12.02.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUTIB TOPShIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasida jinoyatlarni oldini olish va bartaraf etish boʻyicha yanada samaraliroq hamkorlikka hamda huquqbuzarlarni tutib topshirish toʻgʻrisida shartnomani tuzish orqali tutib topshirish sohasida ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarga koʻmaklashish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Tutib topshirish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq boshqa Tomonga ayblov qoʻyish, sud jarayoni yoki tutib topshirishni taqozo etadigan huquqbuzarlik uchun jazoni oʻtash maqsadida soʻrayotgan Tomon talab qilayotgan istalgan shaxsni boshqa Tomonga tutib topshirishga rozidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Tutib topshirishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnoma maqsadlarida soʻrov kelib tushgan vaqtda ikkala Tomon qonunchiligida kamida bir yil ozodlikdan mahrum etish yoki yanada jiddiyroq jazo belgilangan huquqbuzarliklar uchun tutib topshirishga olib keladigan huquqbuzarliklar sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tutib topshirish toʻgʻrisida soʻrov soʻrayotgan Tomon sudi tomonidan tutib topshirishni taqozo etadigan har qanday huquqbuzarlik uchun ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisida hukm chiqarilgan shaxsga taalluqli boʻlsa, jazoni qolgan oʻtash muddati faqat 4 oydan kam boʻlmagan taqdirdagina tutib topshirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu modda maqsadlarida harakat ikkala Tomonning qonunchiligiga qarshi qaratilgan huquqbuzarlik ekanligini aniqlash uchun quyidagilarning ahamiyati yoʻq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Tomonlarning qonunchiligi huquqbuzarlikni tashkil etadigan xuddi ana shunday toifadagi huquqbuzarlik doirasida xulq-atvorni belgilaydimi yoki huquqbuzarlik shunday atama bilan nomlanadimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tutib topshirilishi soʻralayotgan shaxsga qarshi taxmin qilinayotgan xulq-atvorning majmui eʼtiborga olinishi lozim va bu Tomonlarning qonunchiligi boʻyicha huquqbuzarlik unsurlari farq qiladimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar shaxsning tutib topshirilishi soliq, bojxona, valyutaga oid yoki boshqa moliyaviy qonunchilikka qarshi huquqbuzarlik uchun talab qilinayotgan boʻlsa, soʻralayotgan Tomon qonunchiligi soʻrayotgan Tomonning qonunchiligi kabi shunday soliqlar yoki majburiyatlarni yoxud soliq, boj, bojxona yoki valyuta qoidalarini koʻzda tutmaganligi asosida tutib topshirish rad etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar huquqbuzarlik soʻrayotgan Tomonning hududidan tashqarida amalga oshirilgan boʻlsa, soʻralayotgan Tomon qonunchiligi uning hududidan tashqarida shu kabi holatlarda amalga oshirilgan huquqbuzarlik uchun jazo belgilangan boʻlsa, tutib topshirish amalga oshirilishi lozim. Agar soʻralayotgan Tomon qonunchiligi buni koʻzda tutmagan boʻlsa, soʻralayotgan Tomon oʻz ixtiyoriga koʻra tutib topshirishni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar tutib topshirish toʻgʻrisida soʻrov ulardan har biri ikkala Tomon qonunchiligiga koʻra jazoga tortiladigan huquqbuzarliklar turkumiga taalluqli boʻlsa, lekin ulardan baʼzi birlari ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida qayd etilgan shartlarni bajarmayotgan boʻlsa, huquqbuzarlik uchun tutib topshirish, shaxs, hech boʻlmaganda, tutib topshirishni taqozo etadigan jinoyatlarning biri uchun topshirilishi sharti bilan, amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Tutib topshirishda majburiy rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaga koʻra tutib topshirish quyidagi holatlardan istalgan birida amalga oshirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon tutib topshirish soʻralayotgan bu huquqbuzarlikni siyosiy huquqbuzarlik yoki siyosiy huquqbuzarlik bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarlik deb belgilagan boʻlsa. Siyosiy huquqbuzarlikka tayanish quyidagi huquqbuzarliklarni qamrab olmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Davlat rahbari yoki Hukumat rahbari shaxsiga qarshi yoxud uning oila aʼzolarini qoʻlga olish yoki hayotiga suiqasd qilishga urinish yoki hujum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikkala Tomon ishtirok etayotgan koʻp tomonlama xalqaro bitimlardan kelib chiqib, shu jumladan, lekin genotsid, terrorizm va odamlarni oʻgʻirlash toʻgʻrisida bunday bitimlar bilan cheklanib qolmasdan, huquqbuzarlik yuzasidan Tomonlar yurisdiksiyani oʻrnatish yoki tutib topshirishni amalga oshirish majburiyatiga ega boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar soʻralayotgan shaxs soʻralayotgan Tomon hududida tutib topshirish soʻralayotgan huquqbuzarlik uchun sud javobgarligiga tortilgan boʻlsa yoki sudlangan va hukm qilingan yo oqlangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tutib topshirish soʻralayotgan huquqbuzarlik uchun jinoiy taʼqib etish yoki jazolash soʻralayotgan Tomon qonunchiligiga koʻra muddat oʻtib ketganligi sababli tugatilgan yoki soʻralayotgan Tomon hududida xuddi shunday huquqbuzarlik amalga oshirilgan boʻlsa. Soʻrayotgan Tomon qonunchiligiga muvofiq muddat oʻtib ketganligini toʻxtatib qoʻyishi mumkin boʻlgan harakat va holatlar soʻralayotgan Tomon uchun haqiqiy hisoblanadi va bu holda soʻrayotgan Tomon bunday muddat oʻtib ketganligi bilan bogʻliq boʻlgan oʻz qonunchiligining qoidalari toʻgʻrisida yozma arizani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar soʻralayotgan Tomon tutib topshirish toʻgʻrisida soʻrov soʻralayotgan shaxsning irqi, dini, millati, jinsi, yoki siyosiy qarashlariga koʻra taʼqib etish va jazolash maqsadida taqdim etilgan, yoki mana shu sabablardan istalgan biri boʻyicha ushbu shaxsga zarar yetkazilishi mumkin deb taxmin qilishga yetarlicha asoslarga ega boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Tutib topshirishni rad etish uchun qoʻshimcha asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaga muvofiq quyidagi holatlardan istalgan birida tutib topshirishni rad etish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tutib topshirish soʻralayotgan huquqbuzarlik soʻralayotgan Tomon qonunchiligiga muvofiq uning hududida toʻla yoki qisman amalga oshirilgan deb baholangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻralayotgan shaxs tutib topshirish soʻralayotgan xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uchinchi davlatda butkul oqlangan yoki sudlangan, hamda, agar chiqarilgan hukm toʻla ijro etilgan boʻlsa yoki endi ijro qilina olinmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar soʻralayotgan Tomon ayrim hollarda soʻrayotgan Tomon huquqbuzarliklari va manfaatlarining jiddiyligini eʼtiborga olib, soʻralayotgan shaxsning shaxsiy holatlari tufayli tutib topshirish gumanitar sabablar boʻyicha amalga oshirilmasligi mumkin deb hisoblasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tutib topshirish soʻralayotgan huquqbuzarlik oddiy jinoyat huquqi boʻyicha emas, balki harbiy huquq boʻyicha huquqbuzarlik boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Tutib topshirishni kechiktirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻralayotgan shaxs soʻralayotgan Tomonda tutib topshirish soʻralayotgan huquqbuzarlik uchun emas, balki boshqa biror-bir huquqbuzarlik uchun jinoiy taʼqib qilinayotgan yoki muddatni oʻtayotgan boʻlsa, soʻralayotgan Tomon soʻralayotgan shaxsni topshirishi yoki jinoiy taʼqib yoxud belgilangan jazo muddatining toʻla yoki istalgan qismining tugashiga qadar topshirishni kechiktirishi mumkin. Soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonni har qanday kechiktirish toʻgʻrisida xabardor etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Fuqarolarni tutib topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlardan hech biri ushbu Shartnoma asosida oʻz fuqarolarini tutib topshirish majburiyatini olmagan, biroq, soʻralayotgan Tomon, oʻz ixtiyoriga koʻra, bunday shaxslarni lozim deb topsa tutib topshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar soʻralayotgan shaxsning tutib topshirilishi faqat fuqarolik asosida rad etilgan boʻlsa, soʻralayotgan Tomon, soʻrayotgan Tomonning iltimosiga koʻra, uning maʼmurlariga ayblov qoʻyish uchun imkoniyat berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolik tutib topshirish soʻralayotgan huquqbuzarlik amalga oshirilgan vaqt bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Tutib topshirish jarayonlari va soʻralayotgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tutib topshirish toʻgʻrisida soʻrov yozma ravishda diplomatik kanallar orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tutib topshirish toʻgʻrisida soʻrov quyidagilar bilan ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) soʻralayotgan shaxsning shaxsi va mumkin boʻlsa, fuqaroligi hamda turish joyini tavsiflangan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ish holatlarining bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) huquqbuzarlikning muhim unsurlari va taʼriflarini tavsiflaydigan qonunchilikning bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) huquqbuzarlik uchun jazoni tavsiflaydigan qonunchilikning bayoni; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) huquqbuzarlik uchun sud tomonidan taʼqib etishning muddati yoki jazoni ijro etish bilan bogʻliq boʻlgan qonunchilikning bayoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar tutib topshirish toʻgʻrisida soʻrov hali aybdor deb tan olinmagan shaxsga taalluqli boʻlsa, u quyidagilar bilan ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) soʻrayotgan Tomon sudi yoki boshqa vakolatli maʼmuri tomonidan berilgan hibsga olish yoki ushlab turish uchun order nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) soʻralayotgan shaxsni hibsga olish yoki ushlab turish uchun yozilgan order aynan oʻsha shaxsga taalluqligini belgilovchi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) tutib topshirish soʻralayotgan huquqbuzarlikni sodir etgan soʻralayotgan shaxsni gumon qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan huquqbuzarlik boʻyicha ayblov xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar tutib topshirish toʻgʻrisida soʻrov aybdor deb tan olingan shaxsga taalluqli boʻlsa, u quyidagilar bilan ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) soʻrayotgan Tomon sudi uni aybdor deb tan olinganligi toʻgʻrisida chiqargan qaror nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) soʻralayotgan shaxs aybdor deb tan olinganligini tasdiqlovchi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) shaxs aybdor deb tan olingan huquqbuzarlikni tashkil etadigan xatti-harakatning bayoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq soʻrayotgan Tomon taqdim etadigan barcha hujjatlar tasdiqlanishi va soʻralayotgan Tomon tiliga yoki ingliz tiliga boʻlgan tarjima bilan ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Shartnoma maqsadlarida hujjat agar u soʻrayotgan Tomon sudyasi yoki boshqa mansabdor shaxs tomonidan imzolangan yoxud tasdiqlangan va soʻrayotgan Tomon vakolatli maʼmurlarining rasmiy muhri bilan biriktirilgan boʻlsa haqiqiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Qoʻshimcha axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar soʻralayotgan Tomon ushbu Shartnomaga muvofiq tutib topshirishni amalga oshirish uchun tutib topshirish toʻgʻrisida soʻrovni asoslash maqsadida taqdim etilgan axborot yetarli emas deb hisoblasa, bu Tomon oʻzi belgilagan vaqt ichida qoʻshimcha axborot taqdim etilishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar tutib topshirilishi soʻralayotgan shaxs hibsda boʻlsa, va ushbu Shartnomaga muvofiq taqdim etilgan qoʻshimcha axborot yetarli boʻlmasa yoki belgilangan vaqt ichida olinmagan boʻlsa, bu shaxs ozod etilishi mumkin. Uning ozod etilishi soʻrayotgan Tomonga bu shaxsni tutib topshirish toʻgʻrisidagi yangi soʻrovni yuborishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaxs 2-bandga muvofiq ozod etilayotganda soʻralayotgan Tomon imkon qadar tez orada bu haqda soʻrayotgan Tomonni xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Vaqtincha hibsga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda tutib topshirish toʻgʻrisida soʻrov yuborilgunga qadar Tomon soʻralayotgan shaxsni vaqtincha hibsga olinishini iltimos qilishi mumkin. Vaqtincha hibsga olish toʻgʻrisida soʻrov diplomatik kanallar orqali yoki bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Koreya Respublikasi Adliya vazirligi oʻrtasida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vaqtincha hibsga olish toʻgʻrisida soʻrov yozma shaklda boʻlishi va quyidagilarni oʻzida aks ettirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) soʻralayotgan shaxsning tavsifi, shuningdek uning fuqaroligi toʻgʻrisida axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) agar maʼlum boʻlsa, soʻralayotgan shaxsning turish joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) ish holatlarining qisqa bayoni, jumladan, agar imkon boʻlsa, huquqbuzarlikning vaqti va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) buzilgan qonunlarning bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) hibsga olishni yoki ushlab turishni amalga oshirish uchun order, yoxud soʻralayotgan shaxsga nisbatan ayblov xulosasi yoki ayblov hukmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(f) soʻralayotgan shaxsni tutib topshirish toʻgʻrisida soʻrovni yuborish haqida tasdiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bunday ariza qabul qilinishi bilan soʻralayotgan Tomon soʻralayotgan shaxsning hibsga olinishini taʼminlash uchun zaruriy choralarni koʻradi va soʻrayotgan Tomon natijalar toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hibsga olingan shaxs ozod etiladi qachonki, soʻrayotgan Tomon 7-moddada qayd etilgan tegishli hujjatlar bilan ilova qilingan tutib topshirish toʻgʻrisida soʻrovni hibsga olingan kundan boshlab qirq besh (45) kun ichida taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, agar soʻrov kelgusida olingan boʻlsa, bu soʻralayotgan shaxsni tutib topshirish boʻyicha jarayon boshlanishiga toʻsiq boʻlmasligi sharti bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Yengillashtirilgan tutib topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralayotgan shaxs tutib topshirishni amalga oshirish yoʻriqnomasiga nisbatan shaxsning roziligi toʻgʻrisida soʻralayotgan Tomonning sud yoki boshqa vakolatli organlarini xabardor qilgan holda soʻrayotgan Tomon tutib topshirishni yengillashtirish uchun oʻz qonunchiligida koʻzda tutilgan barcha zarur choralarni koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Parallel soʻrovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikki yoki undan ortiq davlatlardan aynan bir shaxsni ayni bir huquqbuzarlik yoki turli huquqbuzarliklar boʻyicha tutib topshirish toʻgʻrisida soʻrov olinsa, soʻralayotgan Tomon shaxsni bu davlatlarning qay biriga tutib topshirishini aniqlab olib, oʻz qarori toʻgʻrisida boshqa davlatlarni xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxs tutib topshiriladigan davlatni aniqlashda soʻralayotgan Tomon barcha shart-sharoitlarni, jumladan quyidagilarni koʻrib chiqishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) soʻralayotgan shaxsning fuqaroligi va odatiy turar joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) soʻrov shartnomaga muvofiq yuborilganmi yo yoʻqmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) har bir huquqbuzarlik sodir etilgan vaqti va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) soʻrayotgan davlatlarning tegishli manfaatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) huquqbuzarliklarning ogʻirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(f) jabrlanuvchining fuqaroligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) soʻrayotgan davlatlar oʻrtasida tutib topshirishning kelgusi imkoniyatlari; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(h) soʻrovlarning tegishli sanalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon tutib topshirish toʻgʻrisidagi soʻrov boʻyicha qaror qabul qilishi bilanoq bunday qaror toʻgʻrisida soʻrayotgan Tomonni diplomatik kanallar orqali xabardor qiladi. Tutib topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etishni butunlay yoki qisman rad qilish sabablari toʻgʻrisida xabar qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻralayotgan Tomon soʻralayotgan shaxsni soʻrayotgan Tomonning tegishli maʼmurlariga soʻralayotgan Tomonning hududida belgilangan ikkala Tomon uchun qulay joyda topshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrayotgan Tomon shaxsni soʻralayotgan Tomon hududidan soʻralayotgan Tomon belgilaydigan maʼqul muddat ichida olib ketishi lozim va agar shaxs bu muddat ichida qabul qilinmagan boʻlsa, soʻralayotgan Tomon bu shaxsni ozod etishi va xuddi oʻsha huquqbuzarlik uchun topshirishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Topshiriladigan shaxsni Tomon olib ketishi yoki boshqa joyga koʻchirishiga toʻsqinlik qilayotgan hollarda, bu Tomon boshqa Tomonni bu haqda xabardor etishi lozim va bu holda ushbu moddaning 3-bandi qoidalari qoʻllanilmaydi. Ikkala Tomon ushbu modda qoidalari asosida topshirish yoki boshqa joyga koʻchirishning yangi sanasini oʻzaro belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Mulkni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Coʻralayotgan Tomonning qonunchiligi ruxsat bergan darajada va rioya etilishi lozim boʻlgan uchinchi tomonlarning huquqlariga rioya qilish sharti bilan soʻralayotgan Tomon hududida aniqlangan, huquqbuzarlik oqibatida oʻzlashtirilgan yoki soʻrayotgan Tomonning soʻroviga binoan ashyoviy dalillar sifatida talab qilinishi mumkin boʻlgan barcha mulklar tutib topshirish amalga oshirilayotgan boʻlsa, topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar soʻralayotgan shaxsning oʻlimi, yoʻqolib qolishi yoki qochishi oqibatida tutib topshirishning imkoni boʻlmasa, soʻralayotgan Tomonning soʻroviga binoan ushbu moddaning 1-bandida qayd etilgan mulk soʻralayotgan Tomonga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar ushbu Tomon, soʻralayotgan Tomon qonunchiligi talablariga muvofiq yoki uchinchi tomonlarning manfaatlarini himoya etish maqsadida topshirilgan mulkni qaytarish toʻgʻrisida soʻrasa, har qanday topshirilgan mulk soʻralayotgan Tomonga bepul qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Maxsus qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnomaga koʻra tutib topshirilgan shaxsni soʻrayotgan Tomonda ushlab turish, taʼqib etish yoki sud javobgarligiga tortish mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tutib topshirish boʻyicha amalga oshirilgan huquqbuzarliklar yoki aynan oʻsha dalillarga asoslanib tutib topshirish amalga oshirilgan, boshqacha nomlangan huquqbuzarliklar, agar bunday huquqbuzarlik tutib topshirishga olib kelsa, yoki unchalik ahamiyatga ega boʻlmagan huquqbuzarlik oʻz ichiga olsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) shaxsni tutib topshirish amalga oshirilgandan keyingi huquqbuzarliklar; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) soʻralayotgan Tomonning vakolatli maʼmurlari shaxsni ushlab turishni amalga oshirishga rozi boʻlgan huquqbuzarliklar boʻyicha taʼqib qilish yoki sud javobgarligiga tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning 1-bandi maqsadlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) soʻralayotgan Tomon 7-moddada qayd etilgan hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) mavjud boʻlgan taqdirda soʻralayotgan Tomonga tutib topshirilgan shaxsning huquqbuzarlikka taalluqli bergan koʻrsatmalarining huquqiy yozmalari taqdim etilishi lozim; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) soʻrov koʻrib chiqilgunga qadar soʻralayotgan Tomon aytgan vaqt davomida tutib topshirilgan shaxs soʻrayotgan Tomon tarafidan ushlab turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Shartnomaga koʻra tutib topshirilgan shaxs, uning tutib topshirilishiga qadar boʻlgan muddatda sodir etgan huquqbuzarlik boʻyicha soʻralayotgan Tomonning roziligisiz uchinchi davlatga tutib topshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlari tutib topshirilgan shaxsni ushlab turish, taʼqib qilish yoki sud javobgarligiga tortishga yoki uni uchinchi davlatga tutib topshirilishiga monelik qilmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) shaxs tutib topshirilganidan soʻng soʻrayotgan Tomonning hududini tark etib, ixtiyoriy ravishda qaytsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) shaxs ketishi mumkin boʻlgan kundan boshlab qirq besh kun (45) davomida soʻrayotgan Tomonning hududini tark etmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Natijalar toʻgʻrisida xabar qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrayotgan Tomon tutib topshirilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻash yoki unga nisbatan jazoni ijro etish yoxud bu shaxsni uchinchi davlatga tutib topshirish toʻgʻrisida soʻralayotgan Tomonni oʻz vaqtida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Tranzit
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Tomon, uchinchi davlat tomonidan tutib topshirilgan shaxsni, boshqa Tomon hududi orqali oʻz qonunchiligida koʻzda tutilgan tashishga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Koreya Respublikasi Adliya vazirligi oʻrtasida diplomatik kanallar yordamida yoki bevosita yozma soʻrov yuborish orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tranzit Tomon hududida hech qanday qoʻnish rejalashtirilmaydi degan shart bilan havo transportidan foydalanishda tranzit toʻgʻrisida ruxsat olish talab etilmaydi. Bu Tomonning hududida rejalashtirilmagan qoʻnish chogʻida boshqa Tomondan ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilganidek tranzit tashish toʻgʻrisida soʻrovning taqdim etilishini talab qilib olish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon tutib topshirish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan bogʻliq uning yurisdiksiyasidagi ishni yuritish boʻyicha kelib chiqadigan har qanday xarajatlarni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻralayotgan Tomon uning hududida tutib topshirilishi soʻralayotgan shaxsning hibsga olinishi va ushlanishi yoki mulkni xatga olish hamda uni topshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrayotgan Tomon soʻralayotgan Tomon hududidan tutib topshirilayotgan shaxsni topshirishda qilingan xarajatlar va tranzit xarajatlarini qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Maslahatlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar har bir Tomonning soʻroviga koʻra ushbu Shartnomani talqin qilish va qoʻllash bilan bogʻliq maslahatlashuvlarni olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Koreya Respublikasi Adliya vazirligi ushbu Shartnomaning alohida holatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq, shuningdek bajarish protseduralariga koʻmaklashish va yaxshilash maqsadida bir-birlari bilan maslahatlashuvlar olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Kuchga kirishi va amal qilishdan toʻxtashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya yorliqlari almashinuvidan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Shartnoma u kuchga kirgan sanaga qadar va undan keyin sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlarning har biri istalgan vaqtda yozma xabar qilish orqali ushbu Shartnomaning amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Ushbu Shartnoma bunday xabarnoma yuborilgan sanadan olti (6) oy oʻtgach amal qilishdan toʻxtaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlab, oʻzlarining tegishli hukumatlari tomonidan tegishlicha vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar ushbu Shartnomani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2003-yil 12-fevralda, ikki nusxada, oʻzbek, koreys va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar autentikdir. Talqin qilishda har qanday kelishmovchiliklar kelib chiqsa, ingliz tilidagi matn ustunlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 3-4-son)