BOZORLAR VA SAVDO KOMPLEKSLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Respublika bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, aholiga xizmat koʻrsatish darajasini oshirish va savdo qilish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlariga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Qoidalar talablarini, shu jumladan joylarda seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish yoʻli bilan, ommaviy axborot vositalarini keng jalb qilgan holda tushuntirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-avgust,
253-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish
qoidalari
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy atamalar va tushunchalardan foydalanilgan:
dehqon (oziq-ovqat) bozori — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda doimiy yoki vaqtinchalik asosda faoliyat koʻrsatadigan hamda savdo rastalari, savdo oʻrinlari va turgʻun savdo shoxobchalari (shu jumladan savdo pavilyonlari)dan foydalangan holda keng turdagi qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarining va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning chakana savdosi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga moʻljallangan mulkiy kompleks;
chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar bozori — yuridik shaxsning alohida boʻlinmasi hisoblanadigan, dehqon (oziq-ovqat) bozorining chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar sotiladigan filiali;
ilgari foydalanishda boʻlgan mol-mulkni sotish bozori — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ixtisoslashuvi majburiy tartibda koʻrsatilgan holda belgilanadigan muayyan kunlar va joylarda ilgari foydalanishda boʻlgan nooziq-ovqat tovarlari va mol-mulkning chakana savdosi amalga oshiriladigan bozor;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
dam olish kuni yarmarkasi — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining bevosita qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan sotish uchun muayyan vaqtga (odatda dam olish kunlariga) shart-sharoitlar yaratish uchun maxsus ajratilgan hudud.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
3. Dehqon (oziq-ovqat) bozori, chorva mollari, parrandalar va hayvonlar sotish bozori, ilgari foydalanishda boʻlgan mol-mulkni sotish bozori (keyingi oʻrinlarda bozor deb ataladi) hududida joylashgan turgʻun chakana savdo obyektlari faoliyati va umumiy ovqatlanish xizmatlari koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish (xizmatlar koʻrsatish) qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Bozor Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida tashkil etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
6. Qarorda bozorning joylashgan oʻrni, ixtisoslashuvi, ish tartibi, undagi savdo oʻrinlarining soni va joylashishi majburiy tartibda belgilanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
7. Bozor faoliyatini tashkil etish bozor tashkil etish uchun ajratilgan yer uchastkasini ijaraga oluvchi yuridik shaxs tomonidan taʼminlanadi. Koʻrsatib oʻtilgan yuridik shaxs aksiyadorlik jamiyati shaklida yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi, uning muassislaridan bittasi majburiy tartibda ustav fondidagi ulushi kamida 51 foiz boʻlgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi boʻlishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
8. Tashkil etilayotgan bozorlar ustav fondining eng kam miqdori yuridik shaxslarning tegishli tashkiliy-huquqiy shakllari uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorga muvofiq boʻlishi kerak.
9. Bozorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Bozorlarni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun.
III. Bozor hududini obodonlashtirishga, obyektlarni joylashtirishga va bozorni jihozlashga qoʻyiladigan umumiy talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
11. Bozorda quyidagilar boʻlishi kerak:
asfaltlangan (chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar sotish bozoridan tashqari), yaxshi yoritilgan, yondosh hududdan toʻsiq bilan ajratilgan savdo maydoni;
bozorda ish vaqti tugagandan keyin yopiladigan kirish va chiqish joylari;
bozorning nomi, ixtisoslashuvi va ish tartibi koʻrsatilgan holda davlat tilida rasmiylashtirilgan peshlavha;
jihozlangan va tartib raqamlari qoʻyilgan turgʻun hamda mavsumiy savdo rastalari va savdo qilish uchun joylar, turgʻun savdo shoxobchalari (shu jumladan pavilyonlar). Bunda bozor maʼmuriyati tasdiqlagan va bozor obyektlarining joylashish sxemasi koʻrinarli joyga osilgan va obyektlarning amalda joylashgan oʻrni, shuningdek bozor rastalari va savdo oʻrinlarining joylashishi xaridorlarning bozorda erkin yurishini hamda savdo rastalari va joylariga bemalol borishini taʼminlashi kerak;
davlat soliq xizmati organlari, hududiy ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Sanepidqoʻm deb yuritiladi) hududiy organlari, tibbiyot punkti, davlat veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi yoki davlat veterinariya xizmati organlarining tayanch punktlarini joylashtirish uchun xonalar (mol goʻshti va oʻsimliklardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda);
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
buyumlarni saqlash joylari, dezinfeksiyalovchi moddalarni saqlash, goʻsht mahsulotlarini maydalash (goʻsht sotishda) uchun alohida xonalar;
sotuvchilar va xaridorlar uchun aravachalarni prokatga berish punkti;
oʻlchov–tortish vositalarini prokatga berish punkti (ilgari foydalanishda boʻlgan mol-mulkni sotish bozorlaridan tashqari);
avariya hamda favqulodda vaziyatlar holatlarida yongʻinni oʻchirish va aholini xabardor qilish vositalari;
bozorlar hududida va unga tutash hududlarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, jamoat hojatxonalari, suv quvurlari, yuz-qoʻl yuvgichlar, axlat toʻplagichlar, radiouzel va boshqa zarur infratuzilma obyektlari.
12. Bozor hududi dehqon (oziq-ovqat) bozori, chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar bozori, ilgari foydalanishda boʻlgan mol-mulkni sotish bozori bir-biri bilan yondosh boʻlmasligi sharti bilan aniq ajratib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Bozor hududi savdo kompleksi bilan yondosh boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
13. Bozor hududida quyidagilar taqiqlanadi:
obyektlarni joylashtirishning tasdiqlangan sxemasidan tashqari qoʻshimcha savdo oʻrinlarini tashkil etish;
yuklarni tashish uchun moʻljallangan vositalar (konteynerlar)dan oziq-ovqat tovarlarini sotish;
nooziq-ovqat tovarlarini sotish, turgʻun savdo shoxobchalari orqali sotish bundan mustasno;
oziq-ovqat tovarlarini avtomashinalardan sotish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ixtisoslashgan avtotransport va asbob-uskunalardan (avtolavkalar, avtodoʻkonlar, izotermik sigʻimlar, tirik baliq sotish uchun avtoakvariumlar va shu kabilardan) sotish bundan mustasno;
alkogolli mahsulotlarni sotish (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, bozor hududida joylashgan turgʻun savdo shoxobchasi bundan mustasno);
audiovizual asarlar, fonogrammalar, EHM uchun dasturlar va ularning moddiy jismlari, kompyuter va maishiy texnikani sotish (bozor hududida joylashgan turgʻun savdo shoxobchasi bundan mustasno);
qimmatbaho metallar va toshlarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni sotish (bozor hududida joylashgan turgʻun savdo shoxobchasi bundan mustasno);
xorijiy valyutani sotish (tijorat banklarning belgilangan tartibda jihozlangan va faoliyat koʻrsatuvchi valyuta ayirboshlash shoxobchalari bundan mustasno);
(13-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
dori-darmon vositalarini sotish (dorixonalardan tashqari);
veterinariya preparatlari va biologik preparatlarni sotish (ixtisoslashtirilgan dorixonalar va zoologiya doʻkonlaridan tashqari);
bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini sotish (davlat sanitariya nazorati talablariga muvofiq maxsus jihozlangan hamda ushbu mahsulotlarni saqlash va sotish shart-sharoitlari taʼminlangan turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqari);
bulka nonlar sotish (bozor hududida joylashgan turgʻun savdo shoxobchasi bundan mustasno);
uyda tayyorlangan oziq-ovqat tovarlarini sotish (ularni qonun hujjatlarida belgilangan normalar va qoidalarga rioya etgan holda sotish bundan mustasno);
qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa tovarlar va buyumlarni sotish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
14. Tanishish uchun qulay joylarda quyidagilar oʻrnatiladi:
a) tovar turlarining asosiy guruhlari boʻyicha savdo zonalari koʻrsatkichlari;
b) savdo zonalari, umumiy ovqatlanish va servis xizmati koʻrsatish obyektlari, maʼmuriy binolar, davlat soliq xizmati organi, davlat veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi yoki bozordagi davlat veterinariya xizmati organining binosi (chorva mollari va oʻsimlik mahsulotlarini sotishda), nazorat oʻlchovi tarozilari, prokat punktlari, bozorlar hududida va ularga tutash hududlarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, jamoat hojatxonalari va boshqa obyektlarning joylashish sxemasi koʻrsatilgan stendlar;
v) favqulodda vaziyatlar roʻy berganda bozorni evakuatsiya qilish sxemasi;
g) bozordagi kirish joylarida axborot stendi, unda sotuvchilar va bozorga keluvchilar uchun quyidagilar boʻladi:
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Qoidalarning matnlari;
savdo faoliyatini va tovarlarning ayrim turlarini sotishni tartibga soluvchi qoidalar;
bir martalik yigʻim, ijara toʻlovi, koʻrsatiladigan majburiy va boshqa xizmatlar roʻyxati va qiymati, shuningdek bozorda savdo oʻrinlarini berish hamda xizmatlar koʻrsatish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi axborotlar;
bozor maʼmuriyatining, tuman (shahar) hokimligining, davlat veterinariya xizmati, Sanepidqoʻm, davlat soliq xizmati, ichki ishlar hududiy organlarining telefon raqamlari.
(14-band “g” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
15. Savdo operatsiyalari oʻlchash-tortish vositalaridan (tarozilar, tarozi toshlari, oʻlchovli sigʻimlar, metrlar va boshqalardan) foydalangan holda amalga oshiriladigan bozorlarda metrologik qoidalar va normalar talablariga muvofiq boʻlgan oʻlchov anjomlari mavjud boʻlishi shart.
Tarozilar va boshqa oʻlchov anjomlari sotuvchining ish joyida tortib koʻrish, qiymatini aniqlash va tovarni berish boʻyicha barcha jarayonlarning koʻrinib turishi taʼminlangan holda oʻrnatilishi kerak.
16. Bozor hududidagi maxsus ajratilgan joylarda umumiy ovqatlanish, servis xizmati koʻrsatish va tijorat banklari obyektlari (filiallar, mini-banklar, bank kassalari, inkassatsiya punktlari) joylashtiriladi.
17. Bozorlarda sanitariya kunlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
18. Bozor hududida tovarlarni tashishni va bozorda savdo jarayonini tashkil etish tovarlarni tashib keltirish (qabul qilib olish), saqlash va sotish uchun zarur sharoitlarni toʻliq taʼminlashi kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
20. Bozor hududida savdoni amalga oshirishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalarini yoki virtual kassalarni va bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallarini qoʻllash qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va avtomatlashtirilgan hisobga olishning bank tizimi orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun beriladigan cheklar nazorat-kassa mashinalari yoki bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilib olish boʻyicha toʻlov terminallarining cheklariga tenglashtiriladi.
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qoʻllaniladigan nazorat-kassa mashinalari, virtual kassalar yagona texnik talablarga muvofiq boʻlishi kerak va belgilangan tartibda majburiy sertifikatsiyalanishi zarur.
Sertifikatga ega boʻlmagan yoki belgilangan yagona texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan yoki virtual kassalardan foydalangan holda chek berish aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
IV. Bozorni boshqarish, sotuvchilarning va bozor maʼmuriyatining huquq va majburiyatlari
21. Bozorni boshqarish bozor maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi, unga ushbu Qoidalar va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish uchun javobgarlik yuklanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
22. Bozorda sotuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Qoidalar talablariga muvofiq savdo faoliyatini amalga oshirish;
bozor maʼmuriyatidan ushbu Qoidalarga muvofiq ishlash uchun shart-sharoitlar bilan taʼminlashni talab qilish;
bozor maʼmuriyatidan bozorning ish tartibi va rejimi boʻyicha zarur tushuntirishlar olish;
bozor maʼmuriyati tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlardan foydalanish;
oʻzlarining faoliyati nazorat organlari tomonidan tekshirilayotganda bozor maʼmuriyati xodimlarini taklif etish;
bozor maʼmuriyatiga bozor faoliyatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
23. Sotuvchilar bozorda quyidagilarga majbur:
bozorda savdo faoliyatini amalga oshirishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatga, bir martalik yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi chekga, xususiy tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga (oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlarni, shuningdek ilgari foydalanishda boʻlgan tovarlarni sotish holatlaridan tashqari) va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarga ega boʻlish;
faqat bozor maʼmuriyati tomonidan belgilangan joylardagina savdo qilish;
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
savdo oʻrinlarini toza va tartibli saqlash;
bozor maʼmuriyati va nazorat qiluvchi organlarning qonuniy talablarini bajarish;
ushbu Qoidalarga va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya etish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
24. Bozor maʼmuriyati quyidagi huquqlarga ega:
yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga bozorda savdo faoliyatini amalga oshirish hamda xizmatlar koʻrsatish uchun shartnoma asosida turgʻun savdo shoxobchalari berish;
bozorlarda jismoniy shaxslarga faqat ularda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjud boʻlganda, ular bir martalik toʻlovni toʻlashgan taqdirda yozma shartnomalar tuzmasdan savdo oʻrinlari berish (oʻzlari yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, chorva mollarini, parrandalar va boshqa hayvonlarni, shuningdek ilgari foydalanishda boʻlgan tovarlarni sotish bundan mustasno);
shartnoma asosida qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish;
nazorat organlari vakillari bozorlarda oʻz funksiyalarini amalga oshirayotganda ularga hamrohlik qilish;
ijarachilar tomonidan ijara toʻlovi toʻlanmaganda, shuningdek bozorda savdo faoliyatini amalga oshirishga qonunda belgilangan talablar bir necha marta buzilganligi holatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda savdo oʻrinlari taqdim etish, turgʻun savdo shoxobchalarini ijaraga berish yuzasidan ular bilan tuzilgan shartnomalarni muddatidan oldin bekor qilish.
