08.05.2001 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining hamda ular xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining va ular xodimlarining faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini va ularning xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari oʻzlarining idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-apreldagi 146-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshi va 1995-yil noyabrdagi 436-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 8-maydagi 207-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1 Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi (elchixonasi va missiya) ga (keyingi oʻrinlarda “diplomatik vakolatxona” deb ataladi), xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi (bosh konsulligi, vitse-konsulligi yoki konsullik agentligi) ga (keyingi oʻrinlarda “konsullik muassasasi” deb ataladi) xorijiy davlatning organlari sifatida, diplomatik vakolatxonalar xodimlarga va konsullik muassasalari xodimlariga ularning funksiyalarini amalga oshirishlari uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari beriladi, ular diplomatik aloqalar toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasiga hamda konsullik aloqalari toʻgʻrisida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasiga, xalqaro urf-odatlarga, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari beriladigan diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va qoidalarini, uning xalqi madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini hurmat qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Nizomdagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Nizomda nazarda tutilgan qoidalar oʻzaro doʻstlik prinsipidan kelib chiqqan holda, alohida xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, shuningdek ularning xodimlariga nisbatan qoʻllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Ushbu Nizom maqsadlari uchun foydalaniladigan atamalar ularning diplomatik vakolatxonalar toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasi va konsullik aloqalari toʻgʻrisida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasi bilan belgilanadigan maʼnolariga muvofiq ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Diplomatik vakolatxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.Diplomatik vakolatxonalar respublika davlat organlari va muassasalari bilan rasmiy munosabatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali oʻrnatadilar va amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Diplomatik vakolatxonaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) elchilar, nunsiylar, vakillar, internunsiylar darajasidagi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishonchli vakillar darajasidagi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining qaysi klassga mansubligi tegishli davlatlar va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Diplomatik vakolatxona boshligʻi yoki diplomatik personalning istalgan aʼzosi akkreditatsiya qilinuvchi davlat tomonidan bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatini oldindan xabardor qilgan holda boshqa davlatda yoki davlatlarda akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4.Diplomatik vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) diplomatik vakolatxona xodimlarining tayinlanganligi, ularning kelishi va ketishi yoki ularning diplomatik vakolatxonadagi faoliyati toʻxtatilganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) diplomatik vakolatxona xodimi oilasiga mansub shaxsning kelishi va uzil-kesil ketishi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) diplomatik vakolatxona xodimlari uy xizmatchilarning kelishi va uzil-kesil ketishi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekistonda yashovchi shaxslar diplomatik vakolatxona xodimlari yoki imtiyozlarga va daxlsizlik huquqlariga ega boʻlgan uy xizmatchilari sifatida yollanganligi va ishdan boʻshatilganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshligʻi qarorgohini joylashtirish uchun koʻchmas mulkni sotib olish yoki ijaraga olish niyati toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) vakolatxona diplomatik xodimlarining yashash joyi toʻgʻrisida oldindan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Akkreditatsiya qilinuvchi davlat Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati roziligisiz respublikaning boshqa aholi punktlarida diplomatik vakolatxonaning tarkibiy qismi boʻlgan kanselyariya taʼsis etishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi diplomatik vakolatxonaga va uning xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida zarur koʻchmas mulkni sotib olishda va ijaraga olishda koʻmaklashadi, shuningdek xususiy shaxslardan binolarni ijaraga olishda vositachilik qiladi.
(2.6-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Diplomatik vakolatxonaga, diplomatik personal boshliqlari va aʼzolariga beriladigan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining xususiy qarorgohlari binosi, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar aʼzolarining uy-joylari daxlsiz hisoblanadi. Diplomatik vakolatxonani va xususiy qarorgohni qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan shartnoma asosida qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga qoʻriqlashga ishonib topshirilayotgan diplomatik vakolatxonalar va qarorgohlarning texnik mustahkamligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining normativ-huquqiy hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(3.1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 568-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxona, uning faoliyati diplomatik vakolatxonaning mutlaqo ichki ishlari bilan bogʻliq boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boʻlgan taqdirda, ichki qoʻriqlashni tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining xususiy qarorgohlari binolariga, shuningdek diplomatik vakolatxonalar aʼzolarining uy-joylariga faqat tegishli xorijiy davlat diplomatik vakolatxonasi boshligʻining roziligi mavjud boʻlgandagina kirish mumkin. Ushbu binolar va ulardagi anjomlar, shuningdek diplomatik vakolatxonaga tegishli harakatlanish vositalari tintish, musodara qilish, rekvizitsiya, hisobga olish va boshqa majburiy xatti-harakatlardan daxlsizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur binolar va harakatlanish vositalaridan diplomatik vakolatxona funksiyalaridan boshqa maqsadlarda foydalanilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxona boshligʻi diplomatik vakolatxonalar, shu jumladan diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining qarorgohlari binolariga akkreditatsiya qilinuvchi davlatning Davlat bayrogʻini va Davlat gerbini oʻrnatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Diplomatik vakolatxona oʻz hukumati bilan, oʻz davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqa vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek oʻz davlatining uchinchi davlatlardagi boshqa vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan odatdagi aloqa vositalari, kodlashtirilgan va shifrlangan xabarlar, shuningdek diplomatik pochta (keyingi oʻrinlarda dippochta deb ataladi) vositasida toʻsiqsiz aloqa bogʻlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonalar simsiz xabar uzatgichlar oʻrnatishi va ulardan faqat Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari ruxsati bilangina foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Diplomatik vakolatxonaning arxivlari, hujjatlari va rasmiy xat-xabarlari istalgan vaqtda, ular joylashgan joydan qatʼi nazar, daxlsizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Diplomatik pochtani ochish va ushlab qolish mumkin emas. Diplomatik pochtani tashkil etuvchi barcha oʻrinlarda ularning xarakterini koʻrsatib turuvchi tashqi belgilar boʻlishi kerak va ularda faqat rasmiy ravishda foydalanish uchun moʻljallangan diplomatik hujjatlar va buyumlar boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Maqomi va diplomatik pochtadagi oʻrinlar soni koʻrsatilgan rasmiy hujjat bilan taʼminlangan diplomatik kuryer (keyingi oʻrinlarda diplomatik kuryer deb ataladi) oʻz vazifalarini bajarayotgan Oʻzbekiston Respublikasi himoyasidan foydalanadi. U shaxsiy daxlsizlik huquqidan foydalanadi va biror-bir shaklda hibsga olinmaydi yoki ushlab qolinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyatining vakolatli organlari diplomatik kuryerlarga xizmat vazifalarini bajarishda mumkin boʻlgan darajada koʻmaklashadi va ularni himoya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. 3.6.-band qoidalari diplomatik pochtani bir marta tashish uchun tayinlangan vaqtinchalik kuryerlarga (ad hoc diplomatik kuryerlarga) nisbatan ham qoʻllanadi, ulardagi eslatib oʻtilgan daxlsizlik huquqlari bunday kuryer tomonidan unga yuklangan diplomatik pochta belgilangan joyga yetkazib berilgan vaqtda toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik pochta xorijiy davlat bilan tuzilgan maxsus bitim asosida, kuryer kuzatuvchisiz, odatdagi aloqa kanali boʻyicha joʻnatilishi yoki fuqaro samolyotining diplomatik kuryer hisoblanmaydigan komandiriga ishonib topshirilishi mumkin. Diplomatik vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq maxsus ruxsatnoma asosida oʻz xodimini diplomatik pochtani bevosita samolyot komandiridan qabul qilib olish uchun yuborish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Oʻzining rasmiy vazifalarini bajarayotganda diplomatik vakolatxona tomonidan undiriladigan haq va yigʻimlar barcha soliqlar, yigʻimlar va bojlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.9. Diplomatik vakolatxonalar boshliqlari xususiy yoki ijaraga olingan diplomatik vakolatxona binolariga nisbatan barcha soliqlar, yigʻimlar va bojlardan ozod qilinadilar, xizmat koʻrsatishning muayyan turlari, shu jumladan binoni ijaraga olish uchun toʻlovdan iborat soliqlar, yigʻimlar va bojlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.10. Diplomatik vakolatxona boshligʻi va diplomatik personal aʼzolari barcha soliqlar, yigʻimlar va bojlardan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) odatda tovarlar yoki xizmatlar koʻrsatish narxiga qoʻshiladigan soliqlar ( qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksizlar, bojxona bojlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi jismoniy shaxslar mulkidan yigʻimlar va soliqlar, agar u mulkka akkreditatsiya qilinuvchi davlat nomidan vakolatxona maqsadlari uchun egalik qilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) merosdan davlat bojlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) manbai Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan daromaddan yigʻimlar va soliqlar, Oʻzbekiston Respublikasidagi tijorat korxonalariga kapital qoʻyilmalardan soliqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) xizmatlar koʻrsatishning muayyan turlaridan undiriladigan yigʻimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) mulkni roʻyxatdan oʻtkazish, sud va reyestr bojlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.11. Diplomatik vakolatxona rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni, diplomatik vakolatxona boshligʻi va diplomatik vakolatxonaning diplomatik personali aʼzolari esa—ularning shaxsan foydalanishi uchun moʻljallangan buyumlarni, shu jumladan dastlabki joylashib olish uchun zarur boʻlgan tovarlarni olib kirishi va olib chiqib ketishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonaning rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan buyumlar, shuningdek diplomatik vakolatxona boshligʻining va diplomatik vakolatxonaning diplomatik personali aʼzolarining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlar, buyumlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya etilgan taqdirda, barcha bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlardan ozod qilinadi, buyumlarni saqlash, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona rasmiylashtirishi uchun toʻlovlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.12. Diplomatik vakolatxona boshligʻining va diplomatik personal aʼzolarining shaxsiy bagaji koʻrikdan oʻtkazishdan ozod qilinadi, bagajda olib kirilishi va olib chiqib ketilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan tovarlar borligiga asoslar boʻlgan hollar bundan mustasno. Bunday koʻrikdan oʻtkazish faqat bagaj egalarining yoki ularning vakolatli vakili ishtirokida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.13. Diplomatik vakolatxona boshligʻi va diplomatik personal aʼzolari shaxsiy daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar hamda tintuv qilinishi yoki hibsga olinishi, yoki biror-bir shaklda ushlab turilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.14. Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalar xodimlarining oʻz chegaralari doirasida erkin yurishini taʼminlaydi, maxsus ruxsatnoma asosida kiritiladigan zonalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.15. Diplomatik vakolatxona boshligʻi va diplomatik personal aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy, fuqarolik va maʼmuriy yurisdiksiyasidan daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar, biroq ushbu shaxslar bunga akkreditatsiya qilinuvchi davlatning aniq ifodalangan roziligi boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga tegishli boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik yurisdiksiyasidan daxlsizlik huquqi diplomatik vakolatxona boshligʻi va diplomatik vakolatxonaning diplomatik personali aʼzolari fuqarolik-huquqiy munosabatlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ularga tegishli koʻchmas mulk, meros toʻgʻrisidagi daʼvo munosabati bilan, shuningdek ular tomonidan xizmat vazifalaridan tashqarida amalga oshiriladigan kasbiy yoki tijorat faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar munosabati bilan xususiy shaxs sifatida kiradigan holatlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxona boshligʻi va diplomatik vakolatxona aʼzolari guvohlar sifatida koʻrsatma berishga majbur emas, bunday koʻrsatmalar berishga rozi boʻlishganda esa ular buning uchun sud yoki tergov organlariga kelishga majbur emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.16. Ushbu Nizomning 3.8, 3.9, 3.11, 3.12 va 3.13-bandlarida nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar diplomatik vakolatxona boshligʻi, diplomatik personal aʼzolarining ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolariga, agar oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmasa, tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.17. Diplomatik vakolatxonaning maʼmuriy-texnik personali aʼzolari va ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmasa yoki Oʻzbekistonda doimiy yashamasa, 3.1, 3.8, 3.9, 3.10, 3.11-bandlarda (3.11-bandda koʻrsatilgan imtiyozlarning dastlabki joylashib olish uchun moʻljallangan tovarlarga nisbatan qoʻllanishini istisno qilgan holda), 3.13 va 3.15-bandlarda (Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik va maʼmuriy yurisdiksiyasidan daxlsizlik huquqining faqat xizmat vazifalarini bajarayotgan maʼmuriy-texnik personal xodimlari tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlargagina tatbiq qilinishi istisno qilgan xolda) nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi personalning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan aʼzolari ular tomonidan oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan sodir etilgan xatti-harakatlarga nisbatan daxlsizlik huquqidan foydalanadilar hamda oʻz xizmati boʻyicha olishadigan ish haqi yuzasidan soliqlar, yigʻimlar va bojlardan ozod qilinadilar. Bunday shaxslarga, shuningdek, har bir xorijiy davlat bilan tuzilgan maxsus bitim asosida va ular bilan oʻzaro doʻstlik prinsipidan kelib chiqqan holda bojxona imtiyozlari ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.18. Xorijiy davlatning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha oʻtadigan uchinchi davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshligʻi, diplomatik vakolatxonaning diplomatik personali aʼzolari shaxsiy daxlsizlik huquqidan va ularning oʻtishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar. Ushbu qoida ularning imtiyozlar va daxlsizlik huquqidan foydalanishadigan oila aʼzolariga, shuningdek ularni kuzatib boruvchi yoki ularga qoʻshilish yoki oʻz davlatiga qaytish uchun alohida joʻnaydigan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.19. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha oʻtayotgan diplomatik kuryerlarga ham Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan diplomatik kuryerlarga kabi daxlsizlik huquqi beriladi va himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Konsullik muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Konsullik muassasasi oʻz funksiyalarini konsullik okrugi doirasida bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasining joylashgan joyi, klassi va uning konsullik okrugi chegarasi Oʻzbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlat oʻrtasidagi bitim bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Xorijiy davlat tomonidan tayinlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri tomonidan qabul qilingan bosh konsul, vitse-konsul va konsullik agenti konsullik muassasasining boshligʻi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Konsullik muassasasi boshligʻi unga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan konsullik ekzekvaturasi berilgandan keyin oʻz vazifalarini bajarishga kirishishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Konsul lavozimidagi shaxs alohida holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining roziligi bilan oʻz funksiyalarini oʻz konsullik okrugi tashqarisida bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Konsullik muassasasi binolari daxlsiz hisoblanadi. Ushbu binolarga faqat tegishli xorijiy davlatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasi boshligʻining yoki diplomatik vakolatxonasi boshligʻining roziligi bilangina kirish mumkin. Shu bilan birga, yongʻin yoki zudlik bilan himoya choralarini talab qiladigan boshqa tabiiy ofatlar roʻy berganda konsullik muassasasi boshligʻining roziligi nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi binolarining daxlsizligi ulardan konsullik vakolatxonasi funksiyalariga toʻgʻri kelmaydigan maqsadlarda foydalanish huquqini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Konsullik muassasasi binosiga, shuningdek konsullik muassasasi boshligʻi qarorgohiga va bu xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlganda konsullik muassasasi boshligʻi yuradigan transport vositalariga akkreditatsiya qilinuvchi davlatning Davlat bayrogʻi osib qoʻyilishi va Davlat gerbi oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Ushbu Nizomning 2.5, 2.6, 3.1-bandlarida nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar konsullik muassasasiga nisbatan ham qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Konsullik muassasasining arxivlari, hujjatlari va rasmiy xat-xabarlari, ularning joylashgan oʻrnidan qatʼi nazar, har qanday vaqtda daxlsiz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9. Konsullik muassasasi oʻz hukumati bilan, oʻz davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi bilan, shuningdek oʻz davlatining uchinchi davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan ushbu Nizomning 3.3-bandida nazarda tutilgan tartibda aloqa bogʻlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.10. Ushbu Nizomning diplomatik pochta va diplomatik kuryer toʻgʻrisidagi 3.5 va 3.6-bandlarida nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar konsullik valizasiga va konsullik kuryeriga nisbatan ham qoʻllanadi. Konsullik valizasida rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan rasmiy xat-xabarlar, hujjatlar va buyumlardan tashqari boshqa narsalar bor deb hisoblash uchun jiddiy asoslar mavjud boʻlgan holatlar bundan mustasno boʻlishi mumkin. Bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari vakolatli organlar ishtirokida konsullik valizasini ochishni talab qilishga haqlidir. Bunday talabni bajarish rad etilgan taqdirda valiza joʻnatuvchiga qaytarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Konsullikning mansabdor shaxslariga va konsullik muassasalarining boshqa xodimlariga beriladigan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Konsullikning mansabdor shaxslari shaxsiy daxlsizlik huquqidan foydalanadi va ushlab turilishi yoki hibsga olinishi mumkin emas, ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun taʼqib qilish yoki qonuniy kuchga kirgan sud hukmini (qarorini) bajarish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Konsullikning mansabdor shaxslari va konsullik xizmatchilari ular konsullik funksiyalarini bajarish chogʻida sodir etadigan xatti-harakatlarga nisbatan fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sud yoki maʼmuriy organlari yurisdiksiyasiga kirmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur daxlsizlik huquqi konsullik mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan, ular uning boʻyicha oʻzi vakili boʻlgan davlatning yoxud uchinchi tomonning agenti sifatida Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl-transport vositasi sababchi boʻlgan baxtsiz hodisa yetkazgan zarar uchun oʻz zimmasiga bevosita yoki bilvosita majburiyatlar olishmagan shartnomadan kelib chiqadigan fuqarolik daʼvosiga nisbatan qoʻllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Konsullik muassasasi xodimlari sud ishlarini yoki maʼmuriy ishlarni olib borish chogʻida guvohlar sifatida chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3.1. Konsullik xizmatchisi yoki xizmat koʻrsatuvchi personal koʻrsatma berishdan bosh tortishi mumkin emas, 5.3.3-kichik bandda qayd etilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3.2. Konsullik mansabdor shaxsning koʻrsatmasini talab qiladigan organ ushbu shaxsning oʻz funksiyalarini bajarishiga xalal yetkazmasligi kerak. U, imkoni boʻlgan vaqtda, bunday koʻrsatmalarni mazkur shaxsning uyida yoki konsullik muassasasida eshitishi yoki undan yozma koʻrsatmalarni qabul qilib olishi mumkin. Agar konsullikning mansabdor shaxsi koʻrsatma berishdan bosh tortsa, unga nisbatan hech qanday majbur qilish yoki jazolash choralari koʻrilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3.3. Konsullik muassasasi xodimlari oʻz funksiyalarini bajarishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha koʻrsatmalar berishga yoki oʻzlarining funksiyalariga taalluqli rasmiy xat-xabarlarni taqdim etishga majbur emaslar. Ular, shuningdek, oʻzlari vakili boʻlgan davlat qonunchiligini izohlovchi koʻrsatmalar berishga majbur emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Konsullikning shtatdagi mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi xududida shaxsiy daromadlar olish maqsadida biror-bir kasb yoki tijorat faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas, ushbu norma buzilgan taqdirda ularga nisbatan berilgan imtiyozlar va ushbu Nizomda ular uchun nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi tegishli boʻlgan davlat konsullik muassasasi xodimining ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlari va daxlsizlik huquqlaridan voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Konsullik muassasasining mol-mulkini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtishi, shuningdek konsullikning mansabdor shaxslariga bojxona imtiyozlari berish tartibi ushbu Nizomning 3.11-bandiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik xizmatchilariga va xizmat koʻrsatuvchi personal xodimlariga, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga bojxona imtiyozlari har qaysi xorijiy davlat bilan maxsus bitim asosida va ular bilan oʻzaro doʻstlik prinsipidan kelib chiqqan holda tatbiq etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qoʻshimcha qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Ushbu Nizomda diplomatik personal aʼzolari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalarda va yigʻilishlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga kelishadigan xorijiy davlatlarning vakillariga, xorijiy davlatlarning parlament va hukumat delegatsiyalari aʼzolariga, shuningdek ularni kuzatib boruvchi va ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan oila aʼzolariga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Xuddi shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha oʻtuvchi xorijiy davlatlar vakillari, xorijiy davlatlarning parlament va hukumat delegatsiyalari aʼzolari, shuningdek ularni kuzatib boruvchi va ularning Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmagan oila aʼzolari shaxsiy daxlsizlik huquqidan va ularning oʻtishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga, ushbu tashkilotlar huzuridagi xorijiy davlatlar vakolatxonalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga beriladigan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Ushbu Nizomda koʻrsatilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlaridan foydalanuvchi shaxslarga mansublik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlanadi, 3.18, 3.19 va 6.1-bandlarda koʻrsatilgan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Ushbu Nizom bilan qamrab olinmagan masalalar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-dekabrdagi 543-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 9-son, 47-modda; 2002-y., 14-son, 112-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/859/2096-son; 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)