|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2018
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK PROTSESSUAL KODEKSI
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 477-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi sababli mazkur Kodeks ham 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan.
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-BOB. ASOSIY QOIDALAR
1-modda. Sud orqali himoyalanish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 10-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 9-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi 18-sonli “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli.
Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
Sudga murojaat qilish ushbu Kodeksda belgilangan shakllarda amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 148 va 150-moddalari.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
2-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buyruq tartibidagi ishlarni, daʼvo tartibidagi ishlarni, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar boʻyicha ishlarni hamda alohida tartibda yuritiladigan ishlarni koʻrib chiqish va hal etish tartibini belgilaydi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
21-modda. Maʼmuriy sudlarda sud ishlarini yuritish
Maʼmuriy sudlarda sud ishlarini yuritish fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
3-modda. Xalqaro shartnomalar
Basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
4-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari
Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining* huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini toʻgʻri, oʻz vaqtida koʻrib chiqish va hal etishdan iboratdir.
* Bundan keyin matnda “tashkilotlar” deb yuritiladi.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar oʻrtasida tinchlik va milliy totuvlikni taʼminlashga koʻmaklashishi lozim.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-moddasi.
5-modda. Sudda fuqarolik ishi qoʻzgʻatish
Sud fuqarolik ishini quyidagi hollarda qoʻzgʻatadi:
1) oʻzining huquqi yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning arizasi boʻyicha;
2) prokurorning arizasi boʻyicha;
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasi.
3) agar davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunga muvofiq boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga haqli boʻlsalar, ularning bergan arizalari boʻyicha.
Masalan, qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 31-moddasi ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 13-moddasi birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasi birinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi, 13-moddasi birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi.
Shuningdek, qarang: mazkur Kodeksning 48-moddasi va 15-bobi (“Ish qoʻzgʻatish”).
6-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan hamda fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirilishi
Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlov faqat sud tomonidan hamda barcha fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 3 va 6-moddalari.
7-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi
Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalar ishlarni qonun asosida, ishning holatiga muvofiq, sudyalarga chetdan taʼsir koʻrsatish mumkin boʻlmaydigan sharoitda hal qiladilar.
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 3-bandining birinchi xatboshisi.
8-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi
Fuqarolik sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi.
9-modda. Sud ishlari yuritiladigan til
Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi.
Sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxslarga ishga taalluqli materiallar bilan oʻz ona tilida toʻliq tanishib chiqish, ona tilida koʻrsatuv va tushuntirishlar berish, sudda soʻzlash, arz bilan murojaat etish va iltimosnomalar taqdim etish, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan tartibda tarjimonning xizmatidan foydalanish huquqi taʼminlanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 168-moddasi.
Sud hujjatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning ona tillariga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
10-modda. Sudda ish koʻrishning oshkoraligi
Barcha sudlarda ishlar oshkora koʻriladi, davlat yoki tijorat sirlarini saqlash manfaatlariga zid boʻlgan hollar bundan mustasno.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 98-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning hayotiga taalluqli maʼlumotlar oshkor boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek farzandlikka olish siri va yozishmalar siri saqlanishini taʼminlash maqsadida sudning asoslantirilgan ajrimiga binoan, ish sudning yopiq majlisida koʻrilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Qarang: mazkur Kodeks 162-moddasining ikkinchi qismi, 188-moddasi, 2855-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 8-sonli “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
Ish sudning yopiq majlisida koʻrilganida ishda ishtirok etayotgan shaxslar, zarur hollarda esa, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ham qatnashadilar.
Ish sudning yopiq majlisida sudlov ishlari yuritishning barcha qoidalariga rioya qilingan holda koʻriladi.
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora eʼlon qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: mazkur Kodeksning 202-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Sudda ishni koʻrishning bevositaligi va ogʻzakiligi
(11-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Birinchi instansiya sudi fuqarolik ishini koʻrayotganida ishga oid dalillarni bevosita tekshirishi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatmalarini, ekspertlar va mutaxassislarning xulosalarini eshitishi, yozma dalillar bilan tanishishi, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirishi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 13-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 4-bandi.
Ishni koʻrish ogʻzaki ravishda oʻtadi. Ishni koʻrish jarayonida sudya almashtirilgan taqdirda, ish boshidan qayta koʻrilishi kerak.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
12-modda. Ishlarni amaldagi qonun hujjatlari asosida hal qilish
Sud ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari asosida hal qilishi shart. Sud, agar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga zid boʻlmasa, boshqa normativ hujjatlarni ham qoʻllanadi.
Sud qonunga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatning huquq normalarini ham qoʻllaydi.
Nizoli munosabatni tartibga soladigan qonun boʻlmagan taqdirda, sud shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan qonunni tatbiq etadi, bordi-yu, bunday qonun ham boʻlmasa, respublika qonun hujjatlarining umumiy asoslari va maʼnosiga tayanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 5, 6-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 13-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 2-bandi.
13-modda. Fuqarolik ishlarining yakka tartibda va hayʼat tomonidan koʻrilishi
Barcha birinchi instansiya sudlarida ishlar sudyaning yakka oʻzi tomonidan koʻriladi. Ishni sudyaning yakka oʻzi koʻrganida, u sud nomidan ish yuritadi.
Ishni apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudida, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida ishlar apellatsiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida uch nafar sudyadan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida — Rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda koʻriladi.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
14-modda. Sud tomonidan masalalarni hal qilish tartibi
Ishni koʻrish chogʻida kelib chiqadigan hamma masalalar sudyaning yakka oʻzi tomonidan, ishni sudyalar hayʼati koʻrayotgan hollarda esa, sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan hal etiladi. Sud qarorlari maslahatxonada chiqariladi va yozma ravishda tuziladi. Qaror chiqarish vaqtida boshqa shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Har bir masala hayʼat tomonidan hal qilinayotganida sudyalarning birortasi ham ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi. Ozchilik tomonida qolgan sudya oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqli, uning bu fikri ishga qoʻshib qoʻyiladi, biroq eʼlon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi.
Alohida fikr bayon qilingan sud qarori u qonuniy kuchga kirganidan keyin ish bilan birga qoʻshib, qarorga nisbatan protest keltirish masalasini hal qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuboriladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
15-modda. Ishning haqiqiy holati, taraflarning huquq va majburiyatlari sud tomonidan aniqlanishi
Sud taqdim etilgan materiallar va tushuntirishlar bilan cheklanmasdan, ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har taraflama, toʻliq va xolisona aniqlash uchun qonunga asoslangan holda choralar koʻrishga haqli.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi, ularni protsessual harakatlarni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslikning oqibatlari toʻgʻrisida ogohlantirishi hamda ularga oʻz huquqlarini roʻyobga chiqarishlarida yordam koʻrsatishi lozim.
16-modda. Sud chiqargan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrugʻining majburiyligi
Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrugʻi barcha davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi.
Sudning hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruqning majburiyligi manfaatdor shaxslarni oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni soʻrab, basharti bu huquqlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarga daxldor nizo sudda koʻrib chiqilmagan va hal etilmagan boʻlsa, sudga murojaat qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: mazkur Kodeksning IV boʻlimi (“Sud qarorlarining ijrosi”) va Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
17-modda. Sud faoliyati ustidan yuqori sudlarning nazorati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudining, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va harbiy sudlarning sudlov faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 13-moddasining ikkinchi qismi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudlov faoliyatini nazorat qiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 30-moddasining uchinchi xatboshisi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tegishli viloyat, Toshkent shahri hududidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudlov faoliyatini nazorat qiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 30-moddasining uchinchi xatboshisi.
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi okrug va hududiy harbiy sudlarning sudlov faoliyatini nazorat qiladi.
(17-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
2-BOB. SUD QARORLARI VA BAYoNNOMALARI
18-modda. Sud qarorlari
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrilayotgan va hal etilayotgan masalalar boʻyicha sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: mazkur Kodeksning 19-moddasi, 18 (“Sudning hal qiluv qarori”), 19 (“Sirtdan hal qiluv qarori chiqarish”) 20-boblari (“Birinchi instansiya sudining ajrimlari”), 2383, 315-moddalari.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Sud hal qiluv qarorlari, ajrimlar, qarorlarni faqat sud majlisida tekshirilgan materiallar bilan asoslaydi.
Sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi lozim.
19-modda. Sudning xususiy ajrimi (qarori)
Sud fuqarolik ishini koʻrayotganida ayrim mansabdor shaxslar yoki fuqarolar tomonidan qonuniylik va huquq-tartibot buzilganligini aniqlasa, xususiy ajrim (qaror) chiqarib, uni tegishli organlar va mansabdor shaxslarga yuboradi, bu shaxslar oʻzlari koʻrgan choralar toʻgʻrisida sudga xabar qilishlari shart. Bunday xabar xususiy ajrimning (qarorning) nusxasi olingan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida maʼlum qilinishi lozim.
Agar sud fuqarolik ishini koʻrayotganida taraflarning yoki boshqa shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Birinchi instansiya sudining xususiy ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 25-maydagi 7-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining uchinchi xatboshisi va 6-bandining oʻn ikkinchi xatboshisi.
20-modda. Bayonnoma yuritishning shartligi
Sudning har bir sud majlisi toʻgʻrisida, shuningdek sud majlisidan tashqari qilingan har bir alohida protsessual harakat toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi 4-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 4-bandi.
21-modda. Bayonnomaning mazmuni
Sud majlisining bayonnomasida ishni koʻrishning yoki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi lozim. Sud majlisining bayonnomasida, xususan, quyidagilar koʻrsatiladi:
1) sud majlisi boʻlib oʻtgan yil, oy, kun va joy;
2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt;
3) ishni koʻrayotgan sudning nomi, sud tarkibi va sud majlisining kotibi;
4) ishning nomi;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga koʻmaklashayotgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
6) sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi;
7) ushbu moddaning 5-bandida koʻrsatilgan shaxslarga chaqiruv qogʻozi topshirilganligi toʻgʻrisidagi va ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari haqidagi maʼlumotlar;
8) raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 25-maydagi 7-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi va 3-bandi.
9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari;
10) sudga taqdim etilgan hamma yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalarini ogʻzaki tushuntirishlari, mutaxassislarning fikrlari, ashyoviy va yozma dalillarni koʻzdan kechirishga taalluqli maʼlumotlar;
12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri;
13) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori oʻqib eshittirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
22-modda. Bayonnoma tuzish
Bayonnoma kotib tomonidan sud majlisining oʻzida yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganida majlisdan tashqarida tuziladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlari ish uchun ahamiyatli deb hisoblagan holatlarni bayonnomaga kiritish toʻgʻrisida iltimosnomalar taqdim etishga haqlidirlar.
Taraflarning, uchinchi shaxslarning oʻzlari qoʻygan talablardan butunlay yoki qisman voz kechganligi, qoʻyilgan talablarga iqrorligi, ishni kelishuv bitimi bilan tamomlash toʻgʻrisidagi arizalari bayonnomaga kiritilib, tegishli boʻlishiga qarab, taraflarning biri yoki ikkalasi tomonidan imzolanadi. Bayonnoma sud majlisi tamom boʻlganidan yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganidan keyin kechi bilan uch kunda raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanishi kerak. Kiritilgan barcha oʻzgarishlar, tuzatishlar, qoʻshimchalar haqida bayonnomada izoh berilishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 18-sonli “Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash va ularni koʻrish muddatlari toʻgʻrisida”gi qarorining 14-bandi.
23-modda. Bayonnoma yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va u imzolangan kundan eʼtiboran besh kun ichida unda yoʻl qoʻyilgan notoʻgʻriliklarni yoki uning toʻliq emasligini koʻrsatib, bayonnoma yuzasidan yozma ravishda fikr bildirishga haqlidirlar.
Bayonnoma yuzasidan bildirilgan yozma fikrlarni raislik qiluvchi koʻrib chiqib, ularga qoʻshilsa, bu fikrlarning toʻgʻriligini tasdiqlaydi va sud majlisining bayonnomasiga qoʻshib qoʻyadi.
Raislik qiluvchi bildirilgan yozma fikrlarga qoʻshilmasa, ular sud majlisida koʻrib chiqiladi. Bildirilgan yozma fikrlar hamma hollarda ham ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak.
Bayonnoma yuzasidan bildirilgan yozma fikrlar ular topshirilgan kundan eʼtiboran yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻrib chiqilishi kerak. Biroq ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmasligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan yozma fikrlar toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
24-modda. Yoʻqolgan sud ishini tiklash
Fuqarolik ishi boʻyicha yoʻqolgan sud ishini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga, shuningdek oʻz tashabbusiga binoan tiklashi mumkin.
Yoʻqolgan sud ishi toʻliq yoxud uning birinchi instansiya yoki yuqori instansiya sudi fikriga koʻra tiklanishi zarur boʻlgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, albatta tiklanishi shart.
Yoʻqolgan sud ishini tiklash toʻgʻrisidagi ariza ishni koʻrgan sudga beriladi.
Arizada ishga doir maʼlumotlar toʻliq bayon etilishi lozim. Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa ham, arizaga ilova qilinadi.
Sud ishni koʻrish vaqtida ishning saqlanib qolgan qismidan, sud ishi yoʻqolguniga qadar undan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning nusxalaridan, ishga daxldor boʻlgan boshqa maʼlumotlar va qogʻozlardan foydalanadi.
Sud protsessual harakatlarni bajarish vaqtida hozir boʻlgan shaxslarni, zarur hollarda esa, yoʻqolgan sud ishini koʻrgan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin.
Toʻplangan materiallar yoʻqolgan sud ishini aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, sud ishini tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda daʼvo taqdim etishga haqli.
Arizachi yoʻqolgan sud ishini tiklash toʻgʻrisidagi ishni koʻrish vaqtida sud tomonidan sarf qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinadi. Bila turib yolgʻon ariza berilgan boʻlsa, sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 103-moddasi.
3-BOB. SUDYA VA PROTSESSNING BOShQA IShTIROKChILARINI RAD QILISh
25-modda. Sudyani rad qilish asoslari
Quyidagi hollarda sudyaning ishni koʻrishi mumkin boʻlmaydi va u rad qilinadi, agar:
1) ishning pirovard natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa, yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa;
2) shu ish ilgari koʻrilganida guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon, vakil, prokuror, sud majlisining kotibi sifatida qatnashgan boʻlsa;
3) ishda ishtirok etuvchi tarafning yoki boshqa shaxslarning qarindoshi boʻlsa.
Bir-biriga qarindosh shaxslar sud tarkibiga kirishi mumkin emas.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi.
26-modda. Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisining kotibini rad qilish asoslari
Ushbu Kodeksning 25-moddasi 1 va 3-bandlarida koʻrsatilgan rad qilish asoslari prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisining kotibiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Agar ekspert, mutaxassis va tarjimon ishda ishtirok etuvchi taraflarga yoki boshqa shaxslarga xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda qaram boʻlsa, ekspert va mutaxassis esa shuningdek, taftish oʻtkazgan yoki xulosa ham bergan boʻlib, ularning materiallari mazkur fuqarolik ishini qoʻzgʻatishga asos boʻlib xizmat qilgan boʻlsa, ularni rad qilish toʻgʻrisida arz qilinishi mumkin.
27-modda. Ishni koʻrishda sudyaning takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Fuqarolik ishini birinchi instansiya sudida koʻrgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi tomonidan yoxud sud nazorati tartibida bekor qilingan boʻlsa, bu ishni takror koʻrishi mumkin emas.
Fuqarolik ishini birinchi instansiya sudida koʻrgan sudya shu ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud sud nazorati tartibida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya sudida yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud sud nazorati tartibida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya sudida yoki apellatsiya instansiyasi sudida yoxud sud nazorati tartibida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni sud nazorati tartibida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Shuningdek, qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarori 26-bandi, 31-bandining uchinchi xatboshisi.
(27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
28-modda. Rad qilish haqida ariza berish
Ushbu Kodeksning 25, 26 va 27-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlsa, prokuror, sudya, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi bu haqda sudga arz qilishi (oʻz-oʻzini rad qilishi) shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham yuqoridagi asoslar boʻyicha rad qilish haqida arz qilishlari mumkin.
Rad qilish haqidagi arz asoslangan boʻlishi va ishni mazmunan koʻrish boshlanguniga qadar maʼlum qilinishi lozim. Rad qilish haqida kechikib arz qilishga rad qilish uchun asoslar sudga yoki rad qilishni soʻrab arz qilgan shaxsga ishni koʻrish boshlab yuborilganidan soʻng maʼlum boʻlib qolgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
29-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani hal qilish tartibi
Rad qilish toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab qilinayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning soʻzlarini ham eshitishi kerak.
Sudyani rad qilish masalasi rad qilinishi talab qilingan sudyaning ishtirokisiz, qolgan sudyalar tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi.
Ikki sudyani yoki sudning butun tarkibini rad qilish talab qilinganida rad qilish masalasi shu sudning toʻliq tarkibida oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi.
Ishni yakka tartibda koʻradigan sudyani rad qilish masalasi sud raisi tomonidan, sud tarkibi bir kishidan iborat boʻlsa, shu sudya tomonidan hal etiladi.
Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisining kotibini rad qilish masalasini ishni koʻrib chiqayotgan sud hal qiladi.
Rad qilish masalasini hal qilish uchun sudya (sud) alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqadi va rad qilish talabini qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
30-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
Sudya rad qilingan taqdirda ish fuqarolik ishlari boʻyicha shu tumanlararo, tuman (shahar) sudida, lekin boshqa sudya tomonidan koʻriladi yoki ish koʻrish uchun fuqarolik ishlari boʻyicha boshqa tumanlararo, tuman (shahar) sudiga oʻtkaziladi.
Ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudida, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudida koʻrilayotganida sudya yoki sudning butun tarkibi rad qilingan taqdirda ish shu sudning oʻzida, lekin boshqa sud tarkibida koʻriladi.
Agar Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudida, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat sudida yoki fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida ushbu Kodeksning 27-moddasida koʻrsatilgan sabablarga koʻra rad qilish qanoatlantirilganidan keyin shu ishni koʻrish uchun sudning yangi tarkibini tashkil qilishga imkon boʻlmasa, ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga oʻtkazilishi lozim. Bunday hollarda ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan koʻriladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining farmoyishiga binoan koʻrish uchun boshqa tegishli sudga yuboriladi.
(30-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
4-BOB. SUDGA TAALLUQLI IShLAR
31-modda. Fuqarolik ishlarining sudlarga taalluqliligi
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga quyidagi ishlar taalluqli:
1) taraflardan hech boʻlmaganda bittasi fuqaro boʻlgan nizolarga doir ishlar, bundan qonunda bunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshirilgan hollar mustasno;
2) ushbu Kodeksning 279-moddasida sanab oʻtilgan alohida tartibda koʻriladigan ishlar;
3) qonun bilan ularning vakolatiga berilgan boshqa ishlar.
Maʼmuriy sudlarga davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, shuningdek ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyat va arizalar boʻyicha ishlar taalluqlidir.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
32-modda. Bir-biri bilan bogʻliq bir qancha talablarning sudga taalluqliligi
Bir-biri bilan bogʻliq boʻlib, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa, iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan bir qancha talablar birlashtirilganida, bu talablarning hammasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrilishi kerak.
Bir-biri bilan bogʻliq boʻlib, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa, maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir qancha talablar birlashtirilganida, bu talablarning hammasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrilishi kerak.
(32-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
5-BOB. PROTSESS IShTIROKChILARI
33-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, protsessda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb tan olinadi.
34-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxalar koʻchirish, rad etish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda koʻrish davomida tugʻiladigan hamma masalalar boʻyicha oʻzlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi eʼtirozlar bildirish, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrugʻi ustidan shikoyat qilish, sud chiqargan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyruqning majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisining harakatlari vaqtida hozir boʻlish va oʻz huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadirlar.
(34-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadilar.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishlari va oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlari shart.
35-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar
Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, yozma va ashyoviy dalillarni saqlovchilar, xolislar va ijro ishlarini yuritishda mol-mulkni saqlovchilar odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar hisoblanadi.
36-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar oʻz tushuntirishlarini ogʻzaki yoki yozma ravishda bayon qilishga, yozuvlardan foydalanishga, shuningdek ushbu Kodeksda oʻzlariga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanishga haqlidirlar.
Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar oʻz zimmalariga yuklatilgan protsessual majburiyatlarni bajarishlari lozim.
37-modda. Fuqarolik protsessual huquq layoqati
Barcha fuqarolar va tashkilotlarning fuqarolik protsessual huquq va majburiyatlarga ega boʻlish layoqati (huquq layoqati) tengligi eʼtirof etiladi.
38-modda. Fuqarolik protsessual muomala layoqati
Sudda oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va tashkilotlarga tegishlidir.
Voyaga yetmagan, yaʼni yoshi oʻn toʻrtdan oʻn sakkizgacha boʻlgan fuqarolarning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari sudda ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylar tomonidan himoya qilinadi. Ammo bu hol voyaga yetmaganlarni va muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarni bunday ishlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi.
Mehnat bilan bogʻliq huquqiy munosabatlardan va olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha voyaga yetmaganlar sudda oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga egadirlar. Bunday ishlarda voyaga yetmaganlarga yordam berish uchun ularning ota-onalarini, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylarni jalb qilish masalasini sud hal etadi.
Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muomalaga toʻla layoqatli deb eʼlon qilingan (emansipatsiya) taqdirda sudda oʻz huquqlari va majburiyatlarini shaxsan amalga oshirishi mumkin.
Yosh bolalarning, yaʼni oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan fuqarolarning, shuningdek ruhiy kasallik yoki aqli zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylar himoya qiladilar.
39-modda. Taraflar
Daʼvogar va javobgar fuqarolik protsessining taraflaridir.
Daʼvogar — oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini koʻzlab ish qoʻzgʻatilgan shaxs.
Javobgar — sud tomonidan daʼvogarning buzilgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari yuzasidan javob berish uchun jalb qilingan shaxs.
40-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari
Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega boʻladilar.
Daʼvogar oʻz arzida bayon qilingan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, daʼvo talablarining miqdorini oshirishga yoki kamaytirishga, ulardan butunlay yoki qisman voz kechishga haqli.
Javobgar daʼvogarning talabini toʻliq yoki qisman tan olishga haqli.
Daʼvo ishining taraflari protsessning istalgan bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqlidirlar.
Agar daʼvogarning daʼvodan voz kechishi, javobgarning daʼvoni tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi qonunga xilof boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, sud daʼvodan voz kechishni, daʼvoni tan olishni qabul qilmaydi va kelishuv bitimini tasdiqlamaydi.
41-modda. Protsessda birgalikda ishtirok etish
Sudga bir necha daʼvogar (sherik daʼvogarlar) tomonidan birgalikda yoki bir necha javobgarga (sherik javobgarlarga) nisbatan talab qoʻyilgan ariza berilishi mumkin.
Daʼvogarlar va javobgarlardan har biri boshqa tarafga nisbatan protsessda mustaqil ravishda ishtirok etadi. Uchinchi shaxslar ham protsessda birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
Protsessda birgalikda ishtirok etishga daʼvo ishlarida, davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat hamda arizalar boʻyicha ishlarda va alohida tartibda koʻriladigan ishlarda yoʻl qoʻyiladi.
Birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishlari mumkin.
42-modda. Ishga daxldor boʻlmagan tarafni almashtirish
Sud arz qilingan talab uni ilgari surish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoki daʼvogarning arizasi boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan taqdim etilganligini aniqlasa, daʼvogarning roziligi bilan dastlabki daʼvogar yoki javobgar ishga daxldor daʼvogar yoki javobgar bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin.
Agar daʼvogar oʻzining boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi boʻlmasa, bu shaxs nizo predmeti yuzasidan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirishishga haqli.
Agar daʼvogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi boʻlmasa, sud bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb qilishga haqli.
Ishga daxli boʻlmagan tarafni almashtirish haqida sud ajrim chiqaradi.
Taraf almashtirilganidan yoki nizo predmeti yuzasidan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ishga kirishganidan yoxud ikkinchi javobgar jalb qilinganidan keyin ishni koʻrish yangidan boshlanadi.
Agar protsessga mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs kirishmasa, ishga daxldor boʻlmagan daʼvogar esa, arz qilgan talablaridan voz kechmasa, ish mazmunan koʻriladi.
43-modda. Protsessual huquqiy vorislik
Nizoli yoki sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi va h. k.) sud bu shaxslar ularning huquqiy vorislari bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyadi. Huquqiy vorislik protsessning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Huquqiy vorisning protsessga kirishganligi haqida sud ajrim chiqaradi.
Huquqiy voris protsessga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga oʻrnini boʻshatib bergan shaxsga qay darajada majburiy boʻlgan boʻlsa, huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir. Protsessual huquqiy vorislik amalga oshirilganida oʻz huquqini topshirgan shaxs sud protsessining qaysi bosqichidan chiqib ketgan boʻlsa, ishni koʻrib chiqish shu bosqichdan davom ettiriladi, lekin huquqiy voris ishga doir hamma materiallar bilan tanishishga haqli.
44-modda. Mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud hal qiluv qarorini chiqarguniga qadar ishga kirishishlari mumkin. Ular daʼvogarning hamma huquqlaridan foydalanadilar va uning hamma majburiyatlarini oʻz zimmalariga oladilar.
45-modda. Mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish boʻyicha chiqariladigan hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan boʻlgan huquq va majburiyatlariga taʼsir etadigan boʻlsa, sud hal qiluv qarori chiqarguniga qadar daʼvogar yoki javobgar tomonida ishga kirishishlari mumkin. Shuningdek ular taraflarning, prokurorning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha yoki sudning tashabbusi bilan ishda ishtirok etishga jalb qilinishlari mumkin.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar taraflarning protsessual huquqlaridan foydalanadilar va ularning protsessual majburiyatlarini oʻz zimmalariga oladilar, arz qilingan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, ulardan voz kechish bundan mustasno.
Agar mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs oʻz harakati yoki harakatsizligi oqibatida daʼvogarning huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida arz qilingan talablarni tan olsa, sud majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarishga haqli. Aynan shunday hollarda, daʼvogar va mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilishiga yoʻl qoʻyiladi.
46-modda. Protsessda prokurorning ishtiroki
Prokuror boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. Shuningdek prokuror boshqa shaxslar tashabbusi bilan qoʻzgʻatilgan ishni koʻrishda boshidan ishtirok etish huquqiga ega.
Qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda prokurorning qatnashishini zarur deb topgan hollarda fuqarolik ishini koʻrishda, shuningdek prokurorning arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishlarda prokuror ishtirok etishi shart.
Qarang: mazkur Kodeks 272-moddasining ikkinchi qismi, 281-moddasining ikkinchi qismi, 2855, 288-moddalari, 294-moddasining ikkinchi qismi, 2972-moddasining birinchi qismi, 2976-moddasining birinchi qismi, 359-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 80-moddasining uchinchi qismi, 82-moddasining ikkinchi qismi, 83-moddasining beshinchi qismi, 151-moddasining uchinchi qismi.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandi va 22-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 25-bandining ikkinchi xatboshisi.
47-modda. Prokurorning protsessual huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror ushbu Kodeksning 34-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi hamda bundan tashqari, bergan arizasidan butunlay yoki qisman voz kechish, boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun oʻzi arz qilgan talablar boʻyicha sudga tushuntirishlar berish, ish mazmuni yuzasidan, shuningdek ishni koʻrish vaqtida kelib chiqqan ayrim masalalar boʻyicha oʻz fikrini bayon etish, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori yuzasidan protest keltirish huquqiga ega.
(47-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Agar daʼvogar rozi boʻlmasa, prokuror oʻzi arz qilgan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirish yoxud kamaytirishga haqli emas.
Prokurorning boshqa shaxsning huquqini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun bergan oʻz arizasidan voz kechishi, bu shaxsni suddan ushbu Kodeks 104-moddasining qoidalariga rioya etgan holda ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
48-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessida ishtirok etishi
Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat etish huquqiga egadirlar.
Masalan, qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 31-moddasi ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 13-moddasi birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasi birinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi, 13-moddasi birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi.
Shuningdek, qarang: mazkur Kodeks 5-moddasining 3-bandi.
Davlat boshqaruvi organlari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish, fuqarolar va davlatning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish yuzasidan xulosalar berish uchun sud tomonidan protsessda ishtirok etishga jalb qilinishlari yoki oʻz tashabbuslari bilan protsessga kirishishlari mumkin.
49-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessual huquq va majburiyatlari
Ushbu Kodeksning 48-moddasida koʻrsatilgan protsess ishtirokchilari Kodeksning 34-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquqlardan foydalanadilar, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun arz qilingan talablarni toʻliq yoki qisman qoʻllab-quvvatlash, ulardan voz kechish, oʻzlari arz qilgan talablar boʻyicha tushuntirishlar berish huquqiga egalar. Koʻrsatilgan organlar, tashkilotlar va fuqarolarning boshqa shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga bergan oʻz arizalaridan voz kechishlari ana shu shaxsni ushbu Kodeks 104-moddasining talablariga rioya qilgan holda ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
50-modda. Sudda vakillik qilish
Fuqarolar oʻz ishlarini sudda shaxsan va oʻz vakillari orqali yuritishlari mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan qatnashuvi uni shu ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi.
Tashkilotlar ishlarni oʻz rahbarlari yoki oʻz vakillari orqali yuritadilar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 05-sonli “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
51-modda. Qonuniy vakillik
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar yoki homiylar) himoya qiladilar.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 30 va 31-moddalari.
Belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim boʻlgan ish boʻyicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qoʻriqlash va boshqarish hamda shaxsiy huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 33-moddasi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda oʻlgan deb eʼlon qilingan shaxsning merosxoʻri qatnashishi lozim boʻlgan ish boʻyicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan boʻlsa, merosxoʻrning vakili sifatida vasiy yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs qatnashadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 36-moddasi.
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni vakil sifatida oʻzi tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 05-sonli “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandi va 5-bandining birinchi xatboshisi.
52-modda. Shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillik
Shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan ishonch bildiruvchi oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish boʻyicha sudda ish yuritishni vakilga topshiradi.
Quyidagilar shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil boʻla oladilar:
1) advokatlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 3 va 31-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 05-sonli “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandi ikkinchi xatboshisining 1-bandi.
2) nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari boʻyicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar aʼzolarining ishlari boʻyicha;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 05-sonli “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandi ikkinchi xatboshisining 4-bandi, 8-bandining birinchi xatboshisi.
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 05-sonli “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandi ikkinchi xatboshisining 5-bandi, 8-bandining birinchi xatboshisi.
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa ishtirokchilarning topshirigʻi boʻyicha;
7) ishni koʻrayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida qatnashishga ruxsat berilgan shaxslar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 05-sonli “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandi ikkinchi xatboshisining 7-bandi.
Sudda ish yuritish boʻyicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shugʻullanishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 3 va 31-moddalari.
(52-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 11-sentabrdagi OʻRQ-218-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 405-modda)
53-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada ifoda etilgan boʻlishi lozim.
Fuqarolar beradigan ishonchnomalarni notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslar tasdiqlaydilar.
Fuqarolar vakillarining sudda ish yuritish vakolatlari ishonch bildirayotgan shaxsning ogʻzaki arizasi bilan ham tasdiqlanishi mumkin, bu hol sud majlisining bayonnomasiga kiritilishi lozim.
Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxslarning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma boʻyicha ish yuritadilar.
Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilot muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(53-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Tashkilotlarning rahbarlari sudga oʻzlarining xizmat lavozimlari yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etadilar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 05-sonli “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
Advokatning vakolatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi.
54-modda. Vakilning vakolatlari
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga hamma protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi.
Shartnoma boʻyicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan butunlay yoki qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, daʼvogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sudning hal qiluv qarori (ajrimi) ustidan shikoyat berish, ijro varaqasini undiruvga qaratish, daʼvo taqdim etuvchiga tegishli deb qaror chiqarilgan mol-mulk yoki pulni olish vakolati toʻgʻrisida har bir alohida holda vakolat beruvchi tomonidan topshirilgan vakolatnomada maxsus izoh berilishi kerak.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 05-sonli “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi.
55-modda. Sudda vakillik qilishi mumkin boʻlmagan shaxslar
Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas:
1) voyaga yetmagan shaxslar;
2) vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar;
3) sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek, tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organining vakili sifatida qatnashgan hollar bundan mustasno.
6-BOB. DALILLAR
56-modda. Isbotlash vositalari
Taraflarning talablari va eʼtirozlarini asoslaydigan holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos boʻladigan har qanday faktik maʼlumot va ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar fuqarolik ishi boʻyicha dalil hisoblanadi. Bu maʼlumotlar quyidagi vositalar, yaʼni: taraflar va uchinchi shaxslar hamda ularning qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosasi bilan aniqlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 1, 19 — 27-bandlari.
Muallifi koʻrsatilmagan xatlar va manbai nomaʼlum boʻlgan yoki gʻayriqonuniy tarzda olingan boshqa maʼlumotlar dalil boʻla olmaydi.
57-modda. Isbotlash va dalillarni taqdim qilish majburiyati
Har bir taraf oʻzining talablari va eʼtirozlariga asos qilib koʻrsatgan holatlarni isbotlashi shart.
Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan boʻlsalar ham, ularni muhokamaga qoʻyadi.
Dalillar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ularga qoʻshimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Agar qoʻshimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tugʻdirsa, sud ularning iltimosnomasiga koʻra dalillar toʻplashda ularga yordam koʻrsatadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 2, 10-bandlari, 28-bandi “a” qichik bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 14-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 21-bandi.
58-modda. Dalillarning daxldorligi
Sud faqat ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan dalillarnigina koʻrishga qabul qiladi.
Sudning dalillar qabul qilishni yoki talab qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5, 6-bandlari.
59-modda. Isbotlash vositalariga yoʻl qoʻyilishi
Qonun boʻyicha ishning muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan holatlarini boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlash mumkin emas.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5, 27 va 28-bandlari.
60-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Sud hammaga maʼlum deb topgan holatlar isbotlashga muhtoj emas.
Bir fuqarolik ishi boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan faktlar oʻsha shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlarini koʻrayotganda yangidan isbot qilinmaydi.
Jinoyat ishi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilgan yoki etilmaganligi masalalari yuzasidangina majburiydir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
61-modda. Dalillarni taʼminlash
Oʻzlari uchun zarur boʻlgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi dyeyishga asosi boʻlgan shaxslar ariza berishidan oldin ham, keyin ham sudyadan bu dalillarni taʼminlashni iltimos qilishlari mumkin.
Xorijiy davlatlarning organlarida ish yuritish uchun zarur dalillar bilan taʼminlash davlat notarial idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
62-modda. Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza
Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza dalillarni taʼminlash bilan bogʻliq protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan hududda faoliyat olib borayotgan sudga beriladi.
Arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, bu dalillar bilan tasdiqlanishi kerak boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimos bilan murojaat qilishga undagan sabablar, shuningdek taʼminlanadigan dalillar zarur boʻlgan yoki ular keyinchalik asqotishi mumkin boʻlgan ish koʻrsatilishi kerak.
63-modda. Dalillarni taʼminlash tartibi
Dalillarni taʼminlash ushbu Kodeksda belgilangan dalillarni toʻplash va tekshirish qoidalari boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga dalillarni taʼminlash vaqti va joyi haqida maʼlum qilinadi, biroq ularning kelmasligi dalillarni taʼminlash haqidagi ariza koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi. Kechiktirish, shuningdek keyinchalik arizachi bilan kimning oʻrtasida nizo kelib chiqishini aniqlash mumkin boʻlmagan hollarda, dalillarni taʼminlash faqat birgina arizachining oʻzini xabardor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Dalillarni taʼminlash tartibida taraflarning, uchinchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi, guvohlar soʻroq qilinadi, ekspertiza tayinlanadi, yozma va ashyoviy dalillar talab qilib olinadi yoki koʻzdan kechiriladi, joyga borib koʻzdan kechirish oʻtkaziladi.
Dalillarni taʼminlash tartibida toʻplangan barcha materiallar ishni koʻrayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi.
64-modda. Dalillarni taʼminlash masalalari boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilish
Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
Dalillarni taʼminlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish yoki unga nisbatan xususiy protest keltirish mumkin.
65-modda. Sud topshiriqlari
Ishni koʻrayotgan sud dalillarni boshqa tuman yoki shaharda toʻplash zarur boʻlgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshiradi.
Sud topshirigʻi ajrim bilan rasmiylashtirilib, unda koʻrilayotgan ishning mohiyati, aniqlanishi zarur boʻlgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud toʻplashi lozim boʻlgan dalillar koʻrsatiladi. Bu ajrim qaysi sud nomiga yozilgan boʻlsa, oʻsha sud uchun majburiy boʻlib, oʻn besh kunlik muddat ichida bajarilishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
66-modda. Sud topshirigʻini bajarish tartibi
Sud topshirigʻini bajarish sud majlisida ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga binoan amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslarga majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida maʼlum qilinadi, biroq ularning kelmasligi topshiriqni bajarishga toʻsqinlik qilmaydi.
Sud topshirigʻi tartibida taraflar va uchinchi shaxslar yoxud ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish hamda tekshirish orqali aniqlanadigan faktik maʼlumotlar toʻplanishi mumkin.
Bayonnomalar va topshiriqni bajarish vaqtida toʻplangan materiallar ishni koʻrib chiqayotgan sudga darhol yuboriladi.
Agar topshiriqni bajarayotgan sudga tushuntirishlar yoxud koʻrsatuvlar bergan ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar ishni koʻrayotgan sudga kelsalar, ular umumiy tartibda tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar beradilar.
Qarang: mazkur Kodeksning 183 — 185-moddalari.
67-modda. Dalillarga baho berish
Sud dalillarga ishning hamma holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda, har taraflama, toʻliq va xolis koʻrib chiqish asosida ichki ishonch boʻyicha baho beradi.
Har bir dalil ishga daxldorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning hammasi esa, yetarli darajada toʻplangan yoki toʻplanmaganligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb eʼtirof etiladi.
Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 14 — 17-bandlari.
68-modda. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari
Taraflar va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining oʻzlariga maʼlum va ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi tushuntirishlari ish yuzasidan toʻplangan boshqa dalillar qatori tekshirilishi va baholanishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
Taraflardan biri oʻzining talablari yoki eʼtirozlariga asos qilib olgan faktlarni boshqa tarafning tan olishi birinchi tarafni bu faktlar isbotini davom ettirish zaruriyatidan ozod qiladi. Agar muayyan fakt xususida sudning shubhasi boʻlsa, bu fakt umumiy asoslarga koʻra isbotlanishi lozim.
Faktni tan olish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va tan olgan taraf uni imzolaydi. Agar faktni tan olish yozma arizada bayon etilgan boʻlsa, mazkur ariza ishga qoʻshib qoʻyiladi.
69-modda. Guvohlar
Ishga doir biror holatdan xabardor boʻlgan har qanday shaxs guvoh boʻla oladi.
Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va soʻroq qilinishi mumkin emas:
1) vakil yoki himoyachi vazifalarini bajarishlari munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlgan holatlar toʻgʻrisida — fuqarolik ishlari boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishlari boʻyicha himoyachilar;
2) jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli faktlarni toʻgʻri idrok qilishga yoki ular haqida toʻgʻri koʻrsatuv berishga layoqatsiz shaxslar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 21-bandining birinchi — uchinchi xatboshilari.
70-modda. Guvoh chaqirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma
Guvoh chaqirish haqida iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs guvohning ish uchun ahamiyatli boʻlgan qanday holatlarni tasdiqlay olishini koʻrsatishi, ismi, otasining ismi va familiyasini hamda yashash yoki ishlash joyini sudga maʼlum qilishi shart.
71-modda. Guvohning majburiyatlari va javobgarligi
Guvoh sifatida chaqirilgan shaxs sudga kelishi va toʻgʻri koʻrsatuv berishi shart.
Bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik, sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra koʻrsatuv berishni rad etganlik yoki undan boʻyin tovlaganlik uchun guvoh Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalariga muvofiq javobgar boʻladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 21-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
72-modda. Guvohlarni turar joylarida soʻroq qilish
Ishni koʻrayotgan sud joylashgan yerdan tashqarida doimiy yashaydigan va uzrli sabablarga koʻra sud majlisiga kelish imkoniga ega boʻlmagan guvohlar sudning tashabbusi bilan, taraflar yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosi yoxud guvohning oʻzi qilgan iltimos boʻyicha ishni koʻrayotgan sudning topshirigʻiga binoan, oʻzlari yashab turgan joydagi sud tomonidan soʻroq qilinishi mumkin. Bu guvohlar ishni koʻrayotgan sud majlisiga kelsalar, sud tomonidan soʻroq qilinadilar.
73-modda. Yozma dalillar
Yozma dalillar ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bayon etilgan hujjatlardan, xizmatga daxldor va shaxsiy yozishmalardan, shu jumladan faks, elektron yoki oʻzga aloqa vositasida yoxud hujjatning toʻgʻriligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan hujjatlardan iborat boʻladi.
(73-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 22-bandi.
74-modda. Yozma dalillar taqdim etish va talab qilib olish
Yozma dalil taqdim etuvchi shaxs dalil bilan ish uchun ahamiyatli boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini koʻrsatishi, talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etilganda esa, bu qanday dalil ekanligini koʻrsatishi va yozma dalil muayyan shaxsda deb hisoblashi uchun qanday asosi borligini ham bayon etishi shart.
Sud davlat organlari, tashkilotlar yoki fuqarolardan talab qilgan yozma dalillar bevosita sudga yuboriladi.
Sud yozma dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etgan shaxsga shu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqini beradigan soʻrov xati ham topshirishi mumkin.
75-modda. Yozma dalillarni taqdim etish majburiyati
Ishda ishtirok etmayotgan tashkilotlar va fuqarolar sud talab qilgan yozma dalillarni taqdim etish imkoniga ega boʻlmasalar, buni sudga maʼlum qilib, sababini koʻrsatishlari shart.
Sudga maʼlum qilinmagan taqdirda, shuningdek yozma dalil taqdim etish uzrli sababsiz rad qilingan taqdirda, sud bunda aybdor boʻlgan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solishi mumkin.
Jarima solish tegishli mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
76-modda. Yozma dalillarning aslini taqdim qilish
Qoida tariqasida, yozma dalillarning asli taqdim qilinadi. Agar hujjatning nusxasi taqdim etilgan boʻlsa, sud zarurat tugʻilsa, hujjatning aslini taqdim etishni talab qilishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 23-bandining uchinchi xatboshisi.
77-modda. Yozma dalillarni ular saqlanayotgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish
Yozma dalillarni sudga taqdim etish qiyin boʻlsa, masalan, ular nihoyatda koʻp boʻlsa yoki ulardan faqat bir qismi ish uchun ahamiyatli boʻlsa, sud ularning tegishli ravishda tasdiqlangan koʻchirmasini talab qilishi yoki dalillarni ular saqlanayotgan joyda koʻzdan kechirishi va tekshirishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 187 va 192-moddalari.
78-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish
Ishdagi hujjatning asli uni taqdim etgan shaxsning iltimosiga koʻra sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin qaytarib berilishi mumkin, bunday holda ishda hujjatning sudya tomonidan tasdiqlangan nusxasi qoldiriladi.
79-modda. Ashyoviy dalillar
Ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan narsalar ashyoviy dalillar hisoblanadi.
Ashyoviy dalilni taqdim etuvchi yoki talab qilib olishni iltimos qilayotgan shaxs shu dalil orqali ish uchun ahamiyatli boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkinligini koʻrsatishi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 25-bandi.
80-modda. Ashyoviy dalillarni talab qilib olish va taqdim etish tartibi
Ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmayotgan shaxslardan dalil sifatida biror ashyoni talab qilib olish haqida sudga iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs shu ashyoni taʼriflab berishi va bu ashyo u yoki bu shaxsda deb hisoblash uchun qanday asoslari borligini bayon etishi lozim.
Sud tashkilotlar va fuqarolardan talab qilgan ashyoviy dalillar bevosita sudga yuboriladi.
Sud ashyoviy dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etgan shaxsga shu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqini beradigan soʻrov xati ham topshirishi mumkin.
81-modda. Ashyoviy dalillarni taqdim etish majburiyati
Ishda ishtirok etmayotgan tashkilotlar va fuqarolar talab qilinayotgan ashyoni taqdim etish yoki sud belgilagan muddatda keltirish imkoniga ega boʻlmasalar, buni sudga maʼlum qilib, sababini koʻrsatishlari shart.
Sudga maʼlum qilinmagan taqdirda, shuningdek sudning ashyoni taqdim etish toʻgʻrisidagi talabi sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra bajarilmagan taqdirda, bunda aybdor boʻlgan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga va fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
Jarima solish tegishli mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud talab qilayotgan ashyoni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
82-modda. Tez buziladigan ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish
Oziq-ovqatlar va tez buziladigan boshqa ashyolar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud tomonidan darhol koʻzdan kechiriladi. Bunday ashyolar koʻzdan kechirilganidan keyin kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytariladi yoxud ulardan oʻz oʻrnida foydalanishi mumkin boʻlgan boshqa shaxslarga topshiriladi. Ashyo boshqa shaxsga berilgan taqdirda uning egasiga oʻsha xil va oʻsha sifatdagi buyumlar yoki qaytarish vaqtidagi bahosi boʻyicha ularning qiymati qaytarib berilishi kerak.
83-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish
Ashyoviy dalillar sudning ajrimiga binoan ishga qoʻshib qoʻyiladi va ishda saqlanadi yoki alohida roʻyxat qilinib, sudning ashyoviy dalillar saqlanadigan xonasiga topshiriladi.
Sudga keltirib boʻlmaydigan ashyolar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil taʼriflanishi, surgʻuchlangan, zarur hollarda esa, foto yoki video suratga ham olingan boʻlishi lozim.
Ashyoviy dalillar sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan boʻlsa, oʻsha shaxslarga beriladi.
Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin basharti, ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berish haqida iltimosnoma taqdim etgan boʻlsalar va bunday iltimosnomani qanoatlantirish ishni koʻrish va hal qiluv qarorini ijro etish uchun zarar keltirmasa, ish tamom boʻlguniga qadar ular kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytarib berilishi mumkin.
Qonun boʻyicha fuqarolarning egaligida turishi mumkin boʻlmagan buyumlar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
84-modda. Ekspertiza
Ishni koʻrish vaqtida kelib chiqqan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan ekspertiza tayinlashi mumkin.
(84-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Ekspertiza sudda oʻtkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa yoxud tekshiriladigan buyumni sudga keltirishning imkoni boʻlmasa yoki keltirish qiyin boʻlsa, suddan tashqarida oʻtkaziladi.
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda qanday masalalar boʻyicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza oʻtkazish kimga topshirilayotganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ekspertlarni tayinlashda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini eʼtiborga oladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(84-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(84-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
841-modda. Ekspert
Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 4 va 5-bandlari.
(841-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
85-modda. Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini belgilash
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertlar tomonidan tushuntirilishi lozim boʻlgan masalalarni sudga taqdim etishga haqli.
Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini sud uzil-kesil belgilaydi. Sud taklif qilingan masalalarni rad qilsa, buni asoslab berishi shart.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 9-bandi.
86-modda. Ekspertning majburiyatlari va javobgarligi
Ekspert: ushbu Kodeksning 25 va 26-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini oʻzi rad etishi haqida darhol arz qilishi; oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sudning chaqiruviga binoan sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertizani oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi.
(86-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Agar ekspert sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sudning chaqiruvi boʻyicha kelmasa, unga eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Bila turib yolgʻon xulosa berganlik, sud uzrsiz deb topgan sababga koʻra shuningdek xulosa berishni rad etganlik yoki bu ishdan boʻyin tovlaganlik uchun ekspert Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishincha 238 va 240-moddalari boʻyicha javobgar boʻladi.
(86-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
87-modda. Ekspertning huquqlari
Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish; joyida koʻzdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi.
Agar ekspert qoʻyilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarori 14-bandining uchinchi xatboshisi.
(87-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
88-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi tekshirishlarni oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Sud ekspertga oʻz xulosasini ogʻzaki tushuntirib berishni taklif qilish huquqiga ega. Ogʻzaki tushuntirish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi, ekspertga oʻqib beriladi va ekspert tomonidan imzolanadi.
Xulosada: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizani oʻtkazish asosi; ekspertizani tayinlagan sudya toʻgʻrisida maʼlumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqida maʼlumotlar; ekspertning bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar; qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar koʻrsatilishi lozim.
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan sudning talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa ayrim qoʻyilgan savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Tekshirish tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan sudga yuboriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasi.
Sudning xulosaga qoʻshilmaganligi ish yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorida yoki ajrimda asoslab berilgan boʻlishi lozim.
(88-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
89-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.
Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarori 8-bandining oʻn beshinchi xatboshisi.
(89-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
891-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.
Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 19-bandi.
(891-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
892-modda. Kompleks ekspertiza
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha tekshirish oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi.
Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi.
Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar qiladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan holatlari olingan boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak.
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 18-bandi.
(892-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
90-modda. Sudda mutaxassisning ishtirok etishi
Sudga yoki sud majlisi ishtirokchilariga dalillarni tekshirishda fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va malaka talab qilingan hollarda, sudda ishni koʻrishda ishtirok etish uchun mutaxassis taklif qilinadi.
Sudning mutaxassis chaqirish haqidagi talabi mutaxassis ishlab turgan tashkilot rahbari uchun majburiydir.
91-modda. Mutaxassisning huquqlari va majburiyatlari
Mutaxassis oʻzining nima maqsadda sudga chaqirilayotganini bilish, agar zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarish uchun zarur bilim va malakaga ega boʻlmasa, ishni yuritishda qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega.
Mutaxassis sudning chaqiruvi boʻyicha kelishi, ishni koʻrishda qatnashishi, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasidagi bilim va malakasiga asoslanib, oʻz fikrini bildirishi shart.
Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud chaqiruvi boʻyicha kelmasa, unga eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
7-BOB. ISh YuRITIShNI TOʻXTATIB TURISh
92-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish majburiyati
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishi shart:
1) agar ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etib, nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa yoki ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilsa;
2) fuqaro (taraf) muomala layoqatini yoʻqotsa;
3) javobgar Qurolli Kuchlarning harakatdagi qismida boʻlsa yoki Qurolli Kuchlarning harakatdagi qismida boʻlgan daʼvogar iltimos qilsa;
4) fuqaroviy, jinoiy yoki maʼmuriy sud ishlarini yuritish tartibida koʻrilayotgan boshqa ish hal qilinmasdan oldin koʻrishning imkoni boʻlmasa.
93-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli:
1) taraf Qurolli Kuchlar tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan boʻlsa yoki mazkur shaxslar davlatning birorta majburiyatini bajarish uchun jalb qilingan boʻlsa;
2) taraf davolash muassasasida boʻlsa, shuningdek taraflardan birida sudga kelishga toʻsqinlik qiladigan, tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud boʻlsa;
3) ushbu Kodeksning 140-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgar qidirilayotgan boʻlsa;
4) taraf uzoq muddatli xizmat safarida boʻlsa yoki boshqa uzrli sababga koʻra yoʻq boʻlsa;
5) sud tomonidan ekspertiza tayinlangan boʻlsa;
6) ushbu Kodeksning 65 va 390-moddalariga muvofiq sud tomonidan sud topshirigʻi yuborilgan boʻlsa.
(93-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuniga asosan 6-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
94-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish vaqti
Ish yuritish quyidagi vaqtga qadar toʻxtatib turiladi:
1) ushbu Kodeksning 92-moddasi 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — huquqiy voris ishga kirishguniga yoki ishga jalb qilinguniga qadar yoxud muomalaga layoqatsiz shaxsga qonuniy vakil tayinlanguniga qadar;
2) ushbu Kodeksning 92-moddasi 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf Qurolli Kuchlarning harakatdagi qismida boʻlishi tugaguniga qadar;
3) ushbu Kodeksning 92-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — sudning hal qiluv qarori yoki hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoki maʼmuriy tartibda koʻrilayotgan ish boʻyicha qaror chiqarilguniga qadar;
4) ushbu Kodeksning 93-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishlicha, tarafning Qurolli Kuchlar tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatda boʻlishi tugaguniga yoki mazkur shaxslar davlat majburiyatini bajarib boʻlguniga qadar;
5) ushbu Kodeksning 93-moddasi 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf davolash muassasasidan chiqquniga yoki tarafning sudga kelishiga toʻsqinlik qilayotgan kasallik tuzalguniga qadar;
6) ushbu Kodeksning 93-moddasi 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — javobgarni qidirish tamom boʻlguniga qadar;
7) ushbu Kodeksning 93-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf qaytguniga qadar;
8) ushbu Kodeksning 93-moddasi 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — ekspertiza oʻtkazish tugaguniga qadar;
9) ushbu Kodeksning 93-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud topshirigʻini ijro etish boʻyicha harakatlar tugaguniga qadar.
(94-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuniga asosan 9-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
95-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish
Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat qilinishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
96-modda. Ish yuritishni tiklash
Ish yuritish uni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar barham topgach, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga muvofiq yoki sudning tashabbusi bilan tiklanadi.
Ish yuritish tiklanganida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni umumiy asoslarda chaqiradi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 18-sonli “Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash va ularni koʻrish muddatlari toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
8-BOB. ARIZANI KOʻRMASDAN QOLDIRISh
97-modda. Arizani koʻrmasdan qoldirish asoslari
Sud quyidagi hollarda arizani koʻrmasdan qoldiradi:
1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
2) manfaatdor shaxs nomidan arizani ish yuritishga vakolati boʻlmagan shaxs bergan boʻlsa;
3) sud ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan ish yuritayotgan boʻlsa;
4) ishni oʻzlarining ishtirokisiz koʻrishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasalar, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa;
Qarang: mazkur Kodeks 175-moddasining ikkinchi qismi.
5) ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrishni iltimos qilmagan daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha sudga kelmasa, javobgar esa, ishni mazmunan koʻrishni talab qilmasa.
Qarang: mazkur Kodeks 175-moddasining uchinchi qismi.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 6 va 23-bandlari.
98-modda. Sud ajrimining mazmuni
Ariza koʻrmasdan qoldirilgan hollarda ish yuritish sudning ajrimiga binoan tamomlanadi. Bu ajrimda sud ishning hal etilishiga toʻsqinlik qilayotgan, ushbu Kodeksning 97-moddasida sanab oʻtilgan holatlarni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatishi shart.
99-modda. Arizani koʻrmasdan qoldirishning oqibatlari
Arizani koʻrmasdan qoldirishga asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs sudga ariza bilan yana umumiy tartibda murojaat qilishga haqli.
Agar taraflar sud majlisiga uzrli sabablarga koʻra kela olmaganliklarini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etsalar, daʼvogar yoki javobgarning iltimosnomasiga binoan sud ushbu Kodeks 97-moddasining 4 va 5-bandlariga asosan arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida chiqargan oʻz ajrimini bekor qiladi. Sudning bunday iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi va xususiy protest keltirilishi mumkin.
9-BOB. ISh YuRITIShNI TUGATISh
100-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi:
1) ish sudga taalluqli boʻlmasa;
Qarang: mazkur Kodeksning 4-bobi (“Sudga taalluqli ishlar”).
2) ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishini qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa;
3) daʼvogar arz qilgan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan boʻlsa;
4) taraflar kelishuv bitimi tuzgan boʻlsalar va u sud tomonidan tasdiqlangan boʻlsa;
5) ishni sudda koʻrishga tayyorlash vaqtida javobgar daʼvogarning talablarini tan olgan boʻlsa va bu tan olish sudya tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
6) taraflar oʻrtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish haqida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa;
(100-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
7) ish boʻyicha taraflardan biri boʻlgan fuqaroning vafotidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.
101-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi
Ish yuritish sudning ajrimiga binoan tugatiladi. Agar ish yuritish ishning sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli tugatilsa, sud arizachi qaysi organga murojaat qilishi kerakligini koʻrsatishi shart.
102-modda. Ish yuritishni tugatish oqibatlari
Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan sudga ikkinchi marta murojaat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
10-BOB. SUD XARAJATLARI
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
103-modda. Sud xarajatlarining turlari
Sud xarajatlari davlat boji va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan iboratdir.
Qarang: mazkur Kodeksning 104 va 109-moddalari.
104-modda. Davlat boji
Sudlarga daʼvo arizalari, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlar, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha arizalar, sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyatlar va nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisida arizalar, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida arizalar, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida arizalar berganlik uchun, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalari berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”ning 1-bandiga qarang.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 328-moddasining 1-bandi, 329 va 337-moddalari.
(104-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
105-modda. Daʼvoning bahosi
Daʼvoning bahosi quyidagicha belgilanadi:
1) pul undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — undiriladigan summaga qarab;
2) mulk talab qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — daʼvo qilinayotgan mulkning qiymatiga qarab;
3) bir qancha mustaqil talablardan iborat daʼvolar boʻyicha — hamma talablarning umumiy summasiga qarab;
4) aliment undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — bir yillik toʻlovlarning yigʻindisiga qarab;
5) muddatli toʻlovlar va pul berish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — toʻlovlarning yoki beriladigan pullarning yigʻindisiga qarab, lekin koʻpi bilan uch yillik yigʻindisiga qarab;
6) muddatsiz yoki umrbod toʻlovlar va pul berish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — toʻlovlarning yoki pullarning uch yil ichidagi yigʻindisiga qarab;
7) toʻlovlarni yoki pul berishni kamaytirish yoxud koʻpaytirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — toʻlovlar yoki beriladigan pullar kamaytiriladigan yoki koʻpaytiriladigan summaga, lekin koʻpi bilan bir yillik summaga qarab;
8) toʻlovlarni yoki pul berishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — qolgan toʻlovlar yoki pullar yigʻindisiga, lekin koʻpi bilan bir yillik yigʻindisiga qarab;
9) mulk ijarasi shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish haqidagi daʼvolar boʻyicha — shartnoma amal qilishining qolgan muddatida mulkdan foydalanish uchun toʻlanadigan toʻlovlarning, lekin koʻpi bilan uch yil ichidagi toʻlovlarning yigʻindisiga qarab;
10) xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli imoratlarga egalik huquqi toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — imoratning haqiqiy qiymatiga qarab, lekin bu miqdor inventarizatsiya bahosidan, inventarizatsiya bahosi boʻlmaganida esa, majburiy sugʻurta bahosidan kam boʻlmasligi kerak, tashkilotlarga qarashli imoratlarga doir daʼvolar boʻyicha esa, imoratlarning haqiqiy bahosidan kam boʻlmasligi kerak.
106-modda. Daʼvoning bahosini belgilash tartibi
Daʼvoning bahosi daʼvogar tomonidan koʻrsatiladi. Daʼvogar koʻrsatgan baho daʼvo qilinayotgan mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol boʻlsa, daʼvoning bahosini sudya belgilaydi.
Daʼvo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin boʻlsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish vaqtida sud belgilagan daʼvo bahosiga muvofiq, bojning kam qismi undiriladi yoki ortiqcha olingan qismi qaytariladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 336-moddasining sakkizinchi qismi va 337-moddasining oltinchi qismi.
107-modda. Daʼvoning bahosi oʻzgartirilganda davlat bojini hisoblash
Daʼvogar oʻzining talablarini kamaytirgan, arz qilgan talablaridan voz kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan hollarda toʻlangan boj qaytarilmaydi.
Arz qilingan talablar koʻpaytirilganda yetishmagan summa daʼvoning koʻpaytirilgan bahosiga muvofiq ravishda qoʻshimcha tarzda toʻlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 337-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
108-modda. Davlat bojini qaytarib berish
Toʻlangan davlat boji quyidagi hollarda qisman yoki toʻla qaytarilishi kerak:
1) qonun hujjatlari boʻyicha talab qilinganidan ortiq boj toʻlangan boʻlsa;
2) arizani (shikoyatni) qabul qilish rad etilgan boʻlsa;
3) arizalar (shikoyatlar) ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha daʼvogarga qaytarib berilsa;
4) ish sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli (ushbu Kodeks 100-moddasining 1-bandi) ishni yuritish tugatilgan boʻlsa;
5) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilganligi sababli (ushbu Kodeks 97-moddasining 1-bandi) koʻrmasdan qoldirilgan boʻlsa.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda davlat bojining ortiqcha toʻlangan qismi qaytarib beriladi.
Davlat bojini qaytarish sudning ajrimi asosida moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 342-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
109-modda. Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlar
Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlarga quyidagilar kiradi:
1) guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar;
2) joyga borib koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar;
3) ushbu Kodeksning 140-moddasida nazarda tutilgan hollarda, javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;
4) sudning hal qiluv qarorini ijro etish bilan bogʻliq xarajatlar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
110-modda. Sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilish
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 329-moddasi.
Sud fuqaroning mulkiy ahvoliga qarab, uni davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
111-modda. Sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash va ularning miqdorini kamaytirish
Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki ikkalasining davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga yoʻl qoʻyishi, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
112-modda. Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar toʻlanishi va ularning oʻrtacha ish haqi saqlab qolinishi
Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar ular oʻz vazifalarini bajarib boʻlganlaridan soʻng, xarajat taraflardan undirib olingan-olinmaganidan qatʼi nazar, sud tomonidan toʻlanadi.
