

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4805217" id="onLBC-4805217">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7392"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi;</span></div><div id="LBC7614"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.19.00 Sud amaliyoti va statistikasi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4805217" id="onLS-4805217">[<b>TSZ:</b><div id="LS3674"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4805236" id="-4805236">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi PLENUMIning</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4805238" id="-4805238">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4805249" id="-4805249">Sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar joriy etilishi munosabati bilan qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4805250" id="-4805250"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805251" id="-4805251">Oʻzbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar joriy etilishi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, shuningdek, moddiy va protsessual qonun normalari bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-68532#-70640">17-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805252" id="-4805252">1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2020-yil 16-martdan boshlab koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan maxsus choralar (karantin) joriy etilgan boʻlib, bu davlat organlari va boshqa muassasalar ishlash tartibiga, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilishiga, fuqarolarning erkin harakatlanishiga, shu jumladan, sud orqali himoyalanish huquqini amalga oshirishga boʻlgan huquqlari cheklanishiga sabab boʻldi. Bunday choralar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805254" id="-4805254">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-martdagi PF-5969-sonli <a href="/mact/-4770761">Farmoni</a>; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805259" id="-4805259">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli <a href="/mact/-4780475">Farmoni</a>; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805263" id="-4805263">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 23-martdagi 176-sonli <a href="/mact/-4772484">qarori</a>; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805268" id="-4805268">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-sonli <a href="/mact/-4720398">farmoyishi</a> bilan tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining qarorlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805270" id="-4805270">boshqa qonun hujjatlariga muvofiq joriy etildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805271" id="-4805271">2. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, karantin davri va shartlari Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan belgilanadi va rasman bekor qilingunga qadar amal qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805291" id="-4805291">3. Sudlarga tushuntirilsinki, karantin amal qilishi davrida daʼvo muddati Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 156-moddasi birinchi qismining <a href="/mact/-111189#-153729">1</a> va <a href="/mact/-111189#-153730">2-bandlariga</a> asosan toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805306" id="-4805306">Bunda shunga eʼtibor qaratish lozimki, agar karantin daʼvo muddatining oxirgi olti oyida joriy etilgan yoki amal qilishi davom etib turgan boʻlsa, daʼvo muddatining oʻtishi toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805308" id="-4805308">Daʼvo muddatining toʻxtatilishiga asos boʻlgan karantin bekor qilingan kundan boshlab daʼvo muddatining oʻtishi davom etadi, bunda muddatning qolgan qismi olti oygacha, agar daʼvo muddati olti oydan kam boʻlsa, daʼvo muddatiga qadar uzaytiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805317" id="-4805317">4. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 333-moddasining <a href="/mact/-111189#-155351">uchinchi qismiga</a> koʻra, basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs faqat majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon boʻlmaganligini isbotlay olmagan holdagina, javobgar boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805320" id="-4805320">Shu munosabat bilan sudlar majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi masalani hal etishda (neustoyka undirish, zararlarni qoplash, shartnomani bekor qilish va boshqalar) majburiyatlarni bajarmaslik sabablarini aniqlashi, agar majburiyatni bajarish yoki lozim darajada bajarish karantin joriy etilishi tufayli mumkin boʻlmaganligi aniqlanganda, talabni qanoatlantirishni rad etishi lozim. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4805322" id="-4805322"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7335935" id="edi-7335935"><a href="/mact/-4805217?ONDATE=28.04.2020 00#-7335934">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7335935" id="-7335935"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7335936" id="-7335936">5. Qonunga muvofiq jinoyat, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarda ishtirok etuvchi shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlar oʻtishi bilan u yoki bu protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yoʻqotadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7335937" id="-7335937">(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7307507">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805324" id="-4805324">Shu bilan birga, protsessual harakatlarni karantin joriy etilishi munosabati bilan amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sudlar protsessual muddatlarni uzrli sabablarga koʻra oʻtkazilgan muddat sifatida qonunda belgilangan tartibda uzaytirish va tiklash masalasini hal etishi zarur, basharti qonun bunday muddatlarni uzaytirish yoki tiklashga yoʻl qoʻysa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805326" id="-4805326">6. Sudlar shunga alohida eʼtibor qaratishi lozimki, karantin joriy etilishi ushlab turish, qamoqda saqlash, uy qamogʻida boʻlish tariqasidagi protsessual majburlov choralarining qonunda belgilangan muddatlarini, shuningdek, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish muddatlari oʻtishini toʻxtatmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805327" id="-4805327">Shu munosabat bilan jinoyat ishlari boʻyicha sudlar ehtiyot choralarini qoʻllash, oʻzgartirish, bekor qilish, ehtiyot choralari muddatlarini uzaytirish, kasalligi yoxud nogironligi tufayli jazodan ozod qilish, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi ishlar va materiallarni oʻz vaqtida karantin shartlariga rioya etgan, shu jumladan, videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda koʻrib chiqish choralarini koʻrishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805329" id="-4805329">7. Tegishli protsessual qonunda nazarda tutilgan fuqarolik, jinoyat, maʼmuriy, iqtisodiy ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatish asoslari tugal ekanligi sababli, sudlar mazkur ishlar boʻyicha ish yuritishni karantin joriy etilishi munosabati bilan toʻxtatishga haqli emas va ularni oʻz vaqtida, karantin shartlarida belgilangan ehtiyot choralariga rioya qilgan holda koʻrib chiqishi, bunday choralar koʻrishning hamda protsess ishtirokchilari ishtirokini amalda taʼminlashning imkoniyati boʻlmaganda, ishni koʻrishni maʼlum muddatga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805330" id="-4805330">Bunda karantin joriy etilishi munosabati bilan qoldirilgan ishlarni koʻrish muddatlari buzilishi hollari sudyalar aybi bilan yoʻl qoʻyilgan deb baholanishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805336" id="-4805336">8. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ushbu qaror 7-bandining <a href="/mact/-4805217#-4805329">birinchi xatboshisida</a> koʻrsatilgan qoidalar quyidagilarga tatbiq etilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805337" id="-4805337">buyruq tartibida koʻriladigan ishlarga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805339" id="-4805339">soddalashtirilgan tartibda koʻriladigan ishlarga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805340" id="-4805340">taraflar tomonidan ishni ularning ishtirokisiz koʻrish haqida iltimosnoma berilgan ishlarga, basharti sud sud majlisida taraflar ishtirok etishini shart deb topmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805342" id="-4805342">kechiktirmay koʻrilishi talab etiladigan boshqa ishlarga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805346" id="-4805346">9. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 117-moddasining <a href="/mact/-3517337#-3520633">2-bandida</a> nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda, yaʼni taraf davolash muassasasida boʻlganda, shuningdek, taraflardan birortasida sudga kelishga monelik qiladigan, tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud boʻlganda, ish boʻyicha ish yuritish sud tomonidan toʻxtatilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805347" id="-4805347">10. Sudlarga tushuntirilsinki, sudlarning qamoqdan va uy qamogʻidan ozod qilish toʻgʻrisidagi hukmlari, ajrimlari, qarorlari darhol ijroga qaratilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805348" id="-4805348">Karantin joriy etilgunga qadar qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari, shuningdek, karantin davrida chiqarilgan va karantin joriy etilishi munosabati bilan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) sud qarorlari karantin amal qilishi bekor qilingandan soʻng ijroga qaratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805349" id="-4805349">11. Iqtisodiy sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-martdagi PF-5969-sonli <a href="/mact/-4770761">Farmonining</a> qoidalarini inobatga olgan holda: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805352" id="-4805352">karantin joriy etilgan paytdan boshlab va 2020-yil 1-oktabrgacha boʻlgan davrda chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport (import) qiluvchilarga moliyaviy jarimalar qoʻllash toʻgʻrisidagi arizalar kelib tushganda bunday arizalarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 154-moddasi birinchi qismining <a href="/mact/-3523891#-3530530">1-bandiga</a> mos holda qabul qilish rad etilishi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish boʻyicha ish yuritish IPK 110-moddasining <a href="/mact/-3523891#-3529596">1-bandiga</a> mos holda tugatilishi lozim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805353" id="-4805353">Farmon qabul qilingunga qadar qoʻzgʻatilgan chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport (import) qiluvchilarga moliyaviy jarimalar qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish 2020-yil 1-oktabrga qadar toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805355" id="-4805355">12. Iqtisodiy sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli <a href="/mact/-4780475">Farmoni</a> qoidalarini inobatga olgan holda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805366" id="-4805366">xoʻjalik yurituvchi subyektlar va bojxona organlari oʻrtasidagi bojxona imtiyozlarini qoʻllash masalalari boʻyicha nizolarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan tovar Farmonning <a href="/mact/-4780475#-4780552">1-ilovasida</a> koʻrsatilgan tovarlarga kirishi yoki kirmasligi, qurilish materiallari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha tibbiyot va karantin muassasalari qurilishi uchun, tovarlar esa, ular faoliyat koʻrsatishi uchun olib kirilganligi aniqlanishi va uning natijasi boʻyicha nizo yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi lozim; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805367" id="-4805367">soliq organlarining soliq qarzdorligini majburiy undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalarini koʻrib chiqishda javobgar (soliq toʻlovchi) Farmon 4-bandining <a href="/mact/-4780475#-4780495">“a” kichik bandida</a> koʻrsatilgan subyektlarga kirishi yoki kirmasligi aniqlanishi, agar kirganda — soliq turi va soliq hisoblangan davr, soliq organi tomonidan qoʻllanilgan soliq stavkasi aniqlanishi va uning natijasi boʻyicha nizo yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi lozim; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805368" id="-4805368">soliq organlarining soliq qarzdorligini majburiy undirish haqidagi daʼvo arizalarini koʻrishda soliq organlari mazkur obyekt 2020-yil 1-aprelgacha yoki undan soʻng aniqlangan boʻlishidan qatʼi nazar 2020-yil 1-apreldan 31-dekabrgacha boʻlgan davrda foydalanilmayotgan obyektlarga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan stavkalarini qoʻllashga, 2020-yil 1-aprelga qadar oshirilgan stavkalar boʻyicha hisoblangan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi summasiga nisbatan penya hisoblashga va majburiy undirish choralarini koʻrishga haqli emasligini nazarda tutish lozim; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805369" id="-4805369">soliq organlarining yakka tartibdagi tadbirkorlardan soliq qarzdorligini majburiy undirish haqidagi daʼvo arizalarini koʻrib chiqishda soliq organi tomonidan hisoblangan jismoniy shaxslarga daromad soligʻi va ijtimoiy soliq davri aniqlanishi lozim, bunda nazarda tutish lozimki, 2020-yil 24-martdan boshlab karantin amal qilinishi bekor boʻlgunga qadar koʻrsatilgan soliqlar hisoblanmaydi, agar yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan oʻz faoliyatini toʻxtatilganligi haqida soliq organini xabardor qilgan boʻlsa. Bunda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, agar bunday xabarnoma soliq organiga yuborilmagan boʻlsa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi qatʼiy belgilangan summasi va ijtimoiy soliq hisoblanishi toʻxtatilmaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805370" id="-4805370">karantin joriy etilgan paytdan boshlab va 2020-yil 1-oktabrgacha boʻlgan davrda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan qarzdor — yuridik shaxsning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida arizalar kelib tushganda bunday arizalarni IPK 154-moddasi birinchi qismining <a href="/mact/-3523891#-3530530">1-bandiga</a> mos holda qabul qilish rad etilishi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish boʻyicha ish yuritish IPK 110-moddasining <a href="/mact/-3523891#-3529596">1-bandiga</a> mos holda tugatilishi lozim. Ushbu qoida bankrotlikning soddalashtirilgan tartibida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizalarga, shuningdek, koʻrsatilgan cheklov choralari kiritilgunga qadar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan qarzdor — yuridik shaxsning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizalarga nisbatan tatbiq etilmaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805371" id="-4805371">davlat korxonalari — davlat mulklarini ijaraga berish markazlarining ijara toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalarini koʻrishda qarzdorlik yuzaga kelgan davr aniqlanishi lozim. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, agar karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini ijarachi — tadbirkorlik subyekti tomonidan toʻxtatilgan boʻlsa, 2020-yil 24-martdan boshlab karantin amal qilinishi bekor boʻlgunga qadar ijara toʻlovlari hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4805372" id="-4805372">13. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli <a href="/mact/-4780475">Farmoni</a> qoidalarini inobatga olgan holda, agar 2020-yil 1-oktabrga qadar boʻlgan davr mobaynida kredit qarzdorligini undirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qarzdor tomonidan kredit boʻyicha toʻlovlar karantinning amal qilish davrida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganligi sababli kechiktirilganligi va shu sababli qarzdor kechiktirish huquqiga ega ekanligi aniqlanganda, arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etilishi lozim. Bunday qaror joriy etilgan karantin rejimi qarzdorlarning faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatganligi aniqlanganda, qarzdorlarning muddati oʻtib ketgan kreditlariga jarima sanksiyalarini undirish va undiruvni garov taʼminotiga qaratish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha ham qabul qilinadi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4805373" id="-4805373">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4805374" id="-4805374">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4805375" id="-4805375">2020-yil 28-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4805376" id="-4805376">08-son</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4805377" id="-4805377">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4805378" id="-4805378">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4805379" id="-4805379">2020-yil 28-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4805380" id="-4805380">08-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
