Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISHNI HAMDA ULAR TOMONIDAN SAVDO FAOLIYATI AMALGA OSHIRILISHINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga turgʻun savdo shoxobchalari orqali yoki buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishda hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishida ularga qoʻyiladigan talablarni birxillashtirish, savdo korxonalarining savdo operatsiyalari yuzasidan iqtisodiy va mulkiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, bozorlarda va savdo komplekslarida import isteʼmol tovarlari bilan chakana savdo qilish tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlganda, tegishli majburiy toʻlovlar toʻlanganda jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Bunda import isteʼmol tovarlarini olib kelish va ularni bojxonada rasmiylashtirish jismoniy shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkorlarning oʻzlari tomonidan amalga oshirilishi shart.
Chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar belgilangan tartibda daromadlar va tovar operatsiyalari hisobini yuritishlari shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27-apreldagi 2007-yil 85-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 17-18-son, 182-modda)
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2003-yil 1-yanvargacha savdo faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini, ularning hujjatlari va savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomalari mazkur qaror talablariga qatʼiy muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-noyabr,
407-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yagona yondashuvlar va talablarni taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda yuridik shaxslar tomonidan ulgurji va chakana savdoni amalga oshirish, shuningdek jismoniy shaxslarni ular tomonidan chakana savdoni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom oʻzlari mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi yuridik shaxslarga, tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 266-modda)
2. Ushbu Nizomda foydalaniladigan asosiy tushunchalar va taʼriflar:
bozor — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda va belgilangan qoidalar boʻyicha savdo faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan, belgilangan tartibda ana shunday maqom olgan doimiy yoki vaqtinchalik asosda faoliyat koʻrsatadigan mulkiy kompleks;
Oldingi tahrirga qarang.
ulgurji savdo — tijorat maqsadlarida yoki oʻz ishlab chiqarish-xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanish uchun hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
chakana savdo — savdo sohasida yakuniy isteʼmol uchun undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki koʻp boʻlmagan miqdorlarda (sonda) naqd pulga yoki bank plastik kartalari (korporativ bank kartasi bundan mustasno) yoxud kontaktsiz onlayn toʻlov tizimlari orqali sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son)
Oldingi tahrirga qarang.
turgʻun chakana savdo shoxobchasi — joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan ajratilgan yer uchastkalaridagi Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi organlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha qurilgan, sanitariya va yongʻin xavfsizligi normalari va talablariga javob beradigan, savdo zaliga, savdo asbob-anjomlariga hamda tovarlarni saqlash, sortlarga ajratish va qadoqlash uchun xonalarga ega boʻlgan, shuningdek nazorat-kassa texnikalari bilan jihozlangan obyekt (bino, inshoot).
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
II. Ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi
(II boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar shugʻullanishlari mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4 — 9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tovarlar agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, tuzilgan shartnomalar asosida va oʻzaro hisob-kitoblarning naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklida, shu jumladan, toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda ulgurji sotilishi mumkin. Bunda hisob-kitoblar bitta shartnoma doirasida yigirma besh million soʻmgacha naqd pulda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshirilishiga ruxsat etiladi (bundan identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish mustasno).
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etgan holda (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun) ulgurji sotilishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Raqamli markirovkalangan mahsulotlar faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali ulgurji sotiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Chakana savdo bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ulgurji sotishda shartnomaga sotib oluvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turgʻun savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa texnikasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi ilova qilinishi kerak.
Tovarlar kichik turkumlar bilan turgʻun savdo shoxobchalari orqali chakana savdo bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga sotilgan taqdirda shartnomaga sotib oluvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turgʻun savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa texnikasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi ilova qilinishi kerak.
Shartnomaga sotib oluvchi (buyurtmachi) roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turgʻun savdo shoxobchasi mavjudligi hamda tovarlarni ulgurji va kichik partiyalar bilan chakana savdo bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga, shuningdek yuridik shaxslarga elektron tijorat shaklida sotishda nazorat-kassa texnikasining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini ilova qilish talab etilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ulgurji savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 216-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/216/2764-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 467-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
III. Yuridik shaxslar tomonidan chakana savdoni amalga oshirish tartibi
(III boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13 — 18-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tovarlarni chakana sotish yuridik shaxslar tomonidan faqat turgʻun savdo shoxobchalari yoki koʻchma savdo obyektlari orqali, nazorat-kassa texnikalarini majburiy qoʻllangan holda amalga oshirilishi mumkin.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar tomonidan tovarlarni chakana sotishni turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqarida elektron tijorat shaklida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa texnikalaridan foydalanmasdan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Turgʻun savdo shoxobchalarida va turgʻun savdo obyektlarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalining mavjudligi taʼminlanishi kerak;
(19-band uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi 299-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 37-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻchma savdoni tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdoni amalga oshirishning aniq muddatlari, joylari va ixtisoslashuv turlari koʻrsatilgan holda, koʻchma savdo obyektlarini elektron tarzda “K — SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chakana savdo korxonalari (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga tovarlarni aholiga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga naqd pulda nazorat-kassa texnikalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa texnikalari yoki virtual kassadan foydalangan holda va hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida, shu jumladan, plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda sotishga ruxsat beriladi. Bunda chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovkalangan tovarlarni realizatsiya qilishda ulgurji tarzda sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 201-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chakana savdo korxonalari tomonidan tovarlarni yuridik shaxslarning korporativ plastik kartochkalari boʻyicha sotish mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan cheklashlarsiz amalga oshirilishi mumkin.
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-noyabrdagi 530-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 45-46-son, 469-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:
markirovka kodi kiritilgandan soʻng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;
avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda, onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz korxonasining toʻliq nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ushbu maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kodni xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda) joylashtirishi. Bunda maxsus QR-kod soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi;
qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishi.
Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qoʻyilgan boʻlishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi koʻrsatilgan narxnomalarga ega boʻlishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega boʻlgan tovarlarni sotish chogʻida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
21. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 345 — 347-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
IV. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chakana savdoni turgʻun chakana savdo shoxobchalari orqali amalga oshirish tartibi
(IV-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo bilan qonun hujjatlariga muvofiq turgʻun chakana savdo shoxobchalari orqali chakana savdo bilan quyidagilar asosida shugʻullanishlari mumkin:
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
yakka tartibdagi tadbirkorda chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organining nazorat-kassa texnikasini oldindan roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalari.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari toʻgʻrisidag qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma tijorat maqsadi uchun ularning oʻzi olib kirayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Bunda import qilingan tovarlarni sotish ushbu guvohnoma mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faqat turgʻun oʻzining yoki ijaraga olingan savdo tarmoqlari orqali, nazorat-kassa texnikalari majburiy qoʻllangan holda amalga oshirilishi mumkin.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Turgʻun savdo shoxobchalarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalining mavjudligi taʼminlanishi kerak;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-iyundagi 116-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:
markirovka kodi kiritilgandan soʻng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;
avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda, onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
31. Chakana savdoni turgʻun savdo tarmoqlari orqali amalga oshirishda tovarlarni savdo shoxobchasidan tashqarida, shu jumladan doʻkonchalar orqali sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni chakana sotishni turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqarida elektron tijorat shaklida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa texnikalaridan foydalanmasdan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
 LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5252son “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik va roʻyxatdan oʻtkazgan organning nomi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ushbu maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kodni xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq boʻlgan boshqa joylarda) joylashtirishi. Bunda maxsus QR-kod soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi;
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi;
qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishi.
Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qoʻyilgan boʻlishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi koʻrsatilgan narxnomalarga ega boʻlishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega boʻlgan tovarlarni sotish chogʻida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
33. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 345 — 347-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
V. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chakana savdoni savdo komplekslarida amalga oshirish tartibi
(V boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar savdo komplekslarida chakana savdoni faqat quyidagilar boʻyicha amalga oshirish huquqiga egadirlar:
yakka tartibdagi tadbirkorlarning bevosita oʻzlari keltirishgan import tovarlar;
oʻzlari tayyorlagan (sotilishi taqiqlanmagan) tovarlar;
ushbu tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlar;
mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari tovarlari — ularni qonuniy ravishda sotib olinganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar mavjud boʻlganda.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan savdo komplekslarida chakana savdo quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchining jismoniy shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
savdo kompleksi maʼmuriyatining yakka tartibdagi tadbirkorga turgʻun savdo shoxobchasi (chakana savdo va xizmatlar sohasi turgʻun obyektlari) berish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Savdo komplekslarida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni chakana sotish fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa texnikalarini va toʻlovlarni plastik kartochkalardan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallarini majburiy qoʻllagan hamda identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun) rioya etgan holda amalga oshiriladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:
markirovka kodi kiritilgandan soʻng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;
avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda, onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Import tovarlar savdosini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak va uning tovarlarni respublika hududiga olib kelganligi faktini va ularning bojxonada rasmiylashtirilganligini, muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini, bojxona toʻlovlari va belgilangan soliq toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi shart.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
43. Mazkur tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkor-ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan sotilayotgan tovarlarning oldi-sotdi shartnomasiga ega boʻlishlari shart. Shartnomada quyidagi rekvizitlar majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
yakka tartibdagi tadbirkorlar — sotuvchi va sotib oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning — sotuvchi va sotib oluvchi pasportlarining seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning tartib raqami va berilgan sanasi hamda guvohnomani bergan davlat hokimiyati organlari;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxsning shaxsiy indentifikatsiya raqami;
(43-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
bank muassasasida hisob raqamlari mavjud boʻlgan taqdirda bank rekvizitlari.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Savdo komplekslarida chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
VI. Ushbu Nizomga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik va nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
45. Qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirmasdan yoxud ularning amal qilishini toʻxtatish yoki qaytarib olish davrida savdo faoliyatini amalga oshirishga, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qoʻllangan holda, faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish sifatida qaraladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Savdo kompleksida chakana savdoni amalga oshirayotgan va yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmagan, tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor sotadigan joylarda import tovarlar mavjud boʻlishi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllanilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan faoliyat sifatida qaraladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
461. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoida va tartiblariga rioya etmagan holda ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qoʻllangan holda, savdo qoidalarini buzish sifatida qaraladi.
(461-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son — 2021-yil 23-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Savdo qoidalari buzilganda, sanitariya normalari va yongʻin xavfsizligi qoidalari bajarilishi taʼminlanmaganda, savdoni amalga oshirish huquqi uchun yigʻim yoki alohida tovarlar bilan savdoni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya yigʻimi toʻlanmaganda savdo faoliyatini amalga oshiruvchi aybdor xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllanadi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 164-moddasi.
48. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklanadi.
(46 va 47 bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qaroriga muvofiq tegishli ravishda 47 va 48-bandlar deb hisoblanadi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 179-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda, 20-son, 196-modda; 2004-y., 29-son, 331-modda, 34-35-son, 395-modda, 45-46-son, 469-modda, 52-son, 523-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 22-son, 195-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 17-18-son, 182-modda, 52-son, 534-modda; 2008-y., 20-21-son, 177-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 22-son, 258-modda; 2010-y., 23-son, 187-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; 2015-y., 29-son, 383-modda; 2016-y., 23-son, 266-modda, 2016-y., 37-son, 434-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son, 14.03.2019-y., 09/19/216/2764-son, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son; 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son; 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son; 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)