O‘zbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi o‘rtasida
Shartnoma
FUQAROLIK VA JINOIY IShLAR BO‘YIChA HUQUQIY YORDAM HAMDA HUQUQIY MUNOSABATLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan me’yorlariga amal qilib,
ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar fuqarolarining shaxsiy va mulkiy huquqlarining teng huquqiy muhofaza qilinishini ta’minlashga bo‘lgan intilishdan kelib chiqib,
fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat berib,
quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:
I bo‘lim
Umumiy qoidalar
Umumiy qoidalar
I qism
Huquqiy muhofaza
Huquqiy muhofaza
1-modda
Tushuncha va atamalar
Tushuncha va atamalar
1. Ushbu Shartnomada keltiriladigan tushuncha va atamalar yagona ma’noda talqin etilib, quyidagi ma’nolarni anglatadi:
fuqarolik ishlari — sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan fuqarolik-huquqiy, oilaviy-huquqiy, savdo-huquqiy va ma’muriy ishlar;
jinoiy ishlar — jinoiy ishlab chiqarishda, jumladan ikkala Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga ko‘ra ta’qib etiladigan jinoiy qilmishlarga taalluqli tekshiruv va sud ishlab chiqarishida ko‘riladigan ishlar;
O‘zbekiston Respublikasi adliya muassasalari — sudlar, prokuraturalar hamda fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha qaror chiqarishga vakolatli boshqa muassasalar;
Chexiya Respublikasining adliya muassasalari — sudlar, prokuraturalar (statni zastupitelsvi) hamda fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha qaror chiqarishga vakolatli boshqa muassasalar;
bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi — shu Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga ko‘ra uning fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs;
bir Ahdlashuvchi Tomon hududida yashaydigan shaxslar — shu Ahdlashuvchi Tomon fuqaroligiga ega bo‘lmagan, biroq uning hududida yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan jismoniy shaxslar.
2. Ushbu Shartnomaning qoidalari tegishli ravishda va Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunlariga ko‘ra ularning hududida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarga ham joriy etiladi.
2-modda
Huquqiy muhofazani taqdim etish
Huquqiy muhofazani taqdim etish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida doimiy yashovchi shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida o‘z shaxsiy va mulkiy huquqlari munosabatida ana shu Tomonning o‘z fuqarolaridek huquqiy muhofazadan foydalanadilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarolari, shuningdek uning hududida yashovchi o‘zga shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalariga erkin va to‘sqinliksiz murojaat qilishlari, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari kabi ularda qatnashishlari, so‘rov qo‘zg‘atishlari, da’vo qilishlari va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.
3-modda
Xarajatlarni qoplash uchun avans to‘lashdan ozod qilish
Xarajatlarni qoplash uchun avans to‘lashdan ozod qilish
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarolari, shuningdek uning hududida yashovchi boshqa shaxslar ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalariga da’vogar, arz qiluvchi, javobgar hamda o‘zga ishtirokchi sifatida murojaat qilsalar, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa kafolatlar uchun avans to‘lashdan ozod qilinadilar.
II qism
Huquqiy yordam
Huquqiy yordam
4-modda
Huquqiy yordam berish
Huquqiy yordam berish
Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zlarining milliy qonunlariga asosan hamda ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq o‘zaro yordam beradilar.
5-modda
Huquqiy yordam ko‘lami
Huquqiy yordam ko‘lami
Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlarida nazarda tutilgan protsessual va boshqa harakatlarni bajarish orqali, shu jumladan:
1) hujjatlarni tuzish va jo‘natish, tegishli hujjatlar va materiallarning, shu jumladan, sud, bank, moliya, ish hamda boshqa hujjatlarining aslini yoki tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish;
2) tintuv o‘tkazish, predmet va hujjatlarni olib qo‘yish, mulkni xatlash, ashyoviy dalillarni jo‘natish va berish;
3) ko‘zdan kechirish va tekshirib ko‘rish;
4) ekspertiza o‘tkazish;
5) tomonlarni, jabrlanuvchilarni, ayblanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni so‘roq qilish;
6) jinoyatda ayblanuvchi shaxslarni, shuningdek hukmni ijro etish uchun ushlab berish;
7) jinoiy ta’qib qilishni qo‘zg‘ash va amalga oshirish;
8) hujjatlarni berish orqali bir-birlariga yordam beradilar.
6-modda
Munosabatlar tartibi
Munosabatlar tartibi
Huquqiy yordam ko‘rsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan o‘zlarining markaziy organlari:
O‘zbekiston Respublikasida — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Chexiya Respublikasida — Chexiya Respublikasi Adliya vazirligi orqali munosabatga kirishadilar.
Diplomatik yo‘llar bilan aloqaga kirishishi ham inkor etilmaydi.
7-modda
Huquqiy yordam berish to‘g‘risida so‘rovnoma
Huquqiy yordam berish to‘g‘risida so‘rovnoma
1. Huquqiy yordam berish to‘g‘risidagi so‘rovnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:
1.1. so‘rayotgan adliya muassasasining nomi hamda so‘ralayotgan adliya muassasasining nomi;
1.2. huquqiy yordam so‘ralayotgan ishning nomi, so‘rovnoma maqsadining bayoni va so‘ralayotgan harakatlarining tavsifi;
1.3. tomonlarning, jabrlanuvchilarning, guvohlarning, gumondorlarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning yoki hukm qilinganlarning ismi va familiyalari, ularning yashash yoki turgan joyi, fuqaroligi, mashg‘uloti, yuridik shaxslar uchun — ularning nomi va joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
1.4. 1.3-kichik bandda ko‘rsatilgan shaxslarning qonuniy vakillari bo‘lganda — ularning ismi, familiyasi va manzili;
1.5. bajarilishi talab qilinadigan aniq tartibning qo‘llanish sabablari va mufassal tavsifi;
1.6. jinoiy ishlar bo‘yicha ham sodir etilgan jinoyatning tasviri va kvalifikatsiyasi, tegishli qonunlarning bayoni yoki matni, shuningdek xatti-harakat natijasida zarar yetkazilgan bo‘lsa — moddiy zararning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
1.7. zarur bo‘lsa, so‘rovnomaning bajarilishi kutilayotgan muddat.
2. Zarur bo‘lsa, so‘rovnomaga so‘rayotgan so‘rovni bajarishni osonlashtiruvchi yoki sanksiyalanadigan protsessual harakatlar uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarning so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning huquqiy tartibiga muvofiq tasdiqlangan nusxalari yoki ulardan ko‘chirmalar ilova qilinadi.
3. Hujjatlarni topshirish to‘g‘risidagi so‘rovnomada oluvchining oxirgi ma’lum bo‘lgan manzili va ilova qilinayotgan hujjatlarning nomi ham ko‘rsatilishi lozim.
4. So‘rovnoma so‘rayotgan adliya muassasasining tegishli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi hamda ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilishi kerak.
8-modda
Bajarish tartibi
Bajarish tartibi
1. Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovni bajarishda so‘ralayotgan adliya muassasasi o‘z davlatining qonunlarini qo‘llaydi. So‘rayotgan adliya muassasasi so‘roviga ko‘ra u so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning protsessual normalarini, faqat ular so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga zid bo‘lmasa, qo‘llashi mumkin.
2. So‘ralayotgan adliya muassasasi huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovni bajarishga vakolatli bo‘lmasa, u so‘rovni vakolatli muassasaga jo‘natadi va bu so‘rayotgan adliya muassasasini xabardor qiladi.
3. So‘rayotgan adliya muassasasining so‘roviga binoan so‘ralayotgan adliya muassasasi unga va manfaatdor tomonlarga, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga ko‘ra bunga yo‘l qo‘yiladigan bo‘lsa, ularning so‘rovni bajarish chog‘ida ishtirok etishlari uchun huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovni bajarish vaqti va joyi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar qiladi.
4. Agar so‘rovnomada ko‘rsatilgan shaxsning aniq manzili ma’lum bo‘lmasa, so‘ralayotgan adliya muassasasi o‘z davlati qonunlariga ko‘ra uning manzilini aniqlash uchun zarur choralarni ko‘radi.
5. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar. So‘rov bajarilgandan keyin adliya muassasasi zarurat bo‘lganda so‘rayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovnomaga ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.
6. Ushbu Shartnomaning 19-moddasiga muvofiq huquqiy yordam ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan, so‘ralayotgan adliya muassasasi so‘rayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi va ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.
9-modda
Guvohlarni, jabrlanuvchilarni, fuqaroviy da’vogarlarini, fuqaroviy javobgarlarini, qonuniy vakillarni, ekspertlar va tarjimonlarni chaqirish
Guvohlarni, jabrlanuvchilarni, fuqaroviy da’vogarlarini, fuqaroviy javobgarlarini, qonuniy vakillarni, ekspertlar va tarjimonlarni chaqirish
1. Zarur hollarda Ahdlashuvchi Tomonlardan hududida dastlabki tergovda yoki ish sudda ko‘rilayotganda qatnashish uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lgan guvohlar, jabrlanuvchilar, fuqaroviy da’vogarlar, fuqaroviy javobgarlar, ularning qonuniy vakillari, ekspertlar, tarjimonchilar chaqirilishi mumkin.
2. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi tomonidan berilgan chaqiriqnoma bo‘yicha so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga kelgan guvoh, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning qonuniy vakillari, ekspert, shuningdek tarjimonchi, o‘zining fuqaroligidan qat’i nazar, ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida uning davlat chegarasidan o‘tgungacha sodir etilgan qandaydir xatti-harakat munosabati bilan jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas. Ushbu shaxslar o‘zlarining ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha ko‘rsatmalari yoki ekspertlar sifatidagi xulosalari munosabati bilan ham jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas.
3. Ushbu moddaning 2-bandida ko‘rsatilgan shaxslar, agar ular so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan, buning uchun imkoniyatga ega bo‘lishsada, ularni so‘roq qilgan adliya muassasasi ularga bundan buyon bu yerda bo‘lishlariga zarurat yo‘qligini xabar qilgan kundan boshlab 15 kun o‘tgungacha ketishmasa, ushbu band bilan nazarda tutilgan kafolatlarni yo‘qotadilar. Ushbu shaxslar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan o‘ziga aloqador bo‘lmagan ayb bilan ketolmagan vaqt ushbu muddatga qo‘shilmaydi.
