Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Notariat toʻgʻrisida
I BOʻLIM. NOTARIAT FAOLIYATINING TASHKILIY ASOSLARI
Oldingi tahrirga qarang.
1-bob. UMUMIY QOIDALAR
(1-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notariat
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida notariat qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bogʻliq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga daʼvat etilgan huquqiy institutdir.
(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalari”ning 1-bandi (roʻyxat raqami 2170, 22.12.2010-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. Notariuslarning reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavining 27-moddasi.
(1-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notarius
Oldingi tahrirga qarang.
Yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan eʼtiboran besh yil oʻtmagan boʻlsa, olti oy muddat stajirovka oʻtaydi.
Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
 LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik protsessual kodeksining 31-bobi.
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.
Notarius yordamchi, stajyor, shuningdek notarial faoliyatni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa xodimlarga ega boʻlishi mumkin.
Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar, davlat notarial idorasida ishlashidan yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar boʻlib ishlashidan qatʼi nazar, teng huquqlarga ega va bir xil majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. Davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.
(2-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Notarius yordamchisi
Yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi boʻlishi mumkin.
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar notarius yordamchisi boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat notarial idorasi notariusining yordamchisini ishga qabul qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius yordamchisini ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining (bundan buyon matnda Notarial palata deb yuritiladi) tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda uni tavsiya qilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Notarius yordamchisi notariusning topshirigʻiga koʻra notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning koʻchirma nusxalari va dublikatlarini, ulardan koʻchirmalarni tayyorlashga, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat notarial idorasi notariusi yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.
(21-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. Notarius stajyori
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius stajyori boʻlishi mumkin.
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar notarius stajyori boʻlishi mumkin emas.
Davlat notarial idorasi notariusining stajyorini ishga qabul qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajyorini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan ushbu boshqarma tomonidan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius tomonidan notarius stajyorini ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Stajirovka notarial idorada oʻtaladi. Notarius stajyori oʻz faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.
Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Notarial palata bilan birgalikda belgilanadi.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Notarius qasamyodi
Notarius Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:
“Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31-modda. Malaka komissiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) toʻxtatib turish va tugatish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish maqsadida tashkil etiladi.
Malaka komissiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalarining qarorlari bilan Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari orasidan besh nafardan toʻqqiz nafar kishigacha boʻlgan tarkibda toq miqdorda tuziladi.
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish, notarius qasamyodini qabul qilish, malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun oʻn bir nafar kishidan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Oliy malaka komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari, Notarial palata vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari, shuningdek advokatlar kiradi. Oliy malaka komissiyasining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Tanlov oʻtkazish va malaka imtihoni topshirish tartibi, Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2166, 21.12.2010-y.) va “ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidag”gi nizom (roʻyxat raqami 3250, 26.06.2020-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. Notariusning mustaqilligi va betarafligi
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius oʻz faoliyatida mustaqil va betaraf boʻlib, uni amalga oshirishda notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka amal qiladi.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6-modda. Notarial harakatlarning maxfiyligi
Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar toʻgʻrisida oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslarning oʻzlariga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirigʻiga koʻra amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning oʻzigagina berilishi mumkin.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida boʻlgan ishlar munosabati bilan ularning talabiga binoan beriladi.
Notariuslar tomonidan shuningdek:
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organiga — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar);
(6-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
davlat soliq xizmati organiga — koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalar;
ichki ishlar organiga — avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga oʻtkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga — boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi va oluvchi haqidagi maʼlumotlar;
(6-modda toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga (bundan buyon matnda ijtimoiy himoya organi deb yuritiladi) umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi toʻgʻrisidagi, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi maʼlumotlar, shuningdek ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan yuborilgan soʻrovga koʻra, amalga oshirilgan notarial harakatlar haqidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar), shu jumladan qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk, avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, hadya, ijara, garov, tekin foydalanish, lizing shartnomalari toʻgʻrisidagi va ijara haqining miqdori haqidagi, avtomototransport vositasini boshqarish va sotish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar toʻgʻrisidagi, meros va hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati hamda daromad keltiradigan va majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa bitimlarning miqdori haqidagi maʼlumotlar;
(6-modda toʻrtinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
kredit byurosiga uning soʻroviga koʻra — bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar);
rieltorlik tashkilotiga uning soʻroviga koʻra — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar);
manfaatdor shaxslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin — vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar beriladi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi maqsadida uning soʻroviga koʻra taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”ning 5-bandi.
Maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) taqdim etish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda amalga oshirilishi mumkin.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Notarius faoliyatidagi cheklovlar
Notarius:
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish chogʻida vositachilik xizmati koʻrsatishga;
faksimiledan foydalanishga va shaxsiy muhrni boshqa shaxslarga berishga, bundan uning litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan davrga muhrni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga topshirishi mustasno;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda oʻz idorasi joylashgan hududdan tashqarida faoliyatni amalga oshirishga haqli emas.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzmasdan turib oʻz faoliyatini amalga oshirishga ham haqli emas.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov davlat notarial idorasining boshqa xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Davlat notarial idorasi
Davlat notarial idoralari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
Davlat notarial idorasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi.
Davlat notarial idorasining nomida “davlat notarial idorasi” degan soʻzlar boʻlishi, tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi va zarur boʻlganda, davlat notarial idorasining raqami boʻlishi kerak.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius yuridik shaxs tashkil etmagan holda oʻz idorasiga ega boʻlishga, bank hisobvaragʻi va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻlishga hamda majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishga, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga, sudda oʻz nomidan ishtirok etishga hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
(81-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning idorasi tugatilganda kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan soʻng qolgan mol-mulk notariusning tasarrufida qoladi va unga soliq solinmaydi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial idoraning xodimlarini lavozimga tayinlashda va lavozimidan ozod qilishda mustaqildir, bundan ushbu Qonunning 21 va 22-moddalarida koʻrsatilgan hollar mustasno.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius idorasining nomida “xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius” degan soʻzlar boʻlishi va tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi kerak.
82-modda. Notarial idoraning binosi
Notarial idora binosida fuqarolarning notarius huzuriga kirish imkoniyati, notarial harakatlarning sir tutilishi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxivning but saqlanishi, toʻlovlarni qabul qilish, audio- va video qayd etish uchun shart-sharoitlar taʼminlanishi kerak.
(81 va 82-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
10-modda. Notarial ish yuritish va hisobdorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini taʼminlashi, oʻz notarial arxiv ishini yuritishi shart.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar tomonidan beriladigan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan koʻchirmalar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ularni berganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda haq undiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 22-dekabrdagi 20-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar shtat birliklari soni va yuridik va jismoniy shaxslarga maʼlumotnomalar va arxiv hujjatlari nusxalari, shuningdek, notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan koʻchirmalar berilganligi uchun ular tomonidan undiriladigan haq miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 2167, 22.12.2010-y.) 2-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Notarial ish yuritish qoidalari, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalari” (roʻyxat raqami 2170, 22.12.2010-y.).
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari davlat boji tushumlarining hisobini yuritadi va ular yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
11-modda. Notarial harakatlar amalga oshiriladigan til
Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida davlat tili boʻlib oʻzbek tili hisoblanadi.
Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius yoki notarial harakatlarni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ning 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”ning 6-bandi.
12-modda. Notariusning muhri, shtamplari, ish qogʻozlari
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notarius familiyasi, ismi-sharifi, lavozimi va notarial idoraning nomi koʻrsatilgan shaxsiy muhriga, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplariga, notarial idoraning blankalariga ega boʻladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning muhrida litsenziyaning seriyasi va raqami koʻrsatiladi.
Notariuslarning reyestriga ularning muhri va imzosi namunalari kiritiladi.
Notariusning muhri Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namuna boʻyicha tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius muhri, shtamplari, gerbli (maxsus) blankalari litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan, tugatilgan va litsenziya bekor qilingan hollarda hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda adliya boshqarmalariga qaytarilishi lozim.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Notarial idoralar tomonidan gerbli (maxsus) blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. NOTARIUS LAVOZIMINI TAʼSIS ETISH VA TUGATISH, UNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Davlat notarial idoralarining tarmogʻi va shtatlari
Oʻzbekiston Respublikasida davlat notarial idoralarining tarmogʻi, shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ikki nafar va undan ortiq notarius ishlaydigan davlat notarial idoralarida notariuslardan biri katta notarius etib tayinlanadi hamda uning zimmasiga ushbu notarial idoraning maʼmuriy-tashkiliy ishlarini nazorat qilish majburiyatlari yuklatiladi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Notarius lavozimini taʼsis etish va tugatish tartibi.
(15-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Notarius lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taʼsis etiladi va tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlarining eng kam soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatiladigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Notarial okrugdagi notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilash tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151-modda. Notarius maqomiga ega boʻlish. Notariusni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish
Litsenziya shaxsning xususiy notarial faoliyatini amalga oshirishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir.
Litsenziya Oliy malaka komissiyasining notariuslik vakolatlarini berish boʻyicha malaka imtihoni yakunlari yuzasidan chiqariladigan qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) litsenziya olish uchun malaka imtihoni topshirishi shart.
Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida olti oydan keyin qoʻyiladi.
Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor bir oy muddat ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga litsenziya olish uchun murojaat qilishi kerak.
Talabgor tomonidan litsenziya olish uchun murojaat qilish muddatining uzrsiz sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilishi litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos boʻladi.
Davlat notarial idorasi notariusiga litsenziya uning arizasiga koʻra, malaka imtihoni topshirmasdan beriladi.
Belgilangan tartibda litsenziya olgan, talabgor shaxs litsenziya olgan kundan eʼtiboran uch oy ichida notarial idora tashkil etishi va notarial harakatlarni amalga oshirishga kirishishi shart.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial idora tashkil etilgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligini, adliya boshqarmasini bu haqda xabardor qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni xabarnoma olingan kunning ertasidan kechiktirmay hisobga qoʻyadi va bu haqda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasini xabardor qiladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran Notarial palataning aʼzosi boʻladi.
Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash Oliy malaka komissiyasining tanlov natijalari yuzasidan chiqargan qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat notarial idoralarining notariuslari ish joyini oʻzgartirish (rotatsiya) tartibida boshqa notarial idoralarga tayinlanishi mumkin. Notariuslarni attestatsiyadan oʻtkazish va ish joyini oʻzgartirish (rotatsiya) tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat notarial idorasining notariusi va xodimlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu Qonun talablarini inobatga olgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(151-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Notariuslar oʻz kasbiy malakasini davriy oshirish yakunlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.
152-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish uni hisobga qoʻygan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan malaka komissiyasining qaroriga asosan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
notarius jinoiy javobgarlikka tortilganda — u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan eʼtiboran va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar;
Oldingi tahrirga qarang.
notarius qonunchilikda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilganda — bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar boʻlgan davrga;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33-moddasi.
notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik, Notariusning kasb etikasi qoidalari talablari, notarial harakatlar siri va notarius qasamyodi notarius tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
(152-modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Notarial palataning yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan, shu jumladan notariusning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari notarius tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
notariusda fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi mavjud boʻlmaganda yoki tuzilgan shartnoma qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmaganda — bunday shartnoma tuzilgan yoki tuzilgan shartnoma qonunchilikka muvofiq holga keltirilgan kunga qadar;
(152-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
notarial faoliyatni tashkil etishga oid minimal talablar bajarilmaganda — bunday hollar bartaraf etilguniga qadar;
notarius Notarial palataga aʼzolik badallarini bir oydan ortiq muddat davomida toʻlamaganda — uch oygacha, aʼzolik badallarini toʻlaguniga qadar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notariusga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazish davrida litsenziyaning amal qilishini oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turishga haqli.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmalarining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish notarius maqomining toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi uch kunlik muddat ichida Notarial palatani xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning maqomi toʻxtatilganligi yoki tiklanganligi haqida xabardor etadi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida tegishli xabarni eʼlon qiladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius maqomining toʻxtatib turilishi notariusning Notarial palataga aʼzoligi toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi.
Notariusning maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganidan keyin shaxs notarial faoliyatga kirishadi.
Notarius maqomi toʻxtatib turilgan shaxsning Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish imkoniyati toʻxtatiladi.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib keladigan qoidabuzarliklar hollari va ular boʻyicha litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi.
153-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish
Notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
notarius litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda;
ushbu Qonun 151-moddasining oltinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;
notarius ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari boshqa haq toʻlanadigan lavozimga tayinlanganda (saylanganda);
notariusning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 31-moddasi.
sudning notariusni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganda;
notarius oltmish besh yoshga toʻlganda;
notarius vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Litsenziyaning amal qilishini maʼmuriy sud tomonidan tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining murojaatiga koʻra malaka komissiyasining qarori asosida quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
oʻz vazifalarini olti oy mobaynida uzrli sabablarsiz bajarmaganda;
litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni adliya organi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
notarius tomonidan notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, Notariuslarning kasb etikasi qoidalari, notarial harakatlarning siri va notarius qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, notariusning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda notariatning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda.
(153-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish notarius maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi uch kunlik muddatda Notarial palatani xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning maqomi tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius maqomining tugatilishi notariusning Notarial palataga aʼzoligi tugatilishiga sabab boʻladi.
Notariusning vakolatlari tugatilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi notariusning ish yurituvidagi hujjatlarni boshqa notariusga topshirish haqida qaror qabul qiladi, boshqa hujjatlar esa idoraviy notarial arxivga topshiriladi.
154-modda. Litsenziyani bekor qilish
Litsenziyani bekor qilish notariusning arizasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori bilan, litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining arizasiga asosan maʼmuriy sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning oʻz kasbiy faoliyatini bajarish chogʻidagi harakatlari gʻayrihuquqiy deb topilganligini anglatmaydi, bundan notarial harakatlarni sud tomonidan haqiqiy emas deb topish hollari mustasno.
(151 — 154-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
16-modda. Notariusning faoliyat koʻrsatish hududi (notarial okrug)
Oldingi tahrirga qarang.
Notariusning faoliyat koʻrsatish hududi (notarial okrug) Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idora tegishli notarial okrug doirasida joylashgan boʻlishi kerak.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy yoki yuridik shaxs notarial harakatni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqli, bundan ushbu Qonunning 37, 51, 52, 59, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos boʻlmaydi.
Notarius mavjud boʻlmagan hududdagi vasiyat qiluvchi ogʻir kasal boʻlgan hollarda vasiyatnomani tasdiqlash uchun notarius oʻzi xizmat koʻrsatadigan hududdan tashqariga chiqishga haqlidir.
3-bob. NOTARIUSNING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI
17-modda. Notariusning huquqlari
Notarius quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan koʻchirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash hamda olish;
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka boʻlgan huquqlarni va hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuniga muvofiq oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslarning rahbar organlari yigʻilishlarida ularning taklifiga koʻra ishtirok etish.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Notariusning majburiyatlari
Notarius:
jismoniy va yuridik shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;
taraflar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi hamda ularning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va ushbu bitimlarning qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi;
yuridik jihatdan bexabarlikdan jismoniy va yuridik shaxslarning zarariga foydalanilmasligi uchun ularni amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ogohlantirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi;
(18-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilishi;
uch yilda kamida bir marta oʻz kasbiy malakasini oshirishi;
sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida boʻlgan ishlar bilan bogʻliq notarial harakatlarni amalga oshirganlik toʻgʻrisida ularning talabiga binoan maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) berishi;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi;
(18-moddaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi;
avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga oʻtkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni ichki ishlar organiga taqdim etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi va oluvchi haqidagi maʼlumotlarni qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalariga taqdim etishi;
(18-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi toʻgʻrisidagi, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi maʼlumotlarni ijtimoiy himoya organiga taqdim etishi;
amalga oshirilgan notarial harakatlar haqidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni), shu jumladan qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk, avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, hadya, ijara, garov, tekin foydalanish, lizing shartnomalari toʻgʻrisidagi va ijara haqining miqdori haqidagi, avtomototransport vositasini boshqarish va sotish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar toʻgʻrisidagi, meros va hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati hamda daromad keltiradigan va majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa bitimlarning miqdori haqidagi maʼlumotlarni ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan ijtimoiy himoya organi tomonidan yuborilgan soʻrovga koʻra taqdim etishi;
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuniga asosan oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) kredit byurolarining soʻroviga koʻra taqdim etishi;
bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) rieltorlik tashkilotining soʻroviga koʻra taqdim etishi;
vasiyat qiluvchining vafotidan keyin manfaatdor shaxslarga vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni taqdim etishi;
amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya olgan notarius ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
notarial idora tashkil etilgan notarial okrugda kamida ikki yil ishlab berishi;
faoliyati oʻn kundan ortiq muddatga toʻxtatilgan notariusning ish yurituvidagi hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi tomonidan belgilangan hollarda qabul qilib olishi;
Notarial palata konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va aʼzolik badallarini Notarial palataga toʻlashi shart.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
19-modda. Notariusning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius oʻz majburiyatlarini buzganligi uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladi.
Davlat notarial idorasining notariusi tomonidan oʻz majburiyatlarini buzganligi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat notariusi tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial harakatlar orqali qonunni buzganligi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkiy javobgar boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollarda jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta badali (sugʻurta summasi) yoki sugʻurta badali yetarli boʻlmagan taqdirda notariusning shaxsiy mol-mulki hisobidan, notariusning shaxsiy mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning qasddan sodir etgan xatti-harakatlari natijasida zarar yetkazilganligi sudning qarori bilan tasdiqlangan taqdirda, ushbu zararning oʻrni Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanmaydi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun davlat javobgar boʻlmaydi.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
191-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyatini sugʻurta qilish
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial faoliyatni amalga oshirishda notariusning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasini tuzishi shart.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasini tuzmasdan oʻzining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga va (yoki) notarial faoliyatni amalga oshirishdagi uchinchi shaxslarga mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlari boʻyicha javobgarligi xavfi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar fuqarolik javobgarlikni sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta obyektidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka zid notarial harakatni amalga oshirish natijasida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxsga mulkiy zarar yetkazilganligining sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilangan yoki sugʻurta qiluvchi tomonidan tan olingan fakti notariusning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasidir.
(191-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi quyidagi eng kam miqdordan kam boʻlishi mumkin emas:
Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlarning maʼmuriy markazlarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida ming baravaridan;
boshqa aholi punktlarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh yuz baravaridan.
(191-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. NOTARIUSLAR FAOLIYATINING MOLIYAVIY VA IJTIMOIY TAʼMINOTI
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa harakatlar uchun haq toʻlash
Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlari.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun oʻz ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining oʻrnini qoplaydi.
Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq undiriladi.
Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlashdan ozod etiladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
211-modda. Notarial idora xodimlarining ijtimoiy taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idora xodimlari taʼtil va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha barcha turdagi nafaqalar olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy sugʻurtasiga toʻlovlar qonunchilikda belgilanadigan miqdorlarda toʻlanadi.
Notarial idora xodimlariga davlat va jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(211-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. Notarial idoralarni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat notarial idoralari qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning faoliyati:
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarda qoladigan qismi;
huquqiy va texnik xususiyatga ega qoʻshimcha harakatlarni bajarganlik, shuningdek notariatning faol modeli doirasida xizmatlar koʻrsatganlik uchun undiriladigan toʻlovlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(22-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslarning daromadlariga soliq solish soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlar notariusning daromadi hisoblanmaydi. Ushbu mablagʻlarga notarius majburiyatlari boʻyicha undiruvni qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-sonli “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 2, 3, 4-bandlari va “Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat. № 2168, 22.12.2010-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
41-bob. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi
221-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy qoidalari
Notarial faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash uchun moʻljallangan axborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir.
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini taʼminlaydi.
Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi.
222-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritish
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning roʻyxatini belgilaydi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bunday harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
223-modda. Elektron murojaat
Jismoniy va yuridik shaxslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun axborot tizimlari orqali notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin.
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Agar huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlanmagan boʻlsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash toʻgʻrisidagi elektron murojaat koʻrib chiqilmaydi.
Axborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(41-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
42-bob. Notarial palata
224-modda. Notarial palataning maqomi
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi barcha notariuslarning aʼzoligiga asoslangan notijorat tashkilotdir.
Davlat notarial idorasi notariusi ixtiyoriylik asosida Notarial palataning aʼzosi boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial palata notariuslarning qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat koʻrsatadi.
(224-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Notarial palata Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi.
Notarial palataning vazifalari va vakolatlariga oʻxshash vazifalar va vakolatlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Notariuslar Notarial palataning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, notariuslarning majburiyatlari boʻyicha esa Notarial palata javob bermaydi, bundan notarius tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar mustasno.
Notarial palataning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial palata faoliyatini moliyalashtirish Notarial palata konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va aʼzolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(224-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
225-modda. Notarial palataning asosiy vazifalari
Notarial palataning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning bir xil tarzda qoʻllanilishiga doir takliflar ishlab chiqish;
(225-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
nizolarning oldini oluvchi institut sifatida notariatning rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda ularning fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurtalanishini tashkil etish;
yagona notarial amaliyotni taʼminlash choralarini koʻrish, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni toʻplash va oʻrganish, ijobiy ish tajribasini yoyish hamda ularga uslubiy yordam koʻrsatish;
notarial harakatlar boʻyicha tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish;
aholining huquqiy bilimlarini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish;
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa holatlarda ifodalash hamda himoya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, Notariusning kasb etikasi qoidalari va kasbiy majburiyatlarga xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, xizmat tekshiruvlari oʻtkazish, shuningdek notariuslarning kasbiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish haqida malaka komissiyalariga takliflar kiritish;
(225-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan notarial faoliyat masalalari boʻyicha hamkorlik qilish.
226-modda. Notarial palataning organlari va mansabdor shaxslari
Notarial palataning konferensiyasi palataning yuqori organi boʻlib, zaruratga koʻra, biroq besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Notarial palata boshqaruvi Notarial palataning ustaviga muvofiq notariuslar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organ boʻlib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
Notarial palataning taftish komissiyasi moliyaviy nazorat organi boʻlib, palata ustaviga muvofiq shakllantiriladi.
Notarial palata raisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan, ushbu konferensiya saylagan Notarial palata boshqaruvi aʼzolari orasidan besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Notarial palata raisi boʻlishi mumkin emas.
Notarial palataning raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Notarial palataning ustavida belgilangan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
227-modda. Notarial palata huzuridagi fondlar
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning faoliyati tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash maqsadida Notarial palata huzurida Kompensatsiya fondi tashkil etiladi.
Notarial faoliyatga koʻmaklashish, notariuslarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash maqsadida Notarial palata huzurida Notariuslar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi tashkil etiladi.
Davlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Notarial palata huzurida Davlat notarial idoralari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondi tashkil etiladi.
Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi, Notariuslar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi hamda Davlat notarial idoralari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondi notariuslarning Notarial palataga aʼzolik badalidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi.
Majburiy ajratmalar miqdori yil yakunida Notarial palata boshqaruvi yigʻilishining qaroriga koʻra belgilanadi.
Notarial palata huzuridagi fondlarning mablagʻlaridan oqilona foydalanishi ustidan nazorat qilish Notarial palata tomonidan amalga oshiriladi.
43-bob. Notarius faoliyati ustidan nazorat va monitoring qilish. Adliya organlarining notariat sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
228-modda. Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat va monitoring qilish
(228-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya qilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshiradi.
(228-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshiradi.
229-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining notariat sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
yagona notarial amaliyotni taʼminlash choralarini koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
(229-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini taʼsis etadi va tugatadi;
muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notarius lavozimlarining eng kam sonini belgilaydi;
Notarial palata faoliyatiga koʻmaklashadi;
Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi;
xorijda foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosi va ularning muhri koʻchirmasi haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa vazifalarni bajaradi;
notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni, notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestrlarining shaklini, tasdiqlov yozuvlari va guvohnomalarni, notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibini Notarial palata bilan birgalikda tasdiqlaydi;
notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, notariuslarga koʻrsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi;
pullik xizmatlar hamda notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik xususiyatga ega qoʻshimcha harakatlar roʻyxatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan koʻchirmalar, maʼlumotnomalarning va arxiv hujjatlarining koʻchirma nusxalari berilganligi uchun toʻlovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi;
notariuslarning statistik maʼlumotlarni taqdim etish shakllarini Notarial palata bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(229-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2210-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmalarining notariat sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida:
notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlarning qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
notariuslarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi;
notarial amaliyotni umumlashtiradi;
malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi;
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi;
Notarial palata bilan birgalikda notarius stajyorining faoliyatini tashkil etadi;
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Xususiy notarial amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning davlat reyestrini yuritadi;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish haqida qaror qabul qiladi;
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning faoliyati hududini belgilash maqsadida ularni hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarishni amalga oshiradi;
notarius muhri va shtamplarining namunalari eskizlarini tasdiqlaydi;
notariuslarning reyestrini yuritadi;
notarial idoralarni qatʼiy hisobda turuvchi gerbli (maxsus) blankalar bilan taʼminlaydi;
oʻz faoliyatini tugatgan notarius muhrini yoʻq qilish va hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivga topshirish choralarini koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(2210-moddaning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(42 va 43-boblar Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
II BOʻLIM. NOTARIAL HARAKATLAR VA ULARNI AMALGA OSHIRISH QOIDALARI
5-bob. NOTARIAL HARAKATLAR
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar
Notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
1) bitimlarni tasdiqlaydi;
2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-moddaning birinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
5) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
6) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
61) mediator vazifasini bajaradi;
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan 61-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi;
8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
10) koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
121) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi;
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan 121-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
122) dalillarni taʼminlaydi;
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan 122-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
141) mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
142) elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi;
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan 141 va 142-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi;
(23-moddaning birinchi qismi 15-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
16) pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi;
17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
18) pul toʻlash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar boʻyicha pul toʻlanmaganligini tasdiqlaydi;
19) ijro xatlarini yozadi;
20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi;
21) dengiz protestlarini amalga oshiradi;
22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalarni beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ning 1-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar
(26-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Quyidagilar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
(26-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurgan kemalarda safarda boʻlgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga oʻxshash boshqa ekspeditsiyalarda boʻlgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar boʻlmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi boʻlmagan shaxslarning, ular oila aʼzolarining hamda harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.
(26-moddaning birinchi qismi beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 136, 1126-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni ushbu moddada aytib oʻtilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilab qoʻyadigan tartibda amalga oshiriladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni notarial idoraga berish
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar oʻzlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq ishonchnomalarning bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart.
Agar vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlmasa yoki ularning yashash joyi nomaʼlum boʻlsa, vasiyatnoma yoxud ishonchnoma uni qaysi tashkilotning mansabdor shaxsi tasdiqlagan boʻlsa, oʻsha tashkilot joylashgan yerdagi notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi.
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani va ishonchnomani tekshirib koʻrishi hamda ularning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu haqda vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi shart.
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan hujjatning bittadan nusxasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay notarial idoraga berishi shart.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
28-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalar bundan mustasno;
(28-moddaning birinchi qismi 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
6) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi;
7) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi;
8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi;
9) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan koʻchirmalar toʻgʻriligini shahodatlaydi;
10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi;
11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
12) pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi;
13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi;
14) ijro xatlarini yozadi;
15) dengiz protestlarini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”ning 1-bandi.
29-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslarning, notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial harakatni amalga oshirish chogʻida notariuslar tomonidan audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
6-bob. NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISH QOIDALARI
30-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish joyi
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi.
Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda notarial harakatlar notarial idoralarning binolaridan tashqarida amalga oshiriladigan boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
31-modda. Notarial harakatni amalga oshirish va toʻxtatib turish muddatlari
Notarial harakatlar haq toʻlanganidan soʻng zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi.
Notarial harakatni amalga oshirish qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur boʻlganida kechiktirilishi mumkin.
Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga eʼtiroz bor-yoʻqligini soʻrash zarur boʻlganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning talabiga koʻra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga koʻra notarial harakatni amalga oshirish bir marotaba koʻpi bilan oʻn kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan maʼlumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.
(31-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi toʻgʻrisida suddan maʼlumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal boʻlguniga qadar toʻxtatib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va toʻxtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
(31-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”ning 10-bandi.
32-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishining shaxsini aniqlash
Notariuslar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishilarning shaxsini aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishining shaxsi uning shaxsiga nisbatan har qanday shubhalarni istisno etadigan pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud boshqa hujjatlariga asosan aniqlanishi kerak.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ning 3-bandi.
33-modda. Bitimlarda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqatini va yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish
Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ning 4 — 5-bandlari.
34-modda. Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlarni imzolash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlar notarius ishtirokida imzolanadi. Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar taraflar tomonidan barmoq izlarini olish yoʻli bilan tasdiqlanishi mumkin.
(34-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlarni tasdiqlash jarayoni videokonferensaloqa orqali amalga oshirilishi mumkin.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari yozib qoʻyilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Basharti notarial idoraning yigʻmajildlarida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining vakolatlari tekshirilganligi haqida maʼlumotlar, imzolarining shaxsan murojaat qilingan vaqtda olingan namunasi boʻlsa va ularning imzolari haqiqiyligiga shubha tugʻilmaydigan boʻlsa, notarius bu mansabdor shaxslarning oʻzlari kelishini talab qilmasligi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ning 8-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi, shu jumladan ijtimoiy kartani rasmiylashtirish haqidagi arizadagi ariza beruvchining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining, oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) imzolarini notarial shahodatlash talab etilmaydi. Mazkur arizada ijtimoiy himoya organiga ariza beruvchining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining, oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) imzolari ularga doir boʻlgan, ushbu Qonun 6-moddasi toʻrtinchi qismining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlarni, shuningdek kredit axborotini, qimmatli qogʻozlar bozoridagi maxfiy axborotni va bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlsa, olishga hamda ularga ishlov berishga boʻlgan roziligidir. Bunda ijtimoiy himoya organining xodimlari mazkur arizadagi imzolarning haqiqiyligi uchun javobgar boʻladi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
35-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirish uchun qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan hujjatlarni, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlarni qabul qilmaydi. Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz boʻlsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Notarial tasdiqlanadigan bitimlarning matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi kerak, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, yuridik shaxslarning nomlari esa — ular organlarining manzillarini koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻliq yozilib, yashash joyi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Bir varaqdan ortiq boʻlgan hujjat ip oʻtkazib tikilgan, varaqlari raqamlangan va muhr bosib tasdiqlangan boʻlishi kerak.
36-modda. Tasdiqlovchi yozuvlarni yozish va guvohnomalar berish
Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi.
Merosga boʻlgan huquq, mulk huquqi tasdiqlanganda, fuqaroning tirik ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligi tasdiqlanganda, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida tegishli guvohnomalar beriladi.
37-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish huquqini cheklashlar
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urugʻlari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tugʻishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bogʻlangan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan, notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
(37-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
38-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni rad etish
Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;
bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlsa;
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
bitim qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmasa.
(38-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma.
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
39-modda. Notarial harakat ustidan, notarial harakatni kechiktirish yoki uni amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni notoʻgʻri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda notarial idora turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqlidir.
(39-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
40-modda. Notarial harakatlarni roʻyxatga olish
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda roʻyxatga olinadi. Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning yozma arizasiga binoan notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestrlaridan koʻchirmalar beradi.
(40-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
41-modda. Notarial harakatlarni, notarial guvohnomalarni, tasdiqlovchi yozuvlarni roʻyxatga olish reyestrlarining shakllari
Notarial harakatlarni, notarial guvohnomalarni, bitimlar va tasdiqlanuvchi hujjatlardagi tasdiqlovchi yozuvlarni roʻyxatga olish reyestrlarining shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
42-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berish
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yigʻmajildlarida saqlanayotgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda nomidan yoxud topshirigʻiga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra yoʻqolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi.
Dublikatlarni berish ushbu Qonunning 6 va 40-moddalari talablariga rioya etgan holda bajariladi.
7-bob. BITIMLARNI TASDIQLASH
43-modda. Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitimlar
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar qonunchilikka binoan notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qoʻyilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning xohishiga koʻra notarius boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.
(43-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 110-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
44-modda. Roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash
Roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlar boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan yoki garovga qoʻyilayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin. Bunda mol-mulkning boshqa shaxsga oʻtkazuvchiga yoki garovga qoʻyuvchiga tegishliligi hamda boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi. Taqiq mavjud boʻlgan hollarda koʻrsatilgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga oʻtkazishga rozi boʻlgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
45-modda. Vasiyatnomalarni tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar muomalaga layoqatli fuqarolarning qonunchilik talablariga muvofiq tuzilgan va ularning oʻzlari notariusga shaxsan taqdim etgan vasiyatnomalarini tasdiqlaydi. Vasiyatnomalarni vakillar orqali tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(45-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1125-moddasi.
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish talab qilinmaydi.
46-modda. Vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi
Notariuslar, vasiyatnomani bekor qilish toʻgʻrisida ariza olingan taqdirda, shuningdek vasiyatnomani bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi yangi vasiyatnoma olingan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga va notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestriga bu xususda belgi qoʻyadi. Vasiyatnomani bekor qilish haqidagi arizaga qoʻyilgan imzo notarial shahodatlanishi lozim.
47-modda. Ishonchnomalarni tasdiqlash
Notariuslar bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydi.
Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi koʻrsatib qoʻyilgan asosiy ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma boʻyicha vakil ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi bilan shunday ish tutishga majbur boʻlganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin notarial tasdiqlanishi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma boʻyicha berilganidan koʻproq huquqni qamrab olmasligi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga asos boʻlgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
48-modda. Bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni
Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak. Biroq vasiyatnomalar va mol-mulkni garovga qoʻyish, turar joyni va boshqa koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalar notariusga kamida ikki nusxada taqdim etiladi, ulardan bittasi notarial idoraning yigʻmajildlarida qoladi.
8-bob. MEROS MOL-MULKNING QOʻRIQLANISHIGA DOIR CHORA-TADBIRLAR KOʻRISH, MEROSGA BOʻLGAN HUQUQ TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMALAR BERISH
49-modda. Merosxoʻrlarni meros ochilganligi haqida xabardor qilish
Notarius meros ochilganligi haqidagi xabarni olgach, bu haqda turar joyi va ish joyi oʻziga maʼlum boʻlgan merosxoʻrlarni xabardor qilishi shart.
Notarius bu haqda ommaviy axborot vositalarida oshkora maʼlum qilish yoki xabar berish yoʻli bilan ham merosxoʻrlarni chaqirishi mumkin.
50-modda. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Meros ochilgan joydagi notarius qonunchilikka muvofiq merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qiladi. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar yozma ravishda berilishi kerak.
(50-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1117-moddasi.
51-modda. Meros qoldiruvchining kreditorlaridan daʼvolarni qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Meros ochilgan joydagi notarius qonunchilikka muvofiq meros qoldiruvchining kreditorlaridan daʼvolarni qabul qiladi. Daʼvolar yozma ravishda bayon etilishi shart.
(51-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-bobi.
52-modda. Meros mol-mulkni qoʻriqlash
Meros ochilgan joydagi notarius, basharti merosxoʻrlarning, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi.
53-modda. Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq berish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida boʻlsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan yerdagi notariusga meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq yuboradi.
(53-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrgan notarius meros ochilgan joydagi notarial idoraga koʻrilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk roʻyxatining nusxasini yuboradi.
(53-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
54-modda. Meros mol-mulkni roʻyxatga olish va uni saqlash uchun topshirish
Meros mol-mulkning qoʻriqlanishi uchun notariuslar bu mol-mulkni roʻyxatga oladi va mol-mulkni saqlash uchun merosxoʻrlarga yoki boshqa shaxslarga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Meros tarkibida boshqarishni talab etadigan mol-mulk boʻlsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxoʻrlar merosni qabul qilib olgunga qadar daʼvo qoʻzgʻatgan hollarda notarius meros boshqaruvchisini tayinlaydi.
(54-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar meros mol-mulkni talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga berganlik yoki yashirganlik uchun va merosxoʻrlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
55-modda. Meros mol-mulkni saqlaganlik uchun taqdirlash
Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar, agar merosxoʻr boʻlmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxoʻrlardan haq olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.
56-modda. Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlarni toʻxtatish
Meros mol-mulkni qoʻriqlash merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olingunga qadar, agar meros ular tomonidan qabul qilib olinmagan boʻlsa, qonunda belgilab qoʻyilgan merosni qabul qilib olish muddati oʻtgunga qadar davom etadi.
Meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar toʻxtatilishi haqida merosxoʻrlarni, agar mol-mulk vorislik huquqi boʻyicha davlatga oʻtsa, tegishli davlat organini oldindan xabardor qilishi shart.
57-modda. Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni toʻlash
Notarius merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan boʻlsa, davlatga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berilguniga qadar meros mol-mulk hisobidan:
meros qoldiruvchi kasal boʻlgan vaqt mobaynida unga qarab turish, shuningdek vafot etgan taqdirda uni dafn etish va qabrini obod qilish;
meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan fuqarolarni taʼminlash;
ish haqi boʻyicha daʼvolarni va ularga tenglashtirilgan daʼvolarni qanoatlantirish;
meros mol-mulkni qoʻriqlash va uni boshqarish, shuningdek merosxoʻrlarni chaqirish haqidagi xabarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisida farmoyish beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
(57-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1155-moddasi.
58-modda. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berish joyi va muddatlari
Meros ochilgan joydagi notarius merosxoʻrlarning yozma arizalariga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Guvohnomalar qonunchilikda belgilangan muddatlarda beriladi.
(58-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1146-moddasi.
59-modda. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarga qonunchilikka muvofiq beriladi.
(59-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1146-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(59-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma barcha merosxoʻrlarga birgalikda yoki ularning xohishiga bogʻliq ravishda har biriga alohida berilishi mumkin.
Notariuslar voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxoʻrlarning mulkiy manfaatlarini muhofaza qilish uchun ularga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berilganligi haqida merosxoʻrlar yashayotgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar qiladi.
Mol-mulk vorislik huquqi boʻyicha davlatga yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻtgan taqdirda merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga beriladi.
60-modda. Qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishning shartlari
Notarius qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish chogʻida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joy va vaqtni, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishni soʻrab ariza topshirgan shaxslarning meros qoldiruvchi bilan qonun boʻyicha vorislikka chaqirish uchun asos boʻladigan munosabatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshirib koʻradi.
Agar qonun boʻyicha merosxoʻrlarning biri yoki bir nechasi vorislikka chaqirishga asos boʻladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxoʻrlarning yozma roziligi bilan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga kiritilishi mumkin.
61-modda. Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish shartlari
Notarius vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish chogʻida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning bor-yoʻqligini, meros ochilgan vaqt va joyni, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshiradi.
Notarius merosdan shak-shubhasiz ulush olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasini ham aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
611-modda. Mediator vazifasini bajarish
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda mediator vazifasini bajarishga haqli.
(611-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-1089-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)
Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalaridan kelib chiqadigan nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida oʻzaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, notarius taraflar oʻrtasida tuzilgan mediativ kelishuvni tasdiqlaydi.
(611-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
 LexUZ sharhi
Meros bilan bogʻliq munosabatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V boʻlimi bilan ham tartibga solinadi.
9-bob. ER-XOTINNING UMUMIY MOL-MULKIDAGI ULUSHGA BOʻLGAN MULK HUQUQI TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMALAR BERISH. MOL-MULKNI BOSHQA SHAXSGA OʻTKAZISHNI TAQIQLAB QOʻYISH VA TAQIQNI BEKOR QILISH
62-modda. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berish
Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(62-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
63-modda. Marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga koʻra umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berish
Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga koʻra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar bu xususda xabardor qilinadi.
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er) tomonidan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er- xotinning umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi.
(63-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarning yozma arizasiga koʻra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
64-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiriladi.
(64-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 106 va 111-moddalari hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 290 va 295-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Birlamchi bozordagi koʻchmas mulk va transport vositalariga nisbatan ipoteka shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qoʻyish hamda taqiqni yechishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil ravishda amalga oshiradi.
(64-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
10-bob. HUJJATLAR NUSXALARINING VA HUJJATLARDAN OLINGAN KOʻCHIRMALARNING TOʻGʻRILIGINI, IMZONING HAQIQIYLIGINI VA TARJIMANING TOʻGʻRILIGINI SHAHODATLASH
Oldingi tahrirga qarang.
65-modda. Hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash
Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi.
Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta alohida masalaga oid qarorlar mavjud boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻgʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak.
Notarius hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy shaxslarning shaxsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan yuridik shaxsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi.
Agar bir qismi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasini ifodalagan bir necha varaqdan iborat hujjat aslining koʻchirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan koʻchirma toʻgʻriligi shahodatlanayotgan boʻlsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi qoʻyiladi.
(65-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
66-modda. Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini shahodatlash
Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini notariuslar, basharti avvalgi nusxaning toʻgʻriligi notarial tartibda shahodatlangan boʻlsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan korxona, muassasa, tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, shahodatlaydi. Keyingi holatda hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning ish qogʻozida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur korxona, muassasa, tashkilotda ekanligi yozib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
67-modda. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash
Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qoʻyilganligini tasdiqlaydi.
Bitimni ifodalovchi hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(67-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
68-modda. Tarjimaning toʻgʻriligini shahodatlash
Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi.
11-bob. FAKTLARNI TASDIQLASH
69-modda. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash
Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga koʻra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
70-modda. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash
Notarius fuqaroning iltimosiga koʻra uning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi.
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
701-modda. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yigʻilishini chaqiruvchi organning yoki shaxsning iltimosiga koʻra ushbu yigʻilish oʻtkazilishi chogʻida hozir boʻladi va yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisida hamda ushbu qarorni qabul qilish chogʻida hozir boʻlgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yigʻilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonunchilikka va yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi.
(701-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
702-modda. Dalillarni taʼminlash
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan notarius sudda yoki maʼmuriy organda ish yuzaga kelgan taqdirda, agar taqdim etish keyinchalik mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyin boʻladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, dalillarni taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dalillarni taʼminlash maqsadida notarius guvohlarning koʻrsatuvlarini yozib oladi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni koʻzdan kechiradi va guvohlantiradi, ekspertiza tayinlaydi, Internet jahon axborot tarmogʻidagi faktlarni tasdiqlaydi.
(702-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
71-modda. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash
Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan oʻzi ekanligini tasdiqlaydi.
72-modda. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
Notarius oʻziga hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
721-modda. Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
Notarius mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash mualliflik va turdosh huquqning yuzaga kelishi uchun asos boʻlmaydi.
722-modda. Elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlash
Notarius mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan harakatlarni amalga oshirishda notarial tartibda tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarning elektron shakli qogʻozda taqdim etilgan hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Hujjatning tasdiqlangan elektron shakli qogʻozdagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga egadir.
Oddiy yozma shaklda tuzilgan bitimlarning, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklini qogʻozdagi hujjat bilan teng yuridik kuchga egaligini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(721 va 722-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12-bob. JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING ARIZALARI VA (YOKI) BOSHQA HUJJATLARINI TOPSHIRISH. PUL SUMMALARI VA QIMMATLI QOGʻOZLARNI DEPOZITGA QABUL QILIB OLISH
(12-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish
Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) oʻzga hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi.
Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qoʻydirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaxs qoplaydi.
Shaxsning iltimosiga koʻra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi.
(73-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
74-modda. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qiladi.
(74-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 249-moddasi.
Notarius pul summalari va qimmatli qogʻozlar kelib tushganligi haqida kreditorga xabar qiladi hamda uning talabi boʻyicha unga tegishli pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshiradi.
Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga majburiyat bajariladigan joydagi notarius qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish uchun depozit hisobvaragʻini ochishi kerak.
Notariusning shaxsiy mablagʻlarini ushbu hisobvaraqqa oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Notarius qarzdorga depozit hisobvaragʻi ochilgan bankka taqdim etish uchun pul mablagʻlari depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma beradi.
Kreditorning yoki qarzdorning depozit hisobvaragʻiga qabul qilingan pul mablagʻlarini va qimmatli qogʻozlarini berish, shuningdek depozitdan foydalanganlik uchun toʻlov bank tomonidan notariusning xabarnomasiga asosan amalga oshiriladi.
(74-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi — yettinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
75-modda. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishi
Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishiga toʻlov kimning foydasiga amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.
13-bob. IJRO XATLARI YOZISH
76-modda. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish
Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi.
77-modda. Qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxati
Ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar Roʻyxati”.
78-modda. Ijro xatlarini yozish shartlari
Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi:
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
daʼvo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab oʻtgan vaqt uch yildan ortiq boʻlmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonunchilikda boshqa muddat belgilangan boʻlsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
(78-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
79-modda. Ijro xatining mazmuni
Ijro xatida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
ijro xatini yozayotgan notarius ism-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi;
undirib oluvchining nomi va manzili;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdorning nomi va manzili, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;
(79-moddasining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
undirib olinishi kerak boʻlgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan narsalar, shu jumladan toʻlanishi kerak boʻlgan penya, foizlar;
undirib oluvchi toʻlagan yoki qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat boji yoki tarif summalari;
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
notariusning muhri.
80-modda. Ijro xatini taqdim etish muddatlari va ijro xati boʻyicha undirib olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro xati, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, u yozilgan kundan boshlab uch yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi.
Ijro xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini, shuningdek ijro xati boʻyicha undirishni tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(80-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi.
14-bob. VEKSELNI PROTEST QILISH. CHEKNI TOʻLOVGA TAQDIM ETISH VA CHEKNING TOʻLANMAGANLIGINI TASDIQLASH
81-modda. Vekselni protest qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius puli toʻlanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi koʻrsatilmagan vekselni qonunchilikka muvofiq protest qiladi.
(81-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3113, 2019-yil 4-yanvar).
82-modda. Chekni toʻlovga taqdim etish va chekning toʻlanmaganligini tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlovchining turar joyidagi notarius toʻlovga taqdim etilgan chekni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.
(82-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 807 — 816-moddasi.
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chekning toʻlanmaganligini unga yozib qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank toʻlamaganligi va bu xususda chekka yozib qoʻyilganligi haqida bildirish xati yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 814-moddasi.
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga koʻra ijro xatini yozadi.
15-bob. HUJJATLARNI SAQLASH UCHUN QABUL QILIB OLISH VA ULARNI QAYTARIB BERISH
83-modda. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish
Notarius hujjatlarni saqlash uchun roʻyxat boʻyicha qabul qilib oladi. Roʻyxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.
Agar hujjatlar lozim tarzda oʻrab joylashtirilgan boʻlsa, shaxsning iltimosiga koʻra notarius ularni roʻyxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar oʻramiga notariusning muhri qoʻyiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar oʻramining but saqlanishi uchun javob beradi.
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.
84-modda. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlarni qaytarish
Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar ularni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va roʻyxatni taqdim etganidan keyin yoxud sudning qarori boʻyicha qaytarib beriladi.
16-bob. DENGIZ PROTESTLARINI AMALGA OSHIRISH
85-modda. Dengiz protestlari haqidagi ariza
Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni taʼminlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u toʻxtab turgan joyda sodir boʻlgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qoʻyish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa toʻgʻrisidagi arizasini qabul qiladi.
Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning oʻziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini taʼminlash yuzasidan koʻrgan chora-tadbirlari bayon etilgan boʻlishi kerak.
Dengiz protesti toʻgʻrisidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdigʻi sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda yuz bergan boʻlsa, u yuz berganidan soʻng yetti kundan kechiktirmay notariusga koʻzdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan koʻchirmani taqdim etishi shart.
86-modda. Dengiz protestlari haqida ariza berish muddatlari
Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan boʻlsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida berilishi kerak.
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada koʻrsatilishi kerak.
87-modda. Dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzish
Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi maʼlumotlar, shuningdek kapitanning oʻzi hamda kema qoʻmondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va kema komandasi tarkibidan ikki guvohni soʻroq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni oʻz imzosi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga beriladi.
17-bob. CHET EL HUQUQI NORMALARINING QOʻLLANILISHI. XALQARO SHARTNOMALAR
88-modda. Notarius tomonidan chet el huquqi normalarining qoʻllanilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xalqaro shartnomalarga muvofiq chet el huquqi normalarini qoʻllaydi.
Notarius xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustxatlar yozadi.
(88-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
89-modda. Meros mol-mulkni qoʻriqlash va merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-mulkini qoʻriqlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli boʻlgan mol-mulkni qoʻriqlash, shuningdek bunday mol-mulk xususida merosga boʻlgan huquq haqida guvohnomalar berish bilan bogʻliq harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(89-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
90-modda. Chet elda amal qilishga moʻljallangan ishonchnomalar
Notarius tomonidan tasdiqlangan, chet elda amal qilishga moʻljallangan, amal qilish muddati koʻrsatilmagan ishonchnomalar ularni bergan shaxs tomonidan bekor qilinguniga qadar oʻz kuchida qoladi.
91-modda. Notariusning chet elda tuzilgan hujjatlarni qabul qilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar rasmiylashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi.
(91-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan yoki apostil qoʻyilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi.
(91-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
92-modda. Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan oʻzaro munosabatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan oʻzaro munosabatlari tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
(92-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
93-modda. Xalqaro shartnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida notarial harakatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi notariusga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan notarial harakatni amalga oshirish vakolatini bersa, notarius bu notarial harakatni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
(93-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-dekabr,
343-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 280-modda; 2006-y., 39-son, 385-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda; 2010-y., 37-son, 313-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son; 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son; 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son; 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)