

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6033146" id="onLBC-6033146">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7615"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.20.00 Sud xodimlari. Malaka darajalari;</span></div><div id="LBC7620"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.02.00 Birinchi instansiya sudida ish yuritish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6033146" id="onLS-6033146">[<b>TSZ:</b><div id="LS3809"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6033216" id="-6033216">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6033217" id="-6033217">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6033218" id="-6033218">Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada koʻrib chiqishga tayyorlash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6033219" id="-6033219"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033224" id="-6033224">Sudlarda jinoyat ishlarini birinchi instansiyada muhokama qilishga tayyorlash va dastlabki eshituv oʻtkazish tartibi boʻyicha masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda jinoyat-protsessual qonuni bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-5534923#-5536944">22-moddasiga </a>asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033226" id="-6033226">1. Sudlarning eʼtibori jinoyat ishlarini birinchi instansiyada muhokama qilishga tayyorlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) <a href="/mact/-111460#-5305433">49</a> va <a href="/mact/-111460#-5305761">49<sup>1</sup>-boblarida </a>nazarda tutilgan talablarga qatʼiy rioya etish zarurligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033231" id="-6033231">2. JPK <a href="/mact/-111460#-5305465">396-moddasiga</a> muvofiq, jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida sudya har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033233" id="-6033233">ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033235" id="-6033235">ishning sud majlisida koʻrilishi uchun asoslar yetarlimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033236" id="-6033236">surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish chogʻida JPK talablariga rioya qilinganmi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033238" id="-6033238">ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻri tanlanganmi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033240" id="-6033240">jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zarar qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilganmi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033242" id="-6033242">ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi JPK talablariga muvofiq tuzilganmi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033244" id="-6033244">dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar bormi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033251" id="-6033251">Sudya, shuningdek, birinchi instansiya sudi tomonidan jinoyat ishi xolisona, oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilinishini taʼminlash maqsadida ushbu masalalar boʻyicha qonunda nazarda tutilgan protsessual qarorlar qabul qilinishi va harakatlar bajarilishiga zarurat bor-yoʻqligini aniqlaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7335798" id="edi-7335798"><a href="/mact/-6033146?ONDATE=14.05.2022 00#-6033257">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7335798" id="-7335798"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7335799" id="-7335799">3. Sudya JPK 395-moddasining birinchi qismiga koʻra, jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayyorlash chogʻida qonunning ushbu normasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini yoki JPK 401<sup>1</sup>-moddasining birinchi qismiga koʻra, ishni dastlabki tergovda yoʻl qoʻyilgan texnik yoʻsindagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7335802" id="-7335802">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308297">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033258" id="-6033258">4. Tushuntirilsinki, jinoyat ishini sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etgan holda boshqa sudga oʻtkazayotganda, sud zarurat boʻlganda, ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi masalani JPK <a href="/mact/-111460#-5305444">395-moddasiga</a> muvofiq, chiqariladigan ajrimda hal etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033260" id="-6033260">Jinoyat ishi sudlovga tegishliligi boʻyicha yuborilganda, JPK 396-moddasi birinchi qismining <a href="/mact/-111460#-5305469">2</a>, <a href="/mact/-111460#-5305470">3</a>, <a href="/mact/-111460#-5305473">5 — 7-bandlarida </a>koʻrsatilgan masalalar sud tomonidan hal etilmaydi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6033269" id="-6033269"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7335804" id="edi-7335804"><a href="/mact/-6033146?ONDATE=14.05.2022 00#-7335803">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7335804" id="-7335804"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7335805" id="-7335805">5. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash chogʻida sudya  ish boʻyicha arz qilingan iltimosnomalar bor-yoʻqligini aniqlashi lozim. Bunda faqat asoslangan, tekshirishni talab etmaydigan (masalan, ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi, sudga qoʻshimcha guvohlarni chaqirish toʻgʻrisidagi, hujjatlar talab qilib olish toʻgʻrisidagi, xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi va hokazo) iltimosnomalar qanoatlantirilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7335806" id="-7335806">(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308302">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033273" id="-6033273">Sudyaning har bir arz qilingan iltimosnoma boʻyicha qarori ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033276" id="-6033276">6. Ishni sud majlisida koʻrib chiqish uchun asos yetarliligi toʻgʻrisidagi masalani JPK 396-moddasining <a href="/mact/-111460#-5305469">2-bandiga</a> muvofiq, hal qilish chogʻida, sudya JPK <a href="/mact/-111460#-253751">82-moddasida </a>nazarda tutilgan talablardan kelib chiqishi lozim. Ularga koʻra, surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan ish boʻyicha quyidagilar aniqlangan boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033284" id="-6033284">jinoyat obyekti, jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033289" id="-6033289">jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, usul, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida koʻrsatib oʻtilgan boshqa holatlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033291" id="-6033291">qilmish va kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibatlar oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033295" id="-6033295">jinoyat ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033298" id="-6033298">jinoyat toʻgʻri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilganligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033304" id="-6033304">jinoyat sabablari va maqsadlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033313" id="-6033313">ayblanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033322" id="-6033322">Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan ushbu talablardan birortasi bajarilmagan taqdirda, ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033328" id="-6033328">7. Sudya JPK 396-moddasining <a href="/mact/-111460#-5305470">3-bandiga</a> muvofiq, surishtiruv va dastlabki tergovni yuritish chogʻida jinoyat ishini qoʻzgʻatish va yuritish asoslari hamda tartibini belgilovchi JPK talablariga rioya etilganligini aniqlashi zarur. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033338" id="-6033338">Jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligi (masalan, boshqa shaxsga nisbatan yangi ayblov boʻyicha ajratilgan materiallar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatmasdan surishtiruv yoki dastlabki tergov oʻtkazilganligi), sud tomonidan sud muhokamasi chogʻida bartaraf etib boʻlmaydigan boshqa qoidabuzarliklar (masalan, JPK <a href="/mact/-111460#-3348067">76-moddasida</a> nazarda tutilgan asoslarga koʻra rad etilishi lozim boʻlgan surishtiruvchi, tergovchi tomonidan protsessual harakatlar amalga oshirilganligi, surishtiruv yoki tergov guruhiga kiritilmagan shaxs tomonidan surishtiruv yoki dastlabki tergov amalga oshirilganligi va hokazo), shuningdek, JPK 405<sup>12</sup>-moddasining <a href="/mact/-111460#-5305935">birinchi qismida</a> nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033344" id="-6033344">8. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni sudda muhokama qilish uchun tayinlash chogʻida aniqlanishi lozim boʻlgan muhim holatlardan biri ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻri tanlanganligi toʻgʻrisidagi masala hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033350" id="-6033350">Ehtiyot chorasi oʻzgartirilganda sudyaning ajrimida bunday qaror qabul qilish zaruratini tasdiqlovchi dalillar va vajlar keltirilgan asoslar koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033361" id="-6033361">Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud oʻzgartirilganda qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak (uy qamogʻi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan hollar bundan mustasno).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033366" id="-6033366">9. JPK 396-moddasining <a href="/mact/-111460#-5305473">5-bandi</a> va <a href="/mact/-111460#-260394">398-moddasiga</a> muvofiq, sudya jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zarar qoplanishini taʼminlaydigan choralarni koʻrishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033369" id="-6033369">Jinoyat ishi materiallarida yoki taraf taqdim etgan materiallarda ayblanuvchida xatlab qoʻyilishi mumkin boʻlgan pul mablagʻlari, qimmatliklar yoki boshqa mol-mulk mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻqligi daʼvoni taʼminlash choralari bevosita sud tomonidan qoʻllanilishi imkoniyatini istisno etsa, sudya ajrim bilan zarur choralar koʻrish majburiyatini surishtiruvchi yoki tergovchiga yuklaydi. Bunday hollarda sudning ajrimini ijro etish muddati, JPK 405-moddasining <a href="/mact/-111460#-5305746">birinchi qismi</a> mazmunidan kelib chiqib, oʻn sutkadan oshmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033378" id="-6033378">10. Jinoyat ishini JPK <a href="/mact/-111460#-3173997">401<sup>1</sup>-moddasida</a> koʻrsatilgan asoslarga koʻra prokurorga yuborish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda, surishtiruv yoki dastlabki tergov jarayonida yoʻl qoʻyilgan texnik yoʻsindagi kamchiliklar deganda, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi, shuningdek, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolar, harfiy xatolar va arifmetik xatolar tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033382" id="-6033382">11. Ishni JPK <a href="/mact/-111460#-256246">403-moddasiga</a> muvofiq, sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha sudya koʻrishi lozim boʻlgan boshqa choralarga, shuningdek, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan shaxslar sudga olib kelinishini taʼminlash, ishda ishtirok etishga tarjimonni jalb etish, xavfsizlik choralarini taʼminlash, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033385" id="-6033385">12. Ish sud muhokamasiga tayinlangandan soʻng sudya JPK <a href="/mact/-111460#-256244">402-moddasida</a> koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning, shuningdek, ishga yangidan kirishgan himoyachining, jabrlanuvchi vakilining iltimosi boʻyicha, ularga ish bilan tanishish uchun ish materiallari hajmini hisobga olib, oqilona muddat belgilagan holda, imkoniyat yaratishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033388" id="-6033388">Ish materiallari bilan tanishib chiqqanlik toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxsdan tilxat olinib, u ishga qoʻshib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033390" id="-6033390">13. Sud JPK 405<sup>3</sup>-moddasining <a href="/mact/-111460#-5305776">ikkinchi qismida</a> nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, ish boʻyicha taraflarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033392" id="-6033392">14. Tushuntirilsinki, JPK <a href="/mact/-111460#-5305444">395</a> va <a href="/mact/-111460#-5305924">405<sup>11</sup>-moddalari</a> mazmuniga koʻra, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchi tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining koʻchirma nusxasi olingan kundan eʼtiboran uch sutka ichida berilishi mumkin. Bunday huquqi borligi toʻgʻrisida ayblanuvchiga prokuror tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining koʻchirma nusxasi topshirilayotgan paytda tushuntiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033396" id="-6033396">Sudya ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining koʻchirma nusxasi ayblanuvchi tomonidan olingan kundan eʼtiboran uch sutka oʻtgandan soʻng berilgan dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani, basharti iltimosnoma berish muddati oʻtkazib yuborilishi sabablari uzrli emas deb topilsa, rad etishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033397" id="-6033397">Jinoyat ishi sud muhokamasiga tayinlangandan soʻng dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisida berilgan iltimosnoma ham rad etilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033399" id="-6033399">15. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv JPK <a href="/mact/-111460#-5305869">405<sup>6</sup>-moddasida</a> belgilangan tartibda oʻtkazilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033409" id="-6033409">Dastlabki eshituv sudya tomonidan dastlabki eshituv tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan paytdan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay boshlanishi va uning davomiyligi oʻn sutkadan oshmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033412" id="-6033412">Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, dastlabki eshituv oʻtkazish muddatlarini uzaytirish qonunda nazarda tutilmagan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033414" id="-6033414">16. JPK <a href="/mact/-111460#-5305892">405<sup>7</sup></a> va <a href="/mact/-111460#-256279">410-moddalariga</a> muvofiq, sudya quyidagi hollarda jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033416" id="-6033416">ayblanuvchi yashiringan boʻlsa va uning turgan joyi maʼlum boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033418" id="-6033418">ayblanuvchi ogʻir va davomli kasallikka chalingan boʻlib, bu holat uning sud majlisida ishtirok etishiga toʻsqinlik qilsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033421" id="-6033421">Ayblanuvchi yashiringan boʻlib, uning turgan joyi maʼlum boʻlmasa, sudya ish yuritishni toʻxtatib turish bilan bir vaqtda unga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ayblanuvchiga nisbatan qidiruv eʼlon qilinganligi munosabati bilan yuritilishi toʻxtatilgan jinoyat ishi sud ajrimini ijro etish uchun ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuboriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033424" id="-6033424">Ish yuritishni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilgandan soʻng jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish qayta tiklanadi va bu haqda sudya ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033426" id="-6033426">17. Sudlarga tushuntirilsinki, bir necha ayblanuvchidan faqat bittasiga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatish uchun asoslar mavjud boʻlganda, boshqalariga nisbatan jinoyat ishi muhokamasi davom ettiriladi. Bu qoida sud tomonidan ish yuritish toʻxtatib turilgan ayblanuvchi ishtirokisiz ishni koʻrib chiqish imkoniyati yoʻq deb topilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033428" id="-6033428">18. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK <a href="/mact/-111460#-253758">83-moddasida</a>, 84-moddasining <a href="/mact/-111460#-253766">birinchi qismida</a> koʻrsatilgan ish yuritishni istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlganda, sudya ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisidagi masalani hal etish chogʻida ishni toʻliq yoki qisman yoxud ayrim ayblanuvchilarga nisbatan tugatishi, shuningdek, ayblovning ayrim epizodlarini chiqarishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033430" id="-6033430">Jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan yoki amnistiya toʻgʻrisidagi akt asosida ishni tugatish masalasini hal etish chogʻida shuni nazarda tutish lozimki, mazkur asoslar boʻyicha ishni tugatish, faqat ish materiallarida yoki taraf taqdim etgan materiallarda ayblanuvchi bunga roziligi mavjud boʻlganda, mumkin boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033433" id="-6033433">JPK 84-moddasining <a href="/mact/-111460#-253781">beshinchi qismida</a> nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, sudya ishni tugatishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033438" id="-6033438">Ishni tugatish chogʻida sud qoʻllanilgan ehtiyot choralarini, fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qiladi hamda ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi masalani hal etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033440" id="-6033440">19. Shuni nazarda tutish lozimki, dastlabki eshituv chogʻida jinoyat ishini sud tomonidan mazmunan koʻrib chiqish va qonuniy, asoslangan, adolatli qaror qabul qilish uchun toʻsqinlik qiladigan protsessual qonunning jiddiy buzilishi aniqlanganda, ish JPK <a href="/mact/-111460#-5305934">405<sup>12</sup>-moddasiga</a> muvofiq, prokurorga yuboriladi. Bunday kamchiliklarga, xususan, quyidagi hollar kiradi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033443" id="-6033443">ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi JPK talablari buzilgan holda tuzilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033444" id="-6033444">tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan birga sudga yuborilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tuzish zarurati boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033446" id="-6033446">jinoyat ishlarini birlashtirish uchun JPK <a href="/mact/-111460#-255474">332-moddasida</a> nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033456" id="-6033456">ayblanuvchi jinoyat ishi materiallari bilan tanishayotganda unga JPK <a href="/mact/-111460#-255751">375</a> va <a href="/mact/-111460#-3351835">381<sup>13</sup>-moddalarida</a> nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033461" id="-6033461">ayblov dalolatnomasida yoki ayblov xulosasida, jinoyat ishini tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorda bayon etilgan haqiqiy holatlar ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida kvalifikatsiya qilish uchun asoslar mavjudligidan dalolat bersa yoki bunday holatlar mavjudligi dastlabki eshituv jarayonida aniqlangan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033465" id="-6033465">20. Jinoyat ishini JPK 405<sup>12</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/mact/-111460#-5305940">5-bandida</a> nazarda tutilgan asoslarga koʻra prokurorga yuborishda sudya oʻz ajrimida ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflash uchun asos boʻlgan holatlarni koʻrsatishi shart. Ayni paytda, sudya ajrimda quyidagilarni koʻrsatishga haqli emas: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033470" id="-6033470">jinoyatni yoki ijtimoiy xavfli qilmishni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi <a href="/mact/-111453#-202233">Maxsus qismining </a>muayyan qaysi moddasi bilan kvalifikatsiya qilish lozimligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033472" id="-6033472">dalillarni baholash va ayblanuvchining aybdorligi toʻgʻrisida xulosa qilishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033474" id="-6033474">Sudya jinoyat ishini prokurorga yuborishda barcha hollarda ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi, zarurat boʻlganda esa, uni qamoqda saqlash muddatini JPK <a href="/mact/-111460#-2461196">245-moddasida</a> nazarda tutilgan muddatlarni inobatga olgan holda uzaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal etishi shart. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7335807" id="edi-7335807"><a href="/mact/-6033146?ONDATE=14.05.2022 00#-6033477">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7335807" id="-7335807"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7335808" id="-7335808">21. Dastlabki eshituv davomida bir necha shaxsni ayblash boʻyicha yoki bir shaxsni bir necha jinoyatni sodir etishda ayblash boʻyicha jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish uchun asoslar aniqlanganda, sudya taraflarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishlarini JPK 405<sup>13</sup>-moddasi talablariga rioya etgan holda bitta ish yurituvga birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7335810" id="-7335810">(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308303">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033481" id="-6033481">22. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 405<sup>11</sup>-moddasining <a href="/mact/-111460#-5305925">birinchi qismiga</a> muvofiq, dastlabki eshituv vaqtida ayblanuvchi, himoyachi, davlat ayblovchisi jinoyat ishi materiallaridagi har qanday dalilni, agar ularni nomaqbul deb hisoblasa, chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033489" id="-6033489">Iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033491" id="-6033491">taraf chiqarib tashlanishini iltimos qilayotgan dalil;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033493" id="-6033493">dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash uchun JPKda nazarda tutilgan asoslar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033496" id="-6033496">Iltimosnomaning koʻchirma nusxasi, u kim tomonidan kiritilganligidan qatʼiy nazar, ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga, shuningdek, jabrlanuvchiga iltimosnoma sudga taqdim etilgan kunda yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033500" id="-6033500">Agar dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma JPK 405<sup>11</sup>-moddasining <a href="/mact/-111460#-5305928">toʻrtinchi qismi</a> talablariga javob bermasa, sudya uni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va ish boʻyicha sud muhokamasi tayinlaydi. Bunda sudya arz qiluvchiga shunday iltimosnoma bilan sud muhokamasi davomida sudga qayta murojaat qilish huquqi borligini tushuntiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033505" id="-6033505">23. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, dalilni nomaqbul ekanligi sababli chiqarib tashlash toʻgʻrisida himoya tarafi iltimosnomasi vajlarini rad etish vazifasi, basharti iltimosnoma dalillar qonunga xilof usullar bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki ularning huquqlarini cheklagan yoxud JPK boshqa talablarini buzgan holda olinganligiga asoslangan boʻlsa, prokurorning zimmasida boʻladi. Qolgan hollarda isbotlash vazifasi iltimosnoma bergan taraf zimmasida boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033512" id="-6033512">Dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrayotganda, sudya JPK 405<sup>6</sup>-moddasining <a href="/mact/-111460#-5305886">oʻn uchinchi qismiga</a> asosan, guvohni soʻroq qilishga va iltimosnomada koʻrsatilgan hujjatni ish materiallariga qoʻshishga haqli. Bunda guvoh sifatida faqat tergov harakatlari olib borilishi yoki maqbulligi nizolashilayotgan hujjatlarni olib qoʻyish va ishga qoʻshish holatlari toʻgʻrisida nimadir maʼlum boʻlgan shaxslar soʻroq qilinishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033516" id="-6033516">24. Sud dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, mazkur dalil yuridik kuchini yoʻqotadi va u hukmga yoki boshqa sud qaroriga asos boʻlishi, shuningdek, sud muhokamasi jarayonida bu dalilni tekshirish va undan foydalanish mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033520" id="-6033520">Ayni paytda ishni mazmunan koʻrish davomida taraflar ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033537" id="-6033537">25. Sudyaning dastlabki eshituv oʻtkazilishi natijalari boʻyicha chiqargan ajrimi ustidan JPK <a href="/mact/-111460#-5305955">405<sup>15</sup>-moddasiga</a> muvofiq, apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7335811" id="edi-7335811"><a href="/mact/-6033146?ONDATE=14.05.2022 00#-6033542">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7335811" id="-7335811"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7335814" id="-7335814">26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarga ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrayotganda birinchi instansiya sudlari tomonidan jinoyat-protsessual qonunining jinoyat ishlarini sudda muhokama etishga tayyorlash va dastlabki eshituv oʻtkazilishini tartibga soluvchi normalariga rioya qilinishiga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7335817" id="-7335817">(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308304">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6033552" id="-6033552">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6033594" id="-6033594">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6033597" id="-6033597">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6033599" id="-6033599">2022-yil 14-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6033601" id="-6033601">6-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
