|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.07.2021
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Faoliyatning ba’zi bir turlarini litsenziyalashning o‘ziga xos jihatlari qonun bilan belgilanadi.
Ushbu Qonun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilishni litsenziyalashda, intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda, shuningdek kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi (franshizing to‘g‘risidagi shartnoma) bo‘yicha yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 959-son “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50-bobi (Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi) hamda 1036-moddasi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
litsenziya — litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
faoliyatning litsenziyalanayotgan turi — O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turi;
litsenziyalash — litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani topshirish va ko‘rib chiqish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar kompleksi;
(3-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 363-modda)
litsenziya talablari va shartlari — faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirayotganda litsenziat tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan, qonunchilikda belgilangan talablar va shartlarning majmui;
litsenziyalovchi organlar — qonunchilikka muvofiq litsenziyalashni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar;
(3-moddaning beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar ro‘yxatiga qarang.
litsenziya da’vogari — litsenziyalovchi organga faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
litsenziat — faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish litsenziyasi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
litsenziya shartnomasi — faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziatning litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan litsenziya da’vogari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan va ular o‘rtasida tuziladigan shartnoma;
litsenziyalar reyestri — berilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan litsenziyalar, shuningdek amal qilishi tugatilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan litsenziyalovchi organlarning ma’lumotlar bazalari majmui.
4-modda. Litsenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Litsenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda litsenziyalovchi organlar amalga oshiradi.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining litsenziyalash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
litsenziyalovchi organlarni va faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibini belgilash, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini yuritish tartibini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash sohasidagi qonunchilikka litsenziyalovchi organlarning rioya etishlarini nazorat qilish;
(5-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
litsenziyalashning ayrim turlarini amalga oshirish.
6-modda. Litsenziyalovchi organlarning vakolatlari
Litsenziyalovchi organlarning vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
faoliyatning ayrim turlarini qonunchilikka muvofiq litsenziyalash;
(6-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qonunda nazarda tutilgan hollarda faoliyatning tegishli turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
Ushbu Qonun 5-moddasining sharhiga qarang.
litsenziya talablari va shartlariga litsenziatlar rioya etishini nazorat qilish;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish;
litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash;
litsenziyalarning amal qilishini tugatish;
litsenziyalarni bekor qilish;
litsenziyalar reyestrini yuritish.
Litsenziyalovchi organlar shu organlar litsenziyalaydigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tuzishga yoki ular faoliyatida muassislar (qatnashchilar) sifatida ishtirok etishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
II. AMALGA OShIRISh UChUN LITSENZIYALAR TALAB QILINADIGAN FAOLIYAT TURLARI
7-modda. Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini aniqlash
Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari jumlasiga amalga oshirilishi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda tartibga solib turilishi litsenziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlari kiradi.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
8-modda. Faoliyatning litsenziyalanadigan ayrim turlarini jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirishni taqiqlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) faoliyatning litsenziyalanadigan ayrim turlarini amalga oshirishini taqiqlab qo‘yishi mumkin, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
9-modda. Davlat unitar korxonalari va muassasalari tomonidan faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari, basharti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, faoliyatning mazkur turlarini tegishli litsenziyani olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Mazkur qoida ko‘rsatilgan korxonalar va muassasalarni litsenziya talablari va shartlarini, shuningdek faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish bilan bog‘liq, qonunchilikka muvofiq qo‘yiladigan boshqa talablarni bajarishdan ozod etmaydi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
III. LITSENZIYALAR
10-modda. Litsenziyalarning turlari
Litsenziyalar namunaviy (oddiy) va yakka tartibdagi bo‘lishi mumkin.
Namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga cheklanmagan doiradagi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan litsenziyalar kiradi, agar ushbu shaxslar tegishli faoliyat turini amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan yagona shartlar va talablarga javob bersalar.
Yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga yuridik va jismoniy shaxslarga alohida talablar va shartlar asosida beriladigan, litsenziatlarga faoliyatning mazkur turini amalga oshirishda mutlaq huquqlar beruvchi, miqdoriy cheklangan litsenziyalar kiradi. Yakka tartibdagi litsenziyalar amal qilish hududi, faoliyat obyekti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa asoslarga ko‘ra miqdoriy cheklanadi.
Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish, qoida tariqasida, tanlov (tender) asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, shu jumladan tanlovlarni (tenderlarni) o‘tkazish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
11-modda. Litsenziyaning amal qilishi
Litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi. Litsenziya da’vogarining arizasiga muvofiq litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Korxonani sotishda sotuvchining tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun berilgan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, korxonani sotib oluvchiga berilmaydi. Shartnoma bo‘yicha topshiriladigan korxona tarkibiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lmagani tufayli sotib oluvchi bajara olmaydigan majburiyatlarni kiritish sotuvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi. Bunday majburiyatlarni bajarmaganlik uchun sotuvchi va sotib oluvchi kreditorlar oldida solidar javobgar bo‘ladilar. (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 489-moddasi).
Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat, agar litsenziya talablari va shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshirilishi mumkin.
12-modda. Litsenziyaning amal qilish muddati
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar ularning amal qilishi muddati cheklanmagan holda beriladi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Faoliyatning litsenziyalanadigan ayrim turlariga nisbatan qonunchilikda litsenziyaning cheklangan amal qilish muddati belgilanishi mumkin, lekin bu muddat besh yildan kam bo‘lmasligi lozim.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ–28-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 110-modda)
Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki oy oldin berilishi lozim. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
IV. LITSENZIYALAShNI AMALGA OShIRISh
13-modda. Litsenziya talablari va shartlari
Faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishda rioya etiladigan litsenziya talablari va shartlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanib, ular quyidagi normalarni o‘z ichiga olishi lozim:
litsenziatning qonunchilikka rioya etishi shartligi to‘g‘risidagi;
(13-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishga da’vogar shaxslarga qo‘yiladigan malaka talablari, jumladan maxsus bilimlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi;
faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishning maxsus shartlariga qo‘yiladigan talablar, jumladan foydalaniladigan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarda litsenziyalanayotgan faoliyat turi xususida qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
14-modda. Litsenziya olish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar
Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari tegishli litsenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza — unda: yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan eri (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisobvarag‘i raqami; jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ma’lumotlari; yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni mo‘ljallagan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (uning bir qismi), shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda faoliyatning mazkur turi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin;
(14-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarining arizasini ko‘rib chiqishi uchun litsenziya da’vogari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yig‘im to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat;
(14-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
faoliyatning ayrim turiga litsenziya olish uchun qo‘yiladigan talablar va shartlarni litsenziya da’vogari bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi hamda qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan boshqa hujjatlar.
(14-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziya da’vogaridan ushbu Qonunda hamda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi o‘zga qonunchilikda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligidir.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Litsenziya olish uchun tegishli litsenziyalovchi organga yuborilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinib, ro‘yxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi).
Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya da’vogari qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
141-modda. Faoliyatning ayrim turlarini “bir darcha” prinsipi bo‘yicha litsenziyalash
Litsenziyalovchi organ faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashi uchun boshqa tashkilotlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash soddalashtirilgan tartibda “bir darcha” prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda litsenziyalovchi organ mazkur hujjatlarni mustaqil ravishda, tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz oladi.
(141-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
15-modda. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im
Litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarining arizasini ko‘rib chiqqanligi uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yig‘im undiriladi.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziya da’vogarining arizasini ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im miqdori har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalovchi organning mazkur arizani ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlari doirasida belgilanadi. Bunda yig‘imning eng ko‘p miqdori qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshib ketishi mumkin emas.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziya da’vogarlarining arizalarini ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im summalari litsenziyalovchi organ hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Litsenziya da’vogari bergan arizasidan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
16-modda. Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Litsenziya da’vogarining arizasini barcha zarur hujjatlar bilan birga olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmagan muddat ichida litsenziyalovchi organ namunaviy (oddiy) litsenziya berish haqida yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Namunaviy (oddiy) litsenziya berish haqida yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishning eng kam muddatlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarda belgilab qo‘yilishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ, zarur holda, o‘z mablag‘lari hisobidan tegishli xulosalarni tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb etishga haqli.
Litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarini qabul qilingan qaror to‘g‘risida mazkur organ tegishli qarorni qabul qilganidan keyin uch kun ichida xabardor qilishi shart.
Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, bank hisobvarag‘i rekvizitlari va davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
(16-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, rad etishning sabablari va litsenziya da’vogari ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(16-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati davomida litsenziya berish haqida yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqida yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan so‘ng litsenziya da’vogari arizada ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqiga bu haqda litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda ega bo‘ladi.
Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan holda litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarining yozma xabari olinganidan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi yoki litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishi shart. Taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati hamda litsenziya da’vogari tomonidan litsenziyalovchi organga yuborilgan yozma xabar litsenziya olinguniga qadar litsenziyaga tenglashtiriladi va shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Bunda litsenziya da’vogari litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Litsenziya da’vogari litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziya da’vogarlarining arizalarini takroran ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya da’vogarining arizasini takroran ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya da’vogarining litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan arizasi yangidan berilgan deb hisoblanadi.
(16-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlarga almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Litsenziya da’vogari davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan taqdirda hamda u litsenziya shartnomasini imzolaganidan keyin litsenziya beriladi.
Agar litsenziat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo‘lsa, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.
17-modda. Litsenziya berishni rad etish
Litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
litsenziya da’vogarining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
litsenziya da’vogari taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek tanlov (tender) shartlariga nomuvofiqligi.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya da’vogari litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
18-modda. Litsenziyalarni rasmiylashtirish
Litsenziyalar tegishli blanklarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalarning blanklari qat’iy hisobot hujjatlari hisoblanadi, ular hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lishi lozim. Litsenziya blanklarining namunalari va ularni tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qarori bilan tasdiqlangan “Litsenziyalar blankalarini tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya blankasini hamda litsenziya blankalarini saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga qarang.
Litsenziya yo‘qolgan taqdirda, litsenziatning arizasiga binoan uning dublikati beriladi. Dublikat berishda ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan yig‘im summasining yarmi undiriladi.
19-modda. Litsenziya shartnomasi
Litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi hujjatdir.
Litsenziya shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim:
shartnomani imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi;
taraflarning rekvizitlari;
amalga oshirilishi uchun litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
cheklangan amal qilish muddatiga beriladigan litsenziyalar uchun — litsenziyaning amal qilish muddati;
(19-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ–28-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 110-modda)
litsenziya shartnomasining talablari va shartlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarligi;
litsenziya shartnomasining talablari va shartlarini litsenziat qanday bajarayotganligining litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilinishi tartibi;
faoliyatning ayrim turini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq boshqa ma’lumot.
Litsenziya shartnomasi ikki nusxada — litsenziat hamda litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusxada tuziladi.
20-modda. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish
Yuridik shaxs bo‘lmish litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Jismoniy shaxs bo‘lmish litsenziat familiyasi, ismi va otasining ismi yoki turar joyi o‘zgargan taqdirda, litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 363-modda)
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar bo‘lmish litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(20-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
(20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi, tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani olgan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi.
(20-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziya da’vogarining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Litsenziyalanadigan faoliyatni ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi talablarni buzgan holda amalga oshirish faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(20-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165, 1763, 2415-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190, 1925-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 117-moddasi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish tartibi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
21-modda. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda litsenziyalovchi organlar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadirlar:
litsenziatlar litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvlar o‘tkazish;
(21-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar o‘tkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha litsenziatdan zarur ma’lumotlarni talab qilish va olish;
tekshiruv natijalari asosida litsenziat yo‘l qo‘ygan litsenziya talablari va shartlarining aniq qoidabuzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish.
Litsenziyalovchi organlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilishlariga yo‘l qo‘yilganligini aniqlaganlari taqdirda o‘z vakolatlari doirasida litsenziyani bergan litsenziyalovchi organga aniqlangan qoidabuzarliklar haqida xabar qiladilar.
22-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
litsenziyalovchi organning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarori litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish litsenziyalovchi organ yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalovchi organ tomonidan o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud tomonidan esa o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida uch kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart.
(22-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida, shuningdek litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak.
(22-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
23-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno;
(23-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
yakka tartibdagi tadbirkorning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31-bobi (“Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish”)ga qarang.
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;
litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishiga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
(23-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 363-modda)
litsenziyalovchi organning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyalovchi organ qaroriga binoan amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu moddaning birinchi qismi oltinchi—sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda sud tartibida amalga oshiriladi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
(23-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida, shuningdek litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak.
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi tugatiladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini tugatishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
24-modda. Litsenziyani bekor qilish
Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
ushbu Qonun 16-moddasining o‘n birinchi qismida nazarda tutilgan holda;
(24-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
litsenziat litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Litsenziyani bekor qilish ushbu moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida, shuningdek litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak.
(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning bekor qilinishini asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi”.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
25-modda. Litsenziyalarning reyestrlari
Litsenziyalovchi organlar o‘zlari litsenziyalashni amalga oshirayotgan faoliyatning har bir turi uchun alohida litsenziyalar reyestrlarini yuritadilar.
Litsenziyalar reyestrining har birida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar;
litsenziyalar berilgan sana va litsenziyalarning tartib raqamlari;
Oldingi tahrirga qarang.
cheklangan amal qilish muddatiga beriladigan litsenziyalar uchun — litsenziyalarning amal qilish muddatlari;
(25-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ–28-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 110-modda)
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash asoslari hamda sanalari;
litsenziyalarning amal qilishini tugatish asoslari va sanalari;
litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanalari;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarda belgilangan boshqa ma’lumotlar.
Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(25-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 363-modda)
26-modda. Litsenziya berganlik uchun davlat boji
Litsenziya berganlik va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji undiriladi.
Litsenziya berganlik va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji miqdorlari va uni to‘lash tartibi qonunda belgilanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turining bir qismi uchun litsenziya berganlik va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji stavkalarining kamaytirilgan miqdorlari belgilanishi mumkin.
(26-moddaning uchinchi qismidagi ikkinchi jumla O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ–28-sonli Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 110-modda)
27-modda. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165, 1763, 2415-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190, 1925-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 117-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-may,
71-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 142-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2011-y., 36-son, 363-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 16-son, 265-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )