv predmetiga taalluqli boʻlmagan moliya-buxgalteriya hujjatlarini yoki boshqa hujjatlarni talab qilib olish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq tekshiruvi soliq toʻlovchining tekshiruv oʻtkazilayotgan yildan bevosita oldingi koʻpi bilan besh kalendar yildagi faoliyatini qamrab olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq tekshiruvlari oʻtkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq toʻlovchining hududi va joylarini tekshirishga, mol-mulkni inventarizatsiya qilishga, hujjatlarni talab qilib olishga, hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyishga, soliq toʻlovchidan, shuningdek soliq toʻlovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olishga, bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish choralarini koʻrishga, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlashga, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilishga, ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqlidir.
Soliq tekshiruvlari oʻtkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq toʻlovchi tomonidan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
15-bob. Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi
92-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazishning boshlanishi. Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvi oʻtkaziladigan hududga va joyga kirishi
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi soliq tekshiruvini oʻtkazishni boshlashdan oldin, naqd pul tushumlariga taalluqli masalalar yuzasidan qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazilayotganda esa soliq tekshiruvi tugallanguniga qadar:
soliq toʻlovchini soliq tekshiruvining maqsadi bilan tanishtirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz xizmat guvohnomasini, shuningdek tekshirishlarni oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasini koʻrsatishi
(92-modda birinchi qismining uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasning birinchi, ikkinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisida”gi namunaviy nizom, “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2070, 20.01.2010-y.).
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni qayd etish daftarini toʻldirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
soliq toʻlovchiga xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasidan koʻchirma nusxasini yoki nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning rejadan tashqari soliq tekshiruvi yoki muqobil tekshiruv (ushbu Kodeks 88-moddasining uchinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra rejadan tashqari oʻtkaziladigan tekshiruv bundan mustasno) oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori koʻchirma nusxasini, shuningdek davlat soliq xizmati organining tegishli soliq tekshiruvi tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻining hamda soliq tekshiruvini oʻtkazish dasturining koʻchirma nusxalarini topshirib, tilxat olishi shart.
(92-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-sentabrdagi OʻRQ-256-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlar soliq toʻlovchiga topshirilgan payt soliq tekshiruvini oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. Soliq toʻlovchining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi soliq tekshiruvini bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Soliq toʻlovchi mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsi tomonidan uning oʻzi va soliq toʻlovchi imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Soliq toʻlovchi ushbu dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bunday holda dalolatnoma imzolangan payt soliq tekshiruvini oʻtkazishning boshlanishi hisoblanadi.
Soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxslarini soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun hududga va joylarga qoʻyishi shart, ushbu moddaning toʻrtinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun hududga va joylarga qoʻymaslikka haqli, agar:
ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlar topshirilmagan yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi ularni olishdan bosh tortgan hollar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilmagan, oʻz xizmat guvohnomasini va tekshirishlarni oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasini koʻrsatmagan boʻlsa;
(92-moddaning toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
soliq tekshiruvini oʻtkazishning buyruqda koʻrsatilgan muddatlari boshlanmagan yoki oʻtib ketgan boʻlsa;
tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvlarni qayd etish daftarini toʻldirishdan bosh tortsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsiga soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun hududga va joylarga kirishiga toʻsqinlik qilinganda, uning oʻzi va soliq toʻlovchi tomonidan imzolanadigan dalolatnoma tuziladi. Soliq toʻlovchi mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxslariga soliq toʻlovchining hududiga va joyiga (turar joy binolari bundan mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilganlik, xuddi shuningdek davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlikka tortilganlik soliq tekshiruvini bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining qonunda belgilangan hollardan yoki sud qarori asosida amalga oshiriladigan hollardan boshqa hollarda turar joylarga ularda yashovchi jismoniy shaxslarning xohish-irodasidan tashqari yoki unga qarshi tarzda kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
93-modda. Hududlar va joylarni koʻzdan kechirish. Mol-mulkni inventarizatsiyadan oʻtkazish
Soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari, zarurat boʻlganda, soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish obyektlari bilan bogʻliq hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini hamda boshqa binolar, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirishi, shuningdek soliq toʻlovchining mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazishi mumkin. Koʻzdan kechirish oʻtkazilayotganda soliq tekshiruvi qaysi shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs yoki uning vakili qatnashishga haqli. Koʻzdan kechirish oʻtkazilayotganda zarur hollarda foto va kinosuratga olinishi, videoyozuvga tushirilishi, hujjatlardan koʻchirma nusxalar olinishi mumkin, bu haqda bayonnomada koʻrsatiladi. Koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksning 100-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda bayonnoma tuziladi.
Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish vaqtida mol-mulkni inventarizatsiyadan oʻtkazish buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
94-modda. Hujjatlarni talab qilib olish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxslari tekshirilayotgan soliq toʻlovchidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash bilan bogʻliq, tekshiruv maqsadlariga tegishli va tekshirilayotgan davrga taalluqli hujjatlarni talab qilib olishga haqli.
(94-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Soliq toʻlovchi talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda, soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi ushbu Kodeksning 95-moddasida nazarda tutilgan tartibda zarur hujjatlarni olib qoʻyishni amalga oshiradi.
95-modda. Hujjatlarni va predmetlarni olib qoʻyish
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar va huquqbuzarlik predmetlari soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida olib qoʻyilishi mumkin, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar va predmetlar bundan mustasno.
Soliq toʻlovchining faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatlar va predmetlarni tungi vaqtda — soat 23-00 dan 6-00 gacha — olib qoʻyish man etiladi.
Soliq tekshiruviga taalluqli boʻlmagan hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish man etiladi.
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish boshlanguniga qadar olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxsga hujjatlarni va predmetlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadi hamda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlari va predmetlari olib qoʻyilayotgan shaxsga ularni ixtiyoriy ravishda topshirishni taklif etadi, u bosh tortgan taqdirda esa majburan olib qoʻyish choralarini koʻradi.
Hujjatlarni va predmetlarni olib qoʻyish soliq toʻlovchi ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatlarni va predmetlarni majburan olib qoʻyish xolislar hamda soliq toʻlovchi ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda olib qoʻyilayotgan barcha hujjatlar va predmetlar xolislarga hamda olib qoʻyishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga koʻrsatiladi.
Hujjatlar asl nusxa yoki soliq toʻlovchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan koʻchirma nusxalar koʻrinishida olib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchi hujjatlari koʻchirma nusxalarining olib qoʻyilishi soliq nazoratini amalga oshirish uchun yetarli boʻlmagan hollarda hamda davlat soliq xizmati organlarida hujjatlarning asl nusxalari yoʻq qilinishi, yashirilishi, tuzatilishi yoki almashtirilishiga yetarli asoslar boʻlgan hollarda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlarning asl nusxasini olib qoʻyishga haqli. Hujjatlarning asl nusxalari olib qoʻyilayotganda ulardan koʻchirma nusxalar tayyorlanadi, bu nusxalar davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va kimdan olib qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga beriladi. Hujjatlarni olib qoʻyish bilan bir vaqtning oʻzida ulardan koʻchirma nusxa tayyorlash yoki tayyorlangan koʻchirma nusxalarni berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi ularni hujjatlari olib qoʻyilgan shaxsga olib qoʻyilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida beradi. Qolgan hollarda soliq toʻlovchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan hujjatlarning koʻchirma nusxalari olib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish ushbu Kodeksning 100-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan roʻyxatlarda hujjatlar va predmetlarning nomi, miqdori hamda alohida belgilari, imkoni boʻlganda esa predmetlarning qiymati koʻrsatilgan holda sanab oʻtilishi va tavsiflanishi lozim.
Hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan biri hujjatlar va predmetlar kimdan olib qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga topshirilib, tilxat olinadi. Bayonnomani qabul qilishdan bosh tortilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda bayonnomaning bir nusxasi hujjatlari va predmetlari olib qoʻyilgan shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u joʻnatilgan kundan eʼtiboran uch kun oʻtganidan soʻng topshirilgan hisoblanadi.
96-modda. Soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish aniqlangan hollar bundan mustasno. Soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini toʻxtatib turish quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organlarining qarorlari asosida ham amalga oshirilishi mumkin:
soliq va (yoki) moliyaviy hisobot uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin oʻn besh kun ichida soliq toʻlovchi — yuridik shaxs tomonidan taqdim etilmaganda;
soliq toʻlovchi — yuridik shaxs koʻrsatilgan manzilda boʻlmaganda.
Soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoxud davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlar, binolar, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun kirishi rad etilgan hollarda davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
(96-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
97-modda. Ekspertiza
Zarur hollarda, soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda ishtirok etish uchun ekspert jalb etilishi va ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun fan, sanʼat, texnika va boshqa sohalar boʻyicha maxsus bilim talab etilgan taqdirda ekspertiza tayinlanadi.
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror tekshiruv oʻtkazayotgan mansabdor shaxsning iltimosnomasi asosida davlat soliq xizmati organining rahbari tomonidan qabul qilinadi. Qarorda ekspertizani tayinlash uchun asoslar, ekspertiza oʻtkazishi kerak boʻlgan tashkilotning nomi yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ekspert oldiga qoʻyilgan masalalar va ekspert ixtiyoriga beriladigan materiallar koʻrsatiladi.
Shaxsni ekspert sifatida jalb etish davlat soliq xizmati organi va ekspert oʻrtasida ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
Ekspert ekspertiza predmetiga taalluqli soliq tekshiruvi materiallari bilan tanishishga, oʻziga qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga haqli.
Ekspert, agar unga berilgan materiallar yetarli boʻlmasa, xulosa berishni rad etishi mumkin.
Ekspert xulosani oʻz nomidan yozma shaklda beradi. Ekspert xulosasida uning oʻzi oʻtkazgan tekshirishlar, shu tekshirishlar natijasida qilingan xulosalar hamda oʻrtaga qoʻyilgan masalalarga asoslantirilgan javoblar bayon etiladi.
Ekspertning xulosasi yoki uning xulosa berish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisidagi xabari tekshirilayotgan shaxsga taqdim etiladi, mazkur shaxs oʻz tushuntirishlarini berish va eʼtirozlar bildirish, shuningdek ekspertning oldiga qoʻshimcha masalalar qoʻyish va qoʻshimcha yoki takroriy ekspertiza tayinlashni soʻrash huquqiga ega.
Qoʻshimcha ekspertiza xulosa yetarlicha aniq yoki toʻliq boʻlmagan taqdirda tayinlanadi va oʻsha ekspertning oʻziga yoki boshqasiga topshiriladi.
Takroriy ekspertiza ekspertning xulosasi asoslanmagan yoki uning toʻgʻriligiga shubha boʻlgan taqdirda tayinlanadi va boshqa ekspertga topshiriladi.
Qoʻshimcha va takroriy ekspertiza ushbu moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tayinlanadi.
98-modda. Tarjimonning ishtiroki
Zarur hollarda soliq tekshiruvida ishtirok etish uchun tarjimon jalb etilishi mumkin.
Ishning natijasidan manfaatdor boʻlmagan, tarjima qilish uchun zarur darajada til biladigan yoxud kar yoki soqov jismoniy shaxsning imo-ishoralarini tushunadigan shaxs tarjimondir.
Tarjimon uni tarjimonlikka tayinlagan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining chaqiruviga binoan hozir boʻlishi va oʻziga topshirilgan tarjimani aniq bajarishi shart.
Tarjimonni jalb etish davlat soliq xizmati organi va tarjimon oʻrtasida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
99-modda. Xolislar ishtiroki
Soliq tekshiruvi doirasidagi harakatlar amalga oshirilayotganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda xolislar jalb etiladi.
Qarang: mazkur Kodeks 95-moddasining sakkizinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 21-bandining birinchi xatboshisi.
Soliq tekshiruvining natijasidan manfaatdor boʻlmagan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etilishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining xolislar sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 21-bandining sakkizinchi xatboshisi.
Xolislar oʻz ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning holati, mazmuni va natijalarini bayonnomada tasdiqlashlari shart. Ular sodir etilgan harakatlar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bayon etishga haqli, bu fikr-mulohaza bayonnomaga kiritib qoʻyilishi kerak.
100-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazish doirasida harakatlar amalga oshirilganda tuziladigan bayonnomaga qoʻyiladigan talablar
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq tekshiruvi doirasida harakatlar amalga oshirilganda bayonnoma tuziladi. Bayonnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
1) tekshirilayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
2) tekshiruvni oʻtkazish asoslari, turi va davri;
3) muayyan harakat bajarilgan sana va joy;
4) harakat boshlangan va tugallangan vaqt;
5) bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
6) harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etgan va (yoki) hozir boʻlgan har bir shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, zarur hollarda esa uning manzili;
7) harakatning mazmun-mohiyati, uni oʻtkazish izchilligi;
8) soliq tekshiruvi paytida aniqlangan faktlar va holatlar.
Harakatlarning amalga oshirilishida ishtirok etgan va (yoki) hozir boʻlgan barcha shaxslar bayonnomani oʻqib chiqadilar. Mazkur shaxslar oʻz fikr-mulohazalarini bayon etishga haqli va bu fikr-mulohazalar bayonnomaga kiritilishi yoki soliq tekshiruvi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi lozim. Bayonnoma davlat soliq xizmati organining bayonnomani tuzgan mansabdor shaxsi, shuningdek harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etgan va (yoki) hozir boʻlgan shaxslar tomonidan imzolanadi. Bayonnomaga fotosuratlar va negativlar, kinolentalar, videoyozuvlar hamda harakatlar amalga oshirilganda bajarilgan boshqa materiallar ilova qilinishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeks 93-moddasining birinchi qismi, 95-moddasining 11-12-qismlari, 99-moddasining toʻrtinchi qismi, 101-moddasining sakkizinchi qismi.
101-modda. Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha quyidagilar koʻrsatilgan holda soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilishi kerak:
1) tekshiruv oʻtkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana;
2) tekshiruv oʻtkazish uchun asos;
3) tekshiruv turi va uni oʻtkazish davri;
4) davlat soliq xizmati organining tekshiruvni oʻtkazgan mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
5) yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
6) yuridik shaxsning toʻliq nomi, tekshiruv davrida rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi yuritish vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
7) soliq toʻlovchining joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek uning identifikatsiya raqami;
8) ilgarigi tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
9) tekshirilayotgan soliq davri va tekshiruv oʻtkazish uchun soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar;
10) soliq sohasidagi huquqbuzarlikning (u mavjud boʻlganda) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola etilgan holdagi mufassal tavsifi;
11) tekshiruv natijalari boʻyicha fikrlar va xulosalar.
Agar soliq tekshiruvi tugallanganida soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan boʻlmasa, bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasida qayd etiladi.
Soliq tekshiruvi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi.
Soliq tekshiruvi dalolatnomasining barcha nusxalari davlat soliq xizmati organlarining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq toʻlovchiga topshiriladi. Soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olganda dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻyishi shart. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Soliq toʻlovchining soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq tekshiruvi natijalaridan rozi ekanligini anglatmaydi.
Soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Mazkur holda soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq toʻlovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u joʻnatilgan kundan eʼtiboran uch kun oʻtgach, soliq toʻlovchiga topshirilgan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq tekshiruvi dalolatnomasi soliq toʻlovchiga topshirilgan kun soliq tekshiruvi tugallangan kun hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun asos boʻlgan, ushbu Kodeksning 88-moddasida koʻrsatilgan hujjatlarning nusxalari, soliq tekshiruvi doirasida sodir etilgan harakatlar toʻgʻrisidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, ekspertlarning xulosasi, soliq tekshiruvi oʻtkazish paytida olingan materiallar, shuningdek soliq tekshiruvi doirasida harakatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar soliq tekshiruvi dalolatnomasiga qoʻshib qoʻyilishi lozim.
Soliq tekshiruvi materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilagan tartibga binoan soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organida soliq tekshiruvi tugallangan kundan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 28, 28.1-bandlari.
102-modda. Soliq tekshiruvi materiallarining davlat soliq xizmati organi tomonidan koʻrib chiqilishi
Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan soliq tekshiruvi tugagan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni oʻtgach, biroq oʻn besh ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 29-bandi.
Soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilayotganda hisoblangan yoki ortiqcha toʻlangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar miqdori, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi alomatlari mavjudligi, qoʻllanilayotgan moliyaviy sanksiyalarning miqdori va xususiyati, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar, maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligi, shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar aniqlanadi.
Soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilayotganda bayonnoma yuritilib, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
1) soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish sanasi va joyi;
2) soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek lavozimi;
3) soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning hozir boʻlganligiga oid maʼlumotlar;
4) koʻrib chiqilayotgan soliq tekshiruvi materiallari;
5) soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, iltimosnomalari va ularni koʻrib chiqish natijalari;
6) soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishda oʻrganilgan hujjatlar;
7) soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish jarayoni haqidagi boshqa maʼlumotlar.
Soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish bayonnomasi soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqqan mansabdor shaxs, shuningdek ularni koʻrib chiqishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi.
Soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi boʻyicha oʻzining yozma tushuntirishlarini yoki eʼtirozlarini soliq tekshiruvi tugagan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida taqdim etishga haqli. Mazkur holda soliq tekshiruvi materiallari soliq toʻlovchining mansabdor shaxslari ishtirokida koʻrib chiqiladi. Davlat soliq xizmati organi tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida soliq toʻlovchini koʻrib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi.
Agar soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishga uzrli sabablarga koʻra kela olmasligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organini xabardor qilgan boʻlsa, davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishni uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, bu haqda soliq toʻlovchi xabardor qilinadi. Agar soliq toʻlovchi takroriy xabarnomaga qaramasdan soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishga kelmasa, mazkur materiallar, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar va eʼtirozlar uning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari soliq toʻlovchining ishtirokida koʻrib chiqilganda bayonnoma soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqqan mansabdor shaxs, soliq toʻlovchi, shuningdek ularni koʻrib chiqishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Soliq toʻlovchi bayonnomani imzolashdan bosh tortganda yoxud soliq tekshiruvi materiallari uning ishtirokisiz koʻrib chiqilganda bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari soliq toʻlovchining ishtirokida koʻrib chiqilganda bayonnoma uch nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi soliq toʻlovchiga beriladi. Soliq toʻlovchi bayonnomani olganda bayonnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻyishi shart. Soliq toʻlovchi bayonnomani olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish bayonnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan barcha nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
103-modda. Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori
Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilganidan keyin besh ish kunidan kechiktirmasdan quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi:
soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlarni va penyani hisoblashni yoki buni rad etishni;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortishni yoki buni rad etishni.
(103-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:
1) hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, penya, shuningdek qoʻllanilgan jarima summasi;
2) oʻtkazilgan tekshiruvda aniqlangan soliq toʻlovchi tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlari, mazkur holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa maʼlumotlar;
3) soliq toʻlovchini soliqqa oid muayyan huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi, ushbu Kodeksning muayyan huquqbuzarlikni va qoʻllaniladigan javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi moddalari koʻrsatilgan qaror;
4) ushbu Kodeks 104-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etish hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penyani toʻlash muddati;
5) soliq toʻlovchi belgilangan muddatlarda soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etgan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penyani toʻlagan taqdirda, uning jarima toʻlashdan ozod etilish huquqi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 30-bandi birinchi xatboshisi.
Davlat soliq xizmati organining soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qarori ushbu Kodeksning IV boʻlimi normalariga rioya etilgan holda qabul qilinishi lozim.
Soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda qarorning nusxasi tilxat olish orqali yoki soliq toʻlovchi tomonidan olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali soliq toʻlovchiga topshiriladi. Agar soliq toʻlovchiga qaror nusxasini topshirishning imkoni boʻlmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan joʻnatiladi va joʻnatilganidan eʼtiboran uch kun oʻtgach, topshirilgan hisoblanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 30-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
104-modda. Soliq toʻlovchi tomonidan davlat soliq xizmati organining qarorini bajarish
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchi, agar ushbu Kodeks 54-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat soliq xizmati organi qarorining koʻchirma nusxasi olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qarorda koʻrsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etishi hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penya summasini toʻlashi shart.
(104-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda soliqqa oid huquqbuzarliklar bartaraf etilgan hamda hisoblangan soliqlar, majburiy toʻlovlar va penya summasi toʻlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organi qarorining soliq toʻlovchiga nisbatan qoʻllaniladigan jarima qismi bekor qilingan hisoblanadi. Mazkur norma tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni yashirish (kamaytirish) va kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanilish tartibini buzish, shuningdek litsenziyasiz faoliyat bilan shugʻullanish hollariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penya summasi toʻlanmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi ushbu Kodeksning 62—65-moddalariga muvofiq soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penyani majburiy ravishda undirish choralarini koʻradi, shuningdek soliq toʻlovchiga nisbatan jarima qoʻllash toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 31-bandi.
Agar davlat soliq xizmati organining qarori budjetga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning tushmasligiga olib kelmagan soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun soliq toʻlovchiga nisbatan jarima qoʻllanilishini nazarda tutsa, soliq toʻlovchi qaror nusxasini olgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga mazkur huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va ixtiyoriy ravishda jarima toʻlashi toʻgʻrisida yoki uni rad etishi toʻgʻrisida yozma bildirish taqdim etishi (yuborishi) shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchi soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlikdagi aybini tan olgan taqdirda, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddatda davlat soliq xizmati organiga jarimani (aniq muddatni koʻrsatgan holda) ixtiyoriy ravishda toʻlash uchun zarur boʻlgan muddat berish toʻgʻrisida murojaat qiladi. Jarima qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari arizani olgan kundan eʼtiboran ikki ish kunidan kechiktirmasdan soliq toʻlovchi tomonidan soʻralgan muddatni berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Muddat jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlash uchun muddat berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan, ushbu Kodeks 54-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa olti oydan oshmasligi kerak. Mazkur qarorning nusxasi soliq toʻlovchiga tilxat olish orqali yoki soliq toʻlovchi qaror nusxasini olgan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali topshiriladi. Agar soliq toʻlovchiga qarorning nusxasini bunday usullar orqali topshirish imkoni boʻlmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan joʻnatiladi va joʻnatilganidan uch kun oʻtgach, topshirilgan hisoblanadi.
(104-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 33-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq soliq toʻlovchi sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlash toʻgʻrisidagi yoki uni rad etganligi toʻgʻrisidagi yozma bildirishni taqdim etmagan yoxud rad etganligi toʻgʻrisida yozma bildirish taqdim etgan taqdirda, shuningdek ushbu moddaning beshinchi qismiga muvofiq berilgan muddat ichida jarima toʻlanmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchiga nisbatan jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ushbu bob qoidalariga rioya etmaganligi davlat soliq xizmati organining qarori davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan bekor qilinishi yoki mazkur qarorning sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi uchun asos boʻlishi mumkin.
(104-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
105-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazishda gʻayriqonuniy harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik
Soliq tekshiruvini oʻtkazishda soliq toʻlovchiga yoxud uning egaligida, foydalanishida yoki tasarrufida boʻlgan mol-mulkka gʻayriqonuniy harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Soliq tekshiruvini oʻtkazishda davlat soliq xizmati organlari yoki ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari orqali yetkazilgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning oʻrni davlat soliq xizmati organlari tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi kerak. Sud qaroriga binoan zararlarning oʻrnini qoplash davlat soliq xizmati organlari qaysi mansabdor shaxslarining aybi bilan zarar yetkazilgan boʻlsa, oʻsha mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlari va ularning mansabdor shaxslari gʻayriqonuniy harakatlar sodir etganligi natijasida soliq toʻlovchiga yetkazilgan zarar uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 985-moddalari.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy harakatlari orqali soliq toʻlovchiga yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
IV BOʻLIM. SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIK UCHUN JAVOBGARLIK
16-bob. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
106-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi
Soliq toʻlovchining ushbu Kodeksda javobgarlik belgilangan gʻayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb eʼtirof etiladi.
107-modda. Jismoniy shaxslarning javobgarligi
Jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarligi oʻn olti yoshdan boshlab vujudga keladi.
108-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortishning umumiy shartlari
Hech kim soliqqa oid huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan boshqa asoslar boʻyicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Qarang: mazkur Kodeksning 106 — 121-moddalari.
Hech kim soliqqa oid sodir etilgan aynan bitta huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 24-bandi.
Agar jismoniy shaxs sodir etgan soliqqa oid huquqbuzarlikda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari boʻlmasa, bu huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan javobgarlik kelib chiqadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 8-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 2 — 7, 10, 13, 14-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 25-bandining ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiyalar yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda qoʻllaniladi.
(108-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: mazkur Kodeksning 112-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 25-bandi.
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, uning mansabdor shaxslarini maʼmuriy, jinoiy va boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 174, 175, 1753, 2153-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 30-maydagi 8-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisi.
Soliq toʻlovchining soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilishi uni soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatidan ozod etmaydi.
Shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga qadar u soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortilayotgan shaxs oʻzining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikda aybsiz ekanligini isbotlashi shart emas.
Soliq toʻlovchi soliqqa oid bir necha huquqbuzarliklar sodir etgan taqdirda, moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlikka nisbatan alohida-alohida qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan shaxs moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida xuddi shunday huquqbuzarlikni takroran sodir etmagan boʻlsa, u moliyaviy sanksiyalarga tortilmagan hisoblanadi.
109-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikdan ozod qilish
Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi faktining yoʻqligi;
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yoʻqligi.
Qarang: mazkur Kodeks 110-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 26-bandining birinchi — uchinchi xatboshilari.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa holatlar ham mavjud boʻlgan taqdirda, shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Qarang: mazkur Kodeks 110-moddasining ikkinchi qismi.
Soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi oʻtkazilguniga qadar xatoni oʻzi tuzatgan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi, penya toʻlash bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
110-modda. Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini va uni javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar
(110-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari boʻlgan qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar oqibatida sodir etilganligi (mazkur holatlar hammaga maʼlum faktlarning mavjudligi, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan maʼlumotlar va isbotlash uchun maxsus vositalar talab etilmaydigan boshqa usullar bilan belgilanadi);
soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari boʻlgan qilmish bunday qilmish sodir etilgan paytda kasallik oqibatida oʻz harakatlarini oʻzi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan holatda boʻlgan (mazkur holatlar mazmuni, mohiyati va sanasi boʻyicha soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan oʻsha soliq davriga taalluqli boʻlgan hujjatlarni taqdim etish orqali isbotlanadi) jismoniy shaxs — soliq toʻlovchi tomonidan sodir etilganda;
vakolatli organlar yoki ular mansabdor shaxslarining soliqqa oid qonun hujjatlarining qoʻllanilishi masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida bergan yozma tushuntirishlari soliq toʻlovchi tomonidan bajarilganda (mazkur holatlar ushbu organlarning tegishli hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda belgilanadi, ushbu hujjatlar maʼnosi va mazmuniga koʻra, hujjatlar qabul qilingan sanadan qatʼi nazar, soliqqa oid huquqbuzarlik yuz bergan soliq davriga taalluqli boʻlishi lozim).
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
huquqbuzarlik sodir etish vaqtida oʻn olti yoshga toʻlmagan jismoniy shaxs tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda;
soliq majburiyatlari boʻyicha daʼvo muddatlari tugaganda.
Qarang: mazkur Kodeksning 38-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7-bandi, 26-bandining toʻrtinchi xatboshi.
111-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
ogʻir shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar kechishi oqibatida huquqbuzarlik sodir etish;
tahdid yoki majburlash taʼsirida yoxud moddiy, xizmat yoki boshqa jihatdan qaramlik sababli huquqbuzarlik sodir etish;
sud tomonidan javobgarlikni yengillashtiruvchi deb topilishi mumkin boʻlgan boshqa holatlar.
Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holat deb eʼtirof etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 43-bandi.
112-modda. Moliyaviy sanksiyalar va ularni qoʻllash tartibi
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi boʻlib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida qoʻllaniladi.
Qarang: Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1724, 09.10.2007-y.).
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga — soliq toʻlovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qoʻllaniladi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq toʻlovchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollar bundan mustasno.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 35-bandi.
Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar faqat sud tartibida qoʻllaniladi, penya hisoblash hollari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penya materiallar sudga berilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda tadbirkorlik subyekti — soliq toʻlovchi oʻziga nisbatan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlamaganligi uchun jarimalar qoʻllanilishidan ozod qilinadi.
17-bob. Soliqqa oid huquqbuzarliklarning turlari hamda ularni sodir etganlik uchun javobgarlik
113-modda. Davlat soliq xizmati organida hisobga turishdan boʻyin tovlash
Soliq toʻlovchining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining, bundan bir vaqtning oʻzida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qoʻyilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan soliq toʻlovchilar mustasno, davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan boʻyin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi:
agar faoliyat koʻpi bilan oʻttiz kun amalga oshirilgan boʻlsa, — eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan sof tushumning oʻn foizidan kam boʻlmagan miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
agar faoliyat oʻttiz kundan ortiq amalga oshirilgan boʻlsa, — eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan sof tushumning ellik foizidan kam boʻlmagan miqdorda.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining davlat soliq xizmati organida obyektlar boʻyicha hisobga turishdan boʻyin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi:
agar hisobga turish boʻyicha belgilangan muddatdan koʻpi bilan oʻttiz kun oʻtgan boʻlsa, — eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
agar hisobga turish boʻyicha belgilangan muddatdan oʻttiz kundan ortiq oʻtgan boʻlsa, — eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida.
(113-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
114-modda. Kirim qilinmagan tovarlarni saqlash yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib koʻrsatish)
Kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlarni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) —
kirim qilinmagan tovar qiymati yoki yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) tushum summasiga teng miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) tushum summasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish maqsadida hisobga olinmaydi hamda mazkur soliqqa oid huquqbuzarlik yuzasidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Ushbu moddani qoʻllash maqsadlari uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi hollari hujjat bilan tasdiqlanganda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasining hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarning almashtirilganligi, soxtalashtirilganligi yoki yoʻq qilinganligi;
hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi.
Keyingi tahrirga qarang.
115-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchi — jismoniy shaxsga yoki soliq toʻlovchining mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoki kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlar asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaganlik—
(115-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun bir foiz miqdorida, biroq belgilangan toʻlov muddatida toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdoridan tegishli hisobot davri uchun ilgari hisoblangan toʻlovlar chegirib tashlangan summaning oʻn foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
116-modda. Buxgalteriya hisobini yuritish tartibini buzish
Buxgalteriya hisobining yoʻqligi yoki buxgalteriya hisobini belgilangan tartibni buzgan holda yuritganlik, hisoblanishi lozim boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlab boʻlmasligiga olib kelganda —
yuridik shaxs — soliq toʻlovchiga nisbatan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning miqdorini aniqlash imkoniyati boʻlmagan davrda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum miqdorining bir foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Jarimani toʻlaganlik soliq toʻlovchini buxgalteriya hisobini tiklash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
117-modda. Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanish
Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanish —
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyatning ushbu turlarini litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish davrida olingan sof foyda miqdorida, biroq eng kam ish haqining ellik baravaridan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(117-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
118-modda. Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinmaydigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik—
(118-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Bunda mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan soliq summasini budjetga toʻlashi shart.
(118-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchilarga nisbatan jarima solish qoʻllanilmaydi va ular qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha budjet bilan qayta hisob-kitob qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
119-modda. Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan va toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanish tartibini buzish
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini ishlatish majburiy boʻlgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish majburiy boʻlgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʻrsatganlik —
eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda —
eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik yoki fiskal xotirasining xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, shuningdek plastik kartochkalar asosida toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik—
eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda —
eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(119-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamsining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 40 — 40.3-bandlari.
120-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatlarini buzish
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatlarini buzish —
toʻlovning belgilangan muddatidan keyingi kundan eʼtiboran muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun, toʻlov kuni ham shunga kiradi, 0,05 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab boʻladi. Bunda boshqa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summaga teng boʻlgan qarz summasiga penya hisoblanmaydi. Penya miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasidan oshib ketishi mumkin emas. Penya undirilishi soliq toʻlovchini soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. Yuridik shaxs — tadbirkorlik subyekti ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan eʼtiboran barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penyalar hisoblash toʻxtatiladi. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qayta boshlangan taqdirda, penya belgilangan tartibda qoʻshib hisoblanadi hamda hisoblashlar toʻxtatib turilgan butun davr uchun undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
121-modda. Yer uchastkalaridan ularga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz foydalanish
Yer uchastkalaridan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish yer soligʻining summasiga ekvivalent miqdorda:
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslarga — ikki baravari miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarga — bir yarim baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 33-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
18-bob. Davlat soliq xizmati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari va harakatsizligi ustidan shikoyat berish
122-modda. Shikoyat berish huquqi
Har bir soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berish uchun davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga (yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga) yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 27-bobi (“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan shikoyatlar”), Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 112 — 114-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 34-bandi.
123-modda. Shikoyat berish tartibi
Davlat soliq xizmati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga (yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga) shikoyat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarang: “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunning 12-moddasi
Davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga shikoyat berilganligi shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 27-bobi (“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan shikoyatlar”), Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 112-114-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Sudga shikoyat berish sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini toʻxtatib turadi. Soliq toʻlovchi tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organini sudga shikoyat bergani toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
124-modda. Davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga shikoyat berish tartibi va muddatlari
Davlat soliq xizmati organining qarori, uning mansabdor shaxsining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat davlat soliq xizmatining tegishli yuqori turuvchi organiga yozma shaklda beriladi.
Davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga shikoyat soliq toʻlovchi oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida beriladi. Shikoyatga uni asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
125-modda. Shikoyatni davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan koʻrib chiqish
Davlat soliq xizmati organining qarori, uning mansabdor shaxsining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan berilgan shikoyat davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan shikoyat olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
Davlat soliq xizmati organining qarori, uning mansabdor shaxsining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish yakunlariga binoan davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi quyidagilarga haqli:
shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirish;
davlat soliq xizmati organining shikoyatga sabab boʻlgan qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish.
Davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish yakunlariga binoan mazmunan qaror chiqarishga haqli.
Davlat soliq xizmati yuqori turuvchi organining shikoyat yuzasidan qarori oʻttiz kun ichida qabul qilinadi. Shikoyat bergan shaxsga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yozma shaklda maʼlum qilinadi.
MAXSUS QISM
V BOʻLIM. YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN FOYDA SOLIGʻI
19-bob. Umumiy qoidalar
126-modda. Soliq toʻlovchilar
Foyda soligʻi toʻlovchi yuridik shaxslar quyidagilardir:
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari;
Qarang: mazkur Kodeks 19-moddasi birinchi qismining birinchi-ikkinchi xatboshilari.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil boʻlish manbai Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari.
Qarang: mazkur Kodeks 19-moddasining uchinchi qismi.
Quyidagilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlovchilar boʻlmaydi:
notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda notijorat tashkilotlar oʻzi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan foydadan soliq toʻlovchi boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
agar ushbu Kodeksning XX boʻlimida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
127-modda. Soliq solish obyekti
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining obyekti quyidagilardir:
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining foydasi;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining va Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining ushbu boʻlimga muvofiq chegirmalar qilinmagan holda toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlari.
128-modda. Soliq solinadigan baza
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq solinadigan baza jami daromad bilan ushbu boʻlimda nazarda tutilgan chegirib tashlanadigan xarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida, mazkur Kodeks 158-moddasining ikkinchi qismida, boshqa qonunlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hamda ushbu Kodeksning 159-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.
(128-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻtgan soliq davrlariga tegishli, joriy soliq davriga oʻtkazilishi lozim boʻlgan zararlar mavjud boʻlsa, soliq solinadigan baza ushbu Kodeksning 161-moddasiga muvofiq taqsimlab oʻtkaziladigan zararlar summasiga kamaytiriladi.
20-bob. Jami daromad
129-modda. Jami daromadning tarkibi
Jami daromadga quyidagilar kiradi:
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 130-moddasi.
boshqa daromadlar.
Qarang: mazkur Kodeksning 132-moddasi.
Soliq toʻlovchining qiymati chet el valyutasida ifodalangan daromadlari milliy valyutada olingan daromadlar bilan jamlangan holda, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 1364, 21.05.2004-y.), “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1411, 17.09.2004-y.).
Quyidagilar soliq toʻlovchining daromadi sifatida qaralmaydi:
1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birlashtiriladigan mablagʻlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 963-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarniig huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi (“Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali). Jamiyatning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari, jamiyatning sof aktivlari”), Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning III-bobi (“Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali)”).
Oldingi tahrirga qarang.
2) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda), yoki muassis (ishtirokchi) ulushining miqdori kamaytirilganda, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa doirasida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
(129-modda uchinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarniig huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi (“Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali). Jamiyatning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari, jamiyatning sof aktivlari”), Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning III bobi (“Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali)”).
3) oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) shartnoma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk boʻlingan taqdirda, hissasi miqdorida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
4) realizatsiya qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa shaxslardan dastlabki haq (boʻnak) tarzida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi PF-1154-sonli “Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-bandi.
5) qonun hujjatlariga muvofiq majburiyatlarni taʼminlash tariqasida garov yoki zakalat tarzida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar) ularga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtadigan paytga qadar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 264, 311-moddalari.
6) budjetdan berilgan subsidiyalar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (10-son BHMS) “Davlat subsidiyalarining xisobi va davlat yordami boʻyicha koʻrsatiladigan maʼlumotlar” (roʻyxat raqami 562, 03.12.1998-y.).
7) agar mablagʻlarni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa shaxsga oʻtkazish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan boʻlsa, tekin olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
8) olingan grantlar va insonparvarlik yordami;
(129-modda uchinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(129-modda uchinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
10) notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining taʼminoti va uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga koʻra va (yoki) tekin kelib tushgan mablagʻlar;
11) sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) tariqasida olingan mablagʻlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 934-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
12) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, shuningdek komitent yoxud boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash hisobiga kelib tushgan mol-mulk (haq toʻlovi bundan mustasno);
(129-modda uchinchi qismining 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 817, 832-moddalari; Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (2-son BHMS) “Asosiy xoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlar” (roʻyxat raqami 483, 26.08.1998-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
13) ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) ijara (lizing) toʻlovining qismi tariqasida olgan moliyaviy ijara (lizing) obyekti qiymatining qoplamasi;
(129-modda uchinchi qismining 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BHMS) “Ijara hisobi” (roʻyxat raqami 1946, 2009-yil 24-aprel),“Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1961, 01.06.2009-y.).
14) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlardan olingan daromadlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-noyabrdagi PQ-513-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalaridan foydalanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 2-bandi yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilari.
Oldingi tahrirga qarang.
15) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti muassislaridan (ishtirokchilaridan) uning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablagʻlar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qayta boshlangan taqdirda, ushbu mablagʻlar jami daromad tarkibiga kiritiladi hamda soliqqa tortiladi;
(129-modda uchinchi qismining 15-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
16) investor va davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.
Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar jami daromaddan chegirib tashlanadi.
130-modda. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shu jumladan yordamchi xizmatlar tomonidan realizatsiya qilishdan qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chegirib tashlangan holda olingan tushum tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromaddir.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yuklab joʻnatilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) qiymatidan kelib chiqqan holda tovarlarni joʻnatish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish hollarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilanadi.
Vositachilik faoliyatidan daromadlar oladigan yuridik shaxslar uchun tushum deyilganda koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim boʻlgan haq summasi tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nashriyot va tahririyatlar uchun gazeta va jurnallarni realizatsiya qilishdan olingan tushum ularda reklamani joylashtirishdan olingan daromadlar kiritilgan holda aniqlanadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan foizlar, royalti, daromadlar olish imkonini beruvchi mol-mulkni va mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga foydalanishga berish, shuningdek talab qilish huquqidan boshqa shaxsning foydasiga voz kechishdan olingan daromadlar, agar ushbu xizmatlardan olingan jami daromadlar summasi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning umumiy summasida ustunlik qilsa, xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar deb eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit, sugʻurta tashkilotlari, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun ushbu Kodeksning tegishincha 148, 150 va 152-moddalarida koʻrsatilgan daromadlar xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar deb eʼtirof etiladi.
(130-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi — oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Uzoq muddatli kontraktlarni bajarishdan olinadigan daromadlar ularning haqiqatda bosqichma-bosqich bajarilishiga taalluqli qismida hisobot davri mobaynida hisobga olinadi.
Uzoq muddatli kontraktning hisobot davri oxirida haqiqatda bajarilganligi kontraktni bajarishga kirishilganidan eʼtiboran qilingan xarajatlarning kontraktni bajarish uchun ketadigan xarajatlarning umumiy summasidagi solishtirma salmogʻini hisob-kitob qilish asosida belgilanadi.
Hisobot davri oxiridagi daromad kontrakt boʻyicha qilingan xarajatlarning hisoblangan solishtirma salmogʻi va jami daromad summasining (kontrakt bahosining) hosilasi sifatida aniqlanadi. Mazkur kontrakt boʻyicha ilgari hisobga olingan daromadlar joriy hisobot davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni aniqlashda chegirib tashlanadi.
Qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar (xizmatlar) boʻyicha, shuningdek obyektlarni foydalanishga tayyor qilib qurish chogʻida shartnomaviy baholardan kelib chiqib haq toʻlash uchun hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan, buyurtmachilar tomonidan bajarilgan (koʻrsatilgan) va tasdiqlangan ishlarning (xizmatlarning) qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymati daromadga qoʻshiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan bahosidan past baholarda (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olgan holda) realizatsiya qilinganda, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul topshirilganda soliq solish maqsadlari uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi yoki tovarlar olingan baho asosida (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olgan holda) aniqlanadi. Baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun realizatsiya qilishdan olinadigan tushum belgilangan baholar (tariflar) asosida aniqlanadi
(130-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
131-modda. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga tuzatish kiritish
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
1) tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari oʻzgarganda;
3) baholar oʻzgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda;
4) bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishni kiritish bir yillik muddat ichida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha esa, kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 403-moddasining ikkinchi qismi.
Ushbu moddaga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (ishni, xizmatni) yetkazib beruvchi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga tuzatish kiritishni ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish koʻrsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
(131-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
132-modda. Boshqa daromadlar
Boshqa daromadlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi, ular quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
1) soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 133-moddasiga muvofiq asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olinadigan daromadlar;
2) ushbu Kodeks 134-moddasining birinchi qismiga muvofiq mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
3) ushbu Kodeks 134-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
4) ushbu Kodeksning 135-moddasiga muvofiq tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek ishlar va xizmatlar;
5) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar hamda boshqa mol-mulk qiymati tariqasidagi daromadlar;
6) hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi daromadlar;
7) ushbu Kodeksning 136-moddasiga muvofiq majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlar;
8) ushbu Kodeksning 137-moddasiga muvofiq talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
9) ushbu Kodeksning 138-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromadlar;
(132-moddaning 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
10) ushbu Kodeksning 139-moddasiga muvofiq xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olinadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
11) ushbu Kodeks 157-moddasining birinchi qismiga muvofiq birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar;
(132-modda 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12) undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarimalar va penya, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud hujjati asosida qarzdor tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan jarimalar va penya;
(132-moddaning 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13) ushbu Kodeksning 140-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy farq;
(132-moddaning 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
14) dividendlar va foizlar;
15) royalti;
16) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan boshqa daromadlar qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi chegirilgan holda aniqlanadi.
Notijorat tashkilotlari uchun ushbu moddada nazarda tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, bundan mazkur modda birinchi qismining 11, 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan boshqa daromadlar mustasno.
(132-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
133-modda. Asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar
Oldingi tahrirga qarang.
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan foyda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromaddir.
(133-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1401, 29.08.2004-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyektlarining chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyektlarining ilgarigi qayta baholashlardagi ortgan summasining ushbu asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyekti qiymatining ilgarigi qayta baholashlardagi kamayishi summasidan ortgan qismi asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi.
(133-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
134-modda. Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar
Ijara toʻlovining summasi mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daromaddir.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromad ijaraga beruvchining foizli daromadidir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (roʻyxat raqami 1485, 27.06.2005-y.), Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BHMS) “Ijara hisobi” (roʻyxat raqami 1946, 24.04.2009-y.),“Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1961, 01.06.2009-y.).
135-modda. Tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar
Soliq toʻlovchi tekin olgan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek ishlar va xizmatlar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, soliq toʻlovchining daromadi boʻladi.
Mol-mulk, mulkiy huquqlar tekin asosda olinayotganda oluvchi shaxsning daromadlari bozor qiymati boʻyicha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkning, mulkiy huquqlarning bozor qiymati hujjatlar bilan yoki baholovchi tashkilotning baholash toʻgʻrisidagi hisoboti bilan tasdiqlanadi. Hujjatlar bilan tasdiqlash deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
(135-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
joʻnatish, yetkazib berish yoki topshirish hujjatlari;
(135-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
yetkazib beruvchilarning narxlarga oid maʼlumotlari (prays-varaqlar);
ommaviy axborot vositalaridan olingan maʼlumotlar;
birja maʼlumotlari;
davlat statistikasi organlarining maʼlumotlari.
Keyingi tahrirga qarang.
136-modda. Majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlar
Majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq daʼvo muddati oʻtgan hisobdan chiqarilgan majburiyatlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-151-moddalari.
sudning yoki vakolatli davlat organining qaroriga binoan hisobdan chiqarilgan majburiyatlar.
Soliq toʻlovchining budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalari oldidagi qarzining qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarilgan summalari daromad tarkibiga kiritilmaydi.
137-modda. Talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olinadigan daromadlar
Talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olinadigan daromadlar asosiy qarz talablari boʻyicha qarzdor tomonidan toʻlangan summalar, shu jumladan qarzdor tomonidan asosiy qarzdan tashqari toʻlangan summalar bilan soliq toʻlovchi tomonidan olingan qarz qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq tarzida aniqlanadigan daromadlardir.
138-modda. Ilgari chegirilgan xarajatlar yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzida olinadigan daromadlar
Oldingi tahrirga qarang.
Qoplash tarzida olinadigan daromadlarga soliq solinadigan bazani aniqlashda ilgari chegirilgan va joriy soliq davrida oʻrni qoplangan xarajatlar va (yoki) zararlar kiradi.
(138-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qoplash summasi qaysi soliq davrida olingan boʻlsa, oʻsha soliq davrining daromadi boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq solinadigan bazani aniqlashda ilgari chegirib tashlanmagan xarajatlarning va (yoki) zararlarning oʻrnini qoplash summasi boshqa daromad tarkibiga kiritilmaydi.
(138-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Zaxiralarni tashkil etish xarajatlari soliq solinadigan bazani aniqlashda ilgari chegirib tashlangan shubhali qarzlar (tavakkalchilik operatsiyalari) boʻyicha zaxiralar qisqargan hollarda, ularning qisqarish summasi boshqa daromadlar tarkibida hisobga olinadi yoki buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq xarajatlarni kamaytiradi.
(138-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
139-modda. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olinadigan daromadlar
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar deganda faoliyati soliq toʻlovchining asosiy faoliyatiga xizmat koʻrsatishga qaratilgan va mazkur soliq toʻlovchining maqsadi boʻlgan tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan xoʻjaliklar tushuniladi. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga yordamchi xoʻjaliklar, uy-joy-kommunal xoʻjaligi, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari, oshxonalar va bufetlar, oʻquv kombinatlari hamda shunga oʻxshash xoʻjaliklar, oʻz xodimlariga yoki boshqa shaxslarga xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi ishlab chiqarishlar va xizmatlar kiradi.
Uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlariga uy-joy fondi, mehmonxonalar (turistik mehmonxonalar bundan mustasno), boshqa joydan keluvchilar uchun uylar va yotoqxonalar, tashqi obodonlashtirish obyektlari, sunʼiy inshootlar, suv havzalari, plyajlar uchun inshoot hamda jihozlar, shuningdek aholini gaz, issiqlik va elektr bilan taʼminlash obyektlari, uy-joy-kommunal xoʻjaligi, ijtimoiy-madaniy soha, jismoniy tarbiya va sport obyektlariga texnik xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash uchun moʻljallangan uchastkalar, sexlar, bazalar, ustaxonalar, garajlar, maxsus mashinalar va mexanizmlar, omborxonalar kiradi.
Ijtimoiy-madaniy soha obyektlariga sogʻliqni saqlash, madaniyat obyektlari, bolalar maktabgacha tarbiya obyektlari, bolalar dam olish oromgohlari, sanatoriylar (profilaktoriylar), dam olish bazalari, pansionatlar, jismoniy tarbiya va sport obyektlari (shu jumladan treklar, otchoparlar, otxonalar, tennis kortlari, golf, badminton oʻyinlari uchun maydonchalar, sogʻlomlashtirish markazlari), aholiga maishiy xizmat koʻrsatish sohasining ishlab chiqarishga oid boʻlmagan obyektlari (hammomlar, saunalar, kir yuvish, tikish hamda maishiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa ustaxonalar) kiradi.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olinadigan daromadlar xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan (olinadigan) mablagʻlar summasi va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar summasi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
140-modda. Kursdagi ijobiy farq
Valyuta hisobvaraqlari boʻyicha, shuningdek chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha kursdagi ijobiy farq buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi hollarda daromadlar tarkibiga kiritiladi:
chet el valyutasiga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtayotgan sanada shu chet el valyutasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan yuqori bahoda sotilganda;
chet el valyutasiga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtayotgan sanada shu chet el valyutasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan past bahoda sotib olinganda;
chet el valyutasi kursidagi oʻzgarish munosabati bilan balansning valyutaga oid moddalari tegishli hisobot davri uchun qayta baholanganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholari chet el valyutasida belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oʻzaro hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilingan yoki olingan sanadan ushbu tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq toʻlangan sanagacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdagi oʻzgarish munosabati bilan yuzaga keluvchi ijobiy farq tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq toʻlangan sanadagi jami daromad tarkibiga buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq kiritiladi.
(140-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 1411, 17.09.2004-y.) 17 — 35-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” (roʻyxat raqami 1364, 21.05.2004-y.).
21-bob. Xarajatlar
141-modda. Xarajatlarni guruhlash
Soliq toʻlovchining xarajatlari soliq solinadigan foydani aniqlash paytida chegirib tashlanadi, ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno.
Qarang: mazkur Kodeksning 147-moddasi.
Asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa, qonun hujjatlariga va (yoki) soliq toʻlovchining hisobga olish siyosatiga muvofiq rasmiylashtirilgan zararlar ham soliq toʻlovchining xarajatlari boʻladi.
Qarang: mazkur Kodeks 145-moddasining 40, 47-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-son BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (roʻyxat raqami 474, 14.08.1998-y.).
Soliq toʻlovchining xarajatlari haqiqatda qaysi soliq davrida amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha davrda chegirib tashlanadi. Agar ayni bir xil xarajatlar xarajatlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan boʻlsa, soliq solinadigan foydani hisoblashda mazkur xarajatlar faqat bir marta chegirib tashlanadi.
Soliq toʻlovchi sarflagan va qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlar qiymati milliy valyutada ifodalangan xarajatlar bilan jamlab hisobga olinadi. Mazkur xarajatlarni qayta hisoblash soliq toʻlovchi tomonidan buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Soliq toʻlovchining xarajatlari chegirib tashlanadigan va chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga boʻlinadi.
Chegirib tashlanadigan xarajatlar quyidagilardir:
1) ushbu Kodeksning 142-moddasiga muvofiq moddiy xarajatlar;
2) ushbu Kodeksning 143-moddasiga muvofiq mehnatga haq toʻlash xarajatlari;
3) ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq amortizatsiya xarajatlari;
4) ushbu Kodeksning 145-moddasiga muvofiq boshqa xarajatlar;
5) ushbu Kodeksning 146-moddasiga muvofiq kelgusida soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan hisobot davridagi xarajatlar.
Soliq toʻlovchining ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan xarajatlari, agar ular ushbu Kodeksning 147-moddasida koʻrsatilgan chegirib tashlanmaydigan biron bir xarajat tarkibida hisobga olinsa (uning bir qismi boʻlsa), chegirib tashlanadigan xarajatlar boʻlmaydi.
Quyidagilarga soliq toʻlovchining xarajati sifatida qaralmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini koʻrsatish uchun boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishi munosabati bilan, shuningdek komitent yoki boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi va (yoki) boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarga haq toʻlash hisobiga vositachi va (yoki) boshqa ishonchli vakil tomonidan topshirilgan mol-mulk tarzidagi toʻlovlar, agar bunday xarajatlar tuzilgan shartnomalarning shartlariga muvofiq vositachi yoki boshqa ishonchli vakilning yoxud boshqa topshiriq beruvchining xarajatlari tarkibiga kiritilishi lozim boʻlmasa;
(141-modda sakkizinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
2) soliq toʻlovchi emitent tomonidan topshirilgan, aksiyadorlar oʻrtasida aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga binoan oʻzlariga tegishli aksiyalar miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadigan aksiyalarning qiymati yoxud emitentning ustav fondi (ustav kapitali) koʻpaytirilgan taqdirda aksiyalarni aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlashda dastlabki aksiyalar oʻrniga berilgan yangi aksiyalarning nominal qiymati bilan aksiyadorning dastlabki aksiyalarining nominal qiymati oʻrtasidagi farq;
3) boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki oddiy shirkatga hissa sifatida berilgan mol-mulk, mulkiy huquqlar qiymati.
142-modda. Moddiy xarajatlar
Moddiy xarajatlarga quyidagilar kiradi:
1) xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
2) ishlab chiqarilgan va (yoki) realizatsiya qilinadigan tovarlarni oʻrash va boshqacha tayyorlash uchun, shu jumladan sotuv oldidan tayyorlash uchun, boshqa ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun materiallar, uskunalar hamda boshqa mol-mulkni taʼmirlash uchun materiallar va ehtiyot qismlar;
3) inventar, xoʻjalik anjomlari, amortizatsiya qilinadigan mol-mulk boʻlmagan boshqa mol-mulk;
4) soliq toʻlovchining texnologik, transport, boshqa ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan barcha turdagi yoqilgʻi, energiya, shu jumladan soliq toʻlovchining oʻzi tomonidan ishlab chiqarish hamda xoʻjalik ehtiyojlari uchun barcha turdagi energiyani hosil qilish, binolarni isitish, shuningdek energiyani bir shakldan oʻzga shaklga oʻtkazish va uzatish xarajatlari;
5) yerlarni rekultivatsiya qilish va tabiatni muhofaza qilishning boshqa tadbirlari uchun xarajatlar;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar doirasida suv xoʻjaligi tizimlaridan soliq toʻlovchilar tomonidan isteʼmol qilinadigan suv uchun toʻlov;
7) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organ yoki soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida ishlab chiqarish va (yoki) tashish chogʻidagi texnologik yoʻqotishlar;
8) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organ yoki soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan tabiiy kamayish normalari doirasida tovar-moddiy zaxiralarni saqlash hamda tashish chogʻidagi yoʻqotishlar va buzilishlar.
Moddiy xarajatlarga kiritiladigan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-son BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (roʻyxat raqami 1595, 17.07.2006-y.).
Agar yetkazib beruvchidan qabul qilingan qaytariladigan tara qiymati olingan tovar-moddiy zaxiralar narxiga qoʻshilgan boʻlsa, qaytariladigan tara qiymati ularning ehtimol tutilgan foydalanilishi yoki ularni realizatsiya qilish narxi boʻyicha ularni sotib olish uchun qilingan xarajatlarning umumiy summasidan chiqarib tashlanadi. Mahsulot yetkazib beruvchidan tovar-moddiy zaxiralar bilan qabul qilingan hamda qaytarilmaydigan tara va oʻrov idishlari qiymati ularni sotib olish xarajatlari summasiga kiritiladi. Tarani qaytariladigan yoki qaytarilmaydigan tara jumlasiga kiritish tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish shartnomasi (kontrakti) shartlari bilan belgilanadi.
Moddiy xarajatlar summasi qaytariladigan chiqindilar qiymatiga kamaytiriladi. Ushbu moddaning qoʻllanilishi maqsadida qaytariladigan chiqindilar deganda xom ashyo (materiallar), yarim tayyor mahsulotlar, issiqlik beruvchi va boshqa turdagi moddiy resurslarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻlgan, boshlangʻich resurslarning isteʼmolboplik xususiyatlarini (kimyoviy yoki fizik xossalarini) qisman yoʻqotgan va shu tufayli xarajatlar oshib ketgan (mahsulot chiqishi kamayib ketgan) holda foydalaniladigan yoki belgilangan maqsadi boʻyicha foydalanilmaydigan qoldiqlari tushuniladi.
Tovar-moddiy zaxiralarning texnologiya jarayoniga muvofiq boshqa boʻlinmalarga boshqa turdagi tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish uchun toʻlaqonli xom ashyo (materiallar) sifatida oʻtkaziladigan qoldiqlari, shuningdek texnologiya jarayonini amalga oshirish natijasida olinadigan qoʻshimcha (yoʻl-yoʻlakay olingan) mahsulot qaytariladigan chiqindilar jumlasiga kirmaydi.
Qaytariladigan chiqindilar quyidagi tartibda baholanadi:
agar bu chiqindilardan asosiy yoki yordamchi ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin boʻlsa-yu, lekin bunda xarajatlar oshib ketsa (tayyor mahsulot chiqishi kamayib ketsa), ehtimol tutilgan foydalanish narxida;
agar bu chiqindilar chetga realizatsiya qilinsa, realizatsiya qilish narxida.
143-modda. Mehnatga haq toʻlash xarajatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatga haq toʻlash xarajatlariga quyidagilar kiradi:
1) haqiqatda bajarilgan ish uchun mehnatga haq toʻlashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan ish haqi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153-moddasi.
2) ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Faxriy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-dekabrdagi 578-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyalari aʼzolarining gonorarlari, doktorantlar va aspirantlarning stipendiyalari mikdorini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori.
3) predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish boʻlgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga toʻlanadigan toʻlovlar, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan tuzilgan shartnomalar mustasno;
4) yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga oʻxshash organi) aʼzolariga yuridik shaxsning oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar;
5) ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar:
a) yillik ish yakunlari boʻyicha mukofot;
b) yuridik shaxsning mukofotlash toʻgʻrisidagi lokal hujjatlarida nazarda tutilgan toʻlovlar;
v) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va mansab maoshlariga ustamalar;
g) koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar;
d) ratsionalizatorlik takliflari uchun toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6) kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya):
a) qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylardagi ishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlar (ish staji uchun ustamalar, baland togʻli, choʻl va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha toʻlovlar);
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 153-moddasining toʻrtinchi, beshinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-apreldagi 200-sonli “Navoiy viloyati xalq xoʻjaliga tarmoqlari xodimlarining ish haqini hududiy tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-dekabrdagi 462-sonli “Doʻrmon-Qaynarsoy” komplekslarining xoʻjalik hisobidagi birlashgan direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, oʻta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
v) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda mansab maoshlariga ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157, 158-moddari.
g) koʻp smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasi.
d) doimiy ishi yoʻlda kechadigan yoki koʻchib yurish va harakatlanish xususiyatiga ega boʻlgan xodimlarning joʻnab ketish paytidan qaytib kelish paytigacha yoʻldagi har bir sutka uchun toʻlanadigan ish haqiga ustamalar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasi.
e) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ishlar vaxta usulida bajarilganda xodimlarning ish haqiga ustamalar;
Qarang: “Oʻta muhim va uzoqda joylashgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari tarmogʻida vaxta usuli toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 551, 28.11.1998-y.) 5.6-bandi.
j) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yigʻilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda yoʻlga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va (yoki) transport tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, mansab maoshi miqdorida toʻlanadigan summalar;
Qarang: “Oʻta muhim va uzoqda joylashgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari tarmogʻida vaxta usuli toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 551, 28.11.1998-y.) 5.7-bandi.
z) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun toʻlovlar;
i) yer osti ishlarida doimiy band boʻlgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining meʼyoriy vaqti uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haqlar;
Oldingi tahrirga qarang.
k) qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida dala taʼminoti.
(143-modda 6-bandining “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7) ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash:
a) qonun hujjatlariga muvofiq:
yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) taʼtilga haq toʻlash, shuningdek undan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya toʻlash;
noqulay va oʻziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qoʻshimcha taʼtilga haq toʻlash;
oʻqish bilan bogʻliq taʼtilga va ijodiy taʼtillarga haq toʻlash;
oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan qoʻshimcha taʼtilga haq toʻlash;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 232-moddasi.
b) asosiy ish joyi boʻyicha asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga beriladigan toʻlovlar;
v) donor xodimlarga koʻrikdan oʻtish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq toʻlash;
g) Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq toʻlash;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasi.
d) qishloq xoʻjaligi ishlariga va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi boʻyicha saqlab qolinadigan ish haqi;
e) avvalgi ish joyi boʻyicha mansab maoshi miqdorlari muayyan bir muddat davomida saqlab qolingan holda boshqa yuridik shaxslardan ishga joylashtirilgan, shuningdek vazifani vaqtincha bajarib turganda xodimlarga maoshdagi farqni toʻlash;
j) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda oʻqishi vaqtida asosiy ish joyi boʻyicha toʻlanadigan ish haqi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 166-moddasining birinchi qismi.
z) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq toʻlash;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 159-moddasining birinchi qismi.
i) sogʻligʻining holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan xoli boʻlgan kamroq haq toʻlanadigan ishga oʻtkazilganda saqlanadigan avvalgi oʻrtacha oylik ish haqini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda toʻlash, shuningdek vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalariga ish haqining haqiqiy miqdorigacha qoʻshimcha haq toʻlash;
k) majburiy progul vaqti yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qaroriga koʻra haq toʻlash;
l) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan bogʻliq vaqt uchun haq toʻlash;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 166-moddasi, 236-moddasining ikkinchi qismi, 242-243-moddalari.
m) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun, oʻquvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan malakali xodimlari mehnatiga haq toʻlash;
n) oliy oʻquv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga taʼtil vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan toʻlanadigan nafaqalar.
Keyingi tahrirga qarang.
8) nogironlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻshimcha toʻlovlar.
(143-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
144-modda. Amortizatsiya xarajatlari
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchi tomonidan hisobga olinadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu moddaning qoʻllanilishi maqsadida amortizatsiya qilinadigan mol-mulk deb eʼtirof etiladi.
Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi:
1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
2) mahsuldor chorva mollari;
3) kutubxona fondi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4) muzey qimmatliklari (muzey ashyolari);
(144-moddaning ikkinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga oʻtkazilgan asosiy vositalar;
6) arxitektura yodgorliklari;
Keyingi tahrirga qarang.
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, yoʻlaklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan obodonlashtirish inshootlari;
8) qiymati ilgari toʻliq chegirilgan mol-mulk;
9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga oʻtkazilmagan kapital qoʻyilmalar.
Soliq solish maqsadida amortizatsiya qilinishi kerak boʻlgan mol-mulk amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari bilan guruhlarga taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
|
Guruhlar |
Kichik guruhlar tartib |
Asosiy vositalarning nomi |
Amortizasiyaning |
|
I |
|
Binolar, imoratlar va inshootlar |
|
| | 1 | Binolar, imoratlar | 5 |
| | 2 | Neft va gaz quduqlari | |
| | 3 | Neft-gaz omborlari | |
| | 4 | Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari | |
| | 5 | Koʻpriklar | |
| | 6 | Dambalar, toʻgʻonlar | |
| | 7 | Daryo va dengiz prichal inshootlari | |
| | 8 | Korxonalarning temir yoʻllari | |
| | 9 | Qirgʻoqni mustahkamlovchi, qirgʻoqni himoyalovchi inshootlar | |
| | 10 | Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sigʻimlar | |
| | 11 | Ichki xoʻjalik va xoʻjaliklararo sugʻorish tarmogʻi | |
| | 12 | Yopiq kollektor-drenaj tarmogʻi | |
| | 13 | Havo kemalarining uchish-qoʻnish yoʻllari, yoʻlaklari, toʻxtash joylari | |
| | 14 | Bogʻlarning va hayvonot bogʻlarining inshootlari | |
| | 15 | Sport-sogʻlomlashtirish inshootlari | |
| | 16 | Issiqxonalar va parniklar | |
| | 17 | Boshqa inshootlar | |
|
II |
|
Uzatish qurilmalari |
|
| | 1 | Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari | 8 |
| | 2 | Ichki gaz quvurlari va quvurlar | |
| | 3 | Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari | |
| | 4 | Magistral quvurlar | |
| | 5 | Boshqalar | |
|
III |
|
Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar |
|
| | 1 | Issiqlik texnika uskunalari | 8 |
| | 2 | Turbina uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari | |
| | 3 | Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar | |
| | 4 | Kompleks qurilmalar | |
| | 5 | Boshqa kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari) | |
|
IV |
|
Faoliyat turlari boʻyicha ish mashinalari va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari) |
|
| | 1 | Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va uskunalar | 15 |
| | 2 | Qishloq xoʻjaligi traktorlari, mashinalari va uskunalari | |
| | 3 | Kommutatsiyalar va maʼlumotlarni uzatish raqamli elektron uskunalari, raqamli tizimlar uzatish uskunalari, raqamli aloqa oʻlchov texnikasi | |
| | 4 | Yoʻldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa uskunalari | |
| | 5 | Uzatishlar tizimlari kommutatsiyalarining oʻxshash uskunalari | |
| | 6 | Kinostudiyalarning maxsus uskunalari, tibbiy va mikrobiologiya sanoati uskunalari | |
| | 7 | Kompressor mashinalari va uskunalari | |
| | 8 | Nasoslar | |
| | 9 | Yuk koʻtarish-transport, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari, tuproq, karyer hamda yoʻl-qurilish ishlari uchun mashinalar va uskunalar | |
| | 10 | Ustun-qoziq qoqish mashinalari va uskunalari, maydalash-yanchish, saralash, boyitish uskunalari | |
| | 11 | Texnologik jarayonlar uchun barcha turdagi sigʻimlar | |
| | 12 | Neft qazib chiqarish va burgʻulash uskunalari | |
| | 13 | Boshqa mashinalar va uskunalar | |
|
V |
|
Harakatlanuvchan transport |
|
| | 1 | Temir yoʻlning harakatdagi tarkibi | 8 |
| | 2 | Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari | |
| | 3 | Havo transporti | |
| | 4 | Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti |
|
| | 5 | Yengil avtomobillar | |
| | 6 | Sanoat traktorlari | |
| | 7 | Kommunal transport |
10 |
| | 8 | Maxsus vaxta vagonlari | |
| | 9 | Boshqa transport vositalari |
20 |
|
VI |
|
Kompyuter, periferiya qurilmalari, maʼlumotlarni qayta ishlash uskunalari |
|
| | 1 | Kompyuterlar |
|
| | 2 | Periferiya qurilmalari va maʼlumotlarni qayta ishlash uskunalari | |
| | 3 | Nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasi | |
| | 4 | Boshqalar | |
|
VII |
|
Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar |
|
| | 1 | Koʻp yillik dov-daraxtlar | 10 |
| | 2 | Boshqalar | 15 |
(144-moddaning jadvali Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh boʻyicha amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qoʻllash orqali, biroq ushbu Kodeksda belgilangan eng yuqori normadan oshmagan holda hisoblab chiqiladi.
Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani ushbu moddada belgilanganidan pastroq va soliq toʻlovchining hisob siyosatida mustahkamlab qoʻyilgan normalar boʻyicha hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.
Soliq solinadigan foydaning toʻliq hisoblanmagan amortizatsiya summasiga soliq solish maqsadlarida ushbu moddada nazarda tutilgan normalarga zid ravishda qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
Foydalanishda boʻlgan asosiy vositalar obyektlarini oladigan soliq toʻlovchi ushbu asosiy vositalar obyekti boʻyicha amortizatsiya normasini mazkur asosiy vositalar obyektidan avvalgi mulkdorlar tomonidan foydalanilgan yillar (oylar) soniga kamaytirilgan foydalanish muddatini hisobga olgan holda belgilashga haqlidir. Agar mazkur asosiy vositadan avvalgi mulkdorlarda amalda foydalanish muddati ushbu asosiy vositalarning ushbu moddada tasniflanishi bilan belgilanadigan foydalanish muddatiga teng yoki undan ortiq boʻlsa, soliq toʻlovchi texnika xavfsizligi talablarini va boshqa omillarni hisobga olgan holda bu asosiy vositadan unumli foydalanish muddatini mustaqil ravishda, lekin uch yildan kam boʻlmagan muddatga belgilashga haqlidir. Foydalanishda boʻlgan asosiy vositalardan foydalanish muddatini aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, amortizatsiyani hisoblash yangi asosiy vositalarga boʻlgani singari amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlar uchun qilingan xarajatlar soliq toʻlovchi tomonidan, ularning boshlangʻich qiymati va unumli foydalanilishi muddatidan, lekin soliq toʻlovchining faoliyati muddatidan ortiq boʻlmagan muddatdan kelib chiqqan holda, hisoblab chiqilgan normalar boʻyicha har oyda eskirish tariqasida jami daromaddan chegirib tashlanadi.
Nomoddiy aktivlar obyektidan unumli foydalanish muddatini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga yoki chet davlatning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek nomoddiy aktivlardan foydalanishning tegishli shartnomalar bilan bogʻliq unumli muddatidan kelib chiqqan holda patentning, guvohnomaning amal qilish muddati va (yoki) intellektual mulk obyektlaridan foydalanish muddatlarining boshqa cheklanishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Unumli foydalanish muddatini aniqlab boʻlmaydigan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya normalari besh yilga, lekin soliq toʻlovchining faoliyat muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga moʻljallab belgilanadi.
145-modda. Boshqa xarajatlar
Boshqa xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) soliq toʻlovchining faoliyatini amalga oshirish uchun oʻzga yuridik yoki jismoniy shaxslar bajargan ishlar va xizmatlar qiymati, bularga quyidagilar kiradi:
mahsulot ishlab chiqarish (tayyorlash) boʻyicha ayrim operatsiyalarni bajarish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish, xom ashyoga (materiallarga) ishlov berish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy vositalarga texnik xizmat koʻrsatish va boshqa shu kabi ishlar;
oʻzga yuridik va jismoniy shaxslarning transport xizmatlari;
ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish uchun yoki soliq toʻlovchining faoliyati bilan bogʻliq boshqa vazifalarni bajarish uchun oʻzga yuridik shaxslar tomonidan xodimlarni (texnik personalni) taqdim etishga doir xizmatlar uchun xarajatlari;
(145-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2) asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni ish holatida saqlash xarajatlari (texnik koʻrik va qarov, oʻrtacha, joriy hamda kapital taʼmirlash xarajatlari). Asosiy vositalarni kapital taʼmirlashni amalga oshirish xarajatlarining bir maromda kiritib borilishini taʼminlash uchun soliq toʻlovchi asosiy vositalarning kelgusi taʼmirlanishi uchun belgilangan tartibda zaxiralar tashkil etishga haqli;
(145-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
3) ijara toʻlovlari, shuningdek ijaraga olingan asosiy vositalarni saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlar;
4) konservatsiyaga qoʻyilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari);
Oldingi tahrirga qarang.
5) vakolatli tashkilotlar tomonidan muayyan huquqlar yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berishni nazarda tutuvchi hujjatlarni berganlik uchun yigʻimlar, bojlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ekspertizadan oʻtkazish hamda mahsulotni sertifikatlashtirish bilan bogʻliq xarajatlar;
(145-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
6) mahsulotni sotish bozorlarini oʻrganish xarajatlari;
7) inventarni, xoʻjalik anjomlarini va maxsus ish kiyimlarini yuvish, tuzatish hamda dezinfeksiya qilish xarajatlari summasi yoki ularga toʻlangan haq;
8) qatʼiy hisobotdagi blanklarni, kvitansiyalar va boshqa hujjatlarni tayyorlash xarajatlari summasi yoki ularni olish uchun toʻlangan haq;
9) tushumni inkassatsiya qilish xarajatlari;
10) reklama uchun xarajatlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuin 4-moddasining ikkinchi xatboshi.
Oldingi tahrirga qarang.
11) qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻini kiritgan holda mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish tushumi hajmining bir foizi doirasida vakillik xarajatlari. Vakillik xarajatlariga soliq toʻlovchining oʻzaro hamkorlik oʻrnatish yoki uni saqlab turish, shuningdek soliq toʻlovchining boshqaruv va nazorat organlari majlislariga kelgan ishtirokchilarni qabul qilish hamda ularga xizmat koʻrsatish maqsadlarida qiladigan xarajatlari kiradi. Bu xarajatlar mazkur shaxslarning rasmiy qabulini oʻtkazish, transport taʼminoti, ovqatlanishi va turar joyi, soliq toʻlovchining shtatida turmagan tarjimonlar xizmatiga haq toʻlash xarajatlaridir;
(145-moddaning 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
12) kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli taʼmirlash va ularga kafolatli xizmat koʻrsatish xarajatlari;
13) telekommunikatsiyalar va pochta xizmatlari uchun toʻlanadigan haq;
14) xizmat safarlari uchun xarajatlar:
a) tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safarlari joyiga borish va qaytib kelish uchun haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qoʻyish haqi. Yoʻl hujjatlari boʻlmagan taqdirda, xarajatlar temir yoʻl transportidagi (yoki agar temir yoʻl aloqasi boʻlmasa, shaharlararo avtobusdagi) yoʻl haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda chegirib tashlanadi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi doirasida tasdiqlovchi hujjatlar asosida joyni ijaraga olish uchun haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qoʻyish xarajatlari. Yashaganlikni tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa, mazkur xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida chegirib tashlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqilganda joyni ijaraga olish uchun qilingan xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida chegiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) xizmat safarida boʻlingan vaqt uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida toʻlanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
Keyingi tahrirga qarang.
g) qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa xarajatlar;
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1268, 29.08.2003-y.), “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqam 2730, 19.11.2015-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
15) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladigan kompensatsiya toʻlovlari, ushbu Kodeksning 143-moddasida koʻrsatilganlari bundan mustasno;
(145-moddaning 15-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
16) soliq toʻlovchining faoliyatida talab etiladigan boshqa shaharlik, chet ellik mutaxassislarni ishga taklif qilish bilan bogʻliq xarajatlar;
17) agar ushbu Kodeks 147-moddasining 7-bandida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, auditorlik tekshiruvlari boʻyicha xarajatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18) maslahat, axborot xizmatlariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va tiklash boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash;
(145-moddaning 18-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
19) bank va depozitariy xizmatlariga haq toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20) soliq toʻlovchining faoliyatida zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek xodimlarning malakasini oshirish xarajatlari;
(145-moddaning 20-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
21) qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan hamda soliq toʻlovchining xarajatlariga kiritiladigan budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanadigan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22) assotsiatsiyalarga, jamgʻarmalarga va boshqa tashkilotlarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga toʻlanadigan badallar, agar bunday badallarni toʻlash soliq toʻlovchi faoliyatining amalga oshirilishi uchun majburiy shart boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilsa;
(145-moddaning 22-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
23) mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va taʼminlash, texnika xavfsizligi, yongʻinga qarshi va soqchilik muhofazasini hamda texnikaviy foydalanish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni taʼminlash xarajatlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 216-moddasi.
24) litsenziya bitimlariga koʻra huquq egasi bilan shartnoma boʻyicha elektron-hisoblash mashinalari va maʼlumotlar bazalari dasturlaridan foydalanish huquqini olish bilan bogʻliq xarajatlar. Mazkur xarajatlarga elektron-hisoblash mashinalari va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlarni yangilashga doir xarajatlar ham kiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
25) intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan huquqlardan va xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalardan (xususan, ixtirolarga, sanoat namunalariga va intellektual mulkning boshqa turlariga boʻlgan patentlardan yuzaga keladigan huquqlardan) foydalanganlik uchun toʻlovlar;
(145-moddaning 25-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1031-moddasi.
26) buxgalteriya hisobotini eʼlon qilish, shuningdek boshqa axborotni, agar qonun hujjatlarida ularni eʼlon qilishni (oshkor qilishni) amalga oshirish majburiyati soliq toʻlovchining zimmasiga yuklangan boʻlsa, eʼlon qilish va boshqacha tarzda oshkor qilish xarajatlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning 26-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
27) xodimning mehnatda mayib boʻlishi yoki uning sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilishi yoxud xodim oila aʼzosining vafoti munosabati bilan beriladigan yoki xodimning vafoti munosabati bilan oila aʼzolariga beriladigan moddiy yordam;
(145-moddaning 27-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(145-moddaning 28-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
29) qonun hujjatlariga muvofiq qayta tashkil etilishi, xodimlar (shtatlar) sonining qisqarishi munosabati bilan ozod etiladigan xodimlarga toʻlovlar;
30) tibbiy yordam punktini saqlab turish xarajatlari, xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazganlik va profilaktika tadbirlari uchun tibbiyot muassasalariga toʻlanadigan haq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31) sogʻliqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, sogʻlomlashtirish oromgohlari, madaniyat hamda sport obyektlari, taʼlim obyektlari, shuningdek, uy-joy fondi obyektlari taʼminotiga doir xarajatlar (shu jumladan, amortizatsiya ajratmalari va barcha turdagi taʼmirlash ishlarini oʻtkazish xarajatlari);
(145-moddaning 31-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
32) ixtiyoriy sugʻurta uchun mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻini qoʻshgan holda tushgan tushum hajmining 2 foizi doirasidagi ajratmalar, ushbu moddaning 33-bandida nazarda tutilgan sugʻurta mukofotlari summalari bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
33) Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga mol-mulkni sugʻurta qilish va hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari summalari;
(145-moddaning 33-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
34) sugʻurtaning majburiy turlariga ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
35) atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida kompensatsiya toʻlovlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-maydagi 199-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
36) faoliyat bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun xarajatlar, bundan asosiy vositalarni sotib olish, ularni oʻrnatish hamda kapital tusdagi boshqa xarajatlar mustasno. Loyiha-smeta hujjatlari, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va tegishli ilmiy-tadqiqot, loyihalash, izlanish hamda tajriba-konstruktorlik ishlari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar bunday xarajatlarni chegirmalar jumlasiga kiritish uchun asos boʻladi;
37) ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperimental ishlarini oʻtkazish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari boʻyicha modellar va namunalarni tayyorlash hamda ularni sinash, ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha koʻrgazmalar va koʻriklar, tanlovlar tashkil etish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha boshqa tadbirlar, mualliflik haqini toʻlash, yangi texnologiyalar yaratish hamda qoʻllanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, yangi turdagi xom ashyo va materiallarni yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari;
38) soliq toʻlovchi tomonidan geologik tadqiqotlar va tabiiy resurslarni qazib olish boʻyicha tayyorgarlik ishlari uchun amalga oshirilgan, jami daromaddan keyingi yillar mobaynida bir maromda yiliga 15 foizdan oshmagan miqdorda chegirib tashlanadigan xarajatlar;
39) qazib oluvchi tarmoqlarda xarajatlarni qoplashning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmiga va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladigan tayyorgarlik ishlariga doir xarajatlar;
40) zararlar va yoʻqotishlar:
a) bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari boʻyicha;
b) tara bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha;
v) umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar, bundan shubhali qarzlar boʻyicha tashkil etilgan zaxira hisobiga hisobdan chiqarish mustasno;
g) hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi operatsiyalar boʻyicha xarajatlar va zararlar, bundan ushbu Kodeksning 147-moddasiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar va zararlar mustasno;
d) tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud boʻlishi hamda buzilishi, ishlab chiqarishning toʻxtashi oqibatidagi yoʻqotishlar va boshqalar) tufayli koʻrilgan oʻrni qoplanmaydigan yoʻqotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarini oldini olish yoki ularni bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlar;
e) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida mol-mulkni bepul topshirishdan koʻrilgan zararlar, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini bepul topshirishdan hamda ulardan bepul foydalanish va ularga xizmat koʻrsatishdan koʻrilgan zararlar;
j) uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan koʻrilgan zararlar;
z) asosiy vositalarni har yili amalga oshiriladigan qayta baholash natijasida vujudga keladigan ilgarigi qoʻshimcha baholashdan (bahoning arzonlashtirilgan summasidan) olinadigan oʻsishdan ortadigan bahoni arzonlashtirish summasi;
i) yaroqsiz mahsulotdan koʻrilgan yoʻqotishlar;
k) ichki ishlab chiqarish sabablariga koʻra bekor turib qolishlardan koʻrilgan yoʻqotishlar;
l) tashqi sabablarga koʻra (yuridik shaxsning aybisiz) bekor turib qolishlardan koʻrilgan, aybdorlar tomonidan kompensatsiya qilinmaydigan yoʻqotishlar;
Oldingi tahrirga qarang.
m) qarz summasi bilan mazkur qarzni yuzaga keltirgan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi oʻrtasidagi farqdan oshmaydigan summa doirasidagi qarzni talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechishdan koʻrilgan zararlar;
(145-moddaning 40-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida “m” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
41) kreditlar (zayomlar) boʻyicha foizlar, bundan investitsiya davrida kapital qoʻyilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalar uchun olingan kreditlar va zayomlar boʻyicha foizlar mustasno;
42) kredit shartnomasida nazarda tutilgan stavkalar doirasida muddati oʻtgan va uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) boʻyicha foizlar, bundan investitsiya davrida kapital qoʻyilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalar uchun olingan kreditlar va zayomlar boʻyicha foizlar mustasno;
43) valyuta hisobvaraqlari, shuningdek chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha kursdagi salbiy farq, bu farq buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi hollarda jami daromaddan chegirib tashlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
chet el valyutasi ushbu chet el valyutasiga boʻlgan mulk huquqining oʻtish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan past narxda sotilganda;
chet el valyutasi ushbu chet el valyutasiga boʻlgan mulk huquqining oʻtish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan yuqori narxda sotib olinganda;
(145-modda 43-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
chet el valyutasi kursining oʻzgarishi munosabati bilan tegishli hisobot davri uchun balansning valyuta moddalari qayta baholanganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholari chet el valyutasida belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oʻzaro hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilingan yoki olingan sanadan ushbu tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq toʻlangan sanagacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdagi oʻzgarish munosabati bilan yuzaga keluvchi salbiy farq buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq toʻlangan sanadagi jami daromaddan chegirib tashlanadi;
(145-modda 43-bandining beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
44) oʻzining qimmatli qogʻozlarini chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar;
45) moliyaviy ijara, shu jumladan lizing boʻyicha ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi boʻlgan mablagʻlarni toʻlashga doir xarajatlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BHMS) “Ijara hisobi” (roʻyxat raqami 1946, 24.04.2009-y.), “Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1961, 01.06.2009-y.).
46) soliq toʻlovchi tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizlar tarzidagi xarajatlar;
47) favqulodda zararlar. Favqulodda zararlar — soliq toʻlovchilarning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiquvchi voqealar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va roʻy berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlarning moddalaridir. U yoki bu modda favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
yuridik shaxsning odatdagi xoʻjalik faoliyati uchun xos boʻlmasligi;
bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi;
48) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektining muassislari (ishtirokchilari) tomonidan uning majburiyatlarini bajarish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu mablagʻlar chegirib tashlanadigan xarajatlar sifatida qaralmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
49) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini, bolani ikki yoshga toʻlguniga qadar parvarishlash nafaqalarini, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalarni toʻlash xarajatlari.
(145-moddaning 49-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1136, 08.05.2002-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
50) xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan ishdan boʻshatish nafaqasi va boshqa toʻlovlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 104, 109-moddalari.
Keyingi tahrirga qarang.
51) mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarni mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shoʻr suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan taʼminlash xarajatlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 217-moddasi.
52) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari;
53) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishi chogʻida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlari;
54) xodim boshqa joyga ishga oʻtkazilganda yoxud koʻchib borganda koʻchish, mol-mulkini koʻchirib borish, joy ijarasi (yoʻl xarajatlari uchun beriladigan pul) xarajatlari;
55) mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik toʻlovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib boʻlgan taqdirda, zararning oʻrni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin eng kam ish haqining besh baravaridan kam boʻlmagan miqdorda qoplanadi);
maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qoʻshimcha xarajatlar uchun oyiga eng kam ish haqining ikki baravari miqdoridagi toʻlovlar;
jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qoʻshimcha xarajatlar tariqasida har oyda eng kam ish haqining ellik foizi miqdoridagi toʻlovlar;
xodimning sogʻligʻiga shikast yetganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik oʻrtacha ish haqi miqdoridagi toʻlovlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 190-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
56) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
marhum oʻrtacha oylik ish haqining vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga toʻgʻri keladigan ulushi miqdoridagi toʻlovlar;
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi toʻlovlar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 193-moddasi.
(145-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 50 — 56-bandlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
146-modda. Hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari
Ushbu moddada keltirilgan xarajatlar ular yuzaga kelgan paytda, joriy hisobot davrida soliq solinadigan foydani hisoblab chiqarishda chegirilmaydi, ular keyingi davrlarda, soliq toʻlovchining hisob siyosati bilan belgilangan, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddat ichida chegirilishi lozim. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:
(146-moddaning nomi va birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1) yangi ishlab chiqarishlar, sexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va ommaviy ishlab chiqariladigan yangi mahsulot turlarini hamda texnologik jarayonlarni oʻzlashtirish xarajatlari;
2) barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni, ularning oʻrnatilish sifatini tekshirib koʻrish maqsadida kompleks sinab koʻrish (ishlab turgan holatida) xarajatlari;
3) ishchi kuchlari qabul qilish va yangi ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun kadrlar tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar;
4) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning jadallashtirilgan usulda hisoblangan amortizatsiya summasi bilan ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasi oʻrtasidagi farq.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Shubhali qarzlar boʻyicha zaxira tashkil etish uchun qilingan xarajatlar ushbu Kodeksga muvofiq umidsiz deb eʼtirof etilgan qarzdorlikni hisobdan chiqarilayotganda, hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan umidsiz qarzdorlik miqdoridan oshmaydigan summada chegirib tashlanadi.
147-modda. Chegirilmaydigan xarajatlar
Soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
1) moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridan ortiqcha yoʻqotishlar va buzilishlar;
2) xodimlarga beriladigan yoki soliq toʻlovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun yordamchi xoʻjaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha narxdagi farqlar (zararlar);
Keyingi tahrirga qarang.
3) ushbu Kodeks 145-moddasining 11, 14 va 32-bandlarida belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar (xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sugʻurta turlari boʻyicha ajratmalar);
Keyingi tahrirga qarang.
4) nodavlat pensiya jamgʻarmalariga ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
5) xoʻjalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
6) umumiy ovqatlanish korxonalari yoki boshqa chet tashkilotlarga joylarni bepul berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlar koʻrsatish qiymatini toʻlash;
7) yillik moliyaviy hisobotni bir hisobot davrida bir martadan ortiq auditdan oʻtkazish xarajatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
8) soliq toʻlovchining faoliyatida talab etilmaydigan kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlash xarajatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9) ushbu Kodeksning 177-moddasida nazarda tutilgan jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblanadigan soliq toʻlovchining xarajatlari;
(147-moddaning 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10) xodimlarga taʼtil uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlangan haq va ular boʻyicha pullik kompensatsiyalar, bundan ushbu Kodeksning 143-moddasida koʻrsatilganlari mustasno;
(147-moddaning 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11) dala taʼminoti, xizmat maqsadida xodimning shaxsiy avtotransportdan foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlangan toʻlovlar;
(147-moddaning 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
12) pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqalar;
Keyingi tahrirga qarang.
13) xodimlarga toʻlanadigan moddiy yordam, ushbu Kodeksning 145-moddasida nazarda tutilgan moddiy yordam bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14) mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoxud mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha shikastlanishi sababli xodimlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlanadigan toʻlovlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 190-moddasi.
