|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.05.2017
|
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
PIShGAN GʻIShT IShLAB ChIQARUVChI KORXONALAR TOMONIDAN SOLIQ IMTIYOZLARI VA PREFERENSIYALARNI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-iyulda 1985-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 16-maydagi 48, 2017-20-sonli “Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1985-2, 23.05.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-iyul,
73-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-iyul,
2009-23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 22-iyuldagi 73, 2009-23-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
I.UMUMIY QOIDALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2009-yilning 1-iyulidan 2012-yilning 1-yanvariga qadar maxsus pechlardan (aylanma, tunnelsimon va boshqalar) foydalangan holda, zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar quyidagilarni toʻlashdan ozod qilinadilar:
a) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
b) qoʻshilgan qiymat soligʻi;
v) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
g) suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq;
d) mol-mulk soligʻi;
e) yer soligʻi;
j) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi;
z) yagona soliq toʻlovi;
i) tovarlarni realizatsiya qilish hajmidan hisoblab chiqariladigan davlat maqsadli jamgʻarmalarga va Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar.
(1-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4, 2011-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1985-1, 16.02.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)
2. 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab maxsus pechlardan foydalangan holda pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash majburiyati saqlangan holda yagona soliq toʻloviga oʻtish huquqi beriladi.
3. Soliq imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2005-yil, 14-son, 105-modda) bilan tartibga solinadi.
II. IMTIYOZ VA PREFERENSIYALARNI QOʻLLASh TARTIBI
4. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar asosiy faoliyat turi — zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqarishga:
gazda ishlaydigan korxonalarga — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli hududiy organining xulosasiga asosan ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda;
koʻmirda ishlaydigan korxonalarga — Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining xulosasiga asosan ushbu Nizomning 1a - ilovasida keltirilgan shaklda taqdim etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4, 2011-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1985-1, 16.02.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)
5. Korxonalar davlat soliq xizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga va Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod etilganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomani ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda taqdim etadilar. Xabarnomaga maxsus pechlardan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxona ekanligini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli hududiy organining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining xulosasi ilova qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4, 2011-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1985-1, 16.02.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)
6. Maxsus pechlardan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqarishni amalga oshirish bilan birga boshqa faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi korxonalar ushbu faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qonun hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda toʻlashlari lozim.
7. Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan preferensiyalardan foydalanishda mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi xabarnomaga korxona maxsus pechlardan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi ekanligini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli hududiy organining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining xulosasini ilova qiladilar. Yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi xabarnoma Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4, 2011-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1985-1, 16.02.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)
8. 2012-yilning 1-yanvaridan keyin tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun, ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan preferensiyalar, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab taqdim etiladi.
III. YAKUNIY QOIDALAR
9. Soliq imtiyozlari va preferensiyalarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
10. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi Sh.MAXMUDOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-iyul
Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
|
XULOSA | |||
Ushbu bilan ________________________________manzil boʻyicha joylashgan | |||
| ________________________________________ ____ yil “__” _________dan | |||
|
(korxonaning toʻliq nomi) |
| | |
| boshlab, maxsus pechlardan____________________________________________ | |||
| |
(pechning nomi va turi) | ||
|
foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqarishni amalga oshirayotganligini tasdiqlaymiz. | |||
|
|
| _______________ | |
| | | |
(imzo, F.I.Sh) |
| | |
M.Oʻ |
|
Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
|
XULOSA | |||
| Ushbu bilan _______________________________ manzil boʻyicha joylashgan | |||
| __________________________________________ _____ yil “__” ______ dan | |||
|
(korxonaning toʻliq nomi) |
| | |
| boshlab, koʻmirda ishlaydigan maxsus pechlardan | |||
| _________________________________________________________________ | |||
|
(pechning nomi va turi) | |||
| foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqarishni amalga oshirayotganligini tasdiqlaymiz. | |||
| Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining boshligʻi |
_______________________________ | ||
| | |
(imzo, F.I.Sh.) | |
| | | M.Oʻ. | |
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4, 2011-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1985-1, 16.02.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)
Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4, 2011-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1985-1, 16.02.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 350-modda; 2011-y., 7-8-son, 69-modda)