Toʻlash tartibi va toʻlanishi lozim boʻlgan summaning miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ekspertlar va mutaxassislar sudning topshirigʻiga muvofiq bajargan ishlari uchun haqni bu ish ularning xizmat burchlari doirasiga kirmagan taqdirda oladilar.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xodimlarning sudga borishi munosabati bilan ishda boʻlmagan vaqtida ish joyidagi oʻrtacha ish haqi qonunda belgilangan tartibda saqlanadi.
Mehnat munosabatlariga kirishmagan guvohlarga odatdagi mashgʻulotlaridan qoldirilganliklari uchun amalda sarflagan vaqtlarini va joriy etilgan eng kam ish haqini hisobga olib haq toʻlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165 va 168-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishlari bilan bogʻliq kafolatli toʻlovlarni berish” tartibi (5-ilova).
113-modda. Sud chiqimlarini toʻlash uchun mablagʻlarni topshirish tartibi
Guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan pulni yoki joyga borib koʻzdan kechirishga ketadigan xarajatlar uchun zarur boʻlgan pulni tegishli iltimos bilan murojaat qilgan taraf oldindan toʻlab qoʻyadi. Agar bu iltimosni ikkala taraf qilgan boʻlsa yoki guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni, tarjimonlarni chaqirish, joyga borib koʻzdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, buning uchun kerakli summani taraflar bab-baravar toʻlaydilar.
Ushbu moddada koʻrsatib oʻtilgan summalarni sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilingan taraf toʻlamaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 14-bandi.
114-modda. Vakilning yordami uchun haq toʻlashga ketadigan xarajatlarni qoplash
Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan boʻlsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan vakilning yordami uchun toʻlashga ketgan xarajatlarni oqilona miqdorlarda undirib beradi.
Agar hal qiluv qaroriga binoan haqli boʻlib chiqqan tarafga advokat belgilangan tartibga muvofiq bepul yordam koʻrsatgan boʻlsa, bu summa boshqa tarafdan advokatlar byurosi (hayʼati, firmasi) foydasiga undiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining ikkinchi qismi.
115-modda. Yoʻqotilgan vaqt uchun haq undirish
Sud insofsizlik bilan asossiz talablarni qoʻygan yoki arz qilingan talablarga qarshi nizolashgan yoxud ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va hal etilishiga muntazam qarshilik qilib kelgan taraf zimmasiga amalda yoʻqotilgan vaqt uchun ikkinchi taraf foydasiga haq toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin. Undiriladigan haq sud tomonidan oqilona miqdorda belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
116-modda. Sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash
Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan boʻlsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa-da, ish boʻyicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi.
Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan boʻlsa, ushbu moddada koʻrsatilgan summalar javobgardan daʼvogarga talablarning sud qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa, daʼvogardan u arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada bayon qilingan qoidalar apellatsiya, kassatsiya shikoyati va nazorat tartibida protest keltirishni soʻrab ariza berganda taraflar toʻlagan davlat bojiga ham taalluqlidir.
(116-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Agar yuqori turuvchi sud ishni yangidan koʻrib chiqish uchun yubormay, chiqarilgan hal qiluv qarorini oʻzgartirsa yoki yangi hal qiluv qarori chiqarsa, u sud xarajatlari taqsimotini ham tegishlicha oʻzgartiradi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 17-bandining ikkinchi xatboshisi.
117-modda. Shikoyatni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarni taqsimlash
Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (hal qiluv qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizani koʻrish bilan bogʻliq chiqimlar sud tomonidan, basharti sud fuqaroning shikoyati yoki arizasini qanoatlantirishni rad etish haqida hal qiluv qarori chiqarsa, ana shu fuqaroning zimmasiga yoki, agar organlar yoki mansabdor shaxs xatti-harakatlarining gʻayriqonuniyligini aniqlagan boʻlsa, ana shu organ yoki mansabdor shaxs zimmasiga yuklashi mumkin.
118-modda. Arz qilingan talablardan voz kechilganda va kelishuv bitimi tuzilganda sud xarajatlarini taqsimlash
Daʼvogar arz qilgan talablaridan voz kechsa, uning xarajatlarini javobgar toʻlamaydi. Lekin talab qoʻyilgandan soʻng ularni javobgar ixtiyoriy ravishda qanoatlantirganligi natijasida daʼvogar oʻz talablaridan voz kechgan boʻlsa, sud daʼvogarning iltimosi boʻyicha uning ish yuzasidan qilgan hamma sud xarajatlarini javobgardan undirib beradi.
Agar taraflar kelishuv bitimi tuzish vaqtida sud xarajatlarini taqsimlash tartibini nazarda tutmagan boʻlsalar, sud bu masalani ushbu Kodeksning 114, 116 va 120-moddalariga muvofiq ravishda hal qiladi.
119-modda. Sud xarajatlarini taraflarga qaytarish
Prokurorning, shuningdek boshqa shaxslar huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni soʻrab sudga murojaat qilgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning arz talablari (ushbu Kodeksning 5-moddasi) butunlay yoki qisman rad etilganda, javobgarning sud xarajatlari unga budjet mablagʻlari hisobidan toʻliq yoki daʼvogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda qaytarib beriladi.
Talablarni qanoatlantirish rad etilganida, ushbu Kodeksning 42-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan jalb etilgan javobgarning sud xarajatlari unga budjet mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
Mol-mulkni xatlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, daʼvogarning sud xarajatlari unga budjet mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
120-modda. Sud xarajatlarini davlatga qaytarish
Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan va daʼvogar toʻlashdan ozod qilingan sud chiqimlari hamda davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.
Arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda sudning ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlari daʼvogardan davlat daromadiga undiriladi.
Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan, javobgar esa, sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa, sudning ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlari sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinmagan daʼvogardan talablarining rad etilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.
Agar har ikki taraf ham sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa, sudning ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlari davlat hisobiga oʻtkaziladi.
Javobgarni qidirish eʼlon qilingan boʻlsa (ushbu Kodeksning 140-moddasi), sud qidiruv ishi boʻyicha qilingan xarajatlarni javobgardan davlat daromadiga undiradi.
121-modda. Sud xarajatlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ajrim ustidan shikoyat qilish
Sud xarajatlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
11-BOB. SUD JARIMALARI
122-modda. Sud jarimalari solish
Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va miqdorda solinadi.
Jarima solish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi va uning nusxasi darhol jarima solingan shaxsga joʻnatiladi.
123-modda. Jarimani undirish
Tashkilotlarning mansabdor shaxslariga sud tomonidan solingan jarimalar ularning shaxsiy mablagʻlaridan undiriladi.
124-modda. Jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish
Jarima solingan shaxs sud ajrimining nusxasini olganidan keyin besh kun ichida jarima solgan suddan jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni iltimos qilishi mumkin. Bu ariza jarima solingan shaxsni chaqirgan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq uning sudga kelmasligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
125-modda. Jarima solish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilish
Sudning jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
12-BOB. PROTSESSUAL MUDDATLAR
126-modda. Protsessual harakatlarni bajarish muddatlari
Protsessual harakatlar qonunda belgilangan muddatlarda bajariladi.
Protsessual muddatlar qonunda belgilanmagan hollarda, ularni sud tayinlaydi.
Protsessual harakatlarni bajarish muddatlari aniq kalendar sana bilan, albatta yuz berishi lozim boʻlgan voqeani koʻrsatgan holda yoki muayyan davr bilan belgilanadi. Muayyan davr bilan belgilanganda harakat butun davr mobaynida bajarilishi mumkin.
127-modda. Protsessual muddatlarni hisoblash
Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Muddatning oʻtishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi.
Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tamom boʻladi.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat tegishli oyda va muddat oxirgi oyining tegishli kunida tamom boʻladi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning oxiri tegishli kuni boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tamom boʻladi. Bu muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan taqdirda undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni hisoblanadi.
Muddati belgilangan protsessual harakat muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtgacha bajarilishi mumkin.
Agar protsessual harakat sudda bajarilishi lozim boʻlsa, belgilangan qoidalarga muvofiq sudda ish tugagan soatda muddat tamom boʻlgan hisoblanadi.
Agar ariza, shikoyat, hujjatlar yoki pul summasi muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtgacha aloqa tashkilotiga topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtmagan hisoblanadi.
128-modda. Protsessual muddatlarni oʻtkazib yuborish oqibatlari
Protsessual harakatlarni bajarish huquqi qonunda belgilangan yoki sud tayinlagan muddatning oʻtishi bilan bekor boʻladi. Protsessual muddatlar oʻtgandan soʻng berilgan arizalar, shikoyatlar va hujjatlar koʻrilmaydi.
129-modda. Protsessual muddatlarning toʻxtatib turilishi
Ish yuritish toʻxtatib turilganida tugamagan hamma protsessual muddatlarning oʻtishi ham toʻxtatib turiladi. Muddatlarning toʻxtatib turilishi ish yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar kelib chiqqan vaqtdan boshlanadi. Ish yuritish tiklangan kundan eʼtiboran protsessual muddatlarning oʻtishi davom etadi.
130-modda. Protsessual muddatlarni kechiktirish va tiklash
Sud tayinlagan muddatlar sud tomonidan kechiktirilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar qonunda belgilangan muddatni sud uzrli deb topgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborgan boʻlsalar, mazkur muddat tiklanadi.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza protsessual harakat bajarilishi yoki hujjat topshirilishi lozim boʻlgan sudga beriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmasligi sud oldiga qoʻyilgan masalani hal etishga toʻsqinlik qilmaydi.
Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda, muddati oʻtkazib yuborilgan harakat bajarilishi yoki hujjat topshirilishi lozim.
Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisida sud chiqargan ajrim ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
131-modda. Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash va koʻrish muddatlari
Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash ariza qabul qilingan kundan boshlab oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim. Bu muddat alohida hollarda oʻta murakkab ishlar boʻyicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan kechiktirilib, yigirma kunga yetkazilishi mumkin, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan ishlar bundan mustasno.
Aliment undirish haqidagi, mayib boʻlish yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganligi, shuningdek boquvchining oʻlimi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ishlar hamda mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishlar, basharti taraflar bir tuman yoki shaharda joylashgan boʻlsa, birinchi instansiya sudi tomonidan sudda koʻrishga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay, boshqa hollarda esa, yigirma kundan kechiktirmay koʻrilishi lozim.
Qolgan fuqarolik ishlari sudda koʻrishga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrilishi lozim. Oʻta murakkab ishlar boʻyicha mazkur muddat sudyaning asoslantirilgan ajrimiga koʻra ikki oygacha uzaytirilishi mumkin, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan ishlar bundan mustasno.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 18-sonli “Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash va ularni koʻrish muddatlari toʻgʻrisida”gi qarori.
(131-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
13-BOB. SUD XABARNOMALARI VA ChAQIRUVLARI
132-modda. Sudning chaqiruv qogʻozlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sud chaqiruv qogʻozlari, zarur hollarda esa telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini taʼminlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqiriladi hamda sudning ayrim protsessual harakatlari toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
(132-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Sudya chaqiruv qogʻozi bilan bir vaqtda javobgarga arizaning va arizaga ilova qilingan hujjatlarning nusxalarini ham yuboradi.
Agar javobgar sudga yozma tushuntirish bergan boʻlsa, sudya sudga murojaat qilgan shaxsga chaqiruv qogʻozi bilan birga ana shu tushuntirish xatining nusxasini ham yuboradi.
Telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini taʼminlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqirilgan yoki sudning ayrim protsessual harakatlari toʻgʻrisida xabardor qilingan hollarda, telefonogrammalar, telegrammalar, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilgan sud chaqiruv qogʻozining nusxasi ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
(132-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
133-modda. Sud chaqiruv qogʻozining mazmuni
Sudning chaqiruv qogʻozida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
1) sudning nomi, aniq manzili, telefon raqami, elektron manzili;
(133-moddaning birinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
2) borish joyi va vaqti;
3) shaxs qanday ish yuzasidan chaqirilayotganligi;
4) shaxsning kim tariqasida chaqirilayotganligi;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish boʻyicha oʻzlari ega boʻlgan hamma dalillarni taqdim etish toʻgʻrisida taklif;
6) chaqiriluvchining shaxsan oʻzi yoʻqligi sababli chaqiruv qogʻozini qabul qilib olgan shaxsning imkoniyat boʻlishi bilanoq uni darhol chaqiriluvchiga topshirishga majburligi;
Axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilayotgan sud chaqiruv qogʻozida ushbu modda birinchi qismining 1 — 5, 7-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
(133-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
134-modda. Chaqiruv qogʻozini topshirish muddati
Chaqiruv qogʻozi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va protsessning boshqa ishtirokchilariga sudga oʻz vaqtida kelish va ishga tayyorlanish uchun yetarli vaqtga ega boʻlishlarini moʻljallab topshirilishi kerak.
135-modda. Chaqiruv qogʻozini yetkazib berish
Chaqiruv qogʻozi chaqirilayotgan shaxsga taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs tomonidan koʻrsatilgan manzil boʻyicha yetkazib beriladi. Agar fuqaro sudga maʼlum qilingan manzilda amalda yashamasa, chaqiruv qogʻozi uning ish joyiga yuborilishi mumkin.
Chaqiruv qogʻozi aloqa tashkiloti orqali topshirilganligi toʻgʻrisida tilxat olish yoʻli bilan yoki xat-hujjat tashuvchi orqali yuboriladi.
Sudya ishda ishtirok etuvchi shaxsning roziligi bilan unga ish boʻyicha chaqirilayotgan boshqa shaxsga topshirish uchun chaqiruv qogʻozi berishi mumkin.
Sudya chaqiruv qogʻozini yetkazib berish vazifasini topshirgan shaxs chaqiruv qogʻozining ikkinchi nusxasini chaqiriluvchining chaqiruv qogʻozini olganligi toʻgʻrisidagi imzosi bilan sudga qaytarishi shart.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron manzili koʻrsatilgan taqdirda chaqiruv qogʻozi axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(135-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
136-modda. Chaqiruv qogʻozini topshirish
Chaqiruv qogʻozi fuqaroga topshirilganida, u chaqiruv qogʻozining sudga qaytariladigan ikkinchi nusxasiga qogʻozni olgan vaqtini koʻrsatib, imzo chekadi.
Tashkilot nomiga yozilgan chaqiruv qogʻozi tegishli mansabdor shaxsga topshiriladi, u chaqiruv qogʻozining ikkinchi nusxasiga imzo chekadi.
Agar chaqiruv qogʻozini keltirgan shaxs ish boʻyicha chaqirilayotgan fuqaroni yashash yoki ish joyida topmasa, chaqiruv qogʻozi u bilan birga yashaydigan katta yoshdagi oila aʼzolarining biriga, ular ham boʻlmasa, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (ish joyi maʼmuriyatining mansabdor shaxsiga) topshiriladi. Bunday hollarda chaqiruv qogʻozini qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini, shuningdek chaqiruv qogʻozi yuborilgan shaxsning kimi ekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, oʻgʻli, qizi va hokazo) yoki egallab turgan lavozimini koʻrsatishi shart. Chaqiruv qogʻozini qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat boʻlishi bilan darhol chaqiriluvchiga topshirishi shart.
Chaqiriluvchi vaqtincha biror joyga ketgan boʻlsa, chaqiruv qogʻozini keltirgan shaxs uning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi toʻgʻrisida yozib qoʻyadi. Bu maʼlumotlar tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yoki ish beruvchi vakilining imzosi bilan tasdiqlanishi va guvohlantirilishi lozim.
137-modda. Chaqiruv qogʻozini qabul qilishdan bosh tortish oqibatlari
Chaqiriluvchi oʻz nomiga yuborilgan sudning chaqiruv qogʻozini qabul qilishdan bosh tortsa, chaqiruv qogʻozini keltirgan shaxs buni chaqiruv qogʻozida qayd qilib, uni sudga qaytarib topshiradi. Chaqiriluvchi chaqiruv qogʻozini qabul qilib olishdan bosh tortganligi haqidagi qayd fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki chaqiriluvchining ish beruvchisi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) tomonidan yoxud kamida ikki nafar fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Chaqiriluvchi chaqiruv qogʻozini qabul qilishdan bosh tortganligi yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
(137-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
138-modda. Ish yuritilayotgan vaqtda manzilni oʻzgartirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritilayotgan vaqtda oʻz manzili oʻzgargani haqida sudga maʼlum qilishlari shart. Aks holda, chaqiruv qogʻozi sudga maʼlum boʻlgan oxirgi manzil boʻyicha yuboriladi va chaqiriluvchi bu manzilda yashamayotgan boʻlsa-da, chaqiruv qogʻozi unga topshirilgan hisoblanadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslarining raqamlarini, elektron manzilini sudga maʼlum qilgan taqdirda, ish yuritilayotgan vaqtda ularning oʻzgarganligi haqida sudni xabardor qilishi kerak.
(138-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
139-modda. Javobgarning yashash joyi nomaʼlumligi
Javobgarning amaldagi yashash joyi nomaʼlum boʻlgan taqdirda, javobgarning oxirgi yashash joyidagi aloqa tashkiloti, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud oxirgi ish joyidagi ish beruvchi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) chaqiruv qogʻozining ikkinchi nusxasiga chaqiruv qogʻozi olinganligi va chaqiriluvchining qayerdaligi maʼlum emasligi sababli uni topshirishning imkoni boʻlmaganligi haqida yozib yuborgan maʼlumot sudga kelib tushgach, sud ishni koʻrishga kirishadi.
140-modda. Javobgarni (qarzdorni) qidirish
Aliment undirish haqidagi, mayib boʻlish yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganligi, shuningdek boquvchisining oʻlimi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvolar boʻyicha javobgarning (qarzdorning) amaldagi yashash joyi nomaʼlum boʻlsa, javobgar (qarzdor) qidirilishi shart. Bunday hollarda sud ichki ishlar organlari javobgarni (qarzdorni) qidirishi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
II BOʻLIM. BIRINChI INSTANSIYA SUDIDA ISh YuRITISh
1-KIChIK BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
14-BOB. SUDLOVGA TAALLUQLILIK
141-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining sudloviga taalluqli ishlar
Sudlarga taalluqli fuqarolik ishlari fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida koʻriladi, qonunda bunday ishlarni koʻrish boshqa sudlar vakolatiga berilgan hollar bundan mustasno.
Masalan, qarang: mazkur Kodeksning 142 va 144-moddalari.
(141-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
142-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudining, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudloviga taalluqli ishlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari qonunda oʻz vakolatlariga berilgan fuqarolik ishlarini, shuningdek alohida holatlarni hisobga olib har qanday fuqarolik ishini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hududidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudidan olib, birinchi instansiya sudi sifatida oʻzining ish yuritishiga qabul qilib olishga yoki bir suddan boshqa tegishli sudga oʻtkazishga haqli.
Masalan, qarang: mazkur Kodeks 2851-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasining toʻrtinchi qismi, 22-moddasining beshinchi qismi.
(142-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
(143-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
144-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga taalluqli ishlar
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunda oʻz vakolatiga berilgan fuqarolik ishlarini koʻrib chiqadi, shuningdek alohida holatlarni hisobga olib, har qanday fuqarolik ishini Oʻzbekiston Respublikasining istalgan sudidan olib, birinchi instansiya sudi sifatida oʻzining ish yuritishiga qabul qilib olishga yoki bir suddan boshqa tegishli sudga oʻtkazishga haqli.
Masalan, qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni 9-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasi va 38-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi, 44-moddasining toʻrtinchi qismi, 59-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasining uchinchi qismi, 19-moddasi.
145-modda. Sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalari
Arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudga beriladi.
Tashkilotlarga nisbatan ariza ularning organlari joylashgan hududdagi sudga beriladi.
146-modda. Sudning oʻz yuritishiga qabul qilib olgan ishni boshqa sudga oʻtkazishi
Sud sudlovga taalluqlilik qoidalariga rioya qilgan holda oʻzining yuritishiga qabul qilib olgan ishni, garchi keyinchalik bu ish boshqa sudning sudloviga taalluqli boʻlib qolsa ham, mazmunan hal qilishi lozim.
Sud quyidagi hollarda ishni koʻrish uchun boshqa sudga oʻtkazadi:
1) muayyan ish boshqa sudda, xususan dalillarning koʻpchilik qismi joylashgan yerdagi sudda oʻz vaqtida va har tomonlama koʻrib chiqiladi deb hisoblasa;
2) ilgari turar joyi nomaʼlum boʻlgan javobgar ishni oʻzi yashab turgan joydagi sudga oʻtkazishni iltimos qilsa;
3) bir yoki bir necha sudya rad qilingach, bu sudda ularni almashtirish mumkin boʻlmay qolsa;
4) ish muayyan sudda koʻrilayotganida bu ish sudlovga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda yuritishga qabul qilinganligi maʼlum boʻlib qolsa.
147-modda. Ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazish tartibi
Ish bir suddan boshqasiga sudning ajrimiga asosan, bu ajrim ustidan shikoyat berish yoki unga nisbatan protest keltirish muddati oʻtganidan keyin, shikoyat berilgan yoki protest keltirilgan taqdirda esa, shikoyatni yoki protestni qanoatlantirmay qoldirish haqida ajrim chiqarilganidan keyin oʻtkaziladi.
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish ana shu keyingi sud tomonidan koʻrish uchun qabul qilinishi kerak.
Sudlovga taalluqlilik toʻgʻrisida nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi.
15-BOB. ISh QOʻZGʻATISh
148-modda. Ariza berish
Sudda fuqarolik ishlari yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda ariza berish yoʻli bilan qoʻzgʻatiladi.
(148-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
149-modda. Arizaning mazmuni
Arizada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) daʼvogarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va yashash joyi, agar daʼvogar tashkilot boʻlsa, uning nomi va qayerda joylashganligi, shuningdek agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va manzili;
3) javobgarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), yashash joyi yoki agar javobgar tashkilot boʻlsa, uning nomi va qayerda joylashganligi;
4) daʼvogarning talabi;
5) agar daʼvoni baholash lozim boʻlsa, uning bahosi;
6) daʼvogar oʻzining talablariga asos qilib koʻrsatayotgan holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar;
7) arizaga ilova qilingan hujjatlarning roʻyxati.
Ariza daʼvogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga ishonchnoma yoki uning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizalarda, shu moddada sanab oʻtilgan maʼlumotlardan tashqari, ariza kimning manfaatini koʻzlab berilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va manzili koʻrsatilishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 3 va 5-bandlari.
Arizada daʼvogarning yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
Arizada elektron manzil koʻrsatilganligi arizachining sud chaqiruv qogʻozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining va ajrimlarining nusxalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligini bildiradi.
(149-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
150-modda. Ariza va boshqa hujjatlarning nusxalari
Ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga beriladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno.
(150-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Sudya ishning murakkabligi va xususiyatiga qarab, daʼvogarni arizaga ilova qilingan hujjatlarning nusxalarini ham javobgarlarning soniga mutanosib miqdorda taqdim etishga majbur qilishi mumkin.
151-modda. Arizani qabul qilish va ish qoʻzgʻatish
Arizalar sudlarda sudning raisi, uning oʻrinbosari yoki sudya tomonidan qabul qilinadi.
Fuqarolik ishi qoʻzgʻatish masalasini sudya hal qiladi va bu haqda sud ajrim chiqaradi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 4-bandi.
152-modda. Arizani qabul qilishni rad etish
Sud quyidagi hollarda arizani qabul qilishni rad etadi, agar:
1) ariza sudda koʻrishga tegishli boʻlmasa;
2) sudning aynan oʻsha taraflar oʻrtasida, aynan bir predmet toʻgʻrisida va aynan bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoxud daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilish yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa;
3) sud aynan oʻsha taraflar oʻrtasida, aynan bir predmet toʻgʻrisida va aynan bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan ish yuritayotgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
4) taraflar oʻrtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish haqida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa;
(152-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
5) ish shu sudning sudloviga taalluqli boʻlmasa;
6) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
7) manfaatdor shaxs nomidan arizani ish yuritish vakolatiga ega boʻlmagan shaxs bergan boʻlsa.
Sudyaning ushbu modda 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani qabul qilishni rad etishi, basharti yoʻl qoʻyilgan xatolar bartaraf etilsa, shu ish boʻyicha sudga ikkinchi marta ariza bilan murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 6-bandi.
153-modda. Arizani qabul qilishni rad etishni rasmiylashtirish
Sudya ushbu Kodeksning 152-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani qabul qilishni rad etar ekan, bu haqda ariza tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida asoslantirilgan ajrim chiqaradi. Basharti ish sudga taalluqli boʻlmasa, sudya ajrimda arizachi qaysi organga murojaat qilishi kerakligini yoki ish qoʻzgʻatishga toʻsqinlik qilayotgan holatlarni qanday bartaraf etishni koʻrsatishi shart.
Ariza ilovalar va ajrimning nusxasi bilan birgalikda daʼvogarga qaytariladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 4-bandi.
154-modda. Arizani harakatsiz qoldirish
Sudya ariza ushbu Kodeksning 149 va 150-moddalarida bayon etilgan talablarga rioya qilinmay berilganligini yoki davlat boji toʻlanmaganligini aniqlasa, arizani harakatsiz qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarib, bundan daʼvogarni xabardor qiladi va kamchiliklarni tuzatish uchun unga muhlat beradi. Ajrim imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(154-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Agar daʼvogar belgilangan muddatda sudyaning koʻrsatmalariga muvofiq ushbu Kodeksning 149 va 150-moddalaridagi talablarni bajarsa va davlat bojini toʻlasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, ariza berilmagan hisoblanib, daʼvogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Ariza va ajrim imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(154-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi va 4-bandi.
155-modda. Bir necha talabni birlashtirish
Daʼvogar bir arizada oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha talabni birlashtirishga haqli.
156-modda. Sudyaning bir turdagi ishlarni birlashtirish huquqi
Sudya shu sudda aynan bir taraflar ishtirok etayotgan bir turdagi bir necha ish yuritilayotganligini yoxud bir shaxsning turli javobgarlarga yoki bir necha daʼvogarning aynan bitta javobgarga nisbatan arizalari boʻyicha bir necha ish yuritilayotganligini aniqlasa, agar bu ishlarni birlashtirish ishning oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilinishiga yordam bersa, ularni birgalikda koʻrish uchun bitta ishga birlashtirishga haqli.
157-modda. Bir necha talabni ajratish
Agar arizani qabul qilayotgan sudya talablarni alohida koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, birlashtirilgan talablardan birini yoki bir nechasini alohida ish yuritish uchun ajratishga haqli.
Bir necha daʼvogar tomonidan yoki bir necha javobgarga nisbatan talablar taqdim etilsa, arizani qabul qilayotgan sudya, agar talablarni alohida koʻrib chiqishni maqsadga muvofiq deb topsa, ulardan biri yoki bir nechasini alohida ish yuritish uchun ajratishga haqli.
16-BOB. FUQAROLIK IShLARINI SUDDA KOʻRIShGA TAYYORLASh
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 18-sonli “Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash va ularni koʻrish muddatlari toʻgʻrisida”gi qarori.
158-modda. Ishlarni sudda koʻrishga tayyorlash vazifalari
Sudya arizani qabul qilib, fuqarolik ishi qoʻzgʻatganidan soʻng, ishni oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sudda koʻrishga tayyorlaydi.
Ishni sudda koʻrishga tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat:
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni koʻrishda amal qilinishi lozim boʻlgan qonunni aniqlash;
taraflarning talab va eʼtirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni aniqlash;
ishni hal etish uchun zarur boʻlgan dalillar doirasini aniqlash va ularning oʻz vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini taʼminlash;
ishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan shaxslar tarkibi masalasini hal etish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 18-sonli “Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash va ularni koʻrish muddatlari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 8 va 9-bandlari.
159-modda. Ishni tayyorlash tartibida taraflarni soʻroqlash
Ishni sudda koʻrishga tayyorlashda sudya:
1) daʼvogarni arz qilgan talablarining mohiyati boʻyicha soʻroq qiladi, undan javobgar bildirishi mumkin boʻlgan eʼtirozlarni aniqlaydi va, agar zarur boʻlsa, daʼvogarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qiladi, shuningdek uning arz qilgan talablaridan voz kechish huquqiga ega ekanligini va voz kechishning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
2) qoida tariqasida, javobgarni chaqiradi, ishning holatlari boʻyicha uni soʻroq qiladi, daʼvogarning talabiga qarshi qanday eʼtirozlari borligini va bu eʼtirozlar qanday dalillar bilan isbotlanishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek unga daʼvogarning talablarini tan olish yoxud qarshi talablar taqdim etish huquqiga ega ekanligini tushuntiradi, alohida murakkab ishlar boʻyicha esa, javobgarga ish yuzasidan yozma tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi.
Javobgar sud majlisiga kelmaganligi hamda yozma tushuntirishlar va dalillar taqdim etmaganligi ishdagi mavjud dalillar asosida ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi;
3) taraflardan kelishuv bitimi tuzish ehtimolini aniqlaydi va kelishuv bitimning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi.
160-modda. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash boʻyicha sudyaning harakatlari
Sudya ishni sudda koʻrishga tayyorlash tartibida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
1) ishga uchinchi shaxslarning jalb etilishi yoki kirishishi masalasini hal qiladi va ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilgan uchinchi shaxslarni ushbu Kodeksning 159-moddasiga muvofiq soʻroq qiladi;
2) ishni koʻrishda vakillarning qatnashishi masalasini hal qiladi;
3) ishda prokurorning ishtirok etishi toʻgʻrisidagi va tegishli davlat boshqaruvi organini sud protsessida qatnashishga jalb etish haqidagi masalani hal qiladi;
4) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan tashkilot yoki fuqaroning ish yakunidan manfaatdorligini aniqlasa, ularga, shuningdek prokurorga yuritilayotgan ishni va uni koʻrish vaqtini maʼlum qiladi;
5) guvohlarni sud majlisiga chaqirish yoki ularni ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan tartibda soʻroq qilish masalasini hal qiladi;
6) tashkilotlar yoki fuqarolardan yozma va ashyoviy dalillarni talab qilib oladi yoki bu dalillarni olib, sudga taqdim etish uchun ishda ishtirok etuvchi shaxslarga talabnoma beradi;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini hisobga olib, ekspertiza tayinlash va mutaxassis jalb qilish masalasini hal qiladi;
8) kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilib, joyda koʻzdan kechirish oʻtkazadi;
9) boshqa sudlarga sud topshiriqlari yuboradi;
10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirmasdan turib, ishni sudda koʻrishga tayyorlash yuzasidan qilgan harakatlarini ajrim shaklida rasmiylashtiradi. Bu ajrim ustidan apellatsiya shikoyatidan alohida tarzda shikoyat qilinishi mumkin emas.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 18-sonli “Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash va ularni koʻrish muddatlari toʻgʻrisida”gi qarorining 8— 11-bandlari.
(160-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
161-modda. Ishni sudda koʻrishga tayinlash
Sudya ishni yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud majlisida koʻrishga tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ishni koʻrish vaqti va joyi haqida maʼlum qiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 18-sonli “Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash va ularni koʻrish muddatlari toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
17-BOB. SUDDA IShNI KOʻRISh
162-modda. Sud majlisi
Fuqarolik ishi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni albatta xabardor qilgan holda sudning ochiq majlisida koʻriladi.
Yopiq sud majlisi qonunda nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talabi bilan yoki sudning tashabbusi bilan oʻtkaziladi.
163-modda. Sud majlisini ochish
Ishni koʻrish uchun tayinlangan vaqtda sudya (sudyalar) majlis zaliga kiradi, sud majlisini ochib, qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi.
164-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi
Sud majlisida shu sudning raisi, uning oʻrinbosari yoki sudya raislik qiladi.
Raislik qiluvchi sud majlisini boshqarib, ishning barcha holatlari, taraflarning huquq va majburiyatlari toʻliq, har taraflama va xolisona aniqlanishini, sud protsessining tarbiyaviy taʼsirini taʼminlaydi, koʻrilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan hamma narsani sud muhokamasidan chetlatadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, guvohlardan birortasi raislik qiluvchining xatti-harakatiga eʼtiroz bildirsa, bu eʼtirozlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va masala sud tomonidan hal qilinadi.
Raislik qiluvchi sud majlisida tegishli tartibni taʼminlash uchun zarur chora-tadbirlar koʻradi.
165-modda. Sud majlisi zalidagi tartib
Sudya (sudyalar) majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning hammasi oʻrnidan turadi.
Oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolar, agar ular ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki guvohlar boʻlmasa, sud majlisi zaliga qoʻyilmaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar sudga murojaat qilishda, oʻzlarining koʻrsatuv va tushuntirishlarini bayon qilishda tik turib gapiradilar. Bu qoidadan uzrli sababga koʻra chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, shuningdek sud majlisi zalida hozir boʻlgan hamma fuqarolar sud majlisida belgilangan tartibga rioya qilishlari va raislik qiluvchining farmoyishlariga soʻzsiz itoat etishlari shart.
Sudning alohida xonada (maslahatxonada) chiqargan qarorlarini sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning hammasi tik turib eshitadi.
166-modda. Sud majlisida tartibni buzuvchilarga nisbatan koʻriladigan choralar
Ishni koʻrish vaqtida tartibni buzgan shaxsni raislik qiluvchi sud nomidan ogohlantiradi.
Ishda qatnashayotgan shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar tartibni takroran buzgan taqdirda sudning ajrimiga binoan, ishni koʻrishda hozir boʻlgan fuqarolar esa, raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Fuqarolar ommaviy tarzda tartibni buzgan taqdirda sud ishni koʻrishni keyinga qoldirishi mumkin.
(166-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
Prokuror yoki advokat raislik qiluvchining farmoyishlariga itoat qilmasalar, ular ogohlantiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining farmoyishlariga yana itoat etmasalar, agar ularni ishga zarar yetkazmagan holda boshqa shaxs bilan almashtirishning imkoni boʻlmasa, sudning ajrimiga binoan ishni koʻrish keyinga qoldirilishi mumkin. Ayni bir vaqtda sud xususiy ajrim chiqaradi, ushbu ajrim tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboriladi.
(166-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
Sud majlisida tartibni buzgan yoki sudga nisbatan boshqacha tarzda hurmatsizlik qilgan shaxs sud tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 180-moddasi.
(166-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
167-modda. Sud protsessi ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshirish
Sud majlisining kotibi ish boʻyicha chaqirilganlardan kimlar kelganligini, kelmaganlarga chaqiruv qogʻozi topshirilgan-topshirilmaganligini, ularning kelmaganlik sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini sudga maʼlum qiladi.
Sud kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatini tekshiradi.
168-modda. Tarjimonga uning vazifalarini tushuntirish
Raislik qiluvchi tarjimonga uning vazifasi sud ish yuritayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning tushuntirishlarini, koʻrsatuvlarini, arzlarini, bu shaxslarga esa, tushuntirishlarning, koʻrsatuvlarning, arzlarning, oʻqib eshittiriladigan hujjatlarning mazmunini, shuningdek raislik qiluvchining farmoyishlarini, ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori va ajrimini tarjima qilib berishdan iborat ekanligini tushuntiradi.
Raislik qiluvchi tarjimonni bila turib, yolgʻon tarjima qilganlik uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi boʻyicha javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.
169-modda. Guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarish
Guvohlarning kelganligi tekshirilgach, ular sud majlisi zalidan chiqariladi. Raislik qiluvchi soʻroq qilingan guvohlar soʻroq qilinmagan guvohlar bilan muomalada boʻlmasligi uchun choralar koʻradi.
170-modda. Sud tarkibini eʼlon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish
Raislik qiluvchi sudning tarkibini (sudyani) eʼlon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi sifatida kimlar qatnashayotganligini maʼlum qiladi va ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularni rad qilish toʻgʻrisida arz qilish huquqlarini tushuntiradi.
Rad qilish uchun asoslar, rad qilish haqidagi arzni hal qilish tartibi va bunday arzlarni qanoatlantirish oqibatlari ushbu Kodeksning 3-bobiga muvofiq belgilanadi.
171-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi.
172-modda. Ekspert va mutaxassislarga ularning huquqlari hamda majburiyatlarini tushuntirish
Raislik qiluvchi ekspert va mutaxassisga ularning huquqlari hamda majburiyatlarini tushuntiradi, ekspertni bila turib yolgʻon xulosa berganlik, xulosa berishdan bosh tortganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishincha 238 va 240-moddalariga muvofiq javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.
173-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomalari sud tomonidan hal qilinishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi va ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa barcha masalalar boʻyicha iltimosnomalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikr-mulohazalari tinglanganidan keyin sudning ajrimi bilan hal qilinadi.
174-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisiga kelmaganligining oqibatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasi sud majlisiga kelmagan taqdirda, unga chaqiruv qogʻozi topshirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlmasa, sud ishni koʻrishni keyinga qoldiradi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tegishli tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilingan boʻlib, sud uzrli deb topgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmagan boʻlsalar, sud ishni koʻrishni keyinga qoldiradi.
Taraflar sudga kelmaslik sabablari haqida maʼlumot berishlari va bu sabablarning uzrliligiga dalillar taqdim etishlari shart. Basharti javobgarning kelmaganlik sabablari haqida maʼlumot boʻlmasa yoki sud kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb topsa yoxud javobgar ish yuritilishini qasddan choʻzayotgan boʻlsa, sud ishni koʻrishga haqli.
Taraflar ishni oʻzlarining ishtiroklarisiz koʻrishni va oʻzlariga sudning hal qiluv qaroridan nusxa yuborishni iltimos qilishga haqli. Agar ishning holatlari boʻyicha zarur boʻlsa, sud taraflarning sud majlisida ishtirok etishini shart deb topishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili ishni sudda koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilingan boʻlishiga qaramay, sudga kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Prokuror yoki advokatning uzrsiz sabablar bilan kelmaganligi toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqaradi va bu haqda tegishli yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga maʼlum qiladi.
(174-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
175-modda. Taraflar uzrsiz sabablarga koʻra sud majlisiga kelmaganligining oqibatlari
Agar taraflar (daʼvogar va javobgar) uzrsiz sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa yoxud ularning birortasidan ham ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrish toʻgʻrisida ariza tushmagan boʻlsa, sud ishni koʻrishni keyinga qoldiradi.
Taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha ham uzrsiz sabablarga koʻra kelmasalar, sud arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli.
Qarang: mazkur Kodeks 97-moddasining 4-bandi.
Faqat daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha ham uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa, sud javobgarning roziligi bilan arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli.
Qarang: mazkur Kodeks 97-moddasining 5-bandi.
176-modda. Guvoh, ekspert, mutaxassis sud majlisiga kelmaganligining oqibatlari
Guvoh, ekspert yoki mutaxassis sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni guvoh, ekspert yoki mutaxassis kelmasa ham koʻrish mumkinligi haqidagi fikrini eshitib, ishni sudda koʻrishni davom ettirish yoki ishni koʻrishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Agar chaqirilgan guvoh sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, u sudga hurmatsizlik qilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 180-moddasiga asosan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv boʻyicha ham sud majlisiga kelmasa, u sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin.
Qarang: “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1654, 15.01.2007-y.).
Ekspert yoki mutaxassisning sud majlisiga kelmaganligi ushbu Kodeksning 86 va 91-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab boʻladi.
177-modda. Ishni koʻrishni keyinga qoldirish
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek muayyan sud majlisida ishni koʻrishning imkoni boʻlmagan boshqa hollarda sud ishni koʻrishni keyinga qoldiradi.
Sud ishni koʻrishni keyinga qoldirar ekan, navbatdagi sud majlisining vaqtini belgilaydi va bu haqda hozir boʻlgan shaxslarga eʼlon qilib, ularning imzosini qoʻydirib oladi. Sudga kelmagan va protsessda ishtirok etishga yangi jalb qilinadigan shaxslar navbatdagi sud majlisining vaqti toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
(177-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Keyinga qoldirilgan ishni koʻrish qolgan joyidan davom ettiriladi. Biroq, agar ish ushbu Kodeksning 33-moddasida sanab oʻtilgan yangi shaxslarni jalb qilish uchun keyinga qoldirilgan boʻlsa, ishni koʻrish yangidan boshlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarori 16-bandining birinchi xatboshisi.
178-modda. Ishni koʻrish keyinga qoldirilganida guvohlarni soʻroq qilish
Ishni koʻrish keyinga qoldirilganida, agar ishda ishtirok etayotgan hamma shaxslar sud majlisiga kelgan boʻlib, guvohlarning ikkinchi marta kelishi qiyin boʻlsa, sud kelgan guvohlarni soʻroq qilishi mumkin. Bu guvohlar keyingi sud majlisiga faqat zarur hollardagina qaytadan chaqiriladi.
179-modda. Ishni mazmunan koʻrishning boshlanishi
Ishni mazmunan koʻrish raislik qiluvchining ish toʻgʻrisidagi maʼruzasidan boshlanadi. Soʻngra raislik qiluvchi daʼvogardan oʻz talablarini quvvatlash-quvvatlamasligini, javobgardan daʼvogarning talablarini tan olish-olmasligini va taraflarning ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashni istash-istamasliklarini soʻraydi.
180-modda. Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi
Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olganligi yoki taraflar erishgan kelishuv bitimining shartlari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va tegishlicha, daʼvogar, javobgar yoki ikkala taraf tomonidan imzolanadi. Agar daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligi, javobgarning daʼvogar arz qilgan talablarni tan olganligi yoki taraflarning kelishuv bitimi ularning sudga yuborgan yozma arizalarida ifodalangan boʻlsa, mazkur arizalar ishga qoʻshib qoʻyilib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilishdan yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin sud daʼvogarga yoki taraflarga tegishli protsessual harakatlar qilishning oqibatlarini tushuntiradi.
Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilish yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi va shu ajrim bilan ish yuritishni ham tugatadi. Ajrimda taraflarning kelishuv bitimidagi shartlar koʻrsatilishi kerak.
Javobgar arz qilingan talablarni tan olsa va sud tan olishni qabul qilsa, arz qilingan talablarni qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqariladi.
Agar sud javobgarning arz qilingan talablarni tan olishini qabul qilmasa yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlamasa, bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi va ishni mazmunan koʻradi.
181-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Ish toʻgʻrisida maʼruza qilinganidan soʻng, sud daʼvogar va uning tomonida ishtirok etuvchi uchinchi shaxsning, javobgar va uning tomonida ishtirok etuvchi uchinchi shaxsning, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi.
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza bergan prokuror, shuningdek boshqa shaxslar arz qilgan talablari boʻyicha tushuntirishlar berish yoki ularni asoslash uchun birinchi boʻlib soʻzga chiqadilar.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bir-birlariga savollar berishga haqlidirlar.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yozma tushuntirishlari va ushbu Kodeksning 63, 65, 66 va 72-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud olgan tushuntirishlar oʻqib eshittiriladi.
182-modda. Dalillarni tekshirish tartibini belgilash
Sud taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, guvohlarni, ekspertlarni soʻroq qilish hamda boshqa dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi.
183-modda. Guvohlarni soʻroq qilish tartibi
Har bir guvoh alohida soʻroq qilinadi.
Soʻroq qilinmagan guvohlar ishni koʻrish vaqtida sud majlisi zalida boʻlishlari mumkin emas.
Raislik qiluvchi guvohni soʻroq qilishdan oldin uning shaxsini, yoshini, mashgʻulot turini, shu ishga aloqasini hamda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan oʻzaro munosabatini aniqlaydi, shuningdek uni bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik, koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik yoki boʻyin tovlaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishincha 238 va 240-moddalariga muvofiq javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi. Shundan keyin raislik qiluvchi guvohga: “Ish yuzasidan oʻzim bilgan barcha maʼlumotlarni sudga aytib berishga qasam ichaman. Faqat haqiqatni, bor haqiqatni va tanho haqiqatni aytaman”, deb oshkora qasamyod qilishni taklif etadi.
Guvohlarga oʻz huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi toʻgʻrisida ulardan tilxat olinadi. Qasamyod matni va tilxat sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.
Raislik qiluvchi guvohga ish boʻyicha shaxsan oʻzi bilgan maʼlumotlarni sudga aytib berishni taklif qiladi. Shundan soʻng guvohga savollar berilishi mumkin.
Guvoh kimning arizasi boʻyicha chaqirilgan boʻlsa, ana shu shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, soʻngra esa, ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar guvohga savollar beradi. Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan guvohga savollarni birinchi boʻlib daʼvogar beradi.
Sudya (sudyalar) guvohga u soʻroq qilinayotganida istalgan vaqtda savol berishga haqlidir.
Soʻroq qilingan guvohlar ishni koʻrish tamom boʻlguniga qadar sud majlisi zalida qolishlari lozim. Sud soʻroq qilingan guvohlar ishni koʻrish tamom boʻlmasidan oldin sud majlisi zalidan chiqib ketishlariga taraflarning roziligi bilan ruxsat berishi mumkin.
Zarur hollarda sud guvohni bir majlisning oʻzida yoki kelgusi majlisda takroran soʻroq qilishi, shuningdek guvohlarning koʻrsatuvlarida mavjud boʻlgan ziddiyatlarni aniqlash uchun ularni yuzlashtirishi mumkin.
184-modda. Guvohning yozma xotiralardan foydalanish huquqi
Guvoh koʻrsatuv berishda koʻrsatuv biron-bir hisoblar yoki xotirada saqlab qolish qiyin boshqa maʼlumotlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda, yozma xotiralardan foydalanishi mumkin. Bu yozma xotiralar sudga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga koʻrsatiladi va sudning ajrimi bilan ishga qoʻshib qoʻyilishi mumkin.
185-modda. Oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohni soʻroq qilish tartibi
Raislik qiluvchi oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohlarga ish boʻyicha oʻzlari bilgan hamma maʼlumotlarni roʻy-rost aytib berishlari shart ekanligini tushuntiradi, biroq ular koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik yoki boʻyin tovlaganlik uchun va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgar boʻlish toʻgʻrisida ogohlantirilmaydi.
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan guvohlarni soʻroq qilishda, sud lozim topgan taqdirda esa, oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan guvohlarni soʻroq qilishda mutaxassis (oʻqituvchi), zarur hollarda esa, ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, ularning vasiy va homiylari chaqiriladi. Bu shaxslar raislik qiluvchining ruxsati bilan guvohga savollar berishi mumkin.
Alohida hollarda, oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohni soʻroq qilish vaqtida ishda ishtirok etuvchi u yoki bu shaxs sudning ajrimi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Bu shaxs majlis zaliga qaytib kirganidan keyin unga voyaga yetmagan guvohning koʻrsatuvlari oʻqib eshittirilishi va guvohga savollar berish imkoniyati yaratilishi lozim.
Oʻn olti yoshga toʻlamagan guvoh soʻroq qilib boʻlingach, sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi, sud bu guvohning majlis zalida boʻlishini zarur deb topgan hollar bundan mustasno.
186-modda. Guvohlarning koʻrsatuvlarini oʻqib eshittirish
Sud tomonidan ushbu Kodeksning 63, 65, 66 va 72-moddalarida nazarda tutilgan tartibda guvohlardan olingan koʻrsatuvlar sud majlisida oʻqib eshittiriladi.
187-modda. Yozma dalillarni tekshirish
Yozma dalillar yoki ularni koʻzdan kechirish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 63, 65, 66 va 72-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan bayonnomalar sud majlisida oʻqib eshittiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa, ekspert, mutaxassis va guvohlarga tanishish uchun taqdim etiladi. Shundan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar mazkur dalillar xususida tushuntirishlar berishlari mumkin.
188-modda. Fuqarolarning shaxsiy yozishmalari, telegraf va boshqa xil maʼlumotlarini oʻqib eshittirish
Fuqarolarning yozishmalari, telegraf va boshqa xil maʼlumotlarini sir saqlash maqsadida ularning shaxsiy yozishmalari, telegraf va boshqa xil maʼlumotlari shu yozishma, telegraf va boshqa xil maʼlumotlarni oʻzaro almashgan shaxslarning roziligi bilan sudning ochiq majlisida oʻqib eshittirilishi mumkin. Aks holda bunday yozishma, telegraf va boshqa xil maʼlumotlar yopiq sud majlisida oʻqib eshittiriladi va tekshiriladi.
189-modda. Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisida arz qilish
Ishda mavjud boʻlgan hujjat qalbaki deb arz qilingan taqdirda, bu hujjatni taqdim etgan shaxs uni dalillar qatoridan chiqarib, ishni boshqa dalillar asosida hal etishni suddan iltimos qilishi mumkin.
Agar hujjatni taqdim etgan shaxs bunday arz bilan murojaat qilmasa yoki hujjat sudning oʻz tashabbusi bilan talab qilib olingan boʻlsa, hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisida arz qilgan shaxs oʻzining daʼvosini isbot qilishi shart.
190-modda. Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish
Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish uchun sud ekspertiza tayinlashi yoki boshqa dalillar talab qilishi mumkin.
Agar sud hujjat qalbaki degan xulosaga kelsa, uni dalillar qatoridan chiqaradi. Zarur hollarda sud materiallarni prokurorga yuboradi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 29-bandi.
191-modda. Ashyoviy dalillarni tekshirish
Ashyoviy dalillar sud tomonidan koʻzdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa, ekspert, mutaxassis va guvohlarga ham koʻrsatiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
Ashyoviy dalillar koʻrsatilgan shaxslar sudning eʼtiborini koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan u yoki bu holatlarga qaratishlari mumkin. Bunday arzlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi.
Ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 63 va 66-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan bayonnomalar sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berishlari mumkin.
192-modda. Dalillarni joyda koʻzdan kechirish
Sudga keltirish mumkin boʻlmagan yozma va ashyoviy dalillar ularning turgan joyida koʻzdan kechiriladi va tekshiriladi. Joyida koʻzdan kechirishni oʻtkazish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 25-bandining ikkinchi xatboshisi.
Dalillarni joyida koʻzdan kechirish sudning butun tarkibi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan, zarur hollarda esa, ekspertlar, mutaxassislar va guvohlar chaqirgan holda oʻtkaziladi.
Koʻzdan kechirish joyiga borganda, raislik qiluvchi sud ish koʻrishni davom ettirishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi, ishni koʻrish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga binoan olib boriladi. Koʻzdan kechirish natijalari sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnomaga koʻzdan kechirish paytida tuzilgan yoki tekshirilgan barcha rejalar, chizmalar, suratlar ilova qilinishi mumkin.
193-modda. Ekspertni soʻroq qilish
Ekspertning xulosasi sud majlisida oʻqib eshittiriladi. Shundan keyin xulosani tushuntirish va toʻldirish maqsadida ekspertga savollar berilishi mumkin.
Ekspertiza kimning arizasi boʻyicha tayinlangan boʻlsa, oʻsha shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, soʻngra esa, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi.
Sudning tashabbusi bilan tayinlangan ekspertga birinchi boʻlib daʼvogar savollar beradi.
Ekspert soʻroq qilinayotganida sudya (sudyalar) unga istalgan vaqtda savollar berishga haqlidir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlari.
194-modda. Qoʻshimcha va qayta ekspertizalar
Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin.
Qayta ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari koʻrsatilishi lozim.
Qayta ekspertizani oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirish oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 16 va 17-bandlari.
(194-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
195-modda. Mutaxassisni soʻroq qilish
Mutaxassis bildirgan fikrni oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida sud majlisida unga savollar beriladi.
Mutaxassis kimning arizasi boʻyicha chaqirilgan boʻlsa, oʻsha shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, soʻngra esa, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi.
Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan mutaxassisga birinchi boʻlib daʼvogar savollar beradi.
Mutaxassis soʻroq qilinayotganida sudya (sudyalar) unga istalgan vaqtda savollar berishga haqlidir.
196-modda. Davlat boshqaruvi organlarining xulosalari
Sud tomonidan protsessda ishtirok qilish uchun jalb etilgan yoki oʻz tashabbusi bilan protsessga kirishgan davlat boshqaruvi organlarining xulosalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi, keyin xulosani oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar mazkur organlarning vakillariga savollar berishlari mumkin.
197-modda. Ishni mazmunan koʻrishni tamomlash
Ish boʻyicha toʻplangan hamma dalillar tekshirib boʻlinganidan keyin raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ish materiallarini biror tarzda toʻldirish istaklari bor-yoʻqligini soʻraydi. Bunday arzlar boʻlmasa, raislik qiluvchi ishni mazmunan koʻrish tamom boʻlganligini eʼlon qiladi va sud muzokaralarni eshitishga oʻtadi.
198-modda. Sud muzokaralari
Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nutqlaridan iborat boʻladi.
Sud muzokarasida qatnashuvchilar oʻz nutqlarida sud aniqlamagan holatlarni, shuningdek sud majlisida tekshirilmagan dalillarni vaj qilib keltirishga haqli emaslar.
Dastlab daʼvogar va uning vakili, keyin javobgar va uning vakili soʻzlaydi. Boshlangan protsessda nizo predmetiga nisbatan mustaqil talabi borligini arz qilgan uchinchi shaxs va uning vakili taraflardan keyin soʻzlaydi. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talabi borligini arz qilmagan uchinchi shaxs va uning vakili shu uchinchi shaxs ishda qaysi daʼvogar yoki javobgar tomonida ishtirok etuvchi boʻlsa, ana shu daʼvogar yoki javobgardan keyin soʻzlaydi.
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar vakillari yoki ayrim fuqarolar sud muzokaralarida birinchi boʻlib soʻzlaydilar.
Sud tomonidan protsessda ishtirok qilishga jalb etilgan yoki protsessga oʻz tashabbusi bilan kirishgan davlat boshqaruvi organlarining vakillari sud muzokaralarida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzlaydilar.
Muzokara ishtirokchilari bir-birlariga luqma tashlashlari mumkin. Oxirgi luqma huquqiga doimo javobgar va uning vakili ega boʻladi.
199-modda. Prokurorning fikri
Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mohiyati boʻyicha oʻz fikrini bayon etadi, prokurorning boshqa shaxslar huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida bergan arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishlar bundan mustasno.
(199-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
200-modda. Ishni mazmunan koʻrishni tiklash
Sud muzokaralarini eshitgach, sud ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirishni zarur deb topsa, ishni mazmunan koʻrishni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ishni mazmunan koʻrish tamom boʻlganidan keyin, sud muzokaralari umumiy tartibda oʻtkaziladi.
201-modda. Sudning hal qiluv qarorini chiqarish uchun maslahatxonaga kirishi
Sud muzokaralarini eshitgach, sud hal qiluv qarori chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisida hozir boʻlganlarga eʼlon qiladi.
202-modda. Sudning hal qiluv qarorini oʻqib eshittirish
Sud hal qiluv qarori imzolanganidan keyin sud majlisi oʻtkazilayotgan zalga qaytib kiradi va raislik qiluvchi sudning hal qiluv qarorini oʻqib eshittiradi. Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatini tushuntiradi hamda shu ish yuzasidan sud majlisini yopiq deb eʼlon qiladi.
18-BOB. SUDNING HAL QILUV QARORI
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 13-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori.
203-modda. Hal qiluv qarori chiqarish
Birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qiladigan qarori hal qiluv qarori shaklida chiqariladi.
Sud hal qiluv qarorini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi.
Sudning hal qiluv qarori ish koʻrib boʻlinganidan soʻng darhol chiqariladi.
Alohida hollarda juda murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash koʻpi bilan uch kunga kechiktirilishi mumkin, lekin hal qiluv qarorining xulosa qismini sud ishni koʻrish tamomlangan majlisning oʻzidayoq eʼlon qilishi kerak. Ayni bir vaqtda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishlari mumkinligini eʼlon qiladi. Hal qiluv qarorining eʼlon qilingan xulosa qismi sudya (sudyalar) tomonidan imzolanadi va ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 13-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 9 va 12-bandlari.
204-modda. Sud maslahatlashuvining sir tutilishi
Hal qiluv qarori sudya tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi, yozma ravishda tuziladi va sudya tomonidan imzolanadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida boshqa shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining 8-bandi.
(204-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
205-modda. Hal qiluv qarori chiqarish vaqtida echiladigan masalalar
Sud hal qiluv qarorini chiqarayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlar aniqlanganligini, qandaylari aniqlanmaganligini, bu ishga nisbatan qanday qonun qoʻllanilishi lozimligini va arz qilingan talabni qanoatlantirish lozimligi yoki lozim emasligini aniqlaydi.
Sud, shuningdek, sud xarajatlarini taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro etish tartibi va muddatini belgilaydi, boshqa qoʻshimcha masalalarni hal etadi.
Agar ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur boʻlib qolsa, sud hal qiluv qarori chiqarmasdan, ishni sudda koʻrishni tiklaydi va bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud ishni faqat qoʻshimcha tekshirishga muhtoj holatlar doirasidagina koʻradi.
206-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
Hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat boʻladi.
Hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarori chiqarilgan vaqt va joy, hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar koʻrsatiladi.
Hal qiluv qarorining bayon qismida daʼvogarning talabi, javobgarning eʼtirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlari koʻrsatilishi kerak.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, ishning holatlari toʻgʻrisidagi sud xulosalariga asos boʻlgan dalillar, sud u yoki bu dalilni rad qilishda asoslangan xulosalar, sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari koʻrsatilmogʻi lozim. Agar javobgar arz qilingan talabni tan olsa, asoslantirish qismida faqat arz qilingan talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi koʻrsatilishi mumkin.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablarni qanoatlantirish yoxud butunlay yoki qisman rad etish toʻgʻrisidagi xulosasi, sud xarajatlarining taqsimlanishi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish muddati va tartibi koʻrsatilishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 13-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 8-bandi.
207-modda. Sudning arz qilingan talablar doirasidan chetga chiqish huquqi
Sud ishni daʼvogarning arz qilgan talablari doirasida hal qiladi. Biroq, sud daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun zarur deb topsa, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda daʼvogarning arz qilgan talablari doirasidan chetga chiqishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 13-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 10-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 18-bandi.
208-modda. Hal qiluv qarorini ijro etish tartibi va muddatini belgilash, hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash
Sud hal qiluv qarorini ijro etishning muayyan tartibi va muddatini belgilasa yoki hal qiluv qarori darhol ijro etilishini zarur deb topsa yoxud uning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsa, bu haqda hal qiluv qarorida koʻrsatiladi.
209-modda. Tashkilotlardan pul summalari undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Sud tashkilotlardan pul summalari undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida undiriladigan pul summasining turini, shuningdek, undiriladigan summa javobgarning bankdagi qaysi hisobidan olinishi kerakligini koʻrsatadi.
210-modda. Mol-mulkni yoki uning qiymatini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Sud mol-mulkni natura tarzida undirish toʻgʻrisida chiqargan hal qiluv qarorida, agar hal qiluv qarorini ijro etish vaqtida mazkur mulk naqd boʻlmasa, javobgardan undirib olinishi lozim boʻlgan mulk qiymatini koʻrsatadi.
211-modda. Javobgar zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan hal qiluv qarori
Sud javobgar zimmasiga mol-mulk yoki pul berish bilan bogʻliq boʻlmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan hal qiluv qarorida, agar javobgar hal qiluv qarorini belgilangan muddatda bajarmasa, daʼvogar bu harakatlarni javobgarning hisobidan bajarib, qilgan xarajatlarini keyinchalik javobgardan undirib olishga haqlidir, deb koʻrsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat javobgar tomonidan bajarilishi mumkin boʻlsa, sud hal qiluv qarorida uni bajarish lozim boʻlgan muddatni belgilab qoʻyadi.
212-modda. Sudning hal qiluv qarori oʻzgarmasligi
Ish boʻyicha hal qiluv qarori oʻqib eshittirilganidan keyin shu qarorni chiqargan sudning oʻzi uni bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli emas, sirtdan chiqarilgan qaror bundan mustasno.
213-modda. Hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish
Sud hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolarni va ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni oʻz tashabbusi bilan yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra tuzatishi mumkin. Tuzatish kiritish masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmasligi tuzatish kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qaroriga tuzatish kiritish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 13-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 17-bandi.
214-modda. Qoʻshimcha hal qiluv qarori
Ish boʻyicha hal qiluv qarori chiqargan sud ishda ishtirok etayotgan shaxslarning arizalariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda qoʻshimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin:
1) huquq toʻgʻrisidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi lozim boʻlgan mulkni yoki javobgar bajarishi lozim boʻlgan harakatlarni koʻrsatmagan boʻlsa;
2) arz qilingan talablarning birortasi boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar keltirgan va tushuntirishlar bergan boʻlsalar-u, lekin bu xususda hal qiluv qarori chiqarilmagan boʻlsa;
3) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash koʻrsatilmagan boʻlsa.
Qoʻshimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasi hal qiluv qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay qoʻzgʻatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻshimcha hal qiluv qarori sud tomonidan masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqilganidan soʻng qabul qilinadi va uning ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi hamda unga nisbatan protest keltirilishi mumkin.
(214-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Qoʻshimcha hal qiluv qarori chiqarish toʻgʻrisidagi talabni rad etish haqidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 13-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 15-bandi.
215-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
Hal qiluv qarori tushunarli boʻlmasa, ishni hal qilgan sud oʻz tashabbusi bilan yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga, shuningdek davlat ijrochisining arizasiga koʻra hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirishga haqli.
(215-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Agar hal qiluv qarori ijro qilinmagan va uni majburiy ijro qildirish mumkin boʻlgan muddat oʻtmagan boʻlsagina, hal qiluv qarorini tushuntirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish masalasi ishda ishtirok etayotgan shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning sudga kelmasligi hal qiluv qarorini tushuntirish masalasini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hal qiluv qarorini tushuntirib berish toʻgʻrisidagi arizani u tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqadi.
(215-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Hal qiluv qarorini tushuntirish masalasi yuzasidan sudning chiqargan ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 13-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 16-bandi.
216-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish va uni boʻlib-boʻlib ijro etish, hal qiluv qarorini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish
Alohida hollarda, ish boʻyicha hal qiluv qarori chiqargan sud yoki hal qiluv qarorini ijro etish joyidagi sud ishda ishtirok etayotgan shaxslarning arizasiga koʻra, taraflarning mulkiy ahvoli yoki boshqa holatlarga qarab, hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirishga yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etishga yoʻl qoʻyishga, shuningdek, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirishga haqli. Mazkur arizalar ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmasligi sud oldiga qoʻyilgan masalani hal etishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza u berilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi hamda qarzdorga, shuningdek sud hujjatini ijro etish davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlsa, davlat ijrochisiga yuboriladi.
(216-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi, shuningdek ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish haqidagi masala boʻyicha sudning chiqargan ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 13-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 18-bandi.
217-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi
Oldingi tahrirga qarang.
Sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat berilmagan yoki protest keltirilmagan boʻlsa, apellatsiya shikoyati berish va protest keltirish muddati oʻtganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berilgan yoki apellatsiya protesti keltirilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ishni yuqori instansiya sudi koʻrib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi.
(217-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar va ishda ishtirok etgan boshqa shaxslar, shuningdek ularning huquqiy vorislari sudga oʻsha talablar bilan, oʻsha asoslar boʻyicha yangidan arz qilishlari, shuningdek, boshqa protsessda sud aniqlagan faktlar va huquqiy munosabatlar haqida nizolashishlari mumkin emas.
Agar ish sudda ushbu Kodeksning 5-moddasida nazarda tutilgan tartibda prokuror yoki davlat boshqaruvi organi, tashkilot yoki ayrim fuqarolar tomonidan boshlangan boʻlsa, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ish kimning manfaatini koʻzlab qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ana shu shaxs uchun majburiydir. Agar javobgardan davriy toʻlovlar (alimentlar, sogʻliqqa shikast yetkazilganda koʻrilgan zararni qoplash yoki oʻlganlik bilan bogʻliq toʻlovlar va hokazolar) undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin toʻlovlar miqdori yoki muddatini belgilashga taʼsir etuvchi holatlar jiddiy ravishda oʻzgarsa, har bir taraf yangidan ariza berish yoʻli bilan toʻlovlarning miqdori va muddatini oʻzgartirishni talab qilishga haqli.
218-modda. Hal qiluv qarorini ijro etish
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan soʻng ijro etiladi, darhol ijro etish hollari bundan mustasno.
Qarang: mazkur Kodeksning 219, 220-moddalari.
219-modda. Darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari
Sudning quyidagi hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi shart:
1) alimentlar undirish toʻgʻrisidagi;
2) xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi;
3) mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetishi, shuningdek boquvchisining oʻlimi natijasida koʻrilgan zararni qoplash uchun toʻlovlar undirish toʻgʻrisidagi;
4) mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
41) sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi.
(219-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
5) sudda ishni koʻrish vaqtida javobgar daʼvoni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, toʻliq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarori 37-bandining birinchi xatboshisi.
220-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga sudning yoʻl qoʻyish huquqi
Sud quyidagi hal qiluv qarorlari butunlay yoki qisman darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin:
1) daʼvogar va javobgar sudning chiqargan hal qiluv qaroriga va uning darhol ijro etilishiga rozi boʻlganda;
2) muallifning intellektual faoliyati natijasidan foydalanganlik uchun unga haq undirib berish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori;
3) alohida holatlar natijasida hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish undiruvchi uchun koʻp zarar keltirishi mumkin boʻlgan yoki ijroning bajarilishi mumkin boʻlmay qolgan hamma boshqa ishlar boʻyicha.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining ikkinchi xatboshisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 24-bandi.
Ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, taraflarning roziligi sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va taraflar tomonidan imzolanadi. Agar taraflarning roziligi sud nomiga yuborilgan yozma arizalarda ifodalangan boʻlsa, bu arizalar ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismi 3-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilganida sud daʼvogardan sudning qarori bekor qilingan taqdirda, undirilgan narsalar qaytarilishini taʼminlashni talab qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hal qiluv qarori chiqarilgandan soʻng apellatsiya shikoyati berish va protest keltirish muddati ichida hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyish masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmasligi darhol ijro etish masalasini hal qilishga toʻsqinlik qilmaydi.
(220-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish masalasi boʻyicha sudning chiqargan ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. Hal qiluv qarorini darhol ijro etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki keltirilgan protest bu ajrimning ijrosini toʻxtatmaydi.
221-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Quyidagi hollarda hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
1) darhol ijro etish natijasida mulkning holati oʻzgarib, hal qiluv qarori bekor qilingan taqdirda mulkni ilgarigi holatiga keltirish mumkin boʻlmasa yoki juda qiyin boʻlsa;
2) fuqarolarni binodan koʻchirish toʻgʻrisidagi ishlarga taalluqli boʻlsa.
222-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash
Sud darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini ushbu Kodeksning 24-bobida belgilangan qoidalar boʻyicha taʼmin qilishi mumkin.
223-modda. Taraflarga va boshqa shaxslarga sudning hal qiluv qarorlari va ajrimlaridan nusxalar yuborish
Taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga koʻra, ularga sud hal qiluv qarorining yoki ish yuritishni toʻxtatib turish, tugatish toʻgʻrisidagi yoxud arizani koʻrmay qoldirish haqidagi sud ajrimining nusxasi imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Sud hal qiluv qarorining yoki ish yuritishni toʻxtatib turish, tugatish toʻgʻrisidagi yoxud arizani koʻrmay qoldirish haqidagi sud ajrimining nusxasi sud majlisiga kelmagan taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga hal qiluv qarori yoki ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(223-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
19-BOB. SIRTDAN HAL QILUV QARORI ChIQARISh
224-modda. Sud majlisiga javobgar kelmaganligining oqibatlari
Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, daʼvogar eʼtiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin. Ishni bunday tartibda koʻrish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tartibda xabardor qilinganligi haqida ishda maʼlumot boʻlishi lozim.
Sud majlisiga barcha javobgarlar kelmagan taqdirda ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 13-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 14-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 19-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 06-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 14-bandining uchinchi xatboshisi.
(224-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
225-modda. Sudga kelgan tarafning huquqlari
Agar sud majlisiga kelgan daʼvogar ishni javobgar ishtirokisiz sirtdan ish yuritish tartibida koʻrishga rozi boʻlmasa, sud ishni koʻrishni keyinga qoldiradi va kelmagan javobgarga sudda takror koʻriladigan vaqt va joy haqida qayta xabar yuboradi.
226-modda. Sirtdan ish yuritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilganida sud ishda mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanadi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vaj va iltimoslarini eʼtiborga olib, hal qiluv qarori chiqaradi, bu hal qiluv qarori sirtdan chiqarilgan deb ataladi.
(226-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilganida daʼvoning asosi yoki predmeti oʻzgartirilishi yoki daʼvo talablarining miqdori koʻpaytirilishi mumkin emas.
227-modda. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining mazmuni
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining mazmuni ushbu Kodeks 206-moddasining qoidalari bilan belgilanadi. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining xulosa qismida bu hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish haqida ariza berish muddati va tartibi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
228-modda. Hal qiluv qarorining nusxasini yuborish
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining nusxasi sud majlisiga kelmagan tarafga shu qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(228-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
229-modda. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining ustidan shikoyat berish (protest keltirish)
Oldingi tahrirga qarang.
Javobgar hal qiluv qarorini sirtdan chiqargan sudga shu hal qiluv qarori chiqarilganidan keyin oʻn besh kun ichida uni qayta koʻrish haqida ariza berishga haqli.
(229-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori ustidan ushbu Kodeksning 37-bobida belgilangan tartibda ham shikoyat berish (protest keltirish) mumkin.
230-modda. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish haqidagi arizaning mazmuni
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish haqidagi arizada quyidagilar boʻlishi kerak:
1) sirtdan hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi;
2) ariza berayotgan tarafning nomi;
3) sud majlisiga uzrli sabablarga koʻra kelmaganlikdan dalolat beruvchi holatlar roʻyxati va ularni tasdiqlovchi dalillar, shuningdek, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining mazmuniga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan dalillar roʻyxati;
4) ariza beruvchi tarafning iltimosi;
5) arizaga ilova qilingan materiallarning roʻyxati.
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish haqidagi ariza taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga beriladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno. Ariza berganlik uchun davlat boji toʻlanmaydi.
(230-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
231-modda. Sudning arizani qabul qilganidan keyingi harakatlari
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish haqidagi arizani koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi, ularga shu ariza va unga ilova qilingan materiallarning nusxalarini yuboradi.
232-modda. Arizani koʻrish
Sud sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish haqidagi arizani ariza tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida koʻradi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilingan shaxslarning kelmasligi arizani koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Sud arizani koʻrganidan keyin ajrim chiqaradi. Sudning arizani qanoatlantirmaslik haqida chiqargan ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi mumkin.
233-modda. Sudning vakolatlari
Sud sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish haqidagi arizani koʻrib, oʻzining ajrimi bilan:
1) arizani qanoatlantirmay qoldirishga;
2) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish va avvalgi tarkibdagi yoki boshqa tarkibdagi sud tomonidan ishni mazmunan koʻrishni tiklashga haqli.
234-modda. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Agar sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish vaqtida sud tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni oʻz vaqtida xabardor qilish imkoniyati boʻlmaganligini hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan dalillarni taqdim qilayotganini aniqlasa, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan koʻrish tiklanishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 41-bandi.
235-modda. Ishni koʻrishni tiklash
Agar sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori shu qarorni chiqargan sud tomonidan bekor qilinsa, ishni mazmunan koʻrish tiklanadi va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi.
Agar ushbu Kodeksning 132—139-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmasa ham, ish boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarori sirtdan chiqarilgan hisoblanmaydi. Javobgar bu hal qiluv qarori sirtdan chiqarilgan qaror sifatida qayta koʻrilishini soʻrab, ariza berishga haqli emas.
236-modda. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining qonuniy kuchi
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 217-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq qonuniy kuchga kiradi.
20-BOB. BIRINChI INSTANSIYA SUDINING AJRIMLARI
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 25-maydagi 7-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarori.
237-modda. Sud ajrimini chiqarish
Birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qilmaydigan qarorlari ajrim shaklida chiqariladi.
Ajrimlar sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) ushbu Kodeksning 14 va 204-moddalarida belgilangan tartibda chiqariladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 25-maydagi 7-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 2 va 4-bandlari.
Murakkab boʻlmagan masalalar hal etilganida sud oʻz joyida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilishi bilan darhol eʼlon qilinadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 25-maydagi 7-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
238-modda. Ajrimning mazmuni
Sud ajrimida quyidagilar koʻrsatiladi:
1) ajrimning chiqarilgan vaqti va joyi;
2) sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar;
4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinayotgan masalaning mohiyati;
5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qoʻllagan qonunlar;
6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;
7) ajrim ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Sud tomonidan oʻz joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 25-maydagi 7-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
20-1-BOB. BUYRUQ TARTIBIDA ISh YuRITISh
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
2381-modda. Sud buyrugʻi asosida qarzni undirish
Sud buyrugʻi undiruvchining pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi yoki koʻchar mol-mulkni nizosiz talablar boʻyicha qarzdordan talab qilib olish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha sudya sudda ishni koʻrmasdan chiqargan hujjatdir.
Sud buyrugʻi ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrugʻi boʻyicha undiruv buyruq berilganidan keyin va sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: mazkur Kodeksning IV boʻlimi (“Sud qarorlarining ijrosi”) va Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 1 va 2-bandlari.
2382-modda. Sud buyrugʻini chiqarish boʻyicha talablar
Sud buyrugʻi quyidagi hollarda chiqariladi:
1) agar talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
2) agar talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan boʻlsa, shu jumladan, agar kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha qarzni undirish haqidagi talab arz qilingan boʻlsa;
(2382-moddasining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 9-apreldagi OʻRQ-149-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 92-modda)
3) agar voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish haqidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bogʻliq boʻlmagan talab arz qilingan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
4) agar hisoblangan, lekin xodimga toʻlanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqidagi talab arz qilingan boʻlsa.
(2382-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 9-apreldagi OʻRQ-149-sonli Qonuniga muvofiq 4-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 92-modda)
5) agar fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarni undirish haqidagi talab arz qilingan boʻlsa.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 2, 9, 10, 11-bandlari.
(2382-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuniga muvofiq 5-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
2383-modda. Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza sudga ushbu Kodeksning 22-bobida belgilangan sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalari boʻyicha beriladi.
Ariza yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda beriladi. Arizada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
(2383-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) undiruvchining nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi (yuridik shaxsning joylashgan yeri va rekvizitlari);
3) qarzdorning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi (yuridik shaxsning joylashgan yeri va rekvizitlari);
4) undiruvchining talabi va talabga asos boʻlgan holatlar;
5) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova etilayotgan hujjatlar roʻyxati.
Koʻchar mol-mulk talab qilingan taqdirda arizada ushbu mol-mulkning qiymati koʻrsatilishi lozim.
Ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova etilishi kerak.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 3 — 5, 8 — 10-bandlari.
2384-modda. Davlat boji
Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisida ariza berganlik uchun qonun hujjatlarida daʼvo ishi yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 104-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”ning 1-bandi.
Undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda qaytarib beriladi.
Undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji, undiruvchi qarzdorga daʼvo ishi yuritish tartibida daʼvo taqdim etgan taqdirda, toʻlanishi lozim boʻlgan boj hisobiga oʻtkaziladi.
2385-modda. Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslari
Sudya sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni ushbu Kodeksning 152-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etadi. Bundan tashqari sudya quyidagi hollarda arizani qabul qilishni rad etadi, agar:
1) arz qilingan talab ushbu Kodeksning 238-2-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa;
2) qarzdor Oʻzbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda boʻlsa;
3) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa;
4) huquq toʻgʻrisida nizo mavjud deb hisoblansa;
5) arizaning shakli va mazmuni ushbu Kodeks 238-3-moddasining talablariga javob bermasa;
6) ariza berganlik uchun davlat boji toʻlanmagan boʻlsa.
Sudya arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi.
Arizani qabul qilishning rad etilishi undiruvchining ana shu talab boʻyicha daʼvo ishini yuritish tartibida daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7, 17 va 18-bandlari.
2386-modda. Arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish
Agar ariza ushbu Kodeks 2383-moddasining talablariga javob bermasa yoki ariza berganlik uchun davlat boji toʻlanmagan boʻlsa, sudya sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishga va oʻz ajrimi bilan undiruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish yoxud davlat bojini toʻlash uchun koʻpi bilan uch kun muhlat belgilashga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi.
Agar undiruvchi sudyaning koʻrsatmalariga muvofiq, u belgilagan muddatda kamchiliklarni bartaraf etsa, davlat bojini toʻlasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, sudya ushbu Kodeksning 2385-moddasiga muvofiq arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
2387-modda. Sud buyrugʻini chiqarish muddati
Arz qilingan talabning mazmuni boʻyicha sud buyrugʻi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kun ichida sudya tomonidan chiqariladi.
2388-modda. Sud buyrugʻining mazmuni
Sud buyrugʻida quyidagilar koʻrsatiladi:
1) ish yuritish tartib raqami va buyruq chiqarilgan sana;
2) sudning nomi, buyruq chiqargan sudyaning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari;
3) undiruvchining nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), yashash joyi yoki joylashgan yeri;
4) qarzdorning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), yashash joyi yoki joylashgan yeri;
5) talabni qondirish uchun asos boʻlgan qonun;
6) undirilishi lozim boʻlgan pul summasining miqdori yoki talab qilib olinishi lozim boʻlgan koʻchar mol-mulkning qiymati ham koʻrsatilgan holdagi belgisi;
7) agar qonunda yoki shartnomada neustoyka undirish nazarda tutilgan boʻlsa, neustoyka miqdori;
8) qarzdordan undirilishi lozim boʻlgan davlat bojining summasi;
9) arz qilingan talabga qarshi qarzdor tomonidan eʼtiroz bildirish muddati va tartibi.
Voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻida ushbu moddaning 1—5 va 8-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari quyidagilar koʻrsatiladi: qarzdorning tugʻilgan sanasi va joyi, taʼminoti uchun aliment undirilishi lozim boʻlgan har bir bolaning ismi va tugʻilgan sanasi, qarzdordan har oyda undiriladigan toʻlovlar miqdori va ularni undirish muddati.
Sud buyrugʻi sudya tomonidan imzolanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi.
2389-modda. Qarzdorga sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini yuborish
Sud buyrugʻi chiqarilganidan keyin sudya uning koʻchirma nusxasini darhol qarzdorga yuboradi.
Sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida qarzdor arz qilingan talabga qarshi oʻz eʼtirozlarini buyruqni chiqargan sudga yuborishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 21 va 24-bandlari.
23810-modda. Sud buyrugʻini bekor qilish
Agar belgilangan muddatda qarzdordan arz qilingan talabga qarshi eʼtirozlar tushsa, sudya sud buyrugʻini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sudya undiruvchi arz qilgan talab daʼvo ishlarini yuritish tartibida taqdim etilishi mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimning nusxalari ajrim chiqarilganidan keyin uch kundan kechiktirmay taraflarga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(23810-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 20 va 21-bandlari.
23811-modda. Sud buyrugʻini undiruvchiga berish
Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga eʼtiroz tushmasa, sudya sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrugʻini ijro etishga taqdim qilish uchun undiruvchiga beradi.
Undiruvchining iltimosiga koʻra, sud buyrugʻi ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuborilishi mumkin.
Qarzdordan davlat bojini undirish maqsadida sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrugʻining alohida nusxasi ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuboriladi.
(kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuniga muvofiq 20-1-bob bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
2-KIChIK BOʻLIM. DAʼVO IShLARINI YuRITISh
21-BOB. UMUMIY QOIDALAR
239-modda. Sudda daʼvo ishlarini yuritish tartibida koʻriladigan ishlar
Sudda daʼvo ishlarini yuritish tartibida koʻriladigan ishlarga fuqarolik munosabatlaridan, mehnatga, oilaga, uy-joyga doir va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha ishlar kiradi, basharti, qonun hujjatlarida ularni koʻrishning oʻzga tartibi belgilangan boʻlmasa.
240-modda. Daʼvo ishlarini koʻrish tartibi
Daʼvo ishlari ushbu Kodeksning 21—25-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan birga fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga muvofiq koʻriladi.
22-BOB. DAʼVO IShLARINI YuRITIShNING SUDLOVGA TAALLUQLILIGI
241-modda. Daʼvogarning tanlashi boʻyicha sudlovga taalluqlilik
Yashash joyi nomaʼlum boʻlgan javobgarga nisbatan daʼvolar uning mol-mulki turgan joyda yoki uning soʻnggi yashagan joyida taqdim etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyiga ega boʻlmagan javobgarga nisbatan daʼvolar Oʻzbekiston Respublikasida uning mol-mulki turgan joyda yoki maʼlum boʻlgan soʻnggi yashash joyida taqdim etilishi mumkin.
Daʼvogar aliment undirish toʻgʻrisidagi, otalikni belgilash haqidagi va mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik yoxud boquvchining oʻlimi natijasida koʻrilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolarni oʻzi yashab turgan joyda ham taqdim etishi mumkin.
Kemalar toʻqnashuvi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi, shuningdek, suvda yordam berganlik va qutqarganlik uchun haq undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar ham javobgarning kemasi turgan yoki kema roʻyxatga olingan port joylashgan manzilda taqdim etilishi mumkin.
Ijro qilish joyi koʻrsatilgan shartnomalardan kelib chiqadigan daʼvolar shartnomani ijro qilish joyida ham taqdim etilishi mumkin.
Fuqaroning yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar zarar yetkazilgan joyda ham taqdim etilishi mumkin.
Yuridik shaxsning filiali faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar filial joylashgan manzilda ham taqdim etilishi mumkin.
Turli joylarda yashovchi yoki turuvchi bir necha javobgarga nisbatan yoki yuridik shaxs boʻlib, turli manzilda joylashgan javobgarlarga nisbatan daʼvo daʼvogarning tanlashi boʻyicha javobgarlardan biri yashaydigan yoki turgan joyda taqdim etiladi.
Gʻayriqonuniy hukm qilish, gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida gʻayriqonuniy qamoqqa olish yoxud maʼmuriy qamoqqa olish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi maʼmuriy jazoni gʻayriqonuniy qoʻllash natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash bilan bogʻliq boʻlgan mehnat, pensiya va uy-joyga doir huquqlarni tiklash, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarib berish toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning yashash joyida ham taqdim etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar daʼvogarning voyaga yetmagan bolalari borligi, shuningdek, nogironligi yoki ogʻir kasalligi tufayli u javobgar yashab turgan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga borishga qiynalsa, nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning yashaydigan joyida taqdim etilishi mumkin.
(241-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Bedarak yoʻqolgan deb yoxud ruhiy holatining buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, shuningdek, uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi daʼvolar, daʼvogarning xohishiga qarab, uning yashash joyida koʻrilishi mumkin.
242-modda. Sudlovga taalluqlilikning alohida hollari
Imoratga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi, mol-mulkni xatlashdan chiqarish haqidagi, yer maydonidan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi daʼvolar imorat, mol-mulk yoki yer maydoni joylashgan hududdagi sudning sudloviga taalluqlidir.
Meros qoldiruvchining kreditorlari meros vorislar tomonidan qabul qilinguniga qadar taqdim etgan daʼvolar meros mol-mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan hududdagi sudning sudloviga tegishlidir.
Yoʻlovchi, bagaj yoki yuk tashish shartnomalaridan yuk tashuvchilarga nisbatan kelib chiqadigan daʼvolar belgilangan tartibda talab qoʻyilgan transport tashkilotining organi joylashgan hududda taqdim etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 724-moddasi.
243-modda. Kelishilgan sudlovga taalluqlilik
Taraflar oʻzaro kelishib, muayyan ish uchun hududiy sudlovga taalluqlilikni oʻzgartirishlari mumkin.
Ushbu Kodeksning 242-moddasida belgilangan sudlovga taalluqlilik taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin emas.
244-modda. Qarshi daʼvoning sudlovga taalluqliligi
Qarshi daʼvo oʻzining sudlovga taalluqliligidan qatʼi nazar, dastlabki daʼvo koʻriladigan joydagi sudda taqdim etiladi.
245-modda. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararlar toʻgʻrisidagi fuqarolik ishining sudlovga taalluqliligi
Jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik daʼvosi, agar jinoyat ishi koʻrilayotganda arz qilinmagan yoki hal etilmagan boʻlsa, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida koʻrish uchun fuqarolik ishlarining sudlovga taalluqliligiga doir umumiy qoidalarga binoan taqdim etiladi.
23-BOB. QARShI DAʼVO
246-modda. Qarshi daʼvo taqdim etish
Sud ish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarguniga qadar javobgar dastlabki daʼvo bilan birga koʻrib chiqilishi uchun daʼvogarga nisbatan qarshi daʼvo taqdim etishga haqli.
Qarshi daʼvo taqdim etish daʼvo taqdim etish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
247-modda. Qarshi daʼvoni qabul qilish shartlari
Quyidagi hollarda sudya qarshi daʼvoni qabul qilishi shart:
1) qarshi daʼvo dastlabki daʼvoni qoplashga qaratilgan boʻlsa;
2) qarshi daʼvoning qanoatlantirilishi dastlabki daʼvo qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa;
3) qarshi va dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻlanish mavjud boʻlib, ularni birga koʻrish nizo tezroq va toʻgʻri hal qilinishiga yordam bersa.
24-BOB. DAʼVONI TAʼMINLASh
248-modda. Daʼvoni taʼminlash asoslari
Sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin. Daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrmaslik sud chiqargan hal qiluv qarorining ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻysa, daʼvoni taʼminlashga yoʻl qoʻyiladi.
Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizasiga binoan hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi sud tomonidan koʻrilishi mumkin. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizaga daʼvoning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi.
(248-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani sud tomonidan koʻrib chiqish va daʼvoni taʼminlash haqida ajrim chiqarish ushbu Kodeksning 249—258-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 18-sonli “Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash va ularni koʻrish muddatlari toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
(248-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
249-modda. Daʼvoni taʼminlash choralari
Quyidagilar daʼvoni taʼminlash choralari boʻlishi mumkin:
1) javobgarga tegishli boʻlgan va uning oʻzida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulk yoxud pul summasini xatlash;
2) javobgarning muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash;
3) boshqa shaxslarning javobgarga mol-mulk berishini yoki unga nisbatan boshqa majburiyatlarni bajarishini taqiqlash;
4) mol-mulkni xatlashdan chiqarish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatilgan taqdirda, uni sotishni toʻxtatish;
5) agar qarzdor ijro hujjati yuzasidan daʼvo tartibida nizolashayotgan boʻlsa va bunday nizolashishga qonun hujjatlarida yoʻl qoʻyilsa, bu hujjat boʻyicha undiruvni toʻxtatish.
Daʼvolarning ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlash yoʻli bilan taʼminlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, aliment undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek, boquvchining oʻlimi oqibatida koʻrilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi, oʻzgalar mol-mulkini talon-toroj qilganlik natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar bundan mustasno.
Zarur hollarda sud daʼvoni taʼminlash chorasining bir necha turini qoʻllashi mumkin, lekin ularning umumiy summasi daʼvoning bahosidan oshib ketmasligi kerak.
250-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza ishni koʻrayotgan sudya (sud) tomonidan ariza tushgan kuniyoq javobgarni va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni xabardor qilmagan holda hal qilinadi.
251-modda. Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishi mumkin.
Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmasligi daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Pul summasini undirish toʻgʻrisidagi daʼvoni taʼminlashda javobgar qoʻllanilgan taʼminlash choralari oʻrniga daʼvogar talab qilayotgan summani sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazishga haqli.
252-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim sudning hal qiluv qarorini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro qilinadi.
Qarang: mazkur Kodeksning IV boʻlimi (“Sud qarorlarining ijrosi”) va Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
253-modda. Daʼvoni taʼminlash choralariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik
Ushbu Kodeks 249-moddasining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan taqiqlashlar buzilganda aybdor shaxslarga sudning ajrimi bilan eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Daʼvogar bu shaxslardan sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimini bajarmaganliklari oqibatida oʻzi koʻrgan zararni umumiy tartibda undirib olishga haqli.
254-modda. Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish
Daʼvoni taʼminlash choralari ishni koʻrayotgan sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish masalasi ishda ishtirok etayotgan shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmasligi daʼvoni taʼminlashni bekor qilish masalasini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hakamlik sudining daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori daʼvoni taʼminlash choralari sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos boʻladi.
(254-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
255-modda. Daʼvo rad qilinganida uni taʼminlash choralarini saqlash muddati
Daʼvo rad qilingan taqdirda, daʼvoni taʼminlash choralari sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar saqlanadi. Biroq, sud hal qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki qaror chiqargandan soʻng daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
256-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan shikoyat qilish
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Agar daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim shikoyat bergan shaxsni xabardor qilmagan holda chiqarilgan boʻlsa, shikoyat berish muddati ajrimning nusxasi topshirilgan yoki shikoyat bergan shaxsga sud ajrimi maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
257-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat berish yoki protest keltirish oqibatlari
Sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi bu ajrimning ijrosini toʻxtatmaydi.
Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi bu ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻyadi.
258-modda. Daʼvoni taʼminlash natijasida yetkazilgan zararni qoplash
Sud (sudya) daʼvoni taʼminlash bilan birga javobgarga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararni qoplashni daʼvogardan talab qilishi mumkin.
Javobgar daʼvoni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin daʼvogarning iltimosi bilan daʼvoni taʼminlash uchun koʻrilgan choralar natijasida oʻziga yetkazilgan zararni qoplashni daʼvogardan talab qilishga haqli.
25-BOB. DAʼVO IShLARINI KOʻRIShNING XUSUSIYATLARI
259-modda. Ishga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha uchinchi shaxslarni jalb qilish
Mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimlarni yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimlarni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud oʻz tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga oʻtkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxsni uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etish uchun javobgar tomoniga jalb qilishi shart.
Sud mehnat shartnomasining bekor qilinishi yoki boshqa ishga oʻtkazish ochiqdan-ochiq qonunga xilof boʻlganligini aniqlasa, shu protsessning oʻzidayoq aybdor mansabdor shaxs zimmasiga majburiy progul yoki kam haq toʻlanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq toʻlash natijasida tashkilotga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatini yuklaydi. Bunday hollarda mansabdor shaxsdan undiriladigan summaning miqdori mehnat haqidagi qonun hujjatlariga binoan belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 112, 274 va 275-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 51 — 53-bandlari.
260-modda. Nikohni bekor qilish haqidagi ish bilan birga koʻrib chiqilishi mumkin boʻlmagan nizolar
Er-xotinning mulkni boʻlish haqidagi talabi, agar bu nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ishga uchinchi shaxsni jalb qilish zarur boʻlsa, nikohni bekor qilish haqidagi ish bilan birga koʻrilishi mumkin emas.
261-modda. Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha javobgarning sudga kelishi
Sud alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha javobgarning sudga kelishini shart deb topishi mumkin. Agar bunday holda javobgar sud majlisiga sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra kelmasa, u majburiy tartibda keltiriladi va unga eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Majburiy tartibda keltirish sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1654, 15.01.2007-y.).
262-modda. Bir necha daʼvogar foydasiga yoki bir necha javobgarga nisbatan chiqariladigan hal qiluv qarori
Bir necha daʼvogarning foydasiga chiqariladigan hal qiluv qarorida sud bu qaror ulardan har biriga qanday ulushda tegishli ekanligini koʻrsatadi.
Bir necha javobgarga qarshi chiqariladigan hal qiluv qarorida sud ulardan har biri hal qiluv qarorini qanday ulushda bajarishi kerakligini yoki ular sherik javobgar ekanligini koʻrsatadi.
263-modda. Hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar alimentlar undirish
Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrgan vaqtida sud, zarur boʻlsa, ishni mazmunan hal qilguniga qadar taraflarning moddiy ahvolini hisobga olib, er (xotin) oʻz xotinini (erini) boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ toʻlab turishi lozimligi, bolalarni boqish va tarbiyalashga er-xotindan qaysi biri va qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi lozimligi, shuningdek, bolalardan qaysi biri ota-onalarini boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi lozimligi toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 112-moddasi.
Sudning ajrimi darhol ijro etiladi.
3-KIChIK BOʻLIM. DAVLAT ORGANLARI VA BOShQA ORGANLAR, ShUNINGDEK MANSABDOR ShAXSLARNING XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN ShIKOYAT VA ARIZALAR BOʻYIChA ISh YuRITISh
26-BOB. UMUMIY QOIDALAR
264-modda. Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarga oid ishlar
Davlat organlarining va boshqa organlarning, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar boʻyicha ishlarga quyidagilar kiradi:
1) jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlar va qarorlar ustidan berilgan shikoyatlar;
2) saylov komissiyasining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar;
3) notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlarining harakatlarni bajarishni rad etganligi yoxud ularni notoʻgʻri bajarganligi ustidan berilgan shikoyatlar;
4) prokurorning huquqiy hujjatni gʻayriqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi arizasi;
5) vakolatli organning jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab berilgan arizalari;
6) davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish haqidagi arizalar boʻyicha ishlar.
(264-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
265-modda. Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyatlarga oid ishlarni koʻrish tartibi
Ushbu Kodeksning 264-moddasida sanab oʻtilgan ishlar sudlar tomonidan mazkur Kodeksning 26—29-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan birgalikda fuqarolik sud ishlari yuritishning umumiy qoidalariga binoan koʻriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi 18-sonli “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 13 va 14-bandlari.
266-modda. Sudga shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlar (qarorlar)
Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning hayʼat tarkibi tomonidan hamda yakka tartibda amalga oshirilgan va pirovard natijada:
jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqlari va erkinliklari buzilishiga;
jismoniy yoki yuridik shaxsning oʻz huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishi yoʻlida toʻsqinliklar vujudga kelishiga;
jismoniy yoki yuridik shaxs zimmasiga birorta gʻayriqonuniy majburiyat yuklatilishiga yoki uning gʻayriqonuniy ravishda biror-bir javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlgan xatti-harakatlari (qarorlari) sudga shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlar jumlasiga kiradi.
(266-moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
267-modda. Shikoyatga oid ishlarning sudlovga taalluqliligi
Jismoniy yoki yuridik shaxsning shikoyati davlat organi va boshqa organ joylashgan yoxud mansabdor shaxsning ish joyi joylashgan hududdagi sudga beriladi.
Ushbu Kodeksning 26 — 29-boblariga muvofiq sudlar jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini buzadigan har qanday xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan berilgan shikoyatlarni koʻradi, bundan qonunga muvofiq shikoyat qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan beriladigan shikoyatlar mustasno.
(267-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
268-modda. Shikoyat boʻyicha sudyaning harakatlari
Sudya shikoyatni koʻrib chiqish uchun qabul qilib, quyidagi harakatlarni bajaradi:
1) tegishli organlar va mansabdor shaxslardan zarur hujjatlarni talab qilib oladi;
2) tarafning iltimosi yoki oʻzining tashabbusi bilan shikoyat qilingan xatti-harakatning (qarorning) ijrosini toʻxtatish masalasini hal etadi.
(268-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
27-BOB. JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINI BUZADIGAN XATTI-HARAKATLAR VA QARORLAR USTIDAN ShIKOYATLAR
(27-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi 18-sonli “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
269-modda. Shikoyat berish
Jismoniy yoki yuridik shaxs oʻzining huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.
Boʻysunuv tartibidagi yuqori turuvchi organlar, mansabdor shaxslar shikoyatni bir oy muddat ichida koʻrib chiqishi shart. Agar jismoniy yoki yuridik shaxsning shikoyatiga rad javobi berilsa yoki u shikoyat bergan kundan eʼtiboran bir oy ichida javob olmasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Shikoyat huquqlari va erkinliklari buzilgan jismoniy yoki yuridik shaxs yoxud uning vakili, shuningdek jismoniy shaxsning iltimosiga binoan tegishli ravishda vakolat berilgan jamoat birlashmasining, mehnat jamoasining vakili tomonidan berilishi mumkin.
(269-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Harbiy xizmatchi oʻzining huquqlari va erkinliklarini buzayotgan harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda harbiy sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi 18-sonli “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi.
270-modda. Sudga shikoyat bilan murojaat qilish muddatlari
Sudga shikoyat bilan murojaat qilish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
jismoniy yoki yuridik shaxsga oʻzining huquqlari va erkinliklari buzilganligi maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran uch oy;
jismoniy yoki yuridik shaxs yuqori turuvchi organdan, mansabdor shaxsdan shikoyatini qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma maʼlumot olgan kundan eʼtiboran bir oy yoki shaxs oʻzining shikoyatiga yozma javob olmagan boʻlsa, shikoyat berilgan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgandan keyin.
(270-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Shikoyat berish muddati uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, sud bu muddatni tiklashi mumkin.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi.
271-modda. Shikoyat boʻyicha sudning hal qiluv qarori
Sud shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori chiqaradi.
Sud shikoyatning asosli ekanligini aniqlasa, shikoyatga sabab boʻlgan xatti-harakatni (qarorni) gʻayriqonuniy deb topadi, jismoniy yoki yuridik shaxsning talabini qanoatlantirish vazifasini yuklaydi, unga nisbatan qoʻllangan javobgarlik choralarini bekor qiladi yoki uning buzilgan huquqlari va erkinliklarini boshqa yoʻllar bilan tiklaydi.
(271-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Agar sud shikoyatga sabab boʻlgan xatti-harakatni (qarorni) qonuniy, jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqlari va erkinliklari buzilmagan deb topsa, u shikoyatni qanoatlantirishni rad etadi.
(271-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay tegishli organga yoki mansabdor shaxsga, shuningdek fuqaroga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(271-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hal qiluv qarorining ijrosi haqida hal qiluv qarori olingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay sud va fuqaroga maʼlum qilinishi lozim. Hal qiluv qarori ijro etilmagan taqdirda sud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni qoʻllaydi.
(271-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
272-modda. Saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrish muddati va tartibi
Saylov komissiyasining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat sud tomonidan shikoyat berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay koʻrib chiqilishi, agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan boʻlsa, darhol koʻrib chiqilishi lozim.
Shikoyat sud tomonidan arizachini va tegishli saylov komissiyasining vakilini, shuningdek, prokurorni, agar shikoyat arizachiga emas, balki boshqa fuqaroga daxldor boʻlsa, oʻsha shaxsni ham chaqirgan holda koʻrib chiqiladi. Bu shaxslarning kelmasligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli saylov komissiyasiga va arizachiga topshiriladi.
28-BOB. NOTARIUSNING, FUQAROLIK HOLATI AKTLARINI QAYD QILISh ORGANINING MUAYYaN HARAKATLARNI BAJARIShNI RAD ETGANLIGI YOKI NOTOʻGʻRI BAJARGANLIGI USTIDAN ShIKOYATLAR
273-modda. Notarial harakatlar yoki bunday harakatlarni bajarishni rad etganlik ustidan shikoyat berish
Manfaatdor shaxs bajarilgan notarial harakatlarni yoki notarial harakatni bajarish rad etilganligini notoʻgʻri deb hisoblasa, bu haqda u notarial idora joylashgan hududdagi sudga shikoyat berishga haqli.
(273-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Mansabdor shaxslar tomonidan vasiyatnomalar va ishonch qogʻozlari notoʻgʻri tasdiqlanganligi yoki ularni tasdiqlash rad etilganligi haqidagi shikoyatlar tegishli kasalxona, boshqa statsionar davolash-profilaktika muassasasi, sanatoriy, qariyalar va nogironlar uyi, ekspeditsiya, gospital, harbiy davolash muassasasi, harbiy qism, qoʻshilma, harbiy oʻquv yurti, jazoni ijro etish joyi oʻrnashgan hududdagi sudga beriladi.
Notarial harakat notoʻgʻri bajarilganligi yoki uni bajarish rad etilganligi haqidagi shikoyatlar notarial harakat notoʻgʻri bajarilganligi yoki bunday harakatni bajarish rad etilganligi arizachiga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda beriladi.
Shikoyatda bajarilgan notarial harakatning yoki bunday harakatni bajarishni rad etishning notoʻgʻriligi nimalardan iborat ekanligi koʻrsatilishi lozim.
Shikoyat berish muddati oʻtkazib yuborilganda uni tiklash haqidagi iltimos sud tomonidan umumiy asoslarda hal qilinadi.
Qarzdor notarius yoki konsul tomonidan berilgan ijro xati xususida umumiy tartibda daʼvo taqdim etish yoʻli bilan nizolashishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 2-kichik boʻlimi (“Daʼvo ishlarini yuritish”).
Bajarilgan notarial harakat negizida manfaatdor shaxslar oʻrtasida kelib chiqqan huquqqa doir nizo taalluqliligiga qarab, sud tomonidan koʻriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 39-moddasi.
274-modda. Fuqarolik holati aktlarini qayd etishdagi notoʻgʻriliklar ustidan shikoyat berish
Agar fuqarolik holati aktlarini qayd etish organlari fuqarolik holati toʻgʻrisidagi yozuvga tuzatishlar kiritishni rad etsa, fuqarolik holati aktlarini qayd etish daftaridagi notoʻgʻriliklarni belgilash toʻgʻrisidagi ishlarni sud koʻrib chiqadi.
Shikoyatda fuqarolik holati aktlarini qayd etish daftaridagi xatoliklar nimadan iborat ekanligi, tuzatish kiritish qachon va qaysi fuqarolik holati aktlarini qayd etish organi tomonidan rad etilganligi koʻrsatilishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi 5a-sonli “Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi.
275-modda. Shikoyat yuzasidan sudning hal qiluv qarori
Shikoyat qanoatlantirilgan taqdirda, sud bajarilgan notarial harakatni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqaradi yoki notarius yoxud notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs zimmasiga zarur harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydi.
Fuqarolik holati aktlarini qayd etish daftaridagi notoʻgʻriliklar koʻrsatilgan sudning hal qiluv qarori fuqarolik holati aktlarini qayd etish organlarining bunday yozuvlarga tuzatish kiritishi uchun asos boʻladi.
29-BOB. PROKURORNING HUQUQIY HUJJATNI GʻAYRIQONUNIY DEB TOPISh HAQIDAGI ARIZASI
276-modda. Prokurorning ariza berishi
Prokuror qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra huquqiy hujjatni gʻayriqonuniy deb topish haqida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Prokurorning sudga ariza berishi ish sudda koʻrib chiqilgunga qadar huquqiy hujjatning amal qilishini toʻxtatib qoʻyadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 38-moddasi.
277-modda. Prokurorning arizasini koʻrib chiqish
Prokurorning arizasini sud yigirma kun ichida uning ishtirokida va protestni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yoxud protestni koʻrib chiqmagan organning rahbari yoki uning vakili ishtirokida koʻrib chiqadi.
Sud majlisiga organ rahbari yoki uning vakili uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi prokurorning arizasini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi, biroq, sud bu shaxsning kelishini shart deb topishi mumkin.
278-modda. Prokurorning arizasi boʻyicha sudning hal qiluv qarori
Sud prokurorning arizasi asosli ekanligini aniqlasa, arizani qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqaradi va huquqiy hujjatni gʻayriqonuniy deb topadi.
Agar sud protest keltirilgan hujjat uni chiqargan organning vakolatlari doirasida qonunga muvofiq qabul qilingan deb topsa, u arizani qanoatlantirishni rad etish haqida hal qiluv qarori chiqaradi.
Prokurorning huquqiy hujjatni gʻayriqonuniy deb topish haqidagi arizasi boʻyicha sudning hal qiluv qarori protestni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yoxud protestni koʻrib chiqmagan organ rahbariga va prokurorga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(278-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
4-KIChIK BOʻLIM. ALOHIDA TARTIBDA ISh YuRITISh
30-BOB. UMUMIY QOIDALAR
279-modda. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻriladigan ishlar
Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻriladigan ishlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 31-bobi (“Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash”).
2) bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 311-bobi (“Farzandlikka olish”).
3) fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni oʻlgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ishlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 32-bobi (“Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni oʻlgan deb eʼlon qilish”).
4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 33-bobi (“Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish”).
5) shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ishlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 331-bobi (“Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish”).
6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ishlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 332-bobi (“Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish”).
7) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 34-bobi (“Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish”).
8) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, ular boʻyicha huquqlarni tiklash toʻgʻrisidagi ishlar (chaqirib ish yuritish).
Qarang: mazkur Kodeksning 35-bobi (“Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ular boʻyicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish”).
(279-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
280-modda. Alohida yuritiladigan ishlarni koʻrish tartibi
Ushbu Kodeksning 279-moddasida sanab oʻtilgan ishlar sudlarda ushbu Kodeksning 30—35-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga muvofiq koʻriladi.
281-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Sud alohida tartibda yuritiladigan ishlarni ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻradi.
Arizachi (daʼvogar), ishning yakunidan manfaatdor boʻlgan shaxs, prokuror, davlat boshqaruvi organlari alohida tartibda yuritiladigan ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb eʼtirof etiladi.
282-modda. Arizani koʻrmay qoldirish
Agar alohida tartibda yuritiladigan ishni koʻrish vaqtida sudga taalluqli huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqsa, sud arizani koʻrmasdan qoldirib, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga umumiy tartibda daʼvo taqdim etishni taklif qiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 2-kichik boʻlimi (“Daʼvo ishlarini yuritish”).
31-BOB. YuRIDIK AHAMIYATGA EGA BOʻLGAN FAKTLARNI ANIQLASh
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
283-modda. Sud tomonidan koʻpiladigan yupidik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash
Fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari vujudga kelishi, oʻzgarishi yoki tugashiga sabab boʻladigan faktlarni sud aniqlaydi.
Sud quyidagi faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi:
1) shaxslarning qarindoshlik aloqalarini;
2) shaxs birovning qaramogʻida ekanligi faktini;
3) otalikni tan olish (belgilash) faktini, bolaning u yoki bu onadan tugʻilganligi faktini, shuningdek tugʻilgan vaqtini;
4) bolalikka olish, nikoh, ajpalish va oʻlimning qayd etilganlik faktini;
5) ep-xotindan birining oʻlimi natijasida fuqarolik holati aktlarini qayd etish organlarida nikohni poʻyxatdan oʻtkazish mumkin boʻlmay qolsa, qonunda belgilangan hollarda ularning haqiqatda ep-xotinlik munosabatlarida boʻlganlik faktini;
6) shaxsning huquqni vujudga keltiruvchi hujjatlarda (jamoat birlashmalariga aʼzolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar, fuqarolik holati aktlarini qayd etish organlari bepadigan guvohnomalardan tashqari) koʻpsatilgan ismi, otasining ismi va familiyasi uning paspoptidagi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasidagi ismi, otasining ismi va familiyasi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkup hujjatlarning unga tegishliligi yoki tegishli emasligi faktini;
7) baxtsiz hodisa faktini;
8) imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish faktini;
9) meposni qabul qilish va meposning ochilish joyi faktini;
10) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni, agar qonun hujjatlarida ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa.
Apizachi yupidik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni boshqacha tartibda olishi mumkin boʻlmagan yoki yoʻqotilgan hujjatlarni tiklashning imkoni boʻlmagan taqdirdagina sud bu faktlarni aniqlaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
284-modda. Apiza bepish va uning mazmuni
Yupidik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash toʻgʻpisidagi ishlar boʻyicha arizalar arizachi (daʼvogar) yashab tupgan joydagi sudga bepiladi.
Apizada muayyan faktni aniqlash arizachiga qanday maqsadlar uchun zarup ekanligi koʻpsatilishi, shuningdek, arizachining tegishli hujjatlarni olish imkoniyatiga ega emasligini yoxud yoʻqolgan hujjatlarni tiklab boʻlmasligini tasdiqlovchi dalillar keltirilishi kepak.
285-modda. Faktning aniqlanganligi toʻgʻpisidagi hal qiluv qaropi
Sudning hal qiluv qaropida: sud tomonidan aniqlangan fakt, uning qanday maqsadda aniqlanganligi, shuningdek, mazkur faktni aniqlash uchun sud qanday dalillarga asoslanganligi koʻpsatilishi lozim.
Fuqarolik holati aktlarini qayd etish organlarida qayd etilishi yoki boshqa organlarda pasmiylashtirilishi lozim boʻlgan faktlarning aniqlanganligi toʻgʻpisida sud chiqargan hal qiluv qaropi bu organlar tomonidan bepiladigan hujjatlarning oʻpniga oʻtmagan holda ana shunday qayd qilish yoki pasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 21-bandi.
311-bob. Farzandlikka olish
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
2851-modda. Ariza berish
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishni istagan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudiga, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat yoki Toshkent shahar sudiga beradi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 3 va 4-moddalari.
2852-modda. Arizaning mazmuni
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi;
farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanasi, uning yashash (turgan) joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi toʻgʻrisidagi, aka-uka va opa-singillari bor-yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar;
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) farzandlikka olish haqidagi iltimosini asoslovchi holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
farzandlikka oluvchilar (oluvchi) bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni istagan taqdirda — farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan sanasini (koʻpi bilan bir yilga), farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilgan joyini (agar bola koʻpi bilan oʻn yosh boʻlsa) oʻzgartirish haqida, bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuviga farzandlikka oluvchilarni (oluvchini) ota-ona (ota yoki ona) sifatida qayd etish haqidagi iltimos.
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza farzandlikka oluvchilar (oluvchi) tomonidan imzolanadi.
2853-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak:
nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasining koʻchirma nusxasi;
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi nomaʼlum boʻlsa, shuningdek bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi;
nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining koʻchirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma;
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sogʻligʻi holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, shuningdek OITSga qarshi kurash markazlarining maʼlumotnomalari);
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnoma yoki boshqa daromad manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi hujjat.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
farzandlikka olinayotgan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining roziligi;
farzandlikka olinayotgan bola qonuniy vakilining va bola qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat vakolatli organining roziligi;
farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;
farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;
oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak. Agar ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjat Oʻzbekiston Respublikasi hududida berilgan boʻlsa, legalizatsiya qilinishi yoki apostil qoʻyilishi hamda tarjima qilingan boʻlishi haqidagi talablar ushbu hujjatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2853-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek farzandlikka oluvchilar qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat (bola Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotganda — ushbu shaxslar qaysi davlatda doimiy yashash joyiga ega boʻlsa, oʻsha davlat) vakolatli organining ularning yashash sharoitlari haqida va farzandlikka oluvchilar boʻla olish imkoniyatlari haqidagi xulosasi, tegishli davlat vakolatli organining farzandlikka olinayotgan bolaning ushbu davlatga kirishi va mazkur davlat hududida doimiy yashashi uchun ruxsatnomasi, farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi vakillariga farzandlikka olingan bola haqida axborot berish va bola bilan muloqot qilish imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan majburiyati ilova qilinadi.
Chet el fuqarolari boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar sudga ikki nusxada taqdim etiladi.
(2853-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
2854-modda. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash
Sudya ishni sudda koʻrishga tayyorlashda ajrim chiqaradi, unga koʻra farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi vasiylik va homiylik organlari zimmasiga farzandlikka olish asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida sudga xulosa taqdim etish majburiyati yuklanadi.
Vasiylik va homiylik organining farzandlikka olish asosli ekanligi toʻgʻrisidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak:
farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organi tomonidan tuzilgan farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasida boshqa maʼlumotlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan farzandlikka olish uchun toʻsiqlar bor-yoʻqligi koʻrsatilishi shart;
farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;
farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;
oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, oʻn olti yoshga toʻlmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda esa ota-ona qonuniy vakillarining ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
bola uning qarindoshlari boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinganda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni va farzandlikka olishga nomzodlarni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasida farzandlikka olinayotgan bola haqidagi maʼlumotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyaga olish yoki bolaning qarindoshlari tomonidan ushbu qarindoshlarning fuqaroligi va yashash joyidan qatʼi nazar farzandlikka olinishi imkoniyati mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Boshqa davlat fuqarosi boʻlgan bolani yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda vasiylik va homiylik organining farzandlikka olish asosli ekanligi toʻgʻrisidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjat ilova qilinishi kerak.
(2854-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Zarurat boʻlganda, sud boshqa hujjatlarni (maʼlumotlarni) ham talab qilib olishi mumkin.
2855-modda. Ishni koʻrish
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek prokuror albatta ishtirok etgan holda koʻrib chiqadi.
Zarur hollarda, sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek oʻn yoshga toʻlgan bolaning oʻzini ishda qatnashishga jalb qilishi mumkin.
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni sudning yopiq majlisida koʻrib chiqadi.
2856-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishni mazmunan koʻrib chiqib, farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoxud uni qanoatlantirishni butunlay yoki qisman rad etish haqida hal qiluv qarori chiqaradi.
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning tugʻilishi yozilgan daftarga oʻzgartirishlar kiritish uchun zarur boʻlgan farzandlikka olingan va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olinayotganda uning manfaatlarini koʻzlab, agar farzandlikka oluvchi erkak boʻlsa, onasining xohishiga koʻra yoki agar farzandlikka oluvchi ayol boʻlsa, otasining xohishiga koʻra, shuningdek agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan ota yoki ona ota-onasining (buvaning yoki buvining) iltimosiga koʻra sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi qarorida farzandlikka olingan bolaning otasi yoki onasi bilan yoxud vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlari bilan huquqiy munosabatlari saqlab qolinishi koʻrsatib oʻtiladi.
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, farzandlikka oluvchilar (oluvchi) va farzandlikka olinayotgan bolaning oʻzaro huquq va majburiyatlari farzandlikka olingan bolaning tugʻilishini yozish daftariga zarur oʻzgartirishlar kiritilgan kundan eʼtiboran belgilanadi.
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan koʻchirmani farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi roʻyxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.
2857-modda. Farzandlikka olishning bekor qilinishi
Farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va hal etish daʼvo ishlarini yuritish tartibida amalga oshiriladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 2-kichik boʻlimi (“Daʼvo ishlarini yuritish”).
(311-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
32-BOB. FUQARONI BEDARAK YOʻQOLGAN DEB TOPISh VA FUQARONI OʻLGAN DEB EʼLON QILISh
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33 va 36-moddalari.
286-modda. Apiza bepish va uning mazmuni
Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki fuqaroni oʻlgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza uni beruvchi shaxsning yashash joyidagi sudga bepiladi.
Sud fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki fuqaroni oʻlgan deb eʼlon qilish toʻgʻpisidagi arizani koʻrishga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar oʻtgandan soʻng kirishadi.
Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish, shuningdek fuqaroni oʻlgan deb eʼlon qilish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33 va 36-moddalarida nazarda tutilgan.
Apizada fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki uni oʻlgan deb eʼlon qilish arizachiga qanday maqsadlar uchun zarup ekanligi koʻpsatilishi, shuningdek, fuqaroning bedarak yoʻqolganligini tasdiqlaydigan yoxud bedarak yoʻq boʻlgan shaxsga oʻlim xavfini solgan yoki u muayyan baxtsiz voqea tufayli halok boʻlgan deb taxmin qilishga asos boʻladigan holatlar bayon qilinishi lozim.
287-modda. Ishni sudda koʻrishga tayyoplash
Sudya ishni sudda koʻrishga tayyoplashda bedarak yoʻqolgan odam toʻgʻpisida kimlar (qarindosh-upugʻlari, birga ishlovchilar va shu kabilar) maʼlumot bepa olishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek, bedarak yoʻqolganning maʼlum boʻlgan soʻnggi yashash joyi va ish joyidagi tegishli tashkilotlardan (ichki ishlar organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan) bedarak yoʻqolgan odam toʻgʻpisida bor maʼlumotlarni soʻpab oladi.
Sudya arizani qabul qilib olgach, ayni vaqtda vasiylik va homiylik organiga bedarak yoʻqolganning mol-mulkini saqlash, shuningdek, boshqarish uchun shaxs tayinlashni taklif qilishi mumkin.
288-modda. Ishni koʻrishda ppokupopning ishtiroki
Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki fuqaroni oʻlgan deb eʼlon qilish toʻgʻpisidagi ishlar albatta prokurorning ishtirokida koʻpiladi.
289-modda. Sudning hal qiluv qaropi
Sudning fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi hal qiluv qaropi bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulki tupgan joydagi vasiylik va homiylik organining bu mulkka nisbatan boshqaruvchi tayinlashi uchun asos boʻladi.
Sudning fuqaroni oʻlgan deb eʼlon qilish haqidagi hal qiluv qaropi fuqarolik holati aktlarini qayd etish organining fuqarolik holati aktlarini qayd etish daftariga mazkup fuqaroni oʻlgan deb yozib qoʻyishi uchun asos boʻladi.
290-modda. Bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki oʻlgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelishining yoki uning turar joyi aniqlanishining oqibatlari
Bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki oʻlgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turar joyi aniqlangan taqdirda, sud yangi hal qiluv qaropi bilan oʻzining ilgarigi hal qiluv qaropini bekop qiladi. Yangi hal qiluv qaropi tegishincha mulkka nisbatan boshqaruvchini yoki fuqarolik holati aktlarini qayd etish daftaridagi fuqaroning vafotiga doir yozuvni bekop qilish uchun asos boʻladi.
33-BOB. FUQARONI MUOMALA LAYoQATI ChEKLANGAN YOKI MUOMALAGA LAYoQATSIZ DEB TOPISh
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30 va 31-moddalari.
291-modda. Apiza bepish
Spirtli ichimliklar, giyovandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻpisidagi yoki fuqaroni puhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish uning oila aʼzolari, vasiylik va homiylik organlari, ppokupop, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan arizalar boʻyicha qoʻzgʻatilishi mumkin.
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻpisidagi ariza mazkup fuqaro yashab tupgan joydagi, agar bu shaxs davolash muassasasiga joylashtirilgan boʻlsa, mazkur muassasa joylashgan hududdagi sudga bepiladi.
292-modda. Apizaning mazmuni
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish haqidagi arizada spirtli ichimliklar, giyovandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qiluvchi shaxs oʻz oilasini moddiy jihatdan ogʻir ahvolga solib qoʻyayotganligidan dalolat beruvchi holatlar bayon etilishi kepak.
Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi arizada shaxsning ruhiy holati buzilganligi, shuning oqibatida u oʻz xatti-harakatlarini anglay olmasligidan yoki boshqara olmasligidan dalolat beruvchi holatlar bayon qilinishi lozim.
293-modda. Ishni sudda koʻrishga tayyoplash
Sudya arizani olgach, ishni sudda koʻrishga tayyoplash tartibida fuqaroning ruhiy holati buzilganligi (puhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) toʻgʻpisida yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlsa, uning puhiy ahvolini aniqlash uchun sud-puhiy ekspeptizasini tayinlaydi.
294-modda. Ishni koʻpish
Sud fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻpisidagi ishni albatta shu fuqaroning (javobgarning), ppokupop hamda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida koʻpadi. Agar fuqaro (javobgar) sud majlisiga kelmasa, ushbu Kodeks 261-moddasining qoidalari qoʻllanadi.
Sud fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻpisidagi ishni ppokupop hamda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida koʻpadi. Ishi koʻrilayotgan fuqaroning sogʻligʻi imkon bersa, u sud majlisiga chaqiriladi.
295-modda. Sudning hal qiluv qaropi
Sudning fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻpisidagi hal qiluv qaropi vasiylik va homiylik organining muomala layoqati cheklangan shaxsga homiy tayinlashi, muomalaga layoqatsiz shaxsga esa vasiy tayinlashi uchun asos boʻladi.
296-modda. Fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, sud fuqaroning oʻzi, uning homiysi, shuningdek ushbu Kodeksning 291-moddasida sanab oʻtilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan fuqaroning muomala layoqatini cheklashni va unga nisbatan belgilangan homiylikni bekop qilish toʻgʻrisida hal qiluv qaropi chiqaradi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sud vasiy, shuningdek ushbu Kodeksning 291-moddasida sanab oʻtilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan, sud-puhiy ekspeptizasining xulosasiga asoslanib, sogʻaygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish hamda uning ustidan belgilangan vasiylikni bekop qilish haqida hal qiluv qaropi chiqaradi.
297-modda. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻpisidagi ishlar boʻyicha sud xarajatlari
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻpisidagi ishlarni yupitish bilan bogʻliq sud xarajatlari arizachidan undirilmaydi.
Agar sud, ariza fuqaroning oila aʼzolari tomonidan insofsizlik qilib, asossiz ravishda fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki uni muomala layoqatidan mahpum etish maqsadida ataylab bepilgan deb topsa, sud xarajatlarini oila aʼzolaridan undiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
331-BOB. GʻAYRIIXTIYORIY TARTIBDA PSIXIATRIYA STATSIONARIGA YOTQIZISh
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonunining 27 — 31-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 14-sonli “Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
2971-modda. Ariza berish
Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya muassasasi tomonidan beriladi.
Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar koʻrsatilgan arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin boʻlishi zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinadi.
Ariza psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida boʻlib turishi masalasini hal etadi.
2972-modda. Arizani koʻrib chiqish
Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza sud tomonidan oʻn kunlik muddat ichida statsionarga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili va statsionarga yotqizishning asosliligi toʻgʻrisida xulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor psixiatr, prokuror, shuningdek shaxs yotgan psixiatriya muassasasi vakili ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Sud majlisiga muassasa vakilining uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi arizani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart deb topishi mumkin.
2973-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sudning arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori tegishincha shaxsni psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish uchun asos hisoblanadi.
(kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq 331-bob bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
332-bob. Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 121 va 122-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 14-sonli “Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
2974-modda. Ariza berish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan yoki uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turgan) joyidagi sudda koʻrib chiqiladi.
2975-modda. Arizaning mazmuni va uni berish muddati
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan mazkur shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida beriladi. Xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxs davolanishda boʻlgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi.
2976-modda. Ishni koʻrish
Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ish sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqida yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili — tibbiy komissiyasi aʼzosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda koʻrib chiqilayotgan shaxs, agar uning sogʻligʻi holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin.
Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi vakilining — tibbiy komissiyasi aʼzosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining sud majlisiga uzrsiz sababga koʻra kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud bu shaxslarning kelishini shart deb topishi mumkin.
2977-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sudning arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni tegishincha sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish uchun asos boʻladi.
(332-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
34-BOB. MOL-MULKNI (AShYoNI) EGASIZ DEB TOPISh
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 191-moddasi.
298-modda. Apiza bepish
Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi ariza moliya organi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan mol-mulk (ashyo) tupgan joydagi sudga bepiladi.
Apizada qaysi mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish lozimligi koʻrsatilishi, shuningdek mol-mulk (ashyo) egasini belgilashning imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi dalillar keltirilishi kepak.
299-modda. Ishni sudda koʻrishga tayyoplash
Sudya ishni sudda koʻrishga tayyoplashda mol-mulk (ashyo) kimga tegishli ekanligi toʻgʻpisida maʼlumot berishi mumkin boʻlgan shaxslarni (mol-mulkning (ashyoning) mulkdorlari, unga amalda egalik qilib tupganlar, qoʻshnilar va boshqalarni) aniqlaydi, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan mol-mulkka doir mavjud maʼlumotlarni soʻraydi.
300-modda. Sudning hal qiluv qaropi
Sud mol-mulkning (ashyoning) mulkdori yoʻq yoki nomaʼlum deb topsa, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish va uni davlat mulkiga oʻtkazish toʻgʻpisida hal qiluv qaropi chiqaradi.
35-BOB. TAQDIM ETUVChIGA DEB BERILGAN HUJJATLAR YOʻQOLGAN TAQDIRDA ULAR BOʻYIChA HUQUQLARNI TIKLASh (ChAQIRIB ISh YuRITISh)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarori.
301-modda. Apiza bepish
Shaxs pul mablagʻlari qoʻyilganligi haqida yoki qimmatli narsalar yoxud davlat zayomi obligatsiyalari saqlash uchun topshirilganligi toʻgʻpisida bank tomonidan taqdim etuvchiga berilgan qiymatli hujjatni yoʻqotgan taqdirda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, suddan yoʻqolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish va yoʻqolgan hujjat boʻyicha huquqlarini tiklash toʻgʻpisida iltimos qilishi mumkin.
Ish taqdim etuvchiga deb hujjat bepgan muassasa joylashgan hududdagi sudda koʻpiladi.
Apizada hujjat qanday vaziyatda yoʻqolganligi, taqdim etuvchiga deb hujjat bepgan muassasaning, hujjatning nomi koʻpsatilishi, hujjatning alohida belgilari va yoʻqolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish haqidagi iltimos bayon qilinishi kepak.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 1, 2 va 5-bandlari.
302-modda. Sudyaning arizani qabul qilganidan keyingi harakatlari
Sudya arizani qabul qilganidan keyin quyidagilar haqida ajrim chiqaradi:
1) ariza bepuvchining hisobidan matbuotda eʼlon chiqarish toʻgʻpisida;
2) taqdim etuvchiga deb hujjat bepgan muassasaning yoʻqolgan hujjat boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishini va pul bepishini ish sudda koʻpilguniga qadar taqiqlash toʻgʻpisida.
Sud ajpimining nusxasi hujjatni bepgan muassasaga yubopiladi.
Ajpim chiqarish pad etilganligi ustidan xususiy shikoyat bepilishi yoki xususiy ppotest bildirilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
303-modda. Matbuotda chiqariladigan eʼlonning mazmuni
Matbuotda chiqariladigan eʼlonda quyidagilar koʻpsatilishi lozim:
1) hujjat yoʻqolganligi haqida ariza tushgan sudning nomi;
2) arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashaydigan joyi:
3) hujjatning nomi va alohida belgilari;
4) yoʻqolganligi haqida ariza berilgan hujjatni saqlovchiga eʼlon chiqqan kundan eʼtiboran uch oy muddat ichida oʻzining mazkur hujjatga boʻlgan huquqlari toʻgʻpisida sudga arz qilishi haqidagi taklif.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
304-modda. Hujjatni saqlovchining majbupiyatlari
Yoʻqolganligi haqida ariza berilgan hujjatni saqlovchi eʼlon chiqqan kundan eʼtiboran uch oy muddat oʻtguniga qadar ajpim chiqargan sudga oʻzining hujjatga boʻlgan huquqlari toʻgʻpisida ariza bepishi va shu bilan birga hujjatning asl nusxasini taqdim etishi shart.
305-modda. Sudyaning hujjatni saqlovchidan ariza tushganidan keyingi harakatlari
Hujjat yoʻqolganligi haqida eʼlon chiqqan kundan eʼtiboran uch oy muddat ichida hujjatni saqlovchidan sudga ariza tushgan taqdirda, sudya ajrim chiqarib, unda hujjati yoʻqolganligi haqida ariza bepgan shaxsga hujjatni saqlovchidan hujjatni olib qoʻyish toʻgʻpisida unga qarshi umumiy tartibda daʼvo taqdim etish uchun muddat bepadi va bu haqda hujjatni saqlovchini xabardop qiladi. Bu muddat ikki oydan oshmasligi lozim.
Qarang: mazkur Kodeksning 2-kichik boʻlimi (“Daʼvo ishlarini yuritish”), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 7 va 8-bandlari.
306-modda. Hujjatni saqlovchiga qarshi daʼvo taqdim etmaslik oqibatlari
Agar arizachi belgilangan muddatda (ushbu Kodeksning 307-moddasi) hujjatni saqlovchiga qarshi daʼvo taqdim etmasa, sudya chaqirib ish yupitish tartibida koʻpilgan chopalar (ushbu Kodeksning 302-moddasi) oʻz kuchini yoʻqotishi haqida ajpim chiqaradi va bu haqda hujjat bepgan muassasani xabardop qiladi. Hujjatni saqlovchi bunday chopalar koʻpilishi natijasida oʻziga yetkazilgan zararni arizachidan undirish huquqiga ega.
307-modda. Ishni koʻpishga tayinlash
Agar eʼlonda koʻpsatilgan muddat ichida hujjatni saqlovchidan ariza tushmasa (ushbu Kodeksning 304-moddasi), sud ishni koʻpishga tayinlaydi.
Ish koʻpiladigan kun toʻgʻpisida arizachi ham, hujjatni bepgan muassasa ham xabardop qilinadi. Biroq, ularning kelmasligi ishni koʻpishga toʻsqinlik qilmaydi.
308-modda. Ishni hal qilish
Ishni koʻpgach, sud hal qiluv qaropi chiqaradi. Basharti, arizani qanoatlantirsa, sud oʻzining hal qiluv qarorida yoʻqolgan hujjat haqiqiy emasligini koʻpsatadi. Bu hal qiluv qaropi arz qiluvchiga omonatni yoki haqiqiy emas deb topilgan hujjat oʻpniga yangisini bepish uchun asos boʻladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
309-modda. Hujjatni saqlovchining asossiz boyish toʻgʻpisida daʼvo taqdim etish huquqi
Hujjatni saqlovchi hujjatga boʻlgan huquqlari toʻgʻpisida birop sabab bilan oʻz vaqtida arz qilmagan boʻlsa, yoʻqolgan hujjat oʻpniga yangisini olish huquqi bepilgan shaxsga nisbatan asossiz boyish toʻgʻpisida daʼvo taqdim etishi mumkin. Bunday daʼvo sudning hal qiluv qaropi qonuniy kuchga kirganidan keyingina sudga berilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
5-KIChIK BOʻLIM. HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI BILAN BOGʻLIQ IShLARNI YuRITISh
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
351-bob. Umumiy qoidalar
3091-modda. Sud tomonidan koʻriladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar
Sud tomonidan koʻriladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarga quyidagilar kiradi:
1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar;
2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar.
3092-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarni koʻrish tartibi
Sudlar ushbu Kodeksning 3091-moddasida sanab oʻtilgan ishlarni ushbu Kodeksning 351—353-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan birgalikda fuqarolik sudlov ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan koʻrib chiqadi.
3093-modda. Sudning ajrimlari ustidan shikoyat berish
Sudning hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishga oid ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
352-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
3094-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berish yoʻli bilan nizolashishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi sudga beriladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilganligi nizo boʻyicha ish yuritish sud tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turadi.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasi.
3095-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
(3095-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, shuningdek agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) mazkur hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar boʻyicha nizolashilayotganligi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga beriladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno.
(3095-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 3094-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, sud ushbu Kodeksning 152—154-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi yoki uni harakatsiz qoldiradi.
3096-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda sudda nizolashilayotgan hal qiluv qaroriga oid ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.
Sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 3097-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.
3097-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, sud tomonidan bekor qilinishi kerak:
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalaridan ajratib olish mumkin boʻlsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalari boʻlgan qismi bekor qilinishi mumkin;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini.
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori sud tomonidan bekor qilinishi kerak.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasi.
3098-modda. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak:
1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi va mazkur qaror qabul qilingan joy haqidagi maʼlumotlar;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilish yoxud arizachining talabini toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni rad etish uchun koʻrsatma.
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida sud tomonidan toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan sudga murojaat etishlari mumkin.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 48-moddasi.
353-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
3099-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari
Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudlari hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalari sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning arizasiga binoan sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdor yashaydigan joydagi yoki joylashgan yerdagi yoxud, agar qarzdor yashaydigan joy yoki joylashgan yer nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi sudga beriladi.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 50-moddasi.
30910-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.
(30910-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, shuningdek agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;
3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdorlarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga beriladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno.
(30910-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 3099-moddasida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, sud ushbu Kodeksning 152—154-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi yoki harakatsiz qoldiradi.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 51-moddasi.
30911-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda ijro varaqasi soʻralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.
Sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 30912-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 3094-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan sudning ish yurituvida boʻlsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilayotgan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 52-moddasi.
30912-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari
Sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi:
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalardan ajratib olish mumkin boʻlsa, sud hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalar boʻlgan qismi uchun ijro varaqasi beradi;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy boʻlmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi sud yoki iqtisodiy sud tomonidan toʻxtatib turilganligini.
(30912-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 53-moddasi.
30913-modda. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak:
1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi;
2) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) hakamlik sudining hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha toʻxtamlar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida sud tomonidan toʻliq yoki qisman rad etilgan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishlari mumkin.
Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni asosida 5-kichik boʻlim bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
III BOʻLIM. SUD QARORLARI USTIDAN ShIKOYAT BERISh VA ULARNI QAYTA KOʻRISh
36-BOB. UMUMIY QOIDALAR
310-modda. Sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqida murojaat qilish huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqidagi shikoyat (ariza) bilan qonunda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 28-dekabrdagi 31-sonli “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish amaliyoti haqida”gi qarori 10-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
(310-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Prokuror muayyan ishda ishtirok etgan-etmaganligidan qatʼi nazar, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan oʻz vakolati doirasida protest keltiradi.
Oʻzi chiqargan hal qiluv qarori (ajrimi), qarori bekor qilinishidan rozi boʻlmagan sudya nazorat tartibida protest bildirish haqida taqdimnoma kiritishga haqli.
311-modda. Sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligi yuzasidan tekshiruv qoʻzgʻatish
Sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligi yuzasidan tekshiruv:
1) qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati yoki apellatsiya protesti boʻyicha;
2) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest boʻyicha;
3) qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati yoki kassatsiya protesti boʻyicha;
4) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest boʻyicha;
5) qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim, qaror ustidan nazorat tartibida protest keltirish haqida berilgan ariza boʻyicha;
6) qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim va qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqida berilgan ariza boʻyicha qoʻzgʻatiladi.
(311-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
312-modda. Sudning qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari
(312-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Sudning qarorini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida bekor qilishga yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻladi:
(312-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
3) sudning hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
4) moddiy huquq normalari yoki protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanganligi.
Hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar yangidan ochilgan holatlar boʻyicha ushbu Kodeksning 362-moddasida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qayta koʻriladi.
Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat rasmiy asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin emas.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 27-bandi.
313-modda. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash
Quyidagi hollarda moddiy huquq normalari buzilgan yoki notoʻgʻri qoʻllangan hisoblanadi:
1) sud tatbiq qilinishi lozim boʻlgan qonunni qoʻllamagan boʻlsa;
2) sud tatbiq qilinmasligi lozim boʻlgan qonunni qoʻllagan boʻlsa;
3) sud qonunni notoʻgʻri talqin qilgan boʻlsa.
314-modda. Protsessual huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanganligi ishning notoʻgʻri hal etilishiga sabab boʻlgan yoki sabab boʻlishi mumkin boʻlgan taqdirdagina hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorning bekor qilinishiga asos boʻladi.
Agar:
1) ish sud tomonidan gʻayriqonuniy tarkibda koʻrilgan boʻlsa;
2) ish sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berilmagan shaxslardan birortasining yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa;
3) ish koʻrilayotganida ish yuritiladigan tilga doir qoidalar buzilgan boʻlsa;
4) sud ishda qatnashishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlariga doir masalani hal qilgan boʻlsa;
5) hal qiluv qarori, ajrim, qaror chiqarishda sud maslahatining sir saqlanishiga doir qoidalar buzilgan boʻlsa;
6) hal qiluv qarori, ajrim, qaror sudyalardan birortasi (sudya) tomonidan imzolanmagan yoki hal qiluv qarori, ajrim, qaror, ularda koʻrsatilmagan sudyalar (sudya) tomonidan imzolangan boʻlsa;
7) hal qiluv qarori, ajrim, qaror ishni koʻrmagan sudyalar tomonidan chiqarilgan boʻlsa;
8) ishda sud majlisi bayonnomasi mavjud boʻlmasa yoki u imzolanmagan boʻlsa, hal qiluv qarori, ajrim, qaror majburiy tartibda bekor qilinishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
315-modda. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari ajrimining (qarorining) mazmuni
(315-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining ajrimi yoki qarorida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
(315-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
1) ajrim yoki qaror chiqarilgan vaqt va joy;
2) ajrim yoki qaror chiqargan sudning nomi va tarkibi;
3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
4) ish kimning shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganligi;
5) shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hal qiluv qarorining (ajrim yoki qarorning) nomi va uning qisqacha mazmuni;
6) shikoyatda yoki protestda bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha mazmuni, ishni koʻrishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari va prokurorning fikri;
(315-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
7) apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi xulosaga kelishiga asos boʻlgan dalillar hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari:
(315-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
8) qarorning xulosa qismi.
Hal qiluv qarori, ajrim, qaror bekor qilingan va ish yangidan koʻrib chiqish uchun yuborilgan taqdirda, sud ishni yangidan koʻrganda qanday holatlar aniqlanishi zarurligini, qanday dalillar talab qilib olinishi kerakligini, shuningdek ish topshirilayotgan sud boshqa qanday harakatlarni bajarishi lozimligini koʻrsatishi shart.
Sud shikoyat yoki protestni rad qilsa, qanday asoslarga koʻra shikoyat yoki protestdagi vajlarni notoʻgʻri deb yoki qarorni bekor qilish, oʻzgartirish yoki yangi hal qiluv qarori chiqarish uchun asos boʻlmaydi deb topganligini ham oʻz ajrimida yoki qarorida koʻrsatishi shart.
316-modda. Qonun hal qiluv qarorini bekor qilishga asos boʻlolmaydigan darajada buzilganligini koʻrsatish
Oldingi tahrirga qarang.
Apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalari ishni koʻrgan sud tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonunni buzish hollari hal qiluv qarorini bekor qilish, oʻzgartirishga yoxud yangi hal qiluv qarori chiqarishga asos boʻlmaydi deb topsalar, bu haqda ajrimda, qarorda yoki maxsus qabul qilinadigan xususiy ajrimda koʻrsatishlari lozim.
(316-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
317-modda. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi koʻrsatmalarining majburiyligi
Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining ajrim yoki qarorda bayon qilingan koʻrsatmalari mazkur ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.
Ishni apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrayotgan sud ishni yangidan koʻrish uchun yuborar ekan, u yoki bu dalillarning ishonchli yoki ishonchsizligi toʻgʻrisidagi, bir dalilning boshqasidan ustunligi toʻgʻrisidagi, shuningdek ish yangidan koʻrilganida qanday qaror chiqarish mumkinligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan belgilab qoʻyishga haqli emas.
(317-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
318-modda. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlari ajrimining (qarorining) qonuniy kuchi
Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining ajrimi (qarori) chiqarilishi bilanoq darhol qonuniy kuchga kiradi.
(318-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
319-modda. Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sudning ajrim va qarorlaridan nusxalar yuborish
Taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga koʻra, ularga apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining nusxasi imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Sud majlisiga kelmagan taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining nusxasi ajrim yoki qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay pochta orqali yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(319-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
37-BOB. BIRINChI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLATSIYA ShIKOYATI BERISh (PROTESTI KELTIRISh)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarori.
(37-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
320-modda. Apellatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi va muddati
(320-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar hal qiluv qarori ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror protest keltirishi mumkin. Koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan shikoyat (protest) koʻrilmasdan qoldiriladi va shikoyat (protest) bergan shaxsga qaytariladi. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash masalasi ushbu Kodeksning 130-moddasi qoidalari asosida hal etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 2, 4, 5, 8, 9, 36, 37-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 20 va 21-bandlari.
(320-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
321-modda. Apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradigan sudlar
Quyidagilar:
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudining, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — okrug va hududiy harbiy sudlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini);
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini);
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼatining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradi.
(321-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
322-modda. Apellatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) tartibi
Apellatsiya shikoyatlari va protestlari apellatsiya instansiyasi nomiga yoziladi, lekin hal qiluv qarori chiqargan sudga beriladi.
Vakil tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatiga ishonchnoma yoki vakil huquqlarini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.
Apellatsiya shikoyati yoki protesti ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan apellatsiya shikoyati yoki protesti bundan mustasno.
(322-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Zarur hollarda sudya, apellatsiya shikoyati bergan shaxs yoki apellatsiya protesti keltirgan prokuror zimmasiga apellatsiya shikoyati yoki protestiga ilova qilingan yozma hujjatlarning nusxalarini ham ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga mutanosib miqdorda topshirish majburiyatini yuklashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(322-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
323-modda. Apellatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
(323-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Apellatsiya shikoyati yoki protestida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
(323-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
1) shikoyat berilayotgan yoki protest keltirilayotgan sudning nomi;
2) shikoyat yoki protest keltirayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi);
3) shikoyat qilinayotgan yoki protest keltirilayotgan hal qiluv qarori va uni chiqargan sud;
4) hal qiluv qarorining notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi;
5) shikoyat berayotgan yoki protest keltirayotgan shaxsning iltimosi;
6) shikoyat yoki protestga ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati.
(323-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Apellatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Apellatsiya protesti ushbu ishda ishtirok etganligidan qatʼiy nazar prokuror yoki uning oʻrinbosari tomonidan keltiriladi va imzolanadi.
(323-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Apellatsiya shikoyatida yoki protestida shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
(323-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
324-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish
Agar apellatsiya shikoyati berish yoki protest keltirish paytida ushbu Kodeks 322 va 323-moddalarining talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa yoki davlat boji toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun boj toʻlamagan boʻlsa, apellatsiya shikoyati yoki protesti harakatsiz qoldiriladi.
Apellatsiya shikoyati yoki protestini harakatsiz qoldirish toʻgʻrisida sudya bu shikoyat yoki protestning harakatsiz qoldirilishiga asos boʻlgan kamchiliklarni va ularni tuzatish uchun berilgan muddatni koʻrsatib ajrim chiqaradi. Ajrim apellatsiya shikoyati bergan yoki protesti keltirgan shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(324-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxs ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatda tuzatsa, shikoyat yoki protest dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat yoki protest berilmagan hisoblanib, shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Shikoyat yoki protest shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsga ajrim bilan birga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 6 va 7-bandlari.
(324-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
325-modda. Apellatsiya shikoyati yoki protestini olgandan soʻng birinchi instansiya sudining harakatlari
Sudya yoki sud raisi apellatsiya shikoyati yoki protestini olgandan soʻng:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat yoki protestning nusxalarini yuborishi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga apellatsiya instansiyada ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida maʼlum qilishi;
3) hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish yoki protest keltirish uchun belgilangan muddat oʻtgan vaqtdan eʼtiboran oʻn kun ichida ishni tushgan shikoyat yoki protest bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish va protest keltirish uchun belgilangan muddat ichida hech kim ishni suddan talab qilib olishi mumkin emas. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudda ish materiallari va tushgan shikoyatlar yoki protest bilan tanishishga haqlidirlar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 3, 8, 10-bandlari.
(325-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
326-modda. Apellatsiya shikoyatiga qoʻshilish
Protsessda apellatsiya shikoyati bergan taraf tomonida qatnashayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishlari mumkin. Shikoyatga qoʻshilish haqida ariza bergan vaqtda davlat boji olinmaydi.
(326-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
327-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirish berish (eʼtiroz bildirish)
(327-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat yoki protest yuzasidan sudga tushuntirish berishga (eʼtiroz bildirishga) haqlidirlar. Bu tushuntirishni (eʼtirozni) tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilib topshiriladi.
Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) bundan mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi).
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 11-bandi.
(327-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
328-modda. Ishni shikoyat (protest) bilan birga olgandan soʻng apellatsiya instansiyasi sudining harakatlari
(328-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Apellatsiya instansiyasi sudi zarur hollarda:
(328-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat yoki protest yuzasidan tushuntirishlar (eʼtirozlar) taqdim etishni taklif qiladi. Tushuntirishlar (eʼtirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar bundan mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi).
(328-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi yoki oʻzining tashabbusi bilan dalillarni talab qilib oladi.
329-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish
Apellatsiya shikoyati bergan shaxs uni toʻldirish, oʻzgartirish yoki undan voz kechishga haqli. Biroq, bunday voz kechish qonunga zid boʻlmasa yoki birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga xilof boʻlmasagina, sud uni qabul qilishi mumkin.
Apellatsiya protesti bildirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguniga qadar protestni toʻldirish, oʻzgartirish yoki qaytarib olishga haqli.
Agar hal qiluv qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat bermagan boʻlsa, shikoyatdan voz kechish qabul qilinganida va protest qaytarib olinganida, apellatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarib, apellatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 12-bandi.
(329-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
330-modda. Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi
Apellatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgandan keyin daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, apellatsiya instansiyasi sudiga topshirilishi lozim. Agar ishni koʻrish vaqtida daʼvogar arz qilgan talablaridan voz kechsa, javobgar arz qilingan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsalar, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi va bayonnomani tegishincha daʼvogar, javobgar yoki har ikki taraf imzolaydi.
(330-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Sud daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin daʼvogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellatsiya instansiya sudi daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishini qabul qilganida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlaganida chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi.
(330-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga xilof boʻlsa, sud voz kechishni rad qilib yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlamay, ishni apellatsiya tartibida koʻradi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 13 va 14-bandlari.
(330-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
331-modda. Ishni apellatsiya instansiyasida koʻrish muddatlari
(331-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi apellatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha tushgan ishni u kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrishi lozim. Ish oʻta murakkab boʻlgan yoki boshqa alohida hollarda tegishli sudning raisi bu muddatni koʻpi bilan yana oʻn kunga uzaytirishi mumkin.
(331-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apellatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha tushgan ishni u kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqishi lozim. Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi yoki uning oʻrinbosari bu muddatni koʻpi bilan yana bir oyga kechiktirishi mumkin.
(331-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Ishni apellatsiya instansiyasida koʻrish muddati kechiktirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish koʻriladigan kun oldindan xabar qilib qoʻyilishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 15-bandi.
(331-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
332-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi
Sud ishni apellatsiya tartibida koʻrayotganda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qay darajada qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshiradi. U yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq tekshirib chiqishi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 19 — 22-bandlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 22-bandi.
(332-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
333-modda. Sud majlisidagi tartib
Oldingi tahrirga qarang.
Apellatsiya instansiyasi sudining majlisida raislik qiluvchi ushbu Kodeksning 164, 165 va 166-moddalariga amal qilgan holda, sud majlisida tegishli tartibni taʼminlash choralarini koʻradi.
(333-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
334-modda. Ish koʻrishning boshlanishi
Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi va kimning shikoyati yoki protesti boʻyicha hamda qaysi sudning hal qiluv qarori yuzasidan qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qaysi biri kelmaganligini, kelmaganlik sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini aniqlaydi, sudga kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslar hamda vakillarning vakolatini tekshiradi.
335-modda. Sud tarkibini eʼlon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish
Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, sud majlisining kotibi, prokuror, ekspert, tarjimon sifatida kimlar qatnashayotganligini maʼlum qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga rad qilish haqida arz qilish huquqlarini tushuntiradi.
Rad qilish uchun asoslar, rad qilish haqidagi arzni hal qilish tartibi va bunday arzlarni qanoatlantirish oqibatlari ushbu Kodeksning 3-bobiga muvofiq belgilanadi.
336-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
337-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisiga kelmaganligining oqibatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasi sud majlisiga kelmagan boʻlsa va u ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishlicha xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, sud ishni koʻrishni keyinga qoldiradi.
Ishda ishtirok etuvchi, ish koʻriladigan vaqt va joy toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmasligi ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Biroq, sud bunday hollarda ham kelmaganlik sabablarini uzrli deb topsa, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli.
Prokuror yoki advokatning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqaradi va bu haqda tegishlicha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga maʼlum qiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 16 va 17-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 23-bandi.
(337-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
338-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomalari va arizalari sud tomonidan hal qilinishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni apellatsiya instansiyasida koʻrish bilan bogʻliq barcha masalalarga oid iltimosnomalari va arizalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari tinglanganidan keyin sud tomonidan hal qilinadi.
(338-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
339-modda. Ish yuzasidan maʼruza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish raislik qiluvchi yoki sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi.
(339-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Maʼruzachi ishning holatini, birinchi instansiya sudi chiqargan hal qiluv qarorining mazmunini, apellatsiya shikoyati yoki protestida keltirilgan dalillarni va ular yuzasidan berilgan tushuntirishlarni (eʼtirozlarni), keltirilgan yangi dalillarning mazmunini, shuningdek hal qiluv qarorining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish uchun sud koʻrishi zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni bayon qiladi.
(339-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
340-modda. Ishning sud majlisida koʻrilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Sud raislik qiluvchi yoki sudyalardan birining maʼruzasidan keyin sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishini tinglaydi, bu shaxslar apellatsiya shikoyati yoki protestida koʻrsatilmagan vajlar keltirishga va qoʻshimcha materiallar taqdim etishga ham haqli.
(340-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dastavval, apellatsiya shikoyatini bergan shaxs va uning vakili yoki agar ish protest boʻyicha koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, prokuror soʻzga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikki taraf ham shikoyat bergan boʻlsa, birinchi boʻlib daʼvogar soʻzga chiqadi.
(340-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 5 va 48-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar, agar sudning hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan boʻlsalar, apellatsiya sudida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadilar.
(340-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlaridan keyin prokuror hal qiluv qarori qay darajada qonuniy, asosli va adolatli ekanligi toʻgʻrisida fikrini bayon qiladi, prokurorning protesti boʻyicha qayta koʻrilayotgan hal qiluv qarorlari bundan mustasno.
(340-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
341-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni toʻxtatib turish
Apellatsiya instansiyasi sudi ish boʻyicha ish yuritishni ushbu Kodeksning 7-bobida nazarda tutilgan tartibda toʻxtatadi.
(341-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
342-modda. Ajrim chiqarish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari va prokurorning fikri tinglab boʻlinganidan keyin apellatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarish uchun maslahatxonaga chiqadi.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ish koʻrilganidan keyin darhol chiqariladi.
Alohida hollarda asoslantirilgan ajrim tayyorlash koʻpi bilan uch kunga kechiktirilishi mumkin, lekin ajrimning xulosa qismini sud ishni apellatsiya tartibida muhokama qilish tamomlangan majlisning oʻzidayoq eʼlon qilishi kerak.
Sudyalarning maslahatlashuvi, ajrim chiqarish va uni eʼlon qilish ushbu Kodeksning 14-moddasida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(342-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
343-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan shikoyat berilganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Sud ishni apellatsiya tartibida koʻrib chiqqach, oʻz ajrimi bilan:
1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaslikka;
2) ishni yangidan koʻrish uchun yubormasdan hal qiluv qarorini oʻzgartirishga yoxud butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga;
3) ushbu Kodeksning 3431-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga;
(343-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
4) hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga hamda ushbu Kodeksning 97 va 100-moddalarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra ish yuritishni tugatishga yoxud arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 24 — 31-bandlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 24-bandi.
(343-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
3431-modda. Hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni mazmunan koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilish asoslari
Ushbu Kodeks 314-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, apellatsiya instansiyasi sudi ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olmagan holda hal qiluv qarorini bekor qiladi va ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqadi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqishga oʻtish haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatilgan holda ajrim chiqariladi.
(3431-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(344-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
345-modda. Ish apellatsiya tartibida koʻrilganidan keyin tushgan apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish tartibi
Belgilangan muddatda yoki oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangandan keyin berilgan apellatsiya shikoyati yoki keltirilgan apellatsiya protesti apellatsiya instansiyasiga ish boshqa shikoyatlar yoki protest boʻyicha koʻrib chiqilganidan keyin kelib tushsa, sud ularni qabul qilishi va koʻrishi shart.
Apellatsiya instansiyasi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib, shikoyat yoki protest boʻyicha chiqariladigan ajrim muqaddam chiqarilgan ajrimning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib kelishi lozim, degan xulosaga kelsa, u ajrim chiqarib, ishni tavsiyanoma bilan sud raisiga yuboradi. Sud raisi bir yoki har ikkala ajrim ustidan nazorat tartibida protest keltirish masalasini hal qiladi.
(345-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
346-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirish huquqi
(346-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan yoki yuborilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar apellatsiya instansiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat berishi, prokuror esa protest keltirishi mumkin:
(346-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda;
2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan hollarda.
(346-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Birinchi instansiya sudining boshqa ajpimlari ustidan xususiy shikoyat bepilmaydi va ppotest keltirilmaydi, biroq, bunday ajpimlarga qarshi eʼtirozlar apellatsiya shikoyati yoki ppotestiga kiritilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 5-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 38-bandi.
(346-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
347-modda. Xususiy shikoyatlar bepish va ppotestlar keltirish hamda ularni koʻpish tartibi
Xususiy shikoyatlar va ppotestlar ushbu Kodeksning 37-bobida belgilangan tartibda bepiladi va koʻpiladi.
348-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat berilganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Apellatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyat yoki xususiy protestni koʻrib chiqib:
1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaslikka;
2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 24-bandi.
(348-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
38-BOB. BIRINChI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN KASSATSIYA ShIKOYATI BERISh (PROTESTI KELTIRISh)
3481-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarorlari ustidan ular qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar kassatsiya tartibida shikoyat berishi va prokuror protest keltirishi mumkin.
(3481-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi 4-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 3, 6-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 25-bandi.
3482-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradigan sudlar
Quyidagilar:
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudining, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — okrug va hududiy harbiy sudlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini);
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini);
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼatining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradi.
3483-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) tartibi
Kassatsiya shikoyatlari va protestlari kassatsiya instansiyasi sudi nomiga yoziladi, lekin hal qiluv qarori chiqargan sudga beriladi.
Vakil tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatiga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.
Kassatsiya shikoyati yoki protesti ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan kassatsiya shikoyati yoki protesti bundan mustasno.
(3483-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Sudya, zarur hollarda, kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki kassatsiya protesti keltirgan prokuror zimmasiga kassatsiya shikoyati yoki protestiga ilova qilingan yozma materiallarning nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga mutanosib miqdorda taqdim etish majburiyatini yuklashi mumkin.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganida avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisida sud chiqargan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati shu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi 4-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 7-bandi.
3484-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Kassatsiya shikoyati yoki protestida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) shikoyat berilayotgan yoki protest keltirilayotgan sudning nomi;
2) shikoyat berayotgan yoki protest keltirayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) shikoyat berilayotgan hal qiluv qarori va uni chiqargan sud;
4) hal qiluv qarorining notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi;
5) shikoyat berayotgan yoki protest keltirayotgan shaxsning iltimosi;
6) shikoyat yoki protestga ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati.
Kassatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Kassatsiya protesti ushbu ishda qatnashganligidan qatʼi nazar, prokuror yoki uning oʻrinbosari tomonidan keltiriladi va imzolanadi.
