Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni nazorat qilish, hisobga olish va sotish, shuningdek pul mablagʻlarini hisobga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Egasiz turar joylarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 4-modda) chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-iyul,
200-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, hisobga olish, saqlash, baholash va sotish, shuningdek uni yoʻq qilib tashlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
2. Mazkur Nizom davlat daromadiga oʻtkaziladigan:
jinoiy ishlar boʻyicha sud qarorlari asosida mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud qarorlari asosida mol-mulkning huquqbuzarlik buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlari asosida surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida mulkiy undiruvlarni taʼminlash maqsadida band qilib qoʻyilgan mol-mulkning davlatga yetkazilgan zararni qoplashga yoʻnaltiriladigan qismiga;
ishni toʻxtatishda tergov organlarining qarorlari asosida mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
bojxona organlari qarorlari asosida eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilayotgan qismiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan, uning hududi orqali tashilayotgan (xalqaro tranzitdan tashqari), aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan va 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda, qonunda belgilangan tartibda sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkazilgan tovarlarga;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
soliq organlari qarorlari asosida aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar yoki Toshkent shahar adliya boshqarmalarining qarorlari asosida kontrafakt tovarlar hamda asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalariga;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi boʻlinmalari qarorlari asosida aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga tatbiq etiladi.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29 iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
II. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan olib qoʻyilgan mol-mulkni hisobga olish va saqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mol-mulkni (keyingi oʻrinlarda mol-mulk deb yuritiladi) olib qoʻyish vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Mol-mulkni olib qoʻyish toʻgʻrisida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) tuzilgan vaqti va joyi;
b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qoʻyilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid maʼlumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno;
g) mol-mulkni olib qoʻyishda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ular boʻlsa;
d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;
e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
j) huquqbuzarning tushuntirish xati;
z) olib qoʻyilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning oʻziga xos belgilari (ogʻirligi, uzunligi va boshqalar). Qimmatli qogʻozlarni olib qoʻyishda olib qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarning umumiy miqdori, ularning turi va qimmatli qogʻozlarning emitenti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
i) olib qoʻyilayotgan mol-mulkning saqlanishi taʼminlanishi, shu jumladan ham buyumlarning oʻzini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qoʻyish, agar bu ishlar amalga oshirilgan boʻlsa.
Vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qoʻyish toʻgʻrisidagi protokol toʻgʻri tuzilganligi, shuningdek unda ushbu bandda nazarda tutilgan barcha maʼlumotlar koʻrsatilishi uchun javobgar boʻladi.
5. Mol-mulk olib qoʻyilgandan keyin vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan bir sutka muddatda mol-mulkni saqlash uchun joylashtirish masalasi hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, olib qoʻyilgan mol-mulk, qoidaga koʻra, saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi)ning hududiy boshqarmalari mol-mulkni sotish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga belgilangan tartibda shartnomalar tuzgan va mol-mulkni saqlash uchun tegishli joylarga ega boʻlgan savdo tashkilotlariga beriladi (bundan bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulklar mustasno).
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda— Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulk “Bojxona-servis” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — “Bojxona-servis” DM) va (yoki) uning hududiy boʻlimlariga beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan, har qanday turdagi va holatdagi qimmatbaho metallardan (oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallar — palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy, osmiy), qayta ishlanmagan va qayta ishlangan tabiiy qimmatbaho toshlardan (olmoslar, brilliantlar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, shuningdek tabiiy marvarid), yarim qimmatbaho toshlardan yasalgan olib qoʻyilgan zargarlik mahsulotlarini, tarkibida qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, tabiiy marvaridlar mavjud boʻlgan mahsulotlarni (keyingi oʻrinlarda qimmatbaho metallar va toshlar deb ataladi) saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi. Saqlash uchun maxsus shart-sharoitlarni talab qiladigan boshqa mol-mulk (avtotransport vositasi, dori vositalari va hokazolar) saqlash uchun binolar, maydonchalar va omborlarga joylashtirilishi mumkin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
saqlash uchun masʼul shaxs belgilangan holda vakolatli organning;
mol-mulkni masʼuliyatli saqlashning belgilangan normalariga muvofiq boʻlgan maxsus ombor binolari, asbob-uskunalar va shart-sharoitlarga ega boʻlgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning binolari, maydonchalari, omborlariga joylashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy yoki xorijiy valyutadagi olib qoʻyilgan naqd pul mablagʻlari (ashyoviy dalillar sifatida eʼtirof etilgan pul mablagʻlari bundan istisno) ularni olib qoʻygan organning milliy yoki xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamiga oʻtkazish uchun uch kun muddatda bankka topshirilishi kerak. Bunda koʻrsatib oʻtilgan talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlaridan pul mablagʻlari faqat Byuro organi tegishli boʻlimlarining mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga oʻtkazish uchun, shuningdek mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan hollarda va qonunchilikda belgilangan tartibda ularni egalariga qaytarish uchun hisobdan chiqariladi.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Mol-mulkni saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar (tashkilotlar) uni saqlash shartlariga rioya etishga va tegishli shart-sharoitlarni taʼminlashga majburdirlar hamda mol-mulkning buzilishi, shikastlanishi, oʻzlashtirilishi, kamomadi, yashirilishi va yoʻq qilinishi uchun toʻliq moddiy javobgar boʻladilar va boshqacha javobgarlikka tortiladilar.
Saqlash uchun qabul qilish-topshirish toʻgʻrisida vakolatli organ masʼul mansabdor shaxsining hamda mol-mulkni saqlashga qabul qilgan shaxsning imzolari bilan tasdiqlangan uch nusxadagi mol-mulk roʻyxati bilan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olgan shaxs mol-mulk oʻzlashtirilishi, kamomadi, yashirilishi, yoʻq qilinishi yoki unga shikast yetkazilganligi uchun javobgarlik, shu jumladan jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladi, bu haqda qabul qilish-topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnomada mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olgan shaxsning imzosi qoʻyilgan yozuv qayd etiladi.
Mol-mulk saqlashga topshirilgungacha uning saqlanishi uchun masʼuliyat mol-mulkni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni qabul qilgan shaxs yoki savdo tashkiloti uni saqlash, hisobini yuritish va sotish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat tegishli hududiy yoki shartnoma tuzgan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Olib qoʻyilgan mol-mulkning kontrafaktligi Adliya vazirligining, mol-mulk bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilganda esa, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining belgilangan tartibda berilgan xulosasi asosida aniqlanadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Olib qoʻyilgan mol-mulkning isteʼmol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek uni baholash maqsadida vakolatli organning mansabdor shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert va baholovchi tashkilotni tayinlaydi, ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sertifikatlanishi kerak boʻlgan (etil, oziq-ovqat spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy jihozlar, oziq-ovqatga biologik aktiv qoʻshimchalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari bundan mustasno) va ular boʻyicha muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlmagan olib qoʻyilgan mahsulotlar boʻyicha ushbu mahsulotni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uni sertifikatlashtirish va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olish uchun sertifikatlashtirish organiga buyurtmanoma beriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tez buziladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi. Boshqa turdagi mol-mulklarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati qonunchilikda belgilanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Etil (oziq-ovqat) spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy jihozlar, oziq-ovqatga biologik aktiv qoʻshimchalar, oziq-ovqat qoʻshimchalariga nisbatan olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni identifikatsiyalash va oʻziga xos xossalarini aniqlash uchun ekspertiza tayinlanadi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ekspert vakolatli organning mansabdor shaxsi va mol-mulkning egasi ishtirokida, u boʻlmagan taqdirda esa — xolis guvohlar ishtirokida tanlab olish normalariga muvofiq belgilangan tartibda sinov uchun boʻlak va namunalar oladi, bu haqda tegishli olib qoʻyish dalolatnomasi tuziladi, unda olingan boʻlak va namunalarning soni va alohida belgilari koʻrsatiladi. Ushbu dalolatnoma mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish yoki uni yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror chiqarishda hisobga olinadi.
Ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan mol-mulk boʻyicha ekspertiza, shuningdek, chiqindilar va idishlarning ishlab chiqarishda yoki ikkilamchi qayta ishlashda foydalanish uchun yaroqliligi yuzasidan ham oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Olib qoʻyilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan buyumlar, shuningdek, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan materiallar vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan asillik darajasini tekshirish uchun ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarga yuboriladi. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlardagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻa izlarining haqiqiyligini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi) texnik ekspertizadan oʻtkazishga yuboriladi. Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan texnik ekspertiza uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda asillik darajasi toʻlovi undiriladi. Zarur hollarda, Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi qimmatbaho metallardan yasalgan tamgʻa bosilishi lozim boʻlgan zargarlik va boshqa buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan oʻn kun muddatda asillik darajasi toʻlovini undirmasdan tamgʻalaydi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ekspertiza mol-mulkning turiga qarab qonunchilikda belgilangan tartibda bunga vakolati boʻlgan tashkilotlar (standartlashtirish organi yoki uning tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilotlar, laboratoriyalar, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilotlar va boshqa muassasalar) (keyingi oʻrinlarda ekspertiza organi deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi. Ekspertiza natijalari toʻgʻrisida ekspertiza organi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa — bir sutka mobaynida mol-mulkni olib qoʻygan organga yozma xulosa taqdim etadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ekspert oʻz xulosasida tegishli laboratoriya-texnik tadqiqotlar davomida yaroqsiz holga kelgan yoki qaytarilgan namunalar va boʻlaklarning sonini koʻrsatishi shart.
Uch kun muddatda ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlmagan, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan tovarlarning ayrim turlari, tez buziladigan tovarlardan tashqari:
Oldingi tahrirga qarang.
etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy jihozlar, shuningdek oziq-ovqat tovarlari oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
tovarlarning boshqa turlari bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mol-mulkni olib qoʻygan organ (mansabdor shaxs) ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan muddat mobaynida baholash uchun baholovchi tashkilotni jalb etadi, ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tergovga qadar tekshiruv surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulkni baholashda moliya organlari vakillari majburiy tartibda qatnashadilar.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻchar mulkni olib qoʻygan mansabdor shaxslar avtomototransport vositalaridan tashqari uni faqat, agar alohida olib qoʻyilgan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ortiq boʻlmasa, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridan ortiq boʻlmagan taqdirda baholovchi tashkilotni jalb etmasdan mustaqil baholashi mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni baholovchi tashkilot tomonidan baholash kunida amalda boʻlgan narxlar boʻyicha ichki bozorda talab va taklif konyunkturasining mavjud maʼlumotlari asosida baholanadi. Bunda manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bojxona qonunchiligi buzilganligi munosabati bilan olib qoʻyilgan avtomototransport vositasini baholashda uning qiymati bojxona qiymatidan kelib chiqib, biroq “Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida bojxona chegarasi orqali oʻtganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlaridan kam boʻlmagan qiymatdan kelib chiqib belgilanadi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Kontrafakt asarlar va turdosh huquqlar obyektlarini baholashda ularning qiymati shunga oʻxshash litsenzion (nokontrafakt) asar yoki turdosh huquqlar obyektining oʻrtacha qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Oʻziga xos xossalarga ega boʻlgan mol-mulkni baholashda tegishli tashkilotlarning vakillari ham mutaxassislar sifatida jalb qilinadi. Mutaxassis vakolatli organning mansabdor shaxsi chaqirigʻi boʻyicha kelishi, qoʻyilgan masalalar boʻyicha xolisona yozma xulosa berishi, oʻzi tomonidan bajariladigan xatti-harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot baholash obyektini baholash toʻgʻrisida belgilangan qonunchilik shaklida uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa — bir kun mobaynida hisobot taqdim etadi. Mol-mulkni baholash vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilganda u tomonidan koʻrsatilgan muddatda mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son. 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar baholanadigan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari va undan ortiq miqdoriga teng boʻlsa ushbu mol-mulkni olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi olib qoʻyilgan mol-mulkning har bir turini rasmga (imkoni boʻlsa video suratga) oladi va ularni mol-mulk olib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi bayonnomaga tirkab qoʻyadi.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Olib qoʻyilgan mol-mulk vakolatli organning mansabdor shaxslari tomonidan baholanishi boʻyicha yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishgan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ekspert, baholovchi tashkilot, shuningdek boshqa mutaxassislar oʻzlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq moddiy va boshqacha tarzda javobgar boʻladilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Olib qoʻyilgan mol-mulkni va materiallar sudga berilguniga qadar uning harakatini hisobga olish uni olib qoʻygan organ tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha qogʻoz yoki elektron koʻrinishda yuritiladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organlari davlat daromadiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan, unga nisbatan olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan mol-mulk hisobini olib qoʻyilgan qimmatbaho metallar va toshlarni alohida satrda ajratgan holda uni sotishdan pul mablagʻlari tushishigacha yoki mol-mulk yoʻq qilib tashlangungacha yuritadilar;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 23-son, 304-modda)
Ekspertiza organlari isteʼmol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi yuzasidan xulosa berilgan davlat daromadiga oʻtkaziladigan yoki yoʻq qilib tashlanadigan mol-mulk (turlari boʻyicha) hajmlari va qiymatining hisobini yuritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Olib qoʻyish sanasida bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qoʻygan organ mol-mulk olingan hududdagi tegishi tuman (shahar) prokuroriga darhol maxsus bildirishnoma yuborishi shart.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Har bir bunday holat boʻyicha prokuratura organlari uzil-kesil qaror qabul qilingungacha va mol-mulk davlat daromadiga oʻtkazilgungacha nazorat yuritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qoʻyish va uni davlat daromadiga oʻtkazishning yagona hisobini prokuratura organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan tartibda yuritadilar.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
III. Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish yoki uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mol-mulkni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish yoki uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan tegishli sudga yoki organga (mansabdor shaxsga) berilishi kerak. Materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mol-mulkni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi protokol;
mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulkini davlat daromadiga oʻtkazishda — koʻzdan kechirib chiqish dalolatnomasi. 20 va undan koʻp yil foydalanilgan avtomototransport vositasini koʻzdan kechirish dalolatnomasiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organining avtomototransport vositasining foydalanishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosasi ilova qilinadi;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
ekspertiza oʻtkazish uchun boʻlaklar va namunalar olish toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
mol-mulkning isteʼmol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi yuzasidan ekspertning xulosasi, majburiy sertifikatlanishi kerak boʻlgan mahsulotga muvofiqlik sertifikati, shuningdek ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq ekspertning xulosasi;
mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi xulosa yoki mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi dalolatnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari va undan ortiq miqdoriga teng boʻlgan summadagi mol-mulk boʻyicha qoʻshimcha ravishda suratga olish materiallari, mavjud boʻlganda esa videosuratga olish materiallari ilova qilinadi.
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Quyidagilar ekspertiza xulosasiga koʻra majburiy tarzda yoʻq qilib tashlanishi kerak:
a) isteʼmol, foydalanish va qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan:
etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo;
tamaki mahsulotlari;
oziq-ovqatga biologik aktiv qoʻshimchalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari;
oziq-ovqat tovarlari;
Oldingi tahrirga qarang.
b) sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari.
(13-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Majburiy sertifikatlanishi kerak boʻlgan, sertifikatlash organining xulosasi bilan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq emas deb eʼtirof etilgan mahsulotlar (ekspertiza xulosasiga koʻra foydalanish va qayta ishlash uchun yaroqli deb topilgan holatlar bundan mustasno) majburiy tarzda yoʻq qilib tashlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Kontrafakt tovarlar, agar tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs tomonidan tayyorlab qoʻyilgan tovar belgisi tasvirlarini yoʻq qilish, qonunga xilof ravishda foydalanayotgan tovar belgisini yoki adashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgini tovardan yoki uning idishi va oʻrovidan yoʻqotish imkoni boʻlmaganda, majburiy tarzda yoʻq qilib tashlanishi lozim.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalari, ularning huquq egasining iltimosi boʻyicha ularga berilgan hollar bundan mustasno, shuningdek, kontrafakt asarlar va turdosh huquqlar obyektlarini tayyorlash va takrorlash uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar majburiy tarzda yoʻq qilib tashlanishi kerak.
Ekspertiza xulosasiga koʻra bevosita isteʼmol uchun yaroqsiz boʻlgan hamda ishlab chiqarishda va ikkilamchi qayta ishlashda foydalanish uchun yaroqli deb eʼtirof etilgan tovarlar keyinchalik qayta ishlash yoki foydalanish uchun toʻlov evaziga tegishli korxonalarga beriladi.
20 va undan koʻp yil foydalanilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organlari tomonidan foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan avtomototransport vositalari haq toʻlash evaziga utilizatsiya tashkilotlariga yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga (metall parchalari narxida) topshiriladi. Bir vaqtning oʻzida ushbu avtomototransport vositalarining davlat roʻyxatiga olingan raqam belgilari va roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi guvohnomalarini belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organlariga topshirish haqida qaror qabul qilinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
14. Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish yoki uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan sud yoki boshqa organ oʻz qarorida ekspertizani oʻtkazishda (sertifikatlashda) olingan va qaytarilgan boʻlaklar va namunalar sonini koʻrsatgan holda davlat daromadiga oʻtkaziladigan yoki yoʻq qilinadigan mol-mulkning qiymati va miqdorini koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish yoki uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan sud yoki organ oʻzi chiqargan tegishli qaror kuchga kirgandan soʻng keyingi kundan kechikmay ijro hujjatini ijro etish uchun tegishli Byuro organiga yuboradi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Vakolatli organning kuchga kirgan qarori, shuningdek mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish yoki mol-mulkni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi kuchga kirgan sud qarori asosida sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi ijro hujjati hisoblanadi.
Sud yoki organning (mansabdor shaxsning) ijro hujjatiga ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan, ijroni yuritish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ilova qilinadi.
IV. Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlarni bajarish va ularni hisobga olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Davlat ijrochisi yoki uni bergan boshqa vakolatli organning ijro hujjatini bajarish uchun qabul qilib olishi va qonunchilikka muvofiq unga ijro hujjati kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ijro ishi qoʻzgʻash toʻgʻrisidagi masalani hal etishi kerak.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati qabul qilingandan keyin davlat ijrochisi ijro hujjatining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi, shu jumladan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ilova qilinadigan materiallar mavjudligini tekshiradi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati qonunda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, shu jumladan ijro hujjatiga ilova qilinadigan materiallar mavjud boʻlmaganda yoki ular belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda, davlat ijrochisi oʻz qarori bilan ijro hujjatini qoʻyilgan talablarni bartaraf etish uchun qaytaradi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi qoʻzgʻatilgandan keyin davlat ijrochisi oʻzida saqlanayotgan mol-mulk roʻyxatini tuzadi, ushbu mol-mulk shu paytdan boshlab uning ixtiyoriga oʻtadi.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk roʻyxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma davlat ijrochisi, mol-mulkni olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun javobgar boʻlgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga olish davomida mol-mulkni oʻzlashtirish, uning kamomadi, uni yashirish, yoʻq qilish, unga shikast yetkazish holatlari, mol-mulk nomi, miqdori, sifati, qiymat koʻrsatkichlarida, shuningdek olib qoʻyish toʻgʻrisidagi dalolatnomada, ekspertning xulosasida, baholash toʻgʻrisidagi xulosada va mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi dalolatnomada va saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan farqlar aniqlangan taqdirda davlat ijrochisi bu haqda guvohlar ishtirokida uch nusxada dalolatnoma tuzadi va keyingi kundan kechikmay, dalolatnomaning bir nusxasi ilova qilingan ijro hujjati nusxasini aniqlangan kamchiliklarni koʻrsatgan holda sudga yoki uni bergan vakolatli organga yuboradi. Bir vaqtning oʻzida, davlat ijrochisi davlat ijrochisi joylashgan joydagi tegishli tuman (shahar) prokuroriga aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrish uchun dalolatnomaning ikkinchi nusxasi ilova qilingan maxsus bildirishnomani yuboradi.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi tasarrufiga oʻtadigan qimmatbaho metallar va toshlarning roʻyxatini tuzishda, qimmatbaho metallar va toshlarni davlat ijrochisiga topshirish sanasida ularning qiymati qayta baholanadi. Qayta baholash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan shkala boʻyicha ichki bozorda olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan qimmatbaho metallar va toshlar qiymati hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Qayta baholash davlat ijrochilari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi, soliq, iqtisodiyot va moliya organlari vakillarining majburiy ishtirokida qimmatbaho buyumlar qiymatini qayta baholash dalolatnomasini tuzgan holda oʻn kun muddatda amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi qayta baholangan qiymatdan qimmatbaho metallar va toshlarni sotish yuzasidan shartnomalar tuzish uchun foydalanadi.
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Davlat ijrochisi ijro hujjati bajarilgunga qadar mol-mulk (qimmatbaho metallar va toshlardan tashqari) saqlanadigan joyni oʻzgartirishga haqlidir. Bunda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi, dalolatnoma davlat ijrochisi, mol-mulkni olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar boʻlgan shaxs, shuningdek mol-mulk saqlanishi uchun javobgar etib yangidan tayinlangan shaxs tomonidan imzolanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotish, avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkdan tashqari, shartnoma-vositachilik asosida yoxud elektron onlayn-auksion shartlarida amalga oshiriladi.
Avtomototransport vositalari va koʻchmas mulk qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda elektron onlayn-auksionlarda sotiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Mol-mulkni sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi (bundan bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulklar, shuningdek, bojxona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan va 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda, qonunda belgilangan tartibda sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkazilgan tovarlar mustasno).
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulkni, shuningdek, bojxona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan va 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda, qonunda belgilangan tartibda sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkazilgan tovarlarni sotish “Bojxona-servis” DM tomonidan amalga oshiriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulkni, shuningdek, bojxona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan va 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda, qonunda belgilangan tartibda sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkazilgan tovarlarni buyurtma asosida “Bojxona-servis” DM tomonidan “E-auksion shop” elektron savdo platformasi orqali sotishi mumkin.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklar sotilishini taʼminlashda mahalliy hokimiyat organlari bozor va savdo majmualarda savdo oʻrinlari va yarmarkalar tashkil etish orqali savdo tashkilotlari va “Bojxona-servis” DMga koʻmaklashadi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Zaxiralarni shakllantirish uchun beriladigan oziq-ovqat tovarlarini saqlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarorlari asosida tanlov asosida belgilanadigan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Savdo tashkilotlarini aniqlashda:
(18-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotishda mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi;
yuridik shaxsning fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisida sugʻurta polisi mavjudligi;
avvalgi faoliyatida belgilangan savdo faoliyati qoidalarini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilmaganligi va boshqalar hisobga olinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qaroriga asosan yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni sotish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnomalar ushbu savdo tashkilotlari bilan Byuroning hududiy boshqarmalari tomonidan tuziladi.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Mol-mulkni sotish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur shartnoma shartlariga rioya etish va mol-mulkni sotish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻyilmaganligi ham hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sotilishi uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) yoxud sotish yoki saqlash uchun maxsus shart-sharoitlar talab qilinadigan mol-mulkning ayrim turlari (qimmatbaho metallar va toshlar, yoqilgʻi-moylash materiallari, boshqa neft mahsulotlari va hokazolar) Byuroning hududiy boshqarmasi bilan tuzilgan shartnoma asosida tanlov oʻtkazilmasdan sotish uchun tegishli tashkilotlarga berilishi mumkin.
(18-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Istisno hollarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulk sotilguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori boʻyicha davlat organlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish uchun ularga tekin berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi buyrugʻi bilan bojxona organlari tomonidan aniqlanib, davlat daromadiga oʻtkazilgan, shuningdek, bojxona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan va 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda, qonunda belgilangan tartibda sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkazilgan tovarlar (dori-darmon bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining asoslantirilgan soʻrovlariga asosan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga begʻaraz berilishi mumkin. Bunda davlat daromadiga oʻtkazilgan tibbiy jihozlar (steril tibbiy jihozlar bundan mustasno) ekspertiza xulosasi asosida yaroqli deb topilgan taqdirda beriladi.
(18-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sotiladigan mol-mulk ijro ishini yurituvchi davlat ijrochilari tomonidan tovarga ilova qilinadigan yukxati bilan birgalikda savdo tashkilotlariga, bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulklar, shuningdek, bojxona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan va 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda, qonunda belgilangan tartibda sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkazilgan tovarlar esa “Bojxona-servis” DMga beriladi. Ijro hujjatlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun mol-mulk uning miqdoridan, hajmidan va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib, bir vaqtning oʻzida sotish uchun bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin (bundan bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulkni, shuningdek, bojxona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan va 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda, qonunda belgilangan tartibda sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkazilgan tovarlar mustasno).
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Savdo tashkilotlariga mol-mulkni uning butun qiymati toʻlangunga qadar xaridorlarga berish, shuningdek mol-mulkni toʻlovni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) sharti bilan sotish taqiqlanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnoma shartlariga rioya etish, shuningdek mol-mulkni sotish tartibini nazorat qilish tegishli davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Shartnoma shartlari va mol-mulkni sotish tartibi buzilgan taqdirda tegishli davlat ijrochisi mol-mulkni uni sotish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilgan boshqa savdo tashkiloti va “Bojxona-servis” DMga berishga haqlidir;
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni sotayotgan savdo tashkiloti tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirishning belgilangan qoidalarini buzish hollari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar unga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralarni koʻradi, shuningdek ushbu holat toʻgʻrisida davlat ijrochisini majburiy tartibda xabardor qiladi.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Savdo tashkilotlari oʻzining mol-mulkni qabul qilib olish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun shartnomada belgilangan, biroq sotilgan mol-mulk qiymatining 10 foizidan ortiq boʻlmagan sotilgan mol-mulk savdo chegirmasini oʻz foydasiga ushlab qoladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
“Bojxona-servis” DM mol-mulkni qabul qilib olish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun sotilgan mol-mulk qiymatining 15 foizi miqdorida savdo chegirmasini oʻz foydasiga ushlab qoladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni asosida ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Bojxona-servis” DM sotilgan mol-mulk qiymati boʻyicha soliq toʻlovchidan tegishli soliq summasini hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi va davlat budjetiga oʻtkazishi (toʻlashi) shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM tomonidan qabul qilingan mol-mulkka (narxi pasaytirilmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan davlat daromadiga oʻtkazilgan zargarlik buyumlaridan tashqari) talab boʻlmasa va 30 kun mobaynida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti yoxud “Bojxona-servis” DM bu haqda davlat ijrochisini yozma ravishda xabardor qiladi, shuningdek davlat ijrochisi, moliya va soliq organlari vakillari ishtirokida uning qiymatining 10 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda arzonlashtiradi. Ayni bir vaqtda mol-mulk sotilganligi uchun savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DMga tegishli boʻlgan savdo chegirmasi summasi qayta hisob-kitob qilinadi. Arzonlashtirish toʻgʻrisida maxsus shakl boʻyicha dalolatnoma tuziladi, uning nusxasi moliya, soliq organlariga va ushbu mulkni olib qoʻygan vakolatli organlarga beriladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Mol-mulk “E-auksion shop” elektron savdo doʻkoniga joylashtirilganda, savdo obyekti dastlabki savdo oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnoma joylashtirilgan vaqtdan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan taqdirda, savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM Byuro bilan kelishgan holda savdo obyektining boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich, lekin boshlangʻich narxining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorgacha pasaytirgan holda takroriy savdolarni tashkil etishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Arzonlashtirilgandan keyin mol-mulk sotilmagan taqdirda mol-mulk ushbu bandning birinchi xatboshida koʻzda tutilgan tartibda yana arzonlashtirilishi va ushbu Nizomga muvofiq sotilguniga qadar sotuvga qoʻyilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat daromadiga oʻtkazilgan sotuvdagi mol-mulkning yaroqlilik muddati tamom boʻlgandan keyin savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM davlat ijrochisiga tegishli bildirishnoma yuboradi. Davlat ijrochisi yaroqlilik muddati tamom boʻlgan mol-mulkni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun uch kun mobaynida sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga murojaat qiladi. Sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ davlat ijrochisining murojaatini ijro hujjatini bajarish usuli va tartibini oʻzgartirish tartibida koʻrib chiqadi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Sotish uchun savdo tashkilotlari yoki “Bojxona-servis” DMga beriladigan barcha buyumlar muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart boʻlgan tovarlar boʻyicha) va roʻyxatga olish dalolatnomasida yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda savdo tashkiloti yoxud “Bojxona-servis” DMning tovar yorliqlari bilan taʼminlanishi kerak.
Buyumlarni juzʼiy taʼmirlash, tozalash, tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari yoki “Bojxona-servis” DM hisobiga amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Davlat daromadiga oʻtkazilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari ularni sotish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari orqali sotiladi.
Davlat daromadiga oʻtkazilgan qoʻshimcha restavratsiya qilish talab qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlaydigan ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari tomonidan sotiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 23-son, 304-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar boʻlgan buyumlardan tashqari) keyinchalik dalolatnoma boʻyicha diniy tashkilotlarga tekin berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasiga beriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining xazina majburiyatlari va yuridik shaxslar uchun obligatsiyalari Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi depozitariysida Byuroning depo hisob raqamida hisobga olinadi. Ushbu qimmatli qogʻozlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida sotiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslar uchun obligatsiyalari koʻrsatib oʻtilgan obligatsiyalar bilan operatsiyalar xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan shartnoma tuzgan banklarga keyinchalik ular emitent tomonidan qaytarilishi uchun beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Depozit sertifikatlar va cheklar ular boʻyicha summani Byuro organining depozit hisob raqamiga oʻtkazish uchun tegishli bank muassasalariga beriladi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar fond birjasi yoki qimmatli qogʻozlarning tashkil etilgan birjadan tashqari bozorlari orqali qonunchilikda belgilangan tartibda sotiladi.
(25-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda belgilangan tartibda xarajat operatsiyalari toʻxtatib qoʻyilgan bank hisob raqamlaridagi pul mablagʻlari tegishli Byuro organlarining mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi. Bunda bank hisob raqamlaridagi xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari koʻrsatib oʻtilgan bank hisob raqamlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga sotish kunidagi kurs boʻyicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablagʻlari tegishli Byuro organlarining maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida olib qoʻyilgan va tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud organlarining depozit hisob raqamlaridagi pul mablagʻlari ijro hujjati berilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay koʻrsatib oʻtilgan organlar tomonidan tegishli Byuro organlarining ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga oʻtkazilishi kerak.
(25-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
26. Pochta markalari, shu jumladan kolleksiya qilinadigan markalar haqi olinib pochta aloqasi tashkilotlariga beriladi.
27. Kitoblar, tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan kitoblardan tashqari, haqi olinib kitob savdosi tashkilotlariga beriladi. Agar kitoblar ushbu Nizomda belgilangan tartibda sotilmagan taqdirda, ular chiqindi qogʻozlarni qabul qilish uchun belgilangan narxlar boʻyicha ikkilamchi xom ashyoni yigʻish va toʻplash bilan shugʻullanadigan tashkilotlariga toʻlov evaziga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Tarixiy, ilmiy, badiiy va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan mol-mulk (tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar boʻlganlaridan tashqari) keyinchalik dalolatnoma boʻyicha davlat muzeylari va ilmiy muassasalarga tekin berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining hududiy boʻlinmalariga tekin beriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat daromadiga oʻtkazilgan, tarixiy, ilmiy, badiiy va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga masʼuliyatli saqlashga tekin beriladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Qishloq xoʻjaligi mashinalari elektron onlayn-auksionlarda sotiladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Mahsuldor mollar va ish mollari, asal ari oilasi, yem-xashak, mineral oʻgʻitlar va pestitsidlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlar orqali sotiladi.
30. Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat tovarlari pulli asosda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga beriladi. Ushbu tovarlar faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qaroriga koʻra tovarlarning saqlanish muddatlaridan va bozordagi ehtiyoj mavjudligidan kelib chiqqan holda sotiladi.
Jun, boʻrdoqi mollar, parrandalar, quyonlar, don, kanop va zigʻir tolasi hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ixtisoslashtirilgan tashkilotlar orqali sotiladi.
Teri, momiq-moʻyna va qorakoʻl xom ashyosi ularni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga toʻlov evaziga beriladi.
31. Koʻp yillik dov-daraxtlar (bogʻ, poliz oʻsimliklari) hokimliklarga tekin beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tarkibida qora metallar mavjud boʻlgan asbob-uskunalar, foydalanib boʻlmaydigan fizik ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan qora metallardan yasalgan buyumlar, shuningdek, ushbu metallarning parchalari va chiqindilari belgilangan tartibda “Oʻzmetkombinat” AJga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida shartnomaviy narxlarda sotiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Dastgohlar va boshqa ishlab chiqarish asbob-uskunalari, shuningdek tovarlar va mahsulotlar hamda shu kabilarni ishlab chiqaruvchi kichik zavodlar, liniyalarni sotish belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
34. Dastlabki qayta ishlanmasdan savdo tarmogʻi orqali sotilishi mumkin boʻlmagan buyumlar tegishli korxonalarga keyinchalik qayta ishlash uchun sotiladi, mazkur Nizomning 13-bandida sanab oʻtilganlar bundan mustasno.
35. Foydalanilishi yoki sotilishi mumkin boʻlmagan buyumlar, shuningdek makulatura va ikkilamchi xom ashyoning boshqa turlari ikkilamchi xom ashyoni yigʻish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tegishli tashkilotlarga sotiladi, mazkur Nizomning 13-bandida sanab oʻtilganlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Yoʻq qilib tashlash haqidagi ijro hujjati berilgan mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan mazkur Nizomning VII boʻlimida belgilangan tartibda yoʻq qilib tashlanadi, ushbu bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan mol-mulk turlari bundan mustasno.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar qonunchilikka muvofiq ichki ishlar va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan yoʻq qilinadi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Mol-mulkning Byuro xodimlari, soliq, moliya, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari, ekspertizani amalga oshirgan mutaxassislar, baholovchi tashkilot xodimlari, shuningdek ushbu mol-mulkni sotuvchi tashkilotlar xodimlari tomonidan sotib olinishi taqiqlanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni va ularni sotishdan olinadigan pul mablagʻlarini hisobga olish davlat ijrochilari tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha (davlat daromadiga oʻtkaziladigan qimmatbaho metallar va toshlarni alohida satrda ajratgan holda) yuritiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
V. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni tasarruf etish xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
39. Saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan tez buziladigan tovarlar, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar, ularning davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan qatʼi nazar, isteʼmolga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi boʻyicha ekspertiza xulosasi va uni baholash vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi tomonidan davlat ijrochisi ishtirokida sotish uchun berish dalolatnomasi bilan savdo tashkilotlariga sotish uchun beriladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda tovarlarni sotishdan tushgan mablagʻlar tovarni davlat daromadiga oʻtkazish yoxud uni qaytarish toʻgʻrisida ijro hujjati olingunga qadar tegishli Byuro organlarining depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan tovarlarning isteʼmolga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqsizligi toʻgʻrisida ekspertiza tomonidan xulosa chiqarilgan taqdirda uni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi davlat ijrochisi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi vakillari va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi vakillari hamda xolis guvohlar ishtirokida isteʼmol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan mol-mulkni mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha talablar bajarilgan holda yoʻq qilib tashlaydi.
(39-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va qurol-yarogʻlarni olib qoʻyish, ekspertizadan oʻtkazish, saqlash va ular bilan bogʻliq boshqa xatti-harakatlar, shuningdek ularni hisobga olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni
VI. Avtomototransport vositalarini va koʻchmas mulkni davlat daromadiga oʻtkazish va hisobga olish xususiyatlari
41. Avtomototransport vositalarini olib qoʻyishda vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan u majburiy tartibda koʻrikdan oʻtkaziladi hamda olib qoʻyish toʻgʻrisidagi protokolda uning maʼlumotlari, holati va butligi aks ettiriladi.
42. Olib qoʻyilgan avtomototransport vositalari vakolatli organlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarining hamda ularni saqlashning tegishli sharoitlarini taʼminlovchi boshqa tashkilotlarning maxsus ajratilgan joylarida (saqlash joylari, omborlar, jarima maydonchalarida) saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda davlat ijrochisi avtomototransport vositalaridan boshqa shaxslar tomonidan foydalanishga va boshqacha foydalanishga cheklashni taʼminlashi shart (muhrlash).
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari ularning saqlanishini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlariga saqlash uchun berilishi mumkin.
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 83-modda)
43. Avtomototransport vositasini olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qoʻyish toʻgʻrisida protokol tuzilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazuvchi tegishli notarial organlarga va ichki ishlar organlariga bildirishnoma joʻnatadi.
44. Olib qoʻyilgan avtomototransport vositasining texnik holatini koʻrikdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarining mutaxassislari tomonidan hududiy moliya organi hamda avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatish ixtisoslashgan korxonalari vakillarining majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻchmas mulkning holatini koʻzdan kechirish hududiy iqtisodiyot va moliya organining vakili majburiy tartibda qatnashgan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy organi mutaxassisi ishtirokida amalga oshiriladi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha koʻzdan kechirish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi hamda koʻzdan kechirishda qatnashgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organining mutaxassisi 20 va undan koʻp yil muddat foydalanilgan avtomototransport vositasini koʻzdan kechirish bilan bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasining yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa tuzadi va ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin davlat ijrochisi ushbu Nizomda belgilangan tartibda avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni qabul qilish-topshirishni amalga oshiradi.
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi davlat daromadiga oʻtkazilgan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni vakolatli organdan qabul qilib olishda barcha hujjatlar, shu jumladan ular koʻzdan kechirilganligi va baholanganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
451. Utilizatsiyaga yoki ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan avtomototransport vositalari davlat ijrochisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati vakilining majburiy ishtirokida utilizatsiyaga yoxud ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshiriladi hamda qabul qilish-topshirish dalolatnomasida bu haqda tegishli yozuv qayd etiladi.
Davlat ijrochisi avtomototransport vositasini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uni avtomototransport vositasi hisobga olingan joydagi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organiga ijro etish uchun yuboradi. Bir vaqtning oʻzida Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organiga ushbu avtomototransport vositasining davlat roʻyxatiga olingan raqam belgilari va roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi guvohnoma ham (mavjud boʻlsa) topshiriladi.
(451-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
VII. Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
46. Davlat ijrochisi tegishli ijro hujjati olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida ijro ishini qoʻzgʻaydi va ushbu Nizomning 47-bandida koʻrsatilgan shaxslarni mol-mulkni yoʻq qilib tashlash joyi va sanasi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda davlat ijrochisi ushbu vaqtdan boshlab oʻzining tasarrufiga oʻtadigan saqlashda boʻlgan yoʻq qilib tashlanishi kerak boʻlgan mol-mulk roʻyxatini tuzadi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoʻq qilib tashlanishi kerak boʻlgan mol-mulk roʻyxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, dalolatnoma davlat ijrochisi, mol-mulkni olib qoʻyishni amalga oshirgan organning mansabdor shaxsi, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun masʼul shaxs tomonidan imzolanadi.
(46-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash ijro ishini qoʻzgʻash toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan boshlab 7 kundan kechikmay davlat ijrochisi tomonidan, quyidagilardan:
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
mol-mulkni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining vakili;
(47-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining vakili;
(47-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
olib qoʻyilgan mol-mulkning saqlanishi uchun masʼul shaxs (tashkilot vakili);
kamida ikki nafar xolis guvohdan iborat tarkibda tuziladigan komissiyaning majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uzrli sabablarsiz yoʻq qilib tashlash uchun kelmagan komissiya aʼzolari qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(47-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207-moddasi.
Vakolatli organning mol-mulkni olib qoʻygan va mol-mulkni yoʻq qilib tashlash joyi va sanasi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilingan mansabdor shaxslarining kelmasligi yoʻq qilib tashlash uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash tartib-qoidasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan usullarda va joylarda amalga oshiriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
49. Mol-mulkning yoʻq qilib tashlanganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha besh nusxada dalolatnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk yoʻq qilib tashlangan kundan boshlab uch kundan kechikmay dalolatnomaning bir nusxasi — sudga yoki ularni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organga, ikkinchi nusxasi — mol-mulkni olib qoʻygan organga, uchinchi nusxasi — xulosa bergan ekspertiza organiga yuboriladi, toʻrtinchi nusxasi mazkur tovarlarning saqlanishi uchun masʼul shaxsga (tashkilotga) beriladi, beshinchi nusxasi esa ijro ishi materiallariga qoʻshib qoʻyish uchun davlat ijrochisida qoladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
50. Yoʻq qilib tashlangan mol-mulkning ishlab chiqarishda yoki ikkilamchi qayta ishlashda foydalanilishi mumkin boʻlgan chiqindilari va idishlari davlat daromadiga oʻtkaziladi hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ikkilamchi xom ashyoni toʻplash va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tegishli tashkilotlarga shartnoma asosida sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Yoʻq qilib tashlanadigan mol-mulkni, chiqindilar va idishlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini hisobga olish ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha davlat ijrochilari tomonidan yuritiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
VIII. Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari, savdo chegirmasi summasini chiqarib tashlagan holda, sotilishiga qarab savdo tashkiloti yoxud “Bojxona-servis” DM tomonidan tegishli Byuro organlarining maxsus hisob raqamiga 3 kundan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi koʻrsatilgan holda oʻtkaziladi.
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“E-auksion shop” elektron savdo doʻkoni orqali sotilgan mol-mulk savdo gʻolibi tomonidan qabul qilib olinganidan soʻng mablagʻlar savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM hisobvaragʻiga (operator xizmat haqi chegirilgan holda) 1 ish kunidan kechikmay oʻtkaziladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni sotishdan tushgan summani oʻtkazish muddati kechikkan taqdirda, savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM kechikkan har bir kun uchun toʻlanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga penya toʻlaydi.
(52-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Mol-mulkni sotishdan olingan pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun tegishli Byuro organlari tomonidan bankda maxsus hisob raqami ochiladi.
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan maxsus hisob raqamiga, shuningdek pul mablagʻlarini olib qoʻygan organning talab qilib olinadigan maxsus depozit hisobvaraqlarida turgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan pul mablagʻlari oʻtkaziladi. Bunda talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlarida turgan xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari pul mablagʻlarini olib qoʻygan organning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga xizmat koʻrsatadigan tijorat bankiga sotish kunidagi kurs boʻyicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablagʻlari tegishli Byuro organlari maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari boʻyicha kelib tushgan mablagʻlar Toshkent shahrida 30 foiz, qolgan hududlarda 50 foiz miqdorda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash uchun ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro organlari hisob raqamiga tushgan pul mablagʻlari uch bank kuni mobaynida quyidagi tartibda:
(53-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
1) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar va boyliklar boʻyicha:
76 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
16 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organning maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
2) Oʻzbekiston Respublikasining chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishi natijasida bojxona organlari va chegarachilar tomonidan olib qoʻyilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar (bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulklarning “Bojxona-servis” davlat muassasasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan 15 foiz chegirmani ayirgandan soʻng qolgan summa) boʻyicha:
42 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
50 foizi — budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
21) bojxona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan va 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda, qonunda belgilangan tartibda sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkazilgan tovarlar boʻyicha:
42 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
50 foizi — Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan 21-kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
3) Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar boʻyicha;
82 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarining maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar boʻyicha:
82 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlarining maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan ov va baliq ovlash qurollari, shuningdek, noqonuniy ov mahsulotlari boʻyicha:
52 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
6) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan boshqa tovarlar va boyliklar boʻyicha:
84 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
8 foizi — mol-mulkni davlat daromadiga olib qoʻygan organning maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga taqsimlanadi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Byuro organlariga:
(54-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalar hisobvaraqlari rekvizitlari — tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli davlat organlarining maxsus hisob raqamlari rekvizitlari — Byuro tomonidan ushbu organlar bilan birgalikda yetkaziladi.
(54-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar boʻyicha har oyda keyingi oyning 7-kunigacha Byuro organlari, prokuratura, soliq, bojxona va tergov organlari oʻrtasida solishtirish dalolatnomasi tuziladi.
(54-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
55. Saqlash, ekspertiza va baholashni oʻtkazish, transport xarajatlari va mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar tegishli ravishda:
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkni olib qoʻygan organlar mablagʻlari hisobiga — mol-mulkni davlat ijrochilariga bergungacha;
(55-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga — mol-mulk davlat ijrochilariga oʻtkazilgandan keyin qoplanadi.
(55-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
56. Ushbu Nizomning 55-bandida koʻrsatilgan xarajatlar davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari hisobiga, ular ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq taqsimlangungacha, tegishli xarajatlar qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan summa doirasida qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash hamda egasiga qaytarilgan yoki tegishli tashkilotlarga tekin berilgan mol-mulkni saqlash, ekspertizadan oʻtkazish va baholash, transport xarajatlari va ushbu mol-mulklarni davlat daromadiga oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar boshqa davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan ular mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq taqsimlangunga qadar qoplanadi.
(56-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan sarf-xarajatlar vakolatli organlar tomonidan davlat ijrochilariga amalga oshirilgan sarf-xarajatlarni tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qoplanadi. Koʻrsatib oʻtilgan sarf-xarajatlarni tasdiqlaydigan hujjatlar ushbu mol-mulkni olib qoʻygan vakolatli organlar tomonidan har bir ijro varaqasi boʻyicha alohida taqdim etilishi kerak.
(56-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
IX. Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni qaytarish va uni hisobga olish
57. Mol-mulk yoki uning qiymati:
mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi sud qarori yoki vakolatli organ qarori bekor qilinganda;
mol-mulkning bir qismini band qilib qoʻyishni bekor qilish (roʻyxatdan chiqarish) toʻgʻrisida sud qarori chiqarilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda qaytariladi.
(57-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Mol-mulk hali sotilmagan, yoʻq qilib tashlanmagan yoki qayta ishlashga topshirilmagan boʻlsa, uni qaytarish vakolatli organ yoki davlat ijrochisi tomonidan, mol-mulkni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi, bu mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha hisobga olinadi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Arizaga mazkur mulk davlat mulkiga tushganligiga asos boʻlgan qaror tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinganini tasdiqlovchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
59. Agar mol-mulk sotilgan yoki qayta ishlashga topshirilgan boʻlsa, mol-mulk qiymatini qaytarish moliya organlari tomonidan tegishli budjet mablagʻlaridan va davlat organlarining tegishli hisob raqamlaridan ilgari mablagʻlar taqsimlangan ayni bir foiz nisbatida mol-mulk qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.
Davlat organlarining tegishli hisob raqamlariga mablagʻlar yetishmagan taqdirda yetishmagan qismni qaytarish moliya organlari tomonidan keyinchalik koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar davlat organlarining maxsus hisob raqamidan undirib olingan holda tegishli budjet mablagʻlaridan amalga oshiriladi.
Yoʻq qilingan mol-mulk qiymatini qaytarish ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda moliya organlari tomonidan tegishli budjet mablagʻlaridan amalga oshiriladi.
Tegishli budjetdan qaytarilishi kerak boʻlgan qism boʻyicha mol-mulk qiymatini qaytarish manbai sifatida davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan ushbu budjetga kelib tushgan joriy tushumlar summalari hisoblanadi. Koʻrsatib oʻtilgan joriy tushumlar yetishmagan taqdirda moliya organi rahbari pul mablagʻlarining yetishmagan qismini Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlarining tegishli boʻlimlari va paragraflari boʻyicha tushumlar hisobiga toʻlash haqida qaror qabul qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni
61. Mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini toʻlash, agar qaytarish toʻgʻrisidagi ariza mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlar bekor qilingan kundan boshlab uch yildan kechikmay berilgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk qiymati qaytarilishi munosabati bilan davlatga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq teskari talab (regress) tartibida aybdor shaxslardan undirib olinishi mumkin.
(61-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
X. Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan mablagʻlar tushishi toʻgʻrisida hisobot
Oldingi tahrirga qarang.
62. Byuro organlari tegishli soliq organlariga belgilangan shaklda, ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha mol-mulkni sotishdan pul mablagʻlari tushishi va ularning taqsimlanishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
(62-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobot shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Byuro tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda alohida satrda qimmatbaho metallar va toshlarni ajratgan holda tasdiqlanadi.
(62-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63. Soliq organlari har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha moliya organlariga belgilangan shaklda qimmatbaho metallar va toshlarni alohida satrda ajratgan holda, ortib boruvchi yakun bilan, mol-mulkni sotishdan olingan pul mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 23-son, 304-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, boshqa ekspertiza organlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga davlat daromadiga oʻtkaziladigan yoki yoʻq qilib tashlanadigan, isteʼmolga, foydalanishga yoxud qayta ishlashga yaroqliligini yoki yaroqsizligini aniqlash boʻyicha ekspertiza xulosalari berilgan mol-mulkning (turlari boʻyicha) hajmlari va qiymati toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
XI. Yakuniy qoidalar
65. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlarining davlat daromadiga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini nazorat qilish, shuningdek davlat organlariga tekin berilgan mol-mulkni hisobga olish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
66. Mol-mulkni olib qoʻyish, davlat mulkiga oʻtkazish yoki ularni yoʻq qilib tashlash, baholash (qayta baholash) hamda sotish vakolati berilgan, olingan pul mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻliq va oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlovchi davlat boshqaruvi, nazorat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining qonuniyligi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar amalga oshiradilar.
Ushbu Nizom talablari buzilishining har bir holati boʻyicha prokuratura organlari jazoning muqarrarligini taʼminlaydilar hamda qonunda nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlik choralarini koʻradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Ushbu Nizomning talablari buzilganligi uchun aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
 LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
68. Ushbu Nizomni qoʻllash boʻyicha yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ekspertiza qilinadigan, baholanadigan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan olib qoʻyilgan mol-mulk harakatini hisobga olish
DAFTARI

T/r‎‏

Mol-mulkni olib qoʻyish‎‎

Mol-mulkni ekspertizadan oʻtkazish va baholash‎‎

Saqlash joyi‎‎

Materialni sudga topshirish‎‎

Sud yoki boshqa organ qarori‎‎

Tushgan mablagʻ‎‎

Olib qoʻyish dalolatnomasi va №‎‏

Mol-mulkning nomi‎‏

Oʻlchov birligi‎‏

Soni‎‏ Ekspertiza xulosasining sanasi va №‎‏

Baholash hisoboti sanasi va № (Baholash dalolatnomasi sanasi)‎‏

Bahosi‎‏ Summasi‎‏ Hujjatning sanasi va №‎‏ Tashkilotning nomi‎‏ Sanasi‎‏ Hujjat‎‏ Sanasi va №‎‏ egasiga qaytarildi davlat daromadiga oʻtkazildi‎‎ yoʻq qilib tashlashga berildi‎‎ Hammasi‎‏ shu jumladan mahalliy budjetga‎‏
Soni‎ Summasi‎ Egasiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi № va sanasi‎ Soni‎ Summasi‎ Ijrochiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi № va sanasi‎ Soni‎ Summasi‎ Ijrochiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi № va sanasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎ 20‎ 21‎ 22‎ 23‎ 24‎ 25‎
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni hisobga olish
DAFTARI
Oldingi tahrirga qarang.
T/r‎Ijro ishi №, davlat ijrochisisining F.I.O.‎‏Ijro hujjatining №, sanasi, ijro dalolatnomasi tuzilgan sana‎Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ‎Mol-mulkni olib qoʻygan organ‎Mol-mulkning nomi, soni, summasiOlib qoʻyilgan mol-mulk davlat ijrochisiga berilgan sana‎‏Saqlash joyi va uning oʻzgargani toʻgʻrisida belgiOlib qoʻyilgan mol-mulk sotish uchun berilgan sana va sotuvchi tashkilot‎‏Sotishga berilgan mol-mulkning arzonlashtirilishi toʻgʻrisida belgi‏Sotish summasi va uning tushgan sanasiMol-mulkni yoʻq qilib tashlash xarajatlarini qoplash summasi, yoʻq qilib tashlash dalolatnomasi № va sanasiQolgan summani taqsimlashAlohida belgilar
budjetga‎

mol-mulkni olib qoʻygan organga

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga‎
12345678‎9101112131415‎16
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida
‎_____-son Dalolatnoma

‎‎200__ yil “___” ____________‎‎‎______________ tuman (shahar)
‎‎Yoʻq qilish soat ____daqiqada _____ boshlandi
‎‎Yoʻq qilish soat ____daqiqada _____ tugatildi
‎‎___________________________________________________________________

‎‎(mol-mulki yoʻq qilinayotgan yuridik (jismoniy) shaxsning nomi)‎


‎‎‎Biz, quyida imzo chekuvchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq hamda 200__ yil “___” __________dagi ___-son ijro hujjati asosida 200__ yil “___” __________dagi ___-son olib qoʻyish protokoliga muvofiq olib qoʻyilgan quyidagi mol-mulkni yoʻq qilib tashlashni amalga oshirdik:

T/r‎

Nomi‎‎

Miqdori‎‎‎

‎‎‎‎
‎‎‎‎‎
‎‎‎‎‎
‎‎‎‎‎
‎‎
‎Yoʻq qilib tashlash usuli ___________________________________________________________________
‎‎Yoʻq qilib tashlangan joy ___________________________________________________________________
‎‎1. Davlat ijrochisi____________‎____________‎
‎‎2. Mol-mulkni olib qoʻyishni amalga oshirgan vakolatli organning mansabdor shaxsi
‎____________‎

‎____________‎
‎‎3. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi vakili
‎____________‎

‎____________‎
‎‎4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi vakili
‎____________

‎____________‎
5. Saqlash uchun javobgar shaxs (tashkilot vakili)
‎____________‎

‎____________‎
6. Xolis guvohlar:____________‎____________‎
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Yoʻq qilib tashlanadigan mol-mulkni hisobga olish
DAFTARI
Oldingi tahrirga qarang.
T/rIjro ishi №, davlat ijrochisisining F.I.O.‎‏Ijro hujjatining №, sanasi, ijro dalolatnomasi tuzilgan sana‎‏Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ‎‏Mol-mulkni olib qoʻygan organ‎‏Mol-mulkning nomi, soni, summasiOlib qoʻyilgan mol-mulk davlat ijrochisiga berilgan sanaSaqlash joyi va uning oʻzgargani toʻgʻrisida belgi‎‏Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash dalolatnomasi № va sanasi‎‏Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash joyi va usuliChiqindi va idishlarni sotish summasi, uning tushgan sanasi

‎‎Summani taqsimlash

Alohida belgilar
budjetga‎mol-mulkni olib qoʻygan organgaMajburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga‎
1‎2‎3‎4‎5‎6‎7‎8‎9‎10‎11‎12‎13‎14‎15‎
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 25-martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 35-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 25-martdagi 140-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 27-dekabrdagi 609-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 111-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qarori)” 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 48-modda) ilovaning 11-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-iyuldagi 139-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 52-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2008-yil 16-maydagi 97-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 18-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 335-modda; 2010-y., 14-15-son, 335-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda, 44-45-son. 385-modda; 2012-y., 8-9-son, 83-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 23-son, 304-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 8-son, 118-modda; 14-son, 228-modda, 19-son, 345-modda, 37-son, 993-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/819/0104-son, 17.10.2017-y., 07/17/3325/0127-son, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son; 28.09.2019-y., 09/19/819/3819-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 23.05.2020-y., 09/20/315/0642-son, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son; 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)