12.05.2021 yildagi O‘RQ-690-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 3-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 23-aprelda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi psixiatriya yordami ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Psixiatriya yordami to‘g‘risidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining psixiatriya yordami to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish — o‘z sog‘lig‘ining holati, ruhiy holati buzilganligining xususiyati haqidagi hamda kasallik rivojlanishining ehtimoldagi prognozi, psixiatriya yordami ko‘rsatish maqsadi, tartibi va davom etish muddati, tashxis qo‘yish, davolash usullari hamda mazkur yordamni ko‘rsatish jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dori vositalari, ularning nojo‘ya ta’sirlari haqida tushunarli tarzda taqdim etiladigan axborotni anglab yetishga layoqatli bo‘lgan shaxs tomonidan yozma shaklda ifodalangan ixtiyoriy rozilik yoki uning qonuniy vakilining yozma roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya yordami — shaxslarning ruhiy sog‘lig‘i holatini tekshiruvdan o‘tkazishga, ruhiy holatning buzilishlarini profilaktika qilishga, ularga tashxis qo‘yishga, ruhiy holati buzilgan shaxslarni davolash, parvarishlash va tibbiy-ijtimoiy jihatdan reabilitatsiya qilishga qaratilgan maxsus tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya muassasasi — asosiy vazifasi psixiatriya yordami ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan tibbiyot muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holatning buzilishi — shaxs ruhiy holatining O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan Xalqaro kasalliklar tasnifiga muvofiq tan olingan o‘zgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifokor-psixiatrlar komissiyasi — sog‘liqni saqlashni boshqarish organi tomonidan tuzilgan, psixiatriya yordami ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan kollegial ravishda qarorlar qabul qiluvchi uch nafar yoki undan ortiq shifokor-psixiatrdan iborat bo‘lgan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniy vakillar — ota-onalar (farzandlikka oluvchilar), vasiylar yoki ruhiy holati buzilgan shaxslarning manfaatlarini ifoda etishga, ularga psixiatriya yordami ko‘rsatishda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga psixiatriya yordami ko‘rsatishda ularga nisbatan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zlariga psixiatriya yordami ko‘rsatilishida ushbu Qonunda belgilangan barcha huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Psixiatriya yordami ko‘rsatishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami ko‘rsatishning asosiy prinsiplari qonuniylik, ijtimoiy himoyalanganlik, insonparvarlik, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, axborotning maxfiyligidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Psixiatriya yordami ko‘rsatish va ijtimoiy himoya qilish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan quyidagilar kafolatlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiyot muassasalarida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam, tez yordam, shu jumladan ixtisoslashtirilgan tibbiy tez yordam ko‘rsatish chog‘idagi bepul psixiatriya yordami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq barcha turdagi psixiatriya ekspertizalarini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasining tegishli xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, ruhiy holati buzilgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish va ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxslarning vasiylik masalalarini hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarida, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarda huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berish va yuridik yordamning boshqa turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar chog‘idagi psixiatriya yordami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni psixiatriya yordami bilan ta’minlash va ijtimoiy jihatdan himoya qilish uchun davlat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi barcha turdagi muassasalarni, imkoniyati boricha, ruhiy holati buzilgan shaxslarning yashash joyida barpo etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan voyaga yetmagan shaxslarning davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va jamiyatga qayta integratsiya qilish maqsadida ular uchun moslashtirilgan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etgan holda, psixiatriya muassasalari hududida mehnat terapiyasi, yangi kasb-hunarlarga o‘qitish va ruhiy holati buzilgan shaxslarni, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida davolash-ishlab chiqarish korxonalarini barpo etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxslarni ishga joylashtiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun iqtisodiy rag‘batlantirish (imtiyozlar, preferensiyalar berish va boshqalar) usullarini qo‘llaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq ularga berilgan vakolatlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami ko‘rsatishni moliyalashtirish “Sog‘liqni saqlash” sohasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, psixiatriya yordami ko‘rsatish uchun davlat tomonidan kafolatlangan hajmda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Psixiatriya yordami so‘rab murojaat etishning ixtiyoriyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami shaxs ixtiyoriy ravishda murojaat etgan va uning ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rsatiladi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami voyaga yetmagan shaxsga ota-onasidan birining yoki boshqa qonuniy vakilining ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga esa uning qonuniy vakilining ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, qonunlarida nazarda tutilgan fuqarolarning barcha huquqlari va erkinliklariga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslar o‘zlariga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishini istisno etadigan tarzda hurmat bilan va insoniy munosabatda bo‘linishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z