O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 182-modda, 1992-yil, № 9, 335-modda) o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-may,
77-II-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, uning iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini rag‘batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunchilik
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
(3-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;
savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik;
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.
5-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari hisoblanadilar.
6-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat obyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti bo‘lgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk obyektlariga nisbatan, tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonunchilik bilan taqiqlanganlarini istisno etganda, tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari bunday faoliyatni amalga oshirishda teng huquqlarga egadir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashish shakllarini mustaqil belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z xohishiga ko‘ra boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb qilish;
tashqi iqtisodiy faoliyat natijalariga, shu jumladan milliy va chet el valyutasidagi daromadga qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish.
(7-modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 182-moddasi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining majburiyatlari
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari:
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi hisobotni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etishi;
(8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning O‘zbekistonda belgilab qo‘yilgan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
(8-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:
xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;
tashqi savdo faoliyati;
chet el investitsiyalarini jalb qilish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati.
10-modda. Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik ishlab chiqarish, moliya, bank va sug‘urta faoliyati, ta’lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog‘liqni saqlash, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatishi va kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Tashqi savdo faoliyati
Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir.
Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar eksportidir.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib chiqib ketish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir.
O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) eksportidir.
Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) importidir.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1604-son qaroriga qarang.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
12-modda. Chet el investitsiyalarini jalb qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati obyektlariga hamda qonunchilikda taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy ne’matlarning barcha turlari hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olinadigan har qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(12-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi tadbirkorlik va boshqa faoliyat obyektlariga moddiy va nomoddiy ne’matlarni hamda ularga bo‘lgan huquqlarni qo‘yish bilan bog‘liq tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari harakatlarining yig‘indisi O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati deb e’tirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
(13-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
yuridik shaxslar tashkil etish yoki ustav fondlarida (kapitallarida) ulushbay asosda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar sotib olish yo‘li bilan qatnashish;
“O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish to‘g‘risida xabardor etish tartibi haqida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2457, 17.05.2013-y.)ga qarang.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vakolatxonalar, filiallar va boshqa alohida bo‘linmalar ta’sis etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan xorijiy davlatlarning rezidentlari tomonidan tasdiqlangan qarz majburiyatlarini sotib olish;
(13-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, izlab topish, qazib olish yoxud ulardan foydalanishga mo‘ljallangan konsessiyalarni qo‘lga kiritish;
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni.
mulk huquqini, shuningdek, yerga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritish.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 182-moddasi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati xorijiy davlatning qonunchiligida va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. Xorijiy davlatlarning va ular yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy davlatlarning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha vakolatxonalari O‘zbekiston Respublikasi tegishli xorijiy davlatlar bilan tuzadigan xalqaro shartnomalar asosida ta’sis etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ajnabiy yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq vakolatxonalar ochishga haqlidirlar.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang:Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-fevraldagi 76-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
15-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari huquq va manfaatlarining kafolatlari
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanishini kafolatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ulardan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olishga haqli emas.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining ushbu Qonunda belgilangan huquqlarini buzuvchi hujjatlar qabul qilgan taqdirda, ularga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikka muvofiq qoplanadi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15 va 990-moddalariga qarang.
16-modda. Axborot olish erkinligi
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi o‘z huquqlari va manfaatlariga daxldor bo‘lgan va maxfiy tusda bo‘lmagan axborotni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlaridan olishga haqlidir. Axborotning maxfiyligi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonunlariga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi va umummajburiy tusdagi qonunchilik hujjatlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari ulardan erkin foydalana olishlari shart.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va takomillashtirish;
valyuta bilan tartibga solish;
soliq bilan tartibga solish;
tarif va notarif tartibga solish;
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo‘llash;
tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, shu jumladan, miqdoriy cheklovlar o‘rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o‘rnatish;
Oldingi tahrirga qarang.
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab qilinadigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini belgilash;
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z xossa hamda xususiyatlariga ko‘ra yalpi qirg‘in qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazib berish vositalarini (raketalar va yalpi qirg‘in qurolini yetkazib berishga qodir boshqa texnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yarog‘ hamda harbiy texnikani yaratishda muhim hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan, eksport nazorati obyektlari ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan eksport nazoratini o‘rnatish;
(17-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni sertifikatlash;
Oldingi tahrirga qarang.
texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalarini belgilash;
(17-moddaning birinchi qismi o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun preferensiya va imtiyozlar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilikka muvofiq boshqacha usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
18-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini, iqtisodiy mustaqilligi va iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini ishlab chiqadi;
chet eldan olinadigan kreditlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini beradi;
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-noyabrdagi 534-son qarori bilan tasdiqlangan “Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(18-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi:
tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida tashqi savdo faoliyati subyektlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib turadi;
(19-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizom.
