30.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3538
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 30-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3538]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 143-son buyrug‘iga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda hujjatlar aylanishini amalga oshirish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomning amal qilishi banklar va nobank kredit tashkilotlaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi va ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda, boshlang‘ich hujjatlarni va registrlarni, shuningdek tovar-moddiy zaxiralar, pul mablag‘lari hamda ish beruvchining xodimlari bilan bog‘liq bo‘lgan ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha qatnashchilarni identifikatsiyalashni ta’minlagan holda tuzilgan hisob hujjatlarini axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalari orqali yuritishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda, mazkur Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlang‘ich hujjatlar rekvizitlari kodlar ko‘rinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan boshlang‘ich hujjat va registr elektron raqamli imzo haqidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq uning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boshlang‘ich hujjatlar quyidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashkilotning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hujjatning nomi va raqami, uning tuzilgan sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklarini ko‘rsatgan holdagi miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xo‘jalik operatsiyasini amalga oshirgan shaxslarning (shaxsning) identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflarini yoxud boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda lavozimlari nomi va imzolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boshlang‘ich hujjatlar elektron shaklda tuzilgan hollarda, ular mazkur Nizom va elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boshlang‘ich hujjatda quyidagi qo‘shimcha rekvizitlar keltirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat bilan qayd qilingan xo‘jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun asos;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlashtirilayotgan xo‘jalik operatsiyasining xususiyatini belgilaydigan boshqa qo‘shimcha rekvizitlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan boshlang‘ich hujjatlar amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar ularning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Boshlang‘ich hujjatlar mazkur Nizom talablariga rioya qilgan holda tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan blankalarda yoki qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan boshqa shakllarda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Boshlang‘ich hujjatlardagi yozuvlar ularni arxivda belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydigan siyoh, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinalari, mexanizatsiya vositalari va boshqa vositalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuvlar uchun qalamdan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Boshlang‘ich hujjatlar va registrlardagi bo‘sh qatorlar joyi chizilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kassa operatsiyalarini, tovar-moddiy qiymatliklar bilan operatsiyalarni, kredit va hisob-kitob majburiyatlarini amalga oshirganlik faktlarini qayd etuvchi boshlang‘ich hujjatlarni tuzish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha talablar buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Buxgalteriyaga kelib tushadigan boshlang‘ich hujjatlar majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruv shakl bo‘yicha (hujjatlarni rasmiylashtirish, rekvizitlarni to‘ldirishning to‘liqligi va to‘g‘riligi), mazmuni bo‘yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyaning qonuniyligi, alohida ko‘rsatkichlarning mantiqiy bog‘lanishi) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qonunchilik hujjatlariga va pul mablag‘lari, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha belgilangan tartibga zid bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlar kelib tushganda, ular tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul qilish uchun topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishlovdan o‘tgan boshlang‘ich hujjatlar ularning qayta qo‘llanilishini istisno etuvchi belgiga ega bo‘lishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qo‘l yordamida ishlovdan o‘tkazilganda — hisob registriga yozilgan sanani ko‘rsatish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ishlovdan o‘tkazilganda — ishlovdan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul operator shtampini qo‘yish orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar hamda ish haqini hisoblash uchun asos bo‘lgan hujjatlar albatta “Olindi” yoki “To‘landi” shtampini qo‘yish yoki qo‘l yozuvini kiritish orqali sanasini (oy, kun, yil) ko‘rsatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun hisobga qabul qilingan boshlang‘ich hujjatlardagi axborotlar hisob registrlarida yig‘ib boriladi va tizimlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashkilot tomonidan muayyan davr (oy, chorak, yarim yillik, yil) davomida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar guruhlashtirilgan holda hisob registrlaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tuziladigan moliyaviy hisobotlarga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tashkilotlar qo‘llayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini o‘z faoliyatining xususiyatlariga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda, mustaqil moslashtirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlaridagi matn va raqamlarni o‘chirishga va izoh berilmagan tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Boshlang‘ich hujjatlardagi (bank va kassa pul hujjatlaridan tashqari) xatoliklar quyidagicha tuzatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xato matn yoki summalar chiziladi va chizilganning yuqori qismidan to‘g‘ri matn yoki summalar yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chizish bitta chiziq bilan amalga oshiriladi va unda tuzatilayotgan xatoni o‘qish imkoniyati bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Boshlang‘ich hujjatda tuzatilgan xatolarga “tuzatildi” yozuvi bilan izoh berilishi, hujjatni imzolagan shaxslar imzosi bilan tasdiqlanishi hamda tuzatish sanasi qo‘yilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Boshlang‘ich bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq hujjatlar qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida, biroq hisobot yilidan keyin kamida besh yil buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda ular bo‘yicha hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar majburiy saqlanmaydi va arxivga topshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni but saqlanishi tashkilot rahbari tomonidan ta’minlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Muayyan hisob registriga tegishli bo‘lgan, ishlov berilgan joriy oyning boshlang‘ich hujjatlari xronologik tartibda jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa orderlari, bo‘nak hisobotlari, bank ko‘chirmalari ularga taalluqli bo‘lgan hujjatlar bilan birgalikda xronologik tartibda yig‘ilishi va muqovalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning ayrim turlari (ish naryadlari, smena raportlari) muqovalanmasdan, lekin ularning yo‘qolishi yoki suiiste’mol qilinishining oldini olish maqsadida yig‘majildlarga tikilgan holda saqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tashkilotlardan boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni olib qo‘yish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Hujjatlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuratura idoralari va sudlar tomonidan olib qo‘yishlar, mazkur idoralarning O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonunchilik hujjatlariga muvofiq ravishda rasmiylashtirilgan qarorlari asosida amalga oshiriladi. Olib qo‘yish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning nusxasi tashkilotning tegishli mansabdor shaxsiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida tashkilotning tegishli mansabdor shaxslari olib qo‘yilayotgan hujjatlardan asoslarni hamda olib qo‘yish sanasini ko‘rsatgan holda nusxa olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oxirigacha rasmiylashtirilmagan hujjatlar jildlari (tikib qo‘yilmagan, raqamlanmagan va hokazo) olib qo‘yilayotgan bo‘lsa, olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida tashkilotning tegishli mansabdor shaxslari bu jildlarni oxirigacha rasmiylashtirishi (ular ro‘yxatini tuzishi, varaqlarni raqamlashi, tikishi, imzo bilan tasdiqlashi) yoki olib qo‘yilayotgan hujjatlarning ro‘yxatini har bir hujjatdagi betlar sonini ko‘rsatgan holda tuzishi kerak. Bunda, ro‘yxatni olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralarning vakillari va tashkilotning tegishli mansabdor shaxslari imzolashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Boshlang‘ich hujjatlarni yo‘qotish hollarida tashkilot rahbari buyruq bilan yo‘qotish sabablarini tekshirish bo‘yicha komissiya tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tekshiruv natijalari tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshlang‘ich hujjatlarni yo‘qotishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda boshlang‘ich hujjatlar shakli blankalari qat’iy hisobdagi blankalarga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qat’iy hisobdagi blankalarning shakllari va ishlatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Rasmiy davlat hujjatlarini hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qat’iy hisobdagi blankalar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda raqamlanishi (numerator bilan, bosmaxona usulida) lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qat’iy hisobdagi blankalarni olish, saqlash, berish va ishlatish yuklatilgan tashkilotning mas’ul shaxslari tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 343-moddasida belgilangan hollarda va tartibda yakka tartibdagi to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi yozma shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mas’ul shaxs vaqtincha yo‘q bo‘lsa yoki boshqa ishga o‘tib ketayotgan bo‘lsa, qat’iy hisobdagi blankalar mas’ul shaxs va ushbu vazifani bajarish yuklatilayotgan shaxs tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qat’iy hisobdagi blankalarni mol yetkazib beruvchidan qabul qilish tashkilotning mas’ul shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qat’iy hisobdagi blankalarni qabul qilishda blankalar paketi mas’ul shaxs tomonidan majburiy tartibda o‘rami buzilganlik holati yuzasidan ko‘rib chiqiladi, qabul qilinayotgan o‘ramlar miqdorining yo‘llanma kuzatuv hujjatlarda ko‘rsatilgan miqdorga muvofiqligi tekshiriladi va bu to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Matbaa tashkilotidan xarid qilingan (buyurtma qilingan) qat’iy hisobdagi blankalarda kamomad yoki nuqsonlar (himoya setkasining, bosma matnning yo‘qligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari bo‘lgan, qiyshaygan shriftli, noto‘g‘ri kesilgan va noto‘g‘ri shaklli, seriya va tartib raqamlari yo‘q bo‘lgan yoki paketlardagi matbaa tashkilotining yopishtirilgan nakleykalariga boshqacha tarzda nomuvofiq bo‘lgan blankalar) aniqlangan taqdirda uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi yo‘llanma xat bilan matbaa tashkiloti nakleykasi va nuqsonli blankalar bilan birga matbaa tashkilotiga jo‘natiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalar nakleyka kseronusxasi bilan birga tashkilotda qoladi. E’tirozlar qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda bildiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qat’iy hisobdagi blankalar seyflarda yoxud yonmaydigan javonlarda yoki tashkilotning maxsus jihozlangan xonalarida saqlanishi kerak. Qat’iy hisobdagi blankalarni ko‘p miqdorda qabul qiluvchi tashkilotlarda ularning buzilish yoki o‘g‘irlanish holatini istisno etuvchi maxsus jihozlangan omborxonalarda saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotda mavjud bo‘lgan qat’iy hisobdagi blankalarning ish paytidan tashqari vaqtda saqlanishini ta’minlash maqsadida seyflar, yonmaydigan javonlar va qat’iy hisobdagi blankalarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlanadi yoki plombalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mas’ul shaxs qat’iy hisobdagi blankalarning hisobini ularning nomi, seriyasi va raqami bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq raqamlangan va tikilgan “Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnali”da olib boradi. Jurnalning so‘nggi varag‘ida tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi bilan “Mazkur jurnalda... varaq raqamlangan” degan yozuv kiritiladi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnali aniq, tushunarli va qisqartirishlarsiz to‘ldiriladi. Jurnalda o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan qat’iy hisobdagi blankalarni topshirish, saqlash, ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan mas’ul shaxslarga qat’iy hisobdagi blankalarning saqlanishini ta’minlovchi sharoitlar yaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qat’iy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda ularning nomi, miqdori va baholash bo‘yicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Hisobdor shaxslar qat’iy hisobdagi blankalarni qabul qilish va ishlatilishi bo‘yicha hisobot berib turadi va ular tomonidan olingan har bir qat’iy hisobdagi blankaning ishlatilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Hisobdor shaxslarga qat’iy hisobdagi blankalarni berish mas’ul shaxs tomonidan tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarning topshirig‘i asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Hisobdor shaxslarga berilgan qat’iy hisobdagi blankalarni nazorat qilish maqsadida tashkilot tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shakl bo‘yicha olish-nazorat qilish varaqlari yuritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, olish-nazorat qilish varaqlari ikki nusxada to‘ldiriladi va ulardan bittasi Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnaliga imzo chekilgan holda hisobdor shaxsga, ikkinchisi mas’ul shaxs tomonidan buxgalteriyaga topshiriladi. Qat’iy hisobdagi blankalarning har bir nomdagi turi uchun alohida olish-nazorat qilish varaqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olish-nazorat qilish varag‘ining yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobdor shaxs olish-nazorat qilish varag‘ini qat’iy hisobdagi blankalarni to‘g‘ri ishlatilishining nazoratini amalga oshiradigan shaxsga taqdim etadi. Avval berilgan qat’iy hisobdagi blankalarning ishlatilganligini va blankalarning keyingi turkumini berish lozimligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib, nazorat qiluvchi shaxs varaqning tegishli satriga imzo chekadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Qat’iy hisobdagi blankalarni inventarizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish”da (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Qat’iy hisobdagi blankalarning yo‘qolishi va kamomadi hisobi Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1334, 2004-yil 6-aprel) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Qat’iy hisobdagi blankalarda o‘chirishlar va tuzatishlar aniqlangan hollarda, shuningdek qat’iy hisobdagi blankalarni to‘ldirilishi va ishlatilishi bo‘yicha belgilangan tartibning boshqa buzilish holatlari aniqlanganda, mas’ul shaxsga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qat’iy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlardan xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarga ularni hisobdor shaxslarga berilishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi va balansdan tashqari “Qat’iy hisobdagi blankalar” hisobvarag‘iga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qat’iy hisobdagi blankalar balansdan tashqari “Qat’iy hisobdagi blankalar” hisobvarag‘idan hisobdor shaxslarning olingan va ishlatilgan qat’iy hisobdagi blankalar uchun hisobot berishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qat’iy hisobdagi blankalarning balansdan tashqari hisobi ularning mavqeyi (qadr-qimmati), miqdori va nominal bo‘yicha ularning umumiy hisob summasi bo‘yicha yuritiladi. Qat’iy hisobdagi blankalarning mavqeyi mavjud bo‘lmaganda, ular haqiqiy xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Nuqsonli, to‘ldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qat’iy hisobdagi blankalar tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Nuqsonli, to‘ldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qat’iy hisobdagi blankalarni yo‘q qilish maxsus tayinlangan komissiya tomonidan zarurat tug‘ilgan hollarda, lekin yilda kamida bir marotaba amalga oshiriladi va yo‘q qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadigan buzilgan yoki noto‘g‘ri to‘ldirilgan blankalar yo‘q qilinmaydi, balki ustiga bir necha bor chizib qo‘yiladi va ular yozilgan kunning o‘zidagi kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Qat’iy hisobdagi blankalarni belgilangan muddat mobaynida saqlash bo‘yicha javobgarlik tashkilot rahbariga yoki u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hujjatlar aylanishini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tashkilotning buxgalteriya hisobida hujjatlarning harakati (ularni tuzish yoki boshqa tashkilotlardan olish, hisobga qabul qilish, ishlov berish, arxivga topshirish — hujjatlar aylanishi) grafik bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar hujjatlar aylanishi grafigini tuzish bo‘yicha ishni tashkil etadilar. Hujjatlar aylanishi grafigi tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Grafik tashkilotda oqilona hujjatlar aylanishini ta’minlashi zarur, ya’ni har bir boshlang‘ich hujjatning harakati bo‘yicha ijro etuvchilarning maqbul sonini nazarda tutishi, hujjatning bo‘linmada eng kam muddatda bo‘lishini belgilashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar aylanishi grafigi tashkilotda barcha hisob ishining yaxshilanishiga, buxgalteriya hisobining nazorat qilish funksiyasining kuchayishiga yordam berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Hujjatlar aylanishi grafigi tashkilotning har bir bo‘linmasi, shuningdek barcha ijro etuvchilar tomonidan ularning o‘zaro bog‘liqligini va ishlarni bajarish muddatlarini ko‘rsatgan holda hujjatlarni tuzish, tekshirish va ularga ishlov berish bo‘yicha bajariladigan ishlarning sxemasi yoki ro‘yxati ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 3-ilovasida ishlar ro‘yxati ko‘rinishidagi namunaviy hujjatlar aylanishi grafigi keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Tashkilot xodimlari o‘zlarining faoliyat sohasiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni hujjatlar aylanishi grafigi bo‘yicha tuzadi va taqdim etadi. Buning uchun xar bir ijrochiga grafikdan ko‘chirma beriladi. Ko‘chirmada ijrochining faoliyat sohasiga tegishli hujjatlar, ularni taqdim etish muddatlari va ushbu hujjatlar taqdim etiladigan tashkilot bo‘linmalari ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Hujjatlar aylanishi grafigiga rioya qilish bo‘yicha javobgarlik, shuningdek hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tuzish, buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish uchun ularni o‘z vaqtida taqdim etish, hujjatlardagi mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi bo‘yicha javobgarlik ushbu hujjatlarni tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Tashkilot bo‘yicha ijrochilarning hujjatlar aylanishi grafigiga rioya qilishini nazorat qilish tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

KIRIM

CHIQIM

T/r

Kelib tushgan blankalarga ilova qilingan hujjat

Blankalar miqdori

Blankalar raqamlari (__dan __gacha)

Berish sanasi

Kimga berilgan

Blankalar miqdori

Blankalar raqamlari (__dan __gacha)

Olganlik to‘g‘risida imzo

sana

t/r

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

__________________________

(berish sanasi)

__________________________

(imzo)

M.O‘.

QAT’IY HISOBDAGI BLANKALARGA

_____-sonli OLISH-NAZORAT QILISH VARAG‘I

Oluvchi ________________________________________________________

Blankalar turi _________________________________________________

Olingan blankalar

Ishlatilgan blankalar

Sana

Blankalar miqdori

Blankalar raqamlari

(__dan __gacha)

Hisob jurnali bo‘yicha yozuv raqami

Sana

Blankalar miqdori

Blankalar raqamlari

(__dan __gacha)

Berdi _________________________

Oldi __________________________

(bergan shaxsning imzosi)

(olgan shaxsning imzosi)

Hisobotni qabul qildi

_____________________________________

(belgi va imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomga

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot bo‘yicha hujjatlar aylanishining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY GRAFIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hujjatning nomi

Hujjatni tuzish

Hujjatni tekshirish

Hujjatni ishlash

Arxivga topshirish

nusxa soni

chiqarishga mas’ul

rasmiylashtirishga mas’ul

bajarishga mas’ul

bajarish muddati

tekshirishga mas’ul

kim taqdim etadi

taqdim etish tartibi

taqdim etish muddati

kim bajaradi

bajarish muddati

kim bajaradi

berish muddati

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

talabnoma …

2

sex

ta’minot bo‘limi buxgalteriyasi

ombor

har kuni, soat__ gacha

buxgalteriya

1-nusxa — sex

2-nusxa — ombor

hisobotda,

ro‘yxatda

har kuni, soat__ gacha

buxgalteriya

har kuni

buxgalteriya

Chorak tugagandan keyin

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 143-son buyrug‘iga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 23-dekabrdagi 131-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 1-2-son, 24-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 29-maydagi 53-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-1, 2013-yil 7-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 23-son, 311-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 28-sentabrdagi 76-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-2, 2016-yil 12-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-yil, 41-son, 483-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 27-iyundagi 87-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqning muqaddimasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-3, 2017-yil 3-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil, 27-son, 625-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 29-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-4, 2019-yil 11-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-yil, 11-son, 210-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 5-avgustdagi 36-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-5, 2020-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2020-yil, 33-son, 389-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-6, 2023-yil 27-mart) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2024-y., 10/24/3538/0565-son)