huquqlari to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek o‘zining ruhiy holati inobatga olingan holda o‘zida mavjud bo‘lgan ruhiy holati buzilishining xususiyati va qo‘llanilayotgan davolash usullari haqidagi axborotni o‘zi uchun tushunarli shaklda, o‘z vaqtida hamda to‘liq olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya yordamini eng kam cheklovli sharoitlarda, imkoni boricha, yashash joyida olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statsionar sharoitlarda psixiatriya yordami ko‘rsatadigan tibbiyot muassasasida faqat psixiatriya yordami ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan muddat mobaynida bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha davolashning barcha turlaridan foydalanish (shu jumladan sanatoriy-kurortda davolanish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya yordamini sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash va tibbiy jihatdan reabilitatsiya qilish usullarining, dori vositalarining hamda tibbiy buyumlarning, maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining, ilmiy tadqiqotlarning yoki o‘quvning sinovlar obyekti sifatida foydalanilishga, shuningdek foto-, video- yoki kinotasvirga olishga ma’lumotlarni bilgan holda ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki ularni rad etish, shu jumladan tibbiy aralashuvning istalgan bosqichida rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun bilan tartibga solinadigan masalalar yuzasidan istalgan shifokor-psixiatrni shifokor-psixiatrlar komissiyasida ishlash uchun o‘z roziligi bilan taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatdan yoki qonuniy vakildan yordam olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslar o‘ziga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganida qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini faqat psixiatriya tashxisiga, dispanser kuzatuvida, psixiatriya statsionarida yoxud tibbiy-ijtimoiy muassasada yoki davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida turganlik faktiga asoslanib cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini qonunga xilof ravishda cheklaganlikda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Kasbga doir faoliyatning va o‘ta xavfli manba bilan bog‘liq faoliyatning ayrim turlarini bajarishdagi cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra shaxs ruhiy holati buzilganligi oqibatida kasbga doir faoliyatning va o‘ta xavfli manba bilan bog‘liq faoliyatning ayrim turlarini bajarishga vaqtincha (ko‘pi bilan besh yil muddatga va keyin qayta tekshiruvdan o‘tish huquqi bilan) yaroqsiz deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni kasbga doir faoliyatning va o‘ta xavfli manba bilan bog‘liq faoliyatning ayrim turlarini bajarishga vaqtincha yaroqsiz deb topish to‘g‘risidagi qaror shaxsning ruhiy sog‘lig‘i holatini tibbiy qarshi ko‘rsatmalar ro‘yxatiga muvofiq baholash asosida shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbga doir faoliyatning va o‘ta xavfli manba bilan bog‘liq faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun tibbiy qarshi ko‘rsatmalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda to‘plangan tajriba va ilmiy yutuqlar hisobga olingan holda vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Psixiatriya yordami ko‘rsatilayotgan shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ifodalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda o‘z huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun o‘z xohishiga ko‘ra vakilni taklif etishga haqli. Vakillikni rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga psixiatriya yordami ko‘rsatishda uning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni vasiy, voyaga yetmagan shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni esa ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga psixiatriya yordami ko‘rsatishda uning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni bepul yuridik yordam tarzida advokat, shuningdek bepul yuridik yordam ko‘rsatishga vakolatli bo‘lgan boshqa shaxs amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxslar psixiatriya yordamini olayotganda “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega.
(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi O‘RQ-915-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya muassasasi advokat taklif etish imkoniyatini ta’minlaydi, bundan ushbu Qonun 24-moddasining yettinchi qismida va 31-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Shaxsning ruhiy sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish haqidagi talabni taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs o‘z huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarayotganda uning ruhiy sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etishni yoxud uning shifokor-psixiatr tekshiruvidan o‘tishini talab qilish taqiqlanadi, bundan qonunda belgilangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Psixiatriya yordami ko‘rsatishda shifokor sirini saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsda ruhiy holatning buzilishi mavjudligi, u psixiatriya yordami uchun murojaat etganligi faktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek uning ruhiy sog‘lig‘ining holati haqidagi boshqa ma’lumotlar qonun bilan qo‘riqlanadigan shifokor siri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun uning iltimosiga yoxud qonuniy vakilining iltimosiga binoan unga va uning qonuniy vakiliga mazkur shaxs ruhiy sog‘lig‘ining holati haqida hamda unga ko‘rsatilgan psixiatriya yordami to‘g‘risida tushunarli shaklda va ruhiy holati buzilgan shaxsning ruhiy holatini hisobga olgan holda ma’lumotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va reabilitatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holatning buzilganligi tashxisi umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va tasniflarga muvofiq qo‘yiladi hamda shaxsning jamiyatda qabul qilingan axloqiy, madaniy, siyosiy va diniy qadriyatlarni rad etishiga yoxud uning ruhiy sog‘lig‘i holatiga bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga asoslanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsga tashxis qo‘yish, uni davolash va reabilitatsiya qilish uchun qonunchilik bilan ruxsat etilgan usullar, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiya qilish usullari, shuningdek dori vositalari hamda tibbiy buyumlar xastalikning xususiyatiga muvofiq faqat tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiya qilish maqsadida qo‘llaniladi hamda ulardan ruhiy holati buzilgan shaxsni jazolash yoki boshqa maqsadlar uchun foydalanilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan tibbiy aralashuv uning ma’lumotlarni bilgan holda ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifokor-psixiatr ruhiy holati buzilgan shaxsga uning ruhiy holatining xususiyati, tavsiya etilayotgan davolashning maqsadi, usullari, shu jumladan muqobil usullari va davolashning davomiyligi haqida, shuningdek ehtimol tutilgan xavf, nojo‘ya ta’sirlar va kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunarli shaklda va uning ruhiy holatini hisobga olgan holda axborot taqdim etishi shart. Shifokor-psixiatr taqdim etilgan axborot to‘g‘risida tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy rozilikni ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar shunday rozilikni beradigan shaxsga ma’lum qilinganidan keyin ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili beradi, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga nisbatan esa uning qonuniy vakili rozilik beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berganligi haqida vasiyligidagi shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligisiz davolash faqat tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash chog‘ida, shuningdek psixiatriya muassasasiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilganda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan ruhiy holat buzilishlarini davolash uchun asl holiga qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarni keltirib chiqaradigan jarrohlik usullarini hamda boshqa usullarni qo‘llashga, shuningdek ularda profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash va tibbiy reabilitatsiya qilish usullari, tibbiyot uchun mo‘ljallangan dori vositalari va buyumlari, maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari sinovlarini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Davolanishni rad qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxs, ruhiy holati buzilgan voyaga yetmagan shaxsning ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili taklif etilayotgan davolanishni rad qilish yoki uni tugatishni talab qilish huquqiga ega, bundan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan yoxud psixiatriya muassasasiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili davolanishni rad qilish yoki uni tugatish to‘g‘risida davolanish rad etilgan yoxud tugatilgan kunning ertasidan kechiktirmay o‘z vasiyligi ostidagi shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolanishni rad etgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga bunday rad etishning yoxud davolanishni tugatishning ehtimol tutilgan oqibatlari tushuntirilishi kerak. Davolanishni rad etish, rad etish kunida tibbiy hujjatga ehtimol tutilgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda yozib qo‘yish orqali va davolanishni rad etgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining, shuningdek shifokor-psixiatrning imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha hamda tartibda sudning qaroriga ko‘ra qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining psixiatriya muassasalari tomonidan, ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan esa ichki ishlar organlarining jazoni o‘tash joyidagi tibbiyot muassasalari tomonidan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining psixiatriya muassasalarida turgan shaxslar psixiatriya statsionarida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining psixiatriya muassasalarida turgan shaxslar mazkur muassasada bo‘ladigan butun davrda mehnatga layoqatsiz deb topiladi va shifokor-psixiatr huzurida majburiy ambulatoriya kuzatuvida va davolanishda turgan shaxslar bilan teng ravishda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa olish yoki umumiy asoslarda pensiya olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud-psixiatriya ekspertizasi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra hamda tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Shaxsning harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish chog‘ida psixiatriya tekshiruvini o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiy xizmatchisi sifatida shaxsning, shu jumladan ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, xizmat faoliyati haqiqiy harbiy xizmatga tenglashtiriladigan boshqa vazirliklar va idoralarning boshliqlar hamda oddiy askarlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning o‘z ruhiy sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish chog‘ida ambulator va statsionar sharoitlarda psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish asoslari hamda tartibi ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi muassasalar va shaxslar. Tibbiyot xodimlarining hamda boshqa mutaxassislarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi muassasalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordamini psixiatriya muassasalari, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalar ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holatning buzilishiga tashxis qo‘yish, uni davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordamining turlari yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. Davlat va xususiy tibbiyot muassasalari, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan ko‘rsatiladigan psixiatriya yordamining turlari haqidagi axborot fuqarolar uchun ochiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Psixiatriya yordami ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari (shifokor-psixiatr, tibbiy psixolog va psixoterapevt) psixiatriya yordami ko‘rsatish bo‘yicha shifokorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar ruhiy holati buzilgan shaxslar bilan ishlash uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga “Psixiatriya yordami” ixtisosligi bo‘yicha tibbiy faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami ko‘rsatishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan psixiatriya yordamining turlari ta’sis hujjatlarida yoki litsenziya talablari va shartlarida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Tibbiyot xodimlarining hamda boshqa mutaxassislarning psixiatriya yordami ko‘rsatish chog‘idagi huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holatning buzilishi tashxisini qo‘yish faqat shifokor-psixiatr tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya yordami ko‘rsatish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish yoxud bu masalani ko‘rib chiqish uchun xulosa berish faqat shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarining va boshqa mutaxassislarning faoliyati kasbga oid odob-axloqqa asoslanadi hamda qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa ixtisoslikdagi shifokorning shaxsning ruhiy sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi xulosasi dastlabki xususiyatga ega bo‘ladi hamda shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini cheklash to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun, shuningdek ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun qonunda nazarda tutilgan kafolatlarni unga berish uchun asos bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Shifokor-psixiatrning psixiatriya yordami ko‘rsatish chog‘idagi mustaqilligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami ko‘rsatish chog‘ida shifokor-psixiatr o‘z qarorlarini qabul qilishda mustaqil bo‘lib, u faqat tibbiy ko‘rsatuvlarga, shifokorlik burchiga va qonunga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifokor-psixiatrlar komissiyasi qaroriga o‘z fikri mos kelmagan shifokor-psixiatr o‘zining xulosasini berishga haqli bo‘lib, xulosa tibbiy hujjatlarga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlariga va boshqa xodimlarga kafolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar qonunchilikka muvofiq ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi, har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili olish, zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun umumiy belgilangan yoshi kamaytirilgan holda pensiyaga chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar ish vaqtining, har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilining davomiyligi, umumiy belgilangan yosh kamaytirilgan holda pensiyaga chiqish tartibi, shuningdek ularning maxsus har oylik ustamasi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan hamda kasb kasalliklaridan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat majburiy ijtimoiy sug‘urtasi qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Psixiatriya yordamining turlari va ularni ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish tekshirilayotgan shaxsda ruhiy holati buzilishining mavjudligini, psixiatriya yordami ko‘rsatishga bo‘lgan zaruriyatni aniqlash, shuningdek bunday yordam turi haqidagi masalani hal qilish uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya tekshiruvi tekshirilayotgan shaxsning ma’lumotlarni bilgan holda tekshiruv o‘tkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish ota-onasidan birining yoxud boshqa qonuniy vakilining ushbu tekshiruvni o‘tkazishga ma’lumotlarni bilgan holda ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lganda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga nisbatan esa, bunday shaxs qonuniy vakilining ma’lumotlarni bilgan holda psixiatriya tekshiruvi o‘tkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onasidan biri rozi bo‘lmagan yoxud ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili mavjud bo‘lmagan taqdirda voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish vasiylik va homiylik organining qaroriga binoan amalga oshiriladi, qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vasiyligidagi shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish uchun ma’lumotlarni bilgan holda ixtiyoriy ravishda rozilik berganligi haqida vasiyligidagi shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya tekshiruvini o‘tkazuvchi shifokor-psixiatr tekshirilayotgan shaxsga va uning qonuniy vakiliga o‘zini psixiatr sifatida tanishtirishi shart, bundan ushbu modda yettinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, tekshirilayotgan shaxs unda og‘ir ruhiy holatning quyidagilar bilan bog‘liq buzilishi mavjud deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan harakatlarni sodir etgan hollarda, shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish ushbu shaxsning ma’lumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz yoki qonuniy vakilning ma’lumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning o‘zi uchun yoki atrofdagilar uchun bevosita xavf solishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning yordamga muhtojligi, ya’ni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qanoatlantirishga layoqatsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shaxs psixiatriya yordami ko‘rsatilmasdan qoldirilgudek bo‘lsa, ruhiy holati yomonlashuvi tufayli uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tekshirilayotgan shaxs ushbu Qonun 28-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha dispanser kuzatuvida turgan bo‘lsa, uni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish uning ma’lumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz yoki qonuniy vakilining ma’lumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazishga oid ma’lumotlar va tekshirilayotgan shaxsning ruhiy sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi xulosa tibbiy hujjatlarda qayd etilib, ularda shifokor-psixiatrga murojaat qilish sabablari hamda tibbiy tavsiyalar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Shaxsni o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 24-moddasining yettinchi qismi ikkinchi xatboshisida va sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollarda shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror shifokor-psixiatr tomonidan ushbu shaxsning roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz mustaqil ravishda, ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 24-moddasi yettinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda shaxsni o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Shaxsni o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berish va qaror qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror shunday tekshiruv o‘tkazish uchun ushbu Qonun 24-moddasining yettinchi qismida sanab o‘tilgan asoslar mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozma arizaga binoan shifokor-psixiatr tomonidan qabul qilinadi, bundan ushbu Qonun 24-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma ariza psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaxsning qarindoshlari, har qanday tibbiy ixtisoslikdagi shifokor, mansabdor shaxslar va boshqa fuqarolar tomonidan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 24-moddasi yettinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda ariza og‘zaki shaklda ham berilishi mumkin. Shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror shifokor-psixiatr tomonidan darhol qabul qilinadi va tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yish orqali rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs o‘zi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tug‘dirmagan taqdirda, psixiatriya tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda berilishi, shunday tekshiruv o‘tkazish zarurligini asoslovchi batafsil ma’lumotlarni va shaxs yoki uning qonuniy vakili shifokor-psixiatrga murojaat etishni rad etganligiga doir ko‘rsatmani o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Shifokor-psixiatr qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishga haqli. Arizada ushbu Qonun 24-moddasi yettinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar mavjudligi to‘g‘risida dalolat beruvchi ma’lumotlar mavjud emasligini aniqlab, shifokor-psixiatr psixiatriya tekshiruvi o‘tkazishni yozma ravishda asoslantirilgan holda rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza asosli bo‘lganida shifokor-psixiatrning bunday tekshiruv o‘tkazish zarurligi haqidagi yozma xulosasi, shuningdek shaxsni tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza va boshqa mavjud materiallar tegishli tibbiyot muassasasi tomonidan shaxsning yashash joyidagi sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud psixiatriya tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani barcha materiallar olingan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Ambulatoriya sharoitlarida ko‘rsatiladigan psixiatriya yordami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan tibbiy ko‘rsatmalarga qarab ambulatoriya sharoitlarida profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash, tibbiy jihatdan reabilitatsiya qilish va dispanser kuzatuvi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ambulatoriya sharoitlaridagi psixiatriya yordami (bundan dispanser kuzatuvi mustasno) ruhiy holati buzilgan shaxs ushbu Qonunning 7-moddasiga muvofiq ixtiyoriy ravishda murojaat etganda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Dispanser kuzatuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dispanser kuzatuvi ruhiy holatning og‘ir barqaror yoki tez-tez zo‘rayib turuvchi kasallik belgilari bo‘lgan surunkali va uzoq davom etadigan buzilishiga chalingan shaxsning roziligidan, shuningdek uning qonuniy vakilining roziligidan qat’i nazar, o‘rnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dispanser kuzatuvini o‘rnatish zarurligi haqidagi va uni tugatish to‘g‘risidagi qaror shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davolash-profilaktika muassasasi xizmat ko‘rsatadigan hududda psixiatriya yordami bitta shifokor-psixiatr tomonidan ko‘rsatilsa, dispanser kuzatuvini o‘rnatish zarurligi to‘g‘risidagi qarorni u mustaqil ravishda uch oydan oshmagan muddatga qabul qiladi. Bu holda dispanser kuzatuvini o‘rnatish zarurligi to‘g‘risidagi va uni tugatish haqidagi masala shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan uch oy ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifokor-psixiatrlar komissiyasining asoslantirilgan qarori tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yish orqali va Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestriga tegishli axborot kiritilgan holda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dispanser kuzatuvi shaxs sog‘ayib ketganda yoki uning ruhiy holati sezilarli va turg‘un yaxshilanganda tugatiladi. Dispanser kuzatuvi tugatilganidan keyin ambulatoriya sharoitlaridagi psixiatriya yordami ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha va tartibda mazkur shaxsning iltimosiga ko‘ra yoki roziligi bilan yoxud uning qonuniy vakilining iltimosiga ko‘ra yoki roziligi bilan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsning ruhiy holati o‘zgargan taqdirda, u ushbu Qonunning 24 va 25-moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha hamda tartibda o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. Bunday hollarda dispanser kuzatuvi shifokor-psixiatrlar komissiyasining qaroriga binoan qaytadan o‘rnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestri (bundan buyon matnda Yagona reyestr deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestr ruhiy holati buzilgan shaxslar haqidagi quyidagi majburiy axborotni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport ma’lumotlari (identifikatsiyalovchi ID-karta ma’lumotlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dispanser kuzatuvi o‘rnatilgan va tugatilgan sanalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya muassasalarida bo‘lish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan dori vositalari, ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va taqdim etilgan imtiyozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestr ruhiy holati buzilgan shaxslar haqidagi boshqa axborotni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestrni yaratish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va muntazam ravishda yangilash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari manbalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestrdan foydalanishga mazkur reyestrdagi axborotning maxfiyligi ta’minlangan holda, faqat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan shaxslarga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Psixiatriya statsionariga yotqizish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya statsionariga yotqizish uchun shaxsda ruhiy holatning buzilishi mavjudligi va shifokor-psixiatrning statsionar sharoitlarida tekshiruvdan o‘tkazish yoki davolash to‘g‘risidagi qarori yoxud sudning qarori asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda psixiatriya ekspertizasini o‘tkazish zarurati ham psixiatriya statsionariga yotqizish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish ixtiyoriy ravishda uning iltimosiga binoan yoki roziligi bilan amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish uning ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakilining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan amalga oshiriladi. Ota-onasidan biri rozi bo‘lmagan taqdirda yoxud ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili mavjud bo‘lmaganda, voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish vasiylik va homiylik organining qaroriga binoan amalga oshiriladi, bu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs uning qonuniy vakilining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga yotqiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statsionarga yotqizishga rozilik tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yish orqali va ruhiy holati buzilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining, shuningdek shifokor-psixiatrning imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish sudning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ruhiy holati buzilgan shaxsni faqat statsionar sharoitlarida tekshiruvdan o‘tkazish yoki davolash mumkin bo‘lsa, ruhiy holatning buzilishi esa og‘ir hamda quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lsa, bu shaxs o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz sud qarori chiqarilmasidanoq psixiatriya statsionariga yotqizilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning o‘zi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf solish ehtimoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning yordamga muhtojligi, ya’ni asosiy hayotiy ehtiyojlarni mustaqil ravishda qanoatlantirishga layoqatsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shaxs psixiatriya yordami ko‘rsatilmasdan qoldirilgudek bo‘lsa, ruhiy holati yomonlashuvi tufayli uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Psixiatriya yordami ko‘rsatish chog‘ida xavfsizlikni ta’minlash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statsionar sharoitlardagi psixiatriya yordami statsionarga yotqizilgan shaxsning va boshqa shaxslarning xavfsizligini ta’minlaydigan sharoitlarda, tibbiyot xodimlari tomonidan uning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy ravishda yotqizilganda va bu yerda bo‘lganda jismoniy siquvga olish va ajratib qo‘yish choralari faqat shifokor-psixiatrning xulosasiga ko‘ra, shaxsning o‘zi uchun yoki boshqa shaxslar uchun bevosita xavf tug‘diruvchi harakatlarini boshqa usullar bilan bartaraf etish mumkin bo‘lmagan hollarda va davrda qo‘llaniladi hamda tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati ostida amalga oshiriladi. Jismoniy siquvga olish yoki ajratib qo‘yish choralarini qo‘llash shakllari va vaqti haqida tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xodimlari statsionarga g‘ayriixtiyoriy ravishda yotqizishni amalga oshirish chog‘ida tibbiyot xodimlariga yordam ko‘rsatishi hamda statsionarga yotqizilayotgan shaxs bilan muloqotda bo‘lish va uni ko‘zdan kechirish uchun xavfsiz sharoitlarni ta’minlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statsionarga yotqizilayotgan shaxsning atrofdagilar hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi harakatlarini bartaraf etish zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek statsionarga yotqizilishi lozim bo‘lgan shaxsni qidirish hamda ushlash zarurati bo‘lganda ichki ishlar organlarining xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. O‘z qonuniy vakillarining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga yotqizilgan voyaga yetmagan shaxslarni va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘z qonuniy vakillarining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga yotqizilgan voyaga yetmagan shaxs va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs ushbu Qonun 34-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim. Dastlabki olti oy ichida bu shaxslar statsionarda yotishni uzaytirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan har oyda kamida bir marta tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statsionarda yotish olti oydan ortiq uzaytirilgan taqdirda, ruhiy holati buzilgan shaxsni tekshiruvdan o‘tkazish shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan olti oyda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifokor-psixiatrlar komissiyasi yoki psixiatriya statsionari ma’muriyati voyaga yetmagan shaxsni yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsni statsionarga yotqizishda yo‘l qo‘yilgan suiiste’molliklarni aniqlagan taqdirda, psixiatriya statsionari ma’muriyati bu haqda vasiylikdagi shaxsning turar joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha psixiatriya statsionariga yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxs shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan qirq sakkiz soatdan oshmagan muddatda majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim, komissiya statsionarga yotqizilganlikning asoslanganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Statsionarga yotqizish asossiz deb topilgan va statsionarga yotqizilgan shaxs psixiatriya statsionarida qolish istagini bildirmagan hollarda, u darhol statsionardan chiqarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ruhiy holati buzilgan shaxsni statsionarga yotqizish asosli deb topilsa, shaxsning u yerda bundan buyon bo‘lishi to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun shifokor-psixiatrlar komissiyasining xulosasi yigirma to‘rt soat ichida psixiatriya statsionari joylashgan yerdagi sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya statsionari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza yuzasidan sudning qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi arizani mazmunan ko‘rib chiqib, uni qanoatlantiradi yoki rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, uning qonuniy vakili, psixiatriya statsionari rahbari sudning qarori ustidan shikoyat qilishi yoki prokuror protest keltirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxsning g‘ayriixtiyoriy tartibda statsionarda yotishini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsning psixiatriya statsionarida g‘ayriixtiyoriy tartibda bo‘lishi faqat statsionarga yotqizish amalga oshirilgan asoslar saqlanib turgan vaqt mobaynidagina davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan shaxs shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan statsionarda yotishni uzaytirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun dastlabki olti oy mobaynida har oyda kamida bir marta tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxs psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan paytdan e’tiboran olti oy o‘tgach shifokor-psixiatrlar komissiyasining statsionarda bunday yotishni uzaytirish zarurligi to‘g‘risidagi xulosasi psixiatriya statsionari ma’muriyati tomonidan psixiatriya statsionari joylashgan yerdagi sudga yuboriladi. Sud statsionarda yotishni ushbu Qonunning 34 va 35-moddalarida nazarda tutilgan tartibda uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsning psixiatriya statsionarida yotishi olti oydan ortiq muddatga uzaytirilganda shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan mazkur shaxsni tekshiruvdan o‘tkazish olti oyda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Psixiatriya statsionarlarida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsga uni psixiatriya statsionariga yotqizish asoslari va maqsadlari, uning huquqlari hamda statsionarda o‘rnatilgan qoidalar tushuntirilishi kerak, bu haqda tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya statsionarida davolanayotgan yoki tekshiruvdan o‘tayotgan ruhiy holati buzilgan shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvdan o‘tkazish, davolash, psixiatriya statsionaridan chiqarish va ushbu Qonun bilan berilgan huquqlarga rioya etish masalalari yuzasidan bevosita bosh shifokorga yoki bo‘lim mudiriga murojaat etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat va din peshvosi bilan yolg‘iz uchrashishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganda diniy rasm-rusumlarni bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazetalar va jurnallarga obuna bo‘lishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ruhiy holati buzilgan shaxs o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bo‘lsa, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining dasturi bo‘yicha ta’lim olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ruhiy holati buzilgan shaxs foydali mehnatda ishtirok etayotgan bo‘lsa, mehnati uchun uning miqdori va sifatiga muvofiq boshqa fuqarolar bilan teng ravishda haq olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozishmalar olib borishga, posilkalar, banderollar va pul jo‘natmalari olish va jo‘natishga, telefondan foydalanishga, keluvchilarni qabul qilishga, eng zarur narsalarga ega bo‘lish va ularni sotib olishga, o‘z kiyim-kechagidan foydalanishga haqli. Bu huquqlar ruhiy holati buzilgan shaxsning va boshqa shaxslarning sog‘lig‘i yoki xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab shifokor-psixiatorning tavsiyasiga ko‘ra cheklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazetalar va jurnallarga yakka tartibda obuna bo‘lish, telefonda so‘zlashuvlar hamda boshqa pulli xizmatlar ruhiy holati buzilgan shaxslarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya statsionarida davolanayotgan yoki tekshiruvdan o‘tayotgan ruhiy holati buzilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Psixiatriya statsionari ma’muriyatining va tibbiyot xodimlarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya statsionarining ma’muriyati va tibbiyot xodimlari ruhiy holati buzilgan shaxslarning hamda ularning qonuniy vakillarining ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya statsionariga davolanish yoki tekshiruvdan o‘tish uchun yotqizilgan shaxslarni zarur tibbiy yordam bilan ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning matni, mazkur psixiatriya statsionarining ichki tartib-qoidalari bilan, ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda murojaat etish mumkin bo‘lgan davlat organlari hamda boshqa organlar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning manzillari hamda telefon raqamlari bilan tanishish imkoniyatini berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxslarning yozishmalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar yo‘llashi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxs psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida uning qonuniy vakilini, qarindoshlarini yoki uning ko‘rsatmasiga ko‘ra boshqa shaxsni xabardor qilish choralarini ko‘rishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxsning sog‘lig‘i holatidagi o‘zgarishlar va u bilan bog‘liq favqulodda hodisalar haqida uning qonuniy vakilini yoki qarindoshlarini, shuningdek uning ko‘rsatmasiga ko‘ra boshqa shaxsni xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya statsionarida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlashi, posilkalar va olib kelingan narsalar tarkibini nazorat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ammo qonuniy vakilga ega bo‘lmagan ruhiy holati buzilgan shaxslarning qonuniy vakili vazifasini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya statsionari ma’muriyatining va tibbiyot xodimlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionaridan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionaridan chiqarish u sog‘ayib ketgan yoki uning ruhiy holati yaxshilanib, bundan buyon statsionarda davolanishi talab etilmaydigan, shuningdek psixiatriya statsionariga yotqizish uchun asos bo‘lgan tekshiruvdan o‘tish yoki psixiatriya ekspertizasi nihoyasiga yetkazilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya statsionariga davolanish uchun ixtiyoriy ravishda yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish uning arizasiga, qonuniy vakilining arizasiga yoki davolovchi shifokor-psixiatrning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish shifokor-psixiatrlar komissiyasining xulosasiga yoki sudning statsionarda yotishni uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning qaroriga binoan o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish faqat sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya statsionariga ixtiyoriy ravishda yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish, agar g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish uchun ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan asoslar shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan aniqlanadigan bo‘lsa, rad etilishi mumkin. Bunday holda psixiatriya statsionarida bo‘lish, yotishni uzaytirish va statsionardan chiqarish masalalari ushbu Qonunning 34 — 36-moddalarida, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga shaxslarni joylashtirish uchun ruhiy holati buzilgan shaxsning arizasi, shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning xulosasi, voyaga yetmagan shaxs yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs uchun esa vasiylik va homiylik organining mazkur tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan qabul qilingan qarori asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy komissiyaning xulosasi shaxsda ruhiy holatning uni ixtisoslashtirilmagan tibbiy-ijtimoiy muassasada turish imkoniyatidan mahrum etadigan tarzda buzilishi mavjudligi haqidagi, muomalaga layoqatli shaxsga nisbatan esa uni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi masalani sud oldiga qo‘yish uchun asoslar mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik va homiylik organi ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirilgan shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘rishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Voyaga yetmagan shaxsni ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan, ruhiy holati buzilgan shaxsni ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga va tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish uchun uning ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakilining arizasi hamda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning majburiy xulosasi asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasi voyaga yetmagan shaxsning davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida moslashtirilgan ta’lim dasturini o‘zlashtirishi mumkinligi va (yoki) zarurligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalarda turgan shaxslarning huquqlari hamda mazkur muassasalar ma’muriyatining va xodimlarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalarda turgan shaxslar ushbu Qonunning 37-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalar ma’muriyati va xodimlarining ushbu muassasalarda turgan shaxslarning huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishga doir majburiyatlari ushbu Qonunning 38-moddasida, shuningdek boshqa qonunchilikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalar ushbu muassasalarda turgan shaxslarni bir yilda kamida bir marta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishi shart. Tibbiy tekshiruv ushbu shaxslarning mazkur muassasalarda bundan buyon turishi to‘g‘risidagi, shuningdek ularning muomalaga layoqatsizligi haqidagi qarorlarni qayta ko‘rib chiqish mumkinligi to‘g‘risidagi masalani hal etish maqsadida shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiya tomonidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni ko‘chirish va chiqarish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsni ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan yoki tibbiy-ijtimoiy muassasadan umumiy turdagi xuddi shunday muassasaga ko‘chirish uchun shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning mazkur shaxsda ushbu muassasada turish uchun tibbiy ko‘rsatmalar mavjud emasligi haqidagi xulosasi asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxsni ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan yoki tibbiy-ijtimoiy muassasadan chiqarish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning ruhiy holati buzilgan shaxs sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda yashashga layoqatli ekanligi to‘g‘risidagi xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxsning arizasiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqarilayotgan voyaga yetmagan shaxsni parvarish qilish majburiyatini olayotgan uning ota-onasidan birining yoki boshqa qonuniy vakilining arizasiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs qonuniy vakilining arizasi bo‘yicha, basharti uning qonuniy vakili o‘z vasiyligidagi shaxsni shaxsan parvarish qilish va (yoki) parvarish qilishni ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga olayotgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami ko‘rsatish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Psixiatriya yordami to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi 123-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 215-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 124-II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 216-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-311-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 363-modda) 7-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-559-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 8, 470-modda) 7-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-567-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 9, 592-modda) 8-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-690-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 03/21/690/0452-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)