Norasmiy tarjima
TERRORIZM, SEPARATIZM VA EKSTREMIZMGA QARShI KURAShISh TOʻGʻRISIDA
ShANXAY Konvensiyasi
Qozogʻiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi (keyingi oʻrinlarda — Tomonlar),
BMT Nizomining eng avvalo xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, davlatlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni va hamkorlikni rivojlantirishga oid maqsad va tamoyillariga tayangan holda;
terrorizm, separatizm va ekstremizm xalqaro tinchlik va xavfsizlikka, davlatlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga, shuningdek insonning asosyi huquq va erkinliklarini amalga oshirishga tahdid qilayotganligini anglagan holda;
koʻrsatilgan koʻrinishlar Tomonlarning hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga, shuningdek siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligiga jiddiy tahdid qilayotganini eʼtirof etgan holda;
1998-yil 3-iyuldagi Alma-Ata qoʻshma bayonoti tamoyillariga, 1999-yil 25-avgustdagi Bishkek deklaratsiyasi, 2000-yil 5-iyuldagi Dushanba deklaratsiyasi va 2001-yil 15-iyundagi “Shanxay hamkorlik tashkiloti”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi Deklaratsiyasiga tayangan holda;
terrorizm, separatizm va ekstremizm mazkur Konvensiyada belgilanganidek, ularning sabablaridan qatʼiy nazar, gʻech qanday vaziyatda oqlab boʻlmasligi, bunday qilmishlarni sodir etgan shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka jalb qilinishi lozimligini qatʼiy ishongan holda;
mazkur Konvensiya doirasida Tomonlarning qoʻshma kuchlari terrorizm, separatizm va ekstremizm bilan kurashishning samarali shakli ekanligiga ishongan holda,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib olishdi:
1-modda
1. Mazkur Konvensiya maqsadlari uchun unda qoʻyidagilarni bildiradigan atamalardan foydalanilgan:
1) “terrorizm”:
a) mazkur Konvensiyaga Ilovada (keyingi oʻrinlarda — Ilova) koʻrsatilgan shartnomalardan birida jinoyat sifatida tan olingan hamda ushbu shartnomada belgilangan har qanday qilmish;
b) har qanday fuqaro yoki qurolli mojaro vaziyatida harbiy harakatlarda faol ishtirok etmayogan istalgan boshqa shaxsni oʻldirishga yoki unga ogʻir tan jarohati yetkazish, shuningdek moddiy obyektga, tashkilotga qandaydir katta zarar keltirishga qaratilgan, shunday qilmishlarni rejalashtirish, uni sodir etishga koʻmak berish, ushbu qilmish kuchining harakteri yoki kontekstidan maqsad aholini qoʻrqitish, jamoat xavfsizligini buzish yoki hokimiyat organini biror harakatni sodir etishga undash yoki toʻxtatish va Tomonlarning milliy qonunchiligiga muvofiq jinoiy tartibda taqib qilinadigan har qanday boshqa qilmish;
2) “separatizm” — davlatning hududiy yaxlitligini buzishga, shu jumladan uning hududidan bir qismini ajratib olishga yoki davlatni dezintegratsiyalash qaratilgan, zoʻravonlik yoʻli bilan sodir etiladigan, shuningdek bunday qilmishni rejalashtirish va tayyorlash, uni sodir etishga koʻmaklashishi, unga undash va Tomonlar milliy qonunchiligiga muvofiq jinoiy tartibda taqib qilinadigan biror bir qilmish;
3) “ekstremizm” — hoqimiyatni zoʻrlik bilan egallash yoki ushlab turish, davlatning koʻnstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, shuningdek jamoat xavfsizligiga zoʻrlik bilan tajovuz qilish, shu jumladan noqonuniy qurolli tuzilmalar maqsadida yuqorida koʻrsatilgan tashkilot yoki ularda ishtirok etish hamda Tomonlar milliy qonunchiligiga muvofiq jinoiy tartibda taqib qilinadigan biror bir qilmish;
2. Mazkur modda biror bir xalqaro shartnomaga yoki mazkur moddada foydalanilayotgan atamalarni keng manoda qoʻllash toʻgʻrisida qoidalar bor yoki boʻlishi mumkin boʻlgan biror bir Tomonlarning milliy qonunchilgiga zarar yetkazmaydi.
2-modda
1. Tomonlar mazkur Konvensiya, boshqa xalqaro majburiyatlariga muvofiq, shuningdek ularning milliy qonunchiligidan kelib chiqib, mazkur Konvensiyaning 1-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlarni oldini olish, aniqlash va toʻsqinlik qilish sohasida hamkorlikni amalga oshiradilar.
2. Tomonlari oʻzaro munosabatlarda mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlarni fosh etish lozim boʻlgan jinoyatlar sifatida koʻrib chiqishadi.
3. Fosh etish va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq masalalarda mazkur Konvensiyani tatbiq etishda, Tomonlar ular aʼzolari hisoblangan xalqaro shartnomalarga muvofiq hamda Tomonlar milliy qonunchiligidan kelib chiqib hamkorlikni amalga oshirishadi.
3-modda
Tomonlar zarur boʻlishi mumkin boʻlgan, shu jumladan milliy qonunchilik sohasida tegishli holatlarda, shunday chora-tadbirlarni qabul qilishlari lozimki, mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlar hech qanday vaziyatda faqat siyosiy, falsafiy, mafkuraviy, irqiy, etnik, diniy yoki boshqa oʻxshash xarakterdagi mulohazalarga koʻra oqlanmasligi va ularning ogʻirlik darajasiga yarasha jazolanishi kerak.
4-modda
1. Mazkur Konvensiya kuchga kirishi uchun zarur davlat ichki protseduralarini bajarilganligi toʻgʻrisida depozitariyga xabar yuborilganidan soʻng 60 kun ichida Tomon mazkur Konvensiyani bajarish uchun masʼul oʻzining markaziy vakolatli organlarining roʻyxatini yozma shaklda diplomatik kanallar orqali depozitariyga taqdim qiladi, depozitariy uni boshqa Tomonlarga joʻnatadi.
2. Mazkur Konvensiya qoidalarin bajarish bilan bogʻliq masalalari boʻyicha Tomonlarning markaziy vakolatli organlari oʻzaro bevosita aloqa oʻrnatishadi va hamkorlik qilishadi.
3. Biror bir Tomonning markaziy vakolatli organlarining roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritilganda, u bu toʻgʻrisida depozitariyga xabar beradi, u esa mazkur maʼlumotni boshqa Tomonlarga yetkazadi.
5-modda
Tomonlar mazkur Konvensiya 1-moddaning 1-bandida, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va xarqaro forumlarda, koʻrsatilgan qilmishlar bilan kurashish masalalari boʻyicha oʻzaro kelishuvga koʻra konsultatsiyalar oʻtkazishi, fikr almashinishi, pozitsiyalarini muvofiqlashtirishi mumkin.
