21.02.2023 yildagi 73-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlarga iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan sud ekspertizasi oʻtkazilishini soʻrash, shuningdek, sud ekspertizasi xulosasi ish materiallariga qoʻshib qoʻyilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish huquqi berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat soʻroviga koʻra sud ekspertizasi xulosasini olish muddatlari davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanishi nazarda tutilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodekslarida qayd etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasalarga oʻz faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha sud-ekspertlik tadqiqotlarini oʻtkazish huquqini berish nazarda tutilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan xorijiy tashkilot va chet el fuqarolari uchun sud-ekspertiza imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida ularga xizmat koʻrsatish tartibini joriy etish belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan mutaxassis fikrini berish ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish mexanizmlari sifatida qayd etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi hamda tadqiqotlar oʻtkazish tartibi va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi xulosasi va mutaxassis fikrini tuzilishiga qoʻyilgan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasa (tashkilot)larning sud ekspertizasi va tadqiqotlarni oʻtkazishi asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tashkilot va chet el fuqarolari uchun sud ekspertizasi imkoniyatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan sud ekspertlari tomonidan mutaxassis fikrini berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tizimida davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda boʻlinmalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomga muvofiq sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi hamda mutaxassis fikrini berishni nazarda tutuvchi ichki nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 21-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Namunaviy nizom davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, shu jumladan sud-ekspertlik byurosi, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasa (tashkilot)lar (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza tashkiloti) tomonidan sud ekspertizasi tadqiqotlari oʻtkazilishi tartibi va shartlarini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 09/26/74/0165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Namunaviy nizom xorijiy tashkilot va chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun ham tatbiq etilishi mumkin. Bunda har bir ekspertiza tashkiloti faoliyatining xususiyatiga koʻra sud ekspertizasi tadqiqotlari oʻtkazilishini mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasasi — sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan muassasa, shuningdek, tegishli davlat organlari, vazirliklar va idoralar tizimidagi ixtisoslashtirilgan sud ekspertizasi boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasa (tashkilot) — asosiy faoliyat turi ilmiy faoliyat yuritishga yoʻnaltirilgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish materiallari — sud ekspertizasi tayinlangan fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat ishi (shu jumladan, tergovga qadar tekshiruv materiallari), maʼmuriy sud ishlari va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar, shuningdek, advokatning soʻrovi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan toʻplangan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassis fikri — jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida amalga oshiriladigan tadqiqotlar natijasi yuzasidan mutaxassis (sud eksperti)ning belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan fikri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti — nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat, maʼmuriy sud ishlari va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud ekspertizasini oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan, shtatida sud eksperti sertifikatiga ega mutaxassislari boʻlgan tashkilot;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik byurosi — shartnoma asosida fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy sud ishlari va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud ekspertizasini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan, yakka tartibda sud eksperti tomonidan taʼsis etilgan notijorat tashkilot;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 74-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 09/26/74/0165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud eksperti — xulosa berish uchun fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida jalb qilingan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertizasi tadqiqoti (keyingi oʻrinlarda — tadqiqotlar) — fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat, maʼmuriy sud ishlari va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish holatlarini aniqlashga va sud eksperti tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqotlarni oʻtkazish va xulosa berishga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida amalga oshiriladigan hamda natijasi boʻyicha mutaxassis fikri taqdim etilishiga qaratilgan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud eksperti (sud ekspertlari)ning xulosasi (xulosa) (keyingi oʻrinlarda — xulosa) — sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan tuziladigan va tadqiqotlar olib borilishini va ularning natijalarini aks ettiradigan yozma yoki elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron shakldagi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekspertiza tashkilotida tadqiqotlar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya (sud)ning (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza tayinlashga vakolatli organ (shaxs)lar) qarori (ajrimi) asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat soʻroviga koʻra tadqiqotlar iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasa (tashkilot)lar tomonidan qonunchilikka koʻra ruxsat etilgan sud ekspertizasi turlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazilib, mutaxassis fikri berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tashkilotiga qaror (ajrim), soʻrov, murojaatlar hamda ularning natijasi boʻyicha ekspertiza xulosasi yoki mutaxassis fikri yozma yoxud elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadqiqotlar sud eksperti tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs) bilan kelishmasdan boshqa shaxslarni tadqiqotlarni oʻtkazish uchun jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqotlarni oʻtkazishda sud ekspertining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonunchilikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi holatlarda sud ekspertiga ish materiallari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazish taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish materiallari boʻyicha manfaatdor tomonlar bilan qarindosh boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish materiallari boʻyicha manfaatdor tomonlar bilan davlat sud-ekspertiza muassasasi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining rahbarlari, tarkibiy boʻlinma boshliqlari va ularning yaqin qarindoshlari boʻlganda, bundan tadqiqotlar oʻtkazuvchi yagona tashkilot boʻlgan holatlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish materiallari boʻyicha manfaatdor tomonlardan biri nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining mulkdori, muassisi, kuzatuv kengashi, ijro organi aʼzosi, kreditori, sugʻurtalovchisi hamda ularning yaqin qarindoshlari boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondi (ustav kapitali)da nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining yoki sud ekspertining ulushi boʻlgan yuridik shaxsning xulosadan manfaatdorligi boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirik shaxsga nisbatan sud ekspertizasini oʻtkazishda mazkur shaxsga uning tayinlanishidan oldin tibbiy yordam koʻrsatilganda. Mazkur cheklov sud-tibbiy yoki sud psixiatrik ekspertizalar shaxsni bevosita koʻrikdan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan hollarda ham amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertining xolisligiga va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud eksperti yuqorida qayd etilgan holatlarda bevosita rahbarini xabardor qiladi. Rahbar ekspertiza tashkilotida ushbu mutaxassislik boʻyicha boshqa sud eksperti boʻlganda, tadqiqotlarni unga topshiradi. Boshqa sud eksperti boʻlmagan holda ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga, advokatga yoki tadqiqotlar oʻtkazish uchun murojaat qilgan jismoniy yoxud yuridik shaxsga ish hujjatlarini uch ish kunida ijrosiz qaytarib yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tartibga amal qilmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jinoiy javobgarlikka olib kelmaydigan tarzda tadqiqotlar oʻtkazish tartibini buzganligi va oʻz vazifalariga vijdonan munosabatda boʻlmaganligi uchun sud eksperti qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspertiza tashkiloti rahbarining vakolatlari, huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs)ning qarori (ajrimi) asosida tadqiqotlarni oʻtkazish muddatlari sud ekspertizalarining hajmi va murakkabligiga, shuningdek, sud ekspertining ish hajmiga koʻra 30 kun doirasida belgilanadi. Sud ekspertizasi turlarining murakkablik darajasi ekspertiza tashkilotining yuqori turuvchi idorasi, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari uchun Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqotlarni oʻtkazishni 30 kun mobaynida bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda, ekspertiza tashkiloti rahbari muddat oʻtishidan 3 ish kuni oldin asoslangan holda ekspertiza tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga yozma yoki elektron ravishda xabar qiladi hamda ular bilan kelishgan holda qoʻshimcha muddatni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat soʻrovi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq tadqiqotlar oʻtkazish muddatlari sud-ekspertiza tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspertiza tayinlashga vakolatli organ (shaxs)ning qarori (ajrimi) boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish muddatlari ish materiallari ekspertiza tashkilotiga tushgan kundan keyingi ish kunidan boshlab hisoblanadi va sud eksperti xulosasi ekspertiza tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga yuborilgan kunda tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat soʻrovi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq tadqiqotlar shartnomaga koʻra toʻlov amalga oshirilganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar ekspertiza tashkilotiga taqdim etilgan kundan boshlab hisoblanadi va sud eksperti xulosasi yoki mutaxassis fikri manfaatdor shaxsga yuborilgan kunda tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud eksperti tomonidan tadqiqotlarni oʻtkazish muddatlari quyidagi davrlarga toʻxtatib turiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza tayinlagan vakolatli organ (shaxs), advokat hamda jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan ish materiallaridagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish toʻgʻrisida sud eksperti (mutaxassis)ning iltimosnomasini koʻrib chiqish davriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlarni oʻtkazishni 30 kun mobaynida bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda uni oʻtkazish muddatlarini kelishib olish toʻgʻrisida yuborilgan xabarni koʻrib chiqish davriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertining xizmat safarida, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi yoki mehnat taʼtilida boʻlish davriga, sud ekspertizasini bajarishni boshqa sud ekspertiga topshirish mumkin boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda va ushbu Namunaviy nizomda nazarda tutilmagan boshqa asoslar boʻyicha sud ekspertizasini oʻtkazish muddatlarini toʻxtatib turishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasa (tashkilot)lar iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy sudlarga taalluqli ishlar boʻyicha sud ekspertizalarini oʻtkazganligi uchun toʻlov undirishga haqlidir. Sud ekspertizalarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish ish boʻyicha tomonlarga yuklanadi va sud ekspertizasini oʻtkazish boshlangunga qadar toʻlanadi. Toʻlov miqdori va mazkur mablagʻlarni sarflash tartibi qonunchilik hujjatlariga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat soʻrovi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq tadqiqotlarni oʻtkazish shartnomaga binoan toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti oʻtkaziladigan tadqiqotlar uchun toʻlov miqdorini mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy tashkilot va chet el fuqarolari uchun alohida toʻlov miqdorlari belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq boshqa korxona, muassasa, tashkilot va boshqa jismoniy shaxslar sud eksperti sifatida ishda ishtirok etishi mumkin. Bunda tadqiqotlar oʻtkazilganligi uchun toʻlov sud ekspertizasini tayinlashga vakolatli organ (shaxs) tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha xarajatlar toʻlanmaganligi ish materiallarini tadqiqotlar oʻtkazmasdan qaytarish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqotlar boshlangan va sarflash materiallari ishlatilgan hollarda toʻlov buyurtmachiga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekspertiza tashkilotida tadqiqotlarni oʻtkazish xizmat koʻrsatiladigan mintaqalarga muvofiq tashkil etiladi, bundan shartnoma asosida oʻtkaziladigan tadqiqotlar mustasno, mintaqalar ular tasarrufida boʻlgan tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs)lar va xizmat koʻrsatiladigan mintaqa tashqarisida joylashgan ekspertiza tashkiloti uchun tadqiqotlar, istisno tariqasida, xizmat koʻrsatiladigan mintaqa tashqarisida joylashgan ekspertiza tashkiloti tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻtkazilishi mumkin. Bunda ish hajmi barcha hududda bir xilda boʻlishini taʼminlash maqsadida komission, kompleks hamda qayta sud ekspertizalarini mintaqalarda oʻtkazilishi ketma-ketligi sud ekspertizasi muassasasi tizimida mavjud boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tasarrufiga kirsa, ular tomonidan belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tadqiqotlarni oʻtkazish uchun yuboriladigan ish materiallarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadqiqotlar faqat uni tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan, protsessual qonunga, ushbu Namunaviy nizomga, shuningdek, sud ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarga muvofiq rasmiylashtirilgan ish materiallari ekspertiza tashkilotiga taqdim etilgan taqdirdagina oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekspertiza tayinlashga vakolatli organ (shaxs) tomonidan tadqiqotlarga sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim), tadqiqot obyektlari va ish materiallari, shuningdek, tadqiqotlarni oʻtkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur boʻlgan sud ekspertizasi predmetiga taalluqli maʼlumotlarga ega boʻlgan hujjatlar ekspertiza tashkilotiga taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar tomonidan sud ekspertizasi oʻtkazish tayinlanganda sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi advokatlik soʻrovi, ishonch bildiruvchi shaxs roziligini tasdiqlovchi hujjat, ish boʻyicha order, toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, tadqiqot obyektlari va ish materiallari, shuningdek, tadqiqotlarni oʻtkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur boʻlgan sud ekspertizasi predmetiga taalluqli maʼlumotlarga ega boʻlgan hujjatlar taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ekspertiza tashkilotiga tadqiqotlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaat, toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, tadqiqot obyektlari va ish materiallari, shuningdek, tadqiqotlarni oʻtkazish va mutaxassis fikri berilishi uchun sud ekspertiga zarur boʻlgan ekspertiza predmetiga taalluqli maʼlumotlarga ega boʻlgan hujjatlar taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha ish materiallari va tadqiqot obyektlarini hamda qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish lozim boʻlganda sud eksperti tomonidan ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat, jismoniy va yuridik shaxsga 3 ish kunida yozma yoki elektron iltimosnomalar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomani belgilangan muddatda elektron shaklda yuborish imkoniyati boʻlmaganda, bu haqda dalolatnoma tuziladi va kuzatuv materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tashkiloti advokatning soʻrovi hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini oʻrganadi va ularga 3 ish kuni ichida shartnoma rasmiylashtirish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertizalarini tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlarning faksimil va yorugʻ sezgir qogʻozga koʻchirilgan nusxalarini taqdim etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sud ekspertiga taqdim etilgan tadqiqot obyektlari, taqqoslovchi ish materiallari, maʼlumotlarning ishonchliligi uchun ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat va tadqiqot oʻtkazish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi bitta qaror (ajrim) yoki murojaat bilan koʻp miqdordagi obyektlar taqdim etilganda ekspertiza tashkiloti rahbari bir qator alohida-alohida tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sud ekspertizasini oʻtkazish ikki va undan koʻp ekspertiza tashkilotlariga topshirilgan taqdirda ularni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)da mazkur sud ekspertizasining qanday mutaxassisliklarga ega boʻlgan sud ekspertlari tomonidan oʻtkazilishi kerakligi, komissiya faoliyatini tashkil etishning qaysi ekspertiza tashkilotiga yuklanayotganligi hamda tekshiriladigan obyektlar va boshqa ish materiallari qaysi ekspertiza tashkilotiga yuborilganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) har bir ekspertiza tashkilotiga asl nusxada yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoʻshimcha yoki qayta ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)da uni tayinlashning sabablari va asoslari koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha yoki qayta ekspertiza tayinlangan taqdirda ekspertiza tashkilotiga oldingi xulosa yoki xulosasini berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma barcha ilovalar (fotojadvallar, eksperimental ish materiallari va shu kabilar) bilan birga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertizasini tayinlashga vakolatli organ (shaxs) nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud eksperti tomonidan oʻtkazilgan sud ekspertizasi xulosasiga qoʻshilmagan taqdirda, qayta sud ekspertizasi faqat davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshirilgan birlamchi sud ekspertizasi xulosasi boʻyicha qoʻshimcha va qayta sud ekspertizasi, shu jumladan, komissiyaviy va kompleks sud ekspertizasi nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasa (tashkilot) tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, bir vaqtning oʻzida ham qoʻshimcha, ham qayta sud ekspertizasini tayinlash uchun asoslar yuzaga kelgan hollarda qayta sud ekspertizasi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tadqiqot oʻtkazish uchun yuborilgan, uni oʻtkazish imkonini bermaydigan ish materiallarini rasmiylashtirish qoidalariga rioya etilmaganligi aniqlangan kuni ekspertiza tashkiloti rahbari bu haqda ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs)ga, advokat yoki jismoniy yoxud yuridik shaxsga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertizasini tayinlagan vakolatli organ (shaxs), advokat, jismoniy yoki yuridik shaxs kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrmasa ekspertiza tashkiloti rahbari 30 kun oʻtgach unga keyingi ish kunida ish materiallarini sud ekspertizasini oʻtkazmasdan qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish materiallari yuzasidan tadqiqotlarni oʻtkazish boshlanmasdan ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs), advokat, jismoniy yoki yuridik shaxsning tadqiqotlarni oʻtkazmasdan ish materiallarini qaytarish haqidagi murojaatiga asosan ular ekspertiza tashkiloti rahbari tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqotlar oʻtkazilmaganda amalga oshirilgan toʻlov shartnomada koʻrsatilgan tartibda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiylashtirishning protsessual tartibi buzilgan holda qayta, shuningdek, komission yoki kompleks sud ekspertizasi oʻtkazish uchun taqdim qilingan ish materiallari ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga yoki advokatga 3 kun muddatda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagi hollarda ish materiallari ijro etilmasdan ekspertiza tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat yoki jismoniy va yuridik shaxsga qaytariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlarni mazkur ekspertiza tashkilotida oʻtkazish nazarda tutilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza tashkiloti tegishli mutaxassislarga yoki asbob-uskunalarga ega boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza tayinlashga vakolati boʻlmagan organ (shaxs) tomonidan yoxud vakolatli organ (shaxs) tomonidan ekspertiza tayinlash vakolatiga kirmaydigan ishlar yuzasidan tadqiqotlar tayinlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ekspertiza tashkiloti rahbari yoki uning bevosita sud ekspertizasi yoʻnalishiga masʼul oʻrinbosari tomonidan tadqiqotlar oʻtkazish uchun taqdim qilingan ish materiallarini 3 kun muddatda tadqiqotlar bajarilmaganligi sabablari koʻrsatilgan holda ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga, advokatga, jismoniy yoki yuridik shaxslarga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tadqiqotlar oʻtkazish uchun giyohvand vositalar, ularning analoglari, psixotrop moddalar, qimmatbaho metallar va toshlar, shuningdek, ulardan tayyorlangan buyumlar, qurol va uning oʻq-dorilari, pul belgilari va yuqori qimmatga yoki ahamiyatga ega boʻlgan boshqa obyektlar taqdim etilgan taqdirda, sud eksperti ushbu ish materiallarini ekspertiza tashkilotiga yetkazib bergan shaxs hamda ekspertiza tashkiloti rahbarlaridan birining ishtirokida idishni ochishi, tarozida tortib koʻrishi, taqdim etilgan obyektlarni qayta sanab chiqishi, shuningdek, taqdim etilgan tartib raqamli va boshqa obyektlarning sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim), soʻrov yoxud murojaat matniga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi shart. Ularning natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi, tadqiqot obyektlarini tekshirishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tadqiqotlarni oʻtkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sud eksperti tadqiqotlarni oʻtkazishga ekspertiza tashkiloti rahbarining topshiriqnomasi bilan birga sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim), soʻrov yoxud murojaat hamda tushgan barcha ish materiallari olingan vaqtdan boshlab kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqotlarga taqdim etilgan ish materiallarini rasmiylashtirish tartibining buzilganligi aniqlangan taqdirda, sud eksperti bu toʻgʻrida ekspertiza tashkiloti rahbarini xabardor qiladi, rahbar ushbu Namunaviy nizomning 18-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taqdim etilgan ish materiallari toʻliq boʻlmagan taqdirda, bu haqda sud eksperti ekspertiza tashkiloti rahbari orqali ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga, advokat, jismoniy yoki yuridik shaxsga qoʻshimcha ish materiallari taqdim etish toʻgʻrisida yozma yoxud elektron ravishda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha ish materiallari faqat ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat, jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha ish materiallari 30 kun mobaynida taqdim etilmagan taqdirda, sud eksperti tadqiqotlarni mavjud ish materiallari boʻyicha oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagi holatlarda sud eksperti tomonidan xulosa yoki mutaxassis fikri berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida asoslangan maʼlumotnoma tuziladi hamda uch ish kuni mobaynida ekspertizani tayinlagan vakolatli organga (shaxsga), advokatga, jismoniy yoki yuridik shaxsga yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar sud eksperti hal qilinishi kerak boʻlgan savollarni oʻzining maxsus bilimlari asosida hal qilishi mumkin boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qoʻyilgan masala sud ekspertining maxsus bilimlari (vakolatlari) doirasidan chetga chiqsa yoki uni hal etish uchun maxsus bilimlar talab qilinmasa yoxud masala huquqiy tusga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan tadqiqot obyektlari yoxud ish materiallari toʻliq yaroqsiz yoki xulosa berish uchun yetarli boʻlmasa, ularni toʻldirib boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlarni oʻtkazish va xulosalar berish uchun zarur shart-sharoitlar, tadqiqot uslubi va maxsus asbob-uskunalar mavjud boʻlmasa, shu jumladan, sud eksperti hayoti va salomatligiga kasbiy tavakkalchilik chegarasidan ziyod xavf tugʻilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati hal qilinishi kerak boʻlgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilinsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa berish yoki mutaxassis fikri berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma ushbu Namunaviy nizomning 43-bandiga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sud eksperti oʻziga taqdim etilgan tadqiqot obyektlari va ish materiallarini tadqiq etishni tegishli sohadagi bilimlarga amal qilgan holda, protsessual qonun talablariga qatʼiy muvofiq ravishda xolisona va toʻliq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot obyektlari (tirik odamdan tashqari) faqat tadqiqotni oʻtkazish va xulosa yoki mutaxassis fikri berish uchun zarur boʻlgan darajada shikastlangan va sarflangan boʻlishi mumkin. Tadqiqotlarni oʻtkazish tadqiqot uchun taqdim etilgan obyekt shikastlanishini (buzilishini) yoki sarflanishini talab qiladigan hollarda buning uchun ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat yoki jismoniy yoxud yuridik shaxsning yozma ravishdagi roziligi olingan boʻlishi kerak, tayinlangan sud ekspertizasining xususiyatlari obyektning shikastlanishi (buzilishi)ni yoki sarflanishini nazarda tutadigan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Koʻrikdan oʻtkazish talab qilinadigan tadqiqot obyektlarini (ekspertiza tashkilotiga taqdim etilgan obyektlardan tashqari) sud ekspertizasidan oʻtkazishda ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs) yoki advokat sud eksperti uchun obyektga toʻsiqsiz kirishni va uni tekshirish imkonini taʼminlaydi. Koʻrikdan oʻtkazish ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs) hamda advokat tomonidan tashkil etiladi va ularning majburiy ishtirokida amalga oshiriladi hamda tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ishda ishtirok etadigan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda va tartibda tadqiqotlar oʻtkazishda ishtirok etish huquqiga ega. Sababidan qatʼi nazar, ularning yoʻqligi tadqiqotlar oʻtkazishni toʻxtatib turish uchun asos hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan protsess ishtirokchilari tekshirishlar jarayoniga aralashishga haqli emas, lekin sud eksperti tomonidan qoʻllanilgan tadqiqot usullarining mohiyatini tushuntirib berishni talab qilishi, unga tushuntirishlar berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud eksperti tomonidan xulosa tuzilayotganda, shuningdek, agar sud ekspertizasi komissiya tomonidan oʻtkazilayotgan boʻlsa, sud ekspertlarining maslahatlashuvi va fikrlarni shakllantirish bosqichida protsess ishtirokchilarining hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sud eksperti oʻzining maxsus bilimlariga muvofiq oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida oʻz nomidan xulosa yoki mutaxassis fikrini beradi va uning uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sud ekspertizasini oʻtkazish uchun bir xil mutaxassislikka ega boʻlgan ikki va undan ortiq sud ekspertlari (komission ekspertiza) tayinlanganda ularning har biri tadqiqotlarni toʻliq hajmda amalga oshiradi. Komissiya tadqiqotlarda qatnashgan sud ekspertidan har biri unga rozi boʻlgan taqdirda, umumiy xulosa beradi. Shuningdek, komissiyada ishtirok etgan sud ekspertlari fikrining bir qismini aks ettiruvchi yagona xulosa berilishi ham mumkin. Kelishmovchilik boʻlgan taqdirda, har bir sud eksperti kelishmovchilikka sabab boʻlgan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sud-ekspertiza muassasalari sud ekspertlaridan boshqa mutaxassislar sud eksperti sifatida jalb etilganda qonunchilikka muvofiq toʻlovlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sud ekspertizasini oʻtkazish uchun har xil mutaxassislikka ega boʻlgan ikki va undan ortiq sud ekspertlari (kompleks ekspertiza) tayinlanganda har bir sud eksperti tadqiqotlarni amalga oshiradi va oʻz vakolati doirasida xulosa beradi. Kompleks ekspertiza xulosasida har bir sud eksperti qanday tadqiqotlar va qanday hajmda oʻtkazganligi, shaxsan u qanday faktlarni aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi koʻrsatiladi. Sud eksperti kompleks ekspertiza xulosasining oʻz vakolatiga tegishli boʻlgan qismini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan natijalarni va aniq xulosa (xulosalar)ni shakllantirishni baholashda vakolatli boʻlgan sud ekspertlari umumiy xulosa (xulosalar) chiqaradi. Agar komissiyaning yakuniy xulosasi yoki uning bir qismi uchun sud ekspertlaridan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlar asos hisoblansa, u holda bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak. Kelishmovchilik holatida sud ekspertlarining har biri kelishmovchilikka sabab boʻlgan masalalar boʻyicha alohida xulosa tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agar sud ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim), soʻrov yoki murojaatda taqdim etilgan ish materiallari turli xil tadqiqotlar predmetiga taalluqli masalalar mavjud boʻlsa, ularning har biri boʻyicha alohida xulosa yoxud mutaxassis fikri beradi yoki xulosa yoxud mutaxassis fikri berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sud eksperti xulosasi uch qismdan: kirish, tadqiqot va xulosalar (yakunlovchi) qismlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud eksperti xulosasining kirish qismida tadqiqot oʻtkazilgan sana va joy, tartib raqami, uning huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirish va uning bilib turib notoʻgʻri xulosa berganligi, ish materiallarini oshkor qilganligi, shuningdek uzrli sabablarsiz xulosa berishni rad etganligi yoki bundan bosh tortganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida tushuntirilganligi haqidagi tilxat olinganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xulosaning kirish qismida sud ekspertizasini oʻtkazish asoslari, ekspertiza oʻtkazishni tayinlagan vakolatli organ (shaxs) yoxud advokat tadqiqotlarni oʻtkazgan sud eksperti (sud ekspertlari), sud ekspertizasi hal etishi uchun qoʻyilgan masalalar, tadqiqot oʻtkazish uchun taqdim qilingan ish materiallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, sud ekspertizasini oʻtkazish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sud eksperti xulosasining tadqiqot qismida sud eksperti oldiga qoʻyilgan har bir masala boʻyicha tadqiqotlar jarayoni va uning natijalari yoziladi, aniqlangan faktlar boʻyicha ilmiy tushuntirish beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Sud eksperti xulosasining yakunlovchi (xulosa) qismi sud eksperti oldiga qoʻyilgan masalalarga javob shaklida bayon qilinadi va turli talqinlarga yoʻl qoʻymaydigan aniq, tushunarli tilda bayon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xulosaning yakunlovchi (xulosa) qismini tadqiqot qismida bayon qilingan tadqiqot natijalarining mukammal tavsifisiz va qoʻyilgan masalaga toʻliq javobsiz shakllantirish mumkin boʻlmasa, xulosaning tadqiqot qismiga havola qilishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sud eksperti xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek, ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mutaxassis fikri uch qismdan: kirish, tadqiqot va fikr (yakunlovchi) qismlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis fikrining kirish qismida tadqiqot oʻtkazilgan sana va joy, tadqiqot oʻtkazishning asosi, tadqiqot buyurtmachisi (yuridik yoki jismoniy shaxs) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, sud eksperti (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va tadqiqot oʻtkazish topshirilgan davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasa (tashkilot)lar haqidagi maʼlumotlar, sud eksperti oldiga hal etish uchun qoʻyilgan savollar, unga taqdim etilgan tadqiqot obyektlari va ish materiallari qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mutaxassis fikrining tadqiqot qismida sud eksperti oldiga qoʻyilgan har bir masala boʻyicha tadqiqot oʻtkazish jarayoni, qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda tadqiqotlarning mazmuni va uning natijalari yoziladi, aniqlangan faktlar boʻyicha ilmiy tushuntirish beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mutaxassis fikrining fikr (yakunlovchi) qismida tadqiqot natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot natijalarini tasvirlovchi ish materiallari mutaxassis fikrida aks ettiriladi yoki unga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Sud eksperti xulosasi va mutaxassis fikri ikki nusxada tuziladi, tadqiqotlarni oʻtkazgan sud eksperti (sud ekspertlari) tomonidan imzolanadi, uning (ularning) imzosi ekspertiza tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin xulosa yoki mutaxassis fikrining bir nusxasi ekspertiza tashkiloti rahbari tomonidan ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs)ga, advokat, mutaxassis fikri esa tegishli jismoniy yoki yuridik shaxsga taqdim etilgan ish materiallari bilan birga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa ekspertiza tashkilotida 5 yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Agar sud eksperti xulosasida va mutaxassis fikrida tadqiqotlar va uning natijalarini tasvirlovchi fotojadvallar, diagrammalar, chizmalar va shu kabi ilovalar berilsa, ular ham sud eksperti (sud ekspertlari) tomonidan imzolanadi. Sud eksperti tadqiqotlarining borishi, sharoitlari va natijalarini hujjatlashtirish materiallari sud eksperti xulosasi nusxasi bilan birga ekspertiza tashkilotida saqlanadi. Bundan raqamli (elektron) maʼlumotlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat yoki tegishli jismoniy yoxud yuridik shaxsning talabiga koʻra yigʻmajildga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ekspertiza tashkiloti rahbari xulosa yoki mutaxassis fikrini berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani koʻrib chiqishda notoʻgʻri xulosaga olib kelishi mumkin boʻlgan toʻliq boʻlmagan tadqiqotlarni, tadqiqot oʻtkazish metodikasi buzilishini yoki uning notoʻgʻri rasmiylashtirilganligini aniqlagan taqdirda xulosa, mutaxassis fikri hamda maʼlumotnoma ularga zarur oʻzgartirishlar va aniqliklar kiritish uchun sud ekspertiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud eksperti oʻz xulosasini, xulosa yoki mutaxassis fikri berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani toʻgʻri deb qatʼiy turib olsa, ekspertiza tashkiloti rahbari tadqiqot oʻtkazishni belgilangan tartibda xulosa beradigan birinchi sud eksperti ishtirokidagi komissiyaga topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertlari umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani, xulosa yoki mutaxassis fikri berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani tuzadi va imzolaydi. Agar sud ekspertlari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Sud ekspertizasini sudda oʻtkazishda uning natijalari mazkur Namunaviy nizomning 31 — 35-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud eksperti xulosasi sud eksperti tomonidan ikki nusxada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa ekspertiza tashkiloti rahbariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Xulosa yoki mutaxassis fikrini berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida asoslangan maʼlumotnoma uch qismdan: kirish, asoslovchi va yakunlovchi qismlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish qismida ushbu Namunaviy nizomning 31-bandida koʻrsatilgan roʻyxatga muvofiq maʼlumotlar bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asoslovchi qismida xulosa yoki mutaxassis fikri berishning iloji yoʻqligi sabablari batafsil bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakunlovchi qismida sud eksperti oldiga qoʻyilgan har bir masala boʻyicha xulosa berishning iloji yoʻqligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa yoki mutaxassis fikrini berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, sud eksperti tomonidan imzolanadi, uning imzosi ekspertiza tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin uning bir nusxasi ekspertiza tashkiloti rahbari tomonidan ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs)ga, advokatga yoki mutaxassis fikrini olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoxud yuridik shaxsga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa ekspertiza tashkilotida 5 yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xulosa yoki mutaxassis fikrini berish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma sudda koʻrib chiqish bosqichida tuzilgan boʻlsa, u sud eksperti tomonidan ikki nusxada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa ekspertiza tashkiloti rahbariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Agar bir masala boʻyicha sud eksperti xulosa yoki mutaxassis fikrini bersa, boshqa masala boʻyicha esa xulosa yoki mutaxassis fikri berishni imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish uchun asos mavjud boʻlsa, u holda yagona hujjat — sud eksperti xulosasi yoki mutaxassis fikri tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tadqiqot obyektlari boʻlgan predmet va hujjatlarga sud ekspertining tegishli belgilari (muhr va shtamp) qoʻyilib xulosa mutaxassis fikri berish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida dalolatnoma bilan birga ular ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga, advokat, jismoniy yoki yuridik shaxslarga roʻyxat boʻyicha qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Sud eksperti xulosasi yoki mutaxassis fikri ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga, advokatga (ularning vakolatli xodimiga), murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga (ularning vakiliga) shaxsan berilishi yoki pochta, shu jumladan, elektron pochta orqali yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot obyektlari boʻlgan predmetlar va hujjatlar hamda boshqa ish materiallari ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga, advokatga (ularning vakolatli xodimiga), murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga (ularning vakiliga) shaxsan berilishi yoki pochta orqali yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud eksperti xulosasi yoki mutaxassis fikrining, tadqiqot obyektlari boʻlgan predmetlar va hujjatlar hamda sud ekspertizasiga berilgan boshqa materiallarning faksimil yoki yorugʻ sezgir qogʻozga koʻchirilgan ishonchnoma nusxasi orqali berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tadqiqotlar tugallanganidan keyin tadqiqot obyektlari, agar ular toʻla ishlatilgan boʻlmasa, ekspertizasini tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga, advokatga, jismoniy va yuridik shaxsga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tadqiqot obyektlarini qonunchilikka muvofiq pochta orqali yuborishning imkoni boʻlmasa, ekspertizasini tayinlagan vakolatli organ (shaxs) yoki buyurtmachi tomonidan olib ketilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot obyektlari va toʻliq ishlatilmagan obyektlarga nisbatan sud ekspertizasi tadqiqotlari yakunlangandan soʻng mazkur obyektlarni ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs) yoki buyurtmachi tomonidan olib ketish choralari koʻrilmagan taqdirda, sud ekspertizasini oʻtkazgan ekspertiza tashkiloti tomonidan tadqiqot obyektlari oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bir yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu davrda kamida ikki marotaba ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga, buyurtmachiga yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma yuboriladi. Yuborilgan xabarnomaga ijobiy javob olinmagan taqdirda hamda tadqiqot obyektlarini saqlash muddati yakunlangandan soʻng tadqiqot obyektlari ekspertiza tashkiloti rahbari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertiza tashkiloti ehtiyoji uchun sarflanadi yoki belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sarflanganligi yoki yoʻq qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarning bir nusxasi maʼlumot uchun tadqiqot obyektlarini taqdim qilgan ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga yoki buyurtmachiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Namunaviy nizom talablarini buzish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mazkur Namunaviy nizom talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun javobgarlik ekspertiza tashkilotlari rahbarlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-son Qonuni)” 2017-yil 1-dekabrdagi 960-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 15-yanvardagi 34-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son qaroriga 3-ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 252-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2023-y., 09/23/73/0098-son; 23.02.2026-y., 09/26/74/0165-son)