1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilarni, talabalar va tayanch doktorantlarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” davlat dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarorida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.05 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim]
Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.03 Professional ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘larni nazarda tutsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
3. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida iqtidorli yoshlarning o‘z ma’naviy, kasbiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi yutuqlari keng yoritilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-oktabr,
226-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 1-ILOVA
Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida
nizom
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining so‘nggi o‘quv yilida tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlarga (keyingi o‘rinlarda — tayanch doktorantlar deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida tanlab olish natijalariga ko‘ra tayinlanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
2. Tayanch doktorantlarga tayinlash uchun belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kvotasi (o‘nta) Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga muvofiq har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha (har bir tanlov yo‘nalishiga bittadan stipendiya hisobidan) taqsimlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
3. Tayanch doktorantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilanadi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
yetakchi ilmiy nashrlarda (kamida ikkita) ilmiy maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
O‘zbekiston tarixini bilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
xalqaro konferensiyalar bosma nashrlarida maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
barcha malakaviy imtihonlarni “a’lo” bahoga topshirish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
dissertatsiyaning tayyorlik darajasi (dissertatsiyaning tayyorlik darajasi kamida 70 foiz bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzod ko‘rsatgan muassislarning tegishli xulosasi bilan tasdiqlanishi kerak);
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.05.00 Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi / 19.08.05.01 Umumiy masalalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.05.00 Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi / 19.08.05.02 MDHga kiradigan davlatlar]
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi ixtisoslik (tayanch doktoranturadagi tadqiqot obyekti) xorijiy til hisoblangan alohida hollarda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilishga talablar darajasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu fanlar bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida maxsus test sinovidan o‘tadilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshiradi.
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tayanch doktorantlar nomzodlarini ko‘rsatadigan davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda, talabgorlar ishlarining dolzarbligini, ularning shaxsiy hissasini, o‘tkazilgan tadqiqotlarning muhimligini oldindan ekspertizadan o‘tkazadilar, dissertatsiya tadqiqotlari mavzusi bo‘yicha tayanch doktorantlar ilmiy axborotlarining ommaviy muhokamasini tashkil qiladilar, ularning umumiy ilmiy tayyorgarligini, dissertatsiyaning tayyorlik darajasini, talabgorlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini baholaydilar va har bir nomzod bo‘yicha asoslangan xulosa qabul qiladilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
5. Ilmiy-tadqiqot ishlarining mufassal annotatsiyalari ikki nusxada, matnga tegishli ko‘rgazmalar bilan birga dastlabki ko‘rib chiqish uchun davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashiga taqdim etiladi.
Ishga quyidagilar ilova qilinadi:
mazkur soha yetakchi mutaxassislarining fikr-mulohazalari;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
ilmiy ishlar ro‘yxati;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
ilmiy maqolalarning bosma nusxasi, mualliflik guvohnomalarining nusxalari, ilmiy ish natijalaridan foydalanish haqidagi dalolatnomalar.
Ishning (annotatsiyaning) har bir nusxasi yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar bilan birga muqovalangan yoki jildga joylangan bo‘lishi kerak. Muqovada yoki jildda ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning ismi, familiyasi va otasining ismi, ishning nomi ko‘rsatiladi.
Boshqa hujjatlar, qo‘shimcha chizmalar, sxemalar, xaritalar, albomlar, suratlar va shu kabilar bir nusxada taqdim etiladi.
6. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Ilmiy kengashlarning qarorlari vazirliklar va idoralar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida tavsiyanomalar jo‘natish uchun asos hisoblanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vazirliklar va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risidagi tavsiyalarini har yili bir marta — dekabr oyida ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qaror qabul qiladi. Hujjatlar 1—31-oktabrda qabul qilinadi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha maxsus test sinovlari 1—30-noyabrda o‘tkaziladi.
8. Tayanch doktorantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori asosida amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Stipendiyalarni tayinlashdan avval talabgorlarning maxsus va umumilmiy tayyorgarlik darajasi hamda ma’lumotlarining belgilangan mezonlarga muvofiqligi puxta ekspertizadan o‘tkaziladi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda maxsus tanlov komissiyasi tuzadi, uning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga talabgorlar o‘rtasida saralash tanlovi o‘tkazish yuklanadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazadi va agar har bir ishga ovoz berishda qatnashgan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ma’qullab ovoz bersa nomzod tayanch doktorantlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Ovoz berishdan so‘ng talabgorlar soni belgilangan o‘rinlar kvotasidan ko‘p bo‘lgan taqdirda ustunlik eng ko‘p ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
Tanlov komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarori davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun tayanch doktorantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishda asos bo‘ladi.
