1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatga olish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TAShKIL ETISh UChUN RO‘YXATDAN O‘TKAZISh TARTIBOTLARI TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, rasmiylashtirishning bosqichma-bosqich ro‘yxatdan o‘tkazish prinsipiga o‘tish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi byurokratik to‘siqlarni olib tashlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektlarini rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
birinchidan, rozilik beruvchi tashkilotlar soni keskin qisqartirilishi;
ikkinchidan, barcha kelishib olish tartibotlari tadbirkorlik subyektlarini amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazadigan faqat bitta tashkilot doirasida amalga oshirilishi ta’minlanadi.
2. Tuman (shahar) hokimliklari huzurida Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) tashkil etilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
2003-yil 1-oktabrgacha Inspeksiyalarni shakllantirishni tugallasinlar va ular uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar;
Inspeksiyalar samarali faoliyat ko‘rsatishi, ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda byurokratiya va sansalorlik hollarining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
3. Quyidagilar yangi tashkil etilayotgan Inspeksiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni mo‘ljallayotgan ariza beruvchining hujjatlarini qabul qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda hujjatlarni va zarur bo‘lgan asoslarni ekspertizadan o‘tkazish.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 162-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y , 31-32-son, 318-modda)
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz bilan ta’minlash, energiya bilan ta’minlash, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik bilan ta’minlash, telefon aloqasi tarmoqlari) ulanish, turarjoylarni noturarjoy toifasiga o‘tkazish, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga texnik shartlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun ularning vakolatlari doirasida majburiy tartibda kelishiladigan va ruxsat olinadigan tegishli tashkilotlarni aniqlash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
yuqorida ko‘rsatilgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni hisobga olgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, reyestrni yuritish, shuningdek ularni soliq va statistika organlarida hisobga qo‘yish;
ariza beruvchiga barcha ruxsat beruvchi hujjatlar bilan uning tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish.
4. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu qarorga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadbirkorlik subyektini ariza berilgan sanadan boshlab ruxsat beruvchi hujjatlarni bergan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishgacha bo‘lgan muddat texnik shartlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning murakkabligini va hajmini hisobga olib 7 ish kunidan bir oygacha belgilanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 162-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y , 31-32-son, 318-modda)
5. Quyidagilar:
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat mulki qo‘mitasining hududiy organlari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalarining, tadbirkorlar talabini hisobga olgan holda muntazam ravishda kimoshdi savdolariga qo‘yishni amaliyotda qo‘llasinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda shahar va tuman hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsat berish hujjatlarini rasmiylashtirishning belgilangan tartibiga so‘zsiz rioya qilinishi ustidan zarur nazorat o‘rnatsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qaror qoidalarini respublikadagi barcha tadbirkorlar keng qatlamlariga yetkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
9. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish masalalarini tartibga soluvchi idoraviy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar.
10. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 22-avgustdagi 347-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 47-modda) 1-bandi, 2-bandning ikkinchi—beshinchi xatboshilari, 3 va 4-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga 2-ilovaning 12-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 20-avgust,
357-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qaroriga 1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
LexUZ sharhi
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan turar joylarni noturar joylar toifasiga o‘tkazishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibining amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan 2009-yil 1-iyundan boshlab tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom:
tadbirkorlik subyektlarini ayni paytda davlat soliq va statistika organlarida hisobga qo‘ygan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat adliya boshqarmalarida, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarida (keyingi o‘rinlarda matnda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar deb yuritiladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va muddatlarini;
muhandislik ta’minoti yuklamalarini o‘zgartirmasdan obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz bilan ta’minlash, energiya bilan ta’minlash, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik bilan ta’minlash, telefon aloqasi) ulanish uchun texnik shartlarni vakolatli organlarda va foydalanish tashkilotlarida rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun turar joy binolarini noturar joy toifasiga o‘tkazishni o‘z vaqtida rasmiylashtirish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishlar tartibi va muddatlarini belgilaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
Mazkur Nizomning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishga oid qismi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizada faoliyatning asosiy turi sifatida faoliyatning litsenziyalanadigan turini ko‘rsatgan tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etiladi;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyundagi 154-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 303-modda)
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyundagi 154-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 303-modda)
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyundagi 154-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 303-modda)
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyundagi 154-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 303-modda)
Yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kelish niyatidagi jismoniy shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida Nizom bilan tartibga solinadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
2. Davlat soliq va statistika organlarida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish:
auditorlik tashkilotlar, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari, birjalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari bilan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalar va xoldinglar) shaklida tashkil etilayotgan xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan bozorlar va soliq maslahatchilari tashkilotlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 26-son, 265-modda)
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan bozorlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar adliya boshqarmalari tomonidan;
barcha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar, ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshida ko‘rsatilganlardan tashqari — tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda matnda Inspeksiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri joylardagi statistika organlari tomonidan to‘ldiriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish kartalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.
4. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash muassislarning ixtiyoriga ko‘ra:
shartnoma asosida — Savdo-sanoat palatasi yoxud boshqa konsalting firmalari, boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son , 34-modda)
5. Tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun davlat boji to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida va viloyatlar adliya boshqarmalarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik uchun:
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun — eng kam oylik ish haqining besh baravari, shuningdek 500 AQSh dollari;
sug‘urta va auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va xoldinglar) shaklidagi xo‘jalik boshqaruvi organlari, “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari va bozorlar uchun — eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi.
(5-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Davlat bojining 20 foizi Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga, qolgan summa tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga o‘tkaziladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun Inspeksiyalar tomonidan davlat boji undiriladi, uning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Olingan mablag‘lar Inspeksiyalar ixtiyorida ular faoliyatini moliyalashtirish manbai sifatida qoladi va faqat ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga hamda xodimlarni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 31-son, 411-modda)
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik uchun:
dehqon xo‘jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlaridan davlat boji olinmaydi;
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlaridan davlat boji belgilangan miqdorning 20 foizi miqdorida undiriladi;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
6. Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, turar joy binolarini noturar joylar toifasiga o‘tkazish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadni ta’mirlash) uchun zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni vakolatli organlarda va foydalanish tashkilotlarida rasmiylashtirish tadbirkorlik subyekti yoki uning muassisining arizasiga ko‘ra Inspeksiya tomonidan ta’minlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
7. Ariza beruvchi (tadbirkorlik subyekti yoki uning muassisi) Inspeksiyaga:
tadbirkorlik subyektini, ayni paytda ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan holda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun;
tadbirkorlik subyektini ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat qilishi mumkin.
Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Inspeksiyaga ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan (ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan holda yoki rasmiylashtirmasdan), xabardor qilish tartibida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar adliya boshqarmalarida, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari ham murojaat qilishlari mumkin. Bunda davlat boji undirilmaydi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
8. Tadbirkorlik subyektini ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning ariza berilgan sanadan boshlab ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilgungacha umumiy muddati texnik shartlarni va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish bilan bog‘liq ishlarning murakkabligi va sermehnatligi darajasiga qarab 7 ish kunidan bir oygacha doirada belgilanadi.
9. Inspeksiya tomonidan ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilganda tegishli ruxsat beruvchi hujjatlar berilganligi uchun vakolatli organlar xizmatlariga haq to‘lash faqat Inspeksiya orqali amalga oshiriladi.
10. Tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan va obyektlardan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish niyatida bo‘lmagan shaxslar ham ruxsat beruvchi tartib-qoidalardan vakolatli organlarda va foydalanish tashkilotlarida o‘tadilar, shu jumladan muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish (gaz, energiya, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, telefon aloqasi) uchun texnik shartlar olish, obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstuksiya qilishga ruxsat berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish, mazkur Nizomga muvofiq, Inspeksiyaga murojaat qilish bilan bog‘liq normalar bundan mustasno.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
Tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan va obyektlardan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish niyatida bo‘lmagan shaxslar tomonidan turar joy binolarini noturar joy toifasiga o‘tkazish mazkur Nizomga muvofiq Inspeksiyalar orqali amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
II. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni hisobga qo‘yish
11. Tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga (shaxsan kelib, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog‘i orqali) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi ariza taqdim etiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
davlat tilidagi ta’sis hujjatlarining ikki asl nusxasi (yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladigan ta’sis hujjatlari — ustav yoki ta’sis shartnomasi va ustav yoki faqat ta’sis shartnomasi, bunda mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar uchun — ta’sis shartnomasi va ustav, oilaviy korxona, to‘liq va kommandit shirkatlar uchun esa — faqat ta’sis shartnomasi, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy korxonalar, fermer xo‘jaliklari hamda yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari uchun — faqat ustav). Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalar uchun notarial tasdiqlangan ta’sis hujjatlari talab etiladi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati (dehqon xo‘jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari);
(11-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida qulay firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydigan yagona login va parol (keyingi o‘rinlarda — firma nomining zaxiraga olinishi tasdig‘i);
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-maydagi PQ-1529-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 224-modda)
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
111. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar, 12-bandning “g” kichik bandi to‘rtinchi xatboshida va 72-bandning beshinchi xatboshida ko‘rsatilganlar bundan mustasno, shu jumladan bir vaqtning o‘zida ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilgan holda Internet tarmog‘i orqali bir nusxada taqdim etiladi va ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Qog‘ozda rasmiylashtirilgan va (yoki) berilgan skaner qilingan hujjatlarni taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi.
Mansubligiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, foydalanish tashkilotlari, “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda — yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi deb ataladi), tuman (shahar) hokimligi tomonidan berilgan, ushbu Nizomda nazarda tutilgan elektron hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchi ularning asl nusxalarini Internet tarmog‘i orqali taqdim etishga haqlidir.
(111-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
a) bozorlar uchun — bozor tashkil qilishga yer uchastkasi ajratib berish to‘g‘risidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori;
(12-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-iyuldagi 232-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 357-modda)
b) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalar uchun:
xorijiy muassis to‘g‘risida yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi savdo reyestridan ko‘chirma yoki, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan ushbu yuridik shaxs faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat, bular mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — muassis ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilinib, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlangan boshqa hujjat, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa. Xorijiy muassis to‘g‘risida savdo reyestridan ko‘chirmada yoki ushbu yuridik shaxsning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjatda xorijiy yuridik shaxsning, u joylashgan joyning nomi, xorijiy yuridik shaxs nomidan imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxsning ma’lumotlari mavjud bo‘lishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan ko‘chirma berilgan paytidan boshlab bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi. Jismoniy shaxs — O‘zbekiston Respublikasi norezidenti o‘z pasportining nusxasini taqdim etadi. Ushbu hujjatlar belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Agar xorijiy muassisning korxona (tashkilot) ustav fondiga ulushi intellektual mulk bo‘lsa, u holda ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan tayyorlangan baholash to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishi kerak;
(12-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 14-son, 136-modda)
kredit tashkilotlari uchun — muassislardan har birining korxona ustav fondidagi ulushi miqdoridan 30 foizi kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (vaqtincha jamg‘ariladigan so‘m va valyuta hisob raqamiga pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risida bankning ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar.
(12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-iyuldagi 232-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 357-modda)
v) dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxslar) hamda fermer xo‘jaliklari uchun — tuman hokimining yer uchastkasi ajratib berish to‘g‘risidagi qarori nusxasi;
g) yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish yoki o‘zgartirish yo‘li bilan qayta tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari uchun;
qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxsga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor etilganligini va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish haqida axborot e’lon qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning ularning barcha kreditorlari va qarzdorlariga, shu jumladan tomonlar da’volashayotgan majburiyatlarga nisbatan barcha majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatilgan topshirish dalolatnomasi (qo‘shib yuborishda va o‘zgartirishda) yoki bo‘lish balansi (bo‘lishda va ajratib chiqarishda);
qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasining asl nusxasi, muhri va shtampi (yuridik shaxsni qo‘shib yuborish, bo‘lish va o‘zgartirish yo‘li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazishda taqdim etiladi).
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 162-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y , 31-32-son, 318-modda)
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalari tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risida monopoliyaga qarshi organning qarori.
(12-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
(13 va 14-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 162-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y , 31-32-son, 318-modda)
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida so‘rab olinadigan qulay firma nomlarini zaxiraga olish ta’sischilarning o‘zlari tomonidan yoki ro‘yxatga olayotgan organ tomonidan elektron talabnoma asosida Internet tarmog‘i orqali kecha-kunduz amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-iyuldagi 232-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 357-modda)
Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasining ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Yuridik shaxslarning firma nomini zaxiraga olish O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Firma nomini zaxiraga olish uchun ta’sischilar ro‘yxatga oluvchi organga og‘zaki murojaat qilgan taqdirda, ro‘yxatga oluvchi organning mas’ul xodimlari elektron talabnomani bir soat ichida Internet tarmog‘i orqali rasmiylashtirishlari lozim.
Firma nomini zaxiraga olish uchun elektron talabnomani olgach O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining mas’ul xodimlari firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasiga tegishli yozuvni kiritish yo‘li bilan, 4 ish soatidan oshmagan muddatda, qulay firma nomini zaxiraga olish bo‘yicha zarur harakatlarni amalga oshirishlari shart.
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-iyuldagi 232-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 357-modda)
Og‘zaki murojaat, elektron talabnomani qabul qilish va qulay firma nomlarini zaxiraga olish uchun to‘lov undirilmaydi.
Zaxiraga olingan firma nomining amal qilish muddati zaxiraga olish sanasidan boshlab 60 kunni tashkil qiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-maydagi PQ-1529-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 224-modda)
16. Yakka tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun jismoniy shaxs tomonidan o‘z yashash joyidagi Inspeksiyaga kelgan holda, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog‘i orqali mazkur Nizomga 1a-ilovada ko‘rsatilgan shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etiladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 3x4 sm o‘lchamdagi ikkita fotosurat; davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati; ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari (yakka tadbirkor xohishiga ko‘ra); pasport nusxasi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 162-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y , 31-32-son, 318-modda)
17. Yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Inspeksiyaga dehqon xo‘jaligi rahbari tomonidan shaxsan o‘zi kelgan holda, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog‘i orqali mazkur Nizomga 1a-ilovada ko‘rsatilgan shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
tuman hokimining yer uchastkasi ajratib berish to‘g‘risidagi qarori;
muhr va shtamp eskizlari (arizachining xohishiga ko‘ra);
pasport nusxasi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 162-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y , 31-32-son, 318-modda)
171. Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish ko‘ruvchi jismoniy shaxs tomonidan o‘z yashash joyidagi Inspeksiyaga kelgan holda, pochta aloqasi yoki Internet tarmog‘i orqali mazkur Nizomning 1b-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etiladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-xabarnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolarining 3x4 sm o‘lchamdagi ikkita fotosurati;
davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati;
ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari (yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektining xohishiga ko‘ra);
pasportlar nusxalari va yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolarining qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
18. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni hisobga qo‘yish:
yuridik shaxslarni — mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha;
yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarini va yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini — mazkur Nizomga 2a-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha berilgan arizalarga ko‘ra amalga oshiriladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
19. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish yoki asoslangan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror zarur hujjatlar ilova qilingan ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab:
yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha — 2 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda;
yuridik shaxs sifatidagi barcha tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
20. Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroridan, uning mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) norozi bo‘lgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqlidir.
21. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yuridik shaxsni tashkil etgan barcha tadbirkorlik subyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni, yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarini va yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli reyestrlarga ushbu Nizomning 3a, 3b va 3v-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha kiritiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
22. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tadbirkorlik subyektiga Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasining tegishli idoraviy saytlaridan foydalanib real vaqt rejimida Internet tarmog‘idan olingan STIR va XTUT kodlarini beradi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amalga oshirilgan kundan boshlab bir kun mobaynida tadbirkorlik subyekti joylashgan joy bo‘yicha davlat reyestridan olingan uning to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha:
yuridik shaxslar bo‘yicha — statistika va soliq organlariga, aksiyadorlik jamiyatlari hisoblangan yuridik shaxslar bo‘yicha esa, — shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga ham;
yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tadbirkorlar, yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarini va yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha — soliq organiga rasman taqdim etadilar.
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
23. Mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar olingach ikki kun muddatda:
soliq organlari — yuridik shaxsni, yakka tartibdagi tadbirkorni, yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligini yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan oilaviy tadbirkorlik subyektini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga (tegishli jamg‘armalarga badal to‘lovchilar hisoblangan subyektlar uchun) sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida (yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) hisobga qo‘yadi;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
davlat statistika organlari — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan berilgan statistika kodlarini tekshiradi va yuridik shaxsni Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritadi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
24. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar yilning har choragida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hisobda turgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari sonini soliq va statistika organlari bilan solishtiradi.
III. Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
25. Vakolatli organlarda va foydalanish tashkilotlarida obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstuksiya qilish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish uchun zarur bo‘lgan, turar joy binolarini noturar joy toifasiga o‘tkazish ruxsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish (gaz, energiya, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, telefon aloqasi) uchun texnik shartlarni rasmiylashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
loyihaoldi (arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar);
loyihalashtirish;
qurish.
26. Loyihaoldi bosqichida ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish 5, 5a, 5b-ilovalarga muvofiq sxema bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, ariza faqat ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishga berilgan hollar bundan mustasno.
261. Obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishda, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishda (fasadini ta’mirlashda), yuklamalari hajmlarini o‘zgartirmasdan turar joylarni noturar joylar toifasiga o‘tkazishda ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishda, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishda (fasadini ta’mirlashda), yuklamalari hajmlarini o‘zgartirmasdan yoki o‘zgartirib turar joylarni noturar joylar toifasiga o‘tkazishda ariza beruvchi tomonidan qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
shaharsozlik normalari va qoidalariga majburiy rioya qilish;
obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishda, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash), turar joylarni qurilish loyihasida yoki fasad eskizida ko‘rsatilgan noturar joylar toifasiga o‘tkazish;
yuklamalarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish.
Turar joylarni noturar joylar toifasiga o‘tkazishda quyidagilar qo‘shimcha ruxsat berish talablari va shartlariga kiradi:
xonaning turar joy binosining albatta pastki qavatida joylashgan bo‘lishi;
turar joyning maqsadli yo‘nalishdagi kommunal uy-joy fondiga kirmasligi;
alohida kirish joyi qurish imkoniyatining mavjudligi;
turar joyning avariya holatida emasligi yoki noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun yaroqsiz bo‘lmasligi;
nizo sud tartibida hal etilgungacha — turar joyning sudda ko‘rib chiqish predmeti emasligi.
Noturar joylarni turar joylar toifasiga qayta ixtisoslashtirishda quyidagilar qo‘shimcha ruxsat berish talablari va shartlariga kiradi:
binolarning konstruksiyasiga ularning bardoshliligi kamayishiga olib keladigan o‘zgartirishlar kiritmaslik;
xona binoning yerto‘lasida yoki yarim yerto‘lasida joylashmagan bo‘lishi kerak;
xonani to‘g‘ridan to‘g‘riboshidan oxirigacha yoki burchagidan shamollatishni tashkil etish imkoniyatining mavjudligi, shuningdek qo‘shni turar joy yoki noturar joylardan to‘liq izolyatsiyalangan bo‘lishi kerak;
qayta ixtisoslashtirilayotgan xonalar shiftining (maksimum, minimum) balandligi shaharsozlik hamda sanitariya-gigiyena normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak;
zarur sanitariya-texnik va gigiyena sharoitlari yaratish uchun xonalarni moslashtirish imkoniyatining mavjudligi;
xona muhandislik va transport kommunikatsiyalarining, irrigatsiya inshootlarining, daryo va suv havzalarining, ishlab chiqarish korxonalarining, qabristonlarning qo‘riqlanadigan zonalarida, qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov berish uchun zaharli ximikatlarni qo‘llash zonalarida joylashmagan bo‘lishi kerak;
xona turar joylarni joylashtirish nazarda tutilmagan zonalarda joylashmagan bo‘lishi kerak, (ushbu zonalar aholi punktining bosh rejasida yoki qishloq (ovul) fuqarolar yig‘ini hududining arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasida belgilanmagan bo‘lsa). Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ko‘rib chiqilayotgan aholi punkti hududini zonalashtirish tegishli bosh loyihalash tashkilotlari tomonidan ular bilan qurilish uchun yer uchastkalarini tanlashni kelishish uchun belgilangan tartibda va muddatlarda aniqlanadi;
nizoni hal etish tugagungacha — xona sudda ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmasligi kerak.
(261-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
(III bo‘limning “A” kichik bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
B. Obyektlarni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
(III bo‘lim “B” kichik bo‘limining nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
40. Muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) uchun ariza beruvchi ushbu Nizomga 1 yoki 1a-ilovalarga asosan shakl bo‘yicha Inspeksiyaga ariza beradi.
Muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma olish uchun arizaga mavjud obyektning kadastr hujjatlari va loyiha hujjatlari (mavjud bo‘lganda) nusxalari ilova qilinadi.
Noturar joy turar joyga qayta ixtisoslashtirilgan hollarda arizaga ariza beruvchining noturar joyga mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish uchun arizaga kamida 30x40 sm. hajmli qog‘ozda chizilgan fasadning eskiz loyihasi ilova qilinadi.
Inspeksiya ariza olingan kundan boshlab bir kundan kechikmay tegishli buyurtmanomani va mavjud obyekt bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasiga (bo‘limiga) yuboradi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
401. Obyektni qayta ixtisoslashtirish deyilganda obyektning belgilangan maqsadi o‘zgartirilishi, shu jumladan xonalarni (binolarni) uning normativ-texnik yoki loyiha hujjatlarida ilgari nazarda tutilmagan faoliyat turi uchun, muhandislik ta’minoti uchun yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan qayta jihozlash, shu jumladan noturar joyni turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirish tushuniladi.
Obyektni rekonstruksiya qilish deganda obyektning balandligi, qavatlarining soni, maydoni, hajmi parametrlarini o‘zgartirish, shu jumladan obyektga qo‘shimcha qurish, uni qayta qurish, kengaytirish, shuningdek muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan asosiy qurilish konstruksiyalarini almashtirish va (yoki) tiklash tushuniladi.
Bino va inshoot fasadini o‘zgartirish deyilganda asosiy va yon fasadlari arxitekturaviy elementlarining (tsokoli, quyoshdan himoyalash elementlari, pilyastrlar, parapetlar, ustunlar, karnizlar va shu kabilarning) rangi va konfiguratsiyasi va o‘lchamlarini o‘zgartirish tushuniladi.
Obyekt shahar va tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan magistral ko‘chalar (aholi punktlari doirasidagi), xalqaro, davlat hamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bo‘ylab joylashgan hollarda fasadni o‘zgartirishga ruxsatnoma talab qilinadi.
(401-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
41. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) besh kun mobaynida muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) imkoniyatini o‘rganadi.
Muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) imkoniyati, obyektlardan foydalanish maqsadidan, aholi punktining bosh rejasida yoki qishloq (ovul) fuqarolar yig‘ini hududining arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasida nazarda tutilgan tegishli aholi punkti tegishli hududini zonalashtirish va rivojlantirish istiqbolidan kelib chiqqan holda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan aniqlanadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
411. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish uchun mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda, ushbu Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan muddat doirasida obyektni o‘rganadi.
Obyektni o‘rganish butun binoni, xonani, inshootni yoki ularning bir qismini hamda ularga birkitilgan yer uchastkasini, tutash hududni va yaqin atrofdagi binolarni, inshootlarni (zarurat bo‘lganda maxsus anjomlar va instrumentlardan foydalangan holda) ko‘zdan kechirishdan iborat bo‘ladi.
(411-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
42. Muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish mumkin bo‘lgan taqdirda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) ko‘rsatilgan muddatda Inspeksiyaga tegishli ruxsatnomani yuboradi. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnomasining asl nusxasi Inspeksiya tomonidan bir kun mobaynida obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun tadbirkorlik subyektiga yuboriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
421. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) ushbu Nizomga 8 va 9-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishga amal qilish muddati cheklanmagan ruxsatnoma beradi.
(421-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
43. Noturar joylar (yoki ularning bir qismi) ko‘p kvartirali turar joy yoki yotoqxona sifatida foydalaniladigan turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirilgan hollarda noturar joyni (uning bir qismini) turar joyga qayta ixtisoslashtirishga tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning ruxsatnomasida, qo‘shni binolardan yong‘inga qarshi va sanitariya masofalarini, kirib kelish yo‘llari, trotuarlar, avtomobillar to‘xtab turish joyi, sport va bolalar maydonchalari, axlat yig‘gichlar va yuvilgan kiyimlarni quritish uchun maydonchalar joylashtirilishini hisobga olgan holda, ko‘p kvartirali turar joyga yoki yotoqxonaga xizmat ko‘rsatish uchun yer uchastkasi maydoni ko‘rsatiladi.
Noturar joylar (yoki ularning bir qismi) yakka tartibdagi turar joy sifatida foydalaniladigan turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirilgan hollarda noturar joyni (uning bir qismini) turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirishga tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning ruxsatnomasida yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida mulkdorga (fuqaroga) birkitiladigan (umrbod meros qilib qoldiriladigan) yer uchastkasi maydoni ko‘rsatiladi.
Turar joyga (ko‘p kvartirali turar joyga, yotoqxonaga, yakka tartibdagi uy-joyga) xizmat ko‘rsatish uchun birkitilgan yer uchastkasining qolgan maydoni turar joyga aylantirilayotgan noturar joyning kadastr yig‘majildida ko‘rsatilgan maqsadlarda, shuningdek qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun mulkdorda qoldiriladi.
Noturar joy binosini turar joy binosiga o‘tkazish bilan bog‘liq yerdan foydalanish masalalarini hal etish yer haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Noturar joy binosini turar joy binosiga qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish ishlari tugallangandan keyin u belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilib olinadi. Tuman (shahar) hokimi ikki kun muddatda turar joy binosini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risida komissiyaning dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Tuman (shahar) hokimining turar joy binosini qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori turar joy binosiga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Tuman (shahar) hokimi qarorining nusxalari uch ish kuni mobaynida binoning mulkdori tomonidan tegishli soliq organlariga, kommunal xizmatlarga va foydalanish tashkilotlariga taqdim etiladi.