4. Guvohga, ekspertga, shuningdek jabrlanuvchiga va uning qonuniy vakiliga yo‘lkira va so‘ralgan davlatda bo‘lish bilan bog‘liq xarajatlarni hamda ishda bo‘lmagan kunlari uchun olinmagan ish haqini so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon to‘laydi. Ekspert ekspertiza o‘tkazganligi uchun ham haq olish huquqiga egadir. Chaqiriqnomada chaqirilgan shaxsning qanday to‘lovlarni olishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunday shaxslarning so‘rovnomalariga binoan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ularga tegishli xarajatlarni qoplash uchun avans to‘laydi.
5. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashovchi jabrlanuvchini, da’vogar fuqaroni va javobgar fuqaroni, guvoh va ekspertni boshqa Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga chaqirish ular kelmagan taqdirda majbur qilish vositalarini qo‘llash tahdidi tusida bo‘lmasligi kerak.
10-modda
Hujjatlarni topshirish
Hujjatlarni topshirish
1. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi hujjatlarni topshirishni, agar topshirilayotgan hujjatlar ushbu davlat tilida tuzilgan yoki zarur tartibda tasdiqlangan tarjima bilan ta’minlangan bo‘lsa, so‘rov asosida va ushbu Ahdlashuvchi Tomonning hududida amalda bo‘lgan qoidalarga muvofiq amalga oshiradi. Aks holda, u ularni ixtiyoriy ravishda qabul qilishga rozi bo‘lsa, hujjatlarni u oluvchiga beradi.
2. Topshirish uchun mo‘ljallangan hujjatlarning tarjimasi to‘g‘riligini so‘rayotgan adliya muassasasi yoki sud tarjimonchisi, yoxud ularning qonunlari ruxsat bersa Ahdlashuvchi Tomonlardan birining diplomatik yoki konsullik vakili tasdiqlaydi.
3. Hujjatni so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha topshirish mumkin bo‘lmasa, so‘ralayotgan adliya muassasasi o‘z davlatining qonunlariga muvofiq manzilni aniqlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘radi. Manzilni aniqlashning iloji bo‘lmagan taqdirda, so‘ralayotgan adliya muassasasi so‘rayotgan adliya muassasasini bu haqda xabardor qiladi va topshirilishi kerak bo‘lgan hujjatlarni unga qaytaradi.
11-modda
Hujjatlar topshirilganligini tasdiqlash
Hujjatlar topshirilganligini tasdiqlash
So‘ralayotgan adliya muassasasi topshiriladigan hujjatlarni bayonnoma orqali tasdiqlaydi. Unda hujjatlarni topshirish usuli, joyi va sanasi, hujjat topshirilgan shaxsning imzosi yoki hujjatni qabul qilishni rad etish sababi va so‘ralayotgan adliya muassasasi tegishli xodimining gerbli muhr bilan tasdiqlangan imzosi ko‘rsatiladi.
12-modda
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining vakolatlari
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining vakolatlari
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zlarining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lgan o‘z fuqarolariga hujjatlarni topshirish va ularni so‘roq qilish huquqiga egadirlar. Bunda majburiy tusdagi choralarni qo‘llash yoki ularni qo‘llashga tahdid qilinmasligi lozim.
13-modda
Hujjatlarning haqiqiyligi
Hujjatlarning haqiqiyligi
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida muassasa yoki bunga maxsus vakolatli shaxs tomonidan o‘z vakolati doirasida belgilangan shaklda tayyorlangan yoki tasdiqlangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida biron-bir maxsus guvohnomasiz qabul qilinadi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida rasmiy hujjatlar sifatida qaraladigan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida rasmiy hujjatlarning tasdiqlovchi kuchi bilan foydalaniladi.
14-modda
Fuqarolik holati to‘g‘risidagi va boshqa hujjatlarni jo‘natish
Fuqarolik holati to‘g‘risidagi va boshqa hujjatlarni jo‘natish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarolarning ushlab berish to‘g‘risidagi va fuqarolik holatlari aktlarini ro‘yxatga olish, ma’lumoti to‘g‘risida hujjatlar, mehnat staji va bu fuqarolarning shaxsiy yoki mulkiy huquq hamda manfaatlariga oid boshqa hujjatlar to‘g‘risidagi so‘rov boshqa Ahdlashuvchi Tomonning muassasalariga diplomatik yo‘llar orqali jo‘natiladi.
2. Bu muassasalar hujjatlarni o‘z davlatlarining qonunlariga muvofiq beradilar hamda ularni boshqa Ahdlashuvchi Tomonga diplomatik tartibda tarjimasiz va bepul jo‘natadilar. Vakolatli muassasa, keltirilgan xarajatlarni, hududida arizachi yashaydigan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq belgilanadigan miqdorida undirgan holda, arizachining turar joyi bo‘yicha unga hujjatni topshiradi. Undirilgan xarajatlar, ularni undirgan Ahdlashuvchi Tomon muassasasi foydasiga kelib tushadi.
15-modda
Manzillar va boshqa ma’lumotlarni aniqlash
Manzillar va boshqa ma’lumotlarni aniqlash
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari o‘z davlatlarining qonunlariga muvofiq, agar bu fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish uchun talab qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida yashovchi shaxslar manzillarini aniqlashda so‘rovga ko‘ra, bir-birlariga yordam beradilar. Bunda so‘rayotgan adliya muassasasi so‘rovnomada ko‘rsatilgan shaxs manzilini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan o‘zidagi mavjud ma’lumotlarni xabar qiladi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashaydigan, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalarida alimentlar to‘lash bo‘yicha talablar qo‘yilgan shaxslarning ish joyini yoki mashg‘uloti turini va daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashda bir-birlariga yordam beradilar.
16-modda
Huquqiy masalalar bo‘yicha axborot
Huquqiy masalalar bo‘yicha axborot
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining markaziy organlari so‘rovga ko‘ra bir-birlariga o‘z davlatlarida amal qilayotgan yoki amalda bo‘lgan qonunlar hamda uning adliya muassasalari tomonidan qo‘llanish amaliyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek huquqiy masalalar bo‘yicha boshqa axborotni taqdim etadilar.
17-modda
Tillar
Tillar
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari ushbu Shartnomani bajarishda bir-birlariga munosabatlarda o‘zbek, chex va rus tillaridan foydalanadilar.
2. Agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilida jo‘natilayotgan hujjatlarga so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilidagi yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi.
3. Hujjatlarning yozma tarjimasi to‘g‘riligini tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomonlar qonunlari va ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
18-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatishga daxldor xarajatlar
Huquqiy yordam ko‘rsatishga daxldor xarajatlar
Ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, har bir Ahdlashuvchi Tomon o‘z hududida huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni o‘zi qoplaydi.
19-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatishni rad etish
Huquqiy yordam ko‘rsatishni rad etish
1. Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovnoma, agar uni bajarish so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon suvereniteti, xavfsizligi, jamoat tartibi va asosiy manfaatlariga zarar keltirsa to‘liq yoki qisman rad etilishi mumkin.
2. So‘rovnomani qondirish rad etilgani to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda o‘z vaqtida, rad etish sababi ko‘rsatilgan holda, yozma ravishda xabardor qilinadi.
II bo‘lim
Fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha huquqiy munosabatlar
Fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha huquqiy munosabatlar
I qism
Vakolat
Vakolat
20-modda
Umumiy qoidalar
Umumiy qoidalar
1. Ushbu bo‘limning II—V qismlarida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashash joyiga ega bo‘lgan shaxslarga, ularning fuqaroligidan qat’i nazar, da’volar ushbu Ahdlashuvchi Tomon sudlariga, yuridik shaxslarga esa da’volar hududida yuridik shaxsning boshqaruv organi, uning vakolatxonasi yoxud filiali joylashgan Ahdlashuvchi Tomon sudlariga beriladi.
2. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon sudlari uning hududida:
2.1. javobgar korxona(filial)ning savdo, sanoat yoki boshqa xo‘jalik faoliyati amalga oshirilganda;
2.2. nizoga sabab bo‘lgan shartnomadagi majburiyat bajarilganda yoki to‘liq yoxud qisman bajarilishi kerak bo‘lganda vakolatli bo‘ladi.
3. Yuklar, yo‘lovchilar va bagajlar tashish shartnomalari bo‘yicha tashuvchilarga da’volar belgilangan tartibda e’tirozlar bildirilgan transport tashkiloti boshqarmasi joylashgan joyga beriladi.
21-modda
Shartnoma bo‘yicha sudga tegishlilik
Shartnoma bo‘yicha sudga tegishlilik
1. Tomonlarning nizoni ushbu sudlarga o‘tkazish to‘g‘risidagi yozma kelishuvi mavjud bo‘lsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlari ishni boshqa hollarda ham ko‘rib chiqishlari mumkin. Bunda 20-moddaning 3-bandidan va ushbu bo‘limning II—V qismlari bilan belgilangan boshqa normalardan, shuningdek tegishli Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligidan kelib chiqadigan mutlaq tomonlarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin emas.
2. Nizoni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvlar mavjud bo‘lgan taqdirda sud javobgarning arizasiga binoan ishni ko‘rish uchun boshqa sudga o‘tkazadi.
22-modda
Sud jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi
Sud jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi
1. Ikkala Ahdlashuvchi Tomon sudlarida xuddi o‘sha tomonlar o‘rtasida, xuddi shu predmet to‘g‘risida va xuddi shu asoslarda ish bo‘yicha sudlov qo‘zg‘atilganda ishni keyinroq qo‘zg‘agan sud sudlovni to‘xtatadi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining kelishuviga ko‘ra ishni ilgari qo‘zg‘atgan sud ham agar ushbu ish boshqa sudda, xususan dalillarning katta qismi joylashgan joy bo‘yicha yanada tezroq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini e’tirof etsa, ishga oid ko‘rib chiqishni to‘xtatishi mumkin.
3. Aynan shu huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan qarshi da’vo va chegirish to‘g‘risidagi talab, xuddi asosiy da’vodek, asosiy da’voni ko‘rib chiqayotgan sudda ko‘rib chiqiladi.
II qism
Shaxsiy maqom
Shaxsiy maqom
23-modda
Huquqiy layoqat va muomalaga layoqatlilik
Huquqiy layoqat va muomalaga layoqatlilik
1. Jismoniy shaxsning huquqiy layoqati va muomalaga layoqati ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga ko‘ra belgilanadi.
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning huquqiy layoqati va muomalaga layoqati u hududida yashash uchun ruxsatga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon huquqi bo‘yicha aniqlanadi.
3. Yuridik shaxsning huquqiy layoqati u hududida ta’sis etilgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga ko‘ra belgilanadi.
24-modda
Muomalaga layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish. Muomalaga layoqatlilikni tiklash
Muomalaga layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish. Muomalaga layoqatlilikni tiklash
1. Ushbu moddaning 2- va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, shaxsning muomalaga layoqati cheklanganligi yoki muomalaga layoqatsizligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining sudiga uning hududida doimiy yashovchi, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi bo‘lgan shaxsning muomalaga layoqati cheklanganligi yoki muomalaga layoqatsizligini e’tirof etish asoslari ma’lum bo‘ladigan holda, u ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudini bu haqda xabardor qiladi.
3. Muomalaga layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish uchun asoslardan xabardor qilingan Ahdlashuvchi Tomon sudi uch oy mobaynida ishni boshlamasa yoki o‘z fikrini xabar qilmasa, muomalaga layoqati cheklanganlik yoki muomalaga layoqatsizlikni e’tirof etish to‘g‘risidagi ish hududida ushbu fuqaro yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudida ko‘rib chiqiladi. Shaxsni muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga jo‘natiladi.
4. Ushbu moddaning 1—3-bandlari qoidalari tegishli ravishda muomalaga layoqatlilikni tiklashda ham qo‘llanadi.
5. Ushbu moddaning 2- va 3-bandlarida nazarda tutilgan va kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, shaxsni yoxud uning mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur chora-tadbirlarni hududida ushbu shaxs doimiy yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon sudi mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin. Ushbu chora-tadbirlar munosabati bilan qabul qilingan farmoyishlar ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga jo‘natiladi. Ushbu Ahdlashuvchi Tomon sudi boshqacha chora belgilagan bo‘lsa, ushbu farmoyishlar bekor qilinishi mumkin.
25-modda
Bedarak yo‘qolganlikni e’tirof etish va vafot etgan deb e’lon qilish. O‘lim faktini belgilash
Bedarak yo‘qolganlikni e’tirof etish va vafot etgan deb e’lon qilish. O‘lim faktini belgilash
1. Shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish yoki vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha hamda o‘lim faktini belgilash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra u tirik bo‘lgan vaqtda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari, boshqa shaxslar bo‘yicha esa shaxsning oxirgi yashash joyidagi adliya muassasalari vakolatlidir.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining sudlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosini va uning hududida yashagan boshqa shaxsni bedarak yo‘qolganligini yoki vafot etganligini e’tirof etishi, shuningdek huquq va manfaatlari ushbu Ahdlashuvchi Tomon qonunlarida asoslangan uning hududida yashovchilarning so‘rovnomasiga ko‘ra uning o‘lganlik faktini belgilashi mumkin. Ushbu moddaning 2-bandiga ko‘ra chiqarilgan qarorlar faqat adliya muassasasi bu qarorni qabul qilgan Ahdlashuvchi Tomon hududida kuchga molik bo‘ladi.
3. Bedarak yo‘qolganlikni e’tirof etish yoki vafot etgan deb e’lon qilish va o‘lim faktini belgilash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda Ahdlashuvchi Tomon sudlari o‘z davlati qonunlarini qo‘llaydilar.
Sh qism
Oilaviy ishlar
Oilaviy ishlar
26-modda
Nikohdan o‘tish
Nikohdan o‘tish
1. Nikohga kiruvchi har bir shaxs uchun nikohdan o‘tish shartlari u fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunlari bilan, bir Ahdlashuvchi Tomon hududida yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun esa ular hududida yashash uchun ruxsatga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon huquqi bo‘yicha belgilanadi.
2. Nikohdan o‘tish shakli nikoh hududida tuzilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga ko‘ra belgilanadi.
27-modda
Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy munosabatlari
Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy munosabatlari
1. Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular birgalikda yashaydigan hududida Ahdlashuvchi Tomon qonunlari bo‘yicha belgilanadi.
2. Er-xotinlardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi — boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa va shu bilan birga er-xotinning ikkalasi ham aynan bir fuqarolikka ega bo‘lsa, ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunlari bo‘yicha belgilanadi.
3. Er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining fuqarosi hisoblansa va ulardan biri Ahdlashuvchi Tomoqlardan birining hududida, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u holda ularning shaxsiy va mulkiy-huquqiy munosabatlari hududida ular oxirgi birgalikdagi yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlari bo‘yicha belgilanadi.
4. Ushbu moddaning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlar hududida birgalikdagi yashash joyiga ega bo‘lishmagan bo‘lsa, adliya muassasasi ishni ko‘rib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari qo‘llanadi.
5. Er-xotinlarning ularning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqiy munosabatlari, ushbu mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlari bo‘yicha belgilanadi.
6. Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qonunlari ushbu moddaning 1—3-, 5-bandlariga muvofiq qo‘llanilishi kerak bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar hududida er-xotinlarning hech qachon mulki bo‘lmagan bo‘lsa, bu holda ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari ham vakolatli hisoblanib, ular o‘z davlatining qonunlarini qo‘llaydilar.
28-modda
Nikohni bekor qilish
Nikohni bekor qilish
1. Nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotinlar ariza berilgan vaqtda fuqarolari bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlari qo‘llanadi.
2. Er-xotinlardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining fuqarosi bo‘lsa, adliya muassasasi nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlari qo‘llanadi.
29-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakolatliligi
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakolatliligi
1. 28-moddaning 1-bandida nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotinlar ariza berilgan vaqtda fuqarolari bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatlidir. Ariza berilgan vaqtda er-xotinning ikkalasi ham boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashashsa, u holda ham ushbu Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir.
2. 28-moddaning 2-bandida nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotinning ikkalasi ham hududida yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir. Er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u holda nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotinlar hududlarida yashaydigan ikkala Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir.
30-modda
Nikohni haqiqiy emas deb tonish
Nikohni haqiqiy emas deb tonish
1. Nikohni haqiqiy emas deb tonish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 26-moddaga muvofiq nikohdan o‘tishda qo‘llangan Ahdlashuvchi Tomon qonunlari.
2. Nikohni haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakolatligi ushbu Shartnomaning 29-moddasiga muvofiq belgilanadi.
31-modda
Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish
Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish
1. Otalik yoki onalikni belgilash va bekor qilish bola tug‘ilganda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga ko‘ra belgilanadi.
2. Agar bolaning fuqaroligi ma’lum bo‘lmasa, otalik yoki onalikni belgilash va bekor qilish hududida bola yashab turgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga ko‘ra belgilanadi.
3. Otalik yoki onalikni belgilash va bekor qilishda hududida bola yashab turgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi vakolatli hisoblanadi.
32-modda
Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar
Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar
1. Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar bolalar fuqarolari bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga ko‘ra belgilanadi.
2. Ota-onalar va bolalar o‘rtasida huquqiy munosabatlar bo‘yicha qonunlari ushbu moddaning 1-bandini qo‘llashga yo‘l beradigan Ahdlashuvchi Tomonning sudi vakolatlidir.
3. Kechiktirish mumkin bo‘lmagan hollarda bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari mustaqil ravishda o‘z qonunlari asosida bola va uning mol-mulkini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan qaror chiqarishi mumkin va bu to‘g‘risida zudlik bilan bola fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga xabar qilib, unga tegishli hujjatlarning nusxalarini ham ilova etadi.
33-modda
Vasiylik va homiylik
Vasiylik va homiylik
1. Vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan yoki bekor qilinayotgan shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Vasiy va homiy bilan vasiylikka yoki homiylikka olinayotgan shaxs o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar vasiy yoki homiyni adliya muassasasi tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga ko‘ra tartibga solib boriladi.
3. Vasiylikni yoki homiylikni qabul qilish majburiyati vasiy yoki homiy etib tayinlanayotgan shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga ko‘ra belgilanadi.
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi bo‘lgan shaxsning vasiysi va homiysi etib boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi, agar u vasiylik yoki homiylik amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa, tayinlanishi mumkin.
34-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vasiylik va homiylik masalalarida vakolatliligi
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vasiylik va homiylik masalalarida vakolatliligi
Ushbu Shartnomaga muvofiq boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari vasiylik yoxud homiylikni belgilash yoki bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha vakolatli hisoblanadi.
35-modda
Vasiylik va homiylikka olishga oid chora-tadbirlar ko‘rish tartibi
Vasiylik va homiylikka olishga oid chora-tadbirlar ko‘rish tartibi
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosining manfaatlari yo‘lida, agar uning yashash joyi yoxud mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lsa, vasiylik yoki homiylik bo‘yicha choralar ko‘rish zarur bo‘lib qolgan hollarda ushbu Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi ushbu Shartnomaning 34-moddaga muvofiq zudlik bilan vakolatli organni xabardor qilib qo‘yadi.
2. Kechiktirish mumkin bo‘lmagan hollarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasasi o‘z davlat qonunlariga muvofiq zarur vaqtinchalik chora-tadbirlarni o‘zi ko‘rishi mumkin. Bunda u 34-moddaga muvofiq vakolatli adliya muassasini zudlik bilan xabardor qilishga majburdir hamda shu vaqtda tegishli hujjatlarning nusxalarini yuboradi. Ushbu chora-tadbirlar 34-moddada ko‘rsatib o‘tilgan adliya muassasasi tomonidan boshqa qaror qabul qilingunga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi.
36-modda
Vasiylik va homiylikka berish tartibi
Vasiylik va homiylikka berish tartibi
1. Vasiylik va homiylikdagi shaxs boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga yoki mulkka ega bo‘lgan hollarda 34-moddaga muvofiq vakolatli adliya muassasasi vasiylik yoki homiylikni boshqa Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasasiga berishi mumkin. Vasiylik yoki homiylikni berish so‘ralayotgan adliya muassasasi vasiylik yoki homiylikni o‘ziga qabul qilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va bu haqda so‘rayotgan adliya muassasasi xabardor qilib qo‘yiladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq vasiylik yoki homiylikni qabul qilgan adliya muassasasi uni o‘z davlati qonunlariga muvofiq amalga oshiradi. U vasiylikka olingan yoki homiylikdagi shaxsning shaxsiy maqomiga aloqador masalalar bo‘yicha qaror chiqarish huquqiga ega emas, lekin bu shaxs fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari bo‘yicha zarur bo‘lsa nikohdan o‘tishiga ruxsat berishi mumkin.
37-modda
Farzandlikka olish
Farzandlikka olish
1. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish farzandlikka oluvchi fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq farzandlikka olish yoki uni bekor qilish haqida ariza berilgan vaqtdan boshlab belgilanadi.
2. Agar bola boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa, farzandlikka olishda uni bekor qilishda qonuniy vakilning hamda vakolatli davlat organining, shuningdek u fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari shuni talab etsa, bolaning ham roziligini olish zarur.
3. Agar bolaning biri Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi, boshqasi esa boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblangan er-xotinlar tomondan farzandlikka olinayotgan bo‘lsa, farzandlikka olish yoki uni bekor qilish hududi fuqarolik ishni qo‘zg‘atilgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
4. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida ariza berilgan paytda farzandlikka oluvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ishlari bo‘yicha vakolatlidir. Ushbu moddaning 3-bandida nazarda tutilgan hollarda esa er-xotinlar oxirgi yashash joyiga yoki turar joyiga ega bo‘lgan yoki hozir ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi adliya muassasasi vakolatlidir.
IV qism
Mulkiy huquq munosabatlari
Mulkiy huquq munosabatlari
38-modda
Mulkchilik huquqi
Mulkchilik huquqi
1. Ko‘chmas mulkka egalik qilish huquqi hududida ko‘chmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq belgilanadi. Qanday mulk ko‘chmas hisoblanishi haqidagi masala hududida ushbu ko‘chmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq hal etiladi.
2. Davlat reyestriga kiritilishi zarur bo‘lgan transport vositalariga egalik huquqi hududida transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazgan organ joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga binoan belgilanadi.
3. Mulkka egalik huquqining paydo bo‘lishi va bekor qilinishi yoki boshqa mulkka ashyoviy huquq bunday huquqning paydo bo‘lishi yoki bekor qilinishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi harakatlar yoki boshqa holatlar yuz bergan vaqtda hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga binoan belgilanadi.
4. Ko‘chmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar to‘g‘risida da’volar bo‘yicha faqat shu mulk joylashgan yerdagi sudlar vakolatlidir.
39-modda
Kelishuv shakllari
Kelishuv shakllari
1. Kelishuv shakli, agar ushbu Shartnomaga ko‘ra boshqacha tartib joriy qilishmasa, u amalga oshirilgan joyning qonunlariga ko‘ra belgilanadi.
2. Ko‘chmas mulkka oid va unga huquqlar bo‘yicha kelishuvlar shakli hududida bunday mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga binoan belgilanadi.
3. Tomonlarning kelishuv shakllari bo‘yicha huquq va majburiyatlari, agar tomonlar o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, u amalga oshirilgan joydagi qonunlarga binoan belgilanadi.
40- modda
Zararni qoplash
Zararni qoplash
1. Shartnomalar va boshqa huquqiy me’yordagi harakatlardan kelib chiqganlardan tashqari, zararni qoplash haqidagi majburiyatlar hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos bo‘lib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga binoan belgilanadi.
2. Agar zarar keltiruvchi va zarar ko‘rgan bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa, shu Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari qo‘llaniladi.
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida eslatilgan ishlar bo‘yicha hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos bo‘lib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir. Zarar ko‘rgan hududida javobgar yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga ham da’vo arizasi berishi mumkin.
V qism
Merosxo‘rlik
Merosxo‘rlik
41-modda
Tenglik prinsipi
Tenglik prinsipi
Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qonun bo‘yicha mulk yoki huquqni qonun yoxud vasiyatnoma bo‘yicha ushbu Ahdlashuvchi Tomon fuqarolariday teng shartlarda va hajmda meros qilib qoldirishlari mumkin.
42-modda
Merosxo‘rlik huquqi
Merosxo‘rlik huquqi
1. Mulkni meros qilib olish huquqi, ushbu moddaning 2-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari, meros qilib qoldiruvchi hududida oxirgi turar joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari bo‘yicha belgilanadi.
2. Ko‘chmas mulkni meros qilib qoldirish huquqi mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga ko‘ra belgilanadi.
3. Qanday meros qilib qoldirilgan mulk ko‘char yoki ko‘chmas hisoblanishi haqidagi masala hududida ushbu mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq hal etiladi.
43-modda
Merosning davlatga o‘tishi
Merosning davlatga o‘tishi
Agar Ahdlashuvchi Tomonning merosga qoldirishda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan qonunlariga ko‘ra merosxo‘r davlat bo‘lsa, unda meros qilib qoldirilgan ko‘char mulk egasi vafot etgan vaqtda meros qoldiruvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga o‘tadi meros qilib qoldirilgan ko‘chmas mulk esa o‘zi joylashgan hududda Ahdlashuvchi Tomonga o‘tadi.
44-modda
Vasiyatnoma
Vasiyatnoma
1. Shaxsning vasiyatnoma tuzish yoki uni bekor qilish qobiliyati, yoki yetarli darajada istakni bildirmasligining huquqiy oqibatlari, shuningdek vasiyatnomaning shakli va uni bekor qilish tartibi dalolatnoma tuzish vaqtida vasiyat qiluvchi fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari bo‘yicha belgilanadi.
2. Vasiyatning shakli vasiyat qoldiruvchi vasiyat tuzilayotgan vaqtda fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga ko‘ra belgilanadi. Biroq hududida vasiyatnoma tuzilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga rioya qilinganligi ham yetarli deb topilishi mumkin. Bu qoida vasiyatnomani bekor qilishga ham taalluqli.
3. Vasiyatnomani ochish va e’lon qilish vasiyatnoma qaysi Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lsa, o‘sha Tomonning adliya muassasalari tarafidan amalga oshiriladi. Agar merosxo‘rlik to‘g‘risida ishni ko‘rib chiqishga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi vakolatli bo‘lsa, unga vasiyatnomaning tasdiqlangan nusxasi hamda uni ochish va e’lon qilish bayonnomasi yuboriladi.
45-modda
Meros qilib olish haqidagi ishlar bo‘yicha vakolat
Meros qilib olish haqidagi ishlar bo‘yicha vakolat
1. Ko‘char mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar bo‘yicha ko‘rib chiqishni meros qoldiruvchi vafot etgan vaqtda hududida turar joyga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari olib borishga vakolatlidir.
2. Ko‘chmas mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar bo‘yicha ko‘rib chiqishni mulk joylashgan hududdagi Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasasi ko‘rib chiqishga vakolatlidir.
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlaridagi qoidalar meros to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqiladigan ishlar munosabati bilan paydo bo‘ladigan nizolarni ko‘rib chiqishda ham qo‘llaniladi.
46-modda
Meros qilib olish ishlari bo‘yicha diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining vakolati
Meros qilib olish ishlari bo‘yicha diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining vakolati
Meros qilib olish ishlari bo‘yicha, shu jumladan, meros olish nizolari bo‘yicha Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, merosdan voz kechish huquqini istisno qilganda, o‘z davlatining fuqarolarini, agar ular bo‘lmasalar yoki vakil tayinlamagan bo‘lsalar, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalarida maxsus ishonchnoma qog‘ozisiz ifodalash uchun vakolatlidir.
47-modda
O‘lganlik to‘g‘risida xabar qilish
O‘lganlik to‘g‘risida xabar qilish
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida o‘lgan bo‘lsa, bu Ahdlashuvchi Tomonning tegishli organi o‘lgan shaxs fuqarosi bo‘lgan davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga uning o‘lganligi, shuningdek undan topilgan merosxo‘rlar haqidagi ma’lumotlar, ularning yashash yoki turar joyi, meros qoldirilgan mulkning ko‘lami va qiymati hamda, agar bor bo‘lsa, vasiyati to‘g‘risida xabar beradi.
48-modda
Merosni muhofaza qilish choralari
Merosni muhofaza qilish choralari
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari o‘z qonunlariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari tomonidan o‘z hududlarida qoldirilgan merosni muhofaza qilish yoki unga egalik qilish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘radilar.
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq ko‘rilgan choralar to‘g‘risida meros beruvchi fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tezda xabardor qilinadi. Ko‘rsatilgan vakolatxona yoki adliya muassasasi ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin.
3. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq ko‘rilgan chora-tadbirlar meros olish to‘g‘risidagi ishni amalga oshirishga vakolati bo‘lgan adliya muassasasining so‘roviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
49-modda
Merosni berish
Merosni berish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida meros qolgan ko‘char mulk yoki meros qolgan ko‘char yoki ko‘chmas mulkni sotishdan tushgan pul summasi meros olishni ko‘rib chiqish tugaganidan so‘ng yashash joyi yoki turar joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan merosxo‘rlarga berilishi zarur bo‘lsa, biroq ularga yoki ularning qonuniy vakillariga bu mulk yoki summani berishning iloji bo‘lmasa, unda merosga qolgan mulk yoki tushgan pul summasi ushbu Ahdlashuvchi Tomon diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga topshiriladi.
2. Meros qilib olish haqidagi ishlar bo‘yicha vakolatli bo‘lgan adliya muassasasi meros qolgan mulkni diplomatik yoki konsullik muassasasiga berish to‘g‘risida farmoyish beradi.
3. Bu mulk quyidagi hollarda merosxo‘rlarga berilish mumkin:
3.1. meros qolgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlarida belgilangan muddatda meros qoldiruvchining kreditorlari bildirgan barcha talablar to‘langan yoki ta’minlangan bo‘lsa;
3.2. meros qilib olish bilan bog‘liq barcha soliq va yig‘imlar to‘langan yoki ta’minlangan bo‘lsa;
3.3. zarurat bo‘lsa, Ahdlashuvchi Tomonlarining muassasalari meros qoldirilgan mulkni olib chiqib ketishga ruxsat bergan bo‘lsa.
4. Pul summalarini o‘tkazish Ahdlashuvchi Tomonlar qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
III bo‘lim
Qarorlarni e’tirof etish va bajarish
Qarorlarni e’tirof etish va bajarish
50-modda
E’tirof etish predmeti va qarorlarni bajarish
E’tirof etish predmeti va qarorlarni bajarish
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan quyidagi qarorlarni e’tirof etadi va bajaradi:
1) adliya muassasalarining fuqarolik ishlar bo‘yicha qarorlari, shuningdek shunday ishlar bo‘yicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlari va fuqarolik ishlari bo‘yicha notarial dalolatnomalar;
2) jinoyat tufayli ko‘rilgan zararni qoplashga oid jinoiy ishlar bo‘yicha sudlarning hukmlari;
3) arbitraj sudlarining hukmlari;
4) sudlarning sud xarajatlarini qoplash yuzasidan chiqargan qarorlari.
51-modda
Bajarilishi talab etilmaydigan qarorlarni e’tirof etish
Bajarilishi talab etilmaydigan qarorlarni e’tirof etish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan, o‘z xususiyatiga ko‘ra bajarilishi talab etilmaydigan qarorlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida maxsus ishlarni bajarmasdan quyidagi shartlarda e’tirof etiladi, agar:
1.1. so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ilgari bu ishlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan qarorlar chiqarmagan bo‘lsa;
1.2. ushbu Shartnomaga ko‘ra ish, qaror hududida e’tirof etilishi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga ko‘ra ular tomonidan nazarda tutilmagan hollarda ular Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarining alohida vakolatlariga taalluqli bo‘lmasa.
2. Ushbu modda 1-bandining qoidalari vasiylik va homiylik bo‘yicha qarorlarga ham tegishli bo‘ladi.
52-modda
Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish
Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish
1. Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish to‘g‘risidagi so‘rovni ijro etilishi kerak bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga beriladi. So‘rovnoma birinchi pog‘onadagi ish bo‘yicha qaror chiqargan sudga ham kiritilishi mumkin. Ushbu sud uni so‘rov bo‘yicha qaror chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan sudga jo‘natadi.
2. So‘rovga quyidagilar ilova qilinadi:
2.1. qaror yoki uning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek qaror qonuniy kuchga kirganligi va ijro etilishi kerakligi haqidagi rasmiy hujjat yoki u qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak bo‘lgan, agar bu qarorning o‘zidan kelib chiqmasa, hujjat;
2.2. jarayonda ishtirok etmagan tomonga qarshi qaror chiqarilganligini, belgilangan tartibda va o‘z vaqtida sudga chaqirtirilganligini, uning protsessual muomalaga layoqatli emasligi hollarida esa o‘z qonuniy vakillari orqali ishtirok etganligini bildiruvchi hujjat;
2.3. hujjat jo‘natilishi vaqtida qarorlar qisman bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat, agar u qisman bajarilgan bo‘lsa;
2.4. shartnomada kelishiladigan sudli ishlar bo‘yicha tomonlarning kelishuvini tasdiqlovchi hujjat.
3. Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish to‘g‘risidagi so‘rov va unga ilova qilingan hujjatlar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilidagi yoki rus tilidagi tasdiqlangan tarjimasi bilan ta’minlanadi.
53-modda
Qarorlarni e’tirof etish va majburiy bajarish tartibi
Qarorlarni e’tirof etish va majburiy bajarish tartibi
1. Qarorni majburiy bajarishni e’tirof etish va ruxsat berish to‘g‘risidagi so‘rovni ko‘rib chiqadigan sud ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan shartlarga rioya qilinganini belgilash bilan cheklanadi. Shartlarga rioya qilingan bo‘lsa, sud majburiy bajarish to‘g‘risida hukm chiqaradi.
2. Majburiy bajarish tartibi hududida bajarish amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga muvofiq belgilanadi.
3. Qarorlarni e’tirof etish va majburiy bajarishga bog‘liq xarajatlar da’vogar(ariza beruvchi)ga muassasasi shunday qaror chiqargan Ahdlashuvchi Tomon qonunlarida belgilangan tartibda undirib beriladi.
4. Bir Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasasi qarorlarini bajarishda e’tirof etish va majburiy bajarishning oqibatlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida ham xuddi o‘z adliya muassasalarining qarorlari kabi yuridik kuchga molik bo‘ladi.
54-modda
Qarorlarni e’tirof etish hamda bajarishni rad etish
Qarorlarni e’tirof etish hamda bajarishni rad etish
50-moddada nazarda tutilgan qarorlarni e’tirof etish hamda majburiy bajarish uchun ruxsatnoma berish quyidagi hollarda rad qilinishi mumkin:
1) hududida qaror chiqarilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq u qonuniy kuchga kirmaganda yoki ijro etilishi kerak bo‘lmaganda, qaror qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak bo‘lgan hollar bundan mustasno;
2) javobgar unga yoki uning qonuniy vakiliga o‘z vaqtida va tegishli ravishda sudga kelish uchun chaqiriq qog‘ozi berilmaganligi sababli jarayonda qatnashmaganda;
3) ushbu tomonlar o‘rtasidagi ushbu bahs bo‘yicha shu qaror e’tirof etilishi va ijro etilishi lozim bo‘lgan va shu asosda Ahdlashuvchi Tomon hududida oldin ham qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan yoki uchinchi davlat sudining e’tirof etilgan qarori bo‘lgan yoxud bu Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasasi tomonidan ushbu ish bo‘yicha ko‘rib chiqish qo‘zg‘atilganida;
4) ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq, ushbu Shartnomada ko‘zda tutilmagan hollarda esa hududida qaror e’tirof etilishi va bajarilishi zarur bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga asosan ish uning muassasalarining mutlaq vakolatiga taalluqli bo‘lganda;
5) shartnomada kelishiladigan sudga tegishli ish bo‘yicha tomonlarning kelishuvini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmaganda;
6) sud ko‘rib chiqayotgan qarorlarni e’tirof etish va ijro etish to‘g‘risidagi so‘rovnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunlarida nazarda tutilgan majburiy ijro etish muddati o‘tib ketganda.
IV bo‘lim
Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar
Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar
I qism
Ushlab berish
Ushlab berish
55-modda
Ushlab berish majburiyati
Ushlab berish majburiyati
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bir-birlarining so‘rovlariga ko‘ra o‘zlarining hududlaridagi jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish sababli yoxud shunday jinoyat sababli hukmni ijro etish so‘rayotgan davlatda qidirilayotgan shaxslarni ushlab berish majburiyatini oladilar.
56-modda
Ushlab berishga olib keladigan jinoyatlar
Ushlab berishga olib keladigan jinoyatlar
1. Ushbu Shartnoma maqsadlariga ushlab berishga sabab bo‘lgan so‘ralayotgan va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunlariga muvofiq jinoyat hisoblanadigan huquqbuzarliklar kamida bir yildan ortiq ozodlikdan mahrum etish yoki yanada og‘irroq jazo bilan jazolanadilar.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgani bo‘yicha chiqarilgan hukmni ijro etish uchun ushlab berish, agar jazo muddati tamom bo‘lgunga qadar kamida olti oy qolgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
3. Agar ushlab berish haqidagi so‘rovnoma bir necha alohida jinoyatlarga taalluqli bo‘lsa, ulardan hammasi ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelmasa, unda talab qilinayotgan jinoyatchini berishga, hech bo‘lmaganda jinoyatlardan biri olib kelsa, shu shart bilan ruxsat etilishi mumkin.
57-modda
Ushlab berishni rad etish uchun asos
Ushlab berishni rad etish uchun asos
1. Quyidagi hollarda ushlab berish rad etiladi;
1.1. amalga oshirilgan jinoyat tufayli ushlab berish so‘ralayotgan jinoiy ta’qib Ahdlashuvchi Tomonlarning huquqiy tartibiga ko‘ra jabrlanuvchining arziga ko‘ra qo‘zg‘atiladigan bo‘lsa;
1.2. amalga oshirilgan jinoyat tufayli ushlab so‘ralayotgan jinoiy ta’qib butunlay yoki qisman so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshirilgan bo‘lsa, bunga jinoyat sodir etilgan paytda shu Ahdlashuvchi Tomonning bayrog‘i ostidagi kema hamda uning huquqiy tartibiga muvofiq ro‘yxatga olingan havo kemasi ham kiradi;
1.3. ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rov kelib tushishiga sabab bo‘lgan huquqbuzarlikka so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga binoan o‘lim jazosi berilsa va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon fikricha, Ahdlashuvchi Tomon u o‘limga hukm qilinmasligiga yoki o‘lim to‘g‘risida chiqarilgan hukm ijro etilmasligiga yetarli darajada ishonchli kafolat bermagan bo‘lsa.
2. Ushlab berish quyidagi hollarda ham rad etilishi mumkin:
2.1. so‘ralayotgan tomonda jinoiy taftish qo‘zg‘atish mumkin bo‘lmasa, yoki hukmni istalgan sababga ko‘ra ijro etish mumkin bo‘lmasa, bunga muddat o‘tganligi yoki afv etish muddati o‘tganligi ham kiradi;
2.2. so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xuddi shu jinoiy qilmish bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hukm chiqarilgan, yoki shu ish bo‘yicha ishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqarilgan bo‘lsa;
2.3. so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon umumiy jinoyat bo‘yicha ushlab berilishi so‘ralayotgan shaxsni uning irqi, dini, millati yoki siyosiy qarashlari tufayli ta’qib etish yoki jazolash maqsadida berilgan, deb taxmin qilish uchun yetarli asoslarga ega bo‘lsa;
2.4. ushlab berilishi talab etilayotgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi bo‘lsa yoki unga ushbu davlatda boshpana berilgan bo‘lsa;
2.5. ushlab berishni so‘rashga olib kelgan harbiy jinoyatni so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon umumiy jinoyat hisoblamasa.
58-modda
Ushlab berish to‘g‘risida so‘rov va zarur hujjatlar
Ushlab berish to‘g‘risida so‘rov va zarur hujjatlar
1. Ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rov yozma holda jo‘natiladi. Unda ushlab berish talab etilayotgan shaxs to‘g‘risidagi zarur axborotlar, shuningdek uning fuqaroligi va yashash joyi yoki turar joyi haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
2. Ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rovga barcha hollarda quyidagilar ilova qilinadi:
2.1. ushbu shaxsning kimligini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan har qanday axborot bilan bir qatorda iloji boricha aniq bayon-tasviri, shuningdek fotosurati yoki agar bo‘lsa, barmoq izlari tasviri kabilar;
2.2. ushbu jinoyatni toifalovchi tegishli qoidaning matni yoki zarur bo‘lsa, ushbu jinoyatga to‘g‘ri keladigan tegishli qonundan ko‘chirma va ushbu jinoyatga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan jazoning bayon-tasviri.
3. Agar talab qilingan shaxs jinoyatda ayblanayotgan bo‘lsa, ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rovga uni qamoqqa olish haqidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi, jinoyatning faktik bayoni, shuningdek jinoyat sodir etilgan vaqt va joy, moddiy zarar haqidagi, agar shunday zarar ko‘rilgan bo‘lsa, ma’lumotlar ilova qilinadi.
4. Agar talab qilinayotgan shaxs jinoyat uchun hukm qilingan bo‘lsa, jinoyatchini ushlab berish haqidagi so‘rovga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan nusxasi va agar hukm qilingan shaxs jazoning bir qismini o‘tagan bo‘lsa, jazoning o‘talmagan qismi haqidagi ma’lumotlar bayon qilingan holda ilova qilinadi.
5. Ushlab berish haqidagi so‘rov va unga ilova qilinadigan hujjatlar ushbu Shartnomaning 17-moddasiga muvofiq tuziladi.
6. Ushlab berish haqidagi so‘rov talab qilinayotgan shaxsning so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi turar joyi ma’lum bo‘lgan hollarda jo‘natiladi.
59-modda
Ushlab berish haqidagi so‘rov yuzasidan qaror
Ushlab berish haqidagi so‘rov yuzasidan qaror
1. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘z qonunlarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ushlab berish haqidagi so‘rovni ko‘rib chiqadi va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga o‘z qarori haqida zudlik bilan xabar qiladi.
2. So‘rovni qondirishga qaror qilingan hollarda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon talab qilinayotgan shaxsni qamoqqa olish uchun tezlik bilan chora-tadbirlar ko‘radi. Bu shaxsning qamoqqa olinganligi haqida so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga zudlik bilan xabar qilinadi.
3. Ushlab berish haqidagi so‘rovni qondirishni har qanday to‘liq yoki qisman rad etish tegishli sabablar bilan asoslab beriladi.
60-modda
Qo‘shimcha axborot
Qo‘shimcha axborot
1. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushlab berish haqida taqdim etilgan so‘rovni asoslashda axborot yetarli emas deb hisoblasa, u 20 kun ichida qo‘shimcha axborot berishni talab qilishi mumkin. Ayni zamonda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon talab etilayotgan shaxsning o‘z hududidan chiqib ketishining imkoniyatini oldini olish uchun zarur chora-tadbirlarini ko‘rishi mumkin.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga iloji boricha qisqa muddat ichida qo‘shimcha axborot taqdim etish uchun zarur choralar ko‘radi.
61-modda
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish
1. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tegishli organlar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomondan ushlab berilishi talab qilinayotgan shaxsni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni talab qilishlari mumkin.
2. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni so‘rab qilingan so‘rovda 58-moddada ko‘rsatilgan hujjatlar ushlab berilishi to‘g‘risidagi so‘rovga qo‘shib berilishni ko‘rsatib o‘tish zarur. Unda, shuningdek ushlab berilishni so‘ralgan jinoyat, uning qachon va qayerda sodir etilganligi va mumkin bo‘lsa, talab etilayotgan shaxsni tavsiflash.
3. Ushlab turish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish to‘g‘risidagi so‘rov so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik kanallari orqali yoki bevosita pochta orqali, telegramma, teleks, telefaks yoki Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti INTERPOL vositasida berilishi mumkin. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning markaziy organi so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga so‘rov bo‘yicha qarori to‘g‘risida zudlik bilan xabar qiladi.
4. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon 58-moddada ko‘rsatilgan hujjatlarni va ushlab berish haqidagi so‘rovni 60 kun mobaynida olmasa, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxsni ozod qilishi mumkin. Qamoqqa olingan shaxs muddatidan ilgariroq ozod qilinishi ham mumkin, ammo so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘zi zarur deb topgan, ushlab turib berilishi talab etilayotgan shaxsning qochib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralarni ko‘radi.
5. Shaxsning ozod qilinishi uni ushlab berish haqidagi so‘rov va tasdiqlovchi hujjatlar olingan taqdirda uni takroriy ushlab berish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga to‘sqinlik qilmaydi.
62-modda
Shaxsni topshirish
Shaxsni topshirish
1. Ushlab berish haqidagi so‘rov qanoatlantirilganligi to‘g‘risida xabarnoma olinganidan so‘ng Ahdlashuvchi Tomonlar talab qilinayotgan shaxsni topshirish vaqti, joyi va tartibini kelishib oladilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birontasi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli ushlab berilayotgan shaxsni topshirish yoki qabul qilib olish imkoniga ega bo‘lmasa, bu to‘g‘risida u darhol boshqa Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi. So‘ralayotgan va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar birgalikda topshirishning yangi muddatini belgilaydilar, ammo talab etilayotgan shaxs bu muddatda ham qabul qilib olinmasa, u ozod qilinishi mumkin.
63-modda
Ushlab berish muddatini uzaytirish yoki vaqtincha berish
Ushlab berish muddatini uzaytirish yoki vaqtincha berish
1. Ushlab berilishi talab etilayotgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida jinoiy javobgarlikka tortilsa yoki boshqa qilmishi uchun hukm qilingan bo‘lsa, uni berish muddati jinoiy ta’qib qilish to‘xtatilgunga, hukm ijro etilgunga yoki jazodan ozod qilingunga qadar uzaytirilishi mumkin.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan ushlab berishni va topshirishni uzaytirish muddatni o‘tkazib yuborishga yoki shaxsga nisbatan tergovga jiddiy zarar yetkazishga olib kelishi mumkin bo‘lsa, Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomondan talab qilinayotgan shaxsni berish muddatini uzaytirish o‘rniga va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar bilan birgalikda belgilanadigan shartlarga muvofiq vaqtinchaga berishi mumkin.
3. Vaqtincha berilgan shaxs, u topshirilgan jinoiy ish bo‘yicha harakatlar tugagach, kechiktirmasdan qaytarib berilishi kerak. Chunki mazkur shaxs so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi bo‘lmagan yoki unga so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomondan boshpana berilmagan emas. Bunday fakt yuzasidan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga vaqtinchalik berishdan avval axborot berilishi shart.
64-modda
Maxsus qoida
Maxsus qoida
1. So‘ralayotgan .Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bo‘lmasa, ushbu Shartnomaga muvofiq ushlab berilgan shaxsga nisbatan ushlab berilishiga olib kelgan jinoyatidan tashqari, jinoiy ta’qib qilish, hukm chiqarish amalga oshirilmaydi va u so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida berilgunga qadar sodir etilgan jinoyat uchun uning shaxsiy ozodligi qandaydir cheklashlarga tortilmaydi.
Ushbu moddaga muvofiq so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligini olish uchun berilgan so‘rovga ushbu Shartnomaning 58-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova etilishi kerak.
2. Ushlab berilgan shaxs so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan chiqib ketish imkoniyatiga ega bo‘lsa va uni jinoyat uchun javobgarlikdan butunlay ozod etilgandan so‘ng bir oy davomida chiqib ketmasa, yoki ushbu shaxs oldin undan chiqib ketib, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga ixtiyoriy ravishda qaytib kelsa, ushbu moddaning 1-bandi qoidasi qo‘llanilmaydi.
65-modda
Muvofiq so‘rovlar yoki uchinchi davlatga ushlab berish
Muvofiq so‘rovlar yoki uchinchi davlatga ushlab berish
1. Agar bir Ahdlashuvchi Tomon bir shaxsni ushlab berish to‘g‘risida bir vaqtning o‘zida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon va qaysidir uchinchi davlatning so‘rovni olsa, qaysi so‘rovni qondirilishini uning o‘zi hal qiladi.
2. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz talab etilayotgan uchinchi davlatga ushlab berishga haqli emas, ushbu Shartnoma 64-moddasining 2-bandida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
66-modda
Takroriy ushlab berish
Takroriy ushlab berish
Berilgan shaxs so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoyat uchun javobgarlikdan butunlay ozod qilingunga qadar Ahdlashuvchi Tomon hududiga qaytsa, unda bu shaxsni takroriy ushlab borish ushbu Shartnomaning 58- va 60-moddalarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etmasdan tegishli so‘rov bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
67-modda
Mol-mulkni berish
Mol-mulkni berish
1. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlari yo‘l qo‘yadigan darajada va tegishli ravishda rioya qilinishi lozim bo‘lgan uchinchi tomonning huquqlarini hisobga olib, so‘ralayotgan davlatda barcha aniqlangan, jinoyat natijasida sotib olingan, shaxsni qaytarishga sabab bo‘lgan yoki jinoiy ish bo‘yicha dalil sifatida talab qilinishi mumkin bo‘lgan mol-mulk, agar berish ruxsat etilgan bo‘lsa, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning so‘rovi bo‘yicha beriladi.
2. Yuqorida eslatilgan mol-mulk, agar bu haqda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan bo‘lsa, hatto ushlab berilishi talab etilayotgan shaxsning qochganligi yoki o‘lganligi holatida ham, ana shu Ahdlashuvchi Tomonga berilishi mumkin.
3. Agar aytib o‘tilgan mol-mulk so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga jinoiy ish bo‘yicha dalil sifatida zarur bo‘lsa, unda uni borish ish bo‘yicha ishlar tugagunga qadar muddati uzaytirilishi mumkin.
4. Agar aytib o‘tilgan mol-mulk so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida hibsga olinishi yoki musodara etilishi kerak bo‘lsa ham bu Tomon uni ushlab turishi yoki vaqtincha berib turishi mumkin.
5. Agar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini himoya qilish taqozo etsa, bunday tartibda berilgan har qanday mulk, agar buni ushbu Tomon talab qilsa, sud muhokamasi tamom bo‘lishi bilan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga tekinga qaytariladi.
68-modda
Tranzit tashish
Tranzit tashish
1. Shaxs uchinchi davlatdan bir Ahdlashuvchi Tomonga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi orqali berilishi kerak bo‘lsa, unda bu oluvchi Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomondan bu shaxsni uning hududi orqali tranzit olib o‘tish uchun ruxsat so‘raydi. Ushbu qoida havo transportidan foydalangan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga qo‘nish rejalashtirilmagan hollarda qo‘llanmaydi.
2. Shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jinoiy qilmishning qisqacha bayoni hamda hibsga olish to‘g‘risida qaror ilova etilgan so‘rov olingandan so‘ng so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘z qonunlarida nazarda tutilgan tartibotlarga muvofiq ushbu so‘rovni ko‘rib chiqadi va agar u o‘zining asosiy manfaatlariga zarar yetkazmasa, ushbu so‘rovnomani tezlik bilan qondiradi. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli adliya muassasalari har biri alohida holda tranzit usullari, yo‘nalishlari va boshqa shartlarini kelishib oladilar.
3. Tranzit tashishlar vaqtida tranzit davlati qamoqdagi saqlashning yuridik imkoniyatlarini ta’minlaydi va olib ketilayotgan kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakillariga zarur yordam ko‘rsatadi.
4. Ahdlashuvchi Tomon hududidan uchib o‘tayotgan havo kemasi bu yerda rejadan tashqari qo‘ngan hollarda u olib ketilayotgan shaxsni kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakillarining so‘rovnomasiga ko‘ra ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq olib ketilayotgan shaxsni tranzit tashish to‘g‘risida so‘rovnoma olgunga qadar 48 soat davomida qamoqda saqlashi mumkin. Bunday so‘rov matnni berishning texnik vositalari, shuningdek telegraf, teleks, telefaks yordamida berilishi mumkin.
5. Tranzit tashishga bog‘liq xarajatlarni so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon ko‘taradi.
69-modda
Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritish natijalari to‘g‘risida xabar berish
Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritish natijalari to‘g‘risida xabar berish
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zlariga berilgan shaxslarga qarshi jinoiy ish bo‘yicha ish yuritish natijalaridan bir-birlarini xabardor qilib turadilar. So‘rovnomaga ko‘ra hal qiluv qarorining nusxasi ham jo‘natiladi.
II QISM
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish
70-modda
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish mumkinligi
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish mumkinligi
1. Agar shaxsni ushlab berish imkoni bo‘lmasa, Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomondan jinoyatni sodir etishda shubha qilinayotgan shaxsni so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq jinoiy ta’qib qilishni so‘rashi mumkin.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri o‘zining qonunlariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomonning so‘roviga ko‘ra o‘z fuqarosini yoki boshqa shaxslarni jinoiy ta’qib qilishlari mumkin, agar bu shaxslar jinoyatni sodir etishda shubha qilinayotgan bo‘lsalar, shuningdek ushbu jinoyat ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar uchun jinoiy harakat deb hisoblansa.
71-modda
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish to‘g‘risida so‘rov va zarur hujjatlar
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish to‘g‘risida so‘rov va zarur hujjatlar
1. Jinoiy ta’qibni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rov yozma holda yuboriladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
1.1. tergov yoki sud taftishini o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan so‘rayotgan adliya muassasasi va so‘ralayotgan adliya muassasasining nomi;
1.2. jinoiy sudlov ishlarini berish to‘g‘risida yuborilayotgan so‘rov munosabati bilan qilmishning bayoni, shuningdek jinoyat sodir etilgan joy va vaqt haqidagi ma’lumot;
1.3. jinoyat sodir etganlik to‘g‘risidagi shubhani asoslovchi tergov natijalari bayoni;
1.4. gumondor shaxsning kimligi, fuqaroligi va yashash joyi haqida yetarli darajadagi aniq ma’lumot;
1.5. jinoyat natijasida keltirilgan ziyonning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2. Jinoiy ta’qibni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
2.1. so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunining ayni qilmishni jinoiy ayb deb baholashga asos bo‘ladigan matni, shuningdek ishni taftish etishda ahamiyatli bo‘lgan boshqa qonunchilik me’yorlarining matnlari;
2.2. jabrlanuvchining shikoyatiga ko‘ra qo‘zg‘atiladigan jinoiy ishlar bo‘yicha jabrlanuvchilarning arizalar va zararni qoplash to‘g‘risidagi arizalar;
2.3. shubha qilinayotgan shaxsning kimligini aniqlashga imkon beradigan har qanday axborot, shuningdek, uning tashqi ko‘rinishi bayoni, fotosurati va boshqa tasvirlar.
3. Ishda mavjud bo‘lgan har bir hujjat so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli adliya muassasasi tomonidan gerbli muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
4. So‘rov va unga ilova qilinadigan hujjatlar ushbu Shartnomaning 17-moddasi qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
72-modda
Haqiqiylikni shahodatlantirish va tasdiqlash
Haqiqiylikni shahodatlantirish va tasdiqlash
Milliy qonunlar va ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan hollardan tashqari, agar Ahdlashuvchi Tomonlar boshqacha kelishib olmagan bo‘lsalar, ta’qibni amalga oshirish uchun so‘rovga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek, so‘rovga javob tariqasida berilgan hujjatlar va boshqa xil materiallarning haqiqiyligi shahodatlantirish va tasdiqlashni talab qilmaydi.
73-modda
So‘rovning bajarilishi to‘g‘risida xabar
So‘rovning bajarilishi to‘g‘risida xabar
So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga jinoiy ish bo‘yicha o‘zining hal qiluv qarori to‘g‘risida ma’lumot berishi kerak. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning so‘roviga ko‘ra hal qiluv qarorining nusxasi jo‘natiladi.
74-modda
So‘rovni rad etish uchun asoslar
So‘rovni rad etish uchun asoslar
1. Ahdlashuvchi Tomon jinoiy ta’qibni amalga oshirish haqidagi so‘rovni qabul qilishdan bosh tortsa, u so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni rad etish sabablari haqida xabardor qiladi.
2. Ahdlashuvchi Tomonning milliy qonunlari jinoiy ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymasa, jinoiy ta’qib haqidagi so‘rovni qabul qilish rad etilishi mumkin.
75-modda
Jabrlanuvchining huquqi
Jabrlanuvchining huquqi
Ta’qib to‘g‘risidagi ishni berishda so‘rayotgan va so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar jinoyatdan jabr ko‘rgan shaxsning huquqi, ayniqsa, ko‘rilgan zararni qoplashdagi uning huquqi buzilmasligini ta’minlaydilar.
76-modda
Jinoiy ta’qib ishni berishning so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon uchun oqibatlari
Jinoiy ta’qib ishni berishning so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon uchun oqibatlari
Jinoiy ta’qib qilish to‘g‘risidagi so‘rov Ahdlashuvchi Tomon tarafidan qabul qilinganidan so‘ng so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy ta’qib qilishni to‘xtatadi. Ammo so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga bu Tomon ish bo‘yicha hal qiluvchi qaror chiqarganligi to‘g‘risida xabar qilmagunicha yuridik yordam berish bundan mustasnodir. Mazkur xabarni olgandan so‘ng so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon ayni jinoyat bilan bog‘liq jinoiy ta’qibni to‘xtatadi.
77-modda
Jinoiy ta’qib ishni berishning so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon uchun oqibatlari
Jinoiy ta’qib ishni berishning so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon uchun oqibatlari
1. Kelishuvga ko‘ra berilgan jinoiy ta’qib ishi materiallari so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga ko‘ra tartibga solinadi, Shubha qilinayotgan shaxsga ayb qo‘yilganda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi o‘z qonunlariga muvofiq jinoyat tarkibini tashkil etuvchi aniq elementlarga oid zarur tuzatishlar kiritadi. Bu davlatda e’lon qilingan jazo chorasi so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlarida nazarda tutilganidan qattiqroq bo‘lmasligi kerak.
2. Ahdlashuvchi Tomon hududida uning qonunlariga muvofiq amalga oshiriladigan sud taftishi yoki tartibotlar taqozo etadigan har qanday harakat so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga ko‘ra bunday harakat qanchalik mos kelsa, qanday harakat bo‘lmasin, agar ushbu davlatda yoki ushbu davlat adliya muassasalari tomonidan sodir bo‘lsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida shunday yuridik kuchga ega bo‘ladi.
3. Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni jinoiy ta’qibni amalga oshirish haqidagi so‘rovnoma bo‘yicha sud muhokamasi natijasida qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi. Shu maqsadda har qanday hal qiluv qarorining nusxasi beriladi.
78-modda
Vaqtinchalik choralar
Vaqtinchalik choralar
So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy ta’qib qilish to‘g‘risida so‘rov yuborish haqida o‘z niyatini bildirsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon Ahdlashuvchi Tomonning ushbu maqsadda yuborilgan maxsus so‘rovini olgandan so‘ng barcha vaqtinchalik choralarni qo‘llashi mumkin, shuningdek, dastlabki ushlash kabi qanday choralar ko‘rish mumkin bo‘lsa, agar jinoyat, jinoiy ta’qibni amalga oshirish haqidagi so‘rov yuborilgan, uning hududida sodir etilgan bo‘lsa so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga muvofiq qo‘llanishi.
III qism
Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida maxsus qoidalar
Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida maxsus qoidalar
79-modda
Hibsda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum etish tarzida jazoni o‘tayotgan shaxslarni vaqtincha berish
Hibsda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum etish tarzida jazoni o‘tayotgan shaxslarni vaqtincha berish
1. Tomonlar o‘z qonunlariga muvofiq va qamoqda saqlanayotgan shaxslarning roziligi bilan tegishli so‘rovlar bo‘lganda tergov ishlarini o‘tkazishda ko‘rsatmalar berish yoki yordam ko‘rsatish maqsadida ularni bir-birlariga vaqtinchalik berishlari mumkin.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shaxslarni berish so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonidan belgilangan muddat va shartlarga muvofiq, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon bilan kelishib olingandan so‘ng, lekin bir oydan oshmagan muddatda, alohida hollarda esa uzog‘i bilan ikki oy muddatga berilishi mumkin.
80-modda
Tintish va olib qo‘yish
Tintish va olib qo‘yish
So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘z qonunlari yo‘l qo‘yadigan doiralarda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu Shartnomaning 67-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda jinoiy ish bo‘yicha isbot sifatida foydalanish uchun buyumlar va hujjatlarni tintish, olib qo‘yish va berish to‘g‘risidagi so‘rovini bajaradi.
81-modda
Jinoyat orqali topilgan daromadlar
Jinoyat orqali topilgan daromadlar
Ahdlashuvchi Tomonlar jinoyat orqali topilgan daromadlarni aniqlashda, olib qo‘yishda va musodara qilishda bir-birlariga yordam ko‘rsatadilar. Ushbu Shartnomada “jinoyat orqali topilgan daromadlar” tushunchasi jinoyat oqibatida to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita olingan yoki sotilgan har qanday shubhali yoki sud tomonidan jinoyat natijasida olingan deb topilgan mulkni yoki o‘zida mulk qiymatini ifodalovchi mulkni yoxud boshqa foydali daromadlarni ifodalaydi.
82-modda
Jinoyat orqali topilgan daromadlar borasida yordam ko‘rsatish
Jinoyat orqali topilgan daromadlar borasida yordam ko‘rsatish
1. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga jinoyat orqali topilgan daromadlar borasida yordam to‘g‘risida so‘rov yuborar ekan, o‘zi bunday so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdikatsiyasi doirasida bo‘lishi mumkin deb hisoblagan sabablar haqida ma’lum qiladi.
2. Ahdlashuvchi Tomon bundan so‘rovni olgandan so‘ng jinoyat orqali topilgan biron-bir daromad uning yurisdikatsiyasi doirasida bor-yo‘qligini aniqlash uchun zarur choralar ko‘radi hamda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni tekshirish natijalaridan xabardor qiladi.
3. Jinoyat orqali topilgan deb taxmin qilinayotgan daromadlarning borligi aniqlansa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, tegishli so‘rov mavjud bo‘lgan, ushbu daromadlarga nisbatan so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon sudi tomonidan hal qiluvchi qaror qabul qilingunga qadar gumon jinoyat tufayli olingan ushbu ustida ularni berib yuborilishiga taalluqli biron-bir operatsiya o‘tkazishga, yoki ulardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘z qonunlari yo‘l qo‘yadigan choralarni ko‘radi.
4. Ahdlashuvchi Tomon o‘z qonunlarida belgilangan darajada va ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning jinoyat orqali topilgan daromadlarni olib qo‘yish yoki musodara qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini ijro etadi ijro etishga sanksiya beradi yoki Ahdlashuvchi Tomonning so‘roviga muvofiq ushbu daromadlarni olish uchun boshqa zarur choralar ko‘radi.
5. Tomonlar ushbu moddani qo‘llashda halol uchinchi tomonlarning huquqlariga rioya etilishini ta’minlaydilar. Jinoiy faoliyat orqali topilgan daromadlarni berish esa ushbu Shartnomaning 67-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
83-modda
Ayblov hukmlar va sudlangan-sudlanmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar haqida xabar berish
Ayblov hukmlar va sudlangan-sudlanmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar haqida xabar berish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar o‘z sudlari tarafidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolariga nisbatan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmlari to‘g‘risida xabar beradilar va hukm qilinganlarning mavjud fotosuratlari hamda barmoq izlarini yuboradilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga so‘rovga ko‘ra, agar shaxs so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortilayotgan bo‘lsa, uning so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon sudlari tarafidan ilgari sudlangan-sudlanmaganligi to‘g‘risida ma’lumot beradilar.
84-modda
Maxfiylikka rioya qilish
Maxfiylikka rioya qilish
1. Tegishli so‘rov mavjud bo‘lgan taqdirda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon yordam ko‘rsatish to‘g‘risida so‘rov kelib tushganligini, uning mazmunini va tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, bunday yordam ko‘rsatganlik sir saqlanishi uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘radi. Maxfiylikni buzmagan holda so‘rovni qondirish imkoni bo‘lmasa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi va u shunga qaramay ushbu so‘rovni qondirish kerakligi yoki yo‘qligini aniqlaydi.
2 So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga berilgan ma’lumot va axborotni sir saqlaydi, ushbu ma’lumot va axborot so‘rovda ko‘rsatilgan tergov hamda sud tekshirishini o‘tkazish uchun talab qilingan hollar bundan mustasnodir.
85-modda
Foydalanishga oid cheklash
Foydalanishga oid cheklash
So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz u bergan axborot yoki ma’lumotlarni so‘rovda ko‘rsatilganidan tashqari biron-bir tergov yoki tekshiruv uchun foydalanmaydi yoki bermaydi. Biroq ayblov o‘zgargan taqdim etilgan materialdan qo‘yilgan aybga muvofiq jinoyat unga nisbatan ushbu Shartnomaga ko‘ra o‘zaro yordam ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan jinoyatni ifodalasa, o‘sha darajada foydalanish mumkin.
86-modda
Guvohlar, jabrlanuvchilar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini muhofaza qilish
Guvohlar, jabrlanuvchilar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini muhofaza qilish
Ahdlashuvchi Tomonlar zarurat bo‘lganda jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida kelib tushgan so‘rovga ko‘ra guvohlar, jabrlanuvchilar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini muhofaza qilish, shuningdek odil sudlovni amalga oshirish manfaatlari talab qilgan hollarda bunday ishlarni sudda ko‘rib chiqish yuzasidan o‘z qonunlarida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘radilar.
87-modda
Tashishga aloqador xarajatlar
Tashishga aloqador xarajatlar
Hibsda saqlanayotgan shaxslarni ko‘rsatma berish yoki ushbu Shartnomaning 79-moddasida ko‘zda tutilgan taftish o‘tkazish uchun yordam berish vaqtincha berishda tashishga aloqador xarajatlar, bunga ularni uchinchi davlatlar hududidan tranzit olib o‘tish xarajatlari ham kiradi, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon tarafidan qoplanadi.
88-modda
Jinoiy ishlar bo‘yicha yordam ko‘rsatishda Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalari vakillari va ayblanuvchilar himoyachilarining ishtirok etishi
Jinoiy ishlar bo‘yicha yordam ko‘rsatishda Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalari vakillari va ayblanuvchilar himoyachilarining ishtirok etishi
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalari vakillari va ayblanuvchilar himoyachilari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan mazkur Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarining jinoiy ishlar bo‘yicha yordam ko‘rsatishida ishtirok etishlari mumkin.
V-bo‘lim Yakuniy qoidalar
89-modda
Ushbu Shartnomani qo‘llashdagi masalalar
Ushbu Shartnomani qo‘llashdagi masalalar
Ushbu Shartnomani qo‘llashda paydo bo‘ladigan masalalar markaziy vakolatli adliya muassasalari o‘rtasida o‘zaro kelishuvga ko‘ra hal etiladi. Zaruriyat bo‘lganda kelib chiqqan anglashilmovchiliklarni tartibga solish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya organlari vakillaridan iborat qo‘shma komissiya tuzilishi mumkin.
90-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga munosabat
Boshqa xalqaro shartnomalarga munosabat
Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalarining qoidalariga daxl qilmaydi.
91-modda
Qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish
Qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish
Ahdlashuvchi Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra ushbu Shartnomaga uning 92-moddasida nazarda tutilgan shartlarga binoan kuchga kiradigan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
92-modda
Kuchga kirish
Kuchga kirish
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan boshlab to‘rtinchi oyining birinchi kuni kuchga kiradi.
93-modda
Amal qilish muddati
Amal qilish muddati
Ushbu Shartnoma kuchga kirish sanasidan boshlab besh yil davomida amal qiladi hamda uning amal qilish muddati, agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning amal qilishini to‘xtatish istagi to‘g‘risida yozma xabar yubormasa, keyingi besh yillik davrga o‘z-o‘zidan uzaytiriladi. Shartnoma boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnoma olgan sanadan boshlab olti oy o‘tgach o‘z kuchini yo‘qotadi.
94-modda
Vaqtga ko‘ra amal qilish
Vaqtga ko‘ra amal qilish
Ushbu Shartnoma qoidalari u kuchga kirgunga qadar bo‘lgan huquqiy munosabatlarga ham joriy etiladi.
Toshkent shahrida 2002-yil 18-yanvarda ikki asl nusxada, har biri o‘zbek, chex va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentdir. Shartnoma matnini talqin qilish chog‘ida yuzaga keladigan anglashilmovchiliklar bo‘yicha rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)