Stipendiyalar har yili tayanch doktorantning tayanch doktoranturaning oxirgi kursidagi o‘qish davri uchun, stipendiyaning ikki barobari miqdorida qat’iy muvofiq holda tayinlanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 684-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/684/3601-son)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan tayanch doktorantlarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomalari beriladi. Guvohnomalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati majlisida tantanali vaziyatda topshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
13. Shaxsiy rejalarni bajarmagan va ilmiy odob-axloqqa rioya qilmagan tayanch doktorantlar tasarrufida tayanch doktorant o‘qiyotgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilinishi mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
14. Bahsli masalalar, ariza va shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 2-ILOVA
Magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
1. Magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan, davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida butun o‘qish davrida barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qiyotgan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Ko‘riklar. Festivallar]
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) uchun belgilangan kvota (yigirma ikkita) Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha (har bir tanlov yo‘nalishiga bittadan stipendiya hisobidan) taqsimlanadi.
Bunda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tanlovining oliy ta’lim muassasasi bosqichi har yili may — iyul oylarida o‘tkaziladi;
tanlovlarning oliy ta’lim muassasasi bosqichi mazkur Nizomga qat’iy rioya qilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan muddatda va tartibda o‘tkaziladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabgorlar har bir tanlov yo‘nalishi bo‘yicha bittadan tavsiya etilishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
3. Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi quyidagi mezonlar asosida tayinlanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;
yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
kamida ikkita e’lon qilingan ish (asar)ning mavjudligi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar davlat tillaridan tashqari), magistratura mutaxassisligi xorijiy til bo‘lgan taqdirda esa, qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;
O‘zbekiston tarixini bilish.
Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab darajalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar ko‘rsatish, talabgorlar nomzodlarining o‘qishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan so‘ng, davlat oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar:
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
rahbarning fikr-mulohazalari;
ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari.
Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning har bir to‘plami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, ishning nomi ko‘rsatiladi.
5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasini tayinlash uchun stipendiatlar nomzodlarini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladilar.
Ilmiy kengashlar qarorlari vazirliklar va muassasalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasini tayinlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tavsiyanoma yuborishi uchun asos hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi stipendiyani tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni bir yilda bir marta ko‘rib chiqadi. Bunda hujjatlarni qabul qilish (ro‘yxatdan o‘tkazish) muddati — 1 — 15-avgust, ko‘rib chiqish muddati — 10 — 25-sentabr etib belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Oliy ta’lim muassasasi kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va tegishli hujjatlar oliy ta’lim muassasasining mas’ul xodimi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “my.edu.uz” elektron tizimiga har yili 1 — 15-avgust kunlari kiritiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Bunda talabgorlarning hujjatlari asliga to‘g‘ri ekanligi hamda “my.edu.uz” elektron tizimiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritilishi bo‘yicha mas’uliyat oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) zimmasiga yuklanadi.
Talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “NEMIS” — Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi orqali shakllantiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
7. Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati qarori bilan tayinlanadi.
Stipendiya tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarligi ko‘rib chiqiladi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar orasidan munosiblarini tanlab olish vazifasi yuklanadigan maxsus tanlov komissiyasini;
talabgorlarning ta’lim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarligi darajasini baholash maqsadida ishlarni ko‘rib chiqish uchun yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertlar guruhlarini tuzadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan birgalikda axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, xorijiy tillar bo‘yicha imtihon komissiyalarini tashkil etadi, test topshiriqlarini ishlab chiqadi;
tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining ish tartibini belgilaydi;
tanlov komissiyasi majlislarini o‘tkazish muddatlarini belgilaydi;
talabgorlar ekspert guruhlari tomonidan ko‘rsatkichlarini baholash natijalaridan norozi bo‘lganda, ularning shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha 5 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
71. Talabgorlarning hujjatlari (ko‘rsatkichlari) ekspert guruhlari tomonidan ko‘rib chiqilib, mazkur Nizomga ilovaga muvofiq baholash mezoni asosida baholanadi va har bir tanlov yo‘nalishi bo‘yicha qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Ekspert guruhi tomonidan har bir talabgorga qo‘yilgan ball ekspert guruhi faoliyati yakunlangandan so‘ng 24 soat ichida “my.edu.uz” elektron tizimi orqali talabgorga ma’lum qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
72. Ekspert guruhi tomonidan qo‘yilgan ballardan (o‘z ko‘rsatkichlari bo‘yicha) norozi bo‘lgan talabgorlarga baholash natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat ichida “my.edu.uz” elektron tizimi orqali apellyatsiya arizasi berish imkoniyati yaratiladi.
