|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2025
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZiRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIning
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIning
Qarori
Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-avgustdagi 9-2019/k/q, 32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1026-1, 30.08.2019-y.) tahririda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 13-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1026]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 33-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3594, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-apreldan davlat reyestridan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 10-dekabrdagi 594-son qarorining 4-bandi ijrosini davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-avgustdagi 9-2019/k/q, 32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1026-1, 30.08.2019-y.) tahririda)
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va Moliya vazirligi tomonidan 1995-yil 7-apreldagi 175/03-1, 21-2/119-son bilan tasdiqlangan “Uchquduq, Zaravshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun maxsus to‘lov tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2001-yil 5-aprel,
2-son
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2001-yil 5-aprel,
33-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2001-yil 1-apreldagi 2 va 33-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risida
nizom
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-avgustdagi 9-2019/k/q, 32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1026-1, 30.08.2019-y.) tahririda)
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 10-dekabrdagi 594-son “Qizilqumnodirmetaloltin” konserni va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar va ishchilar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning 4-bandiga asosan ishlab chiqilgan.
Nizom Uchquduq, Zaravshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududida joylashgan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr uchun ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lash tartibini belgilaydi.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-avgustdagi 9-2019/k/q, 32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1026-1, 30.08.2019-y.) tahririda)
§ 1. Muayyan davr uchun ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar miqdori
1. Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar, xodimning yuqorida keltirilgan shaharlardagi budjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
|
Oylik to‘lovlarning miqdori, oylik tarif stavkasining yoki lavozim okladining ulushida belgilanadi |
||
|
3 yilgacha |
0,25 |
|
|
3 yildan 5 yilgacha |
0,5 |
|
|
5 yildan ortiq |
0,75 |
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-avgustdagi 9-2019/k/q, 32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1026-1, 30.08.2019-y.) tahririda)
2. Muayyan davr ishlaganlik uchun belgilangan miqdordagi oylik to‘lovlarning to‘lanish huquqi, xodimlar budjet muassasalari va tashkilotlarida ishlay boshlagan paytidan boshlab kelib chiqadi.
Misol uchun, xodim 2000-yilning 1-iyulidan ishga qabul qilingan va 2000-yilning 1-iyuldan unga muayyan davr uchun stavka (oklad)ning 0,25 foiz miqdorida oylik haq to‘lanadi.
§ 2. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ish staji
3. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiritiladi:
1) Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi budjet tashkilotlarida ishlagan davri;
2) Xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin amaldagi qonunchilikka asosan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi budjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davr.
(3-bandning “1” va “2” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-avgustdagi 9-2019/k/q, 32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1026-1, 30.08.2019-y.) tahririda)
31. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa tashkilotdan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi budjet tashkilotlariga ishga kirganda, ish staji saqlanib qolinadi.
Bunda, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa tashkilotdagi (Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi budjet tashkilotlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 5-F-son farmoyishiga asosan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tizimidan Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tashqari) ish staji, budjet tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lanishi huquqini beradigan ish stajiga kiritilmaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 31-2022/QQ-son va Moliya vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2026-2, 10.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 10/22/1026-2/1009-son)
4. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida avtomatik tarzda shakllantiriladigan, QR-kod bilan tasdiqlangan elektron mehnat daftari xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 31-2022/QQ-son va Moliya vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2026-2, 10.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 10/22/1026-2/1009-son)
Mehnat daftarchasida aks ettirilmagan ish staji, xodim ishlagan muassasa va tashkilot rahbari tomonidan imzolangan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi mumkin.
§ 3. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlarni hisoblash tartibi
5. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar xodimning oylik tarif stavkasi yoki lavozim okladidan kelib chiqib hisoblanadi.
6. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar shu oy davomida ishlagan vaqti, mehnat ta’tili va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri uchun ham, shuningdek, amaldagi qonunchilikka asosan xodimning to‘liq yoki qisman oylik ish haqi saqlangan davrlari uchun to‘lanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-bobi.
7. Agar xodim kalendar oyi davomida ish muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lov olish huquqi paydo bo‘lsa, ushbu to‘lovni birinchi hisoblash ushbu to‘lovni olish huquqi paydo bo‘lgandan keyin ishlagan vaqt uchun amalga oshiriladi.
8. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar rayon koeffitsiyentlari va cho‘l, suvsiz, baland tog‘ hududlarida ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar qo‘llaniladigan mehnat haqiga qo‘shib hisoblanadi.
9. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar pensiyalar, mehnat ta’tili uchun beriladigan haq, ishdan bo‘shatish nafaqasi, xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi vaqtida tan jarohati yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni qoplashda o‘rtacha oylik ish haqini hisoblash, shuningdek, o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish talab etiladigan holatlarda inobatga olinadi.
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 7-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 10.11.2022-y., 10/22/1026-2/1009-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi 10.11.2022-y., 10/22/1026-2/1009)