15) ekologiya, sogʻlomlashtirish va xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, taʼlim muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga badallar, homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablagʻlar;
(147-moddaning 14 va 15-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
16) ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan sogʻliqni saqlash va dam olishni tashkil qilish tadbirlariga xarajatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
17) mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni (xizmatlarni) (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xoʻjaligiga yordam koʻrsatish va boshqa turdagi ishlar) bajarishga sarflangan xarajatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
18) atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha boʻlganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-maydagi 199-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
19) kredit shartnomasida muddatli qarzlar uchun nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha toʻlov muddati oʻtgan hamda uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) boʻyicha foizlar;
20) loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek obyekt yonidagi omborga tashib keltirilguniga qadar yuz bergan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish boʻyicha xarajatlar, korroziyaga qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli taftish oʻtkazish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) xarajatlari, ushbu xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar yoki zararlar uchun javobgar boʻlgan mahsulot yetkazib beruvchi yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobiga oʻrnini qoplash mumkin boʻlmagan miqdordagi boshqa shunga oʻxshash xarajatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
21) bayram sanalari va muhim sanalar, jamoat faoliyatidagi yutuqlar munosabati bilan xodimlarni ragʻbatlantirish hisoblanadigan bir yoʻla mukofotlar va taʼtilga qoʻshimcha toʻlanadigan haqlar;
(147-moddaning 21-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
22) sud chiqimlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 318-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 103-104, 109-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 90-moddasi.
23) aybdorlari aniqlanmagan oʻgʻirliklar va kamomaddan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summalarning oʻrnini qoplash mumkin boʻlmaganda koʻrilgan zararlar;
24) soliq toʻlovchining asosiy vositalari va boshqa mol-mulkining (aktivlarining) chiqib ketishidan (balansdan chiqarilishidan) koʻrilgan (buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan) zararlar, ushbu Kodeks 145-moddasi 40-bandining “e” va “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan zararlar bundan mustasno;
25) xoʻjalik shartnomalari shartlarini va qonun hujjatlarini buzganlik uchun toʻlangan yoki tan olingan jarimalar, penya hamda boshqa turdagi sanksiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
26) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, davlat ishonchli boshqaruvchilari va davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini hamda ularga mukofotlar toʻlashga doir xarajatlar.
(147-moddaning 26-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27) boshqa xarajatlar, ushbu Kodeksning 142—145-moddalarida koʻrsatilganlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
22-bob. Kredit tashkilotlarining daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
148-modda. Kredit tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlari
(148-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kredit tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
(148-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1) kredit tashkilotining oʻz nomidan va oʻz hisobidan pul mablagʻlarini joylashtirishdan, kreditlar hamda zayomlar berishdan olinadigan foizlar, boshqa foizli daromadlar. Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan kreditlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq foizlarni toʻlash boʻyicha imtiyozli davr berilgan kreditlar boʻyicha foizli daromadlar kredit shartnomasiga koʻra olish muddati yetib kelmagunicha soliq solinadigan daromad sifatida qaralmaydi;
(148-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
2) mijozlarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochganlik va yuritganlik hamda ularning topshirigʻiga binoan hisob-kitoblarni amalga oshirganlik uchun olingan haq, shu jumladan joʻnatma, inkasso, akkreditiv va boshqa operatsiyalar, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun moʻljallangan toʻlov kartalarini hamda boshqa maxsus vositalarni rasmiylashtirganlik va xizmat koʻrsatganlik uchun, hisobvaraqlar boʻyicha koʻchirmalarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etganlik uchun va summalarni qidirganlik uchun vositachilik haqi hamda boshqa pul mukofotlari;
3) pul mablagʻlarini inkassatsiya qilishdan, veksellardan, toʻlov va hisob-kitob hujjatlaridan hamda mijozlarga kassa xizmati koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
4) naqd pulli va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini oʻtkazishdan, shu jumladan chet el valyutasini sotib olish yoki sotish, jumladan mijozning hisobidan va uning topshirigʻi boʻyicha operatsiyalarda vositachilik va boshqa mukofotlar, valyuta boyliklari bilan operatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
5) uchinchi shaxslar uchun pul shaklida ijro etilishini nazarda tutuvchi bank kafolatlari, majburiyatlari, avallari va kafilliklari berishga doir operatsiyalardan olinadigan pul shaklidagi mukofot;
Oldingi tahrirga qarang.
(148-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
7) hujjatlarni va qimmatliklarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar va seyflarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
8) pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, boshqa boyliklar va bank hujjatlarini yetkazib berganlik, tashiganlik uchun haq;
9) qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni tashiganlik va saqlab turganlik uchun haq;
10) forfeyting va faktoring operatsiyalarini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(148-moddaning 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
12) kredit tashkilotlari tomonidan oʻz professional faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Balansning valyuta qismi qayta baholanishidan olingan daromadlar, shuningdek chet el valyutasi kursining oʻzgarishi munosabati bilan yuzaga kelgan ijobiy farq ushbu Kodeksning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar sifatida qaraladi;
(148-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻstirmaslik maqomini olgan kredit boʻyicha hisoblangan foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq daromadlar hisobvaraqlaridan chiqarib tashlanadi.
149-modda. Kredit tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlarini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Kredit tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlariga ushbu Kodeksning 142—146-moddalarida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari quyidagilar kiradi:
1) kredit resurslari uchun toʻlovlar, pul mablagʻlari va qimmatliklarni tashish hamda saqlash xarajatlari;
2) mijozlarning depozit hisobvaraqlari, shu jumladan jismoniy shaxslarning omonatlari boʻyicha hisoblangan va toʻlangan foizlar;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan normalar doirasida tavakkalchilik operatsiyalari boʻyicha zaxiralarga ajratmalar.
Tijorat banklarining soliq solinadigan foydasidan ular oʻz filiallariga beradigan mol-mulk qiymati chegirib tashlanadi.
23-bob. Sugʻurta tashkilotlarining daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
150-modda. Sugʻurta tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlari
(150-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurta tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
(150-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
1) sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari (badallari). Bunda birgalikda sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari (badallari) sugʻurtalovchining (birgalikda sugʻurta qiluvchining) daromadlari tarkibiga faqat uning birgalikda sugʻurta qilish shartnomasida belgilangan sugʻurta mukofotidagi ulushi miqdorida qoʻshiladi;
2) avvalgi hisobot davrlarida shakllantirilgan sugʻurtaviy texnik zaxiralarni kamaytirishning (qaytarishning) qayta sugʻurta qiluvchilarning sugʻurta zaxiralaridagi ulushi oʻzgarishi hisobga olingan holdagi summalari;
3) sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha pul mukofoti, shuningdek qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha tantyemalar (foydadan olinadigan haq);
4) qayta sugʻurta qilishga oʻtkazilgan tavakkalchilik boʻyicha sugʻurta toʻlovlari ulushining oʻrnini qayta sugʻurta qiluvchilar tomonidan qoplash summalari;
5) qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha mukofotlar deposiga hisoblangan foizlar summalari;
6) sugʻurta qildiruvchining (naf oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslarga nisbatan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan, qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchiga oʻtgan daromadlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(150-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
8) sugʻurta agenti, broker, vositachi xizmatlarini koʻrsatganlik uchun mukofot;
9) sugʻurta bozorining professional ishtirokchilariga xizmatlar koʻrsatganlik uchun sugʻurtalovchi tomonidan olingan pul mukofoti;
10) sugʻurta xizmatlari koʻrsatishdan va qoʻshimcha sugʻurta faoliyatidan olingan boshqa daromadlar.
151-modda. Sugʻurta tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlarini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Sugʻurta tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlariga ushbu Kodeksning 142—146-moddalarida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari quyidagilar kiradi:
1) qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha toʻlangan toʻlov summalari;
2) avvalgi hisobot davrlarida shakllantirilgan sugʻurta texnik zaxiralari oʻsishining qayta sugʻurta qiluvchilarning sugʻurta zaxiralaridagi ulushi oʻzgarishi hisobga olingan holdagi summasi;
3) sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish majburiyatlari boʻyicha amalga oshirilgan hamda hisoblangan toʻlov summalari;
4) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq oʻtgan yillardagi sugʻurta hodisalari boʻyicha tugallanmagan toʻlov summalari, shu jumladan daʼvo muddati doirasidagi majburiyatlar summasi;
5) sugʻurta hodisasi roʻy berganligi haqida maʼlum qilingan, lekin zarar miqdori taqdim etilmagan shartnomalar boʻyicha sugʻurta summalari;
6) sugʻurta tashkiloti sugʻurta hodisalari roʻy berishini bartaraf etish va uning oldini olishga doir tadbirlarni (preventiv tadbirlarni) moliyalashtirishga sarflaydigan mablagʻlar summalari;
7) sugʻurta tashkilotlari zaxira fondlarining miqdori sugʻurta tashkilotlari ustav fondining 25 foiziga yetguniga qadar mazkur tashkilotlar oʻz daromadlarining 20 foizigacha miqdorida zaxira fondlariga qiladigan ajratmalar summasi;
Oldingi tahrirga qarang.
8) sugʻurta faoliyati bilan bogʻliq oʻzga yuridik shaxslarning xizmatlariga toʻlangan haq.
(151-moddaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
24-bob. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
152-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlari
(152-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
(152-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
1) qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan olinadigan, quyidagicha aniqlanadigan daromadlar:
qimmatli qogʻozlar, bundan qarz qimmatli qogʻozlari (obligatsiyalar, depozit sertifikatlari) mustasno, va ishtirok etish ulushi boʻyicha — realizatsiya qilish qiymati va olish qiymati (hissa) oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida;
qarz qimmatli qogʻozlari boʻyicha — realizatsiya qilish qiymati bilan realizatsiya qilish sanasidagi diskont amortizatsiyasi va (yoki) mukofot inobatga olingan holda olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida;
2) qimmatli qogʻozlar bozorida vositachilik va boshqa xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
3) mijozlarning mablagʻlaridan foydalanishdan yuzaga keladigan daromadning bir qismi;
4) depozitar xizmatlar, shu jumladan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisida axborot taqdim etish, depo hisobvaragʻini yuritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
5) qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
6) qimmatli qogʻozlar bilan birjada va birjadan tashqarida savdolarni tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
7) hisob-kitob-kliring faoliyati boʻyicha daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
8) qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan investitsiya aktivlarini boshqarish boʻyicha daromadlar;
9) qimmatli qogʻozlar bozorida maslahat xizmatlari koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
10) professional faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
(152-moddaning 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
153-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining chegiriladigan xarajatlarini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining chegiriladigan xarajatlariga ushbu Kodeksning 142—146-moddalarida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari quyidagilar kiradi:
1) tegishli litsenziyaga ega boʻlgan savdoni tashkil etuvchilarga badallar tarzida toʻlanadigan xarajatlar;
2) professional faoliyatni amalga oshirish munosabati bilan paydo boʻladigan savdo qilish joylarini saqlab turish va ularga xizmat koʻrsatish xarajatlari;
3) qimmatli qogʻozlar muomalasi va ularni hisobga olish bilan bogʻliq oʻzaro elektron aloqani tashkil etish hamda olib borish boʻyicha xarajatlar;
4) qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish bilan bogʻliq xarajatlar;
5) oʻz mijozlarining topshirigʻiga binoan aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlarida ishtirok etish xarajatlari.
25-bob. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
154-modda. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadiga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining soliq solinadigan foydasini aniqlashda foyda soligʻini hisoblab chiqarish maqsadi uchun soliq solinadigan foyda summasi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar summasining 10 foizidan kam boʻlishi mumkin emas;
(154-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining daromadlariga doimiy muassasa faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha turdagi daromadlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining xarajatlariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirishdan olingan daromadlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, ular Oʻzbekiston Respublikasida yoki uning tashqarisida qilinganligidan qatʼi nazar, barcha turdagi xarajatlari kiradi.
(154-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ushbu Kodeks 20-moddasi uchinchi qismining 8-bandida koʻrsatilgan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza tovarlarni realizatsiya qilish qiymati bilan ularni olish qiymati oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasida omborga tovarlar yetkazib berish xarajatlari hisobga olingan holdagi farq sifatida aniqlanadi.
Yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti doimiy muassasaga quyidagilar sifatida taqdim etilgan summalarni doimiy muassasaga chegirishga kiritish huquqiga ega emas:
1) Oʻzbekiston Respublikasi ushbu norezidentining mol-mulkidan va intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik yoki foydalanish huquqini berganlik uchun olinadigan royalti, gonorarlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar;
Oldingi tahrirga qarang.
2) Oʻzbekiston Respublikasi ushbu norezidentining xizmatlari uchun vositachilik daromadlari;
(154-modda beshinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
3) Oʻzbekiston Respublikasining ushbu norezidenti tomonidan berilgan zayomlar boʻyicha pul mukofotlari;
4) shu norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatidan olinadigan daromadlari bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar;
5) hujjatlar bilan tasdiqlanmagan xarajatlar;
6) Oʻzbekiston Respublikasi ushbu norezidentining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qilingan boshqaruv va maʼmuriy xarajatlari.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa alomatlariga javob beradigan faoliyatidan, davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilguniga qadar olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 155-moddasida belgilangan tartibda toʻlov manbaida soliq solinadi. Bunda toʻlov manbaida soliq agenti tomonidan ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi u Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining soliq majburiyatlarini uzish hisobiga hisobga olinishi kerak.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyatdan daromad olingan boʻlsa va shu daromaddan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov manbaida haqiqatda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi ushlab qolingan hamda budjetga oʻtkazilgan boʻlsa, ushbu norezidentning doimiy muassasasida ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisobga olinmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻiga qoʻshimcha ravishda sof foydasiga ham 10 foizli stavka boʻyicha soliq solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sof foyda deganda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshiriladigan faoliyatdan olingan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining hisoblangan summasi chegirib tashlangan foyda tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
155-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlariga soliq solish
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlariga, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur daromadlarni olish bilan bogʻliq xarajatlar chegirib tashlanmagan holda toʻlov manbaida soliq solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi banklari va lizing beruvchilari tomonidan xorijiy moliya institutlariga toʻlanadigan daromadlar soliqqa tortilmaydi.
(155-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
1) dividendlar va foizlar;
2) ushbu Kodeksning 157-moddasiga muvofiq belgilanadigan, oddiy shirkat shartnomasi asosida birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar;
3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar:
yuridik shaxslarning — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav kapitalidagi aksiyalari, ulushlari (paylari);
Keyingi tahrirga qarang.
koʻchmas mulk.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari, 85-moddasi.
Toʻlov manbaida soliqqa tortiladigan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
4) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga tegishli tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining oʻzi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar. Bunda tovarlarni realizatsiya qilishdan olinadigan mazkur daromadlar Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga toʻlanadigan summaning olib kirilgan tovarning kontrakt (faktura) qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi;
5) royalti;
6) ushbu Kodeksning 134-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga topshirishdan olinadigan daromadlar;
7) tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari;
8) oʻtkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnitli tizimlar orqali belgilar, signallar, matnlar, tasvirlar, tovushlarni uzatganlik, qabul qilganlik va qayta ishlaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga haq toʻlanishini nazarda tutuvchi xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar xizmatlariga toʻlov;
Oldingi tahrirga qarang.
9) dengiz, daryo va havo kemalaridan, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalaridan xalqaro tashishlarda foydalanishdan olinadigan daromadlar. Ushbu daromadlarga transport vositalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanishdan, ularni ijaraga berishdan yoki har qanday boshqa shakllarda foydalanishdan, shu jumladan konteynerlardan, konteynerlarni tashish uchun treylerlar va qoʻshimcha uskunalardan foydalanish, ularni saqlash yoki ijaraga berishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar) kiradi. Ayrim hollarda fraxt (shartnoma shartlaridan kelib chiqib) yukni ortish, qayta yuklash, tushirish va joylashtirish uchun toʻlovlarni ham oʻz ichiga oladi. Bunda, agar joʻnatish punkti yoki tayin etilgan punkt Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boʻlsa, tashish xalqaro tashish deb hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
10) xalqaro tashishlarda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tashishlarda transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatishdan olinadigan daromadlar. Bunda yuk joʻnatuvchidan (yukni qabul qilib oluvchidan) olingan summa bilan yuk tashuvchiga toʻlanishi kerak boʻlgan, yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari bilan tasdiqlangan summa oʻrtasidagi farq sifatida hisoblangan haq summasi soliq solinadigan daromad hisoblanadi. Yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga norezidentning ushbu qismning 9-bandida koʻrsatilgan fraxtdan olinadigan daromadlariga soliq solish uchun belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlangan umumiy summaga soliq solinadi;
(155-modda uchinchi qismining 9-10-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 40-boʻlimi (“Transport ekspeditsiyasi”).
11) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar hamda penya;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 261-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 24 — 33-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
111) tekinga olingan mol-mulk;
(155-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 111-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 502-moddasi.
12) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan olingan boshqa daromadlar.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olgan daromadlariga quyidagilar kirmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining, faqat shu norezident nomidan amalga oshiriladigan va faqat tovarlar xarid qilish (olish), shuningdek tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish bilan bogʻliq tashqi savdo operatsiyalari (shu jumladan tovar ayirboshlash operatsiyalari) boʻyicha olingan daromadlari;
banklarning — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining vakillik hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek xalqaro toʻlov kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar mustasno.
(155-modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Daromadni toʻlash deganda naqd pulli va (yoki) naqd pulsiz shaklda pulni, qimmatli qogʻozlarni, ishtirok etishdagi ulushni, tovarlarni, mol-mulkni berish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar toʻlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti oldidagi qarzdorlikni uzish hisobiga amalga oshiriladigan, daromad oluvchining — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining qarzi talabini hisobdan chiqarish yoki hisobga olish tushuniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining daromadlariga soliq solish mazkur Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti oʻz daromadlarini uchinchi shaxslar, boshqa davlatlardagi oʻz boʻlinmalari foydasiga va boshqa maqsadlarda tasarruf etishidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlov manbaida ushlab qolishni Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentiga daromad toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari amalga oshirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(155-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasi daromadni Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga toʻlash sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasi ushlab qolinmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga daromad toʻlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining ushlab qolinmagan summasini va u bilan bogʻliq penya summasini qonun hujjatlariga muvofiq budjetga kiritishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurta badallaridan olingan daromadlar boʻyicha soliqlarning toʻlangan summalari sugʻurta hodisasi yuz berganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta uchun toʻlovga doir xarajatlar toʻlov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi ushlab qolingan va budjetga oʻtkazilgan sugʻurta qildiruvchining — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining daromadlarini kamaytirish uchun hisobga olinadi. Mazkur qayta hisob-kitobni Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga daromadni toʻlagan va toʻlov manbaida soliqni ushlab qolgan yuridik shaxs bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga toʻlov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi ushlab qolinmasdan daromadni toʻlash quyidagi hujjatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq soliq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan ariza;
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti davlat soliq xizmati organida Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi sifatida faoliyatni amalga oshirishi va doimiy muassasasi sifatida hisobda turganligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq soliqlar boʻyicha imtiyozdan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organiga chet davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan, Oʻzbekiston Respublikasi soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomaga ega boʻlgan davlatda mazkur shaxsning doimiy joylashgan joyi (rezidentligi) borligini tasdiqlovchi rasmiy tasdiqnomani taqdim etishi shart. Bunda daromadlar xorijiy banklarga toʻlangan taqdirda, soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma mavjud boʻlgan davlatda xorijiy bankning doimiy joylashgan joyi borligini tasdiqlashi, agar bunday joylashgan joy hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalaridagi maʼlumotlar bilan tasdiqlangan boʻlsa, talab qilinmaydi.
(155 -moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasini kamaytirish yoki uni toʻlashdan ozod etish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga daromadni toʻlashdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organiga belgilangan shaklda topshiriladi. Yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentiga daromad toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organining muhri bilan tasdiqlangan ariza yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasini kamaytirish uchun yoki yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilish uchun asos boʻladi. Mazkur ariza tuzilgan kontrakt summasi uchun (summaning bir qismi uchun) taqdim etiladi. Agar kontrakt summasini aniqlashning iloji boʻlmasa, ariza har yili taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasini kamaytirish yoki yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organiga ilova xat va Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti Oʻzbekiston Respublikasidagi manbadan daromad olayotgan kontraktning (shartnomaning) nusxasi bilan birga beriladi. Bunday ariza davlat soliq xizmati organiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining vakolatli shaxsi tomonidan berilganda ishonchnoma taqdim etilib, mazkur vakolatli shaxs arizani shu ishonchnoma asosida taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasini kamaytirish yoki yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ariza topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan toʻlangan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari daromadlaridan ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi budjetga toʻlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining mazkur norezidenti Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyatlari boʻyicha daʼvo muddati ichida toʻlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetdan qaytarish huquqiga ega. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakldagi soliqni qaytarish uchun ariza;
daromadni toʻlash paytida Oʻzbekiston Respublikasining mazkur norezidenti Oʻzbekiston Respublikasi soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomaga ega boʻlgan mamlakatda doimiy joylashgan joyiga (rezidentligiga) ega boʻlganligini tasdiqlovchi, tegishli chet davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan rasmiy tasdiqnoma;
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga qaysi kontrakt yoki boshqa hujjatga muvofiq daromad toʻlangan boʻlsa, oʻsha kontrakt yoki boshqa hujjatning nusxalari, shuningdek daromadning toʻlanganligini va qaytarilishi lozim boʻlgan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini ushlab qolingan va budjetga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatlarining nusxalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ushbu moddaning oʻn ikkinchi, oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi va oʻn yettinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar chet tilida tuzilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organi ularning davlat tilida qilingan va notarial tasdiqlangan tarjimasini talab qilishga haqli. Bunda hujjatlarni taqdim etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ular konsullik orqali legallashtirilgan holda amalga oshiriladi.
(155-moddaning oʻn sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ortiqcha hisoblangan va toʻlangan soliqni qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qaytarish toʻgʻrisida chiqarilgan qaror asosida, ariza berilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida ushbu Kodeksning 57-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26-bob. Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga hamda oddiy shirkat ishtirokchilarining daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
156-modda. Dividendlar va foizlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Dividendlar va foizlarga toʻlov manbaida soliq solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra tashkil qilinadigan budjetdan tashqari jamgʻarmalarning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini moliya bozorlarida joylashtirishdan foizlar tarzida olinadigan daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi.
(156-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(156-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan kredit tashkilotlariga toʻlanadigan foizlarga toʻlov manbaida soliq solinmaydi, balki ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kredit tashkilotida soliq solinadi. Xuddi shunday tartib mol-mulkni lizingga berishda lizing beruvchiga toʻlanadigan foizli daromadlarga ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxsdan olinib, uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoʻnaltirilgan dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz qoʻllanilganidan soʻng bir yil ichida muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilganda (chiqib ketilganda) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlanganda ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinadi.
(156-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarining oʻz investitsiya portfelida turgan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalaridan dividendlar shaklida olingan daromadlariga soliq solinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
157-modda. Oddiy shirkat shartnomasi sheriklariga (ishtirokchilariga) soliq solish
Ushbu Kodeksning 380 va 381-moddalarida belgilangan tartibda aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromad boshqa daromadlar tarkibida jami daromadga kiritiladi va unga ushbu boʻlimga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi solinishi lozim.
Oddiy shirkat shartnomasining amal qilishi tugatilganda va mol-mulk ushbu shartnoma sheriklariga (ishtirokchilariga) qaytarilganda:
Oldingi tahrirga qarang.
oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) yoki uning huquqiy vorisi tomonidan qoʻyilma doirasida olingan mol-mulk va mulkiy huquqlar tarzidagi tushumlar, uning ulushi shartnoma sheriklarining (ishtirokchilarining) umumiy mulkidagi mol-mulkdan ajratilgan yoki bunday mol-mulk boʻlingan taqdirda, oddiy shirkat sherigining (ishtirokchisining) daromadlari tarkibiga kiritilmaydi;
(157-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
qaytarilayotgan mol-mulk qiymati bilan bu mol-mulkning ilgari oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha topshirilgan qiymati oʻrtasidagi salbiy farq soliq solish maqsadlari uchun zarar deb eʼtirof etilmaydi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
27-bob. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari
158-modda. Imtiyozlar
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi:
1) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, taʼminlash-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqini belgilayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda turgan xodimlar kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
2) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari;
Keyingi tahrirga qarang.
3) jazoni ijro etish muassasalari;
Keyingi tahrirga qarang.
4) ichki ishlar organlari huzuridagi qoʻriqlash boʻlinmalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi:
1) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati koʻrsatishdan, nogironlar uchun moʻljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatishdan olingan foydasi;
2) shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari) yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan olingan foydasi;
3) tarix va madaniyat yodgorliklarini taʼmirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi;
Keyingi tahrirga qarang.
4) investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga yoʻnaltiriladigan foydasi;
Keyingi tahrirga qarang.
5) Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanishdan olingan foydasi.
Oldingi tahrirga qarang.
6) toʻliq amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan yoki tugatishdan olingan foydasi.
(158-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuniga asosan 6-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan koʻprogʻini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi ushbu qismda belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida kamaytiriladi.
159-modda. Soliq solinadigan foydani kamaytirish
Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) ekologiya, sogʻlomlashtirish va xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, taʼlim muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga beriladigan badallar, homiylik va xayriya tariqasidagi mablagʻlar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
(159-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha tarbiya taʼlim muassasalari qurilishiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga, lekin soliq solinadigan foydaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3) ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga, lizing obyekti qiymatining oʻrnini qoplashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda. Soliq solinadigan foydani kamaytirish yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xarajatlar qilingan soliq davridan eʼtiboran, texnologik jihoz boʻyicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran besh yil ichida amalga oshiriladi. Yangi texnologik jihoz xarid qilingan (import qilingan) paytdan eʼtiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklangan holda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun bekor qilinadi. Ushbu imtiyoz tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻllaniladi;
(159-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(159-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
5) yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari badallari toʻlashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga, biroq soliq solinadigan bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda;
6) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamgʻarmalarining mulkida boʻlgan korxonalar foydasidan shu birlashmalar va jamgʻarmalarining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan ajratmalari summasiga.
Oldingi tahrirga qarang.
7) qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar uchun sof qoʻshimcha foyda summasiga;
(159-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 7-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Banklarning soliq solinadigan foydasi jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar boʻyicha omonatlar hamda joylashtirilgan jamgʻarma sertifikatlari hajmlarining koʻpaygan summasiga boʻshagan mablagʻlarni yuqorida koʻrsatilgan omonatlar boʻyicha foiz stavkalarini oshirishga maqsadli yoʻnaltirish sharti bilan kamaytiriladi.
(159-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
160-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga toʻlov manbaida soliq solish stavkalari
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan va toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagi stavkalar boʻyicha soliq solinadi:
1) dividendlar va foizlarga — 10 foiz;
2) sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlariga — 10 foiz;
3) xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) — 6 foiz;
4) ushbu Kodeksning 155-moddasida belgilangan daromadlar, bundan ushbu qismning 1—3-bandlarida koʻrsatilgan daromadlar mustasno — 20 foiz.
161-modda. Zararlarni taqsimlab oʻtkazish
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan, chegirilishi lozim boʻlgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi zarar deb eʼtirof etiladi.
Soliq toʻlovchi koʻrilgan zararlarni ushbu zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi besh yil ichida kelgusiga taqsimlab oʻtkazishni amalga oshirishga haqlidir.
Oʻtgan soliq davrida yoki oʻtgan soliq davrlarida ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan zarari (zararlari) boʻlgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining toʻlovchilari joriy soliq davrining soliq solinadigan foydasini koʻrilgan zararning toʻliq summasiga yoki bu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir.
Taqsimlab oʻtkazilayotgan zararning har bir navbatdagi soliq davrida hisobga olinadigan jami summasi joriy soliq davrining ushbu Kodeksga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydaning 50 foizidan oshmasligi kerak.
Soliq solinadigan foyda taqsimlab oʻtkazilishi kerak boʻlgan zarar summasi miqdoriga faqat yil yakunlari boʻyicha kamaytirilishi mumkin.
Birdan ortiq kalendar yilda koʻrilgan zararlar ular koʻrilgan ketma-ketlikda taqsimlab oʻtkaziladi.
Soliq toʻlovchining yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilingan soliq davrida koʻrgan zararlari keyingi soliq davrlariga taqsimlab oʻtkazilishi mumkin emas.
Soliq toʻlovchi qayta tashkil etilishi munosabati bilan faoliyatini tugatgan taqdirda, soliq toʻlovchi-huquqiy voris soliq solinadigan foydani qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning qayta tashkil etish paytigacha koʻrgan zararlari summasiga ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda kamaytirishga haqli.
28-bob. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti va soliqni toʻlash
162-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Yilning choragi hisobot davridir.
163-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 128-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining hisob-kitobi, agar ushbu moddada boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy muassasa joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatining xususiyati haqidagi hisobotni (erkin shaklda), shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining hisob-kitobini chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining hisob-kitobida budjetga toʻlanadigan sof foydadan olinadigan soliq summasi alohida satrda koʻrsatiladi. Faoliyat kalendar yil tugashidan avval tugatilgan taqdirda, bu hujjatlar faoliyat tugatilganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
164-modda. Soliq toʻlash tartibi
Hisobot davri mobaynida soliq toʻlovchilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini joriy toʻlovlarni kiritish orqali toʻlaydilar, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar bundan mustasno.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarning summasini aniqlash uchun soliq toʻlovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasi haqida maʼlumotnoma taqdim etadilar.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlar har oyning 15-kuniga qadar ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan yil choragi boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasining uchdan bir qismi miqdorida toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq toʻlovchilar joriy toʻlovlarni toʻlamaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi hisobot davri uchun budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasiga nisbatan 10 foizdan koʻproq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy toʻlovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini, shuningdek sof foydadan olinadigan soliqni joriy toʻlovlarni toʻlamasdan yiliga bir marta, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida toʻlaydi.
165-modda. Soliqni toʻlov manbaida hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi
Yuridik shaxslardan toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻi belgilangan stavkalarni chegirmalarni amalga oshirmasdan toʻlanadigan daromad summasiga nisbatan qoʻllash orqali hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxslardan toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻini yuridik shaxslar quyidagilarni toʻlash paytida ushlab qolishlari shart:
Keyingi tahrirga qarang.
dividendlar va foizlarni;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga daromadlarni.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini ushlab qolish va budjetga oʻtkazish uchun javobgarlik daromadni toʻlash manbai, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentlariga daromad toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari zimmasida boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxslar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga dividendlar, foizlar va toʻlovlarni toʻlash sanasidan kechiktirmay budjetga oʻtkazishi. Banklar Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlov amalga oshirilgan oydan keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmay budjetga oʻtkazadi;
(165-modda toʻrtinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
2) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobini davlat soliq xizmati organlariga toʻlov amalga oshirilgan hisobot davri tugagandan keyin yigirma besh kundan kechiktirmay taqdim etishi;
3) davlat soliq xizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi, bu shaxslarning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, ularning nomi, daromadining umumiy summasi va soliq davri uchun ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining umumiy summasi koʻrsatilgan maʼlumotnomani soliq davri tugaganidan keyin oʻttiz kun ichida taqdim etishi;
4) daromad oluvchi shaxslarga ularning talabiga binoan, daromad summasi va soliq davri uchun ushlab qolingan soliqning umumiy summasi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda maʼlumotnoma taqdim etishi shart.
166-modda. Soliqni hisobga olish
Yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromad qilingan xarajatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi chegirib tashlanguniga qadar toʻliq miqdorda soliq toʻlovchining jami daromadiga qoʻshiladi. Soliq solinadigan bazani aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida foyda olish munosabati bilan qilingan hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va miqdorlarda chegiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlash paytida hisobga olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasini hisobga olish uchun chet davlat vakolatli organining toʻlov xabarnomasi, maʼlumotnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlanganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos boʻladi.
VI BOʻLIM. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI
29-bob. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza
167-modda. Soliq toʻlovchilar
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega boʻlgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlovchilardir.
168-modda. Jismoniy shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 182-moddasida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar boʻyicha soliq solinadi.
(168-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
169-modda. Soliq solish obyekti
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyektidir:
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, ushbu Kodeksning 58-bobiga muvofiq qatʼiy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining soliq solish obyekti boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
170-modda. Soliq solinadigan baza
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, ushbu Kodeksning 179 va 180-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.
Agar soliq toʻlovchining daromadidan uning ixtiyoriga koʻra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
30-bob. Jismoniy shaxslarning jami daromadi
171-modda. Jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
1) mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 172-moddasi.
2) mulkiy daromadlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 176-moddasi.
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 177-moddasi.
4) boshqa daromadlar.
Qarang: mazkur Kodeksning 178-moddasi.
Yuridik shaxslar amalga oshiradigan quyidagi xarajatlar jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarni mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shoʻr suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan taʼminlash xarajatlari;
(171-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 217-moddasi.
2) kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar, shu jumladan aʼzolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi aʼzolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qoʻmitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa toʻlovlar mustasno;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasining toʻrtinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
3) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari;
(171-modda ikkinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini oʻtkazish, vakillik xarajatlari, shahar yoʻlovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yoʻl kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini taʼminlash bilan bogʻliq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlar;
(171-moddaning ikkinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishi chogʻida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlari;
(171-modda ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 217-moddasi birinchi qismining birinchi — beshinchi xatboshilari, ikkinchi qismi.
6) xodim boshqa joyga ishga oʻtkazilganda yoxud koʻchib borganda koʻchish, mol-mulkini koʻchirib borish, joy ijarasi (yoʻl xarajatlari uchun beriladigan pul) bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash yoki bu xarajatlarning oʻrnini qoplash xarajatlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 172-moddasi.
7) xizmat safarlaridagi quyidagi kompensatsiya toʻlovlari:
tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq toʻlashni qoʻshgan holda haqiqatda amalga oshirilgan toʻlovlar. Yoʻl hujjatlari boʻlmagan taqdirda, temir yoʻl transportidagi (agar temir yoʻl qatnovi boʻlmasa, shaharlararo avtobusdagi) yoʻl haqi qiymati miqdorida, biroq aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda;
uy-joyni ijaraga olish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan toʻlovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda — qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida;
tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun toʻlovlar;
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida xizmat safarida boʻlingan vaqt uchun toʻlanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa toʻlovlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasi, “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqam 2730, 19.11.2015-y.), “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1268, 29.08.2003-y.).
8) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar):
Oldingi tahrirga qarang.
doimiy ishi yoʻlda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega boʻlgan, shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar);
(171-modda ikkinchi qismi 8-bandining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasi, “Oʻta muhim va uzoqda joylashgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari tarmogʻida vaxta usuli toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 551, 28.11.1998-y.).
xizmat ishlari uchun shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 173-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-apreldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun foydalanganlik uchun har oyda kompensatsiya toʻlash tartibi”.
dala taʼminoti;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan “Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va normalar boʻyicha boshqa kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar), bundan ushbu Kodeksning 174 va 178-moddalarida koʻrsatilganlari mustasno;
(171-modda ikkinchi qismining 8-bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
9) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik toʻlovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib boʻlib qolgan taqdirda, zararning oʻrni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan kam boʻlmagan miqdorda qoplanadi);
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qoʻshimcha xarajatlar uchun oyiga eng kam ish haqining ikki baravari miqdoridagi toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qoʻshimcha xarajatlar tariqasida har oyda eng kam ish haqining ellik foizi miqdoridagi toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik oʻrtacha ish haqi miqdoridagi toʻlovlar;
10) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
marhumning oʻrtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga toʻgʻri keladigan ulushi miqdoridagi toʻlovlar;
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi toʻlovlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 193-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
11) talabalarning taʼlim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining oliy oʻquv yurti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha pulli-kontrakt asosida oʻtkaziladigan toʻlovlar;
(171-modda ikkinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: “Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2431, 26.02.2013-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
(171-modda ikkinchi qismining 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13) mol-mulkni sugʻurta qilish va (yoki) hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari. Mol-mulkni sugʻurtalash va (yoki) hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda va sugʻurtalovchi sugʻurta qilinuvchiga sugʻurta mukofotining bir qismini yoki toʻliq qaytarsa, qaytarilgan sugʻurta mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
(171-modda ikkinchi qismining 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
14) yosh oilalar aʼzolarining uy-joy olish uchun yuridik shaxsdan — ish beruvchidan olgan mablagʻlari. Uy-joy olingan (mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) sanadan eʼtiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda koʻrsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari.
(171-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida 15-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
172-modda. Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va toʻlanadigan barcha toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar deb eʼtirof etiladi:
mehnatga haq toʻlashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153-moddasi.
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qoʻshimcha toʻlovlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-dekabrdagi 578-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyalari aʼzolarining gonorarlari, doktorantlar va aspirantlarning stipendiyalari mikdorini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Faxriy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
ushbu Kodeksning 173-moddasiga muvofiq ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar;
ushbu Kodeksning 174-moddasiga muvofiq kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya);
ushbu Kodeksning 175-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash.
Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi:
predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish boʻlgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga (ushbu Kodeks 169-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar bundan mustasno) toʻlovlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 631-moddasining birinchi qismi, 636, 638, 662, 673-moddalari, 686-moddasining birinchi qismi, 693-moddasining birinchi qismi.
yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga oʻxshash organi) aʼzolariga yuridik shaxsning oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar;
(172-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarniig huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 74-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 38-moddasining beshinchi qismi.
Keyingi tahrirga qarang.
173-modda. Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar
Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) yillik ish yakunlari boʻyicha mukofot, bayram sanalari va muhim sanalar, jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlar munosabati bilan xodimlarni ragʻbatlantirish xususiyatiga ega bir yoʻla beriladigan mukofotlar va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar;
(173-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2) yuridik shaxsning mukofotlash toʻgʻrisidagi qoidasida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar;
3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar;
Oldingi tahrirga qarang.
4) taʼtilga qoʻshimcha haqlar;
(173-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5) koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-avgustdagi PQ-158-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-sonli “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 18-martdagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jumhuriyat shahar elektr transporti korxonalari xodimlariga koʻp yillik xizmat uchun bir yoʻla mukofot berishning tartibi haqida”gi nizom, “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar koʻrinishidagi Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari va muassalari xodimlariga koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1026, 13.04.2001-y.).
6) ratsionalizatorlik taklifi uchun toʻlov.
Keyingi tahrirga qarang.
174-modda. Kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya)
Mehnatga haq toʻlash tarzida daromadga kiritiladigan kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylardagi ishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlar (ish staji uchun ustamalar, baland togʻli, choʻl va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha toʻlovlar);
Keyingi tahrirga qarang.
2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, oʻta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
(174-moddaning 1 va 2-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 157 — 158-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
4) koʻp smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
(174-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5) doimiy ishi yoʻlda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega boʻlgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarni vaxta usulida bajarilishini nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlanadigan ustamalar;
(174-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: “Oʻta muhim va uzoqda joylashgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari tarmogʻida vaxta usuli toʻgʻrisida”gi nizomning 5.6-bandi (roʻyxat raqami 551, 28.11.1998-y.).
6) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yigʻilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda yoʻlga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, maosh miqdorida toʻlanadigan summalar;
Qarang: “Oʻta muhim va uzoqda joylashgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari tarmogʻida vaxta usuli toʻgʻrisida”gi nizomning 5.7-5.8-bandlari (roʻyxat raqami 551, 28.11.1998-y.).
7) yer osti ishlarida doimiy band boʻlgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining meʼyoriy vaqti uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haqlar;
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala taʼminoti;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan “Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 4-bandi.
9) xizmat safarlari vaqtidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1268, 29.08.2003-y.), “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqam 2730, 19.11.2015-y.).
10) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganliklari munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun toʻlovlar;
11) xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun toʻlovlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 173-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-apreldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun foydalanganlik uchun har oyda kompensatsiya toʻlash tartibi”.
12) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash uchun ushbu Kodeks 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar;
Keyingi tahrirga qarang.
175-modda. Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash
Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlashga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) qonun hujjatlariga muvofiq:
a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) taʼtilga haq toʻlash, shuningdek ushbu taʼtildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya toʻlash;
b) noqulay va oʻziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qoʻshimcha taʼtilga haq toʻlash;
v) oʻqish bilan bogʻliq taʼtilga va ijodiy taʼtillarga haq toʻlash;
g) oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan qoʻshimcha taʼtilga haq toʻlash;
(175-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 133 — 138, 148-moddalari.
2) asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga beriladigan toʻlovlar;
3) donor xodimlarga koʻrikdan oʻtish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq toʻlash;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 20-moddasining birinchi va uchinchi qismlari.
4) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq toʻlash;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasi.
5) qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi boʻyicha saqlab qolinadigan ish haqi;
6) boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyida lavozim boʻyicha maoshi miqdorlari maʼlum bir muddat davomida saqlab qolingan holda ishga olingan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turganda xodimlarga maoshdagi farqni toʻlash;
7) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda oʻqishlari vaqtida asosiy ish joyi boʻyicha ularga toʻlanadigan ish haqi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 166-moddasi.
8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq toʻlash;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 159-moddasi.
9) mehnat layoqatini vaqtincha yoʻqotgan xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash;
10) qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qarori bilan majburiy progul vaqti yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun haq toʻlash;
Oldingi tahrirga qarang.
11) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan bogʻliq vaqt uchun haq toʻlash;
(175-moddaning 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 166-moddasi, 236-moddaning ikkinchi qismi, 243-moddasi.
12) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda oʻquvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga haq toʻlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(175-moddaning 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(175-moddaning 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
15) yuridik shaxsning mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan pensiyalar va nafaqalarga qoʻshimchalar, stipendiyalar;
16) oliy oʻquv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga taʼtil vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan toʻlanadigan nafaqalar;
Oldingi tahrirga qarang.
(175-moddaning 17-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
176-modda. Mulkiy daromadlar
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) foizlar;
2) dividendlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 22-moddasi.
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 544-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
4) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni olish narxi va realizatsiya qilish narxi, olish narxi boʻlmagan taqdirda esa, inventarizatsiya qiymati va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi farq daromad deb eʼtirof etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutugʻiga berilgan patent (litsenziya) egasi boʻlgan jismoniy shaxsning patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
(176-moddaning 4-5-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
6) royalti;
Oldingi tahrirga qarang.
(176-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlaganidan keyin xususiy korxona mulkdori hamda fermer xoʻjaligi boshligʻi ixtiyorida qoladigan foyda summasi.
(176-moddaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
177-modda. Moddiy naf tarzidagi daromadlar
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchi tomonidan yuridik shaxsdan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar ushbu Kodeks 171-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilardir;
(177-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
1) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini koʻzlab, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni toʻlash, shu jumladan:
jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻqitish, tarbiyalash;
kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari haqini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash;
Oldingi tahrirga qarang.
oziq-ovqat, yoʻl chiptalari qiymatini toʻlash yoki oziq-ovqat, yoʻl chiptalari qiymatini qoplash;
(177-modda birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
sanatoriy-kurortlarda davolanish yoʻllanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash;
yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi boʻlgan boshqa xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
2) soliq toʻlovchining manfaatlarini koʻzlab tekinga, shu jumladan hadya shartnomasi asosida berilgan mol-mulk, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar qiymati;
(177-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yoʻl, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish boʻyicha beriladigan imtiyozlar summasi;
5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
6) ish beruvchi tomonidan toʻlovlar hisobiga toʻlanib, xodimdan ushlab qolinishi lozim boʻlgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
Soliq toʻlovchi yuridik shaxsdan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olgan taqdirda, ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati ularni olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Jismoniy shaxs yuridik shaxsdan aksiz toʻlanadigan tovarlar yoki qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olsa, bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatida aksiz soligʻining va qoʻshilgan qiymat soligʻining tegishli summasi hisobga olinadi.
178-modda. Boshqa daromadlar
Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) pensiyalar va qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar;
(178-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 284 — 294-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2) stipendiyalar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nomli davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Aspirantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1339, 16.04.2004-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
3) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa turlardagi yordam;
(178-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
4) donorlik uchun pul mukofotlari;
5) alimentlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96 — 134-moddalari.
6) hayvonlarni (qoramol, parranda, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni soʻyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar;
7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati;
8) musobaqalarda, koʻriklarda, tanlovlarda sovrinli oʻrinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;
9) yutuqlar;
Oldingi tahrirga qarang.
10) grant beruvchidan olingan grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari boʻyicha olingan summalar;
(178-modda 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
11) jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular boʻyicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi.
12) yaratilgan fan, adabiyot va sanʼat asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 15-moddasining uchinchi qismi,19-moddasining toʻrtinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
13) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor boʻlgan jismoniy shaxslar olgan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgʻalarining qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti;
(178-moddaning 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yoʻla beriladigan pul mukofoti;
Oldingi tahrirga qarang.
15) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan ishdan boʻshatish nafaqasi va boshqa toʻlovlar;
(178-moddaning 15-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 104 va 109-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
16) moddiy yordam tariqasida:
vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan toʻlovlar;
xodimga mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligi yoxud sogʻligʻiga boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar;
favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan toʻlovlar;
maqsadli xususiyatga ega boʻlgan hamda xodimlar bilan yuz bergan shaxsiy tusdagi voqealar, hodisalar va tadbirlar bilan bogʻliq boʻlgan hamda bajariladigan ish natijalariga bogʻliq boʻlmagan toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlar.
(178-moddaning 16-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17) qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlari haqini toʻlash boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari roʻyxati”.
18) ishlamaydigan pensionerlarga yuridik shaxs tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar;
19) sugʻurta tovoni summalari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 934-moddasi.
20) maʼnaviy zararni kompensatsiya qilish boʻyicha pul toʻlovlari.
(178-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 17 — 20-bandlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1022-moddasi.
31-bob. Imtiyozlar
179-modda. Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:
1) moddiy yordam summalari:
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari — toʻlaligicha;
(179-moddaning 1-bandi ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari — eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa hollarda — soliq davri uchun eng kam ish haqining oʻn ikki baravarigacha miqdorda;
(179-modda 1-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2) yoʻllanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman qoplash summalari, turistik yoʻllanmalar bundan mustasno:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar qiymatini nogironlarga, shu jumladan mazkur korxonada ishlamaydigan nogironlarga toʻliq yoki qisman qoplash summalari;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sogʻlomlashtirish oromgohlari, shuningdek ota-onalarning bolalari bilan dam olishiga maxsus moʻljallangan sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish muassasalariga oʻz xodimlarining oʻn olti yoshga toʻlmagan (oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar) bolalari uchun yoʻllanmalar qiymatini toʻliq yoki qisman qoplash summalari;
Keyingi tahrirga qarang.
3) oʻz xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat koʻrsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan toʻlangan summalar, shuningdek yuridik shaxsning davolash va tibbiy xizmat koʻrsatganlik, nogironlik profilaktikasi va nogironlarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olish uchun qilingan xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat koʻrsatganlik uchun yuridik shaxslar tomonidan sogʻliqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq toʻlangan taqdirda, shuningdek sogʻliqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan naqd pul mablagʻlari bevosita xodimga, xodim yoʻqligida, uning oila aʼzolariga, ota-onalariga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar xodimning bankdagi hisobvaragʻiga kiritilgan taqdirda, ushbu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi;
4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan budjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida;
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari koʻmagida amalga oshirilayotgan boʻlsa;
6) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaganidan keyin xususiy korxona mulkdori, fermer xoʻjaligi boshligʻi ixtiyorida qoladigan foyda summasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor boʻlgan jismoniy shaxslar olgan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgʻalarining qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti;
(179-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yoʻla beriladigan pul mukofoti;
9) sanoat mulki obyektlariga va seleksiya yutugʻi patentiga patent (litsenziya) egasi boʻlgan jismoniy shaxsning patentni (litsenziyani) ularning amal qilish muddati doirasida, lekin foydalanish boshlangan kundan eʼtiboran quyida koʻrsatilgan davrdan koʻp boʻlmagan muddatda sotishdan olgan daromadi summasi:
ixtirolar va seleksiya yutugʻidan — besh yil davomida;
sanoat namunasidan — uch yil davomida;
foydali modeldan — ikki yil davomida;
Keyingi tahrirga qarang.
10) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar;
Oldingi tahrirga qarang.
11) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan qimmatli qogʻozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, shuningdek amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan mol-mulkni sotishdan tushadigan daromadlar mustasno;
(179-modda 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
12) uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramol, parranda, moʻynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni soʻyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno. Mazkur daromadlar soliq toʻlovchi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, bogʻdorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining boshqaruvlari tomonidan berilgan, realizatsiya qilingan mahsulot soliq toʻlovchi tomonidan unga yoki uning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etgan taqdirda, soliq solishdan ozod qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
13) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati;
Oldingi tahrirga qarang.
14) yuridik shaxsdan soliq davri mobaynida eng kam ish haqining olti baravari miqdorigacha boʻlgan qiymatdagi:
Keyingi tahrirga qarang.
xodimlar natura shaklida olgan sovgʻalar;
ilgari mazkur yuridik shaxsning xodimlari boʻlgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yoʻqotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila aʼzolari tomonidan olingan sovgʻalar va boshqa turlardagi yordam.
(179-moddaning 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
15) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekin olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabiyot va sanʼat asarlarining, adabiyot va sanʼat asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxoʻrlariga (huquqiy vorislariga) toʻlanadigan pul mukofotlari mustasno;
16) davlat zayomining obligatsiyalari boʻyicha yutuqlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizlar, lotereya boʻyicha yutuqlar;
Oldingi tahrirga qarang.
17) depozit sertifikatlari, davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar, shuningdek banklar va kredit uyushmalaridagi omonatlar boʻyicha foizlar hamda yutuqlar;
(179-moddaning 17-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
18) xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida bevosita jismoniy shaxs grant beruvchidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakil qilingan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish boʻyicha organning xulosasi boʻlgan taqdirda, yuridik shaxsdan — grant oluvchidan olgan grant summasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19) fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini olish uchun yoʻnaltiriladigan summalari, shuningdek dividendlar tarzida olingan va dividend toʻlagan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoʻnaltirilgan daromadlar. Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyoz qoʻllanilganidan soʻng bir yil ichida muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilganda (chiqib ketilganda), mazkur mol-mulk sotilganda yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlanganda ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinishi kerak;
(179-moddaning 19-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20) mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining oʻn ikki baravari miqdori doirasida toʻlanadigan ishdan boʻshatish nafaqasi, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari (shu jumladan oilaning bemor aʼzosini parvarishlash nafaqasi) mustasno, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalaridan jismoniy shaxslarga beriladigan yordam tusidagi toʻlovlar;
(179-moddaning 20-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksning 109-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
21) olingan alimentlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96 — 134-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
22) fuqarolarning sugʻurta tovoni sifatida oladigan summalari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 934-moddasi.
23) qonun hujjatlarida davlat stipendiyalari uchun belgilangan miqdorlarda taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan toʻlanadigan stipendiyalar;
(179-moddaning 22 va 23-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi.
24) uy-joy-kommunal xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari roʻyxati”.
25) davlat pensiyalari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 289 — 291-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(179-moddaning 26-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
27) jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular boʻyicha foiz daromadlari, shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
28) fuqarolarning soliq solinadigan va Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga mol-mulkni sugʻurta qilish hamda hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari toʻlovi uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarining summalari;
(179-moddaning 28-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
29) yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektiga — yuridik shaxsga uning majburiyatlarini bajarish uchun yoʻnaltiriladigan daromadlari summalari. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi va soliq summasi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun toʻliq miqdorda undiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
30) quyidagi jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari summalari:
yosh oila aʼzolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganda;
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining kreditlari hisobiga qishloq joylarida namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy quruvchi shaxslar tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda koʻrsatilgan mol-mulk olingan (mol-mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) sanadan eʼtiboran besh yil ichida sotilsa, mazkur bandda nazarda tutilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi.
(179-moddaning 30-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31) fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining:
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalari;
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2107, 27.05.2010-y.).
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan summalari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasining beshinchi, oltinchi qismlari, “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2111, 04.06.2010-y.).
(179-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 31-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
180-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod qilish
Soliq solishdan quyidagi jismoniy shaxslar toʻliq ozod qilinadi:
1) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasa, — Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha;
2) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, — Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha;
3) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat koʻrsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, — oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha;
4) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, — oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha;
5) xalqaro nohukumat tashkilotlarning mansabdor shaxslari — agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari boʻyicha;
6) Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari hamda bojxona organlarining oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, shuningdek oʻquv yoki sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar — xizmatni oʻtash (xizmat vazifalarini bajarish) munosabati bilan olgan pul taʼminoti, pul mukofotlari va boshqa toʻlovlar summalari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
7) prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega boʻlgan xodimlari — ularning xizmat vazifalarini bajarish munosabati bilan olgan daromadlari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
8) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan shaxslar — ushbu faoliyatdan olingan daromadlari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagi jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha) ozod qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
1) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar, urush nogironlari yoxud 1941—1945-yillardagi urush davrida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar jumlasidan boʻlgan boshqa nogironlar, sobiq partizanlar jumlasidan boʻlgan nogironlar, shuningdek pensiya taʼminoti boʻyicha mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan boshqa nogironlar. Bu imtiyozlarni berish uchun “Oʻzbekiston Qahramoni” guvohnomasi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchasi, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlarning orden daftarchasi, urush nogironlarining tegishli urush nogironi guvohnomasi yoxud mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoki boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi, boshqa nogironlarning — Nogironning imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi asos boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2) xizmatni harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda oʻtagan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan boʻlib, 1941—1945-yillardagi urush, sobiq SSSRni himoya qilish boʻyicha boshqa jangovar operatsiyalarning qatnashchilari, 1941—1945-yillardagi urush davri mehnat frontining faxriylari va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqinlari. Imtiyoz Urush qatnashchisining guvohnomasi asosida, 1941—1945-yillardagi urush davri mehnat frontining faxriylari va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqinlari — Imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
(180-modda ikkinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3) Leningrad shahrida 1941-yil 8-sentabrdan 1944-yil 27-yanvargacha qamal davrida ishlagan fuqarolar. Imtiyoz ushbu shaxslar qamal davrida Leningrad shahri korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
4) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari jumlasidan boʻlib, xizmat vazifalarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida nogiron boʻlib qolganlar. Nogironning imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi imtiyozlar berilishi uchun asos boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
5) bolalikdan nogiron boʻlib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari. Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
6) oʻn va undan ortiq bolasi bor ayollar. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi mazkur imtiyoz berilishi uchun asos boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7) sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari). Imtiyoz “Halok boʻlgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” yoki “Ichki ishlar organlari halok boʻlgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” shtampi qoʻyilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner boʻlmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati yoxud Ichki ishlar vazirligining tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organi xodimining halok boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yoki frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi;
(180-modda ikkinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 20-maydagi OʻRQ-247-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 149-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8) xizmatni Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha boʻlgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida oʻtagan harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar. Mazkur imtiyozni berish uchun Imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi qoʻmitasi yoki Ichki ishlar vazirligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati yoxud Ichki ishlar vazirligi mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari, harbiy qismlari, harbiy-oʻquv yurtlari, korxonalari, muassasalari yoki tashkilotlarining maʼlumotnomasi asos boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
9) Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar. Imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish qatnashchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan, imtiyoz berilishi uchun asos boʻluvchi boshqa hujjatlar asosida beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
10) ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor yolgʻiz onalar. Imtiyoz har bir bola uchun Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotnoma asosida beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
11) ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor va boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar. Imtiyoz erning (xotinning) vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, yangi nikohdan oʻtmaganlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya olinmasligi haqidagi maʼlumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi;
(180-modda ikkinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
12) bolaligidan nogiron boʻlgan, doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onadan biri. Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sogʻliqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnomasi, birgalikda yashashga taalluqli qismida — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining maʼlumotnomasi asosida beriladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qoʻllaniladi.
Imtiyozlarga boʻlgan huquqlar kalendar yili davomida vujudga kelgan taqdirda, imtiyozlarga boʻlgan huquqlar vujudga kelgan paytdan eʼtiboran qoʻllaniladi.
Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan bir nechta asos boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquqqa ega boʻlsa, unga xohishiga qarab faqat bitta imtiyoz beriladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllash jismoniy shaxsning asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyi boʻyicha, asosiy ish joyi boʻlmagan taqdirda — yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chogʻida amalga oshiriladi. Imtiyozga boʻlgan huquq yoʻqotilgan taqdirda, jismoniy shaxs imtiyoz yoʻqotilgan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga maʼlum qilishi kerak.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab oʻtilgan imtiyozlar jismoniy shaxslarning foizlar va dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga ham tatbiq etiladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy ish joyi boʻyicha hisoblansa, imtiyozni qoʻllash asosiy ish joyi boʻyicha amalga oshiriladi, agar foizlar va dividendlar asosiy boʻlmagan ish joyi boʻyicha hisoblansa, imtiyoz jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan qoʻllaniladi. Shunga oʻxshash tartib mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
32-bob. Soliq stavkalari va soliq davri
181-modda. Daromadlarning alohida turlariga solinadigan soliq stavkalari
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga belgilangan eng kam stavka boʻyicha soliq solinadi:
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
baland togʻli, choʻl va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha qoʻshimcha toʻlovlar tariqasida olingan daromadlarga. Bunda choʻl va suvsiz joylarda, baland togʻli va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun yuridik shaxslar xodimlarining ish haqiga koeffitsiyentlar hisoblashning eng yuqori summasi hisoblash paytidagi holatga koʻra belgilangan eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida belgilanadi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-apreldagi 200-sonli “Navoiy viloyati xalq xoʻjaliga tarmoqlari xodimlarining ish haqini hududiy tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-dekabrdagi 462-sonli “Doʻrmon-Qaynarsoy” komplekslarining xoʻjalik hisobidagi birlashgan direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik qishloq xoʻjaligi ishlariga yuborilgan jismoniy shaxslarning shu ishlarni bajarishdan olingan daromadlariga.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan ayollarning daromadlaridan olish darajasi 20 foizdan oshmasligi lozim. Mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlar roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
182-modda. Jismoniy shaxslarning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga solinadigan soliq stavkalari
Jismoniy shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining Oʻzbekiston Respublikasidagi daromadlar manbaidan olingan, daromadlariga manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar boʻyicha soliq solinadi:
dividendlar va foizlarga — 10 foiz;
ushbu Kodeks 155-moddasi uchinchi qismining 9-bandiga muvofiq belgilanadigan xalqaro tashishlarda transport xizmatlari koʻrsatishdan olinadigan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) — 6 foiz;
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazganlik uchun mukofot, ijara boʻyicha daromadlarga hamda ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan, mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy tusga ega shartnomalar boʻyicha olingan boshqa daromadlarga — 20 foiz;
Keyingi tahrirga qarang.
Toʻlov manbaida soliq solish toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida sodir etilganligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
(182-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
183-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Yil choragi daromad toʻlash manbaidan jismoniy shaxslarning daromad soliqlarini ushlab qoluvchilar uchun hisobot davridir.
Keyingi tahrirga qarang.
33-bob. Daromadga toʻlov manbaida soliq solish
184-modda. Jismoniy shaxslarning daromadlariga toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlar
Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni toʻlov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va toʻlash majburiyati yuridik shaxslar, faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari hamda chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarning toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagi daromadlar kiradi:
1) ushbu Kodeksning 172-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari;
2) ushbu Kodeksning 177-moddasiga muvofiq moddiy naf tarzidagi daromadlar;
3) mulkiy daromadlar, agar daromadning toʻlov manbai yuridik shaxs - Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti, faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti, chet el yuridik shaxsining vakolatxonasi boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
4) ushbu Kodeksning 178-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar, agar daromadning toʻlov manbai yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti, faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti, chet el yuridik shaxsining vakolatxonasi boʻlsa.
(184-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatga oid munosabatlarda boʻlmagan jismoniy shaxsga moddiy naf tarzida daromad toʻlovchi soliq agenti, jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini ushlab qolmaslikka haqlidir. Bunda jismoniy shaxs moddiy naf tarzidagi daromad boʻyicha ushbu Kodeksning 189-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashi shart.
(184-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
185-modda. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini soliq agentlari tomonidan toʻlov manbaida ushlab qolish
Toʻlov manbaida soliq solish soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda soliq agentlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Soliq agentlari soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 184-moddasida koʻrsatilgan daromadlaridan hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini mazkur daromadlar haqiqatda toʻlanayotganda ushlab qolishlari shart.
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning hisoblangan summasini soliq toʻlovchidan ushlab qolish soliq agenti soliq toʻlovchiga toʻlayotgan har qanday pul mablagʻlari hisobidan, mazkur pul mablagʻlari haqiqatda soliq toʻlovchiga yoki uning topshirigʻiga binoan uchinchi shaxslarga toʻlanayotganda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining toʻgʻri ushlab qolinishi va oʻz vaqtida budjetga oʻtkazilishi uchun javobgarlik daromad toʻlayotgan soliq agentining zimmasida boʻladi. Mazkur soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti ushlab qolinmagan summani hamda u bilan bogʻliq penyani budjetga toʻlashi shart.
Qarang: mazkur Kodeksning 120-moddasi.
186-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini qoʻllash maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun boʻyicha (yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi) hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu boʻlimda belgilangan soliq solinadigan baza hamda stavkalardan kelib chiqqan holda daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun boʻyicha har oyda jismoniy shaxsning asosiy ish joyi boʻyicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining hisoblab chiqarilgan summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxslarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻz xodimlariga moddiy yordam koʻrsatgan va sovgʻalar bergan soliq agentlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini soliq davrining oxirida amalda boʻlgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda qayta hisob-kitob qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxsning asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan sovgʻa, moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya topshirgan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq davrining oxirida amalda boʻlgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi;
(186-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyi oʻzgargan taqdirda, jismoniy shaxs joriy yilda oʻziga toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidagi buxgalteriyaga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, oʻqish) joyidan maʼlumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha ushlab qolinadi. Maʼlumotnoma yoki identifikatsiya raqami keyinchalik taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi ilgarigi asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangi asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan buyon ilgarigi va yangi ish (xizmat, oʻqish) joylaridan olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng xodimga ilgarigi asosiy ish joyida toʻlovlar amalga oshirilgan taqdirda, mazkur toʻlovlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ushbu Kodeks 179-moddasi 1-bandining toʻrtinchi xatboshisida hamda 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilmagan holda solinadi. Yuridik shaxs bu xodimga toʻlagan daromadning jami summasi va undan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan umumiy summasi haqida bu yuridik shaxs hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga oʻttiz kun ichida yozma shaklda maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish jami daromad summasidan ushbu Kodeks 179-moddasi 1-bandining toʻrtinchi xatboshisida hamda 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilmagan holda, belgilangan stavkalar boʻyicha hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun boʻyicha amalga oshiriladi.
(186-moddaning sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan daromadlar olayotgan jismoniy shaxs buxgalteriyaga oʻz daromadidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining eng yuqori stavkasi boʻyicha ushlab qolish toʻgʻrisida ariza bersa, daromadlar toʻlayotgan yuridik shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini ushbu boʻlimda nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllamagan holda eng yuqori stavka boʻyicha ushlab qoladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq agentlari jismoniy shaxsning talabiga binoan unga daromadlarining summalari va turlari haqida, shuningdek jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda maʼlumotnoma berishlari shart.
Jismoniy shaxslarning asosiy boʻlmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yakuniy summasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisida taqdim etilgan deklaratsiyaning maʼlumotlari boʻyicha davlat soliq xizmati organi tomonidan hisoblab chiqariladi.
(186-moddaning oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
187-modda. Hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi
Soliq agentlari:
1) soliq davri tugaganidan soʻng oʻttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga daromadlar olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida, asosiy ish joyi boʻyicha daromadlar olgan jismoniy shaxslar bundan mustasno, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda maʼlumotnoma taqdim etishi shart, unda quyidagilar aks ettiriladi:
soliq toʻlovchining — jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami;
soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili;
oʻtgan soliq davri yakunlari boʻyicha daromadlarning umumiy summasi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan umumiy summasi;
soliq agentining identifikatsiya raqami;
soliq agentining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etishi shart.
(187-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 22.03.2013-y.).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
188-modda. Soliq toʻlash tartibi
Toʻlov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining hisoblab chiqarilgan summasi budjetga soliq agenti tomonidan quyidagi muddatlarda toʻlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlarini olish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda. Ish haqi boʻyicha oyning birinchi yarmi uchun boʻnak (avans) olish uchun hujjatlar taqdim etilganda soliqni toʻlash amalga oshirilmaydi;
(188-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
toʻlov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday toʻlovga qonun hujjatlarida ruxsat berilgan boʻlsa.
Agar yuridik shaxsning bank hisobvaragʻida ish haqini toʻlash va bir vaqtning oʻzida xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlarni budjetga oʻtkazish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmasa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi bank hisobvaragʻidagi qoldiq mablagʻlarga mutanosib summada budjetga oʻtkaziladi.
34-bob. Daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq solish
189-modda. Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar
Oldingi tahrirga qarang.
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi:
mulkiy daromadlar, agar bu daromadlarga toʻlov manbaida soliq solinmagan boʻlsa;
fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
asosiy boʻlmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi daromadlar;
ikki yoki undan koʻp manbadan olingan soliq solinadigan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
soliq agentlari boʻlmagan manbalardan olingan daromadlar.
Agar soliq toʻlovchining asosiy boʻlmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi uning arizasiga koʻra belgilangan eng yuqori stavka qoʻllanilgan holda ushlab qolingan boʻlsa, daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etilmaydi, ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan daromadlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentiga aylangan chet ellik jismoniy shaxs, mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlari qoidalaridan qatʼi nazar, ushbu Kodeksning 192-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etadi.
(189-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
190-modda. Mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlarga soliq solish
Fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar bunday faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmagan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Ushbu moddaga muvofiq daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini davlat soliq xizmati organining yozma xabarnomasi asosida toʻlaydi.
Fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi olayotgan jismoniy shaxs daromadlar olish bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq, haqiqatda qilingan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, biroq chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak.
Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish va ulardan foydalanish uchun zarur materiallar olishga doir xarajatlar;
faqat fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar.
191-modda. Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya soliq toʻlovchining olingan yillik daromadi toʻgʻrisidagi yozma arizasidan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasiga asosiy ish joyi boʻyicha toʻlangan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnoma ilova qilinadi.
(191-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, jinsi, fuqaroligi, doimiy yashash joyi manzili;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlar turlarga ajratib koʻrsatilgan holda olingan jami yillik daromad (bir martalik operatsiyalardan hamda mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni deklaratsiya qilish uchun faqat ushbu operatsiyalarning oʻzidan olish moʻljallanayotgan daromad aks ettiriladi);
daromadlarning manbalari;
daromad olish bilan bogʻliq xarajatlar, majburiy toʻlovlar, chiqimlar va ajratmalarning summalari;
jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar;
hisoblab chiqarilgan soliq summasi;
haqiqatda toʻlangan soliq summasi.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyada jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiya qilish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya pochta orqali buyurtma xat shaklida, shuningdek elektron shakldagi axborot tarzida taqdim etilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya blankalari soliq toʻlovchilarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan bepul beriladi.
Jismoniy shaxs taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyada toʻlanishi lozim boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda, jismoniy shaxs deklaratsiyaga zarur oʻzgarishlar kiritishi shart.
Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻzgartirish haqidagi ariza jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash muddati tugaguniga qadar berilsa, soliq toʻlovchi ushbu Kodeksda belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi.
Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻzgartirish haqidagi ariza jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash muddati tugaganidan keyin, biroq xatolar davlat soliq xizmati organi tomonidan aniqlanguniga qadar berilsa, soliq toʻlovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani toʻlagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
Jismoniy shaxs davlat soliq xizmati organining taqdim etilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyada aniqlangan xatolik toʻgʻrisidagi bildirishnomasini olgan kun davlat soliq xizmati organi tomonidan xatolik aniqlangan kun deb hisoblanadi.
192-modda. Daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi
Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning 189-moddasida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Deklaratsiya qilinishi shart boʻlmagan daromadlarni olgan soliq toʻlovchilar doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin.
(192-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs oʻtgan soliq davri uchun daromadlar toʻgʻrisida joriy yilning 1-apreligacha deklaratsiya taqdim etadi.
Chet ellik jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti ushbu bobda belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya mazkur jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1-fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan boʻlsa, joriy yil uchun daromadlar boʻyicha deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etish tartibi ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni toʻlash deklaratsiya topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida amalga oshiriladi.
(192-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Grant olgan jismoniy shaxs daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant boʻyicha olingan daromad summasini, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi miqdorini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish boʻyicha organning tegishli xulosasini koʻrsatadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs belgilangan tartibda daromadlar toʻgʻrisidagi quyidagi deklaratsiyalarni taqdim etadi:
dastlabki deklaratsiyani — shunday daromadlar yuzaga kelgan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach, besh kunlik muddatda, agar bu daromadlarga jismoniy shaxslar daromadlariga toʻlov manbaida solinadigan soliq solinmagan boʻlsa;
yakuniy deklaratsiyani — oʻtgan soliq davridan keyingi yilning 15-yanvariga qadar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar olish tugagan taqdirda jismoniy shaxs doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar soliq toʻlovchi daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmagan boʻlsa, davlat soliq xizmati organi oʻzidagi mavjud maʼlumotlar asosida soliq summasini eng yuqori stavka boʻyicha hisoblashga va soliq toʻlovchiga toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan soliq summasi toʻgʻrisida bildirishnoma topshirishga haqli. Soliq toʻlovchi tomonidan jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, soliqning yakuniy summasi ushbu deklaratsiya hisobga olingan holda aniqlanadi.
(192-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
193-modda. Deklaratsiya boʻyicha soliq toʻlash tartibi
Jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning maʼlumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini oʻtgan soliq davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay toʻlaydilar.
Jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab chiqarilgan daromad soligʻini xorijiy davlatda joylashgan bank hisobvaragʻidan chet el valyutasida toʻlashi mumkin. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlangan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning beshinchi kunigacha toʻlaydilar. Yil tugagach, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad boʻyicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida toʻlangan summalar oʻrtasidagi farq kelgusi yilning 15-martigacha soliq toʻlovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq toʻlangan sana quyidagilardir:
yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvaragʻidan toʻlangani taqdirda — ularning bankdagi hisobvaragʻidan mablagʻlar hisobdan chiqarilgan kun;
jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablagʻlari kiritilgan taqdirda — bank kassasiga mablagʻlar toʻlangan sana.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
194-modda. Chet ellik jismoniy shaxslarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet ellik jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi.
Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish oʻzarolik prinsipi boʻyicha tugatilishi yoki cheklanishi mumkin.
Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chogʻida bunday bitimlarning shartlariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik jismoniy shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha xarajatlarini oʻz zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlar kiritilishiga ruxsat berilmaydi.
Chet ellik jismoniy shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining daromadlariga ushbu boʻlimda belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
195-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarini soliq solishdan ozod etish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasini qoʻllash huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi budjetga toʻlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining bunday norezidenti toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini ushbu Kodeksning 38-moddasiga muvofiq soliq majburiyati boʻyicha daʼvo muddati mobaynida budjetdan qaytarib olish huquqiga ega. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki uning summasini kamaytirish toʻgʻrisidagi iltimos bayon etilgan arizani, shuningdek quyidagi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organiga taqdim etadi:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisida xalqaro shartnomaga ega boʻlgan davlatning rezidenti ekanligini rasmiy jihatdan tasdiqlovchi hujjatni;
olingan daromadlarni tasdiqlovchi hujjatni;
ushbu Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi tegishli xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan hujjatni.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organi arizani uch oy muddatda koʻrib chiqadi va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar ishonchli boʻlgan taqdirda, ushbu Kodeksning 58-moddasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini budjetdan qaytaradi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi gʻayriqonuniy qoʻllanilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga asoslangan rad javobini yuboradi.
196-modda. Rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan soliqni hisobga olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan, jismoniy shaxslardan — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlaridan olinadigan daromad soligʻi summalari Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlashda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini hisobga olish uchun chet davlat vakolatli organining maʼlumotnomasi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlanganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos boʻladi.
(196-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
VII BOʻLIM. QOʻSHILGAN QIYMAT SOLIGʻI
35-bob. Soliq toʻlovchilar. Soliq solish obyekti
197-modda. Soliq toʻlovchilar
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar quyidagilardir:
1) soliq solinadigan oborotlarga ega boʻlgan yuridik shaxslar, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa;
2) ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlash boʻyicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;
3) tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, oʻz ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — yuridik shaxs.
(197-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Quyidagilar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar hisoblanmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
notijorat tashkilotlar, bundan tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlari, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismi 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
(197-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
agar ushbu Kodeksning XX boʻlimida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
198-modda. Soliq solish obyekti
Soliq solish obyekti quyidagilardir:
soliq solinadigan oborot;
soliq solinadigan import.
199-modda. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
1) mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan:
tovarni va boshqa mol-mulkni joʻnatish (sotish);
ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshilgan hissa;
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkni bepul berish (ishlarni bepul bajarish, xizmatlarni bepul koʻrsatish), shu jumladan yuridik shaxs xodimlariga ularning mazkur yuridik shaxsdagi faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy ehtiyojlari uchun mol-mulkni bepul berish (ishlarni bepul bajarish, xizmatlarni bepul koʻrsatish), agar ushbu modda ikkinchi qismining 6-bandida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa;
(199-modda birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) almashtirish uchun mol-mulkni berish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish);
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodimga ish haqi hisobiga yoki muassisga (ishtirokchiga) dividendlar toʻlash hisobiga mol-mulk berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish);
garov bilan taʼminlangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, garovga qoʻyuvchi tomonidan garov narsasini berish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 281-moddasining beshinchi qismi.
zayom shartnomalari asosida tovar-moddiy zaxiralarni berish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 732 — 743-moddalari.
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy boʻlinmasi tomonidan boshqa tarkibiy boʻlinmasiga, agar tarkibiy boʻlinmalar ushbu Kodeksga muvofiq mustaqil soliq toʻlovchilar boʻlsa, mol-mulkni berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish;
3) mol-mulkni moliya ijarasiga (shu jumladan lizingga) berish;
4) toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan tovarni joʻnatish;
5) mol-mulkni operativ ijaraga berish;
6) intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni oʻtkazish yoki ulardan foydalanish huquqini berish;
Oldingi tahrirga qarang.
7) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarishda ushbu Kodeksning 147-moddasiga muvofiq xarajatlari chegirilmaydigan soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni berish, oʻz kuchi bilan ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish.
(199-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Quyidagilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti boʻlmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) soliq toʻlovchining xarajatlari sifatida qaraladigan, uning oʻz ehtiyojlari uchun tovarlarni berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, bundan ushbu moddaning birinchi qismi 7-bandida nazarda tutilgan xarajatlar mustasno;
(199-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy boʻlinmasi tomonidan boshqa tarkibiy boʻlinmasiga ishlab chiqarish ehtiyojlari (zavod ichki oboroti) uchun, agar tarkibiy boʻlinmalar ushbu Kodeksga muvofiq mustaqil soliq toʻlovchilar boʻlmasa, mol-mulk berilishi, ishlar bajarilishi, xizmatlar koʻrsatilishi;
3) soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun oʻz kuchi bilan qurilish, montaj, qurilish-montaj ishlarini bajarishi;
Oldingi tahrirga qarang.
4) qaytariladigan tarani joʻnatish. Qaytariladigan tara mahsulot solib joʻnatilgan, qiymati ushbu mahsulot qiymatiga kiritilmaydigan hamda shu mahsulotni yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada (kontraktda) belgilangan shartlarda va muddatlarda mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim boʻlgan taradir. Agar tara belgilangan muddatda qaytarilmasa, bunday tarani berish soliq solinadigan oborotga kiritiladi;
(199-modda ikkinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
5) yuridik shaxsning ishtirokchisi (muassisi) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqqanda (chiqib ketganda), shu jumladan tugatilganlik (bankrotlik) yoki qayta tashkil etilganlik munosabati bilan chiqqanda (chiqib ketganda) unga dastlabki hissa doirasida mol-mulkni berish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sherikka (ishtirokchiga) uning mazkur shartnoma boʻyicha sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkida boʻlgan ulushi qaytarilayotganda yoki bunday mol-mulk taqsimlanganda mol-mulkni berish;
6) asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va tugallanmagan qurilish obyektlarini bepul asosda berish;
Oldingi tahrirga qarang.
7) banklar va sugʻurta tashkilotlari tomonidan mol-mulkni oʻz filiallariga berish;
(199-modda ikkinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 16, 17-moddalari.
8) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sherikning (ishtirokchining) ulushi sifatida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlarni berish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 962-moddasi.
9) tovarlarni va boshqa mol-mulkni qayta ishlash asosida berish;
10) ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida mol-mulkni mulkdordan ishonchli boshqaruvchiga berish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 849-moddasi.
11) ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, mol-mulkni mulkdorga berish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 861-moddasi.
12) obyekt qiymatini ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) oladigan ijara (lizing) toʻlovining bir qismi tarzida qoplash.
Oldingi tahrirga qarang.
13) tovarlardan foydalanishning kafolatli muddati davrida ularni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha haq olmasdan ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish.
(199-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 13-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 403-moddasi ikkinchi qismi, 404-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
200-modda. Soliq solinadigan va solinmaydigan oborotlarni belgilash
Soliq toʻlovchining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti soliq solinadigan oborotdir, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan oborotlar bundan mustasno.
Soliq toʻlovchining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) quyidagi realizatsiya qilish oborotlari soliq solinmaydigan oborotdir:
ushbu Kodeksning 208, 209 va 210-moddalariga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan oborot;
realizatsiya qilingan joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlmagan oborot. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi ushbu Kodeksning 202-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti uchun bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar mazkur ishlarni, xizmatlarni oluvchining soliq solinadigan oborotiga ushbu Kodeksning 207-moddasida belgilangan tartibda kiritiladi.
(200-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
201-modda. Soliq solinadigan import
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar soliq solinadigan importdir, ushbu Kodeksning 211-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlar bundan mustasno.
202-modda. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlariga, agar ularni realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻlsa, qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
Quyidagi shartlar yoxud ulardan biri mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi:
tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa va bitim natijasida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqarilmaydigan boʻlsa (yuklab joʻnatilmaydigan va tashilmaydigan boʻlsa);
joʻnatish yoki tashish boshlangan paytda tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa.
Quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi hududi ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi, agar:
1) ishlar, xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan koʻchmas mulk bilan bogʻliq boʻlsa. Bunday ishlar, xizmatlar jumlasiga, xususan, qurilish, montaj, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash, taʼmirlash, restavratsiya qilish, koʻkalamzorlashtirish ishlari, shuningdek koʻchmas mulkni ijaraga berish kiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) ishlar, xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan koʻchar mulk bilan bogʻliq boʻlsa. Bunday ishlarga, xizmatlarga montaj qilish, sozlash, yigʻish, qayta ishlash, ishlov berish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish kiradi
(202-modda uchinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
3) xizmatlar haqiqatda Oʻzbekiston Respublikasi hududida turizm, madaniyat, sanʼat, taʼlim, jismoniy tarbiya va sport sohasida koʻrsatilayotgan boʻlsa;
4) ishlarni, xizmatlarni sotib oluvchi faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan boʻlsa. Ishlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi asosida, bunday asos boʻlmagan taqdirda esa, yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan joy, yuridik shaxsning doimiy faoliyat koʻrsatadigan ijro etuvchi organi joylashgan yer, agar ishlar (xizmatlar) muayyan doimiy muassasa orqali bajarilgan (koʻrsatilgan) boʻlsa, ushbu doimiy muassasa joylashgan yer asosida Oʻzbekiston Respublikasining hududida haqiqatda hozir boʻlib turgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining hududi sotib oluvchining faoliyati amalga oshiriladigan joy hisoblanadi. Ushbu bandning qoidalari quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquq oʻtkazilgan yoki ulardan foydalanish huquqi berilganda;
maslahat berish, auditorlik, yuridik (advokatlik), buxgalterlik, reklama, injiniring xizmatlari, shuningdek axborotga ishlov berish xizmatlari koʻrsatilganda. Injiniring xizmatlari jumlasiga mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish jarayoniga tayyorgarlik, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa obyektlar qurilishi hamda ulardan foydalanilishga tayyorgarlik boʻyicha muhandislik-maslahat berish yoʻsinidagi xizmatlar, loyihalash oldi va loyihalash xizmatlari (texnik-iqtisodiy asoslarni, loyiha-konstruktorlik yechimlarini tayyorlash va boshqa shunga oʻxshash xizmatlar) kiradi. Axborotga ishlov berish xizmatlari jumlasiga axborot massivlarini toʻplash va umumlashtirish, tizimlashtirish hamda bu axborotga ishlov berish natijalarini foydalanuvchilar tasarrufiga taqdim etish xizmatlari kiradi;
xodimlar berish agar xodimlar sotib oluvchi oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan joyda ishlayotgan boʻlsa;
koʻchar mulk ijaraga berilganda, transport vositalari bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olish boʻyicha vositachi (ishonchli vakil), shuningdek ushbu bandda nazarda tutilgan xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnomaning (kontraktning) asosiy ishtirokchisi nomidan jalb etuvchi shaxs xizmatlari koʻrsatilganda;
(202-modda uchinchi qismi 4-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
aloqa xizmatlari koʻrsatilganda;
(202-modda uchinchi qismi 4-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
5) ushbu modda uchinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilmagan ishlarni bajarayotgan, xizmatlarni koʻrsatayotgan shaxsning tadbirkorlik yoki har qanday boshqa faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilsa. Ishlarni bajarayotgan, xizmatlar koʻrsatayotgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi asosida, bunday asos boʻlmagan taqdirda esa, yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan joy, yuridik shaxsning doimiy faoliyat koʻrsatadigan ijro etuvchi organi joylashgan yer, agar ishlar (xizmatlar) bu doimiy muassasa orqali bajarilgan boʻlsa, mazkur doimiy muassasa joylashgan yer asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda hozir boʻlib turgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining hududi ushbu faoliyat amalga oshiriladigan joy hisoblanadi.
Agar ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish boshqa asosiy ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilishga nisbatan yordamchi xususiyatga ega boʻlsa, asosiy ishlar, xizmatlar realizatsiya qilingan joy yordamchi realizatsiya qilish joyi sifatida eʼtirof etiladi.
203-modda. Realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana
Tovarlar joʻnatilgan (berilgan) kun, agar ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Agar tovarlarni joʻnatish amalga oshirilmasa, tovarga boʻlgan mulk huquqi oluvchiga oʻtkazilgan kun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Garovga qoʻyilgan mol-mulk (tovar) garovga qoʻyuvchi tomonidan topshirilganda garov narsasiga boʻlgan mulk huquqi oʻtkazilgan sana garovga qoʻyuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Yuridik shaxsning xodimlariga ularning mazkur yuridik shaxsdagi faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy ehtiyojlari uchun ish haqi hisobiga, shu jumladan bepul tovarlar berilganda, ishlar bajarilganda, xizmatlar koʻrsatilganda tovar berilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar koʻrsatilgan hamda hisobvaraq-faktura va (yoki) ishlar bajarilgani, xizmatlar koʻrsatilgani faktini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar rasmiylashtirilgan kun oborot amalga oshirilgan sanadir.
Tara shartnomada nazarda tutilgan muddatda qaytarilmasa, bu tarani qaytarish uchun belgilangan sana qaytarilishi lozim boʻlgan taraning realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana quyidagi shartlardan biri bajarilganda boshlanadi:
hisobvaraq-faktura yozib berilganda;
ishlar bajarilganligi, xizmatlar koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilganda. Ushbu qism qoidalari boshlanishi bir hisobot davriga, tamomlanishi esa boshqa hisobot davriga toʻgʻri keladigan ishlarga, xizmatlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ishlar, xizmatlar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilingan taqdirda, hisobvaraq-faktura yozilgan sana ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Shartnomaning (kontraktning) amal qilishi davrida ishlarni, xizmatlarni oluvchi ularning natijalaridan oʻz ishlab chiqarish faoliyatida doimiy asosda foydalanishi mumkin boʻlgan taqdirda, doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilish ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini anglatadi.
Ishlar, xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi norezidentidan olingan taqdirda, ishlar, xizmatlar olinganligi toʻgʻrisidagi hujjat rasmiylashtirilgan sana oborot amalga oshirilgan sanadir.
36-bob. Soliq solinadigan baza
204-modda. Soliq solinadigan bazani belgilash
Soliq solinadigan baza, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, realizatsiya qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati asosida, unga qoʻshilgan qiymat soligʻini kiritmagan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan narxdan (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlar hisobga olingan holda) past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda, soliq toʻlovchiga oʻz ehtiyojlari uchun ushbu Kodeks 199-moddasi birinchi qismining 7-bandiga muvofiq tovarlar berilganda (ishlar bajarilganda, xizmatlar koʻrsatilganda), shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul berilganda soliq solish maqsadlari uchun soliq solinadigan baza tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxidan yoki tovarlar olingan narxdan (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlar hisobga olingan holda) kelib chiqib belgilanadi.
(204-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlar qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan taqdirda, soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻini kiritmagan holda ularni qayta ishlash xizmatlarining qiymati asosida, aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha esa, ularni qayta ishlash xizmatlari qiymati asosida, ushbu Kodeksning 232-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish, qurilish-montaj va taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar, xizmatlar boʻyicha, shuningdek obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda shartnomaviy narxlardan kelib chiqqan holda hisob-kitob hujjatlari haq toʻlash uchun taqdim etilgan, bajarilgan va buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan ishlarning, xizmatlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir. Agar shartnomaga binoan bu ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati soliq solinadigan bazadir.
Import qilingan tovarlar realizatsiya qilinganda, soliq solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda soliq solinadigan baza mazkur tovar import qilinganda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas.
Aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan bazaga aksiz soligʻining summasi kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(204-moddaning toʻrtinchi—oʻn oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ham oʻz ichiga oladigan, ularning realizatsiya qilish narxi bilan qoldiq qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi.
(204-moddaning toʻrtinchi—oʻn oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berilganda, soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga oladigan, chiqib ketayotgan aktiv qiymati bilan uning balans (qoldiq) qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi, soliq toʻlovchi tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda esa, qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻz ichiga oladigan, chiqib ketayotgan aktivning qiymati soliq solinadigan bazadir. Bunda chiqib ketayotgan aktivning qiymati buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan, moliyaviy ijara ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv sifatida eʼtirof etiladigan summa tarzida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qurilishi tugallanmagan obyekt realizatsiya qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ham oʻz ichiga oladigan, qurilishi tugallanmagan obyektni realizatsiya qilish narxi bilan balans qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit tashkiloti tomonidan garov bilan taʼminlangan majburiyatni qoplash hisobiga olingan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi bilan qarzni qoplash hisobiga mazkur garov mol-mulki olingan qarz summasi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganda, soliq solinadigan baza belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ushbu Kodeks 200-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq realizatsiya qilishda soliq solinmaydigan oborotlar hisoblanuvchi chiptalar, abonementlar, yoʻllanmalar (joysiz davolanish uchun berilgan hujjatlar) va xizmatlar olishga huquq beruvchi boshqa hujjatlar mazkur xizmatlarni koʻrsatmaydigan yuridik shaxslar tomonidan oʻz xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun realizatsiya qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga oladigan, realizatsiya qilish bahosi va ularni olish bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 219-moddasining 5 va 6-bandlariga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisobga olish nazarda tutilmagan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda (mazkur mol-mulk qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan olinganligi yoki olinmaganligidan qatʼi nazar), soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga oladigan, uni realizatsiya qilish (chiqib ketish) qiymati bilan balans qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
(204-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda, ekspeditorning soliq solinadigan bazasi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ham oʻz ichiga oladigan, koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq tariqasida olinishi lozim boʻlgan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Vositachilik shartnomasi, topshiriq yoki vositachilik xizmatlari koʻrsatish boʻyicha boshqa shartnoma asosida oʻzga shaxsning manfaatlarini koʻzlab xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ham oʻz ichiga oladigan, koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq (foiz) tariqasida olinishi lozim boʻlgan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Vositachilik, topshiriq shartnomasiga binoan komitent yoki topshiriq beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan taqdirda, soliq solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda soliq solinadigan baza mazkur tovar import qilinganida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas.
Garovga qoʻyuvchi garov mol-mulkini garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish hisobiga topshirgan taqdirda, garovga qoʻyuvchining soliq solinadigan oboroti miqdori garovga oluvchi tomonidan realizatsiya qilingan mol-mulk qiymatidan kelib chiqqan, biroq qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshmagan holda mazkur garovga qoʻyilgan mol-mulkka olingan zayom mablagʻlari summasidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Garovga topshirilgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha garovga qoʻyuvchining soliq solinadigan bazasi qoʻshilgan qiymat soligʻini ham oʻz ichiga oladigan, ularning realizatsiya qilish narxi bilan balans (qoldiq) qiymati oʻrtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qaytariladigan tara soliq solinadigan oborotga kiritilgan taqdirda, tara belgilangan muddatda qaytarilmasa, soliq solinadigan baza mazkur taraning qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ham oʻz ichiga oladigan garov qiymati asosida belgilanadi.
(204-moddaning toʻrtinchi—oʻn oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
205-modda. Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish
Soliq toʻlovchining soliq solinadigan bazasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
1) tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari oʻzgarganda;
3) narxlar oʻzgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda;
4) bajarilgan ishlardan, koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Soliq solinadigan bazaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishni kiritish bir yillik muddat ichida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha esa, kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Ushbu moddaga muvofiq soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish qoʻshimcha hisobvaraq-faktura yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq solinadigan bazaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish koʻrsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
(205-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
206-modda. Tovarlarni import qilishda soliq solinadigan baza
Tovarlarni import qilishda soliq solinadigan bazaga tovarlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni import qilishda toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻining, bojxona bojlarining summalari kiradi.
207-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentidan olinadigan ishlar, xizmatlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan taqdim etilgan ishlar, xizmatlar, agar ularning realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlsa va ushbu Kodeksga muvofiq ularga qoʻshilgan qiymat soligʻi solinishi kerak boʻlsa, ishlarni, xizmatlarni oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchisining soliq solinadigan oborotidir.
Ishlar, xizmatlarni oluvchida soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga toʻlanishi lozim boʻlgan summadan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromad boʻyicha toʻlov manbaida ushlab qolinishi lozim boʻlgan soliq summasi chegirib tashlanmagan holda belgilanadi.
Ushbu moddaga muvofiq budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi belgilangan stavka va soliq solinadigan bazadan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Olingan ishlar, xizmatlar uchun haq toʻlash chet el valyutasida amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan oborot bu oborot amalga oshirilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Ushbu moddaga binoan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati ushbu Kodeksning 218-moddasiga muvofiq soliq summasini hisobga olish huquqini beradi.
Agar bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar ushbu Kodeksning 208, 209 va 210-moddalarida sanab oʻtilgan ishlardan, xizmatlardan iborat boʻlsa, ushbu modda qoidalari qoʻllanilmaydi.
37-bob. Imtiyozlar
Keyingi tahrirga qarang.
208-modda. Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻshilgan qiymat soligʻidan, agar ushbu Kodeksning 212-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa quyidagi realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi:
(208-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1) yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan, davlat boji, patent boji, yigʻim yoki boshqa toʻlovlar undiriladigan xizmatlar;
(208-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
2) maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar;
3) bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
4) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, diniy ashyolarni realizatsiya qilish, diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar oʻtkazishga doir xizmatlari;
5) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun moʻljallangan inventarlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar, shuningdek nogironlarga koʻrsatilayotgan ortopedik protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun moʻljallangan inventarlarni taʼmirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar boʻyicha xizmatlar;
6) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mazkur muassasalar tomonidan realizatsiya qilinadigan mahsulotlari;
7) pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar, konvertlar;
8) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar toʻlash boʻyicha xizmatlari;
9) budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari. Ushbu imtiyozni olish uchun tegishli moliya organining budjetdan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi xulosasi asosdir;
Oldingi tahrirga qarang.
10) shahar yoʻlovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari), shuningdek temir yoʻl va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksidan, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish xizmatlari. Shahar yoʻlovchilar transportining xizmatlari jumlasiga yoʻlovchilar tashish boʻyicha avtomobil va elektr transporti bilan shahar doirasida muayyan yoʻnalishlar boʻyicha qatnov jadvaliga binoan koʻrsatiladigan xizmatlar kiradi. Ushbu bandning qoidalari yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalariga koʻra shahar yoʻlovchilar tashish transportida xodimlarni ishdan va (yoki) ishga tashish boʻyicha xizmatlarga, tadbirlar oʻtkazish uchun tashish boʻyicha xizmatlarga, shu jumladan shahar tashqarisiga tashishga ham tatbiq etiladi;
(208-moddaning 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
11) oliy, oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarida, shuningdek kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda taʼlim berishning haq evaziga oʻqitishga doir qismi boʻyicha xizmatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(208-moddaning 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13) tibbiy (veterinariya) xizmatlari (kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno), dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun moʻljallangan buyumlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan shunday vositalar va buyumlar. Ushbu bandning qoidalarini qoʻllash maqsadlarida:
(208-modda 13-bandining birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
tibbiy xizmatlar jumlasiga tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmati koʻrsatish, diagnostika, profilaktika va davolash xizmatlari, gomeopatik, stomatologik xizmatlar, tish protezlari tayyorlash boʻlimlari va kabinetlari, narkologiya ambulatoriyalari, haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish komissiyalari, dezinfeksiya stansiyalari, sanitariya va epidemiyaga qarshi kurash yoʻnalishidagi laboratoriyalar hamda boʻlinmalar, boshqa tibbiy hamda tibbiy-sanitariya yoʻnalishidagi muassasalar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar kiradi;
veterinariya xizmatlari jumlasiga hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilarni, hayvonot bogʻlaridagi, tajribaxonalardagi va boshqa shu kabilardagi jonivorlarni) kasalliklardan muhofaza qilish va ularni davolash, ishlab chiqarish va aholining yaxshi sifatli chorvachilik mahsulotiga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, odamlarning hayvonlarga va insonga xos kasalliklarga chalinishining oldini olish, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishning veterinariya-sanitariya muammolarini hal etish tadbirlari kiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
14) chet el havo kemalariga xizmat koʻrsatish yuzasidan bevosita Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida va Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻida amalga oshiriladigan xizmatlar, shu jumladan aeronavigatsiya xizmati;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15) sanatoriy-kurort, sogʻlomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport muassasalarining xizmatlari. Ushbu bandni qoʻllash maqsadida:
(208-modda 15-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sanatoriylar, shifoxonalar, profilaktoriylar, kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida koʻrsatiladigan xizmatlar ular yuridik shaxslar yoki yuridik shaxslarning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan koʻrsatilishidan qatʼi nazar sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish xizmatlari jumlasiga kiradi;
(208-modda 15-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar koʻrsatish uchun yoʻllanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasida belgilangan transportda xizmat koʻrsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan, ekskursiya xizmati, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan iborat boʻladi;
jismoniy tarbiya va sport muassasalarining xizmatlari jumlasiga sport inshootlarida sport musobaqalari, bayramlari, sport-tomosha tadbirlari, sport inshootlarida oʻtkaziladigan kalendar va match uchrashuvlari, sport turlari boʻyicha oʻquv guruhlari hamda komandalarida, sogʻlomlashtirish, umumjismoniy tayyorgarlik, sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi, chiniqish, suzish, sogʻlomlashtirish maqsadidagi yugurish va yurish, atletika, ritmika va davolash gimnastikasi maktablari hamda klublarida jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari oʻtkazish boʻyicha, sport inshootlariga qatnovchilarga biletlarning (abonementlarning) qiymatida nazarda tutilgan sport-texnika asbob-uskunalarini, trenajyorlarni, inventarlarni, sport ust-boshlarini berib turish boʻyicha xizmatlar hamda boshqa xizmatlar kiradi;
16) davlat mulkini xususiylashtirish tartibida realizatsiya qilinayotgan mol-mulk;
Keyingi tahrirga qarang.
17) gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;
Keyingi tahrirga qarang.
18) geologiya va topografiya ishlari;
Keyingi tahrirga qarang.
19) bosma mahsulotlar, shuningdek bosma mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni realizatsiya qilish bilan bogʻliq tahririy, matbaa va noshirlik ishlari (xizmatlari). Ushbu bandni qoʻllash maqsadida:
bosma mahsulotlar jumlasiga kitoblar, gazetalar, jurnallar, maʼlumotnomalar, risolalar, albomlar, plakatlar, bukletlar, otkritkalar, daftarlar, rasm va chizmachilik albomlari, blankalar hamda boshqa bosma mahsulotlar kiradi;
tahririy, matbaa va noshirlik ishlari (xizmatlari) jumlasiga maket tayyorlash, kompyuter grafikasi, sahifalash, original maketlar tayyorlash, muqovalash, adadlarni tayyorlash, reklama murojaatlarini qabul qilib olish, rasmiylashtirish va nashrlarda joylashtirish, rang berish, yuridik va jismoniy shaxslarni axborot bilan taʼminlash, axborot toʻplash hamda uni qayta ishlash, matnlarni tarjima qilish ishlari, magnit va qogʻoz nusxalarda pochta aloqasi hamda Internet orqali realizatsiya qilish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi tahririy, matbaa va noshirlik ishlari kiradi. Alohida va uzil-kesil ishlar (xizmatlar) tarzida amalga oshiriladigan, matbaa mahsuloti ishlab chiqarish hamda uni realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlmagan tahririy, matbaa va noshirlik ishlariga (xizmatlariga) qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
20) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulot va xizmatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(208-moddaning 21-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
22) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etuvchi yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), bundan vositachilik, savdo, tayyorlov, taʼminot-sotish faoliyatini amalga oshirish boʻyicha realizatsiya qilish oborotlari mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
23) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) yuridik shaxslar oladigan, shuningdek grantlar hisobiga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
Oldingi tahrirga qarang.
24) uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash yuzasidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar. Uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash yuzasidan koʻrsatiladigan xizmatlar jumlasiga lift xoʻjaliklari, umumiy foydalanishdagi antennalarni oʻrnatish hamda ularni tasarruf etish boʻyicha xoʻjaliklar, yer resurslari va davlat kadastri, uy-joy fondidan foydalanish, uni saqlash va taʼmirlash boshqarmalari hamda boʻlimlarining bevosita aholi tomonidan haq toʻlanadigan xizmatlari, shu jumladan ushbu xizmatlarga xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari orqali haq toʻlash kiradi;
(208-moddaning 24-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(208-moddaning 25-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
26) vakolatli davlat organining ixtisoslashgan ekspertiza boʻlinmalari oʻtkazadigan ekologik ekspertiza xizmatlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonuni 13-moddasining ikkinchi qismi.
Keyingi tahrirga qarang.
27) davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni oʻrgatish xizmatlari;
28) oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti;
Keyingi tahrirga qarang.
29) ichki ishlar organlari huzuridagi qoʻriqlov boʻlinmalari xizmatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
30) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali sifatida beriladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tugallanmagan qurilish obyektlari;
Keyingi tahrirga qarang.
31) budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan yer-kadastr, yer tuzish, tuproq va geobotanika ishlari;
32) davlat rezervining tovar-moddiy zaxiralari, ular yangilanayotganda;
Qarang: “Davlat zaxirasi mahsulotlari va tovarlari uchun hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 319, 02.04.1997-y.).
33) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnika vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-noyabrdagi PQ-513-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalaridan foydalanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 2-bandining yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilari.
34) investor va davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida topshirilayotgan mol-mulk;
Oldingi tahrirga qarang.
(208-moddaning 35-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
35) davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha xizmatlar.
(208-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuniga asosan 35-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
209-modda. Soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar
Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) kreditlar, zayomlar boʻyicha foizlarni hisoblab chiqarish va undirish, kreditlar, zayomlar berish, kafilliklar (kafolatlar), shu jumladan bank kafolatlari berish;
2) depozitlar qabul qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan vakil banklarda hisobvaraqlarini ochish va yuritish;
3) toʻlovlar, oʻtkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va toʻlov vositalari bilan bogʻliq operatsiyalar, inkasso boʻyicha operatsiyalar;
4) milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bogʻliq operatsiyalar, numizmatika maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno;
5) yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qogʻozlar depo-hisobvaraqlarini, shu jumladan vakil depozitariylarini ochish hamda yuritish;
Keyingi tahrirga qarang.
6) qimmatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar) bilan bogʻliq operatsiyalar. Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qogʻozlarni saqlash, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqni hisobga olish, qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish hamda qimmatli qogʻozlar reyestrini yuritish boʻyicha operatsiyalar, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha operatsiyalar kiradi, ularni tayyorlash boʻyicha xizmatlar bundan mustasno;
7) qimmatli qogʻozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni (paylarni) realizatsiya qilish;
8) kliring operatsiyalari;
9) akkreditivlar ochish va ularga xizmat koʻrsatish;
10) pul mablagʻlarini konvertatsiya qilish boʻyicha operatsiyalar;
11) chet el valyutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish;
12) kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash);
13) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) foiz tariqasidagi daromadiga tegishli qismi boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
14) forfeyting va faktoring operatsiyalari;
15) lombard operatsiyalari (garovga qoʻyilgan mol-mulkka qisqa muddatli kreditlar berish);
16) jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarining oboroti.
Keyingi tahrirga qarang.
210-modda. Soliqdan ozod qilinadigan sugʻurta xizmatlari
Sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish xizmatlari boʻyicha sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta qilish boʻyicha xizmatlar bu xizmatlar natijasida:
1) sugʻurta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi:
a) sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari;
b) qayta sugʻurta qilishga topshirilgan shartnomalar boʻyicha vositachilik haqi va tantyemalar;
v) sugʻurta agenti, sugʻurta va qayta sugʻurta brokeri, syurveyer hamda sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;
g) qayta sugʻurta qilishga topshirilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta toʻlovlari ulushining qayta sugʻurtalovchilar tomonidan toʻlanadigan toʻlovini;
d) sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha uchinchi shaxslardan subrogatsiya (regress) tartibida talab qilish boʻyicha daromadlar;
e) sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) koʻrsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
j) qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha depo mukofotlariga hisoblangan hamda qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan qayta sugʻurtalovchiga oʻtkazilgan foizlar;
z) hayotni sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta qildiruvchilar taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar;
i) sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlar, shu jumladan sugʻurta rezervlari va sugʻurta fondlari mablagʻlarini investitsiyalashdan olinadigan daromadlar;
k) sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha franshizlarni qoplashdan olinadigan daromadlar;
l) qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchiga oʻtgan, sugʻurta qildiruvchining (naf oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
m) qayta sugʻurta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular boʻyicha sugʻurta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari;
n) bevosita sugʻurta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar;
2) sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi:
a) sugʻurta toʻlovi (sugʻurta tovoni);
b) preventiv tadbirlar oʻtkazish uchun beriladigan mablagʻlar;
v) sugʻurta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sugʻurtalovchi toʻlaydigan mablagʻlar;
g) sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablagʻlar.
211-modda. Soliqdan ozod qilinadigan import
Quyidagi tovarlarni import qilish qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi:
1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;
2) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning oʻzlari bilan birga yashayotgan oila aʼzolari shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlar;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar;
4) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik koʻmak koʻrsatish maqsadida olib kirilayotgan tovarlar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) mablagʻlari, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlar;
(211-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6) dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun moʻljallangan buyumlar, shuningdek dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun moʻljallangan buyumlar ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kirilayotgan xom ashyo. Mazkur imtiyoz olib kirilayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ham ishlab chiqarilayotgan tayyor dori vositalariga tatbiq etilmaydi;
(211-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa. Import qilingan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan paytdan eʼtiboran uch yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi;
(211-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxati (roʻyxat raqami 2436, 20.03.2013-y.).
8) investor bilan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida olib kiriladigan mol-mulk;
9) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi mavjud boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
10) bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar oʻz ishlab chiqarishida foydalanish uchun olib kirayotgan xom ashyo, materiallar va yarim mahsulot.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11) qonun hujjatlarida belgilanadigan roʻyxat boʻyicha yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch.
(211-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
38-bob. Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborot
212-modda. Tovarlarni eksport qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
(212-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq olib chiqish tovarlar eksportidir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 5-bobi (“Eksport”).
Ushbu Kodeksning 213-moddasiga muvofiq tovarlarning eksport qilinganligi tasdiqlanmagan taqdirda, mazkur tovarlarni realizatsiya qilish oborotiga belgilangan stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
213-modda. Tovarlarning eksport qilinganligini tasdiqlash
Tovarlarning eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:
kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi);
tovarlarni eksport qilish rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(213-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayin etilgan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi qayd belgisi qoʻyilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(213-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
soliq toʻlovchi bilan vositachi yoki ishonchli vakil oʻrtasidagi vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning koʻchirma nusxasi);
soliq toʻlovchining topshirigʻiga koʻra (vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasiga muvofiq) eksportga tovarlar yetkazib berishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga yetkazib berish uchun chet ellik shaxs bilan tuzilgan kontrakti (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi);
tovarlarni eksport rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasining koʻchirma nusxasi.
(213-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
214-modda. Chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga rasmiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) soliq solish
Chet el tarafi oʻzarolik prinsipiga amal qilgan taqdirda, chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek bu vakolatxonalar diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlarining, shu jumladan ular bilan birga yashayotgan oila aʼzolarining, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasalar hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan boʻlmasalar, shaxsiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati tomonidan keyinchalik chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga realizatsiya qilish uchun olinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda nol darajali stavka qoʻllanilishi tatbiq etiladigan Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan chet el diplomatik vakolatxonalarining va diplomatik vakolatxonalariga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
215-modda. “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha bajarilgan ishlarga, koʻrsatilgan xizmatlarga soliq solish
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha bajarilgan ishlarga (koʻrsatilgan xizmatlarga), agar qayta ishlash mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan boʻlsa, nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
“Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha bajarilgan ishlarga (koʻrsatilgan xizmatlarga), agar keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq “erkin muomalaga chiqarish” rejimiga joylashtiriladigan boʻlsa, belgilangan stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
216-modda. Xalqaro yoʻnalishda tashishlarga soliq solish
Xalqaro yoʻnalishda tashishlar boʻyicha koʻrsatiladigan quyidagi xizmatlarni realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi:
tranzit yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish. Tranzit yuklarni tashish jumlasiga yukning tranzitini amalga oshirish uchun chet ellik shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar yoki xalqaro (idoralararo) transport bitimlari hamda bojxona organlarining mazkur tranzit yuklar haqiqatda olib kirilganligi va olib chiqilganligi toʻgʻrisida belgilari mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali chet el tranzit yuklarini tashish va ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlar kiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish. Agar joʻnatish punkti yoki tayin etilgan punkt Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boʻlsa, tashishlar yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, xalqaro yoʻnalishlarda tashish hisoblanadi.
(216-moddaning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
217-modda. Aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlarga soliq solish
Oldingi tahrirga qarang.
Suv taʼminoti, kanalizatsiya, sanitariya tozalash, issiqlik taʼminoti, gaz taʼminoti boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarga, shu jumladan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari aholi nomidan oladigan ana shunday xizmatlarga nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
(217-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2171-modda. Paxta tolasini respublikaning ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilish oborotlariga soliq solish
Paxta tolasini respublikaning ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
(2171-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
39-bob. Soliqni hisobga olish
218-modda. Hisobga olinadigan soliq summasi
Oldingi tahrirga qarang.
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini aniqlashda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi haqiqatda olingan va (yoki) soliq toʻlovchi tomonidan ishlab chiqarilgan hamda oʻz ehtiyojlari uchun foydalanilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) qoʻshilgan qiymat soligʻining summasini hisobga olish huquqiga ega, agar bunda quyidagi shartlar bajarilsa:
1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi ushbu Kodeksning 197-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi boʻlsa;
11) tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) soliq solinadigan oborotlar, shu jumladan nol darajali stavka qoʻllaniladigan oborotlar maqsadida foydalanilsa;
2) olingan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) yetkazib beruvchi tomonidan yozilgan hisobvaraq-faktura yoki ushbu Kodeksning 222-moddasiga muvofiq taqdim etiladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi alohida ajratib koʻrsatilgan boshqa hujjat mavjud boʻlsa;
3) tovarlar import qilinganda qoʻshilgan qiymat soligʻi budjetga toʻlangan boʻlsa. Agar import qilingan tovarlar boʻyicha soliqni budjetga toʻlashdan ozod etish tarzida boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan imtiyoz berilgan boʻlsa ham qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinadi;
4) ushbu Kodeksning 207-moddasida nazarda tutilgan hollarda qoʻshilgan qiymat soligʻi budjetga toʻlangan boʻlsa;
5) nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlar eksportida chet ellik sotib oluvchi (toʻlovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirma mavjud boʻlsa.
Mol-mulk ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻyilma sifatida olinganda oluvchi yetkazib beruvchi tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shartlarga rioya qilgan holda hisobga olish huquqiga ega.
Realizatsiya qilinganda nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan eksport qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) qoʻshilgan qiymat soligʻi tovarlar eksportidan soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga olinadi. Tovar vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha vositachi, ishonchli vakil orqali eksportga realizatsiya qilingan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻi vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta tushumining summasi ulushida hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlardan foydalanishning kafolatli muddati davrida ularni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha haq olmasdan ishlar bajarilganda, xizmatlar koʻrsatilganda moddiy resurslar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi, shu jumladan ehtiyot qismlar va detallar qiymati ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda hisobga olinadi.
Tovar vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha olingan taqdirda, komitent, topshiriq beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobot davrida realizatsiya qilingan tovarlar ulushida hisobga olinadi.
Umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga va (yoki) qoʻshilgan qiymat soligʻini ixtiyoriy toʻlashga oʻtilgan taqdirda, yuridik shaxs bunday turdagi toʻlovlarga oʻtilgan paytdan eʼtiboran tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoldiqlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish huquqiga ega, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. Shunday tartib imtiyozlar bekor qilinganda, qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga kelgan soliq toʻlovchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchida soliq solinadigan va solinmaydigan oborotlar, shu jumladan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan oborotlar mavjud boʻlgan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻi ushbu Kodeksning 221-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
Ushbu bobni qoʻllash maqsadida mol-mulkni ijaraga berishga, intellektual mulk obyektlaridan foydalanish huquqini berishga xizmatlar sifatida qaraladi.
(218-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
219-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi
Quyidagilar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisobga olinmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) olinayotgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha, shuningdek moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berish uchun olinayotgan mol-mulk boʻyicha;
(219-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar tomonidan foydalanish uchun olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
(219-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
4) Oʻzbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha;
5) tekinga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha, bundan oluvchi tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha ushbu Kodeksning 218-moddasi birinchi qismining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlangan hollar mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
6) ushbu Kodeksning 147-moddasiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlarni amalga oshirish maqsadida olingan mol-mulk boʻyicha.
(219-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
220-modda. Hisobga olinadigan soliq summalariga tuzatish kiritish
Ilgari hisobga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi quyidagi hollarda hisobga olishdan chiqarib tashlanishi kerak:
ushbu Kodeksga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish uchun yuridik shaxslar tomonidan foydalanilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha;
ushbu Kodeks 218-moddasining birinchi qismida belgilangan qoidalarga rioya etilmagan taqdirda.
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalardan, bunday normalar mavjud boʻlmaganda esa soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan normalardan ortiqcha moddiy resurslar boʻyicha yoʻqotishlar va buzilishlar.
(220-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga (qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlamaydiganlar toifasiga) oʻtganda ilgari hisobga olingan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari, shuningdek tayyor mahsulot qoldiqlari boʻyicha hisobga olishga kiritilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga tuzatish kiritiladi. Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyoz berilganligi munosabati bilan soliq solinmaydigan oborotlar yuzaga kelgan soliq toʻlovchilarga ham tuzatish kiritishning shunga oʻxshash tartibi tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
221-modda. Soliq solinmaydigan realizatsiya qilish oboroti mavjud boʻlgan taqdirda, soliqni hisobga oʻtkazish tartibi
Soliq solinmaydigan oborot uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha mahsulot yetkazib beruvchilarga va import boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinmaydi, balki ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymatida hisobga olinadi.
Soliq solinadigan va soliq solinmaydigan oborot mavjud boʻlganda soliq solinadigan oborotga, shu jumladan nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborotga, shuningdek yuridik shaxsning oʻz ehtiyojlari uchun (xarajatlar sifatida qaraladigan) oborotga toʻgʻri keladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisobga olinadi.
Hisobga olinadigan summa qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchining tanloviga binoan alohida-alohida va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi.
Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini aniqlashning tanlangan usuli kalendar yil mobaynida oʻzgartirilishi mumkin emas.
Mutanosib usul qoʻllanilganda hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi soliq solinadigan oborotning umumiy oborot summasidagi ulushidan kelib chiqib aniqlanadi.
Alohida-alohida usul qoʻllanilganda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan oborot maqsadlarida foydalanish uchun olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yuzasidan xarajatlar hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi summalari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritadi. Bunda alohida-alohida hisobni yuritish imkoni boʻlmagan umumiy xarajatlar boʻyicha xarajatlarni taqsimlash mutanosib usulda amalga oshiriladi.
222-modda. Hisobvaraq-faktura
Hisobvaraq-faktura qatʼiy hisobot hujjati boʻlib, unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
1) hisobvaraq-fakturaning tartib raqami va yozib berilgan sanasi;
2) hisobvaraq-faktura ilova qilinadigan tovar joʻnatish hujjatlarining yoki shartnomaning raqami va sanasi;
3) soliq toʻlovchining va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib oluvchining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda identifikatsiya raqami;
4) realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, koʻrsatilgan xizmatlarning nomi va oʻlchov birliklari (ularni koʻrsatishning imkoniyati boʻlsa);
5) oʻlchov birligidan (ularni koʻrsatishning imkoniyati boʻlsa) kelib chiqqan holda realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, koʻrsatilgan xizmatlarning hisobvaraq-faktura boʻyicha soni (hajmi);
6) shartnoma (kontrakt) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda, qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻz ichiga oladigan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar (tariflar) qoʻllanilgan taqdirda esa, soliq summasini hisobga olgan holda oʻlchov birligiga toʻgʻri keladigan narx (tarif);
7) realizatsiya qilinayotgan tovarlar, bajarilayotgan ishlar, koʻrsatilayotgan xizmatlar jami sonining (hajmining) qoʻshilgan qiymat soligʻisiz qiymati;
8) aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻining stavkasi va summasi;
Keyingi tahrirga qarang.
9) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) sotib oluvchisiga taqdim etilayotgan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi va summasi;
Keyingi tahrirga qarang.
10) realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olingan qiymati.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan oborotni va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmagan yuridik shaxslar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi shaxsga hisobvaraq-faktura taqdim etishlari shart, quyidagi hollar bundan mustasno:
1) yoʻlovchilar tashishni yoʻl chiptalari bilan rasmiylashtirish;
2) tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitansiya berish;
3) tovarlarning eksport-import tarzida yetkazib berilishini rasmiylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
4) qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladigan moliyaviy ijara (shu jumladan lizing) shartnomasi boʻyicha mol-mulkni topshirish, ushbu Kodeks 204-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash majburiyatlari yuzaga keladigan hollar bundan mustasno. Bunda tegishli hujjatlar (moliyaviy ijara shartnomasining tarkibiy qismi boʻlgan ijara (lizing) toʻlovlari jadvali; hisobvaraq; ijaraga (lizingga) oluvchiga ijara (lizing) toʻlovlarini toʻlash uchun yuborilgan yozma bildirish va shu kabilar) bilan rasmiylashtirilgan har bir ijara (lizing) toʻloviga ham hisobvaraq-faktura yozilmaydi;
(222-modda ikkinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
5) bank operatsiyalarini mijozning shaxsiy hisobvaragʻidan koʻchirma berish orqali rasmiylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
6) sugʻurta xizmatlarini topshiriq shartnomasi va (yoki) sugʻurta polisi orqali rasmiylashtirish;
(222-modda ikkinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
7) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ishlarni (xizmatlarni) haqiqatda mazkur ishlar bajarilganligini (xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar hisobvaraq-faktura oʻrnini bosadigan hujjatlardir. Bunda qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilgan taqdirda, ushbu hujjatlarda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi albatta ajratib koʻrsatilishi kerak.
(222-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Kelgusida tovarlarni yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish uchun oldindan toʻlangan haq (boʻnak) yozilgan hisobvaraq hisobvaraq- faktura boʻlmaydi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmagan, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar hisobvaraq-fakturada qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini koʻrsatmaydilar hamda “qoʻshilgan qiymat soligʻisiz” degan shtamp bosadi (yozib qoʻyadi).
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi uchun hisobvaraq-faktura qoʻshilgan qiymat soligʻini ushbu Kodeksning 218-moddasiga muvofiq hisobga olish uchun asos boʻladi.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobvaraq-faktura tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanada yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz, aloqa xizmatlari, kommunal xizmatlar, temir yoʻlda tashishlar, transport-ekspeditorlik xizmati, bank operatsiyalari, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz yetkazib berishni amalga oshirayotgan soliq toʻlovchilar oyning oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozadi.
(222-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Hisobvaraq-fakturada tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati va qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi milliy valyutada koʻrsatiladi.
Tuzilgan shartnomalarning shartlariga binoan tovarlariga, ishlari va xizmatlariga narxlar (tariflar) chet el valyutasida belgilanadigan yuridik shaxslar hisobvaraq-fakturalarni chet el valyutasida yozib, ayni bir vaqtda uni hisobvaraq-faktura yozib berilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha qayta hisoblagan holda milliy valyutada ifodalaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi soliq solinadigan bazaga uni koʻpaytirishga (kamaytirishga) qaratilgan tuzatish kiritgan taqdirda, mazkur tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi tomonidan tasdiqlanadigan qoʻshimcha hisobvaraq-faktura tuziladi.
(222-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi qoʻshimcha hisobvaraq-fakturada quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatishi kerak:
1) qoʻshimcha hisobvaraq-fakturaning raqami va tuzilgan sanasi;
2) hisobvaraq-fakturani toʻldirishda zarur boʻlgan, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan rekvizitlar;
3) tuzatish kiritilayotgan hisobvaraq-fakturaning raqami va sanasi;.
4) qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish miqdori (salbiy yoki ijobiy);
5) qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga tuzatish kiritish miqdori (salbiy yoki ijobiy).
Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar oʻzlari olgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalarning, shuningdek realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarning reyestrini yuritishi shart. Bunda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestriga faqat qoʻshilgan qiymat soligʻi ajratib koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturalar kiritiladi.
Hisobvaraq-fakturaning shakli, uni toʻldirish tartibi, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(222-moddaning oʻn ikkinchi—oʻn uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 22.03.2013-y.).
40-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
223-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Hisobot davri quyidagilardir:
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlaydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar uchun — bir oy.
Keyingi tahrirga qarang.
224-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Soliq solinadigan oborotlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq solinadigan oborot boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan ushbu Kodeksning 218-moddasiga muvofiq hisobga olinadigan soliq summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Tovarlarni import qilish boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
225-modda. Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi
Qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobda turgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshirilgan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchilar, bundan kredit va sugʻurta tashkilotlari mustasno, qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini taqdim etadi. Hisobvaraq-fakturalar reyestrining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(225-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
226-modda. Soliq toʻlash tartibi
Qoʻshilgan qiymat soligʻini budjetga toʻlash ushbu Kodeksning 225-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitoblarini taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Import qilinadigan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(226-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
41-bob. Soliq yuzasidan budjet bilan oʻzaro munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari
227-modda. Hisobga olinadigan soliq summasi hisobot davrida hisoblab chiqarilgan soliq summasidan oshib ketgan taqdirda, budjet bilan oʻzaro munosabatlar
Qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha toʻlangan summasi soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 10-bobiga muvofiq soliq toʻlovchiga qaytariladi.
Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining navbatdagi hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasidan ortgan summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha navbatdagi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining soliq davri yakunlariga koʻra hisoblangan soliq summasidan ortiqchaligi saqlanib qolgan taqdirda, ushbu ortiqcha summa keyingi soliq davriga oʻtkaziladi va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi yoxud soliq toʻlovchiga mazkur moddada belgilangan tartibda qaytariladi.
(227-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborot hisobidan hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasi davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining soliqni qaytarib berish toʻgʻrisidagi yozma arizasini olgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliq toʻlovchiga qaytariladi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi qoplanadi;
soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha mavjud qarzi qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Kodeksning 228-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkaziladi.
(227-modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
228-modda. Soliq summasini qaytarib berish tartibi
Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻiga oʻtkazish yoʻli bilan soliq toʻlovchiga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq toʻlovchi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish uchun soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi hujjatlarni yozma arizaga toʻrt nusxada ilova etgan holda taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha yuridik shaxs qarzlarining solishtiruv dalolatnomasi. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarning solishtiruv dalolatnomasi hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar tuziladi va bir kalendar oy mobaynida amal qiladi;
qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi;
agar yuridik shaxsga ilgari qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytarib berilgan boʻlsa, qaytarilgan summalar va qaytarib berish sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Soliq toʻlovchilar ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) tovarlarni eksport qilishni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar — ushbu Kodeks 213-moddasining birinchi qismiga muvofiq hujjatlarning koʻchirma nusxalarini, shuningdek chet el valyutasida realizatsiya qilingan tovarlar uchun tushum soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirmalarni;
(228-modda uchinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11) tovarlar eksportini vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha vositachi, ishonchli vakil orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxslar — ushbu Kodeks 213-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq hujjatlarning koʻchirma nusxalarini, shuningdek chet el valyutasida realizatsiya qilingan tovarlar uchun tushum vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirmalarni yoki ularning koʻchirma nusxalarini;
(228-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
2) chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga rasmiy foydalanish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilayotgan yuridik shaxslar — belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarning nusxalarini;
3) “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha ishlar bajarayotgan, xizmatlar koʻrsatayotgan, shuningdek chet el yuklarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tashish (tranzit tashish) boʻyicha xizmatlar koʻrsatayotgan yuridik shaxslar:
ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish uchun tuzilgan kontraktning nusxasini;
bajarilgan ishlarga, koʻrsatilgan xizmatlarga chet ellik sotib oluvchi (toʻlovchi) tomonidan haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank koʻchirmasi nusxasini;
ishlarni (xizmatlarni) sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan imzolangan ishlar bajarilganligini (xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hujjat nusxasini;
4) aholiga suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti, gaz taʼminoti boʻyicha xizmatlar koʻrsatayotgan yuridik shaxslar — nol darajali stavka qoʻllanganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalarini.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish toʻgʻrisidagi yozma arizani koʻrib chiqish hamda mablagʻlarni soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga ushbu moddaga muvofiq oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1807, 16.05.2008-y.).
Keyingi tahrirga qarang.
VIII BOʻLIM. AKSIZ SOLIGʻI
229-modda. Soliq toʻlovchilar
Aksiz soligʻi toʻlovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni (aksiz toʻlanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz toʻlanadigan tovarlarni import qiluvchilar;
oddiy shirkat aksiz toʻlanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiz toʻlanadigan tovarlarning ayrim turlari boʻyicha aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aksiz soligʻini toʻlovchi etib belgilanishi mumkin.
(229-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
230-modda. Soliq solish obyekti
Quyidagi operatsiyalar aksiz soligʻi solinadigan obyektdir:
1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:
tovarni sotish (joʻnatish);
garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qoʻyilgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni garovga qoʻyuvchi tomonidan topshirish;
aksiz toʻlanadigan tovarlarni bepul topshirish;
aksiz toʻlanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;
aksiz toʻlanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;
2) aksiz toʻlanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;
3) aksiz toʻlanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;
4) aksiz toʻlanadigan tovarlarni ulush qoʻshish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek ulush qoʻshish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aksiz toʻlanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli boʻlgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish;
5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz toʻlanadigan tovarlarni oʻz ehtiyojlari uchun topshirish;
Qarang: “Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 2310, 09.01.2012-y.) 4-bandi.
6) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagilarga aksiz soligʻi solinmaydi:
1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli boʻlgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni topshirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik koʻmak koʻrsatish maqsadida;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablagʻlari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz toʻlanadigan tovarlarni import qilishga.
(230-moddaning ikkinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz soligʻi solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz soligʻi solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi qonun hujjatlarida belgilanadi;
(230-moddaning ikkinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz soligʻi solinmasdan olib kirishning cheklangan normalari” (roʻyxat raqami 412, 13.03.1998-y.).
5) vakolatli davlat organining yozma tasdigʻi mavjud boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.
231-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana
Keyingi tahrirga qarang.
Aksiz toʻlanadigan tovarlar oluvchiga joʻnatilgan (topshirilgan) kun, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiz toʻlanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Garovga qoʻyilgan aksiz toʻlanadigan tovarlar garovga qoʻyuvchi tomonidan topshirilgan taqdirda, garov narsasiga boʻlgan mulk huquqi oʻtgan sana garovga qoʻyuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Import qilinayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgan sana ularga doir operatsiya amalga oshirilgan sanadir.
232-modda. Soliq solinadigan baza
Aksiz soligʻining stavkalari mutlaq summada (qatʼiy) belgilangan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
Aksiz soligʻining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha, agar ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning aksiz soligʻi hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga, bepul yoki boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha, shuningdek tovarlar tannarxidan past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda soliq toʻlovchi tovarlarni topshirish paytida uning haqiqiy tannarxidan kam boʻlmagan darajada belgilaydigan narx asosida hisoblangan qiymat soliq solinadigan bazadir.
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar qiymatini oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Aksiz soligʻining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import qilinayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
233-modda. Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish
Soliq solinadigan bazaga quyidagi hollarda soliq toʻlovchida tuzatish kiritiladi:
tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
bitim shartlari oʻzgartirilganda;
baholar oʻzgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda.
Soliq solinadigan bazaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishni kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar boʻyicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq yangi hisobvaraq-faktura yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hol yuz berganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish koʻrsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
(233-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
234-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar eksportini tasdiqlash
Aksiz toʻlanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:
eksport qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarni yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt;
tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayinlangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.
235-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar roʻyxati va aksiz soligʻi stavkalari
Aksiz toʻlanadigan tovarlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Aksiz soligʻi stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor) va (yoki) naturada ifodalangan oʻlchov birligiga mutlaq summada (qatʼiy) belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
236-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Aksiz soligʻini hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 232-moddasiga muvofiq aniqlanadigan soliq solinadigan bazadan va aksiz soligʻining belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
237-modda. Soliqdan chegirma
Ushbu Kodeksning 236-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan aksiz soligʻining summasi ushbu moddada belgilangan chegirma summasiga kamaytiriladi.
Aksiz toʻlanadigan tovarlar olinayotganda yoki Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlangan aksiz soligʻi summasi chegirib tashlanadi.
Aksiz toʻlanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo) boʻyicha aksiz soligʻi summasini hisobvaraq-fakturada ajratib koʻrsatishlari kerak. Olinayotgan aksiz toʻlanadigan tovar (xom ashyo) boʻyicha aksiz soligʻi summasi hisobvaraq-fakturada ajratib koʻrsatilmagan boʻlsa, aksiz soligʻining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi.
Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlar hajmiga toʻgʻri keladigan aksiz toʻlanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aksiz soligʻining hisobvaraq-fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan summasiga nisbatan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning qoidalari qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan aksiz toʻlanadigan tovarlar topshirilayotganda ham qayta ishlashga berilgan aksiz toʻlanadigan xom ashyo va materiallarning mulkdori aksiz soligʻi toʻlaganligini tasdiqlashi sharti bilan qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
238-modda. Soliq davri
Soliq davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar uchun — bir oy.
Keyingi tahrirga qarang.
239-modda. Hisob-kitobni taqdim etish tartibi
Aksiz soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
aksiz soligʻi toʻlovchilar boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — har oyda soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
240-modda. Soliq toʻlash tartibi
Ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning 236 va 237-moddalariga muvofiq hisoblab chiqarilgan aksiz soligʻi summasi budjetga quyidagi muddatlarda toʻlanadi:
joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay — joriy oyning birinchi oʻn kunligi uchun;
joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay — joriy oyning ikkinchi oʻn kunligi uchun;
kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay — hisobot oyining qolgan kunlari uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Import qilinadigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻini toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(240-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 327-moddasi.
Aksiz markalari bilan tamgʻalanishi lozim boʻlgan import qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi aksiz markalari olinguniga qadar toʻlanadi.
241-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni aksiz markalari bilan tamgʻalash
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek uning bojxona hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamgʻalanishi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori, “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 589, 07.01.1999-y.).
IX BOʻLIM. YER QAʼRIDAN FOYDALANUVCHILAR UCHUN SOLIQLAR VA MAXSUS TOʻLOVLAR
42-bob. Umumiy qoidalar
242-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchilar toʻlaydigan soliqlar va maxsus toʻlovlar
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida konlarni aniqlash va qidirish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olishni amalga oshirayotgan, shuningdek foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida yer qaʼridan foydalanuvchilardir.
(242-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Yer qaʼridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus toʻlovlarni toʻlaydilar:
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
qoʻshimcha foyda soligʻi;
bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar).
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
43-bob. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq
243-modda. Soliq toʻlovchilar
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlovchilar quyidagilardir:
Oldingi tahrirga qarang.
yer qaʼridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilar;
(243-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilar.
244-modda. Soliq solish obyekti
Kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir. Tayyor mahsulotlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish maqsadida oʻz isteʼmoli va boshqa ehtiyojlari uchun moʻljallangan foydali qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb eʼtirof etiladi.
Soliq solish obyekti tayyor mahsulotning har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi.
Uglevodorodlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir:
sanoat yoʻsinida dastlabki qayta ishlovdan oʻtkazilgan kavlab olingan uglevodorodlar, shu jumladan qoʻshilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar;
uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish obyekti boʻlmaydi.
(244-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun soliq solish obyektidir.
Ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilganlardan tashqari, quyidagilar qattiq foydali qazilmalar boʻyicha soliq solish obyektidir:
Oldingi tahrirga qarang.
kavlab olingan (shu jumladan qoʻshilib chiqadigan) foydali qazilmalar;
foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar;
(244-modda yettinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Soliq toʻlovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida kavlab olingan hamda oʻzining xoʻjalik va roʻzgʻor ehtiyojlari uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar soliq solish obyekti boʻlmaydi.
Keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
245-modda. Soliq solinadigan baza
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hisobot davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Hisobot davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot boʻyicha alohida, pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga boʻlish orqali aniqlanadi.
Hisobot davrida tayyor mahsulot realizatsiya qilinmagan boʻlsa, soliq solinadigan baza realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi hisobot davrida tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning oʻrtacha olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tayyor mahsulot umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq solinadigan baza hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni kavlab olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq toʻlovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan oʻsha hisobot davrida hisoblangan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq summasiga hisobot davrida tarkib topgan oʻrtacha olingan bahodan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart.
Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizatsiya qilingan yoki topshirilgan taqdirda oʻrtacha olingan bahoni hisob-kitob qilish uchun tannarx qabul qilinadi, lekin u deklaratsiya qilinayotgan baholardan yuqori boʻlmasligi kerak.
Tayyor mahsulot (tayyor mahsulotning bir qismi) boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻlgan yoki tayyor mahsulot (qayta ishlab hosil qilingan mahsulot) oʻzining ishlab chiqarish yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot uchun soliq solinadigan baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
246-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Hisobot davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar uchun — bir oy;
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
Keyingi tahrirga qarang.
247-modda. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlash tartibi
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
(247-modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44-bob. Qoʻshimcha foyda soligʻi
248-modda. Soliq toʻlovchilar
Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlovchilar quyidagilardir:
ayrim foydali qazilmalarni (foydali komponentlarni) kavlab olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi yer qaʼridan foydalanuvchilar;
foydali qazilmalardan ishlab chiqariladigan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan boshqa shaxslar qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlovchisi etib belgilanishi mumkin.
(248-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yer qaʼridan foydalanuvchilar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻlmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
249-modda. Soliq solish obyekti
Oldingi tahrirga qarang.
Realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan qonun hujjatlarida belgilangan hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromadning bir qismi (qoʻshimcha foyda) qoʻshimcha foyda soligʻini solish obyektidir.
(249-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
250-modda. Soliq solinadigan baza
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻshimcha foyda summasi bilan qoʻshimcha foyda qismiga toʻgʻri keladigan sof tushumdan hisoblab chiqarilgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadigan sof qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
(250-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
251-modda. Foydali qazilmalar va soliq solinadigan mahsulot roʻyxati, soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Qoʻshimcha foyda soligʻi solinadigan foydali qazilmalar va mahsulot turlari roʻyxati, shuningdek soliqni hisoblab chiqarish hamda toʻlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-iyundagi 252-sonli “Sanoatning kon qazish tarmoqlari ayrim korxonalarining yuqori daromadiga soliq solish toʻgʻrisida”gi qarori, “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1908, 24.02.2009-y.), “Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1909, 24.02.2009-y.).
45-bob. Bonuslar
252-modda. Umumiy qoidalar
Bonus yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan bir martalik toʻlovdir.
Yer qaʼridan foydalanuvchi quyidagi turdagi bonuslarni toʻlaydi:
imzoli bonus;
Qarang: mazkur Kodeksning 253-moddasi.
tijoratbop topilma bonusi.
Qarang: mazkur Kodeksning 254-moddasi.
Davlat boshqaruvi organlari bonuslar toʻlamaydi.
253-modda. Imzoli bonus
Oldingi tahrirga qarang.
Imzoli bonus yer qaʼridan foydalanuvchining tegishli litsenziya asosida foydali qazilmalarni aniqlash va qidirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun bir martalik qatʼiy belgilangan toʻlovdir.
(253-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Imzoli bonus litsenziya olingan kundan eʼtiboran soliq toʻlovchi tomonidan oʻttiz kundan kechiktirmay budjetga toʻlanadi va bu haqda soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yozma shaklda xabar qilinadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
254-modda. Tijoratbop topilma bonusi
Oldingi tahrirga qarang.
Tijoratbop topilma bonusi tegishli litsenziyada koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun, shu jumladan dastlabki belgilangan ajratib olinayotgan zaxiralarni koʻpaytirishga olib keluvchi konlarni qoʻshimcha qidirish oʻtkazish chogʻidagi foydali qazilmalar topilmasi uchun toʻlanadigan toʻlovdir. Tijoratbop topilma bonusi, agar avval mazkur kon boʻyicha tijoratbop topilma bonusi toʻlanmagan boʻlsa, foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olgan yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan ham toʻlanadi.
(254-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Foydali qazilma konlarini keyinchalik ularni kavlab olishni nazarda tutmaydigan qidirish oʻtkazishda tijoratbop topilma bonusi toʻlanmaydi.
Vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan konda foydali qazilmalarning qazib olinadigan zaxiralari hajmi soliq solish obyektidir.
Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati soliq solinadigan bazadir. Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati vakolatli davlat organi belgilagan axborot manbalarining maʼlumotlariga koʻra xalqaro birjada belgilangan birja bahosi boʻyicha hisoblab chiqiladi. Jahon bozorida narx mavjud boʻlmagan taqdirda, qazib olinadigan foydali qazilmalarning qiymati vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tijoratbop topilma bonusi soliq solinadigan bazadan va bonusning belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tijoratbop topilma bonusining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga vakolatli davlat organi foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlagan kundan eʼtiboran yigirma besh kundan kechiktirmay soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etiladi.
Tijoratbop topilma bonusini toʻlash vakolatli davlat organi foydali qazilmalar zaxiralarining kondan qazib olinadigan hajmini tasdiqlagan kundan eʼtiboran toʻqson kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
46-bob. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
255-modda. Umumiy qoidalar
Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma boʻlib, bu shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun mutlaq huquqlar beradi.
Mahsulot taqsimotiga oid bitim quyidagilarni nazarda tutadi:
hisob-kitob yuritish va hisobot berish tartibini;
soliq solish va boshqa toʻlovlarni toʻlash shartlarini;
chet ellik investorning ulushini olib chiqib ketish tartibini.
256-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Chet ellik investor mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati mobaynida quyidagilarni toʻlaydi:
(256-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-217-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 404-modda)
1) foyda soligʻi;
2) yer soligʻi;
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
4) yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʻlovlar, bundan qoʻshimcha foyda soligʻi mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
5) yagona ijtimoiy toʻlov;
(256-moddaning birinchi qismi 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6) aksiz soligʻi.
(256-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida 6-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 5-bandlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar (yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq bundan mustasno), agar mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va aksiz soligʻi Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi.
(256-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-217-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 404-modda)
Chet ellik investorga soliq solish quyidagi xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi:
1) foyda soligʻi mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarish chogʻida olingan daromad boʻyicha va faoliyatning boshqa turlari boʻyicha olingan daromad boʻyicha alohida-alohida toʻlanadi. Mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarish chogʻida olingan daromadlar yuzasidan foyda soligʻi solish obyekti bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli boʻlgan, chegirmalar qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymatidir;
2) chet ellik investor yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun quyidagi soliqlar va maxsus toʻlovlar toʻlaydi:
mahsulot taqsimotiga oid bitim tuzilganda va (yoki) muayyan natijaga erishilganda, bitim shartlariga muvofiq belgilangan bonuslar;
mineral xom ashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq belgilanadigan va pul shaklida yoki kavlab olingan mineral xom ashyoning bir qismi tarzida toʻlanadigan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
3) atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanadi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinng 2003-yil 1-maydagi 199-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
4) investorlarga va (yoki) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan operatorlarga yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan beriladigan tovarlarga (bajariladigan ishlarga, koʻrsatiladigan xizmatlarga) nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi;
5) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishga moʻljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq chet ellik investor tomonidan yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek chet ellik investor tomonidan olib chiqiladigan, mazkur bitimga muvofiq unga tegishli boʻlgan mahsulot bojxona toʻlovlarini solishdan ozod qilinadi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlanadigan yigʻimlar bundan mustasno. Olib kirilgan moddiy-texnika resurslaridan belgilangan maqsadga nomuvofiq foydalanilganda, shu jumladan ular oʻzga shaxsga berilgan taqdirda, budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan barcha bojxona toʻlovlari bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Agar yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan boʻlsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajaruvchi operator soliq majburiyatlarining bajaruvchisi boʻladi. Bunda litsenziya olgan investor bir oylik muddatda davlat soliq xizmati organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini bajaruvchi boʻlib qatnashadigan ishtirokchi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor etishi shart.
X BOʻLIM. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ
257-modda. Soliq toʻlovchilar
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv isteʼmolini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardir:
(257-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari;
tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari.
(257-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Aholi punktlarining suv taʼminoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat oʻz ehtiyojlariga ishlatiladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlovchidir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 35-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi, 35-1-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi, 106-moddasining birinchi-ikkinchi xatboshilari.
Quyidagilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar boʻlmaydi:
notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan suv hajmlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlovchi boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
agar ushbu Kodeksning XX boʻlimida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Keyingi tahrirga qarang.
258-modda. Soliq solish obyekti
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq solish obyektidir.
Suv resurslarining yer usti manbalariga quyidagilar kiradi: daryolar, koʻllar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari.
Suv resurslarining yer osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi.
259-modda. Soliq solinadigan baza
Foydalanilgan suvning hajmi soliq solinadigan bazadir.
Keyingi tahrirga qarang.
260-modda. Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv oʻlchagich asboblarining koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suvdan oʻlchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suv isteʼmolining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sugʻorish normalaridan yoki maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(260-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Soliq toʻlovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadilar. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmoqlaridagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi boʻyicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv yetkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmogʻiga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1-fevraliga qadar taqdim etishlari kerak. Davlat soliq xizmati organlari bu maʼlumotlarni soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchi issiq suv hamda bugʻ hosil qilinishi boʻyicha soliq solinadigan bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun oʻzi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydi.
Soliq toʻlovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib koʻrish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi.
Yuridik shaxslarning hududida taʼmirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq toʻlovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlamaydi. Taʼmirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlaydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlaydi.
Yagona yer soligʻi toʻlovchilari boʻlmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sugʻoriladigan yerlarni sugʻorish uchun sarflanadigan suvning butun xoʻjalik boʻyicha oʻrtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari uchun soliq solinadigan baza ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
261-modda. Imtiyozlar
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar, bundan savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda boʻlgan xodimlar kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
2) suv uchun budjetga soliq oʻtkazgan yuridik shaxslardan suv olgan isteʼmolchilar;
3) birlamchi foydalanilgan suv uchun toʻlov amalga oshirilgan suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv isteʼmolchilari;
4) ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan eʼtiboran. Ixtiyoriy ravishda tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun toʻliq miqdorda undiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi:
1) sogʻliqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari hajmiga, bundan savdo tarmogʻida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
2) dori vositalarini tayyorlash uchun foydalaniladigan suv hajmiga;
Keyingi tahrirga qarang.
3) atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatishining oldini olish maqsadida chiqazib olinadigan yer osti suvlari hajmiga, ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno;
4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qaʼriga qaytarib quyiladigan yer osti suvlari hajmiga, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
5) gidroelektr stansiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv hajmiga;
6) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan shoʻrlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmiga.
Keyingi tahrirga qarang.
262-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Hisobot davri quyidagilardir:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun toʻlanadigan soligʻining umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan koʻpni tashkil etadigan yuridik shaxslar (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) uchun — bir oy;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun toʻlanadigan soligʻining umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan kamni tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar va kichik korxonalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — yil choragi;
qishloq xoʻjaligi korxonalari va yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari uchun — kalendar yil.
Keyingi tahrirga qarang.
263-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
(263-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1) suv resurslaridan foydalanganlik uchun toʻlanadigan soliqning umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan koʻpni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xoʻjaligi korxonalari, mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) — har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
(263-modda uchinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun toʻlanadigan soliqning umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan kamni tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
(263-modda uchinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
3) yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan — yilda bir marta hisobot davrining 15-dekabrigacha;
Oldingi tahrirga qarang.
4) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — yilning har choragida yilning hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay.
(263-modda uchinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobot davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
264-modda. Soliq toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlashni toʻlovchilar tomonidan suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyida hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno.
(264-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-mayigacha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar joriy yilning 15-yanvarigacha suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash toʻgʻrisidagi yozma bildirishni belgilangan limitdan kelib chiqqan holda yoki suv yetkazib berish shartnomasiga muvofiq har oyda yoki yilning har choragida erkin shaklda taqdim etadilar, qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno.
(264-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
XI BOʻLIM. MOL-MULK SOLIGʻI
47-bob. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
265-modda. Soliq toʻlovchilar
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchilar quyidagilardir:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega boʻlgan yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari;
agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz mulkida koʻchmas mulkka ega boʻlgan yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlaridir. Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʻlmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlsa, shu shaxs soliq toʻlovchidir. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining faoliyati ushbu Kodeksning 20-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa orqali amalga oshiriladigan faoliyat deb eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmaydi:
notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchilardir;
Keyingi tahrirga qarang.
agar ushbu Kodeksning XX boʻlimida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Keyingi tahrirga qarang.
266-modda. Soliq solish obyekti
Quyidagi mol-mulk soliq solish obyektidir:
1) asosiy vositalar, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar” (roʻyxat raqami 1299, 20.01.2004-y.) 3-bandi ikkinchi xatboshisi, 4-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
2) nomoddiy aktivlar;
Keyingi tahrirga qarang.
3) tugallanmagan qurilish obyektlari. Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga qurilishi shu obyekt qurilishiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda nihoyasiga yetkazilmagan obyektlar kiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
4) belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar. Belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar jumlasiga montaj qilinishi talab etiladigan hamda rekonstruksiya va (yoki) modernizatsiya qilinayotgan obyektlarda loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan muddatlarga muvofiq kapital qoʻyilmalar hisobiga ishga tushiriladigan asbob-uskunalar kiradi. Loyiha-smeta hujjatlarida asbob-uskunalarni ishga tushirish muddatlari boʻlmagan taqdirda, buyurtmachi sifatida ish koʻrayotgan yuridik shaxsning rahbari tomonidan tasdiqlangan muddatlar soliq solish obyektini belgilash uchun qabul qilinadi, lekin bu muddatlar asbob-uskunalar montaj qilishga topshirilgan paytdan eʼtiboran bir yildan koʻp boʻlmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari uchun quyidagilar soliq solish obyektidir:
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq doimiy muassasa faoliyati bilan bogʻliq qaysi asosiy vositalar boʻyicha hisob yuritayotgan boʻlsa, oʻsha asosiy vositalar;
ushbu doimiy muassasa faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan, mazkur norezidentlarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, ularga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk soliq solish obyektidir. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan mulk qilib olingan (realizatsiya qilingan) koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu obyektlar joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin oʻn kun ichida maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan yer uchastkalari va (yoki) nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olinadigan ulardan foydalanish huquqi soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
267-modda. Soliq solinadigan baza
Soliq solinadigan baza quyidagilardir:
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha — asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlangʻich (tiklanish) qiymati bilan soliq toʻlovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari va ishga tushirilmagan asbob-uskunalar boʻyicha — tugallanmagan qurilishning va oʻrnatilmagan asbob-uskunalarning oʻrtacha yillik qiymati.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining ushbu Kodeksning 266-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida va uchinchi qismida koʻrsatilgan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan ushbu mol-mulkning oʻrtacha yillik qiymati soliq solinadigan bazadir.
Keyingi tahrirga qarang.
268-modda. Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi
Soliq solish obyektlarining oʻrtacha yillik qoldiq qiymati (oʻrtacha yillik qiymat) hisobot davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga koʻra soliq solish obyektlarining qoldiq qiymatlarini (oʻrtacha yillik qiymatlarini) qoʻshishdan olingan summaning oʻn ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining ushbu Kodeksning 266-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida va uchinchi qismida koʻrsatilgan koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha soliq solinadigan baza mazkur obyektlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan qiymat asosida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(268-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchi tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmogʻidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
269-modda. Imtiyozlar
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1) uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlarining. Uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlariga quyidagilar kiradi: uy-joy fondi, vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan), kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonxonalar (shu jumladan asbob-uskunalar);
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2) madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha obyektlarining;
(269-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
3) yuridik shaxslarning madaniyat muassasalari, maktabgacha va umumtaʼlim oʻquv muassasalari ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mol-mulkining;
Keyingi tahrirga qarang.
4) qishloq xoʻjaligi (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik) mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulkning;
Keyingi tahrirga qarang.
5) sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari obyektlarining;
6) aloqa yoʻldoshlarining;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(269-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yongʻin xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlarning. Obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yongʻin xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlarga kiritish tegishli tabiatni muhofaza qilish yoki davlat yongʻin nazorati organining maʼlumotnomasi asosida amalga oshiriladi;
(269-modda birinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
9) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, magistral truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalarining, shuningdek ushbu obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlarning;
10) konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan asosiy ishlab chiqarish fondlarining;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan “Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 4-bandining “a” kichik bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
11) lizingga olingan mol-mulkning, lizing shartnomasi amal qiladigan muddatga;
Keyingi tahrirga qarang.
12) soliq toʻlovchining balansida boʻlgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlarning;
13) shahar va shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashiydigan shahar yoʻlovchilar transporti tashkilotlari transport vositalarining (avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten poyezdlari);
Keyingi tahrirga qarang.
14) tuzilgan shartnomalarga muvofiq yuridik shaxsning buyurtmasi boʻyicha ishlar bajarish uchun kasanachilarga bepul foydalanishga berilgan asbob-uskunalarning (foydalanish davriga);
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalarning buyurtmalari boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun kasanachilarga asbob-uskunalar va anjomlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 1 — 14-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
15) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-noyabrdagi PQ-513-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalaridan foydalanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 2-bandi yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilari.
Keyingi tahrirga qarang.
16) ishlab chiqarishga yangi joriy etilgan yangi texnologik jihozlarning, besh yillik muddatga. Yangi texnologik jihozlar olingan (import qilingan) paytdan eʼtiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi mol-mulk soligʻini toʻlash majburiyatlari imtiyoz qoʻllaniladigan butun davr uchun tiklangan holda, bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy taʼminot, xalq taʼlimi, madaniyat va sanʼat tashkilotlari;
Keyingi tahrirga qarang.
2) uy-joy-kommunal xoʻjaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligi korxonalari. Uy-joy-kommunal va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaliklari jumlasiga uy-joy fondini bevosita boshqarish, saqlash hamda undan foydalanishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, sanitariya tozalash va yigʻishtirish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shaharlar hamda shaharchalarni tashqi yoritish, vodoprovod suv olish inshootlaridan, taqsimlanadigan tarmoqlardan (tozalovchi inshootlari bilan) foydalanish va suvni taqsimlash, kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish (tozalash inshootlari bilan), gaz taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish hamda gazni taqsimlash, qozonxona, issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish va kommunal-maishiy ehtiyojlarga hamda aholiga issiqlikni taqsimlashni bevosita amalga oshiruvchi tashkilotlar, xizmat binolarining xoʻjalik boshqarmalari, oʻt oʻchirish komandalari, uy-joy-kommunal xoʻjaligining xoʻjalik boshqarmalari, uy-joy-kommunal xoʻjaligi va shahar xoʻjaligining umumfuqaroviy ahamiyatga molik boshqa korxonalari kiradi;
3) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda boʻlgan xodimlar kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4) yangi tashkil etilgan korxonalar — davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek boshqa korxonalar hududida shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalardan foydalangan holda oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi;
(269-modda ikkinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
5) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlarini — yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan eʼtiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun toʻliq miqdorda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
270-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Yil choragi hisobot davridir.
Keyingi tahrirga qarang.
271-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchi — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan ushbu Kodeks 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar har oyda joriy toʻlovlarni toʻlaydilar, mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Joriy toʻlovlar summasi tegishli yil uchun mol-mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatidan (oʻrtacha yillik qiymatdan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi. Joriy toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga belgilangan shakldagi maʼlumotnomani joriy yilning 20-yanvarigacha taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Budjetga joriy toʻlovlarni toʻlash har oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Toʻlanishi lozim boʻlgan, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan kundan kechiktirmay budjetga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti doimiy muassasaning soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solinadigan mavjud mol-mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvaridan kechiktirmay taqdim etishi shart. Taqdim etilgan maʼlumotnoma asosida davlat soliq xizmati organi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi hisob-kitobini oʻn kun ichida amalga oshiradi va toʻlov xabarnomasini yozadi;
Oʻzbekiston Respublikasining koʻchmas mulk joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari Oʻzbekiston Respublikasining koʻchmas mulkka ega boʻlgan norezidentlariga soliq toʻlovchidan yoki koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organdan olingan maʼlumotlar asosida toʻlov xabarnomasini yozadi;
(271-modda oltinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmasdan toʻlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
48-bob. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
272-modda. Soliq toʻlovchilar
Mulkida soliq solinadigan mol-mulki boʻlgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq toʻlovchilaridir.
Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʻlmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlsa, oʻsha shaxs soliq toʻlovchidir.
Keyingi tahrirga qarang.
273-modda. Soliq solish obyekti
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish obyektidir.
274-modda. Soliq solinadigan baza
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining inventarizatsiya qiymati toʻlovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boʻyicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti boʻyicha toʻlovchi boʻlgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir obyekt boʻyicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
275-modda. Imtiyozlar
Quyidagilarning mulkida boʻlgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi:
1) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻlimining yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida beriladi;
(275-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3) oʻn nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi asos boʻladi;
4) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolarning (shu jumladan u yerga vaqtincha yoʻllangan yoki xizmat safariga yuborilgan shaxslarning). Mazkur imtiyoz tegishincha tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan, imtiyozlar berish uchun asos boʻladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
5) qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon oʻlchami doirasida pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
6) I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining). Imtiyoz “Halok boʻlgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” yoki “Ichki ishlar organlari halok boʻlgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” shtampi qoʻyilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner boʻlmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati yoxud Ichki ishlar vazirligining tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organi xodimining halok boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yoki frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi.
(275-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 20-maydagi OʻRQ-247-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 149-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(275-modda birinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obyektiga taalluqli boʻladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish obyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
276-modda. Soliq stavkasini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq solish obyektlari jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan yashash uchun moʻljallanmagan joylar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi.
(276-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
277-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchining yashash joyidan qatʼi nazar, soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga har yili 1-fevralgacha obyektning 1-yanvarga boʻlgan holatiga koʻra inventarizatsiya qiymatini va uning mulkdorini koʻrsatgan holda maʼlumot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 275-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1-yanvarga boʻlgan holatiga koʻra inventarizatsiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida boʻlgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda toʻlanadi.
Mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga oʻtgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1-yanvaridan eʼtiboran u mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini yoʻqotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi.
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ular barpo etilgan yildan keyingi yil boshidan eʼtiboran toʻlanadi.
Meros boʻyicha oʻtgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq merosxoʻrlarda mulk huquqi vujudga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi.
Soliq solish obyekti yoʻq qilingan, vayron boʻlgan, buzib tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish mol-mulk yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan oydan eʼtiboran toʻxtatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan yoʻq qilinganlik, vayron boʻlganlik, buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kalendar yil mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelgan (amal qilishi tugagan) taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (amal qilishi tugagan) oydan eʼtiboran amalga oshiriladi.
(277-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasi soliq toʻlovchilarga davlat soliq xizmati organi tomonidan har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri uchun toʻlash teng ulushlarda bir yilda ikki marta amalga oshiriladi:
hisobot yilining 15-iyuniga qadar;
hisobot yilining 15-dekabriga qadar.
Keyingi tahrirga qarang.
XII BOʻLIM. YER SOLIGʻI
49-bob. Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi
278-modda. Umumiy qoidalar
Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga toʻlovlar yer soligʻi yoki yer uchun ijara haqi tariqasida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer soligʻi toʻlaydilar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 17-moddasining birinchi qismi.
279-modda. Soliq toʻlovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari yer soligʻini toʻlovchilaridir.
Koʻchmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi yer soligʻini toʻlovchi boʻladi.
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi oʻz ulushi uchun yer soligʻini toʻlovchidir.
Quyidagilar yer soligʻini toʻlovchilar boʻlmaydi:
notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan yer uchastkalari boʻyicha ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda yer soligʻi toʻlovchilar boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar, agar ushbu Kodeksning XX boʻlimida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
280-modda. Soliq solish obyekti
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda boʻlgan yer uchastkalari soliq solish obyektidir.
Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sugʻorish tarmogʻi, sohil boʻyi yerlari va boshqa shu kabi yerlar;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bogʻlar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar);
Keyingi tahrirga qarang.
zaxira yerlar.
281-modda. Soliq solinadigan baza
Yer uchastkasining ushbu Kodeks 282-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir.
Qaysi yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq toʻlovchiga oʻtgan boʻlsa, oʻsha yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan eʼtiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan eʼtiboran kamaytiriladi.
Yuridik shaxslarda yer soligʻi boʻyicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan eʼtiboran kamaytiriladi. Yer soligʻi boʻyicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan eʼtiboran hisoblab chiqariladi (koʻpaytiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
282-modda. Imtiyozlar
Yer soligʻi toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari — oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanadigan yer uchastkalari uchun;
2) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda boʻlgan xodimlar kiritiladi;
3) yangi tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklari — davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan eʼtiboran ikki yilga;
Keyingi tahrirga qarang.
4) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan eʼtiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun toʻliq miqdorda undiriladi.
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
1) bogʻdorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish yoʻllari, sugʻorish ariqlari, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining yerlari;
2) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari, bundan xoʻjalik faoliyati yuritilayotgan yerlar mustasno. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari jumlasiga davlat qoʻriqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qoʻriqxonalarining (ovchilik xoʻjaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qoʻriqxonalari bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning yer uchastkalari kiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
3) sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xoʻjalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — tegishli muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega boʻlgan yer uchastkalari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 73-moddasi.
4) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar (xoʻjalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yerlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 74-moddasi.
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xoʻjalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan tarixiy-madaniy qoʻriqxonalar, xotira bogʻlari, sagʻanalar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 75-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
6) suv fondi yerlari. Suv fondi yerlari jumlasiga suv havzalari (daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv xoʻjaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda berilgan suv havzalari hamda boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab ajratilgan mintaqa yerlari kiradi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 77-moddasi.
7) elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 69-moddasining birinchi qismi.
8) umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat koʻrsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 69-moddasining uchinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
9) madaniyat, taʼlim va sogʻliqni saqlash obyektlari egallagan yerlar;
(282-modda ikkinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
10) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari egallagan yerlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 69-moddasining ikkinchi qismi.
11) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, shu jumladan tuproq koʻtarmasi, sunʼiy inshootlar, liniya-yoʻl binolari, temir yoʻl aloqasi hamda elektr taʼminoti qurilmalari, inshootlar va yoʻl qurilmalaridan iborat temir yoʻllar stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 69-moddasining ikkinchi qismi.
12) shahar elektr transporti yoʻllari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 67-moddasining birinchi qismi.
13) sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish hamda sogʻlomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda oʻquv-mashq bazalari egallagan yerlar;
14) aholi punktlarining suv taʼminoti va kanalizatsiya inshootlari: magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan yerlar;
15) magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yongʻinga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, truboprovodlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, truboprovodlarni tozalash qurilmalari hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan yerlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 69-moddasining ikkinchi qismi.
16) magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (koʻpaytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv taʼminotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan yerlar;
17) samolyotlarning uchish-qoʻnish maydonlari, yerda boshqarish yoʻlkalari va toʻxtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan yerlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 69-moddasining ikkinchi qismi.
18) Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati davrida;
Keyingi tahrirga qarang.
19) konservatsiyaga qoʻyilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar, ularning konservatsiyasi davrida;
20) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
21) yuridik shaxs balansida boʻlgan va xoʻjalik faoliyatida foydalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;
22) ihota oʻrmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota oʻrmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlarining va ovlanadigan qimmatbaho baliqlarning uvildiriq sochadigan joylarini muhofaza qiladigan boshqa suv obyektlarining sohillaridagi, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqasidagi taqiqlangan mintaqalar; eroziyaga qarshi oʻrmonlar; choʻl va yarim choʻl mintaqalaridagi oʻrmonlar; shahar daraxtzorlari va oʻrmonzor bogʻlari; aholi punktlari hamda sanoat markazlari atrofidagi yashil mintaqalar daraxtzorlari; suv taʼminoti manbalari sanitariya muhofazasi mintaqalarining oʻrmonlari; kurortlarning sanitariya muhofazasi tegrasidagi oʻrmonlar; alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmon massivlari; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga molik oʻrmonlar;
Keyingi tahrirga qarang.
23) qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar, ularni oʻzlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular oʻzlashtirilgan vaqtdan eʼtiboran besh yil mobaynida;
24) melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sugʻoriladigan yerlar, ishlar boshlanganidan eʼtiboran besh yil muddatga;
25) yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qatʼi nazar, uch yil muddatga. Kuzda oʻtkazilgan yangi koʻchatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi, bahorda oʻtkazilgan koʻchatlar uchun esa joriy soliq davrining 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi;
26) ilmiy tashkilotlarning qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga molik va oʻrmon fondidagi yerlari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda oʻquv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining bevosita ilmiy hamda oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari. Ushbu bandga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning seleksiyasi oʻtkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy va oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq toʻlashdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
283-modda. Soliq stavkasini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining aybi bilan qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet balli pasaygan) taqdirda, yer soligʻi yerning sifati yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadi.
Shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer soligʻi qishloq xoʻjaligi yerlari uchun belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
284-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq va hisobot davridir.
Keyingi tahrirga qarang.
285-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi
Yer soligʻi har bir soliq davrining 1-yanvariga boʻlgan holatga koʻra hisoblab chiqariladi va yer soligʻining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15-fevraliga qadar taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer soligʻini hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 281-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq solinadigan bazada (hisoblangan soliq summasida) soliq davri mobaynida oʻzgarish boʻlganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida davlat soliq xizmati organiga yer soligʻining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etishi shart.
(285-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Soliq davri mobaynida qishloq xoʻjaligi ekinlarining umumiy maydonida va tarkibida oʻzgarishlar yuz bergan yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari yer soligʻining aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat soliq xizmati organiga joriy yilning 1-dekabriga qadar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
286-modda. Soliq toʻlash tartibi
Yer soligʻini toʻlash, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, yuridik shaxslar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Yagona yer soligʻi toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yer soligʻini toʻlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1-iyuliga qadar — yillik soliq summasining 20 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
50-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi
287-modda. Soliq toʻlovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari yer soligʻini toʻlovchilardir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 17-moddasining ikkinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish va soliqni toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
(287-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Uy-joy, yashash uchun moʻljallanmagan imorat va inshootlar meros boʻyicha oʻtishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi oʻtgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxoʻrlardan undiriladi.
288-modda. Soliq solish obyekti
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyektidir:
1) dehqon xoʻjaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 55-moddasi.
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 27-moddasi.
3) jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 56-moddasi.
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros boʻyicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham oʻtgan yer uchastkalari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 18-moddasining uchinchi qismi, 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 482-moddasi.
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 18-moddasi birinchi, uchinchi qismlari.
7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23-24-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻp kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti boʻlmaydi, ushbu modda birinchi qismining 7-bandida koʻrsatilganlari bundan mustasno.
(288-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
289-modda. Soliq solinadigan baza
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir maʼlumotlari soliq solinadigan bazadir.
Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalarining maydonlari boʻyicha soliq solinadigan baza ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi.
Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlarning maydonlari boʻyicha soliq solinadigan baza oʻz xodimlariga yer uchastkalari bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi.
290-modda. Imtiyozlar
Yer soligʻidan quyidagilar ozod qilinadilar:
1) yaylov chorvachiligining choʻponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari;
Keyingi tahrirga qarang.
2) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻlimining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan doiradagi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻlimining yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida beriladi;
(290-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4) I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
5) yolgʻiz pensionerlar. Yolgʻiz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolgʻiz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʼlumotnomasi, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
(290-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6) boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada oʻn olti yoshga toʻlmagan beshta va undan ortiq bolalari boʻlgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
(290-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolar. Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos boʻladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
(290-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
8) shaxsiy pensiya tayinlangan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9) koʻchirib keltirilgan fuqarolar kelib joylashgan yer uchastkalari boʻyicha — yer uchastkalari berilgan paytdan eʼtiboran besh yilgacha;
Keyingi tahrirga qarang.
10) shaxslar — ularga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va dehqon xoʻjaligi yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yer uchastkalari boʻyicha — yer uchastkasi berilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran ikki yil muddatga.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan imtiyozlar, bundan 6-bandda koʻrsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur imtiyozlar soliq toʻlovchining tanlashi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.
Ushbu Kodeks 282-moddasi ikkinchi qismining soliq solinmaydigan yer uchastkalariga taalluqli qismida nazarda tutilgan imtiyozlar yer soligʻi toʻlovchilar boʻlgan jismoniy shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
291-modda. Soliq stavkasini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda yer uchastkalari uchun yer soligʻi jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi hamda ularga ushbu Kodeksning 290-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
292-modda. Soliq davri
Kalendar yil soliq davridir.
293-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Yer soligʻini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari yer soligʻini toʻlovchilar boʻlgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 290-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.
(293-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Yer soligʻi summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan toʻlov xabarnomasi jismoniy shaxslarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni oʻzgarganda va imtiyozlarga boʻlgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur oʻzgarishlardan keyin bir oy ichida yer soligʻini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq toʻlovchiga yer soligʻi summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan yangi yoki qoʻshimcha toʻlov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.
294-modda. Soliq toʻlash tartibi
Yer soligʻi yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qatʼi nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki shaharning mahalliy budjetiga toʻlanadi.
Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan eʼtiboran toʻlanadi.
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer soligʻini toʻlash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan eʼtiboran toʻxtatiladi (kamaytiriladi).
Yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyoz huquqi vujudga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanmaydi. Yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquqlar bekor qilingan taqdirda, bu soliq mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan eʼtiboran toʻlana boshlaydi.
Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi yer uchastkasidan foydalanish faktidan qatʼi nazar, jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi.
Soliq davri uchun yer soligʻi toʻlash jismoniy shaxslar tomonidan yiliga ikki marta teng ulushlarda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 15-iyuniga qadar;
hisobot yilining 15-dekabriga qadar.
Keyingi tahrirga qarang.
XIII BOʻLIM. OBODONLASHTIRISH VA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH SOLIGʻI
295-modda. Soliq toʻlovchilar
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlovchilardir.
Quyidagilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlovchilar boʻlmaydi:
notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan foydasi mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Kodeksning XX boʻlimida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
296-modda. Soliq solish obyekti. Soliq solinadigan baza
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi chegirilganidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazadir, bundan ushbu Kodeksning 297-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bunda soliq solinadigan baza olinishi lozim boʻlgan (olingan) dividendlar summasiga, qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlovchilar uchun esa sof qoʻshimcha foyda summasiga ham kamaytiriladi.
(296-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
297-modda. Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan soliq solinadigan bazani aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlgan soliq toʻlovchilar soliq solinadigan bazani hisoblangan foyda soligʻi chegirib tashlangan holda yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foydani va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini taʼminlash uchun haqiqatda sarflangan xarajatlarning mazkur xarajatlar summasidan hisoblab chiqilgan foyda soligʻi summasiga kamaytirilgan summasini qoʻshish orqali aniqlaydi.
(297-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddani qoʻllash maqsadida ijtimoiy infratuzilma obyektlariga sogʻliqni saqlash obyektlari, taʼlim obyektlari va bolalar dam olish oromgohlari kiradi.
(297-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
298-modda. Imtiyozlar
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqini belgilayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda boʻlgan xodimlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
299-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Yil choragi hisobot davridir.
300-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlgan soliq toʻlovchilar budjetga toʻlanadigan soliq summasini quyidagi tartibda aniqlaydi:
agar ijtimoiy infratuzilma obyektlarini taʼminlash uchun xarajatlar summasi ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasiga teng yoki undan ortiq boʻlsa, soliq toʻlanmaydi;
agar ijtimoiy infratuzilma obyektlarini taʼminlash uchun xarajatlar summasi ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam boʻlsa, budjetga toʻlanadigan soliq hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan haqiqatda sarflangan xarajatlar summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Soliq toʻlovchilar, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilganlar mustasno, hisobot davri mobaynida obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlar toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Joriy toʻlovlar taxmin qilinayotgan sof foyda summasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha hisobot davrining birinchi oyi 10-kuniga qadar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻining joriy toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada koʻrsatilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Joriy toʻlovlar ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻining yil choragidagi summasining uchdan bir qismi miqdorida har oyning 15-kunidan kechiktirmay toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagilar joriy toʻlovlarni toʻlamaydi:
hisobot davrida soliq solinadigan bazasi eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda boʻlgan soliq toʻlovchilar;
ilgarigi hisobot davrida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlash xarajatlari summasi soliq solinadigan baza summasiga teng yoki undan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar;
Keyingi tahrirga qarang.
yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtmagan mikrofirmalar va kichik korxonalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq toʻlovchilar tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlash mazkur soliq boʻyicha hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
XIV BOʻLIM. JISMONIY SHAXSLARDAN TRANSPORT VOSITALARIGA BENZIN, DIZEL YOQILGʻISI VA GAZ ISHLATGANLIK UCHUN OLINADIGAN SOLIQ
(XIV boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
301-modda. Soliq toʻlovchilar
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni chakana realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni toʻlovchilardir.
(301-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
302-modda. Soliq solish obyekti. Soliq solinadigan baza
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni chakana realizatsiya qilish soliq solish obyektidir.
Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazning natura holidagi realizatsiya qilingan hajmi soliq solinadigan bazadir.
(302-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
303-modda. Soliq davri
Soliq davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar uchun — bir oy.
Keyingi tahrirga qarang.
304-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliq toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasi chakana narxga qoʻshimcha ravishda belgilanadi, sotib oluvchiga beriladigan chekda alohida qatorda koʻrsatiladi hamda jismoniy shaxslardan realizatsiya qilinayotgan benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz uchun mablagʻlarni olish bilan bir vaqtda undiriladi.
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning joriy oʻn kunlik toʻlovlar hisobga olingan holdagi hisob-kitobi yoqilgʻi quyish shoxobchasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Jismoniy shaxslarning transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni toʻlash jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz chakana realizatsiya qilingan oyning oʻn kunligi tugaganidan keyingi uchinchi kunidan kechiktirmay, yoqilgʻi quyish shoxobchasi joylashgan yerda har oʻn kunda amalga oshiriladi.
(304-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
XV BOʻLIM. IJTIMOIY JAMGʻARMALARGA MAJBURIY TOʻLOVLAR
Keyingi tahrirga qarang.
51-bob. Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari
Keyingi tahrirga qarang.
305-modda. Soliq toʻlovchilar
Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlovchilar quyidagilardir:
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy ravishda yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini (bundan buyon matnda sugʻurta badallari deb yuritiladi) toʻlovchilardir.
(305-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Sugʻurta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek ularning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi, bundan ushbu Kodeksning 311-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq sugʻurta badallari toʻlovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari aʼzolari mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
306-modda. Soliq solish obyekti
Ushbu Kodeksning 172-moddasida koʻrsatilgan ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy toʻlovning va sugʻurta badallarining soliq solish obyektidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
307-modda. Soliq solinadigan baza
Yagona ijtimoiy toʻlovni va sugʻurta badallarini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza ushbu Kodeksning 172-moddasiga muvofiq toʻlanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi, ushbu Kodeksning 308-moddasida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
308-modda. Imtiyozlar
Yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari quyidagi toʻlovlarga nisbatan hisoblanmaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
2) xodimga hisoblanadigan va uning roziligi bilan tegishli budjet yoki xayriya jamgʻarmalarga (shanbaliklar, yakshanbaliklar va shu kabilar uchun) oʻtkaziladigan ish haqi tarzidagi daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(308-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(308-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
5) yosh mutaxassislarga oliy oʻquv yurtini tamomlaganlaridan soʻng taʼtil vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan toʻlanadigan nafaqalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining oddiy, serjant va ofitser tarkiblarida xizmatni oʻtashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan toʻlanadigan pul taʼminoti, pul mukofotlari va boshqa toʻlovlar.
(308-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 6-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
308-moddaning 6-bandiga kiritilgan oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuniga asosan 2012-yil 1-avgustdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
7) quyidagi grant mablagʻlari hisobiga olinadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar:
davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan roʻyxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan berilgan grant mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida berilgan grant mablagʻlari.
(308-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuniga asosan 7-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
309-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Hisobot davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar uchun — bir oy.
Keyingi tahrirga qarang.
310-modda. Yagona ijtimoiy toʻlovni va sugʻurta badallarini hisoblab chiqarish hamda toʻlash tartibi
Yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Yagona ijtimoiy toʻlov yuridik shaxslarning mablagʻlari hisobidan toʻlanadi, sugʻurta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan oʻtkaziladi.
Yagona ijtimoiy toʻlovning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq toʻlovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — har oyda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurta badallarining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq toʻlovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
(310-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Toʻlov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
yagona ijtimoiy toʻlov — har oyda, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurta badallari — ish haqiga pul mablagʻlari olish uchun bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda. Ish haqi hisobiga oyning birinchi yarmi uchun boʻnak (avans) olish uchun hujjatlar taqdim etilganda sugʻurta badallari toʻlovi amalga oshirilmaydi.
(310-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
311-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun sugʻurta badallarini hisoblab chiqarish va toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar, yakka tartibdagi tadbirkorlar sugʻurta badallarini majburiy tartibda oyiga eng kam ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydi.
(311-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari sugʻurta badallarini ixtiyoriylik asosida yiliga eng kam ish haqining toʻrt yarim baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydi. Belgilangan miqdordagi sugʻurta badallarining toʻlanishi dehqon xoʻjaligi aʼzosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan, shuningdek I va II guruh nogironlari boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari uchun sugʻurta badalining miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
Sugʻurta badallarini toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har oyda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay;
(311-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari — hisobot yilining 1-oktabrigacha. Bunda sugʻurta badallarining miqdori toʻlov kunidagi eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va toʻlov toʻlanayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart. Agar davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xoʻjaliklari aʼzolari uchun — yil) uchun toʻlangan deb hisoblanadi.
(311-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
52-bob. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar
Keyingi tahrirga qarang.
312-modda. Soliq toʻlovchilar
Oldingi tahrirga qarang.
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlovchilar quyidagilardir:
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari;
oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — yuridik shaxs;
(312-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Quyidagilar budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning toʻlovchilari boʻlmaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;
yagona soliq toʻlovini toʻlovchi yuridik shaxslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
313-modda. Soliq solish obyekti. Soliq solinadigan baza
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sof tushum budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza quyidagilardir:
1) kommunal xoʻjalik tizimining issiqlik, suv va gaz taʼminoti korxonalari uchun — mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoʻshilgan qiymat soligʻi va tegishincha issiqlik taʼminoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv taʼminoti korxonalari uchun suvning, gaz taʼminoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;
Qarang: “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqida”gi nizom (roʻyxat raqami 2088, 19.03.2010-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
2) qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — oʻz kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holdagi qiymati. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi;
(313-modda ikkinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3) vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish boʻyicha, vositachilik va topshiriq shartnomalari boʻyicha hamda vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun — koʻrsatilgan xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holdagi haq summasi;
(313-modda ikkinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun — tovar oboroti;
Oldingi tahrirga qarang.
5) kredit tashkilotlari va sugʻurta tashkilotlari uchun — agar mazkur moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;
(313-modda ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat boʻlgan yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchilar turli xil soliq solish obyektlariga ega boʻlgan hollarda, ular soliq solish obyektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli obyektlar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
314-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Hisobot davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar uchun — bir oy.
Keyingi tahrirga qarang.
315-modda. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob-kitoblarini taqdim etish va ularni toʻlash tartibi
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar har oyda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlash hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
XVI BOʻLIM. RESPUBLIKA YOʻL JAMGʻARMASIGA MAJBURIY TOʻLOVLAR
53-bob. Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar
316-modda. Soliq toʻlovchilar
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlovchilar quyidagilardir:
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari;
oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — yuridik shaxs;
(316-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Quyidagilar Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning toʻlovchilari boʻlmaydi:
notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;
yagona soliq toʻlovi toʻlovchi yuridik shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
ixtisoslashtirilgan yoʻl xoʻjaligi boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar, Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha ishlarni bajarganlik uchun olingan daromadlar qismi boʻyicha.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
317-modda. Soliq solish obyekti. Soliq solinadigan baza
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sof tushum Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasidir.
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasi quyidagilardir:
1) kommunal xoʻjalik tizimining issiqlik, suv va gaz taʼminoti korxonalari uchun — mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoʻshilgan qiymat soligʻi va tegishincha issiqlik taʼminoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv taʼminoti korxonalari uchun suvning, gaz taʼminoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;
Qarang: “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqida”gi nizom (roʻyxat raqami 2088, 19.03.2010-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
2) qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — oʻz kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holdagi qiymati. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi;
(317-modda ikkinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
3) vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish boʻyicha, vositachilik va topshiriq shartnomasi boʻyicha hamda vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun — koʻrsatilgan xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holdagi mukofot summasi;
4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun — tovar oboroti;
Oldingi tahrirga qarang.
5) kredit tashkilotlari va sugʻurta tashkilotlari uchun — agar mazkur moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;
(317-modda ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat boʻlgan yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi.
Ushbu Kodeksning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchilar turli xil soliq solish obyektlariga ega boʻlgan hollarda, ular soliq solish obyektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli obyektlar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
318-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Hisobot davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar uchun — bir oy.
Keyingi tahrirga qarang.
319-modda. Majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob-kitobini taqdim etish va ularni toʻlash tartibi
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlash hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
54-bob. Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar
Keyingi tahrirga qarang.
320-modda. Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlarning turlari
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika yoʻl jamgʻarmasi yigʻimlariga quyidagilar kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim;
chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida oʻtganligi uchun yigʻim.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
321-modda. Soliq toʻlovchilar
Avtotransport vositalarini oluvchi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim toʻlovchilardir.
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida oʻtganligi uchun yigʻim toʻlovchilardir.
322-modda. Soliq solish obyekti
Yigʻimlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir:
avtotransport vositalarini olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish;
chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit tarzida oʻtish.
323-modda. Soliq solinadigan baza
Soliq solinadigan baza quyidagilardir:
Oldingi tahrirga qarang.
olingan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari dvigatelining ot kuchidagi quvvati yoki avtotransport vositalarining qiymati;
(323-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzit tarzida oʻtganida chet davlatlarning avtotransport vositalari.
324-modda. Imtiyozlar
Avtotransport vositalarini olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʻimni toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadilar:
1) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qoʻl bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar;
2) ixtisoslashtirilgan savdo tarmogʻidan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobil oluvchi fuqarolar, shuningdek yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalarni oluvchi fuqarolar;
Keyingi tahrirga qarang.
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan yoʻl xoʻjalik boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar — mazkur ishlarni amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan avtotransport vositalari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
4) faoliyatining asosiy turi yoʻlovchilar tashish boʻlgan, qonun hujjatlariga muvofiq yoʻlovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega boʻlgan avtotransport korxonalari — yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari boʻyicha (yengil avtomobillar va yoʻnalishli taksilardan tashqari);
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-sonli “Litsenziyalar blankalarini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi xududida litsenziyalar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
5) yuridik shaxslar — qirq tonnadan ortiq yuk koʻtaradigan, olingan kon avtosamosvallari boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
6) homiylik (begʻaraz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek budjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;
(324-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
7) yuridik shaxslar — avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul oʻtkazishda;
8) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50-moddasi.
9) avtotransport vositalarini ushbu moddaning 3—5-bandlarida koʻrsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar.
325-modda. Yigʻimlarni toʻlash tartibi
Avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim ular Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotganda, qayta roʻyxatdan oʻtkazilayotganda quyidagi hollarda undiriladi:
1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;
2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar sifatida olinganda;
3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda, ushbu Kodeks 324-moddasining 9-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Yigʻim taraflarning yozma kelishuviga koʻra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan taqdirda, yigʻim lizing oluvchidan undiriladi. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan soʻng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti boʻlgan avtotransport vositasi qayta roʻyxatdan oʻtkazilayotganida takroran yigʻim undirilmaydi;
4) avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda.
Avtotransport vositalarini olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat taqdim etilmagan holda avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish yoki texnik koʻrikdan oʻtkazish amalga oshirilmaydi.
Chet davlatlar avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida oʻtganligi uchun yigʻim chet davlatning avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
XVII BOʻLIM. DAVLAT BOJI
326-modda. Umumiy qoidalar
Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy toʻlovdir.
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji konsullik yigʻimi tariqasida undiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tariflari.
Davlat bojining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
327-modda. Davlat bojini toʻlovchilar
Yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilishi va (yoki) hujjatlar berilishi xususida vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini toʻlovchilardir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9-bandi.
328-modda. Undirish obyektlari
Davlat boji quyidagilardan undiriladi:
1) sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, organlarning va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlardan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, sudlarning qarorlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va arizalaridan, nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi shikoyatlar va arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalardan, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
2) daʼvo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablarni bildirgan uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish toʻgʻrisidagi arizalardan, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalardan, xoʻjalik sudining qarorlari, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan berilgan, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan, hakamlik sudining qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan, xoʻjalik sudining hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi va ijro varaqasini berishni rad etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ajrimlari ustidan berilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3) notariuslar va Oʻzbekiston Respublikasining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun;
(328-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni 21-moddasining birinchi qismi.
4) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun, shuningdek fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi toʻgʻrisida takroriy guvohnoma berganlik uchun hamda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar, tuzatishlar kiritilishi va uning qayta tiklanishi munosabati bilan guvohnoma berganlik uchun;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 202-moddasining ikkinchi qismi.
5) chet eldan Oʻzbekiston Respublikasiga kelish huquqini beruvchi hujjatlarni, Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisida hujjatlarni berganlik uchun; yashash guvohnomasini berganlik yoki uning muddatini uzaytirganlik uchun; respublika hududiga kelish va respublika hududidan chet elga chiqish huquqini beradigan chet el pasportiga yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatga viza berganlik uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisida beriladigan arizalardan;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi”ning 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 6-bandining “g”, “e” kichik bandlari, 7-bandining “a” kichik bandi.
6) Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlarni, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish huquqi uchun hujjatlar berganlik uchun;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida Pasport tizimi toʻgʻrisida”gi nizomning 19-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 6-bandining “a”, “b”, “v” kichik bandlari.
7) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni turar joyga qayd etganlik va roʻyxatdan chiqarganlik uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
8) yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qaror bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 8 — 10-bandlari.
9) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasi.
10) ov qilish huquqiga ega ekanligi toʻgʻrisida ruxsatnoma berganlik uchun.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 7-bandining “g” kichik bandi.
329-modda. Umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) daʼvogarlar — ish haqini undirib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 277-moddasi.
2) daʼvogarlar — mualliflik huquqlari va turdosh huquqlardan, shuningdek ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va tovar kelib chiqqan joy nomiga, seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquqdan kelib chiqadigan daʼvolar yuzasidan;
3) daʼvogarlar — alimentlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
4) daʼvogarlar — mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 277-moddasi.
5) daʼvogarlar — noqonuniy hukm etish, jinoiy javobgarlikka tortish, maʼmuriy jazo berish tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar yuzasidan;
6) daʼvogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 276-moddasining toʻrtinchi qismi.
7) jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning undirib olinishi toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligi nizolashilayotgan jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilgan shaxslar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 276-moddasining toʻrtinchi qismi.
8) nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi mol-mulkni boʻlish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlar boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilgan shaxslar;
9) yuridik va jismoniy shaxslar — jinoyat ishlari va alimentlarni undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bogʻliq hujjatlarni ularga berganlik uchun;
10) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilinishini soʻrab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar;
11) yuridik va jismoniy shaxslar:
sudning ishni tugatish yoki uni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha;
sudning hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha;
daʼvoni taʼminlash yoki daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha;
sudning yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorini, ajrimini yoki qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha;
sud tomonidan belgilangan jarimani bekor qilish yoki kamaytirish toʻgʻrisidagi, sudning hal qiluv qarori ijrosini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha;
12) yuridik va jismoniy shaxslar — sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan, sudning jarimani bekor qilish yoki kamaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyatlar hamda sud ajrimi ustidan boshqa xususiy shikoyatlar yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
13) tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
14) isteʼmolchilar — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan; tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari; isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari — isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʻzlab qoʻzgʻatilgan daʼvolar yuzasidan;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 29-moddasining ikkinchi qismi.
15) daʼvogarlar — oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
16) davlat organlari — oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan, tarixiy, badiiy qimmatga yoki jamiyat uchun boshqa qimmatga ega boʻlgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlgan hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan shikoyatlar yuzasidan;
(329-moddaning 17-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
18) nodavlat notijorat tashkilotlari — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
19) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha daʼvolar yuzasidan;
20) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — majburiy badallarni kiritish va kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha qarzni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
21) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari, shuningdek fuqarolar — tuzilgan shartnomalar shartlari aholiga uy-joy-kommunal xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
22) tumanlar, shaharlar (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar) hokimliklari — kommunal xizmatlar koʻrsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kommunal xizmatlar haqini toʻlash va majburiy badallarni kiritish boʻyicha qarzni undirish toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga muvofiq kiritiladigan daʼvolar yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
23) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari — zarar yetkazuvchidan quyidagi summalarni undirib olish toʻgʻrisidagi regress daʼvolar boʻyicha:
(329-modda 23-bandining birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
jabrlanuvchiga yoki uning oila aʼzolariga toʻlangan pensiyalar va nafaqalar summalarini;
benzinga, avtomototransport vositalarini taʼmirlashga, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ehtiyot qismlar olishga, nogironlarni avtomototransport vositalarini haydashga oʻrgatishga ketadigan xarajatlarni qoplash summalarini, shuningdek notoʻgʻri toʻlangan pensiyalar va nafaqalarning summalarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
24) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning joylardagi organlari — koʻchish joyiga bormagan yoki koʻchib borgan joylarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan koʻchirib keltiriluvchilarga nisbatan koʻchish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida taqdim etilgan daʼvolar yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
25) Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari — atrof muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularning muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
26) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda uning joylardagi organlari — suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
27) sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organlari — majburiy sugʻurta operatsiyalari bilan bogʻliq ishlar yuzasidan;
28) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — investorlarning, shuningdek davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir daʼvolar yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29) davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari, shuningdek monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari — barcha ishlar va hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʻyicha sudga arizalar berganlik uchun;
(329-moddaning 29-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 6-oktabrdagi OʻRQ-264-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 343-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
30) ichki ishlar organlari — alimentlar va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
31) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
32) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
33) undiruvchi yoki sud ijrochisi — qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qarzdor tomonidan qoplash toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
330-modda. Xoʻjalik sudlarida davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik sudlarida davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
(330-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(330-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
2) qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar — tayyorlov va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha;
3) tadbirkorlik subyektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
4) arizachi va javobgar — qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmagan korxonalarni tugatishga doir ishlar boʻyicha;
5) daʼvogarlar — oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi, oʻrmon xoʻjaligi daromadi summalarini (shu jumladan, oʻrmon daraxtlarini oʻsib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek oʻzboshimchalik bilan oʻrmon daraxtlarini kesganlik, pichan oʻrganlik va mollarni oʻtlatganlik uchun jarimalarni) undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
6) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan shikoyatlar boʻyicha;
(330-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
7) nodavlat notijorat tashkilotlari — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
8) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — majburiy badallarni toʻlash va kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
9) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — tuzilgan shartnomalar shartlari aholiga uy-joy-kommunal xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
10) tumanlar, shaharlar (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar) hokimliklari — kommunal xizmatlar koʻrsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kommunal xizmatlar haqini toʻlash va majburiy badallarni toʻlash boʻyicha qarzni undirish toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga muvofiq kiritiladigan daʼvolar yuzasidan;
11) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha daʼvolar boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
12) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari — zarar yetkazuvchidan quyidagi summalarni undirish toʻgʻrisidagi regress daʼvolar boʻyicha:
(330-modda 12-bandining birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
jabrlanuvchiga yoki uning oila aʼzolariga toʻlangan pensiyalar va nafaqalar summalarini;
benzinga, avtomototransport vositalarini taʼmirlashga, ularga texnik xizmat koʻrsatishga va ehtiyot qismlar olish, nogironlarni avtomototransport vositalarini haydashga oʻrgatishga ketadigan xarajatlarni qoplash summalarini;
Keyingi tahrirga qarang.
13) daʼvogarlar va javobgarlar — sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organlari — majburiy sugʻurta operatsiyalari bilan bogʻliq barcha ishlar boʻyicha;
14) “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi, uning direksiyasi va joylardagi boʻlinmalari — qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan bank kreditlarini toʻlamaslik xavfini hamda qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish, shuningdek fyuchers kontraktlar boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun oldindan beriladigan mablagʻlarning qaytarilishini sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha toʻlangan sugʻurta tovoni uchun qishloq xoʻjaligi korxonalaridan qarzni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
15) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, uning joylardagi organlari — suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
16) tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari — qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini koʻzlab berilgan daʼvolar boʻyicha;
17) Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari — atrof muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning tartib va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
18) Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda uning joylardagi organlari — standartlarni, texnik shartlarni joriy etish va ularga rioya etilishi hamda mahsulotlar sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar yoki shunday vakolatga ega boʻlgan boshqa organlar joʻnatishni man etgan mahsulotlarni yetkazib bergan yuridik shaxslardan budjet daromadiga jarimalar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari — davlat mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun davlat daromadiga mablagʻlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
20) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — investorlarning, shuningdek davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir daʼvolar boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21) davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari, shuningdek monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari — barcha ishlar va hujjatlar boʻyicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʻyicha sudga arizalar berganlik uchun;
(330-moddaning 21-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 6-oktabrdagi OʻRQ-264-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 343-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
22) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
23) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
24) undiruvchi yoki sud ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qarzdor tomonidan qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25) yuridik va jismoniy shaxslar — sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
26) xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan hukumatlararo kelishuvlar asosida berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarzdor sifatida qatnashuvchi davlat organlari va tashkilotlari — subzayom oluvchilardan paydo boʻlgan qarzdorliklarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
27) davlat ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish shartnomalari boʻyicha sotib oluvchi hisoblangan davlat organlari va tashkilotlari — yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
(330-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 25 — 27-bandlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
331-modda. Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur boʻlgan, shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning koʻchirma nusxalari toʻgʻriligini ularga tasdiqlab berganlik uchun;
2) shaxslar — mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish toʻgʻrisidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun;
3) davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga davlatning merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar uchun;
4) nogironlarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial harakatlar boʻyicha;
5) shaxslar — ularga quyidagilar uchun merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun:
Vatanni himoya qilish chogʻida, boshqa davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganligi munosabati bilan yoxud inson hayotini qutqarish, davlat mulkini va huquq-tartibotni muhofaza qilish boʻyicha fuqarolik burchini ado etish munosabati bilan halok boʻlgan shaxslarning mol-mulki uchun;
uy-joy (kvartira) uchun yoki uy-joy-qurilish kooperatividagi pay uchun, agar ular meros qoldiruvchining vafot etish kunigacha birga yashagan, turar joyda qayd etilgan boʻlsa va meros qoldiruvchining vafotidan keyin ham shu uy-joyda (kvartirada) yashayotgan boʻlsa;
banklardagi omonatlar, shaxsiy va mulkiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta summalari, davlat zayom obligatsiyalari uchun, ish haqi summalari uchun, adabiyot va sanʼat asarlari muallifi va ijrochisining mulkiy huquqlari, ixtiro, foydali model va sanoat namunasi uchun mualliflik va ijrochilik haqi summalari uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
6) shaxslar — pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlatganlik uchun;
7) onalar — koʻp bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi haqidagi ishlar boʻyicha hujjatlar koʻchirma nusxalarining toʻgʻriligini tasdiqlab berganlik uchun;
8) maktab-internatlar — farzandlarining maktab-internatdagi taʼminoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;
9) moliya organlari — farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining ixtisoslashtirilgan maktablaridagi taʼminoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;
10) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etish va halok boʻlish hodisasiga korxonalar va tashkilotlar hisobidan sugʻurta qilingan jismoniy shaxslarning merosxoʻrlari — sugʻurta puliga vorislik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma berganlik uchun;
11) surunkali ruhiy kasallikka chalingan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vasiylik belgilangan shaxslar — mol-mulkka vorislik qilishlari toʻgʻrisida guvohnoma olganliklari uchun;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasi.
12) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning joylardagi organlari — xodimlarni tashkiliy yoʻsinda ishga qabul qilish tartibida tuziladigan mehnat shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
13) 1941—1945-yillardagi urush nogironlari, 1941—1945-yillardagi urush frontlarida yaralangan shaxslar va 1941—1945-yillardagi urush frontlarida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan shaxslarning oila aʼzolari, 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari hamda Vatanni himoya qilishda va Sovet Armiyasida oʻz xizmat burchini oʻtayotganda yaralangan shaxslar, Afgʻoniston Respublikasida baynalmilal burchini oʻtagan shaxslar, shuningdek 1986—1987-yillarda Chernobil AESining zaharlangan mintaqasi doirasida avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar, 1986-yilda Chernobil AESidagi avariya munosabati bilan zaharlangan mintaqadan koʻchirilgan (shu jumladan, oʻz ixtiyori bilan chiqib ketgan) shaxslar, agar ular vafot etgan boʻlsa, ularning oila aʼzolari — imtiyozlar berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar koʻchirma nusxalarining toʻgʻriligini tasdiqlatganligi uchun;
14) Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi — mualliflik huquqi va turdosh huquqlar boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan mukofotning undirilishi toʻgʻrisidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
15) shaxslar — ularga yoʻlovchilarning majburiy sugʻurtasi yuzasidan sugʻurta summalariga hamda fuqarolarga qarashli mol-mulkning majburiy sugʻurtasi yuzasidan sugʻurta tovoni summalari boʻyicha merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun;
16) fermer xoʻjaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar — ularga fermer xoʻjaligining mol-mulki boʻyicha merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun;
17) yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar — ularga dehqon xoʻjaligi mol-mulki boʻyicha merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun;
18) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — majburiy badallarni toʻlash va kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun.
332-modda. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat boji toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) xalq taʼlimi organlari, balogʻatga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar — yetim bolalarni va ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni bolalar muassasalariga va oʻquv yurtlariga yuborish uchun tugʻilganlik toʻgʻrisida takroriy guvohnomalar berganlik uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
2) jismoniy shaxslar — tugʻilish, oʻlim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi oʻzgartirilgan hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chogʻida yoʻl qoʻyilgan xatolar munosabati bilan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar yozuvlari oʻzgartirilgan, toʻldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun;
3) jismoniy shaxslar — ularga belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb yoki ruhiy holatining buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar yoxud qilgan jinoyatlari uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori asosida guvohnomalar berganlik uchun;
4) jismoniy shaxslar — ularga reabilitatsiya qilingan qarindoshlarining vafot etganligi toʻgʻrisidagi takroriy guvohnomalar berganlik yoki ilgari berilgan guvohnomalarni almashtirganlik uchun;
5) tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun.
333-modda. Chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat bojini toʻlashdan quyidagi hollarda ozod qilinadi:
1) diplomatik pasport berganlik uchun;
2) quyidagi hollarda xorijga chiqish uchun ruxsatnoma berganlik uchun:
yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilgan taqdirda;
fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular chet el sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilganda;
3) oʻn olti yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi guvohnomasini berganlik uchun;
4) toʻliq davlat taʼminotida boʻlganlar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu modda birinchi qismining 1—3-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarga biron bir oʻzgartirish kiritilgan taqdirda ham davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.
334-modda. Konsullik yigʻimini toʻlashdan ozod qilish
Konsullik yigʻimlari quyidagi hollarda undirilmaydi:
1) Oʻzbekiston Respublikasining konsullik yigʻimlarini undirishdan voz kechish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomasi mavjud boʻlsa;
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini repatriatsiya qilish ishlari boʻyicha;
3) chet el diplomatik pasportlariga oʻzarolik asosida viza qoʻyganlik uchun;
4) mehnat staji, fuqarolarning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlarga doir hujjatlarni soʻrab olganlik va legallashtirganlik uchun;
5) chet davlatlarning belgilangan tartibda akkreditatsiyadan yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari hamda filiallari xodimlaridan (ularning oila aʼzolaridan);
6) belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan matbuot vakillaridan (ularning oila aʼzolaridan);
7) insonparvarlik yordamini kuzatib keluvchi chet davlatlarning fuqarolaridan;
8) oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalardan;
9) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek budjet tashkilotlari taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi chet davlatlar fuqarolaridan, agar kontrakt shartlariga koʻra viza olish bilan bogʻliq xarajatlar qabul qiluvchi tarafga yuklatilgan boʻlsa;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavining 73-moddasi.
335-modda. Boshqa harakatlarni amalga oshirganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Fuqarolarni turar joyga qayd etganlik va roʻyxatdan chiqarganlik (yashash joyini qayd etganlik) uchun davlat boji toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
qariyalar va nogironlarning internat-uylarida yashovchi qariyalar va nogironlar;
maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan va yotoqxonalarda yashovchi oʻquvchilari.
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon xoʻjaliklarini, davlat korxonalari negizida tuzilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini, shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
(335-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
336-modda. Davlat bojini toʻlash va hisobga oʻtkazish tartibi
Davlat boji, agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat boji undiriladigan harakatlar amalga oshirilguniga qadar naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda toʻlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6, 8-bandlari.
Toʻlovchining davlat bojini naqd pulsiz shaklda toʻlaganligi fakti bankning toʻlov ijro etilganligi toʻgʻrisidagi belgisi boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi bilan tasdiqlanadi.
Toʻlovchining davlat bojini naqd pul shaklida toʻlaganligi fakti bank tomonidan toʻlovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilagan shaklda toʻlovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoxud davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan toʻlovchiga beriladigan kvitansiya bilan tasdiqlanadi.
Davlat bojini toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari amalga oshirilayotgan yuridik ahamiyatga molik harakatlarning turiga, toʻlovchilarning toifalariga yoki boshqa holatlarga koʻra ushbu Kodeksning 337, 338, 339 va 340-moddalarida belgilanadi.
Davlat boji toʻlov hujjatlari asosida budjet tasarrufiga oʻtkaziladi, davlat bojining xizmatlari uchun davlat boji undirilayotgan davlat organi tasarrufida qoldirilayotgan qismi bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat bojining bir qismi davlat organi tasarrufida qoldirilgan taqdirda, davlat boji keyinchalik mablagʻlar budjet va davlat organi oʻrtasida qonun hujjatlarida belgilangan normativlar boʻyicha taqsimlangan holda yagona hisob varagʻiga toʻlanadi.
(336-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat bojining davlat organi tasarrufida qoldiriladigan miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
(336-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Mulkiy nizo boʻyicha sudga daʼvo arizasi berilganda, shuningdek mol-mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda, merosga boʻlgan huquqni rasmiylashtirishda, agar daʼvo qiymati, shartnoma summasi yoki meros miqdori chet el valyutasida belgilansa, davlat boji qonun hujjatlarida belgilangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda chet el valyutasida undirilishi mumkin.
Qarang: “Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2760, 05.02.2016-y.).
337-modda. Sudlarda davlat bojini undirishning oʻziga xos xususiyatlari
Sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha arizalardan, maʼmuriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha sudlarga beriladigan shikoyatlardan, sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun davlat boji quyidagi tartibda undiriladi:
shartnomalarni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, shartnomalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki ularning shartlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi daʼvo arizalariga shartnoma toʻlaligicha yoki uning biron bir qismi nizolashilayotganligidan qatʼi nazar, shartnoma oldi nizolari boʻyicha arizalar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanadi;
qarshi daʼvo arizalaridan, shuningdek uchinchi shaxslarning ishga mustaqil daʼvo talablari bilan kirishganligi toʻgʻrisidagi arizalardan davlat boji umumiy asoslarda undiriladi;
Sud dastlabki daʼvogarni uning roziligi bilan boshqa shaxs bilan almashtirganda, bu shaxs davlat bojini umumiy asoslarda toʻlashi kerak.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshi.
Ishdan dastlabki daʼvogar chiqib ketgan va u huquqiy voris bilan almashtirilgan hollarda, davlat boji, agar u dastlabki daʼvogar tomonidan toʻlanmagan boʻlsa, huquqiy vorisdan undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudya bir yoki bir nechta birlashgan daʼvo talablarini alohida ish yuritish uchun ajratgan taqdirda, daʼvo taqdim etilganda toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. Alohida ish yurituvga ajratganlik yuzasidan davlat boji ikkinchi bor toʻlanmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.3-bandi.
Ilgari koʻrmasdan qoldirilgan takroran berilgan arizalar boʻyicha davlat boji qaytadan umumiy asoslarda toʻlanadi. Agar ariza koʻrmasdan qoldirilganligi munosabati bilan davlat boji qaytarilishi kerak boʻlgan, lekin qaytarilmagan boʻlsa, agar davlat boji budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq daʼvo muddati tugamagan boʻlsa, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat takroran berilgan arizaga ilova qilinishi mumkin.
Davlat boji hisoblab chiqariladigan daʼvo bahosi daʼvogar tomonidan, belgilangan hollarda esa, fuqarolik protsessual va xoʻjalik-protsessual qonun hujjatlariga muvofiq sud tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar ishni muhokamaga tayyorlash paytida daʼvogar alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi ishni tugatish haqida ariza bergan boʻlsa, bunday hollarda javobgardan davlat boji undirilmaydi.
Daʼvogar tomonidan daʼvo talablari kamaytirilgan taqdirda, toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi.
Daʼvo summasi koʻpaytirilgan taqdirda, davlat bojining yetishmayotgan summasi daʼvoning koʻpaytirilgan summasiga muvofiq undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Daʼvogar davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan taqdirda daʼvo qanoatlantirilsa, davlat boji javobgardan (agar u davlat bojini toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa) davlat daromadiga belgilangan daʼvo summasiga muvofiq undiriladi.
Daʼvo birgalikda bir nechta daʼvogar tomonidan bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda, davlat boji daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va daʼvogarlar tomonidan ular qoʻygan talablar ulushiga mutanosib tarzda toʻlanadi.
Daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqqan holda davlat boji quyidagi hollarda ham undiriladi:
daʼvo daʼvogar tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda;
daʼvo arizalarini qabul qiladigan sudya bir tusdagi bir necha talabni bir ish yurituviga birlashtirganda.
Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan bir yoki bir nechta daʼvogar tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilgan daʼvo toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda davlat bojini undirish sudning hal qiluv qaroriga binoan har bir javobgardan belgilangan qarz summasidan kelib chiqqan holda alohida-alohida amalga oshiriladi. Agar bunday daʼvo bir nechta daʼvogarlar tomonidan bir javobgarga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, davlat boji javobgardan umumiy belgilangan qarz summasidan kelib chiqqan holda budjetga undiriladi.
Sud boshqa shaxsni ikkinchi javobgar sifatida jalb qilgan va daʼvo summasining bir qismini bir javobgardan, qolgan qismini esa ikkinchisidan undirishga hukm qilgan taqdirda va, agar bunda daʼvogar davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa, davlat boji daʼvoning qanoatlantirilgan umumiy summasidan hisoblab chiqariladi hamda har bir javobgardan unga belgilangan daʼvo summasi miqdoriga mutanosib ravishda budjetga undiriladi.
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar oʻz talablarini daʼvo berilganidan keyin ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi tufayli qoʻllab-quvvatlamagan hollarda davlat bojining summasi javobgardan sud ajrimi boʻyicha budjetga undirilishi lozim.
Daʼvogar arizada daʼvo summasini koʻrsatmagan hollarda sudya daʼvo arizasini qabul qilish asnosida, daʼvoning taxminiy bahosidan kelib chiqqan holda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat bojining miqdorini dastlabki tarzda belgilaydi. Agar sud hal qiluv qarorini chiqarganda daʼvoning umumiy summasi oshsa, davlat boji daʼvoning oshgan summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda vujudga kelgan farq daʼvogardan yoki daʼvo toʻliq qanoatlantirilgan taqdirda — javobgardan budjet daromadiga undirilishi lozim. Sud qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ish holatlariga bogʻliq ravishda daʼvogar arizada koʻrsatgan talablar doirasidan chiqib ketganda, davlat boji shunday tartibda hisoblab chiqariladi. Bunday hollarda daʼvo qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji javobgardan daʼvoning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi, davlat bojining qolgan qismi esa daʼvogardan undirilishi lozim.
Sud mol-mulkni meros qilib olish huquqi toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan taqdirda, davlat boji mol-mulkning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda sud tomonidan hisoblab chiqariladi va har bir merosxoʻrdan uning ulushiga mutanosib ravishda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi, mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi, mol-mulkdagi ulushga boʻlgan huquqni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, umumiy mol-mulkdan ulush ajratish toʻgʻrisidagi va merosxoʻrlarning oʻzlariga tegishli mol-mulk ulushini talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalari uchun davlat boji ushbu mol-mulk yoki uning ulushi qiymatidan kelib chiqqan holda toʻlanishi lozim.
(337-moddaning oʻn sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Bir vaqtning oʻzida mulkiy va nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan daʼvo arizalari uchun mulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha va nomulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari uchun belgilangan stavkalarga koʻra har bir talab boʻyicha alohida-alohida davlat boji toʻlanadi.
Qiymat jihatidan baholanmaydigan talablar (oʻzboshimchalik bilan egallangan joylarni boʻshatish toʻgʻrisidagi, natura shaklida maydon berish toʻgʻrisidagi, topshirish balansini qabul qilishga majburlash bilan bogʻliq nizolar va boshqalar) nomulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari jumlasiga kiradi.
Nikohni bekor qilish bilan bir vaqtda mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalaridan nikohni bekor qilganlik uchun va mol-mulkni boʻlganlik uchun davlat boji undiriladi.
Arizani (iltimosnomani) qabul qilishni rad etishga yoki ish yuritishni tugatishga asos boʻlgan sharoitlar bartaraf etilganidan soʻng takroran beriladigan arizalarga, davlat boji takroran toʻlanishining oldini olish uchun, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat ilova qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Arizachi davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan hollarda daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda davlat boji, agar javobgar davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Muayyan sudda koʻrilishi kerak boʻlgan bir necha ishlar uchun bir toʻlov topshiriqnomasi boʻyicha davlat boji oʻtkazilgan hollarda topshiriqnoma ishlarning biriga ilova qilinadi. Mazkur ish boʻyicha toʻlangan davlat bojining summasi toʻgʻrisida qolgan ishlarga belgi qoʻyiladi va toʻlov topshiriqnomasi qoʻshib qoʻyilgan ish koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(337-moddaning yigirma beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda, undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi. Daʼvo undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan daʼvo ishini yuritish tartibida qoʻzgʻatilgan taqdirda u toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji hisobiga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pul mablagʻlari mavjud boʻlmagan, bu xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan taqdirda, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy yurisdiksiya sudining, xoʻjalik sudining ajrimiga koʻra davlat bojini kechiktirib toʻlashga ruxsat berilishi mumkin. Bank tasdigʻida umumiy yurisdiksiya sudiga, xoʻjalik sudiga murojaat qilingan sanadan koʻpi bilan uch kun oldingi sana qayd etilgan boʻlishi lozim.
(337-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan yigirma oltinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
338-modda. Notarial harakatlar bajarilganligi uchun davlat boji undirishning oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial harakatlar davlat notarial idoralari tomonidan bajarilganligi uchun davlat boji notarial harakatlar amalga oshirilganda undiriladi, notarial idoralardagi ishlarda mavjud boʻlgan hujjatlarning dublikatini, hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun esa ular berilayotganda undiriladi.
(338-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Davlat boji toʻlashdan bir taraf ozod etiladigan bitimlar boʻyicha davlat bojini boshqa taraf toʻliq toʻlaydi.
Davlat notarial idorasi depozitiga qabul qilish uchun pul summalari pochta orqali yoki bankdan kelib tushgan hollarda davlat bojining tegishli summalari kelib tushgan puldan ushlab qolinadi, ularning qoldigʻi esa depozitga qabul qilinadi. Ushlab qolingan davlat boji summalari davlat notarial idorasi depozit summalarini bankka navbatdagi topshirish chogʻida budjetga oʻtkazilib, bank kvitansiyasi notarial idora ishlarida saqlanadi.
Davlat notarial idorasi binosidan tashqarida amalga oshiriladigan notarial harakatlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning ishonchnomalarini notarial tartibda tasdiqlash bundan mustasno.
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun davlat boji meros ochilgan kunda (meros qoldiruvchi vafot etgan kunda) vorislik tartibida oʻtayotgan butun mol-mulkning qiymatidan undiriladi.
Bir nechta merosxoʻr (shu jumladan qonun boʻyicha, vasiyatnoma boʻyicha va merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega merosxoʻrlar) boʻlgan hollarda davlat boji har bir merosxoʻrga tegishli meros ulushidan hisoblab chiqariladi.
Voyaga yetmagan merosxoʻrlar boʻlgan (shu jumladan meros qoldiruvchilarning bolalari boʻlmagan) taqdirda ham davlat boji butun meros mol-mulk qiymatidan hisoblab chiqariladi, lekin faqat voyaga yetgan merosxoʻrlardan ularning merosdagi ulushiga tegishli summadan undiriladi.
Agar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma merosxoʻrlarning arizasi boʻyicha meros mol-mulkning bir qismiga berilayotgan boʻlsa, davlat boji berilayotgan guvohnomada koʻrsatilgan mol-mulk qismining qiymati uchun belgilangan stavka boʻyicha hisoblab chiqariladi. Keyinchalik mol-mulkning qolgan qismiga guvohnoma berilganida davlat boji mol-mulkning umumiy qiymatidan hisoblab chiqariladi, toʻlashga esa hisoblab chiqarilgan summa bilan birinchi guvohnoma berilganligi uchun toʻlangan summa oʻrtasidagi farq taqdim etiladi.
Qonun boʻyicha bir vaqtning oʻzida boshqa merosxoʻrlar mavjud boʻlgan taqdirda, meros mol-mulkning bir qismi merosxoʻrlarga vasiyatnoma boʻyicha oʻtgan hollarda davlat boji vasiyatnoma boʻyicha mol-mulk qiymatidan alohida hisoblab chiqariladi, qolgan mol-mulk qiymatidan esa umumiy tartibda hisoblab chiqariladi.
Qonun boʻyicha va vasiyatnoma boʻyicha meros qilib olinayotgan mol-mulkdan merosning majburiy ulushi ajratilgan hollarda davlat boji qonunga binoan vorislik huquqi boʻyicha oʻtayotgan butun mol-mulk qiymatidan, shu jumladan majburiy ulush bilan birga hisoblab chiqariladi.
Sudlarning ilgari berilgan guvohnomalar haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorlari asosida beriladigan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi takroriy guvohnomalar uchun davlat boji umumiy asoslarda undiriladi. Bunda birlamchi guvohnoma uchun toʻlangan davlat boji summasi qaytarilishi yoki soliq toʻlovchining arizasiga koʻra yangi guvohnoma berganlik uchun beriladigan summa hisobiga, agar summalar budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran fuqarolik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan daʼvo muddati tugamagan boʻlsa, oʻtkazilishi lozim. Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan har qanday shartnoma takroran tasdiqlangan taqdirda, masala xuddi shunday tartibda hal qilinadi.
Davlat notarial idorasi reyestrida takroriy guvohnomalar va shartnomalarni qayd qilishda tegishli katakchada davlat boji qachon va qancha summada undirilganligi hamda undirish toʻgʻrisidagi yozuv qayerda borligi koʻrsatiladi. Bunda notarial idora ishlarida qoladigan asosiy hujjatlarga sudning tegishli guvohnomalar va shartnomalarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorlari ilova qilinishi kerak.
Kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan sertifikatlar va akkreditivlarga doir merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
Er-xotinning birgalikda yashaganda olingan va er-xotindan birining vafotidan keyin qolgan mol-mulkka doir merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun davlat boji meros boʻyicha haqiqatda oʻtayotgan mol-mulk qismining qiymatidan undiriladi.
Davlat boji mutanosib ravishda undiriladigan notarial harakatlar bajarilganda uni hisoblab chiqarish taraflar koʻrsatgan summadan ushbu moddada belgilangan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiralar, dala hovlilari, garajlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlarni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji summasi ularning turar joyi yoki umumiy maydonidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Toʻlovlar vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladigan shartnomalarni tasdiqlashda davlat boji shartnoma boʻyicha u amal qilgan butun vaqt uchun toʻlovlarning umumiy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va undiriladi. Agar shartnoma uning amal qilish muddati koʻrsatilmagan holda tuzilgan boʻlsa, davlat boji shartnoma boʻyicha uch yil uchun toʻlovlar summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va undiriladi.
Eng kam va eng koʻp summa koʻrsatilgan shartnomalarni tasdiqlashda davlat boji eng koʻp summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va undiriladi.
Talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish va qarzni oʻtkazish toʻgʻrisidagi, ilgari tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi yoki shartnomaning dastlabki summasini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlashda davlat boji amalga oshirilmagan huquqlarni hamda ijro etilmagan majburiyatlarni baholashdan yoxud ilgari tuzilgan shartnoma summasi koʻpayayotgan summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va undiriladi.
Ayirboshlash shartnomalari boʻyicha davlat boji qiymati yuqori boʻlgan mol-mulkdan hisoblab chiqariladi.
Shartlariga koʻra toʻlovlar summasida ijaraga oluvchi tomonidan quriladigan imoratlar va boshqa inshootlar, xonalarni jihozlash qiymati, shuningdek ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan kapital taʼmirlash va boshqa shu kabilarning qiymati hisobga olinadigan mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda hisoblab chiqariladigan va undiriladigan davlat bojining summasi amalga oshiriladigan xarajatlarning qiymati hisobga olingan holda belgilanadi.
Ijro yozuvlari boʻyicha yozuvni amalga oshirganlik uchun tegishli davlat boji summasi undiruvchi uni toʻlashdan ozod qilingan taqdirda yozuv boʻyicha qarz undirilayotganda qarzdordan undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
339-modda. Konsullik yigʻimini toʻlash tartibi
Konsullik yigʻimi konsullik harakatlari amalga oshirilguniga qadar toʻlanadi. Konsullik yigʻimlari budjet daromadiga oʻtkaziladi. Konsullik yigʻimlarining toʻlangan summalari qaytarilmaydi.
Konsullik yigʻimlari summalarini budjetga, shuningdek chet elda toʻlangan konsullik yigʻimlarini Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi va uning konsullik muassasasining maxsus bank hisobvaraqlariga hisoblab chiqarish, undirish va hisobga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qarang: “Konsullik harakatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarflangan xarajatlarni qoplash va kelib tushgan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1273, 18.09.2003-y.).
340-modda. Davlat bojini boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan undirishning oʻziga xos xususiyatlari
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun davlat boji dalolatnomalarni roʻyxatda qayd etish chogʻida, takroriy guvohnomalar berganlik uchun esa, ular berilayotganida toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(340-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Chet elga chiqish, Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirganlik uchun, bu hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritganlik uchun, shuningdek yashash guvohnomasini, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berganlik yoki ularning muddatini uzaytirganlik yoxud chet ellik fuqarolarning pasportlariga yoki ularning oʻrnini bosadigan hujjatlariga chiqib ketish yoki kirib kelish huquqini beradigan vizalar qoʻyganlik uchun davlat boji tegishli hujjatlar olinguniga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi arizalardan esa, bunday arizalar berilguniga qadar toʻlanadi.
Chet eldan kirish va chet elga chiqish huquqini beruvchi hujjatlarni, yashash guvohnomasini, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berganlik yoki ularning muddatini uzaytirganlik, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi arizalardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan chet elga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlardan davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadi.
Chet elga xizmat safariga yuborilgan xodimlar bilan birgalikda ularning xotini va bolalari xizmat safarining butun muddatiga safarga borganida davlat boji xizmat safariga yuborilganlarning oʻzlaridan undirilgani kabi tartibda va miqdorlarda undiriladi. Oila aʼzolari chet elga xizmat safariga yuborilgan shaxsning oldiga mehmon boʻlib oddiy safarga borganlarida davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
Chet ellik fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vizalar berganlik uchun davlat boji har bir shaxsga alohida viza yoki bir nechta shaxsga umumiy viza berilayotganligidan qatʼi nazar, oʻn olti yoshga toʻlgan har bir shaxsdan undiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini turar joyga qayd etganlik, ov qilish huquqi uchun ruxsatnoma berganlik uchun davlat boji hujjat berilayotganda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
341-modda. Davlat boji toʻlovlarini va tushumlarini hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boji naqd pulsiz oʻtkazilganligiga doir toʻlov topshiriqnomalari, davlat bojini toʻlash uchun pul qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya davlat bojini undiradigan davlat organlarida qoladigan tegishli materiallarga qoʻshib qoʻyiladi.
(341-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial harakatlarni roʻyxatdan oʻtkazish reyestrida kiritilgan davlat boji summasi, davlat boji toʻlanganligi haqidagi hujjatning sanasi va raqami koʻrsatiladi.
(341-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(341-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(341-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(341-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Toʻlovchilar davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan hollarda, tegishli hujjatlarga (reyestrlarga, daftarlarga va boshqa shu kabilarga) tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilingan holda belgi qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat boji tushumlarini hisobga olish davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tegishli davlat organlari bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarang: “Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2760, 05.02.2016-y.).
Davlat boji tushumlari boʻyicha hisobot davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
342-modda. Davlat bojini qaytarish tartibi
Davlat boji quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman qaytarilishi kerak:
1) davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlanganida;
Oldingi tahrirga qarang.
2) sud arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etganida, shuningdek davlat notarial idoralari notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etganda;
(342-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3) arizasi (shikoyat) harakatsiz qoldirilganligi munosabati bilan daʼvogarga qaytarib berilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4) agar ish sudga taalluqli boʻlmasa, ishni yuritish tugatilganda;
5) ariza koʻrmasdan qoldirilganda, agar u muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
6) ishda qatnashgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa;
7) daʼvogar nizoni sudga qadar hal etish (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etmaganida, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilgan boʻlsa;
8) voyaga yetmagan bolalari boʻlmagan er-xotinning nikohi oʻzaro rozilik asosida bekor qilinganligini qayd etish uchun davlat boji toʻlanganda, agar er-xotinning yarashishi yoki ulardan birining sudga kelmaganligi tufayli nikohni bekor qilish amalga oshirilmagan boʻlsa;
9) agar ishda qatnashayotgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa;
10) sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilganda;
11) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish huquqi uchun hujjat berish rad etilganda.
Davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa hollarda ham toʻliq yoki qisman qaytarilishi mumkin.
Davlat boji summalarini qaytarish toʻlovchining yozma arizasiga binoan yoki sudning hal qiluv qarorlari asosida amalga oshiriladi. Davlat boji summasini qaytarish uchun arizachi davlat bojini undirgan tegishli davlat organiga yoki tashkilotga murojaat qilishi kerak. Davlat bojini undirgan davlat organi yoki tashkilotning rahbari uni qaytarish qonuniyligini tasdiqlagan taqdirda, davlat organi yoki tashkilot va davlat bojining boshqa oluvchilari ilgari oʻz hisobvaraqlariga oʻtkazilgan davlat boji summalarining tegishli qismlarini qonun hujjatlariga muvofiq qaytaradilar. Oʻz navbatida, davlat organi yoki tashkilot qaytarilishi lozim boʻlgan, ilgari davlat budjeti daromadiga oʻtkazilgan davlat boji summasining bir qismini qaytarish toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organiga yozma shaklda xabar yuboradi.
Davlat boji summasini qaytarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
XVIII BOʻLIM. BOJXONA TOʻLOVLARI
343-modda. Umumiy qoidalar
Bojxona organlari bojxona ishini amalga oshirishda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan bojxona toʻlovlarini undiradi.
Qarang: mazkur Kodeksning 344-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VIII boʻlimi (“Bojxona toʻlovlari”).
Bojxona toʻlovlarini toʻlovchilar, bu toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash, qaytarish va undirish tartibi, shuningdek bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VIII boʻlimi (“Bojxona toʻlovlari”).
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishda aksiz soligʻi hamda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi, shuningdek mazkur soliqlar boʻyicha imtiyozlar ushbu Kodeksda belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeksining 204 — 207, 223 — 226, 230-moddasining ikkinchi qismi, 234, 240-moddalari.
344-modda. Bojxona toʻlovlarining turlari
Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda hamda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda bojxona toʻlovlarining quyidagi turlari toʻlanadi:
boj;
qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Qarang: mazkur Kodeksning 197 — 228-moddalari.
aksiz soligʻi;
Qarang: mazkur Kodeksning 229 — 241-moddalari.
bojxona yigʻimlari. Bojxona yigʻimlarining roʻyxati va ularning stavkalari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VIII boʻlimi (“Bojxona toʻlovlari”), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 204-sonli “Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida”gi qarori.
XIX BOʻLIM. TOVARLARNING AYRIM TURLARI BILAN CHAKANA SAVDO QILISH VA AYRIM TURDAGI XIZMATLAR KOʻRSATISH HUQUQI UCHUN YIGʻIM
345-modda. Soliq toʻlovchilar
Yigʻim joriy qilingan tovarlar savdosini va xizmatlar koʻrsatishni belgilangan tartibda amalga oshirayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim toʻlovchilardir.
346-modda. Soliq solish obyekti
Tovarlar va xizmatlarning qonun hujjatlarida belgilanadigan roʻyxati tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish uchun yigʻim obyektidir.
347-modda. Yigʻimni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim yigʻim stavkalarining qonun hujjatlarida belgilangan oylik miqdori doirasida hisoblab chiqariladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimning aniq stavkasi mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlari tomonidan belgilanadi va qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori stavkalardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
XX BOʻLIM. SOLIQ SOLISHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBI
55-bob. Umumiy qoidalar
348-modda. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun qoʻllaniladi va yagona soliq toʻlovini, yagona yer soligʻini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda toʻlashning maxsus qoidalari qoʻllanilishini, shuningdek mazkur soliqlar boʻyicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 348 — 375-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Qatʼiy belgilangan soliqni toʻlash belgilangan faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yagona soliq toʻlovi toʻlovchilar va yagona yer soligʻini toʻlovchilar ushbu faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda ushbu Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan tartibda qatʼiy belgilangan soliq toʻlashlari shart.
(348-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliqlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jami umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻrniga toʻlanadi, ushbu Kodeksning 349-moddasida sanab oʻtilganlar bundan mustasno.
Soliq davri mobaynida, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan hollarda, soliq solish tartibi oʻzgargan taqdirda, soliq toʻlovchi bu haqda soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi. Bunda oʻtgan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻsha davrda amal qilgan soliq solish tartibidan kelib chiqqan holda toʻlash boʻyicha majburiyatlar soliq toʻlovchilarda saqlanib qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
349-modda. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda ayrim umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga doir majburiyatlar
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq toʻlovchilar uchun, agar ushbu Kodeksning 373-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlov manbaida soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlari saqlanib qoladi:
ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda toʻlov manbaida undiriladigan foyda soligʻi;
ushbu Kodeksning 207-moddasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Keyingi tahrirga qarang.
agar ushbu Kodeksning 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz soligʻi;
agar ushbu Kodeksning 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona toʻlovlari;
Qarang: mazkur Kodeksning 343-344-moddalari.
yagona ijtimoiy toʻlov;
Qarang: mazkur Kodeksning 305 — 311-moddalari.
davlat bojlari;
Qarang: mazkur Kodeksning 326 — 342-moddalari.
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim;
Qarang: mazkur Kodeksning 345 — 347-moddalari.
davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar (yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim.
Qarang: mazkur Kodeksining 320 — 325-moddalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
56-bob. Yagona soliq toʻlovi
350-modda. Soliq toʻlovchilar
Yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar quyidagilardir:
1) mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilganlar mustasno;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi.
2) xodimlarning sonidan qatʼi nazar:
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
Qarang: “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2065, 14.01.2010-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
(350-modda birinchi qismi 2-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
lotereyalar tashkil qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
3) oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — yakka tartibdagi tadbirkor.
(350-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 3-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: mazkur Kodeksning 18-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24, 962, 965-moddalari.
Yagona soliq toʻlovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga, bundan maxsus pechlardan foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida pishiq gʻisht ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno;
(350-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Qarang: “Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 1985, 24.07.2009-y.) 2-bandi.
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga xodimlarining soni boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan mezonga mos keladigan yuridik shaxslar kiradi. Bunda:
xodimlarning soni hisobot yili uchun xodimlarning oʻrtacha yillik sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
xodimlarning oʻrtacha yillik sonini aniqlashda oʻrindoshlik, pudrat shartnomalari va boshqa fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek unitar (shoʻba) korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslarni mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiritishda yuridik shaxsning asosiy faoliyat (ixtisosligi) turiga toʻgʻri keladigan xodimlar sonining mezoni qabul qilinadi.
Soliq solish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari jumlasiga savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat oʻtgan hisobot yili yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi boʻlgan yuridik shaxslar kiradi.
Quyidagilarga savdo faoliyati sifatida qaralmaydi:
oʻzi ishlab chiqargan mahsulot boʻlgan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan ularni mustaqil yuridik shaxs boʻlmagan firma doʻkonlari orqali realizatsiya qilish;
vositachi, ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
tayyorlov faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish.
(350-modda beshinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularni isteʼmol qilishni tashkil etish boʻyicha faoliyat tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
351-modda. Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan ushbu Kodeksning 350-moddasi birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilganlar mustasno, yagona soliq toʻlovini toʻlashni nazarda tutadigan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan soliqlar toʻlashni tanlashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Faoliyat koʻrsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtish uchun keyingi hisobot davri boshlanishiga kamida bir oy qolganda, yangi tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar esa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmasdan soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq toʻlovini toʻlashdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda hisobot davri tugaganidan soʻng oʻn kun ichida davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot davridan boshlab umumbelgilangan soliqlar toʻlashga oʻtadi.
Hisobot yili tugashi bilan ushbu Kodeksning 350-moddasi uchinchi qismiga muvofiq belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar davlat soliq xizmati organlariga yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatidan kechiktirmay taqdim etiladigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot yilidan boshlab umumbelgilangan soliqlar toʻlashga oʻtadi.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar yagona soliq toʻlovini toʻlash huquqidan mahrum boʻlgan oʻtgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar boʻyicha hisob-kitoblar asosida yagona soliq toʻlovi yuzasidan qayta hisob-kitobni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yagona soliq toʻlovi boʻyicha qayta hisob-kitob oʻtkazish uchun yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar yil yakunlari boʻyicha yagona soliq toʻlovi hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirmay soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagilarni taqdim etadilar:
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan shaklda va tartibda umumbelgilangan soliqlarning har bir turi boʻyicha hisob-kitoblarni;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda hisoblab chiqarilgan umumbelgilangan soliqlar summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani.
Umumbelgilangan soliqlar summasi hisoblangan yagona soliq toʻlovi summasidan oshib ketgan taqdirda oshgan summa budjetga toʻlanishi lozim.
Hisoblangan yagona soliq toʻlovi summasi umumbelgilangan soliqlar summasidan oshib ketgan taqdirda, budjet bilan qayta hisob-kitoblar amalga oshirilmaydi.
Yagona soliq toʻlovi boʻyicha qayta hisob-kitob oʻtkazish tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchilar bilan tegishli qayta hisob-kitoblarsiz amalga oshiriladi.
yil yakunlari boʻyicha yagona soliq toʻlovi hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirmay taqdim etilsa, moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi;
yil yakunlari boʻyicha yagona soliq toʻlovi hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirib taqdim etilsa, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 115-moddasi, “Yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1502, 02.08.2005-y.), “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2065, 14.01.2010-y.).
Keyingi tahrirga qarang.
352-modda. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Oʻtgan yil yakunlari boʻyicha asosiy (soha) faoliyat turi savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat boʻlgan yuridik shaxslar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq toʻlovini toʻlashi kerak.
Qarang: mazkur Kodeksning 360-moddasi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yagona soliq toʻlovini davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran joriy yil tugaguniga qadar, 1-oktabrdan keyin roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar esa keyingi yil tugaguniga qadar toʻlaydi.
Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakunlari boʻyicha ushbu Kodeks 350-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermasalar, ular kelgusi yil boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlar toʻlashga oʻtishlari kerak, soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar ushbu Kodeks 350-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermay qolingan hisobot yili tugaganidan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solish tartibi tanlaganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda yozma bildirish taqdim etishlari shart. Soliq toʻlovchi tomonidan yozma bildirishning belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi uning umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga berilgan roziligi deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
353-modda. Alohida-alohida hisob yuritish
Ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, turli soliq solish obyektlari va (yoki) yagona soliq toʻlovi stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar shu faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliq toʻlovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlashlari kerak. Bunda ushbu Kodeks 355-moddasining ikkinchi qismi 2-bandida koʻrsatilgan daromadlarga asosiy (soha) faoliyat turi uchun belgilangan yagona soliq toʻlovi stavkalari boʻyicha soliq solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Lotereya oʻyinlarini tashkil qilish faoliyati bilan birga boshqa faoliyat turlarini amalga oshiradigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat turlari boʻyicha quyidagilarni toʻlaydi:
agar ular mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirsa — yagona soliq toʻlovini yoki umumbelgilangan soliqlarni;
agar ular mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmasa, —umumbelgilangan soliqlarni.
Keyingi tahrirga qarang.
354-modda. Maxsus qoidalar
Umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar, agar ushbu Kodeks 352-moddasining birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kamida oʻn ikki oydan soʻng yagona soliq toʻlovini toʻlashga qayta oʻtishga haqlidir.
Yagona soliq toʻlovini toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtilgan birinchi chorak uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hamda mol-mulk soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar yagona soliq toʻlovi toʻlash muddatini davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil muddatga kechiktirish huquqiga ega, kechiktirilgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda imtiyozli davr tugaganidan soʻng oʻn ikki oy ichida teng ulushlar bilan toʻlanadi, ushbu Kodeksning 350-moddasi birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilganlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar ushbu Kodeksning 199-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan oborotni amalga oshirsalar, qoʻshilgan qiymat soligʻini ixtiyoriy asosda toʻlashlari mumkin. Yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish uchun hisobot davri boshlanishidan kamida bir oy oldin, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar esa, oʻz faoliyatini amalga oshirishni boshlaguniga qadar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni rad etish keyingi soliq davri boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmay soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda taqdim etiladigan yozma bildirish asosida faqat navbatdagi soliq davrining boshidan amalga oshirilishi mumkin.
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash ushbu Kodeksning VII boʻlimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar — yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari boʻyicha ijaraga olingan yer uchastkalari uchun budjetga ijara haqi toʻlashdan ozod qilinadi, umumbelgilangan soliqlar toʻlanadigan faoliyat turlarida foydalanilayotgan yer uchastkalari bundan mustasno.
(354-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
355-modda. Soliq solish obyekti
Yalpi tushum soliq solish obyektidir.
Soliq solish maqsadida yalpi tushum tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qoʻshilgan qiymat soligʻini chegirgan holda (qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar uchun) realizatsiya qilishdan tushgan tushum.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum deganda quyidagilar tushuniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — oʻz kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan tushgan tushum. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi;
(355-moddaning ikkinchi qismi 1-bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun — tovar oboroti;
mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi;
Oldingi tahrirga qarang.
vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar uchun — koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq summasi;
(355-moddaning ikkinchi qismi 1-bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tayyorlov tashkilotlari uchun — realizatsiya qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati oʻrtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan yalpi daromad;
(355-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
lotereya oʻyinlarini tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun — oʻyin chiptalarini ularda koʻrsatilgan narx boʻyicha tarqatishdan tushgan tushum;
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni tannarxidan yoki olish bahosidan past baholarda realizatsiya qiluvchi, shuningdek tovarlarni tekinga beruvchi yuridik shaxslar uchun — tovarlar tannarxi yoki ularni olish bahosi. Bunda baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar uchun realizatsiya qilishdan olinadigan tushum belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ushbu norma ekologiya, sogʻlomlashtirish hamda xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, taʼlim muassasalariga tekinga beriladigan tovarlarga tatbiq etilmaydi;
(355-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2) agar ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Uzoq muddatli kontraktlarni bajarishda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushadigan tushum ushbu Kodeks 130-moddasining yettinchi — oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda hisobot davri mobaynida uzoq muddatli kontraktlarni haqiqatda bosqichma-bosqich ijro etishga oid qismida hisobga olinadi.
(355-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:
1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablagʻlar;
2) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda), shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar doirasida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
3) shartnoma muassislari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi hissasi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk boʻlingan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) tomonidan hissasi miqdorida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
4) realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oldindan haq toʻlash (boʻnak) tariqasida boshqa shaxslardan olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
5) mulk huquqi ularga oʻtgan paytga qadar majburiyatlarni qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlash sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
6) budjetdan berilgan subsidiyalar;
7) agar mablagʻlarni (mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni) oʻtkazish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilsa, tekin olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
8) olingan grantlar va insonparvarlik yordami;
(355-modda toʻrtinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(355-modda toʻrtinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10) sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) tariqasida olingan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini koʻrsatishga oid boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, shuningdek komitent yoxud boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash hisobiga kelib tushgan mol-mulk (haq toʻlovi bundan mustasno);
(355-modda toʻrtinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
12) obyekt qiymatining ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) toʻlovining bir qismi tarzida qoplanishi;
13) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
14) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektining muassislaridan (ishtirokchilaridan) uning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablagʻlar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu mablagʻlar soliq solish obyektiga kiritiladi va ularga soliq solinishi lozim;
(355-modda toʻrtinchi qismining 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
15) investor bilan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.
Balansning valyuta moddalarini qayta baholash chogʻida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar oʻrtasidagi saldo soliq solish obyekti hisoblanadi. Salbiy kurs farqi summasi ijobiy kurs farqi summasidan ortiq boʻlgan taqdirda oshib ketgan summa yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
356-modda. Soliq solinadigan baza
Ushbu Kodeksning 355-moddasiga muvofiq quyidagilar chegirib tashlangan holda hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solinadigan bazadir:
1) davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar;
2) toʻlov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar tariqasida olingan daromadlar;
3) dividendlar tariqasida olingan va qaysi yuridik shaxsdan olingan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoʻnaltirilgan daromadlar. Muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqib ketganda) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki imtiyoz qoʻllanilganidan soʻng bir yil ichida uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanganda ilgari soliq solinadigan bazadan chegirilgan daromadlarga toʻlov manbaida umumiy asoslarda soliq solinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
4) hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular qaysi davrda paydo boʻlgan boʻlsa, oʻsha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻtkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq solinishi kerak;
5) koʻp oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
6) mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va asosiy vositalarni tugatishda ularning ilgari qayta baholashlardagi qiymatining kamayishi summasidan ortgan qismi hisobiga olingan boshqa daromadlar;
(356-moddaning birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7) toʻliq amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan yoki tugatishdan olingan daromadlar.
(356-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuniga asosan 7-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi:
1) avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari uchun:
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasiga;
benzin, dizel yoqilgʻisi va gazning avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarining belgilangan eng yuqori ustamadan oshadigan chakana narxi bilan olish narxi oʻrtasidagi mahalliy budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan farq summasiga;
Keyingi tahrirga qarang.
2) lotereya oʻyinlarini tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun — yutuq (mukofot) fondining summasiga, biroq tarqatilgan chiptalarga chiqqan yutuqlarning (mukofotlarning) umumiy summasidan ortiq boʻlmagan miqdoriga;
3) brokerlik tashkilotlari uchun — bitim summasidan birjaga oʻtkaziladigan vositachilik yigʻimi summasiga;
4) vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun — realizatsiya qilingan tovar ulushida tovarlarni import qilishda toʻlangan bojxona toʻlovlari summasiga.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, lekin soliq solinadigan bazaning koʻpi bilan 25 foiziga. Soliq solinadigan bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga joriy etilgan soliq davridan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
yosh oilalar jumlasidan boʻlgan xodimlarga ipoteka kreditlari boʻyicha badallar toʻlashga va (yoki) mulk qilib uy-joy olishga tekin yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga, lekin soliq solinadigan bazaning koʻpi bilan 10 foiziga.
357-modda. Yalpi tushumga tuzatish kiritish
Soliq toʻlovchida yalpi tushumga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
1) tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari oʻzgarganda;
3) baholar oʻzgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda;
4) bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan yalpi tushumga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Ushbu moddaga muvofiq yalpi tushumga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (ishni, xizmatni) yetkazib beruvchi yalpi tushumga tuzatish kiritishni ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish koʻrsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
(357-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
358-modda. Imtiyozlar
Yagona soliq toʻlovini toʻlashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati hamda lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda boʻlgan xodimlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
359-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobot davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar uchun — bir oy;
(359-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
360-modda. Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish, uning hisob- kitoblarini taqdim etish va uni toʻlash tartibi
Yagona soliq toʻlovi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun yagona soliq toʻlovi summasi budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga, lekin yagona soliq toʻlovi summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorga kamaytiriladi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻini ixtiyoriy ravishda toʻlashga kalendar yil boshidan eʼtiboran oʻtmagan toʻlovchilar yagona soliq toʻlovi summasini qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblab chiqarilgan hisobot davriga toʻgʻri keladigan summaga kamaytiradi.
Yagona soliq toʻlovining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ortib boruvchi yakun bilan:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan korxonalar tomonidan — har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Yagona soliq toʻlovini toʻlash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
361-modda. Soliqni hisobga olish
Yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan tushum soliq toʻlovchining yalpi tushumiga toʻliq miqdorda qoʻshiladi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan foyda soligʻining summasi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida yagona soliq toʻlovini toʻlash chogʻida hisobga olinadi.
Toʻlov xabarnomasi, chet davlat soliq organining maʼlumotnomasi yoki chet elda soliq toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat chet elda toʻlangan foyda soligʻining summasini hisobga olish uchun asos boʻladi.
57-bob. Yagona yer soligʻi
362-modda. Soliq toʻlovchilar
Yagona yer soligʻini toʻlovchilar quyidagilardir:
qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar;
qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xoʻjaliklari va taʼlim muassasalarining oʻquv-tajriba xoʻjaliklari.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi:
(362-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va oʻzi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi boʻlgan yuridik shaxslar;
qishloq xoʻjaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻzlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va oʻzi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotini oʻz ichiga oluvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
(362-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Quyidagilar yagona yer soligʻini toʻlovchilar sifatida qaralmaydi:
oʻrmon va ovchilik xoʻjaliklari;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari.
363-modda. Yagona yer soligʻini toʻlash tartibini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Yagona yer soligʻini toʻlash tartibini qoʻllash uchun soliq toʻlovchi har yili joriy soliq davrining 1-fevraliga qadar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga oʻtgan soliq davrida qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xoʻjaligi mahsulotining oʻzi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushi koʻrsatilgan maʼlumotnomani taqdim etadi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xoʻjaligi mahsulotining oʻzi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushini aniqlashda ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlar hisobga olinmaydi.
Agar oʻtgan soliq davri yakunlari boʻyicha yagona yer soligʻi toʻlovchi ushbu Kodeks 362-moddasining ikkinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermasa, soliq toʻlovchi joriy soliq davrining boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiradigan soliq toʻlovchi ushbu Kodeks 362-moddasining ikkinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermay qoʻygan soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay davlat soliq xizmati organiga soliq solish tartibini tanlash toʻgʻrisida yozma bildirish taqdim etadi. Soliq toʻlovchining yozma bildirishni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi uning umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga roziligi deb hisoblanadi.
(363-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona yer soligʻini toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha u umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq davrining birinchi choragi uchun joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi.
(363-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtgan yagona yer soligʻini toʻlovchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq faqat navbatdagi soliq davri boshidan boshlab yana yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 362-moddasining ikkinchi qismida belgilangan shartlarga javob beradigan qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xoʻjaliklari va taʼlim muassasalarining oʻquv-tajriba xoʻjaliklari faoliyatning yagona yer soligʻini toʻlash tatbiq etiladigan qismi boʻyicha soliq solishning boshqacha tartibini tanlash huquqiga ega emas.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona yer soligʻi toʻlovchi mazkur faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 350-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolingan mikrofirmalar va kichik korxonalar faoliyatning boshqa turlari boʻyicha korxonalarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha yagona soliq toʻlovi toʻlashi mumkin. Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kirmaydigan soliq toʻlovchi umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona yer soligʻini toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, dividendlar va foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar bundan mustasno.
(363-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Birgalikdagi faoliyatdan olinadigan daromadlarga yagona yer soligʻi toʻlovchida dividendlarga soliq solish uchun belgilangan stavkalar boʻyicha soliq solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
364-modda. Maxsus qoidalar
Yer uchastkalari ijaraga (shu jumladan ichki xoʻjalik pudratiga) berilganida yagona yer soligʻini toʻlash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasida saqlanib qoladi.
365-modda. Soliq solish obyekti
Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xoʻjaligini yuritish uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq solish obyektidir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 46-moddasi.
366-modda. Soliq solinadigan baza
Soliq solinadigan yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan normativ qiymati soliq solinadigan bazadir.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasidagi qishloq xoʻjalik tovarlari ishlab chiqaruvchilarning qishloq xoʻjalik yerlari meʼyoriy bahosini aniqlashning muvaqqat yoʻriqnomasi” (roʻyxat raqami 1563, 19.04.2006-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
(366-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida vujudga kelgan yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga boʻlgan huquq vujudga kelgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan boshlab kamaytiriladi.
Yuridik shaxslarda yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozga boʻlgan huquqlar vujudga kelganda soliq solinadigan baza bu huquq vujudga kelgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozga boʻlgan huquq tugatilgan taqdirda, soliq solinadigan baza bu huquq tugatilgan oydan keyingi oydan boshlab koʻpaytiriladi.
367-modda. Imtiyozlar
Yagona yer soligʻini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Kodeks 362-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelgan taqdirda, yangi tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan boshlab ikki yil muddatga. Mazkur imtiyoz tugatilgan fermer xoʻjaliklari bazasida tashkil etilgan fermer xoʻjaliklariga tatbiq etilmaydi;
(367-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan eʼtiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun toʻliq miqdorda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar — yagona yer soligʻi toʻlovchilarga ushbu Kodeks 282-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
368-modda. Soliq davri
Kalendar yil soliq davridir.
369-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona yer soligʻi summasi yer uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer soligʻining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
(369-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Yagona yer soligʻining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1-mayigacha taqdim etiladi.
Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer soligʻi yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab toʻlanadi. Yer uchastkasi olib qoʻyilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer soligʻini toʻlash yer uchastkasi olib qoʻyilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab toʻxtatiladi (kamaytiriladi).
Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida oʻzgargan, shuningdek yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq toʻlovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1-dekabrigacha yagona yer soligʻining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart.
Yagona yer soligʻini toʻlash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1-iyuligacha — yillik soliq summasining 20 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
hisobot yilining 1-sentabrigacha — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1-dekabrigacha — soliqning qolgan summasi.
58-bob. Qatʼiy belgilangan soliq
370-modda. Soliq toʻlovchilar
Qatʼiy belgilangan soliqni toʻlovchilar quyidagilardir:
faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yakka tartibdagi tadbirkorlar, bundan ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan tadbirkorlar mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
371-modda. Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Qatʼiy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining roʻyxati, shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar faoliyatning qatʼiy belgilangan soliq toʻlash tatbiq etiladigan qismiga doir soliq solishning boshqa tartibini tanlash huquqiga ega emas.
Qatʼiy belgilangan soliq toʻlash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatning mazkur turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari va umumbelgilangan yoki ushbu boʻlimda belgilangan soliqlarni toʻlashlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Asosiy faoliyat turi boʻyicha qatʼiy belgilangan soliqni toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar uchun ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, dividendlar va foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar, shuningdek ijaradan olingan daromadlar bundan mustasno.
(371-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda umumbelgilangan soliqlar yoki yagona soliq toʻlovi joriy etiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 360-moddasi.
Ushbu Kodeks 370-moddasining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan, faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu Kodeksning 372 va 373-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qatʼiy belgilangan soliqni toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
372-modda. Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda toʻlash tartibi
Qatʼiy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi fizik koʻrsatkich soliq solinadigan obyektdir.
Soliq solinadigan baza fizik koʻrsatkichlarning sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qatʼiy belgilangan soliq summasi soliq toʻlovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar, soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(372-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Soliq davri — bir oy.
Qatʼiy belgilangan soliq hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
yangi tashkil qilinayotgan (boshlovchi) soliq toʻlovchilar tomonidan — davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay;
faoliyat yuritayotgan soliq toʻlovchilar tomonidan — hisobot yilining 15-yanvarigacha taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq solish obyekti va ish haqining eng kam miqdori oʻzgargan taqdirda, soliq toʻlovchilar aniqlik kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi toʻlovni toʻlash muddatidan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Qatʼiy belgilangan soliqni toʻlash:
yuridik shaxslar tomonidan — har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
Keyingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — ushbu Kodeks 375-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
373-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Ushbu Kodeksning 370-moddasida koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida qatʼiy belgilangan soliq toʻlash bilan bir qatorda quyidagilarni toʻlaydilar:
Keyingi tahrirga qarang.
1) bojxona toʻlovlari;
2) yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʻlovlar;
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — suv resurslaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda;
4) aksiz soligʻi — aksiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda;
5) budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;
Keyingi tahrirga qarang.
6) davlat boji;
7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va (yoki) yer uchastkasiga ega boʻlsalar, ushbu Kodeksning 48, 50-boblarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi.
Agar yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini muayyan muddatga toʻxtatsa, u oʻz faoliyatini toʻxtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi arizani olgan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ kelgusi ish kuni tugaguniga qadar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi.
(373-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilganligi toʻgʻrisida taqdim qilingan va davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun qatʼiy belgilangan soliqni hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
374-modda. Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining hisobini yuritishlari shart.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari quyidagilardir:
chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish daftari;
Tovar cheklari daftari.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorni soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari oxirgi yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran besh yil mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorda saqlanadi va ular raqamlangan, ip oʻtkazib bogʻlangan hamda tegishli davlat soliq xizmati organining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, bundan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlar olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, — yilning har bir choragi yakunlari boʻyicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;
tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har oyning yakunlari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
375-modda. Qatʼiy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar, qatʼiy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq toʻlovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanadi.
(375-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Faoliyatning bir necha turi bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar qatʼiy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar boʻyicha alohida-alohida toʻlaydilar.
Qatʼiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qatʼiy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay har oyda, soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy uchun belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanadi. Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qatʼiy belgilangan soliq eng yuqori stavka boʻyicha toʻlanadi.
(375-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
XXI BOʻLIM. SOLIQ TOʻLOVCHILARNING AYRIM TOIFALARIGA SOLIQ SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
59-bob. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
376-modda. Umumiy qoidalar
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar deyilganda chet el davlatining fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasining doimiy ravishda chet elda yashovchi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq kiritilgan investitsiya hajmidan kelib chiqqan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini, yagona soliq toʻlovini, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlashdan muayyan muddatga ozod qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
377-modda. Imtiyozlarning qoʻllanilish tartibi
Ushbu Kodeks 376-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan ortiqcha ishchi kuchlari mavjud boʻlgan mintaqalar va qishloq aholi punktlarida joylashtirilganda;
chet ellik investorlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda;
yuridik shaxslarning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni tashkil etganda;
yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar kiritilganda;
xorijiy investitsiyalar erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berilganligi natijasida ushbu imtiyozlarning qoʻllanilish muddati mobaynida olingan daromadlar yuridik shaxsni yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yoʻnaltirilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ushbu Kodeks 376-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlarni olgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat tugaganidan keyin bir yil oʻtmasdan faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini oʻz mamlakatiga oʻtkazish va kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlarning summalari budjetga undirilganidan keyin amalga oshiriladi.
Ushbu bobda nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ushbu Kodeks 376-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlarni olgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yuridik shaxs belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar ushbu Kodeksning IV boʻlimida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda umumbelgilangan tartibda toʻlanadi.
Qarang: “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2822, 26.08.2016-y.).
378-modda. Imtiyozlar qoʻllanilishi toʻgʻrisida bildirish
Ushbu bobda nazarda tutilgan imtiyozlarning qoʻllanilish mezonlariga mos keladigan yuridik shaxs imtiyozlarni qoʻllash boshlangan sana haqida soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda bildirishi shart.
Qarang: “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 2822, 26.08.2016-y.) 12-bandi.
Soliq davri mobaynida ushbu bobda nazarda tutilgan imtiyozlarga boʻlgan huquq yoʻqotilgan taqdirda, soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi davlat soliq xizmati organini soliq toʻlovchining imtiyozlarga boʻlgan huquqi yoʻqotilgan sana toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi.
Qarang: “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 2822, 26.08.2016-y.) 13-bandi.
60-bob. Oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyatga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
379-modda. Umumiy qoidalar
Oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sheriklarning (ishtirokchilarning) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikda foydalanadigan mol-mulki birgalikdagi faoliyatga qoʻshilgan hissa tarzida har bir sherikning (ishtirokchining) balansida hisobga olinishi lozim.
Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish bilan bogʻliq holda vujudga keladigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash boʻyicha majburiyatlar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi shaxs (ishonchli shaxs) tomonidan ijro etiladi. Bunda, agar oddiy shirkat shartnomasi sheriklarining (ishtirokchilarining) biri yuridik shaxs boʻlsa, faqat yuridik shaxs ishonchli shaxs boʻlishi mumkin.
Yuridik shaxslar ishtirokidagi birgalikdagi faoliyat natijalariga soliq solish, ushbu Kodeksning 380 va 381-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar oddiy shirkat shartnomasining barcha sheriklari (ishtirokchilari) yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻlsa, birgalikdagi faoliyatga soliq solish ushbu Kodeksning 382-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ishonchli shaxs vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs soliq solish obyektlari va birgalikdagi faoliyat boʻyicha soliq solish bilan bogʻliq obyektlar hisobini alohida-alohida yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bobda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatilayotgan ishonchli shaxs oddiy shirkat shartnomasi asosida birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishni boshlagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ishonchli shaxsning soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organida birgalikdagi faoliyat doirasida soliq majburiyatlarini bajaruvchi soliq toʻlovchi sifatida hisobga turishi shart.
(379-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
380-modda. Ishonchli shaxsda birgalikdagi faoliyatga soliq solish tartibi
Ishonchli shaxs birgalikdagi faoliyatga soliq solishning ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda birgalikda chiqariladigan mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hisobini alohida-alohida yuritadi.
Ishonchli shaxs birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish oborotlari boʻyicha ushbu Kodeksda belgilangan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi (aksiz toʻlanadigan tovar realizatsiya qilingan taqdirda) va davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi boʻlmagan ishonchli shaxs birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi sifatida davlat soliq xizmati organida hisobga turishi shart.
Ishonchli shaxs hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirgan holda birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda realizatsiya qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar chegirib tashlangan holdagi sof tushum bilan realizatsiya qilingan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga toʻgʻri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablagʻlar summasi oʻrtasidagi farq tarzida aniqlanadi.
(380-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) oʻrtasida har bir sherikning (ishtirokchining) hissasi ulushi asosida yoki oddiy shirkat shartnomasi shartlariga muvofiq taqsimlanadi hamda har bir sherikning (ishtirokchining) boshqa daromadlari tarkibiga kiritiladi.
Oddiy shirkat shartnomasining amal qilishi tugatilgan va mol-mulk ushbu shartnoma sheriklariga (ishtirokchilariga) qaytarilgan taqdirda, har bir sherikning (ishtirokchining) oʻzi kiritgan hissasi miqdori doirasida olingan mablagʻlari oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiya qilinmasdan oddiy shirkat shartnomasi sheriklari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlab olinsa, ishonchli shaxs tomonidan birgalikdagi faoliyat sheriklaridan (ishtirokchilaridan) ushbu Kodeks 381-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga mazkur Kodeksning 220-moddasida belgilangan tartibda tuzatish kiritilishi va bu summa ilgari uni ishonchli shaxsga topshirgan sherikka (ishtirokchiga) qaytarib berilishi lozim. Bunda ushbu qismga muvofiq tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliq summasi topshiriladigan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning qiymatiga kiritilmaydi va birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning tegishli hissasini oladigan sheriklar (ishtirokchilar) tomonidan hisobga olinadi. Tuzatish kiritilgan soliq summasi ushbu moddaning toʻqqizinchi qismiga muvofiq mazkur mol-mulkni topshirish rasmiylashtiriladigan hujjatlarda koʻrsatiladi.
Ishonchli shaxs birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni sheriklariga (ishtirokchilariga) topshirayotganda ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq aniqlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini koʻrsatgan holda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi. Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni topshirish uchun rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobida sherikning (ishtirokchining) ushbu soliq summasini hisobga olishi uchun asos boʻladi. Hisobvaraq-fakturadagi “tovar joʻnatish hujjatlarining yoki shartnomalarning raqami va sanasi” satriga “birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning taqsimoti” degan belgi qoʻyiladi;
(380-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
381-modda. Oddiy shirkat shartnomasi sherigida (ishtirokchisida) birgalikdagi faoliyatga soliq solish tartibi
Mol-mulkni birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirish sheriklar (ishtirokchilar) oʻrtasida kelishilgan qiymat boʻyicha yoki buxgalteriya hisobi hujjatlarida hisobga olinadigan balans qiymati boʻyicha amalga oshiriladi hamda unga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish sifatida qaralmaydi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan olingan va birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirilayotgan mol-mulk boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilayotgan ishonchli shaxsda hisobga olish uchun qabul qilinadi. Bunda oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) birgalikdagi faoliyatga topshirilayotgan mol-mulk boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish uchun qabul qilmaydi. Agar kiritilayotgan mol-mulk boʻyicha ilgari qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish amalga oshirilgan boʻlsa, mol-mulk birgalikdagi faoliyatga topshirilgan davrda ilgari mazkur mol-mulk olinganda hisobga olish uchun qabul qilingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi kamayadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi) oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirgan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblanmaydi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish vaqtida ilgari hisobga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga ushbu Kodeksning 220-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatish kiritilishi lozim. Bunda ushbu qismga muvofiq tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliq summasi topshirilayotgan mol-mulkning qiymatiga kiritilmaydi va birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi ishonchli shaxs tomonidan hisobga olinadi. Tuzatish kiritilgan soliq summasi ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq mazkur mol-mulkni topshirish rasmiylashtiriladigan hujjatlarda koʻrsatiladi.
(381-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oddiy shirkat shartnomasining birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida mol-mulk topshirayotgan sherigi (ishtirokchisi) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda ishonchli shaxs tomonidan hisobga olinishi uchun topshirilayotgan mol-mulk boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini koʻrsatgan holda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi. Birgalikdagi faoliyatga topshirilgan mol-mulk boʻyicha rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot boʻyicha budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisob-kitob qilishda soliqning ushbu summasini ishonchli shaxs tomonidan hisobga olish uchun qabul qilishga asos boʻladi. Hisobvaraq-fakturada “joʻnatiladigan tovarlar hujjatlari yoki shartnomalar raqami va sanasi” degan katakchada “birgalikdagi faoliyatga hissa” degan belgi qoʻyiladi.
(381-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromadlarga soliq solish oddiy shirkat shartnomasi sherigiga (ishtirokchisiga) soliq solishning amaldagi tartibiga muvofiq oddiy shirkat shartnomasining har bir sherigida (ishtirokchisida) boshqa daromadlar tarkibida amalga oshiriladi. Bunda, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qatʼiy belgilangan soliq toʻlovchilar (yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar), shuningdek yagona yer soligʻini toʻlovchilar boʻlgan oddiy shirkat shartnomasi sheriklarining (ishtirokchilarning) birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlariga dividendlarga soliq solishda belgilangan stavkalar boʻyicha soliq solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlariga, shu jumladan ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq birgalikdagi faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlarning birgalikdagi faoliyatdan olgan daromadlariga, agar yakka tartibdagi tadbirkorlar birgalikdagi faoliyat doirasida ushbu Kodeksning 375-moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq toʻlangan faoliyat turini amalga oshirayotgan boʻlsa, ushbu moddaning beshinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydi.
(381-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
382-modda. Faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar amalga oshiradigan birgalikdagi faoliyatga soliq solish
Oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyat faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi ishonchli shaxs mazkur mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumdan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha yagona soliq toʻlovi, shuningdek, agar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot aksiz toʻlanadigan mahsulot boʻlsa, aksiz soligʻi toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona soliq toʻlovi birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiya qilinmasdan, birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlab olingan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda yagona soliq toʻlovi summasi birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish doirasida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yagona soliq toʻlovi hisob-kitobining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(382-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
61-bob. Dehqon xoʻjaliklariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
383-modda. Dehqon xoʻjaliklariga soliq solish tartibi
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari ushbu Kodeksda jismoniy shaxslar — soliq toʻlovchilar uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar toʻlaydi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda dehqon xoʻjaliklari quyidagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaydi:
1) jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
Qarang: mazkur Kodeksning 287 — 294-moddalari.
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Qarang: mazkur Kodeksning 257 — 244-moddalari.
3) jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
Qarang: mazkur Kodeksning 272 — 277-moddalari.
4) bojxona toʻlovlari;
Qarang: mazkur Kodeksning 343-344-moddalari.
5) ushbu Kodeksning XVII boʻlimida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat boji;
Qarang: mazkur Kodeksning 326 — 342-moddalari
6) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaligi aʼzolari ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlash bilan bir qatorda ushbu Kodeksning 311-moddasida nazarda tutilgan tartibda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaligi aʼzolari qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish, oʻzlari yetishtirgan mahsulotni qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat bilan shugʻullangan taqdirda, ular yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtishlari hamda ushbu Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan tartibda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashlari shart.
62-bob. Bozorlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
384-modda. Umumiy qoidalar
Bozorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 42-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish Qoidalarining 4 — 9-bandlari.
Bozorlarning daromadlariga quyidagilar kiradi:
patta toʻlovi tushumlari;
Qarang: mazkur Kodeksning 385-moddasi
boshqa tushumlar.
Qarang: mazkur Kodeksning 386-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish Qoidalarining 38-bandi.
385-modda. Patta toʻlovi
Patta toʻlovini bozorlarda tovarlar, buyumlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotishni amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar toʻlaydi.
Patta toʻlovi har bir sotish joyidan savdo qilingan har bir kun uchun yoki har bir tovar, buyum, chorva mol uchun undiriladigan qatʼiy belgilangan toʻlovdir.
Jismoniy shaxs bilan tuzilgan ijara shartnomasiga binoan savdo joyi uchun ijara haqi toʻlanadigan hollarda, patta toʻlovi summasi ijara haqi tarkibiga kiritiladi.
Patta toʻlovi har bir toʻlovchidan naqd pul olib, unga bir vaqtning oʻzida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining chekini yoki kvitansiya berish orqali undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Patta toʻlovi miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(385-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
386-modda. Boshqa tushumlar
Bozorlarning boshqa tushumlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) ijara toʻlovidan olingan daromadlar. Ijara toʻlovi bozor maʼmuriyatining tasarrufida boʻlgan binolar, inshootlar hamda boshqa mol-mulkdan foydalanganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi;
(386-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
2) sotuvchilarga va sotib oluvchilarga xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
3) bozor maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi tovarlarini tayyorlash, xarid qilish va realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (dehqon bozorlari uchun). Bunda realizatsiya qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati oʻrtasidagi farq daromaddir;
(386-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
4) qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijara toʻlovining va bozor maʼmuriyati koʻrsatadigan xizmatlar qiymatining miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(386-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Qarang: Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari (roʻyxat raqami 2412, 16.01.2013-y.).
387-modda. Bozorlarga soliq solish tartibi
Bozorlarning ushbu Kodeks 385 va 386-moddalarida koʻrsatilgan daromadlaridan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar undirilmaydi.
Bozorlar zimmasida toʻlov manbaida soliqlar va majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha majburiyatlar hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga quyidagilarni toʻlash majburiyatlari saqlanib qoladi:
bojxona toʻlovlari;
Qarang: mazkur Kodesining 320 — 325-moddasi.
yagona ijtimoiy toʻlov;
Qarang: mazkur Kodesning 305-moddasining birinchi qismi.
davlat boji;
Qarang: mazkur Kodesining 326-moddasi.
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim;
Qarang: mazkur Kodesining 345-moddasi.
davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bozorlar daromadlarining umumiy summasidan, bozorlar daromadidan toʻlanadigan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar chegirib tashlangandan keyin qolgan mablagʻlarning 50 foizi bozorlar joylashgan joydagi tegishli mahalliy budjetlarga belgilangan tartibda yoʻnaltiriladi. Qolgan 50 foizi bozorlar maʼmuriyati tasarrufida qoladi va ulardan joriy xarajatlarni qoplash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, bozorlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning roʻyxatini kengaytirish, sifatini yaxshilash uchun foydalaniladi.
(387-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qatʼiy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlari bozorlar tomonidan amalga oshirilganda, bunday faoliyatdan olingan daromadlarga ushbu Kodeksning 58-bobiga muvofiq qatʼiy belgilangan soliq solinadi. Bunda mazkur daromadlarga ushbu modda uchinchi qismining qoidalari tatbiq etilmaydi.
(387-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Olingan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bozorlar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlagan shaklda taqdim etadi.
Mablagʻlarni budjetga oʻtkazish olingan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan bir oyda bir marta amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bob qoidalari ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51 foizdan kam boʻlmagan yuridik shaxslar — savdo komplekslariga tatbiq etiladi.
(387-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
63-bob. Gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
388-modda. Umumiy qoidalar
Yuridik va jismoniy shaxslar gastrol-konsert faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya oladigan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan stavka boʻyicha davlat boji toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
389-modda. Gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga soliq solish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun davlat boji toʻlovchi yuridik shaxslar mazkur faoliyat turi boʻyicha ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan ozod etiladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxslar, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar zimmasida quyidagilarni toʻlash majburiyati saqlanib qoladi:
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona toʻlovlari;
Qarang: mazkur Kodeksning 344-moddasi.
yagona ijtimoiy toʻlov;
Qarang: mazkur Kodeks 305-moddasining birinchi qismi.
davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim;
Keyingi tahrirga qarang.
toʻlov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar.
Yuridik shaxslar gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat turlari bilan shugʻullanganlarida soliq toʻlovchi faoliyatning mazkur turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi shart. Boshqa faoliyat turlari boʻyicha ushbu Kodeks 350-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlanib qoladigan mikrofirmalar va kichik korxonalar korxonalarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha yagona soliq toʻlovini yoki umumbelgilangan soliqlarni toʻlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat turlari bilan shugʻullangan taqdirda, davlat boji ushbu Kodeksning XVII boʻlimida nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
390-modda. Gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga soliq solish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun davlat boji toʻlovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq toʻlashdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxslar zimmasida quyidagilarni toʻlash majburiyati saqlanib qoladi:
bojxona toʻlovlari;
Qarang: mazkur Kodeksning 344-moddasi.
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun davlat boji toʻlovchi jismoniy shaxslar soliq solinadigan mol-mulk va (yoki) yer uchastkasiga ega boʻlsalar, ushbu Kodeksning 48 va 50-boblarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan majburiy toʻlovlarni toʻlash bilan bir qatorda ushbu Kodeksning 311-moddasida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan tartibda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
64-bob. Advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari, advokatlik byurolari va advokatlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
391-modda. Advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolariga soliq solish
Advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari nodavlat notijorat tashkilotlari sifatida faoliyatning advokatlar tomonidan yuridik yordam (xizmat) koʻrsatish bilan bogʻliq qismi boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlashdan ozod etiladilar, quyidagilar bundan mustasno:
bojxona toʻlovlari;
Qarang: mazkur Kodeksning 344-moddasi.
yagona ijtimoiy toʻlov;
Qarang: mazkur Kodeks 305-moddasining birinchi qismi.
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim;
Keyingi tahrirga qarang.
toʻlov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar.
Advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari (advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar ushbu Kodeksda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
392-modda. Advokatlarning daromadlariga soliq solish tartibi
Advokatlar tomonidan yuridik yordam (xizmat) koʻrsatganlik uchun olingan gonorarlar summalariga ushbu moddada belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi.
Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi obyektidir.
Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam (xizmat) koʻrsatganlik uchun olingan summa bilan advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun oʻtkazilgan mablagʻlar summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq solinadigan baza advokat daromadidan advokat gonorarida hisobga olinadigan yagona ijtimoiy toʻlov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Advokatlarning daromadlariga soliq solish ushbu Kodeksning 184—188-moddalariga muvofiq soliq agentlari — advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son; 2008-y., 52-son, 512-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda, 404-modda, 52-son, 555-modda, 556-modda; 2010-y., 20-son, 149-modda, 35-36-son, 300-modda, 37-son, 313-modda, 314-modda, 315-modda, 40-41-son, 343-modda, 51-son, 485-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 37-son, 374-modda, 52-son, 555-modda, 556-modda; 2012-y., 15-son, 164-modda, 37-son, 421-modda, 52-son, 584-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda, 41-son, 543-modda, 52-son, 685-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda, 36-son, 452-modda, 49-son, 579-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 1-son, 2-modda, 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda, 52-son, 597-modda, 52-son, 598-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 16-son, 265-modda, 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son; 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)