

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4116801" id="onLBC-4116801">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7530"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4116801" id="onLS-4116801">[<b>TSZ:</b><div id="LS3808"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4116848" id="-4116848">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4116849" id="-4116849">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4116852" id="-4116852">Sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishni tartibga soluvchi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4116853" id="-4116853"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4116856" id="-4116856">Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-97664">kodeksiga</a> kiritilgan oʻzgartirishlar munosabati bilan sud amaliyotida vujudga kelayotgan masalalar hamda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/mact/-68532#-70640">17-moddasiga </a>asoslanib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4116858" id="-4116858">1. Sudlarning eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-97664">kodeksining </a>(bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishni tartibga soluvchi normalariga qatʼiy rioya etish zarurligiga qaratilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6076838" id="edi-6076838"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-4116865">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6076838" id="-6076838"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6076886" id="-6076886">2. Jinoyat ishlari boʻyicha sudga (bundan buyon matnda sud deb yuritiladi) taalluqli boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar roʻyxati MJtK 245-moddasining <a href="/mact/-97664#-6052283">birinchi qismida</a> nazarda tutilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6076887" id="-6076887">Shuni nazarda tutish lozimki, MJtK 245-moddasining <a href="/mact/-97664#-200977">ikkinchi</a> va <a href="/mact/-97664#-6052517">uchinchi qismlariga </a>asosan, jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga quyidagi ishlar ham taalluqli: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6076888" id="-6076888">huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etganda, har qanday maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6076892" id="-6076892">sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisidagi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6076893" id="-6076893">huquqbuzarga nisbatan MJtK Maxsus qismi moddasining sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6076895" id="-6076895">yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq ravishda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar mansabdor shaxslari va (yoki) ularning xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq ravishda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi, bundan MJtK 60-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 60<sup>1</sup>, 65, 68, 68<sup>1</sup>, 99 (qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida) va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6076897" id="-6076897">bir nechta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi, agar ulardan loaqal bittasi jinoyat ishlari boʻyicha sudga taalluqli boʻlsa; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6076900" id="-6076900">qonun moddasi sanksiyasida jazo sifatida maxsus huquqdan mahrum etish, ashyolarni musodara qilish yoki haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish jazosi nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6076903" id="-6076903">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/mact/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6069432">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4116878" id="-4116878">3. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga tayyorlash vaqtida sudya MJtK <a href="/mact/-97664#-201514">303-moddasiga </a>muvofiq quyidagi masalalarni hal etadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4116880" id="-4116880">1) mazkur ishni koʻrib chiqish sudning vakolatiga kirish-kirmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4116882" id="-4116882">2) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va boshqa materiallar toʻgʻri tuzilgan-tuzilmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4116887" id="-4116887">3) ishni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslar uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan-qilinmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4116891" id="-4116891">4) ish boʻyicha qoʻshimcha materiallarni talab qilish zaruriyati mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4116893" id="-4116893">5) maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari hamda advokatning ish boʻyicha iltimosnomalari mavjudligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4116896" id="-4116896">Ishni koʻrib chiqishga tayyorlash vaqtida sudya ishni toʻgʻri hal etilishi uchun zarur boʻlgan boshqa masalalarni ham hal etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4116897" id="-4116897">4. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga tayyorlash chogʻida quyidagilar aniqlansa, sudya maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs)ga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4116900" id="-4116900">maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish sudga taalluqli boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4116902" id="-4116902">maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzgan organ (mansabdor shaxs) MJtK <a href="/mact/-97664#-201267">281</a>, <a href="/mact/-97664#-201276">282-moddalarida </a>nazarda tutilgan talablar buzilganligi aniqlansa. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117057" id="-4117057">Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qaytarish haqidagi ajrimda qonunning qanday talablari buzilganligi koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117059" id="-4117059">Sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qaytarish haqidagi ajrimi ustidan shikoyat (protest) keltirilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7338389" id="edi-7338389"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-7338387">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7338389" id="-7338389"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338390" id="-7338390">4<sup>1</sup>. Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 283-moddasi (maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydigan hollar) 5 — 7-bandlarida, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmasdan oʻz arizasida huquqbuzarning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqi nazarda tutilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338391" id="-7338391">Sudlarning eʼtibori, mazkur qonun talablariga koʻra taqdim etilgan ariza (shikoyat)lar sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish sifatida mazmunan koʻrib tamomlanishi, ushbu talablarga muvofiq boʻlmagan ariza (shikoyat)lar esa mazkur Plenum qarori 4-bandi talabi asosida ajrim chiqarish orqali qaytarilishi lozimligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338393" id="-7338393">Sudlarga tushuntirilsinki, MJtK va boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan ayrim shaxslarni javobgarlikka tortishda alohida tartib belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338394" id="-7338394">Xususan, harbiy xizmatchilar va yigʻinga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar maʼmuriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar boʻladilar (MJtK 16-moddasi 1-qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338395" id="-7338395">Intizom ustavlari yoki intizom toʻgʻrisidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda maʼmuriy javobgar boʻladilar (MJtK 16-moddasi 2-qismi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338396" id="-7338396">Prokuratura organlari xodimlarining maʼmuriy huquqbuzarliklari uchun javobgarlik masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisi”da Nizom 54-bandining 2-xatboshisi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338397" id="-7338397">Sudya tegishli sudyalar malaka hayʼatining xulosasi olinmasdan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas (“Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun 64-moddasining, 5-bandi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338399" id="-7338399">Sudlar yuqoridagi shaxslarga nisbatan, shuningdek shu kabi alohida tartib belgilangan boshqa shaxslarga nisbatan kelib tushgan ariza (shikoyat)larni ham mazmunan koʻrmasdan ajrim chiqarish orqali qaytarishlari lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7338401" id="-7338401">(4<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308262">qaroriga </a>asosan kiritilgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6076855" id="edi-6076855"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-4117060">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6076855" id="-6076855"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6076857" id="-6076857">5. Qonunga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ushbu huquqbuzarlik sodir etilgan joyda koʻrib chiqiladi. Shuni nazarda tutish lozimki, MJtK 304-moddasining <a href="/mact/-97664#-1781534">ikkinchi qismida</a> koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar transport vositalari roʻyxatga olingan joyda, MJtK <a href="/mact/-97664#-200571">187-moddasida</a> nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar esa, shunday huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki huquqbuzarning istiqomat joyida koʻrib chiqiladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6076858" id="-6076858">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/mact/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6069432">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6076860" id="edi-6076860"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-4117062">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6076860" id="-6076860"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6076862" id="-6076862">6. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. Biroq alohida toifadagi ishlarni koʻrib chiqish uchun qonunda qisqartirilgan muddatlar nazarda tutilgan “(MJtK 305-moddasining <a href="/mact/-97664#-5712081">ikkinchi</a>, <a href="/mact/-97664#-5865979">uchinchi qismlari</a>, 313<sup>4</sup>-moddasining <a href="/mact/-97664#-5670448">birinchi qismi</a>).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6076865" id="-6076865">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/mact/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6069443">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117064" id="-4117064">7. Sudlarga tushuntirilsinki, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qaror mazmuni, shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar MJtK <a href="/mact/-97664#-201267">281</a>, <a href="/mact/-97664#-201276">282-moddalari </a>talablariga muvofiq boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117066" id="-4117066">Sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qarorni, agar bayonnoma yoki qaror vakolati boʻlmagan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan yoki chiqarilgan, shuningdek, agar unda quyidagilar koʻrsatilmagan boʻlsa, uni tuzgan organ yoki mansabdor shaxsga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytaradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117067" id="-4117067">bayonnoma tuzilgan vaqt va joy, uni tuzgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, mansabi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117069" id="-4117069">maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joy hamda uning mohiyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117070" id="-4117070">huquqbuzarning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117071" id="-4117071">shaxs ilgari maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilganligi haqida maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117072" id="-4117072">jabrlanuvchilar va guvohlarning familiyasi, yashash manzili (agarda ular boʻlsa), huquqbuzarning tushuntirishlari, ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117073" id="-4117073">Sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qarorni, quyidagi hollarda ham qaytaradi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117074" id="-4117074">javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish materiallari bilan tanishtirilmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117075" id="-4117075">javobgarlikka tortilayotgan shaxsga bayonnoma yoki qaror nusxasi topshirilmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117076" id="-4117076">javobgarlikka tortilayotgan shaxsga MJtK <a href="/mact/-97664#-201347">294-moddasida </a>nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117078" id="-4117078">Mavjud boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etishga sarflangan muddat MJtK <a href="/mact/-97664#-197968">36-moddasida </a>nazarda tutilgan muddatlarning oʻtishini toʻxtatmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117080" id="-4117080">8. Sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning MJtK <a href="/mact/-97664#-201347">294-moddasida </a>nazarda tutilgan huquqlarini taʼminlash choralarini koʻrishi shart. Jumladan, maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117081" id="-4117081">ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, oʻz iltimosini bayon etishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117083" id="-4117083">advokatning yuridik yordamidan foydalanishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117085" id="-4117085">ishni koʻrib chiqishda qatnashishga, oʻz ona tilida soʻzlashga yoki tarjimon xizmatidan foydalanishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117087" id="-4117087">qaror ustidan shikoyat berishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117089" id="-4117089">Maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs oʻzining aybsizligini isbotlashga majbur emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117091" id="-4117091">Maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs huquqlarining buzilishi maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117093" id="-4117093">9. Tushuntirilsinki, qonunga koʻra (MJtK <a href="/mact/-97664#-197853">13-moddasi</a>) maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan paytda oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6689172" id="edi-6689172"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-4117097">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6689172" id="-6689172"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689184" id="-6689184">Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisidagi” nizomda koʻrsatilgan choralar qoʻllaniladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6689193" id="-6689193">(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli <a href="/mact/-6683558?ONDATE=20.11.2023 01#-6683767">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6689194" id="edi-6689194"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=14.05.2022 00#-6076866">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6689194" id="-6689194"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689197" id="-6689197">Voyaga yetmagan maʼmuriy huquqbuzarga nisbatan materiallarni bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga yuborish masalasini hal etishda shuni nazarda tutish lozimki, ichki ishlar organi xodimining yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik huquqbuzarligi haqidagi ishlar ushbu komissiyaga berilishi mumkin emas (MJtK 14-moddasining <a href="/mact/-97664#-3696742">ikkinchi qismi</a>).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6689200" id="-6689200">(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli <a href="/mact/-6683558?ONDATE=20.11.2023 01#-6683770">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117112" id="-4117112">10. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi har bir ishni koʻrib chiqishda sud quyidagilarni aniqlashi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117115" id="-4117115">maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117122" id="-4117122">huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117124" id="-4117124">huquqbuzarlik sodir etishda ushbu shaxsning aybdor-aybdor emasligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117125" id="-4117125">qonunga koʻra shaxs mazkur huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilish-tortilmasligini; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117126" id="-4117126">javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar bor-yoʻqligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117127" id="-4117127">huquqbuzarlik oqibatida mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117128" id="-4117128">ishni toʻgʻri hal etishda ahamiyatga molik boshqa holatlarni. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117129" id="-4117129">Sudlarga tushuntirilsinki, dalillarga, shu jumladan, ishda qatnashuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan foto, audio va video yozuvlarga, shuningdek, internet tarmogʻidan olingan maʼlumotlarga baho berish uchun tegishli mutaxassis jalb qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117131" id="-4117131">Sudlar dalillarga baho berishda MJtK <a href="/mact/-97664#-201245">276</a>, <a href="/mact/-97664#-201250">277-moddalari </a>talablariga rioya etishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117134" id="-4117134">11. Sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda ishni toʻgʻri hal etishda ahamiyatga molik boʻlgan, MJtK <a href="/mact/-97664#-201546">307-moddasida </a>nazarda tutilgan barcha holatlarni aniqlashi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117136" id="-4117136">Huquqbuzarlik fakti haqidagi va uni sodir etishda shaxsning aybdorligi masalasini aniqlashda, sud nafaqat taqdim etilgan materiallarni tekshirishi, balki, zarurat boʻlganda, qoʻshimcha dalillarni talab qilishi, xususan, huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzgan mansabdor shaxsni, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishi, ekspertiza tayinlashi va boshqa harakatlarni amalga oshirishi shart.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6689205" id="edi-6689205"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-6689201">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6689205" id="-6689205"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689206" id="-6689206">11<sup>1</sup>. Sudlar tomonidan MJtKning <a href="/mact/-97664#-6436681">41<sup>1</sup>-moddasi </a>va <a href="/mact/-97664#-200538">183-moddasida </a>nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda, quyidagi holatlarga eʼtiborlarini qaratishlari lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689208" id="-6689208">Shaxsning harakatlarini MJtKning <a href="/mact/-97664#-6436681">41<sup>1</sup>-moddasi</a> (shahvoniy shilqimlik) yoki 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan haqoratomuz shilqimlik belgisi bilan kvalifikatsiya qilishda shaxsning ushbu harakatni sodir qilishdan koʻzlagan maqsadini aniqlash lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689209" id="-6689209">Xususan shaxsning harakati shahvoniy shilqimlik qilishdan iborat boʻlib, shaxsning xohishiga qarshi ravishda unga nisbatan shahvoniy tusdagi har qanday murojaat (masalan ogʻzaki yoki yozma murojaat, internet orqali elektron xat-xabarlar, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga qaratilgan shahvoniy tusdagi xabarlar yuborish va h.k.) va (yoki) jismoniy harakat qilish. Bunga misol sifatida shahvoniy imo-ishoralar, yaʼni jinsiy aloqaga ishora qilib chaqirish, qaddi-qomatni shahvoniy tusda tavsiflash, xohishiga zid ravishda uni quchoqlash, oʻpish, teginish, silash, boshqa jismoniy kontakt turlari va hokazo harakatlar tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689210" id="-6689210">Shahvoniy shilqimlik notanish insonga qaratilishi bilan bir qatorda tanish boʻlgan, odatda esa bir ish joyida ishlaydigan hamkasbga yoki rahbar tomonidan bevosita uning funksional tobeligida boʻlgan xodimga nisbatan sodir etilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689212" id="-6689212">Haqoratomuz shilqimlik deganda shaxsning maqsadi fuqarolarga haqoratomuz tegajogʻlik qilishdan iborat boʻlib, boshqa shaxsning obroʻ-eʼtibori, izzat-shaʼnini haqoratlash, kamsitish hamda ularning tinchligini buzishga qaratilib, bunga, fuqaroni inson qadr-qimmatini haqoratlovchi suhbatga zoʻrlab tortish, shilqimlik bilan uning qoʻlini siltash yoki kuch bilan qoʻlidan ushlash, bosh kiyimini yulqib olish, sigaret tutunini uning yuziga puflash va hokazo harakatlar tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689213" id="-6689213">Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan shahvoniy shilqimlik koʻrinishidagi uyatsiz-buzuq harakatlar JK 129-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6689218" id="-6689218">(11<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli <a href="/mact/-6683558?ONDATE=20.11.2023 01#-6683771">qaroriga </a>asosan kiritilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117238" id="-4117238">12. Ishni obyektiv va xolisona hal etish maqsadida u maʼmuriy huquqbuzarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokida koʻrib chiqilishi lozim. Ish mazkur shaxsning ishtirokisiz faqat u sud majlisi joyi va vaqti haqida oʻz vaqtida xabar qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlgan, va undan ishni koʻrib chiqishni kechiktirish toʻgʻrisida iltimos tushmagan yoki u tomonidan ishni uning ishtirokisiz koʻrishga rozilik berilgan hollarda koʻrib chiqilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117240" id="-4117240">Agar sodir etilgan huquqbuzarlik uchun MJtK muayyan moddasi sanksiyasida maʼmuriy qamoqqa olish, ashyolarni musodara qilish yoki haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish choralarini qoʻllash nazarda tutilgan boʻlsa, maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtiroki majburiydir (MJtK 294-moddasining <a href="/mact/-97664#-3540725">uchinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117242" id="-4117242">13. Ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun maxsus bilimlarga zarurat tugʻilgan hollarda sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha tegishli ekspertiza tayinlash yoki ishda ishtirok etish uchun mutaxassisni jalb qilish haqida ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117245" id="-4117245">Ekspertiza tayinlash yoki ishda ishtirok etish uchun mutaxassisni jalb qilish haqidagi ajrimda ekspertiza tayinlash yoki mutaxassisni jalb etish asoslari, ekspertiza oʻtkaziladigan yoki mutaxassis taklif qilinayotgan muassasaning nomi, ekspert yoki mutaxassis oldiga qoʻyilgan savollar hamda uning ixtiyoriga taqdim etilayotgan materiallar koʻrsatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117246" id="-4117246">Zarur hollarda ekspertiza va tadqiqot ekspert va mutaxassis tomonidan bevosita maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud majlisida oʻtkazilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117249" id="-4117249">14. Sudlarga tushuntirilsinki, MJtK <a href="/mact/-97664#-2727360">17-1-moddasiga </a>asosan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasi egasi (mulkdori), basharti u yuridik shaxsga tegishli boʻlsa — ushbu transport vositasini foydalanishiga masʼul shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117251" id="-4117251">Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror ustidan keltirilgan shikoyatni koʻrib chiqishda qoidabuzarlik qayd etilgan paytda transport vositasini uning egasi (mulkdori) emas, balki boshqa shaxs boshqarganligi yoki mazkur transport vositasi uning egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, bunday hollarda transport vositasi egasi (mulkdori) MJtK 271-moddasining <a href="/mact/-97664#-201198">1-bandiga</a> asosan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday hollarda, zarur hujjatlar tegishli shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun yoʻl harakati xavfsizligi organlariga yuborilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117253" id="-4117253">Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari deganda, maxsus texnika vositalar, shu jumladan foto va video yozuv funksiyasiga ega, avtomatik rejimda ishlaydigan va yoʻl harakati xavfsizligi boshqaruvi kompyuterlashtirilgan tizimining tarkibiy qismi hisoblanadigan foto radarlar tushuniladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7338404" id="edi-7338404"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-7338403">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7338404" id="-7338404"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338405" id="-7338405">Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib ketayotgan transport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda ular kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning maʼmuriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Bunda tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338407" id="-7338407">Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqidagi qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga yoʻl qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7338410" id="-7338410">(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308279">qaroriga </a>asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117255" id="-4117255">15. Ish boʻyicha MJtK <a href="/mact/-97664#-201195">271-moddasida </a>nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117257" id="-4117257">Bunda shuni nazarda tutish lozimki, MJtK 271-moddasining <a href="/mact/-97664#-3095223">11-bandiga </a>asosan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarlik oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan yoki yetkazilgan moddiy zarar oʻrnini qoplagan hollarda, ish yuritish tugatilishi lozim, fuqarolar hayoti va (yoki) sogʻligʻiga zarar yetkazilgan hollar bundan mustasno. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4117259" id="-4117259"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5574957" id="edi-5574957"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-5574952">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5574957" id="-5574957"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5574965" id="-5574965">16. Sudlarga tushuntirilsinki, huquqbuzarlik kam ahamiyatliligi sababli shaxsning maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinishi (MJtK <a href="/mact/-97664#-1780127">21-moddasi</a>) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritishni istisno etuvchi holat hisoblanmaydi. Sud bunday qarorga faqat ish mazmunan koʻrib chiqilgandan va shaxs huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgandan soʻng kelishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5574968" id="-5574968">(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli <a href="/mact/-5471379?ONDATE=10.06.2021 00#-5476435">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5574916" id="edi-5574916"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-4117261">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5574916" id="-5574916"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5574919" id="-5574919"><a href="/mact/-97664">MJtKda </a> kam ahamiyatli huquqbuzarlik tushunchasi ochib berilmaganligi tufayli, sodir etilgan huquqbuzarlikni bunday deb topish masalasi sud tomonidan ishning muayyan holatlari, huquqbuzarlikning xususiyati, shu jumladan, <a href="/mact/-97664">MJtK</a> bilan qoʻriqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jiddiy tarzda buzilgan-buzilmaganligidan, aybdorning shaxsi, huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy yoki qoplangan maʼnaviy zarar miqdoridan kelib chiqqan holda hal etilishi lozim;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5574974" id="-5574974">(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli <a href="/mact/-5471379?ONDATE=10.06.2021 00#-5476441">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5574979" id="edi-5574979"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-5574977">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5574979" id="-5574979"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5574982" id="-5574982">Ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklarning obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlar <a href="/mact/-97664">MJtK</a> bilan qoʻriqlanadigan jamoat munosabatlarini jiddiy buzishini inobatga olib, bunday huquqbuzarliklar hech bir holda ham kam ahamiyatli deb topilishi mumkin emas. Bunday huquqbuzarliklarga, jumladan, MJtK 54-moddasi <a href="/mact/-97664#-4775816">ikkinchi qismi</a>, <a href="/mact/-97664#-5451213">99</a>, <a href="/mact/-97664#-199957">131-moddalari</a>, 135-moddasi <a href="/mact/-97664#-199985">ikkinchi</a> va <a href="/mact/-97664#-199988">uchinchi qismlari</a>, <a href="/mact/-97664#-1781427">136-moddasida</a> nazarda tutilgan huquqbuzarliklar kiradi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5574983" id="-5574983">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli <a href="/mact/-5471379?ONDATE=10.06.2021 00#-5476447">qaroriga</a> asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117263" id="-4117263">Maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni undirish (maʼnaviy zararni qoplash) masalasi fuqarolik sud ishini yuritish tartibida hal etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117265" id="-4117265">17. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda shaxsning harakatlari notoʻgʻri kvalifikatsiya qilinganligini aniqlansa, sud ushbu harakatlarni <a href="/mact/-97664">MJtK</a> tegishli, shu jumladan, ogʻirroq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasiga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117267" id="-4117267">Sud huquqbuzarlik holatida shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, sud MJtK <a href="/mact/-97664#-201254">278-moddasiga </a>muvofiq materiallarni prokurorga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117268" id="-4117268">18. MJtK <a href="/mact/-97664#-197968">36-moddasiga </a>asosan maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, u aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirilmasdan qoʻllanilishi mumkin. Jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan boʻlib, ammo huquqbuzarning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlsa, huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlanganidan bir yil oʻtmagan holda maʼmuriy jazo chorasi jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmasdan qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117270" id="-4117270">MJtK 36-moddasining <a href="/mact/-97664#-197971">uchinchi qismiga </a>muvofiq mazkur muddatlar ashyolarni bojxonaga doir qonun hujjatlari asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117272" id="-4117272">19. Shuni nazarda tutish lozimki, sud MJtK <a href="/mact/-97664#-197942">31-moddasida </a>nazarda tutilmagan holatlarni ham yengillashtiruvchi holatlar deb topishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117274" id="-4117274">MJtK <a href="/mact/-97664#-197951">32-moddasida </a>nazarda tutilgan maʼmuriy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlarning roʻyxati qatʼiy belgilangan boʻlsa-da, biroq sud maʼmuriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab mazkur holatlardan har qaysisini, qarorda buni asoslantirgan holda, ogʻirlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117276" id="-4117276">20. Sudlarga tushuntirilsinki:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5575085" id="edi-5575085"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-4117277">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5575085" id="-5575085"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5575088" id="-5575088">qonun sanksiyada nazarda tutilganidan yengilroq maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganda qarorning xulosa qismida faqat MJtK <a href="/mact/-97664#-197959">33-moddasini </a>qoʻllagan holda tayinlangan jazo turi va miqdori koʻrsatilishi lozim boʻlib, yengilroq jazo tayinlanishi sabablari (masalan, maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi, shuningdek, huquqbuzarning ogʻir moddiy ahvoldaligidan dalolat beruvchi holatlar) qarorning bayon qismida koʻrsatiladi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5575092" id="-5575092">(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli <a href="/mact/-5471379?ONDATE=10.06.2021 00#-5476454">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117280" id="-4117280">bir necha huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganda MJtK <a href="/mact/-97664#-197959">33-moddasi </a>huquqbuzarliklar majmui uchun emas, balki alohida huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117282" id="-4117282">MJtK <a href="/mact/-97664#-197959">33-moddasini </a>qoʻllashda, sud qonun sanksiyasida nazarda tutilgan qoʻshimcha jazoni qoʻllamaslikka haqli boʻlib, bu qarorining bayon qismida asoslantirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117285" id="-4117285">21. Sudlarga tushuntirilsinki, sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo tizimi MJtK <a href="/mact/-97664#-197904">23-modasida </a>belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117288" id="-4117288">Shuni nazarda tutish lozimki, maʼmuriy jazolarning bir-biriga nisbatan ogʻirligi darajasi MJtK 23-moddasining <a href="/mact/-97664#-197905">birinchi qismida </a>belgilangan ketma-ketlik asosida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117289" id="-4117289">22. Sud muayyan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo chorasi va turini belgilashda maʼmuriy jazo qoʻllanilishining umumiy qoidalariga amal qilishi lozim, unga binoan jazoni qoʻllash chogʻida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi (MJtK <a href="/mact/-97664#-197939">30-moddasi</a>). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117291" id="-4117291">23. MJtK <a href="/mact/-97664#-197914">24-moddasiga </a>muvofiq ashyolarni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish, musodara qilish va maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham qoʻshimcha maʼmuriy jazo tariqasida qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6689222" id="edi-6689222"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-6689220">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6689222" id="-6689222"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689225" id="-6689225">23<sup>1</sup>. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish tariqasidagi maʼmuriy jazo voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni yoxud ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash uchun qoʻllaniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689230" id="-6689230">Bunda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar ish haqining ellik foizi aliment majburiyatlari boʻyicha qarzni toʻlashga yoʻnaltirilishi tushuntirilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689231" id="-6689231">Haq toʻlanadigan jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga (ayollar 55 yoshdan, erkaklar 60 yoshdan), oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, doimiy ishga ega shaxslarga, harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6689236" id="-6689236">(23<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli <a href="/mact/-6683558?ONDATE=20.11.2023 01#-6683780">qaroriga </a>asosan kiritilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117293" id="-4117293">24. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qamoqqa olish tariqasidagi maʼmuriy jazo qoʻllanilishiga alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117294" id="-4117294">Maʼmuriy qamoqqa olish muddati huquqbuzar bayonnomani tuzish uchun olib kelingan yoki u maʼmuriy ushlab turilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117295" id="-4117295">MJtK 29-moddasining <a href="/mact/-97664#-197937">ikkinchi qismiga </a>asosan maʼmuriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi boʻlgan ayollarga, oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaxslarga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga, shuningdek birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117296" id="-4117296">25. Tushuntirilsinki, maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish turidagi maʼmuriy jazo chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan faqat MJtK 29-1-moddasining <a href="/mact/-97664#-2971186">ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qoʻllaniladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6689242" id="edi-6689242"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=30.11.2018 00#-6689241">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6689242" id="-6689242"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689245" id="-6689245">Bunda, MJtK 29<sup>1</sup>-moddasining <a href="/mact/-97664#-6436662">uchinchi qismiga</a> asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aliment toʻlash boʻyicha majburiyatlarga ega boʻlgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6689250" id="-6689250">(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli <a href="/mact/-6683558?ONDATE=20.11.2023 01#-6683798">qaroriga </a>asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117297" id="-4117297">26. Sudlar immunitetga ega boʻlgan shaxslarni javobgarlik masalasini hal etishda chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik tashkilotlarining xodimlariga, shuningdek ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi <a href="/mact/-1976634#-1976904">yoʻriqnomaga</a> amal qilishi zarur (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2012-yil 13-fevraldagi 7, 5, 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 13-martda 2338-son bilan roʻyxatga olingan).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117298" id="-4117298">27. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qaror MJtK <a href="/mact/-97664#-201567">309-moddasida </a>belgilangan talablarga javob berishi va ishni koʻrib chiqish yakunlanganidan soʻng zudlik bilan eʼlon qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117299" id="-4117299">Sud maʼmuriy jazoni qoʻllash bilan bir vaqtda aybdor shaxs tomonidan moddiy zararni undirish masalasini hal etishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117300" id="-4117300">Agar sud maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zarar miqdori toʻgʻrisidagi masalani toʻgʻri hal etish uchun asoslar yetarli emasligi haqida xulosaga kelsa, manfaatdor shaxslarga ushbu masalalarni fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etish tushuntiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117302" id="-4117302">28. Sudlarga fuqarolarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sud hujjatini eʼlon qilgandan soʻng sud hujjatining mazmunini va uni qabul qilishga asoslarini tushuntirish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4117303" id="-4117303">29. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, MJtK <a href="/mact/-97664#-201589">313-moddasiga </a>muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlar aniqlanganda sud ularni bartaraf qilish yuzasidan huquqbuzarning oʻquv, ish yoki yashash joyiga taqdimnoma kiritishi lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5575100" id="edi-5575100"><a href="/mact/-4116801?ONDATE=20.04.2021 00#-5423121">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5575100" id="-5575100"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5575101" id="-5575101">30. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5575104" id="-5575104">maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni toʻgʻri va muddatida koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5575106" id="-5575106">maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sudlar tomonidan maʼmuriy jazo choralarini tayinlashga doir qonun normalarining toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlasin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5575107" id="-5575107">quyi sudlarga amaliy yordam koʻrsatib, mazkur toifaga oid ishlar, shu jumladan, maʼmuriy jazo choralarini tayinlash boʻyicha sud amaliyotini muntazam umumlashtirib borsin va yoʻl qoʻyilgan xatolarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5575111" id="-5575111">(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli <a href="/mact/-5471379?ONDATE=10.06.2021 00#-5476457">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4118533" id="-4118533">31. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi “Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 22-sonli <a href="/mact/-1449823">qarori</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4117313" id="-4117313">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi K. KAMILOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4117318" id="-4117318">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4117320" id="-4117320">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4117323" id="-4117323">2018-yil 30-noyabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4117325" id="-4117325">35-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
