

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3897686" id="onLBC-3897686">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC5972"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.04.00 Fuqarolik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish va qarorlarni ijro etish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3897686" id="onLS-3897686">[<b>TSZ:</b><div id="LS3807"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3898761" id="-3898761">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3898764" id="-3898764">Qaror</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3898769" id="-3898769">Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3898792" id="-3898792"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898800" id="-3898800">Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlashni tartibga soluvchi qonun normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/mact/-68532#-70640">17-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898813" id="-3898813">1. Sudlarning eʼtibori ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash barcha daʼvo va alohida tartibdagi ishlar boʻyicha ularni toʻgʻri va oʻz vaqtida koʻrilishi hamda hal etilishini taʼminlash maqsadiga ega boʻlgan fuqarolik protsessining mustaqil bosqichi hisoblanishiga hamda majburiyligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898814" id="-3898814">Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) muvofiq sudlar FPKning <a href="/mact/-3517337#-3522417">21-bobida</a> nazarda tutilgan ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha barcha zarur harakatlar amalga oshirilganidan soʻnggina, ishni koʻrishga kirishishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898815" id="-3898815">2. Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarganidan soʻnggina, ishni sud muhokamasiga tayyorlashga kirishishi shart (FPKning <a href="/mact/-3517337#-3522420">201-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898818" id="-3898818">3. FPKning <a href="/mact/-3517337#-3522508">204-moddasiga</a> asosan sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar amalga oshirishi lozim boʻlgan aniq protsessual harakatlar va bu harakatlarni amalga oshirish muddatini koʻrsatgan holda ajrim chiqarishi shart. Shuningdek ajrimda protsessning ushbu bosqichida sudya tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar ham koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898820" id="-3898820">Ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrim ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi bois, uning ustidan shikoyat berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898821" id="-3898821">4. Nazarda tutish lozimki, FPKning <a href="/mact/-3517337#-3522420">201-moddasida</a> koʻrsatilgan ishni sud muhokamasiga tayyorlashning har bir vazifasi protsess ushbu bosqichining majburiy belgisi hisoblanadi. Tayyorlash vazifalaridan birortasi bajarilmasligi sud muhokamasining asossiz choʻzilishiga va sud xatoligiga olib kelishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898823" id="-3898823">5. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash u yoki bu toifadagi ishlar (mehnat, oila, uy-joy, yer va boshqalar)ning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Jumladan, xodimni ishga tiklash haqidagi ishlarni sud muhokamasiga tayyorlashda, gʻayriqonuniy ravishda vazifasidan boʻshatilgan yoki boshqa ishga oʻtkazilgan xodimga ish haqini toʻlash natijasida kelib chiqqan zararni qoplash maqsadida mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga oʻtkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxsni aniqlash va uni uchinchi shaxs sifatida javobgar tarafida ishda ishtirok etish uchun jalb qilish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898828" id="-3898828">6. Taraflar huquqiy munosabatlarining xarakterini va ishni koʻrishda amal qilinishi lozim boʻlgan qonunni aniqlashda, ular daʼvo predmeti va asosi, javobgarning oʻziga nisbatan qoʻyilgan talabga eʼtirozlari, ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlardan kelib chiqib belgilanishini nazarda tutmoq lozim. Faktik holatlar daʼvoning asosi boʻlganligi sababli, daʼvogar tomonidan daʼvoning asosi sifatida aniq qonun normasi koʻrsatilishi, ishni hal qilishda sud qaysi qonun (qonun hujjati)ga amal qilishi lozimligi haqidagi masalani hal qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898833" id="-3898833">7. FPKning <a href="/mact/-3517337#-3522462">203-moddasiga</a> muvofiq ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar va ularni isbotlash majburiyatlarini taqsimlash maqsadida, sudya taraflarni qoida tariqasida, alohida soʻroq qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898836" id="-3898836">Daʼvogar yoki uning vakilini arz qilgan talablarning mohiyati boʻyicha soʻroq qilishda, talablarini asoslantiruvchi holatlar va ushbu holatlarni isbotlovchi dalillarni aniqlash bilan birgalikda, daʼvogardan talablarni ajratish yoxud ularni birlashtirish va birgalikda koʻrish masalasini hal qilish maqsadida shu yoki boshqa javobgarlarga nisbatan bir-biri bilan bogʻliq boshqa talablari bor-yoʻqligini aniqlash lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898838" id="-3898838">Javobgar yoki uning vakilini oʻzida mavjud eʼtirozlari va bu eʼtirozlarni tasdiqlovchi dalillar yuzasidan soʻroq qilishda sudya unga daʼvogarning talablarini tan olish yoxud asoslantiruvchi dalillar taqdim qilingan holda qarshi talablar qoʻyish huquqini tushuntiradi. Shuningdek sudya javobgarga sud majlisiga kelmagan taqdirda, uning tomonidan yozma tushuntirishlar va dalillar taqdim etilmaganligi, ishni ishdagi mavjud dalillar boʻyicha koʻrishga toʻsqinlik qilmasligini ham tushuntiradi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7338332" id="edi-7338332"><a href="/mact/-3897686?ONDATE=24.08.2018 00#-3898840">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7338332" id="-7338332"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338333" id="-7338333">Har tomonlama va obyektiv sud muhokamasini taʼminlash maqsadida, oʻzaro bogʻliq eʼtirozlarga aniqlik kiritish, shuningdek ish boʻyicha kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuv tuzish uchun taraflar bir vaqtning oʻzida chaqirilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7338334" id="-7338334">(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308983">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7338335" id="edi-7338335"><a href="/mact/-3897686?ONDATE=24.08.2018 00#-3898843">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7338335" id="-7338335"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338336" id="-7338336">Taraflarni yarashtirish fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida amalga oshirilishi mumkinligini inobatga olib, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida taraflarga kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuv tuzish orqali nizoni oʻzaro toʻliq yoki qisman hal etishlari mumkinligi va kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish afzalliklari va oqibatlarini tushuntirishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7338337" id="-7338337">(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308983">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898848" id="-3898848">Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida taraflar soʻroq qilinganida FPKning <a href="/mact/-3517337#-3524158">276-moddasiga</a> muvofiq bayonnoma tuziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898850" id="-3898850">Bayonnomada sana, soʻroq boshlangan va yakunlangan vaqt, ish ish yurituvida boʻlgan sudning nomi, sudya va sudya yordamchisining familiyasi, ismi va otasining ismi, soʻroq qilinayotgan tarafga oid maʼlumotlar, tarafga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi, u tomondan berilgan tushuntirish va arz qilingan talablar yoxud eʼtirozlarini asoslantiruvchi dalillar koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898853" id="-3898853">Taraflarni ushbu bosqich jarayonida soʻroq qilish FPKning <a href="/mact/-3517337#-3522420">201-moddasida</a> belgilanganidek ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari bilan qatʼiy chegaralanishini nazarda tutish lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898894" id="-3898894">8. Taraflar oʻzlarining talablari va eʼtirozlarini qaysi dalillar bilan tasdiqlashi mumkinligini, dalillarni taqdim qilishda qanday qiyinchiliklar mavjudligini aniqlashda, sudya taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud dalillar toʻplash va talab qilishda ularning iltimosnomasiga koʻra koʻmaklashishini tushuntiradi (FPKning <a href="/mact/-3517337#-3519259">72-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898897" id="-3898897">Nazarda tutish lozimki, dalillarni talab qilishda koʻmaklashishda, sudya bir dalilning boshqa dalillarga nisbatan ustun ekanligi haqidagi fikrni bildirishga haqli emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898900" id="-3898900">Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, alohida tartibda koʻriladigan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha arizachilar ular tomonidan tegishli hujjatlarni olish yoki yoʻqotilgan hujjatlarni tiklash mumkin boʻlmaganligini tasdiqlovchi dalillarni keltirishga majburdir. Arizachiga dalillarni taqdim etishga koʻmaklashishda sud ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida zarur dalillarni oʻz tashabbusi bilan talab qilib oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898905" id="-3898905">9. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ishni vakillar orqali yuritish huquqlarini (qonun bilan taraflarning ishda ishtirok etishi shartligi belgilangan hollar bundan mustasno, masalan, farzandlikka olish, fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi ishlar boʻyicha) hamda vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish tartibini tushuntirishi shart. Bunday vakolatlar rasmiylashtirilgan hollarda FPK 69-moddasining <a href="/mact/-3517337#-3519232">ikkinchi qismida</a> nazarda tutilgan vakilning harakatlarni amalga oshirish huquqi vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlishini inobatga olib, sudya ularning vakolat doirasini tekshirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898909" id="-3898909">10. Sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tarkibi haqidagi masalani hal qilishda, oʻzining tashabbusi bilan nizo xarakterini hisobga olgan holda daʼvo ishlari boʻyicha — sherik javobgarlar, uchinchi shaxslarni, alohida tartibdagi ishlar boʻyicha — manfaatdor shaxslarni jalb qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898913" id="-3898913">Ishni oʻz vaqtida koʻrishni taʼminlash maqsadida sudya ishni sudgacha tayyorlash bosqichida tarjimonni ishda ishtirok etish masalasini hal qiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3898917" id="-3898917"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7338340" id="edi-7338340"><a href="/mact/-3897686?ONDATE=24.08.2018 00#-7338339">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7338340" id="-7338340"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338341" id="-7338341">11. FPKning 50-moddasiga muvofiq prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bogʻliq ishlarda yoki prokurorning daʼvo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7338343" id="-7338343">(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308985">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5574793" id="edi-5574793"><a href="/mact/-3897686?ONDATE=24.08.2018 00#-3898924">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5574793" id="-5574793"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5574796" id="-5574796">Prokurorning sud protsessida ishtirok etishi qonun boʻyicha shart deb belgilangan hollarda, bu haqda ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5574818" id="-5574818">(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli <a href="/mact/-5437823?ONDATE=20.04.2021 00#-5437935">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7338346" id="edi-7338346"><a href="/mact/-3897686?ONDATE=24.08.2018 00#-3898922">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7338346" id="-7338346"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338349" id="-7338349">12. Prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilganda, ular ishni sud muhokamasiga tayyorlashda ham ishtirok etadi. Sudya koʻrsatilgan shaxslarga kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomillarini amalga oshirish haqidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi hamda sud xarajatlarini qoplash majburiyatidan tashqari, ularning protsessual huquqlari va majburiyatlari chegarasini tushuntirishi shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7338352" id="-7338352">(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308990">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898930" id="-3898930">13. Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ishga jalb qilish yoki kirishish haqida sudya tegishli ajrim chiqaradi. FPKning <a href="/mact/-3517337#-3518937">48-moddasiga</a> muvofiq ushbu shaxslar daʼvogarning barcha huquqlaridan foydalanishi va uning barcha majburiyatlarini oʻz zimmasiga olishini inobatga olib sudya, FPKning <a href="/mact/-3517337#-3522462">203-moddasi</a> qoidalariga muvofiq ishni sud muhokamasiga tayyorlashda ularni soʻroq qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898932" id="-3898932">14. Nazarda tutish lozimki, huquq toʻgʻrisidagi nizoga tegishli boʻlgan barcha shaxslar tomonidan daʼvo taqdim etilmaganda, sudya bunday shaxslarni, dispozitiv prinsiplariga asosan talab qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs ushbu huquqidan oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanishi mumkinligidan kelib chiqib, ularning roziligisiz qoʻshimcha daʼvogar sifatida ishga jalb qilishga haqli emas. Sudya ularni faqat sudda mavjud boʻlgan ish haqida xabardor qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898936" id="-3898936">Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan daʼvo taqdim etilganligini aniqlasa, sudya daʼvogarning roziligi bilan ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish masalasini hal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898938" id="-3898938">Daʼvogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi boʻlmagan holda bu shaxs sherik javobgar sifatida jalb etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898939" id="-3898939">15. Arz qilingan talabning mohiyati, ish holati va taqdim qilingan dalillardan kelib chiqib, ekspert xulosasi zarur boʻlgan barcha hollarda, shuningdek ekspertiza tayinlash qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida ekspertiza tayinlashi mumkin (jumladan, fuqaroni ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish yoki sogʻaygan holda uni muomalaga layoqatli deb topish haqidagi ishlar boʻyicha).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898940" id="-3898940">Ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida sud tomonidan qonunda nazarda tutilgan hollarda ekspertiza tayinlanganligi, mazkur ishni sud muhokamasiga tayinlashga va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishga monelik qilmasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898941" id="-3898941">Bolalarga oid (voyaga yetmagan bolalarni yashash joyini va ular bilan muloqot qilish tartibini belgilash haqidagi) nizolarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, sudya ushbu toifadagi ishlarni sudda koʻrishga tayyorlash bosqichida vasiylik va homiylik organlariga taraflarning yashash manzili boʻyicha yashash sharoitlarini oʻrganish va natijasi boʻyicha xulosa taqdim qilishni yuklashi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7338357" id="edi-7338357"><a href="/mact/-3897686?ONDATE=24.08.2018 00#-3898942">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7338357" id="-7338357"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338359" id="-7338359">16. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida yozma, raqamli yoki ashyoviy dalillarni joyida koʻzdan kechirishni amalga oshirishi mumkin. Joyida koʻzdan kechirish FPKning <a href="/mact/-3517337#-3523252">239-moddasida</a> belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338360" id="-7338360">Shuni nazarda tutish lozimki, yozma, raqamli yoki ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish, alohida protsessual harakatlarni ifodalashi sababli, uni ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida amalga oshirishda FPKning <a href="/mact/-3517337#-3524158">276-moddasiga</a> muvofiq bayonnoma tuzilishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7338363" id="-7338363">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308991">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7338365" id="edi-7338365"><a href="/mact/-3897686?ONDATE=24.08.2018 00#-3898944">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7338365" id="-7338365"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338367" id="-7338367">17. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida maslahatlar, tushuntirishlar olish hamda yozma, raqamli yoki ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirishda bevosita texnik yordam koʻrsatish, videoyozuvlarni koʻrish, ekspertiza tayinlash, dalillarni taʼminlash choralarini koʻrish zarur boʻlgan hollarda, sudya tomonidan ishga mutaxassisni jalb qilish masalasi ham hal etilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7338370" id="-7338370">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308991">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898946" id="-3898946">18. Zarurat boʻlganda sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda bir turdagi ishlarni birlashtirish (FPKning <a href="/mact/-3517337#-3522331">197-moddasi</a>) yoki bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish (FPKning <a href="/mact/-3517337#-3522346">198-moddasi</a>) masalasini ham hal etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898947" id="-3898947">Faqatgina talablarning xususiyati boʻyicha ularning oʻzaro bogʻliqligi va umumiy dalillarning mavjudligi bitta ish yuritishda arz qilingan talablar boʻyicha ishni tezroq va toʻgʻri hal etish imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda bir nechta talablarni bitta ish yuritishga birlashtirish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898949" id="-3898949">19. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish masalasini hal qilishda, sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday rejimda sud majlisida ishtirok etish, qonunga koʻra, bevosita ishtirokida va ogʻzaki tarzda oʻtkazilgan sud muhokamasida ishtirok etganlikka tenglashtirilishi haqida tushuntirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898951" id="-3898951">Sayyor sud majlislarining samarasi va tarbiyaviyligini oshirish maqsadida, ishni sayyor sud majlisida koʻrish masalasi ham ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida hal qilinishi lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7531683" id="edi-7531683"><a href="/mact/-3897686?ONDATE=24.08.2018 00#-3898954">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7531683" id="-7531683"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7531685" id="-7531685">20. FPKning <a href="/mact/-3517337#-3522558">205-moddasiga</a> muvofiq sudya ish yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda sudya tomonidan koʻrsatilgan barcha harakatlar bajarilgan taqdirdagina ish sud muhokamasiga tayyorlangan deb hisoblanishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7531686" id="-7531686">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/mact/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521816">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898956" id="-3898956">21. Sudlarning eʼtibori sudya yordamchisining FPKning <a href="/mact/-3517337#-3522562">206-moddasida</a> nazarda tutilgan, shuningdek sudyaning topshirigʻiga binoan ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichidagi boshqa harakatlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish borasidagi masʼuliyatini oshirish lozimligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3898961" id="-3898961">22. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash va ularni koʻrish muddatlari toʻgʻrisida”gi 18-sonli <a href="/mact/-1448993">qarori</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3898971" id="-3898971">Oliy sudi raisi K. KAMILOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3898977" id="-3898977">Plenum kotibi, Oliy sudi sudyasi I. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3898979" id="-3898979">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3898981" id="-3898981">2018-yil 24-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3898983" id="-3898983">26-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
