|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.01.2019
|
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 22-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2439]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 7-yanvardagi 1, 2019-04-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2439-7, 21.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 93, 2015-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-2, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4 va 4 (I)-son, 49-modda)
1. Quyidagi soliq hisobotining shakllari tasdiqlansin:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha 1-ilovaga muvofiq;
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2-ilovaga muvofiq;
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha 3-ilovaga muvofiq;
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
aksiz soligʻi boʻyicha 4-ilovaga muvofiq;
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
Har bir jismoniy shaxs kesimida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari summalari toʻgʻrisidagi maʼlumot 4a-ilovaga mkvofiq;
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 20-noyabrdagi 160 va 2017-62-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2439-5, 29.11.2017-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2017-y., 10/17/2439-5/0335-son)
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va tijoratbop topilma bonusi boʻyicha 5-ilovaga muvofiq;
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 21-fevraldagi 16 va 2017-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-4, 14.03.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 11-son, 178-modda)
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha 6-ilovaga muvofiq;
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha 7-ilovaga muvofiq;
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 8-ilovaga muvofiq;
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq boʻyicha 9-ilovaga muvofiq;.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari boʻyicha 10-ilovaga muvofiq;
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar boʻyicha 11-ilovaga muvofiq;
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
davlat boji boʻyicha 12-ilovaga muvofiq;
yagona soliq toʻlovi boʻyicha 13-ilovaga muvofiq;
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
yagona yer soligʻi boʻyicha 14-ilovaga muvofiq;
(14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 21-fevraldagi 16 va 2017-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-4, 14.03.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 11-son, 178-modda)
qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha 15-ilovaga muvofiq;
(15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 25-martdagi 19 va 2016-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-3, 21.04.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 171-modda)
bozorlar tomonidan olingan daromadlar boʻyicha 16-ilovaga muvofiq;
(16-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar boʻyicha 17-ilovaga muvofiq.
(17-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 21-fevraldagi 16 va 2017-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2439-4, 14.03.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 11-son, 178-modda)
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2012-yil uchun soliq hisoboti 2012-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 2011-yil 30-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 238-modda).
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-mart,
23-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-mart,
2013-8-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-(I)-son, 162-modda; 2014-y., 24-son, 300-modda; 2015-y., 4 va 4 (I)-son, 49-modda; 2016-y., 16-son, 171-modda; 2017-y., 11-son, 178-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2017-y., 10/17/2439-5/0335-son, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)