Bozor hududida tarozilar va boshqa oʻlchov anjomlarini prokatga berish, yuk saqlash joylarini tashkil etish, yuklarni tashish uchun aravachalarni ijaraga berish boʻyicha xizmatlar faqat belgilangan tariflarga muvofiq bozor maʼmuriyati tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
25. Bozor maʼmuriyati quyidagilarga majbur:
sotuvchilar va oʻz xodimlari tomonidan ushbu Qoidalarga va belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
dehqon bozorlarida sotuvchilarni qatʼiy ajratilgan savdo oʻrinlari boʻyicha joylashtirish;
savdo oʻrinlari berishda bir martalik yigʻim undirilishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriyat bilan ijaraga oluvchi oʻrtasida tuziladigan ijara shartnomasi asosida har oylik ijara toʻlovining oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish;
koʻrsatilayotgan va boshqa xizmatlar uchun bir martalik yigʻim, ijara toʻlovlari va boshqa tushumlarning bank tizimi orqali avtomatlashtirilgan hisobga olish yoʻli bilan bank kassalari orqali qabul qilinishini taʼminlash;
mahalliy budjetlarga, shuningdek budjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalarga toʻlovlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash;
bozor ishlarini va bozor faoliyati bilan bogʻliq jarayonlarni savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilovchi va atrof muhitni muhofaza qilishni, bozor joylashgan hududdagi epidemiologik, epizootik va ekologik xavfsizlikni taʼminlovchi veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga qatʼiy muvofiq holda tashkil etish;
bozorga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining ekspress analiz laboratoriyasini tashkil etib tegishli sertifikat berish va tegishli sertifikatga ega boʻlmagan mahsulotlarni sotishni taqiqlash;
jamoat tartibini saqlash, qoʻriqlashni tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish, bozorning normal faoliyat koʻrsatishi uchun, shu jumladan uning energiya, issiqlik va suv taʼminoti boʻyicha zarur sharoitlarni taʼminlash;
sotuvchilar va xaridorlar uchun aravachalar prokati punktlari ishi, oʻlchash vositalari va saqlash kameralari uchun masʼullarni tegishli buyruq bilan tayinlash;
300 ta va undan ortiq turgʻun savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlari mavjud boʻlgan bozor hududlarida va bozorga tutash hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallari bilan jihozlashni taʼminlash, avtotransport vositalarining kirishi va chiqishi vaqtini qayd etish funksiyasiga ega boʻlgan elektron hisoblagichlarni majburiy tartibda oʻrnatish;
(25-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
bozor maydonini, maʼmuriy-xoʻjalik binolarini, umumiy ravishda foydalaniladigan joylarni zarur sanitariya-texnik holatda saqlash;
yondosh hududlarning oʻz vaqtida yigʻishtirilishi va obodonlashtirilishini taʼminlash;
qattiq maishiy chiqindilar, yirik hajmli axlatlar, turli xil idishlar va shu kabilarning tashib ketilishini taʼminlash.
26. Bozor maʼmuriyati:
sotuvchilarning tegishli texnik talablarga, sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlgan anjomlarga ehtiyojini;
xaridorlarga xizmat koʻrsatish chogʻida paydo boʻladigan nizoli vaziyatlarning sabablarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilishini;
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
banklarning inkassatsiya punktlari va kassalari ishi uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishini, bir martalik yigʻim, ijara toʻlovlari va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun tushumlarning banklar kassalariga topshirilishini taʼminlashga koʻmaklashishni, bozorlar va ularning filiallari hududida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd tushumining belgilangan tartibda inkassatsiya qilinishi (topshirilishi)ni taʼminlaydi.
(26-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
27. Bozor maʼmuriyati nazorat qiluvchi organlar vakillariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshirishlarni amalga oshirishda koʻmaklashadi, aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻradi. Zarurat boʻlganda, bozor maʼmuriyati nazorat organlari xodimlariga tekshirishlarni oʻtkazish davri uchun xonalar ajratadi.
28. Bozor maʼmuriyati isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi, bozorlarning faoliyati, belgilangan savdo qoidalarining bajarilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Bozor hududida yer uchastkalari ajratishga (dehqon (oziq-ovqat) bozorlari hududida qonun hujjatlariga muvofiq zamonaviy savdo majmualari qurish uchun yer uchastkalari ajratish bundan mustasno), shuningdek bozorga tegishli koʻchmas mulk obyektlarining jismoniy va yuridik shaxslarga mulk qilib berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 282-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 363-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
29. Bozor maʼmuriyati rahbariyati ushbu Qoidalarga rioya qilinmaganligi yoki bozor maʼmuriyati xodimlari va sotuvchilar tomonidan ularga rioya etilishi yuzasidan zarur nazoratning yoʻqligi uchun javob beradi.
Bozor maʼmuriyati rahbarlari bir martalik yigʻimlarning, ijara toʻlovlarining va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishi taʼminlanmaganligi, shuningdek savdo oʻrinlarining jismoniy shaxslarga ularning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasiz berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin, oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, chorva mollarini, parrandalar va boshqa hayvonlarni, shuningdek ilgari foydalanishda boʻlgan tovarlarni sotish holatlari bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207-moddasi.
V. Savdo oʻrinlarini berish va bozorning ish rejimi
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
30. Bozorda savdo oʻrinlari jismoniy shaxslarga faqat ularning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjud boʻlgan taqdirda beriladi, oʻzini oʻzi band qilgan holda savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar hamda oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, chorva mollari, parrandalar va boshqa tovarlarni, shuningdek, ilgari foydalanishda boʻlgan tovarlarni sotish holatlari bundan mustasno.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga hamda oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish uchun jismoniy shaxslarga oʻrinlar ushbu qoidalarga ilovaga muvofiq tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan va sotilayotgan mahsulot jismoniy shaxs tomonidan unga yoki uning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat (maʼlumotnoma) taqdim etilgan taqdirda beriladi.
Maʼlumotnomada jismoniy shaxs doimiy yashaydigan joyning manzili, yer uchastkasining joylashgan joyi va maydoni koʻrsatiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
31. Bozorlarda bir savdo oʻrni oʻlchami koʻpi bilan 1,2 pogon metr etib belgilanadi, poliz mahsulotlari, gullar va koʻchatlar, idishli va oʻramli mahsulotlar sotishda esa 6,0 kv. metrga teng oʻlchamda belgilanadi. Belgilangan oʻlchamdan ortiq boʻlgan har bir oʻrin uchun bozor maʼmuriyati tomonidan toʻliq miqdorda toʻlov undiriladi.
32. Savdo oʻrnini yoki uning bir qismini uchinchi shaxsga berish taqiqlanadi.
33. Bozorning ish rejimi bozorni tashkil etishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorida belgilanadi.
34. Bozor hududidagi alohida savdo obyektlarining ish vaqti bozorning umumiy ish rejimi bilan tartibga solinadi.
35. Rejali sanitariya-texnik ishlarni amalga oshirish uchun bozor yopilganda bozor maʼmuriyati oldindan, mazkur ishlarni amalga oshirishdan oldin yetti ish kunidan kechikmay sotuvchilar, aholi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organini bozorning yopilishi sabablari va davri toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
36. Bozor ishlagan vaqtda alohida savdo obyektini (pavilyonni, turgʻun savdo shoxobchasini) yopish zarur boʻlgan taqdirda sotuvchi xaridorlar uchun obyektning yopilish davri toʻgʻrisidagi eʼlonni osib qoʻyishi, obyekt ish vaqtining 1 soatidan koʻproq vaqtga yopilgan taqdirda esa xaridorlar uchun eʼlondan tashqari – bu haqda bozor maʼmuriyatini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
37. Bozor avariya va favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tadbirlarni bajarish uchun yopilgan taqdirda eʼlon sotuvchilar, xaridorlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga darhol yetkaziladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
VI. Bozorlar daromadlarining manbalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
38. Quyidagilar bozorlar daromadlarining manbalari hisoblanadi:
bir martalik yigʻimdan tushumlar;
ijara toʻlovidan olingan daromadlar;
sotuvchilar va xaridorlarga xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
avtotransport vositalarining vaqtincha saqlash xizmatlari koʻrsatishdan tushgan daromadlar;
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 282-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 363-modda)
bozor maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi tovarlarini tayyorlash, xarid qilish va sotishdan (dehqon bozorlari uchun) olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar.
39. Bozorga soliq solish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 461-moddasi.
VII. Bir martalik yigʻimni, ijara toʻlovlarini, koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni undirishni tashkil etish
40. Bozor maʼmuriyati bir martalik yigʻim toʻlovini, ijara toʻlovlarini, koʻrsatiladigan majburiy va boshqa xizmatlar uchun toʻlovni undirishning barcha sotuvchilar uchun qulay shart-sharoitlari yaratilishi uchun javob beradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
41. Bozor maʼmuriyati quyidagilarni tashkil etishi shart:
bozor hududida savdoni amalga oshirish shart-sharoitlariga oid davlat tilida yozilgan plakatlar, tushuntirish jadvallarini bir martalik yigʻim, ijara toʻlovi stavkalarini, shuningdek koʻrsatiladigan majburiy va boshqa xizmatlar roʻyxati va qiymatini qayd etgan holda, koʻrinarli joyga joylashtirish;
tegishli tarzda, shu jumladan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallari bilan jihozlangan, bir martalik yigʻimni, ijara toʻlovlarini va koʻrsatiladigan xizmatlar haqini undirishning xodimlar (kassirlar) doimiy ravishda ish joyida boʻlishlari kerak boʻlgan turgʻun punktlarini tashkil etish.
(41-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Bir martalik yigʻim, ijara toʻlovlari, koʻrsatiladigan xizmatlar haqi undiriladigan turgʻun punktlar soni 100 sotuvchiga (savdo oʻrinlariga) 1 ta punkt hisobidan kelib chiqqan holda belgilanishi kerak;
bozorda savdo qilganlik uchun bir martalik yigʻimni undirishning asosiy shartlarini, sotuvchi va xaridorlarga koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati va qiymatini radiouzel orqali muntazam ravishda maʼlum qilib borish;
bir martalik yigʻimni toʻlashdan bosh tortgan sotuvchilarni aniqlash maqsadida savdo rastalari va umuman bozor hududini nazoratchilar tomonidan muntazam ravishda aylanib chiqish;
savdoni amalga oshirish, bir martalik yigʻimni toʻlash tartibini buzuvchi shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan jarimalar qoʻllanilishi zarur boʻladigan holatlarda davlat soliq xizmati organlari va huquqni muhofaza qilish organlari bilan tezkor aloqa oʻrnatish ishlarini tashkil etish.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
42. Bozor maʼmuriyati tomonidan bir martalik yigʻimni, koʻrsatilgan xizmatlar uchun va ijara toʻlovlarini qabul qilish fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar va bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallari majburiy qoʻllangan holda amalga oshiriladi.
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
100 ta va undan koʻp turgʻun (dehqon (oziq-ovqat) bozorlari uchun 50 ta va undan ortiq savdo oʻrinlari) savdo shoxobchalariga ega boʻlgan bozorlarda va ularning filiallarida hamda ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar faqat bank tizimi orqali avtomatlashtirilgan hisobga olish yoʻli bilan, yigʻimning toʻliqligini davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan har kuni tekshirgan holda undiriladi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 282-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 363-modda)
Bunda bir martalik yigʻimni toʻlash savdo oʻrni berishda, savdo boshlangunga qadar amalga oshiriladi. Chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlarni sotish bozorlarida bir martalik yigʻim bozor hududiga kirishda undiriladi.
Bir martalik yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisida sotuvchiga beriladigan chekda bozorning nomi, bozorni soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami (STIR), chek berilgan vaqt va sana, toʻlovning nomi (bir martalik yigʻim toʻlovi), toʻlov summasi, oʻrin raqami, sotiladigan tovarning nomi, nazorat-kassa mashinasi yoki toʻlov terminalining raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Onlayn nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassadan foydalanishga oʻtgan bozorlar tomonidan sotuvchilarga taqdim qilingan chekda bozorning nomi, bozorning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami (STIR), chek berilgan vaqt va sana, toʻlovning nomi (bir martalik yigʻim toʻlovi), toʻlov summasi, oʻrin raqami, sotiladigan tovarning nomi, shuningdek, QR-kod va fiskal belgi majburiy tartibda aks ettiriladi. Ushbu maʼlumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
43. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni undirish bozorlarda hisobga olish xodimlari (kassirlar) tomonidan sotuvchilarga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallari cheki berilgan holda amalga oshiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
44. Bir martalik yigʻimni, ijara toʻlovlarini, bozorlarda koʻrsatilgan xizmatlar haqini undirish va undan tushgan tushumlar hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
45. Bir martalik yigʻim toʻlovi bozorlarda chakana savdo qiluvchi jismoniy shaxslardan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi.
46. Bozor maʼmuriyati tomonidan undiriladigan bir martalik yigʻim toʻlovi, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar haqi miqdorlari har yili hududiy moliya organlari va davlat soliq xizmati hududiy organlari bilan kelishgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 282-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 363-modda)
Bozor hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tushirish maqsadida avtomashinalarning kirishi uchun toʻlov undirilmaydi.
VIII. Bozorlarda tovarlarni sotishga qoʻyiladigan talablar
47. Quyidagilar dehqon bozorlarida sotiladigan tovarlarning asosiy turlari hisoblanadi:
qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlari, ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar, yordamchi xoʻjaliklar va hunarmandchilik korxonalari mahsulotlari;
koʻchatlar, urugʻliklar, gullar va gul koʻchatlari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
48. Dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish:
jismoniy shaxslar — dehqon, fermer va tomorqa xoʻjaliklari vakillari, bogʻbonlar va polizchilar, yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — jihozlangan savdo oʻrinlarida, bir martalik yigʻimni majburiy toʻlagan holda;
(48-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 09/21/391/0590-son)
yuridik shaxslar — qishloq xoʻjaligi korxonalari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va savdo korxonalari tomonidan — ijara shartnomasi shartlarida turgʻun savdo shoxobchalari orqali, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalarini yoki virtual kassalarni va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallarini majburiy qoʻllagan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul tushumini topshirgan holda amalga oshiriladi.
(48-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Bozorlarda yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash natijasida olingan tovarlarni turgʻun savdo shoxobchalari orqali, bozor maʼmuriyati bilan ijara shartnomasi shartlarida, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalarini yoki virtual kassalarni va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallarini majburiy qoʻllagan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul tushumini topshirgan holda sotishga ruxsat etiladi.
(48-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
49. Dehqon bozorlarida savdo-xarid qilish korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish, tayyorlash va sotish ham amalga oshirilishi mumkin.
50. Goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, baliq, goʻsht va baliqdan tayyorlangan pazandalik mahsulotlarini, qandolatchilik mahsulotlarini sotish Sanepidqoʻm, veterinariya xizmati talablariga muvofiq maxsus jihozlangan hamda ushbu mahsulotni saqlash va sotishning zarur shart-sharoitlarini taʼminlovchi, umumiy ravishda foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan pavilyonlarda amalga oshiriladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
51. Bozorda import qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga faqat ushbu bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda ruxsat etiladi.
Import tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni keltiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak hamda u respublika hududlariga tovarlar keltirganligi faktini, ushbu tovarlarning bojxonada rasmiylashtirilganligini, muvofiqlik sertifikati borligini, bojxona toʻlovlari va belgilab qoʻyilgan soliqlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi kerak.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
52. Bozorda nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari (ilgari foydalanishda boʻlgan tovarlardan tashqari) bilan chakana savdo qilish faqat fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallari majburiy qoʻllangan holda turgʻun savdo obyektlari orqali amalga oshiriladi.
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini savdo rastalarida sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
53. Bozorlarda xaridorlarga qulaylik yaratish uchun savdo oʻrinlari va rastalarda oʻrash materiallari (qogʻoz va polietilen paketlar, savatlar, joʻnatish qutilari) sotishga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
54. Bozor hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishda sotuvchilarda quyidagilar boʻlishi lozim:
sotilayotgan mahsulotning veterinariya qoida va normalari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasining yoki davlat veterinariya xizmati organining xulosasi;
bir martalik yigʻim va koʻrsatilgan xizmatlar toʻlovi toʻlanganligini tasdiqlovchi chek.
Ushbu hujjatlar sotuvchida butun ish vaqti davomida saqlanadi hamda bozor va davlat soliq xizmati organlari masʼul xodimlarining birinchi talabiga koʻra koʻrsatiladi.
IX. Ilgari foydalanishda boʻlgan mol-mulkni sotish bozorlari faoliyatining xususiyatlari
55. Ilgari foydalanishda boʻlgan xoʻjalik tovarlari va maishiy texnika, mebel, kiyim-bosh, qurilish materiallari, transport vositalari, shu jumladan ularga ehtiyot qismlar va ilgari foydalanishda boʻlgan boshqa tovarlar ilgari foydalanishda boʻlgan mol-mulkni sotish bozorida sotiladigan tovarlarning asosiy turlari hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
56. Ilgari foydalanishda boʻlgan mol-mulkni sotish bozori hududida:
obyektlarni joylashtirishning tasdiqlangan sxemasidan tashqari qoʻshimcha savdo oʻrinlari tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini va ularni qayta ishlash mahsulotlarini sotish (ularni bozor hududida joylashgan turgʻun savdo shoxobchalari orqali sotish bundan mustasno);
yangi import va mahalliy isteʼmol tovarlarini hamda boshqa yangi mol-mulkni sotish (ularni bozor hududida joylashgan turgʻun savdo shoxobchalari orqali sotish bundan mustasno);
tovarlarni avtomashinalar yoki konteynerlardan sotish;
tayyor armiya anjomlarini va belgilangan namunadagi formali kiyim-boshni, harbiy turdagi boshqa tovarlarni, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar shtampi bosilgan choyshablar, ichki ishlar organlarida qoʻllaniladigan maxsus vositalar va maxsus aslaha-anjomlarni sotish;
sotilishi qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa tovarlar va buyumlarni sotish taqiqlanadi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
58. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari davlat soliq xizmati organlari, ichki ishlar organlari, Sanepidqoʻm hududiy organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida dam olish kuni yarmarkalarini tayyorlash, oʻtkazish va yopish boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshiradilar.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
59. Dam olish kuni yarmarkalari hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va ularni qayta ishlashdan olingan tovarlarni, shuningdek ilgari foydalanishda boʻlgan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini sotishga ruxsat etiladi.
60. Dam olish kuni yarmarkalari hududida savdo oʻrinlari bepul beriladi.
61. Dam olish kuni yarmarkalarida mahsulotlar tovarga oid hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda sotiladi.
Tovarga oid hujjatlar sotuvchida butun ish vaqti davomida saqlanadi va nazorat organlari hamda shahar (tuman) hokimliklarining birinchi talabiga koʻra koʻrsatiladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
XI. Bozorlar faoliyatini nazorat qilish
62. Bozorlar, unga tutashib ketgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ular hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, ular tomonidan ushbu Qoidalarga, soliq toʻgʻrisidagi qonunlarga, savdo faoliyatini tartibga soluvchi normalar va qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
63. Soliq organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarga isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoat tashkilotlari, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boʻlinmalari vakillari jalb etilishi mumkin.
64. Bozorda sanitariya va veterinariya normalari va qoidalariga, shuningdek standartlarga, yongʻin xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish tegishli ravishda Sanepidqoʻm organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining davlat veterinariya xizmati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
65. Ushbu Qoidalarga rioya etilishi yuzasidan ijro va nazoratni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlariga, shuningdek bozorlar maʼmuriyatiga yuklanadi.
66. Mazkur Qoidalarning buzilishiga yoʻl qoʻygan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekitson Respublikasi Jinoyat kodeksi maxsus qismining III boʻlimi.
67. Bir martalik yigʻimlarni va koʻrsatiladigan xizmatlar haqini, ijara toʻlovlarini toʻlamasdan faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
XII. Bozor (bozordagi savdo obyekti) faoliyatini toʻxtatib turish uchun asos hisoblanadigan qonun buzilishlari roʻyxati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
68. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan quyidagi qonun buzilishlari mavjud boʻlganda bozor (bozordagi savdo obyekti) faoliyati vaqtincha toʻxtatib turilishi mumkin:
yer uchastkasidan foydalanish huquqini belgilovchi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar mavjud boʻlmaganda, shuningdek yer uchastkasidan belgilangan maqsaddan boshqa maqsadda foydalanilganda;
bozor (bozordagi savdo obyekti)ni tashkil etish va undan foydalanishda sanitariya va veterinariya qonun hujjatlari normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri xavfli epidemiya va yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab boʻladigan tarzda buzilishi holatlari belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda;
bozorni tashkil qilish va undan foydalanishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlarining, ekologiya talablarining buzilishi holatlari belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda;
yongʻinga qarshi xavfsizlik talablariga rioya qilinmaganda;
fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalarini yoki virtual kassalarni va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallarini qoʻllanish, shuningdek naqd tushumni banklar kassalariga topshirish tartibi muntazam ravishda buzilganda;
(68-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
bozorni ixtisoslashtirishning ushbu Qoidalarda belgilangan talablari buzilganda.
69. Koʻrsatilgan qonun buzilishlari aniqlanganda nazorat organlari oʻz vakolatlari doirasida tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdimnomalar kiritadi, agarda oʻn ish kun ichida bartaraf etilmagan taqdirda, ular asosida bozor faoliyatini oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish haqida sudga murojaat qiladi.
(69-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
70. Yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlari toʻliq bartaraf etilgandan keyin, faoliyatni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ koʻrsatib oʻtilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida bozor (bozordagi savdo obyekti) faoliyatini qaytadan tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
XIII. Bozor faoliyatini toʻxtatish
71. Bozor faoliyati:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasi toʻxtatilganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tomonlardan birining tashabbusiga koʻra yer uchastkasining ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bozorni joylashtirishga ajratilgan yer uchastkasi davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda toʻxtatiladi.
(maʼlumotnomani bergan mansabdor shaxsning F.I.O.)
___________________
20___ yil “___” __________
(imzo)
(sana)
M.Oʻ.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish
qoidalari
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida savdo komplekslari faoliyatini tashkil etishni tartibga soladi.
2. Ushbu Qoidalarda savdo kompleksi deganda chakana savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasining turgʻun obyektlari joylashgan yagona yer uchastkasida qurilgan bino va (yoki) inshootga yoxud binolar va (yoki) inshootlar kompleksiga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda egalik qiluvchi yuridik shaxs tushuniladi.
3. Savdo kompleksi hududida joylashgan chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari koʻrsatishning turgʻun obyektlari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish (xizmatlar koʻrsatish) qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Savdo komplekslarini tashkil etish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
4. Savdo kompleksi faoliyatini tashkil etish yuridik shaxs tomonidan unga foydalanish uchun yoxud ijaraga berilgan yer uchastkasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlanadi. Savdo kompleksi faoliyat koʻrsatishi uchun foydalanishga berilgan yer uchastkasidan boshqa maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrsatib oʻtilgan yuridik shaxs har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etiladi.
Faoliyat koʻrsatayotgan bozor negizida qayta tashkil etilgan savdo kompleksining muassislaridan bittasi majburiy tartibda ustav fondidagi ulushi kamida 51 foiz boʻlgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi boʻlishi kerak.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
5. Savdo kompleksi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida tashkil etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
6. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining savdo kompleksini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorida savdo kompleksining joylashgan oʻrni, undagi turgʻun savdo shoxobchalarining soni belgilab qoʻyiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
7. Tashkil etilayotgan savdo komplekslari ustav fondining eng kam miqdori yuridik shaxslarning tegishli tashkiliy-huquqiy shakllari uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorga muvofiq boʻlishi kerak.
8. Oʻzbekiston Respublikasining har qanday yuridik va jismoniy shaxslari savdo kompleksining muassislari boʻlishi mumkin.
9. Savdo komplekslarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Savdo komplekslarini qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun.
III. Savdo komplekslariga qoʻyiladigan umumiy talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
10. Savdo kompleksida quyidagilar boʻlishi kerak:
uning ish vaqti tugagandan keyin yopiladigan kirish va chiqish joylari;
savdo kompleksining nomi, ixtisoslashuvi va ish tartibi koʻrsatilgan, davlat tilida rasmiylashtirilgan peshlavha;
tartib raqamlari qoʻyilgan turgʻun savdo shoxobchalari (shu jumladan pavilyonlar), shuningdek savdo kompleksi maʼmuriyati tasdiqlagan va koʻrinarli joyga osilgan savdo kompleksi obyektlarining joylashish sxemasi. Bunda savdo oʻrinlarining joylashishi xaridorlarning savdo kompleksida erkin yurishini taʼminlashi kerak;
buyumlarni saqlash joylari;
tovarni turgʻun savdo shoxobchalariga yetkazish uchun aravachalarni prokatga berish punkti;
xarid qilingan tovarlarni avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarigacha yoki savdo kompleksi hududidagi yoxud unga yondosh koʻchalargacha olib borish uchun, aravachalarning qaytarilishi uchun zarur choralarni nazarda tutgan holda, aravachalarni olish va topshirish uchun barcha qulayliklarni yaratib, xaridorlarga bepul aravachalar berish punkti;
avariya hamda favqulodda vaziyatlar holatlarida yongʻinni oʻchirish va aholini xabardor qilish vositalari;
ijarachilar va xaridorlar uchun savdo kompleksi hududida va unga tutash hududlarda avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, jamoat hojatxonalari, suv quvurlari, yuz-qoʻl yuvgichlar, axlat toʻplagichlar, kiyimni kiyib koʻrish kabinalari va boshqa zarur infratuzilma obyektlari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
11. Savdo kompleksi hududida quyidagilar taqiqlanadi:
turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqarida nooziq-ovqat va oziq-ovqat tovarlarini sotish;
avtomashinalardan va yuklarni tashish uchun moʻljallangan vositalar (konteynerlar)dan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini sotish;
vakolatli banklarning belgilangan tartibda jihozlangan va faoliyat koʻrsatuvchi valyuta almashtirish shoxobchalaridan tashqari, xorijiy valyuta sotish;
qonun hujjatlarida taqiqlangan tovarlar va boshqa buyumlarni sotish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
12. Tanishish uchun qulay joylarda quyidagilar oʻrnatiladi:
a) tovar nomenklaturasining asosiy guruhlari boʻyicha savdo zonalari koʻrsatkichlari;
b) savdo zonalari, umumiy ovqatlanish va servis xizmati koʻrsatish obyektlari, maʼmuriy binolar, namoyish qilish xonasi yoki stendi, nazorat oʻlchovi tarozilari, savdo kompleksi hududida va unga tutash hududlarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, jamoat hojatxonalari va boshqa obyektlarning joylashish sxemasi koʻrsatilgan stend;
v) favqulodda vaziyatlar roʻy berganda savdo kompleksini evakuatsiya qilish sxemasi;
g) axborotlar stendi, unda sotuvchilar va savdo kompleksi xaridorlari uchun:
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Qoidalarning matnlari;
savdo faoliyatini va tovarlarning ayrim turlarini sotishni tartibga soluvchi qoidalar;
savdo kompleksida binolarni ijaraga berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek koʻrsatiladigan majburiy xizmatlarning roʻyxati va qiymati;
bozor maʼmuriyatining, tuman (shahar) hokimligining, davlat soliq xizmati, ichki ishlar hududiy organlarining telefon raqamlari.
13. Savdo operatsiyalari oʻlchash-tortish vositalaridan (tarozilar, tarozi toshlari, oʻlchovli sigʻimlar, metrlar va boshqalardan) foydalangan holda amalga oshirilishi kerak boʻlgan turgʻun shoxobchalarda metrologik qoidalar va normalar talablariga muvofiq boʻlgan oʻlchov anjomlari mavjud boʻlishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
14. Savdo kompleksi hududida maxsus ajratilgan joylarda:
umumiy ovqatlanish, servis xizmati koʻrsatish obyektlari;
ishlab chiqaruvchi korxonalarga (shartnoma shartlarida) istiqbolli tovarlarni koʻrsatish, ularning taqdimotlarini, reklama kompaniyalarini oʻtkazish imkoniyatini yaratish uchun namoyish qilish xonasi yoki stend;
savdo kompleksida faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning har kunlik tushumini qabul qilish uchun banklarning filiallari yoki kassalari, shuningdek inkassatsiya punktlari joylashtiriladi.
15. Savdo kompleksida sanitariya kunlari savdo kompleksi maʼmuriyati tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilanadi.
16. Savdo kompleksi hududida tovarlarni tashishni tashkil etish xaridorlarning savdo kompleksida erkin yurishiga toʻsqinlik qilmasligi va tovarlarni tashib keltirish (qabul qilib olish), saqlash va sotish uchun zarur sharoitlarni toʻliq taʼminlashi kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
17. Savdo komplekslari hududidagi turgʻun savdo shahobchalarida savdoni amalga oshirishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalarini yoki virtual kassalarni va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallarini qoʻllash tartibi majburiy hisoblanadi.
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qoʻllaniladigan nazorat-kassa mashinalari, virtual kassalar yagona texnik talablarga muvofiq boʻlishi va belgilangan tartibda majburiy sertifikatlanishi kerak.
Sertifikatga ega boʻlmagan yoki belgilangan yagona texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan yoki virtual kassalardan foydalangan holda chek berish aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
18. Mijozlarning savdo kompleksi hududiga kirishi – bepul.
IV. Savdo kompleksini boshqarish. Sotuvchilarning va savdo kompleksi maʼmuriyatining huquq va majburiyatlari
19. Savdo kompleksini boshqarish savdo kompleksi maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi, unga ushbu Qoidalarga hamda savdo faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik yuklanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
20. Oʻz faoliyatini savdo kompleksida joylashgan turgʻun savdo shoxobchalari orqali amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi oʻrinlarda savdo subyektlari deb ataladi) quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Qoidalarga muvofiq savdo faoliyatini amalga oshirish;
savdo kompleksi maʼmuriyatidan ushbu Qoidalarga muvofiq ishlash uchun shart-sharoitlar bilan taʼminlashni talab qilish;
savdo kompleksi maʼmuriyatidan savdo kompleksining ish tartibi va rejimi boʻyicha zarur tushuntirishlar olish;
savdo kompleksi maʼmuriyati tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlardan foydalanish;
oʻzlarining faoliyati nazorat organlari tomonidan tekshirilgan taqdirda savdo kompleksi maʼmuriyati xodimlarini taklif etish;
savdo kompleksi maʼmuriyatiga savdo kompleksi faoliyatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
21. Savdo subyektlari quyidagilarga majbur:
tegishli peshlavha shaklida oʻz tashkilotining firma nomini (nomi, ramzi yoki tovar belgisini), yakka tartibdagi tadbirkorning nomini, joylashgan joyini (pochta manzilini) va ish rejimini (ishning boshlanish va tugash vaqtini, tushlik paytini, dam olish kunlarini) isteʼmolchiga maʼlum qilish;
savdo faoliyatini amalga oshirishda turgʻun savdo shoxobchasi ijarasi toʻgʻrisidagi shartnomaga va ijara toʻlovi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatga, yuridik shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarga ega boʻlishi kerak. Ushbu hujjatlar davlat soliq xizmati organlari masʼul xodimlarining birinchi talabiga koʻra koʻrsatiladi;
naqd tushumni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bankka inkassatsiya qilish (topshirish);
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
ijara toʻlovini oʻz vaqtida toʻlash;
faqat savdo kompleksi maʼmuriyati tomonidan belgilangan joylarda savdo qilish;
savdo shoxobchalarini toza va tartibli saqlash;
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilish, texnik va yongʻin signalizatsiyasi vositalari (priborlari) mavjud boʻlishini taʼminlash;
savdo kompleksi maʼmuriyati va nazorat organlarining qonuniy talablarini bajarish;
yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar raqamli platformalarda generatsiya qilingan elektron toʻlovlarni qabul qiluvchi maxsus QR-kodga, yuridik shaxslar esa banklarda generatsiya qilingan yagona QR-kodga ega boʻlishi va ular orqali toʻlovlarni qabul qilish imkoniyatini yaratish;
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
ushbu Qoidalar normalariga va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya etish.
Turgʻun savdo shoxobchasining ijara huquqlarini uchinchi shaxsga berish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
22. Savdo kompleksi maʼmuriyati quyidagi huquqlarga ega:
savdo kompleksida savdo faoliyatini amalga oshirish va xizmatlar koʻrsatish uchun yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil qilmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga shartnoma asosida turgʻun savdo shoxobchalari berish. Turgʻun savdo shoxobchalarining ijara huquqi yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil qilmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ochiq tanlov savdolari oʻtkazish natijalari boʻyicha beriladi;
shartnoma asosida qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish;
nazorat organlari vakillariga ular savdo komplekslarida oʻz funksiyalarini amalga oshirayotganda hamrohlik qilish;
ijaraga oluvchilar bilan tuzilgan turgʻun savdo shoxobchalarining ijara shartnomasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish va unga oʻzgartirishlar kiritish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Tarozilar va boshqa oʻlchov priborlarini ijaraga berish, yuk saqlash joylarini tashkil etish, sotuvchilar va xaridorlar uchun aravachalarni ijaraga berish boʻyicha xizmatlar faqat savdo kompleksi maʼmuriyati tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
23. Savdo kompleksi maʼmuriyati quyidagilarga majbur:
savdo subyektlari va oʻz xodimlari tomonidan ushbu Qoidalarga va belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
savdo kompleksi ishlarini va uning faoliyati bilan bogʻliq jarayonlarni savdo faoliyatini amalga oshirishni belgilovchi va savdo kompleksi joylashgan hududda atrof muhitni muhofaza qilishni, epidemik va ekologik xavfsizlikni taʼminlovchi qoidalar va normalarga qatʼiy muvofiq ravishda tashkil etish;
savdo kompleksining normal faoliyat koʻrsatishi uchun jamoat tartibini saqlash, qoʻriqlashni tashkil etish, shu jumladan uning energiya, issiqlik va suv taʼminoti yuzasidan zarur sharoitlarni taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
buyumlarni saqlash joylari hamda sotuvchilar va xaridorlarga aravachalarni prokatga berish punktlari ishlari uchun masʼullarni buyruq bilan tayinlash;
buyumlarni saqlash joylari, aravachalar berilganligi uchun toʻlovlarni fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalarini yoki virtual kassalarni va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallarini majburiy qoʻllagan holda qabul qilish;
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
savdo kompleksi va unga tutash hududni, maʼmuriy-xoʻjalik binolarini, umumiy ravishda foydalaniladigan joylarni zarur sanitariya-texnik holatda saqlash;
yondosh hududlarning oʻz vaqtida yigʻishtirilishi va obodonlashtirilishini taʼminlash;
qattiq maishiy chiqindilar, yirik hajmli axlatlar, turli xil idishlar va shu kabilarning tashib ketilishini taʼminlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
24. Savdo kompleksi maʼmuriyati quyidagilarni taʼminlaydi:
xaridorlarga xizmat koʻrsatishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarning sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish;
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan mulohazalar va takliflar daftari mavjud boʻlishini taʼminlash hamda uni xaridorlarning birinchi talabiga koʻra taqdim etish;
banklar kassalari va inkassatsiya punktlari ishlari uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, oʻz faoliyatini savdo kompleksida joylashgan turgʻun savdo shoxobchalari orqali amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning naqd tushumi har kuni inkassatsiya punktlariga (banklar kassalariga) inkassatsiya qilinishiga (topshirilishiga) koʻmaklashish.
25. Savdo kompleksi maʼmuriyati nazorat organlari vakillariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshirishlarni amalga oshirishda koʻmaklashadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻradi. Zarurat boʻlganda, nazorat organlari xodimlariga tekshirishlarni oʻtkazish davri uchun xonalar ajratadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
26. Savdo kompleksi maʼmuriyati isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan savdo qoidalari bajarilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Savdo kompleksi maʼmuriyati rahbariyati ushbu Qoidalar normalariga rioya qilinmaganligi va ularga rioya etilishi boʻyicha savdo kompleksi maʼmuriyati xodimlari tomonidan zarur nazoratning yoʻqligi yuzasidan javob beradi.
Savdo kompleksi maʼmuriyati rahbarlari ijara toʻlovlari hamda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishi taʼminlanganligi, shuningdek turgʻun savdo shoxobchalarining jismoniy shaxslarga ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasiz berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207-moddasi.
V. Savdo kompleksining ish rejimi
27. Savdo kompleksining ish rejimi savdo kompleksi maʼmuriyati tomonidan belgilanadi. Savdo kompleksi hududida alohida savdo obyektlarining ish vaqti savdo kompleksining umumiy ish rejimi bilan tartibga solinadi.
28. Rejali sanitariya-texnik ishlarni bajarish uchun savdo kompleksi yopilganda savdo kompleksi maʼmuriyati oldindan, mazkur ishlarni bajarishdan oldin yetti ish kunidan kechikmay savdo subyektlarini, aholini va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organini savdo kompleksining yopilishi sabablari va davri toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
29. Savdo kompleksi ishlagan vaqtda alohida savdo obyektini yopish zarur boʻlgan taqdirda savdo subyekti xaridorlar uchun obyektning yopilishi davri toʻgʻrisidagi eʼlonni osib qoʻyishi, obyekt ish vaqtining 1 soatidan koʻproq vaqtga yopilgan taqdirda esa, xaridorlar uchun eʼlondan tashqari – bu haqda savdo kompleksi maʼmuriyatini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
30. Avariya va favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tadbirlarni bajarish uchun savdo kompleksi yopilgan taqdirda bu haqdagi axborot sotuvchilar, xaridorlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga darhol yetkaziladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
VI. Savdo kompleksi daromadlarining manbalari, ijara toʻlovini va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun toʻlovni undirishni tashkil etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
31. Quyidagilar savdo komplekslari daromadlarining manbalari hisoblanadi:
ijara toʻlovidan olingan daromadlar;
sotuvchilar va xaridorlarga xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar.
32. Savdo kompleksi daromadlarini taqsimlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Savdo va xizmatlar sohasi obyektlari, binolar va inshootlar faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga shartnoma asosida ijaraga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
34. Ijara toʻlovini toʻlash savdo kompleksi maʼmuriyati bilan ijaraga oluvchi oʻrtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan ijara shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ijara toʻlovi ijaraga oluvchi tomonidan har oyda hisobot oyining 25-kunigacha savdo kompleksining bankdagi hisob-kitob raqamiga toʻlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
35. Savdo kompleksi maʼmuriyati ijara toʻlovini hamda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni undirishning barcha sotuvchilar uchun qulay shart-sharoitlari yaratilishi uchun javob beradi.
Savdo kompleksi maʼmuriyati quyidagilarni tashkil etishga majbur:
savdo kompleksi hududida savdoni amalga oshirish shart-sharoitlari boʻyicha davlat tilida ijara toʻlovi miqdorlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati koʻrsatilgan plakatlarni, tushuntirish jadvallarini koʻrinarli joyga joylashtirish;
tegishli tarzda, shu jumladan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallari bilan jihozlangan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni undirishning turgʻun punktlari;
(35-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
ijara toʻlovini undirishning asosiy shartlarini, sotuvchi va xaridorlarga koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati va qiymatini radiouzel orqali muntazam ravishda maʼlum qilib borish;
savdoni amalga oshirish, ijara toʻlovini toʻlash tartibini buzuvchi shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini qoʻllash zarur boʻlganda davlat soliq xizmati organlari va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlari bilan tezkor aloqa oʻrnatish.
36. Savdo komplekslarida ijara toʻlovini va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni qabul qilish fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar va bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallari majburiy qoʻllanib, shuningdek ijaraga oluvchi tomonidan pul mablagʻlarini savdo kompleksining bankdagi hisob-kitob raqamiga oʻtkazish yoki bank tizimi orqali avtomatlashtirilgan hisobga olish yoʻli orqali naqd pul bilan, yigʻimning toʻliqligini davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan har kuni tekshirgan holda amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
37. Ustav fondida davlat ulushi kamida 51 foizni tashkil etadigan savdo komplekslarida ijara toʻlovi miqdori va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati har yili hududiy moliya organlari va davlat soliq xizmati hududiy organlari bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 282-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 363-modda)
38. Savdo komplekslariga soliq solish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan savdo komplekslariga bozorlar uchun belgilangan soliq solish tartibi tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 461-moddasi.
VII. Savdo komplekslari ishlarini nazorat qilish
39. Savdo kompleksi, unga tutashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari faoliyatini, shuningdek savdo kompleksi hududida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, ular tomonidan ushbu Qoidalar normalariga, soliq toʻgʻrisidagi qonunlarga, savdo faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilinishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
40. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarga isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoat tashkilotlari, Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boʻlinmalari vakillari, shuningdek boshqa nazorat organlari mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
41. Mazkur Qoidalarning buzilishiga yoʻl qoʻygan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekitson Respublikasi Jinoyat kodeksi maxsus qismining III boʻlimi.
VIII. Savdo komplekslarida tovarlarni sotishga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
42. Quyidagilar savdo komplekslarida sotiladigan tovarlarning asosiy turlari hisoblanadi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar;
xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi korxonalari tovarlari;
mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlar;
belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxslar tomonidan olib kelingan import tovarlar.
43. Savdo komplekslarida tovarlarni chakana sotish yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalardan va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallaridan majburiy foydalangan holda, turgʻun savdo shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Tovarlarni sotish boʻyicha faoliyatning litsenziyalanishi talab etiladigan tovarlar savdosi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
44. Yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar savdo komplekslarida chakana savdoni faqat:
bevosita oʻzlari olib kelgan import tovarlar;
oʻzlari tayyorlagan (sotish taqiqlanmagan) tovarlar;
ushbu tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlar;
yuridik shaxslar – mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarlari bilan – ular sotib olinganligining qonuniyligini tasdiqlaydigan barcha hujjatlar mavjud boʻlganda amalga oshirish huquqiga ega.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
46. Oʻzi tayyorlagan tovarlarni chakana sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilgan va davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish sharoitlari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
47. Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan – ushbu tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan tovarlarni chakana sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar olingan tovarlar uchun haq toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjatga, yakka tartibdagi tadbirkorlar - ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan sotiladigan tovarlarning oldi-sotdi shartnomasiga ega boʻlishlari shart. Shartnomada majburiy tartibda quyidagi rekvizitlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
yakka tartibdagi tadbirkorlarning – sotuvchi va xaridorning familiyalari, ismlari va otasining ismlari;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning – sotuvchi va xaridor pasportlarining seriyalari, tartib raqamlari va berilgan sanalari;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarning tartib raqamlari va berilgan sanalari hamda guvohnomani bergan davlat hokimiyati organining nomi;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi;
bank rekvizitlari.
48. Savdo kompleksida qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirmasdan yoxud ularning amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki chaqirib olingan davrda savdo faoliyatini oshirish faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish deb qaraladi va bu holda qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari koʻriladi.
IX. Savdo kompleksi faoliyatini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish
49. Savdo kompleksi (chakana savdo va xizmatlar koʻrsatishning turgʻun obyekti) faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turilishi yoki toʻxtatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishni ragʻbatlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 67-modda) 4-bandining uchinchi xatboshidagi “buyum bozorlarida” soʻzlari “savdo komplekslarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “buyum bozorlarida” soʻzlari “bozorlarda va savdo komplekslarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“34. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar savdo komplekslarida chakana savdoni faqat quyidagilar boʻyicha amalga oshirish huquqiga egadirlar:
yakka tartibdagi tadbirkorlarning bevosita oʻzlari keltirishgan import tovarlar;
oʻzlari tayyorlagan (sotilishi taqiqlanmagan) tovarlar;
ushbu tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlar;
mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari tovarlari - ularni qonuniy ravishda sotib olinganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar mavjud boʻlganda”;
“35. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan savdo komplekslarida chakana savdo quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchining jismoniy shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
savdo kompleksi maʼmuriyatining yakka tartibdagi tadbirkorga turgʻun savdo shoxobchasi (chakana savdo va xizmatlar sohasi turgʻun obyektlari) berish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi”;
“40. Savdo komplekslarida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni chakana sotish fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini va toʻlovlarni plastik kartochkalardan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallarini majburiy qoʻllagan holda amalga oshiriladi”;
44-banddagi “buyum bozorlarida” soʻzlari “savdo komplekslarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
46-banddagi “Buyum bozorlarida” soʻzlari “Savdo kompleksida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda) 2-bandining birinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan bozorlarda” soʻzlari “savdo komplekslarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Patta toʻlovlari miqdorlarini belgilash haqida” 1993-yil 23-martdagi 152-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 12-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-martdagi 152-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1993-yil 20-iyuldagi 366-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotish boʻyicha ulgurji bozorlar tizimini shakllantirish va rivojlantirish toʻgʻrisida” 1998-yil 26-oktabrdagi 452-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 10-son, 39-modda) 8-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 23-yanvardagi 40-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 11-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyuldagi 330-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 68-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 35-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 15 va 24-bandlari.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qarori)” 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 48-modda) ilovaning 9-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 46-bandi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 403-modda; 2016-y., 6-son, 56-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, 18-son, 325-modda, 20-son, 363-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 09/21/391/0590-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)