27.12.2016 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, sud amaliyotida jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash yuzasidan masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash fuqarolar, korxona, muassasa, tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, davlatning mulkiy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning e’tibori jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash asoslari va tartibiga oid qonunchilikka aniq va og‘ishmay rioya etishlari zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shuni nazarda tutish lozimki, shaxsning unga yetkazilgan zararni (ya’ni mulkiy ziyonni) qoplashga bo‘lgan huquqi, shuningdek, ziyon uchun moddiy javobgarlikning umumiy asoslari Fuqarolik kodeksida (14-moddasi, 57-bobi) belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, FK 14-moddasiga ko‘ra, zarar deganda, quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqi buzilgan shaxs o‘zining buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan jinoyat natijasida, ayniqsa, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga, xususan, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha (JK 1921 — 1928-moddalari) yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash masalalarini hal etish chog‘ida sudlar nafaqat jinoyat protsessual qonunchiligi (JPK beshinchi bo‘limi), balki fuqarolik, mehnat va boshqa qonunchilik normalariga ham (JPK 281-moddasi) amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasiga muvofiq surishtiruv, dastlabki tergov olib borish chog‘ida aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlardan biri jinoyat natijasida yetkazilgan zarar xususiyati va miqdori hisoblanadi, chunki yetkazilgan zarar turi va miqdorini aniqlash nafaqat uni qoplash masalasini hal etish, balki jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ham ahamiyatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida shaxsga (shu jumladan, jabrlanuvchi deb topilgan shaxsga), korxona, muassasa, tashkilotga mulkiy ziyon yetkazilganligiga oid dalillar mavjud bo‘lganda, ular surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning qarori (ajrimi) bilan fuqaroviy da’vogar deb (JPK 56-moddasi birinchi qismi) e’tirof etilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganning, shuningdek, muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun ularning qonuniy vakili, mulkiy ziyon yetkazilgan shaxs vafot etganda esa, uning merosxo‘ri fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni (shu jumladan, jabrlanuvchini) fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud unga fuqaroviy da’voni taqdim etish huquqi, tartibi va shaklini hamda JPK 57-moddasida nazarda tutilgan boshqa huquqlarini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonunga ko‘ra, mulkiy ziyon uchun javobgarlik ayblanuvchi, sudlanuvchiga emas, balki boshqa shaxsga yuklatilgan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tegishli jismoniy yoki yuridik shaxsni fuqaroviy javobgar sifatida ishda ishtirok etishga jalb etish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqaradi va unga JPK 59-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy ziyon o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning jinoiy harakatlari natijasida yetkazilgan hollarda fuqaroviy javobgar sifatida ishga uning ota yoki onasi (farzandlikka oluvchisi), vasiysi yoxud uning vasiysi hisoblanadigan tarbiyalash, davolash yoki boshqa muassasa jalb etilishi lozim (FK 993-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Surishtiruv, dastlabki tergov organlarining e’tibori shunga qaratilsinki, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyon qoplanishini ta’minlashning muhim huquqiy mexanizmi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, fuqaroviy javobgarning mol-mulkini JPK 290-moddasiga muvofiq tezkorlik bilan xatlash hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 290-moddasi mazmuniga ko‘ra, gumonlanuvchi va ayblanuvchiga tegishli, uchinchi shaxslarda bo‘lgan mol-mulkka ham, basharti ish bo‘yicha ish yuritish davomida ushbu mulk amalda gumonlanuvchi yoki ayblanuvchiga tegishli deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lsa, taqiq solinishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har bir muayyan holda xatlanayotgan mol-mulk JPK 293-moddasi talablariga rioya etilgan tarzda mutaxassis yoki baholovchi tashkilot jalb etilgan holda baholanishi va bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmning mulkiy ziyonni qoplashga oid qismi ijrosi samaradorligini oshirish maqsadida surishtiruv, dastlabki tergov organlari, shuningdek, JPK 280-moddasiga rioya etgan holda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, fuqaroviy javobgarning muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash kabi FPK 106-moddasida nazarda tutilgan choralarni qo‘llashni amaliyotga kiritishlari lozim.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jinoyat ishini ko‘rish uchun tayinlashda sud jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilganligi, fuqaroviy da’vo kiritilganligini aniqlashi lozim. Agarda surishtiruv, dastlabki tergov organi, prokuror tomonidan bunday choralar ko‘rilmagan bo‘lsa, sudya JPK 290, 396-moddalariga asosan, o‘z tashabbusi bilan bunday choralarni ko‘radi, biroq sud bunday choralarni bevosita ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, surishtiruvchi yoki tergovchiga zarur choralarni ko‘rish majburiyatini yuklash bo‘yicha ajrim chiqaradi (JPK 398-moddasi).
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda surishtiruv, tergov organlari, prokuror tomonidan fuqaroviy da’voni ta’minlash choralari ko‘rilmagan yoki o‘z vaqtida ko‘rilmagan har bir holatga sudlar xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mulkiy ziyon sudlanuvchi va jinoyat ishi qismi alohida yurituvga ajratilgan boshqa shaxsning birgalikdagi harakatlari natijasida yetkazilgan hollarda sud mulkiy ziyonni to‘la hajmda qoplash majburiyatini sudlanuvchi zimmasiga yuklaydi. Ishi alohida yurituvga ajratilgan shaxsga nisbatan keyinchalik ayblov hukmi chiqarilayotganda sud unga mulkiy ziyonni muqaddam sudlangan mahkum bilan solidar qoplash majburiyatini yuklashga haqli (FK 1000-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mulkiy ziyon sudlanuvchi va jinoyat ishi JPK 84-moddasiga muvofiq tugatilgan boshqa shaxs bilan birgalikda yetkazilgan bo‘lsa, sud mulkiy ziyonni to‘la hajmda qoplash majburiyatini sudlanuvchiga yuklaydi va fuqaroviy da’vogarga ishi tugatilgan shaxsga nisbatan mulkiy ziyonni mahkum bilan solidar qoplash to‘g‘risida fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atish huquqini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmida birgalikdagi harakatlar natijasida yetkazilgan zararning sudlanuvchidan jinoyat ishi tugatilgan yoki alohida yurituvga ajratilgan shaxslar bilan solidar tartibda undirilishi to‘g‘risida ko‘rsatma berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jinoiy hodisa yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyatga daxli bo‘lmaganligi, shuningdek, shaxs tomonidan harakat zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilganligi munosabati bilan oqlov hukmi chiqarilayotganda, sud JPK 283-moddasi ikkinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi to‘g‘risida”gi 2014-yil 23-maydagi 7-sonli qarori 10-bandi to‘rtinchi xatboshisiga binoan oqlangan shaxsga nisbatan fuqaroviy da’voni JPK 283 — 285 moddalari qoidalariga muvofiq hal etadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga nisbatan jinoyat ishi JPK 84-moddasi birinchi qismining 1 — 8-bandlari, beshinchi qismining 1,3-bandlariga muvofiq tugatilgan holda unga nisbatan fuqaroviy da’vo ko‘rmay qoldiriladi va manfaatdor shaxslarga ularning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atish huquqi tushuntiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida yuqorida ko‘rsatilgan asoslarga binoan tugatilganda ham fuqaroviy da’voga nisbatan shunday oqibatlar yuzaga keladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FK 163-moddasiga muvofiq, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni talab qilishda da’vo muddati qo‘llanilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mulkiy ziyon yetkazilgan har bir jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarilayotganda, sud fuqaroviy da’voni hal etishi, da’vo qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, mulkiy ziyonni qoplash masalasini o‘z tashabbusi bilan muhokama qilishi lozim. Bunda ish materiallarida xatlangan mol-mulkning yo‘qligi mulkiy ziyonni qoplash to‘g‘risidagi masalani ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘la olmaydi, chunki bunday mol-mulk hukm ijrosi jarayonida ham aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy da’voga oid masalasini hal etishda sud JPK 467-moddasiga muvofiq ayblov hukmining tavsif qismida da’voni to‘la yoki qisman qanoatlantirish yoxud rad etish asoslarini, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyon xususiyati va miqdorini ko‘rsatishi, shuningdek, mulkiy ziyon miqdoriga tegishli hisoblash yakunlarini keltirishi hamda fuqaroviy da’voni hal qilish uchun asos qilib olingan qonun normasini qayd etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat protsessida qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’voning rad etilishi da’vogarni o‘sha shaxsga nisbatan va aynan o‘sha asoslar bo‘yicha fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atish huquqidan mahrum etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaroviy da’vogarning da’vodan voz kechishi qonunga xilof bo‘lsa yoki davlat yoxud boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa, sud da’vodan voz kechishni qabul qilmaydi (FPK 40-moddasi beshinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atmagan shaxs, shuningdek da’vosi ko‘rmasdan qoldirilgan shaxs uni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qo‘zg‘atish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jinoyat obyekti bo‘lgan mol-mulk qiymatini aniqlashda uning mulkdor tomonidan orttirilishi (sotib olinishi) holatlariga qarab, jinoyat sodir etilgan paytdagi shartnomaviy, ulgurji, chakana, birja yoki bozor narxidan kelib chiqish lozim. Mol-mulkning narxi mavjud bo‘lmaganda uning qiymati ekspert xulosasiga ko‘ra belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni undirish masalasini hal etishda mol-mulkning hukm chiqarilgan kundagi qiymatidan kelib chiqish lozim. Bunda valyuta qimmatliklari qiymati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hukm chiqarilgan kunda belgilangan kurs bo‘yicha aniqlanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy ziyon yuridik shaxsga uning xodimi tomonidan yetkazilgan hollarda, ziyon miqdori buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asosan haqiqiy yo‘qotilish bo‘yicha, ziyon asosiy fondlarga (vositalarga) yetkazilganda esa, moddiy qiymatliklarning eskirganligi belgilangan norma bo‘yicha chegirib tashlangan holda, balans qiymatidan (tannarxidan) kelib chiqib aniqlanadi (Mehnat kodeksining 205-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchining asosiy vositalarga taalluqli mol-mulki talon-toroj qilingan, kamomadi aniqlangan, qasddan yo‘q qilingan yoki qasddan buzilgan taqdirda, shuningdek, asosiy vositalarga mulkiy ziyon yetkazilgan boshqa hollarda, ziyon miqdori bozor narxlari bo‘yicha hisoblanadi. Qonun hujjatlarida mulkiy ziyonning haqiqiy miqdori uning nominal miqdoridan oshib ketgan hollarda ziyon miqdorini, shu jumladan, karralash yo‘li bilan aniqlashning alohida tartibi belgilanishi mumkin (Mehnat kodeksining 345-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlari).
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jinoyat-protsessual kodeksining 187-moddasiga muvofiq ekspert xulosasi surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan barcha protsessual qoidalar, uslub va tartiblarga rioya etilganligi nuqtai-nazaridan baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, jinoyat obyekti bo‘lgan mol-mulkning bozor bahosini aniqlashda ekspert “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, unga muvofiq ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-dekabrda 3487-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi direktorining 2023-yil 25-oktabrdagi 01/11-14/29-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga rioya etishi lozim.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar har bir holda ekspert tomonidan qanday sababga ko‘ra, bozor bahosini aniqlashning u yoki bu uslubi qo‘llanilmaganligini aniqlashlari va zarur hollarda ekspertni so‘roq qilish yo‘li bilan yuzaga kelgan shubhalarni bartaraf etishlari, shuningdek, qo‘shimcha va qayta sud ekspertizasini tayinlashlari lozim.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sud mulkiy ziyonni qoplash majburiyati yuklatilgan shaxsning talabiga binoan mulkiy ziyonni qoplash miqdorini faqat FK 1012-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda kamaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Birgalikdagi jinoiy harakatlar natijasida yetkazilgan mulkiy ziyon qoplanishi yuzasidan zararni yetkazgan barcha shaxslar solidar javobgar bo‘ladilar. Bunda sudlar quyidagilarni nazarda tutishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar bir necha shaxslar tomonidan sodir etilganda, ular birgalikdagi ishtiroki aniqlangan epizodlar bo‘yicha yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashda solidar javobgar bo‘ladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir jinoyat ishi bo‘yicha sudlansalarda, lekin umumiy maqsad bilan bog‘liq bo‘lmagan mustaqil jinoyatlar uchun sudlangan, shuningdek, ayrimlari qasddan (masalan, talon-toroj uchun), boshqalari esa, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar uchun sudlangan shaxslarga nisbatan solidar javobgarlik yuklatilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona, muassasa, tashkilotga uning bir necha yoki bir xodimi hamda mazkur korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarida bo‘lmagan boshqa shaxslar aybi bilan mulkiy ziyon yetkazilganda, agar ziyon ularning qasddan birgalikdagi harakatlari natijasida yetkazilganligi aniqlangan bo‘lsa, sud barcha sudlanuvchilarga solidar javobgarlik yuklashga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga ko‘ra, mahkumning harakatlari uchun moddiy javobgar bo‘ladigan fuqaro yoki korxona, muassasa, tashkilotlar jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashda solidar emas, balki hissali javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik kodeksining 1000-moddasiga muvofiq jabrlanuvchining (fuqarolik da’vogarining) arizasiga ko‘ra, sud birgalikda mulkiy ziyon yetkazgan shaxslarga solidar emas, balki hissali javobgarlik yuklashga haqli, basharti bunday tartib da’vogarning manfaatlariga mos bo‘lib, mulkiy ziyon qoplanishini ta’minlasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha shaxslar tomonidan yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash haqida qaror chiqarish chog‘ida sud hukmning qaror qismida sudlanuvchilardan qaysi biriga solidar va qaysi biriga hissali javobgarlik yuklanishini, shuningdek, mulkiy ziyonni qoplash uchun qancha miqdorda va kimning foydasiga summa undirilishini ko‘rsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tushuntirilsinki, jinoyat natijasida yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash masalalari bo‘yicha sudlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli qarorida berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boshqa mahkumlar bilan solidar javobgar bo‘lgan shaxsga nisbatan hukm bekor qilinib, ish yangitdan sudda ko‘rish uchun yuborilganda, umumiy mulkiy ziyonni qoplash hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan mahkumlar zimmasiga yuklatiladi. Agar ishning shu qismini yangitdan ko‘rishda ayblov hukmi chiqarilsa, mulkiy ziyonni mazkur ish bo‘yicha muqaddam sudlanganlar bilan solidar qoplash majburiyati sudlanuvchi zimmasiga, faqat u o‘sha mahkumlar bilan ishtirokchilikda sodir etgan jinoyat epizodlari bo‘yicha yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash haqidagi da’volarni hal etishda, sudlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi talablariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli qarorida berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fuqarolik kodeksining 999-moddasiga muvofiq faoliyati tevarak — atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘diradigan yuridik shaxs va fuqarolar (transport tashkilotlari, sanoat korxonalari, qurilishlar, transport vositalari egalari va boshqalar) jabrlanuvchiga (fuqaroviy da’vogarga) oshiqcha xavf manbai yetkazgan mulkiy ziyonni, agar ziyon bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch yoki jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida yuzaga kelganligini isbotlay olmasalar, to‘lashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshiqcha xavf manbai egasi deganda, uni o‘ziga tegishli mulk huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi yoxud boshqa fuqarolik huquqiy asoslarga (masalan, ijara, prokat shartnomasi yoki ishonchnomaga, shuningdek vakolatli davlat organi yoki uning mansabdor shaxsining oshiqcha xavf manbaini tashkilot yoki shaxsga vaqtincha foydalanish uchun berish to‘g‘risidagi farmoyishiga) ko‘ra ekspluatatsiya qiluvchi korxona, tashkilot, muassasa yoki fuqaro tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshiqcha xavf manbaini uning egasi bilan mehnat munosabatlari tufayli boshqargan shaxs (haydovchi, mashinist, dastgoh (stanok) ishchisi va h.k.) ushbu manba egasi deb topilmaydi va mulkiy ziyon uchun jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) oldida javobgar bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshiqcha xavf manbai egasi, agar manba egasining ixtiyoridan uning aybi bilan emas, balki boshqa shaxslarning huquqqa xilof harakatlari natijasida chiqib ketganligini isbotlasa, mazkur oshiqcha xavf manbai yetkazgan mulkiy ziyon uchun javob bermaydi. Bunday hollarda oshiqcha xavf manbai yetkazgan mulkiy ziyon uchun javobgarlik manbadan foydalangan shaxsga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ko‘rayotgan sud hukmga mulkiy ziyonni qoplashga oid o‘zgartirishlar kiritishga haqli. Agar ish bo‘yicha dalillar to‘plash va qo‘shimcha tekshirish talab qilinmasa, ishning mulkiy ziyon yetkazishga doir holatlari birinchi instansiya sudi tomonidan to‘liq va to‘g‘ri aniqlangan, biroq moddiy huquq normalarini qo‘llashda xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, yuqori turuvchi sud undiriladigan ziyon miqdorini kamaytirishi yoki ko‘paytirishi mumkin.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy ziyon miqdorining o‘zgartirilishi jinoyat kvalifikatsiyasiga yoki ayblov hajmi mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan darajada o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan hollarda, basharti shu asoslarga ko‘ra prokuror protesti yoki jabrlanuvchi (uning vakili) tomonidan shikoyat keltirilgan bo‘lsa, hukm o‘zgartirilib, tegishlicha jinoyat kvalifikatsiyasi yoki ayb hajmi o‘zgartiriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jinoyat ishidan kelib chiquvchi fuqaroviy da’voni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rayotganda, sud mulkiy ziyonni qoplash uchun undirilayotgan summani jinoyat ishida mavjud dalillar, shuningdek, taraflar tomonidan qo‘shimcha taqdim qilingan va sudning tashabbusi bilan to‘plangan dalillar asosida belgilaydi (FPK 75-moddasi to‘rtinchi qismi).
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hukmning mulkiy ziyonni qoplashga oid qismi FPK 451-moddasida belgilangan muddatlar mobaynida ijroga topshirilishi mumkin.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazib yuborilgan muddat FPK 453-moddasida belgilangan hollarda hukm chiqargan yoki ijro qilinayotgan joydagi sud tomonidan tiklanishi mumkin.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikning sudlar tomonidan aniq qo‘llanishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari, ushbu masala yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishlari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish chorasini ko‘rishlari lozim.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 1998-yil 11-sentabrdagi 21-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Sh. GAZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-son