O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 26-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2355]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 14-avgustdagi 2020-31-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2355-2, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2355-2/1196-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Rais B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-mart,
2012/17-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 30-martdagi 2012/17-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (bundan keyingi o‘rinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) tomonidan o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni (bundan keyingi o‘rinlarda bitimlar to‘g‘risidagi axborot deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga (bundan keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi) taqdim etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
I bob. Bitimlar to‘g‘risidagi axborotni shakllantirish hamda uni Qo‘mitaga taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qo‘mitaga taqdim etiladigan bitimlar to‘g‘risidagi axborot Markaziy depozitariyga investitsiya vositachilari tomonidan taqdim etiladigan bitimlar to‘g‘risidagi axborot va Markaziy depozitariyda ro‘yxatga olingan bitimlar to‘g‘risidagi axborot asosida shakllantiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2355-1, 18.03.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 11-son, 109-modda)
2. Markaziy depozitariy har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan Qo‘mitaga bitimlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi.
3. Markaziy depozitariy bitimlar to‘g‘risidagi axborotni Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri to‘g‘risidagi nizomning ilovasida nazarda tutilgan ma’lumotlar doirasida (ro‘yxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) Qo‘mitaga taqdim etadi.
4. Elektron raqamli imzoning ochiq kalitlari Markaziy depozitariy va Qo‘mita o‘rtasida o‘zaro almashinadi.
Elektron hujjatni yuborishda Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatiga ega bo‘lgan elektron raqamli imzo kalitidan foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Aksiyalarga doir bitimlarni ro‘yxatga oluvchi investitsiya vositachilari bitimlar to‘g‘risidagi axborotni har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning birinchi ish kunidan kechiktirmay Markaziy depozitariy tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi (bundan keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladigan ma’lumotlar formati shifrlangan elektron hujjat ko‘rinishida Markaziy depozitariyga taqdim etadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2355-1, 18.03.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 11-son, 109-modda)
6. Zarur bo‘lgan hollarda, ma’lumotlar formati Markaziy depozitariy tomonidan Qo‘mita va vakolatli organ bilan kelishilgan holda o‘zgartirilishi mumkin.
7. Markaziy depozitariy va Qo‘mitaga bitimlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etganlik uchun haq olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Investitsiya vositachisi tomonidan Markaziy depozitariyga taqdim etilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, ushbu investitsiya vositachisi bunday holat yuz berganligini bilgan paytdan boshlab besh kun mobaynida:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2355-1, 18.03.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 11-son, 109-modda)
taqdim etilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotning noto‘g‘riligi to‘g‘risida Markaziy depozitariyni xabardor qilishi;
taqdim etilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni tuzatishga doir choralar ko‘rishi;
tuzatilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni Markaziy depozitariyga taqdim etishi lozim.
9. Markaziy depozitariy ikki ish kuni mobaynida:
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya vositachisidan bitimlar to‘g‘risidagi axborotning noto‘g‘riligi to‘g‘risidagi xabarnomani olgach, bu haqda Qo‘mita hamda vakolatli organni xabardor qilishi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2355-1, 18.03.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 11-son, 109-modda)
tuzatilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni olgach, uni belgilangan tartibda Qo‘mitaga taqdim etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Markaziy depozitariy tomonidan ro‘yxatga olingan Qo‘mitaga taqdim etilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, Markaziy depozitariy bunday holat yuz berganligini bilgan paytdan boshlab besh kun mobaynida:
bu haqda Qo‘mita va vakolatli organni xabardor qilishi;
bitimlar to‘g‘risida taqdim etilgan axborotni tuzatishga doir choralar ko‘rishi;
bitimlar to‘g‘risidagi tuzatilgan axborotni belgilangan tartibda Qo‘mitaga taqdim etishi lozim.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2355-1, 18.03.2016-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 11-son, 109-modda)
II bob. Bitimlar to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish
10. Bitimlar to‘g‘risidagi axborot maxfiy hisoblanadi.
11. Taqdim etilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotdan Qo‘mita tomonidan soliq to‘lovchilarning yuzaga kelgan majburiyatlarini aniqlash maqsadidagina foydalaniladi.
12. Markaziy depozitariydan olingan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni saqlash va foydalanishning maxsus rejimi Qo‘mita tomonidan ta’minlanadi.
III bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
13. Investitsiya vositachilari Markaziy depozitariyga taqdim etiladigan bitimlar to‘g‘risidagi axborotning to‘liqligi va ishonchliligi uchun javobgardirlar, mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2355-1, 18.03.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 11-son, 109-modda)
14. Markaziy depozitariy bitimlar to‘g‘risidagi axborotni Qo‘mitaga taqdim etmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganligi yoxud buzib ko‘rsatgan holda taqdim etganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 174-moddasi.
16. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan kelishilgan.
Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori v. v. b. A. OBIDOV
2012-yil 30-mart
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori Sh. ABDUJABBAROV
2012-yil 30-mart
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 17-son, 199-modda; 2016-y., 11-son, 109-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2355-2/1196-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)