O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XALQ XO‘JALIGIDA HISOB-KITOBLAR O‘Z VAQTIDA O‘TKAZILISHI UCHUN KORXONA VA TASHKILOTLAR RAHBARLARINING MAS’ULIYATINI OSHIRISH BORASIDAGI CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun iste’molchilarning o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlarini ta’minlash, xalq xo‘jaligida to‘lov intizomining ahvoli uchun rahbarlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tovarlar amalda jo‘natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan kundan boshlab to‘qson kun o‘tgandan keyin, yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablag‘lar kelib tushmaganligi muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblansin, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi mavjudligiga yo‘l qo‘yayotgan ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxona rahbarlari va bosh buxgalterlariga nisbatan juda qattiq ma’muriy va moddiy javobgarlik choralari, hatto jinoiy javobgarlikka tortish chorasi qo‘llanilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
3. O‘zbekiston Respublikasining Prokuraturasi to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan iste’molchilarga mahsulot yetkazib berayotgan (ishlar, xizmatlarni bajarayotgan) mansabdor shaxslarni javobgarlikka, shu jumladan jinoiy javobgarlikka tortish ustidan nazoratni ko‘chaytirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF–5684-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6325/0972-son)
6. O‘zbekiston Respublikasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi vazirliklar, davlat qo‘mitalarining, hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralarining korxonalar va tashkilotlar bo‘yicha debitorlik-kreditorlik qarzi, shu jumladan muddati o‘tib ketgan qarzdorlik holati to‘g‘risida har oylik statistika hisobotini ishlab chiqsin va 1995-yilning iyulidan joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat mulki qo‘mitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan xo‘jalik subyektlarining kasodga uchraganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda ishlarni qo‘zg‘atish borasidagi faoliyatni kuchaytirsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 980-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi amaldagi qonunlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 12-may,
PF-1154-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 5-son, 89-modda; 1999-y., 7-son, 168-modda; 2003-y., 6-7-son, 92-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6325/0972-son)