6-modda
Tomonlarning markaziy vakolatli organlari mazkur Konvensiyaga muvofiq quyidagi yoʻl bilan hamkorlikni amalga oshiradi va bir biriga koʻmak beradi:
1) maʼlumotlar almashinish;
2) operativ-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnomalarni bajarish;
3) mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlarning oldini olish, aniqlash va toʻsqinlik qilish uchun kelishilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish va ularni amalga oshirish natijalari toʻgʻrisida oʻzaro xabar berish;
4) mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan, boshqa Tomonlarga qarshi qaratilgan qilmishlarni oʻz davlat hududida oldini olish, aniqlash va toʻsqinlik qilish boʻyicha choralar qabul qilish;
5) mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlarni sodir etish uchun har qanday shaxs va (yoki) tashkilotlarni moliyalashtirish, qurol-yarogʻ va oʻq-dorilarni yetkazib berish, boshqa turdagi koʻmak berishni oldini olish, aniqlash va toʻsqinlik qilish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilish;
6) mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlarni sodir etishga shaxslarni tayyorlash boʻyicha faoliyatni oldini olish, aniqlash, toʻsqinlik qilish, taqiqlash va tugatish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilish;
7) ularni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida meʼyoriy huquqiy hujjat va materiallar bilan almashinish;
8) mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlarni oldini olish, aniqlash va toʻsqinlik qilish boʻyicha ish tajribasi bilan almashinish;
9) turli shakllarda oʻz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
10) boshqa shakldagi hamkorlik toʻgʻrisida Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra bitimlarga erishish, shuningdek zarurat tugʻilganda mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlarga toʻsqinlik qilish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish va ularning oqibatlarini bartaraf etish. Bunday kelishuvlar mazkur Konvensiyaning ajralmas qismini tashkil etadigan tegishli bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
7-modda
Tomonlar markaziy organlari oʻzaro ahamiyat kasb etuvchi maʼlumotlar bilan almashinishadi, xususan, quyidagilar toʻgʻrisida:
1) mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan tayyorlanayotgan va sodir etilgan qilmishlar, shuningdek ularni sodir etish boʻyicha aniqlangan, toʻsqinlik qilingan urinishlar toʻgʻrisida;
2) mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlarni davlat boshliqlari va boshqa davlat arboblari, diplomatik vakillik xodimlari, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar, xalqaro himoyadan foydalanadigan boshqa shaxslar, shuningdek davlat tashriflari xalqaro va davlat siyosiy, sport hamda boshqa tadbirlar ishtirokchilariga nisbatan sodir etishga tayyorlash toʻgʻrisida;
3) mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlarga tayyorlanayotgan va (yoki) sodir etadigan tashkilotlar, guruhlar va shaxslar toʻgʻrisida, shuningdek boshqa koʻrinishda ushbu qilmishlarda ishtirok etuvchi, hamda ularning maqsadi, vazifalari, aloqasi va boshqa maʼlumotlar toʻgʻrisida;
4) mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlarni sodir etish maqsadida, kuchli taʼsir qiluvchi zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, qurol-yarogʻ, portlovchi qurilmalar, oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, yadro, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirgʻin quroli, uni yaratishda ishlatiladigan material va moslamalarni noqonuniy tayyorlash, xarid qilish, saqlash, joʻnatish, olib oʻtish, oʻtkazish va foydalanish toʻgʻrisida;
5) mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlarni moliyalashtirish boʻyicha aniqlangan yoki taxmin qilingan manbalar toʻgʻrisida;
6) mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlarni sodir etish shakllari, metodlari va vositalari toʻgʻrisida.
8-modda
1. Mazkur Konvensiya doirasida Tomonlar markaziy vakolatli organlari oʻrtasida hamkorlik koʻmak berish toʻgʻrisidagi talabnoma asosida ikki tomonlama va koʻp tomonlama formatlarda, shuningdek Tomonlardan birining markaziy vakolatli organining tashabbusiga koʻra xabardor qilish yoʻli bilan, amalga oshiriladi.
2. Talabnoma yoki maʼlumot yozma shaklda joʻnatiladi. Kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda talabnoma yoki maʼlumot yozma ravishda berilishi mumkin, lekin ular 72 soatdan kechiktirilmasdan yozma ravishda, zarurat tugʻilganda, matni uzatish texnik vositalaridan foydalangan holda, tasdiqlanishi lozim. Talabnoma yoki maʼlumot yoki uning mazmunining haqiqiyligiga shubhalar paydo boʻlganda, koʻrsatilgan hujjatlarni qoʻshimcha tasdiqlash yoki tushuntirish talab etilishi mumkin.
3. Talabnoma quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
a) talabnoma yuborgan va olgan markaziy vakolatli organlarning nomi;
b) talabnoma maqsadi va asosi;
v) talab olgan tomonning koʻmak berish mazmunini tariflash;
g) talabnomani oʻz vaqtida va kerakli tarzda bajarish uchun foydali boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumot;
d) agar zarurat boʻlsa, uning yopiqlik darajasini koʻrsatish.
4. Yozma shaklda joʻnatilgan talabnoma yoki maʼlumot joʻnatuvchi markaziy vakolatli organining rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi yoki ushbu markaziy vakolatli organ gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
5. Talabnoma va ular tomonidan joʻnatilgan hujjatlar, shuningdek maʼlumot markaziy vakolatli organ tomonidan mazkur Konvensiyaning 15-moddasida koʻrsatilgan ishchi tillardan birida joʻnatiladi.
9-modda
1. Talabnoma olgan markaziy vakolatli organ talabnomani tezda va mumkin qadar toʻliq bajarilishini taʼminlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni qabul qiladi va mumkin qadar qisqa muddatlarda uni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
2. Talabnoma yuborgan markaziy vakolatli organ talabnomani bajarishga toʻsqinlik qiluvchi yoki uning bajarilishini sezilarli kechiktiradigan holatlar toʻgʻrisida darhol xabardor qilinadi.
3. Agar talabnomani bajarish talabnoma olgan markaziy vakolatli organ vakolatiga kirmasa, unda u talabnomani bajarishi mumkin boʻlgan oʻz davlatining boshqa vakolati markaziy organiga yuboradi va bu toʻgʻrisida talabnoma yuborgan markaziy vaolatli organ darhol xabardor qilinadi.
4. Talabnoma olgan markaziy vakolatli organ, uning fikricha, talabnomani bajarish uchun zarur qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilishi mumkin.
5. Talabnomani bajarishda talabnoma olgan Tomon qonunchiligi qoʻllaniladi. Agar talabnoma olgan Tomon qonunchiligining asosiy tamoyillariga yoki xalqaro majburiyatlarga zid kelmasa, unda talabnoma yuborgan vakolatli organ iltimosiga koʻra talabnoma yuborgan tomon qonunchiligi qoʻllanishi mumkin.
6. Agar talabnoma olgan markaziy vakolatli organ talabnomani bajarish uning suverneteti, xavfsizligi, jamoat tartibi yoki davlatning boshqa katta manfaatlariga zarar yetkazadi yoki talabnoma olgan tomon qonunchiligi yoki xalqaro majburiyatlarga zid keladi deb hisoblasa, talabnomani bajarish kechiktirilishi yoki uning bajarilishi toʻliq yoki qisman rad qilinishi mumkin.
7. Agar u sodir qilgan qilmish talabnoma olgan Tomon qonunchiligi boʻyicha jinoyat hisoblanmasa, unda talabnomani bajarish rad qilinishi mumkin.
8. Agar mazkur moddaning 6 va 7-bandlariga muvofiq talabnomani bajarish toʻliq yoki qisman rad qilinsa yoki uni bajarish kechiktirilsa, unda bu toʻgʻrisida talabnoma yuborgan markaziy vakolatli organ yozma shaklda xabardor qilinadi.
10-modda
Mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida koʻrsatilgan qilmishlar bilan samarali kurashish uchun, Tomonlar alohida kelishuv tuzishadi va Toshkent shahrida (Oʻzbekiston Respublikasi) joylashtiriladigan Tomonlarning mintaqaviy aksilterror tuzilmasini yaratish va ishlashini taʼminlash maqsadida boshqa zarur hujjatlar qabul qilishadi. (2003-yil 5-sentabrdagi Bayonnoma tahriridagi modda)
11-modda
1. Mazkur Konvensiyani tatbiq etish maqsadida Tomonlarning markaziy vakolatli organlari shoshilinch aloqa liniyalarini yaratishlari va navbatdagi yoki navbatdan tashqari uchrashuvlarni oʻtkazishlari mumkin.
2. Mazkur Konvensiya qoidalarini amalga oshirish maqsadida Tomonlar zarurat tugʻilganda bir biriga texnik va moddiy yordam koʻrsatishlari mumkin.
3. Bir Tomondan mazkur Konvensiya asosida boshqa Tomon olgan materiallar, maxsus vositalar, jihozlar va texnika, ularni taqdim qilgan Tomonning oldindan yozma roziligisiz berish mumkin emas.
4. Mazkur Konvensiya doirasida yordam koʻrsatish uchun Tomonlarning markaziy vakolatli organlari tomonidan foydalanilayotgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish metodlari, maxsus kuch va vositalarning tasniflari, taʼminot materiallari toʻgʻrisida maʼlumotlar oshkor qilinishi mumkin emas.
12-modda
Tomonlarning markaziy vakolatli organlari mazkur Konvensini bajarishni tartibini batafsilroq belgilab beradigan oʻzaro kelishuvlar tuzishlari mumkin.
13-modda
1. Agar olingan maʼlumot va hujjatlar yopiq xaraktyerga ega boʻlsa yoki joʻnatadigan tomon ularni oshkor qilish nomaqbul deb hisoblasa, har bir Tomon ularning maxfiyligini taʼminlaydi. Maʼlumot va hujjatlarning yopiqlik darajasini joʻnatuvchi Tomon belgilaydi.
2. Mazkur Konvensiya asosida olingan maʼlumot yoki talabnomani bajarish natijalari soʻrab olingan yoki taqdim qilinganidan boshqa maqsadlarda ularni taqdim qilgan Tomonning yozma roziligisiz foydalanish mumkin emas.
3. Bir tomondan mazkur Konvensiya asosida boshqa Tomon olgan maʼlumot va hujjatlar ularni taqdim qilgan Tomonning oldindan yozma roziligisiz berish mumkin emas.
14-modda
Tomonlar agar oldindan boshqa tartibda kelishmagan boʻlishsa, unda mazkur Konvensiyani ular tomonidan bajarish bilan bogʻliq xarajatlar mustaqil qoplanadi.
15-modda
Mazkur Konvensiya doirasida Tomonlarning markaziy vakolatli organlari tomonidan hamkorlikni amalga oshirishda xitoy va rus tillari ishchi tillar hisoblanadi.
16-modda
Mazkur Konvensiya ushbu Konvensiyaning predmeti va uning maqsadlari va obyektiga zid boʻlmgan masalalar boʻyicha Tomonlarning boshqa xalqaro shartnomalar tuzishini cheklamaydi, shuningdek ular aʼzo boʻlgan boshqa xalqaro kelishuvlardan kelib chiqadigan Tomonlarning huquq va majburiyatlariga dahldor emas.
17-modda
Mazkur Konvensiyani izohlashda yoki qoʻllashda yuzaga keladigan bahsli masalalar manfaatdor Tomonlarning oʻrtasidagi konsultatsiyalar va muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
18-modda
1. Mazkur Konvensiya depozitariysi Xitoy Xalq Respublikasi hisoblanadi. Mazkur Konvensiyaning rasmiy nusxalari depozitariy tomonidan boshqa Tomonlarga u imzolanganidan soʻng 15 kun ichida tarqatiladi.
2. Mazkur Konvensiya kuchga kirishi uchun zarur davlat ichki protseduralarini Qozogʻiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida yozma shakldagi xabarlardan oxirgisi depozitariy tomonidan olingandan soʻng 30 kun ichida mazkur Konvensiya kuchga kiradi.
19-modda
1. Mazkur Konvensiya kuchga kirgandan keying barcha Tomonlarning roziligi bilan unga boshqa davlatlar ham qoʻshilishi mumkin.
2. Mazkur Konvensiya kuchga kirishi uchun zarur davlat ichki protseduralari Qoʻshilayotgan davlat tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida depozitariy tomonidan xabar olingandan soʻng 30-kuni mazkur Konvensiya kuchga kiradi. Shu sanadan boshlab qoʻshilayotgan davlat mazkur Konvensiya Tomoni boʻladi.
20-modda
1. Mazkur Konvensiya matniga barcha Tomonlarning roziligi bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, ular mazkur Konvensiyaning ajralmas qismi hisoblanadigan Bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
2. Istalgan Tomon mazkur Konvensiyadan chiqish uchun 12 oy oldin depozitariyga chiqish toʻgʻrisida yozma xabar joʻnatadi. Depozitariy chiqish toʻgʻrisida xabar olingan vaqtdan 30 kun ichida mazkur qaror toʻgʻrisida boshqa Tomonlarni xabardor qiladi.
21-modda
1. Mazkur Konvensiya kuchga kirishi uchun zarur davlat ichki protseduralarini bajarish toʻgʻrisida xabar depozitariyga taqdim qilinganda, Ilovada koʻrsatilgan shartnomalardan birida ishtirok etmayotgan Tomon ushbu Tomonga nisbatan mazkur Konvensiyani qoʻllashda bu shartnoma Ilovaga kiritilmagan deb hisoblanishini davo qilishi mumkin. Bunday bayonot depozitariyga ushbu shartnoma mazkur Tomon uchun kuchga kirishi toʻgʻrisida xabar berilgandan soʻng oʻz kuchini yoʻqotadi.
3. Ilova quyidagi shartlarga javob beradigan shartnomalar bilan toʻldirilishi mumkin:
1) barcha davlatlar ishtirok etishi uchun ochiq;
2) kuchga kirishi;
3) ratifikatsiya qilingan, qabul qilingan, tasdiqlangan yoki eng kamida uchta Tomon mazkur Konvensiyaga qoʻshilishi.
4. Mazur Konvensiya kuchga kirgandan soʻng istalgan Tomon Ilovaga tuzatish kiritishni taklif qilishi mumkin. Ilovaga koʻrsatilgan tuzatish toʻgʻrisidagi taklif depozitariyga yozma koʻrinishda joʻnatiladi. Depozitariy mazkur moddaning 3-bandi talablariga javob beradigan barcha taklif toʻgʻrisida qolgan Tomonlarni xabardor qiladi va taklif qilinayotgan tuzatishni qabul qilish kerak yoki yoʻqligi toʻgʻrisida ularning fikrini soʻraydi.
5. Ushbu tuzatish toʻgʻrisidagi taklif depozitariy tomonidan tarqatilganidan soʻng 180 kun oʻtgandan keyin taklif etilayotgan tuzatish qabul qilingan va barcha Tomonlar uchun kuchga kirgan hisoblanadi, mazkur Konvensiya Tomonlarining uchdan bir qismi unga qarshi eʼtiroz bildirib, bu toʻgʻrisida depozitariyni yozma ravishda xabardor qilgan holatlar bundan mustasno.
2001-yil 15-iyunda Shanxayda bitta asl nusxada xitoy va rus tillarida qabul qilindi va ikkita matn ham bir xil kuchga ega.
(imzolar)
Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Shanxay Konvensiyasiga
ILOVA
ILOVA
1. 1970-yil 16-dekabrda qabul qilingan, Havo kemalarini noqonuniy qoʻlga olish bilan kurashish toʻgʻrisidagi konvensiya.
2. 1971-yil 23-sentabrda Monrealda qabul qilingan, Fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy aktlar bilan kurashish toʻgʻrisida konvensiya.
3. 1973-yil 14-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida qabul qilingan, Xalqaro himoyadan foydalanadigan shaxslarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi konvensiya.
4. 1979-yil 17-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida qabul qilingan, Garovga olish bilan kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya.
5. 1980-yil 3-martda Venada qabul qilingan, Yadro qurolining fizik himoyasi toʻgʻrisidagi konvensiya.
6. 1988-yil 24-fevralda Monrealda qabul qilingan, Fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy aktlar bilan kurashish toʻgʻrisida konvensiyani toʻldiruvchi, xalqaro fuqarolik aviatsiyasiga xizmat koʻrsatadigan aeroportlarda noqonuniy aktlar bilan kurashish toʻgʻrisidagi bayonnoma.
7. 1988-yil 10-martda Rimda qabul qilingan, Dengiz kema qatnovlari xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy aktlar bilan kurashish toʻgʻrisidagi konvensiya.
8. 1988-yil 10-martda Rimda qabul qilingan, Kontinental shelflarda joylashgan statsionar platformalarning xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy aktlar bilan kurashish toʻgʻrisida bayonnoma.
9. 1997-yil 15-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida qabul qilingan, Bombali terrorizm bilan kurashish toʻgʻrisida xalqaro konvensiya.
10. 1999-yil 9-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida qabul qilingan, Terrorizmni moliyalashtirish bilan kurashish toʻgʻrisida xalqaro konvensiya.