Kassatsiya shikoyatida yoki protestida shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
(3484-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
3485-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish
Agar kassatsiya shikoyati berish yoki protesti keltirish paytida ushbu Kodeksning 348-3 va 348-4-moddalari talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa yoki davlat boji toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berganlik uchun boj toʻlamagan boʻlsa, kassatsiya shikoyati yoki protesti harakatsiz qoldiriladi.
Kassatsiya shikoyati yoki protestini harakatsiz qoldirish toʻgʻrisida sudya bu shikoyat yoki protestning harakatsiz qoldirilishiga asos boʻlgan kamchiliklarni va ularni tuzatish uchun berilgan muddatni koʻrsatib ajrim chiqaradi. Ajrim kassatsiya shikoyati bergan yoki protesti keltirgan shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(3485-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Agar shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxs ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatda tuzatsa, shikoyat yoki protest dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat yoki protest berilmagan hisoblanib, shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Shikoyat yoki protest shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsga ajrim bilan birga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(3485-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi 4-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 9-bandi.
3486-modda. Kassatsiya shikoyati yoki protestini olgandan soʻng birinchi instansiya sudining harakatlari
Sudya yoki sud raisi kassatsiya shikoyati yoki protestini olgandan soʻng:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat yoki protestning nusxalarini yuborishi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ishni kassatsiya instansiyasida koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida maʼlum qilishi;
3) sud qarori ijrosini (agar u ijro etilmagan boʻlsa) ish kassatsiya tartibida koʻrilguniga qadar toʻxtatib qoʻyishi va bu xususda manfaatdor shaxslar, tashkilotlarni xabardor etishi;
4) kassatsiya shikoyati yoki protesti kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddat ichida ishni tushgan shikoyat yoki protest bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudda ish materiallari va tushgan shikoyatlar yoki protestlar bilan tanishishga haqli.
3487-modda. Kassatsiya shikoyatiga qoʻshilish
Protsessda kassatsiya shikoyati bergan taraf tomonida qatnashayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishlari mumkin. Shikoyatga qoʻshilish haqida ariza bergan vaqtda davlat boji undirilmaydi.
3488-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirish berish (eʼtiroz bildirish)
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat yoki protest yuzasidan sudga tushuntirish berishga (eʼtiroz bildirishga) haqli, bu tushuntirishni (eʼtirozni) tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilib topshiriladi.
Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) bundan mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi).
(3488-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
3489-modda. Ishni shikoyat (protest) bilan birga olgandan soʻng kassatsiya instansiyasi sudining harakatlari
Kassatsiya instansiyasi sudi zarur hollarda:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat yoki protest yuzasidan tushuntirish berishni (eʼtiroz bildirishni) taklif qiladi. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlarning nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha dalillarni talab qilib olishga koʻmaklashadi.
34810-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs uni toʻldirish, oʻzgartirish yoki undan voz kechishga haqli.
Kassatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguniga qadar protestni toʻldirish, oʻzgartirish yoki qaytarib olishga haqli.
Agar hal qiluv qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat bermagan boʻlsa, shikoyatdan voz kechish qabul qilinganligi toʻgʻrisida va protest qaytarib olingan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarib, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
34811-modda. Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi
Kassatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgandan keyin daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, kassatsiya instansiyasi sudiga topshirilishi lozim. Agar ishni koʻrish vaqtida daʼvogar arz qilgan talablaridan voz kechsa, javobgar arz qilingan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsalar, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi va bayonnomani tegishincha daʼvogar, javobgar yoki har ikki taraf imzolaydi.
(34811-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Sud daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin daʼvogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi.
Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi qabul qilingan yoki taraflarning kelishuv bitimi tasdiqlangan taqdirda kassatsiya instansiyasi sudi chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi.
Agar daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud kimningdir huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan boʻlsa, sud voz kechishni rad qiladi yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlamaydi hamda ishni kassatsiya tartibida koʻradi.
34812-modda. Ishni kassatsiya instansiyasida koʻrish muddatlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha tushgan ishni u kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqishi lozim. Ish oʻta murakkab boʻlgan yoki boshqa alohida hollarda tegishli sudning raisi bu muddatni koʻpi bilan yana yigirma kunga uzaytirishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha tushgan ishni u kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqishi lozim. Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oʻrinbosari bu muddatni koʻpi bilan yana bir oyga uzaytirishi mumkin.
Ishni kassatsiya instansiyasida koʻrish muddati uzaytirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish koʻriladigan kun oldindan xabar qilib qoʻyilishi lozim.
34813-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi
Ishni kassatsiya tartibida koʻrayotganida sud birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini kassatsiya shikoyati yoki protestining vajlari hamda ular yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar doirasida tekshiradi. U yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi 4-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 1 va 2-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 25-bandi.
(348-13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
34814-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud majlisida koʻrish tartibi
Kassatsiya instansiyasining sud majlisi ushbu Kodeksning 14, 333—342-moddalarida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
34815-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan shikoyat berilganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrib chiqqach, oʻz ajrimi bilan:
1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaslikka;
2) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga yoxud butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga;
3) ushbu Kodeks 314-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga hamda ishni yangidan koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga haqli;
4) hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga hamda ushbu Kodeksning 97 va 100-moddalarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra, ish yuritishni tugatishga yoxud arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi 4-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 11 — 13-bandlari.
34816-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirish huquqi
Birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida koʻrilmagan ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan alohida holda kassatsiya instansiyasi sudiga sud ajrimi chiqarilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
Xususiy shikoyatlar berish va xususiy protestlar keltirish ushbu bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi va koʻrib chiqiladi.
34817-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat berilganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyat yoki xususiy protestni koʻrib:
1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaslikka;
2) ajrimni bekor qilishga va ishni mohiyatan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga hamda masalani mohiyatan hal qilishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi 4-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 11 — 13-bandlari.
(kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq 38-bob bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
39-BOB. QONUNIY KUChGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI TEKShIRISh
349-modda. Ppotest keltirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Oʻzbekiston Respublikasi barcha sudlarining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari quyidagilar keltirgan protestlar boʻyicha nazorat tartibida qayta koʻrilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari boʻyicha, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari boʻyicha, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori — Oʻzbekiston Respublikasi barcha sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari boʻyicha.
(349-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi 4-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 15-bandi.
350-modda. Ppotest keltirish toʻgʻpisida ariza bepish
Nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, Bosh prokuroriga yoki ularning oʻrinbosarlariga beriladi.
(350-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza mazmun jihatidan ushbu Kodeksning 323-moddasiga muvofiq boʻlishi lozim. Arizaga sud chiqargan hal qiluv qarorining nusxasi, agar ish apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ham koʻrib chiqilgan boʻlsa, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlarining ajrimlari (qarorlari) nusxalari ham ilova qilinadi.
(350-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Ushbu moddaning ikkinchi qismi talablariga pioya qilinmagan yoki davlat boji toʻlanmagan taqdirda, nazopat tartibida ppotest keltirish toʻgʻpisidagi ariza harakatsiz qoldiriladi, arizachiga esa, kamchiliklarni bartaraf etish tartibi va muddati tushuntiriladi.
Sudning hal qiluv qaropi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yil oʻtgandan keyin bepilgan arizalar koʻpilmaydi.
(350-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi 4-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 16-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 28-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza bir oylik muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻpib chiqilishi kerak. Ppotest keltirish uchun asos boʻlmasa, ariza bepgan shaxsga arizani qanoatlantirmasdan qoldirish sabablari koʻpsatilib, yozma javob bepilishi lozim.
(350-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosarining nazorat tartibida protest keltirishni rad qilganligi ustidan arizachi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisiga shikoyat berishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosarining nazorat tartibida protest keltirishni rad qilganligi ustidan arizachi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga shikoyat berishi mumkin.
(350-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
351-modda. Ishni talab qilib olish
Ushbu Kodeksning 349-moddasida sanab oʻtilgan mansabdop shaxslar, shuningdek tuman va shahar ppokupoplari nazopat tartibida ppotest keltirishga asos bop-yoʻqligi masalasini hal qilish uchun oʻz vakolatlari doirasida tegishli sudlardan fuqarolik ishlarini talab qilib olishga haqlidirlar. Basharti, ishni talab qilib olgan shaxs muayyan hal qiluv qaropi, ajpim yoki qaropga nisbatan ppotest keltirish huquqiga ega boʻlmasa, u zarup hollarda, ppotest keltirish huquqiga ega boʻlgan yuqopi mansabdop shaxsga nazopat tartibida ppotest keltirishni tavsiya qilib mupojaat etadi.
352-modda. Sud qaroplarining ijposini toʻxtatib turish
Oldingi tahrirga qarang.
Nazopat tartibida ppotest keltirish huquqi bepilgan prokuror va uning oʻrinbosarlaridan tashqari mansabdor shaxslar tegishli hal qiluv qaroplari, ajpimlar va qaroplarning ijposini nazopat tartibida ish yupitish tamom boʻlguniga qadar toʻxtatib turishlari mumkin, ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ppotest keltirish uchun asos boʻlmagan taqdirda, shu mansabdop shaxslar tegishli hal qiluv qaroplari, ajpimlar va qaroplarning ijposini toʻxtatib tupishni bekop qiladilar. Toʻxtatib tupish va toʻxtatib tupishni bekop qilish haqida manfaatdop shaxslarga, tashkilotlarga va sudga maʼlum qilinadi.
(352-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
353-modda. Ppotest keltirish
Nazorat tartibida protest keltirish uchun asoslar mavjud boʻlsa, ushbu Kodeksning 349-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar protest yozib, uni ish bilan birga nazorat instansiyasi sudiga yuboradi.
Nazorat tartibidagi protestning mazmuni ushbu Kodeksning 323-moddasida bayon etilgan qoidalarga mos kelishi lozim. Protest ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalar bilan sudga taqdim etiladi, bundan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan protest mustasno.
(353-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
354-modda. Ppotestlarni koʻpadigan sudlar
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudining, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari tomonidan koʻrilgan ishlar yuzasidan chiqargan apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan, mazkur sudlar tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan nazorat tartibida keltirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining mazkur sud tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan, shuningdek okrug va hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan nazorat tartibida keltirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlari ustidan nazorat tartibida keltirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.
(354-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
355-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardop qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularning ishi boʻyicha keltirilgan protestning nusxasi yuboriladi. Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
(355-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Ppotestning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud tomonidan yubopiladi. Sud ishni koʻpish vaqtini tayinlaganida ishda ishtirok etuvchi shaxslar ppotest yuzasidan yozma tushuntirishlarini (eʼtirozlarini) va qoʻshimcha materiallarni sudga taqdim qilish imkoniyatiga ega boʻlishlarini hisobga oladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarori 29-bandining birinchi xatboshisi.
356-modda. Ppotestni toʻldirish, oʻzgartirish va qaytarib olish
Nazopat tartibida ppotest keltirgan mansabdop shaxs ppotestni toʻldirish, oʻzgartirish yoki qaytarib olishga haqli.
Ppokupop keltirgan ppotestni yuqopi turuvchi ppokupop ham toʻldirishi, oʻzgartirishi yoki qaytarib olishi mumkin.
Ppotestni toʻldirish, oʻzgartirish yoki qaytarib olishga ppotest koʻpiladigan sud majlisi boshlanguniga qadargina yoʻl qoʻyiladi. Ppotest toʻldirilganligi, oʻzgartirilganligi yoki qaytarib olinganligi haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardop qilinadilar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarori 29-bandining ikkinchi xatboshisi.
357-modda. Ishni nazorat tartibida koʻrish doirasi
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ishni nazorat tartibida koʻrganida birinchi instansiya va apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining moddiy va protsessual huquq normalarini ishdagi mavjud materiallar boʻyicha protestda keltirilgan vajlar doirasida qanchalik toʻgʻri qoʻllaganliklarini tekshiradi.
(357-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Basharti, sud qarorida boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilgan boʻlsa, sud protest doirasidan chetga chiqishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 30-bandi.
358-modda. Ppotestni koʻpish tartibi
Nazopat tartibida keltirilgan protestni koʻpishda ushbu Kodeksning 333, 335 va 336-moddalarida bayon etilgan qoidalar shu bobda bayon etilgan istisnolarni hisobga olgan holda qoʻllanadi.
Sudlov hayʼatida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida rais yoki uning topshirigʻiga koʻra ilgari ishni koʻrishda qatnashmagan sudya, Rayosat aʼzosi ish yuzasidan maʼruza qiladi.
(358-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Maʼpuzada: ishning holatlari, ish boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qaropi, ajpim yoki qarop, shuningdek ppotestning mazmuni bayon etiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish koʻpiladigan vaqt va joy haqida xabardor qilinmagan boʻlishlariga qaramay, sudga kelgan hollarda ham sud majlisiga kiritiladilar. Bu shaxslar sudga ish boʻyicha maʼpuza qilinganidan keyin tushuntirishlar bepadilar.
359-modda. Ishni nazopat tartibida koʻpishda ppokupopning ishtiroki
Ishni nazorat tartibida koʻrishda prokuror qatnashib, oʻzi keltirgan protestni quvvatlaydi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari keltirgan protest boʻyicha koʻrilayotgan ish yuzasidan oʻz fikrini beradi.
(359-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
360-modda. Nazopat tartibidagi ppotestlar boʻyicha ajpim va qaroplar chiqarish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining ajrimlari ushbu Kodeksning 14 va 204-moddalarida nazarda tutilgan tartibda chiqariladi.
(360-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ppotest qanoatlantirilishini yoqlab va unga qarshi bepilgan ovozlar teng boʻlib qolsa, ppotest pad etilgan hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatining nazorat tartibidagi protest boʻyicha chiqargan ajpimi sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori rayosat majlisida raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
(360-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ajrim yoki qaror ishda ishtirok etuvchi shaxslarga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(360-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
361-modda. Ishni nazopat tartibida koʻpayotgan sudning vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼati nazorat tartibidagi protestni koʻrib chiqib:
1) hal qiluv qarorini yoki ajrimni oʻzgarishsiz, nazorat tartibidagi protestni qanoatlantirmay qoldirishga;
2) ushbu Kodeks 314-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini yoki ajrimni butunlay yoxud qisman bekor qilishga va ishni yangidan koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
3) bir nechta protsessual harakatlarni joyida amalga oshirish zarur boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini yoki ajrimni butunlay yoxud qisman bekor qilishga va ishni yangidan koʻrib chiqish uchun apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;
4) hal qiluv qarorini yoki ajrimni butunlay yoki qisman bekor qilishga va arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga;
5) ish boʻyicha qabul qilingan sud qarorlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga;
6) hal qiluv qarorini yoki ajrimni bekor qilishga yoxud oʻzgartirishga va ishni yangidan koʻrib chiqish uchun yubormasdan, yangidan sud qarorini qabul qilishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati nazorat tartibidagi protestni koʻrib chiqib:
1) hal qiluv qarorini yoki ajrimni oʻzgarishsiz, nazorat tartibidagi protestni qanoatlantirmay qoldirishga;
2) ish boʻyicha qabul qilingan sud qarorlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga;
3) hal qiluv qarorini yoki ajrimni butunlay yoki qisman bekor qilishga va arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga;
4) hal qiluv qarorini yoki ajrimni bekor qilishga yoxud oʻzgartirishga va ishni yangidan koʻrib chiqish uchun yubormasdan, yangidan sud qarorini qabul qilishga haqli.
(361-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi 4-sonli “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi qarorining 17 va 20-bandlari.
40-BOB. QONUNIY KUChGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNI YaNGI OChILGAN HOLATLAR BOʻYIChA QAYTA KOʻRISh
362-modda. Qayta koʻpish asoslari
Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroplari, ajpimlar va qaroplar yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻpilishi mumkin.
Hal qiluv qaroplari, ajpimlar va qaroplarni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻpish uchun quyidagilar asos boʻladi:
1) arizachiga nomaʼlum boʻlgan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlar;
2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va noqonuniy, asossiz yoki adolatsiz qarop chiqarilishiga sabab boʻlgan holatlar, yaʼni guvohning bila turib bergan yolgʻon koʻrsatuvi, ekspeptning bila tupib bergan yolgʻon xulosasi, atayin notoʻgʻri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki ashyoviy dalillar;
3) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudyalarning muayyan ishni koʻpishda sodir etgan jinoiy qilmishlari;
4) sud chiqargan hal qiluv qaropi, hukm, ajpim yoki qaropning yoxud shu hal qiluv qaropi, ajpim va qaror chiqarilishiga sabab boʻlgan boshqa organlar qaropining bekop qilinishi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 32-bandi.
363-modda. Hal qiluv qarori, ajrim va qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar
Oldingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar boʻyicha shu hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan qayta koʻriladi. Birinchi instansiya sudi chiqargan hal qiluv qarorini oʻzgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori chiqargan apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudlarining ajrim va qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish hal qiluv qarorini oʻzgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori chiqargan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 33-bandi.
(363-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
364-modda. Apiza bepish
Yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qaropi, ajpim yoki qaropni qayta koʻpish haqidagi ariza ishda ishtirok etgan shaxslar yoki ppokupop tomonidan hal qiluv qaropini, ajpim yoki qaropni chiqargan sudga bepiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bunday arizani hal qiluv qaropi, ajpim yoki qaropni qayta koʻpish uchun asos boʻladigan holatlar maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran uch oy muddat ichida bepishlari mumkin.
365-modda. Apiza bepish muddatini hisoblash
Apiza bepish muddati:
1) ushbu Kodeksning 362-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran;
2) ushbu Kodeksning 362-moddasi 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran;
3) ushbu Kodeksning 362-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — qayta koʻpilayotgan hal qiluv qaropiga, ajpim yoki qaropga asos boʻlgan hukm, hal qiluv qaropi, ajpim yoki qaropga mazmunan qarama-qarshi boʻlgan sud hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud boshqa organning ana shunday qaropi chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
366-modda. Apizani koʻpish
Sud yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qaropi, ajpim yoki qaropni qayta koʻpish toʻgʻpisidagi arizani arizachini va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardop qilgan holda koʻradi. Biroq, bu shaxslarning kelmasligi arizani koʻpishga toʻsqinlik qilmaydi.
367-modda. Sudning ishni qayta koʻpish toʻgʻpisidagi ajpimi
Sud yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qaropi, ajpim yoki qaropni qayta koʻpish toʻgʻpisidagi arizani koʻrib, uni qanoatlantiradi va hal qiluv qaropi, ajpim yoki qaropni bekop qiladi yoxud ishni qayta koʻpishni pad qiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(367-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
368-modda. Sudning ajpimi ustidan shikoyat berish
Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
(368-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Xususiy shikoyatda yoki xususiy protestda xususiy shikoyat bergan yoxud xususiy protest keltirgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
(368-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
369-modda. Hal qiluv qaropi, ajpim yoki qaropni qayta koʻpish toʻgʻpisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
Hal qiluv qaropi, ajpim yoki qaropni qayta koʻpish toʻgʻpisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, ish sud tomonidan umumiy asoslarda koʻpiladi.
IV BOʻLIM. SUD QARORLARINING IJROSI
370-modda. Sud qarorlarini ijro etish tartibi
Qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari barcha davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda ijro etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarori.
371-modda. Ijro varaqasi
Sud qarorining majburiy ijrosi qarorni qabul qilgan sud beradigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Ijro varaqasi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan soʻng sud tomonidan undiruvchiga beriladi, darhol ijro etish hollari bundan mustasnodir, bunda ijro varaqasi hal qiluv qarori chiqarilganidan keyin darhol beriladi.
372-modda. Ijro varaqasi berish
Har bir hal qiluv qarori boʻyicha bitta ijro varaqasi beriladi. Biroq, agar ijro turli joylarda yoki bir necha undiruvchining foydasiga amalga oshiriladigan boʻlsa, sud undiruvchilarning iltimosiga binoan ijro joyini yoki hal qiluv qarori ijrosining har bir ijro varaqasiga tegishli qismini aniq koʻrsatgan holda bir necha ijro varaqasi beradi.
Bir necha javobgardan pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi hukm yoki hal qiluv qarori asosida javobgarlarning soni boʻyicha bir necha ijro varaqasi beriladi. Bunda, agar sherik javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan boʻlsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi koʻrsatilishi va sherik javobgar ekanligi koʻrsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab oʻtilishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 3-bandi.
(372-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki uning iltimosiga koʻra ijro qilish uchun bevosita sud tomonidan yuboriladi.
373-modda. Sudning ijro varaqasini yuborishi
Jinoyat sodir qilish natijasida yetkazilgan zararni undirish, aliment undirish, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchining oʻlimi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash, xodim bilan mehnat shartnomasini gʻayriqonuniy ravishda bekor qilish yoki xodimni gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazishda yoxud sudning ishga tiklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini bajarmaslikda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslardan pul summalari undirish, mulkni musodara qilish, davlat daromadiga pul mablagʻlari undirish hollarida sud ijro varaqasini oʻz tashabbusi bilan ijro etishga yuboradi, bu haqda tegishincha, moliya organiga yoki undiruvchiga xabar qiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 4-bandi.
374-modda. Ijro varaqasining dublikatini berish
Ijro varaqasining asl nusxasi yoʻqotilgan taqdirda, hal qiluv qarorini chiqargan sud ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin.
Dublikat berish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻriladi, biroq, ularning kelmasligi dublikat berish masalasini hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Sudning dublikat berish masalasi boʻyicha chiqargan ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 5-bandi.
Xususiy shikoyatda yoki xususiy protestda xususiy shikoyat bergan yoxud xususiy protest keltirgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
(374-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
375-modda. Ijro varaqasining mazmuni
Ijro varaqasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
1) ijro varaqasini bergan sudning nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) ijro varaqasining qaysi ish yuzasidan berilganligi, uning raqami;
(375-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
3) hal qiluv qarori chiqarilgan vaqt;
4) hal qiluv qarorining xulosa qismi (soʻzma-soʻz);
5) hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirgan vaqti;
Oldingi tahrirga qarang.
6) ijro varaqasining berilgan vaqti va uni ijroga topshirish muddati;
(375-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
7) undiruvchi va qarzdorning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi) hamda manzillari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro varaqasini sudya imzolaydi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 6-bandi.
(375-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
376-modda. Ijro qilinishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorini tushuntirish
Ijro qilinishi lozim boʻlgan hal qiluv qarori aniq boʻlmasa, davlat ijrochisi ishni hal qilgan suddan (sudyadan) hal qiluv qarorini tushuntirib berishni iltimos qilishga haqli. Hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 215-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha tushuntiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasi.
(376-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
377-modda. Ijro varaqasini ijroga topshirish muddatlari
Sudning hal qiluv qarori, agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, qonuniy kuchga kirgan paytidan boshlab uch yil ichida majburiy tartibda ijro etish uchun topshirilishi mumkin.
Davrli toʻlovlarni undirish uchun berilgan ijro varaqalari bu toʻlovlar undiriladigan butun davr ichida ijroga topshirilishi mumkin. Ijro varaqasi ijroga topshirilgunga qadar oʻtgan vaqt uchun davrli toʻlovlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida undiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarning oʻtishi har bir toʻlov muddati tugagan kundan eʼtiboran davom etadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi.
378-modda. Ijro varaqasini ijroga topshirish muddatining uzilishi
Ijroga topshirish muddati agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ijro varaqasining ijroga berilishi, shuningdek, hal qiluv qarori qisman ijro qilinishi bilan uziladi.
Muddat uzilgandan soʻng uning oʻtishi yangidan boshlanadi, bunda oldingi oʻtgan vaqt yangi muddat hisobiga kiritilmaydi. Agar ijro varaqasi toʻliq yoki qisman undirilmay qaytarilsa, ijro varaqasini ijroga topshirish uchun yangi muddatni hisoblash ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan eʼtiboran boshlanadi.
379-modda. Ijro varaqasini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash
Ijro varaqasini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddati, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, sud uzrli deb topgan sabablarga koʻra tiklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza hal qiluv qarori chiqargan sudga yoki ijro qilinadigan joydagi sudga beriladi. Ariza ishda ishtirok etgan shaxslarni xabardor qilgan holda sudda koʻriladi, biroq, bu shaxslarning kelmasligi oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash masalasini hal qilish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
(379-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganligi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 7-bandi.
(379-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
380-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish yoki uning boʻlib-boʻlib bajarilishiga yoʻl qoʻyish, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish
Sud undiruvchi, qarzdor yoki davlat ijrochisining arizasiga binoan hal qiluv qarorining ijrosini ushbu Kodeksning 216-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishga yoki uning boʻlib-boʻlib bajarilishiga yoʻl qoʻyishga, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirishga haqli.
(380-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 32-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 9-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(381-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
382-modda. Hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi
Ijro etilgan hal qiluv qarori bekor qilingan va ish yangidan koʻrib chiqilganidan keyin talablarni qanoatlantirishni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarilgan yoxud ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida yoki arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan taqdirda, bekor qilingan hal qiluv qarori boʻyicha javobgardan daʼvogarning foydasiga undirilgan narsalarning hammasi javobgarga yana qaytarib berilishi lozim (hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi).
383-modda. Hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalaning birinchi instansiya sudi tomonidan hal qilinishi
Ishni yangidan koʻrish uchun topshirilgan sud oʻz tashabbusi bilan qaytarma ijro toʻgʻrisidagi masalani koʻrishi va uni yangi hal qiluv qarorida yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimda hal qilishi shart.
Ishni yangidan koʻrayotgan sud bekor qilingan hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi masalasini hal qilmagan taqdirda, javobgar bu sudga qaytarma ijro toʻgʻrisida ariza berishga haqli. Bu ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda sud majlisida koʻriladi. Biroq, bu shaxslarning kelmasligi sud oldiga qoʻyilgan masalaning hal etilishi uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza davlat boji toʻlamagan holda umumiy daʼvo muddati davomida berilishi mumkin.
Hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sudning chiqargan ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
384-modda. Hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalaning apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudida hal qilinishi
(384-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Ishni apellatsiya, kassatsiya shikoyati boʻyicha yoki nazorat tartibidagi protest boʻyicha koʻrib chiqayotgan sud, agar oʻzining ajrimi yoki qarori bilan huquq toʻgʻrisidagi nizoni uzil-kesil hal qilsa yoki ish yuritishni tamomlasa, hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi yoki uni hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga topshirishi shart.
(384-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Agar yuqori sudning ajrimida yoki qarorida qaytarma ijro toʻgʻrisidagi masala boʻyicha hech qanday koʻrsatma boʻlmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Birinchi instansiya sudi bu arizani ushbu Kodeks 383-moddasining qoidalariga binoan koʻrib chiqadi va hal qiladi.
385-modda. Alohida toifadagi ishlar boʻyicha qaytarma ijroning oʻziga xos jihatlari
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha pul summasi undirish toʻgʻrisidagi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun haq undirish toʻgʻrisidagi, aliment undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchining oʻlimi natijasida koʻrilgan zarar oʻrnini qoplash uchun haq undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hal qiluv qarorlari bekor qilingan taqdirda, agar bekor qilingan hal qiluv qarori daʼvogar bergan soxta maʼlumotlarga yoki u taqdim etgan qalbaki hujjatlarga asoslangan boʻlsa, qaytarma ijroga yoʻl qoʻyiladi.
V BOʻLIM. FUQAROLIK PROTSESSIDA ChET EL FUQAROLARI VA TAShKILOTLARI, FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARNING IShTIROKI
386-modda. Chet el fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik ppotsessual huquqlari
Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga mupojaat qilish huquqiga egadirlar va fuqarolik ppotsessual huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan baravar foydalanadilar.
Chet el tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga mupojaat qilish huquqiga egadirlar va oʻzlarining manfaatlarini himoya qilish uchun fuqarolik ppotsessual huquqlardan foydalanadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik ppotsessual huquqlari maxsus cheklanishiga yoʻl qoʻyilgan davlatlarning fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob tariqasidagi cheklashlarga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasi.
387-modda. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning fuqarolik ppotsessual huquqlari
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga mupojaat qilish huquqiga egadirlar va fuqarolik ppotsessual huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan baravar foydalanadilar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasi.
388-modda. Chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolar, shuningdek loaqal bittasi chet elda yashab tupgan taraflar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha fuqarolik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga taalluqli boʻlishi
Chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolarning, shuningdek loaqal bittasi chet elda yashab tupgan taraflar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha fuqarolik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga taalluqli boʻlishi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeks bilan belgilanadi.
389-modda. Chet davlatlarga daʼvolar
Chet davlatga nisbatan daʼvo taqdim etilishiga, daʼvo taʼminlanishiga va undiruv chet davlatning Oʻzbekiston Respublikasidagi mulkiga qaratilishiga faqat tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilangina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatiya vakillari va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki xalqaro huquq normalari bilan belgilanadigan doiralardagina Oʻzbekiston Respublikasi sudining yurisdiksiyasida boʻladilar.
390-modda. Chet davlat sudlarining sudga doir topshiriqlarini ijpo etish va Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlariga topshiriq bilan mupojaat qilishi
Oʻzbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlarining aypim ppotsessual harakatlarni (chaqiruv qogʻozlari va boshqa hujjatlarni topshirish, taraflar va guvohlarni soʻpoq qilish, ekspeptiza oʻtkazish, joyga bopib koʻpish va boshqalar) bajarish toʻgʻpisida belgilangan tartibda bepgan topshiriqlarini ijpo qiladilar. Bundan quyidagi hollar istisnodir:
1) topshiriqni ijpo etish Oʻzbekiston Respublikasi suvepenitetiga zid boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasining xavfsizligiga tahdid solsa;
2) topshiriqni ijro etish sudning huquq doirasiga kirmasa.
Chet davlat sudlarining aypim ppotsessual harakatlarni bajarish toʻgʻpisidagi topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida ijro etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlariga aypim ppotsessual harakatlarni bajarish toʻgʻpisida topshiriq bilan mupojaat qilishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlari bilan aloqada boʻlish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
391-modda. Chet davlat sudlari va arbitpajlarining hal qiluv qaroplarini ijpo etish
Chet davlat sudlari va arbitpajlarining hal qiluv qaroplarini Oʻzbekiston Respublikasida ijpo etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. Chet davlat sudi yoki arbitpajining hal qiluv qaropi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bu qarop qonuniy kuchga kirgan vaqtdan eʼtiboran uch yil ichida majburiy ijroga topshirilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi va “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida”gi 1958-yil 10-iyundagi Nyu-York Konvensiyasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son; 2001-y., 1-2-son, 11-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2007-y., 31-32-son, 315-modda; 2008-y., 14-15-son, 92-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 37-son, 405-modda; 2010-y., 22-son, 174-modda, 37-son, 313-modda; 2011-y., 16-son, 162-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; 33-son, 439-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 13-son, 194-modda, 15-son, 242-modda, 37-son, 978-modda)