1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Gumanitar va texnik yordam]
“TASDIQLANGAN” O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi 16.03.1998-y.
3a-son qarori
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari A.A. AXUNOV
“TASDIQLANGAN” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirinng o‘rinbosari Sh. ABDULLAYEV 15.04.1998-y.
“TASDIQLANGAN” O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M. QUROLOV 30.04.1998-y.
“TASDIQLANGAN” O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari S. OLIMBOYEV
27.03.1998-y.
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish
Tartib
(Tartibning nomi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 18-mayda 438-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22 sentyabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-yanvardagi 31-son “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar grantlari bo‘yicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan tekin, gumanitar va texnik yordam tariqasida keltirilayotgan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarning (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar (bundan buyon matnda xulosa deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
(1.1-band O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
1.2. Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar grantlari bo‘yicha hamda tekin, gumanitar va texnikaviy yordam tartibidagi ilmiy hamkorlik sohasidagi xalqaro bitimlar doirasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olingan ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsiya dasturlari va loyihalarini bajarishga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari va moddiy-texnik zaxiralar xulosalarni berish obyekti hisoblanadi.
(1.2-band O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
1.3. Vazirlikning xulosasi xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalarning grantlari, shuningdek, ilmiy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida tekin gumanitar va texnik yordam tartibida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsion dasturlar hamda loyihalarni bajarishga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari va moddiy-texnik zaxiralarning oluvchisi hisoblangan jismoniy va yuridik shaxslarga beriladi.
(1.3-band O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
1.4. Grantlarni olgan jismoniy shaxslar daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishda grantlar bo‘yicha olingan daromadning qiymati, daromad solig‘i miqdori, Vazirlikning soliqqa tortish maqsadlari uchun yillik umumiy yillik daromaddagi chiqarib tashlangan mablag‘lar bo‘yicha xulosasini ko‘rsatadi.
(1.4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
Soliqqa tortish maqsadida grant qiymatini O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxsning hisobiga o‘tkazilgan yoki jismoniy shaxs tomonidan pul mablag‘larining olingan kunidagi kursiga binoan amalga oshiriladi.
1.5. Grantlar bo‘yicha keltiriladigan asbob-uskunalarning amortizatsiyasi va hisobdan chiqarish amaldagi qonunchilikka muvofiq umum qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
II. EKSPERTIZANI O‘TKAZISh VA XULOSALARNI BERISh TARTIBI
2.1. Olingan pul mablag‘lari, moddiy-texnika zaxiralari (asbob-uskunalar, jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari)ning ajratilgan grantlarning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi bo‘yicha xulosa Vazirlik tomonidan grantni oluvchi — ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsion dasturlar va loyihalar ijrochisining Innovatsion rivojlanish vaziri nomiga berilgan ushbu Tartibning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi arizasi asosida beriladi. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalardan grantlar ajratilganini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (shartnoma, grantni tuzish uchun berilgan ilmiy loyiha, ishlarni bajarish uchun kalendar reja, xarajatlar smetasi va ish maqsadini belgilovchi boshqa hujjatlar);
bajarish uchun olingan pul mablag‘lari yoki asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari)ni tasdiqlovchi xalqaro ilmiy va innovatsion dasturlardan ko‘chirma;
olingan pul mablag‘lari va moddiy-texnik vositalarni tasdiqlovchi va ularning ajratilgan grantlarning yoki xalqaro ilmiy dasturlar va ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro shartnomalar bo‘yicha loyihalarning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi bo‘yicha tadqiqot ishlarini bajarish uchun ekspertizasini o‘tkazishga imkon beruvchi boshqa hujjatlar.
Talabgor xulosa berish uchun Vazirlikka kiritilgan hujjatlardagi ma’lumotlar chinligi uchun javobgardir.
(2.1-band O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
2.2. Vazirlik ariza kelib tushgan sanadan boshlab 15 kun mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning ilmiy-texnikaviy ekspertizasini o‘tkazadi, uning natijalariga ko‘ra xulosa beriladi.
(2.2-band O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
2.3. Vazirlik arizada keltirilgan vositalar, asbob-uskunalarning xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalarning grantlariga, xalqaro ilmiy va innovatsion dasturlarga muvofiqligini aniqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha ekspertizani o‘tkazadi. Ekspertizaga respublikaning ixtisoslashtirilgan muassasalari va tashkilotlari ekspertlari jalb etilishi mumkin. Bunda, ekspertiza o‘tkazilganligi va xulosa taqdim etilganligi uchun ariza beruvchidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra, ekspertiza uchun talablarga to‘liq muvofiq keladigan arizaning hujjatlari bilan qabul qilib olingandan keyin 10 ish kunidan kechiktirmasdan yuridik va jismoniy shaxslar uchun 2-shakl bo‘yicha (2-ilova), jismoniy shaxslar uchun 3-shakl bo‘yicha (3-ilova) Vazirlik blankasida rasmiylashtirilgan, rahbariyat tomonidan imzolangan xulosa beriladi.
(2.3-band O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
2.4. Xulosaning asl nusxasi subyekt — grantni oluvchining qo‘liga, uning notarial tasdiqlangan nusxalari esa soliq, bojxona va bank muassasalariga taqdim etiladi.
III. GRANTLARNI OLGAN ShAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZLAR
3.1. Jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan yillik umumiy daromadiga xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalarning grantlari bo‘yicha hamda Vazirlikning xulosalari asosida ilmiy sohadagi xalqaro shartnomalar doirasida olingan pul mablag‘lari summasi kiritilmaydi.
(3.1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
Mazkur imtiyoz, grant oluvchilar bilan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar va xizmatlarni bajarishga tuzilgan shartnomalar asosida grant oluvchi — yuridik shaxslardan foyda olgan grantlarning ijrochilari — jismoniy shaxslarga ham tatbiq etiladi.
3.2. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalarning grantlari, shuningdek, ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro shartnomalar bo‘yicha bajariladigan ilmiy va innovatsion dasturlarni amalga oshirish uchun keltiriladigan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) bojxona rasmiylashtiruvida undiriladigan bojxona boji, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘idan ozod etiladi.
(3.2-band O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
3.3. O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida keltirilgan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) reyestrini yuritadi va belgilangan tartibda nazoratini amalga oshiradi.
(3.3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
Xorijdan keltirilgan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) begonalashtirilgan holatda barcha to‘lovlar va soliqlar grant oluvchi tomonidan belgilangan tartibda to‘lanadi.
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibiga 1-ILOVA
1-shakl Tashkilot blankasida
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga
Ilova qilingan materiallarni xorijdan grant asosida keltirilgan pul mablag‘lari va asbob-uskunalar bo‘yicha xulosa berish uchun ko‘rib chiqishingizni so‘rayman.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibiga 2-ILOVA
2-shakl
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga
_____________-son XULOSA
Toshkent sh.
20__ yil “___”___________
Ushbu orqali O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tasdiqlaydiki, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-yanvardagi 31-son “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar grantlari bo‘yicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq,
(ish, ilmiy va innovatsion topshiriq (loyiha)ning nomi)
bajarish uchun keltirilgan __________________ ming so‘m qiymatidagi pul mablag‘lari, qiymatidagi ______________________________________________________________ _________________________________________________________________________
(asbob-uskunalar, jihozlar, materiallar axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari)
grant maqsadlari va vazifalariga muvofiq keladi.
Xulosa O‘zbekiston Respublikasining soliq, bojxona idoralari va bank muassasalariga taqdim etish uchun berildi.
Vazir ___________________
_____________
(imzo)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibiga 3-ILOVA
3-shakl
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga
_____________-son XULOSA
Toshkent sh.
20__ yil “___”___________
Ushbu orqali O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tasdiqlaydiki, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-yanvardagi 31-son “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar grantlari bo‘yicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” qaroriga muvofiq,
(ish, ilmiy yoki innovatsion topshiriq yoki loyihaning nomi)
bajarish uchun olgan __________________________ ming so‘m qiymatidagi pul mablag‘lari grantning maqsadlari va vazifalari muvofiq keladi hamda uning yillik umumiy daromadiga kiritilmaydi.
Xulosa O‘zbekiston Respublikasining soliq, bojxona organlari va bank muassasalariga taqdim etish uchun berildi.
Vazir ___________________
_____________
(imzo)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 6-q/q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 19-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 16-avgustdagi 2022-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 11-avgustdagi 13/02-22-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 438-5, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son)
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2001-yil 21-avgustdagi 16, 89, 2001-84, 02/20-15-son (ro‘yxat raqami 438-1, 2001-yil 29-avgust), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnika taraqqiyoti bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashi ћuzuridagi fan va texnologiya bo‘yicha markazi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2002-yil 14-noyabrdagi 3, 123, 2002-83, 01-02/20-46-son (ro‘yxat raqami 438-2, 2002-yil 26-noyabr) va 2003-yil 5-noyabrdagi 10, 115, 2003-75, 01-02/8-45-son (ro‘yxat raqami 438-3, 2003-yil 21-noyabr), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maћkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2007-yil 30-yanvardagi 1, PA/12-06-14/10, 2007-10, 01-02/20-6-son (ro‘yxat raqami 438-3, 2003-yil 21-noyabr) qarorlari bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/438-5/0814-son