27.12.2024 yildagi O‘RQ-1016-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 20-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 23-oktabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini koʻzlab maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilashdan, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, shuningdek davlat sirlari bilan bogʻliq boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarish majburiyatini olgan yoki oʻz maqomiga koʻra ularni bajarishi shart boʻlgan shaxslarga, shuningdek davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlari sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sir ‒ oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga, davlat xavfsizligiga, iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlari ‒ oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasining xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan davlat ahamiyatiga ega sirni va (yoki) xizmat sirini tashkil etadigan, davlat tomonidan himoya qilinadigan va maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga kiritilgan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarining yoʻqotilishi — davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sirni yoki xizmat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlardan, buyumlardan yoki vositalardan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etmagan holda foydalanish natijasida davlat sirlarini tashuvchilarning oʻz qonuniy egalari tasarrufidan chiqib ketishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini oshkor etish — xizmat yoki kasbiy faoliyati munosabati bilan davlat sirlari oʻziga ishonib topshirilgan yoki davlat sirlari oʻziga maʼlum boʻlib qolgan shaxs tomonidan davlat sirlarini belgilangan tartibni buzgan holda oʻzga shaxsga berish, eʼlon qilish yoki boshqacha tarzda tarqatish hamda buning oqibatida ushbu davlat sirlarining ularning qonuniy egalari boʻlmagan shaxslarga maʼlum boʻlib qolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini tashuvchilar — davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni aniqlash va identifikatsiyalash imkonini beradigan ramzlar, belgilar, tasvirlar, signallar, texnik yechimlar va jarayonlar tarzida aks ettirilgan moddiy obyektlar, shu jumladan fizik maydon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma — davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shaxsga davlat sirlaridan foydalanish huquqi berilganligini tasdiqlaydigan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar — davlat sirlari bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga doir ruxsatga, shuningdek davlat sirlarini saqlash va ulardan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan hamda davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq davlat sirlaridan foydalanadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanish huquqi — davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotning rahbari tomonidan shaxsga uning xizmat vakolatlariga muvofiq beriladigan muayyan maxfiy maʼlumotlar bilan tanishish va (yoki) davlat sirlaridan foydalangan holda faoliyatni amalga oshirish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini himoya qilish — davlat sirlari oshkor etilishining va ularni tashuvchilar yoʻqolishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy, muhandislik-texnik, kriptografik va boshqa chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini himoya qilish vositalari — davlat sirlarining kriptografik va texnik jihatdan himoya qilinishini taʼminlaydigan apparat, apparat-dasturiy yoki dasturiy vositalar, shuningdek axborotni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish vositalari hamda davlat sirlarini himoya qilish tizimi samaradorligini nazorat qilish vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini himoya qilish tizimi — davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni hamda ularni tashuvchilarni himoya qilish uchun davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan vositalar va usullar, shuningdek ushbu maqsadlarda amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus komissiya — davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning oʻz tasarrufidagi davlat sirlarini koʻrib chiqish va xulosa berish uchun davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaga hamda zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan xodimlaridan tashkil topgan guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylik grifi — maʼlumotlarni tashuvchidagi maʼlumotlarning maxfiylik darajasi toʻgʻrisida dalolat beradigan, maʼlumotlarni tashuvchining oʻziga va (yoki) kuzatuv hujjatiga qoʻyiladigan rekvizit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylik darajasi — davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarning muhimligini ifodalovchi hamda ularni himoya qilish choralari va vositalarini belgilovchi toifa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati — ushbu Qonunda belgilangan tartibda maʼlumotlarni davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sir yoki xizmat siri jumlasiga kiritish hamda maxfiylashtirish imkonini beradigan maʼlumotlarning toifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylik rejimi — davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan davlat sirlari himoya qilinishini taʼminlashning yagona tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiy-rejim organi — davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotning maxfiy ish yuritilishi ustidan nazoratni va maxfiylik rejimining taʼminlanishini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmasi yoki mansabdor shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni maxfiylikdan chiqarish — davlat sirlaridan hamda ularni tashuvchilardan foydalanishga doir cheklovlarni belgilangan maxfiylik darajasini bekor qilish yoʻli bilan olib tashlash boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylashtirish — davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan va ularni tashuvchilardan foydalanishga doir cheklovlarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat siri — davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar faoliyatining har qanday sohasiga, shu jumladan harbiy, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyatiga taalluqli boʻlgan, oshkor etilishi ushbu tashkilotlarning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar. Xizmat siri davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sirning tarkibiy qismi boʻlishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar komissiyasi — davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan hamda davlat sirlarini himoya qilish masalalari boʻyicha tegishli xulosalar berish huquqiga hamda zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan xodimlaridan tashkil topgan guruh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat sirlari sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat sirlari sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularni amalga oshirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiy axborotni oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitimlar tuzadi va ularni amalga oshirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarga berish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida davlat sirlari sohasida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiy-rejim organlarini tashkil etish, ularning faoliyati va ularni tugatish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanish huquqini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish, maxfiylashtirish, maxfiylikdan chiqarish, shuningdek davlat sirlari va ularni tashuvchilar himoya qilinishini taʼminlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatini va uni shakllantirish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar va maxsus komissiyalarni shakllantirish hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarining oshkor etilishi yoki yoʻqotilishi oqibatida Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligiga yoxud davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar manfaatlariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar miqdorini aniqlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar va ularni tashuvchilar maxfiylashtirilishi natijasida maʼlumotlarni tashuvchilarning mulkdoriga yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini himoya qilish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiy-rejim organlari xodimlarining lavozim maoshlariga davlat sirlari bilan ishlaganlik hamda ushbu organlardagi xizmat davri uchun ustamalar miqdorini, shuningdek ularni toʻlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning davlat sirlarini chet davlatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va xorijdagi xalqaro tashkilotlarga, shuningdek yuridik shaxslarga berish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarini koʻrib chiqadi hamda ular boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining davlat sirlari sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan tashkilotlarga davlat sirlari bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat beradi va (yoki) uni chaqirib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning faoliyatini davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda maxfiylik rejimini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtiradi, mazkur faoliyatni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish yuzasidan ushbu tashkilotlarga tavsiyalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida davlat sirlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shuningdek ularning mazkur sohadagi faoliyatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish maqsadida shaxslarni tekshiruvdan oʻtkazadi, shuningdek davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani berish (bermaslik) toʻgʻrisida va uni bekor qilish haqida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilishga doir faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotning kriptografik va texnik himoya vositalarini, shuningdek axborotlashtirishning texnik vositalarini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini oʻz ichiga olgan axborot tizimlarini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda maxfiylik rejimiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar va shaxslarni tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini oladi, ularni aniqlaydi, fosh etadi va tergov qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan maxfiy-rejim organlarining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi hamda tugatilishini, shuningdek ushbu organlar xodimlarining lavozimga tayinlanishini va lavozimidan ozod etilishini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani berish hamda davlat sirlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishini va ilgʻor tamoyillarni hisobga olgan holda ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlari roʻyxatlarini hamda ularning maxfiy-rejim organlarining ish yuritish hujjatlarini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslarning davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomalarining amal qilishini vaqtincha toʻxtatish yoki ularni bekor qilish toʻgʻrisida davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga koʻrsatmalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan xabardor boʻlgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash boʻyicha davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda koʻrsatmalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga maxfiylik rejimini taʼminlash masalalari boʻyicha amaliy va uslubiy yordam koʻrsatadi, shuningdek davlat sirlaridan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslarni oʻqitishni hamda ularning malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarining oshkor etilishi yoki yoʻqotilishi oqibatida Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligiga yoxud davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar manfaatlariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar miqdorini aniqlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining maxfiy axborotni oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish yoki ularni tugatish boʻyicha takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning davlat sirlari sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlari bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga ruxsat olish uchun maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiy-rejim organlari toʻliq faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi va mazkur yoʻnalishdagi ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli malakaga va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan berilgan sertifikatga ega boʻlgan xodimlarni maxfiy-rejim organlariga tayinlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslarning oʻqitilishini hamda belgilangan muddatlarda tegishli malaka oshirish kurslariga yuborilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan maxfiylik rejimiga rioya etilishini va foydalanilayotgan davlat sirlarining himoya qilinishini, shu jumladan oʻz tasarrufidagi tashkilotlarda himoya qilinishini oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organiga davlat sirlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma rasmiylashtirilishi zarur boʻlgan lavozimlar nomenklaturasini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarining oshkor etilishi yoki yoʻqotilishi oqibatida Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligiga yoxud davlat sirlaridan foydalanuvchi boshqa tashkilotlar manfaatlariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar miqdorini aniqlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotning kriptografik va texnik himoya vositalariga, shuningdek axborotlashtirishning texnik vositalariga oid sertifikat olish uchun maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan xodimlarning xorijga chiqish biometrik pasportlari kadrlar boʻlinmalarida saqlanishini, shuningdek ushbu xodimlarning xorijga chiqishini va chet el fuqarolari bilan aloqalarini qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Harbiy sohadagi davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy sohadagi davlat sirlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qoʻshinlarning birgalikda harakatlanish rejalarini, tezkor rejalarni, maxfiy obyektlarni qoʻriqlash hamda mudofaa qilish rejalarini fosh etuvchi maʼlumotlar, jangovar boshqaruv hujjatlari, favqulodda vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarini turli darajadagi jangovar shaylik holatiga keltirish boʻyicha hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining strategik jihatdan yoyilishi, soni, jangovar taʼminoti, holati, qurollanishi, tashkiliy tuzilmasi, rivojlanishi, jangovar tarkibi yoki miqdori, jangovar tayyorgarligi toʻgʻrisidagi, shuningdek harbiy-siyosiy va (yoki) tezkor vaziyat haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qoʻshinlarning safarbarlik jihatdan yoyilishi, odamlarni va transport vositalarini safarbar qilish, safarbarlik jihatdan yoyilishni boshqarish tizimi va (yoki) qoʻshinlarni shaxsiy tarkib bilan butlash, qurol-yarogʻ, harbiy texnika hamda boshqa moddiy va moliyaviy vositalar bilan taʼminlash imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qurol-yarogʻ va harbiy texnikani rivojlantirish hamda qoʻshinlarni butlashning yoʻnalishlarini, uzoq muddatli rejalarini va istiqbollarini fosh etuvchi maʼlumotlar, qurol-yarogʻ va harbiy texnika namunalarini yaratish hamda modernizatsiya qilish boʻyicha maqsadli dasturlarni, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishning mazmuni hamda natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qurol-yarogʻ va harbiy texnikaning taktik-texnik xususiyatlarini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) davlat mudofaa buyurtmasi doirasidagi buyurtmalar, qurol-yarogʻ va harbiy texnikani ishlab chiqarish hamda yetkazib berish hajmlari va yoʻnalishlari, qurol-yarogʻ va harbiy texnikaning konstruksiyalari, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari, ularning jangovar, fizik, kimyoviy tavsiflari toʻgʻrisidagi, shuningdek qurol-yarogʻ va harbiy texnikani qoʻllash tartibi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qurol-yarogʻ va harbiy texnikaning metrologik taʼminoti holatini, qurol-yarogʻ va harbiy texnikani sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishni belgilovchi harbiy etalonlarning yoki metrologik taʼminot vositalarining texnik yoki metrologik tavsiflarini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qurol-yarogʻni va harbiy texnikani loyihalashtirish, yaratish, ishlab chiqarish yoki taʼmirlash uchun ajratilgan yoki amalda sarflangan mablagʻlarni fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qurol-yarogʻni va harbiy texnikani safarbarlik maqsadida ishlab chiqarish (taʼmirlash) quvvatlari toʻgʻrisidagi, shuningdek ushbu quvvatlarni yaratish va rivojlantirish haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) harbiy maqsadlarda foydalaniladigan raketa yoqilgʻisi, balist poroxlar, portlovchi moddalar va portlatuvchi vositalar, shuningdek qurol-yarogʻ va harbiy texnika uchun yangi qotishmalar, maxsus suyuqliklar, yoqilgʻini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini taʼminlash uchun moʻljallangan aloqa tarmoqlari hamda telekommunikatsiya infratuzilmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) harbiy yoki maxsus maqsadlarda foydalaniladigan radiochastota polosalarining taqsimlanishini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) qoʻshinlarning barcha turdagi aloqa vositalarining, radiolokatsiya, radiotexnika taʼminotining, shuningdek sunʼiy yoʻldosh aloqasi va radioeshittirish stansiyalarining tashkil etilishini yoki ishlashini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlariga kirmaydigan rejimli obyektlarning joylashuvi, maqsadi, tayyorgarlik yoki himoyalanganlik darajasi toʻgʻrisidagi, mazkur obyektlarni qurish uchun yer uchastkalarini, yer qaʼrini yoki suv akvatoriyalarini tanlash, ajratish haqidagi, shuningdek ushbu obyektlarni barpo etish boʻyicha rejalashtirilayotgan yoki oʻtkazilayotgan izlanish, loyihalashtirish ishlari va boshqa ishlar haqidagi maʼlumotlar (bunday maʼlumotlar maxsus obyektlarga ham taalluqlidir);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) ikki xil maqsadga moʻljallangan vositalar va texnologiyalarni rivojlantirish yoʻnalishlarini, maqsadli dasturlarni amalga oshirish mazmunini, natijalarini, ushbu vositalar va texnologiyalarni yaratish yoki modernizatsiya qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlarini fosh etuvchi, shuningdek ikki xil maqsadga moʻljallangan vositalar va texnologiyalarning harbiy maqsadlarda qoʻllanilishini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini taʼminlash manfaatlarini koʻzlab Oʻzbekiston Respublikasi kosmik infratuzilmasidan foydalanish va (yoki) uni rivojlantirish istiqbollari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) harbiy obyektlar va infratuzilmalarning qurilish loyihalarini hamda harbiy-texnik taʼminot bilan bogʻliq shartnomalarni fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) turli bosqichdagi qoʻmondonlik-shtab (shtab) oʻquvlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni va boshqa maʼlumotlarni fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) harbiy sohadagi standartlashtirishning asosiy yoʻnalishlarini yoki uni rivojlantirish dasturlarini, shuningdek qurol-yarogʻ va harbiy texnika sohasidagi standartlarning mazmunini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) davlatning mudofaa salohiyatini belgilovchi yoʻnalishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy-texnik taraqqiyoti istiqbollarini va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) respublika budjetining Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyati va xavfsizligi taʼminlanishini fosh etuvchi xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (umumiy koʻrsatkichlardan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Tashqi siyosatga oid va tashqi iqtisodiy sohadagi davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi siyosatga oid va tashqi iqtisodiy sohadagi davlat sirlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) barvaqt tarqatilishi Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan, tashqi siyosat strategiyasi va taktikasini fosh etuvchi, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama munosabatlarini tavsiflovchi tashqi siyosat, tashqi savdo, ilmiy-texnik aloqalar masalalariga doir maʼlumotlar va shu kabi boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bitta yoki bir necha chet davlatga nisbatan siyosiy, iqtisodiy, harbiy yoki ilmiy-texnik masalalar yuzasidan ishonchlilik tartibida olingan maʼlumotlar, agar ularning oshkor etilishi manbaning aniqlanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) xalqaro munosabatlarda yagona prinsipial yondashuvni ishlab chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi vakillari va boshqa davlatlar vakillari oʻrtasidagi muzokaralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar muzokaralar ishtirokchilarining fikriga koʻra ushbu maʼlumotlarning oshkor etilishi taraflardan biri uchun diplomatik murakkabliklarga sabab boʻlishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) barvaqt tarqatilishi Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga, xavfsizligiga, siyosiy yoki iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan xalqaro shartnomalarning tayyorlanishi, tuzilishi, mazmuni, bajarilishi, amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qurol-yarogʻ, harbiy texnika yoki aslaha eksporti va importi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ushbu maʼlumotlarning oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan qoidalarga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan alohida davrdagi iqtisodiy hamkorlikning hajmi hamda mazmunini fosh etuvchi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyati va davlat xavfsizligiga taalluqli boʻlgan boshqa faoliyat sohasidagi davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyati va davlat xavfsizligiga taalluqli boʻlgan boshqa faoliyat sohasidagi davlat sirlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyatining kuchlari, vositalari, uslublari, rejalari, shakllari va natijalarini fosh etuvchi maʼlumotlar, shuningdek razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyatini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) aniq shaxslarning razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning kadrlar tarkibiga mansubligini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha kadrlarni tayyorlashga yoki taqsimlashga doir tadbirlar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga maxfiylik asosida koʻmaklashayotgan (koʻmaklashgan) va mazkur organlar bilan maxfiylik asosida hamkorlik qilayotgan (hamkorlik qilgan) shaxslar, shuningdek ularning oila aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tezkor-safarbarlik tadbirlari, ularning holati va natijalari haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek davlat organlarining ichki idoraviy hamda xalqaro himoyalangan aloqa tarmoqlari va tizimlari (joylashtirilgan obyektlari va qurilmalari), kriptografik himoya vositalarining kalitli (yaratish, ishlab chiqarish va taʼminlash) hujjatlari, kriptografik himoya vositalarini tahlil qilish uslublari yoki vositalari haqidagi hamda maxsus maqsadga moʻljallangan axborot-tahliliy tizimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq boʻlgan jinoyat ishlari boʻyicha tergovni amalga oshirish kuchlari, vositalari va uslublarini fosh etuvchi maʼlumotlar, agar ular davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan vaziyatlarni tekshirish bilan bogʻliq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) davlat sirlarini himoya qilishni tashkil etish, ularning himoyalanganlik holati toʻgʻrisidagi, shuningdek mazkur faoliyatni moliyalashtirish haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) davlat tomonidan qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash kuchlari, vositalari, uslublari, rejalari, uning tashkil etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Iqtisodiyot, taʼlim, fan va texnika sohasidagi davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot, taʼlim, fan va texnika sohasidagi davlat sirlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining urush davrida barqaror ishlashiga tayyorgarligini belgilovchi koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida prinsipial jihatdan yangi buyumlarni, texnologik jarayonlarni yaratishda foydalanilishi mumkin boʻlgan, shuningdek qurol-yarogʻ va harbiy texnika imkoniyatlarining, ularning jangovar samaradorligini oshirishning sifat jihatidan yangi bosqichini belgilovchi fan va texnika sohasidagi yangi yutuqlarning mohiyatini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini koʻzlab olib boriladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik yoki loyihalash ishlarining mazmunini va yoʻnaltirilganligini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining xavfsizligini taʼminlash manfaatlarini koʻzlab olib boriladigan gidrometeorologiya yoki geliogeofizika sohasidagi ishlarning natijalarini, shuningdek maxsus geologik-geofizik tadqiqotlar natijalarini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) metallurgiya sanoati tomonidan ayrim turdagi nodir metallarni va strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa materiallarni ishlab chiqarish haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) yer qaʼridagi resurslar potensialini, balans zaxiralarni yoki ayrim turdagi foydali qazilmalarni qazib olish toʻgʻrisidagi axborotni fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) davlat organlari smetalarining alohida moddalari boʻyicha qoʻshinlarni saqlash uchun sarflanadigan xarajatlarni fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) davlat hujjatlarini qalbakilashtirishdan himoya qilish usullari va ularning haqiqiyligini aniqlash usullari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) umumiy foydalanishdagi mahsulotni, xomashyoning strategik turlarini ishlab chiqarishga doir safarbarlik quvvatlari hamda ushbu quvvatlarni yaratish va rivojlantirish haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) indikatsiya, gazdan tozalash, aholini ommaviy qirgʻin qurolidan kimyoviy himoya qilish vositalarini yoki ushbu vositalar uchun yangi sorbsion va boshqa materiallarni yaratish maqsadida amalga oshiriladigan ishlarni fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) muhim mudofaa yoki iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan topografik, geodezik yoki kartografik faoliyat natijalarini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) safarbarlik chogʻida temiryoʻllarning yuklarni temiryoʻllarda tashishni taʼminlash, harbiy yuklarning tashilishini tashkil etish boʻyicha imkoniyatlari va (yoki) zaxiralarini hamda hajmlarini, energetik, mineral va qishloq xoʻjaligi xomashyosining, yoqilgʻining, materiallarning strategik turlarini, qurol-yarogʻning yoki harbiy texnikaning alohida turlarini tashish hajmlarini hamda transportda tashish yoʻnalishlarini, shuningdek temiryoʻl harakati xavfsizligini va yuklarning but saqlanishini taʼminlashga doir maxsus chora-tadbirlarni fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) qoʻshinlarni ortish va tushirish punktlarining joylashishi, ixtisoslashtirilishi, quvvatlari va oʻtkazish imkoniyatini, ularning oziq-ovqat taʼminoti, ularga tibbiy-sanitariya xizmati koʻrsatish haqidagi axborotni fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) transport vositalariga, shu jumladan transportning ayrim turlariga boʻlgan safarbarlik ehtiyojini va ular bilan taʼminlanganlik holatini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha fuqaro muhofazasi kuchlarining yoki vositalarining holatini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti safarbarlik rejasining tarkibiy tuzilishini va koʻrsatkichlarini, shuningdek davlat organlarining yoki alohida tashkilotlarning safarbarlik tayyorgarlik holatini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) Oʻzbekiston Respublikasining doimiy zaxirasida boʻlgan, faqat favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun moʻljallangan moddiy zaxiralarining haqiqiy hajmini va joylashishini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) harbiy maqsadlar uchun transport tarmogʻining, transport vositalarining holatini, jihozlanganligini, tayyorligini, qurol-yarogʻ va harbiy texnikani transportda tashish yoʻnalishlarini, maxsus va harbiy yuklar tashish hajmlarini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) qurol-yarogʻ va harbiy texnika buyumlariga, fuqarolar uchun moʻljallangan muhim mahsulotlarga doir texnik hujjatlarning, shuningdek xavfi yuqori boʻlgan obyektlarga, aholining hayot faoliyatini taʼminlash tizimiga doir loyiha hujjatlarining sugʻurta fondini yaratishni va saqlashni tavsiflovchi maʼlumotlar hamda texnik hujjatlarning sugʻurta fondini saqlash obyektlarining (bazalarining) umuman Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) Oʻzbekiston Respublikasi sanoatining safarbarlik tayyorgarligi va safarbarligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini, mazmunini yoki natijalarini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa manfaatlarini koʻzlab foydalanilishi mumkin boʻlgan kon qazilmalari, tabiiy boʻshliqlar, metropoliten va boshqa inshootlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek aholisi 200 ming nafar kishidan ortiq boʻlgan shaharlarning ichimlik suvi taʼminoti sxemalarini, temiryoʻl bogʻlamalari, strategik va mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlarning sxemalarini va (yoki) ichimlik suvi taʼminoti bosh inshootlarining, ularni taʼminlovchi suv ajratgichlarning joylashishini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) yadroviy materiallarning va yadroviy qurilmalarning jisman himoya qilinishini taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, bundan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar taʼsiriga tushadigan va ularni almashishni nazarda tutadigan hamda ochiq manbalardan olinishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladigan milliy, jamoaviy va boshqa test tizimlarida foydalaniladigan testlarning mazmunini hamda ularga doir toʻgʻri javoblar kodlarini fosh etuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) shaharlararo magistral va zona ichidagi aloqa liniyalarining geografik koordinatalarini oʻz ichiga olgan, sxemalar hamda tavsiflarga ega boʻlgan jamlanma maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini va davlat qimmatli qogʻozlarining blankalarini qalbakilashtirishdan himoya qilish usullari hamda ularning haqiqiyligini aniqlash usullari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatini belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarning maxfiylik darajasidan kelib chiqqan holda maʼlumotlarni tarqatish, taqdim etish va (yoki) cheklovlarni belgilash chora-tadbirlari davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati ushbu Qonunning 3-bobida nazarda tutilgan davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan maʼlumotlarga asosan va davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar markaziy organlarining takliflaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati asosida ularning markaziy organlari tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari jumlasiga kiritilgan maʼlumotlar hamda ularni tashuvchilar qonuniylik, asoslilik va kechiktirmaslik prinsiplariga muvofiq maxfiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniylik maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylashtirishning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek davlat sirlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asoslilik davlat sirlarini tashkil etuvchi aniq maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylashtirishning maqsadga muvofiqligini, ushbu harakatning ehtimol tutilgan iqtisodiy va boshqa oqibatlarini fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari muvozanatidan kelib chiqqan holda ekspert baholash orqali aniqlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirmaslik davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni ular olingan (ishlab chiqilgan) paytdan eʼtiboran tarqatish uchun cheklovlar belgilanishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga asosan amalga oshiriladi. Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish toʻgʻrisidagi oʻz qarorlari uchun shaxsan javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Maʼlumotlarni maxfiylashtirish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotning maxfiylik darajasi davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning boshqaruv, ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa faoliyat turlari natijasida olingan (ishlab chiqilgan) maʼlumotlarning maxfiylik darajasidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlangan (ishlab chiqilgan) axborotni Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati bilan identifikatsiya qilish mumkin boʻlmagan, shuningdek mazkur axborotdan ochiq foydalanganda biron-bir zarar yetkazish xavfi mavjud boʻlgan hollarda, davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari tayyorlangan (ishlab chiqilgan) axborotni taxmin qilinayotgan maxfiylik darajasini hisobga olgan holda oldindan maxfiylashtirishi va keyinchalik maxsus vakolatli davlat organining xulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga qoʻshimchalar (oʻzgartirishlar) kiritish toʻgʻrisidagi asoslangan takliflar kiritishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar vaqti-vaqti bilan, biroq besh yilda kamida bir marta ushbu tashkilotlarda amalda boʻlgan, maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatlarini maʼlumotlarni maxfiylashtirishning asosliligi hamda ularning ilgari belgilangan maxfiylik darajasiga muvofiqligi yuzasidan qayta koʻrib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiylik darajalari va ushbu maʼlumotlarni tashuvchilarning maxfiylik griflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar maxfiyligining quyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq boʻlgan mazkur maʼlumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylikning birinchi darajasi — “Alohida ahamiyatli” (birinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaga muvofiq boʻladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylikning ikkinchi darajasi — “Mutlaqo maxfiy” (ikkinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaga muvofiq boʻladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylikning uchinchi darajasi — “Maxfiy” (uchinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaga muvofiq boʻladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarga “Alohida ahamiyatli” yoki “Mutlaqo maxfiy” maxfiylik griflaridan biri beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga “Mutlaqo maxfiy” yoki “Maxfiy” maxfiylik griflaridan biri berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlari jumlasiga kiritilmagan maʼlumotlar uchun yuqorida koʻrsatilgan maxfiylik griflaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alohida ahamiyatli”, “Mutlaqo maxfiy” va “Maxfiy” maxfiylik darajalariga ega boʻlgan davlat sirlaridan foydalanish birinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mutlaqo maxfiy” va “Maxfiy” maxfiylik darajalariga ega boʻlgan davlat sirlaridan foydalanish ikkinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxfiy” maxfiylik darajasiga ega boʻlgan davlat sirlaridan foydalanish uchinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiylik darajasi ushbu maʼlumotlar oshkor etilishi natijasida Oʻzbekiston Respublikasining xavfsizligiga yoki davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning manfaatlariga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning ogʻirlik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni maxfiylashtirish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran tegishli maʼlumotlar maxfiylashtirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sir uchun — 30 yildan va xizmat siri uchun — 10 yildan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sirni maxfiylashtirish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, xizmat sirini maxfiylashtirish muddati esa xizmat siridan foydalanuvchi tashkilotning qarori bilan uzaytirilishi mumkin. Mazkur hollarda tegishli ekspertlar komissiyasining xulosasi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Maxfiylashtirilmaydigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi maʼlumotlar maxfiylashtirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar hamda fuqarolarning hayotiga, sogʻligʻiga va xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa hollar hamda ularning oqibatlari toʻgʻrisidagi, shuningdek tabiiy ofatlar, ularning rasmiy prognozlari va oqibatlari haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiyaning, sogʻliqni saqlashning, sanitariya, demografiya, taʼlim, madaniyatning, tibbiy xizmat koʻrsatishning, ijtimoiy taʼminotning va qishloq xoʻjaligining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilikning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining makroiqtisodiy koʻrsatkichlari, Davlat budjeti parametrlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish haqidagi jamlanma statistika maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquq va erkinliklarining buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunchilikning buzilishlari haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilishi, tarqatilishi va taqdim etilishi qonun bilan cheklanmagan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni maxfiylashtirish toʻgʻrisida asoslanmagan qaror qabul qilgan mansabdor shaxslar fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat va davlatga yetkazilgan moddiy va (yoki) maʼnaviy zarardan kelib chiqqan holda qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni maxfiylashtirish toʻgʻrisidagi asoslanmagan qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Maʼlumotlar va ularni tashuvchilar maxfiylashtirilishi munosabati bilan jismoniy shaxslarning hamda tashkilotlarning mulk huquqini cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari jismoniy shaxslarning yoki tashkilotlarning (bundan buyon matnda maʼlumotlarni tashuvchilarning mulkdori deb yuritiladi) mulkida boʻlgan maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishga haqli. Koʻrsatilgan maʼlumotlarni hamda ularni tashuvchilarni maxfiylashtirish ushbu maʼlumotlarni tashuvchilarning mulkdori hamda mazkur maʼlumotlar va ularni tashuvchilar oʻz tasarrufiga oʻtayotgan davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar oʻrtasidagi ushbu maʼlumotlarni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar va ularni tashuvchilar maxfiylashtirilishi munosabati bilan maʼlumotlarni tashuvchilarning mulkdoriga toʻlanadigan kompensatsiya miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni tashuvchilar mulkdorining ushbu maʼlumotlarni oshkor etmaslik boʻyicha majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarni tashuvchilarning mulkdori ushbu maʼlumotlarni boshqa shaxsga oʻtkazishni rad etgan taqdirda, sudning qaroriga koʻra ushbu maʼlumotlar ularni boshqa shaxsga berishga doir xarajatlar chegirib tashlanib, boshqa shaxsga berilayotgan maʼlumotlarning qiymati mulkdorga qoplangan holda majburiy ravishda boshqa shaxsga berilishi va maxfiylashtirilishi lozim hamda mulkdor davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etganlik uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolariga, xorijiy va xalqaro tashkilotlarga tegishli boʻlgan maʼlumotlarga va ularni tashuvchilarga boʻlgan mulk huquqi, agar bu maʼlumotlar ushbu Qonun talablarini buzmagan holda olingan (ishlab chiqilgan) boʻlsa, cheklanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar va ularni tashuvchilar maxfiylashtirilishi munosabati bilan fuqarolar oʻzining mulk huquqi cheklanganligi toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar va ularni tashuvchilar maxfiylashtirilishi natijasida maʼlumotlarni tashuvchilarning mulkdoriga yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylikdan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Maʼlumotlarni maxfiylikdan chiqarish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarni maxfiylikdan chiqarish asoslari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida davlat sirlarini tashkil etuvchi ayrim maʼlumotlarni almashish boʻyicha xalqaro majburiyatlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni bundan buyon himoya qilish obyektiv holatlar oʻzgarishi natijasida maqsadga muvofiq emas deb topilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlari roʻyxatiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni maxfiylashtirish muddati tugashi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda maʼlumotlarni maxfiylikdan chiqarishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylikdan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylikdan chiqarish ushbu tashkilotlarning qabul qilingan qarorning asoslanganligi uchun shaxsan javobgar boʻlgan rahbarlari qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylashtirishning belgilangan muddati tugaganidan keyin yoki maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylikdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbarlari mazkur maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni uch oylik muddatda maxfiylikdan chiqarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxivlarining rahbarlariga mazkur arxivlarning yopiq fondlarida saqlanayotgan davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni tashuvchilarni maxfiylikdan chiqarish vakolatlari arxiv fondini shakllantiruvchi tashkilot yoki uning huquqiy vorisi tomonidan beriladi. Agar arxiv fondini shakllantiruvchi tashkilot tugatilgan boʻlsa va uning huquqiy vorisi boʻlmasa, davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni tashuvchilarni maxfiylikdan chiqarish masalasi maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarning maxfiylik darajasini oʻzgartirish yoki ularni maxfiylikdan chiqarish mavjud maxfiylik grifini bekor qilish hamda ularni tashuvchilarda yangi hisobga olish rekvizitlarini koʻrsatish orqali amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylikdan chiqarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning, shuningdek jismoniy shaxslarning maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylikdan chiqarish toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylikdan chiqarish toʻgʻrisidagi taklif bilan davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani berish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani berish davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotning davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma rasmiylashtirilishi zarur boʻlgan lavozimlari nomenklaturasiga asosan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotning davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma rasmiylashtirilishi zarur boʻlgan lavozimlari nomenklaturasi maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda mazkur tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur lavozimlar nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir tegishli shakldagi ruxsatnoma rasmiylashtiriladi va ular bilan davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmaslik toʻgʻrisida kelishuv imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanishga doir tegishli shakldagi ruxsatnomaga ega boʻlmagan shaxslarning davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma rasmiylashtirilishi zarur boʻlgan lavozimlar nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tayinlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining talablariga rioya etish sharti bilan va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani berish va bekor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma oʻn sakkiz yoshga toʻlgan shaxslarga rasmiylashtiriladi, bundan ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda belgilangan ayrim hollarda, oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslarga ikkinchi yoki uchinchi shakldagi, oʻn yetti yoshga toʻlgan shaxslarga esa birinchi yoki ikkinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berishga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirishda quyidagilar talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning oʻziga ishonib topshirilgan davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmaslik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi oldida yozma majburiyat qabul qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq oʻz huquqlari cheklanishiga yozma ravishda rozilik berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs tomonidan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilishidan oldin maxsus vakolatli davlat organining ushbu shaxsga nisbatan tekshiruv tadbirlarini oʻtkazishiga yozma rozilik berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tanishish, shu jumladan uni buzganlik uchun javobgarlikka oid qismi bilan tanishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berishning alohida tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir tegishli shakldagi ruxsatnoma tekshiruv tadbirlari oʻtkazilmasdan rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga — lavozimga kirishgan paytdan eʼtiboran vakolatlari muddatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga — lavozimga tayinlangan kundan eʼtiboran vakolatlari muddatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga — ular saylangan kundan eʼtiboran vakolatlari muddatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolariga — ular saylangan (tayinlangan) kundan eʼtiboran vakolatlari muddatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sudyalariga — ular saylangan (tayinlangan) kundan eʼtiboran vakolatlari muddatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan saylangan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylangan va tayinlangan shaxslarga — oʻz xizmat faoliyati davriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga lavozimga tayinlangan shaxslarga — oʻz xizmat faoliyati davriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga lavozimga tayinlangan shaxslarga — oʻz xizmat faoliyati davriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlangan shaxslarga — oʻz xizmat faoliyati davriga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosiga yoki mansabdor shaxsga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirishni rad etish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosiga yoki mansabdor shaxsga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmaganligi yoki sudlanganligi olib tashlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganligi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy yoki maʼmuriy ishning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv tadbirlari natijasida shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlari aniqlanganligi (bunday tahdidlarning roʻyxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning tekshiruv tadbirlaridan boʻyin tovlashi va (yoki) oʻzi yoxud yaqin qarindoshlari toʻgʻrisida qasddan yolgʻon maʼlumotlar berganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish rad etilgan shaxs ushbu qaror ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tavsiya etilgan nomzodga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi maxsus vakolatli davlat organining asoslantirilgan xulosasi nomzodning davlat sirlaridan foydalanish huquqini cheklash uchun asos boʻladi. Biroq davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar oʻzgargan taqdirda, oʻziga nisbatan bunday ruxsatnomani rasmiylashtirish rad etilgan shaxs davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun qayta murojaat etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Davlat sirlaridan foydalanish huquqini rasmiylashtirish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga davlat sirlaridan foydalanish huquqini berish quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlash zaruratini aniqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaning mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan bevosita foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan qaror qabul qilinishini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanish huquqini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan ushbu Qonunga asosan qabul qilinadi. Mazkur qaror shaxs oʻziga ishonib topshirilgan davlat sirlarini oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi yozma majburiyatni oʻz zimmasiga olishni rad etgan taqdirda ham qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanish huquqini rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Davlat sirlaridan foydalanish huquqini bekor qilish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yoki mansabdor shaxsning davlat sirlaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot rahbarining qarori bilan bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish bilan bogʻliq oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni hamda cheklovlarni buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 27-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirishni rad etishga asos boʻladigan holatlar yuzaga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot bilan mehnat shartnomasi tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bajarishdagi ishtirok yakunlanganda yoki bunday ishlar tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 26-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxslarning vakolatlari tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga berilgan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisida davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan koʻrsatma kiritilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanish huquqi shaxsga berilgan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma bekor qilinganda tugatiladi. Maxsus vakolatli davlat organining qarori davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaning bekor qilinishi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaning bekor qilinishi quyidagilar uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ishga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs bilan mehnat shartnomasini bekor qilish, agar bajariladigan ish bunday ruxsatnomani talab qilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaning bekor qilinishi shaxslarni davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmaslik boʻyicha oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot rahbarining davlat sirlaridan foydalanish huquqini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Davlat sirlaridan xabardor boʻlgan shaxslarning huquqlarini cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan xabardor boʻlgan shaxslarning huquqlari vaqtincha cheklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cheklovlar quyidagilarga nisbatan tatbiq etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanishga doir rasmiylashtirilgan ruxsatnomaning amal qilishi va mehnat shartnomasida (kontraktda) nazarda tutilgan muddati ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish huquqiga (faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kashfiyotlar va ixtirolardan foydalanish hamda bunday maʼlumotlarni tarqatish huquqiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish davrida tekshiruv tadbirlarini oʻtkazish chogʻida shaxsiy hayot daxlsizligiga boʻlgan huquqqa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqishga doir cheklovning amal qilish muddati har bir holda shaxsga maʼlum boʻlgan maxfiy maʼlumotlarning xususiyatiga qarab quyidagi tarzda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alohida ahamiyatli” grifli maxfiy maʼlumotlar uchun — koʻpi bilan uch yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mutlaqo maxfiy” grifli maxfiy maʼlumotlar uchun — koʻpi bilan ikki yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxfiy” grifli maxfiy maʼlumotlar uchun — koʻpi bilan bir yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqishga doir cheklovga beriladigan istisnolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni tasarruf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Davlat sirlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq davlat sirlariga egalik qiladi, ulardan foydalanadi hamda ularni tasarruf etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarini va ularni tashuvchilarni oluvchi (soʻrab oluvchi) davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar ulardan foydalanishda tegishli maxfiylik rejimini taʼminlaydigan shart-sharoitlarni yaratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning birgalikdagi va boshqa faoliyati amalga oshirilishi doirasida davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Davlat sirlarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda davlat sirlarini himoya qilishni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlari Oʻzbekiston Respublikasining mulki va uning himoyasidadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarini himoya qilish davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning asosiy vazifalaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda davlat sirlarini himoya qilishni tashkil etish ularning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarini himoya qilish davlat sirlari oshkor etilishining va yoʻqolishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy, muhandislik-texnik, kriptografik va boshqa chora-tadbirlar majmuini qonunchilikka muvofiq oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning mulkchilik shakli yoki faoliyati yoʻnalishlari oʻzgarganda davlat sirlarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar oʻz mulkchilik shakli yoki faoliyat yoʻnalishlari oʻzgarganda, shu jumladan davlat sirlaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar toʻxtatib turilganda yoki tugatilganda davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni va ularni tashuvchilarni himoya qilish choralarini koʻrishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni tashuvchilar yoʻq qilinadi, saqlash uchun idoraviy yoki davlat arxivlariga topshiriladi yoxud belgilangan tartibda quyidagilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotning huquqiy vorisiga, agar ushbu huquqiy voris koʻrsatilgan maʼlumotlardan foydalangan holda ishlarni bajarish vakolatiga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli axborotni tasarruf etuvchi, davlat sirlaridan foydalanuvchi boshqa tashkilotga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot davlat sirlarini tashuvchilar yoʻq qilinganligi, davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar saqlash uchun arxivga topshirilganligi yoxud huquqiy vorisga yoki tegishli axborotni tasarruf etuvchi, davlat sirlaridan foydalanuvchi boshqa tashkilotga topshirilganligi toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning mulkchilik shakli va faoliyati yoʻnalishlari oʻzgarganda davlat sirlarini himoya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Chet davlatlarning va xalqaro tashkilotlarning maxfiy maʼlumotlarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlarning va xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga xalqaro shartnomalarga asosan yoki uning xalqaro tashkilotlarga aʼzoligi munosabati bilan berilgan maxfiy maʼlumotlarini, shuningdek ularning birgalikdagi faoliyati davomida shakllantirilgan maxfiy maʼlumotlarni himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Davlat sirlarini himoya qilishga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarining kriptografik va texnik himoya vositalari, shuningdek axborotlashtirishning texnik vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tegishli maxfiylik darajasidagi axborotni himoya qilish talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarini himoya qilish vositalarini tadqiq etish, loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash, tashish, ulardan foydalanish, ularni saqlash va utilizatsiya qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Davlat sirlarining kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarining kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat tegishli tekshiruv tadbirlari natijalariga koʻra maxsus vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziyaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarining kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Davlat sirlarini himoya qilish tadbirlarini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek ularning tarkibiy boʻlinmalarining davlat sirlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan, davlat sirlaridan foydalanuvchi boshqa tashkilotlarning faoliyati esa ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan olinadigan daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarini himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining sarflanishi ustidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar ushbu nazoratni amalga oshirish davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlsa, nazoratni amalga oshiruvchi shaxslar davlat sirlaridan foydalanishga doir tegishli shakldagi ruxsatnomaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Davlat sirlarining himoya qilinishini taʼminlash ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda davlat sirlarining himoya qilinishi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar oʻz tasarrufidagi barcha tashkilotlarda davlat sirlarini himoya qilish tizimining samaradorligini nazorat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarining himoya qilinishini taʼminlash ustidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning xodimlari uchun beriladigan imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning xodimlari uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlari bilan ishlaganlik va maxfiy-rejim organlaridagi xizmat davri uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ish haqiga foizli ustamalar toʻlanishiga boʻlgan huquq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda tashkiliy-shtat oʻzgarishlari amalga oshirilganda va boshqa teng shartlar mavjud boʻlganda maxfiy-rejim organlari xodimlari uchun ish oʻrnining saqlab qolinishiga boʻlgan huquq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi 848-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 232-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish toʻgʻrisida”gi 849-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 233-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi baʼzi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-522-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 47-modda) 7-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 28-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarning maxfiylik griflari mazkur hujjatlarni tayyorlagan (ishlab chiqqan) davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning maxsus komissiyalari tomonidan qayta koʻrib chiqilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarga berish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda ekspertlar va maxsus komissiyalarni shakllantirish hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlarining oshkor etilishi yoki yoʻqotilishi oqibatida Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligiga yoxud davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar manfaatlariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar miqdorini aniqlash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 6 va 20-moddalarida nazarda tutilgan maʼlumotlar va ularni tashuvchilar maxfiylashtirilishi natijasida maʼlumotlarni tashuvchilarning mulkdoriga yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan maxfiy-rejim organlari xodimlarining lavozim maoshlariga davlat sirlari bilan ishlaganlik hamda ushbu organlardagi xizmat davri uchun ustamalar miqdorini, shuningdek ularni toʻlash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 24-moddasida nazarda tutilgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani berish va bekor qilish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqishga doir cheklovga beriladigan istisnolar boʻyicha tartibni ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 32-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning birgalikdagi va boshqa faoliyatni amalga oshirish doirasida yuborish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning mulkchilik shakli va faoliyati yoʻnalishlari oʻzgarganda davlat sirlarini himoya qilish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1016-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1016/1076-son)