Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida
Shartnoma
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi, bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
xalqaro huquqning umumiy tan olingan normalariga amal qilib,
Ahdlashuvchi Tomonlar fuqarolarining shaxsiy va mulkiy huquqlarini teng huquqiy muhofaza qilishni taʼminlashga intilishdan kelib chiqib,
fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat berib,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
I-boʻlim
Umumiy qoidalar
Umumiy qoidalar
I-qism
Huquqiy muhofaza
Huquqiy muhofaza
1-modda
Huquqiy muhofazaning taʼmin etilishi
Huquqiy muhofazaning taʼmin etilishi
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida oʻz shaxsiy va mulkiy huquqlari munosabatida ana shu Tomonning oʻz fuqarolaridek huquqiy muhofazadan foydalanadilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar vakolat doirasiga kiradigan sudlar, prokuraturalar, ichki ishlar (keyingi oʻrinlarda “adliya muassasalari” deb yuritiladi) va boshqa muassasalariga erkin va toʻsiqlarsiz murojaat qilish huquqiga ega, ushbu Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari kabi ana shunday shartlarda ularda qatnashishlari, iltimos qoʻzgʻatishlari, daʼvo qilishlari va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.
3. Ushbu Shartnomaning qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida ularning qonunchiliklariga binoan taʼsis etilgan yuridik shaxslarga, shuningdek protsessual huquqiy qobiliyatga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarga qoʻllaniladi.
2- modda
Poshlina toʻlashdan va xarajatlarni qoplashdan ozod qilish
Poshlina toʻlashdan va xarajatlarni qoplashdan ozod qilish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, uning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida sud va notarial poshlinalari va xarajatlarini toʻlashdan va qoplashdan ozod qilinadilar, shuningdek ushbu Ahdlashuvchi Tomonning oʻz fuqarolari uchun belgilangan shartlarda va hajmlarda bepul yuridik yordamdan foydalanadilar.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar aniq ish boʻyicha, shu jumladan, qarorni ijro etish boʻyicha amalga oshirilayotgan barcha protsessual harakatlarga tatbiq qilinadi.
3-modda
Shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvol toʻgʻrisida hujjatlarni taqdim etish
Shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvol toʻgʻrisida hujjatlarni taqdim etish
1. Ushbu Shartnomaning 2-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etgan shaxsning shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida beriladi. Ushbu hujjatlar hududida ushbu shaxs yashash va turish joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli muassasalari tomonidan beriladi.
2. Agar iltimosnoma taqdim etgan shaxs Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashash va turish joyiga ega boʻlmasa, u holda ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hujjatlar unga u fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning tegishli diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan berilishi mumkin.
3. Imtiyozlar berish toʻgʻrisida iltimosnoma boʻyicha qaror chiqarayotgan adliya muassasasi zarur boʻlganda hujjatlarni bergan muassasalardan qoʻshimcha maʼlumotlarni yoki zarur tushuntirishlarni talab qilishi mumkin.
II-qism
Huquqiy yordam
Huquqiy yordam
4-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish
Huquqiy yordam koʻrsatish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq oʻzaro yordam beradilar.
2. Adliya muassasalari ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan ishlar boʻyicha boshqa muassasalarga ham huquqiy yordam koʻrsatadilar.
3. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan ishlar boʻyicha boshqa muassasalar huquqiy yordam haqidagi iltimosnomalarni adliya muassasalari orqali joʻnatadilar.
5-modda
Huquqiy yordam hajmi
Huquqiy yordam hajmi
Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilgan protsessual, operativ-qidiruv va boshqa harakatlarni bajarish yoʻli bilan, shu jumladan:
a) hujjatlarni tuzish va joʻnatish, tegishli hujjatlar va materiallarning, shu jumladan, bank, moliya, yuridik va ish hujjatlarining aslini yoki tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish;
b) tintuv oʻtkazish, predmetlar va hujjatlarni olish va olib qoʻyish, mulkni xatlash, ashyoviy dalillarni joʻnatish va berish;
v) koʻzdan kechirish va tekshirib koʻrish;
g) ekspertiza oʻtkazish;
d) tomonlarni, jabrlanuvchilarni, ayblanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni soʻroq qilish;
e) jinoyatda ayblanuvchi shaxslarni, shuningdek bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish, jinoyatda ayblanuvchi shaxslarni, shuningdek hukmni ijro etish uchun berish;
yo) jinoiy taʼqib qilishni amalga oshirish;
j) sud hujjatlarini taqdim etish;
z) fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha sud qarorlarini, jinoiy ishlarning fuqarolik daʼvosi qismi boʻyicha hukmlarni, ijro yozuvlarini eʼtirof etish va ijro etish;
i) hujjatlarni topshirish yoʻli bilan bir-birlariga yordam beradilar.
6-modda
Munosabatlar tartibi
Munosabatlar tartibi
Huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan agar ushbu Shartnoma bilan munosabatlarning boshqa tartibi belgilanmasa, oʻzlarining markaziy organlari orqali munosabatga kirishadilar.
7-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning mazmuni
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning mazmuni
1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomada kuyidagilar boʻlishi kerak:
a) soʻrayotgan va soʻralayotgan adliya muassasasining nomi;
b) huquqiy yordam soʻralayotgan ishning nomi, iltimosnoma maqsadining bayoni va soʻralayotgan yordamning tavsifi;
v) tomonlarning, jabrlanuvchilarning, guvohlarning, shubha qilinayotganlarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning yoki hukm qilinganlarning ismi va familiyalari, ularning yashash yoki turgan joyi, fuqaroligi, mashgʻuloti, yuridik shaxslar uchun - ularning nomi va joylashgan oʻrni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) “v” kichik bandda koʻrsatilgan shaxslarning vakillari boʻlganda — ularning ismi, familiyasi va manzili;
d) bajarilishi talab qilinadigan aniq tartibning qoʻllanish sabablari va mufassal tavsifi;
e) jinoiy ishlar boʻyicha ham sodir etilgan jinoyatning tasviri va kvalifikatsiyasi, tegishli qonunlarning bayoni yoki matni, shuningdek agar xatti-harakat natijasida zarar yetkazilgan boʻlsa — moddiy zararning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
j) zarur boʻlganda, shu davr mobaynida iltimosnoma bajarilishi kutilayotgan muddatni koʻrsatish.
2. Zarurat boʻlganda iltimosnomaga kerakli tartibda iltimosni bajarishni osonlashtiruvchi yoki prokurorlar tomonidan sanksiyalanadigan protsessual harakatlar uchun zarur boʻladigan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari yoki ulardan koʻchirmalar ilova qilinadi.
3. Hujjatlarni topshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomada oluvchining aniq manzili va hujjatlarning nomi ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
4. Iltimosnoma soʻrayotgan adliya muassasasining tegishli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan va gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
8-modda
Bajarish tartibi
Bajarish tartibi
1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni bajarishda soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlatining qonunchiligini qoʻllaydi. Iltimos qilayotgan tomonning adliya muassasasi iltimosiga koʻra u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning protsessual normalarini, agar faqat ular soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga zid boʻlmasa, qoʻllashi mumkin.
2. Agar soʻralayotgan adliya muassasasi huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni bajarishga vakolatli boʻlmasa, u iltimosni vakolatli muassasaga joʻnatadi va bu haqda soʻrayotgan adliya muassasasini xabardor qiladi.
3. Soʻrayotgan adliya muassasasining iltimosiga binoan soʻralayotgan adliya muassasasi unga va manfaatdor tomonlarga, agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan bunga yoʻl qoʻyiladigan boʻlsa, ularning iltimosni bajarish chogʻida ishtirok etishlari uchun huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni bajarish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar qiladi.
4. Agar iltimosnomada koʻrsatilgan shaxsning aniq manzilgohi nomaʼlum boʻlsa u Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlgan qonunchiligiga asosan soʻralayotgan muassasa uning manzilgohini aniqlash uchun zarur boʻlgan choralar koʻradilar.
5. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradilar. Iltimos bajarilgandan keyin adliya muassasasi zarurat boʻlganda soʻrayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.
6. Ushbu Shartnomaning 19-moddasiga muvofiq huquqiy yordam koʻrsatish mumkin boʻlmagan taqdirda, soʻralayotgan adliya muassasasi soʻrayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani va ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.
9-modda
Guvohlarni, jabrlanuvchilarni, daʼvogar fuqarolarni, javobgar fuqarolarni, ularning vakillarini, ekspertlarni chaqirish
Guvohlarni, jabrlanuvchilarni, daʼvogar fuqarolarni, javobgar fuqarolarni, ularning vakillarini, ekspertlarni chaqirish
1. Zarur boʻlganda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida dastlabki tergovda yoki ish sudda koʻrilayotganda qatnashish uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi guvohlar, jabrlanuvchilar, daʼvogar fuqarolar, javobgar fuqarolar, ularning vakillari, ekspertlar chaqirilishi mumkin.
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi tomonidan berilgan chaqiriqnoma boʻyicha soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga kelgan guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar fuqaro, javobgar fuqaro va ularning vakillari, oʻzining fuqaroligidan qatʼi nazar, ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida uning davlat chegarasidan oʻtgungacha sodir etilgan qandaydir xatti-harakat munosabati bilan jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas. Ushbu shaxslar oʻzlarining koʻrib chiqilayotgan ish boʻyicha koʻrsatmalari yoki ekspertlar sifatidagi xulosalari munosabati bilan ham jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas.
3. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslar, agar ular soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan, buning uchun imkoniyatga ega boʻlishsa-da, ularni soʻroq qilgan adliya muassasasi ularga bundan buyon ularning bu yerda boʻlishlariga zarurat yoʻqligini xabar qilgan kundan boshlab 15 kun oʻtgungacha ketishmasa, ushbu band bilan nazarda tutilgan kafolatlarni yoʻqotadilar. Ushbu shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan oʻziga aloqador boʻlmagan ayb bilan ketolmagan vaqt ushbu muddatga qoʻshilmaydi.
4. Guvohga, ekspertga, shuningdek jabrlanuvchiga va uning qonuniy vakiliga yoʻlkira va soʻralgan davlatda boʻlish bilan bogʻliq xarajatlarni hamda ishda boʻlmagan kunlari uchun olinmagan ish haqini soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon toʻlaydi. Ekspert ekspertiza oʻtkazganligi uchun ham haq olish huquqiga egadir. Chaqiriqnomada chaqirilgan shaxsning qanday toʻlovlarni olishga haqli ekanligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunday shaxslarning iltimosnomalariga binoan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ularga tegishli xarajatlarni qoplash uchun avans toʻlaydi.
5. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashovchi jabrlanuvchini, daʼvogar fuqaroni va javobgar fuqaroni, guvoh va ekspertni boshqa Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga chaqirish ular kelmagan taqdirda majbur qilish vositalarini qoʻllash tahdidi tusida boʻlmasligi kerak.
10-modda
Hujjatlarni topshirish tartibi
Hujjatlarni topshirish tartibi
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi hujjatlarni topshirishni, agar topshirilayotgan hujjatlar ushbu davlat tilida tuzilgan yoki zarur tartibda tasdiqlangan tarjima bilan taʼminlangan boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga va uning hududida amalda boʻlgan qoidalarga muvofiq amalga oshiradi. Aks holda, u ularni ixtiyoriy ravishda qabul qilishga rozi boʻlsa, hujjatlarni u oluvchiga beradi.
2. Topshirish uchun moʻljallangan hujjatlarning tarjimasi toʻgʻriligini iltimos qilgan tomonning adliya muassasasi yoxud Ahdlashuvchi Tomonlardan birining diplomatik yoki konsullik vakili tasdiqlaydi.
3. Agar hujjatni iltimosnomada koʻrsatilgan manzil boʻyicha topshirish mumkin boʻlmasa, soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlatining qonunchiligiga muvofiq manzilni aniqlash uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradi. Manzilni aniqlashning iloji boʻlmagan taqdirda, soʻralayotgan adliya muassasasi soʻrayotgan adliya muassasasini bu haqda xabardor qiladi va topshirilishi kerak boʻlgan hujjatlarni unga qaytaradi.
11-modda
Hujjatlarning topshirilishini tasdiqlash
Hujjatlarning topshirilishini tasdiqlash
Hujjatlarning topshirilishini tasdiqlash soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladi. Tasdiqnomada hujjatning topshirilish usuli, joyi va vaqti koʻrsatilishi lozim. Hujjatlarning topshirilgani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma soʻrayotgan adliya muassasasiga joʻnatiladi.
12-modda
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining vakolatlari
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining vakolatlari
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi hujjatlarni topshirish va oʻz fuqarolarini soʻroq qilish huquqiga egadirlar. Bunda majburiy tusdagi choralarni qoʻllash yoki ularni qoʻllashga tahdid qilinmasligi lozim.
13-modda
Hujjatlarning haqiqiyligi
Hujjatlarning haqiqiyligi
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida muassasa yoki bunga maxsus vakolatli shaxs tomonidan oʻz vakolati doirasida belgilangan shaklda tayyorlangan yoki tasdiqlangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida biron-bir maxsus guvohnomasiz qabul qilinadi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida rasmiy hujjatlar sifatida qaraladigan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida rasmiy hujjatlarning tasdiqlovchi kuchi bilan foydalaniladi.
14-modda
Fuqarolik holati toʻgʻrisidagi va boshqa hujjatlarni joʻnatish
Fuqarolik holati toʻgʻrisidagi va boshqa hujjatlarni joʻnatish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish toʻgʻrisidagi guvohnomalarni, maʼlumot, mehnat staji toʻgʻrisidagi hamda oʻz davlatlari fuqarolarining va Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslarning shaxsiy yoki mulkiy manfaatlariga taalluqli boshqa hujjatlarni bevosita bir-biriga iltimos boʻyicha tarjimasiz va bepul joʻnatadilar.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan hujjatlar Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashovchi bevosita manfaatdor shaxslarga ularning iltimoslariga koʻra tarjimasiz va bepul joʻnatilishi mumkin.
15-modda
Manzillarni va boshqa maʼlumotlarni aniqlash
Manzillarni va boshqa maʼlumotlarni aniqlash
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari oʻz davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, agar bu fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish uchun talab qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida yashovchi shaxslar manzillarini aniqlashda iltimosga koʻra, bir-birlariga yordam beradilar. Bunda soʻrayotgan adliya muassasasi iltimosnomada koʻrsatilgan shaxs manzilini aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan oʻzidagi mavjud maʼlumotlarni xabar qiladi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashaydigan, soʻrayotgan Tomonning adliya muassasalarida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha mulkiy talablar qoʻyilgan shaxslarning fuqarolik holatini, ish joyini yoki mashgʻuloti turini va daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashda bir-birlariga yordam beradilar.
3. Ushbu moddaga muvofiq huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan ham oʻz markaziy organlari orqali bevosita aloqada boʻladilar.
16-modda
Huquqiy masalalar boʻyicha axborot
Huquqiy masalalar boʻyicha axborot
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining markaziy organlari iltimos boʻyicha bir-birlariga oʻz davlatlarida amaldagi va amalda boʻlgan qonunchilik toʻgʻrisida hamda uning adliya muassasalari tomonidan qoʻllanish amaliyoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek huquqiy masalalar boʻyicha boshqa axborotlarni taqdim etadilar.
17-modda
Tillar
Tillar
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari ushbu Shartnomani bajarishda bir-biri bilan munosabatlarda oʻzbek, qozoq va rus tillaridan foydalanadilar.
2. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilida joʻnatilayotgan hujjatlarga, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilidagi yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi. Ahdlashuvchi Tomonlar, zarur boʻlgan hollarda, oʻzbek va qozoq tillariga yozma va ogʻzaki tarjimani ham taʼminlaydilar.
3. Hujjatlarning yozma tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
18-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar
Huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni toʻlashni talab qilmaydi. Oʻz hududlarida huquqiy yordam koʻrsatishda paydo boʻlgan barcha xarajatlarni, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzlari amalga oshiradilar.
19-modda
Huquqiy yordam koʻrsatishni rad etish
Huquqiy yordam koʻrsatishni rad etish
1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, agar uni bajarish inson huquqlari buzilishiga olib kelsa, davlat suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar keltirsa yoxud soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga zid boʻlsa toʻliq yoki qisman rad etilishi mumkin.
2. Iltimosnomani qondirish rad etilgani toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda, rad etish sababi koʻrsatilgan holda, yozma ravishda xabardor qilinadi.
II-boʻlim
Fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha huquqiy munosabatlar
Fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha huquqiy munosabatlar
I-qism
Vakolat
Vakolat
20-modda
Umumiy qoidalar
Umumiy qoidalar
1. Ushbu boʻlimning II — V qismlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashash joyiga ega boʻlgan shaxslarga, ularning fuqaroligidan qatʼi nazar, daʼvolar ushbu Ahdlashuvchi Tomon sudlariga, yuridik shaxslarga esa daʼvolar hududida yuridik shaxsning boshqaruv organi, uning vakolatxonasi yoxud filiali joylashgan Ahdlashuvchi Tomon sudlariga beriladi.
2. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon sudlari uning hududida:
a) javobgar korxona (filial)ning savdo, sanoat yoki boshqa xoʻjalik faoliyati amalga oshirilganda;
b) nizoga sabab boʻlgan shartnomadagi majburiyat bajarilganda yoki toʻliq yoxud qisman bajarilishi kerak boʻlganda;
v) shaʼni, qadr-qimmati va ishdagi obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvo boʻyicha daʼvogar doimiy yashash yoki turish joyiga ega boʻlganda ham vakolatli boʻladi.
3. Shaxsiy mulk huquqi va koʻchmas mulkka boshqa mulkiy huquqlar toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha mulk joylashgan yerdagi sudlar mutlaq vakolatlidir. Yuklar, yoʻlovchilar va bagajlar tashish shartnomalari boʻyicha tashuvchilarga daʼvolar belgilangan tartibda eʼtirozlar bildirilgan transport tashkiloti boshqarmasi joylashgan joyga beriladi.
21-modda
Shartnoma boʻyicha sudga tegishlilik
Shartnoma boʻyicha sudga tegishlilik
1. Agar tomonlarning nizoni ushbu sudlarga oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma kelishuvi mavjud boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlari ishni boshqa hollarda ham koʻrib chiqishlari mumkin. Bunda 20-moddaning 3-bandidan va ushbu boʻlimning II-V qismlari bilan belgilangan boshqa normalardan, shuningdek tegishli Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligidan kelib chiqadigan mutlaq vakolat Tomonlarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin emas.
2. Nizoni oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvlar mavjud boʻlgan taqdirda sud javobgarning arizasiga binoan ishni koʻrish uchun boshqa sudga oʻtkazadi.
22- modda
Sud jarayonlarining oʻzaro bogʻliqligi
Sud jarayonlarining oʻzaro bogʻliqligi
1. Ikkala Ahdlashuvchi Tomon sudlarida xuddi oʻsha Tomonlar oʻrtasida, xuddi shu predmet toʻgʻrisida va xuddi shu asoslarda ish boʻyicha sudlov qoʻzgʻatilganda ishni keyinroq qoʻzgʻagan sud sudlovni toʻxtatadi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning kelishuviga koʻra ishni ilgari qoʻzgʻatgan sud ham agar ushbu ish boshqa sudda, xususan dalillarning katta qismi joylashgan joy boʻyicha yanada tezroq va har tomonlama koʻrib chiqilishini eʼtirof etsa, ishga oid koʻrib chiqishni toʻxtatishi mumkin.
3. Aynan shu huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan qarshi daʼvo va chegirish toʻgʻrisidagi talab, xuddi asosiy daʼvodek, asosiy daʼvoni koʻrib chiqayotgan sudda koʻrib chiqiladi.
II-qism
Shaxsiy maqom
Shaxsiy maqom
23-modda
Huquqiy layoqat va muomalaga layoqat
Huquqiy layoqat va muomalaga layoqat
1. Jismoniy shaxsning muomalaga layoqati ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning muomalaga layoqati u doimiy yashash joyiga ega boʻlgan mamlakat huquqi boʻyicha aniqlanadi.
3. Yuridik shaxsning huquqiy layoqati u hududida taʼsis etilgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
24-modda
Muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish. Muomalaga layoqatni tiklash
Muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish. Muomalaga layoqatni tiklash
1. Ushbu moddaning 2- va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, shaxsning muomalaga cheklangan layoqatliligi yoki muomalaga layoqatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir.
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining sudiga uning hududida doimiy yashovchi, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlgan shaxsning muomalaga cheklangan layoqatliligi yoki muomalaga layoqatsizligini eʼtirof etish asoslari maʼlum boʻladigan holda, u ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudini bu haqda xabardor qiladi.
3. Agar muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish uchun asoslardan xabardor qilingan Ahdlashuvchi Tomon sudi uch oy mobaynida ishni boshlamasa yoki oʻz fikrini xabar qilmasa, muomalaga cheklangan layoqatlilik yoki muomalaga layoqatsizlikni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ish hududida ushbu fuqaro yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudida koʻrib chiqiladi. Shaxsni muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga joʻnatiladi.
4. Ushbu moddaning 1-3-bandlari qoidalari tegishli ravishda muomalaga layoqatlilikni tiklashga ham qoʻllanadi.
5. Ushbu moddaning 2- va 3-bandlarida nazarda tutilgan va kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, shaxsni yoxud uning mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur chora-tadbirlarni hududida ushbu shaxs doimiy yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon sudi mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin. Ushbu chora-tadbirlar munosabati bilan qabul qilingan farmoyishlar ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga joʻnatiladi. Agar ushbu Ahdlashuvchi Tomon boshqacha chora belgilagan boʻlsa, ushbu farmoyishlar bekor qilinishi mumkin.
6. Fuqaroni muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ishlarni har bir Ahdlashuvchi Tomon sudlari prokurorning muqarrar ishtirokida koʻrib chiqadilar.
25-modda
Bedarak yoʻqolganlikni eʼtirof etish, vafot etgan deb eʼlon qilish. Oʻlim faktini belgilash
Bedarak yoʻqolganlikni eʼtirof etish, vafot etgan deb eʼlon qilish. Oʻlim faktini belgilash
1. Shaxsni bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hamda oʻlim faktini belgilash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha soʻnggi maʼlumotlarga koʻra u tirik boʻlgan vaqtda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari, boshqa shaxslar boʻyicha esa shaxsning oxirgi yashash joyidagi adliya muassasalari vakolatlidir.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining sudlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosini va uning hududida yashagan boshqa shaxsni bedarak yoʻqolganligini yoki vafot etganligini eʼtirof etishi, shuningdek huquq va manfaatlari ushbu Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida asoslangan uning hududida yashovchilarning iltimosnomasiga koʻra uning oʻlganlik faktini belgilashi mumkin.
3. Bedarak yoʻqolganlikni eʼtirof etish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish va oʻlim faktini belgilash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda Ahdlashuvchi Tomon sudlari oʻz davlati qonunchiligini qoʻllaydilar. Bunday ishlarning koʻrib chiqilishida prokuror ishtiroki majburiy hisoblanadi.
III-qism
Oilaviy ishlar
Oilaviy ishlar
26-modda
Nikohdan oʻtish
Nikohdan oʻtish
1. Nikohga kiruvchi har bir shaxs uchun nikohdan oʻtish shartlari u fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun esa ularning doimiy yashash joyi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, nikohdan oʻtishga toʻsiqlarga nisbatan hududida nikohdan oʻtilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi talablariga rioya etilishi kerak.
2. Nikohdan oʻtish shakli nikoh hududida tuzilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
27-modda
Er-xotinlarning huquqiy munosabatlari
Er-xotinlarning huquqiy munosabatlari
1. Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular birgalikda yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
2. Agar er-xotinlardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi — boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa va shu bilan birga er-xotinning ikkalasi ham aynan bir fuqarolikka ega boʻlsa, ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
3. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining fuqarosi hisoblansa va ulardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u holda ularning shaxsiy va mulkiy-huquqiy munosabatlari hududida ular oxirgi birgalikdagi yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
4. Agar ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlar hududida birgalikdagi yashash joyiga ega boʻlishmagan boʻlsa, muassasasi ishni koʻrib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllanadi.
5. Er-xotinlarning ularning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqiy munosabatlari, ushbu mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
6. Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qonunchiligi ushbu moddaning 1-3-, 5-bandlariga muvofiq qoʻllanilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon muassasalari vakolatlidir.
28-modda
Nikohni bekor qilish
Nikohni bekor qilish
1. Nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinlar ariza berilgan vaqtda fuqarolari boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi.
2. Agar er-xotinlardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining fuqarosi boʻlsa, muassasasi nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi.
29-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vakolatliligi
Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vakolatliligi
1. 28-moddaning 1-bandida nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinlar ariza berilgan vaqtda fuqarolari boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatlidir. Agar ariza berilgan vaqtda er-xotinning ikkalasi ham boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashashsa, u holda ham ushbu Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir.
2. 28-moddaning 2-bandida nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinning ikkalasi ham hududida yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u holda nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinlar hududlarida yashaydigan ikkala Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakolatlidir.
30-modda
Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish
Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish
1. Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha 26-moddaga muvofiq nikohdan oʻtishda qoʻllangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi.
2. Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakolatligi ushbu Shartnomaning 29-moddaga muvofiq belgilanadi.
31-modda
Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish
Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish
Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish bola tugʻilishi boʻyicha fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
32-modda
Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar
Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar
1. Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar hududida ular birgalikda yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Agar ota-onalar va bolalardan birontasining yashash joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan boʻlsa, ular oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
3. Nikohsiz tugʻilgan bola va uning onasi hamda otasi oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
4. Balogʻat yoshiga yetgan bolalardan alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hududida aliment olishga daʼvogar shaxs yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllanadi.
5. Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ushbu moddaning 1-, 2-, 3- va 4-bandlariga muvofiq qonunchiligi qoʻllanadigan Ahdlashuvchi Tomonning sudi vakolatlidir.
33-modda
Vasiylik va homiylik
Vasiylik va homiylik
1. Vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan yoki bekor qilinayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha amalga oshiriladi.
2. Vasiy va homiy bilan vasiylikka yoki homiylikka olinayotgan shaxs oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar vasiy yoki homiyni muassasasi tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan tartibga solib boriladi.
3. Vasiylikni yoki homiylikni qabul qilish majburiyati vasiy yoki homiy etib tayinlanayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlgan shaxsning vasiysi va homiysi etib boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi, agar u vasiylik yoki homiylik amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa, tayinlanishi mumkin.
34-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vasiylik va homiylik masalalaridagi vakolatliligi
Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vasiylik va homiylik masalalaridagi vakolatliligi
Agar ushbu Shartnoma bilan boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatli hisoblanadi.
35-modda
Vasiylik va homiylikka olishga oid chora-tadbirlar koʻrish tartibi
Vasiylik va homiylikka olishga oid chora-tadbirlar koʻrish tartibi
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosining manfaatlari yoʻlida, agar uning yashash joyi, turar joyi yoxud mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlsa, vasiylik yoki homiylik boʻyicha choralar koʻrish zarur boʻlib qolgan hollarda ushbu Ahdlashuvchi Tomonning muassasasi ushbu Shartnomaning 34-moddaga muvofiq zudlik bilan vakolatli organni xabardor qilib qoʻyadi.
2. Kechiktirish mumkin boʻlmagan hollarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur boʻlgan vaqtinchalik chora-tadbirlarni oʻzi koʻrishi mumkin. Bunda u 34-moddaga muvofiq vakolatli muassasani xabardor qilib qoʻyishga majburdir. Ushbu chora-tadbirlar 34-moddada koʻrsatib oʻtilgan muassasa tomonidan boshqa qaror qabul qilingunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
36-modda
Vasiylik va homiylikka berish tartibi
Vasiylik va homiylikka berish tartibi
1. Vasiylik va homiylikdagi shaxs ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga, turar joyiga yoki mulkka ega boʻlgan hollarda 34-moddaga muvofiq vakolatli organ vasiylik yoki homiylikni boshqa Ahdlashuvchi Tomon muassasasiga berishi mumkin. Vasiylik yoki homiylikni berish surayotgan muassasa vasiylik yoki homiylikni oʻziga qabul qilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va bu haqda soʻralgan muassasa xabardor qilib qoʻyiladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq vasiylik yoki homiylikni qabul qilgan muassasa uni oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. U vasiylikka olingan yoki homiylikdagi shaxsning shaxsiy maqomiga aloqador masalalar boʻyicha qaror chiqarish huquqiga ega emas, lekin bu shaxs fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha zarur boʻlsa nikohdan oʻtishiga ruxsat berishi mumkin.
37-modda
Farzandlikka olish
Farzandlikka olish
1. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish farzandlikka oluvchi fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonun hujjatlariga muvofiq farzandlikka olish yoki uni bekor qilish haqida ariza berilgan vaqtdan boshlab belgilanadi.
2. Agar bola boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa, farzandlikka olishda yoki uni bekor qilishda qonuniy vakilning va vakolatli davlat organining, shuningdek u fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi shuni talab etsa, bolaning ham roziligini olish zarur.
3. Agar bolaning biri Ahdlashayotgan Tomonning fuqarosi, boshqasi esa boshqa Ahdlashayotgan Tomonning fuqarosi hisoblangan er-xotinlar tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ikkala Ahdlashayotgan Tomon qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
4. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilgan paytda farzandlikka oluvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning muassasasi farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ishlari boʻyicha vakolatlidir. Ushbu moddaning 3-bandida nazarda tutilgan hollarda esa er-xotinlar oxirgi yashash joyiga yoki turar joyiga ega boʻlgan yoki hozir ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi muassasa vakolatlidir.
IV-qism
Mulkiy huquqiy munosabatlar
Mulkiy huquqiy munosabatlar
38-modda
Mulkchilik huquqi
Mulkchilik huquqi
1. Koʻchmas mulkka egalik qilish huquqi hududida koʻchmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Qanday mulk koʻchmas hisoblanishi haqidagi masala hududida ushbu koʻchmas mulk joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
2. Davlat reyestriga kiritilishi zarur boʻlgan transport vositalariga egalik huquqi hududida transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirgan organ joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
3. Mulkka egalik huquqining paydo boʻlishi va bekor qilinishi yoki boshqa mulkka ashyoviy huquq bunday huquqning paydo boʻlishi yoki bekor qilinishiga asos boʻlib xizmat qiluvchi harakatlar yoki boshqa holatlar yuz bergan vaqtda hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
4. Bitishuv mavzusi hisoblangan shaxsiy mulk huquqining yoki mulkka boshqa mulkiy huquqning paydo boʻlishi va bekor qilinishi tomonlar bitimlarida boshqacha koʻzda tutilgan boʻlmasa hududida kelishuv imzolangan tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
39-modda
Kelishuv shakllari
Kelishuv shakllari
1. Kelishuv shakli u amalga oshirilgan joyning qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Koʻchmas mulkka oid va unga boʻlgan huquqlar boʻyicha kelishuvlar shakli hududida bunday mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
40-modda
Ishonch qogʻozi
Ishonch qogʻozi
Ishonch qogʻozining shakli va amalda boʻlish muddati hududida ishonch qogʻozi berilgan Tomonning qonunchiligiga koʻra belgilanadi.
41-modda
Tomonlarning kelishuvlar boʻyicha huquq va majburiyatlari
Tomonlarning kelishuvlar boʻyicha huquq va majburiyatlari
Tomonlarning kelishuvlar boʻyicha huquq va majburiyatlari, agar tomonlarning bitimlari bilan boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, uni amalga oshirish joyidagi qonunchilik boʻyicha belgilanadi.
42-modda
Zararni qoplash
Zararni qoplash
1. Shartnomalar va boshqa huquqiy meʼyordagi harakatlardan kelib chiqqanlardan tashqari, zararni qoplash haqidagi majburiyatlar hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
2. Agar zarar keltiruvchi va zarar koʻrgan bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa, shu Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida eslatilgan ishlar boʻyicha hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir. Zarar koʻrgan hududida javobgar yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga ham daʼvo arizasi berishi mumkin.
43-modda
Daʼvo qoʻzgʻatish muddati
Daʼvo qoʻzgʻatish muddati
Daʼvo qoʻzgʻatish muddati masalalari tegishli huquqiy munosabatlar tartibga solinishi uchun qoʻllaniladigan qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
V-qism
Meros qoldirish
Meros qoldirish
44-modda
Tenglik tamoyili
Tenglik tamoyili
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qonun boʻyicha mulk yoki huquqni qonun yoxud vasiyatnoma boʻyicha ushbu Ahdlashuvchi Tomon fuqarolariday teng shartlarda va hajmda meros qilib qoldirishlari mumkin.
45-modda
Meros qilib olish huquqi
Meros qilib olish huquqi
1. Mulkni meros qilib qoldirish huquqi, ushbu moddaning 2-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari, meros qilib qoldiruvchi hududida oxirgi turar joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
2. Koʻchmas mulkni meros qilib qoldirish huquqi mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga koʻra belgilanadi.
46-modda
Merosning davlatga oʻtishi
Merosning davlatga oʻtishi
Agar meros qoldirishda qoʻllanilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha merosxoʻr davlat boʻlsa, unda meros qilib qoldirilgan koʻchar mulk vafot etgan vaqtda meros qoldiruvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga oʻtadi, meros qilib qoldirilgan koʻchmas mulk esa oʻzi joylashgan hududda Ahdlashuvchi Tomonga oʻtadi.
47-modda
Vasiyatnoma
Vasiyatnoma
Shaxsning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish qobiliyati, shuningdek vasiyatnomaning shakli va uni bekor qilish tartibi dalolatnoma tuzish vaqtida vasiyat qiluvchi yashash joyiga ega boʻlgan davlat huquqi boʻyicha belgilanadi. Biroq vasiyatnoma yoki uni bekor qilish agar vasiyatnoma uni tuzish joyi huquqi talablarini qondirsa, uning shakliga rioya qilinmaganligi bois haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
48-modda
Meros qilib olish ishlari vakolati
Meros qilib olish ishlari vakolati
1. Koʻchar mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha koʻrib chiqishni meros qoldiruvchi vafot etgan vaqtda hududida turar joyga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari olib borishga vakolatlidir.
2. Koʻchmas mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha koʻrib chiqishni mulk joylashgan hududdagi Ahdlashuvchi Tomon muassasasi koʻrib chiqishga vakolatlidir.
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlaridagi qoidalar meros toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqiladigan ishlar munosabati bilan paydo boʻladigan nizolarni koʻrib chiqishda ham qoʻllaniladi.
49-modda
Meros qilib olish ishlari boʻyicha diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining vakolati
Meros qilib olish ishlari boʻyicha diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining vakolati
Meros qilib olish ishlari boʻyicha, shu jumladan, meros qilib olish nizolari boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, merosdan voz kechish huquqini istisno qilganda, oʻz davlatining fuqarolarini, agar ular boʻlmasalar yoki vakil tayinlamagan boʻlsalar, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning muassasalarida maxsus ishonchnoma qogʻozisiz ifodalash uchun vakolatlidir.
50-modda
Merosni muhofaza qilish choralari
Merosni muhofaza qilish choralari
1. Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalari oʻz qonunchiliklariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari tomonidan oʻz hududlarida qoldirilgan merosni muhofaza qilish yoki unga egalik qilish uchun zarur chora-tadbirlar koʻradilar.
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq koʻrilgan choralar toʻgʻrisida meros beruvchi fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tezda xabardor qilinadi. Koʻrsatilgan vakolatxona yoki muassasa ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin.
3. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq koʻrilgan chora-tadbirlar meros qilish toʻgʻrisidagi ishni amalga oshirishga vakolati boʻlgan adliya muassasasi, shuningdek diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining iltimosiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
51-modda
Merosni berish
Merosni berish
1. Agar meros qolgan koʻchar mulk yoki meros qolgan koʻchar yoki koʻchmas mulkni sotishdan tushgan pul summasi meros qilib olishni koʻrib chiqish tugaganidan soʻng yashash joyi yoki turar joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan merosxoʻrlarga berilishi zarur boʻlsa, unda merosga qolgan mulk yoki tushgan pul summasi ushbu Ahdlashuvchi Tomon diplomatik vakilligi yoki konsullik muassasasiga beriladi.
2. Meros olish huquqi haqidagi ishlar boʻyicha vakolatli boʻlgan muassasa merosga qolgan mulkni diplomatik vakillik yoki konsullik muassasasiga berish toʻgʻrisida farmoyish beradi.
3. Bu mulk merosxoʻrlarga berilish mumkin, agar:
a) meros qolgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida belgilangan muddatda meros qoldiruvchining kreditorlari bildirgan barcha talablar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;
b) meros qilib qoldirish bilan bogʻliq barcha yigʻimlar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;
v) agar bu zarur boʻlsa, vakolatli muassasalar merosga qoldirilgan mulkni olib chiqib ketishga ruxsat bergan boʻlsa;
4. Pul summalarini oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlar hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
III-boʻlim
Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish
Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish
52-modda
Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish
Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda Ahdlashuvchi Tomon hududida chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan quyidagi qarorlarni eʼtirof etadi va bajaradi:
a) adliya muassasalarining fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha qarorlari, shuningdek shunday ishlar boʻyicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlari va pul majburiyatlariga nisbatan notarial dalolatnomalar (keyingi oʻrinlarda — qarorlar deb ataladilar).
b) jinoyat sodir etish natijasida koʻrilgan zararni qoplashga oid jinoiy ishlar boʻyicha sudlarning hukmlari.
53-modda
Bajarilishi talab etilmaydigan qarorlarni eʼtirof etish
Bajarilishi talab etilmaydigan qarorlarni eʼtirof etish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan, oʻz xususiyatiga koʻra bajarilishi talab etilmaydigan qarorlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida maxsus ishlarni bajarmasdan quyidagi shartlarda eʼtirof etiladi, agar:
a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ilgari bu ishlar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qarorlar chiqarmagan boʻlsalar;
b) ushbu Shartnomaga koʻra ish, qaror hududida eʼtirof etilishi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga koʻra ular tomonidan nazarda tutilmagan hollarda ular Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarining alohida vakolatlariga taalluqli boʻlmasa.
2. Ushbu moddadagi 1-bandning qoidalari vasiylik va homiylik boʻyicha qarorlarga ham, shuningdek fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish organlari tomonidan chiqarilgan qarorlarga ham tegishli boʻladi.
54-modda
Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisida iltimosnoma
Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisida iltimosnoma
1. Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ijro etilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga beriladi. Iltimosnoma birinchi pogʻonadagi ish boʻyicha qaror chiqargan sudga ham kiritilishi mumkin. Ushbu sud iltimosnomani iltimosnoma boʻyicha qaror chiqarish vakolatiga ega boʻlgan sudga joʻnatadi.
2. Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) qaror yoki uning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek qaror qonuniy kuchga kirganligi va ijro etilishi kerakligi haqidagi rasmiy hujjat yoki u qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak boʻlgan, agar bu qarorning oʻzidan kelib chiqmasa, hujjat;
b) jarayonda ishtirok etmagan tomonga qarshi qaror chiqarilganligini, belgilangan tartibda va oʻz vaqtida sudga chaqirtirilganligini, uning protsessual muomalaga layoqatli emasligi hollari esa belgilangan ravishda aytilganligini bildiruvchi hujjat;
v) hujjat joʻnatilish vaqtida qarorlar qisman bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) shartnomada kelishilgan sudli ishlar boʻyicha tomonlarning bitimini tasdiqlovchi hujjat.
3. Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tiliga yoki rus tiliga tarjima qilinib tasdiqlangan tarjimasi bilan taʼminlanadi.
55-modda
Qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarish tartibi
Qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarish tartibi
1. 52-, 54-moddada nazarda tutilgan qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, hududida majburiy bajarish amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
2. Qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarishga ruxsat berish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiquvchi sud ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinganligini belgilash bilan chegaralanadi. Shartlarga rioya qilingan hollarda, sud majburiy bajarish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
3. Majburiy bajarish tartibi hududida bajarilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
56-modda
Qarorlarni eʼtirof etishni va ijro etishni rad etish
Qarorlarni eʼtirof etishni va ijro etishni rad etish
Quyidagi hollarda 52-moddada nazarda tutilgan qarorlarni eʼtirof etish va majburiy ijro etish uchun ruxsatnoma berishni rad etish mumkin:
a) hududida qaror chiqarilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq u qonuniy kuchga kirmaganda yoki ijro etilishi kerak boʻlmaganda, qaror qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak boʻlgan hollar bundan mustasnodir;
b) javobgar oʻziga yoki uning vakiliga oʻz vaqtida va tegishli ravishda sudga kelish uchun chaqiriq qogʻozi berilmaganligi sababli jarayonda qatnashmaganda;
v) ushbu Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi ushbu bahs boʻyicha shu qaror eʼtirof etilishi va ijro etilishi lozim boʻlgan va shu asosda Ahdlashuvchi Tomon hududida oldin ham qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan yoki uchinchi davlat sudining eʼtirof etilgan qarori boʻlgan yoxud ushbu Ahdlashuvchi Tomon muassasasi tomonidan ushbu ish boʻyicha koʻrib chiqish qoʻzgʻatilganda;
g) ushbu Shartnoma qoidalariga asosan, ushbu Shartnomada koʻzda tutilmagan vaziyatlarda esa hududida qaror tan olinishi va ijro etilishi zarur boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga asosan ish uning muassasalarining istisnoli vakolatiga taalluqli boʻlganda;
d) Shartnomada kelishilgan sudga tegishli ish boʻyicha tomonlarning bitimini tasdiqlovchi hujjat boʻlmaganda;
e) sud koʻrib chiqayotgan qarorlarni eʼtirof etish va ijro etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligida nazarda tutilgan majburiy ijro etish muddati oʻtib ketganda.
IV-boʻlim
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam
I-qism
Jinoyatchilarni berish
Jinoyatchilarni berish
57-modda
Jinoyatchilarni berish majburiyati
Jinoyatchilarni berish majburiyati
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bir-birlarining iltimoslariga koʻra oʻzlarining hududlaridagi jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish sababli yoxud shunday jinoyat sababli hukmni ijro etish soʻralayotgan davlatda qidirilayotgan shaxslarni ushlab berish majburiyatini oladilar.
58-modda
Jinoyatchilarni berishga sabab boʻluvchi jinoyatlar
Jinoyatchilarni berishga sabab boʻluvchi jinoyatlar
1. Ushbu Shartnomaning maqsadi uchun jinoyatchilarni berishga sabab boʻlgan soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq jinoyatlar hisoblanadigan huquq buzishlar bir yildan ortiq ozodlikdan mahrum etish yoki ogʻirroq jazo bilan jazolanadilar.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan jinoyat qilinganligi uchun chiqarilgan hukmni ijro etish uchun jinoyatchini berish, agar jazo muddati tamom boʻlgunga qadar kamida olti oy qolgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
3. Soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq jazolanishi kerak boʻlgan qandaydir jinoyat shunday jinoyat hisoblanadimi yoki yoʻqmi ekanligi aniqlanganda quyidagilarning ahamiyati yoʻqdir:
a) Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq ushbu jinoyatdan iborat boʻlgan faoliyat yoki faoliyatsizlik shunga oʻxshash jinoyatlar toifasiga tegishlimi yoki ushbu jinoyat shunga oʻxshash atama bilan ataladimi;
b) Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq ushbu jinoyatni tashkil etuvchi elementlari farqlanadimi, chunki soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatlar yoki faoliyatsizlikning barchasi eʼtiborga olinadi.
4. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma bir necha alohida jinoyatlarga taalluqli boʻlsa, ulardan hammasi ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelmasa, unda talab qilinayotgan jinoyatchini berishga, hech boʻlmaganda jinoyatlardan biri jinoyatchini berishga sabab boʻlsa, shu shart bilan ruxsat etilishi mumkin.
59-modda
Jinoyatchini berishni rad etish uchun asos
Jinoyatchini berishni rad etish uchun asos
Jinoyatchi quyidagi hollarda berilmaydi, agar:
a) berish talab etilayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlsa yoki shu davlatda boshpana berilgan shaxs boʻlsa;
b) iltimosnoma olingan paytda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq jinoiy taʼqib qoʻzgʻatilishi mumkin boʻlmasa yoki hukm har qanday qonuniy asoslar, shuningdek muddati oʻtishi yoki umumiy afv boʻyicha ijro etilishi mumkin boʻlmasa;
v) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xuddi shu jinoyat uchun berish talab etilayotgan shaxsga nisbatan hukm yoki ish boʻyicha koʻrib chiqishni bekor qilish toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan boʻlsa;
g) jinoyatchini berish toʻgʻrisida iltimosnoma tushishi munosabati bilan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida, shuningdek jinoyatni sodir etish vaqtida uning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan uning bayrogʻi ostidagi kemada yoki havo kemasida butunlay yoki qisman sodir etilgan boʻlsa;
d) jinoyatchini berish toʻgʻrisida tushadigan iltimosnoma munosabati bilan jinoyat uchun jinoiy taʼqib soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq faqat jabrlanuvchining arizasiga koʻra qoʻzgʻatilishi mumkin boʻlsa.
60-modda
Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va zarur boʻlgan hujjatlar
Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va zarur boʻlgan hujjatlar
1. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yozma holda joʻnatiladi va unda berish talab etilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi zarur axborotlar, shuningdek uning fuqaroligi va turar joyi yoki yashash joyi haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
2. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga barcha hollarda quyidagilar ilova qilinadi:
a) har qanday boshqa axborotlar bilan bir qatorda ushbu shaxsning shaxsini aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan iloji boricha aniq bayon-tasviri, shuningdek foto rasmi yoki agar boʻlsa, boshqa tasviri;
b) ushbu jinoyatni kvalifikatsiyalovchi tegishli qoidaning matni yoki, zarur boʻlganda, ushbu jinoyatga toʻgʻri keladigan tegishli qonundan koʻchirma va ushbu jinoyatga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan jazoning bayon-tasviri.
3. Agar talab qilingan shaxs jinoyatda ayblanayotgan boʻlsa, berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga jinoyatning haqiqiy holatlari bayon etilgan qamoqqa olish haqidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqt va joy, moddiy zarar haqidagi, agar shunday zarar koʻrilgan boʻlsa, maʼlumotlar.
4. Agar talab qilinayotgan shaxs jinoyat uchun hukm qilingan boʻlsa, jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomaga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan nusxasi yoki tasdiqlangan undan koʻchirmaning ayblov qismi va chiqarilgan hukm hamda, agar hukm qilingan shaxs jazoning bir qismini oʻtagan boʻlsa, jazoning oʻtalmagan qismi haqidagi maʼlumotlar bayon qilingan holda ilova qilinadi.
5. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar ushbu Shartnomaning 17-moddasiga muvofiq tuziladi.
6. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi talab qilinayotgan shaxsning turar joyi maʼlum boʻlgan hollarda joʻnatiladi.
61-modda
Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomaga nisbatan qaror
Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomaga nisbatan qaror
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligida nazarda tutilgan tartibga muvofiq jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqadi va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni oʻz qarori haqida zudlik bilan xabardor qiladi.
2. Iltimosnomani qondirish haqida qaror qabul qilingan hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon talab qilinayotgan shaxsni qamoqqa olish uchun tezlik bilan chora-tadbirlar koʻradi. Bu shaxsning qamoqqa olinganligi haqida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon zudlik bilan xabardor qilinadi.
3. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomani qondirishdagi toʻliq yoki qisman rad etishlar tegishli sabablar bilan asoslab beriladi.
62-modda
Qoʻshimcha axborot
Qoʻshimcha axborot
1. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoyatchini berish haqida taqdim etilgan iltimosnomani asoslashdagi axborotni yetarli emas deb hisoblasa, u 15 kunda qoʻshimcha axborot berishni talab qilishi mumkin. Ayni zamonda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon berilishi talab etilayotgan shaxsning oʻz hududidan chiqib ketishining oldini olish uchun uni kuzatishni taʼminlash uchun zarur chora-tadbirlar koʻrishi mumkin.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga iloji boricha qisqa muddatda qoʻshimcha axborot taqdim etish uchun zarur choralar koʻradi.
63-modda
Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar uni ushlab turish
Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar uni ushlab turish
1. Berilishi talab qilinayotgan shaxs qochmoqchi boʻlganligi haqida asoslarga ega boʻlinsa, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga talab qilinayotgan shaxsni uni berish haqida iltimosnoma olingunga qadar ushlab turish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday iltimosnoma bevosita yoki matnni berish texnika vositalari — telegraf, teleks, telefaks, elektron pochtasidan foydalangan holda berilishi mumkin.
2. Bunday iltimosnoma talab qilinayotgan shaxsning bayon-tasviri, jinoyatchini berish haqida iltimosnoma yuborilishi toʻgʻrisidagi ariza, qamoqda saqlash toʻgʻrisida (qamoqqa olish uchun order)gi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukm borligi haqidagi xabar, ushbu huquqbuzarlik uchun jazo tayinlanishi yoki tayinlanganligi haqidagi xabar, shuningdek muddatning yana qanday qismini oʻtashi kerakligi haqidagi maʼlumot, ushbu ish boʻyicha faktlarning bayoni va talab qilinayotgan shaxsning turgan joyi haqidagi maʼlumotlardan iborat boʻlishi kerak.
3. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bunday iltimosnoma yuzasidan oʻz qonunchiligiga muvofiq tezda qaror qabul qiladi va tezlik bilan bu haqda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi.
4. Bu kabi iltimosnoma asosida ushlangan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunida nazarda tutilgan muddat oʻtishi bilan, agar uni berish haqida iltimosnoma tushmasa, ozod qilinadi.
5. Ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq shaxsning ozod qilinishi keyinchalik jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan hollarda talab qilinayotgan shaxsni berish maqsadida uni qaytadigan ushlash va qamoqqa olishga toʻsqinlik qilmaydi.
64-modda
Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olinguniga qadar uni qamoqqa olish
Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olinguniga qadar uni qamoqqa olish
1. Ushbu Shartnomaning 63-moddasida nazarda tutilgan iltimosnoma asosida ushlangan shaxs alohida hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq faksimil aloqa orqali berilgan qamoqqa olish haqidagi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxalari, yoxud ayblov qismi va chiqarilgan hukm bayon qilingan holdagi tasdiqlangan undan koʻchirma boʻlganda jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar qamoqqa olinishi mumkin. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan joʻnatiladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak boʻlgan vaqt davrini kelishib oladilar. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, agar jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma Ahdlashuvchi Tomonlar bilan kelishib olingan vaqtdagi davrda kelib tushmasa, qamoqqa olingan shaxsni ozod qiladi.
65-modda
Berilishi talab etilayotgan shaxsni qidirishni amalga oshirish
Berilishi talab etilayotgan shaxsni qidirishni amalga oshirish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar bunday shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlishlari mumkinligi haqidagi asoslarga ega boʻlganlarida jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olgunga qadar, ushbu Shartnomaning 58-moddasiga muvofiq berishga sabab boʻlgan jinoyatlar sodir etishda ayblanayotgan shaxslarni iltimosnomaga muvofiq qidirishni amalga oshiradilar.
2. Qidirishni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma ushbu Shartnomaning 7- va 17-moddalariga muvofiq tuziladi va har qanday hollarda quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
a) qidirilayotgan shaxsning, uning shaxsini va turgan joyini aniqlashga yordam beradigan har qanday axborot bilan birga, iloji boricha toʻliq bayon-tasviri;
b) qidirilayotgan shaxs sodir etgan jinoyatni kvalifikatsiyalovchi tegishli qoidaning matni yoki zarur boʻlganda, ushbu jinoyatga toʻgʻri keladigan tegishli qonundan koʻchirma va ushbu jinoyatga sabab boʻlishi mumkin jazoning bayon-tasviri;
v) qamoqqa olish haqida qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukm borligi toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek jazo muddatining yana qaysi qismini oʻtash kerakligi haqida maʼlumot, agar shaxs jazoning maʼlum qismini oʻtagan boʻlsa, jinoyatning amaldagi holatlarining qisqacha bayon-tasviri, shuningdek jinoyat sodir etilgan vaqt va joy koʻrsatiladi;
g) jinoyatchi topilgan hollarda uni ushlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma va jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma yuborilishi toʻgʻrisidagi ariza.
3. Qidirishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga, agar bor boʻlsa, qidirilayotgan shaxsning fotosurati, qoʻl panjalarining izi, shuningdek talab etilishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova qilinadi.
4. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qidirish haqida iltimosnoma olishi bilan oʻz hududida qidirilayotgan shaxsning turgan joyini aniqlash va uni ushlash uchun zarur boʻlgan chora- tadbirlarni koʻradi. Bunday shaxs ushlanganligi haqida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon zudlik bilan xabardor qilinadi.
5. Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq ushlangan shaxs, agar u ushlangan vaqtdan boshlab oʻttiz sutka mobaynida uni berish toʻgʻrisida iltimosnoma tushmasa, ozod qilinishi kerak.
6. Ushbu moddaning 5-bandiga muvofiq shaxsning ozod qilinishi keyinchalik jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan hollarda talab qilinayotgan shaxsni berish maqsadida uni qaytadigan ushlash va qamoqqa olishga toʻsqinlik qilmaydi.
66-modda
Asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun javobgarlik
Asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun javobgarlik
1. Berilishi talab etilayotgan shaxsni asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon javob beradi, agar:
a) ushbu Ahdlashuvchi Tomon tomonidan jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va tegishli hujjatlar ushbu Shartnomaning 63-, 64- va 65-moddalarida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etilmasa;
b) agar ushbu Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushlagan va qamoqqa olgan berilishi talab etiladigan shaxsni berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani yuborishni rad etsa.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda asossiz ushlab turish va/yoki qamoqqa olish bilan keltirilgan zararni qoplash Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiriladi.
67-modda
Shaxsni berish
Shaxsni berish
1. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qondirish haqida xabarnoma olinishi bilan Ahdlashuvchi Tomonlar talab qilinayotgan shaxsni berishning vaqtini, joyini va tadbirlarini kelishtiradilar.
2. Talab qilinayotgan shaxsni berish tadbiri berish toʻgʻrisidagi ikki nusxadan iborat va soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari vakillari tomonidan imzolanadigan aktni oʻz ichiga oladi. Zarur boʻlganda talab qilinayotgan shaxsni olish uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar vakillarining vakolati Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi oldindan tuzilgan kelishuvga muvofiq tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin.
3. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlaridan shaxs ushbu Ahdlashuvchi Tomon tomonidan belgilangan vaqtning oqilona davrida qabul qilinadi. Agar shaxs vaqtning belgilangan davrida qabul qilinmasa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu shaxsni ozod etishi mumkin va ushbu jinoyat munosabati bilan ushbu shaxsni berishni rad etishi mumkin.
4. Agar oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra Ahdlashuvchi Tomonlardan biri berilishi kerak boʻlgan shaxsni bera olmasa yoki qabul qila olmasa, u zudlik bilan bu haqda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi. Soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar berishning yangi muddatlarini birgalikda belgilaydilar va bunda ushbu moddaning 3-bandidagi qoidalar qoʻllaniladi.
68-modda
Jinoyatchini berish muddatini uzaytirish yoki vaqtinchaga berish
Jinoyatchini berish muddatini uzaytirish yoki vaqtinchaga berish
1. Agar berilishi talab etilayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida jinoiy javobgarlikka tortilsa yoki boshqa qilmishi uchun hukm qilingan boʻlsa, uni berish muddati jinoiy taʼqib qilish toʻxtatilgunga, hukm ijro etilgunga yoki jazodan ozod qilingunga qadar uzaytirilishi mumkin.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan jinoyatchini berish muddatini uzaytirish muddatini oʻtkazib yuborishi yoki shaxsga nisbatan tergovga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, unda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomondan talab qilinayotgan shaxsning muddatini uzaytirish oʻrniga soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar bilan birgalikda belgilanadigan shartlarga muvofiq vaqtinchaga berishi mumkin.
3. Jinoiy ish boʻyicha harakatlarni tugashidan keyin, ushbu ish uchun vaqtincha berilgan shaxs uch oydan kechiktirmasdan qaytarib berilishi kerak.
69-modda
Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi bir xil iltimosnomalar
Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi bir xil iltimosnomalar
Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri aynan bir shaxsning oʻzini berish toʻgʻrisida bir vaqtning oʻzida boshqa Ahdlashuvchi Tomondan va qandaydir uchinchi davlatdan iltimosnoma olsa, u jinoyatchini berish haqidagi qaysi iltimosnoma qondirilishini oʻz xohishiga koʻra belgilaydi.
70-modda
Maxsus qoida
Maxsus qoida
1. Ushbu Shartnomaga muvofiq beriladigan shaxsga nisbatdan jinoiy taʼqib qilish, hukm chiqarish amalga oshirilmaydi va u soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida berilgunga qadar sodir etilgan jinoyat uchun, berilishi munosabati bilan, agar bunga soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligi boʻlmasa, jinoyatdan tashqari, shaxsiy ozodlikni qandaydir cheklashlarga tortilmaydi.
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidasi, agar berilgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududidan chiqib ketish imkoniyatiga ega boʻlsa va uni jinoyat uchun javobgarlikdan butunlay ozod etilgandan soʻng bir oy davomida berilishi munosabati bilan chiqib ketmasa, yoki ushbu shaxs oldin undan chiqib ketib, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududiga ixtiyoriy ravishda qaytib kelsa, qoʻllanilmaydi.
71-modda
Jinoyatchini takroriy berish
Jinoyatchini takroriy berish
Agar berilgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida jinoyat uchun javobgarlikdan butunlay ozod qilingunga qadar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududiga qaytarilsa, unda bu shaxsni takroriy berish ushbu Shartnomaning 60-, 62-moddalarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etmay iltimosnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
72-modda
Mol-mulkni berish
Mol-mulkni berish
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligi yoʻl qoʻyadigan darajada va tegishli ravishda rioya qilinishi lozim boʻlgan uchinchi tomonning huquqlarini hisobga olib, soʻralayotgan davlatda barcha aniqlangan, jinoyat natijasida sotib olingan, shaxsni qaytarishga sabab boʻlgan yoki jinoiy ish boʻyicha dalil sifatida talab qilinishi mumkin boʻlgan mol-mulk, agar berish ruxsat etilgan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning iltimosnomalari boʻlganda, beriladi.
2. Yuqorida eslatilgan mol-mulk, agar bu haqda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan boʻlsa, hatto qandaydir sabablar boʻyicha shartlashishga erishilgan boʻlsa ham, shaxsni berishni amalga oshirish mumkin boʻlmasa ham, shu Ahdlashuvchi Tomonga beriladi.
3. Agar aytib oʻtilgan mulk jinoiy ish boʻyicha dalil sifatida soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga zarur boʻlsa, unda uni berish ish boʻyicha ishlar tugagunga qadar muddati uzaytirilishi mumkin.
4. Agar aytib oʻtilgan mulk soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xatlanishi va yoki musodara etilishi kerak boʻlsa, unda bu Ahdlashuvchi Tomon mulkni ushlab yoki vaqtinchaga berib turishi mumkin.
5. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi yoki uchinchi tomonning huquqlari himoya qilish manfaatlari shuni talab qilsa, bunday tartibda berilgan har qanday mulk, agar buni ushbu Ahdlashuvchi Tomon talab qilsa, sud muhokamasi tamom boʻlishi bilan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonga tekinga qaytariladi.
73-modda
Tranzit tashish
Tranzit tashish
1. Agar shaxs uchinchi davlatdan bir Ahdlashuvchi Tomonga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi orqali berilishi kerak boʻlsa, unda bu shaxsni oluvchi Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomondan bu shaxsni uning hududi orqali tranzit olib oʻtish uchun ruxsatnoma soʻraydi. Ushbu qoida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga qoʻnish rejalashtirilmaganda, havo transportidan foydalangan hollarda qoʻllanilmaydi.
2. Tegishli axborotdan iborat boʻlgan iltimosnoma olingandan soʻng soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligida nazarda tutilgan tadbirlarga muvofiq ushbu iltimosnomani koʻrib chiqadi va agar u oʻzining asosiy manfaatlariga zarar yetkazmasa, ushbu iltimosnomani tezlik bilan qondiradi. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli adliya muassasalari har biri alohida holda tranzit usullari, yoʻnalishlari va boshqa shartlarini kelishib oladilar.
3. Tranzit tashishlar vaqtida tranzit qilayotgan davlat qamoqdagi shaxsni saqlashning yuridik imkoniyatlarini taʼminlaydi va olib ketilayotgan shaxsni kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakillariga zarur yordam koʻrsatadi.
4. Ahdlashuvchi Tomon hududidan uchib oʻtayotgan havo kemasi bu yerda rejadan tashqari qoʻngan hollarda u olib ketilayotgan shaxsni kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonlarning vakillarining iltimosnomasiga koʻra ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq olib ketilayotgan shaxsni tranzit tashish toʻgʻrisida iltimosnoma olgunga qadar 48 soat davomida qamoqda saqlashi mumkin. Bunday iltimos matnni berishning texnik vositalari, shuningdek telegraf, teleks, telefaks, elektron pochta yordamida berilishi mumkin.
5. Tranzit tashish bilan bogʻliq xarajatlar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hisobiga boʻladi.
74-modda
Jinoiy ish boʻyicha ish yuritish natijalari toʻgʻrisida xabar berish
Jinoiy ish boʻyicha ish yuritish natijalari toʻgʻrisida xabar berish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlariga berilgan shaxslarga qarshi jinoiy ish boʻyicha ish yuritish natijalari toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qilib turadilar. Iltimosnomaga koʻra qatʼiy qarorning nusxasi ham joʻnatiladi.
II-qism
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish
75-modda
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish mumkinligi
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish mumkinligi
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomondan ushbu shaxsni berish uchun shartlar boʻlmaganda yoki buni odil sudlov manfaatlari talab etsa, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq jinoyatni sodir etishda shubha qilinayotgan shaxsga qarshi jinoiy taʼqibni amalga oshirishni soʻrashi mumkin.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga koʻra oʻz fuqarosiga yoki oʻz hududida doimiy yashovchi shaxslarga qarshi, agar bu shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq huquqbuzarlikni sodir etishda shubha qilinayotgan boʻlsalar, agar shaxslarni berishga imkon beruvchi shartlar boʻlmasa, jinoiy taʼqibni amalga oshirishi mumkin.
76-modda
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisida iltimosnoma va zarur boʻlgan hujjatlar
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisida iltimosnoma va zarur boʻlgan hujjatlar
1. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yozma holda yuboriladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
a) tergovni yoki sud muhokamasini vakolatli oʻtkazuvchi soʻrovchi adliya muassasasining va soʻralayotgan adliya muassasasining nomi;
b) jinoiy sudlov ishlarini berish toʻgʻrisida yuborilayotgan iltimosnoma munosabati bilan qilmishning bayon-tasviri, shuningdek jinoyat sodir etilgan joy va vaqt haqidagi koʻrsatma;
v) jinoyatni sodir etishdagi shubhani asoslovchi tergov natijalari bayoni;
g) shubha qilinayotgan shaxsning shaxsiyati, fuqaroligi va yashash joyi haqida yetarli boʻlgan aniq maʼlumot;
d) jinoyat natijasida keltirilgan ziyonning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
2. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonun-qoidalari matni, shu asosida qilmish jinoyat deb eʼtirof etiladi, shuningdek zarur boʻlganda tergovni amalga oshirish uchun ahamiyatli boʻlgan qonunchilik normalarining boshqa matnlari;
b) tergov materiallari, jabrlanuvchining shikoyatiga koʻra qoʻzgʻatiladigan jinoiy ishlar boʻyicha jabrlanuvchilarning arizalari va zararni qoplash toʻgʻrisidagi ariza;
v) shubha qilinayotgan shaxsning shaxsiyatini belgilash imkonini beruvchi har qanday axborot, shuningdek uning tashqi koʻrinishi bayon-tasviri, fotosurati va boshqa tasvirlar.
3. Ishda mavjud boʻlgan hujjatlardan har biri surayotgan Ahdlashuvchi Tomon vakolatli adliya muassasasi tomonida gerbli muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
4. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar ushbu Shartnomaning 17-moddasi qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
77-modda
Haqiqiylikni guvohlantirish va tasdiqlash
Haqiqiylikni guvohlantirish va tasdiqlash
Milliy qonunchilikda va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar Ahdlashuvchi Tomonlar boshqacha hollar toʻgʻrisida kelishib olmagan boʻlsalar, jinoiy taʼqibni amalga oshirish uchun iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek iltimosnomaga javob tariqasida berilgan hujjatlar va boshqa xil materiallar haqiqiylikni guvohlashni va tasdiqlashni talab qilmaydi.
78-modda
Iltimosnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma
Iltimosnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning surayotgan Ahdlashuvchi Tomonni qatʼiy qarori toʻgʻrisida maʼlumotnomani berishi kerak. Surayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga koʻra qatʼiy qarorning nusxasi beriladi.
79-modda
Iltimosni ijro etish uchun asoslar
Iltimosni ijro etish uchun asoslar
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma quyidagi hollarda, agar joʻnatilayotgan iltimosnoma munosabati bilan qilmish jinoyat deb hisoblansa, agar u soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida sodir etilgan boʻlsa, qondirilishi mumkin.
80-modda
Rad etish uchun asos
Rad etish uchun asos
1. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi iltimosnomani rad etsa, u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni rad etish sabablari haqida xabardor qiladi.
2. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi qabul qilingan iltimosnoma, agar:
a) shubha qilinayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi hisoblanmasa, yoki ushbu Ahdlashuvchi Tomon ushbu shaxs doimiy yashaydigan davlat boʻlib hisoblanmasa;
b) iltimosnoma yuborilishi bilan bogʻliq jinoyat jinoyatchini berishga sabab boʻluvchi jinoyat hisoblanmasa, rad etilishi mumkin.
81-modda
Jinoiy taʼqibni amalga oshirishning mumkin emasligi
Jinoiy taʼqibni amalga oshirishning mumkin emasligi
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, agar taʼqib qilish talab qilinayotgan shaxsga nisbatan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida qonuniy kuchga kiruvchi hukm yoki soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon xabardor qilinadigan ish boʻyicha qatʼiy qaror chiqarilgan boʻlsa, bajarilmaydi. Bunday hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilishi mumkin emas, ular tomonidan qoʻzgʻatilgan ish esa toʻxtatilishi kerak.
82-modda
Shubha qilinayotgan shaxsning holati
Shubha qilinayotgan shaxsning holati
Shubha qilinayotgan shaxs, shubha qilinayotgan shaxsning yuridik vakilli yoki yaqin qarindoshlari, jinoiy sud ishini berishda oʻz manfaatdorligi toʻgʻrisida har qanday Ahdlashuvchi Tomonga bildirishi mumkin, shubha qilinayotgan shaxsning odil sudlovdan bekinib yurgan yoki qandaydir yoʻl bilan uning joʻnatilishiga toʻsqinlik qilishi hollari bundan mustasnodir.
83-modda
Jabrlanuvchining huquqi
Jabrlanuvchining huquqi
Sud ishini berishda soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar jinoyatdan jabr koʻrgan shaxsning huquqi, ayniqsa, keltirilgan zararni qoplashdagi uning huquqi berish natijasida buzilmasligi kerak. Agar fuqarolik daʼvosi sud ishlari berilgunga qadar qondirilmagan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon berilgan sud ishida daʼvoni taqdim etish uchun ruxsat beradi. Jabrlanuvchi vafot etgan hollarda ushbu qoida uning qaramogʻida boʻlganlarga qoʻllaniladi.
84-modda
Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar uchun sudlov ishlarini berishning oqibatlari
Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar uchun sudlov ishlarini berishning oqibatlari
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan shubha qilinayotgan shaxsni jinoiy taʼqib qilishni amalga oshirish toʻgʻrisida iltimosnoma qabul qilingandan soʻng soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqibni toʻxtatadi, zarur tergov olib borish, shuningdek soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ish boʻyicha qatʼiy qaror kiritish toʻgʻrisida xabar bermaguncha yuridik yordam berish bundan mustasnodir. Shu paytdan boshlab soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon xuddi shu jinoyat bilan bogʻliq boʻlgan jinoiy taʼqib toʻxtatadi.
85-modda
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar uchun sudlov ishlarini berishning oqibatlari
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar uchun sudlov ishlarini berishning oqibatlari
1. Bitimga koʻra berilgan sudlov ishlari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Shubha qilinayotgan shaxsga ayb qoʻyilganda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi oʻz qonunchiligiga muvofiq huquq buzarliklar va uning oqibatlarini jinoyat tarkibini qiluvchi aniq elementlarga taalluqli boʻlgan zarur tuzatishlar kiritadi. Bu davlatda eʼlon qilingan jazo chorasi soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilganidan qattiqroq boʻlmasligi kerak.
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida oʻz qonunchiligiga muvofiq sodir etilgan sud muhokamasi yoki tadbirlar talabi bilan bogʻliq har qanday harakat soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan bunday harakat qanchalik mos kelsa, qanday harakat boʻlmasin, agar ushbu davlatda yoki ushbu davlat adliya muassasalari tomonidan sodir etilgan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida shunday yuridik kuchga ega boʻladi.
3. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma boʻyicha sud muhokamasi natijasida qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi. Shu maqsadda uning iltimosnomasiga koʻra har qanday qatʼiy qarorning nusxasi beriladi.
86-modda
Masʼuliyatni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holat
Masʼuliyatni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holat
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri jinoiy taʼqibni amalga oshirishda, jumladan, sud muhokamasida, Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligida nazarda tutilgan masʼuliyatni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatni, ular qaysi Ahdlashuvchi Tomon hududida paydo boʻlishidan qatʼi nazar, hisobga oladi.
87-modda
Vaqtinchalik chora-tadbirlar
Vaqtinchalik chora-tadbirlar
Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani yuborish haqida oʻz niyatini bildirsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu maqsadda yuborilgan maxsus iltimosini olgandan soʻng barcha vaqtinchalik choralarni qoʻllashi mumkin, shuningdek dastlabki ushlash kabi qanday choralar koʻrish mumkin boʻlsa, agar jinoyat, jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma yuborilgan, uning hududida sodir etilgan boʻlsa soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq qoʻllanilishi mumkin.
III-qism
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida maxsus qoidalar
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida maxsus qoidalar
88-modda
Tergov ishlarini olib borishda koʻrsatmalar berish yoki yordam koʻrsatish uchun qamoqda saqlanayotgan shaxslarni berish
Tergov ishlarini olib borishda koʻrsatmalar berish yoki yordam koʻrsatish uchun qamoqda saqlanayotgan shaxslarni berish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz qonunchiliklariga muvofiq va qamoqda saqlanayotgan shaxslarning roziligi bilan tegishli iltimoslar boʻlganda tergov ishlarini oʻtkazishda koʻrsatmalar berish yoki yordam koʻrsatish maqsadida ularni bir-birlariga vaqtinchalik berishlari mumkin.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shaxslarni berish Ahdlashuvchi Tomonlar birgalikda kelishib olgan muddatda, lekin bir oydan oshmagan muddatda, alohida hollarda esa ikki oydan oshmagan muddatda amalga oshirilishi mumkin.
3. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq beriladigan shaxs qamoqda saqlanishi kerak boʻlsa, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu shaxsni qamoqda saqlaydi va uni soʻragan Ahdlashuvchi Tomonga sud muhokamasi tugagandan soʻng qaytaradi, bunda ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan muddatlarni yoki bundan buyon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlishining zarurati yoʻqligini hisobga olib uni berish toʻgʻrisida iltimosnoma berilishi kerak.
89-modda
Berilishi talab etilayotgan shaxsni vaqtincha berish muddatlari
Berilishi talab etilayotgan shaxsni vaqtincha berish muddatlari
1. Ushbu Shartnomaning 68-moddasiga muvofiq berilishi talab etilayotgan shaxsni berish muddati Ahdlashuvchi Tomon bilan birga, odil sudlovni amalga oshirish manfaatlaridan kelib chiqib va Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi bilan ruxsat etilgan qamoqda saqlash muddatlarini hisobga olgan holda, belgilanadi.
2. Ushbu Shartnomaning 68-moddasida va ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda vaqtincha beriladigan shaxsni qamoqda saqlash muddatlari soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli qonunchiligiga koʻra har bir jinoiy ish boʻyicha alohida hisobga olinishi kerak.
90-modda
Tintish va olib qoʻyish
Tintish va olib qoʻyish
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻzining qonunchiligi yoʻl qoʻyadigan doiralarda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu Shartnomaning 72-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda jinoiy ish boʻyicha isbot sifatida foydalanish uchun buyumlar va hujjatlarni tintish, olib qoʻyish va berish toʻgʻrisidagi iltimosini bajaradi.
91-modda
Jinoyatdan olinadigan daromadlar
Jinoyatdan olinadigan daromadlar
Ahdlashuvchi Tomonlar jinoyatdan olingan daromadlarni aniqlashda, olib qoʻyishda va musodara qilishda bir-birlariga yordam koʻrsatadilar. Ushbu Shartnomaning maqsadlari uchun “jinoyatdan olingan daromadlar” tushunchasi huquqni buzish oqibatida toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita olingan yoki sotilgan istalgan shubha qilingan yoki sud tomonidan aniqlangan mulkni yoki oʻzida mulk qiymatini ifodalovchi mulkni, yoxud huquqni buzish natijasida olingan boshqa foydani ifodalaydi.
92-modda
Jinoyatdan olingan daromadlarga tegishli boʻlgan yordamni koʻrsatish
Jinoyatdan olingan daromadlarga tegishli boʻlgan yordamni koʻrsatish
1. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga jinoyatdan olingan daromadlarga tegishli boʻlgan yordam toʻgʻrisidagi iltimosni yuborar ekan, oʻzi bunday daromadlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdiksiyasi doirasida boʻlishi mumkin deb hisoblaydigan sabablar toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 1-moddasiga muvofiq yoʻllangan iltimosni olib, jinoyatdan olingan biron-bir daromad uning yurisdiksiyasi doirasida bor yoki yoʻqligini aniqlash uchun zarur choralar koʻradi hamda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni tekshirish natijalaridan xabardor qiladi.
3. Agar jinoyatdan olingan biron-bir daromad soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdiksiyasi doirasida boʻlsa, u aktivlarni aniqlash, moliyaviy operatsiyalarni tekshirish va jinoyatdan olingan daromadlarni olib qoʻyishni taʼminlashga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa axborot yoki dalillarni olish uchun zarur choralar koʻradi.
4. Jinoyatdan olingan moʻljallanayotgan daromadlar aniqlangan taqdirda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, tegishli iltimos mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu daromadlarga nisbatan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon sudi tomonidan uzil-kesil qaror qabul qilingunga qadar gumon qilinayotgan huquqni buzishdan olingan ushbu daromadlar bilan biron-bir operatsiyalar oʻtkazishga, ularni berishga yoki ulardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻzining qonunchiligi bilan ruxsat berilgan choralarni koʻradi.
5. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida belgilangan darajada, u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning jinoyatdan olingan daromadlarni olib qoʻyish yoki musodara qilish toʻgʻrisidagi uzil-kesil qarorini ijro etadi yoki ijro etishga sanksiya beradi, yoki soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga muvofiq ushbu daromadlarni olish uchun boshqa zarur choralar koʻradi.
6. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddani qoʻllashda halol uchinchi tomonlarning huquqlariga rioya etilishini taʼminlaydilar, jinoyatdan olingan daromadlarni berish esa ushbu Shartnomaning 72-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
93-modda
Nazorat qilinadigan yetkazib berishlar
Nazorat qilinadigan yetkazib berishlar
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro maqbul kelishuvlar, shu jumladan, istalgan uchinchi tomon bilan tuzilgan kelishuvlar va ahdlashuvlar asosida muomalada taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarning noqonuniy aylanishida qatnashuvchi shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy taʼqib qilish maqsadida aylanishi taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarni nazoratli yetkazib berish usulidan yetarli darajada foydalanishni nazarda tutuvchi zarur chora-tadbirlarni oʻz qonunchiligi doirasida va oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib koʻradilar.
2. Nazoratli yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror har biri alohida holatda odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhit uchun xavfliligi darajasini, huquqlarni va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarni zarur darajada hisobga olgan holda Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan qabul qilinadi va zarurat boʻlganda Tomonlar erishgan yurisdiksiyaga nisbatan moliyaviy ahdlashuvlar va oʻzaro tushunishlarni hisobga olishi mumkin.
3. Nazoratli yetkazib berishlar erishilgan ahdlashuvlarga, shu jumladan, istalgan uchinchi tomon ishtirokidagi ahdlashuvlarga muvofiq amalga oshiriladigan aylanishi taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarning gʻayriqonuniy partiyalari saqlangan yoki olib qoʻyilgan holda bundan buyongi tashish, yoxud bunday buyumlar, vositalar yoki moddalarning odamlar hayoti va sogʻligʻi hamda atrof-muhit uchun ehtimol tutilgan xavfliligi darajasini hisobga olgan holda ularni toʻliq yoki qisman almashtirish uchun foydalanilishi mumkin.
94-modda
Soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar sudlariga tegishli boʻlgan ishlarni koʻrib chiqish tartibi
Soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar sudlariga tegishli boʻlgan ishlarni koʻrib chiqish tartibi
Ular toʻgʻrisidagi ishlar soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning sudlariga tegishli boʻlgan shaxslar yoki shaxslar guruhi bir qancha jinoyatni sodir etishda ayblanganda bunday ishlar uning hududida dastlabki tekshirish tugallangan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudida koʻrib chiqiladi. Bunday holda ish ushbu Ahdlashuvi Tomonning sud ishlarini olib borish qoidalariga koʻra koʻrib chiqiladi.
95-modda
Ayblov hukmlari va sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida maʼlum qilish
Ayblov hukmlari va sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida maʼlum qilish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar har yili boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolariga nisbatan ularning sudlari tomondan chiqarilgan ayblov hukmlari qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisida bir-birlariga maʼlum qiladilar, ayni vaqtda hukm qilinganlarning mavjud fotosuratlari va barmoq izlarini yuboradilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar, agar ushbu shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortilsalar, ilgari ularning sudlari tomondan hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni iltimosga koʻra bir-birlariga maʼlum qiladilar.
96-modda
Maxfiylikka rioya qilish
Maxfiylikka rioya qilish
Tegishli iltimos mavjud boʻlgan taqdirda:
a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimos, iltimosning mazmuni va tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek bunday yordam koʻrsatganlik sir saqlanishi uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradi. Agar ushbu iltimosni maxfiylikni buzmagan holda qondirishning imkoni boʻlmasa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi, u keyinchalik shunga qaramay ushbu iltimosni qondirish toʻgʻrisida iltimos qilish kerakligi yoki yoʻqligini aniqlaydi;
b) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga berilgan dalillar va axborotlarni sir saqlaydi, ushbu dalillar va axborotlar iltimosda koʻrsatilgan tergovni va sud tekshirishini oʻtkazish uchun talab qilingan hollar bundan mustasnodir.
97-modda
Foydalanishga oid cheklash
Foydalanishga oid cheklash
Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan berilgan axborot yoki dalillarni yoki sudlov tekshirish uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz foydalanmaydi yoki bermaydi, yordam toʻgʻrisidagi iltimosda koʻrsatilganlar bundan mustasnodir. Biroq ayblov oʻzgargan taqdirda taqdim etilgan materialdan qoʻyilgan aybga muvofiq jinoyat unga nisbatan ushbu Shartnomaga muvofiq oʻzaro yordam koʻrsatilishi mumkin boʻlgan jinoyatni ifodalasa, oʻsha darajada foydalanish mumkin.
98-modda
Guvohlar, jabrlanganlar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini himoya qilish
Guvohlar, jabrlanganlar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini himoya qilish
Ahdlashuvchi Tomonlar zarurat boʻlganda ular birgalikda tergov oʻtkazayotgan ishlar boʻyicha jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, shuningdek odil sudlovni amalga oshirish manfaatlari talab qilgan hollarda bunday ishlarni sudda koʻrib chiqishda guvohlar, jabrlanganlar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini himoya qilish yuzasidan oʻzlarining qonunchiliklarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻradilar.
99-modda
Tashish bilan bogʻliq xarajatlar
Tashish bilan bogʻliq xarajatlar
Hibsdagi shaxslarni ushbu Shartnomaning 88-moddasida nazarda tutilgan koʻrsatma berish yoki tergovni oʻtkazishga yordam berish uchun vaqtincha berish chogʻida olib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar, ushbu shaxslarni uchinchi davlatlarning hududlari orqali tranzit olib oʻtish xarajatlari ham shu jumlaga kiradi, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan qoplanadi.
100-modda
Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish
Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar iltimosnomaga koʻra, bunday shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududida boʻlishi mumkin deb hisoblash uchun asos mavjud boʻlgan taqdirda, bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirishni amalga oshiradilar.
2. Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu Shartnomaning 7- va 17-moddalari qoidalariga muvofiq tuziladi hamda u qidirilayotgan shaxs turgan joyni aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday axborot bilan birgalikda qidirilayotgan shaxsning imkoni boricha toʻliqroq tavsifini oʻz ichiga olishi kerak.
3. Bedarak yoʻqolgan shaxsni qidirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga qidirilayotgan shaxsning, ular mavjud boʻlganda, fotosurati yoki boshqa grafik tasviri, tish kartasi, qoʻl barmoqlari izi, shuningdek talab qilinishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova qilinadi.
101-modda
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlar vakillarining ishtirok etishi
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlar vakillarining ishtirok etishi
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakillari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan ushbu Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari tomonidan jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini bajarishda qatnashishlari mumkin.
102-modda
Vaqtincha berilgan shaxslarni qurolli kuzatib borish
Vaqtincha berilgan shaxslarni qurolli kuzatib borish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar topshirish yoki berish ruxsat etilgan shaxslarni, va tergov ishlarini oʻtkazishga yordam berish uchun berilayotgan shaxslarni, ularning hududidan chiqarishda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida bunday shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalarining qurolli vakillari kuzatuvi ostida kuzatib borilishi mumkinligini kelishib oldilar. Bu haqda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonni ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon oldindan xabardor qilib qoʻyadi.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakillariga ular oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqni muhofaza Qilish organlari xodimlarining huquqiy maqomi joriy etiladi. Shunga muvofiq ravishda ular oʻzlari boʻlgan davlat va oʻz davlatlarining huquqiy himoyasidan foydalanadilar, shaxsiy daxlsizlikka, qurolni saqlash va olib yurish, va shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi asosida hisobda turadigan oʻq otar qurolni va maxsus vositalarni ishlatish huquqiga egadirlar va oʻz funksiyalarini oʻzlari boʻlgan davlatning normativ hujjatlariga muvofiq bajaradilar.
3. Ushbu moddaning 2-bandida eslatib oʻtilgan adliya muassasalari vakillari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni tergov qilishda ular fuqarolari hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga zarur yordam va koʻmak beradi. Bunday hollarda jinoyatchilarni jinoiy taʼqib qilish iltimosnoma boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va ushbu Shartnoma qoidalariga binoan ular fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga berilishi mumkin.
4. Adliya muassasalari vakillarining hisobda turadigan oʻq otar quroli, unga oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududiga maxsus roʻyxatlar (ruxsatnomalar) boʻyicha qoʻyiladi, ularning shakli va mazmuni har ikkala Ahdlashuvchi Tomon tomonidan kelishilishi kerak va albatta yana olib chiqib ketilishi kerak. Qurol-yarogʻ, oʻq-dori, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini olib chiqib ketish eslatib oʻtilgan roʻyxatlar (ruxsatnomalar) asosida amalga oshiriladi hamda adliya muassasalari vakillari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirishlarida bojxona organlari tomonidan tasdiqlanadi.
5. Ushbu modda qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarga uchinchi davlatlar tomonidan berilgan shaxslarni Ahdlashuvchi Tomonlar hududi orqali tranzit olib oʻtish hollariga ham joriy etiladi. Ushbu Shartnomaning 73-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlarning olib oʻtilayotgan shaxslarni kuzatib borayotgan vakillarida oʻq otar qurollar, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari mavjud ekanligi toʻgʻrisida ushbu Shartnomaning 73-moddasi 1- va 4-bandlariga muvofiq taqdim etiladigan tranzit olib oʻtish toʻgʻrisidagi iltimosnomada maʼlum qilinadi. Bunday iltimosnoma olingunga qadar qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari saqlash uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalariga topshirilishi kerak, bunda ularning saqlash tartiblari gaplashib olinadi.
103-modda
Jinoiy ishlar boʻyicha yordam koʻrsatish masalalariga oid aloqalar tartibi
Jinoiy ishlar boʻyicha yordam koʻrsatish masalalariga oid aloqalar tartibi
Topshirish va jinoiy taʼqib qilish masalalari boʻyicha aloqalar Ahdlashuvchi Tomonlarning bosh prokurorlari (prokurorlari) tomonidan amalga oshiriladi.
Prokuror (sud)ning sanksiyasini talab qiluvchi protsessual va boshqa harakatlar boʻyicha aloqalar Ahdlashuvchi Tomonlarning bosh prokurorlari (prokurorlari) tomonidan oʻrnatilgan tartib asosida prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.
V-boʻlim
Yakunlovchi qoidalar
Yakunlovchi qoidalar
104-modda
Ushbu Shartnomani qoʻllash masalalari
Ushbu Shartnomani qoʻllash masalalari
1. Ushbu Shartnomani qoʻllashda paydo boʻladigan masalalar oʻzaro kelishuvga koʻra adliya organlarining vakolatli muassasalari tomonidan hal etiladi. Zaruriyat boʻlganda kelib chiqqan anglashilmovchiliklarni tartibga solish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli davlat organlari vakillaridan iborat qoʻshma komissiya tuzilishi mumkin.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining markaziy organlari tomonidan ushbu Shartnoma qoidalarini amalda oshirish masalalari boʻyicha idoralararo shartnomalar (bitimlar) tuzilishi mumkin.
105-modda
Boshqa xalqaro Shartnomalarga munosabat
Boshqa xalqaro Shartnomalarga munosabat
Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlar qatnashchilari boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalarining qoidalariga daxl qilmaydi.
106-modda
Qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarni kiritish
Qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarni kiritish
Ushbu Shartnomaga Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha ushbu Shartnomaning 107-moddasida nazarda tutilgan shartlarga binoan kuchga kiradigan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
107-modda
Shartnomani kuchga kiritish
Shartnomani kuchga kiritish
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi kerak va ratifikatsiya yorliqlari ayirboshlangan sanadan boshlab oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.
108-modda
Shartnomaning amal qilish muddati
Shartnomaning amal qilish muddati
Ushbu Shartnoma kuchga kirish sanasidan boshlab besh yil davomida amal qiladi hamda uning amal qilish muddati, agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning amal qilishini toʻxtatish oʻz istagi toʻgʻrisida yozma xabarnomani yubormasa, keyingi besh yillik davrga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi. Shartnoma boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnoma olgan sanadan boshlab olti oy oʻtishi bilan oʻz kuchini yoʻqotadi.
109-modda
Vaqtga koʻra amal qilish
Vaqtga koʻra amal qilish
Ushbu Shartnomaning amal qilishi u kuchga kirgunga qadar paydo boʻlgan huquqiy munosabatlarga ham joriy etiladi.
Almati shahrida 1997-yil 2-iyunda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir. Ushbu Shartnomani talqin etish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)