Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA TAMAKI MAHSULOTLARIGA VA SPIRTLI ICHIMLIKLARGA AKSIZ MARKALARINI JORIY ETISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
1996-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni (pivodan tashqari) majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalashning joriy etilishi hamda ularni aksiz markalarisiz sotishning taqiqlanishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlariga hamda spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek aksiz soligʻi stavkalari miqdorlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni markalash boʻyicha masʼuliyat markalanadigan aksiz tovarlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar zimmasiga yuklanadi;
tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni aksiz markalarisiz ulgurji yoki chakana savdo tarmoqlari orqali sotish savdo qoidalarini buzish deb hisoblanadi va buning uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar koʻriladi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1861-moddasi.
jismoniy shaxslarga, notijorat maqsadlarida aksiz soligʻi toʻlamasdan, chetdan 2 litrgacha spirtli ichimliklar, 10 pachkagacha sigaretlar, 10 pachkagacha papiroslar keltirishga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlaridan faqat filtrli yoki filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritalar), bidi, kreteklar majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 09/21/665/1008-son)
3. Tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi (shu jumladan sotuvchi) uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar:
1996-yil 1-oktabrgacha aksiz markalari bilan markalash uchun tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar qoldiqlarini roʻyxatdan oʻtkazishni;
1996-yil 1-oktabrdan boshlab koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni faqat standartlar talablariga muvofiq aksiz markalari yopishtirilgan holda sotishga doir tegishli tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
5. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va ommaviy axborot vositalari tamaki mahsulotlarini hamda spirtli ichimliklarni markalash tizimini joriy etishning keng yoritilishini taʼminlasinlar.
6. Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni aksiz markalari bilan markalash tizimining joriy etilishi toʻgʻrisida xabardor qilinishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 14-avgust,
285-son
Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom 1996-yil 1-oktabrdan boshlab amalga kiritiladi hamda aksiz markalarini sotish, ular bilan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini belgilash, shuningdek bunday markalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash tartibini belgilab beradi. Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqarish, ularni import qilish va sotish, aksiz soligʻi yigʻimining toʻliqligi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni nolegal ishlab chiqarishning va respublika hududiga keltirishning oldini olish ushbu markalarni qoʻllashning maqsadi hisoblanadi.
2. 1996-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni (pivodan tashqari) majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalash joriy etiladi.
1996-yil 1-oktabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarida Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari boʻlmagan holda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish va uning hududiga keltirish, transportda tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash (ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot markalangunga qadar texnologik jarayonga muvofiq saqlashdan tashqari), sotish uchun komissiyaga va konsignatsiyaga qabul qilish;
(2-bandning 3-xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 296-sonli qarori tahririda)
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ularda aksiz markalari boʻlmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlaridan faqat filtrli yoki filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritalar), bidi, kreteklar majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 09/21/665/1008-son)
3. Respublika tashqarisiga eksport qilinadigan;
xalqaro tranzit maqsadlari uchun moʻljallangan;
bojsiz savdo doʻkonlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltiriladigan;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi boʻlgan taqdirda koʻrgazmalar oʻtkazish uchun keltiriladigan;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik bilan belgilangan aksizsiz keltirish normalari doirasida chetdan keltiriladigan (yuboriladigan) spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlariga aksiz markalarining dizayni har 2 yilda yangilab turilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda aksiz markalarining dizayni almashtiriladigan joriy yilning 1-fevraligacha:
himoyaning qoʻshimcha darajalari joriy etilishini hisobga olgan holda yangi namunadagi aksiz markalarining dizaynini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar;
yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotishga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab oʻn yetti oy mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsat beriladi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2023-y., 09/23/313/0525-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 313-son “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmoqlaridagi alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab oʻn yetti oy oʻtgandan keyin markalanmagan hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyilishi kerak.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2023-y., 09/23/313/0525-son)
5. Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markalash shisha idishni ochishda marka yirtilib ketadigan, pachka yoki boshqa isteʼmol idishi ochiladigan qilib (tovarga shikast yetkazmagan holda undan markani olib tashlash imkonini bermaydigan yelimdan foydalangan holda) amalga oshiriladi.
Markalash tartibi va usuli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-sentabrdagi 178-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 13-sentabrdagi 2024-17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3566, 31.10.2024-y.).
6. Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq kelmaydigan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini markalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida eksport uchun tayyorlangan yoki xalqaro tranzit maqsadlari uchun chetdan keltirilgan aksiz markalari bilan belgilanmagan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini (shu jumladan tovar ayirboshlash asosida yoki xom ashyo bergan holda tayyor mahsulotdan foydalanish uchun keltirilgan) sotish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Aksiz markalari majburiy tartibda markalanishi zarur boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va chetdan keltiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari boʻyicha “Agrobank” OATBning hududiy boʻlimlari tomonidan beriladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
alkogolli mahsulotlar mahalliy ishlab chiqaruvchilariga — buyurtma berilayotgan aksiz markalari miqdori nominal qiymatining 50 foizi toʻlanganda;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-fevraldagi 27-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 68-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tamaki mahsulotlari mahalliy ishlab chiqaruvchilariga — buyurtma berilayotgan aksiz markalari miqdorining nominal qiymati toʻliq toʻlanganda;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-fevraldagi 27-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 68-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar — buyurtma berilayotgan aksiz markalari sonining toʻliq nominal qiymati va aksiz soligʻining barcha summasi toʻlanganda;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-fevraldagi 27-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 68-modda)
Ishlab chiqaruvchilar va importchilar tomonidan aksiz markalarining nominal qiymati boʻyicha sotib olish uchun pul mablagʻlari “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Bosma fabrikasining tegishli bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-dekabrdagi 260-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiz markalari “Agrobank” OATB mintaqaviy boʻlimlari tomonidan quyidagilarga beriladi:
alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilarga — buyurtmanomada Davlat bojxona qoʻmitasining butun aksiz soligʻi summasi, shuningdek buyurtma berilgan aksiz markalari sonining tegishli nominal qiymati toʻlanganligi toʻgʻrisidagi belgilari mavjud boʻlgan taqdirda;
alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilariga — buyurtmanomada “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Bosma fabrikasining buyurtma berilgan aksiz markalari sonining tegishli nominal qiymati toʻlanganligi toʻgʻrisidagi belgisi mavjud boʻlgan taqdirda.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-fevraldagi 27-sonli qaroriga asosan oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 6-son, 68-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Aksiz markalari berish, shuningdek foydalanilmagan va shikastlangan markalarni qaytarish tartibi va muddatlari Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining yoʻriqnomasi bilan belgilanadi. Aksiz markalarida mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxonalar va import qiluvchilarning kodlari qayd etiladi, shuningdek alkogolli mahsulot quyiladigan isteʼmol idishining litrdagi hajmi koʻrsatiladi”.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-dekabrdagi 260-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 512-modda)
10. Soliq va bojxona organlari aksiz soligʻini hisoblab chiqish uchun marka xarid qiluvchilar tomonidan hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar oʻz vaqtida taqdim etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, hisobga olishni yuritadilar va aksiz soligʻi summasi tushumi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzadilar.
11. Sotib olingan aksiz markalari ularni xarid qilgan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan markalashni amalga oshirish uchun bevosita ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi. Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar tomonidan sotib olingan markalar koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar (yetkazib boruvchilar) tomonidan buyurtma bajarilishi jarayonida foydalanish uchun ularga beriladi).
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 296-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
13. Chakana va ulgurji savdo korxonalariga tovarlarni majburiy markalash amalga kiritilgan paytdan boshlab import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini aksiz markalarisiz sotib olish va sotish taqiqlanadi.
Aksizlanishi kerak boʻlgan tovarlar qoldiqlarining egalari aksiz markalari bilan majburiy markalash joriy etilgan kunda mahalliy hokimiyat organlari va soliq organlari xodimlari ishtirokida qayta roʻyxatdan oʻtkazish, qoldiqni chiqarib tashlash va ularni markalash choralarini koʻrishlari shart.
II. AKSIZ MARKALARI BERISH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
14. Aksiz markalari aksiz soligʻi toʻlanganligi dalili hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tamaki mahsulotlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilari aksiz markalarini ularning nominal qiymati boʻyicha, alkogolli mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqaruvchilari esa — aksiz markalari nominal qiymatining 50 foizini toʻlagandan keyin sotib oladilar. Tamaki mahsulotlari va alkogolli mahsulotlarni import qiluvchilar aksiz markalarini ularning nominal qiymati boʻyicha sotib oladilar.
(14-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-dekabrdagi 260-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 512-modda)
Aksiz markalarining qiymati aksiz soligʻi toʻlashda hisobga qoʻshilmaydi. Aksiz markalarini sotib olish xarajatlari (shu jumladan, ularning nominal qiymati), shuningdek, aksiz markalari bilan markalash boʻyicha xarajatlar tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar chiqimlariga tegishli boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar aksiz markalarini aksiz soligʻini toʻliq hajmda toʻlagandan keyin sotib oladilar.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 9-son, 88-modda)
Toʻlangan aksiz soligʻi import qiluvchilarga yuridik shaxslarga faqat kontrakt bekor qilinganda, foydalanilmagan (shu jumladan, shikastlangan) aksiz markalari topshirilgan shartlarda, jismoniy shaxslarga esa foydalanilmagan (shu jumladan, shikastlangan) aksiz markalari taqdim etilgan shartlarda qaytarilishi mumkin”.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-maydagi 219-sonli qarori tahririda)
III. AKSIZ MARKALARINI HISOBGA OLISH VA SAQLASH TARTIBI
15. Aksiz markalari qatʼiy hisobda turadigan blankalar hisoblanadi.
16. Aksiz markalari saqlanishi va ulardan belgilangan maqsadda foydalanish boʻyicha javobgarlik mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga va import qiluvchilarga yuklanadi.
17. Aksiz markalari aksiz soligʻi toʻlovchilari tomonidan, transportda tashish xarajatlari kiritilmagan holda, nominal qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
18. Soliq va bojxona organlari aksiz markalari hisobdan chiqarilishining toʻgʻriligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishlari shart.
IV. XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING JAVOBGARLIGI
Oldingi tahrirga qarang.
(19 va 20-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz markalari bilan markalanmagan alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan, ularni olib kelayotgan va sotayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1861-moddasi.
V. AKSIZLANISHI KERAK BOʻLGAN TOVARLARNI MARKALASHNI NAZORAT QILISH
Oldingi tahrirga qarang.
20. Aksiz markalaridan foydalanish va ularni sotish, shuningdek aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni savdo tarmogʻi (chakana, ulgurji) orqali sotishni nazorat qilish davlat soliq va bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(22-bandning tartib raqami Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qaroriga muvofiq 20-bandga oʻzgartirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(“Ishlab chiqariladigan aksiz tovarlarini markalashning va aksiz soligʻining budjetga kelib tushishining prinsipial sxemasi” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-dekabrdagi 260-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“Import qilinadigan aksiz tovarlarini markalashning va budjetga aksiz soligʻi kelib tushishining prinsipial sxemasi” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-dekabrdagi 260-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“Jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinadigan aksiz tovarlarini markalashning va budjetga aksiz soligʻi toʻlashning prinsipial sxemasi” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-dekabrdagi 260-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 512-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)