toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mamlakatimizda sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirishga va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu islohotlar natijasida inson huquqlarini himoya qilish tizimini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yangi bosqichga koʻtarish, odil sudlov sifatini tubdan oshirish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasining kafolatlarini kuchaytirish, shuningdek, aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlariga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Shu munosabat bilan amaldagi Plenum qarorlarini qayd etilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiqlashtirish hamda sud amaliyotida kelib chiqayotgan masalalarni toʻgʻri hal etish boʻyicha tushuntirishlar berish zaruriyati tufayli, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining umumiy masalalar boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli qarori:
muqaddimasi ikkinchi xatboshisidagi “boshqa jamoat birlashmalaridan” degan soʻzlar “fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-bandining birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Sudyalar muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmaydi”;
5-bandi birinchi jumlasidagi “yozma yoki ogʻzaki ravishda” degan soʻzlar “yozma, elektron yoki ogʻzaki ravishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-bandi ikkinchi jumlasidagi “qonunda nazarda tutilgan tartibda” degan soʻzlardan keyin “oshkora sud muhokamasi yoʻli bilan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudyani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida soʻroq qilish uchun chaqirishga faqat tegishli sudyalar malaka hayʼatining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi”;
15-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudya odob va axloqning umumeʼtirof etilgan qoidalarga amal qilishi, har qanday vaziyatlarda haqiqatparvar boʻlishi, sud hokimiyatining nufuzini tushiradigan va sudyaning obroʻ-eʼtiboriga putur yetkazadigan yoki uning xolisligi, mustaqilligi va begʻarazligiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlardan oʻzini tiyishi, oʻzining sudyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanishdan oʻzini saqlashi, huquq sohasida oʻzining kasb malakasini oshirib borishi, sud protsessida taraflarga sabr-toqatliligini va obroʻsini koʻrsatishi, shaxsiy hayotda yuksak axloqiy qoidalarga amal qilishi shart”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Umumiy yurisdiksiya sudlarida kadrlar bilan ishlash holati va sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodiga rioya etilishi masalalari toʻgʻrisida”gi 2007-yil 14-dekabrdagi 19-sonli qarori:
7-bandidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 2020-yil 21-fevraldagi 04-sonli qarori:
8-band beshinchi xatboshisidagi “shakllantirishga” degan soʻzidan keyin “shuningdek, sud qarorlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
9-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Protsess ishtirokchisining iltimosnomasiga binoan” degan soʻzlardan keyin “yoki sudning tashabbusiga koʻra” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshisining ikkinchi kichik xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi”;
birinchi xatboshisining ikkinchi kichik xatboshisi tegishincha birinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisi deb hisoblansin;
31-bandidagi “nazorat, apellyatsiya va kassatsiya tartibida” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar joriy etilishi munosabati bilan qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 28-apreldagi 8-sonli qarori:
5-bandining birinchi xatboshisidagi “iqtisodiy” degan soʻzlardan keyin “va maʼmuriy huquqbuzarlikka oid” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish toʻgʻrisida”gi 2020-yil 3-iyuldagi 11-sonli qarori:
2-bandining uchinchi kichik xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat shaklida amalga oshiriladi”;
7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudiga qonunda nazarda tutilgan hollarda murojaat qilinganda, shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim”;
9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tushuntirilsinki, ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda raislik qilgan sudya murojaatlarni oʻz vaqtida roʻyxatga olish, ishlarni rasmiylashtirish va apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudiga yuborish muddatlariga rioya etishi shart.
Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida protsess ishtirokchilarini ishni koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilish masʼuliyati ish boʻyicha maʼruzachi boʻlgan sudyaga yuklanadi”;
10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agar murojaatda muayyan ishni koʻrishda sud (sudya) tomonidan protsessual qonun normalari buzilganligi haqida vajlar keltirilgan boʻlsa va shikoyatni koʻrish jarayonida ushbu vajlar oʻz tasdigʻini topsa, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudlari ishni koʻrish natijasi boʻyicha xususiy ajrim chiqarishi va uning nusxasi tegishli sudyalar malaka hayʼatiga yuborilishi lozim”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Odil sudlovni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 23-iyundagi 16-sonli qarori:
6-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi odilona boʻlishi, yaʼni jinoyat yoxud huquqbuzarlikning ogʻir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga hamda insonparvarlik tamoyillariga muvofiq boʻlishi kerak”;
8-bandi ikkinchi xatboshisidagi “dalillar bilan isbotlangan taqdirdagina” degan soʻzlar “dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qoʻshma masalalar boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli qarori:
10-band quyidagi mazmundagi oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Agar amalga oshirilgan toʻlov summasi pul majburiyatini batamom bajarish uchun yetarli boʻlmaganda, boshqa kelishuv boʻlmasa, u eng avvalo, kreditorning ijroni olishga qaratilgan chiqimlarini, soʻngra foizlarni, uning qolgan qismi esa — qarzning asosiy summasini uzadi, bundan FK 248-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FK 248-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qarz oluvchining qarzini qoplash tartibi faqatgina fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori qabul qilinganda sud qarorida koʻrsatilgan, kredit boʻyicha undiriladigan summaga FK 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi (FK 744-moddasining uchinchi qismi).
Sudlarga tushuntirilsinki, bunda 2024-yilning 1-yanvariga qadar kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori qabul qilingan boʻlsa, 2024-yil 1-yanvardan boshlab ushbu hal qiluv qarori bilan undiriladigan summaga FK 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi”;
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Koʻchmas mulk, koʻchar mol-mulk yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlar garovi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda, bunday ipoteka va garov shartnomasi garov bilan taʼminlanadigan shartnoma FK 271-moddasining beshinchi qismiga muvofiq notarial shaklda tuzilishi shart boʻlgan hollardagina notarial tasdiqlanishini, bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini olish chogʻidagi ipoteka va garov toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno ekanligini inobatga olish lozim.”
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli qarori:
6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarning eʼtibori qonunda (IPKning 337-moddasi) ijro hujjatining mazmuniga nisbatan qatʼiy talablar belgilanganligiga qaratilsin. Ijro varaqasi sud hujjatining qaror qismiga soʻzma-soʻz monand boʻlishi va undiruvchi hamda qarzdorga oid toʻliq maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, manzili, shaxsiy identifikatsiya raqami, yuridik shaxslarga nisbatan esa uning aniq nomlanishi, soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami) ni oʻzida aks ettirgan boʻlishi shart. Bunday talablar bajarilmagan taqdirda davlat ijrochisi ijro varaqani kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarishi mumkin”;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 34-moddasi birinchi qismiga muvofiq:
agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda;
agar qonunchilikda nizolashishga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;
ijro hujjati boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi berilganda;
ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda ijro ishini yuritish toʻxtatib turilishi shart.
Shuni nazarda tutish lozimki, Qonunning 35-moddasi birinchi qismiga koʻra:
qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida boʻlganda yoki statsionar davolash muassasasida davolanayotganda;
davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;
roʻyxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda sud tomonidan ijro ishini yuritish toʻxtatib turilishi mumkin.
Sudlar ijro ish yuritishning toʻxtatilishi kelgusida ijro hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishini yuzaga keltirmasligi lozimligini nazarda tutishlari kerak.
Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ariza, u kelib tushgan kundan boshlab fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan oʻn kunlik, iqtisodiy va maʼmuriy sudlar tomonidan esa yigirma kunlik muddat ichida taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasi oʻtkazilmasdan koʻrib chiqiladi.
Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqida sud ajrim chiqaradi. Ushbu ajrim ustidan FPK, IPK yoki MSIYUtKda belgilangan tartibda shikoyat yoki protest keltirilishi mumkin.
Qonun 36-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni toʻxtatib turgan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki davlat ijrochisining tashabbusiga koʻra tiklanadi.
Sudlarning eʼtibori, agar ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqidagi sudning ajrimida toʻxtatishning muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, sudlar ijro ishi yuritishni tiklashga haqli ekanligiga qaratilsin”;
Oʻzbek tilidagi matni 12-bandining birinchi xatboshisidagi “sud ijrochisining” degan soʻzlar “davlat ijrochisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellyatsiya va taftish instansiyasi sudi nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra shikoyat boʻyicha ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli (IPKning 271-moddasi, MSIYUtKning 212-moddasi, FPKning 41913-moddasi, MSIYUtKning 265-moddasi va IPKning 323-moddasi).
Sudlarning eʼtibori FPKning 4076-moddasi, IPKning 294-moddasi va MSIYUtKning 236-moddasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra kassatsiya tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishi shartligiga qaratilsin.
Sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish haqida iltimosnoma shikoyat bilan birga taqdim etilgan boʻlsa, ushbu iltimosnomani koʻrib chiqish natijasi haqida shikoyatni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Agar, sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish haqida iltimosnoma shikoyatni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgandan keyin taqdim qilingan holda, bunday iltimosnoma boʻyicha alohida ajrim chiqariladi.”
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-maydagi 6-sonli qarori:
16-bandidagi “Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi” degan soʻzlar “Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan soliq qonunchiligini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2023-yil 20-fevraldagi 4-sonli qarori:
20-bandining birinchi xatboshisidagi “toʻqqizinchi qismida” degan soʻzlar “sakkizinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19-bandi chiqarib tashlansin.
32-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Shu bilan birga sudlarning eʼtibori qonun hujjatlarida soliq organlarining zimmasiga tadbirkorlik subyektlarida qayta tekshirish oʻtkazish majburiyatini yuklash nazarda tutilmaganligiga qaratilsin”;
39-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ayni vaqtda, olingan daromad Soliq kodeksining 54-bobida nazarda tutilgan soliqqa tortilmaydigan daromad turlari (soliq imtiyozlari) roʻyxatiga kiritilgan-kiritilmaganligini sudlar sinchkovlik bilan tekshirishlari zarur”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Intellektual mulkka oid ishlarni koʻrib chiqishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2023-yil 23-iyundagi 19-sonli qarori:
44-bandi birinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 29-iyulda 1988-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli qarori:
14-bandidagi “ishlarni apellyatsiya tartibida koʻrishda” degan soʻzlar “ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 15-martdagi 9-sonli qarori:
2-bandining birinchi xatboshisidagi “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi Qonunini” degan soʻzlar “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi Qonunini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
131-bandi ikkinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisidagi “(birinchi, apellyatsiya, kassatsiya instansiyalarida)” degan soʻzlar “(birinchi, apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyalarida)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida” 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli qarori:
6-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli qarori:
2-bandidagi “oʻziyurar mashinalar (ekskavator, buldozer, avtopogruzchik, greyder, avtokran va boshqalar) tushuniladi” degan soʻzlar “oʻziyurar mashinalar (ekskavator, buldozer, avtopogruzchik, greyder, avtokran va boshqalar) hamda skuterlar tushuniladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli qarori:
31-bandidagi “jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrayotganda” degan soʻzlar “jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrayotganda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli qarori:
muqaddimasi birinchi xatboshisining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi”;
quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
91. Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan sodir etilgan taqdirda JKning 169-moddasi 2-qismi “d” bandida javobgarlik koʻzda tutilgan.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga elektr energiyasi, gaz yoki suv taʼminoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, JKning 169-moddasi 2-qismi “e” bandida javobgarlik koʻzda tutilgan.
JKning 169-moddasi 2-qismi “d” va “e” bandlari bilan kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi ushbu qilmishning tijorat maqsadlarini koʻzlab sodir etilishi hisoblanib, elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalari tijorat maqsadlarida buzilsa, qilmish JKning 1852-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmaydi.
Tijorat maqsadlari mavjudligi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan yordamchi xoʻjaliklarga (issiqxona va shu kabilar) qonunga xilof ravishda gazni ulanishi, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shugʻullanishi va boshqa foyda yoki daromad olishga qaratilgan holatlar bilan ham aniqlanishi mumkin.
Shaxs elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish yoʻli orqali mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirsa, aybdor shaxsning harakatlari JK 2789 va 169-moddalarining tegishli qismlari bilan jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Sudlarga, tijorat maqsadlarida elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlarida talon — taroj qilish jinoyatini sodir etgan shaxsning harakatlarida JKning 169-moddasi turli qismlarida nazarda tutilgan oʻgʻrilik jinoyati alomatlari aniqlansa (masalan, koʻp yoki juda koʻp miqdorda, oʻta xavfli retsidivist tomonidan va boshqa), uning qilmishi ushbu moddaning ogʻirroq jazo belgilangan qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozimligi tushuntirilsin;
12-bandidagi “ushbu toifadagi ishlarni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrayotganda” degan soʻzlar “ushbu toifadagi ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrayotganda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli qarori:
birinchi xatboshisidagi “bunday ishlar boʻyicha advokat ishtirok etishi shart” degan soʻzlar “bunday ishlar boʻyicha advokat hamda qonuniy vakil ishtirok etishi shart” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “JPK 497-22-moddasiga asosan” degan soʻzlar “JPK 488-moddasiga asosan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli qarori:
6-bandining birinchi xatboshisidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida” 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli qarori:
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Tushuntirilsinki, qonunda yarashuv toʻgʻrisidagi ariza surishtiruv va dastlabki tergovning istalgan bosqichida, yaʼni shaxs gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan paytdan boshlab, sudlanuvchi esa jinoyat ishini koʻrib chiqayotgan birinchi instansiya sudi maslahatxona (alohida xona)ga kirgunga qadar berilishi mumkin, bundan JPK 583-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirgunga qadar berilishi mumkin”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli qarori:
14-bandining oltinchi xatboshisidagi “apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “(JPK 20, 51, 49722-moddalari)” degan soʻzlar “(JPK 20, 51, 488-moddalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisining ikkinchi kichik xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunga koʻra himoyachi, qonuniy vakil ishtirok etishi shart boʻlsa-yu, ish ularning ishtirokisiz tergov qilingan yoki koʻrib chiqilgan boʻlsa”;
birinchi xatboshisining sakkizinchi kichik xatboshisidagi “dastlabki tergov” degan soʻzlar “surishtiruv, dastlabki tergov” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24-bandining birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya shikoyati berish” degan soʻzlar “apellyatsiya va kassatsiya shikoyati berish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26-bandining birinchi xatboshisidagi “(JPK 4976, 5091-moddalari)” degan soʻzlar “(JPK 4976, 503, 518-moddalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27-bandning matnidagi “apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29-bandidagi “JPK 500-moddasiga binoan kassatsiya tartibida” degan soʻzlar “JPK 501, 514-moddalariga binoan kassatsiya, taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2004-yil 21-maydagi 4-sonli qarori:
1-banddagi “oqishmay” degan soʻz “ogʻishmay” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shu munosabat bilan qonunning mazkur normalarida nazarda tutilgan shart bajarilgan hollarda tegishli apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi, moddiy zarar qaysi sudlov instansiyasida qoplanganligidan qatʼiy nazar, qamoqda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ehtiyot chorasi turini, ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan shaxslarga nisbatan esa, jazo turini oʻzgartirish masalasini darhol hal etishi shart”;
10-bandi chiqarib tashlansin;
17-banddagi “kassatsiya instansiyasi sudi” degan soʻzlar “kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20-banddagi “apellyatsiya, kassatsiya instansiyalari sudlari” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli qarori:
30-bandidagi “Apellyatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar “Apellyatsiya, kassatsiya, taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida” 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qarori:
birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “apellyatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14-bandidagi “apellyatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21-bandining birinchi xatboshisidagi “oʻndan bir qismidan” degan soʻzlar “oʻttiz kundan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
251-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan uy-joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoxud ishlash yoki oʻqish vaqtidan, shuningdek ish yoki oʻqish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur boʻlgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqishni cheklashdan iborat.
Tushuntirilsinki, sud hukmining qaror qismida: ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo, uy-joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoxud ishlash yoki oʻqish vaqtidan, shuningdek ish yoki oʻqish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur boʻlgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqishni cheklashning mazmuni aniq koʻrsatilishi lozim”;
34-bandining uchinchi xatboshisidagi “apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
43-bandidagi “Jinoyat-protsessual kodeksi 49719-moddasining 4-bandi hamda 49723-moddasi” degan soʻzlar “Jinoyat-protsessual kodeksi 485 va 489-moddalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
47-bandining birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
59-bandining uchinchi xatboshisidagi “apellyatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli qarori:
birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya, taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Birinchi bosqich” degan soʻzlar “Birinchi instansiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19-bandidagi “birinchi bosqich” degan soʻzlar “birinchi instansiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23-bandidagi “Birinchi, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi” degan soʻzlar “Birinchi, apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Apellyatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar “Apellyatsiya, kassatsiya, taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Kassatsiya” degan soʻz “Kassatsiya, taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya, taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “JPK 500-moddasida belgilangan” degan soʻzlar “JPK 501, 514-moddalarida belgilangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli qarori:
14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Jabrlanuvchiga nisbatan diniy taassublar zamirida uning diniy eʼtiqodi munosabati bilan, aksariyat hollarda, muayyan diniy konfessiya shaʼni va obroʻsini kamsitish, diniy adovat yoki ixtilof qoʻzgʻatish maqsadida qasddan yetkazilgan ogʻir, oʻrtacha ogʻir, sogʻliqni uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan yengil shikast, tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi qismining “z” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “z” bandi, 109-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi, 1261-moddasi beshinchi qismining “d” bandi, 1261-moddasi yettinchi qismining “d” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim”;
15-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jabrlanuvchi badaniga uning organlari yoki toʻqimalarini qonunsiz olish paytida yetkazilgan ogʻir shikast ham uni oʻz organlari yoki toʻqimalarini berishga majburlash paytida yetkazilgan ogʻir shikast ham JK 104-moddasi ikkinchi qismining “i” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda aybdorning harakatlari natijasida kishi organi yoki toʻqimasi olingan boʻlishi shart boʻlmay, unda inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadi borligi aniqlanishining oʻzi kifoya”;
16-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Badanga qasddan ogʻir, oʻrtacha ogʻir, sogʻliqni uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazgan bir guruh shaxslarning harakatlari, oldindan til biriktirilgan yoki biriktirilmaganligidan qatʼiy nazar, tegishlicha, JK 104-moddasi ikkinchi qismining “k” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “i” bandi, 109-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Bunda badanga qasddan ogʻir, oʻrtacha ogʻir, sogʻliqni uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast bir guruh shaxslar tomonidan yetkazilgan deb topish uchun ikki va undan ortiq shaxs bunday shikast yetkazish maqsadida birgalikda harakat qilib, uni sodir etishda ham ijrochi sifatida qatnashgan boʻlishi kerak. Biroq, badanga shikast ulardan har biri tomonidan yetkazilgan boʻlishi shart emas (masalan, guruh ishtirokchilaridan biri jabrlanuvchining qarshiligini bostirsa, ayni paytda boshqasi unga jarohat yetkazadi). Badanga ogʻir, oʻrtacha ogʻir, sogʻliqni uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazishga qaratilgan harakatlar bir shaxs tomonidan sodir etilish jarayonida unga boshqa shaxslar shu maqsadda kelib qoʻshilganda ham bunday jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deb topilishi kerak.
Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsning badaniga sogʻliqni uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil, oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish jinoyati maxsus subyektli jinoyat boʻlganligi uchun jinoyat sodir etishda ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlari JKning 28 va 1261-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim”;
24-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Badanga qasddan bunday shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik, faqat u shunday qilmish uchun shaxsga nisbatan muqaddam maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilgan boʻlsa (JK 1261-moddasining ikkinchi qismi) yoki sogʻliqning qisqa vaqt davomida yomonlashuviga sabab boʻlgan (JK 109-moddasining birinchi qismi, 1261-moddasining uchinchi qismi) holdagina kelib chiqadi”.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli qarorining 4-bandidagi “tugallanmagan jinoyat uchun” degan soʻzlar “tamom boʻlmagan jinoyat uchun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2007-yil 14-noyabrdagi 16-sonli qarori:
3-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilikka muvofiq, ehtiyot chorasi ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan boʻyin tovlashining oldini olish, uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish, uning ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga xalal beradigan urinishlariga yoʻl qoʻymaslik, hukmning ijro etilishini taʼminlash maqsadida qoʻllaniladi”;
8-bandidagi “gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan” degan soʻzlar “faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13-band ikkinchi xatboshisining matnidagi “gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi” degan soʻzlar “ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini” degan soʻzlar “ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi bundan mustasno” degan soʻzlar “ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi bundan mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud majlisi sudya tomonidan qanday iltimosnoma koʻrib chiqilishini eʼlon qilishdan boshlanadi. Soʻngra sudya oʻzining, prokuror, himoyachi, qonuniy vakil, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, kotib, tarjimon, tergovchining familiyasi, ismi, sharifini eʼlon qiladi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi hamda ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, rad etish haqidagi arzlari bor-yoʻqligini aniqlaydi. Bunday arzlar mavjud boʻlsa, ular yuzasidan JPK 76, 80-moddalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Iltimosnomani koʻrib chiqish prokuror maʼruzasi bilan boshlanadi, u qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirishning zaruratini asoslab beradi. Soʻngra ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Soʻngra sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi”;
30-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud majlisi raislik etuvchi tomonidan qanday shikoyat (protest) koʻrib chiqilishini eʼlon qilishi bilan boshlanadi. Soʻngra raislik etuvchi sudyalar, prokuror, himoyachi, qonuniy vakil, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, kotib, tarjimon, tergovchining familiyasi, ismi, sharifini eʼlon qiladi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi hamda ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, rad etish haqidagi arzlar bor-yoʻqligini aniqlaydi. Bunday arzlar mavjud boʻlsa, sud hayʼati ular boʻyicha JPK 76, 80-moddalariga muvofiq qaror qabul qiladi”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalari toʻgʻrisida” 2008-yil 15-maydagi 13-sonli qarori:
birinchi xatboshisidagi “yuqori instansiya sudi apellyatsiya, kassatsiya tartibida” hamda “(JPK 49730, 500-moddalari)” degan soʻzlar tegishincha “yuqori instansiya sudi apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida” hamda “(JPK 495-moddasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, JPK 501, 514-moddalariga muvofiq, mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topish maqsadida hukmni kassatsiya va taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga u qonuniy kuchga kirgandan keyin bir yil mobaynidagina yoʻl qoʻyiladi”.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli qarori:
5-bandi birinchi xatboshisining beshinchi kichik xatboshisidagi “mahkumlarga uchun ixtisoslashgan shifoxonada” degan soʻzlar “mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-bandining birinchi xatboshisidagi “jabrlanuvchilar, guvohlar” degan soʻzlar “jabrlanuvchilar, fuqaroviy daʼvogarlar, fuqaroviy javobgarlar, guvohlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11-bandining ikkinchi xatboshisidagi “JPK 49722-moddasiga muvofiq” degan soʻzlar “JPK 488-moddasiga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Apellyatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar “Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli qaror:
17-bandidagi “JK 232-moddasi bilan” degan soʻzlar “JK 2321-moddasi bilan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Odam savdosiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli qarori:
birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Odamlardan foydalanish (ekspluatatsiya qilish) boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanish (ekspluatatsiya qilish)ning oʻzga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka oʻxshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olishni anglatadi.
Boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanish deganda, odamdan uning haq evaziga nomuayyan doiradagi jinsiy sheriklar bilan shahvoniy munosabatlarga kirishishidan muttasil foydalanish tushuniladi. Boshqa koʻrinishdagi shahvoniy ekspluatatsiya deganda, odamning undan pornografik tasvirlar tayyorlash, buzuq harakatlar sodir etish va h.k. maqsadlarda foydalanish uchun berilishi tushuniladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
Bunda sudlar, odam savdosi jinoyatini boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash jinoyatidan farqlash uchun aybdorning qasdi nimaga qaratilganligini, uning oʻz harakatlari oqibati, yaʼni shaxsning erkinligi cheklanishiga nisbatan subyektiv munosabatini inobatga olishlari lozim.
Boshqa shaxsni fohishaligidan foydalanish maqsadida yollaganda, tashiganda, topshirganda, yashirganda yoki qabul qilganda aybdor odamni ekspluatatsiya qilish niyatida harakat qiladi, fohishalik bilan shugʻullanishga jalb qilish tariqasidagi qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash hollarida esa, aybdor tamagirlikdan boshqa maqsadni koʻzlamaydi. Bunda, fohishalik bilan shugʻullanishga yoki boshqa koʻrinishdagi shahvoniy foydalanishning oʻzga shakllari uchun jalb qilingan shaxs oʻzining shaxsiy huquq va erkinliklariga nisbatan barcha huquqlarini saqlab qoladi va ulardan foydalanishda toʻla mustaqil boʻladi.
Aybdorning odamni ekspluatatsiya qilish niyatida harakat qilganligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda qilmishning barcha holatlari majmuidan kelib chiqilishi, xususan, shaxsning erkinligi cheklanganligi, jabrlanuvchi uchun noqulay sharoitga solinib, boshqalarga qaram holatda saqlanganligi, fohishalik bilan yoki boshqa koʻrinishdagi shahvoniy faoliyat bilan oʻz erkiga xilof ravishda shugʻullanganligi holatlari eʼtiborga olinishi lozim”;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari deb hisoblansin;
14-bandining matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, odam savdosi jinoyati odamlarni kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, oʻgʻirlash, aldash yoʻli bilan sodir etilganda, shuningdek, qilmish JK 135-moddasi ikkinchi qismining “j”, “z”, “i”, “k” bandlari, uchinchi qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinganda, qilmishni Jinoyat kodeksining mazkur jinoyatlar uchun javobgarlik belgilovchi moddalari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishga, faqat qonunning boshqa normasida JK 135-moddasi tegishli qismi sanksiyasida belgilangan jazodan ogʻirroq jazo belgilangan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Misol uchun, agar odam savdosida shaxs badaniga qasddan ogʻir shikast yetkazilgan boʻlsa, qilmish JK 135-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan qamrab olinmaydi. Bunday hollarda aybdorning harakatlari JK 104-moddasining tegishli qismi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim”.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti toʻgʻrisida” 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli qarori:
muqaddimasining toʻrtinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya tartibida” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Sudlar har bir jinoyat ishini oʻz ish yurituviga olish paytida dastlabki tergov organlari tomonidan JPK 380-moddasi birinchi qismining ayblov xulosasiga hamda surishtiruv organlari tomonidan JPK 38112-moddasi uchinchi qismining ayblov dalolatnomasiga protsessual chiqimlar turi va miqdoriga doir maʼlumotnoma ilova qilinishi toʻgʻrisidagi talabi bajarilganligini tekshirishlari lozim. Bunday maʼlumotnoma yarashuv toʻgʻrisidagi ariza, ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan sudga yuboriladigan ish boʻyicha ham ilova etilishi shart.
Dastlabki tergov va surishtiruv davrida qonun ushbu normasi talabi bajarilmaganligini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 570-son qarori talablariga asosan hisoblanmaganligi aniqlagan taqdirda, sudya qonun analogiyasi boʻyicha (JPK 398-moddasi) surishtiruvchi va tergovchi zimmasiga tegishli maʼlumotnomani taqdim etish vazifasini yuklaydi”;
10-bandining matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Protsessual chiqimlarni undirish masalasini hal etish chogʻida sudlar protsessual qonunchilik bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 570-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-iyundagi “Advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq toʻlash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga rioya etishlari lozim”
quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101. Sudlar jinoyat ishlari yuzasidan protsessual chiqimlarni undirilishida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 570-son qarori talablariga rioya qilinishini taʼminlasin”;
11-bandining birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya tartibida” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli qarori:
2-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oiladagi jinsiy zoʻravonlik deganda, kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh aʼzolari tomonidan boshqa bir aʼzosining, bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsning jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilish bilan bogʻliq qilmish tushunilishi lozim”;
ikkinchi xatboshi tegishincha uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 171 va 172-bandlar bilan toʻldirilsin:
“171. Sudlar mazkur toifadagi ishlar boʻyicha jazo tayinlashda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarorda berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
Sudlar voyaga yetmagan shaxsning jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan muayyan sohada ishlovchilarga (pedagog, shifokor va h.k.) nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini tayinlash masalasini muhokama qilishlari shart.
172. Voyaga yetmagan shaxsning jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash masalasini hal etish uchun bu toifadagi jinoyat ishlari boʻyicha sud-psixiatrik ekspertizasi oʻtkazilishi lozim.
JK 96-moddasiga muvofiq, aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsni majburiy davolash nafaqat ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan, balki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan hollarda ham tayinlanishi mumkin”.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli qarori:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasi ikkinchi qismiga koʻra, har kim Oʻzbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistonga toʻsqinliksiz qaytish huquqiga ega”;
ikkinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisidagi “1999-yil 20-avgustdagi” degan soʻzlar “2023-yil 6-apreldagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9-bandning matnidagi “Davlat chegarasini yorib oʻtish” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini yorib oʻtish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2012-yil 13-dekabrdagi 17-sonli qarori:
1-bandidagi “ashyoviy dalillarga” degan soʻzlar “ashyoviy, yozma va raqamli dalillarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-band ikkinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisidagi “ashyoviy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shuni nazarda tutish lozimki, ashyoviy dalillarni olish usullari qonunda qatʼiy belgilangan. JPK 205-moddasiga koʻra, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan (hodisa sodir boʻlgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni, shuningdek texnika vositalarini, telekommunikatsiya tarmoqlarini yoki Internet jahon axborot tarmogʻini koʻzdan kechirish chogʻida, tanib olish uchun koʻrsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish chogʻida, olib qoʻyish, tintuv yoki eksperiment oʻtkazish paytida) olinishi yoinki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga JPK 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda himoyachi yoxud boshqa shaxslar (fuqarolar, korxona, muassasa, tashkilotlar mansabdor shaxslari) tomonidan taqdim etilishi mumkin”;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov harakatlarini yuritish paytida topilgan, olingan yoki boshqa shaxslardan qabul qilingan narsalar faqat quyidagi protsessual harakatlar amalga oshirilganidan keyin ashyoviy, yozma va raqamli dalil maʼnosini kasb etadi:
ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni topish, olish yoki qabul qilish fakti rasmiylashtirilganidan (bayonnoma tuzilganidan yoki sud bayonnomasida aks ettirilganidan);
narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni ishga daxldorligi toʻgʻrisida xulosaga kelish va uni individuallashtirish uchun zarur belgilarni aniqlash maqsadida uni JPK 135 — 137, 139 va 140-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan darhol koʻzdan kechirilganidan;
narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni ashyoviy dalil deb eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqarilganidan va u ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qoʻshib qoʻyilganidan.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organlari tomonidan belgilangan tartibda olib qoʻyilgan hamda ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan, biroq ashyoviy, yozma va raqamli dalil deb topilmagan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar sud tomonidan JPK 207-moddasiga muvofiq ashyoviy dalil deb eʼtirof etilishi va jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyilishi kerak”;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin
“Ashyoviy dalillarning jinoyat ishini toʻgʻri hal etish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuror, sud ashyoviy, yozma va raqamli dalillarning yoʻqotilishi, shikastlanishi, buzilishi, bir-biriga qoʻshilib yoki aralashib ketishining oldini olish yuzasidan JPK 208, 209-moddalarida nazarda tutilgan choralarni koʻrishga majburdirlar”;
ikkinchi xatboshisidagi “ashyoviy dalillar” degan soʻzlar “ashyoviy, yozma va raqamli dalillar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-bandidagi “Ashyoviy dalillar” degan soʻzlar “Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7 — 9, 11 va 12-bandlardagi “ashyoviy dalillarni”, “Ashyoviy dalillar”, “Ashyoviy dalillarni”, “ashyoviy dalil” hamda “ashyoviy dalillarga” degan soʻzlar “ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni”, “Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar”, “Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni”, “ashyoviy, yozma va raqamli dalil” hamda “ashyoviy, yozma va raqamli dalillarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Soliqlar va yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2013-yil 31-maydagi 8-sonli qarori:
1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-band ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi kichik xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar boʻyicha tashish;
qazib olingan foydali qazilmalar hajmining soliq hisobotida toʻliq aks ettirilmaganligi”;
8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi kichik xatboshi bilan toʻldirilsin:
“soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari oʻtib ketganligi”;
191-bandining ikkinchi xatboshisidagi “birinchi, apellyatsiya, kassatsiya instansiyalarida” degan soʻzlar “birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli qarori:
1-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65-moddasiga koʻra, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi”;
13-bandining uchinchi xatboshisidagi “(masalan, oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlovchi uskunalar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish)” degan soʻzlar “(masalan, oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlovchi uskunalar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni, kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”;
133-bandi ikkinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisidagi “birinchi, apellyatsiya, kassatsiya instansiyalarida” degan soʻzlar “birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi toʻgʻrisida” 2014-yil 23-maydagi 07-son qarori:
23-band chiqarib tashlansin;
25-bandi “141-1-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar “1411-moddasining birinchi qismida, 1413-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31-bandidagi “apellyatsiya shikoyati berish” degan soʻzlar “apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
33-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “apellyatsiya tartibida shikoyat berish” soʻzlari “apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli qarori:
2-bandi birinchi xatboshisining toʻrtinchi kichik xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi 2024-yil 19-yanvar kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni”;
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrayotganda “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida berilgan, jumladan, quyidagi atamalarga amal qilishlari lozim boʻlib, unga koʻra:
yoʻl obyektlari — yoʻlning konstruktiv elementlari boʻlgan yoʻl sunʼiy inshootlari (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, osma koʻpriklar, quvurlar, tunnellar va boshqa muhandislik inshootlari), himoya qilish inshootlari (yoʻllarni qor koʻchkilaridan, yer choʻkishidan, yer koʻchkilaridan himoya qilish qurilmalari va boshqa qurilmalar), shuningdek yoʻllarni jihozlash elementlari (toʻxtash maydonchalari, yoʻlovchilar uchun pavilonlar, dam olish maydonchalari, transport vositalarining toʻxtab turish joylari va boshqalar);
yoʻl harakati — yoʻl harakatini tashkil etishda yoʻllar doirasida transport vositalari va yoʻl harakati ishtirokchilari ishtirokida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar majmui;
transport vositasi — yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining yoki maxsus ishlarni amalga oshirish uchun uskunalarning yoʻllarda harakatlanishi yoki tashilishi uchun moʻljallangan qurilma;
haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish oʻrgatilayotganda oʻrgatuvchi shaxs haydovchi deb hisoblanadi”;
7-band birinchi xatboshisining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoʻl harakati qoidalarining 1-bobiga koʻra, dvigatelining ish hajmi 50 sm3dan oshmaydigan yoki elektrodvigatelining quvvati 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi esa soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch (toʻrt) gʻildirakli transport vositalarini (moped, (osma yurgizgichli (dvigatelli) velosiped), mokika, skuter hamda xuddi shunday tavsiflarga ega boʻlgan kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl hamda yoʻlning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa transport vositalarini boshqarib borayotgan shaxs JK 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti boʻlishi mumkin emas”.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli qarori:
2-bandi birinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisidagi “birinchi, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi” degan soʻzlar “birinchi, apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli qarori:
8-bandning uchinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya tartibida” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Mehnat kodeksining 205-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlari” degan soʻzlar “Mehnat kodeksining 345-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18-bandning birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya bosqichida” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini ijro etishga oid qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi 27-sonli qarori:
15-bandining ikkinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya, taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi 28-sonli qarori:
2-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi tegishincha uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
31-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d) jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrogʻi bilan almashtirilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qoʻllanilmaydi”;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chogʻida mahkumning zimmasiga JK 73-moddasi beshinchi qismidagi majburiyatlar yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirdagina yuklanishi mumkin”;
11-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etuvchi organning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid taqdimnomasini oʻz ish yurituviga qabul qilish masalasini hal etishda, sudya u JIK 164-moddasi ikkinchi qismi talablariga javob berish-bermasligini va taqdim etilgan materiallarda mahkumning xulq-atvorini, uning butun jazoni oʻtash davrida mehnatga va oʻqishga nisbatan boʻlgan munosabatini tavsiflovchi maʼlumotlar, mahkumning jazo oʻtashi uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxalari, jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar toʻliq yoki qisman qoplanganligi, mahkum muqaddam JK 73 va 74-moddalariga asosan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganligi yoki jazosi yengilrogʻi bilan almashtirilganligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar mavjud-mavjud emasligini tekshirishi lozim”;
19-banddagi “JK 73-moddasining beshinchi qismida” degan soʻzlar “JK 73-moddasining oʻninchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jazoni ijro etuvchi organ rahbari, shuningdek, uning vakili sudning JPK 534 yoki 536-moddasiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega emas, chunki qonunga (JPK 56-bobi) koʻra, sud qarori ustidan shikoyat (protest) berish huquqi mahkumga, uning qonuniy vakiliga, advokatga, prokurorga, shuningdek, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakiliga (vakiliga) tegishli”.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli qarori:
27-banddagi “JK 274-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi” degan soʻzlar “JK 274-moddasi toʻrtinchi qismi “a” bandi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29-bandning ikkinchi xatboshisidagi “JK 274-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi” degan soʻzlar “JK 274-moddasi toʻrtinchi qismining “v” bandi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli qarori:
16-banddagi “Apellyatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar “Apellyatsiya, kassatsiya, taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishni tartibga soluvchi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-noyabrdagi 35-sonli qarori:
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 283-moddasi (maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydigan hollar) 5 — 7-bandlarida, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmasdan oʻz arizasida huquqbuzarning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqi nazarda tutilgan.
Sudlarning eʼtibori, mazkur qonun talablariga koʻra taqdim etilgan ariza (shikoyat)lar sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish sifatida mazmunan koʻrib tamomlanishi, ushbu talablarga muvofiq boʻlmagan ariza (shikoyat)lar esa mazkur Plenum qarori 4-bandi talabi asosida ajrim chiqarish orqali qaytarilishi lozimligiga qaratilsin.
Sudlarga tushuntirilsinki, MJtK va boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan ayrim shaxslarni javobgarlikka tortishda alohida tartib belgilangan.
Xususan, harbiy xizmatchilar va yigʻinga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar maʼmuriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar boʻladilar (MJtK 16-moddasi 1-qismi).
Intizom ustavlari yoki intizom toʻgʻrisidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda maʼmuriy javobgar boʻladilar (MJtK 16-moddasi 2-qismi).
Prokuratura organlari xodimlarining maʼmuriy huquqbuzarliklari uchun javobgarlik masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisi”da Nizom 54-bandining 2-xatboshisi).
Sudya tegishli sudyalar malaka hayʼatining xulosasi olinmasdan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas (“Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun 64-moddasining, 5-bandi).
Sudlar yuqoridagi shaxslarga nisbatan, shuningdek shu kabi alohida tartib belgilangan boshqa shaxslarga nisbatan kelib tushgan ariza (shikoyat)larni ham mazmunan koʻrmasdan ajrim chiqarish orqali qaytarishlari lozim”;
14-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib ketayotgan transport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda ular kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning maʼmuriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Bunda tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi.
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqidagi qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga yoʻl qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatilishi lozim”.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat sabablari va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash boʻyicha sudlar rolini oshirish toʻgʻrisida” 2020-yil 19-dekabrdagi 34-sonli qarori:
7-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridan “(qarorda)” va “(qarorni)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8-bandidan “(qaror)” degan soʻz chiqarib tashlansin;
9-bandidan “(qarorlar)” degan soʻz chiqarib tashlansin;
14-bandidan “(qarorlar)” degan soʻz chiqarib tashlansin;
15-bandidan “(qarorlar)” degan soʻz chiqarib tashlansin;
38. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada koʻrib chiqishga tayyorlash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2022-yil 14-maydagi 6-sonli qarori:
3-bandi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Sudya JPK 395-moddasining birinchi qismiga koʻra, jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayyorlash chogʻida qonunning ushbu normasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini yoki JPK 4011-moddasining birinchi qismiga koʻra, ishni dastlabki tergovda yoʻl qoʻyilgan texnik yoʻsindagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin”.
5-bandidan “JPK 396-moddasining 4-bandiga amal qilgan holda,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
21-banddagi “JPK 395-moddasi” degan soʻzlar “JPK 40513-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26-bandidagi “apellyatsiya tartibida” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2022-yil 14-maydagi 7-sonli qarori:
24-bandidagi “ishlarni apellyatsiya tartibida koʻrayotganda” degan soʻzlar “ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrayotganda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
40. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli qarori:
1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda ularga joylashtirilgan tovarlar bojxona toʻlovlarini toʻlash maqsadida, shuningdek iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllash uchun bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi”;
quyidagi mazmundagi 161-band bilan toʻldirilsin:
“161. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shaxsning zargarlik buyumlarini qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali oʻtkazish boʻyicha aybdorligi masalasini hal etishda, zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasiga erkin olib kirish va olib chiqish tartibi amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Sudlar zargarlik buyumlarini noqonuniy olib chiqish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishda, qonunchilikda jismoniy shaxslar tomonidan faqat tayyor zargarlik buyumlarini bojxona chegarasidan olib chiqishlari mumkinligiga, Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti talablariga (OʻZ DSTning 2308:2019-sonli texnik talablari) javob bermaydigan zargarlik buyumlari (mahsulotlari) bundan mustasno ekanligiga eʼtibor qaratsinlar.
Shaxsning harakatlari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kiriladigan yoki olib chiqib ketiladigan zargarlik buyumlarining deklaratsiya qilinishi talab qilinmaydigan qismidan oshiqcha boʻlgan miqdoridan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi hamda zargarlik buyumining deklaratsiyalash shart boʻlmagan qismi jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik predmeti hisoblanmaydi (Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti (OʻZ DSTning 2308:2019-sonli texnik talablari) talablariga javob bermaydigan zargarlik buyumlari (mahsulotlari) bundan mustasno).
Zargarlik buyumi bir necha shaxslar oʻrtasida taqsimlanib, bojxona chegarasi orqali oʻtkazish holati aniqlanganida qilmish zargarlik buyumining umumiy miqdoridan kelib chiqib kvalifikatsiya qilinadi.
Bunda, shaxs zargarlik buyumlari unga qonunga xilof ravishda olib oʻtish uchun topshirilganligini anglagan holdagina jinoyatda ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortilishi mumkin”;
oʻzbek tilidagi matnining 17-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agarda shaxs kontrabanda jinoyati bilan birga kontrabanda predmetining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq boshqa jinoyatlarni ham sodir etsa, (JKning 247, 248, 273-moddalari va boshqalar), uning harakatlari jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim”.
41. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2023-yil 20-noyabrdagi 29-sonli qarori 62-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarning sudlar tomonidan toʻgʻri va aniq qoʻllanilishi ustidan nazoratni kuchaytirishi, ushbu masala yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli tartibda taqdimnoma kiritish choralarini koʻrishi lozim”.
42. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni taftish tartibida koʻrib chiqishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-iyundagi 19-sonli qarori:
18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “32416-moddasining 4-qismi” degan soʻzlar “32414-moddasining toʻrtinchi qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida” 1992-yil 13-noyabrdagi 05-sonli qarori:
1-bandining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining 5, 165-bandlarida” degan soʻzlar “fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining 7, 8, 164-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan mulkni roʻyxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanishi toʻgʻrisida” 1993-yil 16-apreldagi 13-sonli qarori:
16-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida” 1997-yil 2-maydagi 3-sonli qarori:
oʻzbekcha matnida 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-bandining birinchi xatboshisidagi “Davlat mulkini boshqarish qoʻmitasining” degan soʻzlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-bandining uchinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qoʻmitasining” degan soʻzlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli qarori:
3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud oqilona va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bolaning ota-onasining qaysi biri bilan yashash istagi borligini ham eʼtiborga olishi mumkin”;
oʻzbekcha matnida 5-bandining birinchi xatboshisidagi “huquqga” degan soʻzlar “huquqqa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan suddagi barcha nizolarni koʻrishda ularning himoyasi yuzasidan kim tomonidan daʼvo qoʻzgʻatilganligidan qatʼiy nazar ishda ishtirok etish uchun tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari jalb qilinishi lozim. Qayd etilgan organ daʼvo taqdim qilmagan boʻlsa, u sud tomonidan davlat boshqaruv organi sifatida oʻziga yuklatilgan majburiyatlarini bajarish maqsadida xulosa berish uchun protsessda ishtirok etishga jalb qilinadi (Oila kodeksining 88-moddasi).
Tuman (shahar) lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining, daʼvo talablarining mohiyati boʻyicha xulosasini sud boshqa ish materiallari bilan birgalikda baholaydi. Bu xulosa bilan kelishmaganlik sud tomonidan ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorida asoslantirilgan boʻlishi lozim”;
27-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilishni taʼminlash maqsadida, sudlar, muayyan nizoning xususiyatlarini eʼtiborga olib, ularni koʻrishga puxta tayyorlashlari kerak. Bolalarning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasini, maktabdan tavsifnomani, notinch oilaning nazorat qilinganligi toʻgʻrisidagi materiallarni, vasiylik va homiylik organlarining asoslantirilgan xulosasini, shuningdek bolalarning tarbiyalanish sharoitlarini va ota-onani taʼriflovchi hujjatlarni talab qilib olish lozim. Bu ishlar faqat tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridan bolaning yashash sharoitlari tekshirilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma va unga asoslangan xulosa olingandan soʻng koʻrilishi mumkin”;
28-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bolalarning fikrini, ularning taraflarga boʻlgan munosabatini aniqlash, tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bolalarning yashash sharoitini tekshirish vaqtida amalga oshiriladi. Ish holatlariga koʻra sud tomonidan bolani soʻrash zarur deb topilsa, bunday soʻrovni bolaning yoshini va rivojlanganligini eʼtiborga olib, pedagog ishtirokida, unga manfaatdor shaxslar taʼsir etmaydigan vaziyatda amalga oshirish lozim”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida” 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli qarori:
16-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kerak boʻlgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash yuzasidan koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini olish chogʻidagi ipoteka va garov toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno (FK 271-moddasining 5-qismi)”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida” 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli qarori:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda ushbu munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik, Mehnat, Fuqarolik protsessual kodekslari va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash Qoidalari” (bundan buyon matnda Qoidalar), Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisida”gi Nizom, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisi”dagi Nizom bilan tartibga solinishi sudlarga tushuntirilsin”;
2-bandidagi “zarar” degan soʻzlar, “ziyon” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 336-moddasiga muvofiq, hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi.
Xodim yoki ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi boʻlmagan yoki belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli.
Qayta tibbiy guvohlantirishdan oʻtgandan soʻng yangi muddatga sogʻliqqa shikast yetkazilganligi oqibatida yetkazilgan ziyon toʻlovlarini toʻlash haqidagi daʼvolar ham sud tomonidan birinchi marta ariza qabul qilish uchun belgilangan tartibda qabul qilinadi”;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, xodim mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 327-moddasida belgilangan, yetkazilgan ziyonni talab qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasini kengaytirib sharhlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni qoplashga boʻlgan huquq, xotin(er)ning yangidan nikoh tuzgan holatlarida ham saqlanib qoladi. Chunki, qonunda bunday holatlarda ushbu shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati bekor boʻlishi nazarda tutilmagan.
Vafot etganning voyaga yetmagan bolalari boshqa shaxs tomonidan farzandlikka olinganda ham ularning zarar qoplanishini talab qilish huquqi saqlanib qoladi. (Oila kodeksining 166-moddasi)”;
10-bandining ikkinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyasi (TMEK)” degan soʻzlar, “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-bandining uchinchi xatboshisidagi “pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ellik foizidan” degan soʻzlar, “mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ellik foizidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11-bandining uchinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizidan” degan soʻzlar, “qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ellik foizidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 323, 330-moddalariga muvofiq, xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi hamda mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi tufayli boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanishi tufayli, mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan holda sogʻliqqa shikast yetkazilishi yoki boquvchining vafoti tufayli yetkazilgan zararni undirish haqidagi nizolarni koʻrishda sud jamoa shartnomasini, bunday shartnoma tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa organi oʻrtasidagi kelishuvni talab qilib olishi lozim”;
12-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Mehnat kodeksining 194-moddasining ikkinchi qismiga” degan soʻzlar “Mehnat kodeksining 323, 330-moddalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13-bandining ikkinchi va oltinchi xatboshilaridagi “TMEK” degan soʻzlar, “TIEK” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14-bandi ikkinchi xatboshisidagi “(tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK)” degan soʻzlar, “TIEK” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 326-moddasi talabiga muvofiq, agar jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi ziyonning kelib chiqishiga yoki koʻpayishiga sabab boʻlsa, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan ziyon miqdori jabrlanuvchi aybining darajasiga qarab, muvofiq ravishda kamaytiriladi.
Bunday holda ziyonning oʻrnini qoplashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
17-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 335-moddasiga muvofiq, ish beruvchining gʻayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyon xodimga mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilangan miqdorlarda pul shaklida kompensatsiya qilinadi.
Nizo yuzaga kelgan taqdirda, xodimga maʼnaviy ziyon yetkazilganligi fakti va uni kompensatsiya qilish miqdorlari, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan moddiy zarardan qatʼiy nazar, sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1022-moddasi talabidan kelib chiqib belgilanadi”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli qarori:
kirish qismining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar Oʻzbekiston Respublikasi “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasiga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, boshqa shaxsga begonalashtirilishi mumkin emas”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli qarori:
7-bandining birinchi kichik xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qarzdor Oʻzbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda boʻlsa”;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud buyrugʻi chiqarish haqidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 171-moddasida belgilangan talab bilan birgalikda qarzdor tomonidan tan olinmagan talablar qoʻyilgan boʻlib, ularni alohida koʻrish imkoni boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi FPK 175-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilishdan rad etilishi va undiruvchiga daʼvo ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilishi lozim”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida” 2006-yil 22-dekabrdagi 17-sonli qarori:
9-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holda tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ushbu bitimni tuzish natijasida olingan foyda bitim boʻyicha olingan hamma narsani qaytarib berish toʻgʻrisida talab qoʻyilmagan holda, sud tartibida davlat daromadiga oʻtkaziladi. Bunday bitimni ijro etish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygan shaxsning hisobidan qoplanadi.
Korrupsiyaga yoʻl qoʻyilgan holda tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, bunday bitimni tuzish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni aybdor shaxslar tomonidan sud tartibida qoplanadi (FK 114-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlari)”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida” 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli qarori:
3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlar ekspertiza tayinlash va oʻtkazish masalasini hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, FPK, “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi namunaviy Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 14-martdagi 6-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi boʻyicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir maʼlumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, shuningdek boshqa normativ huquqiy hujjatlarga amal qilishlari lozim”;
4-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli ekspertiza muassasalari ekspertizani Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan belgilangan xizmat koʻrsatish hududlariga muvofiq amalga oshiradilar”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2010-yil 14-maydagi 5-sonli qarori:
1-bandining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44, 116-moddalarida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 55-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻzbekcha matnida 4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “oʻlgan” degan soʻz “vafot etgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sud daʼvogarning yoki javobgarning iltimosiga koʻra, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻrishi shart (FPKning 67-moddasi)”;
8-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudda vakil sifatida, shuningdek, notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari ham ishtirok etishlari mumkin, basharti boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi mazkur tashkilotlarga bevosita qonunga binoan berilgan boʻlsa (masalan, “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi, “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 27, 33, 45-moddalari va boshqalar)”;
11-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ijozat berish (qatnashishini rad etish) toʻgʻrisidagi ajrim ustidan, u ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaganligi sababli shikoyat qilish mumkin emas”;
12-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnomasi”;
12-bandining ikkinchi kichik xatboshisidagi “meros mulkini asrovchini” degan soʻzlar “merosni boshqaruvchini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15-bandining birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi kichik xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish;
arizalarni imzolash”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2011-yil 20-iyuldagi 5-sonli qarori:
1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-bandining birinchi xatboshisidagi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi)” degan soʻzlar “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli qarori:
6-bandining ikkinchi xatboshisidagi “apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasida” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2011-yil 25-noyabrdagi 8-sonli qarori:
10-bandidagi “audio-, videoyozuvlar” degan soʻzlar “raqamli dalillar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qarori:
5-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilganligini inobatga olib, farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani sudga taqdim etish majburiyati tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining zimmasiga yuklatilishini nazarda tutish lozim”;
22-bandining ikkinchi xatboshisidagi “OK 165-moddasining 3-qismi” degan soʻzlar “OK 165-moddasining 4-qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli qarori:
kirish qismining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻzbekcha matnida 6-bandining uchinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shunga koʻra, qatʼiy summada undirilishi lozim boʻlgan aliment miqdori sud tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining muayyan qismiga mos ravishda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada (mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yarmi, bir baravari, bir yarim baravari va hokazo) belgilanishi lozim”;
23-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud hujjatlariga binoan aliment undirilishi yuklatilgan shaxs tomonidan jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida aliment toʻlamaslik holati aniqlansa, sud maʼmuriy javobgarlikka tortish yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishi shart”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-maydagi 14-sonli qarori:
4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “FPK 44-bobida“ degan soʻzlar “FPKning 44 va 45-boblarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganda, shuningdek, sud majlisini fototasvirga tushirish, sud majlisida audio yoki videoyozuv amalga oshirilganda, sud bu haqda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ogohlantiradi va FPK 208-moddasining oltinchi qismiga muvofiq sud majlisida fototasvirga tushirish, audio yoki videoyozuv taraflar roziligi va sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkinligini tushuntiradi”;
14-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Arizani FPK 122-moddasining 5, 6, 7 va 102-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin”;
15-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Anonim xatlardagi maʼlumotlar va kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan boshqa maʼlumotlar dalil hisoblanmaydi va FPKning 71, 74-moddalariga asosan sud ularni koʻrish uchun qabul qilmasligi lozim”;
16-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bir taraf oʻz talab va eʼtirozlariga asos sifatida keltirgan fakt ikkinchi taraf tomonidan tan olinganligi sud majlisi bayonnomasiga kiritilib, faktni tan olgan taraf tomonidan imzolanishi yoki bu haqda yozma ariza olinishi lozim”;
22-bandidagi “FPK 44-bobida” degan soʻzlar “FPKning 44 va 45-boblarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25-bandidan toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida” 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli qarori:
7-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari “kelishuv bitimini” soʻzlaridan keyin “yoki mediativ kelishuv” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
11-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“FPKning 50-moddasiga muvofiq prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bogʻliq ishlarda yoki prokurorning daʼvo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin”;
12-bandi “kelishuv bitimini” soʻzlaridan keyin “mediatsiya tartib-taomillarini amalga oshirish haqidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
16 va 17-bandlaridagi “yozma yoki ashyoviy” degan soʻzlar “yozma, raqamli yoki ashyoviy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2019-yil 24-maydagi 12-sonli qarori:
5-bandining birinchi xatboshisidagi “FPK 249-moddasining uchinchi qismiga” degan soʻzlar “FPK 249-moddasining toʻrtinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25-bandining birinchi xatboshisidagi “FPK 266-moddasi” degan soʻzlar “FPKning 265-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida” 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli qarori:
1-bandining birinchi xatboshisidagi “FPK 6-moddasining beshinchi qismi” degan soʻzlar “FPK 6-moddasining oltinchi qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-bandining birinchi xatboshisidan oʻttiz oltinchi kichik xatboshi chiqarib tashlansin;
9-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Arz qilingan talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli arizani qabul qilish rad qilinganda (FPK 194-moddasi birinchi qismining 1-bandi), agar nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʻlsa, ajrimda arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligi koʻrsatilishi shart”;
10-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“FPK 122-moddasining 1, 3, 4 va 103-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirishda, sud ajrimda ish boʻyicha qabul qilingan daʼvoni taʼminlash choralari bekor qilinganligi haqida koʻrsatadi”;
11-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi talablariga muvofiq:
arizani qaytarish yoki qabul qilishni rad etish haqida;
sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish haqida;
ish fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli ish yuritishni tugatish haqida;
taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilganligi sababli arizani koʻrmasdan qoldirish haqida;
ishda qatnashgan shaxs vafot etganligi munosabati bilan, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa, ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimlarni chiqarishda sud davlat bojini qaytarish masalasini hal qilishi lozim”;
14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlgan ajrimlarni, sudning hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinadigan, xususiy shikoyat yoki protest berilmaydigan, lekin eʼtirozlar apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat (protest) keltirilishi mumkin boʻlgan ajrimlardan farqlash lozim”;
15-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qonunga muvofiq (FPKning 400, 4191-moddalari), birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan sudning hal qiluv qaroridan alohida apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin, basharti protsessual qonunda bu toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa yoki ajrim ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilsa.
Bunday ajrimlarga quyidagilar kiradi:
arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
arizani qaytarish toʻgʻrisidagi;
ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi;
sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi;
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi;
ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi;
oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirishni yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi;
qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uning boʻlib-boʻlib ijro etilishi, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi;
ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining dublikatini berish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisidagi;
daʼvoni taʼminlash masalalari boʻyicha;
sud buyrugʻini bekor qilish haqidagi va bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
sud xarajatlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha;
hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ish boʻyicha;
chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi;
ijro varaqasini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi;
ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish haqidagi masalalar boʻyicha;
ijro ishini yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi;
daʼvo ariza (ariza)ni sudga taalluqliligiga koʻra, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
fuqarolik ishlari boʻyicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi va boshqalar.
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunga muvofiq FPK 122-moddasining 5, 6, 7 va 102-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin (FPK 123-moddasining uchinchi qismi)”.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qoʻllash toʻgʻrisida” 2019-yil 24-dekabrdagi 25-sonli qarori:
1-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudlari oʻzlari tomonidan chiqarilgan ajrimlarni yangi ochilgan holatlar boʻyicha ular tomonidan quyi instansiyaning sud hujjati oʻzgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan boʻlsa, qayta koʻrishga haqli (FPK 438-moddasi)”;
10-bandining birinchi xatboshisidan “ashyoviy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
12-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizaning qanoatlantirilishi tegishli sud tomonidan FPK bilan ushbu instansiya sudi uchun belgilangan qoidalar boʻyicha ishni qayta koʻrish uchun asos boʻladi (FPK 445-moddasi)”;
13-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan qonunda belgilangan muddatlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin”;
14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Birinchi instansiya sudining sud hujjatini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani rad qilish haqidagi ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) qanoatlantirilganda, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi FPKning 47-bobi tartibida ushbu ajrimni, shuningdek, arizachi tomonidan qayta koʻrish masalasi qoʻyilgan sud hujjatini, agar ushbu sud hujjatini qayta koʻrish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, bekor qiladi. Bunday holda ish birinchi instansiya sudiga mazmunan koʻrish uchun yuboriladi”.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2020-yil 19-dekabrdagi 35-sonli qarori:
1-bandidagi “audio- va videoyozuvlardan” degan soʻzlar “raqamli dalillardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Protsessual qonun talablariga muvofiq, dalillarni taqdim etish va isbotlash majburiyati taraflarga yuklatilgan. Shu bilan birga sudlar nazarda tutishlari lozimki, qonunda dalillarni taqdim etish majburiyatini taqsimlashga oid umumiy qoidalardan tashqari, ayrim toifadagi ishlar uchun maxsus qoidalar ham belgilangan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 111, 120, 146, 154, 174, 395-moddalariga muvofiq, muddatli mehnat shartnomasini tuzishning asosliligi, ishga qabul qilishni rad etishning qonuniyligi, xodimning ish beruvchi bilan boshqa joyga koʻchib oʻtishni rad etganligi, xodimni ishdan chetlashtirishning qonuniyligi, mehnat shartnomasi bekor qilinishining qonuniyligi, ikki yoshga toʻlmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimni boshqa ishga oʻtkazish mumkin emasligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Shu bilan birga, xodim vakolatli davlat organlarining talabiga koʻra ishdan chetlashtirilgan hollarda esa xodimni ishdan chetlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan tegishli davlat organining zimmasiga yuklatiladi.
Zarar yetkazishda aybi yoʻqligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish majburiyati esa, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga muvofiq javobgarga yuklatiladi”;
oʻzbekcha matnida 11-bandining ikkinchi xatboshisidagi “qarori” degan soʻzlar “hal qiluv qarori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13-bandining uchinchi xatboshisidagi “yozma yoki ashyoviy” degan soʻzlar “yozma, raqamli yoki ashyoviy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-martdagi 9-sonli qarori:
2-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Prokuror, yuqori turuvchi prokuror va ularning oʻrinbosarlari prokurorning ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha hamda qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya protesti keltirishga haqli. Shuningdek, prokuror FPK 383-moddasining birinchi qismi, 403-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlganda, apellyatsiya, kassatsiya protesti keltirishi mumkin”;
3-bandining birinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil” soʻzlaridan keyin “hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini taftish tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-iyundagi 20-sonli qarori:
2-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari prokuror ishtirokida koʻrilgan hamda qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha taftish tartibida protest keltirishga haqli. Prokuror ishtiroki nazarda tutilmagan ishlar boʻyicha taftish tartibidagi protest ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlganda, keltirilishi mumkin”.
V. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining iqtisodiy ishlarga oid quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli qarori:
1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar, ularning qonuniy huquq va majburiyatlariga daxldor sud hujjatlari qabul qilingan taqdirda, shu asosda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza berishga haqli emas, bunday holatda ular faqat sud hujjatlari ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish tartibida shikoyat berishi mumkin. Bunday shaxslar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganida arizani qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoki 291-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoxud 316-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ariza boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 3-bandi yoki 296-moddasi birinchi qismining 3-bandi yoxud 3242-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda tugatiladi”
3-banddagi “apellyatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yangi ochilgan holatlar mavjud boʻlmasdan, sud hujjatini apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrib chiqish asoslari mavjud boʻlgan taqdirda sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqida berilgan arizani qanoatlantirish mumkin emas. Bunda iqtisodiy sud koʻrsatib oʻtilgan holatlar mavjud emasligiga asoslanib, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etishi lozim”;
7-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda boshqa organ qarori bekor qilingan deganda ushbu hujjatning haqiqiy emas deb topilganligini tushunish lozim”;
8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan iqtisodiy sudga, agar sud hujjati apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan hamda yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, ariza iqtisodiy sudning sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan tegishli instansiyasiga beriladi. Ushbu tartib buzilgan holda berilgan ariza IPK 331-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytariladi. Agar koʻrsatilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng aniqlansa, ariza ish hujjatlari bilan birga tegishli instansiya sudiga yuboriladi”;
11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi instansiya sudining sud hujjatini, agar u apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyalarida oʻzgartirilmagan yoki yangi qaror qabul qilinmagan boʻlsa, faqat shu sud instansiyasi qayta koʻrib chiqishga haqli. Basharti birinchi instansiya sudining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyalarining sud hujjati IPK 326-moddasining ikkinchi qismiga binoan oʻzgartirgan yoki bekor qilgan instansiya tomonidan qayta koʻrib chiqiladi”;
13-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda arizadan voz kechgan shaxs ayni shu asos bilan murojaat qilishga haqli emas”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani IPK 107-moddasining 3 va 8-bandlariga mos holda koʻrmasdan qoldirish yoki ariza boʻyicha ish yuritishni IPK 110-moddasining 4 — 6-bandlariga mos holda tugatish mumkin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari taftish instansiyasining ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
15-bandning birinchi xatboshisi “kassatsiya” degan soʻzdan keyin “va taftish” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining ish yurituvida boʻlgan vaqtda yangi ochilgan holat boʻyicha ishni qayta koʻrib chiqish haqida ariza kelib tushsa, bu sud shikoyatni koʻrib chiqishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish natijalari olingunga qadar toʻxtatib turadi va ishni sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish haqidagi ariza kelib tushgan tegishli instansiya sudiga yuboradi.
Agar sud hujjati yangi ochilgan holat boʻyicha bekor qilinsa, yuqori instansiya sudi shikoyat boʻyicha ish yuritishni IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 296-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 3242-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda tugatadi”;
quyidagi mazmundagi 161, 162-bandlar bilan toʻldirilsin:
“161. Sud hujjatining yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, yuqori turuvchi sud bir vaqtning oʻzida arizada yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish soʻralgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ham bekor qiladi va ishni sud hujjati bekor qilingan tegishli sudga mazmunan koʻrish uchun yuboradi.
162. Agar yuqori instansiya sudi sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest)ni koʻrishda ushbu ajrimni asossiz ekanligi haqida xulosaga kelsa, uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va shu bilan birga sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etadi.
Agar sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest) koʻrilgunga qadar ish boʻyicha yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, yangi sud hujjatiga nisbatan shikoyat (protest) berilgan yoki berilmaganligidan qatʼiy nazar ushbu sud hujjati bekor qilingan ajrim asosida qabul qilinganligi sababli u ham bekor qilinadi.”
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2007-yil 15-iyundagi 163-sonli qarori:
quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Shartnoma tuzilmagan yoki haqiqiy emas deb topilganda bunday shartnoma boʻyicha mulkiy javobgarlik chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi talabni qanoatlantirishni rad etish lozim boʻladi”;
quyidagi mazmundagi 32-band bilan toʻldirilsin:
“32. Agar qonun hujjatlari bilan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalarni faqat elektron doʻkon orqali, tanlov yoki tender, shuningdek Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchi bilan tuzilishi nazarda tutilgan boʻlib, shartnoma esa koʻrsatilgan talablarga amalga qilinmasdan tuzilgan boʻlsa, bunday bitim FKning 116-moddasiga asosan oʻz-oʻzidan haqiqiy emas boʻladi.
Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, agar qonun hujjatlarida shartnoma tuzishda tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishi nazarda tutilgan boʻlsa, bunday shartnoma shartlarini oʻzgartirish yuzasidan qoʻshimcha kelishuv tuzish uchun tanlov (tender) komissiyasining belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan va rasmiylashtirilgan bayonnomasi asos boʻladi.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnoma shartlarini taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sudlarning eʼtibori ushbu talablarga rioya qilinmasdan tuzilgan shartnomalar oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligiga qaratilsin.
Tanlov (tender) savdolari natijalari yuzasidan tuzilgan shartnomaga taraflarning kelishuviga asosan kiritilgan oʻzgartirishlar oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.”
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida” 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli qarori:
4-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlar eʼtiborga olishlari lozimki, sud hujjatini ijro etish bosqichi deganda, sud hujjati asosida ijro varaqasi berilganidan keyingi bosqich tushuniladi. Sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar sudga taqdim etilgan kelishuv bitimini tasdiqlash rad etiladi”;
Oʻzbek tilidagi matnining 13-bandidagi “IPK 134-moddasining toʻrtinchi qismiga” degan soʻzlar “IPK 134-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Oʻzbek tilidagi matni 19-bandining birinchi xatboshisidagi “IPK 173-moddasining” degan soʻzlar “IPK 73-moddasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
“IPK 133-moddasining beshinchi qismiga muvofiq ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda koʻriladi”
24-bandidagi “Bankrotlik toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli qarori:
3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlarning eʼtibori, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda ularning tarkibiy tuzulmalari ham hakamlik bitimi taraflari boʻlishi mumkin emasligiga qaratilsin”
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Oʻzbek tilidagi matni 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “xoʻjalik sudida” degan soʻzlar “iqtisodiy sudda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar uchun IPK 223-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan muddat ularga hal qiluv qarori qabul qilinganligi maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.”;
quyidagi mazmundagi 10.1-band bilan toʻldirilsin:
“10.1. Hakamlik sudining qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori asosida ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishda iqtisodiy sud ushbu qarzdorlik oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan yoki tuzilmagan bitimlardan kelib chiqqanligini aniqlasa, IPK 231-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan ijro varaqasi berishni rad etishi lozim”;
15.6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy, oila va mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar, xususan, davlat organlari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonunchilikka muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi; undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi; davlat roʻyxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda davlat roʻyxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyat; agar qonunda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi nazarda tutilmagan boʻlsa nazorat qiluvchi organlar tomonidan tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish toʻgʻrisidagi; nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonunchilik talablarini buzgan holda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablagʻlarini budjetdan qaytarish toʻgʻrisidagi nizolar; huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash; yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi; yer bilan bogʻliq, bino — inshootlarga egalik huquqini belgilash; mulk huquqini tan olish; budjet tizimi budjetlaridan pul undirish haqidagi nizolar hakamlik sudi muhokamasi predmeti boʻla olmaydi.”
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli qarori:
2.2-bandning birinchi xatboshisidagi “suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya)” degan soʻzlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-banddagi “tasdiqlovchi dalillar” degan soʻzlardan keyin “davlat xaridlari bilan bogʻliq shartnomalar boʻyicha xarid qilish tartib-taomiliga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Mazkur ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
Oʻzbek tilidagi matni 15.1-bandining birinchi xatboshisidagi “IPK 143-moddasining ikkinchi qismiga” degan soʻzlar “IPK 144-moddasining ikkinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15.1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud buyrugʻini berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) yoxud taftish tartibidagi shikoyat (protest) IPKning 34, 35 va 36-boblariga muvofiq koʻrib chiqiladi. Ajrim apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan taqdirda, ish hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga yuboriladi”;
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud buyrugʻi apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida va yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilmaydi. Shu munosabat bilan sud buyrugʻi ustidan berilgan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatini qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 2-bandi, 291-moddasi birinchi qismining 2-bandi, 316-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan, sud buyrugʻini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish esa, IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar shikoyat yoki ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) yoxud taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoki 296-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoxud 324²-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan, yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha esa, ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi”;
20-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
20-band oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) yoxud taftish tartibidagi shikoyat (protest) IPKning 34, 35 va 36-boblariga muvofiq koʻrib chiqiladi. Ajrim apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan taqdirda, birinchi instansiya sudi tomonidan berilgan sud buyrugʻi ham bekor qilinishi lozim”;
qarorning oʻzbek tilidagi matni 22-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan ajrimlar chiqarilgandan keyin besh kunlik muddatda taraflarga yuboriladi yoki ularga tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzili mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli qarori:
7-bandi “apellyatsiya” degan soʻzdan keyin “kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IPKda ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) nazarda tutilmaganligi munosabati bilan sudlar shuni inobatga olishi lozimki, ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda ish yuritishni toʻxtatib turish ham koʻrsatilgan boʻlib, ushbu ajrim ustidan shikoyat berilgan (protest keltirilgan) boʻlsa, shikoyat (protest)ning faqat ish yuritishni toʻxtatib turishga oid qismi koʻrib chiqiladi. Agar shikoyat (protest) sud ajrimining ekspertizani tayinlashga oid qismi ustidan berilgan boʻlsa, uni qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 2-bandi yoki 291-moddasi birinchi qismining 2-bandi yoxud 316-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan rad etiladi. Agar ariza (protest) ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, u boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoki 296-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoxud 3242-modda birinchi qismining 2-bandiga asosan, shikoyat (protest) koʻrib chiqilayotgan sud instansiyasida tugatiladi”
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli qarori:
4-bandi “kassatsiya” degan soʻzdan keyin “va taftish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Oʻzbek tilidagi matnining 12.1-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Maslahatdan soʻng sud hujjati IPKda belgilangan tartibda eʼlon qilinadi”
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli qarori:
9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi ariza faqatgina birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati qabul qilingunga qadar berilishi mumkin. Agar bunday ariza ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlarida koʻrish jarayonida berilsa, u qanoatlantirilmaydi va bu haqida sud hujjatining asoslantiruvchi qismida koʻrsatiladi, bundan ish apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyalari tomonidan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish holati mustasno”;
16.1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Daʼvogar tomonidan oʻtkazib yuborilgan daʼvo muddatini uzrli deb topish va uni tiklash haqida ariza faqatgina birinchi instansiya sudiga berilishi mumkin, yaʼni daʼvo muddatining oʻtkazib yuborilganligi faqat birinchi instansiya sudi tomonidan uzrli deb topilishi mumkin. Bunday arizaning apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida koʻrilayotgan paytda berilishi oʻtkazib yuborilgan daʼvo muddatini tiklash va buzilgan huquqni himoya qilinishi uchun asos boʻla olmaydi, bundan ish apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyalari tomonidan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish holati mustasno”
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli qarori:
3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar inobatga olishlari kerakki, yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatlarga ish kuni boʻlmagan kunlar ham kiradi, IPK 20310-moddasining oltinchi qismi va 222-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
11-bandning birinchi xatboshisi “(IPK 300-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari)” degan soʻzlardan keyin “taftish tartibidagi shikoyat (protest) (IPKning 3243-moddasi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudya ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida daʼvo arizasi (ariza) sudga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan IPKning 163-moddasida nazarda tutilgan tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirishi lozim. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida sudgacha majlis oʻtkazish hollari bundan mustasno”;
15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IPK 17-moddasining toʻrtinchi qismi, 24-moddasi, 45-moddasining toʻrtinchi qismi, 47 va 48-moddalari, 158-moddasining birinchi va uchinchi qismlari, 160-moddasining birinchi qismi, 171-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni koʻrish yangidan boshlanadi”;
oʻzbek tilidagi matnining 21.1-bandidagi “IPKning 17 va 128-moddalariga” degan soʻzlar “IPKning 17 va 172-moddalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. Shuni inobatga olish lozimki, besh kunlik muddat kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori (ajrim)ni qabul qilgan birinchi instansiya sudiga kelib tushgan kundan hisoblanadi”;
25.1, 25.2 va 25.3-bandlar quyidagi mazmundagi 27, 27.1, 27.2-bandlar bilan almashtirilsin:
“27. Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar hamda ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmaganligi sababli ishni koʻrishda qatnashmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatini berish uchun oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish IPKning 262-moddasida nazarda tutilgan bir oylik muddat oʻtkazib yuborilganligi sababli rad etilishi mumkin emas.
Sudlar arizachining sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmaganligi haqidagi vajlariga baho berishda, taraflarning xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi ishda mavjud dalillarni tekshirishlari, agarda shikoyat ishga jalb qilinmagan shaxslar tomonidan berilgan boʻlsa, ular sud hujjati bilan oʻzlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligini qachondan boshlab bilgan yoki bilishlari lozim boʻlganligini aniqlashlari kerak.
Bunda sudlar inobatga olishlari lozimki, IPK 262-moddasining uchinchi qismi, 285-moddasining ikkinchi qismi va 310-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) va taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi arizani berish uchun belgilangan muddat qatʼiy hisoblanadi.
27.1. Sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsga shikoyat qilinayotgan sud hujjatining yuborilmaganligi yoki oʻz vaqtida yuborilmaganligi oqibatida shikoyatni berish muddati oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati va taftish tartibidagi shikoyat berishning oʻtkazib yuborilgan muddati, agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va taftish tartibidagi shikoyat berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi ariza IPK 262-moddasining uchinchi qismi, 285-moddasining ikkinchi qismi va 310-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan muddatda berilgan boʻlsa, tiklanishi lozim.
27.2. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatini berishning oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatini tiklash uchun apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibidagi shikoyatni berish toʻgʻrisidagi masalani yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) bilan kelishish lozimligi, rahbar yoki vakilning xizmat safarida, mehnat taʼtilida yoxud davolanishda boʻlganligi, huquqshunos lavozimining vakantligi yoki ushbu shtat birligining mavjud emasligi, rahbarning almashganligi, shuningdek yuridik shaxsning boshqa turli ichki tashkiliy muammolari kabi boshqa holatlar uzrli sabablar deb baholanmasligi lozim”;
quyidagi mazmundagi 26, 26.1 va 26.2-bandlar bilan toʻldirilsin:
“26. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yil ichida beriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taftish tartibidagi shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻtgan boʻlsa, taftish tartibdagi shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar oʻtgan boʻlsa, taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 307-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati kelib tushgan kundan eʼtiboran uch oy ichida, lekin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oydan ortiq boʻlmagan muddatda kiritilishi mumkin.
26.1. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud tomonidan, agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va taftish tartibida shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin.
26.2. Taftish shikoyati (protesti) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlangan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrish uchun belgilangan bir oylik muddat taftish shikoyatini (protestini) sud muhokamasiga koʻrib chiqish uchun tayinlash haqida ajrim chiqarilgan kundan hisoblanadi va keyingi oyning tegishli kunida tugaydi.
Alohida hollarda taftish shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.”
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida” 2015-yil 27-noyabrdagi 289-sonli qarori:
rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 8.1-band bilan toʻldirilsin:
“8.1. Razʼyasnit sudam, pri udovletvoreniya iskovogo trebovaniya o vozvrate lizingovogo obyekta gosudarstvennaya poshlina ischislyayetsya iz seni lizingovogo obyekta”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2016-yil 23-dekabrdagi 306-sonli qarori:
20-bandining birinchi xatboshisidagi “xoʻjalik sudlarida” degan soʻzlar “iqtisodiy sudlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-maydagi 13-sonli qarori:
7-bandning birinchi xatboshisi “kassatsiya” degan soʻzdan keyin “yoxud taftish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi iqtisodiy nizolar ham sudga taalluqlidir. Bunday turdagi nizolarni sud oʻz ish yuritishiga qabul qilishi uchun shartnomaning turi ham, uni tuzish tartibi ham ahamiyatga ega emas. Shu bilan birga FK shartnomani bekor qilish va oʻzgartirish, agar FK, boshqa qonunlar yoki shartnoma bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflarning kelishuvi boʻyicha mumkinligi toʻgʻrisidagi qoidani belgilaydi (FK 382-moddasining birinchi qismi). Taraflardan birining talabi bilan esa shartnoma sud tomonidan faqat ikkinchi taraf uni jiddiy ravishda buzsa hamda FK, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan oʻzga hollarda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin (FK 382-moddasining ikkinchi qismi)”;
toʻrtinchi xatboshisi bilan toʻldirilsin.
“Sudlar shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolarni qabul qilish masalasini hal etishda bir tarafning shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifi shartnomaning barcha taraflariga yuborilganligiga, shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan, agar shartnoma uch va undan ortiq taraflar ishtirokida tuzilgan boʻlsa, qolgan barcha taraflardan rad javobi olinganidan yoki taklifda koʻrsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmaganida esa — oʻttiz kunlik muddatda javob olinmaganidan keyingina shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish huquqi paydo boʻlishiga eʼtibor qaratsin”;
14-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi instansiya sudida ishtirok etuvchi vakillar apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati, shuningdek, taftish tartibidagi shikoyat berishga, agar bunday protsessual harakatlarni amalga oshirish ishonch bildirgan shaxs tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus qayd etilgan boʻlsa, haqli”;
quyidagi mazmundagi 302-band bilan toʻldirilsin:
“302. Sudlar davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalardan kelib chiqqan nizolarni koʻrib chiqishda tegishli iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda gʻaznachilik boʻlinmasini uchinchi shaxs sifatida ishga jalb etish chorasini koʻrishga eʼtibor qaratishlari lozim”;
321-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu qoida Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuni talabiga rioya qilinmagan holda tuzilgan mediativ kelishuvga ham qoʻllaniladi”;
41-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) va taftish tartibidagi shikoyat (protest) kelib tushganidan keyin yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrishda qonunchilik hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2023-yil 20-noyabrdagi 27-sonli qarori:
34-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasida IPKda belgilangan muddatlarda tegishli tartibda koʻrib chiqiladi”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni taftish tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-iyundagi 21-sonli qarori:
Rus tili matnidagi 6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “IPK” degan soʻz “EPK” degan soʻz bilan almashtirilsin.
VI. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining maʼmuriy ishlar boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2017-yil 29-noyabrdagi 44-sonli qarori:
1-bandining birinchi xatboshisidagi “39-moddasi” degan soʻzlar “46-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlarini koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qarori bilan tasdiqlangan ““Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma va ushbu sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar normalari qoʻllanishi lozim”;
birinchi xatboshisidagi “2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli” degan soʻzlar “2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 37-moddasiga asosan, yoshga doir umumiy asoslarga koʻra pensiya tayinlash uchun faoliyat turi, mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼiy nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa, ish stajiga qoʻshib hisoblanadi”;
ikkinchi xatboshisidagi “2011-yil 7-apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan ““Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlar nazarda tutishi lozimki, 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari xodimga toʻlanadigan ish haqi shaklidagi daromadlardan hisoblanadi va ushlab qolinadi 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun esa xodimning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlaridan hisoblanadi (Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 371-moddasi).
Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi va xodimning mehnatiga haq toʻlash tarzidagi daromadlari soliq organlarida shakllantirilgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Shundan kelib chiqqan holda, sudlar ish beruvchining ijtimoiy soliq, yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari boʻyicha qarzdorligi mavjudligi sababli ish davrini stajga qoʻshmaganlik bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda, bu holat ish faoliyati davrini xodimning ish stajidan chiqarish uchun asos boʻlmasligini inobatga olishlari lozim”;
10-bandining ikkinchi xatboshisidagi ““a”, “b”, “v” va “g” bandlarida” degan soʻzlar ““a” — “g” va “k” bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11-bandining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xususan, ish stajiga quyidagilar qoʻshib hisoblanadi:
a) 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼiy nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa, shuningdek jismoniy shaxsning 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq toʻlash tarzidagi oʻz daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq toʻlagan davr;
b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qoʻshilmalarida boʻlish, davlat xavfsizligi organlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;
v) idoraviy boʻysunuvidan qatʼiy nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va togʻ-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xoʻjalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xoʻjaligidagi faoliyat:
2019-yil 1-yanvarga qadar davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda;
2020-yil 1-yanvardan — ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda.
d) I guruh nogironiga yoki 18 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaga, shuningdek oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan (davolash muassasasining xulosasiga koʻra) 80 yoshga toʻlgan qariyalarga qarab turilgan vaqt;
e) oliy taʼlim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, doktoranturada, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish, shu jumladan, chet elda oʻqish;
j) bola 3 yoshga toʻlguncha bolani parvarishlash taʼtillarida boʻlish vaqti, lekin hammasini jamlaganda koʻpi bilan 6 yil;
z) ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxslarning, praporshiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati boʻlmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr;
i) Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda boʻlgan, lekin 10 yildan oshmagan davr;
k) ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq toʻlangan boʻlsa.
Qayd etilgan “d” — “i” bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu bandning “a” — “g” va “k” bandlarida koʻrsatib oʻtilgan umumiy ish staji kamida 7 yil boʻlgan taqdirda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan fuqarolar stajiga “d” — “i” bandlarda nazarda tutilgan davrlar qayd etilgan bandning “a” — “g” va “k” bandlarida koʻrsatib oʻtilgan staj muddatidan qatʼiy nazar qoʻshiladi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida boʻlingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qoʻshib hisoblanadi. Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qoʻshib hisoblanmaydi.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Ota-onasidan judo boʻlgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yoʻqotganlik pensiya miqdorini oshirish ham ota, ham onaning umumiy ish stajiga qarab, Qonun 27-moddasining “g” bandida koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshisidagi “2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli” degan soʻzlar “2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli” degan, “Nizomning 35-bandiga” degan soʻzlar “Nizomning 27-bandiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “115 va 139-moddalariga” degan soʻzlar “182 va 221-moddalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yakka tartibdagi mehnat faoliyati, shu jumladan, yakka (guruhli) ijara sharoitidagi yoki shaxsiy yordamchi, dehqon, fermer xoʻjaliklaridagi faoliyat davrini pensiya olishga huquq beruvchi ish stajiga qoʻshish bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori talablaridan kelib chiqishi lozim”;
15-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chet elda yollangan holda ishlagan davrni ish stajiga qoʻshmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablarini qoʻllashlari talab etiladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi yoki fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi mintaqaviy Byurolardan chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan chet elda yollangan holda ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan xorijiy davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylari, vakolatxonalar (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmagan holda), tashkilotlarda ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs hisoblanadi”;
16-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 20-moddasiga asosan, zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi.
Shuni inobatga olish lozimki, soliq toʻlovchilarga ijtimoiy soliq hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek, ularning hisoblab chiqarish toʻgʻriligi uchun javobgarlik ham yuklatilgan”;
17-bandining birinchi xatboshisidagi “2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli” degan soʻzlar “2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli” degan, “35-bandining “j” kichik bandi, 66-bandi” degan soʻzlar “27-bandining “j” kichik bandi, 62-bandi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 352-moddasiga muvofiq ish beruvchilar xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini taʼminlashi shartligi belgilangan”;
birinchi xatboshisidagi “81-moddasi” degan soʻzlar “125-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“mehnat daftarchasi” degan soʻzlaridan keyin “(elektron mehnat daftarchasi)” degan soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2021-yil 1-iyundan boshlab pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida qoʻshimcha tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼmuriy ishlarni koʻrishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-maydagi 15-sonli qarori:
24-bandining birinchi xatboshisidagi “arizachi” degan soʻzdan keyin “birinchi” degan soʻzi bilan toʻldirilsin;
26-bandidagi “tushuntirib berish tavsiya etilsin” degan soʻzlar “tushuntirib berishlari lozim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
rus tilidagi matnining 26-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“V selyax povisheniya pravosoznaniya grajdan sudam sleduyet posle obʼyavleniya sudebnogo akta razʼyasnyat sut i osnovaniya yego prinyatiya”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida” 2019-yil 24-dekabrdagi 24-sonli qarori:
9-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, davlat ijrochilarining ijro hujjatini Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda ijro etmaslikda ifodalangan harakatsizligi ustidan nizolashishga doir ishlar ham maʼmuriy sudga taalluqlidir”;
10-bandining birinchi xatboshisidagi “20-moddasining toʻqqizinchi qismi” degan soʻzlar “202-moddasining sakkizinchi qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14-bandining birinchi xatboshisidagi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajati” degan soʻzi bilan toʻldirilsin;
17-bandining birinchi xatboshisidagi “ikkinchi qismiga” degan soʻzlar “uchinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sud hujjati unda koʻrsatilgan muddatda ijro etilmagan taqdirda, tegishli organ mansabdor shaxsiga birinchi instansiya sudi tomonidan sud jarimasi solinadi va sud hujjatini ijro etish uchun bir oydan oshmaydigan takroriy muddat beriladi. Sud hujjatining takroran ijro etilmasligi dastlabki solingan jarimaning oʻn baravari miqdorida jarima solishga asos boʻladi (MSIYUtKning 122-moddasi)”.
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 15-yanvardagi 1-sonli qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Toshkent sh.,
2024-yil 16-dekabr,
39-son