(43-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
44. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma, rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda Inspeksiyaga yozma shaklda yuboriladi. Ariza beruvchi sabablarni bartaraf etishga va hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsat berishning, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishishning rad etilishi to‘g‘risidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas. Inspeksiya tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishda ruxsat berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishda (fasadini ta’mirlashda) kelishishga rad etilishining asosliligi o‘rganiladi. Rad etishning asossizligi aniqlangan taqdirda Inspeksiya hujjatlarni arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga qaytaradi, u ruxsatnomani rasmiylashtirish masalasini ikki kun mobaynida hal etishi shart.
Rad etish asoslangan taqdirda Inspeksiya rad etish kunidan keyingi kundan kechikmay ariza beruvchiga ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘zda tutilgan rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani yuboradi (taqdim etadi).
Hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqishda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan Inspeksiya orqali ariza beruvchiga yozma shaklda ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarining ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rad etish sabablarining ko‘rsatib o‘tilishi bundan mustasno.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
441. Obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashga) kelishish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
arizachi tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsatnoma berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etish;
ariza beruvchining belgilangan talablarga va ushbu Nizomning 261-bandida nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiq emasligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda nohaqiqiy yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi;
ushbu Nizomning 411-bandiga muvofiq o‘tkaziladigan obyektni o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa.
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
442. Obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish, obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish (fasadini ta’mirlashga) yoki ularni berishni rad etish Inspeksiya orqali tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan ariza beruvchining rad etish sabablarini bartaraf etish to‘g‘risidagi arizasi hamda rad etish sabablarining bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
443. Ariza beruvchi tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishishni rad etish to‘g‘risidagi yozma xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi hamda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
444. Ariza beruvchi obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishishning rad etilishi, shuningdek tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(441 — 444-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
45. Agar tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish belgilangan muddat mobaynida ariza beruvchiga Inspeksiya orqali obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishishga imkon bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomda nazarda tutilgan muddatlar o‘tgach ariza beruvchi sodir etish va (yoki) amalga oshirish uchun u obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishishni mo‘ljallagan muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Ushbu faoliyatni u Inspeksiya orqali tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ni yozma shaklda xabardor qilgandan keyin amalga oshirish huquqiga ega.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
V. Turar joylarni noturar joylar toifasiga o‘tkazishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
46. Ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan holatda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) ariza beruvchining Inspeksiya orqali yozma xabarnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida unga obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishish shart.
Obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishib olingungacha, qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati hamda ariza beruvchi tomonidan Inspeksiya orqali tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga yuborilgan yozma xabarnoma obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) beriladigan kelishishga tenglashtiriladi va bunday harakatni va (yoki) bunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
47. Turar joylarni (yoki ularning bir qismini) noturar joylar toifasiga o‘tkazish uchun ariza beruvchi Inspeksiyaga ushbu Nizomga 1 yoki 1a-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza bilan murojaat qiladi.
ariza beruvchining mavjud turar joy binosiga huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
(47-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
tegishli yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan tayyorlangan binoning tarxi nusxasi;
(47-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
binoga birgalikda egalik qiluvchilar va oila voyaga etgan a’zolarining turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga notarial tasdiqlangan yozma ravishdagi roziligi;
(47-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
48. Inspeksiya turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish yuzasidan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun tuman (shahar) hokimligiga beradi, u yetti kun muddatda Inspeksiyaga tuman (shahar) hokimining tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) bilan kelishilgan tegishli qarorini beradi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
481. Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish mumkin bo‘lmagan taqdirda tuman (shahar) hokimligi Inspeksiyaga rad etishni asoslagan va qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabar qiladi. Inspeksiya tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish rad etilganligining asoslanganligini o‘rganiladi. Rad etishning asoslanmaganligi aniqlangan taqdirda Inspeksiya hujjatlarni tuman (shahar) hokimligiga qaytarishga haqlidir, hokimlik turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish masalasini ikki kun mobaynida hal etishi shart.
Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga buyurtmanomani takroran ko‘rib chiqishda mazkur ruxsatnomani berishda rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha qarorni berishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
482. Ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda ariza beruvchiga yuboriladi (taqdim etiladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
483. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
ushbu Nizomning 47-bandidagi talablarga rioya etilmaganda;
ariza beruvchining ushbu Nizomning 261-bandida nazarda tutilgan ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlarning mavjudligi.
Qaror berishning boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sabablari bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
484. Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga belgilangan muddatda ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos hisoblangan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish haqida qaror qabul qilishning yoki qaror qabul qilishning rad etilishi tuman (shahar) hokimligi tomonidan ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
485. Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga tuman (shahar) hokimligi qarorini berishning rad etilganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi va tuman (shahar) hokimligi tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
486. Ariza beruvchi turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga tuman (shahar) hokimligining qarorini berishning rad etilishi, shuningdek tuman (shahar) hokimligi mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
487. Agar tuman (shahar) hokimligi turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati mobaynida turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish haqidagi qarorni Inspeksiya orqali ariza beruvchiga bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ko‘rsatib o‘tilgan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi bu haqda Inspeksiya orqali tuman (shahar) hokimligini yozma ravishda xabardor qilib, ruxsat etish xususiyatga ega hujjatni olish uchun o‘zi sodir etmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi bo‘lgan xatti-harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
488. Ushbu Nizomning 487-bandida nazarda tutilgan holatda tuman (shahar) hokimligi tadbirkorlik subyektining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berishga majbur. Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati, ular qabul qilingan sana qayd etilgan va Inspeksiya orqali tuman (shahar) hokimligiga ariza beruvchi tomonidan yuborilgan yozma xabarnoma bilan birgalikda turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berishga tenglashtiriladi va u ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun o‘zi sodir etmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi bo‘lgan muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
489. Tuman (shahar) hokimligi amal qilish muddati cheklanmagan holda turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni beradi.
4810. Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun to‘lov undirilmaydi.
4811. Inspeksiyaga taqdim etilgan turar joy binosini (yoki uning bir qismini) noturar joy bino toifasiga o‘tkazish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori asosida, agar turar joy binosini qayta ixtisoslashtirish yoki rekonstruksiya qilish nazarda tutilmasa, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan ikki ish kuni mobaynida noturar joy binoga bo‘lgan huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi (kadastr ishiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi) hamda tegishli guvohnoma beriladi va u Inspeksiyaga taqdim etiladi.
Turar joy binosini qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishda noturar joy binoga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish obyekt foydalanishga qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi.
(4811-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
(4812-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
49. Ariza beruvchi tomonidan bino parametrlarini o‘zgartirish xohishi bildirilgan taqdirda Inspeksiya tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori olingan kunda mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda:
tuman (shahar) foydalanish tashkilotlariga — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish yuzasidan;
tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasiga (bo‘limiga) — arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish yuzasidan tegishli buyurtma beradi.
Keyingi tartib-qoidalardan o‘tish ushbu Nizomning 491— 498-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
(49-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Noturar joy toifasiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan bino uchun ishlab chiqilgan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i qiymati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tariflar bo‘yicha aniqlanadi.
(49-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
(49-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
(49-bandning yettinchi — o‘n ikkinchi xatboshlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
491. Foydalanuvchi tashkilotlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan texnik shartlarni:
gaz ta’minoti, energiya ta’minoti, issiqlik ta’minoti, telefon aloqasiga — 3 ish kuni mobaynida;
suv ta’minoti va kanalizatsiyaga — 2 ish kuni mobaynida ulashga beradilar.
(491-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-iyuldagi 232-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 357-modda)
Foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan texnik shartlarni berish bepul amalga oshiriladi.
Texnik shartlarni berish imkoniyati bo‘lmagan hollarda foydalanuvchi tashkilotlar 3 ish kun mobaynida Inspeksiyaga asoslangan rad etish va qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yozma javob jo‘natadi.
Inspeksiya tomonidan texnik shartlarni berish rad etilishining asoslanganligi o‘rganiladi.
Rad etishning asossizligi aniqlangan taqdirda Inspeksiya hujjatlarni foydalanuvchi tashkilotga qaytaradi, u ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish masalasini 3 ish kuni mobaynida hal etishi shart.
Rad etish asoslangan taqdirda Inspeksiya rad etish kunidan keyingi kundan kechikmay bu to‘g‘rida arizachiga yozma ravishda xabar qiladi. Bunda arizachining roziligiga ko‘ra texnik shartlar uchun parametrlar o‘zgartirilishi mumkin.
Texnik shartlar berishga buyurtmanomani qayta ko‘rib chiqishda ilgari texnik shartlar berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha texnik shartlar berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(491-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Texnik shartlarni berishning rad etilishi yuzasidan arizachi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(491-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
492. Inspeksiya bir kun muddatda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish yuzasidan tegishli buyurtmanoma beradi, unga tuman (shahar) hokimining turar joy bo‘lgan binoni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash yuzasidan texnik shartlarni ilova qiladi.
(492-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
493. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) ushbu Nizomning 492-bandida nazarda tutilgan hujjatlar Inspeksiya tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab olti kundan oshmaydigan muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari orqali arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (I va II qismlar) ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqishga (I va II qismlar) tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)da vakolatlar mavjud bo‘lgan taqdirda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining buyrug‘i bilan beriladi) arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish (I va II qismlar) bevosita tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.
(493-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
494. Inspeksiyaning buyurtmanomasi asosida tuman (shahar) hokimining turar joy binosini noturar joy bino toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori hamda tegishli tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan taqdim etilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash yuzasidan texnik shartlar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari orqali arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (I va II qismlar)ni ishlab chiqadi.
(494-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
495. Turar joy binosini noturar joy toifasiga o‘tkazish holatlarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash yoki yuklamalarni o‘zgartirish zarurati bo‘lmaganda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ida tegishli yozuv qayd etiladi.
(495-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
496. Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ida ekspertiza o‘tkazish yuzasidan talablar yoki shartlarning belgilanishiga quyidagi loyihalar bo‘yicha yo‘l qo‘yilmaydi:
ular bo‘yicha texnologik resurs tugagan va obyektni rekonstruksiyalash yoki sohasini o‘zgartirish talab qilinmaydigan texnologik yoki muhandislik uskunalari birligini ta’mirlash va almashtirish loyihasi bo‘yicha;
turar joy binolarini ularning parametrlarini o‘zgartirmasdan noturar joy toifasiga o‘tkazish loyihasi bo‘yicha.
(496-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
497. Belgilangan muddatdan kechikmay, lekin qonunchilikda belgilangan miqdorda oldindan to‘lov to‘langandan keyin texnik shartlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i Inspeksiyaga taqdim etiladi.
(497-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
498. Arizachiga berilgan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i belgilangan tartibda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
(498-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
(III bo‘limning “G” kichik bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
IV. Tadbirkorlik subyektiga Inspeksiya tomonidan beriladigan hujjatlar
54. Zarur ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsat berish tartib-qoidalari tugagandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ belgilangan muddatda:
tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga — mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani va “ro‘yxatdan o‘tkazildi” degan belgi qo‘yilgan ta’sis hujjatlarini, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan muhr va shtamp eskizini beradi;
(54-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
yakka tartibdagi tadbirkorga va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etiladigan dehqon xo‘jaligiga — mazkur Nizomga 6a-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan (ularning xohishiga ko‘ra) muhr va shtamp eskizini beradi”;
(54-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga — mazkur Nizomning 6b-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan (ularning xohishiga ko‘ra) muhr va shtamp eskizini beradi;
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
tadbirkorlik subyektiga (arizaga ko‘ra) Inspeksiya boshlig‘i tomonidan imzolanadigan mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani beradi.
Barcha zarur hujjatlar tadbirkorlik subyektiga bir vaqtda beriladi.
Muhr va shtamp eskizini tasdiqlashda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ muhr va shtamplarni hisobga olish daftariga tegishli yozuvni yozib qo‘yadi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Tadbirkorlik subyektlariga elektron shaklda berilgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, foydalanish tashkilotlari, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi, tuman (shahar) hokimligi vakolatli shaxsining tegishli elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Bunda ariza beruvchi, shuningdek o‘z so‘rovi bo‘yicha shaxsan kelib yoki pochta aloqasi orqali qog‘ozlarda rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarni olish huquqiga ham ega.
(54-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Ariza beruvchi tomonidan tegishli elektron hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida foydalanuvchining shaxsiy xonasi orqali olingan kun ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar berilgan sana deb hisoblanadi, shaxsiy xonasi borligi to‘g‘risida ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ma’lum qiladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
55. Ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga quyidagi tegishli hujjatlar ilova qilinadi:
foydalanish tashkilotlari tomonidan berilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar;
obyektni qayta ixtisoslashtirish yoki rekonstruksiya qilish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) uchun ruxsatnoma, shuningdek yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
(55-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy qarori, shuningdek yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
(55-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
(55-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
IV1. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsatnomaning, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorning dublikatini berish
551. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga ruxsatnoma, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yo‘qolgan yoki buzilgan taqdirda tadbirkorlik subyektining arizasiga ko‘ra ularning dublikati beriladi.
Tuman (shahar) hokimligi, tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlash) ruxsatnoma, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror dublikatini ariza olingan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda berishga, shuningdek ruxsatnoma yoki qaror yaroqsiz holga kelgan taqdirda ularning asl nusxasi va nusxasini berishga majbur.
552. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsatnoma, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror dublikati berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
IV2. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsatnomaning, tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorining amal qilishini to‘xtatish va bekor qilish
553. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsatnomaning, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorning amal qilishini to‘xtatish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
554. Ruxsat beruvchi hujjatlarda berilgan xatti-harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi yoxud bunday zarar yetkazishning real xavfi tug‘ilishi ruxsat beruvchi xatti-harakatni belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘luvchi ruxsat beruvchi talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga tegishlidir.
(IV1-IV2-bo‘limlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
V. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish
A. Bank hisob raqamlari ochish va litsenziyalar (ruxsatnomalar) olish
56. Tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tgach tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun majburiy tartibda:
banklarga — o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan hisob raqamlari ochish uchun (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari hisob raqami ochish uchun o‘z xohishiga ko‘ra murojaat qiladilar);
vakolatli davlat organlariga — tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalar (yoki ruxsatnomalar) olish uchun murojaat qiladilar.
58. Loyihalash tartibotlari loyihalash tashkiloti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq “bir oyna” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
(58-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
(58-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
loyihani Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishib olish;
loyiha hujjatlarini vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish, mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(58-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
kelishilgan loyiha hujjatlarini obyektning yong‘inga qarshi xavfsizligi va zilzilaga bardoshliligi yuzasidan davlat ekspertiza organlarida ekspertizadan o‘tkazish, mazkur Nizomning 496-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(59-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
60. Ishlab chiqilgan loyihani arxitektura-rejalashtirish topshirig‘iga muvofiqligini Arxitektura shaharsozlik bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishib olish loyihalash tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
(60-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Loyihani arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishib olish to‘lov undirilmasdan bir hafta mobaynida amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomning 496-bandida nazarda tutilgan obyektlarni qurishda loyihaning arxitekturaga oid qismi kelishish protokolini rasmiylashtirmasdan hududiy arxitektura va qurilish boshqarmasi boshlig‘i tomonidan uch kun muddatda bepul asosda amalga oshiriladi.
(60-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
61. Kelishilgan loyiha hujjatlari bir hafta mobaynida obyektning yong‘inga qarshi xavfsizligi va zilzilaga bardoshliligi yuzasidan davlat ekspertiza organlarida ekspertizadan o‘tadi, mazkur Nizomning 496-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(61-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi.
(61-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
(61-1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyundagi 154-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 303-modda)
(61-2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyundagi 154-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 303-modda)
62. Arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan belgilangan tartibda kelishib olingan loyiha hujjatlari, shuningdek ekspertizaning ijobiy xulosasi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olish uchun asos hisoblanadi.
Mazkur Nizomning 496-bandida nazarda tutilgan obyektlarni qurishda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.
(62-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
63. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyalari tomonidan ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
(63-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
Arxitektura-qurilish nazorati hududiy organlarining inspektorlari obyektlardagi qurilish-montaj ishlarining sifati va to‘liq bajarilishi yuzasidan nazorat funksiyalarini belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qurilishi olib borilayotgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarining sifati va to‘liq bajarilishi yuzasidan nazorat funksiyalarining amalga oshirilganligi uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda haq to‘lanadi.
(63-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyundagi 154-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 303-modda)
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyundagi 154-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 303-modda)
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyundagi 154-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 303-modda)
66. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) tadbirkorlik subyekti bilan qurilish pudrati shartnomasi tuzgan pudratchi qurilish tashkiloti tomonidan yoxud tadbirkorlik subyektining o‘z kuchlari bilan amalga oshiriladi.
Pudratchi qurilish tashkilotining quyidagi majburiyatlari tadbirkorlik subyekti bilan pudratchi qurilish tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaning majburiy shartlari hisoblanadi:
qurilish normalari va qoidalariga rioya qilish;
qurilishi tugallangan obyektning tuman (shahar) hokimi tomonidan tuziladigan qabul qilish komissiyasi tomonidan qabul qilinishini tashkil etish.
Obyektni qurishni (rekonstruksiya qilishni) amalga oshirayotgan shaxslar qurilish normalari va qoidalariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
67. Qurilishi tugallangan obyekt tuman (shahar) hokimi tomonidan tuziladigan qabul qilish komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilish komissiyasi tarkibi shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
68. Qabul qilish paytida aniqlangan kamchiliklar pudrat qurilish tashkiloti tomonidan o‘z hisobiga bartaraf qilinadi.
69. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish pudratchi (yoki tadbirkorlik subyekti — qurilish o‘z kuchlari bilan amalga oshirilganda) hokimlikka murojaat qilgan vaqtdan boshlab 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilish komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Tuman (shahar) hokimi ikki kun muddatda qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qurilishi tugallangan obyekt qabul qilinganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
70. Tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori obyektga bo‘lgan huquqni yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Obyektga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan belgilangan tartibda 2 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
72. Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda tadbirkorlik subyektining vakolatli boshqaruv organi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan paytdan boshlab 1 oy mobaynida ularni ro‘yxatdan o‘tkazgan organga o‘zlari kelgan holda, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog‘i orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
(72-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
ariza;
tadbirkorlik subyektining vakolatli boshqaruv organining ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
o‘zgartirish va qo‘shimchalar matnining vakolatli shaxs tomonidan imzolangan va tadbirkorlik subyekti muhri bilan tasdiqlangan ikki nusxasi;
(72-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 14-son, 136-modda)
nomi o‘zgargan taqdirda — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va firma nomining zaxiraga olinishi tasdig‘i, almashtiriladigan muhr va shtamp, shuningdek yangi muhr va shtampning ikki nusxadagi eskizi;
(72-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
davlat boji belgilangan miqdori to‘langanligi haqida bank to‘lovi hujjati;
(72-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
ustav fondining miqdori ko‘paytirilgan taqdirda — tadbirkorlik subyekti vakolatli organining ta’sis hujjatlarida e’lon qilingan ustav fondi miqdorining shakllantirilganligi haqidagi hujjat, shuningdek mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar uchun-ishtirokchi hissasining to‘liq kiritilganligi haqida jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchisiga berilgan guvohnoma nusxasi hamda jamiyat ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan hissalar to‘liq miqdorda qo‘shilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
ustav fondi kamaytirilgan taqdirda — ularga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlar ustav fondi miqdori kamaytirilishi va uning yangi miqdori haqida yozma ravishda xabardor etilganligini va ommaviy axborot vositalarida qabul qilingan qaror haqida axborot e’lon qilinganligining tasdig‘i (ularga ma’lum barcha kreditorlar ustav fondi miqdori kamaytirilishi va uning yangi miqdori haqida yozma ravishda xabardor etilgan va ommaviy axborot vositalarida qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda taqdim qilinadi);
ulush (hissa) yoki aksiya boshqaga o‘tgan taqdirda — ushbu ulush (hissa) yoki aksiyaning boshqaga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat va shu kabilar);
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 98-sonli qaroriga muvofiq to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 14-son, 136-modda)
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) sotib olish bo‘yicha bitimlar sodir etishga, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risida monopoliyaga qarshi organning qarori;
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
tadbirkorlik subyekti ajratib chiqarish va qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilgan taqdirda — qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlar qayta tashkil qilish haqida yozma ravishda xabardor etilganligining va ommaviy axborot vositalarida axborot e’lon qilinganligining tasdig‘i, qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning ularning barcha kreditorlar va qarzdorlariga, shu jumladan tomonlar da’volashayotgan majburiyatlarga nisbatan barcha majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatilgan bo‘lish balansi yoki topshirish dalolatnomasi, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi, qo‘shib olinayotgan yuridik shaxsning muhr va shtampi (kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari), qayta tashkil etish orqali tugatilayotgan aksiyadorlik jamiyati bo‘lganda esa qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining mazkur jamiyat aksiyalarining chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini bekor qilish yuzasidan chiqargan qarori.
(72-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
muassislar tarkibiga xorijiy shaxs kirishi bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganda ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ushbu Nizomning 12-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ham taqdim etiladi;
xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxsning qismi (ulushi)ni realizatsiya qilish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganda ro‘yxatdan o‘tkazgan organga qismni (ulushni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham taqdim etiladi, qism (ulush) O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxsga realizatsiya qilinishi hollari bundan mustasno;
(72-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan uchta xatboshi shakliga o‘zgargan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Tadbirkorlik subyektlarining ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
tegishli bo‘lmagan ro‘yxatga olish organiga murojaat qilish;
mazkur Nizomda ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;
taqdim etilgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga mos kelmasligi.
Ta’sis hujjatlariga tadbirkorlik subyektlarini tegishli organlarda hisobga qo‘yish bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, bir xil yoki adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lgan firma nomi mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma olish, yangi namunadagi muhr va shtamplarni eskizini tasdiqlash mazkur Nizomda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(72-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
721. Oilaviy korxona rahbari almashgan, qatnashchi oilaviy korxona tarkibiga ixtiyoriy ravishda kirganda (uning tarkibidan chiqqanda), er-xotinlar o‘rtasidagi nikoh bekor qilingan yoki oilaviy korxona qatnashchisi vafot etgan taqdirda va bu holatlar oilaviy korxona balansiga berilgan, oilaviy korxona qatnashchilari mol-mulki ro‘yxati o‘zgarishiga olib kelganda ta’sis shartnomasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Bunda oilaviy korxona ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi.
(721-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
73. Ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun belgilangan davlat boji 50 foizi miqdorida to‘lov olinadi.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
74. Tadbirkorlik subyektlari o‘z pochta manzili o‘zgargan taqdirda o‘n kun muddatda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarni yozma ravishda xabardor qilishlari shart. Bunda davlat boji olinmaydi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar xabarnomani olgandan boshlab ikki kun muddatda ushbu o‘zgarish haqida davlat soliq xizmati va davlat statistika organlarini xabardor qiladi.
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestriga o‘zgartirish kiritishni taqozo etuvchi tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning faoliyati turi va unda ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni o‘zgarsa davlat statistika organlari tadbirkorlik subyektini jalb qilmagan holda qonunchilikka muvofiq holda taqdim qilinadigan yillik statistik hisobotlar asosida tegishli o‘zgartirishlar kiritadi va bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, davlat soliq xizmati organlari hamda tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi;
(74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 98-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 14-son, 136-modda)
75. Yakka tartibdagi tadbirkor unga berilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik haqidagi guvohnomada ko‘rsatilgan faoliyat joyi o‘zgargan taqdirda, o‘n kun muddatda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarni yozma ravishda xabardor qilishi shart. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar xabarnomani olgan paytdan boshlab ikki kun muddatda ushbu o‘zgarish haqida davlat soliq xizmati organlarini xabardor qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va davlat soliq xizmati organlari ko‘rsatib o‘tilgan axborotni olganlaridan keyin uch kun muddatda yakka tartibdagi tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida yozma ravishda xabar berishlari shart.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 162-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y , 31-32-son, 318-modda)
751. Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish ko‘ruvchi yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida unga berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyekti qatnashchilari tarkibi o‘zgargan taqdirda o‘n kun muddatda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni yozma ravishda xabardor qilishi shart. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xabarnoma olingan paytdan boshlab ikki kun muddatda ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlariga xabar qiladi, tegishli davlat reyestrlariga o‘zgartishlar kiritadi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi yangi guvohnomani rasmiylashtiradi, tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi va unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi ushbu guvohnomani beradi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi yangi guvohnomani berishda eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi, u ushbu Nizomning 761-bandida nazarda tutilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida oldin berilgan guvohnoma ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
(751-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
76. Tadbirkorlik subyektining ta’sis hujjatlariga tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning o‘zgarishiga olib keluvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga mazkur Nizomda ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazgan organning reyestridan ko‘chirma ham taqdim qilinadi.
Yuridik shaxslarning qo‘shib yuborilishi oqibatida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ o‘zgarsa, boshqa ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning reyestridan ko‘chirma boshqa ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning davlat reyestrida turgan yuridik shaxs tomonidan taqdim qilinadi.
Yuridik shaxsning qo‘shib olinishi oqibatida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ o‘zgarsa, boshqa ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning reyestridan ko‘chirma boshqa ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning davlat reyestrida turgan qo‘shib olinayotgan yuridik shaxs tomonidan taqdim qilinadi.
Yuridik shaxsning o‘zgartirilishi oqibatida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ o‘zgarsa, boshqa ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning reyestridan ko‘chirma boshqa ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning davlat reyestrida o‘zgartirilayotgan yuridik shaxs tomonidan taqdim qilinadi.
Ko‘chirma tadbirkorlik subyekti yuridik shaxslarning davlat reyestrida turgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tadbirkorlik subyektining murojaati olingan paytdan boshlab bir kun mobaynida beriladi.
Bunday hollarda tadbirkorlik subyektiga ilgari u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana hamda ro‘yxatdan o‘tkazgan organ haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma beriladi.
Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ikki kun mobaynida ushbu tadbirkorlik subyekti yuridik shaxslar davlat reyestrida turgan organga tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasini yoki ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini taqdim etish haqida so‘rovnoma yuboradi. Ushbu tadbirkorlik subyekti yuridik shaxslar o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoki tegishli so‘rovnomani olganidan keyin, uning ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini tadbirkorlik subyektini yangi ro‘yxatdan o‘tkazgan organga yuboradi va bu haqida davlat reyestriga tegishli yozuv kiritadi hamda soliq va statistika organlariga bu haqida ma’lum qiladi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 162-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y , 31-32-son, 318-modda)
761. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma o‘rniga tadbirkorlik subyekti arizasiga binoan uning dublikati beriladi, shu jumladan elektron shaklda beriladi. Bunda oldin elektron shaklda berilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(761-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma dublikatini berishda eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Bu holda tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi yo‘qolgan guvohnomaning haqiqiy emasligi haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishi, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga e’lon qilingan xabarni va dublikat berilganligi uchun belgilangan miqdorda to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjatini taqdim etishi shart.
To‘lov summasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning alohida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning dublikatni tayyorlash va berish xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larning 31-dekabrdagi holatiga ko‘ra qoldiqlari:
(761-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining va viloyatlar adliya boshqarmalarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga;
inspeksiyalarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan — tegishli tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga o‘tkaziladi.
(761-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi yaroqsiz holga kelgan guvohnoma ro‘yxatdan o‘tkazgan organga qaytariladi va yo‘q qilinadi.
Dublikatni berish muddati uch ish kunidan oshmasligi kerak.
(761-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 98-sonli qarori bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 14-son, 136-modda)
77. Mazkur Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(76-bandning tartib raqami ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-oktabrdagi 224-son qaroriga 77-bandga o‘zgartirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 41-42-son, 316-modda)
(binoning o‘zgartirish mo‘ljallanayotgan shakli va foydalanish maqsadi)
turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishingizni so‘rayman.
Ishlab turgan muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya, telefon aloqasiga) ulash uchun texnik shartlar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishingizni va quyidagi taxmin qilinayotgan hisob-kitob sig‘imi bo‘yicha:
4. _______________telefon raqamlari bo‘yicha telefon aloqasiga;
5. ____________ Gkal/soat issiqlik energiyasiga;
6. __________ kub m/soat kanalizatsiyaga taxmin qilinayotgan ehtiyojlar uchun (arizachining tegishli hisob-kitoblari mavjud bo‘lgan taqdirda to‘ldiriladi) ushbu tarmoqlarga texnik shartlar bo‘yicha ulashga hujjatlarni rasmiylashtirishni so‘rayman.
Arizaga qo‘shimcha ravishda ilova qilinadigan hujjatlar*:
1. ______________________________________
2. ______________________________________
3. ______________________________________
_______________________________
_________________________________
(to‘ldirilgan sana)
(muassis yoki vakolatli shaxs — ariza beruvchining imzosi)
_______________________________
________________________________
(ariza qabul qilingan sana)
(ro‘yxatga oluvchi organning mas’ul xodimi imzosi)
* Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qaroriga 1-ilova).
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
(binoning o‘zgartirish mo‘ljallanayotgan shakli va foydalanish maqsadi)
turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishingizni so‘rayman;
Ishlab turgan muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya, telefon aloqasiga) ulash uchun texnik shartlar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishingizni va quyidagi taxmin qilinayotgan hisob-kitob sig‘imi bo‘yicha:
4. __________________ telefon raqamlari bo‘yicha telefon aloqasiga;
5. _________________ Gkal/soat issiqlik energiyasiga;
6. _____________ kub m/soat kanalizatsiyaga taxmin qilinayotgan ehtiyojlar uchun (arizachining tegishli hisob-kitoblari mavjud bo‘lgan taqdirda to‘ldiriladi) ushbu tarmoqlarga texnik shartlar bo‘yicha ulashga hujjatlarni rasmiylashtirishni so‘rayman.
Arizaga qo‘shimcha ravishda ilova qilinadigan hujjatlar*:
1. ______________________________________
2. ______________________________________
3. ______________________________________
_______________________________
________________________________
(to‘ldirilgan sana)
(muassis yoki vakolatli shaxs—ariza beruvchining imzosi)
_______________________________
________________________________
_______________________________
________________________________
_______________________________
________________________________
(ariza qabul qilingan sana)
(ro‘yxatga oluvchi organning mas’ul xodimi imzosi)
_______________________________
________________________________
* Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qaroriga 1-ilova).
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1b-ILOVA
Kimga_____________________________________
(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning nomi)
_______________________________________ dan
(arizachining F.I.O.)
ARIZA (zarur bo‘limlar to‘ldiriladi)
______________________________________________________________________ muddatga
(oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish ko‘ruvchi jismoniy shaxs tomonidan to‘ldiriladi)
________________________________________________________________________________________________________________________________________ (faoliyat amalga oshiriladigan joy)
______________________________________________________________________________________________________________________________________ ni (faoliyat turi)
amalga oshirish uchun oilaviy tadbirkorlik subyekti sifatida yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingizni iltimos qilaman.
Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
Oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish ko‘ruvchi shaxsning F.I.O.
________________________________________
Pasportga oid ma’lumotlar:
________________________________________
(seriyasi, tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
STIR (bor bo‘lganda)
________________________________________
Uy manzili:
________________________________________
Pochta indeksi:
_______________Muloqot telefoni _______________
Arizachining elektron manzili:
________________________________________
Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oilaning boshqa a’zolari:
T/r
F.I.O.
Qarindoshlik darajasi
Pasportga oid ma’lumotlar (16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning ma’lumotlari) (seriyasi, tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
(umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish uchun asbob-uskunalar, o‘tiriladigan joylarning asosiy parametrlari, telefon aloqasiga bo‘lgan ehtiyoj va shu kabilar)
yoxud:
1. ______________ kub. m/soat gazga;
2. ____ kVt/soat 2 fazali elektr energiyasiga, ___ kVt/soat 3 fazali elektr energiyasiga;
3. __________ kub. m/soat suvga,
4. _________ telefon raqamlariga, telefon aloqasiga;
5. _____________ Gkal/soat issiqlik energiyasiga;
6. ________ kub. m/soat kanalizatsiyaga yuqorida taxmin qilinayotgan ehtiyoj bo‘yicha (arizachida tegishli hisob-kitoblar mavjud bo‘lgan taqdirda to‘ldiriladi) ishlab turgan muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya, telefon aloqasi) ulanishga texnik shartlar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishingizni iltimos qilaman.
Arizaga qo‘shimcha ravishda ilova qilinadigan hujjatlar**:
**Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qaroriga 1-ilova).
__________________________
__________________________
(to‘ldirilgan sana va vaqt)
(ariza beruvchi fuqaroning imzosi)
__________________________
__________________________
(qabul qilib olingan sana va vaqt)
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimining imzosi)
(1b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarini (yuridik shaxs tashkil etgan holda) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish
SXEMASI
1. Ilovalari bilan birga ta’sis hujjatlari tayyorlash (Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tegishli tuzilmalari, konsalting firmalari, boshqa shaxslar yordamida yoki muassisning o‘zi tomonidan).
3. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda hujjatlarni ko‘rib chiqish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (tegishli organlarda hisobga qo‘ygan holda) yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish, shuningdek muhr va shtamplar eskizini tasdiqlash.
4. Tadbirkorlik subyektiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnomani hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan muhr va shtamplar eskizini berish.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2a-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni (yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarini va yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish
sxemasi
(2a-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
1. Ilovalar bilan birga ta’sis hujjatlari tayyorlash.
2. Hujjatlarni tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasiga kiritish.
3. Inspeksiyada hujjatlarni ko‘rib chiqish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (soliq organida hisobga qo‘ygan holda) yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish, shuningdek (xususiy tadbirkorning xohishiga ko‘ra) muhr va shtamplar eskizini tasdiqlash.
4. Yakka tartibdagi tadbirkorga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan (yakka tartibdagi tadbirkorning xohishiga ko‘ra) muhr va shtamplar eskizini berish.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatlarni topshirish maqsadi (ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ta’sis hujjatlarini o‘zgartirish va h.k.)
Ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan yuridik shaxsning ustav fondi
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (reyestr) tartib raqami va sanasi
Ro‘yxatga olingan yuridik shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Guvohnomaning tartib raqami
Davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘ri sidagi guvohnoma berilgan (olingan) sana
Tugatish davlat reyestridan chiqarish yoki o‘zgartirishlar kiritish sanasi
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Jismoniy shaxslar
Yuridik shaxslar
F.I.O.
pasportga oid ma’lumotlar (pasport seriyasi va tartib raqami, qachon va kim tomonidan berilgan, doimiy ro‘yxatda turgan joyi)
To‘liq nomi
Pochta manzili
Firmali nomi
Mulkchilik shakli (jamoat, xususiy) MSh kodi
Tashkiliy huquqiy shakli THSh kodi
Asosiy faoliyat turi Ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidagi IFUT kodi
Pochta manzili, telefon, MHOBT kodi
KTUT kodi
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami kodi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 34-son, 405-modda)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3a-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning
DAVLAT REESTRI
T/r
Ariza berilgan sana
Yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi
Yakka tartibdagi tadbirkorning uy manzili
Yakka tartibdagi tadbirkorning pasportiga oid ma’lumotlar
Amalga oshiriladigan faoliyat turi
Faoliyat amalga oshiriladigan joy
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (reyestr) tartib raqami va sanasi
Guvohnomaning tartib raqami
Guvohnomaning amal qilish muddati
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami kodi
Guvohnoma olingan
Davlat reyestridan chiqarilgan sana
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Sana
Imzo
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3b-ILOVA
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarining
DAVLAT REESTRI
T/r
Ariza berilgan sana
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i-ning uy manzili
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i-ning pasportiga oid ma’lumotlar
Asosiy faoliyat turi
Faoliyat amalga oshiriladigan joy
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (reyestr) tartib raqami va sanasi)
Guvohnoma tartib raqami
Soliq to‘lovchining identifikatsiya tartib raqami
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3v-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning (yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarining)
DAVLAT REESTRI
T/r
Ariza-xabarnoma berilgan sana va vaqt
Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish ko‘ruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O.
Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish ko‘ruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning uy manzili
Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish ko‘ruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning pasportiga oid ma’lumotlar (seriyasi va tartib raqami, berilgan sanasi)
Amalga oshiriladigan faoliyat turi
Faoliyat amalga oshiriladigan joy
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tartib raqami va sanasi (reyestr)
Guvohnomaning tartib raqami
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Davomi
Guvohnomaning amal qilish muddati
STIR kodi
Guvohnoma olindi
Davlat reyestridan chiqarilgan sana
Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oila boshqa a’zolarining F.I.O.
Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oila boshqa a’zolarining STIR kodi
Qo‘shimcha ma’lumotlar
sana va vaqt
imzo
10
11
12
13
14
15
16
17
(3v-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
151. Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oilaning boshqa a’zolari**:
T/r
F. I. O.
Qarindoshlik darajasi
Pasportga oid ma’lumotlar (16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning ma’lumotlari) (seriyasi, tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
* Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklari va yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlari uchun to‘ldiriladi.
** yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlari uchun to‘ldiriladi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5a-ILOVA
Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
1. Ariza beruvchining obyektni rekonstruksiya qilish uchun arizasi.
2. Inspeksiyaning tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash)ni kelishish buyurtmanomasi yoki asoslangan tarzda rad etish.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) yuzasidan ruxsatnomasini olish.
Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish tugallangandan keyin ariza beruvchi inspeksiyaga obyektni foydalanishga qabul qilishni tashkil etish to‘g‘risida ariza beradi.
Inspeksiya arizani obyektni foydalanishga qabul qilish uchun qabul qilish komissiyasiga yuboradi.
Qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish tugallangan obyektni qabul qilish qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Tuman (shahar) hokimi ikki kun muddatda qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish tugallangan obyektni qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
3. Obyekt qayta ixtisoslashtirilgandan va rekonstruksiya qilingandan keyin tuman (shahar) hokimining foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori asosida bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni (kadastr hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish) tegishli tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda bino va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani berish.
4. Ariza beruvchiga quyidagilar:
tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish yuzasidan ruxsatnomasi;
tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining bino va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi.
(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5b-ILOVA
1. Ariza beruvchining turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasi.
2. Inspeksiyaning tuman (shahar) hokimligiga buyurtmanomasi.
Hokimlik tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish imkoniyatini tahlil qilish. Tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilish.
Tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini Inspeksiyaga berish.
3. Tuman (shahar) hokimining qarori asosida bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni (kadastr hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish) tegishli tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasida ro‘yxatdan o‘tkazish. Turar joy binosi qayta ixtisoslashtirilgan va rekonstruksiya qilingan taqdirda noturar joy binoga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish u belgilangan tartibda qabul qilib olingandan keyin amalga oshiriladi va tegishli guvohnoma beriladi
4. Muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmining o‘zgarishi sababli binoning parametrlari o‘zgargan taqdirda Inspeksiya tomonidan foydalanuvchi tashkilotlarga hokimning turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish uchun muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalarning hisoblangan hajmlarini berish.
Foydalanuvchi tashkilotlardan texnik shartlarni olish. Umumiy muddati 3 kun.
5. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga hokimning turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini hamda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni berish.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)dan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini olish.
6. Ariza beruvchiga quyidagilar:
arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (shu jumladan, texnik shartlar);
hokimning turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori;
tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining bino va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi.
(5b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
Yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida
(yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari uchun ajratilgan yer uchastkasi va uning maydoni ko‘rsatiladi)
berilgan.
THSh
Tashkiliy-huquqiy shakli:
MSh
Mulkchilik shakli:
MHOBT
Pochta manzili:
KTUT
Yuridik shaxs kodi:
STIR
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami:
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
M.O‘.
Vakolatli organ rahbari
____________________________________ (imzo)
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 34-son, 405-modda)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6a-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkor (yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligi) ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida
GUVOHNOMA
Yakka tartibdagi tadbirkor (yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligi) ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida GUVOHNOMA
Reyestrdagi tartib raqami — __________________________
№0000000
________ y. “ _______ ” ____________________________
Yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi ________________________________________________________________
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6b-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkorni (yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektini) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida GUVOHNOMA
Reyestr tartib raqami __________
№ 0000000
_____ yil “____” __________
Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish ko‘ruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O.
Uy manzili ______________________________________________________________
Amalga oshiriladigan faoliyat turi __________________________________________
Faoliyat amalga oshiriladigan joy ___________________________________________
_____ yil “____” __________gacha haqiqiydir
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami _____________________________
Fotosurat uchun joy
Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oilaning boshqa a’zolari:
T/r
F.I.O.
Qarindoshlik darajasi
Pasportga oid ma’lumotlar (16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning ma’lumotlari) (seriyasi, tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
(6b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g‘risida
subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish Inspeksiyasi tomonidan _____________________________
__________________________________________________________________________ning (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi)
muhandislik kommunikatsiyalariga ulash uchun ruxsat beruvchi hujjatlari hamda ____________ ______________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ ga
(qurilish, obyektni qayta qurish, turar joyni noturar joyga o‘tkazish)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 8-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QO‘MITASI
_______________ shahri (tumani) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)
Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ___________________ da berilgan ____-son RUXSATNOMA
(manzil (pochta manzili), bank rekvizitlari va jismoniy shaxsning pasportiga oid ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda yuridik shaxsning nomi va jismoniy shaxsning F.I.O.)
_____________________________________________________________ ga ______________________________________________________________
(ishlar turlari va obyektning nomi ko‘rsatiladi)
_____________________________________________________bajarish uchun berildi
____________ shahri (tumani) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i
_____________________________________
(imzo, F.I.O.)
��
M.O‘.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 9-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QO‘MITASI
_______________ shahri (tumani) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)
Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ___________________ da berilgan ____-son RUXSATNOMA
(manzil (pochta manzili), bank rekvizitlari va jismoniy shaxsning pasportiga oid ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda yuridik shaxsning nomi va jismoniy shaxsning F.I.O.)
_____________________________________________________________ ga ______________________________________________________________
(ishlar turlari va obyektning nomi ko‘rsatiladi)
_____________________________________________________bajarish uchun berildi
____________ shahri (tumani) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i
_____________________________________
(imzo, F.I.O.)
M.O‘.
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 10-ILOVA
___________________ tumani (shahri) hokimining QARORI
20____ yil _________________
№________
_______________ shahri
Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risida
(yuridik shaxsning nomi, jismoniy shaxsning F.I.O)
_________________________ manzilida joylashgan turar joy binosini noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasini va obyektning kadastr hujjatlarini ko‘rib chiqib, qaror qilaman:
(pochta manzili ko‘rsatilgan holda yuridik shaxsning nomi va jismoniy shaxsning F.I.O.)
mulkida bo‘lgan _____ kv. metr turar joy binosi ushbu qarorga ilova qilinadigan binoning kadastr rejasida ko‘rsatilgan chegaralarda _____________________________
________________________________________________________________sifatida foydalanish uchun noturar joy toifasiga o‘tkazilsin.
2. Binoning parametrlari va muhandislik kommunikatsiyalari yuklamalari o‘zgargan taqdirda ______________________________________________________________ga
(yuridik shaxsning nomi, fuqaroning F.I.O.)
arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini va qurilish ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni ta’minlash va binodan qat’iy maqsadli foydalanish majburiyati yuklansin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish hokimning birinchi o‘rinbosari ____________________________________ zimmasiga yuklansin.
(F.I.O.)
Hokim
_________
_________________
(imzo)
(F.I.O.)
M.O‘.
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 587-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qaroriga 2-ILOVA
Shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasining