21.05.2004 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JAZOLARNI LIBERALLASHTIRISH TOʻGʻRISIDAGI QONUNNI IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLARGA NISBATAN QOʻLLASHNING AYRIM MASALALARI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotini oʻrganish natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, sudlar iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga oid ishlar boʻyicha jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni asosan toʻgʻri qoʻllab kelmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga ushbu sohada sodir etilgan jinoyatlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrish paytida qonunni qoʻllashda, jumladan, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, jazo tayinlash masalalarida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning jinoiy qilmishni maʼmuriy huquqbuzarlikdan, davomli talon-toroj qilish jinoyatini takroran sodir etilgan talon-toroj jinoyatidan baʼzan farqlay olmayotganliklari asoslantirilmagan qarorlar chiqarilishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrishda jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonun talablariga ogʻishmay rioya etilishi shart ekanligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 61-moddasiga muvofiq korxona, muassasa, tashkilotlarning mulkini oʻgʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha miqdorda talon-toroj qilish maʼmuriy huquqbuzarlik tarkibini tashkil etadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganda ham, agar talon-toroj miqdori bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan oshmasa, maʼmuriy javobgarlik kelib chiqadi. Bunday holda mayda talon-toroj necha marta sodir etilganligi ahamiyat kasb etmaydi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talon-toroj miqdori huquqbuzarlik sodir etilgan kunda amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talon-toroj etilgan mulkning qiymatini aniqlashda ishning muayyan holatlariga qarab, huquqbuzarlik sodir etilgan kundagi shartnomaviy, bozor, birja baholariga asoslanmoq lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxona, muassasa, tashkilot mulkini oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish, firibgarlik va oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilish (Jinoyat kodeksining 167, 168, 169-moddalari) uchun jinoiy javobgarlik faqat talon-toroj summasi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 61-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan miqdordan oshgan taqdirda kelib chiqadi. Alohida kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlgan hollar ham bundan mustasno emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni taʼkidlash kerakki, qonunga koʻra oʻgʻirlik va firibgarlik yoʻli bilan fuqarolarning mulkini talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj summasi miqdoridan qatʼi nazar kelib chiqadi. Biroq, talon-toroj miqdori bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan oshmagan har bir holda surishtiruv, tergov organlari va sudlar ayblanuvchining (sudlanuvchining) shaxsiga oid maʼlumotlarni hamda moddiy zararning qoplanganligini inobatga olgan holda jinoyat ishini Jinoyat kodeksining 65 va 66-moddalariga asosan tugatish masalasini muhokama etishi kerak.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzganing mulkini talon-toroj qilish jinoyati mol-mulk mulkdorning egaligidan olingan hamda aybdor uni tasarruf etish yoki undan oʻz xohishiga koʻra foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi (bosqinchilik va tovlamachilik hollari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aybdor oʻzganing mol-mulkini qoʻlga kiritgan boʻlsa-yu, biroq hali uni oʻz mulki sifatida tasarruf etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, qilmish talon-toroj qilishga suiqasd tariqasida kvalifikatsiya etilmogʻi kerak (bosqinchilik va tovlamachilik hollari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qasd bir butun mulkni talon-toroj qilishga qaratilgan boʻlib, uning muayyan bir qismi talon-toroj qilingan hollarda ham jinoyat tugallangan hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunga koʻra, hukm taxminlarga asoslanishi mumkin emas. Shu tufayli moddiy qimmatliklar kamomadi faktining oʻzi, agar uning sabablari tergov va sud tomonidan aniqlanmagan boʻlsa, talon-toroj qilish jinoyati sifatida baholanishi mumkin emasligini sudlar nazarda tutishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni oʻzganing mulkini talon-toroj qilishda (JK 167-moddasi) aybdor deb topish uchun bu mulk aybdor tomonidan oʻz foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga qaratilganligini tasdiqlovchi aniq faktlarga asoslanmoq zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlar shuni eʼtiborda tutsinlarki, qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun talon-toroj sodir etishning xususiyatlarini (davomli yoki takroranligini) toʻgʻri aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davomli talon-toroj qilish deb, umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yoʻnaltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil etuvchi bir-biriga oʻxshash bir necha jinoiy qilmishlar bilan oʻzganing mulkini qonunga xilof ravishda tekin olib qoʻyish (egallab olish) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davomli jinoyatda aybdorning xatti-harakati sodir etilgan barcha talon-toroj epizodlari boʻyicha zarar summalarini qoʻshganda hosil boʻlgan miqdordan kelib chiqib kvalifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatning takroran sodir etilgan-etilmaganligi masalasini hal qilishda Jinoyat kodeksining 32-moddasi mazmunidan kelib chiqish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroran sodir etilgan talon-torojni kvalifikatsiya qilishda barcha epizodlar boʻyicha aniqlangan umumiy talon-toroj summasi emas, balki zarar miqdori eng koʻp boʻlgan epizod boʻyicha talon-toroj summasi asos qilib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini talon-toroj qilish JK 167-moddasining ikkinchi qismi dispozitsiyasida alohida kvalifikatsiya belgisi sifatida nazarda tutilganligi sababli, mansabdor shaxsning bunday xatti-harakatlari, agar aybdorning qasdi oʻzganing mulkini egallashga qaratilgan boʻlsa, JK 19211 yoki 205-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq mansabdor shaxsning qilmishida alohida, oʻzganing mulkini talon-toroj qilish qasdi bilan bogʻliq boʻlmagan hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish tarzidagi jinoyat tarkibi mavjud boʻlsa, bunday qilmish tegishincha JK 167 va 205-moddalarida yoki 19211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinmogʻi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tushuntirib oʻtilsinki, agar mansabdor shaxs oʻzi sodir etgan talon-toroj jinoyatini yengillashtirish yoki yashirish maqsadida rasmiy hujjatlarga bila turib yolgʻon maʼlumotlar va yozuvlar kiritgan boʻlsa, uning qilmishi tegishincha JK 167 va 209-moddalarida yoki JK 167 va 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinmogʻi kerak.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mansab soxtakorligi mansabdorlik jinoyatining subyekti boʻlmagan boshqa shaxslar bilan ishtirokchilikda sodir etilgan boʻlsa, bunday ishtirokchilarning harakatlari, basharti ular talon-toroj jinoyati ishtirokchisi boʻlmasa, JK 228-moddasi bilan emas, balki mazkur Kodeksning 28, 209-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinmogʻi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudlar shunga eʼtibor berishlari kerakki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qator moddalari normalarida muayyan shart mavjud boʻlib, unga koʻra quyidagi hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning qoʻllanilishi istisno etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 167, 168, 180, 181, 1811, 184, 1852, 1924, 19211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar qoplangan taqdirda;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 132, 173, 175, 198, 202 va 233-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan qonunning mazkur normalarida nazarda tutilgan shart bajarilgan hollarda tegishli apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi, moddiy zarar qaysi sudlov instansiyasida qoplanganligidan qatʼiy nazar, qamoqda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ehtiyot chorasi turini, ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan shaxslarga nisbatan esa, jazo turini oʻzgartirish masalasini darhol hal etishi shart.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sudlanuvchilardan biri tomonidan moddiy zararning toʻliq qoplanishi jinoyatning barcha ishtirokchilariga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni qoʻllamaslik uchun asos boʻladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudlar iqtisodiyot sohasidagi jinoyatga oid ishlar boʻyicha zararni qisman qoplagan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda JK 57-moddasini qoʻllash masalasini muhokama etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, jinoyat natijasida yetkazilgan zarar summasining kamida yarmi aybdor tomonidan qoplanganligi jazoni jiddiy kamaytiruvchi holat deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan solidar javobgarlik belgilangan hollarda zararni qisman qoplagan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda ham xuddi shu prinsipga amal qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar koʻpincha boshqa jinoyatlar, masalan, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, mansabga sovuqqonlik bilan qarash, mansab soxtakorligi va shu singari jinoyatlar bilan birgalikda sodir etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud har bir shunday ish boʻyicha moddiy zararni qoplagan shaxsga nisbatan talon-toroj qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlar ekan, ishning muayyan holatlarini inobatga olib, uning boshqa jinoyatlari uchun, agar bu jinoyatlarni sodir etganlik uchun qonunda muqobil jazolar nazarda tutilgan boʻlsa, ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosini tayinlash qanchalik maqsadga muvofiq ekanligini muhokama etishi shart.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qonun moddiy zarar qoplangan hollarda ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo tayinlanmasligi haqida Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalarida nazarda tutilgan shartlar qoʻllanilishi imkoniyatini mahkumning sudlanganlik holati bilan bogʻlamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan kelib chiqadiki, qonunda belgilangan mazkur huquqiy kafolatlar retsidiv jinoyatga, shu jumladan, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtab chiqqan shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararning qoplanishi jabrlanuvchining buzilgan huquqlarini tiklashning muhim kafolati ekanligi hamda sudlanuvchi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqarishi munosabati bilan sudlar zararning qoplanishiga imkon beradigan barcha huquqiy vositalardan foydalanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda, moddiy zarar bir guruh shaxslarning birgalikdagi xatti-harakatlari oqibatida yetkazilgan jinoyat ishlarini koʻrayotganda sud ishning muayyan holatlarini inobatga olib hamda Fuqarolik kodeksining 1000-moddasida belgilangan talablarga amal qilib, bunday shaxslarga nisbatan solidar emas, balki hissali javobgarlik yuklashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy javobgarlik turi, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash usulini belgilashga oid masalalarni hal etishda Oliy sud Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 26-sonli qarorida berilgan tushuntirishlardan kelib chiqish lozim.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bitta ish boʻyicha, biroq alohida sodir etilgan va umumiy qasd bilan qamrab olinmagan, ayrimlari talon-toroj qilganlik uchun, boshqalari esa, mansabga sovuqqonlik bilan qaraganlik yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan solidar moddiy javobgarlik belgilanmaydi. Mazkur xatti-harakatlar talon-toroj sodir etilishiga maʼlum darajada sharoit yaratib bergan hollar ham bundan mustasno emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan shaxs tomonidan hukm qonuniy kuchga kirgandan soʻng qoplangan taqdirda kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi bu jazo turini JK 61, 62-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga asosan boshqa jazo turi bilan almashtiradi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar moddiy zarar qoplangan kunga qadar oʻtalgan jazo muddati boshqa jazo turi uchun qonunda belgilangan eng koʻp miqdordan oshgan boʻlsa, sud jazoni oʻtalgan deb hisoblaydi hamda mahkumni darhol qamoqdan ozod qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yuqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sudlar shuni eʼtiborga olishi lozimki, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga oid ishlar boʻyicha moddiy zarar qoplanganligi munosabati bilan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarning tayinlanishi, mahkum jarimani toʻlashdan yoki majburiy jamoat ishlari yoxud axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, bu jazoni yana ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosi bilan almashtirish imkoniyatini istisno etmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonun normalarining toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan bevosita bogʻliq. Shuning uchun ham apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlari har bir ish boʻyicha jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan xatolarni oʻz vaqtida aniqlashlari va tuzatishlari, shuningdek xususiy ajrimlar chiqarish orqali ularga munosabat bildirishlari kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son