Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
birinchi qismidagi “ikkinchi va uchinchi” degan so‘zlar “ikkinchi — to‘rtinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “to‘rtinchi va beshinchi qismlarida” degan so‘zlar “beshinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 28-moddaning birinchi qismidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Sud majlisi kotibi jinoyat ishini sud majlisida ko‘rish uchun tayyorlaydi; sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida protsess ishtirokchilarini xabardor qiladi; sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshiradi, hozir bo‘lmagan shaxslarning kelmaganligi sababini aniqlab, bu haqda sudga ma’lum qiladi; sud majlislari bayonnomasini yuritadi; raislik qiluvchining sud muhokamasini tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa topshiriqlarini bajaradi.
Sud majlisi kotibi bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek sud majlisi barcha ishtirokchilarining harakatlari, arizalari, iltimosnomalari, ko‘rsatuvlarini to‘liq va to‘g‘ri bayon qilib borishi shart”;
4) 1481-moddaning birinchi qismidagi va 1661-moddaning birinchi qismidagi “okrug” va “Oliy” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“4) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining, iqtisodiy, ma’muriy va harbiy sudlarining sudyalariga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan”;
“41) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zosiga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan”;
6) 243-moddaning beshinchi qismidagi, 247-moddaning uchinchi qismidagi, 257-moddaning birinchi qismidagi va 267-moddaning birinchi qismidagi “okrug” va “Oliy” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudloviga Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismida, 118-moddasining to‘rtinchi qismida, 150, 153, 155, 157, 158-moddalarida, 159-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 160, 161-moddalarida, 210-moddasining uchinchi qismida, 230, 231, 242, 244-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar tegishlidir”;
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudining raisi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat to‘g‘risidagi ishni, agar u mazmunan murakkab bo‘lmasa, jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek hududiy harbiy sudga ko‘rish uchun topshirishga haqli”;
“Tayinlangan jazoning yengilligi yoki og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llash zarurligi tufayli apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining ajrimi, qarori nazorat instansiyasi sudi tomonidan bekor qilinganidan keyin ish ko‘rib chiqilgan taqdirda apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida muhokama sudlanuvchining umuman aybdorligi yoki aybdor emasligi to‘g‘risidagi masalaga daxl qilmagan holda jinoyatni tasniflash va jazo chorasi xususidagina boradi”;
“3) nazorat tartibida — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari protestlariga binoan, yangi ochilgan holatlar munosabati bilan esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari protesti, shuningdek ushbu Kodeksning 498-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlari bo‘yicha amalga oshiriladi”;
“Ushbu Kodeksning 4972, 498 va 510-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellatsiya yoki kassatsiya yoxud nazorat tartibida shikoyat berishga yoki protest bildirishga, shuningdek sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqishni iltimos qilishga haqlidir. Bunda ular o‘z vajlarini tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallarni taqdim etishi mumkin.
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat protesti tushganligi to‘g‘risida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun shikoyatni nazorat tartibida o‘tkazish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi chiqargan ajrim to‘g‘risida sud tushgan shikoyat yoki protest o‘z manfaatlariga taalluqli bo‘lgan protsess ishtirokchilariga ma’lum qiladi va ayni vaqtda mazkur hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini mahkumga, jabrlanuvchiga va oqlangan shaxsga yuboradi. Ko‘rsatilgan shaxslar ish bilan, shu jumladan qo‘shimcha taqdim etilgan materiallar bilan tanishishga hamda sudga o‘z e’tirozlarini ma’lum qilishga haqli”;
12) 480-modda ikkinchi qismining 1-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini shikoyat yoki protest bilan ish kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh sutkadan, nazorat instansiyasi sudi esa bir oydan kechiktirmay ko‘rib chiqishga kirishishi kerak”;
2) ko‘rsatuvlari ishni hal qilishga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan shaxslar so‘roq qilinmagan, zarur bo‘lishiga qaramay ekspertiza o‘tkazilmagan, xuddi shuningdek hujjatlar, ashyoviy dalillar talab qilib olinmagan yoki natijalari ish uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa sud-tergov harakatlari o‘tkazilmagan bo‘lsa;
3) ishni yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqishga yuborgan nazorat instansiyasi sudi ajrimida, qarorida bayon qilingan holatlar tekshirilmagan bo‘lsa, sud tergovi to‘liq emas yoki bir yoqlama o‘tkazilgan deb e’tirof etiladi”;
“4) sudning hukmda bayon etilgan xulosalarida jiddiy ziddiyatlar mavjud bo‘lib, ular sudlanuvchining aybliligi masalasini hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarini to‘g‘ri qo‘llashga yoki jazo chorasini belgilashga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa”;
“Sud jinoyat ishini apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rib chiqib, ushbu Kodeksning 49713, 5061 va 521-moddalariga muvofiq qaror qabul qiladi”;
“Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi to‘liq yoki qisman sud tergovi o‘tkazishga, hukmni bekor qilishga va yangi hukm chiqarishga yoxud hukmga o‘zgartirishlar kiritishga haqlidir”;
to‘rtinchi qismidagi “Kassatsiya va nazorat instansiyasi” degan so‘zlar “Nazorat instansiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Agar ishni apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rib chiqish chog‘ida Jinoyat kodeksi noto‘g‘ri qo‘llanilganligi yoxud jinoyatning og‘irlik darajasiga va mahkumning shaxsiga muvofiq kelmaydigan jazo belgilanganligi aniqlansa, sud ishni yangidan ko‘rib chiqishga yubormasdan, ushbu Kodeksning 494-moddasi talablariga rioya etgan holda hukmga, ajrimga, qarorga zarur o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
Nazorat instansiyasi sudi ajrimni, qarorni bekor qilgan taqdirda jinoyat ishini sudyalarning boshqa tarkibi yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqishi uchun ajrimni, qarorni chiqargan apellatsiya yoki kassatsiya sudiga yoxud boshqa sudga yuboradi”;
Sud jinoyat ishini apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish chog‘ida jazoni kuchaytirishga, xuddi shuningdek og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llashga haqli.
Apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llashga yoxud jazoni kuchaytirishga ana shu asoslar bo‘yicha jabrlanuvchi tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina haqlidir.
Sud jinoyat ishini nazorat tartibida qo‘rib chiqish chog‘ida jazoni kuchaytirishga, xuddi shuningdek og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llashga haqli emas.
Og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llash zarurati tufayli yoki jazoning yengilligi uchun apellatsiya yoxud kassatsiya instansiyasi sudining ajrimini nazorat tartibida bekor qilish va ishni yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun yuborish faqat shu asoslar bo‘yicha jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest keltirilgan hollardagina mumkin.
Oqlov hukmi yuqori sud tomonidan faqat prokurorning apellatsiya yoki kassatsiya protesti, jabrlanuvchining yoki uning vakilining shikoyati yoxud oqlangan shaxsning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati, shuningdek jabrlanuvchining yoxud uning vakilining, oqlangan shaxsning shikoyati yoki nazorat tartibida berilgan protest bo‘yicha bekor qilinishi mumkin.
Jinoyat ishini nazorat tartibida ko‘rib chiqqan sudning ish holatlari to‘la-to‘kis va har tomonlama tekshirilishini ta’minlashga, shuningdek Jinoyat kodeksi hamda ushbu Kodeks normalarining buzilishini bartaraf etishga qaratilgan ko‘rsatmalariga ishni yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish chog‘ida amal qilish majburiydir.
Nazorat instansiyasi sudi ishni yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun yuborayotganda ayblov isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki bu dalillarning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning ikkinchisidan afzalligi, jinoyatning tasnifi va jazo chorasi to‘g‘risida oldindan xulosa chiqarib qo‘yishga haqli emas”;
“3) apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat shikoyati bergan, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat protesti bildirgan shaxs”;
“Ish nazorat instansiyasi sudi tomonidan yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun yuborilayotganda aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar ko‘rsatilishi zarur”;
oltinchi qismidagi “sud rayosatining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ishda taraf bo‘lmagan shaxslar ham sud hukmining o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir”;
beshinchi qismidagi “birinchi, ikkinchi va uchinchi” degan so‘zlar “birinchi — to‘rtinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Agar apellatsiya shikoyatining, protestining mazmuni mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa va bu kelgusida ishni mazmunan ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilsa, sudya apellatsiya shikoyatini, protestini uni bergan shaxsga qaytarish to‘g‘risida apellatsiya shikoyatini yoki protestini qayta tuzish uchun muddatni belgilagan holda uch kunlik muddatda ajrim chiqaradi.
Sudyaning apellatsiya shikoyatini, protestini qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi talablari bajarilmagan va apellatsiya shikoyati, protesti belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi. Bunday holda hukm qonuniy kuchga kirgan deb hisoblanadi”;
1) birinchi instansiya sudining hukmini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
5) birinchi instansiya sudining hukmini o‘zgartirishga, shu jumladan ayblov hajmini, jinoyatning tavsiflanishini o‘zgartirishga, jazoni yengillashtirishga yoki kuchaytirishga, shuningdek og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llashga haqli.
Agar birinchi instansiya sudi ish yuzasidan kamchiliklarga yoki sud tergovini bir yoqlama olib borishga yoxud protsessual qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudiga yangidan sudda ko‘rib chiqishga yubormay, kamchiliklarni to‘ldirish, protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi hamda ko‘rib chiqish natijalarini inobatga olgan holda tegishli qarorni qabul qiladi.
Birinchi instansiya sudining ayblov hukmi jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyati yoki prokurorning protesti bo‘lgan taqdirdagina mahkumning ahvolini og‘irlashtirish tomonga o‘zgartirilishi mumkin.
Birinchi instansiya sudining oqlov hukmi apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan faqat jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyati yoki prokurorning protesti bo‘yicha bekor qilinib, ayblov hukmi chiqarilishi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarorida qanday asoslarga ko‘ra birinchi instansiya sudining hukmi to‘g‘ri deb, shikoyatning yoki protestning vajlari esa asossiz deb topilganligi, birinchi instansiya sudining hukmini bekor qilish yoki uni o‘zgartirishga nimalar asos bo‘lganligi ko‘rsatilishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi qaror qabul qilayotganda birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirib ko‘rilgan va ishonchli deb topilgan dalillarga apellatsiya shikoyatlari, protestlarini ko‘rib chiqishda tekshirilgan yangi dalillarni qo‘shgan holda tayanishga haqlidir.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalari asosida e’lon qilinadi”;
“Xususiy shikoyat yoki xususiy protest apellatsiya shikoyatlarini yoki protestlarini hal qilish uchun nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, mazkur moddada belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda qo‘rib chiqiladi”;
“Ishda taraf bo‘lmagan shaxslar ham sud hukmining o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir”;
1) jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — shu sudlarning sudlov hay’atlariga;
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — shu sudning sudlov hay’atiga;
4) hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan esa shu sudning sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi va protest keltirilishi mumkin”;
2) shikoyat bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, yashash joyi yoki turgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
3) hukmni chiqargan sudning nomi, hukm chiqarilgan sana, shikoyat qilinayotgan va protest keltirilayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan bo‘lsa, shu shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) shikoyat, protest bergan shaxsning uning fikriga ko‘ra hukmning yoki boshqa qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi borasidagi vajlari va uning iltimosining mohiyati;
5) arizachi o‘z talablarini asoslayotgan va kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilishi lozim bo‘lgan dalillar, shu jumladan ilgari birinchi instansiya sudida tekshirilmagan dalillar;
Agar kassatsiya shikoyatining, protestining mazmuni ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa, sudya kassatsiya shikoyatini, protestini uni bergan shaxsga uch kunlik muddatda qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Kassatsiya shikoyati, protesti yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin berilishi mumkin”;
1) birinchi instansiya sudining hukmini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
5) birinchi instansiya sudining hukmini o‘zgartirishga, shu jumladan ayblov hajmini, jinoyat tavsifini o‘zgartirishga, jazoni yengillashtirishga yoki kuchaytirishga, xuddi shuningdek og‘irroq jinoyat to‘g‘risidagi qonunni qo‘llashga haqli.
Agar birinchi instansiya sudi ish yuzasidan kamchiliklarga yoki sud tergovini bir tomonlama olib borishga yoxud protsessual qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudiga yangidan sudda ko‘rib chiqishga yubormay, kamchiliklarni to‘ldirish, protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi hamda ko‘rib chiqish natijalarini inobatga olgan holda tegishli qaror qabul qiladi.
Birinchi instansiya sudining ayblov hukmi jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyati yoki prokurorning protesti bo‘lgan taqdirdagina mahkumning ahvolini og‘irlashtirish tomonga o‘zgartirilishi mumkin.
Birinchi instansiya sudining oqlov hukmi kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan faqat jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyati yoki prokurorning protesti bo‘yicha bekor qilinib, ayblov hukmi chiqarilishi mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida qanday asoslarga ko‘ra birinchi instansiya sudining hukmi to‘g‘ri deb, shikoyatning yoki protestning vajlari esa asossiz deb topilganligi, birinchi instansiya sudining hukmini bekor qilishga yoki uni o‘zgartirishga nimalar asos bo‘lganligi ko‘rsatilishi kerak.
Kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish chog‘ida birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirib ko‘rilgan va ishonchli deb topilgan dalillarga kassatsiya shikoyatlarini, protestlarini ko‘rib chiqishda tekshirilgan yangi dalillarni qo‘shgan holda tayanishga haqli.
Kassatsiya instansiyasi sudi qarorini e’lon qilish ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalariga ko‘ra amalga oshiriladi”;
“Nazorat tartibida berilgan shikoyatning mazmuni ushbu Kodeks 5021-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. Nazorat tartibidagi shikoyatga ish bo‘yicha qabul qilingan sud qarorlarining sud tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari ilova qilinishi kerak”;
viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan apellatsiya yoki kassatsiya yoxud nazorat tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga.
1) nazorat tartibida berilgan shikoyat ushbu Kodeks 5021-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
2) nazorat tartibida berilgan shikoyatga ish bo‘yicha qabul qilingan, sud qarorlarining sud tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari ilova qilinmagan bo‘lsa;
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat bergan shaxs qaytadan umumiy tartibda murojaat qilishga haqlidir”;
32) 511-moddaning 2-bandidagi “har qanday sudning” degan so‘zlar “barcha instansiya sudlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ishlarni sudlardan talab qilib olish huquqiga nazorat tartibidagi shikoyatni ushbu Kodeksning 515-moddasida nazarda tutilgan tartibda o‘rganayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi ham ega.
Ishlarni talab qilib olishga ushbu Kodeksning 498-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlari, sudyalar va prokurorlarning taqdimnomalari, ommaviy axborot vositalarining xabarlari, shuningdek ushbu Kodeksning 511-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning bevosita shunday qarorga kelishi sabab bo‘ladi”;
Nazorat tartibidagi shikoyat bir oygacha bo‘lgan muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda esa ikki oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
Nazorat tartibidagi shikoyat unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur bo‘lgan hollarda esa jinoyat ishini talab qilib olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Shikoyatni o‘rganib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi o‘z ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risida;
2) shikoyatni ish bilan birga ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida.
Nazorat tartibida shikoyat bergan shaxsga qabul qilingan qaror haqida uch kunlik muddatda xabar qilinadi”;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida sud qarorlarini nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
4) hukm chiqargan sudning, ajrim chiqargan apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining nomi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana;
6) nazorat tartibida berilgan shikoyatni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish sabablari va asoslari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida sud qarorlarini nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat bergan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga yoki uning o‘rinbosariga shikoyat qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning o‘rinbosari nazorat tartibida shikoyat bergan shaxsning shikoyatiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining sud qarorlarini nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish va shikoyatni ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining nazorat tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
4) hukm chiqargan sudning, ajrim chiqargan apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining nomi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana;
6) nazorat tartibida berilgan shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish sabablari va asoslari;
7) ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqish joyi va vaqti.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi nazorat tartibidagi shikoyatni o‘zi chiqargan ajrim bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga jinoyat ishi bilan birga o‘tkazadi”;
“Protest kiritgan shaxs uni chaqirib olishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘z o‘rinbosari tomonidan keltirilgan protestni chaqirib olishga haqli. Protestni chaqirib olishga faqat nazorat instansiyasi sudi ishni ko‘rib chiqishni boshlaguniga qadar yo‘l qo‘yiladi. Protest va uni chaqirib olish to‘g‘risidagi hujjat ishda qoldiriladi”;
1) hukmni, ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
2) ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun yuborishga;
ikkinchi qismidagi “Protestni” degan so‘z “Ishni nazorat tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“1) jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan hukm yoki ajrim chiqarilgan ishlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan hukmlar, ajrimlar chiqarilgan ishlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida”;
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 27-moddaning birinchi qismidagi, 28-moddaning birinchi qismidagi, 29-moddaning birinchi qismidagi, 291-moddaning birinchi qismidagi “ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudining sudyasi”, “tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi” degan so‘zlar “tuman (shahar) ma’muriy sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 33-moddaning matni “eng kam jazodan ham kamroq jazo” degan so‘zlardan keyin “yoki ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa yanada yengil jazo” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida, agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tmagan bo‘lsa, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin”;
4) 38-moddaning ikkinchi qismidagi “ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya” degan so‘zlar “ma’muriy sud” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 242-moddaning 1-bandidagi “tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi” degan so‘zlar “tuman (shahar) ma’muriy sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar”, “ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar” degan so‘zlar “Ma’muriy sudlar”, “ma’muriy sudlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar quyidagi vositalar: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishlari hamda jabrlanuvchining, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspert xulosasi, mutaxassis maslahati (tushuntirishlari), ashyoviy dalillar, ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma, audio-, videoyozuvlardan va fotosuratlardan iborat materiallar, shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi”;
1) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasi;
2) ichki ishlar organlarining ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
Ushbu Kodeksning 133 va 134-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
1) haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning va ishonchnomaning ko‘chirma nusxasi;
3) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarilganligi belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ikki xolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma;
4) ko‘zdan kechirish dalolatnomasi va hodisa joyining chizmasi, transport vositasining shikastlanishlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va texnika vositalari shikastlanishlarining fotosuratlari;
7) surishtiruv yakunlariga ko‘ra, manfaatdor shaxslarning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi bayonnoma.
Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
9) 288-moddaning uchinchi qismidagi “ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya” degan so‘zlar “ma’muriy sud” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 294-moddaning uchinchi qismidagi “ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaning” degan so‘zlar “ma’muriy sudning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yo‘li bilan ko‘maklashish hamda ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda yordam berish maqsadida fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, ishning yakunidan manfaatdor bo‘lmagan voyaga yetgan shaxs mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin emas.
Mutaxassis: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishning tekshirish mavzusiga doir materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; maslahatlar (tushuntirishlar) berish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va o‘rganish obyektlarini taqdim etish to‘g‘risida iltimosnomalar berish; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish o‘z ish yurituvida bo‘lgan organning (mansabdor shaxsning) ruxsati bilan ishni ko‘rib chiqish chog‘ida hozir bo‘lish, javobgarlikka tortilayotgan shaxsga, jabrlanuvchiga, guvohlarga tekshirish mavzusiga taalluqli savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z maslahatlari (tushuntirishlari) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan fikr-mulohazalar bildirish; agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, ona tilida maslahat berish va tushuntirishlarini bayon qilish hamda bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish o‘z ish yurituvida bo‘lgan organning (mansabdor shaxsning) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ushbu mutaxassisning huquqlari va erkinliklarini buzsa, mazkur organning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Mutaxassis: o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan asosli va xolisona maslahatlar (tushuntirishlar) berishi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish o‘z ish yurituvida bo‘lgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan kelishi; o‘tkazilgan tekshirish xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan maslahatlarni (tushuntirishlarni) tushuntirib berish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; tekshirish o‘tkazilishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlarining va ish materiallarining but saqlanishini ta’minlashi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda tartibga rioya etishi shart.
Mutaxassisning barcha yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha maslahatlari sudga yozma shaklda taqdim etilishi kerak, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda mutaxassis tomonidan berilgan tushuntirishlar esa ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bayonnomasiga kiritiladi”;
Ma’muriy ish mazkur organga (mansabdor shaxsga) taalluqli bo‘lmagan (sudloviga tegishli bo‘lmagan) yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari ushbu Kodeksning 281 va 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda yuborilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytariladi”;
14) 311-moddaning birinchi qismi “e’lon qilinadi” degan so‘zlardan keyin “va u chiqarilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ma’muriy sudning qarori ustidan shikoyat qilish ushbu Kodeksning XXIV1 bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki tuman (shahar) ma’muriy sudiga, ma’muriy sudning qarori ustidan esa kassatsiya instansiyasi sudiga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan esa O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
“1) ma’muriy sud sudyasining qarori ustidan — ushbu Kodeksning XXIV1 bobida belgilangan tartibda kassatsiya instansiyasi sudiga”;
ikkinchi qismidagi “Xo‘jalik-protsessual kodeksida” degan so‘zlar “Iqtisodiy protsessual kodeksida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat yoki protest tuman (shahar) ma’muriy sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi va uning natijalariga ko‘ra, ushbu Kodeksning 321-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan qaror qabul qilinadi”;
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ birinchi instansiya sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga, prokuror esa protest keltirishga haqli.
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan shikoyat (protest) ish bilan birga uch sutka ichida yuqori turuvchi sudga yuborilishi lozim.
Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat (protest) yuqori turuvchi sudga shikoyat (protest) olingan kuni yuborilishi lozim.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari ma’muriy sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish natijalari yuzasidan birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi va asoslantirilganligini kassatsiya tartibida tekshiradi.
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) sud qarorining ko‘chirma nusxasi topshirilgan yoki olingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra qarorni chiqargan sud, agar muddatning o‘tkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) u shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqishga vakolatli sudga ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda ko‘rilishi lozim.
Ushbu Kodeksning 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519-moddalarida nazarda tutilgan sudning ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqishga vakolatli sudga barcha materiallar bilan kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ko‘rilishi lozim.
Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti), agar ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ma’muriy qamoqni o‘tayotgan yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborilishi lozim bo‘lsa, shikoyat (protest) berilgan paytdan e’tiboran bir sutka ichida ko‘rilishi kerak.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar kassatsiya shikoyati (protesti) ko‘riladigan vaqt va joy haqida sud chaqiruv qog‘ozlari, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘riladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni sud majlisida ushbu paragrafda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksning XXIII bobida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi.
Sud kassatsiya shikoyatining (protestining) vajlari bilan chegaralanmay, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallarini to‘liq hajmda tekshiradi.
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra kassatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 321-moddasida nazarda tutilgan hal qiluv qarorlaridan birini chiqaradi.
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kassatsiya instansiyasi sudining hal qiluv qarori qaror shaklida chiqariladi va chiqarilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxasi chiqarilganidan keyin uch sutkagacha bo‘lgan muddatda o‘ziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror chiqarilgan shaxsga, ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organga, shuningdek jabrlanuvchiga uning so‘roviga binoan topshiriladi yoki yuboriladi.
Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan qaror qabul qilingan kuni u qarorni ijro etuvchi organning, mansabdor shaxsning, shuningdek o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsning va jabrlanuvchining e’tiboriga yetkaziladi.
Kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining ishni nazorat tartibida ko‘rish natijalari yuzasidan chiqarilgan qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest keltirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan — kassatsiya instansiyasi sudining sud hujjatlari ustidan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining ishni nazorat tartibida ko‘rish natijalari yuzasidan chiqargan qarori ustidan ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjudligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun ishni tegishli ma’muriy suddan talab qilib olishga haqli.
Ushbu Kodeksning 3249-moddasida ko‘rsatilgan sud hujjatlari ustidan nazorat shikoyati (protesti) ular chiqarilgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning turgan joyi (pochta manzili) yoki yashash joyi va ishdagi protsessual holati;
3) ishni birinchi, kassatsiya instansiyasi bo‘yicha ko‘rgan ma’muriy sudlar va ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning mazmuni;
5) sud hujjatini nazorat tartibida qayta ko‘rish uchun asoslar bunday asoslarning mavjudligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi vajlarni keltirgan holda;
Nazorat shikoyati shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. Vakil tomonidan berilgan shikoyatga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi. Protest O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Nazorat shikoyatiga (protestiga) ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalari va shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalil ilova qilinadi.
Sudya nazorat shikoyatini shikoyatga ilova qilingan materiallar bo‘yicha yoki talab qilib olingan ish materiallari bo‘yicha o‘rganadi.
Nazorat shikoyatini o‘rganish natijalari bo‘yicha sudya shikoyat kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, ish talab qilib olingan taqdirda esa ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay:
1) nazorat shikoyatini ushbu Kodeks 32415-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qaytarish to‘g‘risida;
2) nazorat shikoyatini qabul qilishni ushbu Kodeks 32416-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra rad etish haqida;
3) agar sud hujjatlarini nazorat tartibida tekshirish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Bunda nazorat shikoyati, shuningdek ustidan shikoyat qilingan sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalari nazorat instansiyasi sudida qoladi;
4) nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi nazorat shikoyatini bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilingan buyurtma xat orqali ajrim chiqarilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi nazorat shikoyatini quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
Shikoyat bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan so‘ng yangidan umumiy tartibda murojaat qilishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi nazorat shikoyatini qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) nazorat shikoyati nazorat instansiyasi sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
3) nazorat shikoyati qonunga muvofiq nazorat tartibida shikoyat qilinishi mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
Nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
6) nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etishning qisqacha sabablari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosari nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimiga qo‘shilmaslikka hamda nazorat shikoyatini bergan shaxsning arizasi asosida uni bekor qilish va nazorat shikoyatini ish bilan birga ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida ajrim chiqarishga haqli.
Nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan nazorat tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin.
Nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
6) nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish asoslarining bayoni;
7) ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladigan joy va sana.
Sudya nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan bir vaqtda nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini shikoyat bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra nazorat tartibida ish yuritish tugaguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.
Sudya nazorat shikoyatini va ishni o‘zi chiqargan ajrim bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining va ular o‘rinbosarlarining protestini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimida protest yuzasidan ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqish joyi va sanasi ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki ular o‘rinbosarlarining protesti bo‘yicha ish ushbu Kodeksning 32421-moddasida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining kotibi protestni ish bilan birga olganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining majlisi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabar qiladi.
Nazorat shikoyati (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 3245-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida nazorat tartibida ko‘rib chiqilayotganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 3245-moddasida nazarda tutilgan tartibda nazorat instansiyasi sudi majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Ularning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ish nazorat shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida sudning ajrimi chiqarilgan yoki protest O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining kotibiyatiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay nazorat tartibida ko‘riladi.
Ish nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida, nazorat shikoyatini bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar va (yoki) ularning vakillari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan sud majlisida nazorat tartibida ko‘riladi.
Ish nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ma’ruzasi bo‘yicha ko‘riladi, sudya ish holatlarini, ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlarining mazmunini, nazorat shikoyatida (protestida) keltirilgan vajlarni bayon etadi.
Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish bo‘yicha tushuntirishlar berishga haqli. Nazorat shikoyatini bergan shaxs birinchi bo‘lib tushuntirish beradi, agar ish prokurorning protesti bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib prokuror so‘zga chiqadi.
Ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan nazorat tartibida ko‘rilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari ishtirok etib, ish bo‘yicha o‘z fikrini bayon qiladi.
Ish nazorat tartibida ko‘rilayotganda barcha masalalar ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etayotgan sudyalarning ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi.
Qarorning ko‘chirma nusxalari nazorat shikoyatini (protestini) bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 3248-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Nazorat shikoyatini bergan shaxs sud majlisi boshlanguniga qadar uni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki undan voz kechishga haqli.
Protest keltirgan mansabdor shaxs sud majlisi boshlanguniga qadar protestni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki chaqirib olishga haqli.
Nazorat shikoyatidan voz kechish qabul qilinganligi to‘g‘risida va protest chaqirib olinganda, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilinmagan bo‘lsa, nazorat instansiyasi sudi nazorat ishini yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi.
2) ushbu Kodeksning 32424-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda sud hujjatini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
3) sud hujjatini o‘zgartirishga yoki bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rib chiqish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatida nazarda tutilgan doirada o‘zgartirishga;
Sud hujjatining noqonuniyligi yoki asoslantirilmaganligi sud hujjatini nazorat tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Sudning mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hujjati faqat birgina yuzaki asoslar bo‘yicha bekor qilinishi mumkin emas.
7) nazorat instansiyasi sudi qaysi sabablarga ko‘ra o‘z xulosalariga kelgan bo‘lsa, o‘sha sabablar va o‘zi amal qilgan qonunlarga hamda boshqa qonun hujjatlariga havola.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining qarori sudning butun tarkibi tomonidan imzolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori Rayosat majlisida raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Nazorat instansiyasi sudining sud hujjatini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorida bayon etilgan ko‘rsatmalari mazkur ishni yangidan ko‘rayotgan sud uchun majburiydir.
Nazorat instansiyasi sudi qarorda aniqlanmagan yoki rad etilgan holatlarni aniqlashga yoxud isbotlangan deb hisoblashga, u yoki bu dalilning to‘g‘riligi yoki noto‘g‘riligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan ko‘rishda qaysi sud hujjati qabul qilinishi kerakligi to‘g‘risidagi masalalarni oldindan hal etishga haqli emas.
Ma’muriy sud o‘zi chiqargan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu paragrafda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va tartibda yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishi mumkin.
Birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan, qonuniy kuchga kirgan qaror yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ushbu qarorni chiqargan ma’muriy sud tomonidan ko‘riladi.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining qaysi qarorlari bilan sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha qarorlarni qayta ko‘rish sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi qaror qabul qilingan instansiyada amalga oshiriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari quyidagilardan iborat:
1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud bo‘lgan, lekin arizachiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, ish uchun muhim holatlar;
2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof yoki asoslantirilmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berganligi, guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi, bila turib yolg‘on tarjima qilinganligi;
3) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan holatlar, ya’ni ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni ko‘rish chog‘ida sodir etilgan jinoiy qilmishlari;
4) ma’muriy sudning yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoxud iqtisodiy sudning mazkur ish bo‘yicha sud hujjatini qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan hujjati yoki boshqa organning qarori yoxud boshqa huquqiy hujjati bekor qilinganligi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi.
Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi.
Ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddati ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha, agar iltimosnoma qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va sud muddatni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb tan olsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning turgan joyi (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) arizachi yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi; ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana;
4) arizachining hujjatlarga havola qilingan fikriga ko‘ra qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rib chiqish uchun asos bo‘ladigan yangi ochilgan holat;
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qo‘yilayotgan talablarga rioya etilgan holda berilgan ariza tegishli sudning ish yurituviga qabul qilinadi.
Arizani sudning ish yurituviga qabul qilish to‘g‘risidagi masala u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Ajrimning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 3248-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizani, agar uni ish yuritishga qabul qilish haqidagi masalani hal qilishda quyidagilarni aniqlasa, qaytaradi:
1) ariza ushbu Kodeksning 32430 va 32431-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilganligini;
2) ariza belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng berilganligini va uni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud emasligini;
3) muddatni o‘tkazib yuborish sabablari uzrsiz ekanligini, shunga ko‘ra ariza berish uchun o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashga asos mavjud emasligini.
Sudning arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan so‘ng ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan oshmagan muddatda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda ko‘rib chiqiladi.
Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan ajrimning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bekor qilingan taqdirda, ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o‘zi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda takroran ko‘radi”;
21) 339-moddadagi “ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaga” degan so‘zlar “ma’muriy sudga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22) 343-moddadagi “ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya” degan so‘zlar “ma’muriy sud” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 670-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 170-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 19-moddasining matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 102 — 121-moddalari qoidalariga ko‘ra” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga ko‘ra” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 38-moddasining uchinchi qismidagi “Xo‘jalik” degan so‘z “Iqtisodiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-64-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 541-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 3-moddasining ikkinchi xatboshisidagi, 32-moddasining to‘rtinchi qismidagi, 51-moddasining to‘rtinchi qismidagi, 52-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlaridagi “Xo‘jalik” degan so‘z “Iqtisodiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-378-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-445-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 509-modda) 1-moddasi uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “xo‘jalik protsessual” degan so‘zlar “iqtisodiy protsessual” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
1) O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 477-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-songa ilova);
2) O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi 477a-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-songa ilova);
3) O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 478-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda);
4) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi 479-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 235-modda);
5) O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 621-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda) I bo‘limining 17-bandi;
6) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Xo‘jalik protsessual va Fuqarolik protsessual kodekslariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 163-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 11-modda) II va III bo‘limlari;
7) O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 405-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 165-modda) X bo‘limi;
8) O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 535-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 149-modda) XVIII bo‘limi;
9) O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 568-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 18-modda) XVIII bo‘limi;
10) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 671-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 171-modda) XII bo‘limi;
11) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 19-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-43-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 373-modda);
12) O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustda qabul qilingan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-106-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda) 3 va 4-moddalari;
13) O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 9-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 2382-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-149-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 185-modda);
14) O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 29-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-184-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 490-modda);
15) O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrda qabul qilingan “Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-197-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 18-moddasi;
16) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-199-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 1, 1-modda) 4 va 5-moddalari;
17) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 11-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 52-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-218-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 332-modda);
18) O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyunda qabul qilingan “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-250-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 231-modda) 3 va 4-moddalari;
19) O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Adliya organlari va muassasalari faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-255-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 335-modda) 7-moddasi;
20) O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-288-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 104-modda) 4 va 5-moddalari;
21) O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrda qabul qilingan “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-335-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 9/2, 244-modda) 4 va 5-moddalari;
22) O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-352-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 22 va 23-moddalari;
23) O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-355-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 263-modda) 17-moddasi;
24) O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-372-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 130-modda) 14 va 15-moddalari;
25) O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-373-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda) 15-moddasi;
26) O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-381-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 12, 343-modda) 12-moddasi;
27) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-388-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 228-modda) 5-moddasi;
28) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-391-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda) 13 va 14-moddalari;
29) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-396-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 452-modda) 16-moddasi;
30) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-411-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 276-modda) 9-moddasi;
31) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martda qabul qilingan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-421-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 3, 47-modda) 6-moddasi;
32) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-aprelda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-428-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 136-modda) 2 va 3-moddalari;
33) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-436-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda) 19-moddasi;
34) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-446-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda) 34-moddasi;
35) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-448-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 10, 605-modda) 9 va 10-moddalari.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlasin.