

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2028822" id="onLBC-2028822">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7746"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.11.02.02 Jinoyatlarning alohida turlariga qarshi kurash boʻyicha hamkorlik;</span></div><div id="LBC9520"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.12.00.00 Fuqarolik va iqtisodiy ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.12.03.00 Huquqiy axborotlar almashinuvi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2028822" id="onLS-2028822">[<b>TSZ:</b><div id="LS3778"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2028893" id="-2028893">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi PLENUMIning</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2028895" id="-2028895">QarorI</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2028896" id="-2028896">FUQAROLIK VA JINOYAT ISHLARI BOʻYICHA SUD ISHLARINI YURITISH SOHASIDA XALQARO HAMKORLIKNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2028897" id="-2028897"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028899" id="-2028899">Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda sud amaliyotida ayrim masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-68532#-70640">17-moddasiga </a>muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028900" id="-2028900">1. Sudlarga tushuntirilsinki, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlik davlatlar tomonidan mazkur toifadagi ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishda ifodalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028901" id="-2028901">Davlatlararo munosabatlarda fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish deganda, bir davlatning vakolatli organi tomonidan boshqa (xorijiy) davlatning shunday organi topshirigʻi boʻyicha ayrim protsessual, tezkor-qidiruv va boshqa harakatlarni bajarilishi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028903" id="-2028903">2. Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlik sud, prokuror, tergovchi va surishtiruv organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy yordam toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalariga asosan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028905" id="-2028905">“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-121884">qonunga</a> muvofiq xalqaro shartnomalar shartnoma, kelishuv, konvensiya, protokol, memorandum, deklaratsiya va h.k. shakllarda tuzilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028906" id="-2028906">Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi normalar nafaqat mazkur masalaga doir maxsus xalqaro shartnomalarda, balki boshqa ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar tarkibida ham (masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1999-yil 9-dekabrdagi, transmilliy tashkiliy jinoyatchilikka qarshi 2000-yil 15-noyabrdagi, korrupsiyaga qarshi 2003-yil 31-oktabrdagi konvensiyalari va boshqalarda) mavjud boʻlishi mumkin. Bunda huquqiy yordam toʻgʻrisida soʻrov yuborish va ijro etishning zarur sharti shundan iboratki, hamkorlikka kirishayotgan davlatlardan har biri koʻp tomonlama shartnoma ishtirokchisi boʻlishi kerak.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2028908" id="-2028908"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4199228" id="edi-4199228"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-4199227">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4199228" id="-4199228"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4199232" id="-4199232">3. Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining kuchga kirgan xalqaro shartnomalari, shuningdek protsessual qonunchilik normalariga, jumladan, FPK 1-moddasining<a href="/mact/-3517337#-3517829"> uchinchi qismi</a>, <a href="/mact/-3517337#-3518016">14</a>, <a href="/mact/-3517337#-3525278">363-moddalari</a>, JPK <a href="/mact/-111460#-252776">3</a>, <a href="/mact/-111460#-252778">4</a>, <a href="/mact/-111460#-1687037">592 — 609-moddalariga </a>amal qilinishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4199233" id="-4199233">(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4126296">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6079888" id="edi-6079888"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-2028909">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6079888" id="-6079888"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6079892" id="-6079892">Xalqaro shartnomani qoʻllash masalasini hal etishda, qonunga koʻra, (“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-4193761#-4194032">25-moddasi</a>) xalqaro shartnoma shartnomaning oʻzida nazarda tutilgan yoki ahdlashuvchi tomonlar oʻrtasida kelishilgan tartibda va muddatlarda kuchga kirishiga doir qoidadan kelib chiqish kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6079897" id="-6079897">(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/mact/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6068397">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5571543" id="edi-5571543"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-5571540">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5571543" id="-5571543"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5571557" id="-5571557">3.1. JK 12-moddasining <a href="/mact/-111453#-174958">uchinchi qismiga</a> muvofiq shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida boʻlishi-boʻla olmasligi masalasini aniqlashda, jinoyatchilikka qarshi kurash va jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining yurisdiksiyaga oid qoidalaridan kelib chiqish lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5571571" id="-5571571">Xususan, Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasining 7-moddasi <a href="/mact/-2124077">qoidalariga</a> koʻra, chet el fuqarosi yoki Oʻzbekistonda doimiy yashamaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxs respublika hududi tashqarisida sodir etgan jinoyati uchun, agarda, masalan, Oʻzbekistonda boʻlib, boshqa davlat-Konvensiya ishtirokchisiga ushlab berilishi mumkin boʻlmasa Oʻzbekiston JK boʻyicha javobgarlikka tortilishi mumkin. Oʻxshash normalar BMT Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni gʻayriqonuniy ravishda muomalaga kiritishga qarshi kurash toʻgʻrisida 1988-yil 20-dekabrdagi <a href="/mact/-2614780">konvensiyasining</a> 4-moddasi, Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi <a href="/mact/-1304566">konvensiyasining</a> 15-moddasi va boshqa shartnomalarda nazarda tutilgan.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5571603" id="-5571603">(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli <a href="/mact/-5471379?ONDATE=10.06.2021 00#-5476222">qaroriga</a> asosan kiritilgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2028911" id="-2028911"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4199235" id="edi-4199235"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-4199234">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4199235" id="-4199235"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4199236" id="-4199236">4. Shuni nazarda tutish lozimki, FPK <a href="/mact/-3517337#-3525278">363-moddasi</a>, JPK<a href="/mact/-111460#-1687037"> 592-moddasi </a>mazmuniga koʻra, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida huquqiy yordam oʻzarolik prinsipiga asosan ham koʻrsatilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4199237" id="-4199237">(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4126298">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4199238" id="edi-4199238"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-2028912">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4199238" id="-4199238"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4199239" id="-4199239">Oʻzarolik prinsipi, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining biror-bir xorijiy davlat bilan huquqiy yordam toʻgʻrisida xalqaro shartnomasi mavjud boʻlmagan hollarda qoʻllanilishi mumkin. Bunga ehtiyoj boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi (Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati) xorijiy davlat vakolatli organiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida soʻrov kiritadi va unda oʻziga xorijiy davlat vakolatli organining topshirigʻi boʻyicha zarur protsessual harakatlarni bajarish yuzasidan majburiyat olganligini yozma ravishda tasdiqlaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4199240" id="-4199240">(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4126298">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028913" id="-2028913">5. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida huquqiy yordam, shu jumladan, quyidagi koʻrinishlarda amalga oshiriladi:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5571621" id="edi-5571621"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-2028916">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5571621" id="-5571621"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5571627" id="-5571627">materiallar hamda sud, bank, moliyaviy, yuridik va boshqa hujjatlar asli va tasdiqlangan nusxalarini tuzish, joʻnatish, taqdim etish, topshirish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5571637" id="-5571637">(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli <a href="/mact/-5471379?ONDATE=10.06.2021 00#-5476230">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028917" id="-2028917">tintuv oʻtkazish, predmetlar va hujjatlarni olib qoʻyish, mol-mulkni aniqlash va xatlash, shaxsning daromadini aniqlash, ashyoviy dalillarni joʻnatish va berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028918" id="-2028918">koʻzdan kechirish, guvohlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028919" id="-2028919">ekspertiza oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028920" id="-2028920">daʼvogar, javobgar, uchinchi shaxslar (ularning vakillarini), jabrlanuvchilar, ayblanuvchilar (sudlanuvchilar), guvohlar, ekspertlarni soʻroq qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028921" id="-2028921">bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish, shuningdek huquqbuzarlik sodir etishda ayblanayotgan shaxslarni qidirish va ushlab berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028923" id="-2028923">jinoyat ishini qoʻzgʻatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028924" id="-2028924">sud hujjatlarini, shu jumladan, hukm nusxalari yoki sud qarorlari, sudlanganlik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar (zarurat boʻlganda tegishli qonunchilik normalari matni ilova qilingan holda) taqdim etish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5571656" id="edi-5571656"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-2028926">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5571656" id="-5571656"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5571663" id="-5571663">fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlarini, ijro yozuvlarini, jinoyat ishlari boʻyicha hukmlarning fuqaroviy daʼvoga oid qismini tan olish va ijro etish.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5571670" id="-5571670">(5-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli <a href="/mact/-5471379?ONDATE=10.06.2021 00#-5476237">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028927" id="-2028927">Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida oʻzarolik prinsipiga asosan qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa koʻrinishdagi huquqiy yordam ham koʻrsatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028928" id="-2028928">6. Xorijiy davlat hududida ayrim protsessual, tezkor-qidiruv va boshqa harakatlarni bajarish zarurati tugʻilganda, yurituvida fuqarolik yoki jinoyat ishi boʻlgan tegishli sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruv organi xorijiy davlatning vakolatli organiga tegishliligi boʻyicha quyidagilar orqali soʻrov kiritadi:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6079901" id="edi-6079901"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=30.11.2018 00#-4199241">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6079901" id="-6079901"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6079904" id="-6079904">fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrilayotgan ishlarni yuritish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha, shu jumladan, sud tomonidan JPK <a href="/mact/-111460#-5305892">405<sup>7</sup></a>, <a href="/mact/-111460#-256347">420-moddalari</a> tartibida eʼlon qilingan qidiruv natijasida turgan joyi aniqlangan shaxsni ushlab turish va berish masalalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6079907" id="-6079907">(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/mact/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6068397">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4199243" id="edi-4199243"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-2028934">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4199243" id="-4199243"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4199244" id="-4199244">sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati orqali;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4199247" id="-4199247">(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4126306">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028936" id="-2028936">qolgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028938" id="-2028938">7. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunda (JPK <a href="/mact/-111460#-1687045">593-moddasi</a>) xorijiy davlat hududida jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov mazmuni va shakliga nisbatan muayyan talablar belgilangan. Bunday soʻrov, jumladan, quyidagilarni oʻzida aks ettirishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028939" id="-2028939">1) soʻrov yuborayotgan organning nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028940" id="-2028940">2) soʻrov yuborilayotgan organning nomi va joylashgan joyi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028941" id="-2028941">3) jinoyat ishining nomlanishi va soʻrovning xususiyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028942" id="-2028942">4) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, uning tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, mashgʻuloti turi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi maʼlumotlar, uning protsessual maqomi (shu jumladan, sudlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot), yuridik shaxs uchun esa, uning nomi, yuridik manzili va joylashgan joyi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028944" id="-2028944">5) aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar bayoni, shuningdek soʻralayotgan hujjatlar, ashyoviy va boshqa dalillar roʻyxati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028945" id="-2028945">6) sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uning tavsifi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat <a href="/mact/-111453">kodeksining</a> qilmish jinoyat deb eʼtirof etilishiga asos boʻladigan tegishli moddasi matni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028946" id="-2028946">7) agar jinoyat natijasida zarar yetkazilgan boʻlsa, uning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028947" id="-2028947">Xalqaro shartnomalarga muvofiq, protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovda uni ijro etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028948" id="-2028948">Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinayotgan hujjatlar soʻrovni yuborayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda ular yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028950" id="-2028950">8. Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida oʻzarolik prinsipi asosida soʻrov yuborishning oʻziga xos xususiyati JPK 599-moddasi <a href="/mact/-111460#-1687105">birinchi</a> va <a href="/mact/-111460#-1687106">ikkinchi qismlarida </a>nazarda tutilgan. Bunday soʻrov faqat quyidagi hollarda yuborilishi mumkin boʻlib, shaxs:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028951" id="-2028951">jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilgan taqdirda — agar soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan qilmish har ikkala davlat qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmish boʻlsa va uni sodir etganlik uchun bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo yoki undan ogʻirroq jazo nazarda tutilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028952" id="-2028952">hukmni ijro etish uchun ushlab berilgan taqdirda — agar shaxs olti oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki undan ogʻirroq jazoga hukm qilingan boʻlsa.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2028954" id="-2028954"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5571688" id="edi-5571688"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-5571685">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5571688" id="-5571688"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5571691" id="-5571691">9. Qidiruvda boʻlgan shaxs xorijiy davlat hududida aniqlanganda, uni ushlash, hibsga olish, ushlab berish va etap qilish masalasi unga nisbatan qidiruv eʼlon qilgan sud tomonidan ajrim chiqarish va tegishli hujjatlarni, shu jumladan, shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaror, sudning ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi, qonuniy kuchga kirgan sudning hukmi, shuningdek, oʻtalmagan jazo muddati haqidagi maʼlumotnomani tasdiqlangan nusxalarni rasmiylashtirish yoʻli bilan hal qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5571701" id="-5571701">(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli <a href="/mact/-5471379?ONDATE=10.06.2021 00#-5476245">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6079964" id="edi-6079964"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-2028956">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6079964" id="-6079964"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6079975" id="-6079975">Qidiruvda boʻlgan shaxsni ushlab turish, qamoqqa olish, ushlab berish va koʻchirib kelish zaruriyati toʻgʻrisidagi masalani hal etishda, sud mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK<a href="/mact/-111460#-253765"> 84-moddasiga </a>muvofiq, tugatish uchun asoslar bor-yoʻqligini tekshirishi lozim. Agar ish boʻyicha mazkur moddada nazarda tutilgan asoslardan birortasi mavjudligi aniqlansa, sud jinoyat ishini tugatishga nisbatan shaxsning roziligini olish toʻgʻrisida xorijiy davlatning vakolatli organiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali soʻrov yuborish bilan chegaralanishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6079980" id="-6079980">(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/mact/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6068403">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4199307" id="edi-4199307"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-2028957">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4199307" id="-4199307"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4199309" id="-4199309">10. Xalqaro huquq normalari va JPK <a href="/mact/-111460#-1687114">600-moddasiga </a>muvofiq xorijiy davlat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berilgan shaxs faqat ushlab berilguniga qadar oʻzi sodir etgan va faqat bunga uni ushlab bergan davlat roziligi olingan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilishi va jazolanishi mumkin. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5571727" id="edi-5571727"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=30.11.2018 00#-5571712">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5571727" id="-5571727"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5571731" id="-5571731">Agar ishni koʻrish paytida sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksi 59-moddasining <a href="/mact/-111453#-3694439">sakkizinchi qismi </a>yoki <a href="/mact/-111453#-195020">60-moddasi </a>qoidalariga muvofiq jazo tayinlash uchun asoslar aniqlansa va bunga xorijiy davlat vakolatli organining roziligi olinmagan boʻlsa, sud JPK <a href="/mact/-111460#-256335">418-moddasi</a>  tartibida ishning muhokamasini keyinga qoldiradi va materiallarni mazkur masalani hal etish uchun prokurorga yuboradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5571738" id="-5571738">Ayni paytda shuni nazarda tutish lozimki, sudlanuvchining harakatlarini <a href="/mact/-111453">Jinoyat kodeksining</a> yengilroq jazoni nazarda tutuvchi moddasiga (moddasi qismiga) qayta kvalifikatsiya qilish, shuningdek ayblovdan JKning biror-bir moddasini chiqarish uchun, agar xalqaro shartnomada boshqa holat nazarda tutilmagan boʻlsa, xorijiy davlat vakolatli organining roziligi talab etilmaydi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5571750" id="-5571750">(10-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli <a href="/mact/-5471379?ONDATE=10.06.2021 00#-5476260">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028961" id="-2028961">11. Agar hukmni ijro etish bosqichida xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan shaxsni faqat u sudlangan ayrim jinoyat epizodlari yoki Jinoyat kodeksining ayrim moddalari boʻyicha ushlab berishga rozilik berilgan boʻlsa, sud qarorlari ularga tegishli sud instansiyasi tomonidan JPK <a href="/mact/-111460#-1687114">600-moddasi</a> talablaridan kelib chiqadigan oʻzgarishlar kiritilgandan soʻng ijro etilishi lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5571756" id="edi-5571756"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-2028962">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5571756" id="-5571756"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5571761" id="-5571761">12. Tushuntirilsinki, JK 34-moddasining <a href="/mact/-111453#-179979">beshinchi qismiga </a>koʻra, xorijiy davlatlar sudlarining hukmlari boʻyicha sudlanganlik holati shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish, javobgarlikni yoki jazoni ogʻirlashtiradigan holatlar, shu bilan birga jazoni ijro etish koloniya turini belgilashda inobatga olish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda hisobga olinishi mumkin. Boshqa barcha hollarda xorijiy davlat sudining hukmi boʻyicha sudlanganlik holatini sud faqat agar bu Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsagina tan olishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5571763" id="-5571763">(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli <a href="/mact/-5471379?ONDATE=10.06.2021 00#-5476281">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028963" id="-2028963">13. Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida xorijiy davlatning tegishli vakolatli organidan kelib tushgan soʻrovni bajarish shartlari va tartibi, bunday soʻrovni ijro etmasdan qaytarib yuborish asoslari va tartibi JPK <a href="/mact/-111460#-1687059">595-moddasida </a>nazarda tutilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028965" id="-2028965">Jumladan, xorijiy davlat hududida jinoyat sodir etgan va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida xorijiy davlat vakolatli organining soʻrovi, basharti Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat <a href="/mact/-111453">kodeksida</a> bunday qilmish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi norma mavjud boʻlmasa, ijro etilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028966" id="-2028966">Sudlar ayni paytda shuni inobatga olishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida majburlov choralari (masalan, olib qoʻyish, tintuv, mol-mulkni xatlash, ushlab turish, qamoqda saqlash va boshqalar) bilan bogʻliq boʻlmagan protsessual harakatlarni soʻrov kiritilayotgan qilmish har ikkala davlat tomonidan jinoyat deb tan olinmagan taqdirda ham ijro etish nazarda tutilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028969" id="-2028969">14. Qonunda (JPK <a href="/mact/-111460#-1687161">602-moddasi</a>) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat berish va uni sud tomonidan koʻrishning alohida tartibi belgilangan. Bunda, agar shikoyatni berishdan kelib chiqadigan protsessual munosabatlar mazkur norma bilan tartibga solinmagan boʻlsa, sud JPK <a href="/mact/-111460#-260733">55<sup>1</sup>-bobida</a> nazarda tutilgan tegishli normalarga amal qilishi lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6079983" id="edi-6079983"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-2028970">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6079983" id="-6079983"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6079987" id="-6079987">Bunday shikoyatni koʻrish natijalari boʻyicha chiqarilgan sud ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) JPK 13-moddasining <a href="/mact/-111460#-252838">beshinchi qismiga </a>muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan uch nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6079997" id="-6079997">(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/mact/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6068404">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2028972" id="-2028972"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4199317" id="edi-4199317"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-4199316">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4199317" id="-4199317"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4199318" id="-4199318">15. Tushuntirilsinki, sudlarning xorijiy davlat vakolatli organlari bilan fuqarolik ishi boʻyicha oʻzaro hamkorlik tartibi FPK <a href="/mact/-3517337#-3525237">III boʻlimi </a>normalari bilan tartibga solingan.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4199319" id="-4199319">(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4126320">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2028973" id="-2028973"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7341439" id="edi-7341439"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=20.04.2021 00#-5571383">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7341439" id="-7341439"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7341443" id="-7341443">16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti va Xalqaro-huquqiy boʻlimiga quyidagilar tavsiya etilsin:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7341447" id="-7341447">(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7307602">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028974" id="-2028974">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda muntazam va oʻz vaqtida sudyalarni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari roʻyxati, matni va xalqaro huquqning boshqa hujjatlari bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2028975" id="-2028975">xalqaro huquq manbalarini muntazam tahlil etish va zarur amaliy qoʻllanmalar, sharhlar hamda boshqa metodik adabiyotlar chop etish.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5571415" id="edi-5571415"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=25.05.2012 00#-2028977">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5571415" id="-5571415"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5571422" id="-5571422">17. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabiga sudyalar va sud apparati xodimlari uchun oʻquv jarayonini tashkil etishda, sudlar faoliyatida xalqaro hamkorlik masalalarini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qoʻllashga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5571429" id="-5571429">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli <a href="/mact/-5437823?ONDATE=20.04.2021 00#-5437921">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2028979" id="-2028979"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5571434" id="edi-5571434"><a href="/mact/-2028822?ONDATE=30.11.2018 00#-4199329">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5571434" id="-5571434"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5571437" id="-5571437">18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari vaqti-vaqti bilan fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikka oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirib borsin, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5571438" id="-5571438">(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli <a href="/mact/-5437823?ONDATE=20.04.2021 00#-5437922">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2028980" id="-2028980">Oliy sud raisi B.MUSTAFAYEV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2028981" id="-2028981">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi A.USMANOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2037147" id="-2037147">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2037148" id="-2037148">2012-yil 25-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2037149" id="-2037149">6-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
