toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga doir qonunlarga ijro ishi yuritishni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi munosabati bilan mazkur qonun normalarining sud amaliyotida bir xil qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17, 47-moddalariga muvofiq, Oliy sud Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning eʼtibori sud hujjatlarining ijrosini taʼminlash fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 138-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 16-moddasi, Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 15-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 16-moddasiga muvofiq sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qarori tahririda)
Sud hujjati ijroga qaratilishining muhim sharti uning qonuniy kuchga kirishi hisoblanadi.
Binobarin, sud hujjati qonuniy kuchga kirgan va shu asosda ijro varaqasi berilgandan soʻng kelib tushgan apellyatsiya shikoyati (protesti)ning shikoyat berish muddati tiklanib, u ish yurituvga qabul qilinsa, sudning muddatni tiklash va apellyatsiya shikoyat (protest)ini qabul qilish haqidagi ajrimida sud hujjatining ijrosini toʻxtatish masalasi ham FPK 409-moddasining 3-bandi, IPKning 271-moddasi, MSIYUtKning 212-moddasi qoidalariga mos holda hal qilinishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
3. Shuni nazarda tutish lozimki, sud qonun boʻyicha quyidagi hollarda har bir qaror boʻyicha bitta ijro varaqa berish lozimligi toʻgʻrisidagi qoidadan chekinishi mumkin, agar:
sud hujjati bir necha undiruvchi foydasiga chiqarilgan boʻlsa;
sud hujjatida bir necha qarzdordan undiruv nazarda tutilgan boʻlsa;
sud hujjati turli joylarda ijro etilishi lozim boʻlsa.
Agar, sherik javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan boʻlsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi koʻrsatilishi va sherik javobgar ekanligi koʻrsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab oʻtilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) sud hujjatini ijroga qaratishning umumiy tartibi belgilangan boʻlib, unga koʻra ijro varaqasi, odatda, undiruvchiga berilishi lozim.
FPKning 448-moddasiga muvofiq ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng undiruvchiga beriladi.
Sud ayrim fuqarolik ishlari yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori boʻyicha ijro varaqasini undiruvchining iltimosiga asosan ijro qilish uchun bevosita ijro organiga yuborishi mumkin.
IPK 336-moddasining beshinchi qismiga va MSIYUtK 278-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki uning iltimosnomasiga koʻra, davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi.
FPK 449-moddasining ikkinchi qismiga, IPK 336-moddasining oltinchi qismiga va MSIYUtK 278-moddasining beshinchi qismiga muvofiq sud qarorlarining davlat daromadiga (budjetga) mablagʻlar undiriladigan toʻlovlar yuzasidan berilgan ijro hujjatlari sud tomonidan bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi boʻlimlariga yuboriladi.
Ijro varaqasi (sud buyrugʻi) sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali undiruvchiga va davlat ijrochisiga yuborilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ijro varaqasining asli yoʻqotilgan taqdirda, qaror chiqargan sud, FPKning 450-moddasi va IPKning 341-moddasi talablariga muvofiq, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. Bunda sudlar ijro varaqa dublikatini berishni Qonunning 43-moddasida nazarda tutilgan yoʻqotilgan ijro ishi yuritilishi tiklanishidan farqlashlari lozim.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Chet davlat hududida ijro etilishi lozim boʻlgan sud qarori boʻyicha ijro varaqasining dublikatini berish xalqaro va ikki davlat oʻrtasida tuzilgan kelishuvlarda nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
5.1. Sudlarga tushuntirilsinki, yoʻqotilgan ijro ishi yuritilishi sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ijro ishi yuritilishi taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning, shuningdek ijro hujjati bergan sud yoki boshqa organning tashabbusiga binoan tiklanishi mumkin. Sudlar bu haqdagi arizani Qonunning 43-moddasi, FPKning 462-moddasi va IPKning 30-bobida belgilangan qoidalari asosida koʻrib chiqadilar.
(5.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Sudlarning eʼtibori qonunda (IPKning 337-moddasi) ijro hujjatining mazmuniga nisbatan qatʼiy talablar belgilanganligiga qaratilsin. Ijro varaqasi sud hujjatining qaror qismiga soʻzma-soʻz monand boʻlishi va undiruvchi hamda qarzdorga oid toʻliq maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, manzili, shaxsiy identifikatsiya raqami, yuridik shaxslarga nisbatan esa uning aniq nomlanishi, soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami) ni oʻzida aks ettirgan boʻlishi shart. Bunday talablar bajarilmagan taqdirda davlat ijrochisi ijro varaqani kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan javobgarni muayyan harakatlar sodir etishga majburlovchi qaror chiqarilganda, sud ijro varaqasida, agar javobgar belgilangan vaqt ichida qarorni bajarmasa, daʼvogar mazkur harakatlarni oʻzi sodir etib, qilingan xarajatlarni javobgardan undirib olishga haqli ekanligini koʻrsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat javobgar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlsa, sud qaror ijro etilishi shart boʻlgan muddatni koʻrsatadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar chet davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ajrimiga asosan beriladigan ijro varaqasida chet davlat sudining qarori qonuniy kuchga kirgan sanasini koʻrsatishlari lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
7. FPKning 453-moddasi va IPKning 340-moddasida ijro varaqasini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash tartibi belgilangan.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Muddatning oʻtkazib yuborilganligi sud tomonidan uzrli deb topilsa, u tiklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. Arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha iqtisodiy sudning ajrimi ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi, fuqarolik ishlari boʻyicha sudining oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganligi haqidagi ajrimi ustidan esa xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ijro hujjati talablarida noaniqliklar mavjud boʻlgan yoki u bilan sud hujjati orasida tafovut aniqlangan holda davlat ijrochisi, Qonunning 31-moddasiga muvofiq, ijro hujjatini bergan sudga sud hujjatini tushuntirish, mazkur hujjatlarda yoʻl qoʻyilgan yozuv, bosma va arifmetik xatolarni bartaraf etish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishga haqli. Davlat ijrochisining arizasida sud hujjatining qonuniyligi masalasida mushohada yuritilishi mumkin emas.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining arizasi, u kelib tushgan kundan boshlab fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan oʻn kunlik, iqtisodiy sud tomonidan esa, yigirma kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi, natijasi boʻyicha ajrim chiqariladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi 27-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha iqtisodiy sudning ajrimi ustidan shikoyati berilishi yoki protest keltirilishi, fuqarolik ishlari boʻyicha sudining ajrimi ustidan xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Sud tomonidan faqat ijro etilmagan sud hujjati yoki uning ijro etilmagan qismi yuzasidan tushuntirish beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. FPKning 454-moddasi, IPKning 342-moddasiga muvofiq, sud davlat ijrochisi, undiruvchi yoki qarzdorning arizasiga koʻra sud hujjatining ijrosini kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib ijro etishga, shuningdek, uning ijro usuli va tartibini oʻzgartirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat ijrochisi ijro hujjatini sud, boshqa organ yoki undiruvchidan ijro qilish uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatishi shart.
Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati oʻtib ketganidan keyin yuborilgan boʻlsa yoki ijro hujjati Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatini qaytarib yuborish haqida qaror chiqaradi.
Davlat ijrochisining har qanday ijro hujjatini qaytarib yuborish haqidagi qarori ustidan MSIYUtKda belgilangan tartibda maʼmuriy sudga shikoyat berilishi mumkin.
(10-band xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 34-moddasi birinchi qismiga muvofiq:
agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda;
agar qonunchilikda nizolashishga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;
ijro hujjati boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi berilganda;
ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda ijro ishini yuritish toʻxtatib turilishi shart.
Shuni nazarda tutish lozimki, Qonunning 35-moddasi birinchi qismiga koʻra:
qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida boʻlganda yoki statsionar davolash muassasasida davolanayotganda;
davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;
roʻyxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda sud tomonidan ijro ishini yuritish toʻxtatib turilishi mumkin.
Sudlar ijro ish yuritishning toʻxtatilishi kelgusida ijro hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishini yuzaga keltirmasligi lozimligini nazarda tutishlari kerak.
Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ariza, u kelib tushgan kundan boshlab fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan oʻn kunlik, iqtisodiy va maʼmuriy sudlar tomonidan esa yigirma kunlik muddat ichida taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasi oʻtkazilmasdan koʻrib chiqiladi.
Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqida sud ajrim chiqaradi. Ushbu ajrim ustidan FPK, IPK yoki MSIYUtKda belgilangan tartibda shikoyat yoki protest keltirilishi mumkin.
Qonun 36-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni toʻxtatib turgan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki davlat ijrochisining tashabbusiga koʻra tiklanadi.
Sudlarning eʼtibori, agar ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqidagi sudning ajrimida toʻxtatishning muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, sudlar ijro ishi yuritishni tiklashga haqli ekanligiga qaratilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sudlar Qonunning 34-moddasi birinchi qismi 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritilishining toʻxtatilishi davlat ijrochisining murojaati asosida, Qonunning 35-moddasi birinchi qismi 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan hollarda esa, sud tomonidan ijroni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro qilish toʻgʻrisidagi arizani yoxud davlat ijrochisining harakatlari ustidan berilgan shikoyatni yoki baholash natijalaridan norozilik haqidagi arizani ish yurituvga qabul qilish bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishini, ajrimda ijro ishi yuritilishi toʻxtatilishi haqida koʻrsatilishini eʼtiborga olishlari zarur.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Qonunning 34 va 35-moddalarida koʻrsatilgan, ijro ishi yuritishni sud qaysi vaziyatda toʻxtatishi shart va haqli boʻlgan holatlar roʻyxati tugal hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga, “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 79-moddasiga koʻra, ijro hujjati ijrosini toʻxtatish uchun iqtisodiy sudning qarzdorga nisbatan arizani ish yuritishga qabul qilish va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimi ham asos hisoblanishi eʼtiborga olinishi lozim.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Apellyatsiya va taftish instansiyasi sudi nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra shikoyat boʻyicha ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli (IPKning 271-moddasi, MSIYUtKning 212-moddasi, FPKning 41913-moddasi, MSIYUtKning 265-moddasi va IPKning 323-moddasi).
Sudlarning eʼtibori FPKning 4076-moddasi, IPKning 294-moddasi va MSIYUtKning 236-moddasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra kassatsiya tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishi shartligiga qaratilsin.
Sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish haqida iltimosnoma shikoyat bilan birga taqdim etilgan boʻlsa, ushbu iltimosnomani koʻrib chiqish natijasi haqida shikoyatni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Agar, sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish haqida iltimosnoma shikoyatni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgandan keyin taqdim qilingan holda, bunday iltimosnoma boʻyicha alohida ajrim chiqariladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Shuni nazarda tutish lozimki, ijro ishini yuritish quyidagi holatlarda sud hujjatiga asosan davlat ijrochisi tomonidan tugatiladi:
(14-bandning birini xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
undiruvchi va qarzdor oʻrtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
undiruvchi va qarzdor oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilganda;
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi 27-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi kichik xatboshi bilan toʻldirilgan)
jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish yoxud jarima tariqasidagi jinoiy jazodan amnistiya aktiga asosan ozod qilish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilganda;
ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud qonunga muvofiq ijro hujjati hisoblangan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda.
Ijro ishini yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi:
undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda, bedarak yoʻqolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoxud boshqa organ hujjatida belgilangan talablar yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yoʻqolgan shaxs mol-mulkining ishonchli boshqaruvchisiga oʻtishi mumkin boʻlmasa;
— muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yoʻqolgan boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qonunning 88-moddasiga koʻra, davlat ijrochisining xatti- harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Davlat ijrochisining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining ijrosi boʻyicha chora koʻrmaganligi yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlarni sodir etganligi sudga beriladigan shikoyatning obyekti boʻlishi mumkin.
Davlat ijrochisining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish MSIYUtKda nazarda tutilgan talablarga rioya qilingan holda ariza (shikoyat) berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ushbu arizalar (shikoyatlar) MSIYUtKda belgilangan tartibda, ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Sudlarning eʼtibori FPKning 166-moddasi va IPKning 131-moddasi talablariga muvofiq, taraflar protsessning istalgan bosqichida, shuningdek ijro bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqli ekanligiga qaratilsin.
Ijro bosqichida sud hujjati boʻyicha tuzilgan kelishuv bitimi ijro hujjatini bergan yoki ijro amalga oshirilayotgan joydagi tegishli sud tomonidan, boshqa organlar hujjatlari boʻyicha esa davlat ijrochisi joylashgan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan tasdiqlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarori qarzdor va uning mulki joylashgan joydagi davlat ijrochisiga yuborilishi lozim.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tushuntirilsinki, iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi olinganda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlaydi, bundan undiruvni garov bilan taʼminlangan mol-mulkka qaratish, mulk huquqini eʼtirof etish, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish, mol-mulkni oʻzga shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi, shuningdek joriy toʻlovlar boʻyicha talablar yuzasidan ijro ishi yuritishlar mustasno.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishni tugatish bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishi yuritish davomida oʻzi tomonidan qarzdorning mol-mulkiga qoʻyilgan taqiqlar va ijro bilan bogʻliq boʻlgan boshqa cheklovlarni bekor qiladi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning barcha majburiyatlari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilganligi bois, ish yuritish tugatilgan ijro hujjatlari, ijro ishi yuritishni tugatish haqidagi davlat ijrochisining qarori nusxasi bilan birgalikda, uch ish kuni ichida tugatuvchiga yuboriladi. Qonun 62-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, davlat ijrochisi ijro hujjatini yuborilganligi haqida undiruvchiga maʼlum qiladi.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
20. Yuridik shaxsning qarzlari boʻyicha, shu jumladan uning mol-mulki ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli boʻlmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan shartlarda va tartibda, ushbu yuridik shaxs mulkdorlari, muassislari va aʼzolari (ishtirokchilari)ning pul mablagʻlariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin:
Bunda, qarzdor boshqa shaxslar bilan umumiy mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkka ega boʻlsa, undiruv uning qonunga muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 284-moddasiga muvofiq, garovga qoʻyilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xoʻjalik asosida yuritish huquqi bu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida garovga qoʻyuvchidan boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda garov huquqi oʻz kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi yoki xoʻjalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga oʻtishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Shu munosabat bilan davlat ijrochisi sud tomonidan undiruv qaratilgan garovdagi mulk boshqa shaxsga sotilganligini asos qilib, ijro ishi yurituvini tugatishga haqli emas.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Qonunning 81-moddasiga muvofiq ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga iqtisodiy sud tomonidan undirilishi lozim boʻlgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.
Bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan jarima qoʻllash haqida iqtisodiy sudga berilgan ariza sud tomonidan IPKda belgilangan umumiy qoidalar boʻyicha, ushbu Kodeksning 27-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda koʻrilishi lozim. Bunday ariza davlat ijrochisi tomonidan ham, undiruvchi (tadbirkorlik subyekti) tomonidan ham berilishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Agar qarzdor — jismoniy shaxs tomonidan sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilmasa, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.
Agar ijro hujjati sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa, chiqib ketishni cheklash undiruvchi yoki davlat ijrochisining arizasiga asosan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Sudlarga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga doir qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirish, ularning ijrosiga toʻsqinlik etuvchi holatlarni aniqlash, shuningdek yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Toshkent sh.,
2009-yil 10-aprel,
06/196-son