31.10.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvensiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preambula
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiyaga a’zo davlatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiya demokratik institutlar va qadriyatlar, etnik qadriyatlar va adolatga putur yetkazib hamda barqaror rivojlanish va huquq-tartibotga zarar keltirib, jamiyatning barqarorligi va xavfsizligi uchun vujudga keltiradigan muammo va tahdidlarning jiddiyligi yuzasidan tashvishga tushib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, korrupsiya va jinoyatchilikning boshqa shakllari, xususan, uyushgan va iqtisodiy jinoyatchilik o‘rtasidagi aloqalar, shu jumladan noqonuniy pul mablag‘larini legallashtirish kabi ko‘rinishlardan xavotirlanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamda davlatlar resurslarining katta ulushini tashkil etishi mumkin bo‘lgan va ushbu davlatlarning siyosiy barqarorligi va izchil rivojlanishini tahdid ostida soladigan katta hajmdagi aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiya holatlari kuzatilishi sababli hayajonga tushib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
endilikda korrupsiya lokal muammodan butun jamiyat va barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga daxl qiladigan va bu bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikning juda muhim ahamiyatini belgilaydigan transmilliy hodisaga aylanganligiga amin bo‘lib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish uchun keng qamrovli va ko‘p taraflama intizomiy yondashuv zarur ekanligiga ishonch bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamda samarali ravishda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida salohiyatni kuchaytirish va institutlarni yaratish yo‘li bilan davlatlar imkoniyatlarini kengaytirishda texnik yordam ko‘rsatilishi muhim rol o‘ynashi mumkinligini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
va ayni paytda, noqonuniy yo‘l bilan shaxsiy mol-mulk orttirish demokratik institutlar, milliy iqtisodiyot va huquq-tartibotga jiddiy putur yetkazishi mumkinligiga amin bo‘lib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy orttirilgan aktivlar xalqaro tartibda o‘tkazilishini yanada samarali oldini olish, aniqlash va bunga barham berish hamda aktivlarni qaytarishga qaratilgan choralarni ko‘rishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga dadillik bilan kirishishga shay bo‘lib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy huquqlarni aniqlash uchun jinoiy, fuqarolik yoki ma’muriy ish yuritish jarayonida qonunchilikda belgilangan huquqiy choralarni qo‘llash borasidagi eng asosiy tamoyillarni e’tirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaning oldini olish va butkul barham berish — bu barcha davlatlarning vazifasi va bu sohadagi sa’y-harakatlar samaradorligini ta’minlash uchun fuqarolik jamiyati, nohukumat tashkilotlar va jamoalar negizida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar kabi ommaviy sektor doirasidan tashqarida alohida shaxslar va guruhlar ko‘magi va ishtirokida bir-biri bilan hamkorlik qilishlari lozimligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamda ommaviy ishlar va ommaviy mol-mulkni tegishli darajada boshqarish, shuningdek adolat, mas’uliyat va qonun oldidagi tenglik, shuningdek, korrupsiyani rad etadigan madaniyatni shakllantirishga ko‘maklashish tamoyillarini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov Komissiyasining hamda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha Boshqarmasining ishiga yuqori baho berib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu sohada ish olib borayotgan boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan Afrika ittifoqi, Yevropa ittifoqi, Arab davlatlari ligasi, Amerika davlatlari tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda Bojxona hamkorligi bo‘yicha Kengash (shuningdek Jahon bojxona tashkiloti deb yuritiladi) tomonidan olib borilayotgan ishlarni dalil sifatida keltirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘p tomonlama hujjatlarni, va xususan, Amerika davlatlari tashkiloti tomonidan 1996-yil 29-mart kuni qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Amerikaaro konvensiyasi, Yevropa ittifoqi Kengashi tomonidan 1997-yil 26-mayda qabul qilingan Yevropa hamjamiyatining mansabdor shaxslariga yoki Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarning mansabdor shaxslariga daxl qilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Konvensiyasi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan 1997-yil 21-noyabrda qabul qilingan Xalqaro tijorat amaliyotlarida xorijiy mansabdor shaxslarga pora berishga qarshi kurashish bo‘yicha Konvensiyasi, Yevropa Kengashi vazirlar Qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 27-yanvarda qabul qilingan Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi, Yevropa Kengashi vazirlar Qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 4-noyabrda qabul qilingan korrupsiya uchun fuqarolik-huquqiy javobgarligi to‘g‘risidagi Konvensiyasi va Afrika ittifoqiga a’zo davlat va hukumatlar rahbarlari tomonidan 2003-yil 12-iyulda qabul qilingan Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga doir Afrika ittifoqi Konvensiyasini minnatdorchilik bilan inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi 2003-yil 29-sentabrdan boshlab kuchga kirganligini ma’qullagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar yuzasidan kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1- modda. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiyaning maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yanada samarali va ta’sirchan ravishda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qilish hamda mustahkamlashga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda, shu jumladan aktivlarni qaytarish borasida xalqaro hamkorlik hamda texnik yordam ko‘rsatilishini rag‘batlantirish, osonlashtirish va qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) halollik va sodiqlik, mas’uliyatlilik hamda ommaviy ishlar va ommaviy mol-mulkni talab darajasida boshqarishni rag‘batlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “ommaviy mansabdor shaxs” degani quyidagilarni anglatadi: i) shaxsning mansab darajasidan qat’i nazar, doimiy yoki muvaqqat asosda, ish haqi uchun yoki ish haqini olmasdan ishtirokchi Davlatning qonunchilik, ijroiya, ma’muriy yoki sud organida biron lavozimni egallab turgan har qanday tayinlanadigan yoki saylanadigan shaxs; ii) shuningdek, ommaviy muassasa yoki ommaviy korxona uchun biron ommaviy vazifani bajarayotgan yoki ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligida belgilangan tartibda va ushbu ishtirokchi Davlatning huquqiy tartibga solishning tegishli sohasida qo‘llaniladigan tartibda biron ommaviy xizmatni taqdim etayotgan har qanday boshqa shaxs; iii) ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligida “ommaviy mansabdor shaxs” sifatida belgilanadigan har qanday boshqa shaxs. Shunday bo‘lsada, mazkur Konvensiyaning II bobida ko‘zda tutilgan ayrim muayyan choralarni ko‘rish maqsadida “ommaviy mansabdor shaxs” sifatida, ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligida belgilangan tartibda va ushbu ishtirokchi Davlatning huquqiy tartibga solishning tegishli sohasida qo‘llaniladigan tartibda biron ommaviy vazifani bajarayotgan yoki biron ommaviy xizmatni ko‘rsatayotgan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “xorijiy ommaviy mansabdor shaxs” deganda xorijiy davlatning qonunchilik, ijroiya, ma’muriy yoki sud organida biron lavozimni egallab turgan har qanday tayinlanadigan yoki saylanadigan shaxs va xorijiy davlat uchun, shu jumladan ommaviy muassasa yoki ommaviy korxona uchun biron ommaviy vazifani bajaradigan shaxs ko‘zda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “ommaviy xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsi” deganda xalqaro fuqaro xizmatchisi yoki bunday tashkilot tomonidan uning nomidan ish yuritish vakolati berilgan har qanday shaxs nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “mol-mulk” deganda har qanday moddiy yoki nomoddiy, ko‘chmas va ko‘char aktivlar, buyumlar yoki huquqlar orqali ifodalangan aktivlar hamda bunday aktivlarga mulkiy huquqni yoxud ularga bo‘lgan qiziqishni isbotlaydigan yuridik hujjatlar yoinki dalolatnomalar kabi har qanday aktivlar tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “jinoiy daromadlar” deganda biron jinoyatni sodir etish natijasida bevosita yoki bilvosita, xarid qilingan yoki qo‘lga kiritilgan har qanday mol-mulk nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “opeoatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish (ishga solmay turish)” yoki “xatlash” degani mol-mulkni topshirish, shaklini o‘zgartirish, begonalashtirish yoki ko‘chirishni taqiqlash, yoki bunday mulkka vaqtincha egalik qilishga kirishish, yoki sud qarori yoxud boshqa vakolatli organning qaroriga muvofiq vaqtincha uni nazorat qilish nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “musodara” sud yoki boshqa vakolatli organning qaroriga muvofiq mol-mulkdan butunlay mahrum etishni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “asosiy huquqbuzarlik” deganda jinoyat tarkibini tashkil etadigan va bunday harakatlar natijasida olingan daromadlarga nisbatan mazkur Konvensiyaning 23 moddasida keltirilgan jazo choralari qo‘llaniladigan har qanday huquqbuzarlik ko‘zda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “nazorat ostida yetkazib berish” deganda biron jinoyatni tergov qilish yoki unda ishtirok etgan shaxslarni aniqlash maqsadida vakolatli organlarning ruxsati bilan va nazorati ostida noqonuniy yoki shubha uyg‘otadigan yuklar turkumlarini bir yoki bir necha davlatlar hududlaridan olib chiqish, ushbu hududlarga olib o‘tish yoki olib kirishga yo‘l qo‘yiladigan uslub nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Foydalanish doiralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Konvensiya, uning qoidalariga muvofiq, korrupsiyaning oldini olish, tergov qilish va korrupsiya uchun jinoiy ta’qib qilish hamda mazkur Konvensiyaga muvofiq jinoyat yo‘li bilan orttirilgan, deb e’tirof etilgan daromadlar bilan amaliyotlarni to‘xtatib qo‘yish (ishga solmay turish), xatlash, musodara qilish va qaytarish uchun qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Konvensiyani amalga oshirish maqsadida, agar unda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, aytib o‘tilgan jinoyatlar sodir etilishi natijasida davlat mulkiga zarar yoki talafot yetkazilishi majburiy emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Suverenitetni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchi davlatlar o‘z majburiyatlarini mazkur Konvensiyaga muvofiq, suveren tenglik tamoyillari va davlatlarning hududiy yaxlitligi hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga asoslanib amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiyada hech narsa ishtirokchi Davlatlarni boshqa davlatlar hududida ushbu davlatlarning ichki qonunchiligiga muvofiq faqat shu davlatlar organlarining vakolatiga kiradigan yurisdiksiya va funksiyalarni amalga oshirish huquqini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob
Korrupsiyaning oldini olish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi harakat qilish siyosati va amaliyoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat, o‘z huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq, korrupsiyaga qarshi harakat qilish borasida, jamiyat ishtirokiga yordam beradigan hamda huquq-tartibot, ommaviy ishlar va ommaviy mol-mulkni kerakli darajada boshqarish, halollik va sodiqlik, oshkoralik va mas’uliyatlilik tamoyillarini aks ettiradigan samarali va muvofiqlashtirilgan siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi yoki olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali amaliyot turlarini belgilash va rag‘batlantirishga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ishtirokchi davlat korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish nuqtai nazaridan tegishli huquqiy hujjatlar va ma’muriy choralarning muvofiqligini aniqlash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan baholashga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishtirokchi davlatlar tegishli hollarda va o‘z huquqiy tizimlarining asosiy tamoyillariga muvofiq ushbu moddada keltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashishda bir-biri bilan hamda tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladilar. Ushbu hamkorlik korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan xalqaro dastur va loyihalarda ishtirok etishni qamrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi harakat qilish organi yoki organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi davlat o‘z huquqiy tizimlarining asosiy tamoyillariga muvofiq, quyida ko‘rsatilgan choralar yordamida, korrupsiyaning oldini olish ishlarini amalga oshiradigan organ yoki, tegishli holatlarda, organlar mavjud bo‘lishini ta’minlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Konvensiyaning 5 moddasida tilga olingan siyosatni olib borish va, tegishli hollarda, bunday siyosat olib borilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korrupsiyaning oldini olish masalalari bo‘yicha bilimlarni kengaytirish va tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur moddaning 1 bandida bayon etilgan organ yoki organlarga, ular har qanday nomaqbul ta’sirdan xoli sharoitlarda o‘z vazifalarini samarali bajarishlari mumkin bo‘lishi uchun, o‘z huquqiy tizimlarining asosiy tamoyillariga muvofiq, zaruriy mustaqillikni ta’minlaydi. Ularga yuklatilgan funksiyalarni bajarish uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan kerakli moddiy resurslar va mutaxassis xodimlarni ta’minlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ishtirokchi Davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda boshqa ishtirokchi Davlatlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan organ yoki organlarning nomi va manzilini xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Ommaviy sektor
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat, tegishli hollarda va o‘z huquqiy tizimlarining asosiy tamoyillariga muvofiq, fuqaro xizmatchilarni va, tegishli vaziyatlarda, boshqa saylanmaydigan ommaviy mansabdor shaxslarni ishga qabul qilish, yollash, xizmatni o‘tash, xizmat davomida mansabga erishish va iste’foga chiqishning quyidagilarga asoslanadigan tizimlarini yaratish, qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlashga harakat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) samaradorlik va oshkoralik tamoyillariga hamda benuqson faoliyat, adolat va qobiliyat kabi xolisona mezonlarga asoslanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tegishli holatlarda korrupsiya va, ma’lum holatlarda bunday lavozimlardagi tegishli kadrlar rotatsiyasi nuqtai nazaridan, ayniqsa zaif hisoblangan ommaviy lavozimlarni egallash uchun kadrlar tanlash va tayyorlashning tegishli taomillarini o‘ziga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ishtirokchi Davlatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda, tegishli mukofot to‘lash va adolatli maoshlarni belgilashga xizmat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bunday shaxslar ommaviy vazifalarni to‘g‘ri, vijdonan va tegishli darajada bajarish talablariga javob berishlari mumkin bo‘lishi uchun ma’rifiy va o‘quv dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashadilar hamda korrupsiya bilan va o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlarni chuqurroq anglashlari maqsadida ular ixtisoslashgan hamda muvofiq tayyorgarlikdan o‘tishlarini ta’minlaydilar. Bu kabi dasturlarda kodekslarga asoslanishlar yoki amaliy sohalardagi axloq standartlari mavjud bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shuningdek, ommaviy lavozimlarga nomzodlar va saylovlarga tatbiqan mezonlarni belgilash uchun har bir ishtirokchi Davlat, mazkur Konvensiyaning maqsadlariga qarab va o‘z ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, tegishli qonunchilik va ma’muriy choralar ko‘rish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shu bilan birga, saylanadigan ommaviy lavozimlarga nomzodlarni va, mumkin bo‘lgan vaziyatlarda, siyosiy partiyalarni moliyalashtirishda oshkoralikni kuchaytirish uchun har bir ishtirokchi Davlat, mazkur Konvensiyaning maqsadlariga qarab va o‘z ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, tegishli qonunchilik va ma’muriy choralar ko‘rish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir ishtirokchi Davlat, o‘z ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, oshkoralikni ta’minlashga xizmat qiladigan hamda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini oladigan tizimlarni yaratish, qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlashga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Ommaviy mansabdor shaxslarning Odob axloq kodekslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida har bir ishtirokchi Davlat, o‘z huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq, boshqa fazilatlar qatori, o‘zining ommaviy mansabdor shaxslarining pokligi, halolligi va mas’uliyatliligini rag‘batlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xususan, ommaviy funksiyalarni to‘g‘ri, vijdonan va tegishli darajada bajarish uchun har bir ishtirokchi Davlat o‘z institutsional va huquqiy tizimlari doiralarida o‘zini tutish kodekslari yoki standartlarni qo‘llashga intiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaning qoidalarini amalga oshirish maqsadida har bir ishtirokchi Davlat, tegishli hollarda va o‘z huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq, mintaqaviy, mintaqalararo va ko‘p tarmoqli tashkilotlarning tegishli tashabbuslarini e’tiborga oladi, masalan, BMT Bosh Assambleyasining 1996-yil 12-dekabrdagi 51/59-sonli qaroriga ilovada bayon etilgan davlat mansabdor shaxslari o‘zini tutishining Xalqaro kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shuningdek, har bir ishtirokchi Davlat, o‘z ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, ommaviy mansabdor shaxslar o‘z funksiyalarini bajarish vaqtida ularga ma’lum bo‘lib qolgan korrupsion harakatlar to‘g‘risida tegishli organlarga xabar berishlariga xizmat qiladigan chora va tizimlarni belgilash imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir ishtirokchi Davlat, tegishli hollarda va o‘z ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, ommaviy mansabdor shaxslarni tegishli organlariga, boshqa ma’lumotlar qatori, ommaviy mansabdor shaxslar sifatidagi funksiyalarida manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan xizmatdan tashqari faoliyat, mashg‘ulotlar, investitsiyalar, aktivlar hamda muhim tuhfa yoki naflar to‘g‘risida deklaratsiyalarni taqdim etishga majbur qiladigan chora va tizimlarni belgilashga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir ishtirokchi Davlat, o‘z ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga asosan, mazkur moddaga muvofiq belgilangan kodeks yoki standartlarni buzadigan ommaviy mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy yoki boshqa choralarni ko‘rish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Ommaviy xaridlar va ommaviy mablag‘larni boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat, o‘z huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq, boshqa xususiyatlar qatori korrupsiyaning oldini olish nuqtai nazaridan, oshkoralik, raqobat va qarorlarni qabul qilishning xolisona mezonlariga asoslanadigan tegishli xarid tizimlarini yaratish uchun zaruriy choralarni ko‘radi. Ulardan foydalanish bo‘yicha tegishli oxirgi ko‘rsatkichlarni ko‘zda tutishi mumkin bo‘lgan bunday tizimlar, boshqa jihatlar qatori, quyidagilarga daxldor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) savdolarning salohiyatli ishtirokchilariga ularning tender talabnomalarini tayyorlash va taqdim etish uchun yetarli vaqt berish maqsadida, xarid qilish taomillari va sotib olish kontraktlariga tegishli bo‘lgan axborotni, shu jumladan savdolarda ishtirok etishga takliflar haqidagi axborotni va kontraktlarni tuzish to‘g‘risidagi tegishli yoki o‘rinli axborotni ommaviy tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kontraktlarni tuzish to‘g‘risidagi tanlash va qarorlarni qabul qilish mezonlarini hamda savdolarni o‘tkazish va e’lon qilish qoidalarini hisobga olgan holda, ishtirok etish shartlarini oldindan belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) qoidalar va taomillar to‘g‘ri qo‘llanilayotganligini kelgusida tekshirishga ko‘maklashish maqsadida ommaviy xaridlar to‘g‘risida qabul qilingan qarorlar yuzasidan oldindan belgilangan va xolisona mezonlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mazkur bandga muvofiq belgilangan qoidalar yoki taomillarga rioya qilmagan vaziyatda huquq uchun kurashish va huquqiy himoya bo‘yicha yuridik vositalarni ta’minlash uchun samarali ichki nazorat tizimi, shu jumladan norozilik shikoyatini taqdim etishning samarali tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tegishli holatlarda xaridlar uchun javobgar bo‘lgan xodimlarga oid masalalarni tartibga solish, masalan, muayyan ommaviy xaridlarga bo‘lgan manfaatdorlikni deklaratsiya qilish to‘g‘risida talabnoma, tekshirish taomillari va professional tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat, o‘z huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq, ommaviy mablag‘larni boshqarishda oshkoralik va hisobdorlikka ko‘maklashish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi. Bunday choralar, boshqa yo‘nalishlar qatori, quyidagilarni qamrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) milliy budjetni tasdiqlash taomillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tushumlar va xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) buxgalteriya hisoboti va audit standartlari tizimi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xatarlarni boshqarish va ichki nazoratning samarali va ta’sirchan tizimlari; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tegishli hollarda, mazkur bandda belgilangan talablarga amal qilinmaganda muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ishtirokchi Davlat, ommaviy xarajatlar va daromadlarga tegishli bo‘lgan buxgalteriya kitoblari, yozmalar, moliyaviy hujjatlar yoki boshqa hujjatlar but saqlanishini ta’minlash uchun, uning ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq talab etilishi mumkin bo‘lgan fuqarolik-huquqiy va ma’muriy choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ommaviy hisobdorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish zarurligini hisobga olgan holda, har bir ishtirokchi Davlat, o‘z ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, uning ommaviy ma’muriyatining, shu jumladan uni tashkil etilishi, faoliyati va, tegishli hollarda, qarorlarni qabul qilish jarayonlariga tatbiqan, oshkoraligini kuchaytirish uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi. Bunday choralarga, boshqa amallar qatori, quyidagilarni kiritishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholiga, tegishli hollarda, ommaviy ma’muriyatni tashkil qilish, uning faoliyat yuritishi va qaror qabul qilishi jarayonlari to‘g‘risidagi, hamda xususiy hayot va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish zaruratini anglagan holda, aholi manfaatlariga daxldor qarorlar va yuridik amallar yuzasidan axborotga ega bo‘lishga imkon beradigan taomil yoki qoidalarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tegishli hollarda, qarorlarni qabul qiluvchi vakolatli organlar huzuriga kirishda ommaviy imkonga ega bo‘lishni osonlashtirish uchun ma’muriy taomillarni soddalashtirish; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ommaviy ma’muriyatda korrupsiya xatari haqidagi davriy hisobotlarni kiritishi mumkin bo‘lgan axborotni e’lon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Sud organlari va prokuratura organlariga doir choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sud hokimiyatining mustaqilligi va u korrupsiyaga qarshi kurashishda hal qiluvchi rol o‘ynashini hisobga olgan holda, har bir ishtirokchi Davlat, o‘z huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq va sud organlari mustaqilligiga putur yetkazmagan ravishda, sudyalar va sud organlari xodimlari halolligi va pokligini kuchaytirish hamda ular orasida korrupsiya ildiz otishiga hech qanday imkon bermaslik choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1 bandida bayon etilganga o‘xshash choralar prokuratura organlari sud hokimiyati tarkibiga kirmaydigan, lekin sud organlarida bo‘lgani kabi mustaqillikka ega bo‘lgan ishtirokchi Davlatlarning prokuratura organlarida qo‘llanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Xususiy sektor
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat, o‘z ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, xususiy sektorda korrupsiyaning oldini olish, buxgalteriya hisoboti va auditi standartlarini kuchaytirish va, tegishli hollarda, bunday choralarga rioya qilinmasligi uchun samarali, mutanosib va tiyib turuvchi ta’sir ko‘rsatadigan fuqarolik-huquqiy, ma’muriy yoki jinoiy jazolarni belgilash choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday maqsadlarga erishishga qaratilgan choralar, boshqalar qatori, quyidagilarni qamrab olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli xususiy tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikka ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tegishli xususiy tashkilotlar faoliyatida halollikni ta’minlash uchun mo‘ljallangan standart va taomillarni, shu jumladan tadbirkorlar va barcha tegishli kasb-hunarlar sohiblari o‘z faoliyatlarini to‘g‘ri, vijdonan va tegishli darajada amalga oshirishlari uchun va manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini olish hamda tijorat korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarda va bunday korxonalar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda halol tijorat amaliyoti qo‘llanilishini rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan standart va taomillarni ishlab chiqishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) xususiy tashkilotlar faoliyatida oshkoralikni ta’minlashga ko‘maklashish, shu jumladan, tegishli hollarda, korporativ tashkilotlarni yaratish va ularni boshqarishga daxldor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni solishtirish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xususiy tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi, shu jumladan, ommaviy organlar tomonidan tijorat faoliyatini yuritish uchun taqdim etiladigan subsidiya va litsenziyalarga oid taomillar suiiste’mol qilinishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sobiq ommaviy mansabdor shaxslarning professional faoliyatiga nisbatan yoki bunday ommaviy mansabdor shaxslar xususiy sektordan iste’foga yoki pensiyaga chiqqanlaridan keyin ularning ishiga nisbatan (qachonki bu kabi faoliyat yoki ish shunday ommaviy mansabdor shaxslar o‘z lavozimlarini egallab turganda yoki bunday ishlar ustidan nazorat olib borganlarida ularning funksiyalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lganda), tegishli vaziyatlarda va oqilona muddatga cheklovlar belgilash yo‘li bilan manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) korrupsion harakatlarning oldini olish va aniqlashda yordam berish hamda bunday xususiy tashkilotlarning hisob raqamlari va kerakli moliyaviy hujjatlarini tegishli audit va sertifikatlashtirish taomillaridan o‘tkazish mumkin bo‘lishi uchun xususiy tashkilotlar, ularning tuzilishi va katta-kichikligini hisobga olgan holda, ichki audit nazoratini yuritish uchun yetarli mexanizmlarga ega bo‘lishlarini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korrupsiyaning oldini olish maqsadida har bir ishtirokchi Davlat, o‘z ichki qonunchiligi va buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlar hamda buxgalteriya hisoblari va standartlarini taqdim etishni tartibga soluvchi qoidalarga muvofiq, quyida ko‘rsatilgan va mazkur Konvensiya bilan e’tirof etilgan har qanday jinoyatni sodir etish uchun qo‘llaniladigan harakatlarni taqiqlash uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) norasmiy hisobdorlikni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hisobga olinmagan yoki noto‘g‘ri ro‘yxatga olingan amaliyotlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) mavjud bo‘lmagan xarajatlar hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) obyekti noto‘g‘ri identifikatsiya qilingan majburiyatlarni aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) soxta hujjatlardan foydalanish; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) buxgalteriya hujjatlarini qonunchilikda belgilangan muddatlardan avval ataylab yo‘q qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning 15 va 16 moddalariga muvofiq jinoyat tarkibining elementlaridan biri bo‘lib, porani ifodalaydigan xarajatlar va, tegishli hollarda, korrupsion harakatlarga ko‘maklashish maqsadida amalga oshirilgan boshqa xarajatlar soliq solinishidan ozod etilishini rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Jamoat ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat o‘z imkoniyatlari doirasida va o‘z ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish hamda jamiyat korrupsiya mavjudligi, uning sabablari, xavfli xususiyatlari va yuzaga keltiruvchi tahdidlarini yanada chuqurroq anglashi uchun fuqarolik jamiyat, nohukumat tashkilotlar va jamoatlar negizida faoliyat yurituvchi tashkilotlar kabi ommaviy sektorning tashqarisida alohida shaxslar va guruhlarning faol ishtirokiga ko‘maklashish uchun tegishli choralarni ko‘radi. Bu kabi ishtirokni quyidagi choralar yordamida mustahkamlash lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholini qarorlarni qabul qilish jarayonlariga jalb qilishga ko‘maklashish va uning oshkoraligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aholi uchun axborotga ega bo‘lishning samarali imkoniyatlarini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) aholiga korrupsiyaga nisbatan chidab bo‘lmaydigan muhit yaratishga xizmat qiluvchi axborotni yetkazishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish hamda ommaviy ta’lim dasturlari, shu jumladan maktab va universitetlarda o‘quv dasturlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) korrupsiya to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish, e’lon qilish va tarqatish erkinligini hurmat qilish, rag‘batlantirish va himoya qilish. Bunday erkinlikning ma’lum cheklovlari belgilanishi mumkin, lekin ular qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘ladi va quyidagilar uchun zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) boshqa odamlar huquqlari va obro‘sini hurmat qilish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) aholining milliy xavfsizligini yoki ommaviy tartibini, yoki sog‘lig‘ini saqlash, yoxud axloqini himoya qilish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat ushbu Konvensiyada tilga olingan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli organlar aholiga ma’lum bo‘lishlarini ta’minlash uchun ma’lum choralarni ko‘radi hamda mazkur Konvensiyaga muvofiq shunday deb e’tirof etilgan bironta jinoyatchilik sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan har qanday hollar to‘g‘risida xabarlarni, shu jumladan anonim tarzda, taqdim etish uchun bunday organlar huzuriga kirish imkoni bilan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Pul mablag‘larini legallashtirishning oldini olish bo‘yicha tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) banklar va bankdan tashqari moliya muassasalariga nisbatan, shu jumladan pul mablag‘lari yoki qimmatliklarni o‘tkazish bilan bog‘liq rasmiy yoki norasmiy xizmatlarni taqdim etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslarga nisbatan hamda, tegishli hollarda, pul mablag‘larini legallashtirish nuqtai nazaridan, o‘z vakolati doiralarida, bunday mablag‘larni legallashtirishning barcha shakllarini aniqlash va bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida keng qamrovli ichki tartibga solish va nazorat qilish rejimini belgilaydi, va shu bilan birga bunday rejim, birinchi navbatda, mijoz shaxsini aniqlashga oid talablarga va, tegishli hollarda, mulkdor-benifitsiarni identifikatsiya qilish, hisobotni yuritish va shubhali operatsiyalar to‘g‘risida xabarlarni taqdim etishga asoslanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Konvensiyaning 46 moddasiga zarar yetkazmagan holda, pul mablag‘larini legallashtirishga qarshi kurash olib borayotgan ma’muriy, tartibga soluvchi, huquqni muhofaza qilish va boshqa organlar (shu jumladan, bunday amal ichki qonunchilikka mos kelgan holatda, sud organlari ham) uning ichki qonunchiligi bilan belgilanadigan shartlarda, milliy va xalqaro darajalarda hamkorlik qilish va axborot almashishga qodir bo‘lishlarini ta’minlaydi, va shu maqsadlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larini legallashtirish holatlariga doir axborotni yig‘ish, tahlil qilish va tarqatish bo‘yicha milliy markaz sifatida faoliyat yuritadigan moliyaviy tezkor axborot bo‘linmasini ta’sis etish haqidagi masalani ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchi Davlatlar, axborotdan tegishli darajada foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kafolatlarga amal qilish hamda qonuniy kapitallar harakatlanishiga hech qanday to‘sqinlik qilmaslik sharti bilan, naqd pul mablag‘lari va tegishli aylanma mablag‘lar ularning chegaralaridan harakatlanishini aniqlash va bunday harakatlanish ketidan nazorat olib borish bo‘yicha amalda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rish masalasini ko‘rib chiqadilar. Bunday choralar jismoniy shaxslar va tijorat korxonalar katta hajmdagi naqd pullarning transchegaraviy o‘tkazilishi va tegishli miqdordagi aylanma mablag‘lar topshirilishi to‘g‘risida xabar berishlari lozimligi bo‘yicha talabni o‘ziga kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishtirokchi Davlatlar moliya muassasalari, shu jumladan pul mablag‘larini o‘tkazish muassasalari quyida ko‘rsatib o‘tilganlarni amalga oshirishlari yuzasidan talab belgilash uchun tegishli va amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan choralardan foydalanish haqidagi masalani ko‘rib chiqadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mablag‘larni elektron shaklda o‘tkazish formulyarlariga va ular bilan bog‘liq xabarlarga jo‘natuvchi to‘g‘risida aniq va mazmunli ma’lumot kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bunday axborotni to‘lovni amalga oshirishning butun zanjiri bo‘ylab saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) jo‘natuvchi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan vaziyatda o‘tkazilgan mablag‘larning chuqurlashgan tekshiruvini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaning qoidalariga muvofiq va ushbu Konvensiyaning har qanday boshqa moddasiga zarar yetkazmagan holda, tartibga solish va nazorat qilishning ichki rejimini belgilashda ishtirokchi Davlatlarga mintaqaviy, mintaqalararo va ko‘p tomonlama tashkilotlarning pul mablag‘larini legallashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan tegishli tavsiyalariga amal qilish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Pul mablag‘larini legallashtirishga qarshi kurashish maqsadida ishtirokchi Davlatlar sud va huquqni muhofaza qilish hamda moliyaviy tartibga solish organlari o‘rtasida global, mintaqaviy, submintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va rag‘batlantirishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob
Jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Milliy ommaviy mansabdor shaxslarga pora berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat quyida ko‘rsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e’tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralarni ko‘radi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ommaviy mansabdor shaxsga shaxsan yoki vositachilar orqali ushbu mansabdor shaxsning o‘zi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs o‘z lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida, biron noqonuniy afzallikni va’da qilish, taklif etish yoki taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) biron mansabdor shaxs o‘z lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron bir harakat yoki harakatsizlik maqsadida mansabdor shaxsning o‘zi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun biron noqonuniy afzallikni shaxsan ommaviy mansabdor shaxs tomonidan yoki vositachilar orqali talab qilib yoki qabul qilib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Xorijiy ommaviy mansabdor shaxslarga va ommaviy xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslariga pora berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat xorijiy ommaviy mansabdor shaxsga yoki ommaviy xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsiga shaxsan yoki vositachilar orqali mansabdor shaxsning o‘zi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs xalqaro ishlarni yuritish yuzasidan tijorat yoki boshqa noqonuniy afzallikka ega bo‘lish uchun o‘z lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida biron afzallikni va’da qilish, taklif etish yoki taqdim etish, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e’tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat xorijiy ommaviy mansabdor shaxsga yoki ommaviy xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsiga shaxsan yoki vositachilar orqali mansabdor shaxsning o‘zi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs o‘z lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida biron afzallikni va’da qilish, taklif etish yoki taqdim etish, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e’tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralarni ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Ommaviy mansabdor shaxs tomonidan mol-mulk talon-toroj qilinishi, noqonuniy o‘zlashtirilishi yoki ko‘zda tutilmagan maqsadlarda ishlatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat mansabdor shaxsning o‘zi yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs foyda olishi maqsadida xizmat mavqeyiga ko‘ra ushbu ommaviy mansabdor shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan biron-bir mol-mulk, ommaviy yoki xususiy mablag‘larni yoxud qimmatli qog‘ozlar yoki istalgan boshqa qimmatli predmetni mansabdor shaxs tomonidan o‘g‘irlanishini, noqonuniy o‘zlashtirilishini yoki ko‘zda tutilmagan boshqa maqsadlarda ishlatilishini, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e’tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. G‘arazli maqsadlarda mavqeyidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat quyida ko‘rsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e’tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralar ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ommaviy mansabdor shaxsga yoki istalgan boshqa shaxsga shaxsan yoki vositachilar orqali ishtirokchi Davlatning ma’muriyati yoki ommaviy organidan ushbu harakatlarning birinchi tashabbuskori yoki istalgan boshqa shaxs uchun biron noqonuniy afzalliklarni olib berish maqsadida ushbu mansabdor shaxs yoki boshqa shunday shaxs o‘zining haqiqiy yoki taxmin qilingan nufuzini suiiste’mol qilishi evaziga biron noqonuniy afzalliklarni va’da qilish, taklif etish yoki taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ommaviy mansabdor shaxs tomonidan yoki vositachilar orqali ommaviy mansabdor shaxs yoki boshqa shunday shaxs ishtirokchi Davlatning ma’muriyati yoki ommaviy organidan shaxsan o‘zi yoki boshqa shaxs uchun biron noqonuniy afzalliklarni olib berish maqsadida ushbu mansabdor shaxs yoki boshqa shunday shaxs o‘zining haqiqiy yoki taxmin qilingan nufuzini suiiste’mol qilishi uchun biron noqonuniy afzalliklarni talab qilib yoki qabul qilib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Xizmat lavozimining suiiste’mol qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat xizmat vakolatlaridan foydalanishni yoki xizmat lavozimini suiiste’mol qilishni, ya’ni ommaviy mansabdor shaxs o‘z lavozim vazifalarini bajarish vaqtida qonunga xilof ravishda shaxsan o‘zi yoki boshqa yuridik yoxud jismoniy shaxs uchun biron noqonuniy afzalliklarni olish maqsadida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligini, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e’tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralarni ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Noqonuniy tarzda boylik orttirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat, o‘z konstitutsiyasi va huquqiy tizimining eng muhim prinsiplariga rioya qilish shartida, noqonuniy tarzda boylik orttirilishini, ya’ni ommaviy mansabdor shaxs aktivlari uning qonuniy daromadlaridan oqilona asoslanib berila olmaydigan darajada oshib ketishini, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e’tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralarni ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Xususiy sektorda pora berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat iqtisodiy, moliyaviy yoki tijorat faoliyatida davomida quyida ko‘rsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e’tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralar ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xususiy sektor ishini tashkil qilishga rahbarlik qilayotgan yoki ushbu tashkilotda istalgan lavozimda ishlayotgan shaxsning o‘ziga yoki boshqa shaxsga, ushbu shaxs o‘z xizmat vazifalariga xilof bo‘lgan biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi evaziga shaxsan yoki vositachilar orqali biron afzallikni va’da qilish, taklif etish yoki taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xususiy sektor ishini tashkil qilishga rahbarlik qilayotgan yoki ushbu tashkilotda istalgan lavozimda ishlayotgan shaxsning o‘ziga yoki boshqa shaxsga, ushbu shaxs o‘z xizmat vazifalariga xilof bo‘lgan biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi evaziga shaxsan yoki vositachilar orqali biron noqonuniy afzallikni talab qilib yoki qabul qilib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Xususiy sektorda mulkning o‘g‘irlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat iqtisodiy, moliyaviy va yoki tijorat faoliyati davomida xususiy sektor ishini tashkil qilishga rahbarlik qilayotgan yoki ushbu tashkilotda istalgan lavozimda ishlayotgan shaxs tomonidan xizmat lavozimiga ko‘ra ushbu shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan biron-bir mol-mulk, xususiy mablag‘larni yoxud qimmatli qog‘ozlar yoki istalgan boshqa qimmatli predmetning o‘g‘irlanishini, noqonuniy o‘zlashtirilishini yoki ko‘zda tutilmagan boshqa maqsadlarda ishlatilishini, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e’tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralar ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat o‘zining ichki huquqiy tizimining eng muhim prinsiplariga muvofiq quyida ko‘rsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e’tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralarni qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) i) agar mol-mulk jinoiy yo‘l bilan topilgani avvaldan ma’lum bo‘lsa va uni jinoiy manbasini yashirish va sir tutish maqsadida yoki asosiy huquqbuzarlikni sodir etishda ishtirok etadigan istalgan boshqa shaxsga, u o‘zining jinoiy xatti-harakatlari uchun javobgarlikdan bo‘yin tovlashiga yordam berish maqsadida mol-mulkni konversiyalash (o‘zgartirish) yoki o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) agar mol-mulk jinoiy yo‘l bilan topilgani avvaldan ma’lum bo‘lsa mol-mulkning haqiqiy tavsifini, manbasini, tasarruf etish usulini yoki uning kimga tegishli ekanini, joyini o‘zgartirishni, mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni yashirish va sir tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘zining huquqiy tizimining eng muhim prinsiplariga rioya qilish shartida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) agar mol-mulkni olayotganda ushbu mol-mulk jinoiy yo‘l bilan topilgani avvaldan ma’lum bo‘lsa ushbu mol-mulkni sotib olish, unga egalik qilish yoki undan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) mazkur moddaga muvofiq jinoyat deb tan olingan istalgan harakatlarning birida ishtirok etish, daxldor bo‘lish yoki ushbu jinoyatni sodir etish maqsadida til biriktirish, uni sodir etishga urinish, shuningdek uni sodir etilishida sheriklik qilish, fitna uyushtirish va ko‘mak berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandini amalga oshirish yoki qo‘llash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir ishtirokchi Davlat mazkur moddaning 1-bandini asosiy huquqbuzarliklarning eng keng doirasi uchun qo‘llashga intiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir ishtirokchi Davlat asosiy huquqbuzarliklar sirasiga kamida mazkur Konvensiyaga muvofiq jinoyat deb tan olingan harakatlarning keng qamrovli doirasini kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) yuqorida keltirilgan (b) kichik bandning maqsadlari uchun asosiy huquqbuzarliklar sirasiga tegishli ishtirokchi Davlat yurisdiksiyasi doirasida ham, doirasidan tashqarida ham sodir etilgan jinoyatlar kiradi. Lekin biron ishtirokchi Davlatning yurisdiksiyasi doirasidan tashqarida sodir etilgan jinoyatlar faqat mazkur jinoiy harakat sodir etilgan davlatning ichki qonunchiligiga ko‘ra jinoiy jazoga loyiq deb topilsa va ushbu modda amalga oshirilayotgan yoki qo‘llanilayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga ko‘ra, agar bu jinoyat aynan shu davlatda sodir etilib, jinoiy jazoga loyiq deb tan olinsagina asosiy huquqbuzarliklar deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) har bir ishtirokchi Davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga mazkur moddadagi holatlar amalga oshirilishini ta’minlovchi o‘z qonunlarining matnini, shuningdek ushbu qonunlarga keyinchalik kiritilgan barcha o‘zgartishlar yoki ularning ta’riflanishlarini taqdim etadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) agar ishtirokchi Davlatdagi ichki qonunchilikning eng muhim prinsiplari buni talab qilsa, u holda mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan jinoyatlar asosiy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga tegishli bo‘lmasligini ko‘zda tutish mumkin bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Jinoyatni yashirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning 23-moddasida keltirilgan holatlar uchun zarar yetkazmagan holda mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan istalgan jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin ushbu jinoyatlar sodir etilishida ishtirok etmagan bo‘lsada, tegishli shaxsga bu mol-mulk mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan istalgan jinoiy harakatlar sodir etilishi natijasida orttirilgan mol-mulkni yashirish yoki doimiy ravishda ushlab turish kabi harakatlarni, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e’tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralarni ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Odil sudlovning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat quyida ko‘rsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e’tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralar ko‘radi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Konvensiyaga muvofiq jinoyat deb tan olingan harakatlar sodir etilganligi munosabati amalga oshirilayotgan jarayon davomida soxta ma’lumotlar berishga majbur qilish yoki ma’lumotlarni berish yoxud ma’lumotlarni taqdim etish jarayoniga aralashish maqsadida jismoniy kuch ishlatish, do‘q-po‘pisa qilish yoki qo‘rqitish yoxud va’da berish yoki noqonuniy afzallikni taklif qilish yoki taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Konvensiyaga muvofiq jinoyat deb tan olingan harakatlar sodir etilganligi munosabati amalga oshirilayotgan jarayon davomida sud yoki huquqni muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxsi tomonidan o‘zining xizmat vazifalarini bajarishiga aralashish maqsadida jismoniy kuch ishlatish, do‘q-po‘pisa qilish yoki qo‘rqitish. Mazkur kichik banddagi hech narsa ishtirokchi Davlatlarning ommaviy mansabdor shaxslarning boshqa toifalari himoya qilinishini ta’minlovchi qonunchilikka ega bo‘lish huquqiga zarar yetkazmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Yuridik shaxslarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat, o‘zining huquqiy prinsiplarini hisobga olgan holda, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan harakatlarda ishtiroki uchun yuridik shaxslarning javobgarligini aniqlash uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuridik shaxslarning javobgarligi, ishtirokchi Davlatning huquqiy prinsiplariga rioya qilish shartida, jinoiy, fuqarolik-huquqiy yoki ma’muriy bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bunday javobgarlikning yuklatilishi jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarligiga zarar yetkazmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir ishtirokchi Davlat, xususan, ushbu moddaga muvofiq javobgarlikka tortilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan samarali, mutanosib va to‘xtatuvchi ta’sirga ega bo‘lgan jinoiy yoki jinoiy bo‘lmagan choralar, shu jumladan pullik jarimalar qo‘llanilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Ishtirok va suiqasd
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatni sodir etishda istalgan sifatda, masalan, sherik, yordamchi yoki dalolatchi sifatida qatnashishni o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat deb tan olinishini talab qilishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatni sodir etishga suiqasd o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat deb tan olinishini talab qilishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatni sodir etishga tayyorgarlikni o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat deb tan olinishini talab qilishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Anglash, maqsad va qasd jinoyatning elementlari sifatida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatning elementlari sifatida talab etiladigan anglash, maqsad va qasd ishning obyektiv asl holatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Da’vo muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat, tegishli holatlarda, o‘zining ichki qonunchiligiga mos ravishda, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan istalgan jinoiy harakatlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilishi uchun uzoq da’vo muddatini belgilaydi va jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs odil sudlovdan bo‘yin tovlayotgan hollarda da’vo uchun yanada uzoq muddatni yoki da’vo muddatini davom etishini to‘xtatish imkoniyatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Jinoiy ta’qib, sud qarorlarini chiqarish va sanksiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatlar sodir etilishi uchun ushbu jinoyatning xavflilik darajasini hisobga oluvchi jinoiy jazolar qo‘llanilishini ko‘zda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat o‘zining huquqiy tizimi va konstitutsion prinsiplariga muvofiq ravishda ommaviy mansabdor shaxslarga o‘zlarining vazifalarini bajarishlari munosabati bilan taqdim etilgan istalgan immunitetlar yoki yurisdiksion imtiyozlar o‘rtasidagi tegishli muvozanatlashtirishni belgilashi yoki ta’minlashi va zarurat tug‘ilganida, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlar yuzasidan samarali tergov ishlarini olib borish hamda jinoiy ish qo‘zg‘atish va sud qarorini chiqarish imkoniyatini talab qilishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan huquqni muhofaza qilish choralar maksimal darajada samarali bo‘lishi maqsadida ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishga taalluqli o‘zining ichki qonunchiligida ko‘zda tutilgan istalgan diskretsion va yuridik vakolatlardan foydalanishni ta’minlashga intiladi va zaruratning lozim bo‘lgan darajasida bu kabi jinoyatlar sodir etilishiga monelik ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan, o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq va himoya huquqlarini lozim darajada hisobga olgan holda, sudgacha ozod qilish to‘g‘risidagi qaror yoki kassatsiya (shikoyat) arizasi yoki qat’iy norozilik (protest) bildirilguniga qadar qabul qilinadigan qaror bilan bog‘liq bo‘lgan shartlarni belgilashda keyinchalik yuritiladigan jinoiy ish jarayonida ayblanuvchi albatta bo‘lishini ta’minlash zaruratini hisobga olishni ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir ishtirokchi Davlat jinoyat sodir etgan shaxslarni muddatidan oldin yoki shartli ravishda ozod qilish masalasini ko‘rib chiqishda tegishli jinoyatlarning xavflilik darajasini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir ishtirokchi Davlat o‘z huquqiy tizimining eng muhim prinsiplariga muvofiq bo‘lgan darajada mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarni sodir etishda ayblanayotgan ommaviy mansabdor shaxs, aybsizlik prezumpsiyasi prinsipini hurmat qilish zaruratini hisobga olgan holda, tegishli holatlarda tegishli organ tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarishdan vaqtincha chetlatilishi yoki boshqa lavozimga o‘tkazilishini belgilab beruvchi tartibotni o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har bir ishtirokchi Davlat o‘z huquqiy tizimining eng muhim prinsiplariga muvofiq bo‘lgan darajada, agar jinoyatning xavflilik darajasini hisobga olganda ushbu holat asoslangan bo‘lsa, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarni sodir etishda ayblanayotgan shaxsni sud qarori yoki boshqa tegishli choralar yordamida o‘zining ichki qonunchiligida belgilangan muayyan muddatga quyidagi huquqlardan mahrum qilish uchun tartibot belgilanishi imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ommaviy lavozimni egallash; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) to‘liq yoki qisman davlat tasarrufida bo‘lgan biron korxonada lavozim egallash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur moddaning 1-bandi vakolatli organlar tomonidan fuqaro xizmatchilarga nisbatan intizomiy vakolatlar amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Konvensiyadagi hech bir holat har bir ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligi doirasidagi mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarni belgilovchi va qo‘llaniladigan yuridik e’tirozlar yoki xatti-harakatlarning qonuniyligini aniqlab beruvchi boshqa huquqiy asoslarga tayangan prinsiplarga ta’sir qilmaydi, bu kabi jinoyatlarga nisbatan jinoiy ishning qo‘zg‘atilishi va belgilaniladigan jazo ushbu ichki qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishtirokchi davlatlar mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarni sodir etgani uchun jazolangan shaxslarni jamiyatga reintegratsiya qilinishiga ko‘mak berishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Amaliyotlarni to‘xtatib qo‘yish (ishga solmay turish), xatlash va musodara
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat o‘zining ichki huquqiy tizimi doirasida mumkin bo‘lgan maksimal darajada quyidagilarni musodara qilish imkoniyatini ta’minlashni talab qilishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlar yo‘li bilan orttirilgan daromadlar yoki qiymati ushbu daromadlar qiymatiga teng bo‘lgan mol-mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarni sodir etishda foydalanilgan yoki foydalanishga mo‘ljallangan mol-mulk, uskunalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat keyinchalik musodara qilish maqsadida mazkur moddaning 1-bandida sanab o‘tilganlarning istalganini aniqlash, kuzatish, vaqtincha ishga solmay turish yoki xatlash imkoniyatini ta’minlash uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ishtirokchi Davlat o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq mazkur moddaning 1- va 2-bandlarida ko‘rsatilgan vaqtinchalik ishga solmay turilgan, xatlangan yoki musodara qilingan mol-mulkni vakolatli organlar tomonidan boshqarilishini tartibga solish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar bu kabi jinoiy daromadlar qisman yoki to‘liq holda boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoki o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda mazkur moddada ko‘rsatilgan choralar ushbu mol-mulkka nisbatan qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar bu kabi jinoiy daromadlar qonuniy manbalardan olingan mol-mulkka qo‘shib olingan bo‘lsa, u holda mol-mulkning qo‘shib olingan daromadlarning baholangan qiymatiga muvofiq bo‘lgan qismi vaqtinchalik ishga solmaslik yoki xatlashga taalluqli istalgan vakolatlar uchun zarar yetkazilmagan holda musodara qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bu kabi jinoiy daromadlar tufayli, jinoiy daromadlarning boshqa mol-mulkka aylantirilgani yoki o‘zgartirilgani tufayli yoxud bu kabi jinoiy daromadlarning mol-mulkka qo‘shib olinganligi tufayli olingan foyda yoki boshqa afzalliklarga ham mazkur moddada ko‘rsatilgan choralar xuddi jinoiy yo‘l bilan orttirilgan daromadlarga bo‘lganidek va xuddi shunday darajada ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur modda va mazkur Konvensiyaning 55-moddasining maqsadlari uchun har bir ishtirokchi Davlat o‘zining sudlari yoki boshqa vakolatli organlariga bank, moliyaviy yoki tijoratga oid hujjatlarni taqdim etish yoki hibsga olish to‘g‘risidagi qarorlarni chiqarish vakolatlarini beradi. Ishtirokchi Davlat, bank sirini saqlash zaruratiga havola qilib turib, mazkur moddada keltirilgan holatlarga muvofiq choralarni ko‘rishdan bosh tortmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishtirokchi Davlatlar jinoyat sodir etgan shaxs musodara qilinishi lozim bo‘lgan bu kabi jinoiy yo‘l bilan olinganligi taxmin qilinayotgan daromadlar yoki boshqa mol-mulkning qonuniy ekanligini isbot qilishini ichki qonunchiliklarining eng muhim prinsiplariga hamda sudda va boshqa mahkamalarda muhokama qilinishi xususiyatlariga muvofiq bo‘lgan darajada talab qilishni belgilash imkoniyatini ko‘rib chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur moddaning holatlari halol uchinchi shaxslarning huquqlariga zarar yetkazadigan holda talqin etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur moddadagi hech qanday holat unda bayon etilayotgan choralar ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligidagi holatlarga muvofiq, ularga rioya qilinishi shartida belgilanishi va amalga oshirilishi to‘g‘risidagi prinsipga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Guvohlar, ekspertlar va jabrlanuvchilarning himoya qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat o‘z qonunchiligining ichki tizimiga muvofiq va o‘z imkoniyatlari chegarasida mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlar munosabati bilan ko‘rsatmalar berayotgan guvohlar va ekspertlarga nisbatan, tegishli holatlarda ularning qarindoshlari va ularga yaqin bo‘lgan boshqa odamlarga nisbatan bo‘lishi ehtimol tutilgan o‘ch yoki do‘q-po‘pisalardan samarali himoya qilishni ta’minlovchi tegishli choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida ko‘zda tutilgan choralar, ayblanuvchining huquqlari, shu jumladan tegishli muhokama va ishni ko‘rish huquqiga zarar yetkazmagan holda, o‘z ichiga quyidagilarni olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu shaxslarni jismoniy himoya qilish tartibotini belgilash, masalan — zarur bo‘lgan va amaliy jihatdan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan darajada — ularni boshqa joyga ko‘chirish uchun va tegishli vaziyatlarda mumkin bo‘lgan shunday holatlarni qabul qilish, ushbu shaxslarga shaxsan taalluqli va ularning joylashgan manzili bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor etmaslik yoki ma’lumotlarning bunday oshkor etilishiga cheklov o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) guvohlar va ekspertlarga, ularni xavfsizligini ta’minlovchi tarzda ko‘rsatmalar berishlariga imkon beruvchi, masalan video aloqa kabi aloqa vositalari yoki boshqa muvofiq aloqa vositalari yordamida ko‘rsatmalar berishga ruxsat berishdek isbotlash qoidalarini qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishtirokchi Davlatlar mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni boshqa joyga ko‘chirilishi xususida boshqa davlatlar bilan kelishuv yoki bitim tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaning holatlari jabrlanuvchilarga nisbatan ham, ularning guvoh deb sanaluvchi darajasida qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir ishtirokchi Davlat, o‘zining ichki qonunchiligiga rioya qilish shartida, jinoiy ish ko‘rib chiqilishining tegishli bosqichlarida jabrlanuvchilarning jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan fikrlari va xavfsirashlarining bayon etilishi uchun himoya huquqlariga zarar yetkazmaydigan tarzda imkoniyat yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Ma’lumot beruvchi shaxslarni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat vakolatli organlarga mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlar xususida istalgan dalillar to‘g‘risida halol va oqilona asoslarga tayangan holda xabar berayotgan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan tegishli choralarni o‘zining ichki huquqiy tizimiga kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Korrupsion harakatlarning oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat, uchinchi tomonlarning halollik bilan qo‘lga kiritgan huquqlarini tegishli tarzda hisobga olib turib, o‘zining ichki qonunchiligining eng muhim prinsiplariga muvofiq tarzda korrupsiya oqibatlari xususidagi masalani muvofiqlashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi. Ishtirokchi Davlatlar bu kontekstda korrupsiyani, kontraktlarni bekor qilish yoki kuchdan qoldirish, konsessiyalarni yoki shunga o‘xshash amaliyotlarni qaytarish yoki yuzaga kelgan holatlarni to‘g‘rilashning boshqa choralarini amalga oshirishda ahamiyat kasb etuvchi omil sifatida ko‘rishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Zararni qoplash (kompensatsiya)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat o‘zining ichki qonunchiligining prinsiplariga muvofiq tarzda biron korrupsion harakat oqibatida zarar ko‘rgan yuridik yoki jismoniy shaxslar ko‘rilgan zararni qoplash (kompensatsiya olish) maqsadida ushbu zarar uchun javobgar bo‘lgan shaxslarga nisbatan ish qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘lishlari uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Ixtisoslashgan organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat o‘zining ichki huquqiy tizimining asosiy prinsiplariga muvofiq tarzda korrupsiya bilan huquqbuzarliklarga qarshi chora-tadbirlar yordamida kurashishga ixtisoslashgan organ yoki organlar yoxud shaxslar bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday organ yoki organlar yoxud shaxslar, ishtirokchi Davlatning ichki huquqiy tizimining asosiy prinsiplariga muvofiq, o‘z vazifalarini samarali va biron-bir yoki tegishli bo‘lmagan ta’sirsiz bajarishlari uchun zarur bo‘lgan mustaqillik bilan ta’minlanadilar. Bunday shaxslar yoki bu kabi organning xodimlari o‘z vazifalarini bajarishlari uchun tegishli malaka va resurslarga ega bo‘lishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron jinoiy xatti-harakatlarda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etgan shaxslarni vakolatli organlar uchun tergov ishlarini olib borish va isbotlash maqsadida foydali bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishga va jinoyatchilarni jinoiy daromadlardan mahrum qilishga va bu kabi daromadlarni qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilishiga ko‘maklashuvchi amaliy va aniq yordam berishga rag‘batlantirishni ko‘zda tutuvchi tegishli choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron jinoiy xatti-harakatlar bilan bog‘liq tergov ishlari yoki jinoyatni fosh etish davomida salmoqli darajada hamkorlik qilgan ayblanuvchi shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazoni yumshatish imkoniyatini ko‘zda tutilishi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ishtirokchi Davlat, o‘zining ichki qonunchiligining eng muhim prinsiplariga muvofiq, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron jinoiy xatti-harakatlar bilan bog‘liq tergov ishlari yoki jinoyatni fosh etish davomida sezilarli va ahamiyatli darajada hamkorlik qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmasligi imkoniyatini ko‘zda tutilishi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bunday shaxslarning himoyasi, mutatis mutandis, mazkur Konvensiyaning 32-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan shaxs bir ishtirokchi Davlat hududida bo‘la turib, ikkinchi ishtirokchi Davlatning vakolatli organlari bilan ahamiyatli darajada hamkorlik qila olsa, u holda manfaatdor ishtirokchi Davlatlar o‘zlarining ichki qonunchiliklariga muvofiq bunday shaxs uchun mazkur moddaning 2- va 3- bandlarida ko‘rsatilgan rejim taqdim etilishi mumkin ekanligi xususida kelishuv va bitimlar tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Milliy organlar o‘rtasidagi hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat ichki qonunchiligiga muvofiq bir tomondan o‘zining ommaviy organlari, shuningdek ommaviy mansabdor shaxslari va ikkinchi tomondan, sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha tergov ishlarini olib borishga va jinoyatni fosh etish uchun mas’ul bo‘lgan organlar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi. Bu kabi hamkorlik quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar mazkur Konvensiyaning 15-, 21- va 23-moddalariga muvofiq jinoyat deb tan olingan istalgan xatti-harakatlar sodir etilganini e’tirof etish uchun oqilona asoslar mavjud bo‘lsa, bunday mas’ul organlarga o‘zining shaxsiy tashabbusi bilan ma’lumotlar taqdim etilishi; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tegishli iltimosga ko‘ra, bunday organlarga barcha zarur ma’lumotlarning taqdim etilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Milliy organlar va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq milliy tergov organlari va prokuratura organlari hamda xususiy sektor tashkilotlari, xususan moliyaviy muassasalar bilan mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarning sodir etilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hamkorlikni rag‘batlantirish uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat odatda o‘zining hududida istiqomat qiluvchi o‘z fuqarolari va boshqa shaxslar milliy tergov organlari va prokuratura organlariga mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarning sodir etilgani to‘g‘risida xabar berishlarini rag‘batlantirish masalasini ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Bank siri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlar sodir etilishi bilan bog‘liq ichki jinoiy tergov ishlari olib borilayotgan holatlarda, bank siri to‘g‘risidagi qonunchilik holatlari qo‘llanilishi natijasida yuzaga keluvchi to‘siqlarni yengish uchun, o‘zining ichki huquqiy tizimi doirasida zarur tegishli mexanizmlar bo‘lishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan boshqa davlatda ilgari chiqarilgan istalgan ayblov hukmini, mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlar bilan bog‘liq jinoiy tergov ishlar olib borilishida ushbu ma’lumotdan foydalanish uchun o‘zi lozim deb topgan shartlar va maqsadlarda hisobga olishi uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralar ko‘rishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Sudlovga taalluqlilik (Yurisdiksiya)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan o‘zining sud qilish huquqini belgilash uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi, qachonki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jinoyat ushbu ishtirokchi Davlatning hududida sodir etilsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jinoyat sodir etilishi ushbu ishtirokchi Davlatning bayrog‘i ostidagi kemada yoki jinoyat sodir etilishi vaqtida ushbu ishtirokchi Davlat qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan havo kemasi bortida ro‘y bersa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchi Davlat, shuningdek, mazkur Konvensiyaning 4-moddasiga rioya qilish shartida, istalgan jinoyatga nisbatan sud qilish huquqini belgilashi mumkin, qachonki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jinoyat ushbu ishtirokchi Davlat fuqarosiga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jinoyat ushbu ishtirokchi Davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan, odatda, uning hududida istiqomat qiluvchi shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) jinoyat mazkur Konvensiyaning 23-moddasi, 1(b)(ii) bandiga muvofiq tan olingan jinoyatlarning biri hisoblansa va ushbu ishtirokchi Davlat hududining tashqarisida mazkur Konvensiyaning 23-moddasi, 1(a)(i) yoki (ii) yoki (b)(i) bandiga muvofiq jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlarni sodir etish maqsadida uning hududida amalga oshirilgan bo‘lsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jinoyat ushbu ishtirokchi Davlatga qarshi sodir etilgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Konvensiyaning 44-moddasining maqsadlari uchun har bir ishtirokchi Davlat jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs uning hududi chegaralarida bo‘lsada, lekin faqatgina o‘zining fuqarolaridan biri bo‘lganligi sababli ushbu shaxsni ushlab bermayotgan bo‘lsa, u holda mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan o‘zining sud qilish huquqini belgilash uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir ishtirokchi Davlat, shuningdek, jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs uning hududi chegaralarida bo‘lib, u ushbu shaxsni ushlab bermasa, mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan o‘zining sud qilish huquqini belgilash uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ham ko‘rishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar o‘zining sud qilish huquqini mazkur moddaning 1- yoki 2-bandiga ko‘ra amalga oshiruvchi ishtirokchi Davlat boshqa ishtirokchi Davlatlar xuddi o‘sha harakatlar xususida tekshiruv, jinoiy ish yoki sud ishi olib borayotganlari haqida bildirish xati olsa yoki boshqacha tarzda bu haqda xabar topsa, u holda ushbu ishtirokchi Davlatlarning vakolatli organlari, tegishli holatlarda, o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida bir-birlari bilan o‘zaro maslahatlashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Konvensiya, umumiy xalqaro huquq me’yorlariga zarar yetkazmagan holda, ishtirokchi Davlat tomonidan o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq belgilangan istalgan jinoiy sud huquqini amalga oshirilishini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob
Xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyaning 44 — 50-moddalariga muvofiq jinoiy-huquqiy masalalar bo‘yicha hamkorlik qiladilar. Ishtirokchi Davlatlar, agar bu maqsadga muvofiq bo‘lsa va o‘zlarining ichki qonunchilik tizimlariga to‘g‘ri kelsa, korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan fuqarolik-huquqiy va ma’muriy ishlarni tekshirish va amalga oshirish bo‘yicha bir-birlariga ko‘maklashish imkoniyatini ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar xalqaro hamkorlik masalalari bilan bog‘liq holatlarda tegishli harakatni jinoyat deb ikki tomonlama tan olish prinsipiga rioya qilinishi talab etilsa, so‘ralayotgan ishtirokchi Davlatning qonunchiligi tegishli harakatni jinoyatlar toifasiga kiritish yoki kiritmasligi yoki so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat uni ta’riflashda so‘ralayotgan ishtirokchi Davlat qo‘llaydigan atamalar kabi atamalar bilan ta’riflashi yoki ta’riflamasligidan qat’iy nazar, agar jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi harakat ikkala ishtirokchi Davlatning qonunchiligiga muvofiq jinoiy jazoga loyiq deb tan olingan bo‘lsa, ushbu prinsipga amal qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Ushlab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu modda mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan, agar ushlab berilishi lozim bo‘lgan shaxs so‘rov berilgan ishtirokchi Davlat hududida bo‘lsa va sodir etilgan xatti-harakat so‘rov berilgan ishtirokchi Davlatda ham, so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatda ham jinoiy jazoga loyiq deb topilishi shartida qo‘llaniladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchi Davlat, mazkur moddaning 1-bandida keltirilgan holatlardan qat’iy nazar, o‘zining ichki qonunchiligida jinoiy jazoga loyiq deb topilmagan, lekin mazkur Konvensiyada ko‘zda tutilgan biron jinoyat bilan bog‘liq shaxsni, agar uning qonunchiligi bunga yo‘l qo‘ysa, ushlab berishga ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar ushlab berish to‘g‘risidagi iltimos bir nechta alohida jinoyatlar xususida bo‘lsa va ularning hech bo‘lmaganda bittasi mazkur moddaga ko‘ra ushlab berilishga olib kelsa, boshqalari esa jazo berilishi muddatlari bo‘yicha ushlab berishni istisno qilsayu, lekin mazkur Kovensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar sirasiga kirsa, so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat ushbu jinoyatlarga nisbatan ham mazkur moddani qo‘llashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur modda qo‘llaniladigan va ushlab berilishiga olib keladigan jinoyatlarning har biri ushlab berish to‘g‘risida ishtirokchi Davlatlar o‘rtasida tuzilgan istalgan shartnomaga jinoyat sifatida kiritilgan deb hisoblanadi. Ishtirokchi Davlatlar, bu kabi jinoyatlarni, ushlab berilishiga olib keladigan jinoyatlar sifatida ushlab berish to‘g‘risidagi o‘zaro tuziladigan shartnomalarga kiritish majburiyatini oladilar. Ishtirokchi Davlat, agar ushlab berish uchun asos sifatida mazkur Konvensiyadan foydalansa, mazkur Kovensiyada jinoyat deb topilgan istalgan jinoiy xatti-harakatlarni, agar uning qonunchiligi bunga yo‘l qo‘ysa, siyosiy jinoyat deb tan olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar ishtirokchi Davlat ushlab berishni shartnoma mavjudligi bilan shartlab beradigan bo‘lsa, ushlab berish to‘g‘risida u bilan shartnoma tuzmagan boshqa ishtirokchi Davlatdan ushlab berish haqida iltimosnoma olganida, u mazkur modda qo‘llaniladigan istalgan jinoyat bilan bog‘liq ushlab berish uchun mazkur Konvensiyani asos sifatida qo‘llashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushlab berishni shartnomaning mavjudligi bilan shartlab beruvchi ishtirokchi Davlat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘zining ratifikatsion yorlig‘ini yoki mazkur Konvensiyani qabul qilishi yoki tasdiqlashi yoxud unga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatni saqlash uchun topshirayotganida ushlab berish masalalari bo‘yicha boshqa Davlatlar — mazkur Konvensiyaning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlik qilish uchun mazkur Konvensiyadan huquqiy asos sifatida foydalanishi to‘g‘risida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga ma’lumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar u ushlab berish masalalari bo‘yicha mazkur Konvensiyadan huquqiy asos sifatida foydalanmasa, u holda mazkur moddani qo‘llash maqsadida mazkur Konvensiyaning boshqa ishtirokchi Davlatlari bilan, tegishli holatlarda, ushlab berish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishga intiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushlab berishni shartnomaning mavjudligi bilan shartlamaydigan ishtirokchi Davlatlar bir-birlarining o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda mazkur modda qo‘llaniladigan jinoyatlarni ushlab berishga olib keladigan jinoiy xatti-harakatlar deb tan oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushlab berish so‘ralayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligida ko‘zda tutilgan shartlarga, shu jumladan, boshqa holatlar bilan bir qatorda, ushlab berishga nisbatan minimal jazo belgilanishi talablari bilan bog‘liq shartlarga va so‘ralayotgan ishtirokchi Davlat ushlab berishni rad etishi mumkin bo‘lgan asoslarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishtirokchi Davlatlar, mazkur modda qo‘llaniladigan istalgan jinoyatga nisbatan, o‘zlarining ichki qonunchiliklariga rioya qilish shartida, ushlab berish tartibotini tezlashtirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan isbot-dalillarni taqdim etishni soddalashtirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishtirokchi Davlat yuzaga kelgan vaziyat shuni talab qilishini va kechiktirib bo‘lmaydigan ekanligiga amin bo‘lib hamda so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatning iltimosiga ko‘ra, o‘zining ichki qonunchiligidagi holatlarga va ushlab berish to‘g‘risidagi o‘zi imzolagan shartnomalarga rioya qilgan holda, o‘zining hududida bo‘lgan va ushlab berilishi so‘ralayotgan shaxsni hibsga olishi yoki ushlab berish tartiboti jarayonida uning bo‘lishi uchun boshqa tegishli choralar ko‘rishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishtirokchi Davlat, o‘zining hududida bo‘lgan va mazkur modda qo‘llanilayotgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni faqatgina ushbu shaxs o‘zining fuqarosi bo‘lgani sababli ushlab bermayotgan bo‘lsa, ushlab berishni so‘rayotgan ishtirokchi Davlatning iltimosiga ko‘ra, tergov olib borish maqsadida, asoslanmagan kechiktirishlarsiz ishni o‘zining vakolatli organlariga topshirishi kerak. Ushbu organlar o‘z qarorlarini qabul qiladilar va mazkur ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga asoslangan holda xavfli tavsifga ega istalgan boshqa jinoyatlarga nisbatan bo‘lgani kabi tergov ishlarini amalga oshiradilar. Manfaatdor ishtirokchi Davlatlar bu kabi jinoiy ishlar yuzasidan olib boriladigan tergov ishlari samarali kechishini ta’minlash maqsadida bir-birlari bilan, xususan, protsessual masalalar va isbot qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishtirokchi Davlatga, uning ichki qonunchiligiga ko‘ra, o‘z fuqarolarining birini ushlab berishga yoki boshqa yo‘l bilan topshirishga faqatgina, ushbu shaxsning ushlab berilishini yoki topshirilishini so‘rash bilan bog‘liq bo‘lgan sud muhokamasi yoki tergov ishlari natijasida chiqarilgan jazoni o‘tash uchun mazkur ishtirokchi Davlatga qaytarib berilishi shartida ruxsat berilgan va bu ishtirokchi Davlat hamda ushbu shaxsni ushlab berilishini so‘rayotgan ishtirokchi Davlat bu kabi tartibga va ular maqbul deb hisoblagan boshqa shartlarga rozi bo‘lgan barcha holatlarda, ushbu shaxsning bunday shartli ravishda ushlab berilishi yoki topshirilishi mazkur moddaning 11-bandida belgilangan majburiyat bajarilishi uchun yetarli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Chiqarilgan hukmni ijro etish maqsadida so‘ralgan ushlab berishga qidirilayotgan shaxs so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatning fuqarosi bo‘lganligi bois rad javobi berilsa, so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat, agar uning ichki qonunchiligi bunga yo‘l qo‘ysa va bu holat bunday qonunchilikning talablariga javob bersa, so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatning murojaatiga binoan so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq chiqarilgan hukmni yoki hukmning qolgan qismini ijro etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur modda qo‘llaniladigan istalgan jinoyatni sodir etganligi bilan bog‘liq bo‘lgan tergov ishlari borilayotgan shaxsga nisbatan tergov ishlarining barcha bosqichlarida adolatli munosabatda bo‘linishi, shu jumladan ushbu shaxs joylashgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligida ko‘zda tutilgan barcha huquq va kafolatlarning amalga oshirilishi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agar so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatda ushlab berish to‘g‘risidagi iltimos biron shaxsning jinsi, irqi, diniy e’tiqodi, etnik kelib chiqishi yoki siyosiy qarashlari sababli ta’qib qilish yoki jazolash maqsadida qilinayotgani yoki ushbu iltimosning qondirilishi yuqorida sanab o‘tilgan sabablar bo‘yicha ushbu shaxsning holatiga zarar yetkazishi mumkinligi haqida salmoqli va yetarli asoslar bo‘lsa, u holda mazkur Konvensiyaning hech bir holati ushlab berish majburiyatini belgilaydigan tarzda talqin qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishtirokchi Davlatlar ushlab berish to‘g‘risidagi iltimosga faqat jinoyat soliq masalalari bilan bog‘liq deb topilgan holatlardagina rad eta olmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. So‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat, ushlab berishga rad javobini berishdan avval, o‘z fikrini bayon etishi uchun yetarli imkoniyat va ushlab berish to‘g‘risidagi iltimosda bayon etilgan dalillar bilan bog‘liq ma’lumotlar taqdim etilishi uchun, tegishli holatlarda, so‘rov berayotgan Davlat bilan maslahatlar o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishtirokchi Davlatlar ushlab berishni amalga oshirish yoki samaradorligini oshirish maqsadida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar yoki kelishuvlar tuzishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Hukm etilgan shaxslarni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlari uchun qamoq jazosiga yoki ozodlikdan mahrum etishning boshqa turlariga hukm qilingan shaxslarni, ular jazo muddatini o‘zlarining hududida o‘tashlarini ta’minlash maqsadida, topshirish to‘g‘risidagi ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama kelishuv va bitimlar tuzish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. O‘zaro huquqiy yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiya bilan qamrab olingan jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan tergov ishlari, jinoiy qidiruv ishlari va sud muhokamalarida bir-birlariga eng keng miqyosdagi o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. So‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatda, mazkur Konvensiyaning 26-moddasiga ko‘ra, yuridik shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan jinoyat bilan bog‘liq tergov ishlari, jinoiy qidiruv ishlari va sud muhokamasi uchun zarur bo‘lgan va tegishli qonunlarga, xalqaro shartnomalarga hamda so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatning kelishuv va bitimlariga muvofiq ko‘rsatilayotgan o‘zaro huquqiy yordam imkon qadar maksimal hajmda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaga muvofiq taqdim etilayotgan o‘zaro huquqiy yordam quyidagi maqsadlarning istalgani uchun so‘ralishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ayrim shaxslardan guvohlik ko‘rsatmalari yoki arizalarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sud hujjatlarini topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) tintuv o‘tkazish va xatlash, shuningdek operatsiyalarni to‘xtatib turish (ishga solmay turish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) obyektlar va hudud uchastkalarini tekshiruvdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ma’lumotlarni, ashyoviy dalillar va ekspertlarning chiqargan xulosalarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) tegishli hujjat va materiallar, shu jumladan hukumat, bank, moliyaviy, korporativ yoki tijorat hujjatlarining asl nusxalari va tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) isbotlash maqsadlarida jinoiy daromadlar, mol-mulk, jinoyat sodir etish vositalari yoki boshqa predmetlarni aniqlash yoki kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) tegishli shaxslarning so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatning organlariga ixtiyoriy ravishda kelishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga zid bo‘lmagan istalgan boshqa turdagi yordamni ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mazkur Konvensiyaning V bobida keltirilgan holatlarga muvofiq jinoiy daromadlarni aniqlash, ishga solmay turish va kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) mazkur Konvensiyaning V bobida keltirilgan holatlarga muvofiq aktivlarni musodara qilish (muomaladan chiqarish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishtirokchi Davlatning vakolatli organlari, ichki qonunchilikka zarar yetkazmagan va zid bo‘lmagan holda, jinoiy-huquqiy masalalarga taalluqli ma’lumotlarni boshqa ishtirokchi Davlatning vakolatli organiga, bunday ma’lumotlar ushbu organga tergov ishlarini va jinoiy qidiruv ishlarini amalga oshirishga yoki muvaffaqiyatli yakunlashga yoki ushbu ishtirokchi Davlat tomonidan murojaatnoma tuzilishiga olib kelishiga yordam berishi mumkin deb hisoblasalar, dastlabki murojaatsiz topshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq ma’lumotning berilishi ma’lumotni taqdim etayotgan davlatning vakolatli organlari tergov ishlari va jinoiy ish olib borilishiga zarar yetkazmagan holda amalga oshiriladi. Ma’lumot olayotgan vakolatli organlar ushbu ma’lumotning maxfiy xususiyatga ega jihatlarini, hattoki, vaqtinchalik asosda saqlash to‘g‘risidagi iltimosni bajaradilar yoki undan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarga rioya qiladilar. Biroq, bu holat, ma’lumotni olgan ishtirokchi Davlatga o‘zida olib borilayotgan ish davomida ayblanuvchini oqlaydigan ma’lumotlarni aniqlashga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday hollarda, ma’lumot olgan ishtirokchi Davlat, ma’lumotni oshkor qilishdan avval, ma’lumotni taqdim etgan ishtirokchi Davlatga xabar beradi va, agar bu haqda murojaat olinsa, ma’lumot taqdim etgan ishtirokchi Davlat bilan maslahatlashadi. Agar, kamdan-kam uchraydigan hollarda, avvaldan xabar berishning imkoni bo‘lmasa, ma’lumot olayotgan ishtirokchi Davlat bu kabi oshkor etilish to‘g‘risida ma’lumot taqdim etayotgan ishtirokchi Davlatga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur moddaning holatlari biron boshqa, xoh ikki tomonlama, xoh ko‘p tomonlama bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zaro huquqiy yordamni to‘liq yoki qisman muvofiqlashtiruvchi yoxud muvofiqlashtiradigan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur moddaning 9 — 29 bandlari, agar tegishli ishtirokchi Davlatlar o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi biron-bir shartnoma tuzmagan bo‘lsalar, mazkur moddaga asosan jo‘natilgan murojaatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Agar ishtirokchi Davlatlar bu kabi shartnoma tuzgan bo‘lsalar va ishtirokchi Davlatlar ushbu shartnomaning tegishli holatlari o‘rniga mazkur moddaning 9 — 29 bandlarini qo‘llashga rozi bo‘lmasalar, u holda shartnomaning aynan shu holatlari qo‘llaniladi. Ishtirokchi Davlatlarga, agar bu hamkorlikka ko‘mak beradigan bo‘lsa, aynan shu bandlarni qo‘llash tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishtirokchi Davlatlar bank sirini maxfiy tutishga asoslangan holda, mazkur moddaga ko‘ra, o‘zaro huquqiy yordam taqdim etilishini rad etmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. a) So‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat, agar tegishli xatti-harakat jinoyat deb ikkala taraflama tan olinmagan bo‘lsa, mazkur moddaga ko‘ra yordam berilishi to‘g‘risida qilingan murojaatga javob berishda mazkur Konvensiyaning 1-moddasida ko‘rsatilgan maqsadlarni e’tiborga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishtirokchi Davlatlar tegishli xatti-harakat jinoyat deb ikkala taraflama tan olinmaganiga asoslangan holda mazkur moddaga ko‘ra yordam taqdim etilishidan bosh tortishlari mumkin. Shu bilan birga, so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat, huquqiy tizimlarining asosiy konsepsiyalariga muvofiq bo‘lishi shartida va agar bunday yordam majburiy choralar ko‘rilishi bilan bog‘liq bo‘lmasa, yordamni taqdim etadi. Agar murojaat de minimis xususiyatiga ega bo‘lgan masalalar bilan bog‘liq bo‘lsa yoki so‘ralayotgan hamkorlik yoxud yordam mazkur Konvensiyaning boshqa holatiga muvofiq ta’minlanishi mumkin bo‘lsa, bu kabi yordamning ko‘rsatilishiga rad javobi berilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) har bir ishtirokchi Davlat tegishli xatti-harakat jinoyat deb ikki taraflama tan olinmaganida mazkur moddaga binoan katta hajmda yordam ko‘rsatishga qodir bo‘lishi uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni qabul qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hibsga olingan va bir ishtirokchi Davlat hududida qamoq muddatini o‘tayotgan shaxsning mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsni aniqlanish, guvohlik berish yoki tergov ishi, ko‘rilayotgan jinoiy ish uchun isbot-dalillar olish maqsadlarida boshqa ishtirokchi Davlatda bo‘lishi talab qilinayotgan bo‘lsa, u holda quyidagi talablarga rioya qilish shartida ushbu shaxs boshqa ishtirokchi Davlatga topshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu shaxs bunga o‘zining ongli tarzda roziligini bersa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkala ishtirokchi Davlatning vakolatli organlari ushbu Davlatlar tegishli deb topishlari mumkin bo‘lgan shartlarda kelishuvga erishsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur moddaning 10-bandi maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) topshirilgan shaxsni qabul qilgan ishtirokchi Davlat, agar ushbu shaxsni topshirgan ishtirokchi Davlat boshqa choralar qo‘llanilishini so‘ramagan yoki ruxsat bermagan bo‘lsa, bu shaxsni qamoqda saqlashga haqli va qamoqda saqlashi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) topshirilayotgan shaxsni qabul qilib olgan ishtirokchi Davlat ushbu shaxsni topshirgan ishtirokchi Davlatga qaytarib berish bo‘yicha o‘z majburiyatini avvalroq kelishib olinganidek yoki ikkala ishtirokchi Davlatlarning vakolatli organlari tomonidan boshqacha tarzda kelishib olinganidek zudlik bilan bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) topshirilayotgan shaxsni qabul qilib olgan ishtirokchi Davlat ushbu shaxsni topshirgan ishtirokchi Davlatdan topshirish yoki qaytarish tartibotini qo‘zg‘atishni talab qilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) topshirilgan shaxsning uni topshirgan davlatda o‘tayotgan qamoq muddatiga topshirilgan ishtirokchi Davlatdagi uning qamoqda bo‘lgan muddati ham qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur moddaning 10- va 11-bandlariga muvofiq biron shaxsni topshirishi lozim bo‘lgan ishtirokchi Davlatning roziligisiz, topshirilayotgan davlat hududida ushbu shaxsning, fuqaroligi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uni topshirgan davlat hududidan ketishidan avvalgi vaqt oralig‘iga taalluqli bo‘lgan harakatlar, bajarilmagan harakatlar yoki hukm chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ta’qib qilinishiga, qamoqqa olinishiga, jazolanishiga yoki shaxsiy ozodligining boshqa cheklanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Har bir ishtirokchi Davlat o‘zaro huquqiy yordam berilishi haqidagi murojaatlarni qabul qilishga yoki ularni bajarishga yoxud ularni bajarish uchun vakolatli organlarga jo‘natishga mas’ul va tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan markaziy organni tayinlaydi. Agar ishtirokchi Davlatda o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatishning alohida tizimiga ega maxsus hudud yoki mintaqa bo‘lsa, u ushbu hudud yoki mintaqada xuddi shunday vazifalarni bajaruvchi alohida markaziy organni tayinlashi mumkin. Markaziy organlar qabul qilingan murojaatlarni tezkor va tegishli tarzda bajarilishi yoki jo‘natilishini ta’minlaydilar. Agar markaziy organ murojaatni bajarish uchun vakolatli organga jo‘natayotgan bo‘lsa, ushbu murojaat vakolatli organ tomonidan tezkor va tegishli ravishda bajarilishiga ko‘maklashadi. Har bir ishtirokchi Davlat o‘zining ratifikatsion yorlig‘ini yoki mazkur Konvensiyani qabul qilishi yoki uni tasdiqlashi yoni unga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatini saqlash uchun topshirayotganida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu maqsadlarda tayinlangan markaziy organ haqida xabardor qilinadi. O‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimoslar va ularga taalluqli istalgan xabarlar ishtirokchi Davlatlar tayinlagan markaziy organlar tomonidan jo‘natiladi. Bu talab ishtirokchi Davlatning bunday murojaatlar va xabarlarni diplomatik kanallar orqali va favqulodda vaziyatlarda, ishtirokchi Davlatlar bu haqda avvaldan kelishib olgan bo‘lsalar va agar, buning imkoni bo‘lsa, Jinoiy politsiyaning xalqaro tashkiloti orqali unga yetkazilishini talab qilishdek huquqini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Murojaatlar yozma ko‘rinishda yoki, agar buning imkoni bo‘lsa, so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat uchun maqbul bo‘lgan tilda yozma matn tuzishning va ushbu ishtirokchi Davlatga uning asliga to‘g‘ri ekanligini aniqlash imkoniyatini beruvchi shartlarda istalgan vositalar yordamida jo‘natiladi. Ratifikatsion yorliq yoki mazkur Konvensiyani qabul qilishi yoki uni tasdiqlashi yoni unga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjat saqlash uchun topshirilayotganida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi har bir ishtirokchi Davlat uchun maqbul bo‘lgan til yoki tillar to‘g‘risida xabardor qilinadi. Favqulodda vaziyatlarda va, agar ishtirokchi Davlatlar tomonidan bu haqda avvaldan kelishib olingan bo‘lsa, murojaatlar og‘zaki ko‘rinishda jo‘natilishi mumkin, lekin bu og‘zaki murojaatlar zudlik bilan yozma ravishda tasdiqlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi murojaatda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) iltimos bilan murojaat qilayotgan organning nomlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) masalaning mohiyati va murojaatga taalluqli tekshiruv ishlari, qo‘zg‘atilgan jinoiy ish yoki sud muhokamasining tavsifi, shuningdek bu tekshiruv ishlari, qo‘zg‘atilgan jinoiy ish yoki sud muhokamasini amalga oshirayotgan organning nomlanishi va vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) sudga oid hujjatlarni topshirish bilan bog‘liq iltimoslarni istisno qilganda, tegishli dalillarning qisqacha bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) so‘ralayotgan yordamning ta’rifi va so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat rioya qilinishi ta’minlanishini xohlayotgan istalgan aniq tartibot to‘g‘risida batafsil ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) imkon boricha, istalgan tegishli shaxsning joylashgan yeri, fuqaroligi va shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) dalillar, ma’lumot yoki choralar so‘ralishidan maqsad.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. So‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat, agar biron qo‘shimcha ma’lumot uning ichki qonunchiligiga muvofiq iltimos bajarilishi uchun yoki bunday iltimos bajarilishini yengillashtiradigan bo‘lsa, zarur bo‘lgan holatlarda ushbu qo‘shimcha ma’lumotni so‘rashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Iltimos so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq va so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga zid bo‘lmagan darajada, va imkon qadar iltimosda ko‘rsatilgan tartibotlarga muvofiq ravishda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar biron-bir shaxs ishtirokchi Davlat hududida bo‘lsa va guvoh yoki ekspert sifatida boshqa ishtirokchi Davlatning sud organlariga guvohlik yoki ko‘rsatma berishi kerak bo‘lib va tegishli shaxsning so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatning hududida bo‘lishining imkoni bo‘lmasa yoki ishtirokchi Davlatning hududida bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘lmasa, guvohlik yoki ko‘rsatma berilishini, imkoniyat darajasida va ichki qonunchilikning eng muhim prinsiplariga muvofiq holda, birinchi ishtirokchi Davlat boshqa ishtirokchi Davlatning iltimosiga ko‘ra video aloqa yordamida amalga oshirishi mumkin. Ishtirokchi Davlatlar guvohlik va ko‘rsatmalar berilishini so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatning sud organlari so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatning sud organlari ishtirokida o‘tkazishi to‘g‘risida kelishib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. So‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va isbot-dalillardan, so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatning avvaldan bergan roziligisiz, murojaatnomada ko‘rsatilgan tergov ishlari yoki sud muhokamasidan boshqa tergov ishlari yoki sud muhokamasida foydalanmaydi. Mazkur banddagi hech qanday holat so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan uning hududida o‘tayotgan tergov va tekshiruv ishlari jarayonida ayblanuvchini oqlovchi ma’lumotlar yoki isbot-dalillarni aniqlanishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday holatlarda, so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat, ma’lumotlar yoki isbot-dalillarni aniqlashdan avval, so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatni bu haqda xabardor qiladi va agar, maslahatlashish to‘g‘risida iltimos qilingan bo‘lsa, so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat bilan maslahatlar o‘tkazadi. Agar, istisno qilingan holatlarda, avvaldan xabar berishning imkoni bo‘lmasa, u holda so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat bu kabi oqlovchi ma’lumotlar yoki isbot-dalillar aniqlanganligi haqida zudlik bilan so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. So‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat, murojaatning bajarilishi uchun zarur bo‘lgan narsalarni istisno qilganda, uning mavjudligi va uning mohiyati oshkora qilinmasligini so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatdan talab qilishi mumkin. Agar so‘rov berilayotgan Davlat oshkor qilinmaslik to‘g‘risidagi talabni bajara olmaydigan bo‘lsa, u holda so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatni darhol bu to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatilishiga quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar murojaat mazkur moddaning holatlariga muvofiq bo‘lmagan tarzda berilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat murojaatning bajarilishi uning suvereniteti, xavfsizligi, ommaviy tartibiga yoki boshqa hayotiy muhim manfaatlariga zarar yetkazadi deb hisoblasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) agar so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligi istalgan bu kabi jinoyatga nisbatan, agar bunday jinoyat uning sud qilish huquqlari chegarasida olib boriladigan tekshiruv, tergov ishlari yoki sud muhokamasining predmeti hisoblanib, so‘ralayotgan choralarni amalga oshirishni taqiqlaydigan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar murojaatning bajarilishi so‘rov berilayotgan Davlatning huquqiy tizimidagi o‘zaro huquqiy yordam masalalariga taalluqli qismiga zid bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishtirokchi Davlatlar o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi murojaatni, faqat, jinoyat, shuningdek soliq masalalari bilan bog‘liq deb hisoblangani sababli rad etishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘zaro huquqiy yordam taqdim etilishiga nisbatan bildirilgan rad javoblarining barchasi asoslanib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. So‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatilishi haqidagi murojaatni imkon qadar qisqa muddatlarda bajaradi va so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan taklif qilinayotgan va, birinchi navbatda, murojaatning o‘zida asoslanib berilgan istalgan eng qisqa muddatlarni imkon boricha to‘liq hisobga oladi. So‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan uning iltimosini qondirish uchun ko‘rilayotgan choralar maqomi va iltimosning bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etilishi to‘g‘risidagi oqilona so‘rovlar bilan murojaat qilishi mumkin. So‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat so‘ralgan yordam zarurati qolmaganligi to‘g‘risida tezkor ravishda so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. O‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatilishi, amalga oshirilayotgan tekshiruv, jinoiy tergov ishlari yoki sud muhokamasiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi bilan asoslangan holda, so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan kechiktirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur moddaning 21-bandiga asosan iltimosga rad javobini berishdan yoki mazkur moddaning 25-bandiga asosan iltimos bajarilishini kechiktirishdan avval so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan zarur deb topilgan shart va muddatlarda yordam ko‘rsatilishi mumkinligini aniqlash maqsadida so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat bilan maslahatlashadi. Agar so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat bu kabi shartlarda yordam ko‘rsatilishiga rozi bo‘lsa, u holda bu shartlarga rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. So‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatning iltimosiga ko‘ra ushbu davlatning hududida o‘tkazilayotgan tergov ishlarini amalga oshirishda yoki sud muhokamasida ko‘rsatmalar berishga rozilik bergan guvoh, ekspert yoki boshqa shaxsning, mazkur moddaning 12-bandi qo‘llanilishiga zarar yetkazmagan holda, uni topshirgan davlat hududidan ketishidan avvalgi vaqt oralig‘iga taalluqli bo‘lgan harakatlar, bajarilmagan harakatlar yoki hukm chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ta’qib qilinishiga, qamoqqa olinishiga, jazolanishiga yoki shaxsiy ozodligining boshqa cheklanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar guvoh, ekspert yoki boshqa shaxs, uning ushbu hududda bo‘lishi sud organlariga talab qilinmasligi haqida rasmiy ravishda xabardor qilingan kundan boshlab ketma-ket o‘n besh kun davomida yoki ishtirokchi Davlatlar o‘zaro kelishib olgan muddat davomida so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat hududidan chiqib ketish imkoniyatiga ega bo‘lsada, lekin o‘z ixtiyori bilan ushbu hududda qolsa yoki o‘zining xohishiga ko‘ra yana qaytib kelsa, u holda bunday shaxsiy xavfsizlik kafolatining amal qilishi tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Murojaatni bajarish bilan bog‘liq odatdagi xarajatlar, agar manfaatdor ishtirokchi Davlatlar boshqa shartlar to‘g‘risida kelishib olmagan bo‘lsalar, so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan qoplanadilar. Agar murojaatning bajarilishi jiddiy va favqulodda xarajatlarni talab qiladigan bo‘lsa, ishtirokchi Davlatlar murojaat qaysi shartlarda bajarilishi, shuningdek, xarajatlarni qoplash tartibi xususida maslahatlashib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. So‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatga o‘zida mavjud bo‘lgan va ichki qonunchiligiga muvofiq ommaviy tarzda foydalanishga ruxsat berilgan hukumat tomonidan chiqarilgan materiallar, hujjatlar yoki ma’lumotlarning nusxalarini taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘zi lozim topgan hollarda so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatga, o‘zi tegishli deb topgan shartlarga rioya qilish shartida o‘zida mavjud bo‘lgan va ichki qonunchiligiga muvofiq ommaviy tarzda foydalanishga ruxsat etilmagan hukumat tomonidan chiqarilgan materiallar, hujjatlar yoki ma’lumotlarning nusxalarini to‘liq yoki qisman taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishtirokchi Davlatlar, zarurat tug‘ilishiga qarab, ushbu modda maqsadlariga javob beruvchi, uning amal qilishini ta’minlovchi yoki tutgan o‘rnini mustahkamlovchi ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama kelishuvlar tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Jinoiy ish yurituvini topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar munosabati bilan yuritilayotgan tekshiruv ishlarini, bu kabi o‘zaro topshirishlar odil sudlov tegishli tarzda amalga oshirilishi manfaatlariga javob beradi deb hisoblansa, xususan, agar jinoiy ishlarni birlashtirish uchun bir nechta yurisdiksiyaga murojaat qilinishi lozim bo‘lsa, o‘zaro topshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlarga qarshi kurashish uchun qo‘llaniladigan qonuniy choralar samaradorligini oshirish maqsadida, o‘zlarining ichki huquqiy va ma’muriy tizimlariga muvofiq tarzda, bir-birlari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar. Ishtirokchi Davlatlar, xususan, quyidagilarga qaratilgan samarali choralarni ko‘radilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlarning barcha jihatlari to‘g‘risida, jumladan, agar ishtirokchi Davlatlar buni zarur deb topsalar, jinoiy faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha ma’lumotlarning ishonchli va tezkor almashinuvini ta’minlash maqsadida ishtirokchi Davlatlarning vakolatli organlari, muassasalari va xizmatlari o‘rtasida aloqa kanallarini mustahkamlash va zarur bo‘lgan holatlarda bu kabi aloqani o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan tekshiruv ishlarini olib borishda quyidagilarni aniqlash maqsadida hamkorlik qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) bu kabi jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotganlarning shaxsi, joylashgan yeri va faoliyati yoki boshqa aloqador shaxslarning joylashgan yeri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) bu kabi jinoyatlar sodir etilishi natijasida orttirilgan jinoiy daromadlar yoki mol-mulkning ko‘chishi, joyini o‘zgartirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iii) bu kabi jinoyatlarni sodir etishda foydalanilgan yoki foydalanish uchun mo‘ljallangan mol-mulk, uskunalar yoki boshqa vositalarning joydan joyga ko‘chishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) lozim bo‘lgan holatlarda tahlil qilish yoki tekshiruv o‘tkazish maqsadida zarur predmetlar yoki zarur bo‘lgan miqdorda moddalarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) zarur holatlarda boshqa ishtirokchi Davlatlar bilan mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlarni sodir etishda qo‘llaniladigan aniq vositalar va usullar, jumladan qalbaki shaxsiy guvohnomalar, qalbaki, o‘zgartirilgan yoki soxta hujjatlar va faoliyatini yashirishda qo‘llaniladigan boshqa vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ularning vakolatli organlari, muassasalari va xizmatlari o‘rtasidagi samarali muvofiqlashtirishga ko‘maklashish va xodimlar hamda boshqa ekspertlar bilan almashish, shu jumladan, manfaatdor ishtirokchi Davlatlar tomonidan ikki tomonli kelishuvlar va bitimlar tuzilishi shartida aloqa bo‘yicha xodimlarni jo‘natish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) axborot almashinuvi va, lozim bo‘lgan holatlarda, mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlarni avvaldan aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan ma’muriy va boshqa choralarni muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Konvensiyaning amaliy qo‘llanilishi maqsadida ishtirokchi Davlatlar o‘zlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bir-birlari bilan bevosita hamkorlik qilishlari to‘g‘risidagi ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama kelishuv va bitimlarni tuzish, agar bunday kelishuv va bitimlar mavjud bo‘lgan holatlarda esa ularga o‘zgartishlar kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqadilar. Manfaatdor ishtirokchi davlatlar o‘rtasida bu kabi kelishuv va bitimlar mavjud bo‘lmasa, ishtirokchilar mazkur Konvensiyani huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mazkur Konvensiya qamrab olgan jinoyatlarga qarshi kurashdagi o‘zaro hamkorligi uchun asos sifatida ko‘rishlari mumkin. Ishtirokchi Davlatlar, lozim bo‘lgan holatlarda, o‘zlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun kelishuv va bitimlardan, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning mexanizmlaridan to‘liqligicha foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishtirokchi Davlatlar, o‘z imkoniyatlari doirasida, mazkur Konvensiyada qamrab olingan va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish uchun hamkorlik qilishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Birgalikdagi tergov ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchi Davlatlar bitta yoki bir nechta davlatlarda olib borilayotgan jinoiy ta’qib yoki sud muhokamasi uchun umumiy hisoblangan jinoyatlar bo‘yicha birgalikdagi tergovni olib borish bo‘yicha organlar tuzish to‘g‘risidagi manfaatdor vakolatli organlar o‘rtasida ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama kelishuv yoxud bitimlarni tuzish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar. Bu kabi kelishuv yoki bitimlar bo‘lmagan taqdirda, birgalikdagi tergov ishlari har bir alohida holat uchun tuzilgan kelishuv asosida olib boriladi. Tegishli ishtirokchi Davlatlar, hududida bunday tekshiruv va tergov ishlari olib borilayotgan ishtirokchi Davlatning suvereniteti to‘liq hurmat qilinishini ta’minlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Tergovning maxsus metodlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korrupsiyaga qarshi samarali kurashish maqsadida har bir ishtirokchi Davlat, ichki huquqiy tizimidagi eng muhim prinsiplari yo‘l qo‘yadigan darajada va uning ichki qonunchiligida belgilangan shartlarda, o‘zining vakolatli organlari tomonidan tegishli tarzda nazorat ostida yetkazib berishga va o‘zi lozim deb topgan holatlarda esa, elektron kuzatuv yoki kuzatuvning boshqa shakllarini qo‘llashga, shuningdek o‘zining hududida amalga oshiriladigan agentura operatsiyalari kabi tekshiruv ishlarini olib borishning maxsus metodlaridan, o‘z imkoniyatlari doirasida, tegishli tarzda foydalanishga, shuningdek bu kabi metodlar yordamida to‘plangan isbot-dalillar sudga qo‘yilishiga ruxsat berilishi uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Konvensiyada qamrab olingan jinoyatlar bo‘yicha tekshiruv olib borish maqsadida, zarurat mavjud bo‘lgan hollarda, tekshiruvning bunday maxsus metodlaridan xalqaro miqyosda hamkorlik qilish kontekstida foydalanish uchun ishtirokchi Davlatlar tomonidan ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama kelishuv yoxud bitimlar tuzishi rag‘batlantiriladi. Bunday kelishuv yoki bitimlar davlatlarning suveren teng huquqlik prinsipiga to‘la rioya qilgan holda tuziladi va amalga oshiriladi hamda ushbu kelishuv yoki bitimlarning shartlariga qat’iy amal qilgan holda qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-bandda ko‘rsatilgan kelishuv va bitimlar mavjud bo‘lmaganida tekshiruvning bunday maxsus metodlaridan xalqaro miqyosda foydalanish to‘g‘risidagi qaror har bir alohida holat uchun qabul qilinishi mumkin va, zarurat tug‘ilganida, moliyaviy kelishuvlar hamda sud qilish huquqini amalga oshirishda manfaatdor ishtirokchi Davlatlarning hamjihatligini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nazorat ostida yetkazib berishdan xalqaro miqyosda foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar, manfaatdor ishtirokchi Davlatlarning roziligi bilan, yuklarni ushlab olib qolish va ularga tegmasdan qoldirish yoki ularni to‘liq yoxud qisman muomaladan chiqarish yoki almashtirish kabi metodlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob
Aktivlarni qaytarish bo‘yicha choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bobga asosan aktivlarning qaytarilishi o‘z mohiyatiga ko‘ra mazkur Konvensiyaning eng muhim prinsipi hisoblanadi va ishtirokchi Davlatlar ushbu yo‘nalishda bir-birlari bilan keng miqyosda va yaqindan hamkorlik qiladilar hamda bir-birlariga yordam ko‘rsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Jinoiy daromadlar boshqa joyga o‘tkazilishini oldini olish va aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat, mazkur Konvensiyaning 14-moddasiga zarar yetkazmagan holda, o‘zining yurisdiksiyasi daxl qilishi mumkin bo‘lgan moliya muassasalaridan mijozlar shaxsini aniqlashni, katta hajmdagi mablag‘lar jamlangan hisob raqamlarida deponentlangan benefitsar mablag‘lar egalarining shaxsini aniqlash uchun oqilona choralarni ko‘rishni, katta miqyosdagi va ahamiyatli ommaviy vakolatlarga bugungi kunda ega yoki avvalroq ega bo‘lgan shaxslar, ularning oila a’zolari va ular bilan yaqindan aloqa qiladigan hamkorlar yoki yuqorida sanab o‘tilgan shaxslar nomidan ochilmoqchi bo‘lgan yoki olib borilayotgan hisob raqamlarini yanada kuchliroq nazorat qilinishini talab qilish uchun ushbu ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi. Bunday qat’iy choralar shubhali operatsiyalarni oqilona darajada aniqlash uchun qaratilgan bo‘lib, vakolatli organlarga tegishli ma’lumotlar yetkazilishi uchun mo‘ljallangan va moliya muassasasi istalgan qonuniy mijoz bilan ish yuritishiga to‘sqinlik qiladigan yoki taqiqlaydigan tarzda talqin etilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida ko‘zda tutilgan choralar amalga oshirilishiga ko‘maklashish maqsadida har bir ishtirokchi Davlat, o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq hamda pul mablag‘larini halollab olish bo‘yicha mintaqaviy, mintaqalararo va ko‘p tomonlama tashkilotlarning tegishli tashabbuslariga tayangan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hisob raqamlariga o‘zining yurisdiksiyasi daxl qiladigan moliya muassasalari tomonidan nazoratning yanada qat’iyroq choralari ko‘rilishi kutilayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning toifalariga, alohida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan hisob raqamlari va operatsiyalarning turlariga, hamda hisob raqamlarini ochish va yuritish bo‘yicha tegishli choralarga, shuningdek shu kabi hisob raqamlariga nisbatan qabul qilinuvchi hisob raqamlari bo‘yicha olib boriladigan hisobot va moliyaviy hujjatlarga nisbatan tavsiyaviy ko‘rsatmalar chiqaradi, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tegishli holatlarda, o‘zining yurisdiksiyasi daxl qiladigan moliya muassasalarini boshqa ishtirokchi Davlatning iltimosi yoki o‘zining tashabbusiga ko‘ra, bu kabi moliya muassasalari tomonidan nazoratning yanada qat’iyroq choralari ko‘rilishi kutilayotgan hisob raqamlariga ega aniq jismoniy yoki yuridik shaxslar to‘g‘risida, moliya muassasasi tomonidan boshqacha tartibda aniqlanishi mumkin bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qo‘shimcha qilgan holda, xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ishtirokchi Davlat, mazkur moddaning 2 (a)-bandi kontekstida o‘zining moliya muassasalari, mazkur moddaning 1-bandida qayd etilgan shaxslarga daxldor bo‘lgan hisob raqamlari va operatsiyalar to‘g‘risidagi va tarkibida kamida mijozning shaxsi, shuningdek, imkon qadar, benefitsiar egasiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlari mavjud moliyaviy hujjatlar va hisobotlar tegishli muddat davomida saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan choralarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Kovensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar natijasida topilgan jinoiy daromadlar boshqa joylarga o‘tkazilishini oldini olish va aniqlash maqsadida har bir ishtirokchi Davlat o‘zining tartibga soluvchi va nazorat organlari, jismoniy ishtiroki bo‘lmagan yoki biron muvofiqlashtiriladigan moliyaviy guruh bilan affilatsiya qilinmagan bank muassasalari yordamida tegishli va amaliy choralarni amalga oshiradi. Undan tashqari, ishtirokchi Davlatlar o‘zlarining moliya muassasalariga nisbatan bu kabi moliya muassasalari bilan bank korrespondentlik munosabatlarni o‘rnatishni yoki bunday munosabatlarni davom ettirishni rad qilish, shuningdek jismoniy ishtiroki bo‘lmagan yoki biron muvofiqlashtiriladigan moliyaviy guruh bilan affilatsiya qilinmagan banklar tomonidan hisob raqamlaridan foydalanishiga ruxsat beruvchi xorijiy moliyaviy muassasalar bilan munosabatlarni o‘rnatishdan saqlanish kabi talablarni o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir ishtirokchi Davlat o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq tegishli ommaviy mansabdor shaxslarga taalluqli moliyaviy ma’lumotlarni oshkor qilib berishni ko‘zda tutuvchi samarali tizimlarni tashkil qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi va ushbu talablarga rioya qilinmasligi uchun tegishli jazo choralarini belgilaydi. Har bir ishtirokchi Davlat, shuningdek, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali topilgan jinoiy daromadlarni qaytarish maqsadida tekshiruv olib borish, huquqlarini bayon qilish va tegishli choralarni ko‘rish uchun zarur bo‘lgan holatlarda o‘zining vakolatli organlariga boshqa ishtirokchi Davlatning vakolatli organlari bilan bunday ma’lumotlar bilan almashishiga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir ishtirokchi Davlat biron xorijiy mamlakatdagi biron-bir moliyaviy hisob raqamga nisbatan manfaatga yoki imzo qo‘yish huquqiga yoxud boshqa vakolatga ega bo‘lgan ommaviy mansabdor shaxslar uchun bu haqda tegishli organlarga xabar berish va bu kabi hisob raqamlarga taalluqli hisobot olib borish talabini belgilash uchun o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Bu kabi choralar, shuningdek, bunday talablarga rioya qilmaslik uchun tegishli sanksiyalar qo‘llanilishini ko‘zda tutadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Mol-mulk bevosita qaytarilishi uchun choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat, o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa ishtirokchi Davlatga mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar natijasida sotib olingan mol-mulkka nisbatan huquqiy unvon yoki egalik qilish huquqini talab qilish yuzasidan fuqarolik da’volarini o‘zining sudlariga taqdim etishiga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘zlarining sudlariga mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarga bunday jinoyat sodir etilishi oqibatida boshqa ishtirokchi Davlatga yetkazilgan zararni o‘rnini to‘ldirish yoki qoplash to‘g‘risida farmoyish berishiga ruxsat berilishi uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) musodara qilish to‘g‘risidagi qarorlarni chiqarishda mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar natijasida sotib olingan mol-mulkning qonuniy egasi sifatida boshqa ishtirokchi Davlat tomonidan qo‘yiladigan talablarni o‘zlarining sudlari yoki vakolatli organlari tan olinishiga yo‘l qo‘yish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Musodara qilish ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik vositasida mol-mulkni muomaladan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar natijasida sotib olingan yoki bu kabi jinoyatlarni sodir etilishida foydalanilgan mol-mulkka taalluqli o‘zaro huquqiy yordamni mazkur Konvensiyaning 55-moddasiga asosan taqdim etish maqsadida, o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa ishtirokchi Davlat sudlari tomonidan musodara qilish to‘g‘risida chiqarilgan qarorlarni o‘zining vakolatli organlari ijro etishiga ruxsat berilishi uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘zining vakolatli organlariga, ularning yurisdiksiyasi doirasida, pul mablag‘larini legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar yoki uning yurisdiksiyasiga taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa jinoyatlar yuzasidan sud qarorini chiqarishda yoxud ichki qonunchiligida ruxsat etilgan boshqa tartibotlardan foydalanishda kelib chiqishi xorijiy bo‘lgan bunday mol-mulk musodara qilinishi to‘g‘risida qaror chiqarishlariga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) vafot etganligi, yashirilganligi yoki yo‘qligi sababli jinoyatchi ta’qib etilishining imkoni bo‘lmagan yoxud boshqa muvofiq holatlarda ko‘rilayotgan jinoiy ishlar doirasida qaror chiqarmasdan turib bunday mol-mulkning musodara qilinishiga imkoniyat yaratish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni qabul qilish bo‘yicha masalani ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning 55-moddasi, 2-bandiga asosan jo‘natilgan iltimos bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordamni taqdim etish maqsadida, o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘zining vakolatli organlariga so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatning sudi yoki vakolatli organlari tomonidan mol-mulkni muomaladan chiqarib ishga solmay qo‘yish yoki hibsga olish to‘g‘risida chiqarilgan va so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatga bu kabi choralar ko‘rilishi uchun yetarli asoslar mavjud va, yakuniy natijada, ushbu mol-mulkka nisbatan mazkur moddaning 1 (a)-bandi maqsadlari uchun musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqariladi deb hisoblashga imkon beruvchi oqilona asoslar bayon etilgan qarorga asosan mol-mulkni ishga solmay qo‘yishiga yoki hibsga olishiga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘zining vakolatli organlariga so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlatga bu kabi choralar ko‘rilishi uchun yetarli asoslar mavjud va, yakuniy natijada, ushbu mol-mulkka nisbatan mazkur moddaning 1 (a)-bandi maqsadlari uchun musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqariladi deb hisoblashga imkon beruvchi oqilona asoslar bayon etilgan murojaatga asosan mol-mulkni muomaladan chiqarib turib ishga solmay qo‘yishiga yoki hibsga olishiga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) o‘zining vakolatli organlariga musodara qilish maqsadlarida mol-mulkni saqlab qolishiga, masalan, bu kabi mol-mulkni sotib olinishi munosabati bilan xorijda chiqarilgan hibsga olish to‘g‘risidagi qaror yoki jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga asoslangan holda, ruxsat berishi uchun qo‘shimcha choralarni qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Musodara qilish maqsadlaridagi xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron xatti-harakat yurisdiksiyasiga taalluqli hisoblangan ishtirokchi Davlatdan mazkur Kovensiyaning 31-moddasi 1-bandida qayd etilgan va o‘z hududida joylashgan jinoiy daromadlarni, mol-mulkni, uskunalari va jinoyat sodir etishning boshqa vositalarini musodara qilish to‘g‘risida murojaatnoma olgan ishtirokchi Davlat o‘zining ichki qonunchiligi doirasida mumkin bo‘lgan maksimal darajada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni olish maqsadida bu iltimosni o‘zining vakolatli organlariga yuboradi va shunday qarorni olgan taqdirda uni ijro etadi, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘zining vakolatli organlariga so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat hududida mazkur Konvensiyaning 31-moddasi 1-bandi va 54-moddasi 1 (a)-bandiga muvofiq sud tomonidan musodara qilish to‘g‘risidagi chiqarilgan qarorni, murojaatda ko‘rsatilgan hajmda va so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlati hududidagi 31-moddaning 1-bandida qayd etilgan jinoiy daromadlar, mol-mulk, uskuna yoki jinoyat sodir etishning boshqa vositalariga taalluqli bo‘lgan darajada ijro etish maqsadida yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. So‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat Mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron xatti-harakat yurisdiksiyasiga taalluqli hisoblangan ishtirokchi Davlatdan murojaatnoma olganidan keyin, 31-moddaning 1-bandida qayd etilgan jinoiy daromadlar, mol-mulk, uskuna yoki jinoyat sodir etishning boshqa vositalarini aniqlash, kuzatish, muomaladan chiqarib turib ishga solmay qo‘yish yoki hibsga olish maqsadida va keyinchalik, so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan chiqariluvchi qarorga yoki mazkur moddaning 1-bandiga asosan qilingan murojaatga muvofiq, musodara qilish uchun choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Konvensiyaning 46-moddasidagi holatlar mazkur moddaga nisbatan mutatis mutandis tarzda qo‘llaniladi. Mazkur moddaga muvofiq yuborilayotgan iltimos tarkibida 46-moddaning 15-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha qilingan quyidagilar bayon etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur moddaning 1 (a)-bandida ko‘zda tutilgan murojaat qo‘llanishiga — musodara qilinishi lozim bo‘lgan mol-mulkning ta’riflanishi, shu jumladan, imkon darajasida uning joylashgan yeri to‘g‘risidagi ma’lumotlar va, agar bu o‘rinli bo‘lsa, mol-mulkning baholangan qiymati va so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat havola qilayotgan va so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq qaror chiqarishi uchun choralar ko‘rishiga yetarli bo‘lgan dalillar bayon etilgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur moddaning 1 (b)-bandida ko‘zda tutilgan murojaat qo‘llanishiga — so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat murojaatini asoslab beruvchi va u tomondan berilgan musodara to‘g‘risidagi qarorning yuridik jihatdan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan nusxasi, dalillarning bayoni keltirilgan ariza va qaror ijrosining so‘ralayotgan hajmi to‘g‘risidagi ma’lumot, so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat halol uchinchi tomonlarga tegishli xabarnoma yuborishi va tegishli huquqiy tartibotlarga rioya qilinishini ta’minlash uchun ko‘rilgan choralar ko‘rsatilgan ariza hamda musodara to‘g‘risidagi qaror qat’iy ekanligi to‘g‘risidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) mazkur moddaning 2-bandida ko‘zda tutilgan murojaat qo‘llanishiga — so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat havola qilayotgan dalillar bayon etilgan ariza va qo‘llanilayotgan choralarning ta’riflanishi, shuningdek, agar mavjud bo‘lsa, murojaatni asoslab beruvchi qarorning yuridik jihatdan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaning 1- va 2-bandlarida ko‘zda tutilgan qarorlar yoki choralar so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan uning ichki qonunchiligidagi holatlarga va uning protsessual normalari yoki istalgan ikki tomonlama yoxud so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlat bilan munosabatlari asnosida bog‘liq bo‘lgan ko‘p tomonlama kelishuvlar yoki bitimlarga muvofiq va ularga rioya qilish shartida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir ishtirokchi Davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga mazkur moddadagi holatlar amalga oshirilishini ta’minlovchi qonun va qoidalarining matnlarini, shuningdek ushbu qonunlar va qoidalarga keyinchalik kiritilgan barcha istalgan o‘zgartishlarning matnlari yoki ta’riflanishlarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar ishtirokchi Davlat mazkur moddaning 1- va 2-bandlarida qayd etilgan choralar ko‘rilishini muvofiq shartnoma mavjud bo‘lishi bilan shartlashni xohlasa, u holda bu ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyani zarur va yetarli bo‘lgan shartnomaviy-huquqiy asos sifatida ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat o‘z vaqtida yetarli isbot-dalillar olmasa yoki agar mol-mulk minimal qiymatga ega bo‘lsa mazkur moddaga asoslangan hamkorlikka rad javobi ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur moddaga muvofiq qabul qilingan istalgan ta’minlovchi choraning bekor qilinishidan avval so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat, mumkin bo‘lgan holatlarda, so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatga bunday chorani amalga oshirishni davom ettirish foydadan xoli bo‘lmasligini asoslab berishi uchun imkoniyat taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur moddaning holatlari halol uchinchi tomonlarning huquqlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Maxsus hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi Davlat, o‘zining ichki qonunchiligiga zarar yetkazmagan holda, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali orttirilgan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining tekshiruv ishlariga, ko‘rilayotgan jinoiy ishlariga yoki sud muhokamasiga zarar yetkazmasdan turib, agar bu kabi ma’lumotlarning oshkora qilinishi uni olayotgan ishtirokchi Davlatga jinoiy ishni qo‘zg‘atish yoki tekshiruv ishlarini yoki sud muhokamasini o‘tkazishiga ko‘mak beradi yoxud ushbu ishtirokchi Davlat tomonidan bu iltimosnomani Konvensiyaning mazkur moddasiga muvofiqlashtirishiga yo‘naltiradi deb hisoblasa, boshqa ishtirokchi Davlatga avvaldan iltimosnoma qilinmagan hollarda ham jo‘natish imkoniyatini beruvchi choralar ko‘rishga intiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Aktivlarni qaytarish va ularni tasarruf qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchi Davlat tomonidan mazkur Konvensiyaning 31-moddasiga yoki 55-moddasiga asosan musodara qilingan mol-mulkni, jumladan mazkur moddaning 3-bandiga ko‘ra avvalgi qonuniy egalariga qaytarilgan mol-mulkni ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning holatlari va o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq tasarruf qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat, ichki qonunchiligining eng muhim prinsiplariga muvofiq, o‘zining vakolatli organlariga, ular boshqa ishtirokchi Davlat tomonidan yuborilgan iltimosnoma bo‘yicha ish tutayotganlarida, musodara qilingan mol-mulkni, halol uchinchi tomonlarning huquqlarini hisobga olgan holda, mazkur Konvensiyaga muvofiq qaytarib berishlariga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan qonuniy va boshqa choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning 46- va 55-moddalariga va mazkur moddaning 1- va 2-bandlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Konvensiyaning 17- va 33-moddalarida qayd etilganidek, ommaviy mablag‘lar o‘g‘irlanganida yoki ommaviy mablag‘lar halollashtirilganida, agar musodara 55-moddaga muvofiq va so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan chiqarilgan yakuniy qaror asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, va aynan shu talab so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan bekor qilinishi mumkinligini e’tiborga olgan holda, musodara qilingan mol-mulkni so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatga qaytarib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Konvensiyada qamrab olingan istalgan jinoyat orqali daromad topilganida, agar musodara 55-moddaga muvofiq va so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan chiqarilgan yakuniy qaror asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, va aynan shu talab so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan bekor qilinishi mumkinligini e’tiborga olgan holda, agar so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatga ushbu musodara qilingan mol-mulkka egalik qilish huquqi avvaldan bor bo‘lganini oqilona isbotlab bersa yoki so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat so‘rov berayotgan Davlatga yetkazilgan zararni musodara qilingan mol-mulkni qaytarib berish uchun asos sifatida tan olsa, musodara qilingan mol-mulkni so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatga qaytarib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) barcha boshqa holatlarda, birinchi navbatda, musodara qilingan mol-mulkni so‘rov berayotgan ishtirokchi Davlatga, bunday mol-mulkni uning avvalgi qonuniy egalariga qaytarilishi yoki jinoyatdan jabr ko‘rganlarga kompensatsiya to‘lanishi masalasi ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. So‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat tegishli holatlarda, agar faqat ishtirokchi Davlatlar boshqa qarorni qabul qilmasalar, so‘rov berilayotgan ishtirokchi Davlat musodara qilingan mol-mulk qaytarilishiga yoki mazkur moddaga muvofiq tasarruf qilinishiga olib kelgan tergov ishlari, ko‘rilgan jinoiy ish yoki sud muhokamasi vaqtida sarflangan oqilona xarajatlarni olib qolishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishtirokchi Davlatlar tegishli holatlarda musodara qilingan mol-mulkni uzil-kesil tasarruf qilinishi xususida kelishuvlar yoki tomonlar uchun birdek maqbul bo‘lgan bitimlar tuzish imkoniyatini har bir alohida holat uchun ko‘rib chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Tezkor moliyaviy ma’lumotlarni yig‘ish uchun bo‘linmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchi davlatlar mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali topilgan jinoiy daromadlarning joydan joyga ko‘chirilishini oldini olish va ularga qarshi kurashish, shuningdek bunday daromadlarni muomaladan chiqarish maqsadlarida bir-birlari bilan hamkorlik qiladilar va shu maqsadlarda shubhali moliyaviy operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar olish, ularni tahlil qilish va vakolatli organlarga jo‘natish uchun mas’ul bo‘lgan tezkor moliyaviy ma’lumot yig‘ish bo‘yicha bo‘linmalarni tashkil qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlar hamda bitimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchi davlatlar Konvensiyaning mazkur bobiga asosan amalga oshiriladigan xalqaro hamkorlikning samaradorligini oshirish uchun ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama kelishuvlar va bitimlar tuzish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob
Texnik yordam va ma’lumot almashinuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Kadrlarni tayyorlash va texnik yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash uchun mas’ul bo‘lgan o‘z xodimlarini tayyorlash bo‘yicha, lozim deb topilgan darajada, dasturlarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi yoki takomillashtiradi. Kadrlarni tayyorlash bo‘yicha bunday dasturlar, boshqalari bilan bir qatorda, quyidagi sohalarga tegishli bo‘lishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) korrupsiyaga oid harakatlarni oldini olish, aniqlash va tekshirish, shuningdek ular uchun jazolash, jumladan isbot-dalillar to‘plash va tekshiruv metodlari bo‘yicha samarali choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha strategik siyosatni ishlab chiqish va rejalashtirish sohasida potensial yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) mazkur Konvensiya talablariga javob beradigan o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi iltimosnomalarni tuzish masalalari bo‘yicha vakolatli organlarning xodimlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ommaviy xizmat muassasalari, boshqarmalarini va ommaviy moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan ommaviy xaridlar va xususiy sektor boshqarmalarini baholash va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali orttirilgan jinoiy daromadlarning joydan-joyga ko‘chirilishini aniqlash, shuningdek bunday daromadlarni muomaladan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali orttirilgan jinoiy daromadlarning joydan-joyga ko‘chirish bo‘yicha operatsiyalarni aniqlash va to‘xtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali orttirilgan jinoiy daromadlarning joydan-joyga ko‘chirilishini va joydan-joyga ko‘chirish, yashirish va berkitish metodlarini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali orttirilgan jinoiy daromadlarni muomaladan chiqarishga yordam beruvchi tegishli va samarali huquqiy hamda ma’muriy mexanizmlar va metodlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) jabrlanuvchilar va sud organlari bilan hamkorlik qiladigan guvohlarni himoya qilishda foydalaniladigan metodlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) milliy va xalqaro qoidalarga, shuningdek tillarni o‘rganishga taalluqli masalalar bo‘yicha xodimlarni tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchi Davlatlar, o‘z imkoniyatlarini hisobga olgan holda, bir-birlariga keng miqyosda, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlari uchun, ularning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha muvofiq rejalari va dasturlari munosabati bilan tegishli texnik yordam berish, jumladan moddiy qo‘llab-quvvatlash va mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan sohalarda kadrlarni tayyorlash, shuningdek ishtirokchi Davlatlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini yaratadigan kadrlarni tayyorlash va yordam ko‘rsatish hamda tegishli tajriba va maxsus bilimlarni almashish masalasini ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishtirokchi Davlatlar, qanchalik lozim bo‘lsa, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardagi hamda tegishli ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlar va bitimlar doirasidagi amaliy va o‘quv tadbirlar samaradorligini maksimal oshirishga qaratilgan harakatlarini faollashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishtirokchi davlatlar vakolatli organlar va jamiyat ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha strategiyalar va rejalar ishlab chiqish maqsadida o‘z mamlakatlaridagi korrupsiyaning turlari, sabablari, oqibatlari va zararlari bilan bog‘liq bo‘lgan baholashlar, tadqiqotlar va ishlanmalarni o‘tkazish uchun, o‘zaro iltimosnomalarga asosan, bir-birlariga yordam berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Konvensiyada jinoyat deb topilgan xatti-harakatlar orqali orttirilgan jinoiy daromadlarni muomaladan chiqarishga yordam berish uchun ishtirokchi Davlatlar ushbu maqsadga erishishda yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ekspertlar nomlarini bir-birlariga taqdim etishda hamkorlik qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishtirokchi davlatlar hamkorlik va texnik yordamga ko‘maklashish hamda o‘zaro manfaatli muammolar, shu jumladan o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarning alohida muammolari va talablarini muhokama qilishni rag‘batlantirish uchun submintaqaviy, mintaqaviy va xalqaro konferensiya va seminarlardan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishtirokchi davlatlar rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarning texnik yordam sohasidagi dastur va loyihalar vositasida mazkur Konvensiyani qo‘llash bo‘yicha amalga oshirayotgan harakatlariga moliyaviy yordam berish maqsadida ixtiyoriy mexanizmlar yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir ishtirokchi Davlat rivojlanayotgan mamlakatlarda mazkur Konvensiyani qo‘llash uchun Boshqarma orqali dastur va loyihalarni amalga oshirishga yordam berish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotiklar va jinoyatlar bo‘yicha Boshqarmasi ehtiyojlari uchun ixtiyoriy badallar kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Korrupsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va ma’lumotlarni almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat ekspertlar bilan maslahatlashish, maslahatlar o‘tkazish, o‘z hududidagi korrupsiya sohasidagi tendensiyalarni, shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etiladigan shart-sharoitlarni tahlil qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchi Davlatlar, mumkin bo‘lgan qadar, umumiy ta’riflanishlar, standartlar va metodologiyalarni ishlab chiqish maqsadida korrupsiyaga oid statistik ma’lumotlarni, tahliliy bilimlarni va shu jumladan, korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish ishida amaliyotning optimal turlari haqidagi ma’lumotlarni kengaytirish hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vositasida ushbu ma’lumotlarni almashish imkoniyatini ko‘rib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ishtirokchi Davlat o‘zining korrupsiyaga qarshi siyosati va kurashi bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlari ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek ularning samaradorligi va ta’sirchanligini baholash imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda. Boshqa choralar: mazkur Konvensiyani iqtisodiy rivojlanish va texnik yordam asosida amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchi Davlatlar jamiyat uchun umuman, jumladan barqaror rivojlanish uchun korrupsiyaning salbiy oqibatlarini hisobga olgan holda, mumkin bo‘lgan qadar, xalqaro hamkorlik vositasida mazkur Konvensiyani optimal amalga oshirilishiga yordam beruvchi choralarni ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchi Davlatlar, mumkin bo‘lgan qadar hamda bir-birlari, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan muvofiqlashtirilgan tarzda quyidagilarga erishish uchun aniq chora-tadbirlarni ko‘radi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) rivojlanayotgan mamlakatlarning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida ular bilan turli darajalarda hamkorlikni faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rivojlanayotgan mamlakatlarning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida moliyaviy va texnik yordamni kengaytirish va ular mazkur Konvensiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarga, ularning mazkur Konvensiyani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashish maqsadida texnik yordam ko‘rsatish. Buning uchun ishtirokchi Davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan aniq ushbu maqsadlar uchun tashkil qilingan moliyalashtirish mexanizmining hisob raqamiga muntazam ravishda yetarli miqdorda ixtiyoriy badallar kiritishga intiladilar. Ishtirokchi Davlatlar, shuningdek, o‘zlarining ichki qonunchiligiga va mazkur Konvensiyaning holatlariga muvofiq, mazkur Konvensiyaning holatlariga muvofiq musodara qilingan pul mablag‘lari yoki jinoiy daromadlar yoki mol-mulkning tegishli qiymatining muayyan qismini yuqorida qayd etilgan hisob raqamiga o‘tkazish imkoniyatini alohida ko‘rib chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boshqa davlatlar va moliyaviy muassasalarni, tegishli holatlarda, mazkur moddaga muvofiq amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarga qo‘shilishga, shu jumladan rivojlanayotgan mamlakatlar mazkur Konvensiyaning maqsadlariga erishishi uchun ularga kadrlarni tayyorlash bo‘yicha dasturlarni va zamonaviy uskunalarni kattaroq hajmlarda taqdim etilishini ta’minlash yo‘li bilan rag‘batlantirish va ko‘ndirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bu chora-tadbirlar, mumkin bo‘lgan qadar, xorijiy yordam yoki ikki tomonlama, mintaqaviy yoki xalqaro miqyosdagi moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida tuzilgan boshqa bitimlarga taalluqli mavjud majburiyatlarga zarar yetkazmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishtirokchi Davlatlar, mazkur Konvensiyada ko‘zda tutilgan xalqaro hamkorlikning samaradorligini ta’minlash, shuningdek korrupsiyani oldini olish va aniqlash, unga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy bitimlarni e’tiborga olgan holda, moddiy-texnik yordam to‘g‘risidagi ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama kelishuvlar yoxud bitimlar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob
Amalga oshirish mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda. Konvensiyada ishtirok etadigan Davlatlar konferensiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Konvensiyada belgilangan maqsadlarga yetishish uchun ishtirokchi Davlatlar imkoniyatlarini va ular o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, mazkur Konvensiyani amalga oshirishga yordam berish va uni amalga oshirilishini kuzatish maqsadida Konvensiyada ishtirok etadigan Davlatlarning Konferensiyasi ta’sis etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasini mazkur Konvensiya kuchga kirgan kundan keyin bir yildan kechiktirmay chaqiradi. Keyinchalik, ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi tomonidan qabul qilingan tartibotlarga muvofiq, Konferensiyaning navbatdagi kengashlari o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi mazkur moddada ko‘rsatilgan faoliyat turlari amalga oshirilishini tartibga soluvchi tartibot va qoidalarni, jumladan kuzatuvchilarga ruxsat berilishi va ularning ishtiroki hamda ushbu faoliyat turlarini amalga oshirishda sarflangan xarajatlarni to‘lash bilan bog‘liq qoidalarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi mazkur moddaning 1-bandida bayon etilgan maqsadlarga erishish uchun faoliyat turlari, tartibotlar va ishlash metodlarini kelishtiradi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishtirokchi Davlatlar faoliyatiga mazkur Konvensiyaning 60- va 62-moddalari va II — V boblariga asosan ko‘maklashish, shu jumladan ixtiyoriy badallar safarbarligini rag‘batlantirish yo‘li bilan ham;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishtirokchi Davlatlar o‘rtasida korrupsiyaning shakllari va bu sohadagi tendensiyalar to‘g‘risidagi, shuningdek korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish jinoiy daromadlarni qaytarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuviga ko‘maklashish, boshqalari bilan bir qatorda mazkur moddada qayd etilgan ma’lumotlarni chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar va mexanizmlar, shuningdek nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida boshqa xalqaro va mintqaviy tashkilotlar tayyorlagan muvofiq ma’lumotlardan, ishlarning takrorlanishini oldini olish uchun tegishli tarzda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ishtirokchi Davlatlar tomonidan mazkur Kovensiyaning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi masalani davriy ravishda ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) mazkur Konvensiyani takomillashtirish va amalga oshirilishiga taalluqli bo‘lgan tavsiyalarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mazkur Konvensiyaning amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan texnik yordamga ehtiyojlarni hisobga olish va shu munosabat bilan mazkur Konvensiya zarur deb topgan istalgan harakatlarga nisbatan tavsiyalarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur moddaning 4-bandi maqsadlari uchun ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi mazkur Konvensiya amalga oshirilishida ishtirokchi Davlatlar tomonidan ko‘rilgan choralar va bunda ular duch kelgan qiyinchiliklar to‘g‘risida ularga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida va kuzatuv olib borishning ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi tomonidan tashkil qilinishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha mexanizmlar orqali zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir ishtirokchi Davlat ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasiga o‘zining dasturlari, rejalari va amaliyoti, shuningdek mazkur Konvensiyani amalga oshirishga qaratilgan qonuniy va ma’muriy choralari haqida ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi talab qilgan ko‘rinishda ma’lumot taqdim etadi. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi bu kabi ma’lumotlarni, va shu jumladan, boshqalari bilan bir qatorda, ishtirokchi Davlatlar va vakolatli xalqaro tashkilotlardan olingan ma’lumotlarni olishning eng samarali yo‘llari va muvofiq qarorlar asosida qabul qilish to‘g‘risidagi masalani o‘rganib chiqadi. Shuningdek, ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasining qarori bilan tasdiqlangan tartibotlarga asosan tegishli tarzda akkreditatsiya qilingan nodavlat tashkilotlardan olingan materiallar ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi, mazkur moddaning 4 — 6 bandlariga asosan, agar buni lozim deb topsa, Konvensiyani samarali amalga oshirishga ko‘maklashish uchun istalgan muvofiq mexanizm yoki organ ta’sis etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda. Kotibiyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasini zarur bo‘lgan sekretariat xizmati bilan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kotibiyat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasiga mazkur Konvensiyaning 63-moddasida so‘z yuritilgan faoliyatni amalga oshirishda yordam beradi, shuningdek ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasining sessiyalarini tashkil qiladi va ularni zarur bo‘lgan xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishtirokchi Davlatlarning iltimosiga ko‘ra, mazkur Konvensiyaning 63-moddasi 5- va 6-bandalarida ko‘zda tutilganidek, ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasiga ularning ma’lumotlarini taqdim etishda yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) boshqa tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarining sekretariatlari bilan zarur bo‘lgan o‘zaro muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob
Yakunlovchi holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda. Konvensiyaning amalga oshirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi Davlat, qonunchiligining eng muhim tamoyillariga muvofiq, mazkur Konvensiyaga asosan o‘zining majburiyatlarini amalga oshirilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan choralarni, jumladan qonuniy va ma’muriy choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi Davlat korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish uchun mazkur Konvensiyada ko‘zda tutilgan choralarga qaraganda yanada qat’iy va qattiq bo‘lgan choralarni ko‘rishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda. Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyaning talqin qilinishi va qo‘llanilishi bo‘yicha yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchi Davlatlar o‘rtasida mazkur Konvensiyaning talqin qilinishi yoki qo‘llanilishi bo‘yicha yuzaga kelgan va oqilona muddat davomida muvofiqlashtirila olmagan istalgan nizo, ushbu ishtirokchi Davlatlarning birini iltimosiga ko‘ra arbitraj muhokamasiga topshiriladi. Agar arbitraj to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilinganidan keyin olti oy davomida ishtirokchi Davlatlar uni tashkil qilish bo‘yicha kelisha olmasalar, ushbu istalgan ishtirokchi Davlat Sud Statutiga muvofiq ariza bilan murojaat qilib nizoni Xalqaro Sudga topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyani imzolashda, ratifikatsiya qilishda, qabul qilish yoki tasdiqlashda yoxud unga qo‘shilishda mazkur moddaning 2-bandidagi holatlar bilan bog‘lamaganligi haqida e’lon qilishi mumkin. Boshqa ishtirokchi Davlatlar shunday qo‘shimcha shart qo‘ygan istalgan ishtirokchi Davlatga nisbatan mazkur moddaning 2-bandidagi holatlar bilan bog‘lamagan bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaning 3-bandiga muvofiq qo‘shimcha shart qo‘ygan ishtirokchi istalgan vaqtda ushbu qo‘shimcha shartni Davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga bildirishnoma yuborish yo‘li bilan bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda. Imzolash, ratifikatsiya, qabul qilish, tasdiqlash va qo‘shilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Konvensiya barcha davlatlar imzolashi uchun 2003-yilning 9-dekabridan 11-dekabrigacha Merida (Meksika)da shahrida, keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi markaziy muassasalarida 2005-yilning 9-dekabrigacha ochiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Konvensiya, shuningdek, iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkilotlari tomonidan, ushbu tashkilotga a’zo davlatlarning kamida bittasi mazkur Konvensiyani mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq imzolagan bo‘lishi shartida, imzolanishi uchun ochiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Konvensiya ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi lozim. Qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi haqidagi ratifikatsion yorliqlar yoxud hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti o‘zining raktifikatsion yorlig‘ini yoki qabul qilgani yoxud tasdiqlagani haqidagi hujjatini, agar tashkilotga a’zo davlatlarning kamida bittasi xuddi shunday yo‘l tutgan bo‘lsa, saqlashga topshirishi mumkin. Bunday raktifikatsion yorliq yoki qabul qilgani yoxud tasdiqlagani haqidagi hujjatda tashkilot mazkur Konvensiya muvofiqlashtiruvchi masalalar bo‘yicha o‘zining vakolat doiralari haqida e’lon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Konvensiya qo‘shilish uchun istalgan davlat yoki a’zo davlatlarining hech bo‘lmaganda bittasi mazkur Konvensiyaning ishtirokchisi hisoblangan istalgan iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti uchun ochiq. Qo‘shilishi haqidagi hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti qo‘shilganida mazkur Konvensiya muvofiqlashtiruvchi masalalar bo‘yicha o‘zining vakolat doiralari haqida e’lon qiladi. Bunday tashkilot, shuningdek, o‘z vakolatlari doirasining istalgan muvofiq o‘zgarishi haqida depozitariyga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda. Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Konvensiya o‘ttizinchi ratifikatsion yorliq yoki qabul qilgani, tasdiqlagani yoxud qo‘shilgani haqidagi hujjatlar topshirilganidan keyin 90 kun kuchga kiradi. Mazkur bandning maqsadi uchun iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti tomonidan saqlashga topshirilgan istalgan shunday yorliq yoki hujjat, ushbu tashkilotning a’zolari tomonidan saqlashga topshirilgan yorliq yoki hujjatlarga qo‘shimcha qilingan deb ko‘rilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan, qabul qiladigan yoki tasdiqlaydigan yoxud unga qo‘shiladigan har bir davlat yoki iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti uchun mazkur Konvensiya o‘ttizinchi ratifikatsion yorliq yoki bu kabi harakat to‘g‘risidagi hujjat saqlashga topshirilganidan keyin, bunday davlat yoki tashkilot tomonidan muvofiq yorliq yoki hujjat topshirilgani sanadan keyingi o‘ttizinchi kunda yoxud mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq Konvensiyaning kuchga kirishi sanasida, kechroq kuchga kirishiga bog‘liq ravishda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda. Tuzatishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Konvensiya kuchga kirganidan keyin 5 yil o‘tib ishtirokchi Davlat tuzatish kiritishni taklif qilishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga yuborishi mumkin, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi taklif qilinayotgan tuzatishni ko‘rib chiqish va uning yuzasidan qaror chiqarish maqsadida taklifni ishtirokchi Davlatlar va ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasiga jo‘natadi. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi har bir tuzatish bo‘yicha konsensusga erishish uchun barcha choralarni ishga soladi. Agar konsensusga erishish bo‘yicha barcha choralar qo‘llanilsada, lekin kelishuvga erishilmasa, u holda tuzatishni qabul qilish uchun ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi majlisida bo‘lgan va ovoz berishda ishtirok etayotgan ishtirokchi Davlatlarning uchdan ikki qismi ovozi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti o‘z vakolatlari doirasiga kiradigan masalalarda ovoz berish huquqlarini mazkur moddaga binoan, mazkur Konvensiyaga ishtirokchi hisoblangan o‘zlarining tashkilotlariga a’zo davlatlar soniga teng ovozga ega bo‘lgan holda amalga oshiradilar. Bunday tashkilotlar, agar ularga a’zo davlatlar o‘zlariga tegishli ovoz berish huquqlarini amalga oshirayotgan bo‘lsalar, u holda o‘zlarining ovoz berish huquqlaridan foydalanmaydilar va aksincha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilingan tuzatish ishtirokchi Davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilingan tuzatish, ishtirokchi Davlatga nisbatan, u tomondan ushbu tuzatish qabul qilingani haqidagi ratifikatsion yorliq yoxud yoki tasdiqlangani to‘g‘risidagi hujjat saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshirilganidan keyin 90 kun o‘tib kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuzatish kuchga kirganidan keyin u bilan bog‘liq bo‘lishga rozilik bergan ishtirokchi Davlatlar uchun ushbu tuzatish majburiy bo‘ladi. Boshqa ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyaning holatlari va ular tomondan avvalroq ratifikatsiya qilingan, qabul qilingan yoki tasdiqlangan tuzatishlar bilan bog‘lanib qolaveradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-modda. Denonsatsiya (bekor qilish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyani Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga yozma bildirishnoma yuborish yo‘li bilan denonsatsiya (bekor) qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya Bosh kotib bildirishnoma olgani kundan boshlab bir yil o‘tganidan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti, agar uning barcha a’zo davlatlari mazkur Konvensiyani denonsatsiya qilsalar mazkur Konvensiyaning ishtirokchisi emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-modda. Depozitariy va tillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi mazkur Konvensiyaga depozitariy qilib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida yozilgan matnlari asliga to‘g‘ri bo‘lgan Mazkur Konvensiyaning asl nusxasi saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YuQORIDAGILARNI TASDIQLASh UChUN hukumatlari tomonidan ushbu maqsadlarda lozim darajada vakolat berilgan quyida imzo qo‘ygan vakolatli vakillar mazkur Konvensiyani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami, 2008-y., 3-4-son)