tashqi savdo faoliyati sohasiga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(19-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi:
investitsiyalar bo‘yicha yagona davlat siyosatini shakllantiradi va uning amalga oshirilishini hamda chet el investitsiyalari jalb qilinishini ta’minlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash va uni amalga oshirishga, shuningdek xalqaro moliya institutlari va chet ellik investorlar bilan investitsiya sohasidagi hamkorlikni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
investitsiya faoliyatiga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(19-moddaning uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Eksport, importni taqiqlash hamda cheklash
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik bilan tovarlar eksporti, importini taqiqlash hamda cheklash belgilanishi mumkin va ular quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
(20-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
milliy xavfsizlikni ta’minlash;
fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, hayvonot va o‘simlik dunyosini hamda atrof-muhitni muhofaza qilish;
ijtimoiy axloq-odobga va huquq-tartibotga rioya etish;
O‘zbekiston Respublikasi xalqining madaniy merosini saqlash;
madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqish, olib kirish va ularga bo‘lgan mulk huquqlarini boshqaga o‘tkazishdan himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini saqlab turish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish;
tiklab bo‘lmaydigan tabiiy resurslar tugatilishining oldini olish;
O‘zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlarini himoya qilish.
21-modda. Tovarlar ayrim turlarining eksport va importini litsenziyalash hamda kvotalash
Tovarlarning ayrim turlarini eksport va import qilish faqat ularni olib kirish yoki olib chiqish uchun tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olinganidan keyin amalga oshiriladi. Tovarlar ayrim turlarining eksporti va importini amalga oshirish uchun litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar tomonidan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim tovarlar turlarini eksport va import qilishga nisbatan miqdoriy cheklovlar (kvotalar) belgilashi mumkin.
Kvotalarni taqsimlash, qoida tariqasida, tanlov yoki kim oshdi savdosi asosida amalga oshiriladi.
Eksport va import qilinishi, litsenziyalanishi hamda kvotalanishi zarur bo‘lgan tovarlar ayrim turlarining ro‘yxati, shuningdek, litsenziyalarni berish va kvotalarni taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
22-modda. Eksport nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
O‘z xossa hamda xususiyatlariga ko‘ra yalpi qirg‘in qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazib berish vositalarini (raketalar va yalpi qirg‘in qurolini yetkazib berishga qodir boshqa texnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yarog‘ hamda harbiy texnikani yaratishda muhim hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan, eksport nazorati obyektlari ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilayotganda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek xalqaro majburiyatlarga rioya etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida eksport nazorati tizimi amal qiladi. Eksport nazorati obyektlari ro‘yxatlari, shuningdek ularni olib chiqish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Eksport nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining hamda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish
Xorijiy davlat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini buzuvchi choralar qabul qilingan taqdirda, shuningdek ushbu davlat xalqaro shartnomalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi oldida qabul qilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalari va prinsiplariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida javob choralarini kiritishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Muhofaza choralari
Tovar importining ko‘payganligiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan muhofaza choralari qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza choralarining qo‘llanilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi Qonunining II bo‘limi (6 — 9-moddalari)ga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. Antidemping bojlari
Demping narxlaridagi tovar importiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan antidemping bojlari qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Antidemping bojlarining qo‘llanilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi Qonunining III bo‘limi (10 — 15-moddalari)ga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Kompensatsiya bojlari
Subsidiya bilan ta’minlangan tovar importiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan kompensatsiya bojlari qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Kompensatsiya bojlarining qo‘llanilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi Qonunining IV bo‘limi (16 — 21-moddalari)ga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Olib kirilayotgan tovarlarga qo‘yiladigan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya va ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalari
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar O‘zbekiston Respublikasida belgilangan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya va ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga:
ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan standartlar, talablar, qoidalar va normalarga mos kelmaydigan tovarlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sertifikatga, markirovkaga yoki muvofiqlik belgisiga ega bo‘lmagan tovarlarni olib kirish taqiqlanadi.
(27-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
28-modda. Erkin iqtisodiy zonalar
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining hududida erkin iqtisodiy zonalar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatning alohida tartibi (bojxona, valyuta, soliq va boshqalar) o‘rnatilishi mumkin bo‘lib, u erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solib turiladi.
(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
29-modda. Erkin savdo
O‘zbekiston Respublikasi bojxona bojlari, soliqlar va ularga teng kuchga ega bo‘lgan yig‘imlarni bekor qilishga, tovarlarni eksport va import qilishning miqdoriy cheklovlariga, tovarlarning erkin harakat qilishi yo‘lidagi boshqa to‘siqlarni bekor qilishga qaratilgan erkin savdo to‘g‘risida xorijiy davlatlar bilan xalqaro shartnomalar tuzishi mumkin.
30-modda. Nizolarni hal qilish
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan nizolar shartnomada nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi. Shartnomada nizolarni hal qilishni tartibga soluvchi qoidalar bo‘lmagan taqdirda, qo‘llaniladigan huquq va hal qilinadigan joy xalqaro xususiy huquqning umum e’tirof etilgan normalariga muvofiq belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1190-moddasiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan nizolari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 171-moddasining uchinchi qismi, 176-moddasi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 148-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )