22.09.1994 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QISM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIRINCHI BOʻLIM
ASOSIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. JINOYAT-PROTSESSUAL QONUNCHILIGI
(1-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Jinoyat ishlarini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlarini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura, shuningdek fuqarolar uchun yagona hamda majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual qonunchiligining vazifalari jinoyatlarni tez va toʻla ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi boʻlmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning toʻgʻri tatbiq etilishini taʼminlashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga yordam qilmogʻi lozim.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining vaqt va hudud boʻyicha amal qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlarini yuritish, jinoyat sodir etilgan joydan qatʼi nazar, basharti Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnoma va bitimlarida oʻzgacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, ish yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq olib boriladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining ajnabiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan amal qilishi
(4-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksga muvofiq olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid kelmaydigan hollarda qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5 — 10-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-262-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 39-son, 340-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. JINOYAT PROTSESSI PRINSIPLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Qonuniylik
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, himoyachi, shuningdek jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shart.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga koʻra yuz berganidan qatʼi nazar, jinoyat protsessida qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Jinoyat ishlarini hayʼatda va yakka tartibda koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari hayʼatda koʻriladi, Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar esa, sudya tomonidan yakka tartibda koʻriladi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʻyicha sud muhokamasi vaqtida Jinoyat kodeksi 15-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, ishning koʻrilishi uni yakka tartibda koʻrib chiqishni boshlagan sudya tomonidan davom ettiriladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish birinchi instansiya sudi tomonidan hayʼatda koʻrilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatchisi kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni uch nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari sudyaning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Ular sud majlisida ishni koʻrish jarayonida kelib chiqadigan hamma masalalarni hal qilishda va hukm chiqarishda raislik qiluvchi bilan teng huquqqa egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli sud hayʼatlarida apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ishlarni koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida berilgan shikoyatlar (protestlar) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida besh nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida — Rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda koʻriladi.
(13-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(13-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-moddaning yettinchi qism Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar va xalq maslahatchilari mustaqildirlar hamda faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalar va xalq maslahatchilari jinoyat ishlarini qonun asosida koʻrib chiqadilar va hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar va xalq maslahatchilarining odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning muqarrarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda, oʻz vakolatlari doirasida jinoyat ishini qoʻzgʻatishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni koʻrishlari shart.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlov fuqarolarning, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ishda qatnashayotgan shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyadigan, asossiz ravishda unga jismoniy va maʼnaviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini yuritish uchun masʼuliyatli barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar jinoyat protsessida qatnashayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-100-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud va prokuror qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etilgan yoki qonun yoxud sud hukmida nazarda tutilganidan ortiq muddat hibsda ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan yoxud uy qamogʻida boʻlgan har qanday shaxsni darhol ozod qilishi shart.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi, oʻzaro yozishmalari, telegraf aloqalari va telefon orqali soʻzlashuvlarining sir saqlanishi qonun bilan qoʻriqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs egallab turgan turar joy yoki boshqa bino va hududda tintuv oʻtkazish, olib qoʻyish, koʻzdan kechirish, aloqa muassasalarida pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish va ularni olib qoʻyish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish faqat ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda amalga oshirilishi mumkin.
(18-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-651-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yuritish jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini buzish oqibatida unga yetkazilgan zarar ushbu Kodeksda belgilangan asoslar va tartibda undirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha sudlarda jinoyat ishlari oshkora koʻriladi, bundan davlat sirlarini qoʻriqlash manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek jinsiy jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrilayotgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarda jinoyat ishlarini oshkora koʻrish sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi maʼlumotlarni yoki ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ular oila aʼzolarining yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taʼminlash taqozo etilgan hollarda boshqa ishlarni sud ajrimi bilan yopiq sud majlisida koʻrishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni joʻnatgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan oʻqib eshittirilishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida oʻqib eshittiriladi va tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yopiq sud majlisida koʻrish barcha protsessual qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ishni yopiq majlisda koʻrish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi butkul muhokamaga nisbatan yoki uning alohida qismlariga nisbatan chiqarilishi mumkin. Bu ajrim sud majlisiga yigʻilganlarga taalluqli boʻlib, jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday majlisni audio- va videoyozuvga olish esa amalga oshirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud sudlanuvchining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlarini, shuningdek boshqa shaxslarni yopiq majlislarda tekshiriladigan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va tafsilotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirib, ularning bu majlislarda hozir boʻlishiga ruxsat berishga haqli.
(19-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi zalida tartibni saqlab turish uchun zarur boʻlgan hollarda, sud ayrim shaxslarning sudning ochiq majlislarida hozir boʻlishini taqiqlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinotasvirga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi, bu haqda tegishli ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmlari, ajrimlari va qarorlari barcha hollarda oshkora eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsini koʻrsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi mumkin, bundan yopiq sud majlislarida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud qarorlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun sudlar zarur hollarda ommaviy axborot vositalari xodimlarini, tegishli jamoat birlashmalarini va jamoalarni boʻlajak protsesslar toʻgʻrisida xabardor qilishi, shuningdek protsesslarni bevosita korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida hamda taʼlim muassasalarida oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi prinsipini cheklaydigan qoʻshimcha talablarni joriy etish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollar mustasno.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Jinoyat ishlari yuritiladigan til
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlarini yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga oʻz ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda ogʻzaki yoki yozma arz qilish, koʻrsatuv va tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda soʻzlash huquqi taʼminlanadi. Bunday hollarda, shuningdek ish materiallari bilan tanishish vaqtida protsess ishtirokchilari qonunda belgilangan tartibda tarjimon xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoki protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taqdim etilishi lozim boʻlgan tergov va sud hujjatlari ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilikning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha tergov olib borish va ishni sudda koʻrish chogʻida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat sodir etilgan holatlarni aniqlab olish, aybdorlarni qidirish va fosh etish, adolatli hukm chiqarish, shuningdek jinoyatning sodir etilish sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlash uchun oʻz vakolatlari doirasida jamoatchilik yordamidan foydalanishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari va jamoalarning vakillari jinoyat ishini yuritishda jamoat ayblovchilari hamda jamoat himoyachilari tariqasida qatnashishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Haqiqatni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bogʻliq barcha holatlarni aniqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda topilgan, tekshirilgan va baholangan maʼlumotlardan foydalanish mumkin. Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zoʻrlash, qoʻrqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof boʻlgan oʻzgacha choralar bilan koʻrsatuvlar olishga harakat qilish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham ogʻirlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni toʻplash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza oʻtkazilgan holda majburiy tekshirilishi lozim.
(22-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan boʻlsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak. Shuningdek qonun qoʻllanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
(23-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga ega boʻlib, ularga oʻzini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar taʼminlanadi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda u oʻziga qoʻyilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega boʻlishiga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish majburiyati bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Sudda ishlarni yuritishda tortishuv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda koʻrilayotganda ish yuritish taraflarning oʻzaro tortishuvi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish sudda koʻrilayotganda ayblash, himoya qilish va ishni hal qilish vazifalari bir-biridan alohida bajarilib, aynan bir organ yoki aynan bir mansabdor shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ish yuritish faqat ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror mavjud boʻlganda boshlanishi mumkin.
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va jamoat ayblovchilari, sudlanuvchi, voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari sud majlisida taraflar sifatida ishtirok etadilar va dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning toʻgʻri hal etilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ayblov yoki himoya tarafida turmaydi hamda ularning biron-bir manfaatlarini ifodalamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlar toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Dalillarni bevosita va ogʻzaki usulda tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini yuritishni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishlari, ekspert xulosalarini eshitishlari, dalillarni koʻzdan kechirishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni oʻqib eshittirishlari shart. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida hollardagina bu qoidalardan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsess ishtirokchilari va boshqa shaxslar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual harakati yoki qarori ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari sudning hukmi (ajrimi) ustidan tegishincha apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqli.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlganda, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IKKINCHI BOʻLIM
JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. JINOYAT ISHINI YURITISHGA MASʼUL BOʻLGAN DAVLAT ORGANLARI VA MANSABDOR SHAXSLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Sud
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi boʻyicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm yoki ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan, agar ular apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm yoki ajrim chiqaradi.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudida koʻrib chiqilgan hukmlari va ajrimlari ustidan, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudining hukmlari yoxud ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm, ajrim yoxud qaror chiqaradi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Sudning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning vakolatlariga: qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish masalalari bilan bogʻliq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda koʻrib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi, tintuv oʻtkazish haqidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi, mol-mulkni xatlash haqidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish; prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish; prokurorning xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; dastlabki eshituv oʻtkazish; ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori sudlar, bundan tashqari, oʻz vakolatlari doirasida quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Sudyalar va xalq maslahatchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini koʻrishda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Sudyaning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya yakka oʻzi yoki sud tarkibida ish tutib, ushbu Kodeksning 29-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bogʻliq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311-modda. Tergov sudyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov sudyasi yakka oʻzi ish tutib, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda sudga qadar ish yuritish bosqichida shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan sud nazoratini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov sudyasining vakolatlari jumlasiga: qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatgacha uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini koʻrib chiqish; tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish; mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish kiradi.
(311-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan vakolatlar tergov sudyasi tomonidan ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalari tartibida qoʻshimcha protsessual harakatlarni bajarish chogʻida ham amalga oshiriladi.
(311-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Sud majlisi kotibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida sud majlisi kotibi vazifalarini sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi kotibi jinoyat ishini sud majlisida koʻrish uchun tayyorlaydi; sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida protsess ishtirokchilarini xabardor qiladi; sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshiradi, hozir boʻlmagan shaxslarning kelmaganligi sababini aniqlab, bu haqda sudga maʼlum qiladi; sud majlislari bayonnomasini yuritadi; raislik qiluvchining sud muhokamasini tayyorlash va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi kotibi bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek sud majlisi barcha ishtirokchilarining harakatlari, arizalari, iltimosnomalari, koʻrsatuvlarini toʻliq va toʻgʻri bayon qilib borishi shart.
(32-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Prokuror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonunning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qatʼi nazar, bartaraf etish uchun qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror oʻz vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysunib va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori koʻrsatmalariga tayangan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Prokurorning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida ushbu Kodeksning 243, 382 — 388, 558, 589-moddalarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
(34-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror sud muhokamasida qatnashib, ushbu Kodeksning 409-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Tergovchi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni prokuratura, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki ishlar organlarining va davlat xavfsizlik xizmatining tergovchilari olib boradilar.
(35-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Tergovchining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi: jinoyat ishini qoʻzgʻatishga va tugatishga, ishni qoʻzgʻatishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va soʻroq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish toʻgʻrisida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi mustasno; oʻz yurituviga qabul qilgan ishlar boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish toʻgʻrisida yozma topshiriqlar berishga; boshqa tergovchi va surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish toʻgʻrisida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish toʻgʻrisidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda koʻmaklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga; Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi tergovning yoʻnalishi va tergov harakatlarini yuritishga oid barcha qarorlarni, prokuror ruxsatini olish qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravishda qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida prokurorga taqdimnoma kiritish haqidagi ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qoʻshimcha tergovga qaytarish haqidagi koʻrsatmalariga rozi boʻlmasa, oʻz eʼtirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda quyi turuvchi prokurorning koʻrsatmasini yuqori turuvchi prokuror oʻz qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish boʻyicha tergov yuritishni boshqa tergovchiga topshiradi.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining oʻz yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhi boshligʻining va uning oʻrinbosarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhining boshligʻi va uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan tergovchilarning oʻz vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergovni toʻla, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhining boshligʻi va uning oʻrinbosari ishlarni tekshirib koʻrishga, shuningdek dastlabki tergov oʻtkazish, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yoʻnalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini oʻtkazish haqida tergovchiga koʻrsatmalar berishga, ishni bir tergovchidan ikkinchi tergovchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha tergovchiga topshirishga, shuningdek tergovchi vakolatlaridan foydalanib, dastlabki tergov olib borishda qatnashishga va dastlabki tergovni shaxsan oʻzi olib borishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhi boshligʻining va uning oʻrinbosarining ish yuzasidan koʻrsatmalari tergovchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan koʻrsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Surishtiruv
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ichki ishlar organlarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining va uning joylardagi boʻlinmalarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining va uning joylardagi boʻlinmalarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining va uning joylardagi boʻlinmalarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va uning joylardagi boʻlinmalarining surishtiruvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
(38-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-iyuldagi OʻRQ-548-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381-modda. Surishtiruvchining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi: jinoyat ishini qoʻzgʻatishga va tugatishga, ishni qoʻzgʻatishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va soʻroq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi mustasno; oʻz yurituviga qabul qilgan ishlar boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berishga; boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish toʻgʻrisida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish toʻgʻrisidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda koʻmaklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga; Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
(381-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi surishtiruvning yoʻnalishiga oid barcha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi, bundan qonunda prokuror ruxsatini olish nazarda tutilgan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qoʻllash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritish toʻgʻrisidagi, ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qoʻshimcha tergovga qaytarish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalariga rozi boʻlmasa, oʻz eʼtirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorning koʻrsatmasini oʻz qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish boʻyicha surishtiruv yuritishni boshqa surishtiruvchiga topshiradi.
(381-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchining oʻz yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
(381-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Surishtiruv boʻlinmasi boshligʻining va uning oʻrinbosarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv boʻlinmasining boshligʻi va uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan surishtiruvchilarning oʻz vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruvni toʻla, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari ishlarni tekshirib koʻrishga, surishtiruvchiga surishtiruv yuritish, shaxsni ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yoʻnalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini oʻtkazish haqida koʻrsatmalar berishga, ishni bir surishtiruvchidan ikkinchi surishtiruvchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha surishtiruvchiga topshirishga, shuningdek surishtiruvchi vakolatlaridan foydalanib, surishtiruv yuritishda qatnashishga va surishtiruvni shaxsan oʻzi olib borishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv boʻlinmasi boshligʻining va uning oʻrinbosarining ish yuzasidan koʻrsatmalari surishtiruvchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan koʻrsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 381-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruv quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ichki ishlar organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) harbiy qismlar, qoʻshilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy oʻquv yurtlarining boshliqlari — ularga boʻysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek oʻquv mashqlari oʻtkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq jinoyatlari yoki qism, qoʻshilma, muassasa yoxud oʻquv yurti joylashgan yerda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga koʻra ularning yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha;
(391-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) davlat yongʻindan nazorat qilish organlari — yongʻinlarga doir va yongʻinga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar boʻyicha;
(391-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) olis safarda boʻlgan dengiz kemalarining kapitanlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) davlat bojxona xizmati organlari — bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikka doir ishlar boʻyicha;
(391-modda birinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari — ularning yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha;
(391-modda birinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1131-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1131/0377-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 19-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi boʻlinmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashga, sud hujjatini ijro etmaslikka, sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashishga, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar boʻyicha;
(391-modda birinchi qismining 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha.
Oldingi tahrirga qarang.
(391-modda birinchi qismining 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi OʻRQ-583-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari — qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha.
(391-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-iyuldagi OʻRQ-548-sonli Qonuniga asosan oʻn uchinchi band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha.
(391-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuniga asosan oʻn toʻrtinchi band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar zimmasiga zarur choralar koʻrish vazifasi, shu jumladan jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan soʻng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin boʻlgan maʼlumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda, zarur choralar koʻrish vazifasi yuklatiladi. Ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, davlat bojxona xizmati organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ularning joylardagi boʻlinmalari shu maqsadda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga haqli.
(391-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tezkor-qidiruv faoliyatini oʻtkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
(391-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻining va uning mansabdor shaxsining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 391-moddasida sanab oʻtilgan har bir organning rahbarlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning boshligʻi sifatida harakat qila turib, tergovga qadar tekshiruvni boshlashga yoki oʻziga boʻysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga uni yuritishni topshirishga, jinoyat ishini qoʻzgʻatishga yoki ish qoʻzgʻatishni rad etishga yoxud arizani, xabarni tergovga tegishliligiga koʻra oʻtkazishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs zimmasiga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishga doir vazifalarni yuklatish tartibi mazkur organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliqning topshirigʻiga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan mansabdor shaxs jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, dalillarni toʻplash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan, kechiktirib boʻlmaydigan barcha harakatlarni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi zimmasiga tergovchi, surishtiruvchi yuritayotgan ish boʻyicha ayrim protsessual harakatlarni va tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bajarish hamda tergovchiga, surishtiruvchiga protsessual harakatlarni bajarishida koʻmaklashish majburiyati ham yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek tergovchining, surishtiruvchining topshirigʻini bajarayotganda, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda protsessual harakatlarni amalga oshiradi va qarorlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar olish mazkur jinoyat ishi oʻz yurituvida boʻlgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshiriladi, bundan belgilangan tartibda himoyachidan voz kechilgan hollar mustasno.
(392-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qarorlari mazkur organ boshligʻi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Boshliqning yozma koʻrsatmalari ularni bajarishni toʻxtatmay turib, ushbu koʻrsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilishga haqli boʻlgan unga boʻysunuvchi mansabdor shaxs uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning yozma koʻrsatmalari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻi va uning mansabdor shaxsi uchun majburiydir. Ular prokurorning koʻrsatmalaridan norozi boʻlgan taqdirda, koʻrsatmalarni bajarishni toʻxtatmay turib, yuqori turuvchi prokurorga ularning ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
(392-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. JINOYAT ISHINI YURITISHDA ISHTIROK ETUVCHI JAMOAT BIRLASHMALARI, JAMOALAR VA ULARNING VAKILLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Jamoat birlashmalari va jamoalarning jinoyat protsessida koʻrilishi lozim boʻlgan ariza va iltimoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari va jamoalar, ularning rahbar organlari hamda vakillari sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat toʻgʻrisidagi xabar bilan surishtiruv organiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga murojaat etishlari mumkin. Ular: ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida jamoat birlashmasi yoki jamoa kafilligiga berishni tanlash haqida; mahkumni muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish haqida; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarning jazoni oʻtash sharoitlarini oʻzgartirish haqida; sudlanganlikni olib tashlash haqida va boshqa masalalar boʻyicha ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda iltimos qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Jamoat birlashmalarini, jamoalarni va tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakilini jinoyat ishi haqida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi va tergovchi fuqaroning ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani haqida uning ish, oʻqish yoki yashash joyidagi jamoaga xabar beradi, sud esa ularga shu ish boʻyicha sud muhokamasi qachon va qayerda oʻtkazilishi haqida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bogʻliq jinoyat ishini ish yurituvga qabul qilganligi haqida tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga xabar beradi.
(41-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1131-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1131/0377-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 19-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari va jamoalar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi tariqasida ishtirok etish uchun oʻz vakillarini yuborishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilarini jamoat birlashmasining yoki korxona, muassasa, tashkilot jamoasining yigʻilishi koʻrsatadi. Yigʻilish qarori sudga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi, jamoa oʻzi yoʻllagan jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisini xohlagan vaqtda chaqirib olishga yoki uni boshqa vakil bilan almashtirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Jamoat ayblovchisining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat ayblovchisi: ish materiallari bilan tanishishga; dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida soʻzga chiqib, ayblovning isbotlangani haqida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat ayblovchisi ayblovdan voz kechishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat ayblovchisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ish holatlarini aniqlashga koʻmaklashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida soʻzga chiqib, sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat himoyachisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ishning sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarini aniqlashga koʻmaklashishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
441-modda. Tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil yoki Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayinlangan vakil tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bogʻliq jinoyat ishida surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud jarayonida tadbirkorlik subyektining talabiga koʻra jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakil ushbu Kodeksning 44-moddasida nazarda tutilgan jamoat himoyachisining huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi.
(441-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1131-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1131/0377-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 19-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. JINOYAT PROTSESSIDA OʻZ MANFAATLARINI HIMOYA QILADIGAN SHAXSLAR. HIMOYACHILAR VA VAKILLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Ayblanuvchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi sudda sudlanuvchi deb, hukm chiqarilganidan keyin esa, mahkum yoki oqlangan deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi: oʻzining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi toʻgʻrisida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish yoxud xabar berish; himoyachiga ega boʻlish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; oʻziga qoʻyilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuvlar berish yoxud koʻrsatuvlar berishdan bosh tortish va koʻrsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor boʻlish; oʻz ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻzining himoyalanish huquqini shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; jinoyat ishining surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi eʼtiroz bildirish hamda sud muhokamasi oʻtkazilishini talab qilish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda ishtirok etish, yarashuv toʻgʻrisidagi, amnistiya aktini qoʻllash haqidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga ega.
(46-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchi oxirgi soʻz bilan chiqish huquqiga ega.
(46-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni asosida birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; oʻziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorlari va sudning ajrimlari hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
(46-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi zimmasiga koʻrsatuv berish, shuningdek oʻzining aybdor emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Gumon qilinuvchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi jinoyat sodir etgani toʻgʻrisida maʼlumotlar bor boʻlsa-da, bu maʼlumotlar uni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun yetarli boʻlmagan shaxsdir. Shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida eʼtirof etish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Gumon qilinuvchining huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi: oʻzining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab turilganligi va turgan joyi toʻgʻrisida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish yoxud xabar berish; u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida ushlash bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan yoxud uning gumon qilinuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi qaror unga maʼlum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega boʻlish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeksning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; ushlanganidan keyin yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay soʻroq qilinishini talab qilish; oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuvlar berish yoxud koʻrsatuvlar berishdan bosh tortish va koʻrsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor boʻlish; oʻz ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻzining himoyalanish huquqini shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv toʻgʻrisidagi, amnistiya aktini qoʻllash haqidagi ishlar boʻyicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega.
(48-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi: surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi, surishtiruvda va dastlabki tergovda ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; oʻziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlari va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga toʻsqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda tartibga rioya etishi shart.
(48-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi zimmasiga koʻrsatuv berish, shuningdek oʻzining jinoyatga aloqador emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Himoyachi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachi gumon qilinuvchilarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirish hamda ularga zarur yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda himoyachilar sifatida advokatlar ishtirok etishlari mumkin. Advokatning ishda ishtirok etishiga u advokat guvohnomasini koʻrsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan birining advokat bilan bir qatorda himoyachi sifatida ishtirok etishiga gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosnomasi boʻyicha surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sud ajrimiga binoan yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga boʻlgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi.
(49-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
(49-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining2008-yil 15-sentabrdagi OʻRQ-178-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 37-38-son, 365-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Himoyachini taklif etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan tanlangan himoyachining yigirma toʻrt soat ichida ishga kirishish imkoniyati boʻlmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishga kirishishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, sud esa ajrim chiqaradi va advokatning ishga kirishish vaqtini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tanlangan hamda tegishli ishda oʻzining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida belgilangan muddatda ishga kirishishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarning navbatchilik jadvaliga asosan ishda ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra yoki ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif qilingan yoxud ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda himoyachini taklif qilish huquqidan foydalanish niyati bildirilgan hollarda, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(50-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-915-sonli Qonuniga asosan uchinchi — oʻn birinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Himoyachi ishtirok etishi shart boʻlgan hollar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi ishlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) voyaga yetmaganlarning ishi boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soqovlar, karlar, koʻrlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli oʻzini oʻzi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning ishi boʻyicha;
(51-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning ishi boʻyicha;
(51-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shaxslarning manfaatlari oʻzaro qarama-qarshi boʻlib, ulardan aqalli biri himoyachiga ega boʻlgan ishlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) davlat ayblovchisi yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan ishlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) jabrlanuvchining vakili sifatida advokat ishtirok etayotgan ishlarda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1) sud tomonidan dastlabki eshituv oʻtkazilayotgan ishlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2) oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.3) shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamogʻi muddatini uzaytirish masalasi koʻrib chiqilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4) aybiga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan ishlar boʻyicha;
(51-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan 81 — 84-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudi tomonidan koʻriladigan ishlarda himoyachi ishtirok etishi shart.
(51-modda birinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishning murakkabligi va boshqa holatlari tufayli gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz huquqlarini amalga oshirishda qiynalishi mumkin degan xulosaga kelsa, boshqa ishlar boʻyicha ham himoyachining ishtirok etishini shart deb topishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ushbu Kodeks 50-moddasining toʻrtinchi — oʻninchi qismlarida belgilangan tartibda jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtirokini taʼminlashi shart.
(51-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-915-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Himoyachidan voz kechish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritishning istalgan paytida himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan va himoyachining ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan advokat taklif etish orqali taʼminlanadigan real imkoniyat mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi, bunda advokat oʻz himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli uchrashganidan keyin himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi. Himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Himoyachidan voz kechganlik haqida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Bunda himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishi videoyozuv orqali qayd etilmaydi.
(52-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi OʻRQ-617-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 51-moddasi birinchi qismining 1 — 4, 8, 83, 84 va 9-bandlarida nazarda tutilgan hollarda himoyachidan voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(52-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish haqida iltimos qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Bunday iltimos barcha hollarda qanoatlantirilishi kerak. Sud tergovi davomida himoyachining ishtirok etishi haqida berilgan iltimosnoma ishning holatlarini hisobga olib va sudlanuvchiga himoya huquqini taʼminlash manfaatlarini koʻzlab sud tomonidan hal etiladi. Himoyachining sud majlisi davomida ishga kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Himoyachining huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; advokatlik guvohnomasini koʻrsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan soʻng ishda ishtirok etish; gumon qilinuvchi soʻroq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov eʼlon qilinayotganda hozir boʻlish hamda ayblanuvchi soʻroq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida oʻtkaziladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish va gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan ishtirok etish; oʻzi ishtirok etgan tergov harakatining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillarni toʻplash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida oʻtkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; agar himoyani amalga oshirish uchun zarur boʻlsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni oʻz ichiga olgan axborot bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tanishish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda va sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va bu haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlar toʻgʻrisida bilish hamda ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish; apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega.
(53-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda saqlanayotgan yoki uy qamogʻida boʻlsa, himoyachi u bilan jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz, uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda xoli uchrashishga haqli.
(53-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachi oʻz vazifasini amalga oshirishi munosabati bilan bilgan maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachi: gumonni yoki ayblovni rad etadigan yoxud javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni aniqlash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullarni qoʻllashi hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga zarur yuridik yordam koʻrsatishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtidan boshlab advokat himoyachi vazifasini bajarishni rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Jabrlanuvchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar boʻlgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb eʼtirof etiladi. Jabrlanuvchi deb eʼtirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxs boʻlsa, ishda u bilan birgalikda yoki uning oʻrniga qonuniy vakili ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Jabrlanuvchining huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi: koʻrsatuv berish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; oʻz ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv toʻgʻrisida ariza berish hamda sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda va yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; shaxsan oʻzi yoki vakili orqali sudda ayblovni quvvatlash; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir.
(55-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; haqqoniy koʻrsatuvlar berishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning talabi boʻyicha dalillar taqdim qilishi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi uzrsiz sababga koʻra kelmagan taqdirda ushbu Kodeksning 261 — 264-moddalarida nazarda tutilgan tartibda majburiy olib kelinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchining oʻlimiga olib kelgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ushbu moddada koʻrsatilgan huquq va majburiyatlarni dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan marhumning qonuniy vakili deb eʼtirof etilgan yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Fuqaroviy daʼvogar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning jamoat uchun xavfli qilmishi shaxsga, korxonaga, muassasaga yoki tashkilotga mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar boʻlsa, ular fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etiladi. Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarning, shuningdek muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun fuqaroviy daʼvo ularning qonuniy vakillari va prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Fuqaroviy daʼvogarning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvogar: fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish va uni quvvatlash; dalillar taqdim qilish; qoʻzgʻatilgan daʼvo boʻyicha tushuntirishlar berish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruvchidan, tergovchidan, prokurordan yoki suddan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish haqida iltimos qilish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda hamda birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan shikoyat qilish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir.
(57-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvogar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi va ularning talablariga asosan fuqaroviy daʼvoga tegishli boʻlgan dalillar taqdim etishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan shaxs ayni vaqtda jabrlanuvchining barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Fuqaroviy javobgar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi tomonidan yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan aqli noraso shaxs tomonidan yetkazilgan zarar uchun qonunga koʻra mulkiy javobgar shaxs, korxona, muassasa yoki tashkilot ishda fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin. Fuqaroviy javobgar sifatida jalb qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Fuqaroviy javobgarning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy javobgar: ayblov va fuqaroviy daʼvoning mazmunini bilish; daʼvoga eʼtiroz bildirish; tushuntirish berish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda hamda birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan shikoyatlar berish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyat va protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir.
(59-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy javobgar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi va ularning talablariga asosan fuqaroviy daʼvoga tegishli boʻlgan dalillar taqdim qilishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining qonuniy vakillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakil ishda ishtirok etishga voyaga yetmagan yoxud belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda qonuniy vakil sifatida ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmaganga yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan ishtirokchiga homiylik qiluvchi muassasalar va tashkilotlarning vakillari qatnashishlari mumkin. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining va sudlanuvchining qonuniy vakili ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi bilan birga, jabrlanuvchining qonuniy vakili esa jabrlanuvchi bilan birga, shuningdek uning oʻrnida ham ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining iltimosiga koʻra, ishda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar bilan bir qatorda uning katta yoshdagi yaqin qarindoshlaridan birining yoki oʻzi ishonadigan boshqa shaxsning qonuniy vakil sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
(60-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-587-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari oʻzaro mos kelmagan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi tarafida ishda ishtirok etish uchun xuddi oʻsha qaror yoxud ajrim bilan advokatni jalb etish choralari koʻriladi.
(60-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-915-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Qonuniy vakilning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligidan xabardor boʻlish; oʻzi vakillik qilayotgan qamoqdagi shaxs bilan xoli uchrashish; oʻzi vakillik qilayotgan shaxs ushbu Kodeksga muvofiq ega boʻlgan protsessual huquqlarni amalga oshirish huquqiga ega.
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-587-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxsga nisbatan oʻtkaziladigan protsessual harakatlarda ishtirok etishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning chaqiruvlariga binoan hozir boʻlishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar orqali toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
(61-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-587-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakil guvoh sifatida soʻroq qilinishi, shuningdek himoyachi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Bunday hollarda qonuniy vakil yuqorida aytib oʻtilgan protsess ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda. Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning va fuqaroviy javobgarning vakillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakillari tariqasida advokatlar, vakil sifatida ishtirok etishga maxsus ruxsatnomalari boʻlgan shaxslar, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga koʻra ishda qatnashishga ruxsat berilgan yaqin qarindoshlar va boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning ishda ishtirok etishi uchun uning jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar bilan tuzgan topshiriq shartnomasi asos boʻladi. Yuridik shaxsning vakili sifatida uning rahbari ishtirok etishi uchun alohida vakolatnoma kerak emas. Rahbar tomonidan berilgan ishonch qogʻozi boʻyicha yuridik shaxslarning vakillari sifatida uning shtatdagi xodimlariga va advokatlarga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili ishda oʻzi vakillik qilayotgan shaxs bilan birga, shuningdek uning oʻrnida ham ishtirok etadi. Jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va fuqaroviy javobgar ish yuritishning istalgan vaqtida vakildan voz kechishga yoki boshqa shaxsni vakil qilib olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda. Vakilning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili tegishincha jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar ega boʻlgan protsessual huquqlardan foydalanadi. Vakil ish yuritishning istalgan vaqtida oʻz majburiyatlarini bajarishni davom ettirishdan voz kechishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxslarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi; ularning ishonchini suiisteʼmol qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda. Protsess ishtirokchilarining huquqlarini tushuntirib berish va bu huquqlarni amalga oshirishni taʼminlash majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy daʼvogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga berilgan huquqlarini tushuntirib berishi va bu huquqlarni amalga oshirish imkoniyatlarini taʼminlashi shart. Shu bilan birga protsess ishtirokchilariga yuklangan majburiyatlar va ularni bajarmaslik oqibatlari tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. JINOYAT PROTSESSIDA ISHTIROK ETUVCHI BOSHQA SHAXSLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda. Guvoh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha aniqlanishi lozim boʻlgan biror holatni bilishi mumkin boʻlgan har qanday shaxs guvoh sifatida koʻrsatuv berish uchun chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh: advokatning yuridik yordamidan foydalanish; tergov harakatlarida advokat bilan birga ishtirok etish; soʻroq yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida koʻrsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; uning soʻroq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad qilish; dalillarni taqdim etish; koʻrsatuvlarini oʻz qoʻli bilan yozib berish; oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi koʻrsatuv bermaslik; soʻroq bayonnomasi bilan tanishish, unga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish; koʻrsatuvlar berishda yozma belgilar va hujjatlardan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga ega.
(66-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; ish boʻyicha oʻziga maʼlum hamma narsa haqida haqqoniy soʻzlab berishi; berilgan savollarga javob qaytarishi; ish boʻyicha oʻziga maʼlum boʻlgan holatlarni soʻroq qiluvchining ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh uzrsiz sababga koʻra kelmagan taqdirda ushbu Kodeksning 261 — 264-moddalarida nazarda tutilgan tartibda majburiy ravishda olib kelinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik, shuningdek bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
661-modda. Guvohning advokati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohning advokati belgilangan tartibda guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishida taraflar manfaatini himoya qilayotgan shaxs mazkur ish boʻyicha guvohning advokati boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohning advokati ishda ishtirok etishga u advokatlik guvohnomasini koʻrsatganidan va orderni taqdim etganidan soʻng, guvoh chaqirilgan paytdan eʼtiboran qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohning advokati: huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning qaysi jinoyat ishi boʻyicha chaqirilganligini bilish; guvohning soʻroq qilinishida, shuningdek u ishtiroki bilan oʻtkazilayotgan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish, unga qisqa maslahatlar berish; soʻroq qilayotgan shaxsning ruxsati bilan guvohga savollar berish; guvohni soʻroq qilishda ishtirok etayotgan tarjimonni rad qilish haqida qonunda belgilangan tartibda arz qilish; soʻroq tugaganidan soʻng guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohning advokati: guvohga zarur yuridik yordam koʻrsatishi; dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar orqali haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda va sud majlisi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
(661-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
662-modda. Voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh voyaga yetmagan shaxs boʻlgan hollarda, uning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun guvohning qonuniy vakili ishda ishtirok etishga jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda qonuniy vakil sifatida ota-ona, farzandlikka olgan shaxs, vasiylar, homiylar, vasiylik va homiylik organining vakillari ishtirok etishi mumkin. Voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili ishda oʻzi vakillik qilayotgan shaxs bilan birga ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Guvohning manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari oʻzaro mos kelmagan taqdirda, qaror yoxud ajrim bilan boshqa qonuniy vakil yoki advokat jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili ushbu Kodeksda qonuniy vakil uchun nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarga ega boʻladi.
(662-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1130-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 03/26/1130/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda. Ekspert
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxs ekspert sifatida chaqirilishi mumkin.
(67-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert chaqirish, ekspertiza tayinlash va oʻtkazish ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish; ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; tergov harakatlari oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir boʻlish hamda shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va soʻroq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish; dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyatlar qilish huquqiga egadir.
(68-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert: ushbu Kodeksning 76 va 78-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini oʻzi rad etishi haqida darhol arz qilishi; oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertizani oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi; ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini esa sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek uzrsiz sabablarga koʻra xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgar boʻladi.
(68-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda. Mutaxassis
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov va sud muhokamasini oʻtkazishda dalillarni topish va mustahkamlashda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berish uchun mutaxassis chaqiriladi. Mutaxassis sifatida shifokor, pedagog hamda zarur bilim va malakaga ega boʻlgan boshqa shaxslar chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachining iltimosnomasiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan mutaxassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkin.
(69-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov va sud muhokamasini oʻtkazishda ilmiy-texnika vositalarini (magnitofon, videomagnitofon, kinoga olish apparatlari va boshqa apparatlarni) qoʻllash uchun mutaxassis chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov va sud muhokamasiga mutaxassis chaqirish hamda uning ishtirok etishi tartibi ushbu Kodeksning 91, 92, 136 — 138, 146, 147, 149, 151, 156-moddalarida, 221-bobida va 193-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(69-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis: oʻzining qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; basharti tegishli bilimlarga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortish; oʻzi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga oid ish materiallari bilan tanishish; oʻzi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga aloqador arz va mulohazalar bildirish; tergov harakatlari va sud muhokamasida ishtirok etayotgan shaxslarga surishtiruvchining, tergovchining, prokuror va sudning ruxsati bilan savollar berish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; tergov harakatlari va sud muhokamasini yuritishda dalillarni topish va mustahkamlash uchun ilmiy-texnika vositalari, maxsus bilim va malakasidan foydalangan holda ishtirok etishi; ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning eʼtiborini qaratishi; oʻzi bajarayotgan harakatlar boʻyicha tushuntirishlar berishi; jinoyatning kelib chiqish sabablarini, sodir qilinishiga imkon bergan sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
(70-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-modda. Tarjimon
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonga tegishli qoidalar ish yuritishda ishtirok etish uchun taklif qilingan, kar yoki soqovning imo-ishoralarini tushunadigan shaxsga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga savollar berish; oʻzi qatnashgan tergov harakatlari bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan mulohazalar bildirish; basharti tarjima qilish uchun zarur bilim va malakaga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz kechish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; oʻziga topshirilgan tarjimani aniq va toʻliq bajarishi; tarjimaning toʻgʻriligini oʻzining ishtirokida oʻtkazilgan tergov harakati bayonnomasi va sud majlisining bayonnomasiga, shuningdek protsess ishtirokchilariga ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladigan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan tasdiqlashi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
(72-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73-modda. Xolislar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolislar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan tergov yoki boshqa harakatlar oʻtkazilganini, uni oʻtkazish jarayoni va natijalarini tasdiqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakatlarini yuritishda ishtirok etish uchun ishning oqibatidan manfaatdor boʻlmagan, kamida ikki nafar voyaga yetgan fuqaro chaqirilishi lozim. Tergov harakatini boshlashdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolis: tergov harakatida ishtirok etish; tergov harakati boʻyicha bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan arz va mulohazalar berish; oʻzi ishtirok etgan tergov harakatining bayonnomasi bilan tanishish; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolis: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; tergov harakatini yuritishda ishtirok etishi; tergov harakati oʻtkazilgani, uni oʻtkazish jarayoni va natijalarini tergov harakati bayonnomasida imzo chekib tasdiqlashi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolis uzrsiz sababga koʻra oʻz vazifasini bajarishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolis oʻzi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan bogʻliq holatlar boʻyicha guvoh tariqasida soʻroq qilinishi mumkin. U bunday hollarda ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-modda. Jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga va xolislarga ularning sarf-xarajatlarini toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi yoki uning vakili, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida chaqirilgan shaxsning ish joyidagi oʻrtacha oylik maoshi uning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud huzuriga chaqirilishi munosabati bilan ketgan hamma vaqt uchun saqlanadi. Ishlamaydigan shaxslarga ular kundalik mashgʻulotlari bilan shugʻullana olmaganliklari uchun haq toʻlanadi. Bundan tashqari koʻrsatilgan hamma shaxslar chaqirilish munosabati bilan qilgan sarf-xarajatlarini undirish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert, mutaxassis va tarjimon oʻz majburiyatlarini bajarganliklari uchun haq olish huquqiga ega. Ushbu majburiyatlar xizmat topshirigʻi tarzida bajarilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sarf-xarajatlar qonunda belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. JINOYAT PROTSESSIDA ISHTIROK ETISHGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD QILISHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-modda. Sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
(76-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti:
(76-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) u shu ish boʻyicha jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) u ushbu ishni yuritish uchun masʼul boʻlgan biror mansabdor shaxsning yoki ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan oʻzga shaxslarning qarindoshi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) uning xolisligiga va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ilgari shu ishni yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisining kotibi sifatida ishtirok etgan boʻlsa, oʻsha ishni kelgusida koʻrishda qatnasha olmaydi.
(76-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ishni koʻrishda ishtirok etgan sudya oʻz ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim bekor qilinganidan keyin oʻsha ishni koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
(76-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
(76-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
(76-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
(76-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya ushbu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
(76-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining oʻz protsessual majburiyatlarini bajarishi ularning shu ish boʻyicha tegishincha surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi uchun monelik qilmaydi.
(76-moddaning uchinchi — sakkizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan uchinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi va jamoat birlashmasi yoki jamoaning boshqa vakillari ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda ishda ishtirok etishga haqli emaslar va rad qilinishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-modda. Ekspertning, mutaxassisning, tarjimonning, xolisning ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek ishda ishtirok etayotgan shaxslardan birortasiga xizmat yuzasidan yoki boshqa jihatdan tobe boʻlsa, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va rad qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, basharti ekspert, mutaxassis, tarjimonning oʻz kasbiga noloyiqligi ayon boʻlib qolsa, xolislar esa, ichki ishlar organi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, adliya yoki sud xodimi boʻlsalar, rad qilinishlari lozim.
(78-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Materiallari ishning qoʻzgʻatilishiga asos boʻlgan taftish yoki oʻzga idoraviy tekshiruv oʻtkazgan shaxs ushbu ishda ekspert yoki mutaxassis sifatida ishtirok etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda mutaxassis sifatida ishtirok etgan shaxs kelgusida ushbu ish boʻyicha ekspert qilib tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79-modda. Himoyachining, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachi, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili quyidagi hollarda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas, basharti u:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ilgari shu ish boʻyicha sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida ishtirok etgan boʻlsa;
(79-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu ishning tergovida yoki sudda koʻrilishida ishtirok etgan yoxud ishtirok etayotgan sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi yoki sud majlisining kotibi bilan qarindoshlik munosabatida boʻlsa yoxud yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida u bilan bitim tuzgan protsess ishtirokchisining manfaatlariga manfaati qarama-qarshi boʻlgan shaxs bilan qarindoshlik munosabatida boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi lavozimida boʻlsa, quyidagi hollar bundan mustasno: basharti u muomalaga layoqatsiz shaxslarning vakili boʻlsa yoki oʻzi ishlaydigan va fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishga jalb qilingan muassasaning vakili sifatida qatnashsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) oʻz himoyasidagi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki oʻzi vakillik qilayotgan jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning manfaatlariga manfaati qarama-qarshi boʻlgan shaxsga yuridik yordam koʻrsatayotgan yoki muqaddam shunday yordam koʻrsatgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-modda. Rad qilish va oʻzini oʻzi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 76 — 79-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi, jamoat birlashmasining yoki jamoaning vakili, himoyachi, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis oʻzini oʻzi rad etishi shart. Agar oʻzlari bunday qilmasalar, ular shu asosga koʻra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, himoyachi tomonidan, sud majlisida esa, bundan tashqari davlat ayblovchisi, jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili tomonidan rad qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni tergov qilish chogʻida rad etish masalasi prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tomonidan, sud majlisida esa, sud tomonidan ham qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad qilingan shaxs rad etish haqidagi masala koʻrilguniga qadar tushuntirish berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyani rad qilish masalasi qolgan sudyalar tomonidan rad qilingan shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. Ovozlar teng boʻlinganda sudya rad qilingan hisoblanadi. Koʻpchilik sudyalarni yoki sudning butkul tarkibini yoxud sud majlisining kotibini rad qilish haqidagi masala toʻla tarkibdagi sud tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Ishni yakka oʻzi koʻrayotgan sudyani rad qilish masalasini uning oʻzi hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorni rad qilish masalasi ishni tergov qilish chogʻida yuqori turuvchi prokuror tomonidan, sud majlisida esa, ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilini rad qilish masalasi ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchini rad qilish masalasi surishtiruv va dastlabki tergov ustidan nazorat olib boruvchi prokuror tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, himoyachini, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakillarini rad qilish masalasi ishni tergov qilish chogʻida surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan, sud majlisida esa, ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolisni rad qilish masalasi surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni tergov qilish chogʻida qoʻyilgan rad qilish masalasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan yigirma toʻrt soat ichida hal etiladi. Rad qilish sud majlisida qoʻyilgan boʻlsa, bu masala shu majlisda darhol hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushbu Kodeksning 76, 79-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjudligi sababli oʻzini oʻzi rad etmasa, uni rad qilish masalasi manfaatdor shaxslarning arizalariga koʻra tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻi yoki prokuror tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida qaror chiqariladi.
(80-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuniga asosan oʻn uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UCHINCHI BOʻLIM
DALILLAR VA ISBOT QILINISHI LOZIM BOʻLGAN HOLATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. DALILLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-modda. Dalillarning turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos boʻladigan har qanday faktik maʼlumotlar jinoyat ishi boʻyicha dalil hisoblanadi.
(81-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu maʼlumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining koʻrsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi.
(81-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan boʻlsa, ushbu Kodeks normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bogʻliq boʻlmagan holda shaxsda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud boʻlganligidan dalolat bersa, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkin.
(81-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-modda. Ayblash va hukm qilish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan sudga yuborish va ayblov hukmi chiqarish uchun quyidagilar isbotlangan boʻlishi kerak:
(82-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat obyekti; jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida koʻrsatib oʻtilgan boshqa holatlari; qilmish va roʻy bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jinoyat toʻgʻri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-modda. Reabilitatsiya uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda aybsiz deb topiladi va reabilitatsiya etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi oʻtkazilgan ish boʻyicha jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) uning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) uning sodir etilgan jinoyatga daxli boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-modda. Ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda shaxsning jinoyat sodir etilishida aybliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilishi lozim, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxsni javobgarlikka tortish muddati oʻtgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) eʼlon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qoʻzgʻatiladigan hollarda uning shikoyati boʻlmasa, ushbu Kodeksning 325-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida shaxsning oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilgan boʻlsa.
(84-moddaning birinchi qismi 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, agar ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki vafot etgan ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab qilsa, ishni yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkin. Bunday hollarda hukm qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, ayblov hukmi jazo tayinlanmasdan chiqariladi.
(84-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-277-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining oʻz harakatlari ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada buzilishi yuzaga kelgan shaxs toʻgʻrisidagi jinoyat ishi ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda aybdorlik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatiladi.
(84-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi ushbu Kodeksning 62-bobida belgilangan tartibda sud tomonidan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatilishi mumkin.
(84-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qismi bilan toʻldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi quyidagi hollarda shaxsning roziligi bilan uning aybliligi haqidagi masalani hal qilmay turib tugatilishi mumkin, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishni tergov qilish yoki sudda koʻrib chiqish paytiga kelib, qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotgan yoxud vaziyat oʻzgarishi oqibatida bu shaxs ijtimoiy jihatdan xavfli boʻlmay qolgan deb eʼtirof etilsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa;
(84-modda beshinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-277-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sodir etilgan qilmishning xususiyatini, birinchi marta ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etganning shaxsini hisobga olib, materiallarni bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga qarab chiqish uchun berish maqsadga muvofiq boʻlsa.
(84-modda beshinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. ISBOT QILISHNING UMUMIY SHARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-modda. Isbot qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-modda. Isbot qilish ishtirokchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isbot qilishni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isbot qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isbot qilishda ishtirok etishga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislar, shuningdek boshqa fuqarolar va mansabdor shaxslar jalb etiladi. Ular ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash bilan bogʻliq huquqlarni amalga oshiradilar hamda majburiyatlarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-modda. Dalillar toʻplash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish: gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni soʻroq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun koʻrsatish; koʻrsatuvni hodisa roʻy bergan joyda tekshirish; olib qoʻyish; tintuv; koʻzdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment oʻtkazish; ekspertiza tadqiqotlarini oʻtkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish yoʻli bilan toʻplanadi.
(87-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachi jinoyat ishi boʻyicha dalillarni toʻplash va taqdim etishga haqli boʻlib, ular jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi, shuningdek tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkazish va jinoyat ishini sudda koʻrish jarayonida majburiy baholanishi lozim. Ushbu dalillar: ishga taalluqli axborotga ega boʻlgan shaxslarni soʻrovdan oʻtkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga soʻrov yuborish hamda ulardan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali toʻplanishi mumkin.
(87-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi OʻRQ-470-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88-modda. Isbot qilish jarayonida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qoʻriqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash jarayonida fuqarolarning, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qoʻriqlash taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isbot qilishda quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxslarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan yoki ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) zoʻrlik, poʻpisa qilish, aldash va qonunga xilof boshqa yoʻllar bilan koʻrsatuv, tushuntirish, xulosalar olishga, eksperimental harakatlarni bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tungi vaqtda, yaʼni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib borish. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish, jinoyat izi yoʻqolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati boʻlgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shaxsni gʻayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun uni ayblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shaxsni jinoyat ishiga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, uni guvoh tariqasida soʻroq qilish, bundan ekspertiza yoki taftish oʻtkazish talab etiladigan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shaxsga uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki ogʻzaki koʻrsatuvlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ushlangan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va soʻroq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) mazmunan koʻrib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida protsess ishtirokchilarini surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va (yoki) soʻroq qilish, bundan ular bilan bogʻliq boʻlgan alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yoki sudning yozma topshirigʻi mavjud boʻlgan hollar mustasno.
(88-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan 4 — 8-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov yoki sud harakatlari bilan bogʻliq ishlarni bajarayotganda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va ishda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etayotgan shifokorlardan boshqa shaxslarning oʻzga jinsdagi shaxsni yalangʻoch qilib yechintirish chogʻida hozir boʻlishlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya tergov va sud muhokamasi jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqalarning shaxsiy hayotiga doir aniqlangan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik chora-tadbirlarini koʻrishi shart. Buning uchun shunday maʼlumotlar aniqlanishi mumkin boʻlgan tergov yoki sud harakatlari olib borilayotganda ishtirok etadigan shaxslar doirasi cheklanadi, ishtirokchilar esa ularni oshkor qilganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qoʻyiladigan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar tegishli bayonnomalarda aniq koʻrsatilishi kerak, bunda narsaning yoki hujjatning yoxud elektron maʼlumotlarning egasiga bayonnoma nusxasi yoki uning koʻchirmasi topshirilib, tilxat olinadi. Ishga aloqasi boʻlmagan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar qonuniy egasiga darhol qaytarilishi kerak. Bunda, agar ishga taalluqli boʻlmagan dalillar tergov organining va (yoki) sudning tasarrufida qolgan boʻlsa, ular qayta tiklanmaydigan tarzda yoʻq qilinishi lozim. Fuqarolar saqlashi taqiqlangan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar yoʻq qilinishi yoxud ularni saqlashga xamda tasarruf etishga vakolatli boʻlgan muassasalarga yoki tashkilotlarga berilishi lozim.
(88-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-modda. Davlat sirlarini qoʻriqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlari boʻlgan narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish va unga doir boshqa harakatlar faqat surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga binoan yoxud sud ajrimiga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
(89-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki sud majlisida raislik qiluvchi bunday harakatlarni oʻtkazish vaqti, joyi va boshqa shartlarini shu narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni saqlash uchun javobgar boʻlgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari bilan kelishib oladi.
(89-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday harakatlarni yuritishda ekspert, mutaxassis, xolis sifatida faqat davlat sirlari boʻlgan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar bilan tanishishga ruxsat berilgan shaxslar ishtirok etadilar.
(89-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-modda. Dalillarni bayonnomada qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar va narsalardan, ular tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilganidan keyingina dalil sifatida foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomalar yuritish uchun masʼuliyat surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi va tergovchi, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomalarga: tergov yoki sud harakatining ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgani; tergov yoki sud harakatining oʻtkazilish joyi va vaqti, shart-sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy obyektlar tavsifi va ularning ish uchun ahamiyatli boʻlgan belgilari; tergov harakatlari yoki sud muhokamasi ishtirokchilari tasdiqlashni soʻragan faktlar; ularning yuz berayotgan hodisa sabablari xususidagi koʻrsatuvlari, tushuntirishlari, mulohazalari; ular tomonidan berilgan iltimosnomalar, shikoyatlar, rad etishlar; tergov harakatini olib borish yoki sud muhokamasi jarayonidagi tartibbuzarlik hollari, shuningdek bu tartibbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish uchun koʻrilgan chora-tadbirlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qoʻllanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud dalillarni mustahkamlashning bu usullarini qoʻllanishga koʻmaklashish uchun mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan dalillarni qayd etishning qanday usullari qoʻllangani, foydalanilgan apparatlar, asboblar, uskunalar, materiallarning texnikaviy tavsifi keltirilib, tegishlicha tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, oʻtkazilgan joyi, sanasi koʻrsatilgan izohlovchi matn boʻlishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi oʻz imzolari bilan tasdiqlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻta ogʻir jinoyatlar boʻyicha hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tintuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) tergov eksperimenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shaxsni ushlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) himoyachidan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) shaxsni ushlash jarayonida oʻtkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qoʻyish.
(91-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi OʻRQ-617-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda toʻrtinchi qismining 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish ushbu Kodeksda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
(91-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi OʻRQ-617-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
911-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (soʻroq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish) mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Videokonferensaloqa jarayonida tergov harakati ishtirokchilari tergov harakati jarayoni va natijalarini toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya orqali bevosita kuzatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan oʻz tashabbusi bilan yoxud jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasvir sifati boʻyicha — oʻlchami 1920×1080, sekundiga 50 ta kadr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz sifati boʻyicha — chastota diapazoni 100-12 000 Gs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha — VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
912-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakatlari quyidagi hollarda videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxsning jinoyat ishini tergov qilayotgan organga yoki tergov harakati oʻtkazilayotgan joyga sogʻligʻining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra bevosita kelish imkoniyati boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash zarurati tugʻilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlari oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) tergov harakatini oʻtkazish qiyinlashishi yoki ortiqcha xarajatlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida asosli sabablar mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tegishli qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
913-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish shartlari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish haqida qaror qabul qilingan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat protsessining muayyan ishtirokchisini chaqirtirishni va tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishni tashkil etishni soʻrab tegishli organga ushbu Kodeks talablariga muvofiq topshiriq yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning topshirigʻini bajaruvchi mansabdor shaxs chaqirtirilgan jinoyat protsessi ishtirokchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirishi, uning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini taʼminlashi va tergov harakati tugallanguniga qadar uning yonida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish uchun mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Videokonferensaloqa rejimida soʻroq, shaxslarni yoki narsalarni tanib olish yoxud yuzlashtirish ushbu Kodeksning 96 — 108, 112 — 131-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Tergov harakati ishtirokchilariga videokonferensaloqada ishtirok etayotgan shaxslarga savollar berish va ulardan javoblar olish, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirish imkoniyati taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
914-modda. Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalarini qayd qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalari elektron maʼlumotlarni tashuvchi tegishli vositalarga bayonnoma tuzilgan holda yoziladi va qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakatining bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud va topshiriqni bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Videokonferensaloqa materiallari bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakatining bayonnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi va unda jinoyat protsessi ishtirokchilari koʻrsatuvlarining mohiyati aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Videokonferensaloqa yozuvining vaqti oʻtkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga mos kelishi kerak. Videokonferensaloqa jarayonidagi tanaffuslar yuzasidan izoh berilishi hamda ular videoyozuvda va bayonnomada aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan tergov harakati bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud, topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs hamda tergov harakatining boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan bayonnoma surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga yuboriladi.
(911 — 914-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-modda. Dalillarni qayd etishning toʻgʻriligini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakatlari ishtirokchilarining, shuningdek sud muhokamasidagi taraflarning bu harakatlar jarayoni va natijalari aks ettirilgan bayonnoma bilan tanishish, xuddi shuningdek bayonnomaga qoʻshimcha va tuzatishlar kiritish huquqlari taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi tergov harakatlari tamom boʻlishi bilanoq bu harakat ishtirokchilariga bayonnomani oʻqib chiqishga imkon beradi yoxud iltimoslariga koʻra ularga oʻqib beradi. Shunday tartibda raislik qiluvchi yoki uning topshirigʻiga binoan sud majlisi kotibi sud zalidan tashqarida bajarilgan sud harakati ishtirokchilarini, shuningdek taraflarni sud majlisi bayonnomasidagi ushbu sud harakatiga taalluqli yozuvlar bilan tanishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻzaki bildirilgan qoʻshimchalar, tuzatishlar, fikr-mulohazalar, eʼtirozlar, iltimoslar va shikoyatlar bayonnomaga kiritiladi, yozma ravishda ifoda etilganlari esa bayonnomaga ilova qilinadi. Oʻchirishlar yoki kiritilgan qoʻshimcha soʻzlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida bayonnoma oxiridagi imzolar oldidan izohot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakati bayonnomasi bilan tanishtirilgan shaxslar bayonnomaning har bir sahifasi ostiga va uning oxiriga imzo chekadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-modda. Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish yoki imzo cheka olmaslik hollarini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi protsess ishtirokchilaridan birontasining yoki boshqa shaxslarning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tergov harakatlari bayonnomasiga imzo chekishdan bosh tortganligi toʻgʻrisida bayonnomaga yozib qoʻyib, uni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida nazarda tutilgan hollarda sud majlisi bayonnomasining sud harakatlari toʻgʻrisidagi yozuvlarini imzolashdan bosh tortilganligi haqida shu bayonnomaga yoziladi hamda uni raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi oʻz imzosi bilan tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan shaxs bosh tortish sababini tushuntirishga haqli. Bu tushuntirish bayonnomaga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov yoki sud harakati ishtirokchisi oʻzining jismoniy nuqsoni tufayli bayonnomani oʻqib, imzolay olmasa, bayonnomani uning roziligi bilan himoyachi, vakil yoki mazkur shaxs ishonadigan boshqa fuqaro oʻqib beradi va imzo chekadi. Bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94-modda. Dalillarni tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha qabul qilinadigan qaror sinchkovlik bilan, toʻla, har tomonlama va xolisona tekshirilgan dalillargagina asoslangan boʻlishi lozim. Tekshiruv qoʻshimcha dalillarni toʻplashdan iborat boʻlib, ular tekshirilayotgan dalillarni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-modda. Dalillarga baho berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, toʻla, har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib oʻzlarining ichki ishonchlari boʻyicha dalillarga baho beradilar. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador deb eʼtirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar belgilangan tartibda toʻplangan va ushbu Kodeksning 88, 90, 92 — 94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlsagina, ular maqbul deb eʼtirof etiladi.
(95-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi aniqlangan dalillar ishonchli deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isbotlanishi kerak boʻlgan barcha va har bir holatning haqiqiyligini soʻzsiz tasdiqlovchi ishga oid barcha ishonchli dalillar toʻplangan boʻlsa, ularning jami ishni hal qilish uchun yetarli deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
951-modda. Dalillarning maqbul emasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar faktik maʼlumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yoʻli bilan yoxud ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan boʻlsa, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ularni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqlari, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan bajarilishi natijasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) nomaʼlum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin boʻlmagan manbadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan oʻz tasdigʻini topmagan koʻrsatuvlaridan olingan boʻlsa, ular dalil sifatida maqbul emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faktik maʼlumotlardan dalil sifatida foydalanishning maqbul emasligi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning oʻz tashabbusi bilan yoki ishtirokchilarning iltimosnomasi boʻyicha aniqlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya dalillarning maqbul emasligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilayotganida har bir holatda yoʻl qoʻyilgan buzilish nimada aniq ifodalanganligini aniqlab olishi va asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ushbu Kodeks normalari buzilgan holda olingan koʻrsatuvlardan, ekspert xulosasidan, ashyoviy, yozma va raqamli dalillardan, audio-, videoyozuvlardan va boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanadi.
(951-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyish yoki koʻzdan kechirish boʻyicha tergov harakatlari olib borilayotganda mutaxassis ishtirokisiz olingan elektron maʼlumotlar nomaqbul dalillar deb topiladi.
(951-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. SOʻROQ QILISHNING UMUMIY QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-modda. Soʻroq qilish joyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, jabrlanuvchini, gumon qilinuvchini va ayblanuvchini surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkaziladigan joyda yoki soʻroq qilinuvchi qayerda boʻlsa, oʻsha joyda, sud esa sud muhokamasi yuritilayotgan joyda soʻroq qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-modda. Soʻroq qilish uchun chaqiruv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh, jabrlanuvchi, shuningdek ozodlikda yurgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga chaqiruv qogʻozi bilan chaqiriladi. Chaqiruv qogʻozi pochta orqali joʻnatiladi yoki chopar orqali topshiriladi. Chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv qogʻozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga koʻra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar roʻy berishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv qogʻozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat olinadi. Chaqiruv qogʻozi olib borilganda chaqiriluvchi vaqtincha yoʻq boʻlsa, unga berib qoʻyish uchun chaqiruv qogʻozi u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga, yotoqxona maʼmuriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlash joylarida, reabilitatsiya markazlarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar soʻroq qilish uchun mazkur joylar va muassasalarning maʼmuriyati orqali chaqirtiriladi.
(97-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-modda. Soʻroq qilinuvchining shaxsini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi va sud soʻroq qilish oldidan soʻroq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tugʻilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tugʻilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashgʻulot turi, maʼlumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu maʼlumotlarni jinoyat ishidagi yoki soʻroq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan solishtirib koʻrishi yoxud soʻroq qilinuvchi oʻzini kim deb tanishtirgan boʻlsa, aynan oʻsha shaxs ekanligiga boshqa yoʻllar bilan ishonch hosil qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-modda. Soʻroq qilinuvchining qaysi tilda koʻrsatuv bera olishini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda koʻrsatuv bera olishi mumkin, degan savollar tugʻilib qolsa, bu masala aniqlanishi lozim. Ushbu Kodeksning 71-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarjimon chaqiriladi va u kelguncha soʻroq qilish toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-modda. Huquq va majburiyatlarni tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin unga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi soʻroq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-modda. Ishning holatlari toʻgʻrisida erkin soʻzlab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq qilinuvchiga ishning unga maʼlum boʻlgan holatlari toʻgʻrisida soʻzlab berish taklif qilinmogʻi lozim. Soʻroq qilinuvchi erkin soʻzlab berganidan keyin uning koʻrsatuvlarini toʻldirish va aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-modda. Ishora qiluvchi savollar berishga yoʻl qoʻyilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yoʻnaltirish mazmunidagi savollar ishora qiluvchi savollar deb hisoblanadi. Ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-modda. Soʻroq qilinuvchining hujjatlar va boshqa yozuvlardan foydalanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq qilinuvchining koʻrsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa maʼlumotlarga taalluqli boʻlsa, u soʻroq jarayonida oʻzidagi yoki ishga qoʻshib qoʻyilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq qilinuvchiga soʻroq qilish jarayonida oʻzidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni oʻqib eshittirishga ruxsat etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi va sud soʻroq qilinuvchidan soʻroq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qoʻshib qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-modda. Soʻroq qilinuvchining ilgarigi soʻroqlarda bergan koʻrsatuvlarini oʻqib eshittirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq qilinuvchining ilgarigi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari faqat uning hozirgi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari tinglanib, qayd qilinib, u imzo chekkanidan keyin va quyidagi hollarda oʻqib eshittirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hozirgi va ilgarigi soʻroqlarda berilgan koʻrsatuvlar oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soʻroq qilinuvchi sudda koʻrsatuv berishdan bosh tortganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ish soʻroq qilinuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqilayotganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-modda. Soʻroq qilinuvchiga narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq jarayonida surishtiruvchi, tergovchi va sud, shuningdek sud muhokamasida taraflar ishga qoʻshib qoʻyilgan yoki taraflar ixtiyorida boʻlgan narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni soʻroq qilinuvchiga koʻrsatishlari, shuningdek bu hujjatlarni oʻqib eshittirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qanday narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar koʻrsatilganligi, hujjat matnining qaysi qismi va uning kim tomonidan oʻqib eshittirilganligi, narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni koʻrsatish vaqtida qanday savollar berilganligi va bunga javoban soʻroq qilinuvchi qanday koʻrsatuvlar berganligi aniq aks ettirilishi kerak.
(105-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-modda. Soʻroq jarayoni va natijalarini qayd qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq jarayoni va natijalari surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida soʻroq bayonnomasida, sud muhokamasida esa sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq jarayonida bayonnoma yuritish bilan bir qatorda ovozni yozib olish, videoyozuv va kinotasvirga olish ham qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvlar bayonnomaga birinchi shaxs nomidan, imkon boricha soʻzma-soʻz yozib boriladi. Savol-javob soʻroq jarayonida qanday olib borilgan boʻlsa, shunday izchillikda qayd qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan chetlatilgan, shuningdek soʻroq qilinuvchi javob berishdan bosh tortgan savollar ham bayonnomaga kiritilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada bundan tashqari, soʻroq qilinuvchi tomonidan avvalgi soʻroqlarda berilgan koʻrsatuvlarning oʻqib eshittirilgani, koʻrsatuv berish jarayonida soʻroq qilinuvchining hujjat yoki boshqa yozuvlardan foydalangani, soʻroq qilinuvchiga soʻroq davomida narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar koʻrsatilgani, soʻroq paytida ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish oʻtkazilgani qayd qilinadi. Fonogramma, videoyozuv va kinotasma bayonnomaga ilova qilinadi.
(106-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq tugaganidan keyin bayonnoma oʻqib chiqish uchun soʻroq qilinuvchiga koʻrsatiladi yoxud uning iltimosiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi tomonidan unga oʻqib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq qilinuvchi koʻrsatuvni oʻz qoʻli bilan yozma ravishda bayon qilishga haqli. Oʻz qoʻli bilan yozilgan koʻrsatuv bayonnomaga ilova qilinib, bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq qilinuvchi yoki taraflarning iltimosiga koʻra sud majlisida bayonnomaga imzo qoʻyilguniga qadar yozilgan ovoz, videoyozuv yoki kinotasvir namoyish qilinishi mumkin. Ular bilan bayonnoma oʻrtasida jiddiy tafovut boʻlgan hollarda, tafovut sababini aniqlash uchun yangitdan soʻroq qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq qilinuvchi bayonnomani oʻqib boʻlgach, koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligi va u bilan tanishganligini imzo chekib, tasdiqlaydi. Imzo bayonnomaning oxiriga qoʻyiladi, basharti koʻrsatuvlar bir necha sahifaga yozilgan boʻlsa, har qaysi sahifaga alohida imzo chekiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq qilishda tarjimon qatnashayotgan boʻlsa, u soʻroq qilinayotgan shaxsning bayonnomadagi koʻrsatuvini unga ogʻzaki tarjima qiladi, soʻroq qilinuvchining oʻz qoʻli bilan yozib bergan koʻrsatuvlarini esa, yozma ravishda tarjima qiladi. Tarjimon koʻrsatuvlar yozilgan bayonnomaning oxiriga va har bir sahifasiga alohida, shuningdek soʻroq qilinuvchining oʻz qoʻli bilan yozib bergan koʻrsatuvlarining tarjimasiga imzo chekadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-modda. Soʻroqning davom etish vaqti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroqning umumiy davom etish vaqti bir kunda sakkiz soatdan oshmasligi lozim. Dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108-modda. Qoʻshimcha soʻroq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha soʻroq quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soʻroq qilinuvchi ishning oʻziga maʼlum boʻlgan barcha holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuv bera olishi uchun ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan soʻroqning umumiy davom etish vaqti yetarli boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soʻroq qilingan shaxs ilgari bergan koʻrsatuvlarini toʻldirish yoki oʻzgartirish istagini bildirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ayblanuvchiga yangi yoki oʻzgartirilgan yoxud qoʻshimcha ayblov eʼlon qilinsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari soʻroq qilingan shaxsning koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligini prokuror qoʻshimcha soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirib koʻrishni lozim topsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) boshqa surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari soʻroq qilingan shaxsning koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligini ishni yuritish uchun qabul qilgan surishtiruvchi yoki tergovchi qoʻshimcha soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirib koʻrishni lozim topsa;
(108-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ilgari soʻroq qilingan shaxsga berilishi kerak boʻlgan ish uchun muhim yangi savollar tugʻilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) shaxs soʻroq qilinganidan keyin ishga kirishgan zaxiradagi xalq maslahatchisi ushbu shaxsni yangitdan soʻroq qilishni talab qilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. GUMON QILINUVCHINI VA AYBLANUVCHINI SOʻROQ QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109-modda. Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʻroq qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʻroq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek, ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-modda. Soʻroq qilish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlangan, soʻroq qilish uchun chaqirilgan, qamoqqa olingan yoki majburiy keltirilgandan keyin darhol yoki yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay, soʻroq qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovi ketayotganda sudlanuvchiga istagan vaqtida koʻrsatuv berish huquqi sudya tomonidan taʼminlanishi shart. Agar sudlanuvchi biror sud harakati oʻtkazilayotgan paytda koʻrsatuv berish toʻgʻrisida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq koʻrsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111-modda. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta soʻroq qilishdan oldingi harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchini, shuningdek ayblanuvchini birinchi marta soʻroq qilishdan bevosita oldin surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 98 — 100-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng surishtiruvchi, tergovchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida nazarda tutilgan protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzgan himoyachining yoxud, agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzishga ulgurmagan yoki tuza olmagan boʻlsa, boshqa himoyachining soʻroqda ishtirok etishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) gumon qilinuvchiga uning qanday jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganligini eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) gumon qilinuvchiga ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorni taqdim qiladi va ayblovning mohiyatini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi ayblanuvchini birinchi marta soʻroq qilishdan oldin u oʻzini aybli hisoblashi-hisoblamasligini yoki oʻz aybini toʻla yoxud qisman rad etishi yoki etmasligini aniqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi ushbu moddada sanab oʻtilgan harakatlarning bajarilishini gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining soʻroq bayonnomasida, sud esa sud majlisi bayonnomasida qayd qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112-modda. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining koʻrsatuvlarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi koʻrsatuvlari va ayblanuvchining oʻz aybiga iqror boʻlishi, bu iqror boʻlish mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan koʻrsatuvlari bilan aniqlangan holatlar, ayblanuvchi oʻz aybiga iqror boʻlgan taqdirda ham, oʻzining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda ham ishning hamma holatlari bilan bogʻlangan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-modda. Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz — ariza beruvchining oʻzi sodir etgan jinoyati toʻgʻrisida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov eʼlon etilmasdan oldin bergan xabaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz ogʻzaki yoki yozma boʻlishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ogʻzaki xabarni bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir maʼlumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon qilinadi. Bayonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan ushbu Kodeksning 112-moddasida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. GUVOH VA JABRLANUVCHINI SOʻROQ QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114-modda. Guvoh va jabrlanuvchini soʻroq qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh va jabrlanuvchini soʻroq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroqqa oʻz advokati bilan hozir boʻlgan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish advokat ishtirokida amalga oshiriladi. Soʻroq tugaganidan soʻng advokat guvohning yoki jabrlanuvchining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etishga haqli.
(114-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar uzrli sabablarga koʻra sudga kelmagan taqdirda, sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra videokonferensaloqa vositasida soʻroq qilinishi mumkin.
(114-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115-modda. Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida soʻroq qilinishi mumkin boʻlmagan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masalalarni maslahatxonada muhokama qilishga oid holatlar toʻgʻrisida — sudyani va xalq maslahatchisini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinoyat ishi yuzasidan oʻz vazifalarini bajarishlari natijasida oʻzlariga maʼlum boʻlgan holatlar toʻgʻrisida — himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakilini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ruhiy holati buzilganligi yoki jismoniy nuqsoni sababli ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatni toʻgʻri idrok etish va bu haqda koʻrsatuv bera olish layoqatiga ega boʻlmagan shaxsni soʻroq qilish mumkin emas.
(115-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116-modda. Guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat oʻz roziligi bilan soʻroq qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga taalluqli holatlar haqida guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat oʻzlarining roziliklari bilan soʻroq qilinishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117-modda. Guvoh va jabrlanuvchini protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh yoki jabrlanuvchining shaxsi aniqlangandan va unga protsessual huquq hamda majburiyatlari tushuntirilgandan keyin u koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilib, bu haqda soʻroq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118-modda. Alohida holatlarni bahona qilib koʻrsatuv berishdan bosh tortishga yoʻl qoʻyilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan aniqlanayotgan holatlar oʻzida davlat sirlarini yoki kasb sirini yoxud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud boshqa shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettirganligini bahona qilib, guvoh va jabrlanuvchi koʻrsatuv berishdan bosh tortishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar oʻzida davlat sirini yoki kasb sirini aks ettiradi yoxud shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlariga tegishli deb hisoblash uchun asos boʻlganda, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish chogʻida bu holatlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119-modda. Guvoh va jabrlanuvchining koʻrsatuvlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh yoki jabrlanuvchi protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganidan keyin jabrlanuvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar bilan oʻzaro munosabatlari, guvoh esa, shuningdek jabrlanuvchi bilan oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi savollarga javob beradi. Shundan soʻng soʻroq qiluvchining taklifiga koʻra guvoh yoki jabrlanuvchi ish boʻyicha oʻzlari bilgan barcha maʼlumotlarni aytib beradilar. Ular ish uchun ahamiyatli boʻlgan yoki ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday holat toʻgʻrisida, shu jumladan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va protsess boshqa ishtirokchilarining shaxsi haqida ham koʻrsatuvlar berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120-modda. Guvohni va jabrlanuvchini ularning iltimosiga koʻra soʻroq qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov olib borilayotgan joyda yoki sudda boʻlgan guvoh yoki jabrlanuvchi koʻrsatuv berishga xohish bildirsa, ular qoida tariqasida oʻsha kunning oʻzida yoki keyingi kundan kechiktirmay soʻroq qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuv berishga xohishi toʻgʻrisidagi xabar tergovchi yoki sudga pochta orqali kelsa, unga soʻroq oʻtkaziladigan joy va vaqt darhol xabar qilinadi va u kelishi bilanoq soʻroq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121-modda. Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning oʻziga xos jihatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog va (yoki) psixolog yoxud jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan oʻtkaziladi. Koʻrsatilgan shaxslar soʻroq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin.
(121-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi OʻRQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagogni va (yoki) psixologni soʻroq qilishga jalb etish voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi qonuniy vakilining yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshining, jabrlanuvchi vakilining iltimosiga binoan yoxud surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi. Pedagogning va (yoki) psixologning ishtiroki jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni soʻroq qilishda ishtirok etish uchun pedagogni va (yoki) psixologni jalb etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqi soʻroq qilishdan oldin uning qonuniy vakiliga yoki katta yoshli yaqin qarindoshiga, jabrlanuvchi vakiliga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tushuntiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligi voyaga yetmaganning yoshidan va holatidan kelib chiqishi hamda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 7 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz oʻttiz daqiqadan, jami bir soatdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz bir soatdan, jami ikki soatdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz ikki soatdan, jami toʻrt soatdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini qoʻshimcha soʻroq qilish soʻroq qilinuvchi ishning oʻziga maʼlum boʻlgan barcha holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuv bera olishi uchun ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan soʻroqning umumiy davom etish vaqti yetarli boʻlmagan hollarda, shuningdek ushbu Kodeks 108-moddasining 2 — 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham amalga oshiriladi.
(121-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1130-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 03/26/1130/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshgacha boʻlgan guvohlar va jabrlanuvchilar koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydilar, biroq surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi shu guvoh va jabrlanuvchilarga ularning protsessual huquqi va majburiyatlarini tushuntirish chogʻida haqqoniy koʻrsatuv berish va bu bilan jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga koʻmaklashish maʼnaviy burch ekanligini eslatib oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinsiy erkinlikka qarshi, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar savdosiga oid jinoyat ishlari boʻyicha voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish, shuningdek boshqa holatlarda soʻroq qilish, agar buni odil sudlovning yoki voyaga yetmagan shaxsning manfaatlari talab etsa, stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonada qonuniy vakil, pedagog va (yoki) psixolog ishtirokida oʻtkazilishi mumkin.
(121-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi OʻRQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroqni stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalarda oʻtkazish tartibi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, himoyachi, voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili, pedagog yoki psixolog savollarni surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ruxsati bilan qayta tuzish huquqiga ega, bunda savollarning mohiyati oʻzgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish stenografiyasi, ular koʻrsatuvlarining audio- va videoyozuvlari ushbu moddaga muvofiq bayonnomaga ilova qilinadi.
(121-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuniga asosan uchinchi — oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121-bob. KOʻRSATUVLARNI OLDINDAN MUSTAHKAMLAB QOʻYISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1211-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish guvoh va jabrlanuvchini (fuqaroviy daʼvogarni) ishni sudga qadar yuritish bosqichida prokurorning iltimosiga binoan soʻroq qilishdan iborat boʻlib, u ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sud muhokamasi qoidalariga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1212-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohni, jabrlanuvchini (fuqaroviy daʼvogarni) obyektiv sabablarga koʻra (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishi, ularda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladigan ogʻir va davomli kasallik mavjudligi) ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi chogʻida keyinchalik soʻroq qilish mumkin boʻlmay qoladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan hollarda, ularning koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarur boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va uni zarur materiallar bilan birga prokurorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), guvoh va himoyachi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida prokurorga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorning yoxud murojaatning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni yoki murojaatni surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga yuboradi.
(1212-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomaga koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarurligini tasdiqlovchi jinoyat ishi materiallarining koʻchirma nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1213-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
(1213-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi va iltimosnomani qanoatlantirish hamda sud majlisini tayinlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va bu haqda taraflarga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sudya koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlash boʻyicha sud majlisini uch sutkadan kechiktirmay oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sudya koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlashni iltimosnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasida asossiz deb topsa, iltimosnomani qanoatlantirishni rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan ushbu ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat yoki xususiy protest berilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
(1213-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilishga va koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat, protest berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganidan keyin sudga takroran murojaat qilishga faqat koʻrsatuvlarni mustahkamlash toʻgʻrisida iltimosnoma berish uchun yangi asoslar mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1214-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohning, jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyish sudda soʻroq qilish tartibiga rioya etilgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va zarurat boʻlganda protsessning boshqa ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida ushbu Kodeksning 442-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarurligini asoslaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki guvoh yoki jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar)ning xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiy holatiga taʼsir qiladigan boʻlsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga chaqirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki himoyachi uzrli sabablarga koʻra kelmagan va bu haqda sudga oldindan xabar bergan boʻlsa, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyishga doir harakatlarning amalga oshirilishi keyinga qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohning yoki jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyishga doir harakatlar amalga oshirilganligi haqida ushbu Kodeksning 426, 427-moddalari talablariga muvofiq sud majlisining bayonnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar sud majlisi bayonnomasining koʻchirma nusxasini, shuningdek oʻz hisobidan audio- va videoyozuvlarni olishga hamda sud majlisining bayonnomasi yuzasidan oʻz mulohazalarini berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan mulohazalarni darhol koʻrib chiqadi va ularni qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining bayonnomasi, audio- va videoyozuvlar, bayonnoma yuzasidan berilgan mulohazalar va ularni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qabul qilingan qaror jinoyat ishi materiallariga qoʻshish uchun prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaning va unga ilova qilingan materiallarning koʻchirma nusxalari sudda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1215-modda. Koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan shaxsni qayta soʻroq qilish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan guvohlarni, jabrlanuvchilarni (fuqaroviy daʼvogarlarni) qayta soʻroq qilishga keyinchalik sudga qadar ish yuritish bosqichida yoki sud muhokamasi davomida koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan shaxsga berilishi kerak boʻlgan ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi savollar tugʻilganda yoʻl qoʻyiladi.
(121-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. YUZLASHTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122-modda. Yuzlashtirish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuzlashtirish ilgari soʻroq qilingan ikki shaxs koʻrsatuvlari oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar boʻlganda bu qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuzlashtirishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh soʻroq qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123-modda. Yuzlashtirish oʻtkazishning tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuzlashtirish oʻtkazish chogʻida ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan soʻroq qilishning umumiy qoidalariga, shuningdek ushbu bobning quyidagi qoidalariga rioya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuzlashtirib soʻroq qilish oldidan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi har bir soʻroq qilinuvchidan navbat bilan ularning oʻzaro tanishligi yoki tanish emasligini, oʻzaro munosabatlari qanday ekanligini soʻraydi va javoblarini tinglaydi. Shundan soʻng har bir soʻroq qilinuvchiga navbat bilan qarama-qarshilik kelib chiqqan holatlar toʻgʻrisidagi savollarga javob berish taklif qilinadi. Basharti qarama-qarshilik bir nechta masalaga yoki bir nechta holatga taalluqli boʻlsa, yuzlashtirishda har ikki soʻroq qilinuvchi bir masala yoki bir holat boʻyicha koʻrsatuv bergach, ularga keyingi masala yoki keyingi holat toʻgʻrisidagi savollar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuzlashtirish chogʻida soʻroq qilinayotgan shaxs surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan boshqa soʻroq qilinuvchiga savol berishi mumkin. Sud majlisida soʻroq qilinuvchilarning har ikkalasiga xalq maslahatchilari, shuningdek taraflar savol berishlari mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud majlisida raislik qiluvchi ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlmagan yoki yuzlashtirishda aniqlashtirilayotgan qarama-qarshilikka taalluqli boʻlmagan savollarni chetlatishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124-modda. Yuzlashtirish chogʻida ilgarigi koʻrsatuvlarni oʻqib eshittirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuzlashtirish chogʻida soʻroq bayonnomasi yoki soʻroq qilinayotgan shaxslar avvalgi soʻroqlarda bergan koʻrsatuvlarning fonogrammalari shu shaxslar yuzlashtirilib, ularning koʻrsatuvlari bayonnomaga kiritilganidan keyingina oʻqib berilishi yoki eshittirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. TANIB OLISH UCHUN KOʻRSATISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib olish uchun koʻrsatish guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa toʻgʻrisidagi koʻrsatuvini tekshirib koʻrish uchun quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bu koʻrsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga maʼlum boʻlgan koʻplab shaxs yoki narsalar orasidan koʻrsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126-modda. Tanib olish uchun koʻrsatishdan oldin soʻroq qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib oluvchi tanib olish lozim boʻlgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari toʻgʻrisida oldindan soʻroq qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127-modda. Shaxsni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs tanib olish uchun tergov olib borilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan, tashqi belgilari bilan oʻziga oʻxshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida koʻrsatiladi. Tanib olish uchun koʻrsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib olinuvchiga tanib olish uchun koʻrsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan tanib olish uchun koʻrsatiladigan oʻzga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni tanib olish uchun koʻrsatishning iloji boʻlmaganda yoxud xavfsizlikni taʼminlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib olish uchun jadval qogʻozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari koʻrsatilmagan kamida uchta fotosurat koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib oluvchining xavfsizligini taʼminlash maqsadida shaxsni tanib olish uchun koʻrsatish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning qaroriga koʻra tanib olinuvchining tanib oluvchini koʻrib turishi istisno etiladigan sharoitlarda oʻtkazilishi mumkin. Bu holda xolislar tanib oluvchi turgan joyda boʻladi.
(127-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128-modda. Koʻchar narsalarni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov olib borilayotgan joyga, sudga yoki boshqa joyga olib borilishi mumkin boʻlgan narsalar, narsalarning boʻlagi va hayvonlar ushbu ishga aloqasi boʻlmagan boshqa turdosh narsalar orasida tanib olish uchun koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib oluvchi soʻroq qilinganda tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari, xususiyatlari boʻyicha jiddiy farq qilmaydigan narsalar turdosh deb hisoblanadi. Tanib olish uchun koʻrsatilayotgan narsalarni joylashtirish tartibi surishtiruvchi, tergovchi tomonidan xolislar huzurida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turdosh obyektlar orasidan tanib olish toʻgʻrisidagi qoida murdani tanib olishda qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129-modda. Koʻchmas obyektni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa koʻchmas obyekt nomini aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan oʻrnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan obyektga borish yoʻlini koʻrsatishga istak bildirsa, unga shu obyektni koʻrsatishiga imkon beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar yoxud sud tarkibi va taraflar tanib oluvchi bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun koʻrsatish ishtirokchilari shu joydan boshlab tanib oluvchining koʻrsatuvi boʻyicha yura boshlaydilar. Bunda tanib oluvchiga tanib olish uchun koʻrsatishning boshqa ishtirokchilari yoki yot shaxslar tarafidan yoʻnalish aytib qoʻyilishining oldini olish choralari koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish chogʻida tanib oluvchining koʻrsatuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib olish uchun bir guruh shaxslar yoki bir nechta narsani koʻrsatilganidan keyin tanib oluvchiga u ilgari tasvirlagan shaxs yoki narsani koʻrsatish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib oluvchi koʻrsatilgan shaxslardan yoki narsalardan birini koʻrsatsa, unga koʻrsatilgan boshqa shaxslar yoki narsalar orasidan bu shaxsni yoki narsani qaysi belgilari yoki xususiyatlariga koʻra taniganligini tushuntirib berish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib oluvchi tanib olish uchun unga koʻrsatilgan shaxslar yoki narsalarni ilgari koʻrmaganligini aytsa, unga qidirilayotgan shaxs yoki qidirilayotgan narsa ulardan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish holatini mustahkamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida oʻtkazilgan tanib olish uchun koʻrsatish toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. Sud muhokamasida oʻtkazilgan tanib olish uchun koʻrsatish sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hollarda bayonnomaga: tanib oluvchi, tanib olish uchun koʻrsatish sharoiti, jarayoni va natijalari, tanib olish uchun koʻrsatilgan shaxslar, ularning yoshi, boʻyi, millati, turar joyi, koʻzga tashlanuvchi belgilari, kiyimlari; tanib olish uchun koʻrsatilgan narsalar tavsifi; tanib olish uchun koʻchmas obyektlar koʻrsatilganda esa, shuningdek tanib oluvchi koʻrsatgan yoʻnalishlar va izlanayotgan obyektga biror aniq joydan borish yoʻllari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxsni tanib olish koʻrib turishni istisno etadigan sharoitlarda oʻtkazilgan boʻlsa, bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritilishi kerak.
(131-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib olish uchun fotosuratlar koʻrsatilgan boʻlsa, bayonnomaga fotojadval ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib oluvchining koʻrsatuvlari, shuningdek unga surishtiruvchi, tergovchi, sud, taraflar yoki boshqa shaxslar tomonidan berilgan savollar va qaytarilgan javoblar ushbu Kodeksning 106-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda bayonnomaga yozib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. KOʻRSATUVLARNI HODISA SODIR BOʻLGAN JOYDA TEKSHIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, sud gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, guvohlar hamda jabrlanuvchilarning koʻrsatuvlarini tekshirilayotgan hodisa sodir boʻlgan joyda holatlarni qayta tiklash yoʻli bilan tekshirib koʻrishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishdan maqsad: koʻrsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga maʼlum boʻlgan, surishtiruvchiga, tergovchiga va sudga esa nomaʼlum boʻlgan narsalar, hujjatlar, elektron maʼlumotlar, izlar va belgilarni topish; shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, hujjatlar, elektron maʼlumotlar, izlar qayerda boʻlganligini koʻrsatib berishi; bir necha shaxsning ayni bir hodisa toʻgʻrisida bergan koʻrsatuvlaridagi oʻxshashlik va farqlarni aniqlash uchun ishda ahamiyatga ega boʻlgan joyni yoki yoʻnalishni shaxs koʻrsatib berishi; holatlarni qayta tiklash va hodisa sodir boʻlgan joydagi sharoit bilan qiyoslash orqali koʻrsatuvlarning toʻgʻriligini yoki notoʻgʻriligini aniqlashdan iborat.
(132-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvi tekshirilayotgan shaxs hodisa sodir boʻlgan joyda bir vaqtning oʻzida koʻrsatish, koʻzdan kechirish yoki baʼzi narsalarni, hujjatlarni, elektron maʼlumotlarni, izlarni olish yoxud muayyan harakatlarni namoyish qilish orqali tushuntirish beradi yoki oʻzining avval bergan koʻrsatuvlariga aniqlik kiritadi.
(132-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli dalillar bilan bogʻliq koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish chogʻida koʻrsatuvlarning ishonchliligini masofadan turib tekshirish uchun axborot tizimlaridan foydalanilishi mumkin.
(132-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining koʻrsatuvlarini hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish natijalari, bu shaxslarning muayyan hodisalar haqida bilganlari faqat ularning jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak bersagina, dalil kuchiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishni surishtiruvchi yoki tergovchi xolislar ishtirokida, sud esa taraflar ishtirokida oʻtkazadi. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishga mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taraflar va bu tergov harakatining boshqa qatnashchilari ishtirokida tekshiriladigan koʻrsatuvlarni eʼlon qiladi, koʻrsatuv bergan shaxsdan ularning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritishga ehtiyoj bor yoki yoʻqligini soʻraydi, tekshirishning maqsadi va tartibini tushuntiradi. Basharti guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuvlari tekshirilayotgan boʻlsa, ular, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarni istisno qilganda, koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilish haqida ogohlantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning oʻzida bir necha shaxsning koʻrsatuvlarini hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: koʻrsatuv bergan shaxs tekshirilayotgan hodisaning sharoit va holatini joyida tiklaydi; ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalarni, hujjatlarni, elektron maʼlumotlarni, izlarni qidirib topadi va koʻrsatadi; ayrim harakatlarni namoyish qiladi; tekshirilayotgan hodisada u yoki bu narsaning qanday ahamiyati boʻlganligini koʻrsatadi; hodisa sodir boʻlgan joyda sharoitning oʻzgarganligiga eʼtiborni qaratadi; oʻzining avvalgi koʻrsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi. Bu harakatlar vaqtida chetdan aralashishga, gap oʻrgatishga va ishora qiluvchi savollar berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(133-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvi tekshirilayotgan shaxs erkin soʻzlab bergach va harakatlarni erkin namoyish qilib boʻlgach, unga savollar berilishi mumkin. Koʻrsatuvni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishda qatnashayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning eʼtiborini, ularning fikricha ish holatlarini aniqlashtirishga yordam beradigan barcha narsalarga qaratishga, baʼzi harakatlarning takrorlanishini talab qilishga haqlidir. Koʻrsatuvlari hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirilayotgan shaxs va tergov harakatining boshqa ishtirokchilari oʻtkazilayotgan tergov harakati yuzasidan ularni qoʻshimcha ravishda soʻroq qilishni talab etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish bayonnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatuvlar hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirilgani haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa tekshiruvning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari bayonnomada: koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish qayerda, qachon, qanday sharoitda oʻtkazilganligi; qanday joylar va narsalar koʻzdan kechirilganligi; hodisa sodir boʻlgan joyda berilgan koʻrsatuvlarning mazmuni qandayligi; hodisaning sharoiti va holatlarini tiklash nimada oʻz aksini topganligi; shaxs oʻzining avvalgi koʻrsatuvlariga qanday aniqliklar kiritganligi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bob. KOʻZDAN KECHIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-modda. Koʻzdan kechirish uchun asoslar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir boʻlgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hodisa sodir boʻlgan joyni, murdani, hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni koʻzdan kechiradi.
(135-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam badanini koʻzdan kechirish guvohlantirish yoki ekspertiza oʻtkazish qoidalariga asoslangan holda (ushbu Kodeksning 142 — 147 va 172 — 187-moddalari) amalga oshiriladi. Pochta-telegraf joʻnatmalarini koʻzdan kechirish ushbu Kodeksning 167-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narsalarni olib qoʻyish va tintuv oʻtkazish chogʻida topilgan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar shu tergov harakatlarini oʻtkazish uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda koʻzdan kechirilishi lozim.
(135-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136-modda. Koʻzdan kechirish tartibining umumiy qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida koʻzdan kechirish xolislar ishtirokida oʻtkaziladi. Jinoyat ishi koʻrilayotgan vaqtda koʻzdan kechirishga zarurat tugʻilsa, sud bu haqda ajrim chiqaradi va koʻzdan kechirishni taraflar ishtirokida oʻtkazadi.
(136-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud koʻzdan kechirish chogʻida oʻlchov oʻtkazadi, fotosuratga, kinotasvirga, videoyozuvga tushiradi, rejalar, sxemalar, chizmalar tuzadi, izlardan qoliplar va nusxalar oladi. Bu ishlarni bajarishga yordam berish uchun koʻzdan kechirishga mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
(136-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzdan kechirish chogʻida topilgan va olib qoʻyilgan barcha narsalar xolislarga, taraflarga va koʻzdan kechirishning boshqa ishtirokchilariga koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzdan kechirishda ishtirok etayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning eʼtiborini oʻzlarining fikricha ish holatlarini oydinlashtirishga yordam berishi mumkin boʻlgan barcha hollarga qaratishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-modda. Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish aynan ana shu joyda jinoyat sodir etilganligi yoki uning izlari borligi haqida maʼlumotlar boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda hodisa sodir boʻlgan joy jinoyat ishi qoʻzgʻatilishidan oldin ham koʻzdan kechirilishi mumkin.
(137-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta maydonlarni va binolarni koʻzdan kechirish bir necha surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bunda ularning har biri kamida ikki nafar xolis ishtirokida koʻzdan kechirishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hodisa sodir boʻlgan joydan olingan narsalar, hujjatlar va izlar oʻraladi va muhrlanadi. Katta hajmdagi narsalar olinmaydi va muhrlanmaydi, lekin tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi ularni saqlash choralarini koʻrishi lozim.
(137-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138-modda. Murdani koʻzdan kechirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi murdaning tashqi koʻrinishini u topilgan joyda xolislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida koʻzdan kechiradi. Bunday mutaxassis shifokor ishtirok etishiga imkoniyat boʻlmagan taqdirda, boshqa shifokor ishtirok etadi. Zarur hollarda murdani koʻzdan kechirish uchun boshqa mutaxassislar, shuningdek ekspertlar jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksgumatsiya vaqtida murdani koʻzdan kechirish ushbu Kodeksning 148 — 152-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun koʻrsatish chogʻida ushbu Kodeksning 126 va 131-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinadi. Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart. Ushbu Kodeksning 188 — 191, 193 va 197-moddalari talablariga rioya qilgan holda murdadan tekshirish uchun boshqa xil namunalar ham olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib olinmagan murdani faqat prokuror ruxsati bilangina koʻmiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139-modda. Tevarak-atrof va binolarni koʻzdan kechirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud tevarak-atrof va binolarni quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda koʻzdan kechiradilar.
(139-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning uyi yoki xizmat joyini koʻzdan kechirish zarurati boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi bu haqda qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Turar joyi koʻzdan kechirilayotgan shaxs yoki tegishli korxona, muassasa, tashkilotning vakili chiqarilgan qaror yoki ajrim bilan tanishtirilib, bu haqda imzo chektiriladi.
(139-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzdan kechirish korxonada, muassasada, tashkilotda oʻtkazilsa — maʼmuriyat vakilining, harbiy qismda, shtabda va muassasada oʻtkazilsa — qoʻmondonlik vakilining, zarur hollarda esa, moddiy javobgar shaxsning qatnashishi shart. Binolarni koʻzdan kechirishda ushbu Kodeksning 160 va 161-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140-modda. Narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni koʻzdan kechirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni ular topilgan joyda, basharti koʻzdan kechirish koʻp vaqt yoki qoʻshimcha texnik vositalar talab qilsa, keyinchalik surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilayotgan joyda koʻzdan kechiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzdan kechirish texnik vositalardan foydalanilgan holda, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlarida, agar narsalarning yoki hujjatlarning yoxud elektron maʼlumotlarning yoʻqolishiga yoki shikastlanishiga olib kelmasa, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻida oʻtkazilishi mumkin.
(140-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-modda. Koʻzdan kechirish bayonnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi koʻzdan kechirish oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi, sud esa koʻzdan kechirish jarayonini va uning natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi.
(141-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada koʻzdan kechirish davomida topilgan barcha narsalar, ular qanday tartibda koʻzdan kechirilgan boʻlsa, xuddi shu tartibda, koʻzdan kechirish paytida qanday holatda kuzatilgan boʻlsa, xuddi shu holatda qayd etiladi. Koʻzdan kechirish chogʻida topilgan va olingan barcha izlar, narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar sanab oʻtiladi. Olingan buyumning egasiga tegishli maʼlumotnoma yoki bayonnomaning nusxasi beriladi.
(141-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, bayonnomada: koʻzdan kechirish qaysi vaqtda, qanday ob-havoda va qanday yorugʻlikda oʻtkazilganligi; qanday ilmiy-texnika vositalari qoʻllanilganligi va qanday natijalar olinganligi; koʻzdan kechirishda koʻmaklashish uchun kimlar jalb qilinganligi va koʻmaklashish nimada oʻz aksini topganligi; qanday narsalar va hujjatlar qay tartibda va qanday muhr bilan muhrlanganligi; koʻzdan kechirilganidan keyin murda va ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalarning qayerga yuborilganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-bob. GUVOHLANTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142-modda. Guvohlantirish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) odamning badanidagi ish uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki alomatlarni, alohida belgilarni, uning jismoniy rivojlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, dogʻlarni, tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni topish zarurati tugʻilgan hollarda, agar buning uchun ekspertiza oʻtkazish lozim boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ekspertiza oʻtkazishni talab qilmaydigan usullarni qoʻllash yoʻli bilan shaxsning mastlik va boshqa fiziologik holatini aniqlash zarurati tugʻilgan hollarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143-modda. Guvohlantiriladigan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchi guvohlantirilishlari mumkin. Guvoh uning koʻrsatuvlari toʻgʻriligini tekshirish uchungina guvohlantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144-modda. Guvohlantirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining badanida jinoyat izlari, ish uchun ahamiyatga molik boshqa belgilar yoki uning gʻayritabiiy fiziologik holati toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar boʻlsa, guvohlantirishni oʻtkazish haqida surishtiruvchi yoki tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorda yoki ajrimda: guvohlantirishni kim va qanday maqsadda oʻtkazishi; kimni guvohlantirish kerakligi; guvohlantirilishi uchun shaxs kimning huzuriga va qachon yetib kelishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145-modda. Guvohlantirish haqidagi qarorning yoki ajrimning majburiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchining, tergovchining guvohlantirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori yoki sudning shu toʻgʻridagi ajrimi qaysi shaxs xususida chiqarilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga nisbatan majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohlantirishdan bosh tortayotgan shaxslar majburiy keltirilishi va guvohlantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146-modda. Guvohlantirishni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohlantirishni oʻtkazish haqidagi qaror yoki ajrim guvohlantiriluvchiga eʼlon qilinadi. Guvohlantirishning barcha ishtirokchilariga ularning huquq va burchlari tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni yechintirib yalangʻochlash, shuningdek uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlmagan guvohlantirish surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa, shifokor yoki boshqa mutaxassis ishtirokida oʻtkaziladi. Ushbu turdagi guvohlantirish taraflar ishtirokida sud tomonidan ham oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni yechintirib yalangʻochlash yoki uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek ushbu Kodeks 142-moddasining ikkinchi bandida nazarda tutilgan guvohlantirish surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirigʻiga binoan shifokor yoxud boshqa mutaxassis tibbiy xodim tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147-modda. Guvohlantirish bayonnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohlantirish oʻtkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada guvohlantirish oʻtkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohlantirish shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa, u bayonnoma tuzadi va imzolaydi, guvohlantirilgan shaxs va xolislar ham imzolaganidan soʻng bayonnomani tegishincha surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bob. MURDANI EKSGUMATSIYA QILISH
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148-modda. Murdani eksgumatsiya qilish asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur boʻlgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur tergov harakatini oʻtkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining yoki surishtiruvchining murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud murdani eksgumatsiya qilishni surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi, bu haqda ajrim chiqaradi.
(148-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1481-modda. Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
(1481-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, qonuniy vakil yoki murdasi eksgumatsiya qilinishi lozim boʻlgan vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlaridan biri, zarur hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining oʻtkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, soʻngra taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
(1481-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1482-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi prokurorga ijro uchun, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa maʼlumot uchun yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
(1482-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi sudning murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilishga va murdani eksgumatsiya qilishga ruxsat berishga yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murdani eksgumatsiya qilish rad etilgan taqdirda, aynan oʻsha murdaga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga murdani eksgumatsiya qilishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi.
(1482-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149-modda. Murdani eksgumatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud murdani eksgumatsiya qilishni sogʻliqni saqlash organlari bilan kelishgan holda va murda koʻmilgan joy vakilining ishtirokida amalga oshiradi. Eksgumatsiya surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida amalga oshirilayotgan boʻlsa, xolislarning ishtirok etishi shart. Sud eksgumatsiyani taraflar ishtirokida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murdani eksgumatsiya qilishda sud tibbiyoti sohasidagi mutaxassis shifokor, zarur boʻlsa, boshqa mutaxassislar ham qatnashadilar. Agar ekspertiza tayinlangan boʻlsa, eksgumatsiya oʻtkazishda sud tibbiyoti ekspertining ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, eksgumatsiyani oʻtkazishga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek murdani tanib olishi mumkin boʻlgan shaxslar jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bilan bogʻliq protsessual harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksgumatsiya ekspertiza qilish maqsadida oʻtkazilayotgan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish haqida qaror yoki ajrim chiqarilishi lozim. Bunda murda ekspertiza muassasasiga joʻnatiladi yoki ekspertiza murda koʻmilgan joyning oʻzida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murdani koʻzdan kechirish, tanib olish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125, 126, 131, 138, 188 — 191, 193 va 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bayonnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksgumatsiya jarayoni va natijalarini sud majlisining bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomaga qabr, tobut va murdaning fotosuratlari, kinotasvir va videoyozuvlari ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murda eksgumatsiya qilinganidan soʻng koʻzdan kechirish, tanib olish yoki ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish amalga oshirilgan boʻlsa, mazkur tergov harakatlari toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152-modda. Murdani eksgumatsiyadan soʻng koʻmish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksgumatsiyadan va boshqa protsessual harakatlardan soʻng murdani koʻmish murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida qaror yoki ajrim chiqargan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Murda koʻmilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-bob. EKSPERIMENT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153-modda. Eksperiment oʻtkazish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilarning koʻrsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar oʻtkazish orqali tekshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir boʻlish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yoʻsinlarini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154-modda. Eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol boʻlsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment jamoat tartibi yoki axloq normalarining buzilishiga olib keladigan boʻlsa, uni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tomonidan oʻtkaziladigan eksperiment sud ekspertizasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155-modda. Eksperimentni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi eksperimentni xolislar, sud esa taraflar ishtirokida oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment oʻtkazishga mutaxassis va ekspert, shuningdek tajriba harakatlarini olib boruvchi shaxslar jalb qilinishi mumkin. Murakkab eksperimentlar kamida ikki nafar xolis va bir necha mutaxassis ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. Eksperiment oʻtkazishga, shuningdek koʻrsatuvlari tekshirilishi lozim boʻlgan shaxslar ham jalb qilinishi lozim. Bunda guvohlar va jabrlanuvchilar koʻrsatuv berishdan boʻyin tovlaganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilishi lozim. Eksperiment ishtirokchilariga uning maqsadi va oʻtkazilish tartibi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba harakatlarini oʻtkazishdan oldin oʻrganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan koʻrsatuv yoki tusmollarga toʻla muvofiq holda tiklangan boʻlishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida oʻzi qatnashgan yoki shohid boʻlgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini oʻtkazadi, shu maqsadda oʻlchash, fotosuratga tushirish, kinotasvirga olish, ovoz yozish, videoyozuv, reja, sxema va chizmalar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment oʻtkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji boricha oʻxshash boʻlishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta oʻtkaziladi. Tajribalarning sharoitlari oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, mutaxassis va ekspertga eksperiment yuzasidan savol berilishi mumkin. Sudning ijozati bilan eksperimentda ishtirok etayotgan shaxslarga taraflar ham savol berishi mumkin. Taraflar va eksperimentda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchining, tergovchining va sudning eʼtiborini, ularning fikricha ish holatini aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan barcha holatlarga qaratishga, eksperiment sharoitiga aniqlik kiritishni va tajriba harakatlarini takrorlashni talab qilishga haqlidir. Koʻrsatuvi tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati bilan oʻzining qoʻshimcha soʻroq qilinishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156-modda. Eksperiment bayonnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment oʻtkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. Bundan tashqari, bayonnomada: eksperiment qanday maqsadda, qachon, qayerda va qanday sharoitda oʻtkazilganligi; hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda oʻz aksini topganligi; qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta oʻtkazilganligi; qanday natijalar olinganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-bob. OLIB QOʻYISH VA TINTUV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157-modda. Olib qoʻyish uchun asoslar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsalarning, hujjatlarning va elektron maʼlumotlarning aynan kimda va qayerda ekanligi maʼlum boʻlib, ularni qidirishning hojati boʻlmasa, surishtiruvchi, tergovchi va sud ularni olib qoʻyishga haqlidir.
(157-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158-modda. Tintuv oʻtkazish uchun asoslar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki oʻzga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar bor deb oʻylash uchun yetarli maʼlumotga ega boʻlgan taqdirda tintuv oʻtkazishga haqlidir.
(158-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv qidirilayotgan shaxsni, shuningdek murdani topish uchun ham oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1581-modda. Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida uni oʻtkazish uchun asoslarni bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining yoki surishtiruvchining tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda tintuv tergovchining yoki surishtiruvchining qaroriga asosan sudning roziligisiz oʻtkazilishi mumkin, biroq keyinchalik sud va prokuror oʻtkazilgan tintuv haqida yigirma toʻrt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib boʻlmaydigan holatlar aniq koʻrsatilishi kerak. Tintuv oʻtkazish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining tintuv oʻtkazish haqidagi qarorining, tintuv bayonnomasining va zarur materiallarning koʻchirma nusxalari ilova qilinadi. Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olgach, sudya oʻtkazilgan tintuvning qonuniyligini qirq sakkiz soat ichida ushbu Kodeksning 1582 va 1583-moddalari tartibida tekshiradi hamda uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Agar sudya oʻtkazilgan tintuvni qonunga xilof deb topsa, tintuv oʻtkazish chogʻida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1582-modda. Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror, zarur boʻlgan taqdirda tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1583-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida yoki tintuv oʻtkazishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Sudyaning tintuv oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sud tintuv oʻtkazishni prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi yoki tintuv oʻtkazishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan oʻziga nisbatan tintuv oʻtkazilgan shaxs ajrim ijro etilgan kundan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida protest bildirishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi mazkur materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi sudning tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilishga va tintuv oʻtkazishga rozilik berishga yoki tintuv oʻtkazishni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv oʻtkazish rad etilgan taqdirda, mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga tintuv oʻtkazishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi.
(1581 — 1583-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159-modda. Olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyish surishtiruvchining yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga koʻra oʻtkaziladi, bunda ular olib qoʻyishni oʻtkazishni surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda bu harakat qayerda va kimnikida bajarilishi zarurligi, qaysi narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar olib qoʻyilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
(159-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish vaqtida hozir boʻladigan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishda xolislar, zarurat boʻlgan taqdirda mutaxassis va tarjimon ham ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish jarayonida bu harakatlar uyida oʻtkazilayotgan shaxsning oʻzi yoki hech boʻlmaganda uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan birining ishtirok etishi taʼminlanishi lozim. Basharti ularning ishtirok etishini taʼminlashga imkon boʻlmasa, tegishli hokimlik yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining vakili taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlar joylashgan binolarda olib qoʻyish yoki tintuv ularning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv qilinayotganlarga, xolislarga, mutaxassislarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlarning vakillariga tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazilishidan avval ularning surishtiruvchi yoki tergovchining barcha harakatlari chogʻida hozir boʻlish hamda ana shu harakatlar xususida arz qilish huquqlari tushuntirilishi kerak. Bunday arz bayonnomaga kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161-modda. Olib qoʻyish va tintuv oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
(161-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga asosan ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni qidirib topish maqsadida turar joyga yoki boshqa binoga kirishga haqlidir.
(161-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishga kirishishdan oldin olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilayotgan shaxsni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib imzo qoʻydirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilayotgan binoda yoki oʻzga joyda turgan shaxslarning olib qoʻyish yoki tintuv tamom boʻlgunga qadar shu bino yoki joydan chiqib ketishini, shuningdek ularning bir-birlari bilan yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishini taqiqlab qoʻyishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish chogʻida qaror yoki ajrim bilan tanishtirganidan keyin olinishi lozim boʻlgan narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni ixtiyoriy ravishda berishni taklif qiladi, taklif rad etilgan taqdirda majburiy ravishda oladi. Agar bu narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar olib qoʻyishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan joydan topilmasa, u holda tintuv oʻtkaziladi.
(161-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi tintuv oʻtkazishga kirishayotganida qarorni yoki ajrimni taqdim etganidan keyin olib qoʻyilishi kerak boʻlgan narsalarni, hujjatlarni yoki elektron maʼlumotlarni berishni taklif etadi. Agar ular ixtiyoriy ravishda berilsa, olib qoʻyish bayonnomasi tuziladi. Agar qidirilayotgan narsalar, hujjatlar yoki elektron maʼlumotlar berilmasa yoxud toʻliq holda berilmasa, tintuv oʻtkaziladi. Tintuv chogʻida tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar qidiriladi va olinadi. Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa narsalar, hujjatlar yoki elektron maʼlumotlar, xuddi shuningdek saqlanishi taqiqlangan ashyolar topilgan taqdirda, ular ham olib qoʻyilishi lozim. Surishtiruvchini, tergovchini bu narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni olib qoʻyishga undagan asoslar tintuv oʻtkazilganligi haqidagi bayonnomada aks ettiriladi.
(161-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olinayotgan narsalarning, hujjatlarning va elektron maʼlumotlarning hammasi xolislarga, olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishda hozir boʻlgan boshqa shaxslarga koʻrsatiladi, bayonnomada toʻliq aks ettiriladi, zarurat boʻlgan taqdirda oʻralib, muhrlanadi. Oʻrovni ochishga va muhrni olib tashlashga keyingi ish yuritish davomida faqat xolislar ishtirokida yoʻl qoʻyiladi.
(161-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish vaqtida yopiq binolarni yoki buyumlar saqlanadigan joyni uning egasi oʻz ixtiyori bilan ochib berishdan bosh tortsa, surishtiruvchining, tergovchining oʻzi ularni ochishga haqlidir. Bunda zarurat boʻlmaganda qulflar, eshiklar va boshqa narsalarning shikastlantirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi hamda uydagi saranjomlik buzilmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy elektron maʼlumotlarni olib qoʻyish va tintuv qilish qonunga hamda sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
(161-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162-modda. Shaxsiy tintuv va olib qoʻyish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 157 va 158-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsalarni, hujjatlarni hamda elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlarni olib qoʻyishi mumkin.
(162-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi faqat ushbu Kodeksning 224-moddasiga asosan shaxsni ushlagan taqdirda, unda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, uni shaxsiy tintuv qilishni va olib qoʻyishni amalga oshirishga ham haqlidir. Bunda shaxsiy tintuv va olib qoʻyish bayonnomasi ushbu Kodeksning 163-moddasi talablariga rioya qilgan holda tuziladi.
(162-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tintuv va olib qoʻyish ushbu Kodeksning 157, 158, 159, 160 va 161-moddalarida koʻrsatilgan qoidalar asosida oʻtkaziladi. Ammo shaxsiy tintuv va olib qoʻyish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan oʻtkazilishi mumkin:
(162-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) gumon qilinuvchini ushlash chogʻida ushlanuvchining yonida qurol borligiga yoxud jinoyat sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga yetarli asoslar boʻlganda (ushbu Kodeksning 224-moddasi);
(162-modda uchinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) gumon qilinuvchi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinib, uni ushlash haqida ushbu Kodeksning 225-moddasiga asosan bayonnoma tuzilganda;
(162-modda uchinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilayotganida, basharti uning yonida qurol, shuningdek saqlanishi man etilgan buyumlar yoxud ish uchun ahamiyatga molik narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar boʻlishi mumkin deb oʻylashga yetarli asoslar boʻlganida;
(162-modda uchinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilayotgan binoda yoki boshqa joyda turgan shaxs olib qoʻyish va tintuv oʻtkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga koʻra olinishi zarur boʻlgan narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlarni oʻz yonida yashirincha saqlamoqda deb oʻylash uchun yetarli asoslar boʻlganida.
(162-modda uchinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tintuv hamda narsa va hujjatlarni olib qoʻyish tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mutaxassis hamda xolislar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin.
(162-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv bayonnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilgani toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda bayonnoma tuzadi. Sud tomonidan oʻtkazilgan narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni olib qoʻyish natijalari sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
(163-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada narsalarning, hujjatlarning va elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlarning aynan qayerda va qanday sharoitda topilganligi, ixtiyoriy ravishda berilganligi yoki majburiy ravishda olinganligi koʻrsatilishi kerak. Barcha olingan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlar bayonnomada birma-bir qayd qilinib, ularning miqdori, oʻlchovi, ogʻirligi, har qaysisining oʻziga xos belgilari koʻrsatilishi, zarurat boʻlgan taqdirda oʻralishi va muhrlanishi kerak.
(163-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyish yoki tintuv vaqtida izlanayotgan narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni yoʻq qilishga yoki yashirishga urinish hollari sodir boʻlgan taqdirda, bu hol surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan koʻrilgan choralar ham koʻrsatilib bayonnomada aks ettirilishi lozim.
(163-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv toʻgʻrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasini topshirish shartligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyish yoki tintuv toʻgʻrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasi yo sud majlisining olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bayonnomasidan koʻchirma tintilgan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolariga, ular boʻlmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Zarur hollarda mazkur shaxslarga olib qoʻyilayotgan hujjatlarning nusxalari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165-modda. Diplomatiya vakolatxonalarining binolaridan va diplomatiya vakillaridan olib qoʻyish yoki ularda tintuv oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyish yoki tintuv diplomatiya vakolatxonasi hududida oʻtkazilayotganda diplomatiya vakolatxonalari va ularning diplomatiya daxlsizligiga ega boʻlgan xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari egallab turgan binolarda faqat diplomatiya vakolatxonasi boshligʻining iltimosiga koʻra yoki uning roziligi bilan oʻtkazilishi mumkin, diplomatiya vakolatxonasi xodimlarining yoki ularning voyaga yetgan oila aʼzolarining istiqomat joylarida yoxud ular egallab turgan boshqa binolarda olib qoʻyish va tintuv ularning iltimoslariga koʻra yoki roziliklari bilan oʻtkazilishi mumkin. Koʻrsatilgan imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinmagan boʻlsa-da diplomatiya daxlsizligiga ega boʻlgan ajnabiy vakillarga va ularning oila aʼzolariga ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatiya daxlsizligiga ega boʻlgan shaxsga va uning oila aʼzolariga nisbatan shaxsiy tintuv yoki olib qoʻyish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga rioya qilgan holda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatiya vakili yoki uning oila aʼzolarining olib qoʻyishga yoki tintuv oʻtkazishga roziligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali soʻraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatiya vakolatxonalari va diplomatiya daxlsizligidan foydalanadigan vakillar, shuningdek ularning oila aʼzolari joylashgan binolarda tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazish chogʻida prokuror va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining vakili hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yuborgan yoxud boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarida sodir etilgan jinoyatga doir maʼlumotlar yoki ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar, buyumlar bor deb gumon qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlganda, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi mazkur shaxslarning barcha pochta-telegraf joʻnatmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur tergov harakatini oʻtkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlab qoʻyilishi mumkin boʻlgan pochta-telegraf joʻnatmalari jumlasiga barcha turdagi xatlar, telegrammalar, radiogrammalar, banderollar, posilkalar, pochta konteynerlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorida: xat-xabarlari ushlab turilishi lozim boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; bu shaxsning doimiy yashash joyi manzili; xatlanayotgan pochta-telegraf joʻnatmalarining turlari; xatlash chorasining muddati; joʻnatmalarni ushlab turish va bu haqda prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga maʼlum qilish majburiyati yuklatilgan aloqa muassasasining nomi koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
(166-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1661-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
(1661-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror, zarurat boʻlgan hollarda tergovchi, surishtiruvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ham ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining oʻtkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, soʻngra taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
(1661-moddal Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1662-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida yoki pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi ajrim tegishli aloqa muassasasining boshligʻiga yuboriladi va uni bajarish mazkur boshliq uchun majburiydir. Bu ajrimni bajarmaganlik yoki uning mazmunini oshkor etganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa muassasasining boshligʻi sud ajrimida koʻrsatilgan xat-xabarlar va boshqa joʻnatmalarni ushlab turadi hamda bu haqda prokurorga, tergovchiga, surishtiruvchiga yoki sudga darhol maʼlum qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sudning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
(1662-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilishga va pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyishga yoki pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash rad etilgan taqdirda, aynan oʻsha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi.
(1662-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini koʻzdan kechirish va olib qoʻyish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlab turilgan pochta-telegraf joʻnatmalarini xolislar ishtirokida, zarurat boʻlganda esa tegishli mutaxassis ishtirokida ochadi va koʻzdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar, narsalar, hujjatlar, elektron maʼlumotlar topilgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi tegishli pochta-telegraf joʻnatmalarini olib qoʻyadi yoxud ulardan nusxa koʻchirish bilan chegaralanadi. Koʻzdan kechirilgan joʻnatmalarda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar, narsalar, hujjatlar, elektron maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi koʻzdan kechirilgan xat-xabarni egasiga yetkazish toʻgʻrisida yoki uni oʻzi belgilagan muddatgacha ushlab turish haqida koʻrsatma beradi.
(167-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlangan joʻnatmalar koʻzdan kechirilgan har bir holda bayonnoma tuzilib, unda qaysi pochta-telegraf joʻnatmalari koʻzdan kechirilganligi, nimalar olinganligi va nimalar egalariga yuborilishi, nimalar esa vaqtincha ushlab qolinishi kerakligi, qaysi joʻnatmalardan nusxalar olinganligi koʻrsatilishi lozim. Bayonnoma ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyishni bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorning roziligi bilan yoki bu chorani qoʻllashga zarurat qolmasa, sud tomonidan bekor qilinadi. Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ish tugatilganda, birinchi instansiya sudida esa, ishni tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoxud hukm qonuniy kuchga kirgach, xatlab qoʻyish chorasi bekor qilinishi lozim.
(168-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash chorasining bekor qilinganligi aynan bir shaxsga nisbatan pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi.
(168-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-bob. TELEFONLAR VA BOSHQA TELEKOMMUNIKATSIYA QURILMALARI ORQALI OLIB BORILADIGAN SOʻZLASHUVLARNI ESHITIB TURISH, ULAR ORQALI UZATILADIGAN AXBOROTNI OLISH
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish boʻyicha toʻplangan dalillar ish uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar olinishi mumkinligiga yetarli darajada asos boʻla olsa, surishtiruvchi, tergovchi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqarib, unda ushbu harakatlarni oʻtkazish asoslarini bayon etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining yoki surishtiruvchining telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tergovchining yoki surishtiruvchining qarori asosida sudning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Bunda tergovchi yoki surishtiruvchi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi qarorni sudning roziligisiz maxsus vakolatli davlat organiga yuborishga haqli boʻlib, keyinchalik sud hamda prokuror telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilganligi haqida yigirma toʻrt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib boʻlmaydigan holatlar aniq koʻrsatilishi kerak. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish haqidagi qarorining, ushbu tergov harakati bayonnomasining va zarur materiallarning koʻchirma nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olgach, sudya amalga oshirilgan telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishning, ular orqali uzatiladigan axborotni olishning qonuniyligini ushbu Kodeksning 1691 va 1692-moddalari tartibida qirq sakkiz soat ichida tekshiradi hamda uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Agar sudya telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, ularni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi.
(169-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1691-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1692-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisida yoki ularni oʻtkazishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirishni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sud telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning ajrimi ustidan ushbu tergov harakatlari oʻziga nisbatan amalga oshirilgan shaxs ajrim ijro etilgan kundan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida protest bildirishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi sud ajrimining ijrosini toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilishga hamda telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirishga rozilik berishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish rad etilgan taqdirda, mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi.
(1691 va 1692-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish sudning ajrimiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchiga, guvohga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik yoki boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaxslarning arizalari boʻyicha yoxud ularning yozma roziligi hamda sudning roziligi bilan ularning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida chiqarilgan qaror bir sutka davomida qonuniy kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim unda eshitib turiladigan axborotning xususiyati hamda hajmi, shuningdek soʻzlashuvlarni eshitib turishni, uzatiladigan axborotni olishni va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, maxsus vakolatli davlat organiga ijro etish uchun yuboriladi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish chogʻida olingan axborot qayd etilishi (yozilishi) kerak. Qayd etilgan axborot (yoki yozuv) tergov harakati bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi lozim.
(170-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni hamda qayd qilishni amalga oshirgan shaxs ishga aloqador axborotning mazmunini bayon etgan holda bayonnoma tuzadi. Soʻzlashuvlar, xabarlar va maʼlumotlar yozuvi muhrlanadi hamda bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasida abonentning raqami, eshitib turish va qayd qilish vaqti hamda joyi, foydalanilgan texnik vositalarning turi va modeli, bu ishlarni amalga oshirgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham aks ettiriladi.
(21-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-651-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-bob. EKSPERTIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172-modda. Ekspertiza tayinlash uchun asoslar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish uchun ahamiyatli holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni fan, texnika, sanʼat yoki kasb sohasi boʻyicha bilimi boʻlgan shaxs oʻtkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin boʻlganda ekspertiza tayinlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega boʻlishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi.
(172-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert oldiga qoʻyilgan savollar va uning bergan xulosasi ekspertning maxsus bilimlari doirasidan tashqari chiqishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani ushbu Kodeksda belgilangan tartibga xilof ravishda oʻtkaziladigan tekshiruv bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Idoraviy tekshiruv xulosasi, taftish hujjatlari, mutaxassislar maslahati ekspertiza oʻtkazish zaruratini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173-modda. Ekspertiza tayinlash va oʻtkazishning shartligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, ish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻlimning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va ogʻirlik darajasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinsiy aloqada boʻlganlikni, homiladorlik holatini va homilani sunʼiy yoʻl bilan tushirish belgilarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining yoshini, agar bu haqda hujjatlar boʻlmasa yoki hujjatlar shubha tugʻdirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining, ustidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga doir ish yuritilayotgan shaxsning ruhiy va jismoniy ahvolini hamda ularning gʻayrihuquqiy qilmishni sodir etayotgan paytda oʻz harakatlarini idrok etish va idora qilish layoqatini, shuningdek jinoiy javobgarlikning ahamiyatini tushunish, jinoyat protsessida koʻrsatuvlar berish hamda oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) jabrlanuvchining, guvohning ruhiy va jismoniy holatini hamda ular ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni idrok qilish, esda saqlash va soʻroq qilganda ifodalab berish layoqatiga ega ekanliklarini, shuningdek jabrlanuvchining jinoyat protsessi chogʻida oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan, surunkali ichkilikbozlikka va giyohvandlikka duchor boʻlgan shaxslarni davolash zarurligini va imkoniyatlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjudligini, ularning turi va miqdorini;
(173-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) pul belgilari, qimmatli qogʻozlar va boshqa hujjatlar qalbakilashtirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) portlashlar, halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning texnikaviy sabablarini aniqlash zarur boʻlganda ekspertiza tayinlash va oʻtkazish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashda ham, agar buning uchun maxsus bilimlarni qoʻllash zarur boʻlsa va bu holatlar isbotlashning boshqa vositalari bilan puxta aniqlanmagan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174-modda. Ekspert etib tayinlanadigan shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-tibbiyot, sud-psixiatriya, sud-psixologiya, sud-avtotexnika, sud-iqtisodiy, kriminalistika ekspertizalarini faqat davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, alohida hollarda esa, boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarning mutaxassislari oʻtkazadi. Alohida hol ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda asoslantirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudning ekspert etib tayinlangan shaxsni chaqirish va uning ekspertiza oʻtkazishi toʻgʻrisidagi talabi ushbu shaxs ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari uchun majburiydir.
(174-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175-modda. Tekshirish obyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillar, ekspert tekshiruvi uchun namunalar, boshqa moddiy obyektlar, murdalar va ularning qismlari, hujjatlar, axborot tizimlarida, elektron jismlarda va Internet jahon axborot tarmogʻi manbalarida saqlanayotgan elektron maʼlumotlar, shuningdek ekspertiza oʻtkazilayotgan ish materiallari tekshirish obyektlari boʻlishi mumkin. Ekspert tekshiruvlari tirik odamga nisbatan ham oʻtkaziladi.
(175-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazishda tekshirish obyektlari (tirik odamdan tashqari) ekspert tekshiruvini oʻtkazish uchun qay darajada zarur boʻlsa, shu darajada shikastlanishi yoki ishlatilishi mumkin. Bunda tekshirish obyektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur, tayinlangan ekspertizaning oʻziga xos xususiyatlari obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish obyektlarining ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati bilan yoxud tayinlangan ekspertizaning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq holda shikastlanganligi yoki ishlatilganligi davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa korxona, muassasa, tashkilot yoki ekspert tomonidan mazkur obyektlarning mulkdoriga zararning oʻrni qoplab berilishiga sabab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan holda ekspertga topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish obyektini ekspertning ish joyiga yetkazib berishning iloji boʻlmaganda, ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) unga mazkur obyektni moneliksiz kirib koʻrishni va uni tekshirish imkoniyatini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish obyektlari davlat sud-ekspertiza muassasalarida, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarida va sudlarda ashyoviy dalillarni saqlash qoidalariga rioya qilingan holda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tugallanganidan keyin tekshirish obyektlari, agar ular toʻla ishlatilgan boʻlmasa, ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi.
(175-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176-modda. Qoʻshimcha va qayta ekspertizalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan ekspert tekshiruvi usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ekspertizani oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u ekspert tekshiruvini oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
(176-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1761-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan ekspert tekshiruvlarining maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert ekspert tekshiruvlarini mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tekshiruvlarining ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi
(1761-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri ekspert tekshiruvlarini toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
(177-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178-modda. Kompleks ekspertiza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida ekspert tekshiruvlarini olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi ekspert tekshiruvlarini va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu ekspert tekshiruvlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar qiladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan holatlari olingan boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
(178-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ekspertiza tayinlash va oʻtkazishdagi huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ekspertiza tayinlash va oʻtkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ekspertiza oʻtkazilgunga qadar ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim bilan tanishib chiqish va oʻziga berilgan huquqlar tushuntirilishini talab qilish. Bu haqda bayonnoma tuziladi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ekspertni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oʻzi koʻrsatgan shaxslar orasidan ekspert tayinlanishini iltimos qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ekspert xulosa berishi uchun uning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ekspertiza oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, sudning ruxsati bilan hozir boʻlish, ekspertdan tekshiruv vaqtida qoʻllayotgan usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilish, ekspertga tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ekspert xulosasi bilan tanishib chiqish va qoʻshimcha yoki qayta ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanab oʻtilgan huquqlardan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanayotgan shaxs ham, agar bunga uning ruhiy holati imkon bersa, foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180-modda. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: ekspertiza tayinlash uchun asos boʻlgan sabablar; ekspertizaga yuborilayotgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar yoki boshqa obyektlar, ularning qachon, qayerda va qaysi holatda topilganligi va olinganligi; ish materiallari boʻyicha ekspertiza oʻtkazishda esa ekspert xulosasi asoslanishi lozim boʻlgan maʼlumotlar; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertiza muassasasining nomi yoki ekspertiza oʻtkazish topshirilgan shaxsning familiyasi koʻrsatilishi lozim.
(180-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda ekspertiza jinoyat ishi qoʻzgʻatilishidan oldin ham tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim unga taalluqli shaxslar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-modda. Ekspertiza oʻtkazishda majburlov chegarasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, shuningdek kuchli ogʻriq berish bilan bogʻliq usullardan majburiy foydalanishga faqat ekspertiza oʻtkazilayotgan shaxsning roziligi bilan, agar ushbu shaxs voyaga yetmagan yoki uning ruhiy holati buzilgan boʻlsa, uning qonuniy vakilining, vasiysining yoki homiysining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
(181-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-587-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda ekspertiza oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida oʻzi chiqargan qarorni yoki ajrimni, tekshirish obyektlarini, zarur hollarda esa jinoyat ishini ham davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbariga yuboradi. Agar qaror yoki ajrimda ekspert koʻrsatilmagan boʻlsa, tashkilotning rahbari mazkur tashkilot xodimlaridan qaysi biri ekspertiza oʻtkazishi toʻgʻrisida farmoyish berishi kerak. Bu haqda u ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) xabar beradi.
(182-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari ekspertiza oʻtkazishni tashkil qiladi, tekshirish obyektlarining saqlanishini taʼminlaydi, ekspertizani oʻtkazish muddatlarini aniqlaydi, ekspert tekshiruvi tugaganidan soʻng xulosani, tekshirish obyektlari va ish materiallarini ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari, agar mazkur tashkilotda ekspert tekshiruvlarini oʻtkazish uchun tegishli mutaxassislar yoxud zarur moddiy-texnik baza yoki maxsus sharoitlar boʻlmasa, ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda ekspertizani oʻtkazish uchun taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish; ekspertizani tayinlagan organdan (shaxsdan) ekspertlar komissiyasi tarkibiga ushbu tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan mutaxassislarni, agar ekspertizani oʻtkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur boʻlsa, kiritish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) roziligisiz ekspertizani oʻtkazish uchun ushbu tashkilotda ishlamaydigan mutaxassislarni jalb etishga; ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tekshirish obyektlarini ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga haqli emas.
(182-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183-modda. Ekspertiza muassasasidan tashqarida ekspertiza oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza ekspertiza muassasasidan tashqarida oʻtkaziladigan boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida qaror yoki ajrim chiqargandan keyin ekspertiza oʻtkazish topshirilayotgan shaxsni chaqirtiradi, uning shaxsi va malakasini, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, jabrlanuvchiga boʻlgan munosabatini va uni rad etishga asoslar bor-yoʻqligini aniqlaydi.
(183-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertga ekspertiza tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni taqdim etadi, uni ushbu Kodeksning 68-moddasida koʻrsatilgan huquq va majburiyatlari bilan tanishtiradi va bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz ish yopiq sud majlisida koʻrilganda esa yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bundan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi. Ekspert bergan ariza va iltimosnomalar ham shu zaylda qayd etiladi. Ekspertning iltimosi rad etilgan taqdirda, ekspertiza tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradi.
(183-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohning badanini yoxud ruhiy holatini tekshirish zarurati paydo boʻlsa, ekspertiza tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularning ekspertga olib kelinishini taʼminlashi shart.
(183-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi ekspert tekshiruvlarini oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosada: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizani oʻtkazish asosi; ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) toʻgʻrisida maʼlumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqida maʼlumotlar; ekspertning bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz, ish yopiq sud majlisida koʻrilganda esa yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar; qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda ekspert tekshiruvlarining mazmuni va natijalari, shuningdek bu ekspert tekshiruvlari, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; ekspert tekshiruvi natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar koʻrsatilishi lozim.
(184-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Ekspert tekshiruvining olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.
(184-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi ekspert tekshiruvi davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa ayrim qoʻyilgan savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tekshiruvi tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi.
(184-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185-modda. Xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ekspert qoʻyilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi.
(185-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186-modda. Ekspertni soʻroq qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertning xulosasi yetarli darajada aniq boʻlmay, kamchiliklarini toʻldirish uchun qoʻshimcha tekshirish oʻtkazishga zarurat boʻlmasa yoki ekspert foydalangan usullarga aniqlik kiritish zarur boʻlib qolsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertni ushbu Kodeksning 98 — 108-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda soʻroq qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert faqat oʻzi tomonidan berilgan xulosa va shaxsan oʻtkazgan ekspert tekshiruvlari yuzasidan soʻroq qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertni u xulosa berguniga qadar soʻroq qilish taqiqlanadi.
(186-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187-modda. Ekspert xulosasini baholash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert xulosasi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari boʻyicha toʻplangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza oʻtkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan baholanadi.
(187-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertning xulosasi surishtiruvchi, tergovchi yoki sud uchun muqarrar daliliy kuchga ega emas. Xulosaga qoʻshilmaslik qarorda yoki ajrimda asoslab berilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari boʻyicha bir necha ekspertiza oʻtkazilgan va ekspertlar bir xil fikrga kelmagan boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud baʼzi ekspertlarning xulosalariga qoʻshilish va boshqa ekspertlarning xulosalariga qoʻshilmaslik toʻgʻrisidagi oʻz fikrini asoslab berishi lozim.
(187-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221-bob. Taftish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1871-modda. Taftish tayinlash uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar haqidagi maʼlumotlarni tekshirilayotgan subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini oʻrganish hamda taqqoslab koʻrish yoʻli bilan olish mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning maxsus bilimlarga ega ekanligi taftishni tayinlashdan ozod etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektini taftish qilish faqat uning qonunchilikni buzganligi faktlari boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshiriladi. Bunda taftishga tadbirkorlik subyektining faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyati qamrab olinishi mumkin.
(1871-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi qoʻzgʻatilguniga qadar taftishni tayinlashga faqat qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
(1871-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1872-modda. Taftishni tayinlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlanadi.
(1872-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tekshiriladigan subyektning toʻliq nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va yuridik manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinoyat ishining raqami yoki taftishni tayinlash uchun tergovga qadar tekshirish jarayonida yuzaga kelgan asoslar yoxud qoʻshimcha yoki qayta taftish tayinlash uchun asoslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) taftish oʻtkazish chogʻida oʻrganiladigan masala yoki masalalar doirasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) moliya-xoʻjalik faoliyatining taftish qilinishi lozim boʻlgan davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) taftish oʻtkazish topshirilgan vakolatli organning nomi, shu jumladan qoʻshimcha ravishda jalb etiladigan davlat organlari va tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazish chogʻida taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilmagan masalani yoki masalalar doirasini, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyatining davrini oʻrganish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 1873-moddasida koʻrsatilgan organlar va tashkilotlar taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim olingan paytdan eʼtiboran ikki ish kunidan kechiktirmay taftish oʻtkazish haqida taftishni oʻtkazish uchun tayinlangan shaxslarni albatta koʻrsatgan holda buyruq chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1873-modda. Taftish oʻtkazish uchun tayinlanadigan shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazish uchun tayinlanadigan shaxslar sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining, davlat soliq xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining mutaxassislari ishtirok etishi mumkin.
(1873-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga koʻra boshqa davlat organlari va tashkilotlarning xodimlari ham taftish oʻtkazish uchun jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1874-modda. Tadbirkorlik subyektlarini taftishdan oʻtkazish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat vakilining ishtirokidan va (yoki) advokatning yuridik yordamidan voz kechish taftishning keyingi bosqichlarida tadbirkorlik subyekti tomonidan ularni jalb etish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazuvchi shaxs tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning taftish oʻtkazishda ishtirok etishga yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etishga yoxud ularning ishtirokidan voz kechishga boʻlgan huquqini taftish oʻtkazish boshlanguniga qadar yozma shaklda tushuntiradi va bu haqda bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etish niyati bildirilsa, taftish oʻtkazishning boshlanishi yuridik xizmat vakili va (yoki) advokat yetib kelguniga qadar, biroq koʻpi bilan yigirma toʻrt soatga toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat vakilining va (yoki) advokatning yigirma toʻrt soat ichida yetib kelish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi quyidagi hujjatlarning mavjud boʻlishi tadbirkorlik subyektini taftishdan oʻtkazishning majburiy shartidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning taftish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish oʻtkazuvchi shaxsning xizmat guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1875-modda. Taftish oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazish uchun tayinlangan shaxslar tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslarini yoki vakillarini taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar bilan taftish oʻtkazish boshlanguniga qadar tanishtirishi, shuningdek tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga yozuv kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirilgan, shuningdek ular xizmat guvohnomasi va taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma bilan tanishtirilgan payt taftish oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortishi taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tegishli hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortgan taqdirda, taftish oʻtkazish uchun tayinlangan shaxs tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili imzolaydigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili mazkur bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi. Mazkur holda bayonnoma imzolangan payt taftish oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar olinganidan va ular bilan tanishib chiqilganidan keyin taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili hujjatlarni, axborot va materiallarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs bundan buyongi protsessual harakatlarni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga bu haqda darhol xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni olib qoʻyish zarur boʻlgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Olib qoʻyish ushbu Kodeksning 20-bobida belgilangan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazuvchi shaxs zarur boʻlgan taqdirda, tekshirilayotgan subyektning hududi va binolarini tekshiruvdan, shuningdek mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan masalalarni oʻrganish soliq, valyutaga oid, buxgalteriya toʻgʻrisidagi qonunchilikka va boshqa qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(1875-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilingan, shuningdek taftishni amalga oshirish uchun uning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish rad qilingan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxsning oʻzi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi. Bayonnoma bundan buyongi protsessual harakatlarni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilinganligi, shu jumladan ushbu subyektning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish rad etilganligi, shuningdek taftish oʻtkazuvchi shaxsning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilinganligi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilinganligi uchun javobgarlikka tortish taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma topshirilgan kun taftish oʻtkazish tugallangan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani olishdan boʻyin tovlagan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran taftish tugallangan deb hisoblanadi. Mazkur holda taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1876-modda. Ayrim hollarda taftish oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili turgan joy nomaʼlum boʻlgan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va uning mansabdor shaxsining yashash joyi manziliga uch ish kuni ichida buyurtma xat bilan yuboradi. Bunday holda buyurtma xat yuborilgan sana taftish oʻtkazish boshlangan sana deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining yoʻqligi taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda taftish tekshirilayotgan subyektning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi, ishda mavjud boʻlgan hujjatlar, axborot va materiallar asosida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan subyektning hujjatlari, axboroti va materiallari yoʻqotilgan, yoʻq qilingan yoki mavjud boʻlmagan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan masalalarni oʻrganishni soliq, valyutaga oid, buxgalteriya toʻgʻrisidagi qonunchilikka va boshqa qonunchilikka muvofiq oʻtkazishi mumkin.
(1876-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va dalolatnomaning koʻchirma nusxasi tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yashash joyiga buyurtma xatlar bilan yuborilgan kun taftish oʻtkazish tugallangan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1877-modda. Taftish oʻtkazish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazish muddati oʻttiz kalendar kundan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan taqdirda, tekshirilayotgan subyektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va koʻlamlari hisobga olingan holda, taftish muddati moliya-xoʻjalik faoliyatining taftishini oʻtkazuvchi shaxsning asoslantirilgan iltimosnomasi boʻyicha surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining roziligiga koʻra yoxud sudning ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga nisbatan oʻttiz kalendar kunga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdorda boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilishning ushbu Kodeksda belgilangan muddatlaridan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(1877-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi OʻRQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1878-modda. Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻtkazilgan taftish natijalariga koʻra dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) taftish oʻtkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) taftish oʻtkazish uchun asoslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) taftish oʻtkazilgan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) taftish oʻtkazgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yuridik shaxsning toʻliq nomi, tekshirilayotgan davrda uning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) tekshirilayotgan subyektning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) tekshirilayotgan subyekt moliya-xoʻjalik faoliyatining ilgarigi tekshiruvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) tekshirilayotgan davr hamda taftish oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar, axborot va materiallar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) qonunchilikning aniqlangan buzilishlarining (ular mavjud boʻlgan taqdirda) batafsil tavsifi qonunchilikning buzilgan normalariga havola qilingan holda;
(1878-modda ikkinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) oʻtkazilgan taftish natijalariga doir, shu jumladan qonunchilikning buzilishlari mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosalar.
(1878-modda ikkinchi qismining 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma kamida uch nusxada tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning barcha nusxalari taftish oʻtkazuvchi shaxslar tomonidan imzolanadi. Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga topshiriladi, u dalolatnomaning barcha nusxalariga olganligi toʻgʻrisida olish sanasini koʻrsatgan holda imzo qoʻyishi shart. Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning qolgan nusxalari taftish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomadagi imzosi uning taftish natijalaridan rozi ekanligini bildirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalari, taftish doirasida sodir etilgan harakatlar toʻgʻrisidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, taftish oʻtkazish chogʻida olingan materiallar, shuningdek taftish doirasida sodir etilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qoʻshib qoʻyilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tugallangan kundan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay taftish materiallari taftish oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan organda qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi va taftishni tayinlagan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etilishi kerak.
(1878-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazgan organ taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning tasdiqlangan koʻchirma nusxasini qonuniy choralar koʻrilishi uchun tegishli vakolatli organga ham yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1879-modda. Qoʻshimcha yoki qayta taftish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha taftish taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada mavjud boʻlgan kamchiliklarni toʻldirish va ish boʻyicha yangidan aniqlangan holatlarni aniqlashtirish uchun tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta taftish quyidagi hollarda tayinlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish xulosalari va natijalariga rozi emaslik toʻgʻrisida tekshirilgan subyekt, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan taqdim etilgan eʼtirozlar asosli deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada taftish materiallari va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan qarama-qarshiliklar mavjud boʻlganda, shuningdek taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomadagi xulosalarga asos boʻlgan hujjatlar, axborot va materiallar notoʻgʻri deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatilgan xulosalar asossiz boʻlganda yoki ularning toʻgʻriligi shubha tugʻdirganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki taftishni oʻtkazgan shaxslar qayta taftish oʻtkazish uchun tayinlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha taftish yoki qayta taftish ushbu bobda belgilangan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18710-modda. Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxslarining yoki vakillarining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvchi shaxslardan taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarni talab qilish, xizmat guvohnomasi, shuningdek taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati taftishdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida tegishli axborotga ega boʻlish, taftish oʻtkazuvchi shaxslar tomonidan tadbirlar oʻtkazilishi chogʻida tushuntirishlar berish va ularda hozir boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalarga doir talablarini bajarmaslik va ushbu shaxslarni taftish mavzuyiga taalluqli boʻlmagan hujjatlar, axborot va materiallar bilan tanishtirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat guvohnomasini, taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomani, taftishni tayinlash haqidagi qarorning yoki ajrimning, vakolatli organning taftish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini taqdim etmagan shaxslarni taftish oʻtkazish uchun hududga va binolarga kiritmaslik, shuningdek taftish muddatlari boshlanmagan yoki oʻtib ketgan yoxud taftish oʻtkazuvchi shaxs tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini toʻldirishni rad etgan taqdirda, hududga va binolarga kiritmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish tugallangan kunda taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasini taftish oʻtkazuvchi shaxslardan olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda taftish natijalari ustidan shikoyat qilish, shu jumladan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga qoʻshimcha yoki qayta taftish tayinlash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish yoʻli bilan shikoyat qilish.
(18710-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish oʻtkazuvchi shaxslarni taftish oʻtkazish uchun hududga va binolarga kiritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talabiga koʻra taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz majburiyatlarini bajarishida ularga koʻmaklashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18711-modda. Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan subyektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
(18711-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektiv asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, taftish oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish;
(18711-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga harakatlarni bajarish.
(18711-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan subyektlar faoliyatining amalga oshirilishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi va faoliyatining toʻxtatib qoʻyilishiga yoʻl qoʻymasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
(18711-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi;
(18711-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda toʻldirishi;
(18711-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi, uning bir nusxasini tekshirilayotgan subyektda taftish tugallangan kuni qoldirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsir choralarini koʻrishi shart.
(18711-modda uchinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-bob. EKSPERTIZA TEKSHIRUVI UCHUN NAMUNALAR OLISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188-modda. Namunalarning turlari va ularni olish usullari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tirik odamning, murdaning, hayvonning, oʻsimlikning, buyumning, materialning yoki moddaning xususiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi namunalar olishga, basharti ularning ekspert tekshiruvi ekspert oldiga qoʻyilgan savollarni hal qilish uchun zarur boʻlsa, haqlidir.
(188-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tirik odamdan oʻzida uning xususiyatlarini aks ettiruvchi: biologik — qon, soch, soʻlak, inson organizmidan ajralib chiqadigan moddalar; psixofizik — dastxat; anatomik — teri naqshining chiziqlari, tish qoliplari; shuningdek ovozning xususiyatlari, kasb malakasini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin. Murdani koʻzdan kechirishda ham tekshiruv oʻtkazish uchun kerakli moddiy namunalar olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namuna tariqasida xom ashyo, mahsulot va boshqa materiallardan moddaning turga oid yoki oʻziga xos fizik yoxud kimyoviy xossalarini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv oʻtkazish jarayonida ekspert gilza, oʻq, buzish asboblari va boshqa obyektlarning tajriba namunalarini tayyorlashga va ularning eksperimental izlariga qarab, oʻxshashlik yoki farqlanish masalasini hal etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189-modda. Namuna olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar va organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tekshiruvi namunalar olinadigan shaxsni yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlmasa va alohida kasb mahoratini talab qilmasa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning oʻzi, zarurat boʻlganda esa shifokor, boshqa mutaxassis, ekspert ishtirokida ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish yalangʻoch boʻlishni taqozo etsa yoki alohida kasb mahoratini talab qilsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirigʻiga binoan tekshiruv uchun namunalarni shifokor yoki boshqa tibbiy mutaxassis oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190-modda. Namuna olinishi mumkin boʻlgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ustidan ish yuritilayotgan shaxsdan olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hodisa sodir boʻlgan joyda yoki ashyoviy dalillarda boshqa shaxslar tomonidan ham iz qoldirilgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida yetarlicha asoslar boʻlgan taqdirda shu shaxslardan ham ekspert tekshiruvi uchun namuna olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-modda. Namuna olish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namuna olish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: namuna oladigan shaxs yoki organ; namuna olinishi kerak boʻlgan shaxs; aynan qanday namuna va qancha miqdorda olinishi lozimligi; namuna olinadigan shaxs qachon va kimning huzuriga kelishi zarurligi; olingan namunaning qachon va kimga taqdim qilinishi kerakligi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192-modda. Namuna olishda majburlov chegarasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzidan namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortayotgan gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar majburiy keltirilishi mumkin, bunda, basharti qoʻllaniladigan usullar ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlsa, ulardan majburlov yoʻli bilan namunalar olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzga shaxslardan namunalar faqat ushbu Kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan hollarda hamda tanosil kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan hollarda majburlov yoʻli bilan olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan namunalar olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi namuna olinishi kerak boʻlgan shaxsni chaqirtiradi yoki u turgan joyga borib, uni namuna olish toʻgʻrisidagi qaror yoki sudning oʻziga kelib tushgan ajrimi bilan tanishtirib tilxat oladi va bu shaxsga, mutaxassisga, xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, agar kimdir rad etilgan boʻlsa, bu masalani hal qiladi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi kerakli harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlmagan ilmiy-texnikaviy vositalar qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murdadan, shuningdek xom ashyolardan, mahsulotlardan, boshqa materiallardan namunalar olish eksgumatsiya qilish, olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan namunalar oʻraladi va muhrlanadi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni namuna olish bayonnomasi bilan birga tegishli ekspertga yuboradi. Agar namuna olish sudning ajrimiga binoan amalga oshirilgan boʻlsa, ushbu ajrimni bajargan surishtiruvchi yoki tergovchi namunalarni ularni olish toʻgʻrisidagi bayonnoma bilan birga sudga yuboradi. Sud taraflar ishtirokida namunalarni koʻzdan kechirib, ularning haqiqiyligiga va toʻla saqlanganligiga ishonch hosil qilgandan keyin olingan namunani ajrim va bayonnoma bilan birga tegishli ekspertga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194-modda. Shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan namunalar olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli shaxsni, shuningdek undan namuna olish toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni shifokorga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi. Shifokorni, boshqa mutaxassisni, xolislarni rad etish masalasini qaror yoki ajrim chiqargan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifokor yoki boshqa mutaxassis zarur harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlmagan ilmiy-texnikaviy vositalardan foydalanilishi mumkin. Namunalar oʻralib va muhrlanib, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish uchun hayvonlardan namunalar olish zarurati tugʻilsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli qarorni yoxud ajrimni veterinarga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195-modda. Ekspert tomonidan tajriba uchun namunalar olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv oʻtkazish jarayonida ekspert tomonidan ushbu Kodeks 188-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tajriba namunalari tayyorlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi bunday namunalarni tayyorlash chogʻida hozir boʻlishga haqli boʻlib, bu hol ular tomonidan tuziladigan bayonnomada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tekshiruv oʻtkazib boʻlganidan keyin namunalarni muhrlangan holda oʻz xulosasiga qoʻshib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi, sud muhokamasida esa sud va taraflar ekspert taqdim qilgan tajriba namunalarini koʻzdan kechiradilar, shundan soʻng ular ashyoviy dalil sifatida jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196-modda. Namunalar olishda shaxs huquqlarining himoya qilinishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishda qoʻllaniladigan usullar va ilmiy-texnikaviy vositalar inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlishi lozim. Kuchli ogʻriq beradigan murakkab tibbiy tadbirlar va usullarni qoʻllash namuna olinishi lozim boʻlgan shaxsning roziligi bilan, basharti u voyaga yetmagan yoki ruhiy holati buzilgan boʻlsa, uning qonuniy vakili, vasiylari yoki homiylarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
(196-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-587-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namuna olish namuna olinuvchini yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlsa, shifokor, boshqa mutaxassis, xolislar namuna olinuvchi shaxs bilan bir jinsda boʻlishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197-modda. Namunalar olish bayonnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olinganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa, oʻziga kelgan namunalarni sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-bob. NARSALARNI, HUJJATLARNI VA ELEKTRON MAʼLUMOTLARNI TAQDIM QILISH
(24-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198-modda. Narsalarni ularning egasi boʻlmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz fikrlariga koʻra ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan narsalarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taqdim qilingan narsani ushbu Kodeksning 136, 137, 139 va 140-moddalarida bayon qilingan qoidalarga asosan koʻzdan kechirishi, agar taqdim qilingan narsani ish uchun ahamiyatli deb topsa yoki kelgusida ahamiyati boʻlishi mumkin deb hisoblasa, uni qabul qilishi shart. Shuningdek ushbu ish uchun ahamiyatli boʻlmagan, lekin muomaladan chiqarilgan narsalar (qurollar, giyohvandlik vositalari, pornografiya nashrlari va boshqalar) ham qabul qilib olinishi lozim.
(198-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish uchun ahamiyatli boʻlmagan va muomaladan chiqarilmagan narsalar taqdim qilingan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularni koʻzdan kechirib boʻlganidan keyin egalariga darhol qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga koʻra narsalarni taqdim qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazmasdan turib, korxona, muassasa, tashkilot rahbaridan, shuningdek fuqarodan tergov va sud harakatlarini yuritish chogʻida vaqtincha foydalanish uchun zarur boʻlgan narsalarni taqdim etishlarini talab qilishga haqlidir. Bunday narsalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) eksperiment oʻtkazishda tekshirilayotgan hodisaning holatini va sharoitini qayta tiklash uchun foydalaniladigan oʻxshash narsalar yoki maketlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tanib olish uchun koʻrsatilayotgan narsa bilan turdosh boʻlgan narsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tergov yoki sud harakatlarini yuritish yoxud ekspert tekshiruvini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan moslamalar, asbob-uskunalar, anjomlar, materiallar, agar bunday narsalar surishtiruvchi, tergovchi yoki sudda yoxud ularning topshirigʻi boʻyicha harakat qilayotgan mutaxassis, ekspert yoki ekspertiza muassasasida boʻlmasa. Zarurat qolmagach, bu narsalar egasiga qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200-modda. Hujjatlarni ularning egasi boʻlmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201-modda. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga koʻra hujjatlarni taqdim qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga koʻra oʻz ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni taqdim qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga koʻra oʻz vakolatlari doirasida taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvi oʻtkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani barcha ilovalari bilan birga belgilangan muddatda taqdim qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab qilishga haqli.
(201-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga elektron maʼlumotlarni oʻz tashabbusi bilan taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz tasarrufida boʻlgan elektron maʼlumotlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga oʻz tashabbusi bilan taqdim etishga haqli.
(2011-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202-modda. Narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni taqdim etish bayonnomasi
(202-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillar sifatida ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar taqdim etilganligi toʻgʻrisida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 90, 91 va 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyadi.
(202-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni taqdim etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu shaxsning narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni koʻzdan kechirish jarayoni va natijalari, agar ular pochta orqali yuborilgan boʻlsa, ularning oʻrovini koʻzdan kechirish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) narsalarning yoki hujjatlarning yoxud elektron maʼlumotlarning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga yoki sudga haqiqatan ham topshirilganligi yoxud narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar uni taqdim etgan shaxsga qaytarib berilganligi koʻrsatiladi.
(202-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatli boʻlgan yoki ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxsga surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnomadan nusxa, sud majlisida raislik qiluvchi esa sud majlisi bayonnomasidan koʻchirma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilib olingan narsa yoki hujjat pochta orqali kelgan boʻlsa, bayonnomaning nusxasi yoki undan olingan koʻchirma narsani yoki hujjatni yuborgan shaxsga joʻnatiladi, pochta pattasi bayonnomaga ilova qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud pochta orqali olingan narsa yoki hujjatni ishga aloqador emas deb topib, uni yuboruvchiga pochta orqali qaytargan taqdirda ham pochta pattasi bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan narsa yoki hujjatni ashyoviy dalil sifatida ishga qoʻshib qoʻyish haqidagi iltimosni rad qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Taftishlar va boshqa xizmat tekshiruvlarining dalolatnomalari yozma dalil sifatida taqdim qilingan boshqa hujjatlar qatori ishga maxsus rasmiylashtirilmasdan qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov yoki sud harakatlarini yuritishda vaqtincha foydalanish uchun soʻralgan narsalarning qabul qilingani va qaytarib berilgani surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisida raislik qiluvchi yoki sud majlisining kotibi, shuningdek narsalarning egasi tomonidan beriladigan tilxatlar bilan rasmiylashtiriladi. Taqdim qilingan narsalar ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlsa, ularning belgilari, xossalari, texnikaviy tavsifi, basharti ular yuritilayotgan tergov davomida ishlatilgan boʻlsa, shu tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-BOB. NARSALARNI, HUJJATLARNI VA ELEKTRON MAʼLUMOTLARNI ASHYOVIY, YOZMA VA RAQAMLI DALIL SIFATIDA ISHGA QOʻSHIB QOʻYISH
(25-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203-modda. Ashyoviy dalillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, maʼlum maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qoʻldan-qoʻlga oʻtganligi yoki turgan joyi oʻzgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar taʼsir etganligini aniqlash mumkin boʻlgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega boʻlgan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2031-modda. Jinoyat quroli
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalil deb eʼtirof etilgan, jinoyatga tayyorgarlik koʻrish yoki sodir etish uchun maxsus moʻljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, elektron maʼlumotlar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat qurolidir.
(2031-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204-modda. Yozma dalillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan soʻz, raqam, chizma yoki boshqa shaklda yozilgan va ish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni saqlash, oʻzgartirish, berish uchun moʻljallangan hujjat yoki boshqa yozuvlar yozma dalil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakatining bayonnomasi, sud majlisining bayonnomasi va ularning ilovalari ham yozma dalil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 203-moddasida koʻrsatilgan alomatlari, belgilari, izlari boʻlgan hujjatlar va boshqa xatlar ham ashyoviy dalil boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2041-modda. Elektron maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron maʼlumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan maʼlumotlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaxslar elektron maʼlumotlarni ushbu maʼlumotlarning koʻchirma nusxasini elektron jismdan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taqdim etilgan elektron maʼlumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib oladi hamda elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan birlamchi elektron jismlarni koʻzdan kechiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlmagan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlar egalariga darhol qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2042-modda. Raqamli dalillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron maʼlumotlar, shu jumladan elektron tarzdagi fayllar, audio-, videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmogʻida saqlanayotgan maʼlumotlar, shuningdek boshqa elektron maʼlumotlar raqamli dalillardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga, basharti uning yaxlitligi va aynan oʻxshashligi saqlansa, yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga yoʻl qoʻyilishi oʻzidan mazkur koʻchirma nusxa olingan raqamli dalilning asli mavjudligi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaxslar raqamli dalillarning koʻchirma nusxalarini qogʻozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga ega. Bunda raqamli dalilning qogʻozdagi shakli yozma dalil deb hisoblanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud jarayonida tuzilgan protsessual bayonnomalarga ilova qilingan, elektron maʼlumotlar tarzida shakllantirilgan audio-, videoyozuvlar ham raqamli dalillar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli dalilning koʻchirma nusxasi ish materiallari bilan birga saqlanadi.
(2041 va 2042-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205-modda. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni olish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar sifatida foydalaniladigan narsalar, hujjatlar, elektron maʼlumotlar va boshqa yozuvlar hodisa sodir boʻlgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni, shuningdek texnika vositalarini, telekommunikatsiya tarmoqlarini yoki Internet jahon axborot tarmogʻini koʻzdan kechirish chogʻida, tanib olish uchun koʻrsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish chogʻida, olib qoʻyish, tintuv yoki eksperiment oʻtkazish chogʻida olinishi mumkin yoxud ular ushbu Kodeksning 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etilishi mumkin.
(205-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206-modda. Ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxslardan topilgan, olib qoʻyilgan yoki qabul qilib olingan narsalar ushbu Kodeksning 135 — 137, 139 va 140-moddalarida koʻrsatilgan qoidalarga asosan darhol koʻzdan kechiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzdan kechirishda narsaning ishga taalluqliligi haqida xulosa chiqarishga asos boʻladigan, shuningdek uni boshqa narsalardan farqlovchi belgilar aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzdan kechirish jarayoni va uning natijalari narsa olingan paytda oʻtkazilayotgan tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207-modda. Narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va uni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va uni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qaror yoki ajrimda ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi ham hal qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208-modda. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash hamda boshqa joyga yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash, shuningdek ushbu dalillarning ekspertizaga yuborilganligi yoki jinoyat ishi boshqa tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organiga, prokurorga yoxud sudga oʻtkazilganligi munosabati bilan ularni boshqa joyga yuborish chogʻida ashyoviy, yozma va raqamli dalillar yoʻqolishining, shikastlanishining, buzilishining, bir-biriga qoʻshilib yoki aralashib ketishining oldini olish choralari koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni oʻtkazishda u bilan birga yuborilayotgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar ilova xatda yoki unga ilova qilinayotgan roʻyxatda sanab oʻtiladi. Bundan tashqari ayblov xulosasiga yoki ayblov dalolatnomasiga ilova qilingan maʼlumotnomada ishdagi mavjud barcha ashyoviy, yozma va raqamli dalillar xar birining qayerda ekanligi koʻrsatilgan xolda birma-bir sanab oʻtilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya olingan dalillarni xolislar ishtirokida, zarur boʻlgan hollarda esa ekspert yoxud mutaxassislar ishtirokida koʻzdan kechiradi va ularni ilova xati yoki roʻyxati bilan solishtiradi. Koʻzdan kechirish jarayoni va natijalari toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar ular haqidagi masala sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan yoxud tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarori bilan hal qilinmaguniga qadar saqlab turiladi. Ushbu Kodeksning 210-moddasida nazarda tutilgan hollarda ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi qaror ish yuritish tamom boʻlguniga qadar qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qoʻshib qoʻyilgan narsaga, hujjatga va (yoki) elektron maʼlumotlarga egalik qilish huquqi toʻgʻrisidagi nizo fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal qilinishi lozim boʻlganda ushbu narsa, hujjat va (yoki) elektron maʼlumotlar fuqaroviy ish boʻyicha sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar saqlanishi kerak.
(208-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209-modda. Pul, qimmatli qogʻozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash uchun topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga ashyoviy dalil sifatida qoʻshib qoʻyilgan pul, qimmatli qogʻozlar, valyuta boyliklari, zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar, shuningdek bunday buyumlarning rezgilari topilganda mutaxassis ishtirokida koʻzdan kechirilishi va belgilangan tartibda saqlash uchun topshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvoni taʼminlash maqsadida yoxud garov tariqasida olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan pullar uch sutkadan kechiktirmay surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisobiga topshirilishi shart.
(209-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom boʻlgunga qadar ashyoviy dalillar toʻgʻrisida qabul qilinadigan qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillardan: tez buziladigan narsalar, kundalik roʻzgʻorda zarur boʻladigan narsalar; uy hayvonlari, parrandalar va boqish lozim boʻlgan boshqa hayvonlar zarur tergov harakatlari oʻtkazilgach, kechiktirmay egalariga qaytarib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez buziladigan narsalar yoki uy hayvonlari, parrandalar va boshqa hayvonlarning qonuniy egasi yoxud mulkdori nomaʼlum boʻlgan yoki boshqa sabablarga koʻra ularni qaytarib berish mumkin boʻlmagan hollarda ular qarab turish yoki belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish uchun tegishli korxona, muassasa, tashkilotga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom boʻlganligi munosabati bilan ashyoviy dalillar toʻgʻrisida qabul qilinadigan qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmda, shuningdek jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimda yoki qarorda ashyoviy dalillar masalasi quyidagi qoidalarga rioya etilgan holda hal qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yoʻq qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxoʻrlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxoʻrlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga oʻtkaziladi;
(211-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) muomaladan chiqarilgan ashyolar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yoʻq qilib yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hech qanday qimmatga ega boʻlmagan ashyolar yoʻq qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jinoyat yoki boshqa gʻayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum boʻlib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquq vorislariga, shuningdek merosxoʻrlariga qaytarib berilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga oʻtkaziladi, mulkiy zarar koʻrgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda asrab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212-modda. Ashyoviy dalillarni shikastlaganlik yoki yoʻqotganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza oʻtkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yoʻqolgan ashyoning qiymati sud chiqimlariga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov hukmi chiqarilganda, agar bu ashyo mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga tegishli boʻlsa, uning qiymati toʻlanmaydi; agar ashyo boshqa biror shaxsga tegishli boʻlsa, uning qiymati bu shaxsga sud tomonidan toʻlanishi va ayni vaqtda bu summa mahkum yoki fuqaroviy javobgar hisobidan davlat foydasiga undirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmi chiqarilganda hamda ish tugatilgan hollarda ekspertiza oʻtkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yoʻqolgan ashyoning qiymati qonuniy egasiga yoki mulkdoriga, shuningdek protsessual mavqeyidan qatʼi nazar, ularning huquq vorislari va merosxoʻrlariga toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillar shikastlangan yoki yoʻqolgan boshqa barcha hollarda ularning qiymati zarar keltirish natijasida kelib chiqadigan majburiyatlarga doir fuqaroviy qonunchilik qoidalariga muvofiq toʻlattirilishi lozim.
(212-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOʻRTINCHI BOʻLIM
PROTSESSUAL MAJBURLOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-bob. JINOYAT PROTSESSIDA SHAXS HUQUQLARINI CHEKLASH ASOSLARI VA CHEGARALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213-modda. Protsessual majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan, oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan boʻlsa, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini olish va hukm ijrosini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ushbu Kodeksda belgilangan hollarda hamda tartibda majburlov choralarini qoʻllashga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini ushbu Kodeksning 221 va 224-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda qoʻllashga haqlidir.
(213-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214-modda. Protsessual majburlov choralarini qoʻllashning qonuniyligi va asosliligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual majburlov choralari faqat asoslar mavjud boʻlganda va qonunda belgilangan tartibda qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda boshqacha asoslar nazarda tutilmagan boʻlsa, protsessual majburlov faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha va surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215-modda. Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar bilan munosabatda boʻlish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar, ular saqlanadigan joylardagi tartibga oid cheklashlarni istisno etganda, qonunchilikda belgilangan huquqlarga egadirlar va shu hujjatlarda koʻrsatilgan majburiyatlarni bajaradilar.
(215-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslarga nisbatan gʻayriinsoniy munosabatda boʻlish mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsga oʻzining himoyachisi bilan xoli uchrashish, qonunchilikka oid materiallardan foydalanish imkoniyati berilishi, shikoyat, iltimosnoma va boshqa protsessual hujjatlarni yozishi uchun ixtiyorida qogʻoz va yozuv jihozlari boʻlishi lozim.
(215-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(216-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217-modda. Protsessual majburlov chorasi qoʻllanilgani haqida xabar qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki ekspertiza oʻtkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllaganida shaxsga nisbatan qoʻllanilgan protsessual majburlov chorasi hamda uning ushlab turilgan joyi toʻgʻrisida darhol oila aʼzolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoxud oʻqish joyiga maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan, qamoqqa olingan, uy qamogʻiga yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi boʻlsa, bu haqda darhol Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi shart. Xabarnomaning koʻchirma nusxasi ishga ilova qilinadi.
(217-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi OʻRQ-617-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218-modda. Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qaramogʻidagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qoʻriqlash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qarovsiz va yordamga muhtoj voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, boshqa boqimlari boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ularni qarindoshlarining yoki boshqa shaxslar yoxud muassasalarning homiyligiga topshirishi, majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan mol-mulki yoxud uy-joyi boʻlsa, ularni qoʻriqlash chorasini koʻrishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning qaramogʻidagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qoʻriqlash toʻgʻrisidagi koʻrsatilgan choralar ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ham koʻrilishi shart.
(218-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219-modda. Prokurorning protsessual majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi koʻrsatmasining majburiyligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning protsessual majburlov choralarini qoʻllash haqidagi koʻrsatmalari surishtiruvchi va tergovchi, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ uchun majburiydir. Bunday koʻrsatmalarga eʼtirozlar yuqori turuvchi prokurorga ushbu Kodeksning 36, 39 va 392-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilishi mumkin.
(219-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-bob. USHLAB TURISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-modda. Ushlab turish maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turish jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni uning jinoiy faoliyat bilan shugʻullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yoʻq qilib yuborishining oldini olish maqsadida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turish jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar ham, ish qoʻzgʻatilganidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Keyingi holatda ushlab turishga faqat surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.
(220-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221-modda. Ushlab turish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs quyidagi asoslar mavjud boʻlganda ushlab turilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qoʻlga tushsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) uning oʻzida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos boʻladigan maʼlumotlar mavjud boʻlib, u qochmoqchi boʻlsa yoki doimiy yashaydigan joyi yoʻq yoxud shaxsi aniqlanmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organining, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshiruvchi boshqa organning xodimi, shuningdek muomalaga layoqatli har qanday shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir.
(222-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-modda. Ushlash chogʻida immunitet huquqidan foydalanuvchi shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, sudyalar va prokurorlar ushlab turilishi hamda ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinishi mumkin emas. Mazkur taqiq ushbu Kodeks 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan ushlab turish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(223-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar ushlab turish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning ushbu Kodeksning 221-moddasida koʻrsatilgan asoslaridan bittasi mavjudligini bevosita aniqlasa yoki boshqa shohidlarning soʻzlaridan aniqlasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻzini tanishtirishi va ushlab turilgan shaxsning talabiga koʻra oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini maʼlum qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega boʻlish, koʻrsatuvlar berishni rad etishga boʻlgan protsessual huquqlarini tushuntirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushlab turilgan shaxsga u bergan koʻrsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ushlab turilgan shaxsdan yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishini talab qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlanayotgan shaxsda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, ushlayotgan vakolatli shaxs uni shaxsiy tintuv yoki olib qoʻyishni amalga oshirishga haqlidir. Shaxsiy tintuv oʻtkazish yoki olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng xolislar hozirligida tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni bajarishni kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, ularni videoyozuv orqali qayd etmasdan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Mazkur qoida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ binosida amalga oshiriladigan ushlab turishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni ushlash videoyozuv orqali qayd etilmagan holda, ichki ishlar organi xodimi yoki boshqa vakolatli shaxs ushlab turilgan shaxs yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinganidan soʻng videoyozuvdan foydalangan holda uning protsessual huquqlarini tushuntirishi shart. Ushlab turilgan shaxsga videoyozuv uni namoyish qilish orqali tanishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni yalangʻochlash bilan bogʻliq shaxsiy tintuvni videoyozuv orqali qayd etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turish, shaxsiy tintuv qilish yoki olib qoʻyish bayonnomasiga protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilganligi haqida yozib qoʻyilib, videoyozuv materiallari bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushlangan shaxs ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, gumon qilinuvchining huquqlari unga tarjimon ishtirokida birinchi soʻroqqa qadar tushuntirilib, bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxslar va fuqarolar qonunga xilof yoki asossiz ushlab turganlik yoxud ushlash vaqtida vakolatlari doirasidan chetga chiqqanlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
(224-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi OʻRQ-617-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225-modda. Ushlab turish bayonnomasini tuzish va ushlab turishning asosliligini tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng huquqni muhofaza qiluvchi organning navbatchisi yoki boshqa xodimi ushlab turish bayonnomasini boshliqning koʻrsatmasiga binoan darhol tuzishi, unda quyidagilarni koʻrsatishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bayonnoma tuzilgan joy va vaqtni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu shaxsning kimligi, kim tomonidan, qachon, qanday holatlarda, qonunda koʻrsatilgan qanday asoslarga koʻra ushlanganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushlangan shaxs qanday jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga qaysi vaqtda olib kelinganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shaxsiy tintuv qilish va olib qoʻyish natijalarini (ular oʻtkazilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ushlashning videoyozuv orqali qayd etilganligi (u oʻtkazilgan boʻlsa), ushlangan shaxsning videoyozuv materiallari bilan tanishganligi, shuningdek shaxsni ushlash vaqtida foydalanilgan vositalarning texnik xususiyatlarini. Bayonnomani ushlab turishning asosliligini tekshirish vazifasi topshirilgan ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi, ushlab keltirgan vakolatli shaxs yoki fuqaro, ushlangan shaxs va xolislar imzo chekib, tasdiqlaydi.
(225-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi OʻRQ-617-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organning xodimi amalga oshirilgan ushlab turish haqida ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan eʼtiboran oʻn ikki soat ichida prokurorga yozma shaklda xabar berishi shart.
(225-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish, hujjatlarni talab qilish va koʻzdan kechirish ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay oʻtkazilishi lozim.
(225-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turishga asos boʻlmagan taqdirda, ichki ishlar organi boʻlinmasining boshligʻi yoki boshqa vakolatli shaxs ushlanganni ozod qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Qarorning nusxasi darhol prokurorga yuboriladi.
(225-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat joyida ushlash bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan paytdan boshlab u bilan bogʻliq protsessual harakatlar amalga oshirilguniga qadar uning himoyachi bilan xoli uchrashishi taʼminlanadi. Bu haqda bayonnoma tuziladi.
(225-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turish, jinoyat ishi qoʻzgʻatish, ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorlar darhol gumon qilinuvchiga eʼlon qilinadi, ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan huquqlari tushuntiriladi va tanlangan yoki tayinlangan himoyachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi. Qaror bilan tanishtirilgani va huquqlari tushuntirilgani qarorda qayd etilib, vakolatli shaxs va ushlangan shaxs tomonidan imzolanib, tasdiqlanadi. Bunda ushlangan shaxs ushlab keltirilgan paytdan boshlab yigirma toʻrt soatdan kechiktirilmay soʻroq qilinishi lozim.
(225-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226-modda. Ushlab turish muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan (erkin harakatlanishga boʻlgan huquqlarning haqiqiy cheklangan payti) eʼtiboran koʻpi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qoʻshimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin.
(226-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turish muddati tugagunga qadar va asoslar mavjud boʻlganda shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi, unga ayb eʼlon qilinishi, ushbu Kodeksning 109 — 112-moddalaridagi qoidalar boʻyicha soʻroq qilinishi va ushbu Kodeksning 236 — 240-moddalari qoidalariga amal qilgan holda ehtiyot chorasini tanlash haqidagi masala hal qilinishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilishi mumkin. Bunda gumon qilinuvchiga u ushlangan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ayblov eʼlon qilinishi kerak. Aks holda ehtiyot chorasi bekor qilinadi va shaxs qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod etiladi, garov esa garovga qoʻyuvchiga qaytariladi. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan keyin va ushlab turishning butun muddati mobaynida ishni yuritish oʻziga taalluqli boʻlgan surishtiruvchi va tergovchi jinoyatni sodir etish holatlarini aniqlash, ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish uchun oʻz vakolatlari doirasida tergov harakatlari oʻtkazishi mumkin.
(226-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227-modda. Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish
(227-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ushlab turish, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarori asosida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi ushlangan shaxsni ushbu Kodeksning 224-moddasi qoidalariga rioya etgan holda eng yaqin ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga darhol olib borishi shart. Amalga oshirilgan ushlab turish toʻgʻrisida ushlab turish haqida qaror chiqargan vakolatli shaxs darhol xabardor qilinishi lozim.
(227-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(227-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-100-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi haqiqiy ushlangan paytdan boshlab oʻtgan vaqt ayblanuvchini qamoqda saqlash yoki uning uy qamogʻida boʻlishi hamda Jinoyat kodeksining 62-moddasida belgilanganiga mutanosib ravishda sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga kiritiladi.
(227-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228-modda. Ushlab turilganlarni saqlash joylari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlangan shaxs ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng u ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida saqlanadi yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasiga, ushlab turilgan harbiy xizmatchi esa gauptvaxtaga joylashtiriladi.
(228-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilganlarni ayrim joylarda istisno tarzida maxsus moslashtirilgan binolarda, dengiz va daryo kemalarida esa, maxsus ajratilgan kayutalarda saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
(228-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalarida ushlab turilganlarni saqlash uchun maxsus kameralar jihozlanadi.
(228-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi.
(228-moddaning toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(229-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230-modda. Ushlab turilganlarga uchrashish uchun ruxsat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan uchrashuvga ushbu Kodeks 46-moddasining birinchi qismida va 48-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan birinchi xoli uchrashuvga birinchi soʻroqqacha ruxsat beriladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanayotgan ushlab turilgan shaxsning himoyachi bilan uchrashuviga ushbu Kodeks 226-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ehtiyot chorasi qoʻllanilishi lozim boʻlgan, muddatlar inobatga olingan holda ruxsat beriladi hamda uchrashuv surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan ikki soatga qadar cheklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan shaxsga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga ushlab turilgan shaxslar saqlanadigan joyning maʼmuriyati ushlab turish toʻgʻrisidagi materiallar qaysi tergovchi yoki surishtiruvchining ish yurituvida boʻlsa, faqat oʻsha tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsati asosida ijozat beradi, himoyachi bilan uchrashuv bundan mustasno.
(230-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(231-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(232-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(233-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234-modda. Ushlab turilganni ozod qilish asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxs, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat sodir etganligi haqidagi gumon tasdiqlanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash zarurati boʻlmasa yoki uni qoʻllash sud tomonidan rad etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushlab turishning belgilangan muddati tugagan boʻlsa va ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan yoxud ushbu Kodeks 243-moddasi oʻninchi qismining 3-bandiga muvofiq ushlab turish muddati uzaytirilmagan boʻlsa, ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan shaxsni ozod qilish surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. Ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushishi bilan darhol ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan shaxsni bundan buyon ushlab turish uchun asoslar yoʻqligi aniqlanishi bilanoq surishtiruvchi va tergovchi uni darhol ozod qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining ushlab turilgan shaxsni ozod qilish haqidagi qarori yoxud sudning uni ushlab turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi ajrimi qonunda belgilangan ushlab turish muddati ichida ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushmasa, ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshligʻi bu shaxsni ozod qiladi va uning ozod qilinganligi toʻgʻrisida prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga bildirish xati yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda ushlab turilganlar saqlanadigan joyning maʼmuriyati ozod qilingan shaxslarning yashash joyiga tekin joʻnab ketishini taʼminlaydi; ularning iltimosiga koʻra, ushlab turilganlar saqlanadigan joyda boʻlgan vaqti haqida maʼlumotnoma beradi.
(234-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-100-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235-modda. Ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyonni undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga qonunsiz ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan boʻlsa yoki ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ish tugatilgan boʻlsa, toʻliq hajmda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-bob. EHTIYOT CHORALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236-modda. Ehtiyot choralari qoʻllanilishining maqsad va asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan boʻyin tovlashining oldini olish; uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish; uning ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yoʻl qoʻymaslik; hukmning ijro etilishini taʼminlash maqsadida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi, sudlanuvchi sodir etgan, Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatning xavfliligi tufayli u surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan yashirinishi mumkin degan oʻrinli taxmin ham qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asos boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilishini kutayotgan shaxslarga, shuningdek aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan ehtiyot choralari ularning qochib ketishining va boshqa ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi sud ajrimining ijrosini taʼminlash maqsadida qoʻllanilishi mumkin.
(236-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237-modda. Ehtiyot choralarining turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi: munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat; shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamogʻi; qamoqqa olish; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning oʻzida ana shu choralardan faqat bittasi qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(237-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238-modda. Ehtiyot chorasini tanlashda eʼtiborga olinadigan holatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot choralaridan qaysi birini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslardan tashqari qoʻyilgan aybning ogʻirligini, ayblanuvchining shaxsini, mashgʻulot turini, yoshi, sogʻligʻi, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni ham hisobga oladi.
(238-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239-modda. Ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin boʻlgan shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasi faqat ayblanuvchilarga, sudlanuvchilarga, mahkumlarga va aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
(239-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, ishni sudga qadar yuritish bosqichida ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilishi mumkin.
(239-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi:
(239-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasi yoki uning Kengashi roziligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan;
(239-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan 21-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining deputatiga nisbatan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, tegishli xalq deputatlari Kengashi roziligi bilan;
(239-modda uchinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi OʻRQ-666-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo iqtisodiy sudlarning, tumanlararo maʼmuriy sudlarining va Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlarining sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan;
(239-modda uchinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan;
(239-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan qoʻllanilishi mumkin.
(239-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-100-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240-modda. Ehtiyot chorasini qoʻllash, bekor qilish, oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi bilan qoʻllanilishi, bekor qilinishi va oʻzgartirilishi mumkin.
(240-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida qoʻllanilgan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsni bundan keyin qamoqda saqlash yoki uning uy qamogʻida boʻlishi uchun asoslar mavjud boʻlmaganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ehtiyot choralari toʻgʻrisida qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi ushbu ehtiyot chorasini aynan oʻsha shaxsga nisbatan qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi.
(240-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud tomonidan qoʻllanilgan garov tarzidagi ehtiyot chorasi uni bundan buyon qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlmaganda, xuddi shuningdek ish yuritish tugatilgan taqdirda, mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror chiqargan sud albatta xabardor etilgan holda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
(240-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasini qoʻllash, bekor qilish, oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda: shaxsning qanday jinoyatni sodir etishda ayblanayotganligi; ehtiyot chorasi qanday qonuniy asoslarga tayanib qoʻllanganligi yoxud tegishli dalillar keltirish yoʻli bilan bu asoslar yoʻqligi yoki oʻzgargani; ehtiyot chorasini tanlashga taʼsir qiluvchi, qonun bilan belgilangan holatlarni hisobga olib, ehtiyot choralarini qoʻllash, bekor qilish yoki oʻzgartirish zaruratini izohlovchi sabablar koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Qaror yoki ajrim kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxsga darhol eʼlon qilinadi, shaxsning ogʻir kasalligi yoki uning qochib ketganligi tufayli eʼlon qilinishi mumkin boʻlmagan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud oʻzgartirilgan taqdirda, qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak.
(240-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241-modda. Ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat berish va protest bildirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ustidan tergovni nazorat qilayotgan, uni bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli boʻlgan prokurorga shikoyat berilishi mumkin. Prokuror shikoyatni olgan paytdan eʼtiboran uch sutka ichida uni koʻrib chiqishi hamda shikoyat bergan shaxsni oʻz qaroridan xabardor etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish, uy qamogʻi, garov tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllash haqidagi yoki qamoqda saqlash, uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi yoxud uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi masala yuzasidan sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, ushbu sud ularni yigirma toʻrt soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
(241-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat yoki protest berilishi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha qaror ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxs mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
(241-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi OʻRQ-470-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242-modda. Qamoqqa olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchi, sudlanuvchi tergov va suddan yashiringanida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilgan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlanmaganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari qoʻllanilgan ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan buzilganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmaganida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash davrida sodir etilganida, qoʻllanilishi mumkin.
(242-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2421-modda. Uy qamogʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud boʻlganida uning yoshini, sogʻligʻi holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining jamiyatdan toʻliq yoxud qisman ajratib qoʻyilib, oʻzi mulkdor, ijaraga oluvchi sifatida yoki boshqa qonuniy asoslarda yashab turgan turar joyda taqiqlar (cheklovlar) yuklatilgan, shuningdek uning ustidan nazorat amalga oshirilgan holda boʻlishidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining sogʻligʻi holatini hisobga olgan holda tibbiy muassasa uy qamogʻida saqlash joyi etib belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisidagi sudning ajrimida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi duchor qilinadigan ozodlik boʻyicha aniq taqiqlar (cheklovlar), shuningdek oʻrnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish zimmasiga yuklatilayotgan organ koʻrsatiladi.
(2421-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaxsga quyidagi taqiqlar (cheklovlar) oʻrnatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) muayyan shaxslar bilan aloqada boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) xat-xabar olish va joʻnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida soʻzlashuvlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) uy-joyni tark etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi barcha taqiqlarga (cheklovlarga) yoxud ulardan ayrimlariga duchor etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi himoyachi, qonuniy vakil, belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi zimmasiga yuklatilgan organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bilan soʻzlashish uchun, shuningdek zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni, tez tibbiy yordamni, yongʻin xavfsizligi xizmatini, qutqaruv xizmatini va boshqa shoshilinch xizmatlarni chaqirish uchun telefon aloqasidan foydalanish huquqidan cheklanishi mumkin emas. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz yashash joyidagi uy qamogʻini ijro etish zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga har bir shunday qoʻngʻiroq haqida xabar beradi.
(2421-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olinganning yashash joyi qoʻriqlanishi mumkin. Zarur hollarda uning xulq-atvori ustidan nazorat oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining uy-joyidan chiqishi boʻyicha oʻrnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda ichki ishlar organi uning yashash joyida boʻlishini sutkaning istalgan vaqtida tekshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish kunduzgi vaqtda koʻpi bilan bir marta va tungi vaqtda koʻpi bilan bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxsga nisbatan elektron kuzatish vositalari qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻini ijro etish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining yashash joyidagi ichki ishlar organi zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tibbiy koʻrsatuvlarga koʻra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi sogʻliqni saqlash muassasasiga olib kelingan va yotqizilgan boʻlsa, sud oʻrnatgan taqiqlarning (cheklovlarning) amal qilishi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish yoxud bekor qilish masalasi prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi sud tomonidan hal etilguniga qadar davom etadi. Tegishli sogʻliqni saqlash muassasasining hududi uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini ijro etish joyi hisoblanadi.
(2421-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi surishtiruv organiga yoki dastlabki tergov organiga, shuningdek sudga nazorat qiluvchi organning transport vositasida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻida jamiyatdan toʻliq ajratib qoʻyilgan sharoitda boʻlgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachi, qonuniy vakil bilan uchrashuvlari ushbu ehtiyot chorasi ijro etilayotgan joyda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻining muddati, uni uzaytirish va uning ustidan shikoyat qilish tartibi ushbu Kodeksning 241, 243, 245 — 248-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrnatilgan taqiqlar (cheklovlar) uy qamogʻida boʻlgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin.
(2421-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-modda. Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda va surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi.
(243-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uni uy qamogʻiga joylashtirish zaruratini keltirib chiqargan asoslar bayon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, iltimosnoma qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qoʻzgʻatilayotgan boʻlsa, qaror va koʻrsatilgan materiallar ushlab turish muddati tugashidan kamida sakkiz soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak.
(243-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmaganda esa yoxud qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
(243-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soat ichida, lekin ushlab turishning eng koʻp muddatidan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
(243-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida koʻrib chiqiladi. Ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga olib kelinadi. Sud majlisida gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining qonuniy vakili, shuningdek surishtiruvchi, tergovchi ishtirok etishga haqli. Zarur boʻlgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
(243-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi, himoyachi bundan mustasno. Qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.
(243-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokuror maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash zarurligini asoslab beradi. Shundan soʻng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish va uy qamogʻi yoki garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish va garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida;
(243-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan 21 va 22-bandlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) taraflar qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashning asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga doir qoʻshimcha dalillarni taqdim etishlari uchun ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatdan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirish toʻgʻrisida.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad qilingan va garov tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan taqdirda, gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini ushlab turish muddati garov kiritish imkonini berish uchun sud tomonidan koʻpi bilan qirq sakkiz soatgacha boʻlgan muddatga uzaytiriladi, koʻrsatilgan muddatda garov kiritilmagan taqdirda qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan hisoblanadi.
(243-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoki uni qoʻllashni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudyaning ajrimini bekor qilish va gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqdan, uy qamogʻidan ozod qilish yoxud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad qilingan taqdirda, aynan oʻsha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga qamoqqa olishni yoki uy qamogʻini qoʻllashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi.
(243-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2431-modda. Uy qamogʻi boʻyicha belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) bekor qilish yoki oʻzgartirish yoxud qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻi boʻyicha taqiqlar (cheklovlar) asoslar mavjud boʻlganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qisman bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 2421-moddasining beshinchi qismi doirasidagi uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) prokurorning yoki prokurorning roziligi bilan surishtiruvchining yoxud tergovchining iltimosnomasiga koʻra sudyaning ajrimi asosida belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu Kodeks 243-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli sudning sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash zarurligini asoslab beradi. Shundan soʻng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi yoki qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa — gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi, protest bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestni koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudyaning ajrimini bekor qilishga va gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sudyaning gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilishga haqli.
(2431-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244-modda. Qamoqda saqlash joylari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar tergov hibsxonasining kameralarida saqlanadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud bir jinoyat ishi boʻyicha yoki bir necha oʻzaro bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilarni va ayblanuvchilarni alohida-alohida saqlash toʻgʻrisida tergov hibsxonasining maʼmuriyatiga yozma koʻrsatma berishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qamoqqa olinganlar Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan boʻlsa, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga koʻra tergov hibsxonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshganlarga, shifokorning yozma xulosasi bilan tasdiqlangan ogʻir kasallarga va ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(244-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olinganlar vaqtincha saqlash hibsxonalarida oʻn sutkagacha saqlanishi mumkin. Qamoqqa olinganlarni tergov hibsxonasiga olisligi yoki lozim darajadagi qatnov yoʻllari mavjud emasligi tufayli olib borishning imkoniyati boʻlmagan hollarda, bunday shaxslar vaqtincha saqlash hibsxonalarida surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga koʻra oʻttiz sutkagacha saqlanishi mumkin.
(244-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar gauptvaxtalarda koʻpi bilan yigirma sutkagacha, olis joylarda esa, bu ehtiyot chorasining butun amal qilish muddati mobaynida saqlanishi mumkin. Harbiy xizmatchini gauptvaxtada saqlash muddati harbiy sudlar tomonidan ishni sudda koʻrib chiqish vaqtiga, lekin koʻpi bilan oʻn besh sutkaga uzaytirilishi mumkin. Intizomiy qismga yuborishga hukm qilingan harbiy xizmatchilar hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar gauptvaxtalarda saqlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakatlarini bajarish yoki jinoyat ishlarini tergov hibsxonalari joylashgan aholi punktlari hududidan tashqarida sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hollarda, qamoqqa olinganlarni mazkur harakatlarni amalga oshirish va sud majlislarini oʻtkazish uchun har kuni olib borish imkoniyati boʻlmaganda ular tergov hibsxonalaridan vaqtincha saqlash hibsxonalariga oʻtkazilishi, lekin bir oy mobaynida koʻpi bilan oʻn sutkaga oʻtkazilishi mumkin. Bunday oʻtkazish uchun qamoqqa olinganni boshqa yerga koʻchirish toʻgʻrisidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi asos boʻladi.
(244-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti mahkum boshqa jinoyat ishi boʻyicha guvoh yoki jabrlanuvchi boʻlsa, u sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan keyin jazoni ijro etish muassasasidan tergov hibsxonasiga oʻtkazilishi yoki tergov hibsxonasida qoldirilishi mumkin. Bu holda mahkum: Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari roziligi bilan olti oygacha muddatga, sudning ajrimiga koʻra esa ish sudda koʻrib chiqilishi vaqtiga tergov hibsxonasida saqlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tumanda (shaharda) turgan mahkum boshqa yerga koʻchirish toʻgʻrisidagi surishtiruvchining yoki tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga muvofiq boshqa yerga oʻtkaziladi. Mahkumni boshqa yerga koʻchirishni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus boʻlinmalari zimmasiga yuklanadi.
(244-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi.
(244-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245-modda. Qamoqda va uy qamogʻida saqlab turish muddati
(245-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati koʻpi bilan uch oyni tashkil etadi.
(245-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlab turishning yoki uy qamogʻining qonun normalarida belgilangan uch oylik muddatini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh oygacha uzaytirish imkoni — Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetti oygacha uzaytirish imkoni — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining iltimosnomasiga binoan sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatni yanada uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan iltimosnomalarni koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalar va talablarga rioya etilganligini inobatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlab turish muddatiga ushbu Kodeksning 599-moddasiga muvofiq shaxsni Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga koʻra uning xorijiy davlat hududida qamoqda saqlangan vaqti qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsni ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilangan qamoqda saqlab turishning oxirgi muddati tugagan boʻlsa va ishning holatlariga koʻra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini oʻzgartirish mumkin boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining iltimosnomasiga binoan sud ushbu Kodeksning 247-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda, qamoqda saqlab turishning qoʻshimcha muddatini belgilashga haqli, ammo ushbu muddat shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha saqlash hibsxonasiga yoxud tergov hibsxonasiga joylashtirilgan paytdan eʼtiboran uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovi tamomlangan jinoyat ishining materiallari ayblanuvchiga va uning himoyachisiga tanishib chiqish uchun ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida yoxud ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qamoqda saqlab turishning oxirgi muddati tugashidan kamida bir oy oldin taqdim etilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi va uning himoyachisi ishning materiallari bilan tanishib chiqishi uchun ketgan vaqt ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini hisoblab chiqishda inobatga olinmaydi.
(245-moddaning ikkinchi — oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(246-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247-modda. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish tartibi
(247-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning yoki u uy qamogʻida boʻlishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi, bu qaror sudga yuboriladi.
(247-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda tergovning choʻzilib ketganligi sabablari, tekshirilishi lozim boʻlgan tusmollar va holatlar, qoʻshimcha ravishda soʻralayotgan muddat koʻrsatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
(247-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma prokuror, ayblanuvchi, himoyachi ishtirokida koʻrib chiqiladi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
(247-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi statsionar sud-psixiatriya ekspertizasidan oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan taqdirda, qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan ayblanuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda ayblanuvchining himoyachisi sud majlisida ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishni rad qilish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish haqidagi yoki qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.
(247-moddaning ikkinchi — sakkizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishni rad etishga yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishga haqli. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashi kerak.
(247-moddaning toʻqqizinchi qismi 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248-modda. Qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻiga joylashtirish tufayli yetkazilgan zararni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻiga joylashtirish tufayli shaxsga yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan boʻlsa yoki jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilgan boʻlsa, toʻliq hajmda qoplanadi. Bunda ushbu Kodeksning yettinchi boʻlimi qoidalari qoʻllaniladi.
(248-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249-modda. Garov
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qarindoshlari, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan surishtiruv, dastlabki tergov organining yoxud sudning depozit hisobvaragʻiga topshiriladigan pul mablagʻidan yoki qimmatbaho buyumlardan iboratdir. Garov tariqasida koʻchmas mulk ham qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan sud tomonidan pul tarzidagi garov qoʻllanilgan taqdirda, garov surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovni qabul qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisi bayonnomasiga tegishlicha belgi qoʻyadi. Bayonnomada gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida koʻrsatilgan majburiyatlari tushuntirilganligi va u bu majburiyatlarni buzmaslikka soʻz berganligi, garovga qoʻyuvchiga esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda garov summasidan mahrum boʻlishi maʼlum qilinganligi koʻrsatilishi kerak. Bayonnoma garovni qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qoʻyuvchi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan kam boʻlishi mumkin emas va uni ushbu ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ayblovning ogʻirligini, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va garovga qoʻyuvchining shaxsini, garovga qoʻyuvchining mulkiy ahvolini hamda uning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan munosabatlarini inobatga olgan holda belgilaydi.
(249-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyuvchi garovni topshirish chogʻida, shu ehtiyot chorasi tanlangan ayblovning mohiyati, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga tayinlanishi mumkin boʻlgan jazo va oʻzining javobgarligi toʻgʻrisida xabardor qilinishi kerak. U oʻzi qabul qilgan majburiyatlaridan garovning davlat mulkiga oʻtib ketishi uchun sabab boʻladigan asoslar yuzaga kelguniga qadar voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyuvchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni boʻlmaganligini bahona qilishga haqli emas, bundan u bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatning taʼsirini isbotlab beradigan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ehtiyot chorasini oʻzgartirish uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli roʻy bermayotgan boʻlsa, xuddi shuningdek ish boʻyicha ish yuritish tugatilgan yoxud sud hukmi kuchga kirgan taqdirda garov garovga qoʻyuvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda garov sud ajrimi bilan davlat mulkiga oʻtkaziladi va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qoʻllaniladi.
(249-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250-modda. Munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat ayblanuvchining yoki sudlanuvchining surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga tergov va suddan yashirinmaslik, jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shugʻullanmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan yetib kelish haqida bergan yozma majburiyatidan iboratdir. Tilxat beruvchi shaxs bundan tashqari oʻz zimmasiga surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va shu aholi punkti doirasida istiqomat joyini oʻzgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatini oladi.
(250-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda unga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin, bu haqda u tilxat olish chogʻida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251-modda. Shaxsiy kafillik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy kafillik ishonchga sazovor boʻlgan shaxslarning ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda boʻlishiga kafil ekanliklari haqida yozma majburiyat olishidan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafillar sonini surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud belgilaydi. Alohida hollarda yuksak ishonchga sazovor boʻlgan bitta shaxs ham kafil boʻlishi mumkin.
(251-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafillar ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazo, oldini olish maqsadida kafillik tariqasidagi ehtiyot chorasi koʻrilgan harakat ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda kafillarning javobgarligi haqida ogohlantirilishi lozim. Bu maʼlumotlar kafillikka berish bayonnomasida qayd qilinib, uni shu ehtiyot chorasini qoʻllayotgan mansabdor shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi va kafillar imzolashi lozim yoki bu maʼlumotlar sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Bundan tashqari, har bir kafillikka oluvchi kafillik toʻgʻrisida tilxat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafillar ularni javobgarlikka tortish uchun sabab boʻladigan asoslar kelib chiqqunga qadar oʻz zimmalariga olingan majburiyatlardan voz kechishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafillar ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni boʻlmaganligini bahona qilishga haqli emaslar, ular bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatning taʼsirini isbotlab beradigan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi, sudlanuvchi oldi olinishi uchun shaxsiy kafillik qoʻllanilgan harakatlarni sodir etgan taqdirda, kafil qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi yoki jamoa ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsni kafillikka olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi yoki jamoa oʻz qarorini ayblanuvchining, sudlanuvchining munosib xulq-atvorda boʻlishiga kafil ekanligi toʻgʻrisidagi yozma majburiyat tarzida bayon qiladi. Bu majburiyat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim qilinadi, ular jamoat birlashmasi yoki jamoaning qaroriga rozi boʻlsalar, shunday ehtiyot chorasini tanlab, bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradilar. Ayni vaqtda jamoat birlashmasi yoki jamoa vakiliga ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga esa, basharti xulq-atvori nomunosib boʻlsa, ehtiyot chorasi jiddiyrogʻi bilan almashtirilishi mumkinligi tushuntirilgani toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
(252-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa ishga oʻtgan yoxud istiqomat joyini oʻzgartirgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa bu haqda ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol xabar berishi shart. Bunday hollarda jamoa kafilligi bekor qilinadi va boshqa ehtiyot chorasi bilan almashtirilishi mumkin.
(252-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvori nomunosib boʻlgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa kafillikdan voz kechishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253-modda. Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarni ota-onalari, vasiylari, homiylari, bolalar muassasasining maʼmuriyati kuzatuv ostiga olishi uchun topshirish ushbu Kodeksning 556-moddasida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254-modda. Harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanayotgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi yoki oʻquv yigʻiniga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur shaxs surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi boʻyicha harbiy qism, qoʻshilma, harbiy muassasa, harbiy oʻquv yurti qoʻmondonligining kuzatuviga berilishi mumkin.
(254-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmondonlik kuzatuvi qonunchilikda nazarda tutilgan va ayblanuvchining munosib xulq-atvorda boʻlishini taʼminlaydigan choralarni koʻrishdan iborat.
(254-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ehtiyot chorasini qoʻllash, bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi qoʻmondonlik uchun majburiydir, unga harbiy xizmatchi ustidan kuzatuv oʻrnatish zaruratini keltirib chiqargan ayblovning mohiyati tushuntirilishi lozim. Oldini olish maqsadida mazkur ehtiyot chorasi qoʻllanilgan harakatlar ayblanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda, qoʻmondonlik surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni bu haqda darhol xabardor qilishi shart.
(254-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281-bob. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2541-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish maqsadi va asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan boʻyin tovlashining oldini olish, uning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportdan (harakatlanish hujjatidan) foydalanib, xorijda harakatlanishi mumkin, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, mazkur pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilishi mumkin.
(2541-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi masala esa, ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaxsga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tugatishga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning huquqiy maqomini bekor qilishga sabab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish deganda pasportning, biometrik pasportning, xorijga chiqish uchun biometrik pasportning va fuqaroligi boʻlmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtinchalik toʻxtatib turish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2542-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish zaruriyati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan asoslar bayon qilinadi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchining, tergovchining pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2543-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
(2543-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanib, u davlatlararo yoki xalqaro qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatish zaruriyatini asoslab beradi. Soʻngra himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2544-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimida: qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi haqidagi maʼlumotlar; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish asoslari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa, himoyachiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud apellyatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat yoki protest berish pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ijrosini toʻxtatib turadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
(2544-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilishga va pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishga yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2545-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2546-modda. Amal qilishi toʻxtatib turilgan pasport (harakatlanish hujjati) oʻrniga yangi pasport(harakatlanish hujjati) berish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov hukmi chiqarilganda yoki ushbu Kodeksning 84-moddasi asosida aybdorlik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilganda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning qaroriga koʻra qonunchilikda belgilangan tartibda yangi pasport (harakatlanish hujjati) berilishi bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi.
(2546-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282-bob. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN CHIQISH HUQUQINI VAQTINCHA CHEKLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2547-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashning maqsadi va asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan, biroq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketib, surishtiruvdan, dastlabki tergovdan yoxud suddan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlashi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlganda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2548-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda chiqish huquqini vaqtincha cheklash zaruriyatining yuzaga kelishiga sabab boʻlgan asoslar bayon etiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi surishtiruvchining yoki tergovchining qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2549-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda, surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanib, u gumon qilinuvchining, ayblanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash zaruriyatini asoslab beradi. Keyin himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25410-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi haqidagi maʼlumotlar, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash asoslari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun ichki ishlar organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga yuboriladi, maʼlumot uchun prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, ularning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan apellyatsiya tartibida protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat yoki protest berish Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi mazkur materiallarni ular shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashga yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash rad etilgan taqdirda, mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25411-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash jinoyat ishi surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida tugatilganda, sudda esa jinoyat ishini tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoki hukm qonuniy kuchga kirganda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashga zarurat qolmaganda esa ushbu chora ajrim chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida jinoyat protsessida ishtirok etishi zarurligi yoki sogʻligʻining yomonlashuvi va unga Oʻzbekiston Respublikasi hududida tibbiy yordam koʻrsatish imkoni yoʻqligi yoki xorijdagi yaqin qarindoshlarining vafoti bilan bogʻliq uzrli sabablar yuzaga kelgan hollarda, tegishincha prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan, shuningdek prokuror yoxud sud tomonidan, ajrim chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda bekor qilinishi mumkin.
(282-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-bob. LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish asoslari va muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz ish joyida qolsa, jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga toʻsqinlik qiladi yoxud jinoiy faoliyatini davom ettiradi, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, ular lavozimidan chetlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash uchun asos boʻlgan holatlar bekor boʻlguniga qadar oʻtgan vaqt mobaynida qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan bekor qilinadi.
(255-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllash rad qilingan yoki u bekor qilingan taqdirda, aynan oʻsha ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga lavozimdan chetlashtirish uchun asos boʻladigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi.
(255-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish uchun asoslar mavjud boʻlganda prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
(256-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda: lavozimidan chetlashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchining, tergovchining ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
(256-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
(256-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257-modda. Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
(257-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
(257-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash zaruratini asoslab beradi. Soʻngra ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
(257-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida yoki ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimida: lavozimidan chetlashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga qoʻyiladigan talab koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishni rad qilish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Ajrim tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga ijro uchun, prokurorga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa maʼlumot uchun yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili, lavozimidan chetlashtirilgan ayblanuvchi ishlagan tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berish sudning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
(258-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilish va ayblanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllashga yoki mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli.
(258-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi korxona, muassasa, tashkilot rahbari uchun majburiy boʻlib, rahbar ajrimni olishi bilan darhol uni ijro etishi hamda bu haqda surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni va sudni xabardor qilishi shart.
(259-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260-modda. Shaxsni lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirish oqibatida yetkazilgan ziyonni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani oqibatida yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan yoki jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilgan boʻlsa, toʻla hajmda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-bob. MAJBURIY KELTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261-modda. Chaqiruvga binoan hozir boʻlish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan belgilangan tartibda chaqirilgan shaxslar aynan koʻrsatilgan vaqtda hozir boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganlari taqdirda ular majburiy keltiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262-modda. Majburiy keltirish lozim boʻlgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy keltirish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining, guvohning protsessual harakatlarda yoki sud majlisida ishtirok etishini taʼminlash uchun, basharti ular uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda, qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini oldindan chaqiruvsiz majburiy keltirish ular surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinib yurgan yoki aniq yashash joyi boʻlmagan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchining sudga kelmaganligi sababini oldindan aniqlamasdan turib, majburiy keltirishga alohida hollarda, ishni koʻrish sudlanuvchi boʻlmaganligi sababli keyinga qoldirilayotgan va bunda uning turgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohga yoki jabrlanuvchiga nisbatan majburiy keltirishning qoʻllanilgani ularni koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263-modda. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror majburiy keltirish toʻgʻrisida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qarorda yoki ajrimda: majburiy keltirilishi kerak boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; uning protsessual mavqeyi; yashash yoki ish joyi; majburiy keltirish uchun asoslar; shaxsni qayerga va qachon olib kelish kerakligi; majburiy keltirish kimga topshirilganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264-modda. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ijro etish uchun ish yuritilayotgan joydagi ichki ishlar organiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy keltirilishi lozim boʻlgan shaxsni topgan ichki ishlar organining xodimi uni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib tilxat oladi va mazkur qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sudga olib keladi. Bunda qarorga (ajrimga) shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt,shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bogʻliq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi maʼlumotnoma ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi shaxsning qochib ketganligi, taʼtilda, xizmat safarida ekanligi, ogʻir kasalligi yoki boshqa sabablarga koʻra yoʻqligi oqibatida majburiy keltirishga imkon boʻlmaganligini aniqlasa, bu haqda maʼlumotnoma tuzadi hamda qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoxud sudga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-bob. SHAXSNI TIBBIY MUASSASAGA JOYLASHTIRISH
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265-modda. Sud ekspertizasini oʻtkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari va muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud-tibbiyot yoki sud-psixiatriya ekspertizasini oʻtkazishda ayblanuvchini, sudlanuvchini statsionar koʻrikdan oʻtkazish zarurati vujudga kelsa, ular tegishli tibbiy muassasaga joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish va ayblov eʼlon qilish imkoniyatini istisno etadigan gumon qilinuvchi ham, agar aynan uning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligiga yetarlicha dalillar mavjud boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy psixiatriya muassasasiga joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxsning gumon qilinuvchi tariqasida boʻlishi muddati statsionar sud-psixiatriya ekspertizasi tamom boʻlguniga qadar tugasa, uning ruhiy holati imkon bersa, unga ayblov eʼlon qilish yoki uni tibbiy psixiatriya muassasasidan ozod qilish yoxud uni tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash boʻyicha ish yuritilayotgan shaxs tariqasida eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror chiqarish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchilar va guvohlar tegishli sud ekspertizasini oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi mumkin emas, ular gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligini fosh qilayotgan va ular bergan koʻrsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs tibbiy muassasaga koʻpi bilan bir oy muddatga joylashtirilishi mumkin. Alohida hollarda, shifokorlarning statsionar sud ekspertizasini oʻtkazish davomida olingan xulosasiga asosan, bu muddat sud tomonidan faqat ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Ayblanuvchining ishni sudga qadar yuritish bosqichida tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish sud tomonidan prokurorning ushbu bobda belgilangan tartibda kiritilgan iltimosnomasiga binoan, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlish muddatini uzaytirish esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchi tibbiy muassasada boʻlishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror tomonidan kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash boʻyicha ish yuritilayotgan shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilayotganda, agar mazkur muassasa qamoqqa olinganlarni yoki uy qamogʻidagi shaxslarni saqlash uchun moslashtirilgan boʻlsa, qamoqqa olish yoxud uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin. Boshqa holda mazkur ehtiyot chorasi bekor qilinishi yoki yengilrogʻi bilan almashtirilishi kerak.
(265-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlgan vaqti qamoqda yoki uy qamogʻida saqlash muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
(265-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish uchun asoslar mavjud boʻlganda prokuror, tergovchi va surishtiruvchi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
(266-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar va uning protsessual holati; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; shaxs joylashtiriladigan tibbiy muassasaning nomi; ehtiyot chorasi toʻgʻrisida taklif etilayotgan qaror koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchining yoki tergovchining shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
(266-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
(266-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
(267-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, oʻziga nisbatan ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish masalasi koʻrib chiqilayotgan shaxslarning manfaatlarini ifodalovchi jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati, qonuniy vakillar ishtirokida koʻrib chiqiladi. Tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar uning sogʻligʻi imkon bersa, sud majlisida qatnashishga haqli. Zarur hollarda surishtiruvchi yoki tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
(267-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash zaruratini asoslab beradi. Soʻngra tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joyda yoki tibbiy muassasa joylashgan yerda, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
(267-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalarga va talablarga rioya etilganligini hisobga oladi.
(267-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida yoki shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi ajrimida: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uning protsessual holati; shaxs joylashtirilayotgan tibbiy muassasaning nomi; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi qaror, zarur hollarda esa, shaxsni mazkur muassasaga koʻchirish toʻgʻrisidagi farmoyish koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqida yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Ajrim ijro uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa himoyachiga, jabrlanuvchining vakiliga, guvohning advokatiga, qonuniy vakilga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati va qonuniy vakil tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sud ajrimining ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
(268-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllashga yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirishga yoxud mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli.
(268-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statsionar sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasini olganidan soʻng prokuror, tergovchi va surishtiruvchi qaror chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish haqida qaror chiqaradi.
(269-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertizasi natijalariga koʻra shaxs aqli noraso deb eʼtirof etilganda uning tibbiy muassasada bundan buyon boʻlishi toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 61-bobi normalariga muvofiq hal etiladi, jabrlanuvchi, guvoh aqli noraso deb eʼtirof etilgan yoki shaxsning psixiatriya yordami koʻrsatish talab etiladigan boshqa turdagi ruhiy kasalligi aniqlangan hollarda esa, qonunchilikka muvofiq umumiy asoslarda hal etiladi.
(269-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-bob. PROTSESS ISHTIROKCHILARINING XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH. SURISHTIRUV, DASTLABKI TERGOV VA SUDDA PROTSESSUAL MAJBURIYATLAR HAMDA TARTIBNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270-modda. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila aʼzolari yoki yaqin qarindoshlariga oʻldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yoʻq qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki oʻzga gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir deyish uchun yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ichki ishlar organlariga ishda ishtirok etayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini taʼminlovchi barcha zarur choralarni koʻrish xususida yozma ravishda topshiriq berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xavf tahdid solayotgan shaxslarga doir jinoyat ishidagi mavjud maʼlumotlardan, bu xavfning ehtimol tutilgan xususiyati, manbalari, joyi, vaqti va boshqa holatlaridan xabardor etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni himoya qilish uchun xavfsizlik choralarini qoʻllash asoslari va tartibi qonun bilan belgilanadi.
(270-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271-modda. Protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini yuritish chogʻida Jinoyat kodeksining 230 — 241-moddalarida nazarda tutilgan, odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatni sodir etgan protsess ishtirokchilari ushbu Kodeksning umumiy qoidalariga binoan javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari protsessual majburiyatlarni buzganliklari uchun, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanuvchilar va guvohlar — surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning guvohlantirishdan, ekspertizadan oʻtish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar taqdim etish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyida olib qoʻyish, tintuv oʻtkazilayotgan shaxslar, shuningdek, mol-mulki xatlangan shaxslar (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va ularning yaqin qarindoshlaridan tashqari) — surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning talabi bilan izlanayotgan ashyolarni berishdan bosh tortganlik uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa muassasalarining xodimlari — sudning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi ajrimini bajarmaganlik yoki yetarli darajada bajarmaganlik uchun;
(271-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslar va fuqarolar — basharti ular hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirishga, tergov eksperimenti oʻtkazishga, murdani eksgumatsiya qilishga, olib qoʻyish va tintuv oʻtkazishga toʻsqinlik qilsalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protsess ishtirokchilari — surishtiruv, dastlabki tergov maʼlumotlarini yoki yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini oshkor qilganlik uchun, agar ular maʼlumotlarni oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida tegishincha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sud tomonidan ogohlantirilgan boʻlsa;
(271-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari — surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, mutaxassis, ekspert, tarjimon, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, xalq maslahatchilarining kelishiga toʻsqinlik qilganlik, jinoyatning sabablariga va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarga barham berish toʻgʻrisidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasini yoki sudning xususiy ajrimini bajarmaganlik yoxud talab darajasida bajarmaganlik uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272-modda. Sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida tartibni buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunmagan yoki sudni behurmat qilgan taqdirda tartibbuzar bunday harakatlarning takrorlanishi uni sud majlisi zalidan chiqarib yuborishga sabab boʻlajagi haqida, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tartibbuzar esa, bundan tashqari, maʼmuriy javobgarlikka tortilishi ham mumkinligi xususida ogohlantiriladi. Bu ogohlantirish taʼsir qilmasa, protsess ishtirokchisi sudning ajrimiga, boshqa shaxslar esa, raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Ishni koʻrish chiqarib yuborilgan shaxslarsiz davom ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi ayblovchi yoki himoyachiga taalluqli boʻlsa, ishni eshitish keyinga qoldirilishi lozim, bir shaxsni bir necha ayblovchi ayblayotgan yoki bir necha himoyachi himoya qilayotgan hollar bundan mustasnodir. Zaldan chiqarib yuborilgan ayblovchi yoki himoyachining nomunosib xulq-atvori toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqarib, uni tegishliligiga qarab, yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboradi.
(272-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud zalidan sudlanuvchi chiqarib yuborilgan boʻlsa, hukm uning ishtirokida eʼlon qilinishi yoki eʼlon qilinganidan keyin unga darhol maʼlum qilinib, tilxat olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan shaxs (sudlanuvchi, ayblovchi va himoyachi bundan mustasno) raislik qiluvchi tomonidan uning joyning oʻzida chiqargan ajrimiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ajrim sud majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273-modda. Sud majlisida protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikni yuklashga qaratilgan sud harakatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar protsess ishtirokchisining odil sudlovga qarshi jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga asoslar sud muhokamasida yoki ish apellyatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida koʻrib chiqilayotganda aniqlangan boʻlsa, unda sud jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
(273-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274-modda. Pul undirish va jarima solish toʻgʻrisidagi masalani sud tomonidan hal qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda pul undirish va jarima solish jinoyat ishini koʻrish qaysi sudga taalluqli boʻlsa, shu sud tomonidan amalga oshiriladi. Protsessual majburiyatlarni yoki tartibni buzishga bevosita sud majlisida yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, jarima solish haqidagi ajrim ishni koʻrayotgan sud tomonidan shu majlisning oʻzida chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa hollarda pul undirish toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan pul undiriladigan shaxs chaqirilib hal qilinadi. Mazkur shaxsning uzrsiz sabablarga koʻra kelmasligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tartibbuzarlik toʻgʻrisida tuzilgan bayonnoma va unga ilova qilingan materiallar yoxud sud majlisi bayonnomasidan olingan tegishli koʻchirma oʻqib eshittiriladi. Shundan soʻng javobgarlikka tortilayotgan shaxsning izohlari, sud majlisida prokuror qatnashayotgan boʻlsa, uning fikri eshitiladi va ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonga, mutaxassisga, kafilga pul undirish yoxud sud majlisi zalida tartibni buzgan shaxsga jarima solish toʻgʻrisidagi ajrimni chiqargan sud bu ajrimning ijrosini uch oygacha muddatga kechiktirishga yoki ijroning boʻlib-boʻlib bajarilishiga ruxsat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BESHINCHI BOʻLIM
JINOYAT NATIJASIDA YETKAZILGAN MULKIY ZIYONNI QOPLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-bob. JINOYAT PROTSESSIDA FUQAROVIY DAʼVO. BOSHQA MULKIY UNDIRISHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275-modda. Jinoyat protsessida koʻriladigan fuqaroviy daʼvolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bevosita jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, shuningdek jabrlanuvchini dafn etish yoki uning statsionarda davolanish xarajatlarini hamda sugʻurta tariqasida unga toʻlangan pul, nafaqa yoki pensiya pulini undirish toʻgʻrisidagi fuqaroviy daʼvolar jinoyat protsessida koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvoning sudlovga tegishliligi bu daʼvo qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining qaysi sudlovga tegishliligiga qarab aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276-modda. Fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida oʻzini mulkiy ziyon koʻrgan deb hisoblovchi shaxs yoxud uning vakili jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etish yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida mol-mulki yoʻqolgan yoki shikastlangan shaxs vafot etgan taqdirda uning merosxoʻrlari jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish va uni quvvatlash huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvo yozma shaklda ham, ogʻzaki shaklda ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ogʻzaki daʼvo arizasi bayonnomaga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish, uni koʻrib chiqish va hal qilish uchun davlat boji undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatmagan shaxs, shuningdek daʼvosi koʻrilmasdan qoldirilgan shaxs uni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qoʻzgʻatishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277-modda. Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatilgan hollarda sodir etilgan qilmish oqibatida shaxsga mulkiy ziyon yetkazilgan deb hisoblasa, uni fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qarorning yoki ajrimning nusxasi daʼvoni qoʻzgʻatgan shaxsga yoki uning vakiliga taqdim etiladi. Bunda fuqaroviy daʼvogarga ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar, fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish rad qilingan shaxsga esa, qaror ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278-modda. Ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgach va ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan shaxsning qilmishlari oqibatida yetkazilgan ziyon uchun qonunga koʻra boshqa shaxslar mulkiy javobgar ekanligi aniqlangach, tegishli fuqaroni yoki yuridik shaxsni ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qaror yoki ajrim fuqaroviy javobgarga yoki uning vakiliga eʼlon qilinadi. Bunda ularga ushbu Kodeksning 59 va 63-moddalarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279-modda. Prokurorning fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatishi va uni quvvatlashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatishi yoki qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni quvvatlashi yoxud, basharti davlat yoki jamiyat manfaatlarini yoxud fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taqozo etsa, daʼvoga qarshi eʼtiroz bildirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280-modda. Jinoyat protsessida fuqaroviy-protsessual qonunchilikdagi qoidalarning qoʻllanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib boriladi. Fuqaroviy daʼvo boʻyicha yuzaga keladigan protsessual munosabatlar ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan boʻlsa, unda jinoyat protsessi prinsiplariga xilof boʻlmagan fuqaroviy-protsessual qonunchilikning qoidalari qoʻllanadi.
(280-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281-modda. Ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli toʻgʻrisidagi qoidalarning qoʻllanilishi. Daʼvo muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritishda ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli fuqaroviy, mehnat va boshqa soha qonunchiligi qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
(281-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa soha qonunchiligida belgilangan daʼvo muddati jinoyat protsessidagi fuqaroviy daʼvoga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(281-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282-modda. Daʼvoni tan olish, taraflarning oʻzaro kelishuvi va daʼvodan voz kechish oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki fuqaroviy javobgarning daʼvoni tan olganligi, shuningdek fuqaroviy daʼvogar, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud fuqaroviy javobgarning oʻzaro kelishganlik toʻgʻrisidagi arizasi fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritishning tugatilishiga olib kelmaydi va surishtiruvchini, tergovchini fuqaroviy daʼvoga doir holatlarni sinchkovlik bilan, toʻla, har tomonlama va xolisona tekshirish majburiyatidan, sudni esa fuqaroviy daʼvoni koʻrish va hal qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvodan voz kechishning qabul qilinishi daʼvo boʻyicha ish yuritishni tugatishga asos boʻladi va jinoyat protsessida ham, fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida ham fuqaroviy daʼvogarni oʻsha shaxsga xuddi shu asos bilan daʼvoni qayta qoʻzgʻatish huquqidan mahrum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283-modda. Sudning fuqaroviy daʼvoga oid hukmi va ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov hukmini chiqarishda, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash yoki sodir etgan qilmishning xususiyatiga va oʻzining ruhiy holatiga koʻra shaxs ijtimoiy xavfli boʻlmagan hollarda bunday chorani qoʻllamaslik haqida ajrim chiqarishda sud asoslarning isbotlanishi va daʼvo hajmini eʼtiborga olib, uni toʻliq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud uni qanoatlantirishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud oqlov hukmini chiqarayotganda, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ishni tugatish haqida ajrim chiqarayotganda fuqaroviy daʼvoni qondirishni quyidagi hollarda rad etadi, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish hodisasi yuz bermagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudlanuvchining yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash masalasi hal etilayotgan shaxsning sodir etilgan jinoyatga yoki ijtimoiy xavfli qilmishga daxli yoʻqligi aniqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sudlanuvchining yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash masalasi hal etilayotgan shaxsning mulkiy ziyon keltirgan harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan qilmish jinoyat deb topilmaganligi sababli u oqlangan taqdirda, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan asoslardan boshqa asoslarga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ish yuritish tugatilganda sud daʼvoning isbotlanish darajasi va hajmini eʼtiborga olib, uni toʻliq yoki qisman qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoning hajmi jinoyat tavsifiga va aybdorga jazo chorasi tayinlashga taʼsir etmasa, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishda sud daʼvo talabi chegarasidan chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat protsessida qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo qanoatlantirilmagan taqdirda daʼvogar shu shaxsga va xuddi shu asoslar boʻyicha fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqidan mahrum boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284-modda. Jinoyat narsalarini davlat egaligiga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat narsasi boʻlgan mol-mulk, basharti avvalgi egasiga qaytarib berilishi lozim boʻlmasa, sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi. Bu mol-mulk topilmagan boʻlsa, sud hukmi bilan, jinoyat ishi tugatilgan boʻlsa, sudning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida chiqargan hal qiluv qaroriga koʻra uning qiymati davlat foydasiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285-modda. Jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mol-mulkning bundan buyon kimga tegishli boʻlishini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi tomonidan jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash uchun sarflanadi, ziyonni qoplashdan ortgan summa esa, davlat foydasiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat narsasi boʻlmish mol-mulk uchinchi shaxslarda topilib, ulardan tortib olingan va tegishligiga qarab, qaytarilgan boʻlsa, sudlanuvchi tomonidan ushbu mol-mulkni sotish yoʻli bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi. Mol-mulkni insofli egallovchiga bu mol-mulk egasiga qaytarilishi natijasida yetkazilgan ziyonni undirish haqida mahkumga nisbatan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqi tushuntiriladi.
(285-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-dekabrdagi OʻRQ-311-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286-modda. Hukmning fuqaroviy daʼvo va boshqa mulkiy undirishlar bilan bogʻliq qismini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmning va tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimning fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishga, shuningdek boshqa mulkiy undirishlarga oid qismi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ijro etiladi.
(286-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-bob. MOL-MULKNI JABRLANUVCHI YOKI FUQAROVIY DAʼVOGARGA QAYTARISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287-modda. Yoʻqolgan mol-mulkni qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etilishi natijasida jabrlanuvchi yoki yuridik shaxsning yoʻqolgan va ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulki egasiga qaytarilishi lozim. Jabrlanuvchi vafot etgan taqdirda uning mol-mulki merosxoʻrlariga, tugatilgan yuridik shaxsning mol-mulki esa, uning huquq vorisiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egasini aniqlab boʻlmagan mol-mulk davlat egaligiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni qaytarib berish yoki uni davlat egaligiga oʻtkazish sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimiga asosan, ish tugatilganda esa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimiga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-modda. Mol-mulk qiymatini undirib berish toʻgʻrisida daʼvo mavjud boʻlgan taqdirda uning bundan buyon kimga tegishli boʻlishini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etilishi natijasida mahrum boʻlingan va ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulkning mulkdori yoki qonuniy egasi bu mol-mulkdan voz kechsa va uning qiymatini undirib berish toʻgʻrisida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatsa, sud mol-mulkdan voz kechishni asosli deb topib, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirgan holda mol-mulkni mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud mol-mulkdan voz kechishni asossiz deb topsa, daʼvoni qondirmaydi yoki qisman qondirib, qaytariladigan mol-mulkning qiymati qanchaga pasaygan boʻlsa, shu summani yoxud tovar koʻrinishini yoʻqotganligi sababli taʼmirlashga qilinadigan chiqim summasini va tovonini jabrlanuvchi yoki fuqaroviy daʼvogar foydasiga undirib beradi. Mol-mulkning dastlabki va keyingi qiymati hamda tovar koʻrinishini yoʻqotganlik uchun tovon puli mutaxassis yoki ekspert ishtirokida aniqlanadi, taʼmirlash qiymati esa, taʼmirlashni amalga oshirayotgan korxona bergan hujjat asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289-modda. Jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning mol-mulkini rekvizitsiya qilish va musodara etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy egalikda boʻlishi man qilingan mol-mulk ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan boʻlsa, mulkdor toʻgʻri yoki gʻayrihuquqiy ravishda qoʻlga kiritganiga qarab, u rekvizitsiya qilinadi yoki musodara etiladi, yaʼni mol-mulk haqini toʻlash yoki toʻlamaslik sharti bilan sud tomonidan bunday mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-bob. HUKMNING MULKIY UNDIRISHLAR TOʻGʻRISIDAGI QISMI IJROSINI TAʼMINLASH
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-modda. Mol-mulkni xatlash asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmning fuqaroviy daʼvoga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini taʼminlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlashi shart. Ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulkni oʻzlashtirishning, xarj qilib yuborishning, yashirishning, yoʻq qilib tashlashning yoki shikastlantirishning oldini olish maqsadida ushbu mol-mulk ham xatlanadi. Shu maqsadda tergovchi yoki surishtiruvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlash haqida iltimosnoma qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarib, unda mazkur protsessual harakatni oʻtkazish asoslarini bayon etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar oilasining normal turmushini taʼminlash uchun zarur boʻlgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari va jihozlari, kiyim va boshqa buyumlar xatlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joylar yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylar, mulk shaklidan qatʼi nazar, davlatga xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qoʻporuvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda — bu joylar xatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlash mulkdorga yoki mol-mulkning egasiga mol-mulkni tasarruf qilish, zarur hollarda esa, undan foydalanish man etilganligini eʼlon qilishdan yoxud mol-mulkni tortib olishdan va uni saqlab turish uchun boshqa shaxslarga topshirishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining yoki surishtiruvchining mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qaroriga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining yoki surishtiruvchining mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, mol-mulkni xatlash sudning roziligisiz, tergovchining yoki surishtiruvchining qarori asosida amalga oshirilishi mumkin, lekin keyinchalik sud hamda prokuror qaror va bayonnomaning koʻchirma nusxalari ilova qilingan holda yigirma toʻrt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib boʻlmaydigan holatlar aniq koʻrsatilishi kerak. Mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qarorining, mol-mulkni xatlash bayonnomasining va zarur materiallarning koʻchirma nusxalari ularni yuritish toʻgʻrisidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olganidan keyin sudya mol-mulkni xatlash amalga oshirilganligining qonuniyligini ushbu Kodeks 2901 va 2902-moddalari tartibida qirq sakkiz soat ichida tekshiradi va uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Agar sudya mol-mulkni xatlash qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, uni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirishlarga oid qismi ijrosini taʼminlovchi choralarni yoki mulkiy yoʻsindagi jazo choralarini koʻrmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ajrim chiqarib, ularning zimmasiga bunday choralarni koʻrish majburiyatini yuklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirganda yoki boshqa mulkiy undirishlarni qoʻllayotganda hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar, basharti oldin chora koʻrilmagan boʻlsa, sud hukmning shu qismi ijrosini taʼminlaydigan choralar koʻrish haqida ajrim chiqarishga va uning ijrosini tergov yoki surishtiruv organiga topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonalarning binolaridagi va diplomatik vakillarga qarashli mol-mulkni xatlashda ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi kerak.
(290-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2901-modda. Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror, zarur hollarda tergovchi, surishtiruvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi va (yoki) qonuniy vakil ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining oʻtkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual harakatni oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2902-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida yoki mol-mulkni xatlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning mol-mulkni xatlashni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlash toʻgʻrisidagi ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish boʻyicha chiqarilgani, nima maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga ijro uchun, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, qonuniy vakilga, himoyachiga esa maʼlumot uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish haqidagi qaror chiqarilganidan keyin surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan garov reyestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritiladi, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarilganidan keyin esa qonunchilikka muvofiq vakolatli boʻlgan organlar tomonidan uch sutka ichida shunday yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi yoki mol-mulkni xatlashni rad etish haqidagi ajrimi ustidan mol-mulk xatlangan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida ayblanuvchi, qonuniy vakil, himoyachi tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi sudning mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilishga va mol-mulkni xatlashga rozilik berishga yoki mol-mulkni xatlashni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni xatlash rad etilgan taqdirda, mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga mol-mulkni xatlashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi.
(2901 va 2902-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291-modda. Mol-mulkni xatlash bayonnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam boʻlmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, oʻlchovi, ogʻirligi, eskirish darajasi va boshqa oʻziga xos belgilari sanab oʻtilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari toʻgʻrisidagi va bayonnomaga kiritilgan mol-mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qoʻyilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni xatlash chogʻida uni yashirish, yoʻq qilib yuborish yoki shikastlashga urinishlar qilingan boʻlsa, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qoʻllangan choralar koʻrsatilib, bayonnomada aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292-modda. Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasini taqdim qilish majburiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi mol-mulki roʻyxatga olingan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda, mol-mulk roʻyxatga olingan hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib tilxat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, muassasa, tashkilot yoki diplomatiya vakolatxonasi hududidagi mol-mulkni roʻyxatga olish oʻtkazilgan boʻlsa, mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi tegishli maʼmuriyat yoki diplomatiya vakolatxonasi vakiliga topshirilib, qoʻl qoʻydirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293-modda. Xatlash chogʻida mol-mulkni baholash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlanayotgan mol-mulk surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan uning eskirish darajasini eʼtiborga olib, baholash paytida mavjud boʻlgan bozor narxida baholanadi. Zarur hollarda baholash mutaxassis ishtirokida yoki baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(293-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullar, obligatsiyalar, cheklar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar oʻz qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmning fuqaroviy daʼvo qismi ijrosini taʼminlash uchun mol-mulkni xatlashda bayonnomaga qiymati ziyonni qoplash uchun yetarli mol-mulk kiritiladi. Bunda mulkdor yoki mol-mulk egasi, oʻzining fikricha, qaysi mol-mulkni bayonnomaga kiritish zarur deb hisoblasa, shu mol-mulkni koʻrsatishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294-modda. Xatlangan mol-mulkni olib qoʻyish va saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlangan mol-mulk olib qoʻyilib, saqlash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud boshqa tashkilot vakiliga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlangan mol-mulk mulkdorga yoki mol-mulk egasiga, uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga yoki boshqa shaxsga saqlab turish uchun qoldirilib, unga ushbu mol-mulkning toʻla-toʻkis saqlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlik tushuntiriladi va bu haqda undan tilxat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomalada boʻlishi man qilingan ashyolar har qanday hollarda ham olib qoʻyilishi kerak. Ularni saqlash tartibi qonun bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank muassasalarida saqlanayotgan pullar, shuningdek davlat zayomi obligatsiyalari, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar olib qoʻyilmaydi, lekin mol-mulk xatlangani toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni olish bilanoq, ularni xarjlash operatsiyalari toʻxtatib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295-modda. Mol-mulk xatlanganligini bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmi qonuniy kuchga kirganda, jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek fuqaroviy daʼvogar oʻz daʼvosidan voz kechganda hamda fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish yuzasidan koʻrilgan choralarga sabab boʻlgan asoslar bartaraf etilgan boshqa hollarda mol-mulkning xatlanganligi bekor qilinadi. Bunda garov reyestridan mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi yozuv chiqarib tashlanadi.
(295-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OLTINCHI BOʻLIM
JINOYATLARNING OLDINI OLISH CHORALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-bob. Jinoyatlarning oldini olish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlarini yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyat ishini tergov qilish chogʻida jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlab chiqib, tegishli davlat organiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga, jamoaga yoki mansabdor shaxsga ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. Taqdimnomaning nusxasi ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida sudning xususiy ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini koʻrish jarayonida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanganidan keyin sud xususiy ajrim chiqarib, unda tegishli davlat organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, jamoat birlashmalaridan, jamoalardan yoki mansabdor shaxslardan ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299-modda. Taqdimnomani va xususiy ajrimlarni bajarish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborilgan davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni koʻrishi va koʻrilgan choralarning natijalari toʻgʻrisida kechi bilan bir oylik muddat ichida tegishincha surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnoma yoki xususiy ajrim bajarilmagan yoki vijdonan bajarilmagan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotning aybdor rahbari qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300-modda. Fuqaro ijtimoiy burchini namunali bajarganligi toʻgʻrisida taqdimnoma va xususiy ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror — taqdimnoma, sud esa, xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli korxona, muassasa va tashkilot rahbarini va jamoasini jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda fuqaro yuksak onglilik, jasorat koʻrsatgani, ijtimoiy burchini namunali bajarganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YETTINCHI BOʻLIM
REABILITATSIYA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-bob. Reabilitatsiya asoslari va oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301-modda. Reabilitatsiya asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmi, shuningdek ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan holatlar shaxsni reabilitatsiya etishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302-modda. Reabilitatsiya etilishning mulkiy va boshqa oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya etilgan shaxs qonunga xilof ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlangani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi qonunga xilof ravishda toʻxtatib turilgani, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifasidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani yoxud tibbiy muassasaga qonunga xilof ravishda joylashtirilgani natijasida unga yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda maʼnaviy ziyon oqibatlari bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega.
(302-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda reabilitatsiya etilgan shaxsning ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan mehnat qilish, nafaqa olish, uy-joydan foydalanish va boshqa huquqlari ham tiklanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303-modda. Qisman reabilitatsiya etishning asoslari va oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning qisman reabilitatsiya etilishiga quyidagilar asos boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxsning qamoqda yoki uy qamogʻida saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikni cheklashga yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hukmdan ayblovning qisman chiqarib tashlanganligi va buning natijasida qonunga koʻra qamoqda yoki uy qamogʻida saqlash yoxud ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash mumkin emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash muddatining yuqori sud tomonidan haqiqatda oʻtalgan muddatga qaraganda kamaytirilganligi yoxud boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtirilganligi;
(303-moddaning birinchi qismi 1 — 3-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jinoiy jazo tayinlamay hukm chiqarilgan hollarda ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻining, tibbiy muassasaga joylashtirishning asossizligi.
(303-moddaning birinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisman reabilitatsiya etish ayblanuvchiga yoki mahkumga yetkazilgan mulkiy ziyonning asossiz qismi qoplanishiga va maʼnaviy ziyon oqibatlarining asossiz qismi bartaraf qilinishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-bob. REABILITATSIYA ETILGAN SHAXSGA YETKAZILGAN ZIYONNI QOPLASH VA UNING BOSHQA HUQUQLARINI TIKLASH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304-modda. Mulkiy ziyonni qoplash hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya etilgan shaxsga ushbu Kodeksning 302 va 303-moddalarida koʻrsatilgan qonunga xilof harakatlar bilan yetkazilgan mulkiy ziyon toʻla hajmda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar qoplanishi lozim boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) reabilitatsiya etilgan shaxs oʻziga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida mahrum boʻlgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) pensiya va nafaqalar, basharti ularni toʻlash toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) pullar, pul jamgʻarmalari va ularga toʻlanadigan foizlar, davlat zayomi obligatsiyalari va ularga chiqqan yutuqlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, shuningdek sudning hukmi, ajrimiga (qaroriga) asosan musodara qilingan yoxud davlat foydasiga oʻtkazilgan ashyolar yoxud boshqa mol-mulkning qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olingan va yoʻqotilgan mol-mulk qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sud hukmini ijro qilish chogʻida undirilgan jarimalar va sud chiqimlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) yuridik yordam koʻrsatilishi uchun shaxs tomonidan advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga toʻlangan pul, shuningdek unga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida qilingan boshqa xarajatlar.
(304-moddaning ikkinchi qismi 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqdirda ushbu moddaning 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga uning merosxoʻrlari, 2-bandida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga esa boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlganlar jumlasiga kiruvchi oila aʼzolari ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305-modda. Mulkiy ziyonni qoplash manbai
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 304-moddasining 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan ziyon moliya organlari tomonidan, 2-bandida koʻrsatilgan ziyon Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
(305-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306-modda. Mulkiy ziyonni undirish huquqi va uning miqdori masalasini hal qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda sud, ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorda esa surishtiruvchi, tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan shaxsning oʻziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirib olish huquqini eʼtirof etishlari lozim. Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi.
(306-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya etish toʻgʻrisida qaror chiqargan sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi reabilitatsiya etilgan shaxsdan ariza tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan ziyon miqdorini aniqlaydi, zarurat tugʻilganda buning uchun moliya organlaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlaridan hisob-kitob talab qilib oladi. Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrish chogʻida sud tomonidan tugatilgan boʻlsa, ziyon miqdorini hukm chiqargan sud aniqlaydi.
(306-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307-modda. Mulkiy ziyonni qoplash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida sud ajrim, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
(307-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr bilan tasdiqlanib, toʻlovni amalga oshirishi lozim boʻlgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan shaxsga, u vafot etgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 304-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga beriladi yoki yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308-modda. Toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning pul toʻlovini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan manfaatdor shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
(308-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan manfaatdor shaxslar yuqori sudga umumiy tartibda shikoyat qilishlari, prokuror esa protest kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs ushlab turilganligi, qamalganligi yoki uy qamogʻida turganligi, lavozimidan chetlashtirilganligi, tibbiy muassasaga joylashtirilganligi yoki hukm qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar matbuotda eʼlon qilingan, radio, televideniye yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan boʻlsa, reabilitatsiya etilgan shaxsning, u vafot etgan boʻlsa, qarindoshlarining, sud, prokuror, tergovchining va surishtiruvchining talabiga koʻra tegishli ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi toʻgʻrisida bir oy ichida xabar berishlari shart.
(309-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsning boshqa huquqlarini tiklash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda hukm qilingani, qonunga xilof ravishda tibbiy muassasaga joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, qonunga xilof ravishda ushlab turilgani tufayli ishdan (lavozimidan) ozod qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgan shaxs oldin ishlagan ishiga (lavozimiga) tiklanishi lozim, korxona, muassasa, tashkilot tugatilgan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar uni oldingi ishlab turgan ishiga (lavozimiga) tiklash imkoniyatini bermagan taqdirda unga avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi lozim.
(310-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya etilgan shaxsning qonunga xilof ravishda ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqti, jazo oʻtagan vaqti, lavozimidan chetlashtirilganligi tufayli ishlamay yurgan vaqti, tibbiy muassasada saqlangan vaqti umumiy mehnat stajiga va ixtisoslik boʻyicha ish stajiga qoʻshiladi.
(310-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, ushlab turilgani yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgani tufayli oʻquv yurtidan haydalgan shaxs iltimosiga koʻra oʻqishga tiklanishi shart.
(310-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgani tufayli uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum boʻlgan shaxsga ilgari u egallab turgan uy-joy qaytariladi, basharti uni qaytarib berishning imkoni boʻlmasa, oʻsha aholi punktining oʻzida avvalgisiga teng qulayliklarga ega boʻlgan uy-joy beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda hukm qilinganligi yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi munosabati bilan pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxsga yangi pasport (harakatlanish hujjati) berish yoʻli bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi.
(310-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311-modda. Huquqlarni daʼvo tartibida tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash, shuningdek mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi talabi qanoatlantirilmagan boʻlsa yoxud shaxs qabul qilingan qarorga rozi boʻlmasa, u tegishli talab bilan daʼvo ishini yuritish tartibida sudga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312-modda. Talab qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni toʻlashni reabilitatsiya etilgan shaxs yoki ushbu Kodeks 304-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar bunday toʻlovlarni amalga oshirish haqidagi ajrim yoki qarorni olgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida talab qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa huquqlarni tiklashni reabilitatsiya etilgan shaxs huquqlarini tiklash tartibini tushuntiruvchi bildirish xati olgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida talab qilishi mumkin. Uzrli sabablarga koʻra bu muddat oʻtkazib yuborilgan hollarda u manfaatdor shaxsning arizasiga binoan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tiklanishi lozim.
(312-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313-modda. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning mulkiy va boshqa huquqlarini tiklash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish ushbu bobda belgilangan qoidalarga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻmondoni tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(313-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SAKKIZINCHI BOʻLIM
PROTSESSUAL MUDDATLAR VA CHIQIMLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-bob. PROTSESSUAL MUDDATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314-modda. Muddatlarni hisoblash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlangan muddatlar soatlar, sutkalar va oylar bilan hisoblanadi. Muddatlarni hisoblashda muddatning oʻtishi boshlangan soat, sutka hisobga olinmaydi, ammo bu qoida ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻida va tibbiy muassasada boʻlish muddatlarini hisoblashga taalluqli emas.
(314-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatni hisoblashda ishdan holi vaqt ham eʼtiborga olinadi. Muddatlar sutkalar bilan hisoblanganda muddat oxirgi sutkada soat 24-00 da tugaydi. Tegishli harakat sudda, prokuraturada yoki boshqa davlat muassasasida bajarilishi lozim boʻlsa, muddat ushbu muassasalarda ish vaqti tamom boʻlishi bilan tugaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oylar bilan hisoblanadigan muddat oxirgi oyning muddat boshlangan kuniga toʻgʻri kelgan sanasida tugaydi, muddatning tugashi tegishli sanasi boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning soʻnggi sutkasida tamom boʻladi. Muddatning tugashi ishdan holi kunga (dam olish, bayram kuniga) toʻgʻri kelsa, muddat shundan keyingi birinchi ish kunida tugaydi, ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻida va tibbiy muassasada boʻlish muddatini hisoblash hollari bundan mustasno.
(314-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
315-modda. Protsessual majburlov choralari qoʻllanganda muddatlarni hisoblash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi va tibbiy muassasaga joylashtirishda muddat ushbu choralar amalda qoʻllanilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Ushbu Kodeksning 226, 245 va 268-moddalarida koʻrsatilgan muddat oʻtgach, shaxs darhol ozod qilinishi lozim.
(315-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar uni qabul qilishga vakolatli shaxsga topshirilgan yoxud xabar qilingan boʻlsa, muddatga rioya etilgan deb hisoblanadi. Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar pochtaga topshirilgan boʻlsa, qamoqda saqlanayotgan yoxud tibbiy muassasadagi shaxslar uchun esa, dastlabki qamoq yoki tibbiy muassasa maʼmuriyatiga topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtgan deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316-modda. Muddatni uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar unda nazarda tutilgan hollardagina uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan muayyan harakatni bajarish uchun belgilangan muddat protsessning manfaatdor ishtirokchisi qilgan iltimosga binoan muddatni belgilagan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317-modda. Muddatni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddat ish yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tiklanishi lozim. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad etish xususida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Muddatni tiklashning rad etilishi ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi va protest bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddat oʻtkazib yuborilgandan soʻng shikoyat qilinganda ajrim yoki qarorning ijrosi manfaatdor protsess ishtirokchisining iltimosiga binoan, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi masala hal qilinguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-bob. PROTSESSUAL CHIQIMLAR VA ULARNI QOPLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318-modda. Protsessual chiqimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual chiqimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga, xolislarga ularning protsessual harakatlar oʻtkaziladigan joyga kelib ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek sutkalik xarajat puli tariqasida beriladigan summadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, xolislarga ularni odatdagi mashgʻulotidan chalgʻitganlik uchun toʻlanadigan summadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ekspertlarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda oʻz vazifalarini bajarganligi uchun toʻlanadigan haqdan, ana shu vazifalar xizmat topshirigʻi tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi toʻlovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam koʻrsatganlik uchun himoyachiga toʻlanadigan haqdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ashyoviy dalillarni saqlash va joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlar summasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ekspertiza muassasalarida ekspertiza oʻtkazish uchun sarflangan summadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun qilingan xarajatlardan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71) surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferensaloqadan foydalangan holda oʻtkazish chogʻida qilingan xarajatlardan;
(318-modda birinchi qismining 71-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning 1, 2, 3, 4 va 71-bandlarida koʻrsatilgan summalar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
(318-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319-modda. Oʻrtacha ish haqining saqlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh tariqasida, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligi bilan bogʻliq butkul vaqt uchun ularning ish joyida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320-modda. Protsessual chiqimlarni undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual chiqimlar, ushbu moddaning oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilganidan tashqari hollarda, mahkumlardan undiriladi yoki davlat hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud protsessual chiqimlarni, tarjimonga toʻlangan summadan tashqari, mahkumdan undirishga haqli. Protsessual chiqimlar jazodan ozod qilingan mahkum, shuningdek jazo tayinlanmagan mahkum zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud bir necha sudlanuvchini aybli deb topgan taqdirda, ularning har biridan qancha miqdorda protsessual chiqimlarni undirish lozimligini belgilaydi. Bu holda sud aybning ogʻir yoki yengilligini, jinoyat uchun javobgarlik darajasi va mahkumlarning mulkiy ahvolini inobatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchi oqlangan yoki ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq ish tugatilgan taqdirda protsessual chiqimlar davlat hisobiga oʻtkaziladi. Sudlanuvchi bir ayblov boʻyicha oqlangan, boshqa ayblov boʻyicha esa aybli deb topilgan boʻlsa, sud u aybli deb topilgan ayblov bilan bogʻliq protsessual chiqimlarni toʻlashni uning zimmasiga yuklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual chiqimlar undirilishi lozim boʻlgan shaxsning toʻlovga moddiy imkoniyati boʻlmagan taqdirda chiqimlar davlat hisobiga oʻtkaziladi. Mahkumning protsessual chiqimni toʻlashi uning qaramogʻida boʻlganlarning moddiy ahvoliga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, sud mahkumni protsessual chiqimlarning hammasini yoxud bir qismini toʻlashdan ozod etishga haqlidir. Mahkum huquqiy yordam uchun toʻlovdan ozod etilgan taqdirda advokat mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq protsessual chiqimlar, shuningdek tarjimonga beriladigan pullar davlat hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga qonunda belgilangan tartibda chaqirilgan protsess ishtirokchisining uzrsiz sabablarga koʻra kelmasligi oqibatida ishning sudda koʻrilishini yoxud tergov harakatlari oʻtkazishni kechiktirish bilan bogʻliq protsessual chiqimlar ana shu kelmagan shaxsdan undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy javobgarlik: advokat uzrsiz sabablarga koʻra kelmagani uchun tegishli advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga, jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga koʻra kelmagani uchun tegishli jamoat birlashmasi yoxud jamoaga yuklatilishi mumkin.
(320-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar yuzasidan protsessual chiqimlarni toʻlashni voyaga yetmaganning xulq-atvori ustidan tegishli nazorat yoʻqligida aybi boʻlgan taqdirda voyaga yetmagan mahkumning ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga yuklashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchining shikoyati boʻyicha qoʻzgʻatilgan ish yuzasidan sudlanuvchi oqlangan taqdirda sud protsessual chiqimlarni ish yuritilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaxsdan toʻliq yoki qisman undirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAXSUS QISM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOʻQQIZINCHI BOʻLIM
ISHNI SUDGA QADAR YURITISH
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401-bob. Ishni sudga qadar yuritishning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3201-modda. Ishni sudga qadar yuritishning shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sudga qadar yuritish jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar qabul qilingan paytdan boshlanadi hamda tergovga qadar tekshiruvni va jinoyat ishini tergov qilishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3202-modda. Tergovga qadar tekshiruv
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruv jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni tekshirish, ularni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan qaror qabul qilishga doir tadbirlarni, shuningdek ish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan jinoyat izlarini, narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni mustahkamlash va saqlashga doir choralarni oʻz ichiga oladi.
(3202-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruv mazkur Kodeksning 391-moddasida koʻrsatilgan organlar tomonidan ushbu Kodeksning 41-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruv surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan ham olib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3203-modda. Jinoyat ishini tergov qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov ushbu Kodeksning 345-moddasi ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda oʻtkaziladi.
(3203-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv ushbu Kodeksning 3812-moddasi birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovi surishtiruv shaklida oʻtkaziladigan jinoyat ishlari tergovning har tomonlama, xolisona va toʻla oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida ushbu Kodeksning 3815-moddasiga muvofiq prokurorning asoslantirilgan qaroriga koʻra dastlabki tergov olib borish uchun topshirilishi mumkin.
(401-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-bob. JINOYAT ISHINI QOʻZGʻATISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish majburiyati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida jinoyat sodir etilganligi toʻgʻrisida sabab va yetarli asoslar mavjud boʻlgan barcha hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatishi shart.
(321-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish sabablari va asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxslarning arizalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar va izlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning bevosita oʻzi aniqlashi;
(322-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) aybini boʻyniga olish haqidagi arz sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323-modda. Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qoʻzgʻatishga yoʻl qoʻyilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan xat, ariza yoki boshqa anonim xabarlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324-modda. Shaxslarning arizalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxslarning jinoyat toʻgʻrisidagi arizalari yozma yoki ogʻzaki boʻlishi mumkin. Yozma ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻzaki ariza bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shuningdek shaxsiy hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim. Basharti arz qiluvchi hujjat koʻrsata olmasa, uning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa yoʻllar bilan tekshirish chorasi koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arz qiluvchi jinoyat toʻgʻrisida bila turib yolgʻon xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi va bu xususda bayonnomada qayd qilinib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Soʻngra bayonnomada jinoyat sodir etish holatlari xususidagi maʼlumotlar arz qiluvchi nomidan, iloji boricha soʻzma-soʻz aks ettiriladi. Bayonnomani arz qiluvchi va arizani qabul qilgan mansabdor shaxs imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini qoʻzgʻatishga ushbu Kodeksning 113-moddasida nazarda tutilgan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz sabab boʻlsa, bila turib yolgʻon xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha qoidalar taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325-modda. Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksi 105-moddasining birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida, 111-moddasida, 118-moddasining birinchi qismida, 119-moddasining birinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 136-moddasida, 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1411-moddasining birinchi qismida, 1413-moddasida, 149, 1491-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari aybdorni javobgarlikka tortishni soʻrab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qoʻzgʻatiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda boʻlganligi, ayblanuvchiga qaram boʻlganligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz huquqini va qonuniy manfaatlarini oʻzi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qoʻzgʻatishi shart.
(325-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 167, 170, 172, 173-moddalarida nazarda tutilgan va ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan yuridik shaxsga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari faqat mazkur yuridik shaxs rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra qoʻzgʻatiladi.
(325-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar jinoyat toʻgʻrisida bergan xabarlar xizmat xati yoki tasdiqlangan telefonogramma, telegramma yoxud radiogramma shaklida boʻlishi lozim. Xabar yuboruvchi sodir etilgan jinoyatga oid holatlarni tasdiqlovchi oʻz ixtiyoridagi hujjatlarni xabarga ilova qilib yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327-modda. Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan jinoyat toʻgʻrisida matbuot, radio va televideniye, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek ommaviy axborot vositalariga yoʻllangan, lekin eʼlon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat toʻgʻrisidagi xabarni eʼlon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek bu xabar mualliflari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan oʻz ixtiyorlarida boʻlgan hujjatlarni va xabarni tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish vakolatiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaxs tomonidan jinoyatga oid maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi quyidagi hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻlishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi maʼmuriy vazifani amalga oshirayotganida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida;
(328-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) surishtiruvchi, tergovchi boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov yuritish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida;
(328-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) prokuror qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish paytida yoki boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov olib borish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida;
Oldingi tahrirga qarang.
(328-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(328-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329-modda. Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni koʻrib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar roʻyxatga olinishi va darhol, jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini tekshirish zarurati boʻlgan taqdirda esa, oʻn sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar olingan paytdan boshlab hamda to ishni qoʻzgʻatish yoki qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqarilguniga qadar yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari ushbu Kodeksning 587-moddasiga muvofiq prokurorga yuborilguniga qadar boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi.
(329-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, uning davomida qoʻshimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish ushbu Kodeks 162-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qoʻyish, hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish, ekspertiza oʻtkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish haqida topshiriqlar berish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini oʻtkazish man qilinadi.
(329-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, tergovga qadar tekshiruv muddati quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining asoslantirilgan qaroriga koʻra prokuror tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin:
(329-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻtkazish uchun koʻp vaqt talab qiladigan ekspertiza, xizmat tekshiruvi, taftish yoki boshqa tekshiruv tayinlangan boʻlsa;
(329-moddaning uchinchi qismi 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) olis joylarda boʻlgan yoki chaqiruvga binoan hozir boʻlishdan boʻyin tovlayotgan shaxslardan tushuntirishlar talab qilib olish zarur boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yangi holatlar aniqlanib, ularni qoʻshimcha tarzda tekshirmasdan turib qaror qabul qilishning imkoni boʻlmasa.
(329-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-237-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 552-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplash va (yoki) jinoyat oqibatlarini bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida belgilangan muddat oʻtmagan boʻlsa.
(329-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan 4-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330-modda. Jinoyatga oid maʼlumotlarni koʻrib chiqish natijasida qabul qilinadigan qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatga oid maʼlumotlar olingan yoki bunday maʼlumotlar bevosita aniqlangan har bir holda quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
(330-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishni qoʻzgʻatishni rad qilish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ariza yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab yuborish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan sabab va asoslar mavjud boʻlgan taqdirda jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi qaror chiqaradi.
(331-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorda: ishni qoʻzgʻatish sabablari va asoslari; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; bundan buyon ishni oʻz yurituviga oluvchi mansabdor shaxs koʻrsatiladi.
(331-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi ushbu ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlgan prokurorga yuboriladi.
(331-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish qoʻzgʻatilgandan keyin uzoqqa choʻzilgan jinoyatlarning oldini olish va jinoyatlar takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek ish uchun ahamiyati boʻlishi ehtimol tutilgan jinoyat izlarini, narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni mustahkamlash va qoʻriqlash yuzasidan darhol choralar koʻrish lozim.
(331-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan faktlar boʻyicha tadbirkorlik subyektiga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatishga faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining roziligi bilan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
(331-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi OʻRQ-485-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332-modda. Jinoyat ishlarini birlashtirish va ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta tergov yoki sud ish yurituviga faqat bir necha shaxsning bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar yoxud bir shaxsning bir necha jinoyatni sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar birlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etishda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan ishni ajratishga, basharti bu ish holatlari boʻyicha zarur boʻlib qolsa hamda bunday ajratish surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud tomonidan ishni koʻrib chiqishning toʻliq va xolisona boʻlishiga taʼsir qilmasa, yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlangan taqdirda, jinoyat ishining mazkur holatga doir qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan holda alohida ish yurituvga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlarni birlashtirish va ajratish surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan amalga oshiriladi.
(332-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-123-sonli Qonuni asosida uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 502-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 83-moddasining 1 va 2-bandlarida hamda 84-moddasi birinchi qismining 1, 3 — 8-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi, jinoyat sodir etilganligi toʻgʻrisida xabar bergan fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxs bu haqda xabardor qilinadi. Bunda ularga qaror ustidan shikoyat qilish huquqi va tartibi tushuntirilishi lozim. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan holat surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish ushbu Kodeksning 63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etishga, agar oʻziga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi masala qoʻyilayotgan shaxs yoki vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari bunga eʼtiroz bildirsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan holat aniqlangan taqdirda, jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa maʼlumotlar darhol prokurorga yuboriladi.
(333-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334-modda. Maʼmuriy, intizomiy va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlar boʻyicha koʻriladigan choralar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan xabarda jinoyat haqida emas, balki maʼmuriy, intizomiy yoki boshqa huquqbuzarlik yoxud axloq normalari buzilganligi haqida maʼlumot boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish bilan bir paytda xabarni huquqni buzgan shaxsga nisbatan maʼmuriy, intizomiy javobgarlik yoki jamoat taʼsir choralari qoʻllash uchun huquqni buzgan shaxs ishlaydigan yoki oʻqiydigan joy maʼmuriyatiga, uning turar joyidagi jamoaga, jamoat birlashmasiga yoki bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga, tegishli vakolatlarga ega boʻlgan davlat organi yoki mansabdor shaxsga yuboradi.
(334-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan xabarda fuqarolarning siyosiy, mehnat, uy-joy, oilaviy yoki boshqa huquqlari buzilganligi, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qoʻriqlanadigan qonuniy manfaatlari buzilganligi koʻzga tashlansa, unda ishni qoʻzgʻatishni rad qilish bilan bir vaqtda manfaatdor shaxslarga sudga murojaat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilishi lozim. Basharti ular maʼlum sabablarga koʻra, sud orqali oʻzlarini himoya qilishni soʻrash imkoniyatiga ega boʻlmasalar, prokuror bunday shaxslarni himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335-modda. Jinoyat toʻgʻrisidagi arizani (xabarni) tergovga tegishliligiga qarab yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani (xabarni) tergovga tegishliligiga qarab yuborishga ushbu tuman (shahar) hududidan tashqarida sodir etilgan jinoyat haqida xabar berilgan va jinoyat ishini qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tekshirish harakatlarini jinoyat sodir etilgan tumanda (shaharda) oʻtkazish zarur boʻlgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336-modda. Jinoyat ishini ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuborish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarilganidan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) prokuror ishni ushbu Kodeksning 345 va 3812-moddalariga muvofiq dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga yuboradi yoxud oʻzi dastlabki tergov yoki surishtiruv yuritishga kirishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tergovchi dastlabki tergovni yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra boshqa dastlabki tergov organiga yoki ushbu Kodeksning 3812-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra surishtiruv organiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) surishtiruvchi surishtiruv yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 3812-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra boshqa surishtiruv organiga yoki ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov organiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻi jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345 va 3812-moddalarida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga oʻtkazish uchun darhol prokurorga yuboradi. Jinoyat ishining tergovi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirgan organning surishtiruviga yoki dastlabki tergoviga tegishli boʻlgan taqdirda, jinoyat ishi prokurorni darhol xabardor qilgan holda surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun qabul qilinishi mumkin.
(336-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning qonuniyligi ustidan nazorat olib borayotgan prokuror:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga va ish qoʻzgʻatishni rad qilishga;
(337-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga va ayni vaqtda ish qoʻzgʻatishga haqlidir.
(337-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(337-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin. Ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorining prokuror tomonidan bekor qilinishi ustidan ham xuddi shunday tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(338-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining ish qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan prokurorga, prokurorning ish qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga, sudning ajrimi ustidan esa yuqori sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(338-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-bob. DASTLABKI TERGOVNING UMUMIY SHARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344-modda. Dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergovni prokuratura, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi.
(344-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergov oʻtkazilishi shart.
(345-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 97 — 1031, 108, 116, 132, 137, 141 — 1493-moddalarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “d” va “e” bandlarida hamda uchinchi qismining “g” bandida, 175-moddasida, 1921 — 19212, 1971, 205 — 215, 218 — 222, 2291-moddalarida, 2293-moddasi oltinchi qismida, 2294, 2295, 230 — 2302, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 2321 — 236, 2411 — 242, 265-moddalarida, 27611-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
(345-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 150 — 163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi.
(345-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 114-moddasi uchinchi qismida, 1151-moddasida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1221-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 124-moddasida, 1261-moddasi beshinchi — sakkizinchi qismlarida, 127-moddasida, 1271-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128, 1281-moddalarida, 129-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 1331, 1332, 134, 135-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164, 165, 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida, uchinchi qismining “a”, “b” va “v” bandlarida hamda toʻrtinchi qismida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 176-moddasida, 193 — 196-moddalarida, 1961-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1962-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197-moddasida, 198 — 204, 216-moddalarida, 2161-moddasining ikkinchi qismida, 217-moddasida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 2282-moddasi uchinchi qismida, 2296, 244, 2443-moddalarida, 2444-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 2481-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 2501-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 252 — 2551-moddalarida, 2552-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 256, 257, 258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2601-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2621-moddasi ikkinchi qismida, 263-moddasida, 2631-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271-moddasida, 273-moddasi ikkinchi — oltinchi qismlarida, 274-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 2761 — 2764-moddalarida, 2766, 2767-moddalarida, 2768-moddasi ikkinchi qismida, 2769-moddasi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 27610-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 27613-moddalarida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 2787-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar boʻyicha (qasddan odam oʻldirish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar bundan mustasno) dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
(345-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 177-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 180 — 1811-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 1861-moddasida, 27611-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
(345-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 1291-moddasi ikkinchi qismida, 167-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 178-moddasida, 1862-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 188, 1881, 243, 2441, 2442, 27612-moddalarida, 2788-moddasi uchinchi qismida, 2789-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha dastlabki tergov ish qoʻzgʻatgan dastlabki tergov organi tomonidan amalga oshiriladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ yoki surishtiruv organi tomonidan ushbu qismda nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan taqdirda, ish boʻyicha tergovni amalga oshiruvchi dastlabki tergov organi prokuror tomonidan belgilanadi.
(345-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 237 — 241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ushbu ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tergovni olib borishda boshqa dastlabki tergov organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan dastlabki tergov organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan tergovni toʻliq hajmda tamomlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tergovni olib borishda surishtiruv organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga oʻtkazish ushbu Kodeksning 332 va 3812-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 3812-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha surishtiruvni amalga oshirish prokuror tomonidan surishtiruvchiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa, shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa, jinoyat ishini uzoqroq muddat davomida tergov qilayotgan organga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlar tergovning har tomonlama, toʻliq va xolisona olib borilishini taʼminlash maqsadida jinoyat ishini, tergovga tegishlilik qoidalaridan qatʼi nazar, quyidagi hollarda asoslantirilgan qarorga binoan bir dastlabki tergov organidan boshqasiga oʻtkazishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) agar jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organ jinoyatni hisobga olishdan ilgari yashirgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) agar jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organning rahbari yoki rahbarning yaqin qarindoshi ish yuzasidan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar deb topilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) aybsizligi ayon boʻlgan shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda yoki qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida oldindan bila turib qonunga xilof ravishda iltimosnoma qoʻzgʻatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) dastlabki tergovni olib borishda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qoʻllanilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tergovning natijalariga va ish boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarzda ushbu Kodeks talablari buzilganda.
(345-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346-modda. Hududiy jihatdan tergovga tegishlilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov, basharti ish holatlarini ancha tez, puxta, toʻla, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qoʻzgʻatilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning koʻpchiligi turgan yerda oʻtkazilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori tergov boʻlinmasi boshligʻining farmoyishiga asosan dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347-modda. Tergovchining topshiriqlarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir tergovchi oʻz yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan oʻzi bajarishga yoxud uni oʻtkazishni boshqa tergovchiga yoki surishtiruvchiga topshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining topshirigʻida ijro etuvchi uchun majburiy boʻlgan ijro muddati koʻrsatiladi. Tergovchining topshirigʻini bu muddat ichida ijro etishning iloji boʻlmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan tergovchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi toʻgʻrisida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning koʻrsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348-modda. Jinoyat ishini boshqalarga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini bir tergov boʻlinmasi doirasida bir tergovchidan boshqa tergovchiga oʻtkazish shu tergov boʻlinmasining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni bir tergov boʻlinmasidan boshqasiga oʻtkazish yuqori tergov boʻlinmasining boshligʻi tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni bir dastlabki tergov organidan boshqasiga oʻtkazishga prokurorning qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3481-modda. Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga koʻra, jinoyat ishi yoxud uning materiallari sudda yoʻqolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga yuboriladigan sud ajrimiga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin boʻlgan saqlab qolingan koʻchirma nusxalari boʻyicha va protsessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi tiklanayotganda surishtiruv, dastlabki tergov ishlarini yuritish, qamoqda saqlash va uy qamogʻi muddatlari ushbu Kodeksning 245, 351 va 3817-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi.
(3481-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yoʻqolgan jinoyat ishi boʻyicha qamoqda saqlashning yoki uy qamogʻining oxirgi muddati tugagan boʻlsa, ayblanuvchi darhol ozod qilinishi kerak.
(3481-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349-modda. Dastlabki tergovda jamoatchilikning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalariga, jamoalarga, aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar haqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni koʻrsatishni soʻrab murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga koʻra, ayrim tergov harakatlarida ishtirok etish uchun oʻz oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin. Jamoatchilik vakillari boʻlmish xolislarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli protsess ishtirokchilarining huquqlari va burchlari toʻgʻrisidagi qoidalari toʻliq tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350-modda. Dastlabki tergovning boshlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi jinoyat ishini qoʻzgʻatib, uni oʻz ish yurituviga oladi va bu haqda ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi qarorga yozib qoʻyadi. Basharti tergovchiga oldin qoʻzgʻatilgan ish berilgan boʻlsa, u ishni oʻz yurituviga olganligi toʻgʻrisida qaror chiqaradi, shundan soʻng dastlabki tergovni boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351-modda. Dastlabki tergov muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab uch oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim.
(351-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi boʻyicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qoʻshimcha ravishda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat boʻyicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan boʻlsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi. Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituvga ajratilgan boʻlsa, oʻsha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan paytdan eʼtiboran hisoblanadi.
(351-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-123-sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish ayblov xulosasi bilan, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni dastlabki tergov tamomlangan hisoblanadi.
(351-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov muddatiga quyidagilar kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) dastlabki tergov toʻxtatib turilgan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish tergovchiga kelib tushgunga qadar oʻtgan vaqt.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan dastlabki tergov muddati tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik dastlabki tergov muddati faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan yetti oygacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek toʻxtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qoʻshimcha tergov muddati mazkur ishni tergovchi qabul qilgan paytdan eʼtiboran bir oy doirasida belgilanadi. Bu muddatni yanada uzaytirish ish prokurorga berilgunga, toʻxtatib turilgunga yoki tugatilgunga qadar oʻtgan tergov muddati hisobga olingan holda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
(351-moddaning beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan beshinchi — sakkizinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani tergovchi tergov muddati tugashidan kamida oʻn sutka ilgari prokurorga topshiradi. Prokuror oʻz ustxati bilan iltimosnomani qanoatlantiradi yoki dastlabki tergovni tamomlab, ishni sudga yuborish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi yoxud jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352-modda. Tergov harakatlarini oʻtkazishda xolislarning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergovda olib qoʻyish, tintuv oʻtkazish, koʻzdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment oʻtkazish, tanib olish uchun koʻrsatish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, ekspert tadqiqotini oʻtkazish uchun namunalar olish, murdani eksgumatsiya qilish kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti bir tergov harakatini bir necha tergovchi yoki tergovchi va u rahbarlik qilayotgan surishtiruvchilar bir paytning oʻzida turli xonalarda yoki bir-biridan ancha uzoq joylarda oʻtkazayotgan boʻlsalar, har bir tergovchi va surishtiruvchi huzurida doimo kamida ikki nafar xolis ishtirok etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro tergovchining qonuniy talablarini va takliflarini bajarishdan bosh tortayotganligini yoki tergovchiga qarshilik koʻrsatayotganligini yoxud dastlabki tergov yuritish tartibiga toʻgʻri kelmaydigan boshqa huquqqa zid xatti-harakatlar qilayotganini tasdiqlash uchun ham xolislar taklif qilinadilar. Ushbu Kodeksning 93-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353-modda. Jinoyat ishidagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi jinoyat ishidagi barcha maʼlumotlarni yoki uning muayyan qismidagi maʼlumotlarni oshkor qilinmaydigan deb eʼtirof etishga haqli. Ana shu asosda u tergov harakatlarida ishtirok etayotgan yoki tergov harakatlarini bajarishda hozir boʻlgan yoxud tergov materiallari bilan tanishayotgan shaxslardan ularning zimmasiga ishda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni uning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida majburiyat yuklatilgani haqida tilxat olishi mumkin. Tilxatda, shuningdek mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga binoan javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.
(353-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati gumon qilinuvchi va ayblanuvchi zimmasiga yuklanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachining ishdagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati uning gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan boʻladigan suhbatiga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354-modda. Dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi koʻp mehnat talab etsa, juda murakkab yoki oʻta dolzarb boʻlsa, prokuror yoki tergov boʻlinmasining boshligʻi shu ish boʻyicha dastlabki tergov yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan tergov guruhiga topshirishi mumkin. Bunday topshiriq haqida qaror chiqarilishi lozim boʻlib, unda tergov guruhining rahbari va aʼzolari koʻrsatiladi. Basharti dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish toʻgʻrisidagi qaror jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror bilan ayni bir vaqtda qabul qilingan boʻlsa, ikkala masala bir qarorning oʻzida bayon etiladi. Guruh tarkibida oʻzgarishlar boʻlganda va guruh rahbari oʻzgartirilganda ham qaror chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355-modda. Tergovchilar guruhi rahbarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruh rahbari boʻlgan tergovchi jinoyat ishini oʻz yuritishiga qabul qilib oladi va dastlabki tergovning umumiy yoʻnalishi va pirovard natijasi uchun, shuningdek jinoyat protsessining shu bosqichida bajariladigan har bir harakat va qarorning qonuniy hamda asoslangan boʻlishi uchun toʻla javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruh rahbari boʻlgan tergovchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishni oʻzi rahbarlik qilayotgan tergovchilarga taqsimlab beradi, ularning har biri bajaradigan ish qismi yoki tergov yoʻnalishini belgilaydi, ayrim tergov harakatlari bajarishni topshirib, ularni ijro etish muddatini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shaxsan oʻzi tergov harakatlarini bajaradi va rahbarligi ostidagi tergovchilar oʻtkazayotgan ayrim tergov harakatlarida ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qarorlar chiqaradi, shu jumladan shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnomalar qoʻzgʻatish, ishni toʻla yoki uning biror qismini tugatish yoxud toʻxtatish haqida qarorlar chiqaradi;
(355-moddaning ikkinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) prokurorning koʻrsatmalari ijro etilishini taʼminlaydi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni oʻz eʼtirozlari bilan birga yuqori turuvchi prokurorga yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tergov harakatlarini yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini olib borish toʻgʻrisida topshiriqlar va koʻrsatmalar beradi, shuningdek ulardan tergovchilar bajarayotgan tergov harakatlarini oʻtkazishda yordam berishni talab qiladi, oʻz topshiriqlari, koʻrsatmalari, talablari bajarilishi ustidan nazorat qilib boradi;
(355-modda ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralari toʻgʻrisida taqdimnomalar yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ayblov xulosasini tuzadi yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va tasdiqlash uchun ularni ish bilan birga prokurorga yuboradi yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritadi.
(355-modda ikkinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356-modda. Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar guruh rahbari boʻlgan tergovchi topshiriqlarini, koʻrsatmalarini bajaradilar va bu toʻgʻrida uni xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar tomonidan bajarilgan tergov harakatlarining natijalari jinoyat ishini yuritishga qabul qilib olgan tergovchi bajargan harakatning natijalari bilan bir xil ahamiyatga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruh aʼzosi boʻlgan tergovchi guruh rahbari boʻlgan tergovchining topshirigʻini, koʻrsatmasini qonunga xilof yoki asossiz deb hisoblasa, bu haqda u guruh rahbariga oʻz eʼtirozlarini bildiradi. Guruh rahbari boʻlgan tergovchi bu eʼtirozlarni koʻrib chiqib, topshiriqni yoki koʻrsatmani bekor qiladi yoki uni ijro etish uchun boshqa tergovchiga beradi yoxud oʻzi tegishli tergov harakatini bajaradi. Guruh aʼzosi boʻlgan tergovchi oʻz eʼtirozlari boʻyicha tergovchilar guruhining rahbari qabul qilgan qarorga rozi boʻlmasa, nazorat olib boruvchi prokurorga oʻz eʼtirozlarini yetkazadi, prokuror uzil-kesil qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357-modda. Tergov harakatining bir necha tergovchi tomonidan bajarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan sharoitlarda va maqsadlarda koʻzdan kechirish, tintuv, eksperiment yoki boshqa tergov harakatlarini oʻtkazishda uning ishtirokchilari ayni bir vaqtda turli binolarda boʻlishlari yoki bir-birlaridan ancha masofaga uzoqlashishlari, shuningdek, basharti tergov harakatlarini yuritishda bir qancha ishtirokchilarni yoki hozir boʻlgan shaxslarni kuzatish taʼminlanishi lozim boʻlib qolsa, tergov harakatlarini bir necha tergovchi yoki tergovchining oʻzi unga yordam berayotgan surishtiruvchilar bilan amalga oshirishi mumkin. Bunda tergovchilardan biri qolgan tergovchilar, surishtiruvchilar va boshqa tergov harakati ishtirokchilari faoliyati ustidan rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358-modda. Tergovchining va prokurorning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat tergov boʻlinmasi boshligʻiga va ishni tergov qilishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan prokurorga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi prokurorga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-bob. JINOYAT ISHIDA GUMON QILINUVCHI TARIQASIDA VA AYBLANUVCHI TARIQASIDA ISHTIROK ETISHGA JALB QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359-modda. Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan boʻlsa yoxud ishda uni jinoyat sodir etishda gumon qilishga asos beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, u jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360-modda. Jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biror jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs ish qoʻzgʻatilgunga qadar ushlangan boʻlsa va ushbu Kodeksning 225-moddasida nazarda tutilgan tekshirish ushlab turishning asosli ekanligini tasdiqlagan boʻlsa, tergovchi shaxsni ushlab turish, ish qoʻzgʻatish va ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqida toʻxtamlarga kelib, ularni bitta qarorda bayon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorda ushlab turilgan shaxs qaysi jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganligi, Jinoyat kodeksining qaysi moddasida bu jinoyat nazarda tutilgani, ushlab turishning sabab va asoslari, shuningdek shaxsni ushlab turish, agar jinoyat ishi ilgari qoʻzgʻatilmagan boʻlsa, jinoyat ishini qoʻzgʻatish va uni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaror koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror gumon qilinuvchiga u birinchi marta soʻroq qilinguniga qadar eʼlon qilinadi. Ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan gumon qilinuvchining huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361-modda. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi, unda:
(361-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ayblanuvchi tariqasida jalb etilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan kuni, oyi va yili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ayblovning mazmuni, yaʼni shaxsning zimmasiga qoʻyilayotgan jinoyat hodisasi, u sodir etilgan joy, vaqt va boshqa muhim holatlar bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Jinoyat kodeksining ushbu jinoyatni nazarda tutgan moddasi, qismi, bandi aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining turli moddalari, qismlari yoki bandlarida nazarda tutilgan bir necha jinoyatni sodir etishda ayblaganda, bu jinoyatlardan har birining mohiyati va yuridik tavsifi alohida koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning xulosa qismida mazkur shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida toʻxtamga kelinganligi ifodalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362-modda. Ayblovni oʻzgartirish, tugatish va toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti tergov oʻtkazish chogʻida dastlabki ayblovni qayta koʻrib chiqishni taqozo etadigan yangi dalillar toʻplangan boʻlsa yoki dastlabki ayblovning noaniqligi yoxud yuridik tavsifi notoʻgʻriligi maʼlum boʻlib qolsa, dastlabki ayblov oʻzgartirilishi, qisman tugatilishi yoki toʻldirilishi lozim. Bu haqda tergovchi qaror chiqaradi va unda ayblovning yangi mazmunini bayon qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ayblanuvchini reabilitatsiya etish uchun asos boʻladigan yoki ishni yuritish uchun monelik qiladigan holatlar aniqlansa, ayblov tugatiladi.
(362-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-277 sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblovni tugatish toʻgʻrisida tergovchi qaror chiqaradi. Bir yoʻla shu qaror bilan tergovchi ayblanuvchiga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasi, mulkni xatlash, lavozimdan chetlashtirish choralarini bekor qiladi va shaxsga ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga qonunsiz jalb qilinganligi sababli koʻrgan ziyonlarini undirib olish huquqiga ega ekanligini tushuntiradi. Qarorning nusxasi shu shaxsga darhol taqdim qilinishi yoki yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363-modda. Tugatilgan ayblovni qayta tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti Jinoyat kodeksi yoki ushbu Kodeks normalarini qoʻllanishdagi xatolar natijasida ish tugatilgan boʻlsa, shuningdek ayblanuvchining aybliligini koʻrsatuvchi yangi dalillar aniqlansa, tugatilgan ayblov qayta tiklanishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ayblovni notoʻgʻri tugatish odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatning yoki ayblanuvchi tomonidan yoxud ayblanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan harakat qilgan oʻzga shaxs tomonidan dalillarni qalbakilashtirish, yashirish yoxud yoʻq qilib yuborishning oqibati boʻlsa, ayblov Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddati ichida qayta tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-bob. DASTLABKI TERGOVNI TOʻXTATISH VA QAYTA TIKLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364-modda. Dastlabki tergovni toʻxtatish asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ayblanuvchining qayerda ekanligi nomaʼlum boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan, basharti uning tergovga kelishini taʼminlash imkoniyati boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli, lekin davolab boʻladigan kasallikka chalingan hollarda toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab toʻxtatiladi. Lekin dastlabki tergov toʻxtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi yoʻqligida bajarish mumkin boʻlgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisida tergovchi qaror chiqaradi va uning nusxasini prokurorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365-modda. Qidiruv eʼlon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchining turgan joyi nomaʼlum boʻlganda tergovchi uning turgan joyini aniqlash uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrishi, zarur hollarda esa, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qidiruv dastlabki tergov oʻtkazilayotganida ham, shuningdek dastlabki tergov toʻxtatilganidan keyin ham eʼlon qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 242 va 243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin
(365-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-100-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qidirilayotgan ayblanuvchi ushlangan taqdirda u ushlangan joydagi prokuror ushlangan shaxsning qidirilayotgan ayblanuvchi ekanligini aniqlashi va qamoqqa olish uchun qonuniy asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366-modda. Ayblanuvchi kasal boʻlib qolganida dastlabki tergovni toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-tibbiyot eksperti yoki psixiatr-ekspert ayblanuvchining kasalini jinoyat ishini yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli, lekin davolab boʻladigan kasallik deb topsa, ish boʻyicha dastlabki tergov ayblanuvchi sogʻaygunga qadar toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda ayblanuvchiga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasi tergovchi tomonidan ushbu Kodeksning 236 — 254-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda saqlab qolinishi, oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367-modda. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmagan hollarda dastlabki tergovni toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha tergov harakatlari bajarib boʻlinganidan keyin ham jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmasa, ish yuritishni toʻxtatish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda tergovchi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ orqali ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash va uni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart.
(367-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmaganligi sababli toʻxtatilgan ish Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketgach, tugatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368-modda. Ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan taqdirda dastlabki tergovni toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligi aniqlangan boʻlsa va bu hol dastlabki tergov harakatlarida uning hozir boʻlishini taʼminlash imkonini bermasa, barcha tergov harakatlari bajarilganidan keyin ish boʻyicha dastlabki tergovni oʻtkazish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369-modda. Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov tergovchining qarori bilan toʻxtatiladi. Bu qarorda ishning mohiyati hamda tergovni toʻxtatish asoslari, ushbu Kodeks 364-moddasining birinchi qismidagi 2, 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan hollarda esa, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxs ham koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi dastlabki tergovni toʻxtatgach, bu haqda jabrlanuvchini, fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370-modda. Tergovchining dastlabki tergov toʻxtatilgandan keyingi harakatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi dastlabki tergovni toʻxtatish asoslariga qarab ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlardan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxslarni aniqlash, yashirinib yurgan ayblanuvchilarni qidirib topish uchun koʻrilayotgan choralardan muntazam xabardor boʻlib turadi va shu maqsadda oʻzi soʻrov xatlari yuboradi, maʼlumotlar va tushuntiruvlar oladi, jamoatchilikning yordamidan foydalanadi yoxud ayblanuvchining dastlabki tergovning toʻxtatilishiga sabab boʻlgan kasalligidan vaqti-vaqti bilan xabardor boʻlib turadi. Ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan hollarda tergovchi jinoyat sodir etishda ayblanayotgan va boshqa davlatlar hududida yashirinib yurgan shaxslarni ushlab berishni tartibga soluvchi qonunchilikka va xalqaro shartnomalarga muvofiq choralar koʻradi.
(370-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov toʻxtatilgandan keyin va u qayta tiklangunga qadar tergov harakatlari oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371-modda. Toʻxtatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni qayta tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tergovni toʻxtatish uchun asos tariqasida ushbu Kodeksning 364-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ish boʻyicha ayblanuvchining ishtirokisiz bajarilishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha tergov harakatlarini oʻtkazish zarurati tugʻilganda qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qonunga nomuvofiq boʻlsa, prokuror uni bekor qilishi va dastlabki tergovni qayta tiklash toʻgʻrisida qaror chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi dastlabki tergovning qayta tiklanganligi haqida prokurorga darhol xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan dastlabki tergov qayta tiklanishi bilan bir paytda dastlabki tergovning oʻtish muddati ham tiklanadi. Tergov muddatining keyinchalik uzaytirilishi dastlabki tergovni toʻxtatishdan oldin oʻtgan tergov muddatini eʼtiborga olgan holda ushbu Kodeksning 351-moddasiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-bob. DASTLABKI TERGOVNI TAMOMLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
372-modda. Dastlabki tergovni tamomlash turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi.
(372-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-modda. Jinoyat ishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlganda, jinoyat ishini tugatish ushbu Kodeksning 63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi.
(373-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374-modda. Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning tavsif qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish asoslari va uning sodir etilishiga doir tergov vaqtida tekshirilgan tusmollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularga qoʻyilgan ayb va ularga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot choralari, basharti bu shaxslarga qoʻyilgan gumon yoki ayb ilgari chiqarilgan alohida qaror bilan tugatilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jinoyat ishini tugatish asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) bu asoslarni tasdiqlovchi dalillar, ular ishning qaysi jildlari va sahifalarida aks ettirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ashyoviy dalillarning roʻyxati, bu ashyolar saqlanayotgan joy va ularning egalari, shuningdek manfaatdor shaxslar yoki muassasalar tomonidan bu ashyolarni ularga qaytarib berish toʻgʻrisidagi iltimoslari, basharti shunday iltimos qilingan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari bayon qilinadi.
(374-moddaning ikkinchi qismi 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning xulosa qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) gumonni yoki ayblovni olib tashlash toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ehtiyot choralarini, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi;
(374-modda uchinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi qarorlar bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi ishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy daʼvogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qoʻzgʻatilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakiliga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(374-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda tergovchi bu haqda yetti kunlik muddat ichida yozma tarzda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375-modda. Jinoyat ishi tamomlangandan keyin undagi materiallar bilan tanishib chiqish huquqini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi toʻplangan dalillarni ayblov xulosasini tuzish uchun yetarli deb topganidan keyin ayblanuvchi va himoyachiga dastlabki tergov tamomlanganligini eʼlon qiladi, ularga ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishga doir huquqlarini tushuntiradi va tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ish tugatilgan boʻlsa, tergovchi bu haqda va ish materiallari bilan tanishish huquqi haqida gumon qilinuvchini, ayblanuvchini va himoyachini xabardor qiladi hamda ularning iltimosiga binoan ularga tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi dastlabki tergov tamomlanganligi va ish ayblov xulosasi bilan sudga yuborilishi yoki ish tugatilganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga xabar qiladi, basharti ular xohlasalar, barcha ish materiallari bilan tanishib chiqish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi. Soʻng tergovchi koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilarining iltimosiga muvofiq, tanishib chiqish uchun ularga ishni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida tergov harakatlari bayonnomasining kirish qismlari tanishib chiqish uchun taqdim qilinmasligi mumkin. Bunday hollarda bayonnomalarning koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kirish qismlari muhrlangan holda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ayblanuvchining himoyachisi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning vakili uzrli sabablarga binoan belgilangan vaqtda ish materiallari bilan tanishib chiqish uchun kela olmasa, tergovchi tanishib chiqish muddatini koʻpi bilan besh sutkaga kechiktirishi mumkin. Himoyachi yoki vakil bu muddat ichida kelmagan taqdirda ayblanuvchiga boshqa himoyachini taklif qilish, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgarga boshqa vakil chaqirish uchun imkoniyat yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
376-modda. Jinoyat ishidagi materiallar bilan tanishib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi ishdagi materiallarni tanishib chiqish uchun tikilgan va raqamlangan koʻrinishda, har bir jilddagi hujjatlarni roʻyxat qilgan tarzda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bilan tanishib chiqish uchun zarur boʻlgan muddat cheklanmaydi. Lekin protsess ishtirokchilari ishdagi materiallar bilan tanishishni ataylab choʻzishga urinayotgan boʻlsalar, tergovchi oʻz qarorida ishdagi materiallar bilan tanishish uchun muayyan muddat belgilashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bilan tanishib chiqayotgan shaxs ishdagi hujjatlardan koʻchirmalar yozib olishga haqlidir, davlat sirlarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi ishdagi materiallar bilan tanishib chiqqanlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bilan tanishib chiqqandan keyingi ogʻzaki iltimoslarni tergovchi bayonnomaga kiritadi. Protsess ishtirokchisi yozma tarzda alohida iltimosnoma berishi mumkin, bu haqda bayonnomada yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
377-modda. Iltimoslar qilish va ularni koʻrib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish bilan tanishib chiqishgach yoki biror sababga koʻra tanishib chiqishdan bosh tortganlaridan keyin tergovchi ulardan qoʻshimcha tergov harakatlarini oʻtkazish yoki yangi qarorlar qabul qilish xususida iltimoslari bor yoki yoʻqligini aniqlaydi.
(377-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning arizasiga binoan iltimosnomalar tayyorlash va taqdim qilish uchun uch sutka doirasida vaqt berilishi mumkin. Tergovchi iltimosnomani toʻla yoki qisman rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va bu haqda iltimosnoma berilgan vaqtdan boshlab uch sutka ichida arizachiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi iltimosni qondirish rad qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishib chiqqanidan keyin ikki sutka ichida prokurorga rad etilganlik ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378-modda. Iltimos qondirilgandan keyin jinoyat ishi bilan qayta tanishtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi iltimos qondirilgandan keyin, u kim tomonidan va kimlarning manfaatlari yoʻlida bildirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, ayblanuvchi, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ishdagi barcha materiallar bilan yana tanishib chiqish imkoniyatini beradi.
(378-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
379-modda. Ayblov xulosasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi va uning himoyachisini jinoyat ishidagi barcha materiallar bilan tanishtirib boʻlgach, tergovchi, basharti ishni sudga yuborish uchun yetarli asoslar borligi toʻgʻrisidagi fikri oʻzgarmagan boʻlsa, ayblov xulosasi tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov xulosasi tavsif-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat boʻladi. Tavsif qismida dastlabki tergovda aniqlangan holatlar: jabrlanuvchi, shuningdek ayblanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ayblanuvchining aybdorligini tasdiqlovchi dalillar, ayblanuvchining oʻzini himoya qilish uchun keltirgan vajlari va ularni tekshirish natijalari bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa qismida ayblanuvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi hamda eʼlon qilingan ayblovning mazmuni Jinoyat kodeksining shu jinoyatni nazarda tutgan moddasi yoki moddalarini ham koʻrsatgan holda bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov xulosasida bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi ish sahifalari koʻrsatilishi kerak. Ayblov xulosasi qayerda va qachon tuzilganligi koʻrsatilib, tergovchi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
380-modda. Ayblov xulosasiga ilovalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov xulosasiga tergovchining fikricha sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxati, shuningdek qoʻllanilgan ehtiyot choralari, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi qancha vaqt qamoqda saqlanganligi yoki u uy qamogʻida boʻlganligi toʻgʻrisidagi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari, sud chiqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi.
(380-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxatida tergovchi ularning turgan joyi hamda koʻrsatuvlari yoki xulosalari ishning qaysi sahifasida bayon qilinganligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida, sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslar roʻyxatida ularning taxalluslari koʻrsatilishi mumkin. Xavfsizligi taʼminlanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar ular ishtirokida oʻtkazilgan tergov harakatlari bayonnomalarining kirish qismlari bilan birga muhrlangan holda sudga taqdim etiladi. Ular bilan faqat ayblov xulosasini tasdiqlovchi prokuror va ishni koʻrib chiquvchi sudya tanishishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381-modda. Jinoyat ishining prokurorga yuborilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi ayblov xulosasini imzolaganidan keyin jinoyat ishini darhol prokurorga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461-bob. Surishtiruvning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3811-modda. Surishtiruvni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan mansabdor shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvni ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan organlarning surishtiruvchilari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvni ushbu Kodeksda belgilangan hollarda prokurorlar va tergovchilar ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3812-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv quyidagilarning surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ichki ishlar organlarining — Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 1221-moddasi birinchi qismida, 125, 1251, 126-moddalarida, 1261-moddasi birinchi — toʻrtinchi qismlarida, 1271-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 1291-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185, 1851-moddalarida, 1961-moddasi birinchi qismida, 1962-moddasi birinchi qismida, 2161-moddasi birinchi qismida, 2162-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227, 2271-moddalarida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2281-moddasida, 2282-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 229, 2292-moddalarida, 2293-moddasi birinchi — beshinchi qismlarida, 2444-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 2445, 2446-moddalarida, 2481-moddasi birinchi qismida, 2552-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 2601-moddasi birinchi qismida, 261, 2611, 2612-moddalarida, 262-moddasi birinchi qismida, 2621-moddasi birinchi qismida, 2631-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 273-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 276-moddasi birinchi qismida, 2765-moddasida, 2768-moddasi birinchi qismida, 2769-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 27610-moddasi birinchi qismida, 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 2781 — 2786-moddalarida, 2787-moddasi birinchi qismida, 2788-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 2789-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;
(3812-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 122, 123-moddalarida, 232-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;
(3812-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 177-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 179, 183-moddalarida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 1841, 1852-moddalarida, 189 — 192-moddalarida, 27611-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;
(3812-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 1301-moddasida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 2443-moddasida, 2444-moddasi birinchi qismida, 2501-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha.
(3812-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 2501-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari) va 2591-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha.
(3812-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 1301-moddasida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 167-moddasi birinchi qismida, 1862-moddasi birinchi qismida, 2443-moddasida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari) nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha surishtiruv ishni qoʻzgʻatgan organ tomonidan olib boriladi.
(3812-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 237-moddasi birinchi qismida, 238-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 239, 240-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha surishtiruv ushbu ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar surishtiruvni olib borishda boshqa surishtiruv organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan surishtiruv organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan surishtiruvni toʻliq hajmda tamomlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlgan yangi jinoyat aniqlansa, prokurorning roziligi bilan jinoyat ishi ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov organiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga oʻtkazish ushbu Kodeksning 332 va 345-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 345-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni amalga oshirish prokuror tomonidan dastlabki tergov organiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli surishtiruv organlariga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror surishtiruvni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa, jinoyat ishi boʻyicha uzoqroq muddat davomida surishtiruv olib borayotgan organga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari boshqa dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari bilan bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovga tegishlilik qoidalari boʻyicha dastlabki tergov organiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) surishtiruv organining surishtiruvchisiga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv, agar ish holatlarini ancha tez, puxta, toʻla, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qoʻzgʻatilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning koʻpchiligi turgan yerda ham oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori turuvchi surishtiruv boʻlinmasi boshligʻining farmoyishiga asosan surishtiruv hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha tergovni surishtiruv shaklida amalga oshirishi mumkin.
(3812-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3813-modda. Surishtiruvni amalga oshirishda jinoyat-protsessual qonunchilik normalarining qoʻllanilishi
(3813-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ushbu Kodeks bilan belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3814-modda. Surishtiruvchining topshiriqlarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir surishtiruvchi oʻz yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan oʻzi bajarishga yoxud uni oʻtkazishni boshqa surishtiruvchiga topshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchining topshirigʻida ijro etuvchi uchun majburiy boʻlgan ijro muddati koʻrsatiladi. Topshiriqni bu muddat ichida ijro etishning iloji boʻlmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan surishtiruvchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi toʻgʻrisida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning koʻrsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3815-modda. Jinoyat ishini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini bir surishtiruv organi doirasida bir surishtiruvchidan boshqa surishtiruvchiga oʻtkazish shu surishtiruv organining rahbari yoki surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni bir surishtiruv boʻlinmasidan boshqasiga oʻtkazish yuqori surishtiruv organi rahbari yoki yuqori surishtiruv boʻlinmasining boshligʻi tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv organiga oʻtkazish prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovning har tomonlama, toʻla va xolisona olib borilishini taʼminlash maqsadida prokuror quyidagi holatlarda ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida jinoyat ishini dastlabki tergov shaklida tergov qilish uchun dastlabki tergov organiga oʻtkazishi yoki oʻz ish yurituviga olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash uchun dastlabki tergov organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarni jalb qilgan holda qoʻshimcha tergov va protsessual choralarni qoʻllash zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeksning 345-moddasi oʻn birinchi qismi 1 — 5-bandlarida nazarda tutilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha jinoyat ishini oʻtkazish haqida prokuror asoslantirilgan qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3816-modda. Surishtiruvning boshlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi jinoyat ishini qoʻzgʻatib, uni oʻz ish yurituviga oladi va bu haqda ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorga yozib qoʻyadi. Basharti surishtiruvchiga oldin qoʻzgʻatilgan ish berilgan boʻlsa, u ishni oʻz yurituviga olganligi toʻgʻrisida qaror chiqaradi, shundan soʻng surishtiruvni boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3817-modda. Surishtiruv yuritish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi boʻyicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qoʻshimcha ravishda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida ish yurituviga ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat boʻyicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan boʻlsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituviga ajratilgan boʻlsa, oʻsha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan paytdan eʼtiboran hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish ayblov dalolatnomasi bilan, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni surishtiruv tamomlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv muddatiga quyidagilar kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) surishtiruv toʻxtatib turilgan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qoʻshimcha surishtiruv oʻtkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish surishtiruvchiga kelib tushgunga qadar oʻtgan vaqt.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan surishtiruv muddati prokuror tomonidan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish qoʻshimcha surishtiruv oʻtkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek toʻxtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qoʻshimcha surishtiruv muddati mazkur ishni surishtiruvchi qabul qilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3818-modda. Surishtiruvning surishtiruvchilar guruhi tomonidan amalga oshirilishi hamda tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi koʻp mehnat talab etsa, juda murakkab yoki oʻta dolzarb boʻlsa, prokuror yoki surishtiruv boʻlinmasining boshligʻi shu ish boʻyicha surishtiruv ishlarini yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan surishtiruvchilar guruhiga topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchilar guruhini tuzish tartibi, guruh rahbari va aʼzolarining vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi tartibi ushbu Kodeksning 354 — 357-moddalarida belgilangan tergovchilar guruhini tuzish, guruh rahbarining va guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilarning vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarini bir necha tergovchilar tomonidan bajarish tartibi bilan bir xil belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3819-modda. Surishtiruvni toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv surishtiruvchining qarori bilan ushbu Kodeksning 364 — 371-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga surishtiruvchi tomonidan faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar surishtiruv ushbu Kodeksning 364-moddasi 1-bandida belgilangan asoslarga koʻra toʻxtatilgan boʻlsa, surishtiruvchi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar orqali ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash va uni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38110-modda. Surishtiruvni tamomlash turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarish, ayblov dalolatnomasi, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38111-modda. Jinoyat ishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlganda jinoyat ishini tugatish ushbu Kodeksning 63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchining jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ushbu Kodeksning 374-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi ishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy daʼvogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qoʻzgʻatilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakillariga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda surishtiruvchi bu haqda yetti kunlik muddat ichida yozma tarzda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38112-modda. Ayblov dalolatnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi toʻplangan dalillarni ishni sudga oʻtkazish uchun yetarli deb topsa, ayblov dalolatnomasi tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov dalolatnomasi soddalashtirilgan shaklda tuziladi va surishtiruvda aniqlangan holatlar, ayblanuvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, eʼlon qilingan ayblovning mazmuni, shuningdek surishtiruv davomida aniqlangan va ushbu jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Ayblov dalolatnomasining namunaviy shakli Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov dalolatnomasiga sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning yashash joyi koʻrsatilgan roʻyxati, shuningdek gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan qancha vaqt qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tariqasidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilganligi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, hukmning fuqaroviy daʼvo va boshqa mulkiy undirishlar boʻyicha qismi ijrosini taʼminlash choralari, sud chiqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi.
(38112-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash zarur boʻlgan hollarda, ushbu Kodeksning 380-moddasi uchinchi qismiga muvofiq mazkur shaxslarning tegishli roʻyxati tuziladi va sudga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38113-modda. Jinoyat ishi tamomlanganidan keyin undagi materiallar bilan tanishib chiqish huquqini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov dalolatnomasi tuzilganidan soʻng surishtiruvchi ayblanuvchi va himoyachiga surishtiruv tamomlanganligini eʼlon qiladi, ularga ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishga doir huquqlarini tushuntiradi va tanishib chiqish uchun ishni tikilgan hamda raqamlangan koʻrinishda, hujjatlarning har bir jildini roʻyxati bilan taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ish tugatilgan boʻlsa, surishtiruvchi bu haqda va ish materiallari bilan tanishish huquqi haqida gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, himoyachini xabardor qiladi hamda ularning iltimosiga binoan ularga tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi surishtiruv tamomlanganligi va ish ayblov dalolatnomasi bilan sudga yuborilishi yoki ish tugatilganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga xabar qiladi, basharti ular xohlasalar, barcha ish materiallari bilan tanishib chiqish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi. Soʻng surishtiruvchi koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilarining iltimosiga muvofiq, tanishib chiqish uchun ularga ishni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida tergov harakatlari bayonnomasining kirish qismlari tanishib chiqish uchun taqdim qilinmasligi mumkin. Bunday hollarda bayonnomalarning koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kirish qismlari muhrlangan holda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ayblanuvchining himoyachisi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning vakili uzrli sabablarga binoan belgilangan vaqtda ish materiallari bilan tanishib chiqish uchun kela olmasa, surishtiruvchi tanishib chiqish muddatini koʻpi bilan besh sutkaga kechiktirishi mumkin. Himoyachi yoki vakil bu muddat ichida kelmagan taqdirda ayblanuvchiga boshqa himoyachini taklif qilish, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgarga boshqa vakil chaqirish uchun imkoniyat yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bilan tanishib chiqayotgan shaxs ishdagi hujjatlardan koʻchirmalar yozib olishga haqlidir, davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bundan mustasno. Surishtiruvchi ayblov dalolatnomasi va ishdagi materiallar bilan tanishib chiqqanlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bilan tanishib chiqqanidan keyingi ogʻzaki iltimoslarni surishtiruvchi bayonnomaga kiritadi. Protsess ishtirokchisi yozma tarzda alohida iltimosnoma berishi mumkin, bu haqda bayonnomada yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38114-modda. Iltimoslar qilish va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish bilan tanishib chiqishgach yoki biror sababga koʻra tanishib chiqishdan bosh tortganlaridan keyin surishtiruvchi ulardan qoʻshimcha surishtiruv harakatlarini oʻtkazish yoki yangi qarorlar qabul qilish xususida iltimoslari bor yoki yoʻqligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning arizasiga binoan ularga iltimosnomalar tayyorlash va taqdim qilish uchun ikki sutka doirasida vaqt berilishi mumkin. Surishtiruvchi iltimosnomani toʻla yoki qisman rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va bu haqda iltimosnoma berilgan vaqtdan boshlab uch sutka ichida arizachiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi iltimosni qondirish rad qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishib chiqqanidan keyin ikki sutka ichida prokurorga rad etilganlik ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38115-modda. Jinoyat ishi bilan qayta tanishtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi iltimos qondirilganidan keyin, u kim tomonidan va kimlarning manfaatlari yoʻlida bildirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, zarur hollarda bayon qilingan tergov va boshqa protsessual harakatlarni oʻtkazgandan hamda ayblov dalolatnomasini qayta tuzgandan soʻng, ayblanuvchi, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ayblov dalolatnomasi va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan yana tanishib chiqish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38116-modda. Jinoyat ishining prokurorga yuborilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov dalolatnomasi surishtiruvchi tomonidan imzolanadi va surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi bilan kelishilganidan soʻng, jinoyat ishi darhol prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38117-modda. Surishtiruvchining harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar surishtiruv boʻlinmasi boshligʻiga yoki ishni tergov qilishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan prokurorga beriladi.
(461-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-bob. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning qonunlarning ijro etishi ustidan nazorat
(47-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382-modda. Prokurorning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini yuritishda qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat prokuror tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etilgani toʻgʻrisidagi ariza va xabarlarni koʻrish hamda hal qilish, tekshirishni amalga oshirishning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi, chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi surishtiruv va dastlabki tergov organlarining qonunlarning ijro etilishi ustidan olib boradigan nazoratining sohasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirib, prokuror oʻz vakolati doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan hamda tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan ishlarni tekshirish uchun, sodir etilgan jinoyatlarga oid tezkor-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov ishlarining borishiga doir hujjatlarni, materiallarni va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi; sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi ariza va maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va hal etish toʻgʻrisidagi qonun talablari qay darajada ijro etilayotganligini har oy kamida bir marta tekshiradi;
(382-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruvchilar va tergovchilarning shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;
(382-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida iltimosnoma qoʻzgʻatish jinoyat tavsifini belgilash, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi;
(382-moddaning uchinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoxud uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi;
(382-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoxud ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi;
(382-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi;
(382-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni asosida oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi;
(382-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoxud iltimosnomaga rozilik beradi;
(382-modda uchinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tintuv oʻtkazish haqida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi;
(382-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuniga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohlarning va jabrlanuvchilarning (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan aybga iqrorlik toʻgʻrisida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kelishuv tuzadi;
(382-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlash, majburiy keltirish, qidirish haqidagi qarorlar, sudning qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimini ijro etishni, shuningdek prokuror yoki prokuratura tergovchisi yurituvidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi;
(382-moddaning uchinchi qismi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, ushbu Kodeksga muvofiq har qanday ish boʻyicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni toʻliq amalga oshiradi;
(382-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-181-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 390-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy daxlsizligi, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar hamda boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlari sir saqlanishi huquqlarini cheklovchi hamda abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar haqida axborot olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining hamda tergovchining boshqa harakatlariga ruxsat beradi;
(382-modda uchinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki tergov va surishtiruv muddatlarini ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda uzaytiradi;
(382-modda uchinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qoʻshimcha tergov oʻtkazish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalari bilan qaytaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishini prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda esa, bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga oʻtkazadi;
(382-modda uchinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruvchini yoki tergovchini, basharti ular ishning tergovi chogʻida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsalar, surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishlarini davom ettirishdan chetlatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlari qoʻzgʻatadi yoki ularni qoʻzgʻatishni rad etadi, ishlarni tugatadi yoxud yuritilishini toʻxtatadi; qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchi yoki surishtiruvchining ishni tugatishiga rozilik beradi; ayblov xulosasi, ayblov dalolatnomasi yoki qarorini tasdiqlaydi, ishlarni sudga yuboradi.
(382-modda uchinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibga muvofiq surishtiruv va dastlabki tergov organlariga hamda tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tergovga qadar tekshirish oʻtkazish, ishlarni qoʻzgʻatish va tergov qilish bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatmalari ana shu organlar uchun majburiydir.
(382-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383-modda. Koʻp voqeali jinoyat ishlari boʻyicha prokurorning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki uning oʻrinbosari koʻp voqeali jinoyat ishlari boʻyicha ayblovning ayrim voqealari yuzasidan muayyan shaxsga nisbatan toʻplangan dalillarni ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tuzish uchun yetarli deb eʼtirof etsa, shu voqealar boʻyicha tergovni tamomlash va ishni sudga yuborish haqida yozma koʻrsatma berishga haqli.
(383-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384-modda. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror hal etishi lozim boʻlgan masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki uning oʻrinbosari tergovchidan ayblov xulosasi yoki surishtiruvchidan ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini oʻrganib chiqishi va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ayblanuvchi zimmasiga qoʻyilayotgan qilmish sodir etilgan yoki etilmaganligini va bu qilmishda jinoyat tarkibi bor-yoʻqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qoʻyilgan ayb ishdagi mavjud dalillar bilan asoslantirilgan-asoslantirilmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ayblanuvchining isbotlangan barcha jinoiy qilmishlari ayblov mazmuniga kiritilgan-kiritilmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jinoyati fosh qilingan barcha shaxslar ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan-qilinmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ayblovni yoki ishni tugatishga sabab boʻladigan holatlar bor-yoʻqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ayblanuvchining qilmishlariga toʻgʻri yoki notoʻgʻri tavsif berilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) ehtiyot chorasi toʻgʻri yoki notoʻgʻri tanlanganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) fuqaroviy daʼvoni va boshqa mulkiy undirishlarni taʼminlash choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlangan-aniqlanmaganligini hamda ularga barham berish choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) tergov sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona oʻtkazilgan-oʻtkazilmaganligini, barcha vajlar tekshirilganligini va himoyaning iltimosnomalari koʻrib chiqilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) ishni birlashtirishda yoki ajratishda ushbu Kodeksning 332-moddasi talablariga rioya etilgan-etilmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning 379, 380 va 38112-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuzilgan-tuzilmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) surishtiruvchi va tergovchi ushbu Kodeksning boshqa talablariga rioya qilgan-qilmaganligini tekshirishi shart.
(384-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
385-modda. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokurorning qarori
(385-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki uning oʻrinbosari ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini koʻpi bilan besh sutkada koʻrib chiqishi va quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishni sudga yuborish uchun asoslar mavjud deb topib, ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oʻz qarori bilan ayblov mazmunidan ayrim bandlarni chiqarib tashlash, yengilroq jinoyatni nazarda tutuvchi qonunni qoʻllash va shu oʻzgartirishlar bilan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun ishni oʻz koʻrsatmalari bilan surishtiruvchi yoki tergovchiga qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) surishtiruv oʻtkazilgan jinoyat ishini tergovga tegishlilik qoidalari buzilganligi aniqlangan yoki ushbu Kodeksning 3815-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda dastlabki tergov organiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ishni yuritishni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ishni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish.
(385-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ayblovni toʻldirish yoki uni ogʻirlashtirish tomoniga yoxud haqiqiy holatlarga koʻra avvalgi ayblovdan jiddiy farq qiladigan tomonga oʻzgartirish talab qilinsa, prokuror yoki uning oʻrinbosari qoʻshimcha yoki oʻzgartirilgan ayb eʼlon qilish uchun ishni qoʻshimcha tergovga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
386-modda. Ehtiyot chorasi toʻgʻrisida qaror
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi boʻyicha prokuror yoki uning oʻrinbosari ehtiyot chorasini oʻz qarori bilan bekor qilishga, oʻzgartirishga yoki ilgari ehtiyot chorasi tanlanmagan boʻlsa, shunday chorani tatbiq etishga haqlidir. Bunda ushbu Kodeksning 28-bobidagi qoidalar qoʻllaniladi.
(386-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
387-modda. Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxatini oʻzgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi sudga yuborilgunga qadar prokuror yoki uning oʻrinbosari sud majlisiga chaqiriladigan shaxslarning roʻyxatini oʻz qarori bilan qisqartirish yoki toʻldirishga haqlidir. Bunda ayblanuvchilar, muomala layoqatiga ega boʻlgan jabrlanuvchilar, voyaga yetmagan ayblanuvchilarning qonuniy vakillari, shuningdek fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan shaxslar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar va ularning vakillari roʻyxatdan tushirib qoldirilishi mumkin emas. Dastlabki tergovda yoki surishtiruvda guvoh sifatida soʻroq qilinmagan va ekspert sifatida xulosa bermagan shaxslar roʻyxatga qoʻshimcha qilib kiritilishi mumkin emas.
(387-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
388-modda. Jinoyat ishini sudga yuborish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki uning oʻrinbosari ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, jinoyat ishini tegishli sudga yuboradi. Shu sudga ish bilan birga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlar yuboriladi.
(388-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki uning oʻrinbosari ishning sudga yuborilganligi haqida ayblanuvchiga va himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga darhol xabar qiladi va, agar iltimoslari boʻlsa, ularni sudga yuborishga yoki sud majlisida bayon qilishga haqli ekanliklari toʻgʻrisida maʼlum qiladi. Ayni vaqtda prokuror yoki uning oʻrinbosari ayblanuvchiga va himoyachiga ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi va unga qilingan ilovalarning tasdiqlangan nusxalarini yuboradi, sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslar roʻyxati bundan mustasno, basharti ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud ilovaga oʻzgartishlar kiritilgan boʻlsa, ularni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi ham yuboriladi.
(388-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ayblanuvchi qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar prokurorning topshirigʻiga koʻra unga qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati tomonidan ular kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat hujjatlar topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi.
(388-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻNINCHI BOʻLIM
BIRINCHI INSTANSIYA SUDIDA ISH YURITISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-bob. SUDLOVGA TEGISHLILIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
389-modda. Jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudloviga harbiy sudlarning sudloviga tegishli boʻlgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir sudda koʻrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʻyicha sud muhokamasi paytida sudlanuvchi tomonidan boshqa sud sudloviga tegishli jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, ishni koʻrib chiqish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 311-moddasida nazarda tutilgan protsessual majburlov choralarini sudga qadar ish yuritish bosqichida qoʻllash, shuningdek protsessual harakatlarni amalga oshirish masalalari tergov sudyalari sudloviga tegishlidir.
(389-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy sudlarning sudloviga tegishli ishlar qonunchilik bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudloviga oʻta murakkab va ahamiyatli ishlar tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi jinoyat ishini, agar u mazmunan oʻta murakkab va ahamiyatli boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga koʻrish uchun topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining raisi, viloyat, Toshkent shahar sudining raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi jinoyat ishini, agar u mazmunan oʻta murakkab boʻlmasa, jinoyat ishlari boʻyicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek hududiy harbiy sudga koʻrish uchun topshirishga haqli.
(389-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
390-modda. Yuqori sudning oʻzi koʻrishi uchun quyi sud sudloviga tegishli jinoyat ishini olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori sud quyi sud sudloviga tegishli har qanday jinoyat ishini birinchi instansiya sudi tariqasida oʻzi koʻrish uchun olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391-modda. Jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi jinoyat sodir etilgan joydagi sudda koʻriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etilgan joyni aniqlash imkoniyati boʻlmasa, ish dastlabki tergov yoki surishtiruv tamom boʻlgan hududdagi sud tomonidan koʻriladi.
(391-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoqqa choʻzilgan yoki davomli jinoyatlarga doir ishlar jinoyat qaysi hududda tamomlangan yoki toʻxtatilgan boʻlsa, shu hududdagi sudning sudloviga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392-modda. Jinoyat ishlari birlashtirilganda ularning sudlovga tegishliligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha shaxsni turli hududlarda sodir etgan jinoyatlari uchun ayblash toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari, shuningdek bir shaxsni bir necha jinoyatni sodir etishda ayblash toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari birlashtirilganda, agar bu ishlar bir xil darajadagi ikki yoki bir necha sudning sudloviga tegishli boʻlsa, ish dastlabki tergov yoki surishtiruv qaysi hududda tamomlangan boʻlsa, shu hududdagi sud tomonidan koʻriladi.
(392-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxs yoki bir guruh shaxslar turli darajadagi sudlarning sudloviga tegishli bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan boʻlsa, bunday ishlar yuqori sud tomonidan koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ish boʻyicha bir shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblansalar va bu shaxslardan loaqal biri yoki jinoyatlardan biri haqidagi ish harbiy sudning sudloviga tegishli boʻlsa, barcha jinoyatlar va barcha shaxslarga doir ish harbiy sud tomonidan koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393-modda. Jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi toʻla, xolisona va oʻz vaqtida koʻrilishini taʼminlash maqsadida ishni bir suddan boshqa sudga yuqori sud raisi qarori bilan oʻtkazish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni boshqa viloyatdagi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sudga oʻtkazish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti sudya jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash masalasini hal qilish chogʻida ish mazkur sudning sudloviga tegishli emasligini aniqlasa, ishni sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning oʻtkazilishiga faqat ish sud majlisida koʻrila boshlangunga qadar yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish shu darajadagi boshqa sudning sudloviga tegishli ekani sud majlisida maʼlum boʻlib qolsa, ishning holatlarini toʻla tekshirishga zarar yetkazmaydigan boʻlsa, sud ishni koʻrishni davom ettiraveradi, aks holda sud ishni sudlovga tegishliligiga koʻra boshqa sudga yuborib, bu haqda ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud oʻz majlisida ishning yuqori sud yoki harbiy sud sudloviga tegishliligini aniqlagach, uni tegishli sudga yuborib, bu xususda ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori sudning sud majlisida koʻrila boshlangan ishni quyi sudga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394-modda. Sudlovga tegishlilik xususida tortishuvga yoʻl qoʻyilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlovga tegishlilik xususida sudlar oʻrtasida bahs boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda bir suddan boshqa sudga yuborilgan jinoyat ishi albatta koʻrib chiqish uchun qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-bob. JINOYAT ISHINI SUDDA KOʻRISH UCHUN TAYYORLASH
(49-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
395-modda. Kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha sudyaning harakatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya jinoyat ishini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi yoxud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishni sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishni sudda koʻrish uchun tayinlash haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarga doir ajrim sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetti sutkadan kechiktirmay qabul qilinadi. Bu muddat shu sudning raisi tomonidan koʻpi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
(395-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
396-modda. Sudga kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ushbu Kodeks 395-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarni hal etishda jinoyat ishi boʻyicha har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishning sud majlisida koʻrilishi uchun asoslar yetarlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish chogʻida ushbu Kodeksning talablariga rioya qilinganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻri tanlanganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning talablariga muvofiq tuzilganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar bormi.
(396-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
397-modda. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim
(397-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda:
(397-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
(397-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudyaning lavozimi va familiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, Jinoyat kodeksining unga nisbatan eʼlon qilingan aybga doir moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ishning sud majlisida koʻrilishi uchun yetarli asoslar borligi toʻgʻrisidagi xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sudlanuvchilarga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi qaror;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sud muhokamasida davlat ayblovchisining va himoyachining ishtiroki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ishning ochiq yoki yopiq sud majlisida koʻrilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) sud muhokamasining joyi va vaqti koʻrsatilishi lozim.
(397-moddaning 6 va 7-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan 6, 7 va 8-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
398-modda. Mulkiy zararni qoplashni taʼminlash choralari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilganda jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilmaganligini va bunday choralar bevosita sud tomonidan koʻrilishi mumkin emasligini aniqlagach, oʻz ajrimi bilan surishtiruvchining yoki tergovchining zimmasiga zarur choralar koʻrish vazifasini yuklaydi.
(398-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(399-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(400-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(401-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4011-modda. Dastlabki tergovning texnik yoʻsindagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun ishni prokurorga yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv yoki dastlabki tergov jarayonida yoʻl qoʻyilgan texnik yoʻsindagi kamchiliklar, shu jumladan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va arifmetik xatolar aniqlangan taqdirda, sudya ularni bartaraf etish uchun ishni prokurorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik yoʻsindagi kamchiliklar bartaraf etilganidan va ish prokuror tomonidan qaytarilganidan keyin besh sutka ichida sud ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalarga koʻra jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash bilan bogʻliq masalalarni hal etadi.
(4011-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402-modda. Protsess ishtirokchilarini jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya jinoyat ishi sudda muhokama qilish uchun tayinlangandan soʻng prokuror, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek sudlanuvchi, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga, basharti ular surishtiruv yoki dastlabki tergov davrida ish materiallari bilan tanishtirilmagan boʻlsalar, ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishlari va oʻzlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni koʻchirib olishlariga imkoniyat yaratishi shart.
(402-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4021-modda. Yopiq sud majlisi maʼlumotlarini oshkor qilmaslik majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi. Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.
(4021-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403-modda. Sud majlisiga chaqirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida koʻrsatilgan shaxslarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisida farmoyish beradi, shuningdek sud majlisiga tayyorgarlik bilan bogʻliq boshqa choralarni koʻradi.
(403-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(404-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405-modda. Sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilish muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini sudda muhokama qilishga tayinlash toʻgʻrisida sudyaning ajrimi chiqarilgan vaqtdan boshlab koʻpi bilan oʻn sutkada sud ishni koʻrishni boshlashi lozim.
(405-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini koʻrish toʻxtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan toʻrt oygacha uzaytirilishi mumkin.
(405-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarda jinoyat ishlarini koʻrib chiqish muddatini toʻrt oydan koʻproqqa uzaytirishga alohida hollarda faqat murakkab va koʻp voqeali ishlar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. Birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan besh oygacha boʻlgan bunday uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari va olti oygacha boʻlgan shunday uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
(405-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4051-modda. Ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan eʼtiboran bir oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini koʻrish toʻxtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan ikki oygacha uzaytirilishi mumkin.
(4051-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
491-bob. JINOYAT ISHI BOʻYICHA DASTLABKI ESHITUV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4052-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv ushbu bobda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, sud muhokamasining umumiy qoidalari boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4053-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sud taraflarning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki eshituv quyidagilar uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) nomaqbul dalillarni ishdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida taraflardan birining iltimosi mavjud boʻlsa, ushbu dalillarni chiqarib tashlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4054-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
(4054-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudyaning lavozimi va familiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ayblanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va Jinoyat kodeksining unga nisbatan ayblov qoʻyilayotgan moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) iltimosnoma kiritgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va protsessual maqomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) dastlabki eshituv ishtirokchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) dastlabki eshituv oʻtkaziladigan joy va vaqt.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4055-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv sudya tomonidan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan paytdan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay boshlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki eshituvni oʻtkazish davomiyligi dastlabki eshituv boshlangan kundan eʼtiboran oʻn sutkadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4056-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisidagi bildirish dastlabki eshituv oʻtkaziladigan kunga qadar kamida uch sutka oldin yuborilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ayblanuvchi, uning himoyachisi, qonuniy vakili va davlat ayblovchisi ishtirok etishi shart.
(4056-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki eshituv ayblanuvchi yoʻqligida uning iltimosiga koʻra yoki basharti sud muhokamasini ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlsa, taraflardan birining iltimosiga koʻra oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz vaqtida xabardor qilingan jabrlanuvchining va uning vakilining, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning hamda ular vakillarining sud majlisiga kelmaganligi dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi dastlabki eshituv boʻyicha sud majlisini belgilangan vaqtda ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, himoyachi, sud majlisining kotibi ekanligini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi. Keyin raislik qiluvchi, agar jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishda ishtirok etayotgan boʻlsa, ayblanuvchining qonuniy vakilining, jabrlanuvchining, uning vakilining shaxsini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sud majlisi ishtirokchilariga ularning sudyani, davlat ayblovchisini, sud majlisi kotibini va sud majlisining boshqa ishtirokchilarini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. Bildirilgan rad qilishlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi ayblanuvchidan, shuningdek sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki eshituvni oʻtkazish raislik qiluvchining maʼruzasi bilan boshlanadi, maʼruzadan keyin u sud majlisida hozir boʻlganlarni eshitadi. Soʻngra jinoyat ishiga doir materiallar tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir taraf nomaqbul dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma bergan boʻlsa, sudya boshqa tarafdan unda mazkur iltimosnomaga qarshi eʼtirozi bor-yoʻqligini surishtiradi. Eʼtirozlar mavjud boʻlmagan va dalillarni nomaqbul deb eʼtirof etish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda sudya iltimosnomani qanoatlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari, agar ushbu dalillar ish uchun ahamiyatli boʻlsa, qanoatlantirilishi kerak. Shundan soʻng davlat ayblovchisining va himoyachining dastlabki eshituvda hal etilayotgan masalalar yuzasidan fikri eshitiladi. Davlat ayblovchisining va himoyachining fikrini eshitgach, raislik qiluvchi ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi, ushbu ajrim sud majlisida oʻqib eshittirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki eshituv natijalari boʻyicha sudya ushbu Kodeksning 40514-moddasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki eshituv jarayonida sud majlisi kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha bayonnoma yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4057-modda. Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish va qayta tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish chogʻida ayblanuvchining yashiringanligi aniqlansa, sudya ushbu ayblanuvchiga nisbatan ish yuritishni toʻxtatib turish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, bundan ushbu Kodeksning 410 va 418-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bir vaqtning oʻzida ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish masalasi hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli kasallikka chalinganligi sud-tibbiy ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda, sudya ishni yuritishni ayblanuvchi sogʻayguniga qadar toʻxtatib turish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish uning toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida sudya ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4058-modda. Toʻxtatib turilgan jinoyat ishini prokurorga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 4057-moddasining birinchi qismiga muvofiq yuritilishi toʻxtatib turilgan jinoyat ishi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ayblanuvchini qidirish choralarini koʻrish uchun oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4059-modda. Jinoyat ishini toʻxtatib turish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeks 4057-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda — ayblanuvchi topilguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeks 4057-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda — ayblanuvchi sogʻayguniga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40510-modda. Jinoyat ishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 83-moddasida, 84-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda sud jinoyat ishini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ajrimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishini tugatish asoslari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtiyot choralarini, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish haqidagi masalalar hal etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.
(40510-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ushbu Kodeks 84-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ishni tugatishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutka ichida prokurorga yuboriladi, oʻziga nisbatan ish tugatilgan shaxsga va jabrlanuvchiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40511-modda. Nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi, himoyachi va davlat ayblovchisi jinoyat ishi materiallaridagi har qanday dalilni, agar ularni nomaqbul dalillar deb hisoblasa, chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma jinoyat ishi sudga ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi bilan birga yuborilganidan keyin, ayblov dalolatnomasining yoki ayblov xulosasining koʻchirma nusxasi olingan kundan eʼtiboran uch sutka ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomaning koʻchirma nusxasi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga, shuningdek jabrlanuvchiga iltimosnoma sudga taqdim etilgan kunda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) taraf chiqarib tashlanishini iltimos qilayotgan dalil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar qonunga xilof usullar bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki ularning huquqlarini cheklagan yoxud ushbu Kodeks talablarini buzgan holda olinganligiga asoslangan holda ularni chiqarib tashlash toʻgʻrisida himoya tarafi tomonidan berilgan iltimosnomani koʻrib chiqish chogʻida himoya tarafi taqdim etgan vajlarni rad etish prokurorning zimmasida boʻladi. Qolgan hollarda buni isbotlash vazifasi iltimosnoma bergan tarafning zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, mazkur dalil yuridik kuchini yoʻqotadi va u hukmga yoki boshqa sud qaroriga asos boʻlishi, shuningdek sud muhokamasi jarayonida bu dalilni tekshirish va undan foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni mazmunan koʻrish davomida ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish masalasi taraflarning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40512-modda. Jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini, tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya jinoyat ishining sud tomonidan koʻrib chiqilishiga doir toʻsqinliklarni bartaraf etish uchun uni taraflarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda prokurorga yuboradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi ushbu Kodeksning talablari buzilgan holda tuzilgan boʻlsa va bu mazkur ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi asosida sud tomonidan hukm yoki boshqa qaror chiqarish imkoniyatini istisno etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan birga sudga yuborilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tuzish zarurati boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jinoyat ishlarini birlashtirish uchun ushbu Kodeksning 332-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ayblanuvchi jinoyat ishi materiallari bilan tanishish chogʻida unga ushbu Kodeksning 375 va 38113-moddalarida nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ayblov dalolatnomasida yoki ayblov xulosasida, jinoyat ishini tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorda bayon etilgan haqiqiy holatlar ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida malakalash uchun asoslar mavjudligidan dalolat bersa yoki bunday holatlar mavjudligi dastlabki eshituv jarayonida aniqlangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra jinoyat ishini prokurorga yuborishda sud ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflash uchun asos boʻlgan holatlarni koʻrsatishi shart. Bunda sud jinoyatni yoki ijtimoiy xavfli qilmishni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qaysi moddasi bilan tavsiflash lozimligini koʻrsatishga, shuningdek dalillarni baholash toʻgʻrisida, ayblanuvchining aybdorligi haqida xulosa qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya jinoyat ishini prokurorga yuborishda ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi masalani hal etadi. Zarur boʻlgan taqdirda sudya ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatini tergov ishlarini yuritish va boshqa protsessual harakatlarni bajarish uchun ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan muddatlarni inobatga olgan holda uzaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40513-modda. Jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki eshituv vaqtida ushbu Kodeksning 392-moddasida nazarda tutilgan, jinoyat ishi kelib tushganidan keyin yuzaga kelgan asoslar aniqlangan taqdirda, sudya oʻz tashabbusi bilan yoki taraflarning iltimosnomasiga koʻra jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40514-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya dastlabki eshituvni oʻtkazish natijalari boʻyicha quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish yoki ajratish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirishni rad etish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim chiqarilgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay uni chiqargan sud tomonidan ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40515-modda. Sud ajrimi ustidan shikoyat berish va protest keltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat, xususiy protest berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy shikoyat, xususiy protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, sud uni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yigirma toʻrt soat ichida yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay xususiy shikoyat, xususiy protest bilan birga koʻrib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyat, xususiy protestni koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni, protestni esa — qanoatlantirmay qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgartirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilishga va ishni mohiyatan koʻrib chiqish uchun sudga yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi ajrimni chiqargan sudga apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi bekor qilingan hollarda ish birinchi instansiya sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash bosqichidan boshlab umumiy qoidalarga asosan koʻrib chiqiladi.
(491-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-bob. SUD MUHOKAMASINING UMUMIY SHARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406-modda. Jinoyat ishini muhokama qilish chogʻida sud tarkibining oʻzgarmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir jinoyat ishi bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407-modda. Zaxiradagi xalq maslahatchisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qiladigan boʻlsa, ishda zaxiradagi xalq maslahatchisi qatnashishi mumkin boʻlib, u ishni muhokama qilish boshlangan paytdan eʼtiboran sud majlisi zalida hozir boʻladi va sudyaning huquqlaridan foydalanadi, sud maslahatlashuvlarida va ish boʻyicha qaror chiqarish vaqtida qatnashish huquqi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq maslahatchisi sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda zaxiradagi xalq maslahatchisi uning oʻrnini egallaydi va ishni muhokama qilish davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
408-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida shu sudning raisi, uning oʻrinbosari yoki sudya raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sud majlisiga rahbarlik qiladi, ishning barcha holatlarini sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirish hamda haqiqatni aniqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hamma choralarni koʻradi, koʻrilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan holatlarni sud muhokamasiga kiritmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sud majlisi zalida tartibga rioya qilinishini taʼminlaydi. Uning farmoyishlari taraflar va barcha hozir boʻlganlar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflardan yoki boshqa shaxslardan birortasi raislik qiluvchining harakatlariga eʼtiroz bildirgan taqdirda bu eʼtirozlar sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
409-modda. Sud muhokamasida prokurorning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni koʻrishda ishtirok etib, davlat ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi, Jinoyat kodeksining normalarini qoʻllash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo turini va meʼyorini tayinlash toʻgʻrisida hamda sud hal etishi lozim boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan oʻz fikrini bayon qiladi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar xususida oʻz fikrini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror davlat ayblovini quvvatlar ekan, ushbu Kodeksning, Oʻzbekiston Respublikasi boshqa qonunlarining talablariga va ishning barcha holatlarini qarab chiqishga asoslangan oʻz ishonchiga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovi maʼlumotlari asosida prokuror sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovni oʻzgartirish zarur degan xulosaga kelsa, u bu haqda sudga asoslantirilgan bayonot berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi natijasida prokuror sud tergovi maʼlumotlari sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi degan ishonchga kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga bayon qilishi shart. Prokurorning ayblovdan voz kechishi sud tomonidan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga koʻra tugatishga sabab boʻladi.
(409-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror ayblovning mazmunini oʻzgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi fikrini sudga yozma ravishda taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror, basharti fuqarolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini muhofaza etish maqsadlari talab qilsa, daʼvo qoʻzgʻatadi yoki jabrlanuvchi tomonidan qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni quvvatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror jinoyat ishlarini koʻrishda yoki hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni yoxud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda boshqa masalalarni hal etishda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ishtirok etadi.
(409-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
410-modda. Sud muhokamasida sudlanuvchining ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining majlisida jinoyat ishi sudlanuvchining ishtirokida muhokama qilinadi, sudlanuvchining sudga kelishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudga kelmagan sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shuningdek unga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllashga yoki ehtiyot chorasini oʻzgartirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning sudlanuvchi ishtirokisiz muhokama qilinishiga sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan va sudga kelishdan boʻyin tovlagan, uning yoʻqligi ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirdagina yoxud u ushbu Kodeks 272-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
411-modda. Jabrlanuvchining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi sud majlisiga kelmasa, sud jabrlanuvchining ishtirokisiz ishdagi barcha holatlarni toʻla aniqlash hamda uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mumkin yoki mumkin emasligiga qarab, jinoyat ishini muhokama qilish yoki keyinga qoldirish masalasini hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi sud majlisiga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda sud uni majburiy keltirish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
412-modda. Prokurorning, himoyachining, jamoat ayblovchisining, jamoat himoyachisining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda jinoyat ishini muhokama qilish keyinga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachi sud majlisiga kelmasa, uni boshqa himoyachi bilan almashtirishga faqat sudlanuvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Shu sud majlisida himoyachini almashtirish imkoniyati boʻlmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sudga kelmay qolsa, ishning holatlariga qarab, sud ishni ular ishtirokisiz koʻrish mumkinligi yoki muhokamani keyinga qoldirish masalasini hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga yangi kirishgan prokurorga yoki himoyachiga sud muhokamasida ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrish uchun zarur vaqt berilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki himoyachining uzrsiz sabablarga koʻra sudga kelmaganligi toʻgʻrisida sud tegishlicha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar qiladi. Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda sud bu haqda tegishli jamoat birlashmasiga yoki jamoaga xabar qiladi.
(412-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
413-modda. Fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgarning sud majlisiga kelmasligi oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvogar yoki uning vakili sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud fuqaroviy daʼvoni koʻrmaydi; bu holda mulkiy zarar koʻrgan shaxsning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qilish huquqi saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud fuqaroviy daʼvoni fuqaroviy daʼvogarning iltimosiga koʻra uning ishtirokisiz koʻrishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti fuqaroviy daʼvoni prokuror quvvatlasa yoki sud uni koʻrish zarur deb topsa, fuqaroviy daʼvogar yoki uning vakili kelish-kelmasligidan qatʼi nazar, sud fuqaroviy daʼvoni koʻraveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy javobgar yoki uning vakilining sud majlisiga kelmasligi fuqaroviy daʼvoni koʻrishni toʻxtatmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
414-modda. Sud muhokamasining doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va eʼlon qilingan ayblov boʻyicha olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(414-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan chiqariladi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
415-modda. Ayblovning sud tomonidan oʻzgartirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ayblovni oʻzgartirishga haqli. Bunda ayblovning bir qismi yoki jinoyatning tavsifiy alomatlari chiqarib tashlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud surishtiruvda, dastlabki tergovda eʼlon qilingan ayblovni ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirishga yoki toʻldirishga haqli.
(415-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4151-modda. Surishtiruvning, dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv, dastlabki tergovning toʻliq emasligi yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlari jinoyat ishini koʻrib chiqish chogʻida sud tomonidan bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchiga nisbatan ayblovni ogʻirrogʻi bilan yoki haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda, sud surishtiruv, dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalariga muvofiq bartaraf etadi.
(4151-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
416-modda. Sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qoʻyilmagan jinoyatni sodir etganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash tartibi davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra amalga oshiriladi.
(416-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada ayblovni toʻldirish bilan bogʻliq protsessual harakatlarning oʻtkazilishi zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud berilgan iltimosnoma boʻyicha uni qanoatlantirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirmasdan qoldirish haqida ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni toʻldirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini koʻrsatadi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada koʻrsatgan holda topshiradi.
(416-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha protsessual harakatlar natijalariga koʻra davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror sudga yigʻilgan dalillarni taqdim etadi, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimchani oʻqib eshittiradi hamda uning koʻchirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi.
(416-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish haqida ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud sudlanuvchining, uning himoyachisining iltimosnomasi boʻyicha ularning prokuror tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va xulosaga eʼtirozlar taqdim etishga boʻlgan huquqini taʼminlaydi.
(416-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi va uning himoyachisi huquqlarini taʼminlash uchun sud majlisida oʻn sutkagacha tanaffus eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi belgilangan muddatda ijro etilmagan yoki dastlabki ayblovni oʻzgartirish yoki toʻldirish uchun dalillarni aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, sud jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida sud muhokamasini davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimini ijro etish natijalari boʻyicha yoki sud muhokamasi jarayonida taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻplangan qoʻshimcha dalillar va aniqlangan holatlar asosida prokuror ogʻirroq ayblovga oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan ayblov asosida yoxud haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov asosida qarorning taʼrifini taraflar muzokaralarida sudga taqdim etadi.
(416-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan uchinchi — oʻn ikkinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(416-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
417-modda. Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud tergovi vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taxmin qilinayotgan jinoyat koʻrilayotgan ish bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va bu ishlarni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror yoki jabrlanuvchi, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra sud boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslarni aniqlash yuzasidan tegishli protsessual harakatlarni bir oygacha boʻlgan muddatda oʻtkazishni ish boʻyicha ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga topshirish haqida ajrim chiqaradi.
(417-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish bilan bogʻliq protsessual harakatlarni amalga oshirish zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ajrimini ijro etish natijalariga koʻra davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror sudga yangidan tuzilgan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud ularga qoʻshimchani taqdim etadi hamda uning koʻchirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi.
(417-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari eʼlon qilingan ayblov boshqa shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan oʻzgartirilgan taqdirda, sud ishni koʻrishni sud muhokamasining umumiy shartlari boʻyicha qayta tiklaydi. Bunday hollarda sud muhokamasining muddati oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan ayblov boʻyicha ishni sudda koʻrish qayta tiklangan paytdan eʼtiboran hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha sud tergovi oʻtkazilayotganda sud sudda ishni yuritish toʻxtatib turilguniga qadar oʻtkazilgan protsessual harakatlarni takroran oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani taraflarning fikrini inobatga olgan holda hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimchalar taqdim etilganda, sud sudlanuvchiga, uning himoyachisiga prokuror tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va dalolatnoma yoki xulosaga eʼtirozlar taqdim etishga boʻlgan huquqini taʼminlaydi.
(417-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi, uning himoyachisi huquqlarini taʼminlash uchun sud majlisida oʻn sutkagacha tanaffus eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻplangan va qoʻshimcha taqdim etilgan dalillar asosida prokuror taraflar muzokaralarida sudga toʻldirilgan ayblovni inobatga olgan holda qarorning taʼrifini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud tergovi vaqtida bila turib yolgʻon koʻrsatuv bergan guvoh, jabrlanuvchi yoki bila turib notoʻgʻri xulosa bergan ekspert yoxud bila turib notoʻgʻri tarjima qilgan tarjimon tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud hukm chiqarganidan soʻng jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
(417-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — oʻn uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(417-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
418-modda. Jinoyat ishining muhokamasini keyinga qoldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan birortasining kelmay qolganligi oqibatida yoki yangi dalillar talab qilib olish zarur boʻlganligi munosabati bilan yoxud sud majlisini olib borishning texnik vositalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa tizimlaridan foydalanishda texnik nosozliklar yuzaga kelganligi tufayli jinoyat ishini muhokama qilish mumkin boʻlmasa, sud ishni muhokama qilishni keyinga qoldiradi va sud majlisiga kelmagan shaxslarni chaqirish yoki yangi dalillarni talab qilib olish yoxud texnik nosozliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
(418-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(419-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
420-modda. Jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchi yashiringan boʻlsa, shuningdek sudga kelishga imkoniyat bermaydigan ruhiy holati buzilgan yoki boshqa ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, sud mazkur sudlanuvchiga nisbatan ishni toʻxtatadi va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan ishni muhokama qilishni davom ettiraveradi. Agar sud ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda prokurorga qoʻshimcha protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirish haqida ajrim chiqarsa, shuningdek ishni alohida-alohida muhokama qilish haqiqatni aniqlashni qiyinlashtirgan taqdirda, ishni yuritish butunlay toʻxtatiladi. Yashiringan sudlanuvchini qidiruv sud ajrimi bilan eʼlon qilinadi.
(420-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchining ogʻir kasal boʻlganligi tufayli ishni koʻrish toʻxtatilgan taqdirda sud unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini bekor qilish yoki oʻzgartirish masalasini muhokama qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
(420-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4201-modda. Jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, toʻxtatilgan jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanganda jinoyat ishini muhokama qilish muddatining oʻtishi ham bir vaqtning oʻzida qaytadan boshlanadi. Mazkur muddatni yana uzaytirish ushbu Kodeksning 405 va 4051-moddalari asosida, jinoyat ishini muhokama qilishning jinoyat ishini koʻrish toʻxtatilishidan oldingi muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
(4201-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
421-modda. Sud majlisida jinoyat ishining tugatilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud majlisida ushbu Kodeksning 83-moddasida va 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa, sud ishni koʻrishni davom ettiradi hamda 83-moddada nazarda tutilgan asoslar boʻyicha oqlov hukmi, 84-modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha esa aybdor shaxsga jazo tayinlamay, ayblov hukmi chiqaradi.
(421-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-277 sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422-modda. Ehtiyot chorasi masalasini hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi vaqtida sud sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
423-modda. Sud majlisida ajrim chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi vaqtida hal qilinadigan barcha masalalar yuzasidan sud ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ehtiyot choralarini qoʻllash (oʻzgartirish, bekor qilish) toʻgʻrisidagi, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi, ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi, tintuv oʻtkazish haqidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi, mol-mulkni xatlash haqidagi, rad qilishlar toʻgʻrisidagi ajrimlarni, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan oʻzga ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi.
(423-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida aloqa muassasasi tomonidan sudga pochta-telegraf joʻnatmalarini yetkazib berish haqida koʻrsatma boʻlishi lozim.
(423-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan ishni yopiq sud majlisida koʻrish uchun asoslar mavjud boʻlganda sud ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
(423-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa barcha ajrimlar sudning xohishi bilan yo yuqorida koʻrsatilgan tartibda, yoki oʻz joyida chiqarilib, bu ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi vaqtida sudning chiqargan har bir ajrimi darhol eʼlon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
424-modda. Sud majlisining tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar kirib kelayotganda sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning hammasi oʻrinlaridan turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud protsessining barcha ishtirokchilari sudga tik turgan holda murojaat qiladilar, koʻrsatuvlar beradilar va bayonotlar qiladilar. Ushbu qoidadan faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina chetga chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud protsessining barcha ishtirokchilari, shuningdek sud zalida hozir boʻlgan barcha shaxslar raislik qiluvchining sud majlisida belgilangan tartibga rioya qilish toʻgʻrisidagi farmoyishlarini soʻzsiz bajarishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar, basharti ular sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh boʻlmasalar, sud majlisi zaliga kiritilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
425-modda. Sud majlisida tartibni buzuvchilarga nisbatan qoʻllaniladigan choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibbuzar sud majlisida tartibni buzganida, raislik qiluvchining farmoyishiga boʻysunmaganida yoki sudga hurmatsizlik qilganida unga nisbatan ushbu Kodeksning 272-moddasida nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
426-modda. Sud majlisining bayonnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma qoʻlda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bayonnomaning toʻliq boʻlishini taʼminlash uchun audioyozuv vositalaridan, stenogramma yuritishdan foydalanish mumkin.
(426-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi: sud ishining raqami; majlisning joyi va sanasi, majlis boshlangan va tamom boʻlgan vaqt koʻrsatilgan holda; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; koʻrilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir maʼlumotlar; hozir boʻlgan va hozir boʻlmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari koʻrsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda oʻtgan boʻlsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimosnomalari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar koʻrsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining ketma-ketligi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi soʻzining mazmuni; basharti jinoyat protsessi ishtirokchilari iltimos qilsa, ishni koʻrish paytida yuz bergan holatlar toʻgʻrisidagi arzlar aks ettiriladi.
(426-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika vositalari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sud va xodimlar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga ilova qilinadi, unda ushbu vositalar qoʻllanilganligi haqida belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud zarur deb topgan hollarda, guvohlar va jabrlanuvchilar sud majlisining bayonnomasidagi oʻzi bergan koʻrsatuvlarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining bayonnomasi raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi bayonnomasining mazmuni boʻyicha raislik qiluvchi bilan sud majlisining kotibi oʻrtasida kelishmovchilik boʻlgan taqdirda, kotib oʻz mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan koʻriladi. Ushbu masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning ertasidan, murakkab ishlar boʻyicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzolanishi kerak.
(426-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar bayonnomaning va sud majlisi audioyozuvining koʻchirma nusxalarini oʻz hisobidan olishga haqli.
(426-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
427-modda. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi bayonnomasi imzolanganidan keyin besh sutka ichida taraflar shu bayonnoma va sud majlisining audioyozuvi yuzasidan oʻz mulohazalarini berishga haqlidirlar. Mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqib, ularga qoʻshilgan taqdirda ularning toʻgʻriligini tasdiqlaydi va sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyadi.
(427-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi yoki audioyozuvi yuzasidan berilgan mulohazalarga qoʻshilmagan taqdirda, bu mulohazalar ushbu ishni koʻrgan sud tarkibi hal etishi uchun kiritiladi. Basharti ishni sudyaning yakka oʻzi koʻrib chiqqan boʻlsa, raislik qiluvchining qarori uzil-kesil hisoblanadi, lekin manfaatdor taraflar bu qaror ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkin.
(427-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-bob. SUD MAJLISINING TAYYORLOV QISMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
428-modda. Sud majlisini ochish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi tayinlangan vaqtda sud majlisini ochadi va qanday jinoyat ishi koʻrilishini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
429-modda. Protsess ishtirokchilarining sudga kelgan- kelmaganligini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining kotibi davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari sudga kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisida axborot beradi. Shundan keyin sudga tarjimon, guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar kelgan-kelmaganligi tekshiriladi. Kotib hozir boʻlmaganlarning nima sababdan kelmaganligini maʼlum qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etayotgan shaxslarning kimligi pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar boʻyicha aniqlanadi.
(429-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
430-modda. Tarjimonga uning huquqlarini, majburiyatlarini va javobgarligini tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi tarjimonga ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini, shuningdek javobgarligini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
431-modda. Sud tarkibini, taraflarni eʼlon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, himoyachi, jamoat himoyachisi ekanligini, kimlar jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va kimlar ularning vakillari ekanligini, kimlar sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon ekanligini maʼlum qiladi. Shundan keyin sudlanuvchiga va boshqa taraflarga ularning sudyani, sud tarkibini yoki sudyalardan birortasini, shuningdek taraflardan birortasini rad qilish huquqlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida zaxiradagi xalq maslahatchisi ishtirok etayotgan boʻlsa, raislik qiluvchi bu haqda eʼlon qiladi va uning familiyasini aytadi. Zaxiradagi xalq maslahatchisi ham rad qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad qilishlar ushbu Kodeksning 80-moddasida belgilangan qoidalar asosida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
432-modda. Guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi guvohlarning sud majlisi zalidan alohida xonaga chiqib turishlari toʻgʻrisida farmoyish beradi. Keyinchalik u soʻroq qilinmagan guvohlarning soʻroq qilingan guvohlar bilan, shuningdek sud majlisi zalidagi boshqa shaxslar bilan muloqotda boʻlmasligi choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
433-modda. Protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmaganda jinoyat ishini koʻrish mumkinligi yoki mumkin emasligi masalasini hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmagan taqdirda sud jinoyat ishini muhokama qilish mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida taraflarning fikrini eshitadi va muhokamani davom ettirish yoki uni keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokamani keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan taqdirda sud hozir boʻlgan guvohlar va ekspertni soʻroq qilishi mumkin. Basharti keyinchalik ish sudning yana oʻsha tarkibida yoki oʻsha sudya tomonidan koʻriladigan boʻlsa, protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisiga ikkinchi marta faqat zarurat tugʻilgan hollarda chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
434-modda. Sudlanuvchining shaxsini va unga protsessual hujjatlarning nusxalari topshirilgan vaqtni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyini, yashab turgan joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va uning shaxsiga daxldor boshqa maʼlumotlarni soʻrab, uning shaxsini aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻngra raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblov xulosasining va ayblov dalolatnomasining nusxasi, shuningdek ushbu Kodeks 388-moddasining ikkinchi qismida sanab oʻtilgan protsessual hujjatlarning nusxalari unga topshirilgan-topshirilmaganligini va aynan qachon topshirilganligini soʻraydi. Bu hujjatlarning nusxalari topshirilmagan yoki sud majlisi boshlanishiga uch sutkadan kam muddat qolganda topshirilgan boʻlsa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim.
(434-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
435-modda. Sudlanuvchiga uning huquqlarini tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsini aniqlaganidan keyin unga ushbu Kodeksning 46-moddasida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlarini tushuntiradi. Soʻngra sudlanuvchidan ana shu huquqlarning har birini tushungan yoki tushunmaganligini soʻraydi. Basharti sudlanuvchi salbiy javob bersa, raislik qiluvchi uning yoshini, umumiy zakovat darajasini, ruhiy va jismoniy holatini eʼtiborga olib, unga huquqlarini qaytadan tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
436-modda. Taraflarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi jamoat ayblovchisiga, jamoat himoyachisiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ushbu Kodeksning tegishlicha 43, 44, 55, 57, 59, 61 va 63-moddalarida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
437-modda. Ekspertga va mutaxassisga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi ekspertga va mutaxassisga ularning ushbu Kodeksning tegishlicha 68 va 70-moddalarida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
438-modda. Iltimoslar qilish va ularni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining tayyorlov qismi iltimoslar bor-yoʻqligini aniqlash bilan yakunlanadi. Raislik qiluvchi taraflardan yangi guvohlar, ekspertlar yoki mutaxassislar chaqirish, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar va hujjatlar talab qilib olish toʻgʻrisida ularning iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi. Iltimos qiluvchi taraf qoʻshimcha dalillar aynan qaysi holatlarni aniqlash uchun zarurligini koʻrsatishi shart.
(438-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraf arz qilgan har bir iltimosni muhokama qilib, sud boshqa tarafning fikrini tinglaydi va basharti, iltimos ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni aniqlashga qaratilgan boʻlsa, uni qanoatlantiradi, aks holda qanoatlantirishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosning rad etilishi sud muhokamasi davomida tarafni keyinchalik boshqa asoslarga koʻra yana shu iltimos bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud oʻzining tashabbusi bilan yangi guvohlarni chaqirish, ekspertiza tayinlash, hujjatlarni va boshqa qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti sud qoʻshimcha dalillarni tekshirishni lozim deb topsa, sud majlisiga yangi guvohlar, ekspertlar kelishini yoki hujjatlar talab qilib olinishini taʼminlash choralarini koʻrib, ayni chogʻda muhokamani yo davom ettiradi yoki uni keyinga qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-bob. SUD TERGOVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
439-modda. Sud tergovining boshlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sud tergovi boshlanishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi. Sud tergovi ayblov xulosasining xulosa qismida bayon etilgan, sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovni yoxud ayblov dalolatnomasida bayon etilgan ayblovning mazmunini davlat ayblovchisi tomonidan oʻqib eshittirishdan boshlanadi. Raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblovning mohiyati unga tushunarli yoki tushunarsiz ekanligini va oʻz aybiga iqrorligi yoki iqror emasligini soʻraydi.
(439-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
440-modda. Dalillarni tekshirish navbatini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchilardan oʻz ayblariga iqrorliklari yoki iqror emasliklari toʻgʻrisida soʻrab boʻlgach, sud dalillarni tekshirish navbati toʻgʻrisida taraflarning takliflarini eshitadi. Bunday navbatni sud ajrimda aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti dalillarni tekshirish sudlanuvchilarni soʻroq qilish bilan boshlangan boʻlsa, ulardan keyin sud jabrlanuvchilarni soʻroq qiladi. Sudlanuvchilar koʻrsatuv berishdan bosh tortgan yoki boshqa dalillarning tekshirilishidan oldin koʻrsatuv berishga rozi boʻlmagan taqdirda jabrlanuvchilarni, guvohlarni soʻroq qilish, dalillarni koʻzdan kechirish, guvohlantirish, yozma dalillarni oʻqib eshittirish, ekspertiza oʻtkazish va boshqa sud harakatlarini bajarish navbati toʻgʻrisidagi masalani sud ishning muayyan holatlarini va taraflarning takliflarini inobatga olgan holda hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
441-modda. Guvohning qasamyodi va uni javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohni soʻroq qilishdan oldin raislik qiluvchi uning shaxsini aniqlaydi va koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik yoki bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi. Soʻngra raislik qiluvchi guvohga barchaning oldida oshkora ravishda quyidagi mazmunda qasamyod qilishni taklif etadi: “Ish yuzasidan oʻzimga maʼlum boʻlgan hamma narsani sudga aytib berishga qasamyod qilaman. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni gapirib beraman, haqiqatdan oʻzga narsani gapirmayman”. Qasamyod matni guvohga uning majburiyati va javobgarligi tushuntirilgani haqidagi guvohning tilxati bilan birgalikda sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohga ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oshkora qasamyod qilish taklif qilinadi, lekin koʻrsatuv berishdan bosh tortgani yoki bila turib yolgʻon koʻrsatuv bergani uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydi va undan tilxat olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
442-modda. Sudda soʻroq qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda soʻroq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan talablarga, shuningdek quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir guvoh hali soʻroq qilinmagan guvohlar yoʻqligida soʻroq qilinadi. Soʻroq qilingan guvohlar sud majlisi zalida qoladilar va sud tergovi tamom boʻlmasdan ilgari zaldan faqat sudning ijozati bilan chiqib ketishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan guvohni soʻroq qilish haqiqatni aniqlash manfaatlari talab qilgan hollarda sudning ajrimi bilan sudlanuvchining yoʻqligida oʻtkazilishi mumkin. Sudlanuvchi sud majlisi zaliga qaytib kirgandan keyin guvohning bergan koʻrsatuvlari unga maʼlum qilinishi hamda shu guvohga savollar berishga imkoniyat yaratilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan guvoh soʻroq qilinib boʻlgach, sud bu guvohning majlis zalida qolishi zarur deb hisoblaydigan hollarni mustasno etganda, sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi lozim.
(442-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-587-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi, shuningdek ekspert va mutaxassis sud muhokamasining boshidan oxirigacha sud majlisi zalida boʻlishga va barcha soʻroqlar chogʻida hozir boʻlishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchini soʻroq qilish ishning unga maʼlum holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuv berishi haqida raislik qiluvchining taklifi bilan boshlanadi. Shundan keyin sudlanuvchini davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va ularning vakillari, himoyachi, jamoat himoyachisi, fuqaroviy javobgar va uning vakili soʻroq qiladilar. Soʻngra sudlanuvchiga boshqa sudlanuvchilar va ularning himoyachilari savollar berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchilarni, shuningdek ayblov xulosasiga va ayblov dalolatnomasiga ilova qilingan roʻyxatga binoan sud majlisiga chaqirilgan yoki ayblovchi tomonning iltimosiga binoan qoʻshimcha ravishda chaqirilgan guvohlar va ekspertlarni soʻroq qilish ham ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. Basharti guvohlar va ekspertlar sud majlisiga himoya tomonining iltimosiga binoan chaqirilgan boʻlsalar, ularni dastlab shu iltimosni qilgan sudlanuvchi yoki uning himoyachisi, keyin esa boshqa sudlanuvchilar va ularning himoyachilari, jamoat himoyachisi, fuqaroviy javobgar va uning vakili, davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va ularning vakillari soʻroq qiladilar.
(442-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi va xalq maslahatchilari soʻroq qilinayotgan har qanday shaxsga sud tergovining istalgan paytida savollar berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida koʻrsatuv berib boʻlgan shaxslarga bergan koʻrsatuvlarini toʻldirish va aniqliklar kiritish uchun sudning ijozati bilan savollar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
443-modda. Yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning iltimoslariga yoki sudning tashabbusiga koʻra raislik qiluvchi, xalq maslahatchilaridan biri yoki sud majlisining kotibi surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qoʻshib qoʻyilgan, ish uchun ahamiyatli boʻlishi ehtimol tutilgan yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini oʻqib eshittiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning talabiga koʻra yoki boshqa shaxslarning tashabbuslari bilan taqdim qilingan hujjatlarni sud oʻqib eshittiradi va taraflarga taqdim qiladi, ular esa shu hujjatlarning ishga ahamiyati bor-yoʻqligi toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bayon qiladilar. Soʻngra sud hujjatlarni ishga qoʻshish yoki tegishliligiga qarab qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
444-modda. Koʻzdan kechirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud koʻzdan kechirishni ushbu Kodeksning 135 — 141-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qoʻshilgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni, shuningdek taraflar va boshqa shaxslar bevosita sud muhokamasida taqdim etgan narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni sud majlisi zalida taraflarning ishtirokida koʻzdan kechiradi. Sud koʻzdan kechirishda ishtirok etishga ekspertlarni, mutaxassislarni, guvohlarni ham jalb etishi mumkin.
(444-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud joy, binolar, inshootlar, xonalarni, shuningdek sud majlisi zaliga keltirib boʻlmaydigan transport vositalari va boshqa obyektlarni ular turgan joyga borib ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ishtirokida koʻzdan kechiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
445-modda. Guvohlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovida guvohlantirishni sud ushbu Kodeksning 142 — 147-moddalarida nazarda tutilgan talablarga hamda quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohlantirish yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlsa, alohida xonada shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan, guvohlantirilayotgan shaxsning jinsidagi xolislar ishtirokida oʻtkaziladi. Guvohlantirish oʻtkazib boʻlinganidan soʻng protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisi zaliga qaytib kiradilar va u yerda taraflarning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning ishtirokida shifokor yoki boshqa mutaxassis guvohlantirilgan shaxsning badanida izlar yoki belgilar aniqlangan boʻlsa, shu xususda axborot beradi hamda taraflarning, sudyalarning savollariga javob beradi. Bu maʼlumotlar, shuningdek guvohlantirilgan shaxsning hamda xolislarning mulohaza va tushuntirishlari sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi va ular shifokorning, boshqa mutaxassisning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
446-modda. Ekspertiza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovida ekspertiza ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda tayinlanadi va oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ekspertizani ilgari sudgacha ish yuritish bosqichida xulosa bergan ekspertlar yoki sud tayinlagan yangi ekspertlar yoxud ham ilgarigi, ham keyin tayinlangan ekspertlar birgalikda oʻtkazadi.
(446-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflardan birortasining iltimosi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan sud ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va uni sud majlisida oʻqib eshittiradi. Ajrimda ekspertiza oʻtkazish topshirilgan shaxs yoki ekspertiza muassasasi koʻrsatiladi va ekspert oldiga savollar qoʻyiladi. Bunda sud taraflarga ularning ekspertni rad etish, taraf koʻrsatgan qoʻshimcha shaxsni ekspertlar safiga kiritish, ekspert oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish, ekspertizani taraflarning ishtirokida oʻtkazish toʻgʻrisida iltimoslar qilish, shuningdek ekspertiza davomida izohot berib borish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimoslar yoki ekspertni rad qilish toʻgʻrisidagi arzlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq holda koʻrib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovida ekspert soʻroq qilinayotgan shaxslarga savollar berishga, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, tergov harakatlarining bayonnomalari, boshqa ekspertlarning xulosalari bilan tanishishga, koʻzdan kechirishlar, eksperimentlarda va ekspertiza predmetiga oid sudning boshqa harakatlarida ishtirok etishga haqlidir.
(446-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovi davomida ekspertning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza predmetiga oid holatlar tekshiruvi tugallangach, sud xulosa tayyorlash uchun ekspertga muhlat beradi. Basharti buning uchun laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazish lozim boʻlsa, sud ekspertga tegishli obyektlarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert oʻz xulosasini sud majlisida oʻqib eshittiradi. Xulosa sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert xulosa berganidan soʻng, xulosada bayon qilingan holatlar boʻyicha u sud majlisida soʻroq qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
447-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovida tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125 — 131, 153 — 156, 188 — 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi. Taraflar shu sud harakatlari munosabati bilan iltimoslar qilishga va oʻz mulohazalarini bildirishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ushbu harakatlarni oʻtkazishda koʻmaklashishni surishtiruvchi yoki tergovchidan talab qilishga haqlidir.
(447-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish hamda namunalar olish jarayoni va natijalari, shuningdek mazkur sud harakatlarining yuritilishi munosabati bilan bildirilgan iltimoslar, mulohazalar va tushuntirishlar sud majlisining bayonnomasida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
448-modda. Sud tergovining tamomlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha dalillar tekshirib chiqilganidan keyin raislik qiluvchi taraflardan ular sud tergovini toʻldirmoqchilarmi va toʻldirmoqchi boʻlsalar, nima bilan toʻldirmoqchi ekanliklarini soʻraydi. Basharti bu haqda iltimos qilinsa, sud uni muhokama qiladi va hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimoslarni qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha harakatlar bajarilganidan soʻng raislik qiluvchi sud tergovini tamom boʻlgan deb eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-bob. TARAFLARNING MUZOKARASI VA SUDLANUVCHINING OXIRGI SOʻZI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
449-modda. Taraflar muzokarasining mazmuni va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovi tamomlanganidan soʻng sud taraflarning muzokarasini eshitishga oʻtadi. Muzokara davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining nutqlari bilan boshlanadi. Soʻngra jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining, shuningdek himoyachi va jamoat himoyachisining soʻzga chiqish navbatini sud ularning takliflarini inobatga olgan holda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻzlarining nutqlarida sud tergovida koʻrib chiqilmagan dalillarni keltirishga haqli emas. Tekshirish uchun sudga yangi dalillarni taqdim etish lozim boʻlsa, taraflar sud tergovini yangidan boshlash toʻgʻrisida iltimos qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ayblovchisi sud tergovining yakunlarini inobatga olib, oʻz nutqida sudlanuvchining aybliligi yoki aybli emasligi toʻgʻrisidagi xulosasini asoslantirishi lozim. Davlat ayblovchisi sudlanuvchi aybli degan xulosaga kelganda, unga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan jazo turi va meʼyori haqida sudga oʻz fikrini bayon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar nutq soʻzlab boʻlganlaridan keyin, ulardan har biri boshqa tarafning nutqlarida aytilgan masalalar yuzasidan eʼtirozlar yoki mulohazalar bilan yana bir martadan soʻzga chiqishlari mumkin. Soʻnggi eʼtiroz bildirish huquqi hamisha himoyachi va sudlanuvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud taraflarning muzokarasini muayyan muddat bilan cheklab qoʻyishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi muzokarada ishtirok etayotgan shaxslarning nutqlarini, basharti ular koʻrilayotgan ishga daxli yoʻq holatlarga taalluqli boʻlsa, toʻxtatib qoʻyishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450-modda. Taraflarning ayblovning mohiyati yuzasidan takliflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokara tamom boʻlganidan keyin taraflar ushbu Kodeks 457-moddasining birinchi qismidagi 1 — 6-bandlarda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning oʻzlari taklif etadigan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi uchun qarorning bunday mazmunini sudga taqdim etish majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451-modda. Sudlanuvchining oxirgi soʻzi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning muzokarasi tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga oxirgi soʻz beradi. Sudlanuvchining oxirgi soʻzi vaqtida unga hech qanday savol berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud sudlanuvchining oxirgi soʻzini muayyan muddat bilan cheklab qoʻyishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi sudlanuvchining soʻzini, u ishga mutlaqo aloqasi yoʻq holatlarni bayon qila boshlagan hollarda, toʻxtatishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
452-modda. Sud tergovini yangidan boshlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti taraflar muzokaradagi nutqlarida yoki sudlanuvchi oxirgi soʻzida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar toʻgʻrisida gapirsalar yoki muqaddam tekshirilmagan, lekin ishga aloqador dalillarni keltirsalar, sud taraflarning iltimoslariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan sud tergovini yangidan boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Yangidan boshlangan sud tergovi tamom boʻlganidan keyin sud taraflarning muzokarasini yangitdan ochadi va sudlanuvchiga oxirgi soʻz beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
453-modda. Sudning qaror qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchining oxirgi soʻzini eshitib boʻlganidan soʻng sud hukm chiqarish yoki ajrim chiqarish uchun darhol alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi. Bu haqda raislik qiluvchi sud majlisi zalida hozir boʻlganlarga eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-bob. HUKM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
454-modda. Hukm chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
455-modda. Hukmning qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm qonunning barcha talablariga amal qilingan holda va qonun asosida chiqarilgan boʻlsa, qonuniy deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm ishning haqiqiy holatlari unda kerakligicha toʻla va yuz berganiga haqiqatan monand tarzda aniqlangan boʻlsa, asosli deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm aybdorga nisbatan jazo yoki boshqa taʼsir chorasi u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va uning shaxsi eʼtiborga olinib tayinlangan boʻlsa, aybsiz shaxs esa oqlangan va reabilitatsiya etilgan boʻlsa, adolatli deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmni faqat sud muhokamasida tekshirilgan dalillar bilan asoslaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hukmda ifodalangan barcha xulosalari asoslantirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
456-modda. Sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya hukmni alohida xonada, sud esa maslahatxonada chiqaradi. Bunday paytda mazkur xonada faqat sudyaning oʻzi yoki ushbu ish boʻyicha sud tarkibiga kirgan sudyalar hozir boʻlishlari mumkin. Boshqa shaxslarning hozir boʻlishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kech kirishi bilan, zarurat boʻlgan taqdirda esa, kun davomida ham sud maslahatni toʻxtatishga haqlidir. Maslahatlashuv dam olish kuni va bayram kunida ham toʻxtatiladi. Sudyalar maslahatlashuv vaqtida aytilgan mulohazalarni oshkor qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
457-modda. Hukm chiqarish vaqtida sud hal qiladigan masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukm chiqarish vaqtida alohida xonada (maslahatxonada) quyidagi masalalarni hal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sudlanuvchi aybli deb topilayotgan qilmish haqiqatan sodir etilganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bu qilmish jinoyat deb hisoblanadimi va u Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi va, basharti aybli boʻlsa, uning aybi qanday shaklda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va ogʻirlashtiradigan holatlar bormi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) sudlanuvchiga qanday jazo tayinlanishi lozim va u shu jazoni oʻtashi kerakmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq oʻta xavfli retsidivist deb topish lozimmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni qanday tartibli koloniyada oʻtashi lozim va jazo muddatining bir qismini turmada oʻtashi kerakmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) fuqaroviy daʼvo qanoatlantirilishi kerakmi, bu daʼvo kimning foydasiga va qancha miqdorda qanoatlantirilishi lozim, shuningdek fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatilmagan boʻlsa, jinoyat tufayli keltirilgan mulkiy zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar sheriklik yoki hissadorlik tartibida javobgarlikka tortilishlari lozimmi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun xatlangan mol-mulkni nima qilish kerak;
(457-moddaning birinchi qismi 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni nima qilish kerak;
(457-modda birinchi qismining 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) protsess chiqimlarini kimning zimmasiga va qancha miqdorda yuklash kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash, ilgarigisini qoldirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish kerakmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoxud uning ustidan homiylik belgilash zarurmi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) sudlanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish kerakmi.
(457-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuniga asosan oʻn oltinchi band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) sudlanuvchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish zarurmi.
(457-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuniga asosan 17-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchi bir necha jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan boʻlsa, sud ushbu moddaning 1 — 8-bandlarida nazarda tutilgan masalalarni har bir jinoyat boʻyicha alohida-alohida hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatni sodir etishda bir necha sudlanuvchi ayblanayotgan boʻlsa, sud ushbu moddada koʻrsatilgan masalalarni har bir sudlanuvchiga nisbatan alohida-alohida hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning 15-bandida nazarda tutilgan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ekspertning tegishli xulosasi mavjud boʻlgandagina qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi jarayonida ushbu Kodeks 533-moddasining birinchi qismi 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlardan birortasi aniqlanib qolsa, sud hukmning ijrosini qonunda belgilangan tartibda kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
458-modda. Sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi va aqli norasoligi masalasini muhokama qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi vaqtida sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi va aqli norasoligi haqidagi masala yuzaga kelgan hollarda sud hukm chiqarish chogʻida bu masalani yana bir bor muhokama qilishi shart. Sud sudlanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli norasolik holatda boʻlgan yoki uni sodir etganidan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb topgan taqdirda, ushbu Kodeksning 577-moddasida nazarda tutilgan ajrimni chiqaradi.
(458-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
459-modda. Shartli hukm qilingan shaxs ustidan kuzatuv olib borish masalasini muhokama qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartli hukm qoʻllanilganda sud shartli hukm qilingan shaxs ustidan kuzatuv olib borishni kimga yuklatish lozimligini hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartli hukm qilish toʻgʻrisida jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasi boʻlsa, sud shartli hukm qilingan shaxsning xulq-atvorini kuzatish uchun uni shu birlashma yoki jamoaga topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
460-modda. Sudyalarning maslahatlashuv tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish sud tarkibi tomonidan koʻrilayotgan boʻlsa, hukm chiqarish oldidan raislik qiluvchi boshchiligida sudyalarning maslahatlashuvi oʻtkazilib, raislik qiluvchi sud hal qilishi lozim boʻlgan savollarni ushbu Kodeksning 457-moddasida koʻrsatilgan izchillikda qoʻyadi. Har bir savol shunday shaklda qoʻyilishi kerakki, toki bu savolga maʼqullovchi, yoki rad etuvchi javob qaytariladigan boʻlsin. Javob qaytarganidan soʻng sudya javobning sabab-asoslarini ifodalashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir savolni hal qilishda sudyalardan hech biri ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Barcha masalalar ovozlarning oddiy koʻpchiligi bilan hal qilinadi. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi navbatda sudlanuvchining manfaatiga toʻlaroq mos keladigan fikr ovozga qoʻyiladi. Basharti oqlash toʻgʻrisida ovoz bergan sudya yoki sudyalar ozchilikni tashkil qilib, boshqa sudyalar esa jinoyatning tavsifi yoki jazo chorasi toʻgʻrisida har xil fikrda boʻlsalar, oqlash uchun berilgan ovoz yoki ovozlar Jinoyat kodeksining yengilroq jazo chorasini nazarda tutgan tegishli moddasi boʻyicha tavsif qilish uchun berilgan ovozga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sudya koʻrayotgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida koʻrsatilgan masalalarni yakka oʻzi hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461-modda. Sud tergovini yana davom ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida koʻrsatilgan masalalarni alohida xonada (maslahatxonada) muhokama qilish vaqtida sud ish uchun ahamiyati boʻlgan biror holat qoʻshimcha ravishda aniqlanishi kerak deb topsa, hukm chiqarmay, sud tergovini yana davom ettirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Sud tergovi tamom boʻlganidan keyin sud yana taraflarning muzokarasini boshlaydi va sudlanuvchining oxirgi soʻzini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
462-modda. Hukm turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ayblov yoki oqlov hukmi chiqarishi mumkin. Sudlanuvchiga nisbatan qanday turda hukm chiqarish masalasini hal qilish vaqtida sud ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi talablariga amal qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
463-modda. Ayblov hukmi chiqarish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov hukmi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi. Ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish boʻyicha barcha mumkin boʻlgan holatlarini tekshirish, ish materiallarida maʼlum boʻlib qolgan barcha kam-koʻstni toʻldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama-qarshiliklarga barham berish natijasida yigʻilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud quyidagi hollarda jazodan ozod qilib, ayblov hukmini chiqaradi, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mazkur hukm bilan sudlanuvchiga tayinlangan jazoni qoʻllashdan ozod qiluvchi amnistiya akti eʼlon qilingan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shaxsning hukm chiqquniga qadar qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqti Jinoyat kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan ushlab turishni, qamoqqa olishni yoki uy qamogʻini hisobga olish qoidalarini nazarda tutib, sud tomonidan tayinlangan jazo chorasiga teng yoxud bu choradan ortiq boʻlsa;
(463-moddaning ikkinchi qismi 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud quyidagi hollarda jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqaradi, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mahkum sodir etgan jinoyat uchun jazo tayinlashni istisno etadigan amnistiya akti eʼlon qilingan boʻlsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mazkur jinoyat uchun ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish muddati oʻtib ketgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hukm chiqariladigan vaqtga kelib, qilmish ijtimoiy xavfliligini yoʻqotsa yoki uni sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfli boʻlmay qolsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mahkumning tuzalishiga jamoat birlashmalari va jamoalar tomonidan qoʻllaniladigan jamoat taʼsir choralari yoki maʼmuriy jazo choralari koʻrish yoʻli bilan erishish mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hukm chiqarish vaqtigacha sudlanuvchi vafot etgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 71-moddasiga muvofiq shaxsni oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi tufayli jazodan ozod qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa.
(463-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-277 sonli Qonuniga asosan 6-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
464-modda. Oqlov hukmini chiqarish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmi quyidagi hollarda chiqariladi, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudlanuvchi sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor boʻlmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligi aniqlansa, shuningdek sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblov ish holatlari batafsil tekshirilgandan keyin ishonarli tarzda oʻz tasdigʻini topmasa, sud ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asosga koʻra sudlanuvchini oqlaydi.
(464-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
465-modda. Hukmni tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida nazarda tutilgan masalalar hal etilganidan soʻng sud hukmni tuzishga kirishadi. Sudda ish qaysi tilda koʻrilgan boʻlsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi va kirish, tavsif hamda qaror qismlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm uni chiqarishda qatnashgan sudyalardan biri yoki hukmni yakka oʻzi chiqargan sudya tomonidan qoʻlda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozilishi lozim. Hukmga kiritilgan tuzatishlar hukm eʼlon qilinishidan oldin izohlanishi va sudyaning (sudyalarning) imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
466-modda. Hukmning kirish qismi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmning kirish qismida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud ishining raqami, hukm chiqarilgan vaqt va joy;
(466-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hukmni chiqargan sudning nomi, sudning tarkibi, sud majlisining kotibi, taraflar, tarjimon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va sudlanuvchi xususidagi ish uchun ahamiyatli boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblov Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
467-modda. Ayblov hukmining tavsif qismi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov hukmining tavsif qismida sud isbot etilgan deb eʼtirof etgan jinoiy qilmishning tavsifi, sodir etilgan joyi, vaqti, usuli, aybning shakli, jinoyatning sabablari, maqsadlari va oqibatlari koʻrsatilishi lozim. Hukmda sudning har bir sudlanuvchiga nisbatan xulosalariga asos boʻlgan dalillar va sudning boshqa dalillarni rad etish sabablari yoziladi. Javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar, aybning bir qismi asossiz deb topilgan taqdirda yoki jinoyatning tavsifi notoʻgʻriligi aniqlanganda esa ayblovni oʻzgartirish asoslari va sabablari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud, shuningdek Jinoyat kodeksi moddasining jazo qismida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jazo choralari ham nazarda tutilgan boʻlsa, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo nimaga asoslanib tayinlaganini; ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganga koloniyada saqlash tartibining muayyan turini belgilashni yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini turmada oʻtashni tayinlashni; sudlanuvchi oʻta xavfli retsidivist deb topilganligini; shartli hukm qoʻllanilganini; Jinoyat kodeksining moddasida xuddi shunday jinoyat uchun nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlanganligini; boshqa yengilroq jazoga oʻtilganligini; umumiy qoidalardan chekinib koloniya turi tayinlanganligini; boshqa taʼsir choralarini qoʻllab yoki qoʻllamasdan sudlanuvchi jazodan ozod etilganligini asoslab berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qonunchilikka muvofiq sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllash yoki uning ustidan homiylik tayinlash lozim deb topsa, bunday qarorga kelish sabablarini koʻrsatishi shart.
(467-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasining yoki jamoaning sudlanuvchini shartli hukm qilib, u bilan tarbiyaviy ish olib borish uchun oʻzlariga berishni soʻragan iltimosnomalari boʻlsa, sud bu iltimosnomalarni qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini hukmda koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud, shuningdek qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo toʻgʻrisida yoki jinoyat oqibatida keltirilgan mulkiy zararni undirish toʻgʻrisida oʻz tashabbusi bilan chiqargan qarorning asoslarini ham koʻrsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
468-modda. Ayblov hukmining qaror qismi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov hukmining qaror qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sudlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudlanuvchining jinoyat sodir etganlikda aybli deb topilganligi toʻgʻrisidagi qaror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Jinoyat kodeksining sudlanuvchining aybli deb eʼtirof etilishiga asos boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi), shuningdek sudlanuvchining oʻta xavfli retsidivist deb topilganligi, basharti sud shunday qaror qabul qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sudlanuvchi aybli deb topilgan har bir jinoyati uchun tayinlangan jazo turi va meʼyori; Jinoyat kodeksining moddalariga muvofiq uzil-kesil tayinlangan va oʻtalishi lozim boʻlgan jazo chorasi; ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning jazo muddatini oʻtashi lozim boʻlgan tegishli tartibli koloniya turi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm etilgan shaxs uchun belgilanadigan taqiqlar (cheklashlar);
(468-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sudlanuvchi shartli ravishda hukm qilingan boʻlsa, sinov muddati va mahkumning ustidan kuzatuv olib borish vazifasi yuklatilgan jamoa yoki shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ushlab turilgan yoki qamoqda yoxud uy qamogʻida saqlangan vaqtni jazo tayinlashda jazo muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror;
(468-moddaning birinchi qismi 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasiga doir qaror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) mahkumning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ushbu Kodeksning 533-moddasida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan hollarda hukmning ijrosini kechiktirish toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ayblov qoʻyilgan boʻlsa, hukmning qaror qismida sudlanuvchi qaysi moddalar boʻyicha oqlanganligi va qaysi moddalar boʻyicha hukm qilinganligi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchi jazoni oʻtashdan ozod qilingan boʻlsa, bu haqda hukmning qaror qismida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hollarda tayinlangan jazo shunday ifodalanishi lozimki, toki hukmni ijro etishda sud tayinlagan jazo turi va meʼyori xususida hech qanday shubha tugʻilmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
469-modda. Oqlov hukmining tavsif qismi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmining tavsif qismida quyidagilar koʻrsatiladi: sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari; sudlanuvchining aybsizligi toʻgʻrisidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb daʼvo qilishga asos boʻlgan dalillarni sud nima uchun ishonarli emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun sud jinoiy hodisaning oʻzi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy daʼvoga oid qarorning asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
470-modda. Oqlov hukmining qaror qismi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmining qaror qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudlanuvchini jinoyat sodir etilishida aybsiz deb eʼtirof etish va uni oqlash toʻgʻrisidagi qaror;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sudlanuvchiga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror; basharti ehtiyot chorasi sifatida u qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan boʻlsa, oqlangan shaxsni darhol, sud majlisi zalining oʻzida ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror;
(470-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, daʼvoni taʼminlash uchun koʻrilgan choralarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror;
Oldingi tahrirga qarang.
(470-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga muvofiq oʻz koʻchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) oqlangan shaxsning unga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash hamda maʼnaviy va boshqa ziyon oqibatlarini ushbu Kodeksning 304 — 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqini eʼtirof etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchi sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi sababli oqlangan taqdirda, oqlov hukmining qaror qismida jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ish prokurorga yuborilishi koʻrsatiladi.
(470-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
471-modda. Hukmning qaror qismida hal qilinishi lozim boʻlgan boshqa masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov hukmining ham, oqlov hukmining ham qaror qismi, ushbu Kodeksning 468 va 470-moddalarida koʻrsatilgan masalalardan tashqari, quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 255 — 260-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; sudlanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 2547 — 25411-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 283 — 289-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror;
(471-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 289-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) protsessual chiqimlar toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hukm ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish, protest bildirishning ushbu Kodeksning tegishincha 4973, 4974, 500 va 501-moddalarida nazarda tutilgan tartibi, muddatlari.
(471-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
472-modda. Hukmning imzolanishi va sudyaning alohida fikri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm sudya tomonidan chiqarilgan boʻlsa, uni sudyaning yakka oʻzi, sud tarkibi tomonidan chiqarilgan boʻlsa, sudyalarning hammasi imzolaydi. Ovoz berish vaqtida ozchilikni tashkil qilgan sudya hukmga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir. Bu fikrni u bevosita maslahatxonada yozishi lozim. Alohida fikr ishga ilova qilinadi, lekin sud majlisining zalida eʼlon qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar alohida fikr mavjud boʻlgan ish apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin ish uni belgilangan tartibda koʻrib chiqish masalasini hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborilishi lozim.
(472-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
473-modda. Hukmni eʼlon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmni imzolaganidan keyin sud majlisi zaliga qaytib chiqadi va raislik qiluvchi yoki xalq maslahatchisi hukmning qaror qismini eʼlon qiladi.
(473-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning hammasi, shu jumladan sud tarkibi ham hukmni tik turib eshitadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan tilda bayon qilingan boʻlsa, hukmning qaror qismi eʼlon qilingandan keyin, mazkur qism tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki u tushunadigan boshqa tilda oʻqib eshittirilishi kerak.
(473-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, hukm ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish muddati va tartibini tushuntiradi. Basharti sudlanuvchi favqulodda jazo chorasi — umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan boʻlsa, unga afv etishni soʻrab iltimos qilish huquqi ham tushuntiriladi.
(473-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
474-modda. Sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchi oqlanganda, shuningdek jazo tayinlanmasdan yoki jazodan ozod qilib yoxud shartli ravishda ozodlikdan mahrum etib yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlab ayblov hukmi chiqarilganda, xuddi shuningdek sudlanuvchi dastlabki qamoqda yoxud uy qamogʻida boʻlgan vaqtdan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganda, qamoqda yoxud uy qamogʻida saqlanayotgan sudlanuvchi bevosita sud majlisi zalining oʻzida darhol ozod qilinishi lozim.
(474-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
475-modda. Hukmning nusxasini mahkumga va oqlangan shaxsga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm eʼlon qilinganidan keyin uch sutkadan kechiktirilmay, hajmi katta boʻlgan taqdirda esa, oʻn sutkadan kechiktirilmay, uning nusxasi mahkumga va oqlangan shaxsga berilishi lozim. Boshqa taraflarga hukm nusxasi yoki uning koʻchirmasi shu muddatda, ularning iltimoslariga asosan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, hukmning koʻchirma nusxasi unga qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati tomonidan hukm kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat koʻchirma nusxa topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi.
(475-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
476-modda. Hukm chiqarish bilan bir vaqtda sud tomonidan hal qilinadigan boshqa masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning voyaga yetmagan bolalari, qari ota-onalari, qaramogʻida boshqa shaxslar boʻlsa va ular qarovsiz hamda yordamsiz qolayotgan boʻlsa, sud ayblov hukmini chiqarish bilan bir vaqtda ularni qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning va muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirish toʻgʻrisida, mahkumning qarovsiz qolayotgan mol-mulki yoki uy-joyi boʻlsa, ularni qoʻriqlab turish choralarini koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(476-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-915-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur boʻlganda sud hukm chiqarish bilan bir vaqtda xususiy ajrim ham chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada koʻrsatilgan barcha protsessual qarorlar sud majlisining zalida hukm eʼlon qilinganidan keyin oʻqib eshittirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
477-modda. Mahkum bilan uchrashishga ijozat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm eʼlon qilinganidan keyin raislik qiluvchi yoki sud raisi qamoqda saqlanayotgan mahkumning yaqin qarindoshlari yoki uning himoyachisi iltimosiga koʻra u bilan uchrashish imkoniyatini berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻN BIRINCHI BOʻLIM.
HUKMLARNING, AJRIMLARNING, QARORLARNING QONUNIYLIGI, ASOSLILIGI VA ADOLATLILIGINI TEKSHIRISH
(oʻn birinchi boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(55-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-bob. Hukmlarning, ajrimlarning, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
478-modda. Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmlarining, ajrimlarining, qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida tekshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yuqori instansiya sudi tomonidan koʻrish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) apellyatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) kassatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) taftish tartibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan — ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlarini oʻrganish natijalariga koʻra chiqarilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, uning oʻrinbosarlarining protestiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, uning oʻrinbosarlarining protestiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining taftish tartibida chiqarilgan qarorlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning arizasiga (iltimosnomasiga), sudyaning taqdimnomasiga, ommaviy axborot vositalarining xabarlariga koʻra kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining protestiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protestiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
479-modda. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va protest bildirish huquqi hamda uning taʼminlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 4972, 499 va 511-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishga yoki protest bildirishga, shuningdek taftish tartibida shikoyat (iltimosnoma) berishga yoxud protest bildirishga haqlidir. Bunda ular oʻz vajlarini tasdiqlash uchun qoʻshimcha materiallarni taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat yoki protest tushganligi toʻgʻrisida sud ushbu shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, oʻsha protsess ishtirokchilarini uch sutka ichida xabardor qiladi va bir vaqtning oʻzida ularga ushbu hujjatlarning koʻchirma nusxalarini pochta orqali yoxud hukm, ajrim chiqargan sudning internet-resursi orqali yuboradi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga doir eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. Protsess ishtirokchilari ish bilan, shu jumladan qoʻshimcha taqdim etilgan materiallar bilan tanishishga va sudga oʻz eʼtirozlarini xabar qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat yoki protest bergan shaxs, shuningdek shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, oʻsha protsess ishtirokchilari ish apellyatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida koʻriladigan vaqt va joy toʻgʻrisida sud tomonidan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida ishtirok etishga haqlidir. Mazkur shaxslar ishni kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrish chogʻida ham ishtirok etishga haqli, bundan jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkum mustasno. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etishi, shuningdek mahkumni sud majlisiga olib kelish zarurligi toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal qilinadi. Ish koʻriladigan vaqt va joy haqida oʻz vaqtida xabardor qilingan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi. Biroq sud mahkumni, oqlangan shaxsni, shuningdek jabrlanuvchini, fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini tushuntirishlar berish uchun chaqirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumning yoki oqlangan shaxsning himoyachilari va qonuniy vakillari ishni taftish tartibida koʻrish chogʻida ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
480-modda. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va protestining mazmuniga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va protestida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shikoyat, protest yoʻllanayotgan sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shikoyat (protest) bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, uning yashash joyi yoki joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hukm, ajrim chiqargan sudning nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana, sud ishining raqami, shikoyat (protest) berilayotgan hukm, ajrim, oʻziga nisbatan hukm, ajrim chiqarilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish chogʻida qaror qabul qilishga taʼsir koʻrsatgan qonunning qaysi normalari buzilganligi toʻgʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shaxs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar, xususan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligining sababi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) shikoyat (protest) berilgan sana, shikoyat (protest) bergan shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa va bu ishni keyinchalik mazmunan koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilsa, birinchi instansiya sudining sudyasi apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) uni bergan shaxsga qaytarish toʻgʻrisida uch kunlik muddatda ajrim chiqarib, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini yoki protestini qayta tuzish uchun muddat belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimining talablari bajarilmagan va apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
481-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan koʻrishda prokurorning ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrishda prokuror ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishining koʻrilishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hayʼatlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
482-modda. Yuqori instansiya sudi muhokamasining predmeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligini va Jinoyat kodeksining normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish chogʻida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud boʻlgan hamda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi hayʼatlarida taftish tartibida ishni koʻrishda taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish chogʻida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud boʻlgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlarini, ajrimlarini, shuningdek tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining hukmlarini va ajrimlarini taftish tartibida koʻrishda shikoyat yoxud protest boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish chogʻida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud boʻlgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlarini, ajrimlarini taftish tartibida koʻrishda taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish chogʻida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud boʻlgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni taftish tartibida koʻrishda protest boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligini va Jinoyat kodeksining normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish chogʻida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud boʻlgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
483-modda. Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrishda shikoyat yoki protest vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan tegishli shikoyatni bermagan shaxslarga yoki oʻziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud qaror qabul qilish chogʻida quyi instansiya sudlari tomonidan tekshirilgan dalillarni ham, ishni koʻrishda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi yoki tegishli taftish instansiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ular tomonidan talab qilib olingan va tekshirilgan, eʼtiborga olinadigan yangi dalillarni ham tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar quyi instansiya sudi tomonidan sud tergovining toʻliq emasligiga yoki bir yoqlamaliligiga yoki protsessual buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida jinoyat ishini koʻrib chiqayotgan sud toʻliq yoki qisman sud tergovini oʻtkazish yoʻli bilan boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish, protsessual buzilishlarni bartaraf etish choralarini koʻradi. Ishni apellyatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud shu maqsadda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishni hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlarni taraflarning iltimosnomasiga koʻra talab qilib olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) zarur sud ekspertizasini tayinlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sud majlisiga qoʻshimcha guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirishga va soʻroq qilishga, taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ularning iltimosiga koʻra sud tomonidan talab qilib olingan yozma, ashyoviy va boshqa dalillarni tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) quyi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni maqbul emas deb topishga va ularni dalillar majmuidan chiqarib tashlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) quyi instansiya sudi tomonidan maqbul emas deb topilganligi uchun dalillar majmuidan chiqarib tashlangan dalillarni maqbul dalillar deb topishga va ularni tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) fuqaroviy daʼvoga taalluqli boʻlgan holatlarni tekshirishga va fuqaroviy daʼvo boʻyicha qaror qabul qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ishning barcha materiallari toʻliq, har tomonlama va xolisona tekshirilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha bir necha shaxs hukm qilingan yoki oqlangan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi oʻziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga yoki oqlangan shaxslarga taalluqli hukmni, ajrimni bekor qilishga, agar hukmning, ajrimning bekor qilinishi ularning ahvolini ogʻirlashtirsa, haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
484-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan koʻrish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi va jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud ish shikoyat yoki protest bilan kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh sutkadan kechiktirmay ishni koʻrib chiqishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda tegishli sud raisi bu muddatni koʻpi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati jinoyat ishi shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ishni koʻrib chiqishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari bu muddatni koʻpi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati jinoyat ishi protest bilan birga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ishni koʻrib chiqishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi bu muddatni koʻpi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini koʻrish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisida protsessning manfaatdor ishtirokchilari xabardor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi va ishni taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud tomonidan jinoyat ishini koʻrib chiqish davomiyligi uni koʻrib chiqish boshlangan kundan eʼtiboran uch oydan oshmasligi kerak. Mazkur muddat ish murakkab boʻlgan yoki uning hajmi katta boʻlgan, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud boʻlgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining va ishni taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sudning ajrimiga koʻra koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati va Rayosati tomonidan taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlgan jinoyat ishi oqilona muddatlarda, biroq uni koʻrib chiqish boshlangan kundan eʼtiboran koʻpi bilan uch oyda koʻrib chiqilishi kerak. Ushbu muddat ishning murakkabligi yoki hajmi kattaligi tufayli, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud boʻlgan taqdirda, tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati va Rayosatining ajrimi (qarori) bilan uzaytirilishi mumkin. Bunda jinoyat ishini koʻrib chiqish davomiyligi uni koʻrib chiqish boshlangan kundan eʼtiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
485-modda. Hukmni, ajrimni bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida hukmni, ajrimni bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud tergovining toʻliq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hukmda, ajrimda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Kodeks normalarining jiddiy ravishda buzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) jazoning adolatsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasidagi yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikdan cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmasligi haqidagi normaning qoʻllanilish zaruriyati mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunning qonuniy kuchga kirganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) sudlanuvchiga nisbatan ayblovning ogʻirrogʻi bilan yoki haqiqiy holatlarga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirilganligi yoki sudlanuvchining yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoxud boshqa shaxsning ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
486-modda. Sud tergovining toʻliq emasligi va bir yoqlamaligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovi quyidagi hollarda toʻliq emas va bir yoqlama deb eʼtirof etiladi, agar ish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlar yetarlicha toʻliq aniqlanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) koʻrsatuvlari ishni hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar soʻroq qilinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oʻtkazilishi shart boʻlgan ekspertiza oʻtkazilmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar, ashyoviy, yozma yoki raqamli dalillar talab qilib olinmagan boʻlsa;
(486-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) natijalari ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
487-modda. Hukmda, ajrimda bayon etilgan sud xulosalarining ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmi, ajrimi quyidagi hollarda jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq emas deb eʼtirof etiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud xulosalari sud majlisida koʻrilgan dalillar bilan tasdiqlanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud oʻz xulosalariga jiddiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatlarni hisobga olmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlarga nisbatan bir-biriga zid dalillar mavjud boʻlgani holda, sud qaysi sabablarga koʻra ushbu dalillarning ayrimlarini ishonarli deb topganligi va boshqalarini rad etganligi hukmda, ajrimda koʻrsatilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hukmda, ajrimda bayon etilgan xulosalarda jiddiy ziddiyatlar mavjud boʻlib, ular sudlanuvchining aybliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarining toʻgʻri qoʻllanilishiga yoki jazo chorasini belgilashga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
488-modda. Ushbu Kodeks normalarining jiddiy buzilishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsess ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlardan mahrum qilgan yoki bu huquqlarni cheklagan yoxud sudga ishni har tomonlama koʻrib chiqishga boshqacha tarzda xalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli qaror chiqarishga taʼsir qilgan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklar ushbu Kodeks normalarini jiddiy buzish deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda hukm, ajrim bekor qilinishi lozim, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hukmni, ajrimni qonunga xilof tarkibdagi sud chiqargan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudyaning hukmni, ajrimni yakka oʻzi chiqarishi tartibi yoki hukmni, ajrimni chiqarishda sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi buzilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ish sudlanuvchi yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa, bundan ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan va bu qoidabuzarlik hukmni, ajrimni chiqargan sud tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) himoyachisi boʻlmagan sudlanuvchiga himoya nutqi uchun soʻz berilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sudlanuvchiga oxirgi soʻz berilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) sudlanuvchining ona tilidan va tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qonunga koʻra himoyachi, qonuniy vakil ishtirok etishi shart boʻlsa-yu, ish ularning ishtirokisiz tergov qilingan yoki koʻrib chiqilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ishni yuritishni istisno etadigan holatlar mavjud boʻla turib, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi oʻtkazilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) sud majlisi bayonnomasi ishda mavjud boʻlmasa yoxud imzolanmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
489-modda. Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalarining talablari buzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinoyatning Jinoyat kodeksining qoʻllanilishi lozim boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi) oʻrniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan tavsiflanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va meʼyori tayinlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
490-modda. Jazoning adolatsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazo jinoyatning ogʻirligiga, mahkumning shaxsiga nomuvofiq boʻlsa yoki jazo Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan doiradan chetga chiqmasdan tayinlangan boʻlsa-da, biroq turi yoki meʼyori boʻyicha oʻta yengil yoki oʻta ogʻir boʻlsa, adolatsiz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
491-modda. Moddiy zararning oʻrni qoplanganligi munosabati bilan hukmni oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmasligi toʻgʻrisidagi tegishli moddasi normasini qoʻllash uchun asoslar aniqlangan taqdirda hukmni oʻzgartiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
492-modda. Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunning qonuniy kuchga kirganligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishni apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqish davomida Jinoyat kodeksining 13-moddasiga muvofiq orqaga qaytish kuchiga ega boʻlgan, qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun qonuniy kuchga kirsa, sud hukmga zarur oʻzgartirishlar kiritadi yoki hukmni bekor qilib, ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
493-modda. Hukmni bekor qilish va ishni birinchi instansiya sudiga yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Kodeks 416, 417-moddalarining ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrish chogʻida aniqlansa, sud prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoxud mahkumning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimni ijro etish ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ajrimi ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida belgilangan muddatda bajarilmagan yoki prokurorning ayblovga qoʻshimcha kiritish yoxud yangi shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun jalb etish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi kelib tushgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sud muhokamasini jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumga yangi ayblov qoʻyilgan yoki yangi shaxs ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun ishga jalb etilgan taqdirda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qiladi va ishni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning muhokamasi birinchi instansiya sudi tomonidan umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
494-modda. Hukmni mahkumning, oqlangan shaxsning ahvolini ogʻirlashtirish tomonga bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi sudning hukmini bekor qilishga va mahkumga jazoni kuchaytirgan yoki unga nisbatan eʼlon qilingan ayblov doirasida ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllagan holda yangi ayblov hukmi chiqarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ayblov hukmi apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyatiga koʻra, mahkumning ahvolini ogʻirlashtirgan holda yangi hukm chiqarish orqali bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning oqlov hukmi apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining mazkur hukmning qonunga xilofligi va asossizligi borasidagi shikoyatiga koʻra, ayblov hukmi chiqarilgan holda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
495-modda. Sudning hukmini, ajrimini oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi sudning ayblov hukmini yoki ajrimini oʻzgartirish chogʻida quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jazoni yengillashtirishga yoki mahkumga nisbatan yengilroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jazoni ijro etish muassasasi turini yengilrogʻiga yoki ogʻirrogʻiga oʻzgartirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jinoyat natijasida yetkazilgan, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan moddiy zarar miqdorini, shuningdek maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish miqdorini kamaytirishga yoki koʻpaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq mahkumga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar toʻgʻrisidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal etishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmining oqlov asoslariga doir qismi oqlangan shaxsning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining shikoyatiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
496-modda. Ayblov hukmini jinoyat ishini tugatgan holda bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrib chiqib, quyidagi hollarda ayblov hukmini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish boʻyicha ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ish boʻyicha toʻplangan dalillar mahkumni aybdor deb topish uchun yetarli boʻlmasa va qoʻshimcha dalillarni toʻplash imkoniyati qolmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
497-modda. Sudning hukmi va ajrimi ijro etilishini toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi har qanday sudining ustidan shikoyat (protest) berilgan hukmi va ajrimi ijro etilishini berilgan shikoyat (protest) kassatsiya yoki taftish tartibida hal qilinguniga qadar toʻxtatib turishga haqli, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan chiqarilgan sud qarorlari mustasno. Qonunning ochiqdan-ochiq buzilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaxslar ishni talab qilib olish bilan bir vaqtda hukmning, ajrimning ijro etilishini to ular yuzasidan shikoyat (protest) berilguniga qadar koʻpi bilan uch oyga toʻxtatib turishga haqlidir.
(55-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan kiritilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
551-bob. BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HUKMI, AJRIMI USTIDAN APELLYATSIYA TARTIBIDA SHIKOYAT BERISH (PROTEST BILDIRISH)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4971-modda. Apellyatsiya tartibida shikoyat beriladigan va protest bildiriladigan qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning oʻzida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4972-modda. Hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat berishga, prokuror va uning oʻrinbosari esa, protest bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari hamda asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham sud hukmining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4973-modda. Hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy kuchga kirmagan hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmi ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hududiy harbiy sudlarning hukmi ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari ustidan — ayni shu sudlarga.
(4973-moddaning birinchi qismining 3 va 4-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 3-band bilan almashtirilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita apellyatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, mazkur sud ularni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeksning 4976-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.
(4973-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4974-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) berish muddatlari
(4974-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning koʻchirma nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida berilishi mumkin.
(4974-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi mumkin emas. Taraflar shu vaqt mobaynida ish bilan sud binosida tanishishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaxslarga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4975-modda. Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish muddatini tiklash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan hollarda apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash soʻralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Zarur hollarda, bu masala iltimosnoma bergan shaxsning ishtirokida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan apellyatsiya instansiyasi sudiga xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin boʻlib, u mazkur ajrimni bekor qilishga, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga va apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni koʻrishga yoxud ishni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeks 4976-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4976-modda. Apellyatsiya shikoyati, protesti berilganligi toʻgʻrisida xabar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm chiqargan sud apellyatsiya shikoyati, protesti berilganligi toʻgʻrisida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakilini, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini agar shikoyat, protest ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning koʻchirma nusxalari yoxud hukm chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga shikoyat, protest yuzasidan oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi ularni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi. Shikoyat, protest ustidan kelib tushgan eʼtirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar apellyatsiya shikoyatiga, protestiga doir eʼtiroz bilan birga alohida holda yangi materiallarni taqdim etishga yoxud ularni talab qilib olish va tekshirish, shuningdek oʻzlari koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4977-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi hukmning qonuniy kuchga kirishini va uning ijro ettirilishini toʻxtatib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeksning 4976-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga oʻn kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4978-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadiQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4979-modda. Apellyatsiya shikoyatiga, protestiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs apellyatsiya instansiyasi sudining majlisi boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoki yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm ustidan shikoyat (protest) berish muddati oʻtganidan keyin berilgan apellyatsiya protestiga, jabrlanuvchining yoki uning vakilining apellyatsiya shikoyatiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritishda mahkumning ahvolini ogʻirlashtirish toʻgʻrisida masala, agar bunday talab dastlabki shikoyatda, protestda mavjud boʻlmasa, qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm ustidan shikoyat qilish muddati oʻtganidan keyin ishga kirishgan himoyachi apellyatsiya shikoyatini oʻzgartirishi yoki uni yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qoʻshimcha asoslar taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49710-modda. Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaxs oʻz shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum himoyachi tomonidan berilgan shikoyatni qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49711-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish
(49711-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda ushbu Kodeksning 4972-moddasida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin.
(49711-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda, ish faqat hukm ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.
(49711-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlashga, uni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga taalluqli ajrimlar ustidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berish va protest bildirish mumkin emas. Ularga qarshi eʼtirozlar apellyatsiya shikoyatiga yoki apellyatsiya protestiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ish boʻyicha taraf hisoblanmagan shaxslar ham sud ajrimi ustidan, agar ajrim ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, shikoyat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49712-modda. Ishni apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborish toʻgʻrisida xabar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni xabardor qiladi.
(551-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
552-bob. APELLYATSIYA INSTANSIYASI SUDIDA ISH YURITISH
Oldingi tahrirga qarang.
(49713-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadiQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49714-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadiQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49715-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisini tayinlash va tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya apellyatsiya shikoyati, protesti bilan kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganib, sud majlisini tayinlash toʻgʻrisida yetti sutka ichida ajrim chiqaradi va unda quyidagi masalalar hal etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishini koʻrib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) taraflarni, shuningdek guvohlarni, ekspertlarni va boshqa shaxslarni sud majlisiga chaqirish, shikoyatda, protestda koʻrsatilgan qoʻshimcha dalillarni, agar mazkur iltimosnomani asosli deb topsa, talab qilib olish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida protsess ishtirokchilariga sud majlisi tayinlanganligi haqida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyat ishini oʻrganish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 4976-moddasi ikkinchi qismining talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun jinoyat ishini shu sudga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49716-modda. Taraflarning apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida quyidagilar ishtirok etishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mahkum, oqlangan shaxs yoki oʻziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan shaxs — mazkur shaxs sud majlisida ishtirok etish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan yoki sud mazkur shaxsning sud majlisida ishtirok etishini zarur deb topgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqishda hozir boʻlish istagini bildirgan mahkumga sud majlisida bevosita yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49717-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishi birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha, ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar inobatga olingan holda koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi hamda qanday jinoyat ishi va kimning apellyatsiya shikoyati, protesti boʻyicha koʻrilishini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining va, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasi, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi jinoyat ishini koʻrishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaxslar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar va iltimosnomalar bor-yoʻqligini, apellyatsiya shikoyatida, protestida bayon etilgan iltimoslarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimoslar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. U birinchi instansiya sudi hukmining yoki ajrimining mazmunini, apellyatsiya shikoyatining, protestining mazmunini va unga qarshi eʼtirozlarning mohiyatini qisqacha bayon etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi apellyatsiya shikoyati bergan shaxsga, apellyatsiya shikoyati va protesti kimga nisbatan berilgan boʻlsa oʻsha shaxsga, ularning himoyachilari va vakillariga, soʻngra esa prokurorga soʻz beradi. Ish boʻyicha bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda, soʻzga chiqish navbati sud tomonidan taraflarning fikri inobatga olingan holda belgilanadi. Agar berilgan apellyatsiya shikoyatlari orasida prokurorning apellyatsiya protesti boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud taraflarning soʻzlarini eshitib, hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirib koʻrishni taʼminlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshiriladigan dalillar hajmini aniqlash toʻgʻrisida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlar va zarurat boʻlsa, boshqa shaxslarni chaqirish haqida; sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini saqlab qolish, tanlash, bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan keyin sud sud majlisiga chaqirilgan sudlanuvchini, guvohlarni, jabrlanuvchilarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosi boʻyicha hamda oʻzining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga oid boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar apellyatsiya instansiyasi sudiga apellyatsiya shikoyatida, protestida keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud buni zarur deb topsa, apellyatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish toʻgʻrisidagi va sud majlisiga guvohlar, ekspertlarni hamda boshqa shaxslarni chaqirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat u birinchi instansiya sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asoslanib rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bu dalillarni birinchi instansiya sudiga taqdim etishga imkoniyati boʻlmaganligini asoslab berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi dalillarni videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda tekshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan sud tergoviga qoʻshimcha qilish yuzasidan iltimoslari bor-yoʻqligini surishtiradi. Sud bu iltimoslarni hal etadi va shundan keyin taraflarning muzokaralariga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49718-modda. Taraflarning muzokaralari va sudlanuvchining oxirgi soʻzi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(49719-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadiQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49720-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadiQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49721-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadiQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49722-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadiQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49723-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadiQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49724-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadiQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49725-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadiQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49726-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hukmni oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hukmni bekor qilish va jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish toʻgʻrisida;
(49726-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) hukmni oʻzgartirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) shikoyat, protest qaytarib olingan hollarda, apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.
(49726-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya hukmini chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(49727-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49728-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49729-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49730-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49731-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi va ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi ushbu Kodeksning 454 — 477-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy;
(49731-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) apellyatsiya shikoyati yoki protesti bergan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) birinchi instansiya sudining shikoyat yoki protest berilgan hukmining qaror qismi mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shikoyatning, protestning, ishda ishtirok etayotgan shaxslar eʼtirozlari va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shikoyat, protest boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudining qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilganda apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya sudining ajrimi qonuniy hamda asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimida qonunning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillar va apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilgan yangi dalillarga asoslanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi sudning butun tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berish chogʻida ozchilik tarafda qolgan sudya ajrimni imzolab, oʻzining alohida fikrini yozma shaklda bayon etishga haqli.
(49731-modda oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.
(49731-modda yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumni darhol qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod etish uchun asos boʻladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sud zalida ijro etilishi lozim. Boshqa hollarda hukmning, ajrimning koʻchirma nusxasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin apellyatsiya instansiyasi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi uy qamogʻini ijro etish oʻz zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49732-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining xususiy ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan hollarda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49733-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisining bayonnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma yuritadi. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berilishi mumkin boʻlib, ular ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49734-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslar birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish boʻyicha hukm chiqarilgan, biroq xususiy shikoyat yoki xususiy protest faqat birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan boʻlsa, sud hukm ustidan apellyatsiya shikoyati, protesti berish uchun belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ishni yuqori sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha koʻrish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgartirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha chiqarilgan ajrimi uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeksning 308, 317-moddalarida va 59-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(49734-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49735-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni qoʻshimcha koʻrish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baʼzi mahkumlarga daxli boʻlgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellyatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra apellyatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 4975-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoxud qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan apellyatsiya shikoyati yoki apellyatsiya protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha hukm, ajrim chiqarishi shart.
(49735-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishni qoʻshimcha koʻrish chogʻida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan hukm, ajrim ilgari chiqarilgan hukmga, ajrimga zid boʻlsa, protest bildirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ish taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan prokurorga yuboriladi.
(49735-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni qoʻshimcha koʻrish tartibi kechikib kelib tushgan xususiy shikoyatni va protestni hal etish uchun ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49736-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan shikoyat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat, protest berilishi mumkin.
(49736-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi OʻRQ-899-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 03/24/899/0048-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-bob. SUDNING HUKMI VA AJRIMI USTIDAN KASSATSIYA TARTIBIDA SHIKOYAT BERISH (PROTEST BILDIRISH)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
498-modda. Kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin boʻlgan sud hukmlari, ajrimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hukmlari, ajrimlari, agar ular apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi davomida chiqarilgan ajrimlari ustidan hukm bilan bir vaqtda kassatsiya tartibida shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.
(498-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
499-modda. Birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga (protest bildirishga) boʻlgan huquq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning oʻrinbosarlari birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida protest bildirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining oʻz huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.
(499-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
500-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy kuchga kirgan hukmlar, ajrimlar ustidan kassatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hududiy harbiy sudlarning hukmlari, ajrimlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari, ajrimlari ustidan — ayni shu sudlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatlari va protestlari hukmni, ajrimni chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud uni hukmni, ajrimni chiqargan sudga ushbu Kodeksning 479-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.
(500-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
501-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini kassatsiya tartibida qayta koʻrishga yoʻl qoʻyiladigan muddat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shikoyatda yoki protestda ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi haqidagi, jazoni kuchaytirish toʻgʻrisidagi yoxud mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa oʻzgarishlar haqidagi qonunni qoʻllash toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoxud ajrimini kassatsiya tartibida qayta koʻrishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini kassatsiya tartibida qayta koʻrishga faqat ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil ichida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
502-modda. Hukm, ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berish oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi hukmning, ajrimning ijrosini toʻxtatib turish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm, ajrim chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oylik muddatda ishni shikoyatlar (protestlar) va ularga doir eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Mazkur muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan uzaytirilishi, biroq koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
503-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm, ajrim chiqargan sud kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi toʻgʻrisida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakillarini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, uch sutka ichida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning koʻchirma nusxalari yuboriladi yoxud hukmni, ajrimni chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga doir eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar kassatsiya shikoyatiga, protestiga doir eʼtiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoki ularni talab qilib olish va tekshirish toʻgʻrisida, shuningdek oʻzlari koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
504-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini oʻzgartirish va unga qoʻshimcha kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs kassatsiya instansiyasi sudining majlisi boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoxud yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestini oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish, jabrlanuvchining yoxud uning vakilining kassatsiya shikoyatini oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish chogʻida mahkumning ahvolini ogʻirlashtirish toʻgʻrisidagi masala, agar bunday talab dastlabki kassatsiya shikoyatida, protestida koʻrsatilmagan boʻlsa, qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati berilganidan keyin jinoyat ishini yuritishga kirishgan himoyachi shikoyatni oʻzgartirishi yoxud yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qoʻshimcha asoslar taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5041-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm, ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs uni qaytarib olishga haqlidir. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega. Mahkum oʻz himoyachisining shikoyatini qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat yoki protest, shuningdek uni qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5042-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va protest bildirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi davomida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda, ish kassatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi davomida chiqarilgan dalillarni tekshirish tartibiga, jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlashga, uni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga taalluqli ajrimlar ustidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berish va protest bildirish mumkin emas. Ularga qarshi eʼtirozlar kassatsiya shikoyatiga yoki kassatsiya protestiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ish boʻyicha taraf hisoblanmagan shaxslar sud ajrimi ustidan, agar ajrim ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, shikoyat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5043-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudiga yuborish toʻgʻrisida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi uch sutka ichida jinoyat ishi kassatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni xabardor qiladi.
(501 — 504-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 501 — 5043-moddalar bilan almashtirilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
561-bob. KASSATSIYA INSTANSIYASI SUDIDA ISH YURITISH
Oldingi tahrirga qarang.
(505-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(506-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(507-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(508-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(509-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5091-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5092-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5093-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5094-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5095-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining majlisini tayinlash va tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganib, sud majlisini tayinlash toʻgʻrisida yetti sutkadan kechiktirmay ajrim chiqaradi, unda quyidagi masalalarni hal etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishini koʻrib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud majlisiga taraflarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini chaqirish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi haqidagi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida jinoyat protsessi ishtirokchilariga sud majlisining joyi, sanasi va boshlanish vaqti tayinlanganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyat ishini oʻrganish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 503-moddasi ikkinchi qismining talabi bajarilmaganligi aniqlansa, sudya ishni kassatsiya tartibida koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun ishni shu sudga qaytaradi.
(5095-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5096-modda. Ishni kassatsiya tartibida koʻrishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini kassatsiya tartibida sud majlisida koʻrishda quyidagilar ishtirok etishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning ishtirok etishi zarurligi toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya tartibida koʻrilayotgan ish boʻyicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaxslar mustasno.
(5096-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5097-modda. Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday jinoyat ishi va kimning kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, ular kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan iltimosnomalarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining, kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning maʼruzasidan keyin sud kassatsiya shikoyati (protesti) bergan taraflarning maʼruzalarini va boshqa tarafning eʼtirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar berilgan kassatsiya shikoyatlari bilan bir qatorda prokuror bildirgan kassatsiya protesti mavjud boʻlsa, soʻz birinchi navbatda prokurorga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan kassatsiya shikoyatlari yuzasidan fikrini bildiradi, protestda koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud taraflarning fikrlarini eshitib, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirish zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshirilishi lozim boʻlgan dalillar hajmini aniqlash toʻgʻrisida, sud majlisiga mahkumni (oqlangan shaxsni), jabrlanuvchini, guvohlarni, ekspertlarni va zarurat boʻlganda boshqa shaxslarni chaqirish haqida qaror qabul qiladi. Shundan keyin sud sudning majlisiga chaqirilgan mahkumni (oqlangan shaxsni), jabrlanuvchilarni, guvohlarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosnomasi boʻyicha hamda oʻzining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga aloqador boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar kassatsiya instansiyasi sudiga kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud buni zarur deb topgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish toʻgʻrisidagi va sud majlisiga guvohlarni, ekspertlarni hamda boshqa shaxslarni chaqirish haqidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat iltimosnoma birinchi instansiya sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asosan rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan qaysi sabablarga koʻra bu dalillarni birinchi instansiya sudiga taqdim etishga imkoniyati boʻlmaganligini tushuntirib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi dalillarni tekshirishga, shu jumladan videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda tekshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan sud tergoviga qoʻshimcha qilish yuzasidan iltimoslari bor-yoʻqligini surishtiradi. Sud bu iltimoslarni hal etadi va shundan keyin taraflarning muzokaralariga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat (protest) bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi mahkumga (oqlangan shaxsga), agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻzni beradi, shundan soʻng sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori ushbu Kodeksning 49731-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 473, 49731-moddalari qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudida sud majlisining bayonnomasi yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasi ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda tayyorlanishi kerak. U bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga haqli. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan ushbu Kodeksning427-moddasida nazarda tutilgan tartibda mulohazalar bildirilishi mumkin.
(5097-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(5098-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadiQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5099-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hukmni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hukmni bekor qilish va ishni tugatish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) hukmni oʻzgartirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) shikoyat (protest) qaytarib olingan hollarda, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya hukmini chiqaradi.
(5099-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50910-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining hukmida, ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud ishining raqami, hukm, ajrim chiqarilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) birinchi instansiya sudining ustidan shikoyat (protest) berilgan hukmi, ajrimi qaror qismining mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shikoyatning (protestning), kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etayotgan shaxslar eʼtirozlarining va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shikoyat (protest) boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudining qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) qanoatlantirilmay qoldirilganda kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya sudining ajrimi qonuniy va asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari talablari buzilganligi hamda bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan sud qarorining asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini ushbu Kodeks 472-moddasining talablariga rioya etgan holda yozma tarzda qoldirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumni darhol qamoqdan yoki ozodlikdan cheklash tariqasidagi jazodan ozod etish uchun asos boʻladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sud zalida ijro etiladi. Boshqa hollarda hukmning, ajrimning koʻchirma nusxasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin kassatsiya instansiyasi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi ozodlikdan cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish oʻz zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
(50910-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50911-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining xususiy ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda, xususiy ajrim chiqaradi.
(50911-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50912-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgartirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha chiqarilgan ajrimi uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeksning 308, 317-moddalarida va 59-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(50912-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50913-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida qoʻshimcha tarzda koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ayrim mahkumlarga taalluqli kassatsiya shikoyati yoki protesti kassatsiya instansiyasi sudiga biror-bir sababga koʻra boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek, agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish protsessning boshqa ishtirokchisining kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyatni yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishni qoʻshimcha tarzda koʻrish chogʻida kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan ajrim ilgari chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish protest bildirish masalasini hal qilish uchun taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini qoʻshimcha tarzda koʻrish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyatlarga va xususiy protestlarga nisbatan ham taalluqlidir.
(50913-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50914-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
(50914-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
562-bob. Sudning hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
510-modda. Taftish tartibida qayta koʻrilishi mumkin boʻlgan sud hukmlari, ajrimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyasida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha chiqarilgan va ayni shu sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida chiqarilgan hukmlar, ajrimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida takroran koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
511-modda. Hukm va ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining oqlash sabablari va asoslariga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
512-modda. Hukmlar, ajrimlar ustidan taftish tartibida protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning oʻrinbosarlari jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha chiqarilgan hukmlar, ajrimlar hamda ular boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining taftish tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha sud qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
513-modda. Sudning ajrimi ustidan taftish tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasida koʻrib chiqilgan ajrimi, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan taftish tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
514-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladigan muddat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shikoyatda yoki protestda ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi haqidagi, jazoni kuchaytirish toʻgʻrisidagi yoki mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa oʻzgarishlar haqidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoxud ajrimini taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil ichida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
515-modda. Taftish tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ustidan taftish tartibida shikoyat beriladi yoki protest bildiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tuman (shahar) sudlarining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan, shuningdek tuman (shahar) sudlari tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan, shuningdek hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmlari, ajrimlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha chiqarilgan hukmlar, ajrimlar va ular yuzasidan chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining hukmlari, ajrimlari ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining taftish tartibida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida takroran koʻrib chiqish uchun protest bildiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest bildirish uchun ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning arizalari (iltimosnomalari), shuningdek sudyaning taqdimnomasi, ommaviy axborot vositalarining xabarlari sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan taftish tartibidagi shikoyatlar va protestlar hukmni, ajrimni chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protest bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga berilgan taqdirda, sud ularni hukmni, ajrimni chiqargan sudga ushbu Kodeksning 479-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada belgilangan tartib taftish tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish tartibiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
516-modda. Taftish tartibida beriladigan, bildiriladigan shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibida beriladigan (bildiriladigan) shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuborilayotgan, ishni taftish tartibida koʻradigan sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, uning yashash joyi yoki turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hukm, ajrim chiqargan sudning nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana, sud ishining raqami, shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilayotgan hukm, ajrim kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, oʻsha shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berayotgan shaxsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish chogʻida qaror qabul qilishga taʼsir koʻrsatgan qonunning qaysi normalari buzilganligi toʻgʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shaxs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilgan sana, shikoyat (xususiy shikoyat) bergan, protest (xususiy protest) bildirgan shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
517-modda. Hukm, ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) berish, protest (xususiy protest) bildirish oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm, ajrim chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oy ichida jinoyat ishini shikoyatlar, protestlar (xususiy shikoyatlar, xususiy protestlar) va ularga doir eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga taftish tartibida koʻruvchi sudga yuboradi. Mazkur muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
518-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm, ajrim chiqargan sud taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilishi toʻgʻrisida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakillarini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, uch sutka ichida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) koʻchirma nusxalari yuboriladi yoxud hukmni, ajrimni chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar taftish tartibida beriladigan shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir eʼtiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoki ularni talab qilib olish va tekshirish, shuningdek oʻzi koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
519-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) oʻzgartirish va unga qoʻshimcha kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs jinoyat ishini taftish tartibida sud majlisida koʻrish boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoki yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibidagi protestga (xususiy protestga), jabrlanuvchining yoki uning vakilining taftish tartibidagi shikoyatiga (xususiy shikoyatiga) mahkumning ahvolini ogʻirlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga, agar bunday talab taftish tartibida berilgan dastlabki shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) koʻrsatilmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibidagi shikoyat (xususiy shikoyat) berilganidan keyin jinoyat ishini yuritishga kirishgan himoyachi shikoyatni (xususiy shikoyatni) oʻzgartirishi yoki yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat (xususiy shikoyat) vajlarining qoʻshimcha asoslarini taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
520-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs oʻz shikoyatini, protestini (xususiy shikoyatini, xususiy protestini) qaytarib olishga haqlidir. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni (xususiy protestni) qaytarib olishga haqli. Mahkum oʻz himoyachisining shikoyatini (xususiy shikoyatini) qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini (xususiy shikoyatini) faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olishga sud maslahatxonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest), shuningdek uni qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
521-modda. Ish taftish instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm chiqargan sud jinoyat ishi taftish instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni uch sutka ichida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5211-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishini koʻrib chiqish uchun sud majlisini tayinlash va tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya taftish tartibidagi shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bilan kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganib, sud majlisini tayinlash toʻgʻrisida yetti sutkadan kechiktirmay ajrim chiqarib, unda quyidagi masalalarni hal etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishini koʻrib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud majlisiga taraflarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini chaqirish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxsning sud majlisida ishtirok etishi haqidagi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida jinoyat protsessi ishtirokchilariga sud majlisining joyi, sanasi va boshlanish vaqti tayinlanganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyat ishini oʻrganish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 503-moddasi ikkinchi qismining talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya ishni taftish tartibida koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun ishni shu sudga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5212-modda. Ishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini taftish tartibida sud majlisida koʻrishda quyidagilar ishtirok etishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni taftish tartibida koʻrishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning ishtirok etishi zarurligi toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibida koʻrilayotgan ish boʻyicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaxslar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5213-modda. Jinoyat ishini Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilayotganda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning shikoyati, protesti (xususiy shikoyati, xususiy protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, taftish tartibidagi shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) bayon etilgan iltimosnomalarni ular quvvatlashi-quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud boʻlgan taqdirda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining, taftish tartibida berilgan shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning maʼruzasidan keyin sud taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan tarafning maʼruzasini va boshqa tarafning eʼtirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat (xususiy shikoyat) mavjud boʻlgan taqdirda soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar berilgan taftish tartibidagi shikoyatlar (xususiy shikoyatlar) bilan bir qatorda prokurorning taftish tartibida bildirilgan protesti (xususiy protesti) mavjud boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan taftish shikoyatlari (xususiy shikoyatlar) yuzasidan fikrini bildiradi, protestda (xususiy protestda) koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud taraflarning fikrlarini eshitib, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi lozim darajada tekshirilishini taʼminlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshirilishi lozim boʻlgan dalillar hajmini aniqlash toʻgʻrisida, sud majlisiga mahkumni (oqlangan shaxsni), jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni va, zarurat boʻlganda, boshqa shaxslarni chaqirish haqida qaror qabul qiladi. Shundan keyin sud sudning majlisiga chaqirilgan mahkumni (oqlangan shaxsni), jabrlanuvchilarni, guvohlarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosnomasiga koʻra hamda oʻz tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga aloqador boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar taftish instansiyasi sudiga taftish tartibida berilgan shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud zarur deb topsa, ishni taftish tartibida koʻrish chogʻida soʻroq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish toʻgʻrisidagi va sud majlisiga guvohlarni, ekspertlarni hamda boshqa shaxslarni chaqirish haqidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat u birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asoslanib rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxs bu dalillarni oʻziga bogʻliq boʻlmagan qanday sabablarga koʻra birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga taqdim etish imkoniyati boʻlmaganligini tushuntirib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud dalillarni tekshirishga, shu jumladan videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda tekshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan ularda sud tergoviga qoʻshimcha qilish yuzasidan iltimosnomalari bor-yoʻqligini surishtiradi. Sud bu iltimosnomalarni hal etadi, shundan keyin taraflarning muzokaralariga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muzokaralari ushbu Kodeks 449-moddasining qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat (protest) bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi mahkumga (oqlangan shaxsga), agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sudning qarori ushbu Kodeksning 49731-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 473, 49731-moddalari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudida sud majlisining bayonnomasi yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasi ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda tayyorlanishi kerak. U bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga haqli. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda mulohazalar bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5214-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiqib, uning natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz qoldirish, taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini bekor qilish va birinchi instansiya sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ayblov yoki oqlov hukmi chiqarish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ishni tugatish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) shikoyat, protest qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibidagi ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 4 — 7-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida koʻruvchi sud ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sud hukm chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini taftish tartibida koʻruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5215-modda. Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat, xususiy protest ushbu Kodeksning 5213-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasining sudi ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgartirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5216-modda. Ishni taftish tartibida koʻruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi, ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni taftish tartibida koʻruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmida, ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud ishining raqami, hukm, ajrim chiqarilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ustidan taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilgan hukmning, ajrimning qaror qismi mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) taftish instansiyasi sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar eʼtirozlarining va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning ajrimida birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmi qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi qonuniy va asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) esa qanoatlantirilmasdan qoldirilishining asoslari koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning ajrimida Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan sud qarorining asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning hukmi, ajrimi sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini ushbu Kodeksning 472-moddasi talablariga rioya etgan holda yozma shaklda qoldirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning hukmi, ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumni darhol qamoqdan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazodan ozod etish uchun asos boʻladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sud zalida ijro etiladi. Boshqa hollarda, hukmning, ajrimning koʻchirma nusxasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin taftish instansiyasi sudi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish oʻz zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5217-modda. Ishni taftish instansiyasi sudida qoʻshimcha tarzda koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ayrim mahkumlarga taalluqli taftish tartibida berilgan shikoyat yoki protest biror-bir sabablarga koʻra ishni taftish tartibida koʻruvchi sudga boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining taftish tartibida berilgan shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish protsessning boshqa ishtirokchisining taftish tartibida berilgan shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, ishni taftish tartibida koʻruvchi sud bunday shikoyatni yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha tegishli qaror chiqarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishni qoʻshimcha tarzda koʻrish chogʻida ishni taftish tartibida koʻruvchi sud tomonidan chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) ilgari chiqarilgan hukmga, ajrimga (qarorga) zid boʻlsa, protest bildirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun ish taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini qoʻshimcha tarzda koʻrish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyatlarga va xususiy protestlarga nisbatan ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5218-modda. Jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) boʻyicha jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar taftish tartibida protest (xususiy protest) kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ishni suddan oʻz vakolatlari doirasida talab qilib olishga haqli. Ishlarni talab qilib olishga ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlari, shuningdek sudyaning taqdimnomasi, ommaviy axborot vositalarining xabarlari sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5219-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) koʻrib chiqmasdan qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) quyidagi hollarda koʻrib chiqilmasdan qaytariladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ushbu Kodeksning 515-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ushbu Kodeksning 511, 512-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ish Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida birinchi instansiya boʻyicha koʻrib chiqilgan ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52110-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga kelib tushgan taftish tartibida berilgan shikoyatlar (xususiy shikoyatlar) boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibida berilgan shikoyat (xususiy shikoyat) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur boʻlgan hollarda esa jinoyat ishi talab qilib olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatni (xususiy shikoyatni) oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shikoyatni (xususiy shikoyatni) ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxsga qabul qilingan qaror haqida uch sutka ichida xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52111-modda. Sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ajrim chiqarilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxs haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hukm, ajrim chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (xususiy shikoyatning) mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) taftish tartibidagi shikoyatni (xususiy shikoyatni) koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish sabablari va asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, uning oʻrinbosariga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning oʻrinbosari taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxsning shikoyatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish haqida ajrim chiqarishga va shikoyatni (xususiy shikoyatni) jinoyat ishi bilan birga taftish tartibida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52112-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ajrim chiqarilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) taftish tartibida shikoyatni (xususiy shikoyatni) bergan shaxs haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hukm, ajrim chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (xususiy shikoyatning) mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) taftish tartibidagi shikoyatni (xususiy shikoyatni) koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish sabablari va asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqish joyi va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) oʻzi chiqargan ajrim bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga jinoyat ishi bilan birga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52113-modda. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida koʻrib chiqish uchun kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari, qonuniy vakillari, prokuror, jabrlanuvchi yoki uning vakili, shuningdek fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari ish taftish tartibida koʻrib chiqish uchun yuborilganligi toʻgʻrisida, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, uch sutka ichida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) koʻchirma nusxasi yuboriladi yoxud taftish instansiyasi sudining internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar taftish tartibida berilgan shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir eʼtiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoxud ularni talab qilib olish va tekshirish toʻgʻrisida, shuningdek oʻzlari koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52114-modda. Jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrib chiqish uchun tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bilan birga kelib tushganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi toʻgʻrisida mahkumni, oqlangan shaxsni, uning himoyachisini, qonuniy vakilini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, ishni koʻrib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) koʻchirma nusxasi yuboriladi yoxud taftish instansiyasi sudining internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabar qilinadi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi, eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilganidan keyin mahkum, oqlangan shaxs, uning himoyachisi, qonuniy vakili, prokuror, jabrlanuvchi, uning vakili, shuningdek fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, ish taftish tartibida koʻriladigan vaqt haqida ishni koʻrib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52115-modda. Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida sud majlisida koʻrishda quyidagilar ishtirok etishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni taftish tartibida koʻrishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning ishni koʻrishda ishtirok etishi zarurligi toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibida koʻrilayotgan ish boʻyicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi, bundan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52116-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida jinoyat ishini taftish tartibida koʻrishda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday jinoyat ishi va kimning taftish tartibidagi shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, ular taftish tartibidagi shikoyatda, protestda bayon etilgan iltimosnomalarni quvvatlashi-quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining, taftish tartibida berilgan shikoyatning yoki protestning mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning maʼruzasidan keyin sud taftish tartibida shikoyat (protest) bergan tarafning maʼruzasini va boshqa tarafning eʼtirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda, soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar taftish tartibida berilgan shikoyatlar bilan bir qatorda prokurorning taftish tartibida bildirilgan protesti mavjud boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan taftish tartibida berilgan shikoyatlar yuzasidan fikrini bildiradi, protestda koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻz vajlarini bayon etish bilan birga taftish tartibida berilgan shikoyatda (protestda) keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki rad etib sudga qoʻshimcha materiallarni taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha materiallar taqdim etilgan hollarda, sud taraflarga ular bilan tanishib chiqish va oʻz vajlarini bayon etish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrishda sud ushbu Kodeks 483-moddasining uchinchi qismiga amal qilgan holda toʻliq yoki qisman sud tergovini oʻtkazishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovi yakunlanganidan soʻng sud taraflarning muzokaralariga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat (protest) bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning muzokaralari tamomlanganidan keyin raislik qiluvchi mahkumga (oqlangan shaxsga), agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻz beradi, shundan soʻng sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudining qarori ushbu Kodeksning 49731-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 473, 49731-moddalari qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudida sud majlisining bayonnomasi yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasi ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda tayyorlanishi kerak. U bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga haqli. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda mulohazalar bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52117-modda. Ishni taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ayrim sud qarorlarini bekor qilish va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud qarorlaridan birini oʻz kuchida qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ayblov yoki oqlov hukmi chiqarish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibidagi ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 4 — 7-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida koʻruvchi sud ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida koʻruvchi sud hukm chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini taftish tartibida koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52118-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) ushbu Kodeksning 52116-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlari ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni, xususiy protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudining xususiy ajrimini bekor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgartirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52119-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi, ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi, ajrimi ushbu Kodeksning 5216-moddasida belgilangan talablarga muvofiq chiqariladi va sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini ushbu Kodeks 472-moddasining talablariga rioya etgan holda yozma shaklda qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi, ajrimi ushbu Kodeks 5216-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida belgilangan tartibda ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52120-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest (xususiy protest) bildirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest (xususiy protest) bildirish toʻgʻrisidagi iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) iltimosnoma yuborilayotgan tegishli vakolatli shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) iltimosnoma bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, yashash joyi yoki turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sud ishining raqami, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) iltimosnoma bergan shaxsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻgʻriligi va uning iltimosining mohiyati nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish chogʻida qaror qabul qilinishiga taʼsir koʻrsatgan Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari buzilganligi toʻgʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosnomasining mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) iltimosnoma bergan shaxs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) iltimosnomaga ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) iltimosnoma berilgan sana, uni bergan shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52121-modda. Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida takroran koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudi jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeksning 485-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra bildirilgan protesti (xususiy protesti) boʻyicha taftish tartibida takroran koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni taftish instansiyasi sudida takroran koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ushbu bobda bayon etilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni taftish tartibida takroran koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ushbu Kodeksning 52117-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarga ega boʻlib, ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra hukm yoki qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni taftish tartibida takroran koʻrib chiqish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan chiqarilgan hukm, qaror uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeks 485-moddasining 6 va 7-bandlarida hamda 5217-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(562-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan kiritilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-bob. YANGI OCHILGAN HOLATLAR TUFAYLI ISH YURITISHNI QAYTADAN BOSHLASH
(57-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(510-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5101 va 5102-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(511-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(512-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(513-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(514-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(515-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5151 va 5152-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(516-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(517-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(518-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(519-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(520-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(521-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
522-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi yangi ochilgan holatlar tufayli bekor qilinishi hamda ish yuritish qaytadan boshlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar sudning hukmi yoki ajrimi qonuniy kuchga kirgan paytda mavjud boʻlgan, biroq sudga maʼlum boʻlmagan holatlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jabrlanuvchining yoki guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuv yoxud ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berganligi, xuddi shuningdek ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, tergov va sud harakatlari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning soxta ekanligi yoki bila turib notoʻgʻri tarjima qilinganligi qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga sabab boʻlganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
(522-modda uchinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga olib kelgan jinoiy xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) muayyan jinoyat ishini koʻrish chogʻida sudya tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) oʻz holicha yoki ilgari aniqlangan holatlar bilan birgalikda mahkumning aybsizligidan yoxud u hukm etilganiga nisbatan ogʻirligi darajasi boʻyicha boshqa jinoyat sodir etganligidan yoxud oqlangan shaxsning yoki oʻziga nisbatan ish tugatilgan shaxsning aybdorligidan dalolat beradigan boshqa holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
523-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumning foydasini koʻzlab, ayblov hukmini yangi ochilgan holatlar tufayli qayta koʻrib chiqish hech qanday muddatlar bilan chegaralanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumning oʻlimi uni reabilitatsiya qilish maqsadida ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmini yoki ishni tugatish haqidagi sud ajrimini yoki ayblov hukmini jazoning yengilligi yoki ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi munosabati bilan qayta koʻrishga faqat Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortishning oʻtish muddatlari davomida va yangi holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirilmagan holda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar ochilgan kun quyidagicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — soxta dalillar taqdim etganlikda, bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlikda yoki ish boʻyicha tergov yuritishda yoxud ishni sudda koʻrishda jinoiy suiisteʼmol sodir etganlikda aybli shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida sudga prokuror tomonidan protest yoki ushbu Kodeks 524-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan iltimosnoma kiritilgan kun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
524-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi hamda uning vakili taftish instansiyasi sudiga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli.
(524-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar taftish instansiyasi sudiga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida protest berishga haqli.
(524-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sudga protest kiritish uchun quyidagilar sabab boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) fuqarolarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining xabarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ommaviy axborot vositalarining xabarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda boshqa jinoyat ishini koʻrish jarayonida olingan maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada, protestda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlarni koʻrsatuvchi maʼlumotlarga havola mavjud boʻlsa, sudya surishtiruv, tergov organlaridan va suddan tegishli protsessual hujjatlarni talab qilib oladi hamda asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani oʻz ajrimi bilan taftish instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun kiritadi.
(524-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan holatlar koʻrsatilgan boʻlsa, sud materiallarni tergov oʻtkazish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Yangi ochilgan holatlar tergov qilinayotganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda soʻroq, koʻzdan kechirish, ekspertiza, olib qoʻyish va boshqa tergov harakatlari oʻtkazilishi mumkin. Tergov natijalari boʻyicha prokuror uch oylik muddatda sudga yangi ochilgan holatlar tufayli sud hukmi, ajrimini qayta koʻrish uchun asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida tegishli materiallarni ilova qilgan holda xulosa yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning xulosasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sudya oʻz ajrimi bilan yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani taftish instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun kiritadi.
(524-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimi manfaatdor shaxslarning shikoyatiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarlarining protestiga koʻra, materiallarni taftish instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
(524-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
525-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni prokuror tomonidan koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar prokurorga kelib tushgan arizada yoki xabarda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjudligi koʻrsatilgan boʻlsa, ularni tekshirish yoki tergov qilish natijalari boʻyicha ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun asoslar aniqlanganda prokuror taftish instansiyasi sudiga tegishli protest kiritadi.
(525-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishi materiallari va boshqa ish boʻyicha hukmning koʻchirma nusxasi, shu modda uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda esa tergov materiallari ilova qilingan holda sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sudga protest kiritish uchun asoslar yoʻq deb topsa, bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror qarorining koʻchirma nusxasi uch sutka ichida arizachiga yuborilib, unga qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilish yoki yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan sudga mustaqil ravishda murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
526-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masalani sud tomonidan koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror, iltimosnoma bergan shaxs, uning vakili, himoyachisi, sud majlisiga chaqirilgan boshqa shaxslar ishtirok etadi. Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi. Zarur boʻlganda sud ularning zimmasiga sud majlisiga kelish majburiyatini yuklatishga haqli. Qamoqda saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda taʼminlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi tugagach, ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
527-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sud ajrimi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqib, taftish instansiyasi sudi quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud hukmini, ajrimini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni yangidan koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudiga yuborish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda prokurorga yuborish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) agar yangi tergov ishini yuritishga yoki jinoyat ishini sudda koʻrishga zarurat boʻlmasa, sud hukmini, ajrimini bekor qilish va jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlashni rad etish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha taftish instansiyasi sudi ajrimining koʻchirma nusxasi prokurorga va arizachiga yuboriladi. Ajrimning koʻchirma nusxasi boshqa manfaatdor shaxslarga ularning iltimosiga koʻra yuboriladi.
(527-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahriridaQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5271-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli qayta boshlangan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritish qaytadan boshlanganligi munosabati bilan sud qarorlari bekor qilinganidan keyin jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov va sud muhokamasi umumiy tartibda amalga oshiriladi.
(522 — 527-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuniga asosan 522 — 5271-moddalar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻN IKKINCHI BOʻLIM
HUKM, AJRIM, QARORLARNI IJRO ETISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-bob. HUKMLARNI VA AJRIMLARNI IJRO ETTIRISH
(58-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
528-modda. Hukmning qonuniy kuchga kirishi va uni ijro ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar shikoyat bermagan boʻlsa, ushbu hukm uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat va protest berish muddati oʻtishi bilan qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati yoki protest berilgan taqdirda hukm, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ish yuqori sud tomonidan koʻrib chiqilgan kunda qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlar ikki va undan ortiq boʻlgan taqdirda, agar ulardan loaqal bittasiga taalluqli hukm ustidan shikoyat yoki protest berilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrib chiqquniga qadar mahkumlarning hammasiga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirmay turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm qonuniy kuchga kirgan yoki jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida hukm birinchi instansiya sudi tomonidan ijro ettiriladi. Ish faqat birinchi instansiya sudiga yuborilishi lozim va prokurorga yoki boshqa sudga yuborilishi mumkin emas.
(528-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
529-modda. Sud majlisi zalida qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmni eʼlon qilgach sud majlisi zalida quyidagilarni qamoqdan yoki uy qamogʻidan darhol ozod qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oqlangan shaxsni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jazo tayinlanmagan mahkumni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jazodan ozod etilgan mahkumni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushlab turish yoki ehtiyot chorasini qoʻllash oqibatida qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqtdan yoxud kassatsiya yoki nazorat tartibida bekor qilingan hukmga binoan shu ish boʻyicha jazoni oʻtagan vaqtdan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ozodligi cheklangan mahkumni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan mahkumni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga mahkum etilgan shaxsni.
(529-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
530-modda. Sud ajrimining qonuniy kuchga kirishi va uni ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi shu ajrim ustidan apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish muddati oʻtishi bilan yoxud shikoyat yoki protest bildirilgan taqdirda ish apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqilganidan keyin qonuniy kuchga kiradi va ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin boʻlmagan ajrimi shu ajrim chiqarilishi bilanoq darhol kuchga kiradi va ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini tugatish haqidagi sud ajrimining ayblanuvchini yoki sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilishga oid qismi darhol ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ushbu Kodeks 49731-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ijro ettiriladi.
(530-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
531-modda. Hukmni, ajrimni ijro ettirish tartibi
(531-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm, ajrimni ijro ettirish ularni qabul qilgan sud zimmasiga yuklatiladi.
(531-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni ijro etish toʻgʻrisidagi farmoyish sudya yoki sud raisi tomonidan hukmni ijro etish majburiyati yuklatilgan organga hukmning nusxasi bilan birgalikda yuboriladi. Ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida hukm oʻzgartirilgan taqdirda, hukmning koʻchirma nusxasiga apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
(531-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni ijro etuvchi organlar uning ijro etilganligi haqida hukmni chiqargan sudga darhol xabar beradi. Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum jazoni qayerda oʻtayotgani haqida hukmni chiqargan sudga xabar berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorini oʻz vaqtida yoki toʻla bajarmaslik qonunchilikka binoan javobgarlikka sabab boʻladi.
(531-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxasi zarur hollarda mahkumning ish, oʻqish yoki yashash joyiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy kuchga kirgan hukm haqida zarur hollarda matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud mahkumni harbiy unvonidan yoki maxsus unvonidan mahrum etish toʻgʻrisida qaror chiqargan boʻlsa, sud hukmning nusxasini ijro etish uchun ana shu unvonni bergan organga yuboradi. Sud davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yoki oliy harbiy yoxud maxsus unvonga ega boʻlgan shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarishda uni ana shu mukofotlar yoki unvonlardan mahrum etish toʻgʻrisida tegishli organga taqdimnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorining jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga taalluqli qismini ijro etish uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari sud qarorining nusxasi bilan birga birinchi instansiya sudi tomonidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay mahkumning yashash joyidagi yoxud jazoni oʻtash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan joydagi davlat ijrochilariga elektron hujjat tarzida yuboriladi.
(531-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlanayotgan mahkumni ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisidagi hukm qonuniy kuchga kirgani va ijro ettirilishi haqida sud mahkumning oilasini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlanayotgan mahkum bilan uchrashuvlarga hukmni ijro ettirishdan avval ushbu Kodeksning 477-moddasi asosida ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan mahkumning voyaga yetmagan farzandlarini muassasalarning, qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning homiyligiga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, sud bu haqda bolalar turgan joydagi vasiylik organiga, shuningdek mahkumga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumning qarovsiz qolgan mol-mulki va turar joyini qoʻriqlash choralarini koʻrish zarurligi toʻgʻrisida sud mol-mulk va turar joy joylashgan yerdagi hokimlikka yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga xabar qiladi, bu haqda mahkumni xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
532-modda. Hukmni ijro etish bosqichida mahkumning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni ijro etish bosqichida mahkum: sudga hukmning ijrosini kechiktirish haqida, kasalligi yoki nogironligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish haqida, jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish va muddatidan oldin shartli ozod qilish haqida, jazoni ijro etish joylarida saqlash sharoitlarini oʻzgartirish va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa masalalar boʻyicha arizalar berishga; sud majlisida ishtirok etishga va koʻrsatuvlar berishga, dalillar taqdim qilishga, iltimoslar qilishga va rad etishga; ishdagi barcha materiallar bilan tanishishga, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-bob. HUKM, AJRIM VA QARORLARNI IJRO ETISHDA YUZAGA KELGAN MASALALARNI HAL QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
533-modda. Hukmning ijrosini kechiktirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan hukm ijrosini quyidagi asoslardan birortasi mavjud boʻlganda kechiktirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mahkum jazoni oʻtashiga monelik qiladigan darajada ogʻir kasal boʻlib qolganida — u sogʻayguncha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hukmni ijro etish paytigacha mahkuma homilador boʻlib qolsa — bir yildan oshiq boʻlmagan muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mahkumaning yosh bolasi boʻlsa — u uch yoshga toʻlgunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jazoni darhol oʻtashni boshlash yongʻin yoki boshqa biror tabiiy ofat yuz berganligi, oilaning mehnatga yaroqli yagona aʼzosi ogʻir kasal boʻlib qolganligi, vafot etganligi oqibatida yoki boshqa favqulodda holatlar mahkum yoki uning oilasini juda mushkul ahvolga solib qoʻyishi mumkin boʻlsa — uch oydan oshmagan muddatga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmning jarima solish, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish yoki keltirilgan ziyonni qoplash qismining ijro etilishini olti oygacha kechiktirish yoki toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini sudya ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini eʼtiborga olib hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻta xavfli retsidivistlarga va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukmning ijrosini kechiktirish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
534-modda. Kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum jazoni oʻtayotgan vaqtida jazoni oʻtashga monelik qiladigan ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan yoki boshqa ogʻir kasallikka duchor boʻlgan taqdirda sudya jazoning ijro qilinishiga mutasaddi organning taqdimnomasiga binoan, maxsus tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan mahkumni oʻtalmay qolgan jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqlidir.
(534-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan mahkumni oʻtalmay qolgan jazodan ozod qilishda sudya unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tayinlashga yoxud uni sogʻliqni saqlash organlari yoki qarindoshlari vasiyligiga berishga haqlidir.
(534-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday shaxslar sogʻaygan taqdirda, basharti bu hol jazoning ijro etish muddati tugashiga qadar sodir boʻlsa, sud tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslardan tashqari, ogʻir kasallikka duchor boʻlgan shaxslarni oʻtalmay qolgan jazodan ozod qilish masalasini hal etishda sudya sodir etilgan jinoyatning ogʻirligini, mahkumning shaxsini va boshqa holatlarni hisobga oladi.
(534-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumni oʻtalmay qolgan jazodan kasalligi tufayli ozod qilganda sudya uni faqat asosiy jazodan emas, balki qoʻshimcha jazo chorasidan ham ozod qilishga haqli, bu ajrimda koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
535-modda. Jazoning shartliligini bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga maʼmuriy yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan boʻlsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan Jinoyat kodeksi 72-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
536-modda. Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalarida nazarda tutilgan hollarda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy qismda jazoni oʻtayotganlarga nisbatan ana shu choralar intizomiy qism qoʻmondonligining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish oʻn sakkiz yoshga toʻlmay jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati va bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan yoxud mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga asosan sudya tomonidan qoʻllaniladi.
(536-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan huquqdan mahrum etish tarzidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning oʻzi yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu masalalar toʻgʻrisidagi taqdimnomalar yoki iltimosnomalar ularni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqqan kundan boshlab kamida olti oy oʻtgach, qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(536-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5361-modda. Mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumni amnistiya aktiga asosan asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan toʻliq yoki qisman ozod qilish yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki unga tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish prokurorning iltimosnomasiga binoan mahkumning jazoni oʻtash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(5361-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5362-modda. Jazoni oʻtash muddatini shaxs tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 741-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtash muddatini qisqartirish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga yoxud qonunda belgilangan tartibda mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga koʻra sudya tomonidan amalga oshiriladi.
(5362-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
537-modda. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni oʻtash vaqtida oʻzgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga va koloniyadan turmaga oʻtkazish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga binoan, shuningdek mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga koʻra sudya tomonidan amalga oshiriladi.
(537-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga, koloniyadan turmaga oʻtkazishni rad etsa, bu masala yuzasidan kiritilgan taqdimnoma yoki iltimosnoma rad qilish haqida qaror chiqarilgan kundan boshlab kamida olti oy oʻtgach qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish tarbiya koloniyasi maʼmuriyatining bolalar masalalari boʻyicha komissiya bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi.
(537-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish masalasini hal etishda sudya uning tuzalish darajasini hisobga olishi lozim. Mahkum tarbiya koloniyasida jazoni oʻtash muddatini davom ettirish uchun uzogʻi bilan yigirma bir yoshga toʻlgunga qadar qoldirilishi mumkin.
(537-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
538-modda. Mahkumni tergov hibsxonasida saqlab turish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxs sodir etgan jinoyat haqidagi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borish zarur boʻlganda jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan mahkum tergov hibsxonasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan — uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining roziligi bilan esa olti oygacha muddatga yoki ish sudda koʻrilishi munosabati bilan — sud ajrimiga koʻra ish sudda koʻrib chiqiladigan vaqtga qadar ushlab turilishi mumkin.
(538-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
539-modda. Jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish Jinoyat kodeksining 44, 451, 46, 481, 82, 821, 83 va 841-moddalariga muvofiq sudya tomonidan jazoni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra yoki jamoat birlashmasining yoxud mehnat jamoasining iltimosnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
(539-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5391-modda. Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha yuzaga keladigan masalalar fuqarolik protsessual qonunchiligida hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(5391-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
540-modda. Ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud boʻlgan taqdirda hukmni ijro etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud boʻlib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar boʻlsa, hukm ijro etilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi hukm qilingan shaxsga Jinoyat kodeksining 60-moddasiga amal qilib, mazkur hukmlarning hammasida belgilangan jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
(540-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
541-modda. Hukm, ajrim va qarorning ijrosiga taalluqli masalalarni hal qiluvchi sudlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi va ikkinchi guruh nogironi boʻlib qolgan shaxslarni ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, hukm ijrosini kechiktirish toʻgʻrisidagi, hukmni ijro qilmaslik toʻgʻrisidagi, jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilayotgan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini oʻzgartirish, uzaytirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan shaxslarga nisbatan majburiy davolash choralarini qoʻllash, uzaytirish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha masalalarni, shuningdek hukmni ijro etishda yuz beradigan har qanday shubha va noaniqliklarni hukmni chiqargan sud hal qiladi. Basharti hukm uni chiqargan sud faoliyat koʻrsatayotgan hududdan tashqarida ijro etilayotgan boʻlsa, bu masalalar teng darajadagi sud tomonidan hal etiladi, hukm ijro etilayotgan hududda teng darajadagi sud boʻlmasa, yuqori sud tomonidan hal etiladi. Bunday hollarda ajrimning nusxasi hukm chiqargan sudga joʻnatiladi.
(541-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumni kasalligi yoki nogironligi sababli jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, jazoni oʻtash muddatini shaxs tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirish toʻgʻrisidagi, jazoning shartliligini bekor qilish toʻgʻrisidagi, bir jazoni ijro etish koloniyasidan yoki tarbiya koloniyasidan boshqa turdagi koloniyaga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish haqidagi masalalarni mahkum jazoni oʻtab turgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi hal qiladi.
(541-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etishga shartli ravishda hukm qilinganda sinov muddatini qisqartirish yoki shartli hukmni bekor qilib, mahkumni hukmda belgilangan jazoni oʻtash uchun joʻnatish haqidagi, hukmning ijro etilishi kechiktirilgan mahkumni jazodan ozod etish, shuningdek hukmning ijrosini kechiktirishni bekor qilish va mahkumni ozodlikdan mahrum etishni oʻtash uchun yuborish toʻgʻrisidagi, sudlanganlikni olib tashlash haqidagi masalalar shu mahkumning istiqomat joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinadi.
(541-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
542-modda. Hukmni, ajrimni va qarorni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish tartibi
(542-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-1009-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 03/24/1009/1004-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni, ajrimni va qarorni ijro etish toʻgʻrisidagi masalalar sudya tomonidan prokuror hamda mahkum ishtirokida, ushbu Kodeks 613-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa mahkum yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs ishtirokisiz sud majlisida hal qilinadi. Mahkumning ushbu Kodeks 532-moddasida nazarda tutilgan huquqlari taʼminlanadi. Sudya voyaga yetmagan, shuningdek jismoniy nuqsonlari boʻlgan yoki ruhiy holati buzilgan mahkumlarga doir hukmlarni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqayotganida himoyachi ishtirok etishi shart.
(542-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-1009-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 03/24/1009/1004-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyatning yoʻllanmasi boʻyicha oʻzi turishi lozim boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketgan mahkumni manzil-koloniyadan boshqa tartibli koloniyaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala prokurorning iltimosnomasiga binoan koʻrib chiqiladi. Mahkumning sudda hozir boʻlishini taʼminlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda mazkur masala sud tomonidan mahkumning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. Bunda mahkumni qamoqqa olish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi kerak.
(542-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-124-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 503-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima jazosiga, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jarima jazosini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi uchun sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, jazoni ijro etuvchi organning taqdimnomasi mahkum yoʻqligida koʻrib chiqilishi mumkin. Jarima, majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan, shuningdek ozodlikni cheklash ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda sud mahkumga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash va qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi kerak.
(542-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar masala hukmning fuqaroviy daʼvo toʻgʻrisidagi qismini ijro etishga taalluqli boʻlsa, sud majlisiga fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari ham chaqiriladi. Mazkur shaxslarning sud majlisiga kelmay qolishi ishni koʻrishni toʻxtatib qoʻymaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumni kasalligi, nogironligi sababli jazoni oʻtashdan ozod etish toʻgʻrisidagi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, jazoning shartliligini bekor qilish toʻgʻrisidagi, bir jazoni oʻtash koloniyasidan boshqa tartibli koloniyaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, maxsus tartibli jazoni oʻtash koloniyasidan qattiq tartibli jazoni oʻtash koloniyasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning mehnat stajiga qoʻshish, shuningdek mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalar mahkum jazoni oʻtab turgan joydagi tuman (shahar) sudining ajrimi bilan hal etiladi.
(542-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish jazoning ijrosini amalga oshiruvchi muassasa hamda bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqiladigan hollarda sudya mazkur komissiyani iltimosnoma koʻriladigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi.
(542-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa mahkumlarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish maqsadida muddatidan ilgari shartli ozod etish haqidagi taqdimnoma sudya tomonidan jazoni ijro etish koloniyasida yoki tarbiya koloniyasida koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish taqdimnoma yoki iltimosnomani oʻqib eshittirishdan boshlanadi, keyin sudya taqdim etilgan materiallarni tekshiradi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning fikrlarini eshitadi. Oxirida mahkum yoki uning himoyachisiga soʻz beriladi. Soʻngra sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
543-modda. Sinov muddati toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya shartli hukm qilingan shaxsning sinov muddatini qisqartirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqayotganida sud majlisiga ana shu shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat olib boruvchi organlarning, shuningdek mahkumni kuzatib turuvchi va u bilan tarbiyaviy ish olib boruvchi jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakillari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
544-modda. Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan jazoni oʻtab boʻlgan shaxsning, uning himoyachisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda iltimosnoma kim haqida berilgan boʻlsa, shu shaxsning sud majlisida qatnashishi shart. U himoyachi olish huquqi bilan taʼminlanadi. Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma jamoat birlashmasi yoki jamoa tomonidan berilgan boʻlsa, ularning vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish taqdim qilingan iltimosnomani oʻqib eshittirishdan boshlanadi, soʻng sudya sudda hozir boʻlganlarning fikrlarini eshitadi va ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlikni olib tashlash rad etilsa, sudyaga bu masalaga doir qayta iltimosnoma ajrim chiqqan kundan boshlab kamida bir yil oʻtganidan keyin kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
545-modda. Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masala jamoat birlashmasi yoki jamoa iltimosnomasi boʻyicha, jazoni oʻtab chiqqan shaxs mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan taqdirda esa, uning iltimosnomasi boʻyicha ham mazkur shaxs turgan joydagi tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan koʻrib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida berilgan boʻlsa, shu shaxsning, shuningdek iltimos qoʻzgʻatgan jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili qatnashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish mavjud materiallarni oʻqib eshittirish bilan boshlanadi, soʻng sudya chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning axloq tuzatish ishlarini oʻtash vaqtida halol mehnat qilganligi va namunali xulqidan dalolat beruvchi maʼlumotlarni aniqlab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yuzasidan sudya chiqargan ajrim ustidan yuqori sudga shikoyat berish va protest bildirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
546-modda. Xizmat boʻyicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini hisobga kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi masala hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan ana shunday turdagi jazolarning muddati tugagach, qoʻmondonlikning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi masala hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan koʻrib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida kiritilgan boʻlsa, shu shaxsning, shuningdek iltimosnoma kiritgan qoʻmondonlikning vakili qatnashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish mavjud materiallarni oʻqib eshittirishdan boshlanadi, soʻng hududiy harbiy sudning sudyasi chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtida vijdonan xizmat qilganligidan va namunali xulq-atvoridan dalolat beruvchi maʼlumotlarni aniqlab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yuzasidan hududiy harbiy sudning sudyasi chiqargan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.
(546-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5461-modda. Sudning hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hukmini, ajrimini va qarorlarini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrim sud tomonidan oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasining sud hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan taftish tartibida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin.
(5461-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan kiritilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻN UCHINCHI BOʻLIM
ALOHIDA TOIFADAGI JINOYAT ISHLARINI YURITISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-bob. VOYAGA YETMAGANLARNING JINOYATLARI HAQIDAGI ISHLARNI YURITISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
547-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat qilgunga qadar oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi umumiy qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksning 548 — 564-moddalari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
548-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv, dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha, ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, quyidagilar isbotlanishi lozim:
(548-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tugʻilgan yili, oyi, kuni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
549-modda. Voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishda qatnashishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy vakilning qatnashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi yoki tergovchining qarori boʻyicha voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi soʻroq qilish paytidan boshlab yoʻl qoʻyiladi. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganda unga ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan huquqlar tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakil oʻz harakati bilan voyaga yetmagan shaxsning manfaatiga zarar yetkazadi deb hisoblash uchun asos boʻlsa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi bilan voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishda qatnashishdan chetlashtirilishi mumkin. Bunday holda voyaga yetmagan shaxsning manfaatlarini himoya qilish boshqa qonuniy vakilga yoki vasiylik va homiylik organining vakiliga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
550-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi soʻroq qilishdan boshlab, surishtiruvchi yoki tergovchi ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻradi. Shu maqsadda voyaga yetmagan shaxsga va uning qonuniy vakiliga oʻzlari xohlagan himoyachini taklif etish huquqiga ega ekanligi tushuntiriladi. Agar himoyachi voyaga yetmagan shaxsning, uning qonuniy vakilining yoxud boshqa shaxslarning topshirigʻi yoki roziligi bilan chaqirilmagan boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini oʻz tashabbusi bilan taʼminlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
551-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillarini voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasida ishtirok etishga jalb qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar koʻriladigan vaqt va joy haqida ularning ota-onasini, ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni, voyaga yetmaganlar oʻqigan yoki ishlagan korxonani, muassasani, tashkilotni, bolalar masalalari boʻyicha komissiyani, zarur boʻlsa, boshqa tashkilotlarni ham xabardor qiladi. Sud bu tashkilotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini sud majlisiga chaqirishga haqlidir.
(551-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
552-modda. Voyaga yetmagan shaxsga ayblov eʼlon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsga ayblov eʼlon qilish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etadi.
(552-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-587-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
553-modda. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini soʻroq qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʻroq qilish himoyachi, qonuniy vakil ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga haqli. Soʻroq yakunlangach, himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishishga va u haqda oʻz mulohazalarini bildirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini soʻroq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda olti soatdan oshmasligi kerak.
(553-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-587-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
554-modda. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda pedagogning va (yoki) psixologning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ixtiyoriga koʻra yoxud voyaga yetmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan pedagog va (yoki) psixolog ishtirok etishi mumkin. Pedagogning va (yoki) psixologning ishtirokini taʼminlash jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning zimmasiga yuklatiladi. Pedagog va (yoki) psixolog surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga savollar berishga, soʻroq tugaganidan soʻng esa, soʻroq bayonnomasi bilan tanishib, bayonnomadagi yozuvlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi haqida oʻz fikrlarini yozma shaklda bayon etishga haqlidir. Bu huquqlar surishtiruvchi, tergovchi tomonidan pedagogga va (yoki) psixologga voyaga yetmagan shaxsni soʻroq qilishdan oldin tushuntiriladi va bu haqda soʻroq bayonnomasida qayd qilinadi.
(554-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi OʻRQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
555-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda voyaga yetmagan ayblanuvchiga ushbu Kodeksning 237-moddasida nazarda tutilgan ehtiyot choralaridan birini qoʻllash mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki, basharti u bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan boʻlsa, shu muassasa rahbarlarining qaroviga ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari qoʻllanilgani toʻgʻrisida uning qonuniy vakiliga, agar bunday vakil boʻlmasa, boshqa qarindoshlariga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
556-modda. Voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsni ota-onasi, vasiylar, homiylar yoki bolalar muassasasi rahbarlarining qaroviga topshirish mazkur shaxslardan birontasi voyaga yetmaganning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga va sudga oʻz vaqtida kelishini, shuningdek ayblanuvchining ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishini taʼminlash masʼuliyatini yozma ravishda oʻz zimmasiga olishidan iboratdir.
(556-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganni ota-onasining, vasiylarning, homiylarning yoki boshqa shaxslarning qaroviga topshirish ularning, shuningdek voyaga yetmagan shaxsning oʻzining roziligi bilangina amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirishdan oldin ota-onalar, vasiylar yoki homiylarning shaxsi, ularning voyaga yetmagan shaxs bilan oʻzaro munosabati haqida maʼlumot toʻplashi va ular oʻsmirni qarov ostiga olishni lozim darajada amalga oshirishga qodir ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.
(556-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalar, vasiylar, homiylar oʻzlarining kasalliklari, ish bilan band ekanliklari, voyaga yetmagan shaxs bilan oʻzaro munosabatlari yomonlashganligi va shuning oqibatida uning munosib xulq-atvorda boʻlishini taʼminlay olmasliklari sababli voyaga yetmagan shaxs oʻz qarovlarida boʻlishidan istagan vaqtda voz kechishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalardan, vasiylardan, homiylardan bolalar muassasasi rahbarlaridan voyaga yetmagan shaxsni qarovga qabul qilish haqida tilxat olinayotganda ular ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanishiga asos boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga tayinlanishi mumkin boʻlgan jazo va voyaga yetmagan shaxs sodir etishi ehtimol tutilgan qilmishlarning oldini olish maqsadida qarovga berilganidan keyin u xuddi ana shu xatti-harakatlarni sodir etsa, qarovga oluvchilarning javobgarligi haqida xabardor qilinishi lozim. Bu maʼlumotlar qarovga berish bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi oʻz vazifasini bajarmagan taqdirda uni oʻz qaramogʻiga olgan shaxs qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
557-modda. Voyaga yetmagan shaxsni bolalar muassasasiga joylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot choralarini qoʻllash uchun asoslar boʻlgan taqdirda, voyaga yetmagan ayblanuvchini, sudlanuvchini turmush va tarbiyalanish sharoitiga koʻra ilgarigi yashash joyida qoldirib boʻlmasa, u surishtiruvchining, tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga yoki sudning ajrimiga binoan bolalar muassasasiga joylashtirilishi mumkin.
(557-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
558-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uy qamogʻiga joylashtirish
(558-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish yoki uy qamogʻi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan faqat ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻlganda va unga besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanishi mumkin boʻlgan qasddan jinoyat sodir etganlikda ayb eʼlon qilingan hamda ayblanuvchining munosib xulq-atvorda boʻlishini boshqa ehtiyot choralari taʼminlay olmaydigan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
(558-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi masalani koʻrib chiqishda prokuror ish materiallari bilan shaxsan tanishib chiqishi, iltimosnomaning asosliligini tekshirishi, hodisaning favquloddaligiga ishonch hosil qilishi va ayblanuvchini ushbu ehtiyot chorasini qoʻllash bilan bogʻliq holatlar boʻyicha soʻroq qilishi shart.
(558-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qoʻllanilgan voyaga yetmagan shaxslar katta yoshdagilardan, shuningdek voyaga yetmagan mahkumlardan alohida saqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
559-modda. Surishtiruvni, dastlabki tergovni tamomlash va voyaga yetmagan shaxsni ish materiallari bilan tanishtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga surishtiruv, dastlabki tergov tamomlanganligi eʼlon qilinib, unga ish materiallari koʻrsatilayotganda uning qonuniy vakili ishtirok etadi. Surishtiruvchi, tergovchi qonuniy vakilga ayblanuvchini ish materiallari bilan tanishtirish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berishi kerak.
(559-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-587-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi voyaga yetmagan ayblanuvchiga uning shaxsi shakllanishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ish materiallarini tanishish uchun koʻrsatmaslik toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir.
(559-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
560-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishni yopiq sud majlisida koʻrish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 19-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ish yopiq sud majlisida koʻriladi.
(560-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
561-modda. Voyaga yetmagan sudlanuvchini sud majlisi zalidan chiqarib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan sudlanuvchining himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek prokurorning fikrini eshitib, voyaga yetmagan shaxsga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan holatlar tekshirilayotganda sud oʻz ajrimi bilan uni sud zalidan chiqarib turishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxs sud zaliga qaytarilganidan soʻng raislik qiluvchi unga yoʻqligida boʻlib oʻtgan muhokama mazmunini yetarli hajmda va shaklda maʼlum qiladi va uning yoʻqligida soʻroq qilingan shaxslarga savol berishi uchun voyaga yetmaganga imkoniyat yaratib beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
562-modda. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga ishning koʻrilishi haqida xabar berish
(562-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud, zarurat boʻlganda, voyaga yetmagan shaxsning jinoyati toʻgʻrisidagi ishni koʻrish vaqti va joyi haqida bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga xabar beradi. Sud, shuningdek bu komissiya vakillarini guvoh sifatida soʻroq qilish uchun sud majlisiga chaqirishga haqlidir.
(562-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
563-modda. Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud tomonidan hal etiladigan masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud, ushbu Kodeksning 457-moddasida koʻrsatilgan masalalardan tashqari, basharti voyaga yetmagan shaxs shartli hukm qilinsa, unga ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlansa, voyaga yetmagan shaxsga jamoat tarbiyachisi tayinlash zarurligini muhokama qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
564-modda. Voyaga yetmagan shaxsni javobgarlikdan yoki jazodan majburlov choralarini qoʻllagan holda ozod qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsni Jinoyat kodeksi 87-moddasining birinchi qismiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilib, materiallarni bolalar masalalari boʻyicha komissiyada koʻrishga topshirish chogʻida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
(564-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni koʻrishda Jinoyat kodeksi 87-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sud voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov chorasini qoʻllanish toʻgʻrisidagi masalani muhokama etishi shart. Sud majburlov chorasini qoʻllanish yoki qoʻllanmaslik toʻgʻrisida asoslantirilgan ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburlov chorasini qoʻllanish yoki qoʻllanmaslik toʻgʻrisidagi ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-bob. TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORALARINI QOʻLLASH TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNI YURITISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
565-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrish tartibi ushbu Kodeksning umumiy qoidalari, shuningdek 566 — 581-moddalari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
566-modda. Isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsning jinoyati toʻgʻrisidagi ish boʻyicha shaxsda ruhiy holatining jinoyat sodir etganidan keyin yuzaga kelgan va jazoning qoʻllanilishini istisno etadigan tarzda buzilganligi isbotlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan quyidagilar isbotlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeks 82-moddasining 1, 2 va 5-bandlarida nazarda tutilgan holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qilmishni sodir etgan paytida shaxsning ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki ruhiy holatining boshqacha tarzda buzilganligi, bularning oqibatida u aqli norasolik holatida boʻlganligi, yaʼni oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmaganligi yoki ularni boshqara olmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mazkur shaxsning surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi vaqtidagi ruhiy holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etganidan soʻng ruhiy holati buzilgan shaxsning ishi boʻyicha, xuddi shuningdek ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan shaxsning ishi boʻyicha shaxsning bundan buyongi xulq-atvori uning oʻzi va atrofdagilar uchun xavf tugʻdirishi mumkinligi yoki mumkin emasligi, uning davolanishga muhtojligi yoki muhtoj emasligi, unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishiga zarurat borligini yoki yoʻqligini va aynan qanday choralar qoʻllash lozimligini hal qilish uchun asos boʻladigan holatlar isbotlanishi lozim.
(566-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
567-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ayblanuvchining, sudlanuvchining yoxud ishga ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida jalb qilinmagan shaxsning ruhiy holatining buzilganligi masalalari yuzasidan uning jinoyat sodir etganligi yoki Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi haqida ishonarli dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritish va sud muhokamasi vaqtida mazkur shaxsning aqli norasoligi yoki ruhiy holatining buzilganligi toʻgʻrisida asosli shubha tugʻilgan boʻlsa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlaydi.
(567-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
568-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi aniqlaydigan masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazishda quyidagi masalalar aniqlanishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda ruhiy holati oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada surunkali yoki vaqtincha buzilganlik, aqli zaiflik yoki ruhiy holatining boshqacha tarzda buzilishi holatida boʻlganligi;
(568-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hozirgi vaqtda shaxsning ruhiy holati buzilganligi oqibatida hukm qilish va jazolashning unga axloq tuzatish jihatidan taʼsir koʻrsata olishi yoki koʻrsata olmasligi;
(568-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu ruhiy holatning buzilishi surunkalimi yoki shaxs muayyan muddat mobaynida tuzalishi mumkinmi;
(568-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shaxs duchor boʻlgan ruhiy holatning buzilishi yangi ijtimoiy xavfli qilmishni keltirib chiqarishi yoki bunga sabab boʻlishi mumkinmi;
(568-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shaxs oʻzining ruhiy holatiga koʻra toʻgʻri koʻrsatuv berishga, koʻzdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment oʻtkazish va boshqa tergov hamda sud harakatlarida ishtirok etishga qodirmi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) hozirgi vaqtda shaxsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy holati buzilganmi va ular nimalardan iborat.
(568-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni ekspert tadqiqoti oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish ushbu Kodeksning 265 — 269-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
569-modda. Shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilganda jinoyat ishini yuritishning toʻxtatib turilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi yoki boshqa ogʻir kasalligi ambulatoriya ekspertizasi xulosasi yoki boshqa tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa va qanday kasallikka duchor boʻlganligini aniqlash, aqli rasoligi, muomalaga layoqatliligi masalasini hal etish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tanlash uchun statsionar ekspertiza oʻtkazilayotgan boʻlsa, shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilgan davrda, basharti boshqa protsessual harakatlarni oʻtkazishga hojat boʻlmasa, ishni yuritish toʻxtatib turilishi mumkin.
(569-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yuritishning toʻxtatib turilishi ayblanuvchini qamoqda saqlash va shaxsning tibbiy muassasada boʻlishiga oid qonunda belgilangan muddatlar oʻtishini toʻxtatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
570-modda. Shaxsning tergov va sud harakatlarini yuritishdagi ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanishi toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxs sogʻaysa yoki unda beqaror remissiya holati yuz bersa va shu tufayli soʻroqlarda toʻgʻri koʻrsatuv bera olsa hamda boshqa tergov va sud harakatlarida ishtirok eta olsa, surishtiruvchi, tergovchi va sud bu shaxsga tergov qilishda va sud muhokamasida qatnashish hamda oʻzini himoya qilish huquqini amalga oshirish imkonini berishi lozim.
(570-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxs: unga qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik uchun ayb qoʻyilayotganini bilishga; koʻrsatuv berishga; dalillar taqdim qilishga; iltimoslar qilishga; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqishga; himoyachiga ega boʻlishga; sud muhokamasida qatnashishga; rad qilishga; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
(570-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash ishini yuritishni boshlash va sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni eʼlon qilganda mazkur shaxsga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirib beradi. Huquqlar tushuntirilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
(570-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shaxs alohida tergov va sud harakatlarini yuritish vaqtida ushbu Kodeksdagi ayblanuvchi va sudlanuvchilar uchun belgilangan huquqlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
571-modda. Himoyachining ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritishda sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash haqida qaror chiqarilgan vaqtdan boshlab himoyachining ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga kirishgan vaqtdan boshlab himoyachi, basharti himoyasi ostidagi shaxsning sogʻligʻi halal bermasa, u bilan holi uchrashishga haqli, shuningdek ushbu Kodeksning 53-moddasida nazarda tutilgan boshqa barcha huquqlardan ham foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimni ijroga yuborishdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud u bilan himoyachini tanishtirishi va uning quyidagi huquqlarini taʼminlashi zarur: tayinlangan ekspertni yoki umuman ekspertiza muassasasini rad qilish; muayyan shaxsni ekspert qilib tayinlashni iltimos qilish; ekspertning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish; ekspertiza oʻtkazilayotganda qatnashish uchun ruxsat soʻrash. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud himoyachining iltimosnomasini, basharti asoslar boʻlsa, qondiradi va ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimga tegishli qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritadi.
(571-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga koʻra, himoya ostidagi shaxs ruhiy holatining buzilishi jinoyat sodir etilgandan soʻng yuzaga kelgan yoki u ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan boʻlsa yoxud uning aqli rasoligini istisno etmaydigan, biroq ruhiy holati oʻzini himoya qilish huquqini mustaqil amalga oshirishini qiyinlashtiradigan tarzda buzilgan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan himoyachining ishda ishtirok etishi shartligi haqidagi qoida amal qilishda davom etadi.
(571-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasi asosida shaxs aqli raso va ruhiy sogʻlom deb topilsa, ishda himoyachining ishtiroki masalasi umumiy tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
572-modda. Ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi protsess ishtirokchilarini ish materiallari bilan tanishtirgach va iltimosnomalarni hal qilgach, ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror tuzadi.
(572-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi qarorning tavsif-asoslash qismida ushbu Kodeksning 566-moddasida nazarda tutilgan holatlarni, shuningdek ishni sudga yuborish asoslariga norozi boʻlgan himoyachining va boshqa shaxslarning vajlarini, agar shunday vajlar bildirilgan boʻlsa, bayon qiladi va ish sahifalariga havola qilib, uning fikricha, ishni sudga yuborish uchun asoslar borligini tasdiqlovchi dalillar keltiradi.
(572-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorga sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxati, shuningdek surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan muddat, ustidan tergov oʻtkazilgan shaxsning qamoqda, uy qamogʻida va tibbiy muassasada boʻlgan muddati, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, fuqaroviy daʼvo va uni taʼminlash choralari, protsessual chiqimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar ilova qilinadi.
(572-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
573-modda. Ishni prokurorga oʻtkazish va sudga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni surishtiruvchi, tergovchi uni sudga oshirish toʻgʻrisidagi qaror bilan birga prokurorga oʻtkazadi.
(573-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror ish bilan tanishib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida, (84-moddaning birinchi qismi 2-bandi bundan mustasno) nazarda tutilgan asoslarga koʻra ishni tugatish;
(573-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun ishni surishtiruvchiga, tergovchiga qaytarish;
(573-modda ikkinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qarorni tasdiqlab ishni sudga oshirish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish.
(573-modda ikkinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
574-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni prokurordan olgach, uni ushbu Kodeksning 395 — 405-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan oʻtkaziladigan sud muhokamasiga tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
575-modda. Sud muhokamasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi ushbu Kodeksning 50 — 52-boblarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq ravishda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror va himoyachi ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovi prokurorning ishni sudga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni oʻqib eshittirishidan boshlanadi. Shundan soʻng sud taraflarning ishtirokida tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan yoki rad etadigan dalillarni tekshiradi: soʻroq qiladi, koʻzdan kechirish oʻtkazadi, hujjatlarni oʻqib eshittiradi, ekspertlarni tinglaydi, haqiqatga erishish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tergovi tamomlanganidan soʻng sud taraflarning muzokarasiga oʻtadi. Muzokarada prokuror, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etadilar. Muzokaraning oxirida himoyachi soʻzga chiqadi. Oxirgi eʼtiroz bildirish huquqi ham unga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning nutqlarini eshitib boʻlgach, sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
576-modda. Alohida xonada sud hal qiladigan masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida xonada sud quyidagi masalalarni hal qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat sodir etilganmi yoki aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganmi;
(576-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ana shu jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish ishi koʻrilayotgan shaxs tomonidan sodir etilganmi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hozirgi vaqtda mazkur shaxsning ruhiy holati buzilganmi;
(576-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan yoki aqli noraso holda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash talab etiladimi va agar talab etilsa, aynan qanday chorani qoʻllash kerak;
(576-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) mazkur shaxs ruhiy kasallikdan umumiy asoslarda davolanishga muhtojmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud, shuningdek ushbu Kodeks 457-moddasi birinchi qismining 10 — 14-bandlarida nazarda tutilgan masalalarni ham hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
577-modda. Sud ajrimi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat toʻgʻrisidagi yoki aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish haqidagi ish boʻyicha sud majlisida chiqarilgan sud ajrimi quyidagi qoidalar asosida tuziladi.
(577-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ajrimning kirish qismida sud ishining raqamini, ishi koʻrilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, turar joyi, ish joyi, mashgʻulot turi, maʼlumotini va shaxsi toʻgʻrisidagi ish uchun ahamiyatga molik boshqa maʼlumotlarni koʻrsatadi.
(577-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimning tavsif-asoslash qismida sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki qoʻllamaslik uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bayon qiladi, shu chorani qoʻllashni taqozo qiladigan, shubha ostiga qoʻyadigan yoki unga monelik qiladigan dalillar keltiradi. Shundan soʻng ajrimda sud ushbu Kodeksning 576-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga oʻzining javoblarini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimning xulosa qismida sud quyidagi qarorlardan birini bayon qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxsni jinoyat sodir etgan, keyinchalik unda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb eʼtirof etish yoxud uni ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topish toʻgʻrisida, shuningdek bu shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki qoʻllamaslik toʻgʻrisida;
(577-moddaning toʻrtinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishi koʻrilayotgan shaxs qilgan deb hisoblanayotgan jinoyat hodisasi yoki ijtimoiy xavfli qilmish yoʻqligi sababli ishni tugatish toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) shaxsning daxldor emasligi tufayli tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish haqida va ushbu shaxsni aniqlash hamda uni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish choralarini koʻrish uchun ishni prokurorga yuborish toʻgʻrisida;
(577-moddaning toʻrtinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tugatish va mazkur shaxsga nisbatan ish boʻyicha ushbu Kodeksning 579-moddasiga asosan sud ishi yurituvini qoʻzgʻatish haqida.
(577-moddaning toʻrtinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat yoki aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli mulkiy ziyon yetkazilgan boʻlsa, ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi masala fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal etiladi.
(577-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan va umumiy asosda davolanishga muhtoj boʻlgan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritish tugatilgan taqdirda, sud bu haqda shaxsning turar joyidagi sogʻliqni saqlash organiga darhol xabar qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
578-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tugatish yoki oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs sogʻaygan taqdirda yoxud ruhiy holati buzilgan shaxs sogʻligʻining holati u sud tomonidan dastlab belgilangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralaridan boshqa xildagi tibbiy choraga muhtoj boʻladigan yoxud bunday xildagi choralarga muhtoj boʻlmaydigan tarzda oʻzgargan taqdirda, sud tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tugatadi yoki oʻzgartiradi.
(578-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
579-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tiklash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etganligi va buning oqibatida ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelganligi tufayli oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxs sogʻaygan taqdirda, sud ish yuritishni shaxsning ruhiy holati buzilgan bosqichdan boshlab umumiy tartibda tiklash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi kerak.
(579-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
580-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash
(580-modda nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash toʻgʻrisidagi masalalarni sud tomonidan koʻrib chiqishga quyidagilar sabab boʻladi.
(580-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) majburlov chorasi tayinlangan shaxs saqlanayotgan tibbiy muassasa maʼmuriyatining shifokorlar komissiyasi bergan xulosaga asoslangan iltimosnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) prokurorning shifokorlar komissiyasi bergan xulosaga asoslangan taqdimnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mazkur shaxsning himoyachisi, yaqin qarindoshlari, qonuniy vakillari yoki boshqa manfaatdor fuqarolarning, shuningdek jamoat birlashmalari va jamoalarning iltimosnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi tayinlangan, ruhiy holati buzilgan shaxslarni shifokorlar komissiyalari yoki tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan tekshiruvdan oʻtkazish olti oyda kamida bir marta amalga oshiriladi.
(580-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish, shuningdek ish yuritishni umumiy tartibda tiklash masalalarini tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqargan sud yoki ushbu chora qoʻllanayotgan joydagi sud koʻrib chiqadi.
(580-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish sudda koʻrishga tayinlangani toʻgʻrisida sud taraflarga, shuningdek iltimosnoma bilan murojaat qilgan tibbiy muassasa maʼmuriyatiga, shaxslarga, jamoat birlashmalari va jamoalar rahbarlariga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror va himoyachining ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda sudya ishni sudda koʻrishga tayinlashdan oldin tegishli tibbiy muassasadan shu shaxsning sogʻligʻi toʻgʻrisida shifokorlar komissiyasining xulosasini talab qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifokorlar komissiyasining iltimosnomaga qoʻshib berilgan yoki talab qilib olingan xulosasi sudda shubha tugʻdirsa, sud sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlashi, qoʻshimcha hujjatlar talab qilishi, iltimosnoma kim haqida berilgan boʻlsa, shu shaxsni, jabrlanuvchini, guvohlarni soʻroq qilishi va boshqa zaruriy harakatlarni oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida dalillarni tekshirish ushbu Kodeksning 439 — 448-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni tekshirish nihoyasiga yetgach, sud tomonlarning muzokarasini eshitadi, bu muzokara prokuror va himoyachi nutqidan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish haqida, shuningdek uni uzaytirishni, oʻzgartirishni yoki tugatishni rad etish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, bu ajrim sud majlisida oʻqib eshittiriladi.
(580-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(580-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
581-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi ishni yuritishni toʻxtatish va tugatish, ushbu choralarni qoʻllash, ularni bekor qilish yoki oʻzgartirish, ishni yuritishni umumiy tartibda tiklash, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki oʻzgartirishni rad etish toʻgʻrisidagi hamda ish yuritishni umumiy tartibda tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan oʻziga nisbatan sud ajrimi chiqarilgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchi va uning vakili xususiy shikoyat berish, prokuror esa xususiy protest bildirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sud ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan xususiy shikoyat berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada nazarda tutilgan ajrimlar ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni apellyatsiya instansiya sudi ushbu Kodeksning 552-bobida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda koʻrib chiqadi.
(581-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-bob. YARASHUV TOʻGʻRISIDAGI ISHLAR BOʻYICHA ISH YURITISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
582-modda. Yarashilganligi munosabati bilan koʻrib chiqiladigan jinoyat ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarashilganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
583-modda. Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(583-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-oktabrdagi OʻRQ-978-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2024-y., 03/24/978/0835-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin.
(583-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-oktabrdagi OʻRQ-978-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2024-y., 03/24/978/0835-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritilishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimos koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yarashuv toʻgʻrisidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan oʻtkazilayotganda berilgan boʻlsa, sud uni darhol koʻrib chiqishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish boʻyicha bir necha jabrlanuvchi boʻlsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv toʻgʻrisidagi ishni yuritish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilish paytida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqini yoʻqotishini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
584-modda. Jinoyat ishini sudga yuborish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) yoki uning qonuniy vakilining yarashuv toʻgʻrisidagi arizasini olgach, yetti sutkadan ortiq boʻlmagan muddatda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining roziligi bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning tavsif qismida quyidagilar koʻrsatiladi: jinoyat ishi qoʻzgʻatilishining asoslari, ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ular ayblanayotgan qilmishlar va ularga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot choralari, shuningdek yarashuv toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchining arizaga munosabati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning qaror qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatiladi.
(584-modda uchinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan boʻlib, barchasi bilan ham yarashuvga erishilgan boʻlmasa, yarashuvga erishilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi, bu haqda qarorda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish qaror chiqarilganidan keyin uch sutka ichida prokurorning roziligi bilan sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
585-modda. Sud muhokamasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jinoyat ishi sudga kelgan paytdan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachilari, prokuror ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jabrlanuvchining yarashuv toʻgʻrisidagi arizasini oʻqib eshittirish bilan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) sodir etilgan jinoyat holatlari toʻgʻrisidagi soʻzlarini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarashuvning ixtiyoriyligi va uning sabablarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz aybiga ixtiyoriy iqror boʻlganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻzi sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligini va yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan-koʻrmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanuvchiga (fuqaroviy daʼvogarga) yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga biron bir tazyiq boʻlgan-boʻlmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq masalalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari yarashuvga roziliklarini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng sud himoyachi va prokurorning fikrini eshitadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror boʻlish ixtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda ogʻirroq jinoyat tarkibi belgilari mavjudligi aniqlangudek boʻlsa, sud umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilishi uchun ishni prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
(585-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasining natijalari boʻyicha sud qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bayonnoma yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
586-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi quyidagi qoidalar boʻyicha tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ajrimining kirish qismida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
(586-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ajrimining tavsif qismida yarashuv uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 585-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga javoblar ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishini taraflarning yarashganligi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar boʻyicha tugatish yoxud uni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisidagi;
(586-modda toʻrtinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi;
(586-modda toʻrtinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) zararni qoplash toʻgʻrisidagi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimiga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.
(62-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
621-bob. AYBGA IQRORLIK TOʻGʻRISIDAGI KELISHUV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5861-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv va uni tuzish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumonga, ayblovga rozi boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol koʻmaklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyatlar boʻyicha tuziladigan kelishuvdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv quyidagi shartlar mavjud boʻlgan taqdirda tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi oʻz harakatlarining mohiyatini, shuningdek oʻzi bergan iltimosnomaning oqibatini anglab yetgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) iltimosnoma ixtiyoriy ravishda va ishda ishtirok etayotgan himoyachi bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan keyin berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv yoki tergov organi tomonidan qoʻyilgan gumonni yoxud ayblovni, ish boʻyicha mavjud boʻlgan dalillarni, shuningdek yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini inkor etmasa hamda uni bartaraf etgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybiga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv quyidagi hollarda tuzilishi mumkin emas, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shaxs tomonidan bir nechta jinoyat sodir etilgan boʻlib, ulardan loaqal bittasi ushbu moddada belgilangan talablarga toʻgʻri kelmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5862-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma va uni berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, qonuniy vakili tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv va dastlabki tergovda qoʻyilgan gumonni yoki ayblovni tan olishi, dalillarni inkor qilmasligi, jinoyatni tergov qilishga koʻmaklashishi, jinoyat natijasida olingan mol-mulkning topilishi uchun qaysi harakatlarni amalga oshirish shartligini, jinoyatga aloqador boshqa axborotni taqdim etishga doir majburiyatlarini hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar bartaraf etilganligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan bajariladigan va jinoyatni fosh etish uchun koʻmaklashadigan muayyan harakatlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5863-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning prokuror tomonidan koʻrib chiqilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchiga, tergovchiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi iltimosnomani olgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida jinoyat ishi materiallarini kelishuv tuzish masalasini hal qilish uchun prokurorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi iltimosnomani u kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida surishtiruvchi yoki tergovchi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida koʻrib chiqadi va ushbu Kodeksning 5861-moddasida koʻrsatilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi. Zarur hollarda, prokuror jabrlanuvchini yoki fuqaroviy daʼvogarni ham kelishuv tuzish masalasini koʻrib chiqish uchun jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqayotganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishi materiallarini va taqdim qilingan yoki talab qilib olingan qoʻshimcha materiallarni oʻrganadi, kelishuv tuzishning asoslarini tekshiradi, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining kelishuv predmeti boʻlgan harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvning barcha shartlari bilan tanishgan-tanishmaganligini, iltimosnomani ixtiyoriy ravishda va oʻz xohishi bilan, shuningdek himoyachi bilan muhokama qilganidan keyin bergan-bermaganligini, unga nisbatan biron-bir tazyiq yoki majburlov oʻtkazilgan-oʻtkazilmaganligini, tuzilayotgan kelishuvning mohiyatini tushungan-tushunmaganligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan keyin prokuror, agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo tayinlanganidan keyin gumon qilinuvchining, ayblanuvchining bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli boʻlgan maʼlumotlarni qasddan yashirganligi, kelishuvda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarni bajarmaganligi aniqlansa, hukm qayta koʻrib chiqilishi mumkinligini aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqida iltimosnoma bergan gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5864-modda. Prokurorning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani rad qilish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror tomonidan aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning rad qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisini ushbu masala yuzasidan takroran iltimosnoma berish huquqidan mahrum etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5865-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuv tuzilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuv tuzayotgan prokuror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuv tuzayotgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, boshqa maʼlumotlari, himoyachi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etilgan joy va vaqtning, shuningdek isbotlanishi lozim boʻlgan boshqa holatlarning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, qismi, bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar, aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan jinoyatni fosh etish, jinoyat ishi boʻyicha dalillarni taqdim etish, jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mol-mulkni aniqlash boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv imzolanganidan keyin bajarishni oʻz zimmasiga oladigan harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazilgan zararning miqdori va uning oʻrni qoplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeks 5863-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni bajarmaganlik oqibatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida bir necha shaxs jalb etilgan boʻlsa, aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv har bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan alohida-alohida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi tomonidan imzolanadi. Kelishuv imzolanguniga qadar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv tuzish masalasini va uning oqibatlarini himoyachi bilan xoli qolib va maxfiy holda muhokama qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5866-modda. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolanganidan keyin ish boʻyicha tergov va boshqa protsessual harakatlar oʻtkazish zarurati mavjud boʻlmagan taqdirda prokuror ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni zudlik bilan sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolanganidan keyin tergov va boshqa protsessual harakatlar oʻtkazish zarurati mavjud boʻlgan taqdirda, prokuror ishni surishtiruv yoki tergov organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun yetarli hajmda dalillarni toʻplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishni sudga qadar yuritish jarayonida jinoyatning aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvda nazarda tutilmagan boshqa holatlari aniqlansa, kelishuv oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzishni istisno etadigan holatlar aniqlangan taqdirda, jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish umumiy tartibda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aniqlangan holatlar aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzishni istisno etmasa, kelishuv ushbu Kodeksning 5862 — 5864-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun dalillar toʻplanganidan keyin surishtiruvchi, tergovchi ishni prokurorga taqdim etadi. Prokuror jinoyat ishi materiallarini besh sutka ichida koʻrib chiqib, ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv bilan birga sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan boʻlsa va ularning barchasi bilan ham aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilmagan boʻlsa, oʻzi bilan kelishuv tuzilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi, bu haqda kelishuvda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5867-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni sud tomonidan koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga doir ishlar ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda umumiy tartibda, jinoyat ishi kelishuv bilan birga sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, qonuniy vakil, himoyachi, prokuror ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi oʻtkaziladigan joy va sana haqida lozim darajada xabardor qilingan jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoki uning vakilining kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga oid ishlar boʻyicha sud muhokamasida prokuror kelishuvning mazmunini oʻqib eshittiradi, sudlanuvchining surishtiruv hamda dastlabki tergovga koʻmaklashganligini tasdiqlaydi va bu aynan nimada ifodalanganligini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga oid ishlarni koʻrib chiqish chogʻida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuvni tuzishda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining protsessual huquqlari taʼminlangan-taʼminlanmaganligini va ushbu Kodeksning 5861-moddasida koʻrsatilgan talablar bajarilgan-bajarilmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuvning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilgan-tuzilmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuvning mohiyatini, uning shartlarini tushungan-tushunmaganligini, uning oqibatlarini anglab yetgan-yetmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanuvchi kelishuvni qoʻllab-quvvatlashi yoki qoʻllab-quvvatlanmasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan-koʻrmaganligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud sudlanuvchi va uning himoyachisining, prokurorning, shuningdek zarur hollarda, jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) fikrini eshitadi, shundan soʻng qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra bayonnoma yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5868-modda. Sudning aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarorni koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kelishuvni tasdiqlash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) kelishuvni tasdiqlashni rad etish va ishni prokurorga yuborish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv tasdiqlangan hollarda, sud ayblov hukmi chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5869-modda. Sudning aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni tasdiqlashni rad etishi va jinoyat ishini prokurorga yuborishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarorni koʻrib chiqib, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kelishuvni tasdiqlash uchun asoslar mavjud boʻlmasa yoki kelishuvni tuzishda protsessual qonunchilik talablari buzilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud kelishuvda nazarda tutilgan sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovda jinoyatning malakalanishga taalluqli shartlarga rozi boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sudlanuvchining aybdorligi borasida sudda asosli shubha tugʻilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) taraflar tuzilgan kelishuvdan voz kechsa, kelishuvni tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi va jinoyat ishini umumiy qoidalar boʻyicha tergov qilish yoki kelishuvni qayta koʻrib chiqish uchun prokurorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimiga sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58610-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha sud hukmini chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha ayblov hukmi ushbu Kodeksning 54-bobi talablariga muvofiq chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov hukmining tavsif qismida kelishuv tuzish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 5867-moddasida sanab oʻtilgan savollarga javoblar shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov hukmining qaror qismida kelishuvni tasdiqlash haqidagi qaror va sudlanuvchiga ushbu hukm yuzasidan shikoyat qilish huquqi tushuntirilganligi ham bayon etiladi.
(621-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-bob. ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA AMNISTIYA AKTINI QOʻLLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
587-modda. Tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorga yuborish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya aktini qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini qaysi shaxsga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining arizasi hamda amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqida yoxud jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish haqidagi taqdimnoma bilan prokurorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir nechta shaxsga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha ulardan loaqal bittasi amnistiya aktining taʼsir doirasiga tushsa, unga nisbatan jinoyat ishining qismi amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish uchun ushbu Kodeksning 332-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan alohida ish yuritishga ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
588-modda. Amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza tergovga qadar tekshiruv qaysi shaxsga nisbatan oʻtkazilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan, tegishincha tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruvning, surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
589-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomani sudga kiritish toʻgʻrisidagi masalaning prokuror tomonidan koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror surishtiruvchining, tergovchining taqdimnomasi asosliligini tekshirib unga rozi boʻlgan taqdirda, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomani tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoxud jinoyat ishi bilan birga sudga yuboradi. Prokuror iltimosnomani tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi unga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay sudga yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga yuborish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda, prokuror tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini surishtiruvchiga yoxud tergovchiga qaytarish haqida asoslantirilgan qaror chiqaradi. Prokurorning qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
590-modda. Sud majlisi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqidagi yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi jinoyat sodir qilingan yoxud surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi belgilaydigan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
(590-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi iltimosnoma jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi bilan birga sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomani koʻrib chiqish sud tomonidan prokuror albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari ishtirok etadi. Sud majlisi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida lozim darajada xabardor qilingan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi sud majlisining oʻtkazilishiga monelik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi qaysi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan tanlangan boʻlsa, oʻsha gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishi zarurligi masalasi sud tomonidan hal qilinadi.
(590-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, prokuror amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish zarurligini asoslab beradi. Soʻngra amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, himoyachining, qonuniy vakilning soʻzlari eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi.
(590-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud taraflarda jinoyat ishini tugatish yoxud jinoyat ishi qoʻzgʻatishni ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar boʻyicha rad qilish uchun asoslar bor-yoʻqligini aniqlaydi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
(590-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra bayonnoma yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi natijalari boʻyicha sudya qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi, ushbu ajrimning gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilishga doir qismi darhol ijro etilishi lozim.
(590-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, jabrlanuvchiga (fuqaroviy daʼvogarga), himoyachiga va qonuniy vakilga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud majlisi davomida amnistiya aktini qoʻllash uchun asoslar mavjud emasligi aniqlansa, sud tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini umumiy qoidalar boʻyicha tegishincha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish yoki surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishini yuritish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
(590-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
591-modda. Sudning ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ajrimining kirish qismida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
(591-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va ularning shaxsi toʻgʻrisidagi, ish uchun ahamiyatli boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ajrimining tavsif-asoslash qismida iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqidagi yoxud jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokurorning jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish hamda tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv yoki surishtiruv materiallarini yoxud jinoyat ishini umumiy qoidalar boʻyicha tegishincha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish yoki surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishini yuritish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisidagi;
(591-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokurorning iltimosnomasini qisman qanoatlantirish va ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi;
(591-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi;
(591-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimiga amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxs tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning himoyachilari, qonuniy vakillari tomonidan xususiy shikoyat berilishi va prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin, bunday shikoyat va protestlar tegishincha apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi lozim.
(591-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
(63-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻN TOʻRTINCHI BOʻLIM
JINOIY SUD ISHLARINI YURITISH SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-BOB. SUDLAR, PROKURORLAR, TERGOVCHILAR VA SURISHTIRUV ORGANLARINING XORIJIY DAVLATLAR VAKOLATLI ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINING TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI ASOSIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
592-modda. Protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish toʻgʻrisida soʻrov yuborish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish zarur boʻlganda sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi mazkur harakatlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida soʻrov kiritadi.
(592-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzarolik prinsipi soʻrov kiritilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ayrim protsessual harakatlarni bajarishda xorijiy davlatning vakolatli organiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi yozma majburiyati bilan tasdiqlanadi.
(592-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan amalga oshiriladigan jinoyat ishlarini yuritish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati orqali;
(592-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan organlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan aloqa bogʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
593-modda. Protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovning mazmuni va shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovda quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soʻrov yuborayotgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soʻrov yuborilayotgan organning nomi va joylashgan yeri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jinoyat ishining nomlanishi va soʻrovning xususiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan uning tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, mashgʻuloti turi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi maʼlumotlar, uning protsessual maqomi, yuridik shaxs uchun esa uning nomi, yuridik manzili va joylashgan yeri;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar bayoni, shuningdek soʻralayotgan hujjatlar, ashyoviy, yozma, raqamli va boshqa dalillar roʻyxati;
(593-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uning tavsifi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qilmish jinoyat deb eʼtirof etilishiga asos boʻladigan tegishli moddasi matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) agar jinoyat natijasida zarar yetkazilgan boʻlsa, uning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovda uni ijro etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov uni yuborayotgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinayotgan hujjatlar soʻrovni yuborayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda ular yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
594-modda. Xorijiy davlat hududida olingan dalillarning yuridik kuchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat hududida jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etish davomida uning vakolatli organlari tomonidan olingan yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovga ilova qilinib, Oʻzbekiston Respublikasiga yuborilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan va topshirilgan dalillar ushbu Kodeks talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan dalillar singari yuridik kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
595-modda. Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi xorijiy davlatning tegishli vakolatli organidan kelib tushgan, oʻzlariga belgilangan tartibda topshirilgan protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida ijro etadi.
(595-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov kelib tushgan organ uni ijro etishga vakolatli boʻlmasa, u soʻrovni vakolatli organga yuboradi va bu haqda soʻrov tashabbuskorini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bevosita sudga, prokurorga, tergov organiga, surishtiruv organiga protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida kelib tushgan soʻrov ushbu Kodeks 592-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli organlar bilan kelishilgan holdagina ijro etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etishda ushbu Kodeks normalari qoʻllaniladi. Xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi boʻyicha, agar bu Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlmasa, xorijiy davlatning protsessual qonunchiligi normalari qoʻllanilishi mumkin.
(595-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda yoki oʻzarolik prinsipi asosida, protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etishda xorijiy davlat vakolatli organining vakillari ushbu Kodeks 592-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli organlar ruxsati bilan hozir boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etish mumkin boʻlmasa, u holda olingan hujjatlar soʻrovni ijro etishga toʻsqinlik qilgan sabablar koʻrsatilib, soʻrovni olgan organ orqali, zarur boʻlganda esa diplomatik yoʻllar orqali xorijiy davlatning soʻrovni yuborgan vakolatli organiga qaytarib yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻrov Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlsa yoki uning ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga yoxud xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, u ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.
(595-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
596-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni, fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini chaqirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi hududida protsessual harakatlarni bajarish uchun jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs tomonidan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni chaqirish toʻgʻrisidagi soʻrov ushbu Kodeksning 592-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi. Shaxslarni chaqirishda protsessual majburlov choralarini qoʻllash tahdidi boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv boʻyicha kelgan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtguniga qadar sodir etilgan qilmishlar uchun yoki chiqarilgan hukmlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoxud shaxsiy erkinlikning boshqacha cheklanishlariga duchor etilishi mumkin emas. Agar chaqiruv boʻyicha kelgan shaxs uning hozir boʻlishi chaqirtirgan mansabdor shaxsga boshqa kerak boʻlmay qolgan paytdan eʼtiboran oʻn besh sutkalik uzluksiz muddat oʻtguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega boʻla turib, shu hududda qolishda davom etsa yoki joʻnab ketganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelsa, mazkur immunitetning amal qilishi tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat hududida qamoqda saqlanayotgan shaxs, basharti bu shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni chaqirish toʻgʻrisidagi soʻrovda nazarda tutilgan protsessual harakatlar bajarilishi uchun xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha oʻtkazilgan boʻlsa, ushbu moddada belgilangan tartibda chaqiriladi. Bunday shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻladigan butun davrida qamoqda saqlanaveradi. Uni qamoqda saqlashga xorijiy davlat vakolatli organining tegishli qarori asos boʻladi. Mazkur shaxs soʻrovga berilgan javobda koʻrsatilgan muddatlarda tegishli xorijiy davlat hududiga qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki oʻzarolik prinsipi asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
597-modda. Jinoyat ishi materiallarini xorijiy davlatning vakolatli organiga yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan, keyinchalik uning hududidan chiqib ketgan hamda protsessual harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning ishtirokida bajarishning imkoni boʻlmagan taqdirda, tergov qilinayotgan jinoyat ishining barcha materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga topshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur materiallarni xorijiy davlatning vakolatli organiga tergov qilish uchun yuborish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi materiallariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza, shuningdek dalillar ilova qilinadi. Ishdagi har bir hujjat mazkur jinoyat ishini yuritayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlangan va yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
598-modda. Jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat vakolatli organining xorijiy davlat hududida jinoyat sodir etgan va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Bunday hollarda jinoyat ishini yuritish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda olib boriladi. Jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ qarorning koʻchirma nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror haqida xorijiy davlatning soʻrovni yuborgan vakolatli organini yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga koʻra jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qarorning koʻchirma nusxasi ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-bob. SHAXSNI JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTISH YOKI HUKMNI IJRO ETISH UCHUN USHLAB BERISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
599-modda. Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda yoki oʻzarolik prinsipi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborishi mumkin.
(599-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida oʻzarolik prinsipi asosida soʻrov yuborish, agar soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan qilmish har ikkala davlat qonunchiligiga muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmish boʻlsa va shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilgan taqdirda — uni sodir etganlik uchun bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo yoki ogʻirroq jazo nazarda tutilganda yoxud shaxs hukmni ijro etish uchun ushlab berilgan taqdirda — u olti oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki ogʻirroq jazoga hukm qilinganida amalga oshiriladi.
(599-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni yuborish zaruriyati yuzaga kelganda hamda buning uchun ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan asoslar va shartlar mavjud boʻlganda, barcha zarur materiallar mazkur soʻrovni yuborish haqidagi masalani hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovda quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soʻrov yuborayotgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi maʼlumotlar va uning shaxsi haqidagi boshqa maʼlumotlar, shuningdek imkoni boricha tashqi qiyofasi tavsifi, fotosurati va shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari bayoni va tavsifi, shu jumladan u tomonidan yetkazilgan zararning miqdori haqidagi maʼlumotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qilmish jinoyat deb eʼtirof etilishiga asos boʻladigan tegishli moddasi matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror yoxud hukm chiqarilgan joy va sana toʻgʻrisidagi, shuningdek hukm qonuniy kuchga kirganligi haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorning va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi sud ajrimining tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinishi kerak. Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan koʻchirma nusxasi va jazoning oʻtalmagan muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
600-modda. Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berilgan shaxsning jinoiy javobgarligi doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxs oʻzi ushlab berilguniga qadar sodir etgan va ushlab berilishiga sabab boʻlmagan jinoyati uchun uni ushlab bergan davlatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, jazolanishi, shuningdek uchinchi bir davlatga topshirilishi mumkin emas. Quyidagi hollarda xorijiy davlatning roziligi talab qilinmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u ushlab bergan shaxs jinoyat ishi tugatilgan kundan eʼtiboran, hukm qilingan taqdirda esa jazo oʻtalgan yoki har qanday qonuniy asosga koʻra jazodan ozod qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etmagan boʻlsa. Ushlab berilgan shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega boʻlmagan vaqt bu muddatga qoʻshib hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u ushlab bergan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etgan, ammo keyin ixtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ uning koʻchirma nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini u tomonidan ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini yuritish natijalari haqida yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga koʻra jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qarorning koʻchirma nusxasi ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
601-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzarolik prinsipi Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni yuborgan xorijiy davlat vakolatli organining shunga oʻxshash vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining soʻroviga binoan shaxsni ushlab berish amalga oshirilishi haqidagi yozma vaʼdasi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilayotganida sodir etilgan qilmish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni yoki ogʻirroq jazoni nazarda tutsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborilgan shaxs olti oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki ogʻirroq jazoga hukm qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovni yuborgan xorijiy davlat oʻziga nisbatan soʻrov yuborilgan shaxsning faqat soʻrovda koʻrsatilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini hamda sud muhokamasi tugaganidan va jazoni oʻtaganidan keyin mazkur davlat hududini erkin tark eta olishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining roziligisiz uchinchi davlatga chiqarib yuborilmasligini, topshirilmasligini yoxud ushlab berilmasligini, xuddi shuningdek qiynoqlarga, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi muomalaga duchor etilmasligini va unga nisbatan oʻlim jazosi qoʻllanilmasligini kafolatlasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi. Ayni bir shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida bir necha davlatning soʻrovi mavjud boʻlganda, shaxsni qaysi davlatga ushlab berish kerakligi toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsni yigirma toʻrt soat ichida yozma ravishda xabardor qiladi va unga mazkur qaror ustidan ushbu Kodeksning 602-moddasiga muvofiq shikoyat qilish huquqini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxs yozma ravishda xabardor etilgan paytdan eʼtiboran oʻn sutka oʻtishi bilan kuchga kiradi. Qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilingan taqdirda, shaxsni ushlab berish sudning ajrimi qonuniy kuchga kirguniga qadar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish muddati oʻtgach yoki sudning ajrimi qonuniy kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qarorni, sudning ajrimini ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
602-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarori ustidan soʻralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joydagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga mazkur shaxs yoxud uning himoyachisi tomonidan xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻn sutka ichida shikoyat qilinishi mumkin.
(602-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joyning maʼmuriyati shikoyatni olishi bilan uni darhol sudga yuboradi va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran uch sutkadan kechiktirmay sudga Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarorning qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi materiallarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish shikoyat sud tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida uch nafar sudyadan iborat tarkibda, ochiq sud majlisida prokuror, oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan shaxs va, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, uning himoyachisi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi boshlanishida raislik qiluvchi qaysi shikoyat koʻrib chiqilishini eʼlon qiladi, hozir boʻlgan protsess ishtirokchilariga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Arizachi va (yoki) uning himoyachisi shikoyatni asoslab beradi, shundan soʻng soʻz prokurorga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi davomida sud shikoyat bergan shaxsning aybliligi masalasini muhokama qilmay, ustidan shikoyat berilgan qarorning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiqligini tekshirish bilan cheklanadi.
(602-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatni koʻrib chiqish natijasida sud quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi apellyatsiya shikoyati berish yoki protesti bildirish muddati tugashi bilan qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi oʻqib eshittirilganidan keyin darhol prokurorga, shuningdek oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan shaxsga va, agar ishda ishtirok etgan boʻlsa, uning himoyachisiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma sutka ichida apellyatsiya tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkin.
(602-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali berilib, sud uni materiallar bilan birgalikda uch sutka ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborishi va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
(602-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati, protesti kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
(602-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
(602-modda oʻn uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ajrimini oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
(602-modda oʻn uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-664-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning ajrimini bekor qilish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi va darhol ijro etilishi kerak. Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi prokurorga ijroni tashkil etish uchun, oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan shaxsga va, agar ishda ishtirok etgan boʻlsa, uning himoyachisiga maʼlumot uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
603-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni xorijiy davlatga ushlab berishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni xorijiy davlatga ushlab berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan soʻrov kelib tushgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan jinoyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga qarshi uning hududidan tashqarida sodir etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ayni oʻsha qilmish uchun qonuniy kuchga kirgan hukm yoki sudning ajrimi (qarori) yoxud vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqidagi yoki uni tugatish toʻgʻrisidagi bekor qilinmagan qarori mavjud boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov yuborilishiga asos boʻlgan qilmish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga koʻra jinoyat boʻlmasa;
(603-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatish mumkin boʻlmasa yoki tugatilishi lozim boʻlsa yoxud muddati oʻtib ketganligi tufayli yoki boshqa qonuniy asosga koʻra hukmni ijro etish mumkin boʻlmasa;
(603-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida ayni oʻsha qilmish uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan soʻrov kelib tushgan shaxsga uni soʻrayotgan davlatda irqi, diniy eʼtiqodi, fuqaroligi, millati, muayyan ijtimoiy guruhga mansubligi yoki siyosiy eʼtiqodiga koʻra taʼqib etilishi mumkinligi sababli Oʻzbekiston Respublikasida boshpana berilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralayotgan shaxsga nisbatan uning yoʻqligida chiqarilgan hukmni ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish, agar hukm qilingan shaxs oʻzining himoyaga boʻlgan huquqini taʼminlash uchun yetarlicha imkoniyatga ega boʻlmagan deb hisoblashga asoslar boʻlsa, rad etilishi mumkin. Agar soʻrovni yuborgan xorijiy davlat hukm qilingan shaxsga uning ishtirokida takroriy sud muhokamasi oʻtkazilishiga boʻlgan huquqni kafolatlasa, ushlab berish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish amalga oshirilmasa, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini rad etish asoslarini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
604-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berishni kechiktirish va vaqtincha ushlab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov kelib tushgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshqa jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotgan yoki jazoni oʻtayotgan boʻlsa, uni ushlab berish jinoyat ishi tugatilguniga, hukm ijro etilguniga yoki har qanday qonuniy asosga koʻra jazodan ozod qilinguniga qadar kechiktirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jazoni oʻtayotgan shaxsni ushlab berishni kechiktirish jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketishiga sabab boʻlishi yoki jinoyatni tergov qilishga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, soʻralayotgan shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan belgilangan shartlarga rioya etish majburiyati mavjud boʻlgan taqdirda, vaqtincha ushlab berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha ushlab berilgan shaxs jinoyat ishi boʻyicha qaysi protsessual harakatlar bajarilishi uchun ushlab berilgan boʻlsa, oʻsha protsessual harakatlar bajarilganidan keyin, biroq shaxs topshirilgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay qaytarib berilishi kerak. Har ikkala davlat vakolatli organlarining oʻzaro ahdlashuviga koʻra bu muddat shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun hukm qilingan yoki qonunga muvofiq hukm qilinishi mumkin boʻlgan jazo muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
605-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish uchun ushlab turish va qamoqqa olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida xorijiy davlatning vakolatli organidan tegishli tarzda rasmiylashtirilgan soʻrov olinganda va mazkur shaxsni ushlab berish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, ushbu shaxs ushlab turilishi va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat vakolatli organining iltimosnomasiga binoan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov olinguniga qadar ham ushlab turilishi mumkin. Iltimosnomada qamoqqa olish toʻgʻrisidagi qarorga yoki qonuniy kuchga kirgan hukmga havola va mazkur soʻrov qoʻshimcha ravishda taqdim etilishi koʻrsatilishi kerak. Shaxsni qamoqqa olish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu soʻrov yuborilguniga qadar pochta, telegraf, teleks, faks yoki boshqa aloqa vositalari orqali yetkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs, agar u boshqa davlat hududida uni ushlab berishga sabab boʻladigan jinoyat sodir etgan deb gumon qilish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan iltimosnomasiz ham yetmish ikki soatgacha ushlab turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs ushlanganidan keyin ichki ishlar organlarining yoki boshqa surishtiruv organlarining xodimlari olingan materiallarni prokurorga taqdim etadi, u materiallarni oʻrganib chiqadi va ushlab turilgan shaxsning qidiruv eʼlon qilingan shaxs ekanligi toʻgʻrisida yetarli asoslar mavjud boʻlgan, shuningdek ushbu Kodeksning 603-moddasida bayon qilingan asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va uni sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi, uning sudya tomonidan koʻrib chiqilishi, ajrim chiqarilishi, shuningdek sudyaning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish ushbu Kodeksning 241 va 243-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Shaxs qamoqqa olinganligi toʻgʻrisida prokuror Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni qamoqqa olish haqida iltimosnoma yoki ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborgan yoxud yuborishi mumkin boʻlgan xorijiy davlatning vakolatli organini darhol yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisidagi masala koʻrilayotgan shaxsni qamoqda saqlab turish muddati koʻpi bilan uch oyni tashkil etadi. Mazkur muddat ushlab beriladigan shaxsning topshirilishini taʼminlash maqsadida, shuningdek xorijiy davlatning vakolatli organidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar talab qilingan hollarda ushbu Kodeksning 245-moddasi ikkinchi qismida va 247-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari talablariga rioya etilganligini hisobga oladi.
(605-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
606-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxsni ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab berishni taʼminlash uchun ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxs prokurorning qarori asosida darhol ozod qilinishi kerak, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeks 605-moddasining uchinchi qismiga muvofiq ushlab turilgan shaxsni qamoqqa olish toʻgʻrisidagi iltimosnoma u ushlangan paytdan eʼtiboran uch sutka ichida kelib tushmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlat vakolatli organining uni ozod qilish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomasi kelib tushgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qamoqqa olingan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinadigan hujjatlar xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan qirq sutka ichida taqdim etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatning vakolatli organidan qamoqqa olingan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga qoʻshimcha ravishda soʻralgan maʼlumotlar bir oy ichida, xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi kelib tushgan taqdirda esa ikki oy ichida kelib tushmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish sud tomonidan rad etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uni ushlab berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan bekor qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan shaxs uni topshirish uchun belgilangan kundan eʼtiboran oʻn besh sutka ichida xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan qabul qilib olinmagan boʻlsa, agar bunday topshirish sanasi koʻchirilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror qabul qilingan qaror haqida qamoqqa olish toʻgʻrisida ajrim chiqargan sudni yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni ushlab berish maqsadida takroran ushlab turish va qamoqqa olishga Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida yangi soʻrov olinganidan keyin yoʻl qoʻyiladi, ushbu modda birinchi qismining yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
607-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan ushlab beriladigan shaxsni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushlab beriladigan shaxsni topshirish joyi, sanasi va vaqti haqida xorijiy davlatning vakolatli organini yozma ravishda xabardor qiladi. Agar mazkur shaxs topshirish uchun belgilangan kundan eʼtiboran oʻn besh sutka ichida qabul qilib olinmasa, u qamoqdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatning vakolatli organi ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxsni oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli qabul qilib olishi mumkin boʻlmay qolgan va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qilgan taqdirda, topshirish sanasi koʻchirilishi mumkin. Agar Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxsni oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli topshirishi mumkin boʻlmay qolsa, topshirish sanasi oʻsha tartibda koʻchirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
608-modda. Ushlab berilgan shaxsni tranzit tarzida oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat vakolatli organining uchinchi davlat tomonidan mazkur organga ushlab berilgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi ushbu Kodeksning 601 va 603-moddalari talablariga rioya etilgan holda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
609-modda. Ashyolarni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni xorijiy davlatning vakolatli organiga ushlab berishda jinoyat quroli boʻlgan ashyolar, shuningdek jinoyat izlarini oʻzida aks ettirgan yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolar topshiriladi. Bu ashyolar shaxsni ushlab berish uning vafot etganligi yoki boshqa sabablar tufayli amalga oshirilishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda ham mazkur organning iltimosiga binoan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolarni topshirish, agar mazkur ashyolar boshqa jinoyat ishini yuritish uchun zarur boʻlsa, vaqtincha kechiktirib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash uchun ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolarni topshirish xorijiy davlat vakolatli organining jinoyat ishini yuritish tamomlanishi bilan ashyolarni qaytarish toʻgʻrisidagi kafolatlari mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
(oʻn toʻrtinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-262-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 39-son, 340-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-bob. XORIJIY DAVLAT SUDINING QARORINI TAN OLISH VA IJROGA QARATISH. OZODLIKDAN MAHRUM ETILGAN SHAXSNI JAZONI OʻTASHNI DAVOM ETTIRISH UCHUN, SHUNINGDEK OʻZIGA NISBATAN TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORASI QOʻLLANILGAN SHAXSNI MAJBURIY DAVOLASHNI DAVOM ETTIRISH UCHUN QABUL QILIB OLISH VA XORIJIY DAVLATGA BERISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
610-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat sudining qarori ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasida tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xorijiy davlatda ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilingan va jazoni oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi — jazoni Oʻzbekiston Respublikasida oʻtashni davom ettirish uchun qabul qilib olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) xorijiy davlat hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan xorijiy davlat sudining tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlsa, — majburiy davolashni Oʻzbekiston Respublikasida davom ettirish uchun qabul qilib olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) xorijiy davlat sudi tomonidan hukm qilinib, jazoni oʻtamagan shaxs xorijiy davlat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) xorijiy davlat sudi tomonidan hukm qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini xorijiy davlatga ushlab berish rad etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
611-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jazoni oʻtashni davom ettirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan chet el fuqarosi oʻzi fuqaroligiga mansub boʻlgan davlatga berilishi yoki xorijiy davlat sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy davlatdan qabul qilib olinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) majburiy davolashni davom ettirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy holati buzilishi yuzaga kelgan va oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi sudining qarori mavjud boʻlgan chet el fuqarosi oʻzi fuqaroligiga mansub boʻlgan davlatga berilishi yoki xorijiy davlat sudi tomonidan oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy davlatdan qabul qilib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
612-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilib olishga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan yoki majburiy davolanishda boʻlgan shaxsning yoxud uning qonuniy vakilining yoki yaqin qarindoshining arizasiga, shuningdek qabul qilinayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yoki xorijiy davlat vakolatli organining soʻroviga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
613-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslar va ularning qonuniy vakillari yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek xorijiy davlatning vakolatli organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun yoxud oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga qabul qilib olish toʻgʻrisida murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni qabul qilib olish toʻgʻrisida murojaat qilinganidan va ushbu shaxslarning fuqaroligi tasdiqlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga masalani hal etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrov qanoatlantirilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Shundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning doimiy yashash joyi boʻyicha, ularning doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi hududida oxirgi roʻyxatga olingan joyi boʻyicha, ushbu Kodeksning 542-moddasida nazarda tutilgan tartibda jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumning yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning yoʻqligi xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning sud tomonidan koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
614-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olishda jazoni belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtash uchun xalqaro shartnomalarga muvofiq xorijiy davlat tomonidan topshirilgan mahkumga nisbatan jazo muddati xorijiy davlat sudining hukmi bilan tayinlangan muddatga mutanosib ravishda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoning eng koʻp muddati xorijiy davlat sudining hukmi bilan tayinlangan muddatdan kam boʻlsa, sud Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida mazkur jinoyatni sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoning eng koʻp muddatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xorijiy davlat sudi tomonidan shaxsga xorijiy davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida esa ushbu jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilmagan boʻlsa, sud mazkur jinoyat uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ogʻirroq jazo turini tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning xorijiy davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazo turi Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilmagan hollarda, sud xorijiy davlat sudi tomonidan tayinlangan jazo turiga mos keladigan, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan boshqa jazo turini tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xorijiy davlat sudining hukmi bilan shaxsga bir necha qilmish uchun jazo tayinlangan boʻlib, ularning ayrimlari Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat hisoblanmasa, sud xorijiy davlat sudining hukmi boʻyicha tayinlangan jazoning qaysi qismi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat hisoblanadigan qilmishga nisbatan qoʻllanilishini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat sudining qarori bilan tayinlangan qoʻshimcha jazoni tan olish va ijroga qaratish sud tomonidan ushbu jinoyatning xususiyatidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va ushbu Kodeksga muvofiq hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat sudining qarori bilan tayinlangan jazoning mahkum tomonidan oʻtalgan qismi sud tomonidan ajrim chiqarishda jazo muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
615-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud iltimosnomani koʻrib chiqib ajrim chiqaradi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xorijiy davlat sudining nomi, qaror qabul qilingan vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mahkumning yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash joyi, hukm qilinguniga yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilguniga qadar ishlagan joyi va lavozimi, fuqaroligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sodir etilishida shaxs aybli deb topilgan jinoyatning tavsifi va shaxsning hukm qilinishiga yoxud oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishiga asos boʻlgan xorijiy davlat jinoyat toʻgʻrisidagi qonunining moddasi (qismi, bandi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mahkum yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs sodir etgan jinoyat uchun javobgarlik nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining moddasi (qismi, bandi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) mahkumning Oʻzbekiston Respublikasida oʻtashi kerak boʻlgan jazo turi va muddati, tegishli tartibli koloniya turi, fuqarolik daʼvosi boʻyicha keltirilgan zararning oʻrnini qoplash yoki undirish tartibi, majburiy davolanayotgan shaxsga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasining turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida kiritilgan iltimosnomani koʻrib chiqishda, agar sud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xorijiy davlat sudining qarori bilan hukm qilingan yoxud oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning qilmishi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat hisoblanmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi tufayli yoxud Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asosga koʻra xorijiy davlat sudining qarorini ijro etish mumkin emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga, suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkinligi haqida xulosaga kelsa, xorijiy davlat sudining qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi oʻqib eshittirilgan kundan eʼtiboran kuchga kiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga uning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish uchun, himoyachiga va boshqa manfaatdor shaxslarga esa maʼlumot uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
616-modda. Qabul qilib olingan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etishni yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi sud ajrimi chiqarilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, zarur boʻlgan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga shaxsni xorijiy davlat hududida jazoni ijro etish muassasasidan yoki psixiatriya muassasasidan berish va qabul qilib olish joyini, vaqtini, tartibini va tashkil etilishini kelishish toʻgʻrisida topshiriq beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish yoki majburiy davolash Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish, afv etish, amnistiya aktini qoʻllash, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni bekor qilish yoki oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini jazoni ijro etish yoki majburiy davolash holati va natijasi toʻgʻrisida quyidagi hollarda xabardor qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jazoni ijro etish yoki majburiy davolash Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq yakunlanganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslar vafot etganida yoki qochib ketganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
617-modda. Xorijiy davlat sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlat sudining qarorini qayta koʻrib chiqish bilan bogʻliq har qanday masalalar mazkur davlatning sudi tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida jazo oʻtayotgan yoki majburiy davolanayotgan shaxsga nisbatan chiqarilgan xorijiy davlat sudining qarori bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan yoxud xorijiy davlat yoki Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amnistiya yoki afv etish akti qoʻllanilgan taqdirda, xorijiy davlat sudining qayta koʻrib chiqilgan qarorini ijro etish, shuningdek amnistiya yoxud afv etish aktini qoʻllash masalalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xorijiy davlat sudining qarori bekor qilingan va ish sud muhokamasida yangitdan koʻrish uchun tayinlangan boʻlsa, kelgusida jazoni oʻtash toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
618-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan yoki majburiy davolanishda boʻlgan shaxsning yoxud uning qonuniy vakilining yoki yaqin qarindoshining arizasiga koʻra, shuningdek berilayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yoki xorijiy davlat vakolatli organining soʻroviga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
619-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni berish toʻgʻrisidagi materiallarni oʻrganib va tekshirib chiqqanidan keyin, agar ular tegishli tarzda rasmiylashtirilgan boʻlsa hamda ushbu Kodeksda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda mazkur shaxslarni berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, bu haqda xorijiy davlatning vakolatli organiga va berish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida murojaat qilgan shaxsga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning berilishi ularni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish, jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish, afv etish, amnistiya aktini qoʻllash, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni tugatish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda iltimos qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxsni berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida, shuningdek xorijiy davlat sudining Oʻzbekiston Respublikasi sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi qarori haqida hukmni yoki ajrimni chiqargan sudni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida amnistiya akti eʼlon qilingan taqdirda, prokurorning iltimosnomasiga binoan sud berilgan shaxsga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
620-modda. Berilgan shaxsga nisbatan sud hukmini bekor qilish yoki oʻzgartirish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni tugatish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi xabarnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatga jazoni oʻtashni davom ettirish uchun berilgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi sudining hukmini yoki majburiy davolashni davom ettirish uchun berilgan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi sud ajrimi bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, shuningdek ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida amnistiya akti yoxud afv etish qoʻllanilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga tegishli qarorning koʻchirma nusxasini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
621-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun xorijiy davlatga berishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinishiga yoki unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan qilmishlarning hech biri u fuqarosi boʻlgan davlatning yoki doimiy yashash joyidagi davlatning qonunchiligiga koʻra jinoyat deb eʼtirof etilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni berish toʻgʻrisida mazkur davlat bilan kelishuvga erishilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni berish Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ozodlikdan mahrum etilgan shaxs yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs hukmni ijro etuvchi davlatning fuqarosi boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) xorijiy davlatda jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi oqibatida yoki ushbu davlatning qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra jazoni ijro etish mumkin boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni berish toʻgʻrisidagi soʻrov olingan paytda ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmay qolgan qismi olti oydan kam boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) xorijiy davlatning qonunchiligida xuddi shunday tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi nazarda tutilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) xorijiy davlatda zaruriy davolanishni va tegishli maxsus tibbiy choralarni taʼminlash imkoni mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
622-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtash uchun berishning huquqiy oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni ijro etuvchi davlatga jazoni oʻtash uchun berilgan ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan ushbu davlat hududida xuddi shu kabi jinoyat uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan ayni shunday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlat sudi tomonidan hukm qilingan va jazoni ijro etish uchun berilgan shaxs hukmni ijro etuvchi davlat hududida aynan shu qilmishi uchun takroran jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
623-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish bilan bogʻliq xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(66-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-1009-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 03/24/1009/1004-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda, 7-8-son, 217-modda; 2001-y., 1-2-son, 11-modda, 23-modda, 9-10-son, 165-modda, 182-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; 2007-y., 6-son, 248-modda, 249-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2005-y., 52-son, 385-modda; 2006-y., 25-26-son, 226-modda; 2007-y., 17-18-son, 171-modda, 39-son, 401-modda, 50-51-son, 502-modda, 503-modda, 52-son, 532-modda; 2008-y., 14-15-son, 84-modda, 94-modda, 37-38-son, 363-modda, 365-modda, 39-son, 390-modda, 52-son, 509-modda, 514-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 15-son, 179-modda, 38-son, 415-modda, 52-son, 552-modda, 553-modda; 2010-y., 22-son, 174-modda,35-36-son, 300-modda, 37-son, 314, 315-moddalar, 39-son, 340-modda, 52-son, 509-modda; 2011-y., 16-son, 161, 162-moddalar; 2011-y., 40-son, 410-modda; 51-son, 542-modda; 2012-y., 1-son, 3-modda, 38-son, 433-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda; 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 13-son, 194-modda, 24-son, 487-modda, 36-son, 943-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son; 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son; 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son; 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son; 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son; 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; 15.01.2021-y., 03/21/667/0035-son; 13.02.2021-y., 03/21/673/0112-son; 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son; 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son; 16.02.2022-y., 03/22/754/0134-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son; 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son; 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son; 11.05.2023-y., 03/23/841/0270-son; 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son; 19.01.2024-y., 03/24/899/0048-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 05.10.2024-y., 03/24/971/0777-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son; 22.10.2024-y., 03/24/978/0835-son; 28.10.2024-y., 03/24/984/0860-son; 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son; 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son; 05.12.2024-y., 03/24/1009/1004-son; 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son; 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son; 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son; 26.03.2025-y., 03/25/1050/0276-son; 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son; 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son; 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son; 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son; 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son; 17.04.2026-y., 03/26/1130/0376-son; 18.04.2026-y., 03/26/1131/0377-son; 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son; 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son; 27.07.2026-y., 03/26/1161/0787-son; 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)