Apellyatsiya arizalari apellyatsiya komissiyasi tomonidan arizalar sonidan kelib chiqqan holda, uch kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Apellyatsiya komissiyasi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqishda apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning barcha hujjatlarini mazkur Nizomga ilovaga muvofiq baholash mezoni asosida har tomonlama o‘rganadi.
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya arizasini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
73. Talabgorlar axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, xorijiy tillar bo‘yicha Agentlikda (hududlar bo‘yicha) maxsus test sinovlari topshiradilar. Bunda:
test sinovlari bo‘yicha o‘tish ballining quyi chegarasi to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizi hisoblanadi;
to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizidan past ball to‘plagan hamda test sinovlariga qatnashmagan talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga tavsiya etilmaydi;
Agentlik bir kun muddatda yakuniy qaydnomalarni test sinovlari natijalari bilan birga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
74. Talabgorlarning test sinovlari natijalari va ekspert guruhlarining baholash natijalari umumlashtirilib, ularning yakuniy ballari e’lon qilinadi.
Yakuniy ballar natijalariga ko‘ra har bir tanlov yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar talabgor ekspert guruhlarining bayonnomalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovining suhbat bosqichiga tavsiya etiladi.
75. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovining suhbat bosqichiga tavsiya etilgan talabgorlarga tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi mavzular doirasida savollar beriladi:
mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyati;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
ilmiy-tadqiqot ishining mazmuni, dolzarbligi va ahamiyati;
o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlarni xorijiy tilda bayon eta olish ko‘nikmalarining mavjudligi.
(71 — 75-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
8. Tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazadi hamda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ovoz berganda talabalar nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tayinlash uchun tavsiya qiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Agar ovoz berishdan so‘ng talabgorlar soni belgilangan kvotadan ko‘p bo‘lsa, ustunlik eng ko‘p ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Tanlov komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’atining qarori davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasini tayinlash va to‘lash haqida buyruq tayyorlashi uchun asos bo‘ladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi talabalarga bir o‘quv yili uchun (talabalar safidan chetlatilganda shu oyga qadar) 1-sentabrdan boshlab belgilangan miqdorlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati majlisida tantanali ravishda topshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.05 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim]
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohiblari bo‘lgan magistratura bosqichi talabalari oliy ta’lim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qabul qilinadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.01.00 Umumiy qoidalar]
14. Kundalik darslarni o‘zlashtirmaydigan, o‘quv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalar o‘quv yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasidan tasarrufida talaba o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati qarori bilan mahrum qilinishi mumkin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
15. Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasini tayinlash bo‘yicha ariza va shikoyatlari qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga hujjat topshirgan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabgorlarning ko‘rsatkichlarini baholash mezoni
Ilmiy-tadqiqot ishlari(ilmiy maqola, tezis va boshqalar)
40 ballgacha
Talabgor tomonidan mustaqil tanlangan asosiy 4 ta ilmiy-tadqiqot ishi inobatga olinadi va har biri 10 ballgacha baholanadi.
Qolgan ilmiy-tadqiqot ishlari
10 ballgacha
Asosiy tanlangan 4 ta ilmiy-tadqiqot ishidan boshqa barcha ishlari inobatga olinadi va jami 10 ballgacha baholanadi.
2.
Erishgan yutuqlari (Davlat mukofoti, xalqaro va respublika fan olimpiadasi hamda ko‘rik-tanlovlar g‘olibligi, patent, ixtirolar va boshqalar)
20 ballgacha
Talabgorning tahsil olayotgan mutaxassisligiga mosligiga ustuvorlik beriladi.
3.
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari
30 ballgacha
To‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballga mutanosib ravishda hisoblanadi.
Izoh.
1. Quyidagilarga:
ilmiy ishlar, yutuqlar, natijalarga aynan talabaning muayyan ta’lim bosqichi davrida erishganligiga;
ilmiy-tadqiqot ishlarining izchilligiga, yakka mualliflikda hamda nufuzli nashrlarda chop etilganligiga;
ilmiy-tadqiqot ishlari, erishilgan natijalarning talabgor tahsil olayotgan magistratura mutaxassisligi mosligiga ustuvorlik beriladi.
2. Agar talabgor muqaddam davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan bo‘lsa, sovrindor bo‘lgan sanadan keyingi davrida erishgan natijalari va ilmiy-tadqiqot ishlari inobatga olinadi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 3-ILOVA
1. Mazkur Nizom oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shakli talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Ushbu Nizom Kamoliddin Behzod va Botir Zokirov nomidagi hamda “Oliy Bosh qo‘mondon” davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 690-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/690/1011-son)
2. Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarida butun o‘qishi davomida faqat a’lo baholarga o‘qiyotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan oxirgi kurs talabalariga tayinlanadi va to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari har bir oliy ta’lim muassasasining bakalavriat bosqichidagi bir nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi va to‘lanadi.
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi. Bunda ushbu nomli davlat stipendiyasi soni tarix va geografiya yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari uchun alohida bittadan belgilanadi.
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi. Bunda ushbu nomli davlat stipendiyasi soni jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari uchun alohida bittadan belgilanadi.
To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi. Bunda ushbu nomli davlat stipendiyalari soni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi har bir oliy ta’lim muassasasi uchun To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari bo‘yicha alohida bittadan belgilanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/384/0613-son)
Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi. Bunda ushbu nomli davlat stipendiyasi soni har bir pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasasi uchun alohida bittadan belgilanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
3. Kelgusi o‘quv yili uchun Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, Bobur, Pahlavon Mahmud, Abdulla Avloniy, To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari (keyingi o‘rinlarda — nomli davlat stipendiyalari) soni joriy o‘quv yili oxirida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallari bo‘yicha nomli davlat stipendiyalari soni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq har yili tasdiqlanadigan tanlov yo‘nalishlari va talabalar sonidan kelib chiqib taqsimlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etadigan nomzodlarga (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) quyidagi talablar belgilanadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
a) nomli davlat stipendiyalari uchun:
a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar davlat tillaridan tashqari), bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til bo‘lgan taqdirda esa, qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi. Bunda talabgorlar ushbu tillar bo‘yicha o‘z bilimlari darajasini aniqlash uchun o‘qish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan o‘tadilar;
(4-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi uchun mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan talablarga qo‘shimcha ravishda o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos mavzuda kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (maqola, tezis yoki asarlar)ning mavjudligi talab etiladi.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining oliy ta’lim muassasasi bosqichi har yili may — iyul oylarida o‘tkaziladi.
Tanlovlarning oliy ta’lim muassasasi bosqichi mazkur Nizomga qat’iy rioya qilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olib tasdiqlangan muddatda va tartibda o‘tkaziladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
2-bob. Tanlovlarni o‘tkazish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzodlarni ko‘rsatish oliy ta’lim muassasalari kengashlari tomonidan, talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.
talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun oliy ta’lim muassasasi kengashiga quyidagilarni taqdim qiladilar:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
dekanat va kafedraning tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
tillar kafedrasi, tarix kafedrasining suhbat natijalari haqidagi ma’lumotnomalari.
Barcha hujjatlar jildga (papkaga) joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, kursi, guruhi ko‘rsatiladi.
6. Oliy ta’lim muassasalari kengashlari talabgorlarni tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etish bo‘yicha yashirin ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
Ovoz berish jarayonida oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari va talabalari ham ishtirok etishi mumkin.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga eng ko‘p ovoz olgan uch nafardan (bunda nomzodlar turli tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha aniqlanishiga urg‘u beriladi);
nomli davlat stipendiyalariga ajratilgan har bir kvotaga eng ko‘p ovoz olgan uch nafargacha nomzod tanlovning navbatdagi bosqichiga tavsiya etiladi.
7. Oliy ta’lim muassasasi kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va tegishli hujjatlar oliy ta’lim muassasasining mas’ul xodimi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “my.edu.uz” elektron tizimiga har yili 1 — 15-avgust kunlari kiritiladi.
Bunda talabgorlarning hujjatlari asliga to‘g‘ri ekanligi hamda “my.edu.uz” elektron tizimiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritilishi bo‘yicha mas’uliyat oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) zimmasiga yuklanadi.
Talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “NEMIS” — Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi orqali shakllantiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta, har yili 10 — 30-sentabr kunlari ko‘rib chiqadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
81. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
talabgorlarni saralash vazifasi yuklanadigan tanlov komissiyasi faoliyatini tashkil etadi;
talabgorlarning ta’lim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida ishlarni ko‘rib chiqish uchun ekspertlar guruhlarini tuzadi;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan birgalikda axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, xorijiy tillar bo‘yicha imtihon komissiyalarini tashkil etadi, test topshiriqlarini ishlab chiqadi;
tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining ish tartibini belgilaydi;
tanlov komissiyasi majlislarini o‘tkazish muddatlarini belgilaydi;
talabgorlar ekspert guruhlari tomonidan ko‘rsatkichlarini baholash natijalaridan norozi bo‘lganda, ularning shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha 5 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etadi.
82. Talabgorlarning hujjatlari (ko‘rsatkichlari) ekspert guruhlari tomonidan ko‘rib chiqilib, mazkur Nizomga ilovaga muvofiq baholash mezoni asosida baholanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va har bir nomli davlat stipendiyalari bo‘yicha qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Ekspert guruhi tomonidan har bir talabgorga qo‘yilgan ball ekspert guruhi faoliyati yakunlangandan so‘ng 24 soat muddatda “my.edu.uz” elektron tizimi orqali talabgorga ma’lum qilinadi.
83. Ekspert guruhi tomonidan qo‘yilgan ballardan (o‘z ko‘rsatkichlari bo‘yicha) norozi bo‘lgan talabgorlarga baholash natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat davomida “my.edu.uz” elektron tizimi orqali apellyatsiya arizasi berish imkoniyati yaratiladi.
Apellyatsiya arizalari apellyatsiya komissiyasi tomonidan arizalar sonidan kelib chiqqan holda, uch kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Apellyatsiya komissiyasi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqishda apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning barcha hujjatlarini mazkur Nizomga ilovaga muvofiq baholash mezoni asosida baholash mezoni asosida har tomonlama o‘rganadi.
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya arizasini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qo‘yilgan ballarni o‘zgarishsiz qoldiradi;
qo‘yilgan ballarni o‘zgartiradi.
84. Talabgorlar axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, xorijiy tillar bo‘yicha Agentlikda (hududlar bo‘yicha) maxsus test sinovlari topshiradilar. Bunda:
test sinovlari bo‘yicha o‘tish ballining quyi chegarasi to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizi hisoblanadi;
to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizidan past ball to‘plagan hamda test sinovlariga qatnashmagan talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilmaydi;
Agentlik bir kun muddatda yakuniy qaydnomalarni test sinovlari natijalari bilan birga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
(81 — 84-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
9. Talabgorlarning test sinovlari natijalari va ekspert guruhlarining baholash natijalari umumlashtirilib, ularning yakuniy ballari e’lon qilinadi.
Yakuniy ballar natijalariga ko‘ra har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ajratilgan kvotalar soniga muvofiq eng yuqori ball to‘plagan talabgorlar ro‘yxati ekspert guruhlarining bayonnomalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyasiga tavsiya etish uchun tanlov komissiyalariga taqdim etiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari ekspert guruhlarining bayonnomalari asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tashkil etilgan tanlov komissiyalari qaroriga asosan aniqlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
11. Tanlov komissiyalarining qabul qilingan qarorlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindori bo‘lgan talabalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
3-bob. Stipendiyalarni tayinlash va ularga beriladigan imtiyozlar
12. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori, ijrochi direktori)ning talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqidagi buyruqlarini rasmiylashtirishi uchun asos hisoblanadi.
Stipendiyalar 1-sentabrdan boshlab bir o‘quv yili uchun (talabalar safidan chetlatilganda shu oyga qadar) belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilgan holda tayinlanadi.
Nomli davlat stipendiyalari sovrindori bo‘lgan talabalarga muayyan ta’lim bosqichida nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qayta ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida g‘olib bo‘lgan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlangan quyidagi guvohnomalardan biri beriladi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi”;
“Beruniy nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Ibn Sino nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Navoiy nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Islom Karimov nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Bobur nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
“To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasining sohibi”.
Guvohnomalar talabalarning o‘qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/384/0613-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatgandan so‘ng ikki yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga tanlovlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Talabalarni kundalik darslarni o‘zlashtirmaganlik, o‘quv intizomini va odob-axloqni buzganlik uchun o‘quv yili mobaynida davlat stipendiyalaridan mahrum qilish oliy ta’lim muassasalari taqdimnomalariga binoan tegishli vazirliklar va idoralar buyruqlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
16. Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tayinlash bo‘yicha ariza va shikoyatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabgorlarning ko‘rsatkichlarini baholash mezoni
Talabgor tomonidan mustaqil tanlangan asosiy 2 ta ilmiy-tadqiqot ishi inobatga olinadi va har biri 15 ballgacha baholanadi*
Qolgan ilmiy-tadqiqot ishlari
10 ballgacha
Asosiy tanlangan 2 ta ilmiy-tadqiqot ishidan boshqa barcha ishlari inobatga olinadi va jami 10 ballgacha baholanadi
2.
Erishgan yutuqlari (Davlat mukofoti, xalqaro va respublika fan olimpiadasi hamda ko‘rik tanlovlar g‘olibligi, patent, ixtirolar va boshqalar)
20 ballgacha
Talabgorning tahsil olayotgan mutaxassisligiga mosligiga ustuvorlik beriladi
3.
Til bilish sertifikati (bakalavriat ta’lim yo‘nalishi xorijiy til bo‘lgan taqdirda, boshqa xorijiy tilni bilish sertifikati talab etiladi)
10 ballgacha
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro sertifikatlar inobatga olinadi. “B1” darajasidan past darajalar hamda amal qilish muddati o‘tgan sertifikatlar inobatga olinmaydi
4.
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari
30 ballgacha
To‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballga mutanosib ravishda hisoblanadi
Izoh.
1. *O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga talabgorlardan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos mavzuda kamida ikkita e’lon qilingan ilmiy-tadqiqot ishlari (ilmiy maqola, tezis va boshqalar)ning mavjudligi talab etiladi.
2. Quyidagilarga:
ilmiy ishlar, yutuqlar, natijalarga aynan talabaning muayyan ta’lim bosqichi davrida erishganligiga;
ilmiy-tadqiqot ishlarining izchilligiga, yakka mualliflikda hamda nufuzli nashrlarda chop etilganligiga;
ilmiy-tadqiqot ishlari, erishilgan natijalarning talabgor tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishiga mosligiga ustuvorlik beriladi.
3. Agar talabgor muqaddam davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan bo‘lsa, sovrindor bo‘lgan sanadan keyingi davrida erishgan natijalari va ilmiy-tadqiqot ishlari inobatga olinadi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 4-ILOVA
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.98.00 (Кучини йукотган) Olimpiada. Tanlovlar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
Respublika tanlovlari va sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
1. Mazkur Nizom Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi hamda Badiiy akademiya qarorlariga ko‘ra o‘tkaziladigan respublika musobaqalarini o‘quvchilarning badiiy-ijodiy ixtisosliklar bo‘yicha tanlovlarini, sportning shaxsiy va komanda turlari bo‘yicha sport musobaqalarini tashkil etishning umumiy prinsiplarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
2. Quyidagilar o‘quvchi yoshlar o‘rtasida tanlovlar, sport musobaqalari o‘tkazishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
o‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish;
o‘quvchilarda o‘zlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishni oshirish;
o‘quvchilarning kelajakdagi kasblarni to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish;
o‘quv-tarbiya jarayonini, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini takomillashtirish, ular tomonidan qobiliyatli o‘quvchilar bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan yakka tartibdagi ishlarni o‘tkazish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari o‘quvchilarining ikkita guruhi o‘rtasida o‘tkaziladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Badiiy akademiya tanlov ixtisosliklari va shartlar ro‘yxatini va tanlovlar shartlarini tasdiqlaydi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining musiqa fanlari bo‘yicha tanlovlari har uch yilda bir marta quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
1-bosqich — tuman, shuningdek hududi tumanlarga bo‘linmagan shahar bo‘yicha;
2-bosqich — viloyat bo‘yicha, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Toshkent shahrida;
3-bosqich — respublika bo‘yicha.
Tanlovlarning birinchi bosqichida o‘z ta’lim muassasalaridagi hisobot konsertlarida eng katta e’tibor qozongan o‘quvchilar ishtirok etadilar.
Ikkinchi bosqichda I, II, III o‘rinlarni egallagan, uchinchi — yakunlovchi bosqichda esa tanlovga tavsiya etilgan har qaysi ixtisoslik bo‘yicha faqat I o‘rinni egallagan o‘quvchilar ishtirok etadilar.
Professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari o‘quvchilarining ijodiy tanlovlari musiqa, raqs, teatr, folklor yo‘nalishlari ijrochilari o‘rtasida har ikki yilda bir marta, uch turda o‘tkaziladi.
(4-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
Ushbu tanlovlarga saralab olish va yuborish hisobot konsertlari yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tanlov turlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi belgilagan tartibda o‘tkaziladi. I, II, III o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar faqat so‘nggi tur yakunlari bo‘yicha aniqlanadi.
(4-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
O‘quvchilarning ijodiy tanlovlari bosqichlari va turlarini tashkil etish uchun mas’uliyat tegishli ravishda ta’lim muassasalarining rahbarlari zimmasiga, Badiiy akademiyaga, Madaniyat vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalariga yuklanadi.
(4-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
5. Respublika sport musobaqalari har yili sportning har xil turlari bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va umumta’lim maktablari komandalari o‘rtasida, o‘quv yili davomida, quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1-bosqich — mintaqalar bo‘yicha, bolalar sport maktablari, sport klubi yoki jamiyatlari tarkibida;
2-bosqich — respublika bo‘yicha, o‘sha komandalarda yoki mintaqa terma jamoasi tarkibida.
Sport musobaqalarining har bir bosqichi eng kuchli sportchilarni saralash xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
Xalqaro musobaqalarning sport turlari, o‘tkazish kalendari va musobaqa dasturi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining qarori bilan belgilanadi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Respublika musobaqalarining sport turlari, kalendari va dasturi O‘zbekiston Respublikasi Cport vazirligining qarori bilan tartibga solinadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
I, II, III o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar sportning har bir turi bo‘yicha aniqlanadi.
Sport musobaqalari bosqichlarini tashkil etish uchun mas’uliyat tegishlicha akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining hududiy bo‘linmalari, to‘rtinchi final bosqichi bo‘yicha esa — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sport vazirligi rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
6. G‘oliblarni taqdirlash Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
7. Respublika musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi, Badiiy akademiya hamda ularning hududiy bo‘linmalari o‘z buyruqlari bilan tashkiliy qo‘mitalar, jyurilar, hakamlar hay’atlari, apellyatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalarni tashkil etadilar.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Tashkiliy qo‘mitalar tanlovlar va musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni ta’minlaydilar, jyurilar, hakamlar hay’atlari, apellyatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalar tarkibini shakllantiradilar va tasdiqlaydilar, testlar va sinov topshiriqlarini tayyorlashni tashkil etadilar, baholash mezonlarini va yakunlar chiqarish tartibini tasdiqlaydilar, qatnashchilarning musobaqaga kelishi bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qiladilar.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Jyurilar, hakamlar hay’atlari g‘oliblarni aniqlaydilar va tanlovlar va musobaqalar yakunlarini protokol qaror bilan rasmiylashtiradilar.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Apellyatsiya komissiyalari tanlovlar va musobaqalar qatnashchilarining shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqadilar. Komissiyalarga, zarurat bo‘lganda, jyurilar, hakamlar hay’atlari qarorlarini bekor qilish va ularga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
8. Tanlovlar va musobaqalarning o‘tkazish muddatlari va joylari tegishli hokimliklar bilan kelishiladi, ular qatnashchilarni turar joy, oziq-ovqat bilan ta’minlashda va boshqa tashkiliy masalalarni hal etishda yordam ko‘rsatadilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
9. Akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilari musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi hamda Badiiy akademiya tomonidan tasdiqlanadigan, ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida tuzilgan smetalar bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tanlovlar va musobaqalar topshiriqlarining murakkabligiga qo‘yiladigan talablarning oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
11. Tanlov va musobaqaning har bir fani uchun xalqaro va respublika musobaqalari g‘oliblari test sinovisiz hamda qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning fan majmualaridan biriga imtiyoz beriladigan soha ixtisosliklari ro‘yxati har yili O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 5-ILOVA
Xalqaro va respublika tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(5-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
1. Ushbu Nizom badiiy-ijodiy ixtisosliklar bo‘yicha professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining tanlovlari, sport musobaqalari (Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha faqat oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga turlari bo‘yicha) g‘oliblariga tatbiq etiladi hamda ta’lim muassasalariga imtiyozli kirish va pul mukofotlari olish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
2. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oxirgi to‘rt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son)
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son)
22. Musiqa, raqs, teatr, folklor, shuningdek tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlaridagi respublika (1-o‘rin, jumladan “Turon” teatri, “Iqtidor ansambli”, “Jadidlar izidan” tanlovlarining respublika bosqichi g‘oliblari) va xalqaro tanlovlarda (1 — 3-o‘rinlar) g‘olib chiqqan professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilariga oliy ta’lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha bo‘yicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Bunda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari oliy ta’lim muassasalariga kirish yoshiga yetmagan taqdirda Bolalar musiqa va san’at maktablarida bepul o‘qishga (ota-onalar to‘lovidan ozod etiladi) ruxsat etiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan bo‘lsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi.
Agar ayrim ta’lim yo‘nalishlarida 1 ta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, abituriyentga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son)
4. Respublika (1-o‘rin) va xalqaro (1—5-o‘rinlar) shaxmat va shashka turnirlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilari pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
7. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari g‘oliblarini oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli qabul qilish ta’lim muassasasi ixtisosliklari bilan tanlovlar ixtisosliklari, sport turlarining soha bo‘yicha mos kelishiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
8. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari g‘oliblarini test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning fan majmualaridan biriga imtiyoz orqali oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar ta’sis etadigan maxsus guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Maxsus guvohnomalar ana shunday imtiyozlarga ega bo‘lgan g‘oliblarga beriladi va bu guvohnomalar oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun zarur hujjatlar bilan birga qabul komissiyasiga topshiriladi.
9. Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Madaniyat vazirligiga, Sport vazirligiga hamda Badiiy akademiyaga o‘zlari erishgan natijalarni tasdiqlovchi diplomlarni (1 — 3-o‘rinlar) yoki jyuri qarorini, sertifikatlarni (4-5-o‘rinlar) maxsus guvohnomalar berilishi uchun asos sifatida taqdim etadilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi hamda Badiiy akademiya nazorat tartibida, g‘oliblarga berilgan maxsus guvohnomalarning reyestri bilan bitiruvchilar ro‘yxatini test sinovlari o‘tkaziladigan kundan oldin O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etadilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
11. Xalqaro badiiy-ijodiy tanlovlar, Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarining g‘oliblari o‘zlarining ta’lim muassasasiga kirish bo‘yicha imtiyozli huquqlaridan uch yil mobaynida, respublika tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari esa — ular o‘tkazilgan kundan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
12. Xalqaro (1—5-o‘rinlar) va respublika (1—3-o‘rinlar) tanlovlari va musobaqalari g‘oliblariga sportning ham individual, ham jamoa turlari bo‘yicha diplomlar bilan birga ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq belgilangan miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
G‘oliblarga pul mukofotlari, tashkilotchilar ta’sis etgan sovrinlardan qat’i nazar, topshiriladi.
13. Tanlovlar va musobaqalar g‘oliblarini moddiy rag‘batlantirish uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi hamda Badiiy akademiya smetalarida nazarda tutiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
14. G‘oliblarga diplomlar, maxsus guvohnomalar va pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi hamda Badiiy akademiya tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
15. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingandan keyin tuziladigan guruhlar tarkibida xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalariga yuborish uchun ustunlikka ega bo‘lish huquqini oladilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
16. Maxsus guvohnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan tartib raqamiga ega bo‘lib, qat’iy hisobot hujjatlari toifasiga kiradi, imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestri Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar tomonidan shakllantirib boriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
G‘olibning surati bo‘lmagan guvohnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Maxsus guvohnoma yo‘qolganda yoki yaroqsizlanib qolganda dublikat berilmaydi.
17. G‘oliblarning oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga imtiyozli kirish masalalari bo‘yicha ariza va shikoyatlari qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 35-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori) 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda).