1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-136-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi sababli mazkur Kodeks ham oʻz kuchini yoʻqotgan.
LexUZ sharhi
Mazkur Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2019-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-599-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QISM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga (bundan buyon matnda budjet deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlash bilan bogʻliq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 1-bandining birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar ushbu Kodeks bilan belgilanadi, oʻzgartiriladi yoki bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, ushbu Kodeks qoidalari qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 3, 16-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 1.1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjat quyidagi hollarda ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi, agar hujjat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga ega boʻlmagan organ tomonidan qabul qilingan boʻlsa yoki normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 3 va 4-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 12 — 21, 25-26-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti”ning III — V-boʻlimlari, “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (roʻyxat raqami 2565, 28.02.2014-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soliq munosabatlari subyektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa, soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarining mazmunini, ular harakatlarining asoslari, shartlari, ketma-ketligi yoki tartibini oʻzgartirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Kodeksda belgilangan tushunchalar mazmunini oʻzgartirgan yoki bu tushunchalar ushbu Kodeksda qoʻllanilganidan boshqacha maʼnoda qoʻllanilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda, soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari mazkur hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur oʻzgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur oʻzgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, bu hujjat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 178 — 183-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining vaqt boʻyicha amal qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining toʻrtinchi, beshinsi, oltinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni bekor qilish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini kamaytirish, soliq toʻlovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega boʻlishi mumkin, agar bu soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar belgilanishini, imtiyozlar toʻliq yoki qisman bekor qilinishini, soliq solinadigan baza oshirilishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ular rasmiy eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kamida uch oy oʻtgach, amalga kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalari oʻzgartirilishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, agar ularda kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular rasmiy eʼlon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran amalga kiritiladi.
(3-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida koʻrsatilmagan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, agar bu hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining oltinchi, yettinchi xatboshilari.
(3-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq toʻlovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoidalari ushbu Kodeksda belgilangan prinsiplarga zid boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Soliq solishning majburiyligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasi, mazkur Kodeks 32-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech kimning zimmasiga ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoki uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Soliq solishning aniqligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar aniq boʻlishi kerak. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari har bir soliq toʻlovchi qaysi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, qachon, qancha miqdorda hamda qay tartibda toʻlashi kerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni belgilashda, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning elementlari aniqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Soliq solishning adolatliligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish umumiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi kerak. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha yakka tartibdagi xususiyatga ega boʻlgan imtiyozlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar kamsitish xususiyatiga ega boʻlishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qoʻllanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Soliq tizimining yagonaligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tizimi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq toʻlovchilarga nisbatan yagonadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablagʻlarning erkin muomalada boʻlishini bevosita yoki bilvosita cheklab qoʻyadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi shart. Barchaning eʼtibori uchun rasmiy eʼlon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi koʻrsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanksiyani qoʻllashga asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Soliq toʻlovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib boʻlmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq toʻlovchining foydasiga talqin qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 1.2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va begʻaraz xususiyatga ega boʻlgan, budjetga yoʻnaltiriladigan majburiy pul toʻlovlari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa majburiy toʻlovlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy pul toʻlovlari, bojxona toʻlovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni toʻlovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun toʻlanishi lozim boʻlgan yigʻimlar, davlat boji tushuniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 23-moddasining uchinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Soliq toʻlovchilar. Soliq agentlari. Soliq toʻlovchining vakillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq agentlari ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, soliq toʻlovchidan ushlab qolish hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining vakillari qonunga yoki taʼsis hujjatiga muvofiq soliq toʻlovchining vakili boʻlishga vakolatli shaxslardir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 43-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda “soliq toʻlovchi” tushunchasining qoʻllanilishi uning “soliq agenti”, “soliq toʻlovchining vakili” maʼnosida ham ishlatilishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) davlat soliq xizmati organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bojxona organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi Qonunining 6-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) moliya organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining moliya boʻlimlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi 2847-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizom”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) boshqa majburiy toʻlovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Soliq munosabatlarining subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar va vakolatli organlar soliq munosabatlarining subyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega boʻlgan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda daʼvogar va javobgar boʻla oladigan tashkilot;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti;
(16-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notijorat tashkilotlari deganda foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni oʻz qatnashchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notijorat tashkilotlariga budjet tashkilotlari, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar kiradi.
(17-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 40-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari, 73 — 78-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Rezidentlar va norezidentlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat Oʻzbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning quyidagilar sifatida turgan davri uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda turgan vaqtiga kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega boʻlgan shaxs sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga koʻra tuzilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarning oila aʼzosi sifatida, bunday jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 22-moddasining oʻn beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) faqat bir chet davlatdan boshqa chet davlatga Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtish (tranzit oʻtish) uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) agar bu jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasida faqat turist sifatida, davolanish yoki dam olish maqsadlari bilan turgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan mezonlarga javob bermaydigan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deganda norezident Oʻzbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, shu jumladan faoliyatni vakolatli shaxs orqali amalga oshirayotgan har qanday joy eʼtirof etiladi. Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida har qanday ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr ichida bir yuz sakson uch kalendar kunidan ortiq davom etadigan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi ham eʼtirof etiladi.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 19-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doimiy muassasa” tushunchasi faqat soliq sohasidagi maqomni aniqlash uchun qoʻllaniladi va tashkiliy-huquqiy ahamiyatga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doimiy muassasa” tushunchasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tovarlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, butlash, qadoqlash, oʻrash-joylash, realizatsiya qilish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) har qanday boshqaruv joyi, vakolatxona, filial, boʻlim, byuro, idora, ofis, xona, agentlik, fabrika, ustaxona, sex, laboratoriya, doʻkon, omborni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tabiiy resurslarni qazib olish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni: shaxta, kon, neft va (yoki) gaz qudugʻini, karyerni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) quvur, gaz quvuri, tabiiy resurslarni qidirish va (yoki) ishlatish, asbob-uskunalarni oʻrnatish, montaj qilish, yigʻish, sozlash, ishga tushirish va (yoki) ularga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyat (shu jumladan nazorat yoki kuzatuv faoliyati) amalga oshiriladigan har qanday joyni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) oʻyin avtomatlari (shu jumladan pristavkalar), kompyuter tarmoqlari va aloqa kanallari, attraksionlar, transport yoki boshqa infratuzilmadan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qurilish maydonini (qurilish, montaj qilish yoki yigʻish obyektini), shuningdek ushbu obyektlarda ishlarning bajarilishini kuzatib borish bilan bogʻliq xizmatlarni. Har bir qurilish maydoni ishlar boshlangan kundan eʼtiboran alohida doimiy muassasani tashkil etuvchi sifatida qaraladi. Agar yordamchi pudratchilar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentlari boʻlsa, ularning faoliyati ham shu qurilish maydonida ishlar boshlangan kundan eʼtiboran yordamchi pudratchilarning alohida doimiy muassasasi sifatida qaraladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti bilan shartnoma munosabatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasida uning manfaatlarini ifoda etuvchi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining ushbu norezidenti nomidan faoliyat koʻrsatuvchi, Oʻzbekiston Respublikasining shu norezidenti nomidan kontraktlar tuzish vakolatiga ega boʻlgan va undan muntazam foydalanuvchi shaxs orqali faoliyatni amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan va Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga tegishli boʻlgan, u tomonidan ijaraga olinayotgan yoki boshqacha tarzda foydalanilayotgan omborlardan (shu jumladan bojxona omborlaridan) tovarlarni realizatsiya qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) boshqa ishlarni amalga oshirishni, oʻzga xizmatlar koʻrsatishni, boshqa faoliyatni olib borishni, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan faoliyat bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻllar qurilishi yoki foydali qazilmalarni qidirish kabi muayyan hollarda, yaʼni faoliyat olib boriladigan joy muntazam oʻzgarib turadigan hollarda, doimiy joyni belgilashning boshqa mezonlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda butun loyiha uning koʻchma xususiyatidan qatʼi nazar, doimiy muassasa sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doimiy muassasa” tushunchasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tayyorgarlik va yordamchi xususiyatga ega boʻlgan faoliyatni amalga oshirishni, ular jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga tegishli tovarlarni realizatsiya qilish boshlanguniga qadar binolardan faqat mazkur tovarlarni saqlash, namoyish etish va (yoki) yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga tegishli tovarlar zaxiralarini tovarlar realizatsiya qilinguniga qadar mazkur zaxiralarni faqat saqlash, namoyish etish va (yoki) yetkazib berish maqsadida saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy faoliyat joyini faqat Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan tovarlarni xarid qilish maqsadlari uchun saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy faoliyat joyini faqat axborot toʻplash, ularga ishlov berish va (yoki) tarqatish (sotish huquqisiz), Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining tovarlari (ishlari, xizmatlari) marketingini olib borish, ularni reklama qilish yoki ularning bozorini oʻrganish uchun, agar bunday faoliyat norezidentning asosiy faoliyati boʻlmasa, saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy faoliyat joyini faqat ushbu bandda sanab oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday kombinatsiyasini amalga oshirish uchun, bunday kombinatsiya natijasida vujudga kelgan faoliyat majmui tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlishi sharti bilan saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mustaqil vositachi: broker, vositachi, ishonchli vakil, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi yoki vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki shunga oʻxshash boshqa shartnoma asosida faoliyat koʻrsatuvchi va Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti nomidan kontraktlarga imzo qoʻyish vakolati berilmagan har qanday boshqa shaxs orqali faoliyatni amalga oshirishni. Mustaqil vositachi deganda oʻzining odatiy (asosiy) faoliyati doirasida ish olib boradigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining norezidentidan yuridik va iqtisodiy jihatdan mustaqil boʻlgan shaxs tushuniladi;
(20-modda beshinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish operatsiyalarini, shu jumladan faqat Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti nomidan tuziladigan va Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarni xarid qilish, shuningdek tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga eksport qilish boʻyicha operatsiyalar bilan bogʻliq tashqi savdo kontraktlari doirasida operatsiyalarni amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan qimmatli qogʻozlarga, yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa mol-mulkka egalik qilishni. Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti bunday yuridik shaxs zimmasiga vakillik vazifalarini ham yuklasa, ushbu qismning 1-bandiga muvofiq tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlgan vazifalar bundan mustasno, bunday yuridik shaxs mustaqil soliq toʻlovchi boʻlishi bilan birga bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi sifatida ham qaraladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan doimiy muassasaning belgilari mavjud boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentiga xodimlar ajratishni, agar bunday xodimlar faqat ular oʻzlari yuborilgan tashkilot nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab ish koʻrsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish boshlangan kunni qatʼiy belgilash mumkin boʻlsa, doimiy muassasa shu kunda tashkil etilgan deb hisoblanadi. Agar bunday kunni qatʼiy belgilash mumkin boʻlmasa, quyida keltirilayotgan kunlardan biri doimiy muassasa tashkil etilgan kun deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish boshlanadigan, kontraktda koʻrsatilgan kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar litsenziya muayyan kontrakt boʻyicha biron bir ishni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish maqsadida olingan boʻlsa, litsenziyaning amal qilishi boshlanadigan kun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan harakatlardan eng oldingisi sodir etilganda, doimiy muassasa tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish maydoni (qurilish, montaj qilish yoki yigʻish obyekti) pudratchiga maydonni topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan paytdan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy muassasa shu muassasa orqali olib borilayotgan faoliyat tugatilgan paytdan eʼtiboran tugatilgan hisoblanadi. Agar mazkur paytni qatʼiy aniqlab boʻlmasa, quyida keltirilayotgan kunlarning eng keyingisi doimiy muassasaning faoliyati tugatilgan kun deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi imzolangan kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi tomonidan bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash uchun oxirgi hisobvaraq berilgan kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining yakuniy hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga amalda taqdim etilgan kun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy ijara mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) egalik qilish va foydalanishga oʻn ikki oydan ortiq muddatga shartnoma boʻyicha topshirishda vujudga keladigan ijara munosabatlaridir. Bunda moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
(21-moddaning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara obyekti ijara oluvchining mulkiga oʻtsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara obyekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq boʻlsa yoki moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymatining 20 foizidan kam boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijaraga oluvchi moliyaviy ijara obyektini shu huquqni amalga oshirish sanasidagi bozor qiymatidan past narx boʻyicha sotib olish huquqiga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy ijara shartnomasining amal qilishi davrida ijara toʻlovlarining joriy diskontlangan qiymati moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan oshib ketsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(21-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ish joyi — ish beruvchi mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart boʻlgan ish joyi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasi, “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 402, 29.01.2008-y.) 1.1–1.6-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari boʻyicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyati;
(22-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot — birgalikdagi faoliyat natijasi boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan ajratiladigan subsidiya — davlat tomonidan muayyan maqsadlar uchun budjet hisobidan beriladigan pul mablagʻlari; soliq toʻlovchiga muayyan maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlar hisobiga boʻshaydigan mablagʻlar;
(22-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
[SPiT:
1.Извините, отсутствует описание....]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grant — davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan roʻyxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga begʻaraz asosda beriladigan mol-mulk, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga begʻaraz asosda beriladigan mol-mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[SPiT:
1.Извините, отсутствует описание....]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlar — aksiyalar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan daromad; yuridik shaxs tomonidan uning muassislari oʻrtasida (ishtirokchilari, aʼzolari oʻrtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari boʻyicha) taqsimlanadigan sof foydaning va (yoki) oʻtgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi; yuridik shaxs tugatilganda mol-mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek muassis (ishtirokchi, aʼzo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, aʼzo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi, taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish uchun yoʻnaltirilgan taqdirda, yuridik shaxs aksiyadorining, muassisining (ishtirokchisining, aʼzosining) qoʻshimcha aksiyalar qiymati, ulush (pay, hissa) qiymatining oshishi tarzida olingan daromadlari;
(22-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara (lizing) toʻlovi — ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) toʻlaydigan summa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ning (roʻyxat raqami 1946, 24.04.2009-y.) 14-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi — buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) toʻlovi summasi bilan ijara (lizing) obyektining qiymatini qoplash summasi oʻrtasidagi farq koʻrinishidagi ijara (lizing) toʻlovining bir qismi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ning (roʻyxat raqami 1946, 24.04.2009-y.) 15-bandi.
[SPiT:
1.Извините, отсутствует описание....]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik yordami — aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq maqsadli begʻaraz koʻmaklashish. Insonparvarlik yordami dori vositalari va tibbiy ahamiyatga molik buyumlar, xalq isteʼmoli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy ravishdagi xayr-ehsonlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar, shu jumladan insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tariqasida beriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolatli tashkilotlar orqali taqsimlanadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisida”gi nizomning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish — ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) joyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasining beshinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkilotlari — tegishli litsenziyaga ega boʻlgan banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari;
(22-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurs boʻyicha farq — milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining oʻzgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar — belgilangan mezonga xodimlarining soni boʻyicha mos keladigan yuridik shaxslar;
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk — egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish obyektlari boʻla oladigan moddiy obyektlar, shu jumladan pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, ulushlar (paylar, hissalar) hamda nomoddiy obyektlar;
(22-moddaning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila aʼzolari — er (xotin), ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar va bolalar, shu jumladan farzandlikka olinganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operativ ijara — moliyaviy ijara shartnomasi boʻlmagan mulkiy ijara (ijaraga berish) shartnomasi asosida mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 535-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni 1-modassining birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilish — sotish, ayirboshlash, begʻaraz berish maqsadida tovarlarni joʻnatish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shuningdek garovga qoʻyilgan tovarlarga boʻlgan mulk huquqini garovga qoʻyuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish. Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, tovarlar joʻnatilganligini (topshirilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlardir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
royalti — quyidagilar uchun har qanday turdagi toʻlovlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, adabiyot va sanʼat asarlaridan, shu jumladan elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlar, audiovizual asarlardan hamda turdosh huquqlar obyektlaridan, jumladan ijrolar va fonogrammalardan foydalanganlik yoxud ulardan foydalanish huquqini berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat mulki obyektiga, tovar belgisiga (xizmat koʻrsatish belgisiga), savdo markasiga, dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy formula yoki jarayonga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi patentdan (guvohnomadan) yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborotdan (nou-xaudan) foydalanganlik uchun;
(22-moddaning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1041 — 1079-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 12, 15, 19, 21, 23, 25, 26 — 31, 33-moddalari, Uzbekiston Respublikasi “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 7, 8, 12, 13-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo faoliyati — qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni sotishga doir faoliyat;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinnig 2002-yil 26-noyabrdagi 407-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 2, 3-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinnig 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq monitoringi — soliq nazoratining insofli soliq toʻlovchilariga soliq solishning joriy masalalarini hal qilishda har tomonlama koʻmaklashgan holda, davlat soliq xizmati organlari va insofli soliq toʻlovchilar oʻrtasida kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi shakli;
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuniga asosan yigirma ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi — soliq solishning ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qoʻllanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzi — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasi, shu jumladan ushbu Kodeksda belgilangan muddatida toʻlanmagan moliyaviy sanksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sof tushum — tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi summalarini kiritmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum;
(22-moddaning yigirma oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sof foyda — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tannarx — mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, shuningdek tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi. Tannarx buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti “Baholashning umumiy tushuncha va prinsiplari” (1-BMS)ning (roʻyxat raqami 1604, 24.07.2006-y.) 3-boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom “B”-boʻlimi 1-bandining beshinchi — sakkizinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar oboroti — muayyan davr ichida savdo faoliyatini amalga oshirish chogʻida tovarlarni sotishdan olingan (olinishi lozim boʻlgan), pulda ifodalangan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum — realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan (olinishi lozim boʻlgan) mablagʻlar summasi, shu jumladan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq toʻlash yoki qarzni uzish hisobiga tushadigan mol-mulk qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni eksport qilish — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib chiqish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonun 11-moddasining uchinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov manbai — soliq toʻlovchiga toʻlovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umidsiz qarz — sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud daʼvo qilish muddati oʻtishi oqibatida uzish mumkin boʻlmagan qarz;
[SPiT:
1.Извините, отсутствует описание....]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlar — taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan, tabiat hodisalari (zilzila, koʻchkilar, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini koʻzlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlar boʻlib, qabul qilingan majburiyatlar shular tufayli bajarila olmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foizlar — har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, shuningdek depozit qoʻyilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yutuq — lotereyalar, oʻyinlar, tanlovlar, musobaqalar (olimpiadalar), festivallar va shu kabi boshqa tadbirlarda olingan, natura holida yoki pulda ifodalangan toʻlovlar, sovrinlar va boshqa daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshlar — er, xotin, ota-ona, bolalar, tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillar, bobolar, buvilar, nevaralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestri — soliq toʻlovchilarga oid davlat maʼlumotlar bazasi tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar — buyurtmachiga tegishli xom ashyo va materiallar boʻlib, buyurtmachi ularni mahsulot ishlab chiqarish uchun boshqa shaxsga sanoat asosida qayta ishlashga beradi hamda tuzilgan shartnomaga muvofiq mahsulot keyinchalik buyurtmachiga qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat bilan tasdiqlangan xarajatlar — operatsiya sanasini, summasini, xususiyatini aniqlash va uning ishtirokchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221-modda. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni taʼminlaydigan axborot resursidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 05.09.2017-yilda 2926-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasining buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar soliq toʻlovchining soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali uning yozma arizasi, shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shakldagi arizasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq toʻlovchi va davlat soliq xizmati organi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron hujjat yuborilganda soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti amal qilishi toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisida yoki elektron raqamli imzo kaliti sertifikati bekor qilinganligi haqida maʼlumot olingan boʻlsa, ushbu hujjat soliq toʻlovchiga mazkur maʼlumotlar olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida qogʻozda joʻnatiladi.
(221-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan kiritigan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222-modda. Yirik soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik soliq toʻlovchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan mezonlardan kelib chiqqan holda, soliq maʼmuriyatchiligiga mansub boʻladigan ayrim toifadagi yuridik shaxslardir. Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha mezonlar soliq toʻlovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki oʻzgartirish huquqini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik soliq toʻlovchilar jumlasiga kiritilgan yuridik shaxslar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida bu haqda hisobga qoʻyilgan joy boʻyicha yozma ravishda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
(222-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(23-moddaning ikkinchi qismi 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan— Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(23-modda ikkinchi qismining 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport yigʻimlari.
(23-modda uchinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda ikkinchi qismining 1 — 3-bandlarida, uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida, beshinchi qismining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy toʻlovlardir. Ushbu modda ikkinchi qismining 7 va 8-bandlarida, uchinchi qismining 4-bandida, beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar jumlasiga kiradi.
(23-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamgʻarmalar tashkil etilishi mumkin boʻlib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy toʻlovlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning elementlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq yoki boshqa majburiy toʻlov soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida soliq toʻlovchilar, shuningdek ushbu soliq yoki boshqa majburiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun zarur elementlar belgilab qoʻyilgan taqdirdagina belgilangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning elementlari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq yoki boshqa majburiy toʻlov belgilanayotganda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida soliq imtiyozlari, shuningdek ularning soliq toʻlovchi tomonidan qoʻllanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyekti soliq toʻlovchida soliq yoki boshqa majburiy toʻlov hisoblab chiqarilishi va (yoki) toʻlanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat, harakat natijasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan baza soliq solish obyektining soliq yoki boshqa majburiy toʻlovning stavkasi tatbiqan belgilangan koʻrsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stavka soliq solinadigan bazaning oʻlchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Hisoblab chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va boshqa majburiy toʻlovni hisoblab chiqarish tartibi soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud boʻlsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib, soliq va boshqa majburiy toʻlov summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq va boshqa majburiy toʻlovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organi yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim turdagi soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarishda ularning toʻlanishi lozim boʻlgan eng kam miqdori belgilanadi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi hisoblab chiqariladigan davrdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri bir necha hisobot davriga boʻlinishi mumkin boʻlib, ularning yakunlari boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻlanishi lozim boʻlgan summalarini toʻlash majburiyati yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga kelgan davr hisobot davri boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq toʻlovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy toʻlov toʻlamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda toʻlash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar deb eʼtirof etiladi.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarni berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-oktabrdagi 281-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar vujudga kelgan paytdan eʼtiboran ular amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar boʻshagan mablagʻlarni muayyan maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablagʻlardan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan taqdirda, belgilanmagan maqsadda foydalanilgan summa oʻrnatilgan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirib olinadi. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlar munosabati bilan boʻshagan hamda ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati ichida foydalanilmagan mablagʻlarning summasi imtiyozlar berilayotgan chogʻda belgilangan maqsadlarga mazkur imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan keyin bir yil mobaynida yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda koʻrsatilgan muddatda foydalanilmagan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(30-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari hamda “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun koʻrsatiladigan xizmatlar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi, bundan yagona ijtimoiy toʻlov mustasno.
(30-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Soliq munosabatlari subyektlarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Soliq toʻlovchilarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar haqida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilab qoʻyilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda hamda tartibda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlardan foydalanish;
(31-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, penya va jarimalarning ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan summalarini hisobga olish yoki qaytarib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksda hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan shartlarda va tartibda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlashda oʻzlari yoʻl qoʻygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va ular mansabdor shaxslarining ushbu Kodeksga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlmagan hujjatlari hamda talablarini bajarmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 990-moddalari, mazkur Kodeksning 105-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq toʻlovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi vakillarining mazkur soliq toʻlovchining soliq munosabatlaridagi ishtiroki munosabati bilan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) soliq toʻlovchining harakati (harakatsizligi) deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43 — 47-moddalari,Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvlari oʻtkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash bilan bogʻliq hujjatlar hamda maʼlumotlarni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisdagi kodeksning 198-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq agentlari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarga toʻlanadigan mablagʻlardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarga toʻlangan daromadlarning, ushlab qolingan hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq toʻlovchi boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari ushbu Kodeks hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 5 — 6-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 — 8-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi 2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Moliya Vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 11 — 13-bandlari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM. SOLIQ MAJBURIYATINI BAJARISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Soliq majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyati soliq majburiyati deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq majburiyatini bajarish uchun soliq toʻlovchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksda belgilangan hollarda davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni aniqlashi hamda ularning hisobini yuritishi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43 — 46-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq miqdorda toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Soliq majburiyatini bajarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq majburiyatini bajarish bevosita soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Kodeksga va boshqa qonunlarga muvofiq soliq majburiyatini bajarish boshqa shaxsga yuklatiladigan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning alohida boʻlinmalari boʻyicha soliq majburiyati mazkur alohida boʻlinmalar tomonidan, agar ularga alohida mol-mulk ajratilgan boʻlsa va ular mustaqil balansga ega boʻlsa, mustaqil ravishda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilganda boshqaruv muassisi boʻlgan soliq toʻlovchining soliq majburiyati, agar bu majburiyat unga boshqaruv muassisi tomonidan yuklatilgan boʻlsa, ishonchli boshqaruvchi tomonidan bajarilishi mumkin.
(35-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq toʻlovchiga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda uning bajarilishini taʼminlash choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi soliq majburiyatini muddatidan ilgari bajarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, yil choragi, oy, oʻn kunlik va kun) oʻtishi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatning oʻtishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qoʻyilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati bu majburiyatni bajarish muddatining soʻnggi kuni soat yigirma toʻrtga qadar bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning vafot etishi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirishi bilan.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 36-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 264, 308-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u qoʻshib olish (qoʻshib olingan yuridik shaxsga nisbatan), qoʻshib yuborish, boʻlish va oʻzgartirish orqali qayta tashkil etilganidan keyin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Daʼvo muddati / 03.07.02.00 Daʼvo muddati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta koʻrib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddatining oʻtishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatib turiladi, uziladi va tiklanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 156 — 160-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7-bandining birinchi va uchinchi xatboshilari.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni aniqlash hamda ularning hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni aniqlash hamda ularning hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va boshqa majburiy toʻlovning har bir turi boʻyicha soliq solish obyekti hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilarning daromadlari hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun ular boʻyicha tegishli chegirmalar toʻlov toʻlangan vaqt va pul kelib tushgan sanadan qatʼi nazar, ular taalluqli boʻlgan hisobot davrida aks ettiriladi (hisoblab yozish usuli).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni hisobga olish buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Ayrim hollarda soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini soliq toʻlovchi toʻgʻrisida, shuningdek shunga oʻxshash boshqa soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida oʻzlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2110, 31.05.2010-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻzaro aloqador yuridik shaxslar oʻz tijorat va moliyaviy munosabatlarida oʻzaro aloqador boʻlmagan yuridik shaxslar oʻrtasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan narxlardan farq qiladigan narxlarni qoʻllasa, soliq solinadigan baza tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish narxlari asosida hisoblab chiqariladigan soliq solish obyektini aniqlashda davlat soliq xizmati organlari oʻzaro aloqador boʻlmagan yuridik shaxslar oʻrtasida qoʻllaniladigan narxlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro aloqador yuridik shaxslar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar va ularning chet davlatlar yuridik shaxslari boʻlgan muassislari (ishtirokchilari, aʼzolari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlarning yuridik shaxslari va ularning Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar boʻlgan muassislari (ishtirokchilari, aʼzolari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislari (ishtirokchilari, aʼzolari) ayni bir yuridik yoki jismoniy shaxslar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar va chet davlatlarning yuridik shaxslari.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Hisob hujjatlari. Hisob hujjatlarini tuzish va saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob hujjatlari soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun asos boʻlgan birlamchi hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa hujjatlardan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob hujjatlari qogʻozda va (yoki) elektron shaklda tuziladi hamda ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning hisob hujjatlarini saqlash majburiyatlari uning huquqiy vorisi zimmasiga yuklatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tugatilganda hisob hujjatlari tegishli davlat arxiviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 55-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Alohida-alohida hisob va uni yuritish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan soliq toʻlovchilar soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq toʻlovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki toʻgʻridan-toʻgʻri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga moʻljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida oʻzgartirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari boʻyicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻridan-toʻgʻri hisobga olish usuli qoʻllanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlsa, shu turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin boʻlmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Soliq hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisoboti soliq toʻlovchining soliq va boshqa majburiy toʻlovning har bir turi boʻyicha yoki toʻlangan daromadlar boʻyicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni oʻz ichiga oladigan hujjati boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2439, 22.03.2013-y.) 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Soliq hisobotini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisoboti qogʻozda va (yoki) elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat tarzida tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonunining 5, 6-moddalari, “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishning tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2808, 12.07.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u tadbirkorlik subyekti boʻlmagan yuridik shaxs boʻlsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq toʻlovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs — soliq toʻlovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq toʻlovchiga soliq davri boshlanganidan eʼtiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar boʻlgan davr yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Ushbu qismning qoidalari oʻzgartirish, shuningdek boshqa yuridik shaxsni qoʻshib olish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(44-modda uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 51, 55-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga soliq davri boshlanganidan to yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida xabardor qilingan sanagacha boʻlgan muddat uchun alohida soliq hisoboti tuziladi.
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik soliq toʻlovchining zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Ayrim turdagi soliqlar boʻyicha soliq hisoboti ham ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyilgan joy boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik soliq toʻlovchilar, joylashgan yeridan qatʼi nazar, soliq hisobotini Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi.
(45-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobotini oʻz xohishlariga koʻra quyidagicha taqdim etishga haqli:
(45-modda toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsan olib borib berish tartibida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta orqali buyurtma xat bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotini telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etadi.
(45-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisobotini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish sanasi quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq hisoboti shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etilganda — soliq hisoboti davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilib olingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq hisoboti pochta orqali buyurtma xat bilan taqdim etilganda — aloqa tashkilotining tamgʻasida koʻrsatilgan, pochta joʻnatmasi joʻnatilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq hisoboti elektron hujjat tarzida taqdim etilganda — elektron hujjat davlat soliq xizmati organi tomonidan olingan sana.
LexUZ sharhi
Qarang: “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishning tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 15-bandi (roʻyxat raqami 2808, 12.07.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan soliq hisobotini qabul qilib olishni rad etishga haqli emas hamda soliq toʻlovchining talabiga binoan soliq hisobotining nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisoboti telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma yuborishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishning tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 2808, 12.07.2016-y.) 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisoboti dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisoboti quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim etilmagan deb hisoblanadi, agar unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilmagan yoki notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq davri va (yoki) soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi koʻrsatilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 43 va 44-moddalarida soliq hisobotini tuzishga doir belgilangan talablar buzilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanmagan shakldagi soliq hisoboti taqdim etilganda davlat soliq xizmati organi hisobot olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida bu haqda soliq toʻlovchiga yozma bildirish yuboradi va aniq fikr-mulohazalarni koʻrsatgan holda uni maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklari tuzatilgan soliq hisoboti uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaguniga qadar taqdim etilgan taqdirda, soliq toʻlovchiga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 115-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 175-moddasining birinchi-ikkinchi qismlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti taqdim etilgan davrga taalluqli xatolarni oʻzi mustaqil ravishda aniqlagan soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati ichida oʻsha davr yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqiga ega. Mazkur norma davlat soliq xizmati organlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) doirasida tekshirish oʻtkazilgan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasining kamayishini nazarda tutuvchi aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etiladigan hollarda qoʻllanilmaydi.
(46-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(46-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan va toʻlangan soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasidan ortiq boʻlsa, tegishli soliq yoki boshqa majburiy toʻlovni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatlariga penya hisoblangan holda mazkur tafovut qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan va toʻlangan soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasidan kam boʻlsa, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan eʼtiboran shaxsiy varaqada soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi tafovut miqdoriga kamaytirilganligi aks ettiriladi. Soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, penyalarning ortiqcha toʻlangan summasi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi yoki qaytariladi.
(46-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq toʻlovchida ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati mobaynida saqlanadi.
(47-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
(47-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining muayyan soliq yoki boshqa majburiy toʻlovni toʻlash, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan holatlar boʻlgan taqdirda, mavjud soliq qarzini uzish majburiyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati soliq toʻlovchining hisobvaragʻida yetarlicha pul mablagʻlari boʻlgan taqdirda, tegishli soliq yoki boshqa majburiy toʻlovni toʻlash uchun bankka toʻlov topshiriqnomasi taqdim etilgan paytdan eʼtiboran, soliq yoki boshqa majburiy toʻlov naqd pul mablagʻlari bilan toʻlanganda esa pul summasi bankka yoki vakolatli organ kassasiga topshirilgan paytdan eʼtiboran bajarilgan deb hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasi tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning depozit hisobvaraqlariga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatlarining koʻchirma nusxalari soliq toʻlovchi tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan taqdirda ham bajarilgan deb hisoblanadi.
(48-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasini oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasi soliq toʻlovchi tomonidan chaqirib olingan yoki bank tomonidan soliq toʻlovchiga qaytarilgan taqdirda, shuningdek agar soliq toʻlovchi bankka toʻlov topshiriqnomasini taqdim etgan paytda bu soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga qoʻyilgan, qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda bajarilishi lozim boʻlgan, bajarilmagan talablar mavjud boʻlsa hamda soliq toʻlovchi barcha talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqda yetarlicha pul mablagʻlariga ega boʻlmasa, soliq yoki boshqa majburiy toʻlov toʻlangan deb hisoblanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 784-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati ushbu Kodeksning 10-bobida belgilangan tartibda hisobga olish orqali ham bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq agentining ushlab qolingan summalarni budjetga yoki davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazishga doir majburiyati ushbu moddaning ikkinchi va toʻrtinchi qismlariga muvofiq bajarilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash milliy valyutada, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 193-moddasining ikkinchi qismi, 336-moddasining sakkizinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli qarori bilan tasdiqlangan Boj stavkalari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarning tariflari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda toʻlanadi. Ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchiga soliq va (yoki) boshqa majburiy toʻlovni, shuningdek penyani toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq majburiyatining soliq toʻlovchi tomonidan bajarilmaganligi yoki ushbu Kodeksda belgilangan tartib buzilgan holda bajarilganligi unga nisbatan soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash choralarini qoʻllash uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilgan hollarda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati davlat soliq organining yozma talabnomasi olingan sanadan eʼtiboran yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy summa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisoblangan penya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarimalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash hisobi soliq toʻlovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organi bilan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatlari bajarilishiga doir solishtirma dalolatnoma tuzishni talab qilishga haqli. Davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchiga solishtirma dalolatnoma tuzishni rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Yuridik shaxs tugatilganda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ixtiyoriy tugatish hollari bundan mustasno, tugatuvchi besh kunlik muddat ichida bu haqda davlat soliq xizmati organiga yozma shaklda maʼlum qiladi. Yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bu haqda davlat soliq xizmati organini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 54-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs davlat soliq xizmati organiga tugatish balansini taqdim etish bilan bir vaqtda hisobotlarni hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyati ushbu yuridik shaxsning pul mablagʻlari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida tugatuvchi tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsni tugatish davrida yuzaga keladigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek penya va jarimalarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyati yuzaga kelishiga qarab, ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda hamda tartibda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan yuridik shaxsning ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq uzilmagan soliq qarzi umidsiz deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tugatilayotgan yuridik shaxsda ortiqcha toʻlangan soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlar summasi boʻlsa, mazkur summalar ushbu Kodeksning 10-bobida belgilangan tartibda hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb topilgan taqdirda, tugatishga doir ish yuritishning butun davrida mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, shuningdek avval hisoblangan va undirilmagan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penya va jarimalar hisoblash toʻxtatib turiladi.
(50-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sudning yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarori mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, shuningdek avval hisoblangan va undirilmagan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penya va jarimalar hisoblashni toʻxtatish uchun asos boʻladi.
(50-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni yuritish tugatilgan va uning toʻlov qobiliyati tiklangan taqdirda, iqtisodiy sudning bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tugatish haqidagi qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran, ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash amalga oshiriladi.
(50-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 42-bandining birinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan tartibda uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 50-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatini bajarish, qayta tashkil etish tugallanguniga qadar huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs soliq majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi faktlari va (yoki) holatlari maʼlum boʻlganligi yoxud maʼlum boʻlmaganligidan qatʼi nazar, uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) zimmasiga yuklatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 50-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 42-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi uning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatlarining bajarilishi muddatlarini shu yuridik shaxsning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) uchun oʻzgartirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy vorisni (huquqiy vorislarni), shuningdek huquqiy vorislarning yuridik shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatlarini bajarishdagi ishtiroki ulushini belgilash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs qayta tashkil etilguniga qadar u ortiqcha toʻlagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning summalari shu yuridik shaxs huquqiy vorisining (huquqiy vorislarining) shaxsiy kartochkasiga yuridik shaxsni qayta tashkil etish tugallangan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning soliq qarzi yoki u qayta tashkil etilguniga qadar ortiqcha toʻlangan soliq yoki majburiy toʻlov summalarini qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorislari oʻrtasida taqsimlash har bir huquqiy vorisning ulushiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Soliq toʻlovchi vafot etgan, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan hollarda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati uning meros qilingan mol-mulkini qabul qilgan merosxoʻri (merosxoʻrlari) tomonidan, meros qilingan mol-mulkning qiymati doirasida va merosdagi ulushga mutanosib ravishda, meros qabul qilib olingan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmasdan bajariladi. Vafot etgan jismoniy shaxs toʻlashi lozim boʻlgan penya va (yoki) jarimalarni toʻlash majburiyati merosxoʻrga (merosxoʻrlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyati summasi meros qilingan mol-mulk qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq yoki boshqa majburiy toʻlovni toʻlash boʻyicha qarzining qolgan summasi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosxoʻr boʻlmagan taqdirda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi umidsiz qarz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarziga ega boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, jismoniy shaxs hisobga qoʻyilgan va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi davlat soliq xizmati organi vafot etgan shaxsning merosxoʻri (merosxoʻrlari) toʻgʻrisida axborot olingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida unga (ularga) soliq qarzi borligini maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan jismoniy shaxsning soliq qarzi qonun hujjatlariga muvofiq bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulkini boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33,34-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati uning vasiysi tomonidan muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30,32-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning mol-mulki yetarli boʻlmagan (yoʻq boʻlgan) taqdirda, uning soliq qarzining koʻrsatilgan mol-mulk qiymatidan ortiq qismi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligini bekor qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan yoki jismoniy shaxsni muomalaga layoqatli deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ilgari hisobdan chiqarilgan soliq qarzining amal qilishi, daʼvo qilish muddatidan qatʼi nazar, qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan jismoniy shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini, qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash boʻyicha qarzi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.
(52-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻtkazishga doir toʻlov topshiriqnomalarining, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomalarining banklar tomonidan bajarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar soliq toʻlovchining soliqni va (yoki) boshqa majburiy toʻlovni oʻtkazishga doir toʻlov topshiriqnomalarini, shuningdek tegishli vakolatli organning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomalarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bajarishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 784-moddasi, mazkur Kodeksning 63-moddasi, 64-moddasining toʻqqizinchi, oʻninchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 37-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini tegishli budjet yoki davlat maqsadli jamgʻarmasining hisobvaragʻiga kiritish soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini oʻtkazish deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini oʻtkazishga doir toʻlov topshiriqnomasi yoki ularni tegishli budjet yoxud davlat maqsadli jamgʻarmasiga undirish toʻgʻrisidagi tegishli vakolatli organning inkasso topshiriqnomasi, toʻlov topshiriqnomasi yoki inkasso topshiriqnomasi olinganidan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari qoidalari bank tomonidan inobatga olingan holda bajariladi. Inkasso topshiriqnomasiga doir bunday operatsiyalar boʻyicha xizmat koʻrsatganlik uchun haq olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining hisobvaragʻida pul mablagʻlari boʻlgan taqdirda, banklar soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini oʻtkazish toʻlov topshiriqnomalarini yoki tegishli vakolatli organning ularni tegishli budjetga yoki davlat maqsadli jamgʻarmalariga undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomalarini bajarishni kechiktirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari boʻlmagan yoki ular soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini oʻtkazish toʻlov topshiriqnomasini yoki tegishli vakolatli organning ularni tegishli budjetga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini bajarish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, bunday topshiriqnomalar mazkur hisobvaraqlarga pul mablagʻlari kelib tushishiga qarab, har bir shunday kelib tushishdan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning aybi bilan soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini oʻtkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻtkazilmagan summasini 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 37.2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Coliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash
(9-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq majburiyatlarini bajarish muddatlarini oʻzgartirish hisobidan soliq taʼtillari tarzida beriladi va bunda soliq toʻlovchiga toʻlashi kerak boʻlgan tegishli soliq toʻlovlarini maʼlum bir muddat davomida kamaytirish va keyinchalik toʻlash imkoniyati taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzini bir yoʻla yoki bosqichma-bosqich toʻlagan holda toʻlash muddatini keyinroq muddatga koʻchirish tarzida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq taʼtillari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan insofli soliq toʻlovchilarga — soliq taʼtili berish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran yigirma toʻrt oygacha boʻlgan muddatga beriladi. Insofli soliq toʻlovchilarga oxirgi ikki yil ichida soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarib kelgan soliq toʻlovchilar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona soliq toʻlovini toʻlovchilarga, bundan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari mustasno, yagona soliq toʻlovini toʻlash boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan eʼtiboran bir yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.
(54-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash bir oydan yigirma toʻrt oygacha boʻlgan muddatga beriladi. Bunda soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash soliq qarzining jamiga yoki bir qismiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insofli soliq toʻlovchilarga soliq taʼtillari, shuningdek soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq toʻlovini toʻlovchilarga soliq taʼtillari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali bildirish yuborib, tekshiruvlar natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini toʻlashni ularning undirilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida teng ulushlarda toʻlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penya hisoblash tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilish davri boshlanganidan eʼtiboran toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning qoidalari bojxona toʻlovlarini va davlat bojini toʻlashga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bojxona toʻlovlarini va davlat bojini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi.
(54-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishi u berilgan muddat oʻtganidan keyin tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishi soliq toʻlovchi kechiktirilgan va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning jami summasini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash muddati oʻtguniga qadar toʻlagan yoki soliq toʻlovchi kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarini buzgan hollarda muddatidan ilgari tugatiladi.
(55-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olish hamda qaytarib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Soliqning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini mazkur soliq turi boʻyicha penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan mustaqil ravishda soliq toʻlovchining arizasisiz amalga oshiriladi, soliq toʻlovchi bu haqda hisobga olish amalga oshirilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida yozma shaklda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor etiladi.
(56-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda ikkinchi qismining 2, 3 va 5-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ortiqcha toʻlangan soliqni hisobga olish soliq toʻlovchining yozma arizasi, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladigan arizasi asosida davlat soliq xizmati organi tomonidan hisobga olishni amalga oshirish toʻgʻrisida xulosa taqdim etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchi tomonidan yozma ariza, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladigan ariza berilgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligiga hisobga olishni amalga oshirish toʻgʻrisida xulosa taqdim etishi shart.
(56-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida yozma ariza, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan ariza bermagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligiga ushbu modda ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hisobga olishni amalga oshirish toʻgʻrisida mustaqil ravishda xulosa taqdim etishi mumkin.
(56-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olish bu xususda xulosa berilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan soliq summasi boshqa soliq toʻlovchining soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Ortiqcha toʻlangan soliqlar summalarini qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olish amalga oshirilganidan keyin ortiqcha toʻlangan soliqlarning qolgan summasi soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish davlat soliq xizmati organi qaytarish uchun soliq toʻlovchining yozma arizasi, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan arizasi asosida xulosa taqdim etgan taqdirda, qaytarish toʻgʻrisidagi ariza topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
(57-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olish va qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa majburiy toʻlovlarning toʻlangan va toʻlash uchun hisoblangan summasi oʻrtasidagi ijobiy farq boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summasi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa majburiy toʻlovlarni hisobga olish hamda qaytarish ushbu Kodeksda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarining ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olish va qaytarish bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 49-bobi (“Bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan boshqa majburiy toʻlovlar summalarini qaytarish ortiqcha toʻlangan summa qaysi budjetga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha budjet yoki davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlaridan soliq toʻlovchining yozma arizasi, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan arizasi asosida, zimmasiga majburiy toʻlovlarni undirib olish majburiyati yuklatilgan organlarga tegishli ariza berilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
(58-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlari bajarilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari boʻlgan soliq toʻlovchi oʻzining bank hisobvaragʻida pul mablagʻlari mavjud boʻlishidan qatʼi nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni ushbu Kodeksda belgilangan toʻlash muddatidan kechiktirmay ularni xizmat koʻrsatayotgan bankka toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlari bajarilishini taʼminlash choralari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organi tomonidan ularga yuboriladigan soliq qarzini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun, bundan tadbirkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, — soliq majburiyatlarini bajarish muddatlari tugaganidan keyin davlat soliq xizmati organining jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi, bundan soliq qarzining summasi undiruvni mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlgan hollar mustasno. Bunda soliq qarzining summasi undiruvni mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlgan, biroq toʻlash muddati tugaganidan keyin bir yil ichida toʻlanmagan taqdirda ham soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash choralari qoʻllaniladi.
(59-moddaning ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
(60-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki toʻliq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga bu talabnomani soliq toʻlovchi olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim. Soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlgan taqdirda, soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma unga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi mumkin.
(60-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda, u buyurtma xat pochta joʻnatmasi topshirilganligi toʻgʻrisidagi bildirish blankasida koʻrsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12.1-bandi.
(60-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddatlari
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor soliq qarzini uzmagan taqdirda va ushbu Kodeksning 63-moddasida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni ushbu Kodeksning 64-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchiga uning debitorlari oʻtkazishi lozim boʻlgan summalarga qaratadi.
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliq qarzini uzmagan taqdirda va agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash natijasida mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan koʻp boʻlgan summadagi soliq qarzi uzilmay qolsa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni ushbu Kodeksning 65-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratadi.
(61-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzining summasi undiruvni mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlgan, biroq toʻlash muddati tugaganidan keyin bir yil ichida toʻlanmagan hollarda ham ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish choralari qoʻllaniladi.
(61-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
(61-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda. Soliq qarzini majburiy undirish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzini majburiy undirish choralariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soʻzsiz undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandi uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs soliq qarzini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan barcha choralar koʻrilganidan keyin uzmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi uni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
(62-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzini majburiy undirish choralari jismoniy shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud hujjatlari asosida davlat ijrochilari tomonidan qoʻllaniladi va ularga ushbu Kodeks 63 —65-moddalarining qoidalari tatbiq etilmaydi, bundan tadbirkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno.
(62-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi II-boʻlimining 2-kichik boʻlimi (“Daʼvo ishlarini yuritish”).
(62-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliq qarzi summalarini majburiy undirish choralari soliq toʻlovchi tomonidan uning natijalari boʻyicha berilgan shikoyat davriga ushbu Kodeksning 18-bobiga muvofiq toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda. Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini soʻzsiz undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini soʻzsiz undirish, agar ushbu Kodeks 62-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka davlat soliq xizmati organining soliq qarzi summasini tegishli budjetga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzi summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomalari soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etiladi;
(63-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining hisobvaragʻida pul mablagʻlari boʻlmaganligi yoki yetarli boʻlmaganligi tufayli davlat soliq xizmati organining inkasso topshiriqnomasi toʻliq yoki qisman bajarilmagan taqdirda, inkasso topshiriqnomasi olingan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda uning nusxasi bankning belgisi qoʻyilib, davlat soliq xizmati organiga va soliq toʻlovchiga yuboriladi. Agar inkasso topshiriqnomasini taqdim etish paytida soliq toʻlovchi soliq qarzining summasini oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasini bankka topshirgan boʻlsa, bank taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasini soliq toʻlovchining toʻlov topshiriqnomasi nusxasini ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzi summasini undirish soliq toʻlovchining barcha bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlaridan amalga oshiriladi, qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratish mumkin boʻlmagan hisobvaraqlar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14, 37.1-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda. Undiruvni soliq toʻlovchiga uning debitorlaridan oʻtkazilishi lozim boʻlgan summalarga qaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 61-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida soliq qarzini uzmagan yuridik shaxslar soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida davlat soliq xizmati organlariga debitorlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoxud toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida yozma bildirish, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladigan bildirish taqdim etishi shart.
(64-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari debitorlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini olgan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvni soliq toʻlovchiga uning debitorlaridan oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaga qaratadi.
(64-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Debitorlar oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalariga imzo qoʻyishni asossiz rad etgan taqdirda, soliq toʻlovchi bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarni debitorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi bir tomonlama imzolangan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining debitoriga uning kreditorlik qarzi borligi haqida imzolash uchun soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan solishtirma dalolatnomani va kreditorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma bildirish, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali bildirish yuboradi.
(64-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining debitori yozma bildirish, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali bildirish olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolash yoki solishtirma dalolatnomada koʻrsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini taqdim etishi shart. Agar soliq toʻlovchining debitori tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada koʻrsatilganidan farq qilsa, debitor xuddi shu muddatda davlat soliq xizmati organiga oʻzi tan olgan summani koʻrsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart.
(64-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining debitori tomonidan imzolangan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi kreditorning imzosi mavjud boʻlishidan qatʼi nazar, uning kreditori soliq qarzini undiruvni unga qaratishi uchun asos boʻladi. Ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan majburiyat soliq toʻlovchining debitori tomonidan bajarilmagan taqdirda, undiruv soliq toʻlovchi taqdim etgan solishtirma dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
(64-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi bilan uning debitori oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi va uning debitorining nomi, ularning identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi va uning debitori soliq hisobida turgan joydagi davlat soliq xizmati organining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi va uning debitorining bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitorning soliq toʻlovchi oldidagi qarz summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi va uning debitorining taraflar muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan imzolari, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(64-modda yettinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi va uning debitori oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi tuzilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi va uning debitori oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma davlat soliq xizmati organi tomonidan yuborilgan sanadan keyin keladigan sanada tuzilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorlarning bank hisobvaraqlariga soliq toʻlovchining soliq qarzi summasini soliq toʻlovchi oldidagi qarzidan oshmaydigan miqdorda undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining ushbu moddaga muvofiq taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasini bajarish ushbu Kodeksning 63-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda. Undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish davlat soliq xizmati organining daʼvo arizasi asosida sud tartibida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi II-boʻlimining 2-kichik boʻlimi (“Daʼvo ishlarini yuritish”), Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi II-boʻlimi (“Birinchi instansiya xoʻjalik sudida ish yuritish”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda rasmiylashtiriladi unda soliq qarzdorligi hosil boʻlgan soliq davri koʻrsatiladi va soliq toʻlovchi soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan imzolanadi. Daʼvo arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(65-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzi borligi toʻgʻrisida soliq toʻlovchining mavjud shaxsiy kartochkalaridan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov topshiriqnomalari, toʻlov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
(65-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undiruvni sud hujjatlari asosida soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi.
(65-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzini undirish uchun davlat ijrochilari tomonidan inkasso topshiriqnomalari qoʻyilayotganda davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzining shunga oʻxshash summasiga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalarining ijrosi bekor qilinadi.
(65-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda. Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Investorlarga bepul berilgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar boʻyicha oldingi yillardagi toʻlanishiga ishonch boʻlmagan qarzlari, shu jumladan ular boʻyicha hisoblangan penya va jarimalar summalarini aniqlash va hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1436, 25.12.2004-y.).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOʻLIM. SOLIQ NAZORATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Soliq nazoratining asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari davlat daromadiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa majburiy toʻlovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq monitoringi.
(67-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha soliq nazoratini oʻz vakolatlari doirasida ushbu Kodeksga va bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq nazorati amalga oshirilayotganda ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini buzgan holda soliq toʻlovchi toʻgʻrisida axborot toʻplash, saqlash, undan foydalanish va uni tarqatishga, shuningdek soliq sirini oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda olingan soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hujjatlar yoki boshqa axborot soliq toʻlovchini soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga asos boʻla olmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20.1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq toʻlovchi boʻyicha hamda u toʻlayotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarining maʼlumotlari, ushbu Kodeksning 84-moddasida nazarda tutilgan organlar, tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar, shuningdek davlat soliq xizmati organlari boshqa manbalardan toʻplagan, shu jumladan soliq tekshiruvlari vaqtida toʻplagan axborotlar asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning qoidalari tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga, shuningdek undirilishi tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan boshqa majburiy toʻlovlarga tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VIII boʻlimi (“Bojxona toʻlovlari”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlarida mavjud boʻlgan soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi axborotni aniqlashtirish maqsadida davlat soliq xizmati organlari zaruratga qarab, lekin yiliga koʻpi bilan bir marta keyinchalik soliq solinadigan bazaga tuzatishlar kiritish uchun soliq toʻlovchida koʻzdan kechirish hamda soʻrov oʻtkazishni amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi axborotni aniqlashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(68-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda. Budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish vazifasi yuklatilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlar hisobini yuritishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10 — 11-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tushumini hisobga olish budjet klassifikatsiyasiga muvofiq yuritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 18, 21-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlar hisobini soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning, shuningdek penya va jarimalarning hisoblangan hamda toʻlangan summalarini aks ettirish orqali yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning har bir turi boʻyicha ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjetga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlar hisobini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirilishi boshqa davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan ayrim turdagi boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjetga tushumlarni hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kameral nazorat soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kameral nazorat soliq toʻlovchining huzuriga bormasdan davlat soliq xizmati organi joylashgan yerda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kameral nazoratning maqsadi soliq toʻlovchiga davlat soliq xizmati organlari tomonidan kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish huquqini berishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq hisobotini toʻldirishda xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligi yoki taqdim etilgan soliq hisobotida koʻrsatilgan va davlat soliq xizmati organlaridagi mavjud maʼlumotlar oʻrtasida ziddiyatlar borligi kameral nazorat jarayonida davlat soliq xizmati organi tomonidan aniqlansa, bu haqda soliq toʻlovchiga tegishli tuzatishlar kiritish talab qilingan holda yozma shaklda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzatishlar kiritish haqidagi talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda, ushbu talabnoma buyurtma xat olingan, pochta joʻnatmasi topshirilganligi toʻgʻrisidagi bildirish blankasida koʻrsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish uchun nazarda tutilgan tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha tuzatilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asosini tuzatishlar kiritish haqidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, tasdiqlovchi hujjatlarni yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
(70-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi tomonidan aniqlangan tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish yuzasidan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq monitoringi amalga oshiriladigan soliq davri uchun kameral nazorati oʻtkazilmaydi, bundan soliq monitoringi muddatidan ilgari tugatilgan hollar mustasno.
(70-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-modda. Xronometraj koʻzdan kechirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xronometraj koʻzdan kechirish — xronometraj oʻtkaziladigan davrda tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqiy realizatsiya hajmlarini aniqlashga doir soliq nazoratining shaklidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul tushumini, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini xronometraj koʻzdan kechirish tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi soliq toʻlovchilarda, bevosita tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyida, mahsulot ishlab chiqarish sexlarida, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joylarida hamda soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq boshqa joylarda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish muddati yetti kalendar kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) hamda soliq solish obyektlarining haqiqiy hajmlari kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlar aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻida xronometraj oʻtkaziladigan soliq toʻlovchi, uning identifikatsiya raqami, xronometrajni oʻtkazish joyi va muddati, davlat soliq xizmati organining xronometrajni oʻtkazadigan mansabdor shaxslari majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirish ishlab chiqarish, realizatsiya qilish hajmlarini hamda pul mablagʻlari tushumini kuzatish va qayd etish orqali oʻtkaziladi. Bunda xronometrajni oʻtkazishga boshqa shaxslarni, shu jumladan ekspertlarni jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirishni amalga oshirish jarayonida soliq toʻlovchidan hisobga olish hujjatlarini talab qilishga, soliq toʻlovchiga nisbatan talablar qoʻyishga yoki soliq toʻlovchining faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan soliq toʻlovchidan hamda rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslardan, soliq toʻlovchining boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olish, shuningdek nazorat-kassa mashinalarida va toʻlov terminallarida saqlanayotgan xronometrajni oʻtkazish davriga doir maʼlumotlarni olish mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha ikki nusxadan kam boʻlmagan miqdorda maʼlumotnoma tuzadi. Maʼlumotnomaning bir nusxasi soliq toʻlovchiga topshiriladi. Soliq toʻlovchi maʼlumotnomani olishdan boʻyin tovlagan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda maʼlumotnomaga tegishli yozuvni kiritadi va maʼlumotnomaning bir nusxasi pochta orqali buyurtma xat bilan soliq toʻlovchiga joʻnatiladi hamda u joʻnatilgandan keyin uch kun oʻtgach topshirilgan hisoblanadi yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirish natijalaridan soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish, shuningdek taqdim etiladigan hisobotlarning va hisoblab chiqarilgan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarning summalari ishonchliligini solishtirib koʻrish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchi faoliyatining xususiyatlari va mavsumiy omillarni hisobga olgan holda soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazilgan davrga oid soliq hisobotida aks ettirilgan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan xronometraj jarayonida olingan tushum toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan solishtirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazilgan davrga oid taqdim etilgan soliq hisobotida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi alomatlari aniqlansa, davlat soliq xizmati organlari ushbu Kodeks 70-moddasida koʻrsatilgan tartibda soliq toʻlovchiga talabnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi takroran aniqlangan taqdirda, bu harakatlar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik sifatida tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(71-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
711-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazani aniqlashtirish maqsadida xodimlarning hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan joylarga chiqqan holda, soliq toʻlovchi foydalanadigan obyektlarda va hududlarda soliq toʻlovchining mansabdor shaxslari yoki ularning vakillari ishtirokida, mavjud xodimlarning sonini birma-bir sanab chiqish hamda maʼlumotnoma bilan rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkazilgan kameral nazorat natijalariga koʻra, davlat soliq xizmati organlariga soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlarda ish haqi fondi, shuningdek xodimlar soni kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlar yoki nomutanosibliklar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq maʼlumotlarida va hisobotlarida koʻrsatilgan xodimlar soni oʻrtasida farqlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan amalga oshiriladigan monitoring toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyruq davlat soliq xizmati organlarining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi. Buyruqda monitoring amalga oshiriladigan subyekt, faoliyatning asosiy turi, joyi va muddatlari, monitoringni amalga oshirish uchun asos boʻlgan farq yoki nomuvofiqliklar, shuningdek davlat soliq xizmati organlarining monitoringni amalga oshiruvchi xodimlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan soliq toʻlovchidan boshqa axborot yoki tushuntirishlar talab qilishga yoxud uning moliya-xoʻjalik faoliyatiga boshqacha shaklda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring natijalari boʻyicha u amalga oshirilgan kuni davlat soliq xizmati organining masʼul xodimi tomonidan maʼlumotnoma tuziladi. Maʼlumotnoma soliq toʻlovchining mansabdor shaxsi yoki monitoring jarayonida bevosita ishtirok etgan vakili ishtirokida tuziladi va bir nusxasi ularga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring natijalari boʻyicha tuzilgan maʼlumotnomani olishni yoki maʼlumotnoma bilan tanishishni rad etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda mazkur maʼlumotnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunda maʼlumotnomaning bir nusxasi pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring natijalaridan faqat xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligini amalga oshirishda, shuningdek soliq solinadigan bazani aniqlashda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(711-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
712-modda. Mavzuli ekspress-oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavzuli ekspress-oʻrganish kameral nazorat natijalari boʻyicha joyiga chiqqan holda soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda soliq toʻlovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi tomonidan davlat soliq xizmati organining kameral nazorat natijalariga doir talabnomasiga javoban taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida ushbu axborotni oʻrganish zarurligi mavzuli ekspress-oʻrganishni tayinlash uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan sof foyda toʻgʻrisidagi hisobotlardagi hamda dividendlarni hisoblashdagi, shuningdek davlat unitar korxonalari tomonidan sof foydani hamda sof foydaning 30 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga ajratmalarni aniqlashdagi davlat soliq xizmati organlaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa mavjud maʼlumotlar bilan tafovutlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan va realizatsiya qilingan tovar-moddiy qimmatliklar, bajarilgan ishlarning va koʻrsatilgan xizmatlar hajmlarining, nomenklaturasining (assortimentining) va summalarining kameral nazorat natijasida soliq toʻlovchining bank hisobvaraqlari boʻyicha pul mablagʻlari harakati tahlili chogʻida aniqlangan nomutanosibligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga axborot taqdim etish majburiyati yuklatilgan organlar va tashkilotlardan davlat soliq xizmati organlariga kelib tushgan axborot boʻyicha aniqlangan tafovutlar hamda chetga chiqishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari sohasida aniqlangan qoidabuzarliklar, shu jumladan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha import va eksport qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining oshirib yuborilishi va kamaytirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavzuli ekspress-oʻrganish faqat kameral nazorat amalga oshirilgan soliq davri uchun amalga oshirilishi lozim. Mavzuli ekspress-oʻrganishni amalga oshirish muddati yetti kalendar kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda (foydali qazilmalarni kavlab olish hajmini aniqlashda, nazorat oʻlchovlari va hokazoda) mavzuli ekspress-oʻrganishda ishtirok etish uchun oʻrganish natijasidan manfaatdor boʻlmagan ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan daromad olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq boʻlgan joylarni koʻzdan kechirish soliq toʻlovchining soliq xizmati organining talabnomasiga javoban taqdim etgan hujjatlarida aks ettirilgan ish oʻrinlari sonini, tovar-moddiy qimmatliklarning, asosiy vositalarning yoki boshqa mol-mulkning mavjudligini tasdiqlash maqsadida oʻtkaziladi. Zarur hollarda, koʻzdan kechirish chogʻida foto- va videotasvirga olish amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi tomonidan mavzuli ekspress-oʻrganishga taalluqli hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan bu toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma ilgari soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotni ishonchli emas deb topish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavzuli ekspress-oʻrganish natijalari boʻyicha qoidabuzarliklar mavjud boʻlgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola qilgan holda, soliq toʻlovchining tushuntirishlarini inobatga olib, aniqlangan qoidabuzarliklar batafsil bayon qilingan maʼlumotnomani tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavzuli ekspress-oʻrganish maʼlumotnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishni tayinlash uchun asos boʻlgan mezon koʻrsatilgan hujjatlarning nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishni oʻtkazish davomida olingan hujjatlarning nusxalari, shuningdek oʻrganish doirasidagi harakatlar bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchiga oʻrganish maʼlumotnomasi taqdim etilgan kun yoki maʼlumotnomani soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan sana mavzuli ekspress-oʻrganish tugallangan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavzuli ekspress-oʻrganish davomida soliq toʻlovchilar oʻrganish tugaguniga qadar soliqqa oid huquqbuzarlikni mustaqil ravishda bartaraf etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavzuli ekspress-oʻrganish natijalari kameral nazorat materiallariga ilova qilinadi.
(712-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pulda hisob-kitob qilish bilan tovarlarni realizatsiya qilish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish Nazorat-kassa mashinalarining davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari majburiy qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi, bundan naqd pul bilan hisob-kitob qilishni, faoliyatining oʻziga xos xususiyati sababli nazorat-kassa mashinalarini qoʻllamasdan amalga oshirishi mumkin boʻlgan ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatining oʻziga xos xususiyati sababli naqd pul bilan hisob-kitob qilishni nazorat-kassa mashinalarini qoʻllamasdan amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilgan Nazorat-kassa mashinalarining davlat reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi texnik jihatdan vaqtincha nosoz boʻlgan yoki elektr energiyasi boʻlmagan taqdirda naqd pul bilan hisob-kitob qilishni xaridorlarga kvitansiyalar, chiptalar, talonlar yoki chekka tenglashtirilgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shakldagi qatʼiy hisobdagi boshqa hujjatlarni berish orqali amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarori bilan tasdiqlangan “Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 3-ilovasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qoʻllashda quyidagilar majburiy hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini faoliyat amalga oshirilayotgan joydagi davlat soliq xizmati organlarida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi berilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini tekshirishiga ruxsat etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanilish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvlari oʻtkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarida saqlanayotgan maʼlumotlardan foydalanishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73-modda. Aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamgʻalash. Moliya inspektori lavozimini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tamaki va alkogolli mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda hamda shartlarda aksiz markasi bilan tamgʻalanishi kerak, pivo bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi 49-sonli “Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori va “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 589, 07.01.1999-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni aksiz markasi bilan tamgʻalash uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamgʻalash qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻini toʻlovchi korxonalarda va boshqa ayrim korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektori lavozimi joriy etilishi mumkin. Moliya inspektori lavozimi joriy etiladigan korxonalar roʻyxati va uning faoliyatini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-dekabrdagi 532-sonli “Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan nazorat qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-modda. Davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablagʻlarining davlat daromadiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablagʻlarining davlat daromadiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-modda. Boshqa majburiy toʻlovlarni undirish vazifasini amalga oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlari ustidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari boshqa majburiy toʻlovlarni undirish vazifasini amalga oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlari ustidan boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq undirib olinishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻz vaqtida oʻtkazilishi boʻyicha nazoratni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq toʻlovchi toʻgʻrisida olingan har qanday maʼlumot soliq sirini tashkil etadi, quyidagi maʼlumotlar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soliq toʻlovchining oʻzi oshkor etgan yoki uning yozma roziligi bilan oshkor etilgan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi va bu qonunbuzarlik uchun qoʻllanilgan javobgarlik choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning soliq yoki tegishli boshqa organlariga taqdim etiladigan maʼlumotlar (ushbu organlarga taqdim etilgan maʼlumotlarga doir qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq siri oshkor etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq sirini oshkor etishga, xususan, soliq toʻlovchining davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsiga, jalb etilgan ekspertga yoki tarjimonga ular oʻz vazifalarini bajarayotganda maʼlum boʻlib qolgan ishlab chiqarish yoki tijorat siridan foydalanish yoxud uni boshqa shaxsga berish kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlariga kelib tushgan, soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar saqlash va foydalanishning maxsus rejimiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatdagi mansabdor shaxslari soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlari boʻlgan hujjatlarning yoʻqotilganligi yoki bunday maʼlumotlarning oshkor etilganligi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 46-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121-bob. Soliq monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
761-modda. Soliq monitoringining umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq monitoringining predmeti soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq toʻlovchi tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq monitoringi oʻtgan yil yakunlariga koʻra, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joriy yilning 1-yanvar holatiga koʻra eng kam ish haqining yetmish ming baravari miqdoridan ortiqni tashkil etgan soliq toʻlovchiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq monitoringi soliq toʻlovchining soliq monitoringida ishtirok etish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha davlat soliq xizmati organi bilan soliq toʻlovchi oʻrtasidagi oʻzaro axborot almashinuvi reglamentiga muvofiq davlat soliq xizmati organining soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaning shakli va oʻzaro axborot almashinuvi reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi tomonidan keyingi yilda soliq monitoringida ishtirok etish toʻgʻrisidagi ariza soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga joriy yilning 1-iyulidan kechiktirmasdan yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organi soliq monitoringini amalga oshirish yoki amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisida bir oy ichida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq monitoringini amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi kerak. Soliq monitoringini amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun soliq toʻlovchi tomonidan soliq monitoringini amalga oshirish toʻgʻrisidagi ariza oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etilganligi, shuningdek reglament talablariga rioya etilmaganligi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq monitoringini amalga oshirish yoki amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror u qabul qilingan kunda soliq toʻlovchiga yozma shaklda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
762-modda. Soliq monitoringini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq monitoringi soliq toʻlovchining soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq monitoringi soliq toʻlovchining huzuriga bormasdan davlat soliq xizmati organi joylashgan yerda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi soliq monitoringida ishtirok etish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar boʻlgan kalendar yil soliq monitoringining davri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq monitoringi soliq monitoringi amalga oshiriladigan yilning 1-yanvaridan boshlanib, keyingi yilning 1-iyuniga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq monitoringini amalga oshirishda davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi bilan bogʻliq zarur hujjatlar, maʼlumotlar, tushuntirishlarni talab qilib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talab qilib olinadigan hujjatlar, maʼlumotlar va tushuntirishlar davlat soliq xizmati organiga yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq monitoringi jarayonida talab qilib olinadigan hujjatlar, maʼlumotlar va tushuntirishlar soliq toʻlovchi tomonidan tegishli talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talab qilib olinadigan hujjatlarni, maʼlumotlarni va tushuntirishlarni ushbu moddaning yettinchi qismida belgilangan muddat ichida taqdim etish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq toʻlovchi bu haqda sabablarini koʻrsatgan holda tegishli davlat soliq xizmati organini talabnomani olgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
763-modda. Davlat soliq xizmati organining asoslantirilgan fikri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining asoslantirilgan fikri deganda (bundan buyon matnda asoslantirilgan fikr deb yuritiladi) soliq toʻlovchi tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi masalalari yuzasidan davlat soliq xizmati organining fikrini aks ettiruvchi hujjat tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar notoʻgʻri hisoblanganligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanmaganligi aniqlanganda asoslantirilgan fikr davlat soliq xizmati organining tashabbusi bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi borasida soliq toʻlovchida shubhalar mavjud boʻlganda, u soliq monitoringini oʻtkazayotgan davlat soliq xizmati organiga mazkur masalalar yuzasidan oʻz fikrini bayon etgan holda, asoslantirilgan fikrni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asoslantirilgan fikr soʻrov olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida yozma shaklda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi asoslantirilgan fikrni olgan kundan eʼtiboran bir oy ichida davlat soliq xizmati organini ushbu fikrga roziligi toʻgʻrisida uning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi asoslantirilgan fikrga rozi boʻlmagan taqdirda, oʻz eʼtirozlarini asoslantirilgan fikrni olgan kundan eʼtiboran bir oy ichida davlat soliq xizmati organiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining eʼtirozlari olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida ularni birgalikda muhokama qilish jarayonini boshlash va oʻzaro kelishuv tuzish uchun yuqori turuvchi davlat soliq xizmati organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
764-modda. Oʻzaro kelishuv jarayoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro kelishuv jarayoni asoslantirilgan fikrni tuzgan davlat soliq xizmati organi xodimlari, soliq toʻlovchi va yuqori turuvchi davlat soliq xizmati organi vakillari ishtirokida, eʼtirozlar olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro kelishuv natijalari boʻyicha tuzilgan xabarnoma asoslantirilgan fikrni tuzgan davlat soliq xizmati organi tomonidan tuzilgan kunning oʻzida soliq toʻlovchiga yozma shaklda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
765-modda. Soliq monitoringini muddatidan oldin toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq monitoringi quyidagi hollarda muddatidan oldin toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soliq toʻlovchi tomonidan oʻzaro axborot almashinuvi reglamenti talablari bajarilmaganda, shuningdek soliq toʻlovchining asoslantirilgan fikrga yoki oʻzaro kelishuv natijalari boʻyicha tuzilgan xabarnomaga roziligi (rozi emasligi) toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soliq monitoringini amalga oshirish davrida davlat soliq xizmati organiga moliyaviy va soliq hisobotlarini topshirish muddatlari buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) soliq monitoringini amalga oshirish davrida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) soliq monitoringini qoʻllash davrida hisoblangan soliq toʻlovlari kamayishini, zararlar miqdorining oshishini nazarda tutuvchi aniqlashtirilgan moliyaviy va soliq hisobotlari taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) soliq monitoringini amalga oshirish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan notoʻgʻri axborot taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) hujjatlar, maʼlumotlar va tushuntirishlar oʻzaro axborot almashinuvi reglamentida belgilangan talablar soliq toʻlovchi tomonidan muntazam ravishda buzilgan holda taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) soliq toʻlovchi tomonidan soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida ariza taqdim etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq monitoringini muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi shu kunning oʻzida soliq toʻlovchini yozma shaklda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor etadi.
(121-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyishning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchilarning hisobini yuritadi. Soliq toʻlovchilarning hisobini yuritish ularni hisobga qoʻyish va ular toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlarini yuritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilayotganda unga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami beriladi hamda soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisobga qoʻyish maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq toʻlovchiga berilgan identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki soliq toʻlovchi bir vaqtning oʻzida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qoʻyilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-modda. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami muayyan soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilganda unga beriladigan raqamdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami muayyan soliq toʻlovchiga bir marta beriladi. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami oʻzgarmaydi va bekor qilinganidan keyin boshqa soliq toʻlovchiga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 35-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxsning alohida boʻlinmalariga mazkur alohida boʻlinmani tashkil etgan yuridik shaxsning — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami nazorat belgilari qoʻshilgan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami quyidagilarda albatta yozib qoʻyilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada, roʻyxatdan oʻtkazish davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida ularni hisobga qoʻyish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanishga doir litsenziyasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklardan tashqari, pul bilan hisob-kitob qilinadigan toʻlov hujjatlarida, shuningdek ularning elektron shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan moliyaviy va soliq hisoboti hujjatlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xoʻjalik, fuqarolik-huquqiy hamda mehnat shartnomalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bitimlar tuzganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalar hamda transport hujjatlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda qiymat ifodasiga ega boʻlgan moliyaviy, mulkiy hamda boshqa majburiyatlar yuzaga kelganligini, shuningdek ularning bajarilishini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son “Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimi toʻgʻisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79-modda. Soliq toʻlovchini hisobga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi sifatida quyidagilar hisobga qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari oʻzlari joylashgan yerdagi (pochta manzilidagi) davlat soliq xizmati organida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning soliq majburiyatini ushbu Kodeks 35-moddasining ikkinchi qismi asosida mustaqil ravishda bajaradigan alohida boʻlinmalari — alohida boʻlinmaning joylashgan yeridagi yoki faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi davlat soliq xizmati organida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — doimiy muassasaning joylashgan yeridagi va (yoki) faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi davlat soliq xizmati organida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksga muvofiq mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlovchilar boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchida u hisobga qoʻyilganidan keyin yer soligʻi, mol-mulk soligʻi yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash boʻyicha majburiyati hisobga qoʻyilgan joydan tashqarida yuzaga kelgan taqdirda, soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 81-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida obyekt boʻyicha hisobga qoʻyilishi kerak.
(79-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-modda. Soliq toʻlovchini hisobga qoʻyish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning oʻzida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qoʻyilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilganlar bundan mustasno, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 35-moddasining ikkinchi qismi asosida soliq majburiyatlarini mustaqil ravishda bajaradigan alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish uchun mazkur alohida boʻlinmani tashkil etgan yuridik shaxs uni tashkil etish toʻgʻrisida va (yoki) mustaqil balansga ajratish haqida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Arizada mazkur alohida boʻlinmani tashkil etgan yuridik shaxsning — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami albatta koʻrsatiladi. Arizaga yuridik shaxsning alohida boʻlinmani tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek uning rahbariga berilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari, mazkur Kodeks ushbu moddasining birinchi qismida koʻrsatilganlar bundan mustasno, soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ushbu Kodeksga muvofiq davlat soliq xizmati organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan eʼtiboran bir yuz sakson uch kundan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizasiga shartnoma yoki yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti nomidan Oʻzbekiston Respublikasida ish yuritish uchun berilgan ishonchnoma, shuningdek majburiyatlarining bajarilishi doimiy muassasa tashkil topishiga olib keladigan shartnoma mavjud boʻlsa, shu shartnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksga muvofiq yer soligʻi, shuningdek koʻchmas mulkka taalluqli qismida mol-mulk soligʻi toʻlovchilari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari yer uchastkasiga, koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga unda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilganlik uchun olinadigan aksiz soligʻi toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida taqdim etishi shart. Arizaga unda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
(80-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida soliq toʻlovchiga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini beradi, soliq toʻlovchi haqidagi hisobga qoʻyish maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritadi va tegishli ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchini hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza va guvohnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan alohida boʻlinmalardan bir nechtasiga ega boʻlsa, hisobga qoʻyish har bir alohida boʻlinma boʻyicha tegishli davlat soliq xizmati organlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti Oʻzbekiston Respublikasida bir nechta doimiy muassasaga ega boʻlsa, u har bir doimiy muassasa boʻyicha tegishli davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi shart. Bitta yuridik shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining bir nechta doimiy muassasa boʻyicha soliq hisobotini jamlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-modda. Soliq toʻlovchini obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchini obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyish soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchini obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyish u ushbu Kodeksning 80-moddasida belgilangan tartibda hisobga qoʻyilganidan keyin, agar ushbu Kodeksga muvofiq soliq toʻlovchida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilmagan joydagi yer soligʻi, mol-mulk soligʻi yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash majburiyati yuzaga kelgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
(81-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga qoʻyilmagan joydagi yer soligʻini, mol-mulk soligʻini yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash majburiyati yuzaga kelgan soliq toʻlovchi tegishli yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran yoxud mol-mulk soligʻi yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida soliq solish obyektlarini ular joylashgan yerda hisobga qoʻyish uchun davlat soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat etishi kerak.
(81-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyilishi davlat soliq xizmati organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlovchi — jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan majburiyat tatbiq etilmaydi.
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining ilgari berilgan identifikatsiya raqamiga muvofiq soliq toʻlovchi murojaat etgan kundan uch kundan kechiktirmay uni obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-modda. Soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs — soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi asosiy hisob maʼlumotlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi (toʻliq va qisqartirilgan nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashgan yeri (pochta manzili).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asosiy hisob maʼlumotlariga qoʻshimcha ravishda quyidagilar ham hisob maʼlumotlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeks 35-moddasining ikkinchi qismi asosida soliq majburiyatlarini mustaqil ravishda bajaradigan alohida boʻlinmalar, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlarining tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar uchun — soliq toʻlovchi qaysi tashkilotning tarkibiga kirsa, shu tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, joy va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat tashkilotlari uchun — ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat tashkilotlari uchun, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno, muassislarning — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlarining soliq toʻlovchi tariqasidagi identifikatsiya raqamini hamda har bir muassisning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini ham koʻrsatgan holda muassislarning toʻliq tarkibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs — soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — fuqaroning identifikatsiya raqami (shaxsiy kodi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasportining seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joyi (manzili).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun quyidagilar ham soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlaridir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, joy va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat amalga oshiriladigan joy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-modda. Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlarini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlarini yuritish soliq toʻlovchilar hamda ushbu Kodeksning 84-moddasida nazarda tutilgan organlar va tashkilotlar tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlarida hisobda turmagan soliq toʻlovchilar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari ularga belgilangan tartibda hisobga turish toʻgʻrisida talabnoma taqdim etadi. Bunday talabnoma olinganligi shaxsni qonunda belgilangan javobgarlikdan ozod etmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1762-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritilgan yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga hisob maʼlumotlaridagi har qanday oʻzgarishlar haqida bunday oʻzgarishlar yuzaga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda davlat soliq xizmati organi mazkur soliq toʻlovchiga taalluqli barcha materiallarni uning yangi yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshirishi shart. Bunday materiallarni topshirish-qabul qilib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining talabi boʻyicha davlat soliq xizmati organi mazkur soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomani, shu jumladan oʻzgarishlar kiritilgan hisob maʼlumotlarini ham koʻrsatgan holda berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestridan chiqarish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — ular vafot etganidan keyin, basharti soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati ularning merosxoʻrlari tomonidan toʻliq uzilgan yoki soliq qarzi belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — ular tugatilganidan keyin, basharti soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati toʻliq uzilgan yoki soliq qarzi belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — ularning Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritilishini belgilagan holatlar bekor boʻlgan, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati toʻliq uzilgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar hamda ularning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar, ushbu Kodeks 80-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganlar bundan mustasno, roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga ushbu yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay tegishli yuridik shaxslarning davlat reyestridan koʻchirma topshirishi shart. Mazkur organlar davlat soliq xizmati organiga tegishli yuridik shaxslarga taalluqli davlat reyestriga kiritilgan har qanday oʻzgartishlar toʻgʻrisida ham bunday oʻzgartishlar kiritilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar beradigan organlar bunday hujjatlar berilgan shaxslar joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga shunday hujjatlar berilganligi hollari haqida maʼlum qilishi, shuningdek mazkur hujjatlar bekor qilinganligi, ularning amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari pasportlar berilganligi, shu jumladan yoʻqotilgan yoki amal qilish muddati oʻtgan pasportlar oʻrniga pasportlar berilganligi faktlari haqida, bekor qilingan pasportlar toʻgʻrisida oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, shuningdek turar joyni ijaraga berish shartnomasi, tekin foydalanishga berish shartnomasi mavjud emasligining yoki davlat soliq xizmati organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etilmaganligining aniqlangan faktlari haqida oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga uch ish kuni ichida maʼlum qilishi shart.
(84-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
(84-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar har yili 1-fevralgacha oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mulk, uning mulkdorlari (egalari) toʻgʻrisida 1-yanvar holatiga koʻra maʼlumot berishi, shuningdek yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar yil davomida yuzaga kelganda — mazkur koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida maʼlum qilishi shart.
(84-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslarini hisobga oluvchi organlar suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga 1-fevraldan kechiktirmasdan oʻtgan yil yakunlari boʻyicha oʻlchov asboblarisiz foydalanilgan suv hajmlari toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
(84-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son,555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idoralari tegishincha koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari, mol-mulk ijarasi shartnomalari tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisida koʻrsatilgan notarial harakatlar amalga oshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga maʼlum qilishi shart.
(84-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi organlar yer uchastkasiga boʻlgan huquqi yuzaga kelgan (tugatilgan) shaxslarni koʻrsatgan holda yer uchastkasiga boʻlgan huquq berilganligi (tugatilganligi) toʻgʻrisida, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatsiz yoki hujjatda koʻrsatilganiga nisbatan katta hajmdagi yer uchastkalaridan foydalanilganlik va yer uchastkasiga boʻlgan egalik qilish, foydalanish, ijara va mulk huquqining roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi hollari haqida yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga mazkur hollar aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda maʼlum qilishi shart;
(84-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-martdagi OʻRQ-526-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son — 2019-yil 6-iyundan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi va (yoki) baholovchi organlar har bir qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi boʻyicha qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga har yili yanvar oyining birinchi oʻn kunligida, yil davomida normativ qiymat oʻzgargan taqdirda, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda elektron shaklda axborot taqdim etadi;
(84-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-martdagi OʻRQ-526-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son — 2019-yil 6-iyundan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshiruvchi va (yoki) yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga yer qaʼri uchastkasi joylashgan yer hamda mazkur yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi berilgan shaxs toʻgʻrisidagi axborotni yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi roʻyxatdan oʻtkazilgan (hisobga olingan) kundan eʼtiboran oʻn kun ichida maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart.
(84-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2355, 26.04.2012-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga faqat ular davlat soliq xizmatining tegishli organida hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgan taqdirda bank hisobvaraqlari ochishi mumkin va hisobvaraqlar ochilganligi toʻgʻrisida oʻsha organga keyingi kundan kechiktirmay maʼlum qilishi shart. Qonunda nazarda tutilgan hollarda banklar davlat soliq xizmati organlariga boshqa maʼlumotlarni ham taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari har oyda eksport-import operatsiyalari, shuningdek tovarlarni olib oʻtish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali elektron tijorat shaklida amalga oshirilgan tovarlarni olib oʻtish haqidagi maʼlumotni davlat soliq xizmati organlariga maʼlum qilishi shart.
(84-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentining domen nomlari tizimini belgilovchi organ tegishli maʼlumotlar bazasiga ulanish uchun dasturiy vositalarni taqdim etish orqali davlat soliq xizmati organlariga domen nomlari administratorlari toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini beradi.
(84-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibi ushbu moddada nazarda tutilgan organlar bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(84-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2355, 26.04.2012-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Soliq tekshiruvlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-modda. Soliq tekshiruvi tushunchasi va shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir.
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining uchinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida soliq toʻlovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarini oʻrganish va taqqoslashdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa muddatli tekshiruv soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish bilan bogʻliq boʻlmagan, uning ayrim operatsiyalarining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiruvidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishuvga koʻra oʻtkaziladigan tekshiruvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishuvga koʻra oʻtkaziladigan tekshiruvlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida oʻtkaziladigan tekshirish yoki tavakkalchilikni tahlil etish natijalarining yakunlari boʻyicha davlat soliq xizmati organlari tashabbusiga koʻra tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan oʻtkaziladigan tekshirish hamda faoliyati tugatilayotganda yagona soliq toʻlovini toʻlovchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi faktlariga barham berish boʻyicha tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini rasman toʻxtatib turgan davr mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni davom ettirayotgan jismoniy shaxsning faoliyatini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notijorat tashkilotlarini, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarini, shuningdek chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari hamda filiallarini ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan tekshirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(86-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-modda. Soliq tekshiruvlarining ishtirokchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq toʻlovchi soliq tekshiruvlarining ishtirokchilaridir. Soliq tekshiruvlarida soliq toʻlovchining vakili ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq tekshiruviga soliq tekshiruvi natijasidan manfaatdor boʻlmagan ekspert, tarjimon va xolislar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining soliq tekshiruvlari tadbirkorlik faoliyati subyektlari soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
(87-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi moliya-xoʻjalik faoliyatining tekshiruvini oʻtkazish (taftish qilish) uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organning tekshiruvni oʻtkazishga roziligi, ushbu rozilikda tekshiriladigan obyektning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadi, tekshiruv oʻtkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining buyrugʻi, buyruqda tekshiruvni oʻtkazish maqsadi, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organning tekshiruvni oʻtkazishga boʻlgan roziligi jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida oʻtkaziladigan tekshirish yoki tadbirkorlik subyektlari faoliyati tavakkalchiligini tahlil etish natijalarining yakunlari boʻyicha davlat soliq xizmati organlari tashabbusiga koʻra tekshirishni oʻtkazish uchun asos boʻladi, ushbu rozilikda tekshiriladigan obyektning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, oʻtkazilish muddatlari va tekshiruvni asoslovchi sabablar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor etish tartibida tekshiruvni oʻtkazish uchun davlat soliq xizmati organining tekshiruvni oʻtkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi koʻrsatilgan buyrugʻi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan yuridik shaxsni va faoliyati tugatilayotganda yagona soliq toʻlovini toʻlovchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorni soliq tekshiruvidan oʻtkazish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning yuridik shaxs tugatilayotganligi va yagona soliq toʻlovini toʻlovchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati tugatilayotganligi toʻgʻrisidagi yozma bildirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining tekshiruvni oʻtkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi koʻrsatilgan buyrugʻi asos boʻladi.
(88-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-modda. Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining soliq tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi muddatlarini uzaytirish davlat soliq xizmati organining qoʻshimcha buyrugʻi bilan rasmiylashtirilib, unda oldingi buyruqning roʻyxatdan oʻtkazish raqami hamda sanasi, tekshiruv oʻtkazishga ilgari jalb etilgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa muddatli soliq tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak. Bunda tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini, qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini qisqa muddatli tekshirishlarni, shuningdek taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi faktlariga barham berish boʻyicha qisqa muddatli tekshirishlarni oʻtkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining tegishli soliq tekshiruvini oʻtkazish muddati nazorat qiluvchi organlarning asoslantirilgan talabnomalariga koʻra, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organning ruxsatnomasiga binoan faqat bir marta uzaytirilishi mumkin. Bunda tegishli tekshiruvning uzaytirilgan muddati uni uzaytirishning asosiy muddatidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning ijrosi sud tomonidan toʻxtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini oʻtkazish muddatini hisoblash ham toʻxtatiladi.
(89-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-modda. Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish davriyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) bir yilda koʻpi bilan bir marta, belgilangan normalar va qoidalarga oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda rioya etayotgan soliq toʻlovchilar moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari esa, ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi, ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(90-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) besh yilda koʻpi bilan bir marta, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklari moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) toʻrt yilda koʻpi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlari moliya-xoʻjalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) uch yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi.
(90-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(90-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan oʻtkazilmaydi.
(90-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 39-moddasining birinchi — beshinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 10, 101-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada koʻrsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshiruvlardan oʻtkazilishi mumkin.
(90-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda. Soliq tekshiruvlarini oʻtkazishga doir qoʻshimcha shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvlari faqat ushbu Kodeksning 88-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi oʻtkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni oʻtkazish boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik subyektini tekshiruvdan oʻtkazish muddatlari va predmetini koʻrsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.
(91-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik subyektining faoliyati toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil etish asosida oʻtkaziladigan kameral nazorat natijalari boʻyicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
(91-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Coliq monitoringi amalga oshirilgan soliq davri uchun moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha rejali tekshiruvlar oʻtkazilmaydi, bundan soliq monitoringi muddatidan ilgari tugatilgan hollar mustasno.
(91-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi oʻtkazilishi soliq toʻlovchining faoliyatini toʻxtatib qoʻymasligi kerak, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan boshqa tumanlarda (shaharlarda) davlat roʻyxatidan oʻtgan tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari oʻtkazish, ularning ishlab chiqarish binolari, savdo nuqtalari va xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish) joyi qayerda joylashganligidan qatʼi nazar, takrorlashga yoʻl qoʻyilmagan holda, tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi tegishli davlat soliq xizmati organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan soliq tekshiruvi oʻtkazish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvini oʻtkazish dasturida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvi oʻtkazilayotganda oʻrganiladigan masala yoki masalalar doirasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvi soliq toʻgʻrisidagi qaysi qonun hujjatlariga rioya etilishini oʻrganish uchun oʻtkaziladigan boʻlsa, shu qonun hujjatlarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv turidan kelib chiqqan holda boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvini oʻtkazish dasturini tuzish qoidalari nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(91-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
(91-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi soliq toʻlovchining tekshiruv oʻtkazilayotgan yildan bevosita oldingi koʻpi bilan besh kalendar yildagi faoliyatini qamrab olishi mumkin. Bunda tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish oʻtkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan koʻp boʻlmagan davrni qamrab oladi.
(91-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvlari oʻtkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq toʻlovchining hududi va joylarini tekshirishga, mol-mulkni inventarizatsiya qilishga, hujjatlarni talab qilib olishga, hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyishga, soliq toʻlovchidan, shuningdek soliq toʻlovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olishga, bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish choralarini koʻrishga, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlashga, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilishga, ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvlari oʻtkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq toʻlovchi tomonidan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazishning boshlanishi. Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvi oʻtkaziladigan hududga va joyga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi soliq tekshiruvini oʻtkazishni boshlashdan oldin, naqd pul tushumlariga taalluqli masalalar yuzasidan qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazilayotganda esa soliq tekshiruvi tugallanguniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchini soliq tekshiruvining maqsadi bilan tanishtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xizmat guvohnomasini, shuningdek tekshirishlarni oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasini koʻrsatishi
(92-modda birinchi qismining uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasning birinchi, ikkinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisida”gi namunaviy nizom, “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2070, 20.01.2010-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirishi;
(92-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchiga xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasidan koʻchirma nusxasini yoki nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning rejadan tashqari soliq tekshiruvi (ushbu Kodeks 88-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha oʻtkaziladigan rejadan tashqari soliq tekshiruvi bundan mustasno) oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori koʻchirma nusxasini, shuningdek davlat soliq xizmati organining tegishli soliq tekshiruvi tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻining hamda soliq tekshiruvini oʻtkazish dasturining koʻchirma nusxalarini topshirib, tilxat olishi shart.
(92-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlar soliq toʻlovchiga topshirilgan payt soliq tekshiruvini oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. Soliq toʻlovchining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi soliq tekshiruvini bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Soliq toʻlovchi mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsi tomonidan uning oʻzi va soliq toʻlovchi imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Soliq toʻlovchi ushbu dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bunday holda dalolatnoma imzolangan payt soliq tekshiruvini oʻtkazishning boshlanishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxslarini soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun hududga va joylarga qoʻyishi shart, ushbu moddaning toʻrtinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun hududga va joylarga qoʻymaslikka haqli, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlar topshirilmagan yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi ularni olishdan bosh tortgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilmagan, oʻz xizmat guvohnomasini va tekshirishlarni oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasini koʻrsatmagan boʻlsa;
(92-moddaning toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvini oʻtkazishning buyruqda koʻrsatilgan muddatlari boshlanmagan yoki oʻtib ketgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirishdan bosh tortsa.
(92-moddaning toʻrtinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsiga soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun hududga va joylarga kirishiga toʻsqinlik qilinganda, uning oʻzi va soliq toʻlovchi tomonidan imzolanadigan dalolatnoma tuziladi. Soliq toʻlovchi mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxslariga soliq toʻlovchining hududiga va joyiga (turar joy binolari bundan mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilganlik, xuddi shuningdek davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlikka tortilganlik soliq tekshiruvini bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining qonunda belgilangan hollardan yoki sud qarori asosida amalga oshiriladigan hollardan boshqa hollarda turar joylarga ularda yashovchi jismoniy shaxslarning xohish-irodasidan tashqari yoki unga qarshi tarzda kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-modda. Hududlar va joylarni koʻzdan kechirish. Mol-mulkni inventarizatsiyadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari, zarurat boʻlganda, soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish obyektlari bilan bogʻliq hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini hamda boshqa binolar, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirishi, shuningdek soliq toʻlovchining mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazishi mumkin. Koʻzdan kechirish oʻtkazilayotganda soliq tekshiruvi qaysi shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs yoki uning vakili qatnashishga haqli. Koʻzdan kechirish oʻtkazilayotganda zarur hollarda foto va kinosuratga olinishi, videoyozuvga tushirilishi, hujjatlardan koʻchirma nusxalar olinishi mumkin, bu haqda bayonnomada koʻrsatiladi. Koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksning 100-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish vaqtida mol-mulkni inventarizatsiyadan oʻtkazish buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxslari tekshirilayotgan soliq toʻlovchidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash bilan bogʻliq, tekshiruv maqsadlariga tegishli va tekshirilayotgan davrga taalluqli hujjatlarni talab qilib olishga haqli.
(94-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda, soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi ushbu Kodeksning 95-moddasida nazarda tutilgan tartibda zarur hujjatlarni olib qoʻyishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-modda. Hujjatlarni va predmetlarni olib qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar va huquqbuzarlik predmetlari soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida olib qoʻyilishi mumkin, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar va predmetlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar va predmetlarni tungi vaqtda — soat 23-00 dan 6-00 gacha — olib qoʻyish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruviga taalluqli boʻlmagan hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish boshlanguniga qadar olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxsga hujjatlarni va predmetlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadi hamda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlari va predmetlari olib qoʻyilayotgan shaxsga ularni ixtiyoriy ravishda topshirishni taklif etadi, u bosh tortgan taqdirda esa majburan olib qoʻyish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni va predmetlarni olib qoʻyish soliq toʻlovchi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni va predmetlarni majburan olib qoʻyish xolislar hamda soliq toʻlovchi ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda olib qoʻyilayotgan barcha hujjatlar va predmetlar xolislarga hamda olib qoʻyishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar asl nusxa yoki soliq toʻlovchining imzosi va muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan koʻchirma nusxalar koʻrinishida olib qoʻyiladi.
(95-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi hujjatlari koʻchirma nusxalarining olib qoʻyilishi soliq nazoratini amalga oshirish uchun yetarli boʻlmagan hollarda hamda davlat soliq xizmati organlarida hujjatlarning asl nusxalari yoʻq qilinishi, yashirilishi, tuzatilishi yoki almashtirilishiga yetarli asoslar boʻlgan hollarda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlarning asl nusxasini olib qoʻyishga haqli. Hujjatlarning asl nusxalari olib qoʻyilayotganda ulardan koʻchirma nusxalar tayyorlanadi, bu nusxalar davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va kimdan olib qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga beriladi. Hujjatlarni olib qoʻyish bilan bir vaqtning oʻzida ulardan koʻchirma nusxa tayyorlash yoki tayyorlangan koʻchirma nusxalarni berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi ularni hujjatlari olib qoʻyilgan shaxsga olib qoʻyilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida beradi. Qolgan hollarda soliq toʻlovchining imzosi va muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan hujjatlarning koʻchirma nusxalari olib qoʻyiladi.
(95-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish ushbu Kodeksning 100-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan roʻyxatlarda hujjatlar va predmetlarning nomi, miqdori hamda alohida belgilari, imkoni boʻlganda esa predmetlarning qiymati koʻrsatilgan holda sanab oʻtilishi va tavsiflanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan biri hujjatlar va predmetlar kimdan olib qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga topshirilib, tilxat olinadi. Bayonnomani qabul qilishdan bosh tortilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda bayonnomaning bir nusxasi hujjatlari va predmetlari olib qoʻyilgan shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u joʻnatilgan kundan eʼtiboran uch kun oʻtganidan soʻng topshirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-modda. Soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish aniqlangan shuningdek ushbu moddaning uchinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(96-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish soliq toʻlovchi tomonidan rad etilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi quyidagi hollarda soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori vujudga kelguniga qadar banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar toʻxtatilgan shart-sharoitlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini besh bank kunigacha boʻlgan muddatga vaqtincha toʻxtatib turishga ham haqli.
(96-moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan realizatsiya qilish deb ushbu moddani qoʻllash maqsadida quyidagilar eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kameral nazorat jarayonida aniqlangan, kirim qilingan va realizatsiya qilingan (sarflangan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarining mos emasligi, xuddi shuningdek bank operatsiyalarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining xususiyati va turiga mos emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) kirim qilinganligi fakti toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjatlarning mavjud emasligi, almashtirib qoʻyilganligi, qalbakilashtirilganligi yoki yoʻq qilinganligi, realizatsiya qilinmagan tovarlar sifatida hisobga olingan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan realizatsiya qilayotganligi hollarini tasdiqlovchi hujjatlarning jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilishi.
(96-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-modda. Ekspertiza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda ishtirok etish uchun ekspert jalb etilishi va ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun fan, sanʼat, texnika va boshqa sohalar boʻyicha maxsus bilim talab etilgan taqdirda ekspertiza tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror tekshiruv oʻtkazayotgan mansabdor shaxsning iltimosnomasi asosida davlat soliq xizmati organining rahbari tomonidan qabul qilinadi. Qarorda ekspertizani tayinlash uchun asoslar, ekspertiza oʻtkazishi kerak boʻlgan tashkilotning nomi yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ekspert oldiga qoʻyilgan masalalar va ekspert ixtiyoriga beriladigan materiallar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni ekspert sifatida jalb etish davlat soliq xizmati organi va ekspert oʻrtasida ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert ekspertiza predmetiga taalluqli soliq tekshiruvi materiallari bilan tanishishga, oʻziga qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert, agar unga berilgan materiallar yetarli boʻlmasa, xulosa berishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert xulosani oʻz nomidan yozma shaklda beradi. Ekspert xulosasida uning oʻzi oʻtkazgan tekshirishlar, shu tekshirishlar natijasida qilingan xulosalar hamda oʻrtaga qoʻyilgan masalalarga asoslantirilgan javoblar bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertning xulosasi yoki uning xulosa berish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisidagi xabari tekshirilayotgan shaxsga taqdim etiladi, mazkur shaxs oʻz tushuntirishlarini berish va eʼtirozlar bildirish, shuningdek ekspertning oldiga qoʻshimcha masalalar qoʻyish va qoʻshimcha yoki takroriy ekspertiza tayinlashni soʻrash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha ekspertiza xulosa yetarlicha aniq yoki toʻliq boʻlmagan taqdirda tayinlanadi va oʻsha ekspertning oʻziga yoki boshqasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy ekspertiza ekspertning xulosasi asoslanmagan yoki uning toʻgʻriligiga shubha boʻlgan taqdirda tayinlanadi va boshqa ekspertga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha va takroriy ekspertiza ushbu moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-modda. Tarjimonning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda soliq tekshiruvida ishtirok etish uchun tarjimon jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning natijasidan manfaatdor boʻlmagan, tarjima qilish uchun zarur darajada til biladigan yoxud kar yoki soqov jismoniy shaxsning imo-ishoralarini tushunadigan shaxs tarjimondir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon uni tarjimonlikka tayinlagan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining chaqiruviga binoan hozir boʻlishi va oʻziga topshirilgan tarjimani aniq bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimonni jalb etish davlat soliq xizmati organi va tarjimon oʻrtasida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-modda. Xolislar ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi doirasidagi harakatlar amalga oshirilayotganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda xolislar jalb etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 95-moddasining sakkizinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 21-bandining birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvining natijasidan manfaatdor boʻlmagan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining xolislar sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 21-bandining sakkizinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolislar oʻz ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning holati, mazmuni va natijalarini bayonnomada tasdiqlashlari shart. Ular sodir etilgan harakatlar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bayon etishga haqli, bu fikr-mulohaza bayonnomaga kiritib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazish doirasida harakatlar amalga oshirilganda tuziladigan bayonnomaga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq tekshiruvi doirasida harakatlar amalga oshirilganda bayonnoma tuziladi. Bayonnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tekshirilayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tekshiruvni oʻtkazish asoslari, turi va davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) muayyan harakat bajarilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) harakat boshlangan va tugallangan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etgan va (yoki) hozir boʻlgan har bir shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, zarur hollarda esa uning manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) harakatning mazmun-mohiyati, uni oʻtkazish izchilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) soliq tekshiruvi paytida aniqlangan faktlar va holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlarning amalga oshirilishida ishtirok etgan va (yoki) hozir boʻlgan barcha shaxslar bayonnomani oʻqib chiqadilar. Mazkur shaxslar oʻz fikr-mulohazalarini bayon etishga haqli va bu fikr-mulohazalar bayonnomaga kiritilishi yoki soliq tekshiruvi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi lozim. Bayonnoma davlat soliq xizmati organining bayonnomani tuzgan mansabdor shaxsi, shuningdek harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etgan va (yoki) hozir boʻlgan shaxslar tomonidan imzolanadi. Bayonnomaga fotosuratlar va negativlar, kinolentalar, videoyozuvlar hamda harakatlar amalga oshirilganda bajarilgan boshqa materiallar ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-modda. Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha quyidagilar koʻrsatilgan holda soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tekshiruv oʻtkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tekshiruv oʻtkazish uchun asos;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tekshiruv turi va uni oʻtkazish davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) davlat soliq xizmati organining tekshiruvni oʻtkazgan mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) yuridik shaxsning toʻliq nomi, tekshiruv davrida rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi yuritish vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) soliq toʻlovchining joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek uning identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) ilgarigi tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) tekshirilayotgan soliq davri va tekshiruv oʻtkazish uchun soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) soliq sohasidagi huquqbuzarlikning (u mavjud boʻlganda) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola etilgan holdagi mufassal tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) tekshiruv natijalari boʻyicha fikrlar va xulosalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq tekshiruvi tugallanganida soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan boʻlmasa, bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi dalolatnomasining barcha nusxalari davlat soliq xizmati organlarining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq toʻlovchiga topshiriladi. Soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olganda dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻyishi shart. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq tekshiruvi natijalaridan rozi ekanligini anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Mazkur holda soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq toʻlovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va shu paytdan eʼtiboran soliq tekshiruvi tugallangan hisoblanadi.
(101-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi dalolatnomasi soliq toʻlovchiga topshirilgan kun soliq tekshiruvi tugallangan kun hisoblanadi, ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(101-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun asos boʻlgan, ushbu Kodeksning 88-moddasida koʻrsatilgan hujjatlarning nusxalari, soliq tekshiruvi doirasida sodir etilgan harakatlar toʻgʻrisidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, ekspertlarning xulosasi, soliq tekshiruvi oʻtkazish paytida olingan materiallar, shuningdek soliq tekshiruvi doirasida harakatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar soliq tekshiruvi dalolatnomasiga qoʻshib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilagan tartibga binoan soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organida soliq tekshiruvi tugallangan kundan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 28, 28.1-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-modda. Soliq tekshiruvi materiallarining davlat soliq xizmati organi tomonidan koʻrib chiqilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan soliq tekshiruvi tugagan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni oʻtgach, biroq oʻn besh ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 29-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilayotganda hisoblangan yoki ortiqcha toʻlangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar miqdori, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi alomatlari mavjudligi, qoʻllanilayotgan moliyaviy sanksiyalarning miqdori va xususiyati, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar, maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligi, shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilayotganda bayonnoma yuritilib, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning hozir boʻlganligiga oid maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) koʻrib chiqilayotgan soliq tekshiruvi materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, iltimosnomalari va ularni koʻrib chiqish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishda oʻrganilgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish jarayoni haqidagi boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish bayonnomasi soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqqan mansabdor shaxs, shuningdek ularni koʻrib chiqishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi boʻyicha oʻzining yozma tushuntirishlarini yoki eʼtirozlarini soliq tekshiruvi tugagan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida taqdim etishga haqli. Mazkur holda soliq tekshiruvi materiallari soliq toʻlovchining mansabdor shaxslari ishtirokida koʻrib chiqiladi. Davlat soliq xizmati organi tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida soliq toʻlovchini koʻrib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishga uzrli sabablarga koʻra kela olmasligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organini xabardor qilgan boʻlsa, davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishni uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, bu haqda soliq toʻlovchi xabardor qilinadi. Agar soliq toʻlovchi takroriy xabarnomaga qaramasdan soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishga kelmasa, mazkur materiallar, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar va eʼtirozlar uning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi materiallari soliq toʻlovchining ishtirokida koʻrib chiqilganda bayonnoma soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqqan mansabdor shaxs, soliq toʻlovchi, shuningdek ularni koʻrib chiqishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Soliq toʻlovchi bayonnomani imzolashdan bosh tortganda yoxud soliq tekshiruvi materiallari uning ishtirokisiz koʻrib chiqilganda bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi materiallari soliq toʻlovchining ishtirokida koʻrib chiqilganda bayonnoma uch nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi soliq toʻlovchiga beriladi. Soliq toʻlovchi bayonnomani olganda bayonnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻyishi shart. Soliq toʻlovchi bayonnomani olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish bayonnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan barcha nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-modda. Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilganidan keyin besh ish kunidan kechiktirmasdan quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlarni va penyani hisoblashni yoki buni rad etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortishni yoki buni rad etishni.
(103-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, penya, shuningdek qoʻllanilgan jarima summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oʻtkazilgan tekshiruvda aniqlangan soliq toʻlovchi tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlari, mazkur holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) soliq toʻlovchini soliqqa oid muayyan huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi, ushbu Kodeksning muayyan huquqbuzarlikni va qoʻllaniladigan javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi moddalari koʻrsatilgan qaror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Kodeks 104-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etish hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penyani toʻlash muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) soliq toʻlovchi belgilangan muddatlarda soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etgan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penyani toʻlagan taqdirda, uning jarima toʻlashdan ozod etilish huquqi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 30-bandi birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qarori ushbu Kodeksning IV boʻlimi normalariga rioya etilgan holda qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda qarorning nusxasi tilxat olish orqali yoki soliq toʻlovchi tomonidan olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali soliq toʻlovchiga topshiriladi. Agar soliq toʻlovchiga qaror nusxasini topshirishning imkoni boʻlmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan joʻnatiladi va joʻnatilganidan eʼtiboran uch kun oʻtgach, topshirilgan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 30-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-modda. Soliq toʻlovchi tomonidan davlat soliq xizmati organining qarorini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi, agar ushbu Kodeks 54-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat soliq xizmati organi qarorining koʻchirma nusxasi olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qarorda koʻrsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etishi hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penya summasini toʻlashi shart.
(104-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda soliqqa oid huquqbuzarliklar bartaraf etilgan hamda hisoblangan soliqlar, majburiy toʻlovlar va penya summasi toʻlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organi qarorining soliq toʻlovchiga nisbatan qoʻllaniladigan jarima qismi bekor qilingan hisoblanadi. Mazkur norma tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni yashirish (kamaytirish) va kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanilish tartibini buzish hollariga tatbiq etilmaydi.
(104-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 32-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penya summasi toʻlanmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi ushbu Kodeksning 62—65-moddalariga muvofiq soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penyani majburiy ravishda undirish choralarini koʻradi, shuningdek soliq toʻlovchiga nisbatan jarima qoʻllash toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 31-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat soliq xizmati organining qarori budjetga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning tushmasligiga olib kelmagan soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun soliq toʻlovchiga nisbatan jarima qoʻllanilishini nazarda tutsa, soliq toʻlovchi qaror nusxasini olgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga mazkur huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va ixtiyoriy ravishda jarima toʻlashi toʻgʻrisida yoki uni rad etishi toʻgʻrisida yozma bildirish taqdim etishi (yuborishi) shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlikdagi aybini tan olgan taqdirda, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddatda davlat soliq xizmati organiga jarimani (aniq muddatni koʻrsatgan holda) ixtiyoriy ravishda toʻlash uchun zarur boʻlgan muddat berish toʻgʻrisida murojaat qiladi. Jarima qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari arizani olgan kundan eʼtiboran ikki ish kunidan kechiktirmasdan soliq toʻlovchi tomonidan soʻralgan muddatni berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Muddat jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlash uchun muddat berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan, ushbu Kodeks 54-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa olti oydan oshmasligi kerak. Mazkur qarorning nusxasi soliq toʻlovchiga tilxat olish orqali yoki soliq toʻlovchi qaror nusxasini olgan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali topshiriladi. Agar soliq toʻlovchiga qarorning nusxasini bunday usullar orqali topshirish imkoni boʻlmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan joʻnatiladi va joʻnatilganidan uch kun oʻtgach, topshirilgan hisoblanadi.
(104-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 33-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq soliq toʻlovchi sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlash toʻgʻrisidagi yoki uni rad etganligi toʻgʻrisidagi yozma bildirishni taqdim etmagan yoxud rad etganligi toʻgʻrisida yozma bildirish taqdim etgan taqdirda, shuningdek ushbu moddaning beshinchi qismiga muvofiq berilgan muddat ichida jarima toʻlanmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchiga nisbatan jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ushbu bob qoidalariga rioya etmaganligi davlat soliq xizmati organining qarori davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan bekor qilinishi yoki mazkur qarorning sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi uchun asos boʻlishi mumkin.
(104-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazishda gʻayriqonuniy harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvini oʻtkazishda soliq toʻlovchiga yoxud uning egaligida, foydalanishida yoki tasarrufida boʻlgan mol-mulkka gʻayriqonuniy harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvini oʻtkazishda davlat soliq xizmati organlari yoki ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari orqali yetkazilgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning oʻrni davlat soliq xizmati organlari tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi kerak. Sud qaroriga binoan zararlarning oʻrnini qoplash davlat soliq xizmati organlari qaysi mansabdor shaxslarining aybi bilan zarar yetkazilgan boʻlsa, oʻsha mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari va ularning mansabdor shaxslari gʻayriqonuniy harakatlar sodir etganligi natijasida soliq toʻlovchiga yetkazilgan zarar uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 985-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy harakatlari orqali soliq toʻlovchiga yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOʻLIM. SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bob. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining ushbu Kodeksda javobgarlik belgilangan gʻayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-modda. Jismoniy shaxslarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarligi oʻn olti yoshdan boshlab vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortishning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech kim soliqqa oid huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan boshqa asoslar boʻyicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech kim soliqqa oid sodir etilgan aynan bitta huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 24-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jismoniy shaxs sodir etgan soliqqa oid huquqbuzarlikda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari boʻlmasa, bu huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan javobgarlik kelib chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 8-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 2 — 7, 10, 13, 14-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 25-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiyalar yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda qoʻllaniladi.
(108-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 112-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 25-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, uning mansabdor shaxslarini maʼmuriy, jinoiy va boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 174, 175, 1753, 2153-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 30-maydagi 8-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilishi uni soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga qadar u soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortilayotgan shaxs oʻzining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikda aybsiz ekanligini isbotlashi shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar uncha ogʻir boʻlmagan moliyaviy sanksiyani ogʻirroq jarima bilan qamrab olish yoxud tayinlangan jarimalarni toʻliq yoki qisman qoʻshish orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui boʻyicha qoʻllaniladi. Bunda jarimaning uzil-kesil miqdori jarimaning yuqori miqdori nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan eng koʻp miqdordan oshishi mumkin emas.
(108-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq toʻlovchi birinchi ish boʻyicha qaror chiqarilguniga qadar soliqqa oid yana boshqa huquqbuzarliklar sodir etganligi ish boʻyicha qaror chiqarilganidan soʻng aniqlansa, ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jarima qoʻllaniladi. Bu holda, sud tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui boʻyicha tayinlangan jarima miqdorida birinchi qaror boʻyicha toʻlangan jarimaning summasi hisobga olinadi.
(108-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan shaxs moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida xuddi shunday huquqbuzarlikni takroran sodir etmagan boʻlsa, u moliyaviy sanksiyalarga tortilmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi faktining yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yoʻqligi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 110-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 26-bandining birinchi — uchinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa holatlar ham mavjud boʻlgan taqdirda, shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish chogʻida birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan, shu jumladan soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlagan taqdirda, unga nisbatan jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qoʻllanilishi mumkin emas.
(109-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-modda. Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini va uni javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar
(110-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari boʻlgan qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar oqibatida sodir etilganligi (mazkur holatlar hammaga maʼlum faktlarning mavjudligi, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan maʼlumotlar va isbotlash uchun maxsus vositalar talab etilmaydigan boshqa usullar bilan belgilanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari boʻlgan qilmish bunday qilmish sodir etilgan paytda kasallik oqibatida oʻz harakatlarini oʻzi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan holatda boʻlgan (mazkur holatlar mazmuni, mohiyati va sanasi boʻyicha soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan oʻsha soliq davriga taalluqli boʻlgan hujjatlarni taqdim etish orqali isbotlanadi) jismoniy shaxs — soliq toʻlovchi tomonidan sodir etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar yoki ular mansabdor shaxslarining soliqqa oid qonun hujjatlarining qoʻllanilishi masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida bergan yozma tushuntirishlari soliq toʻlovchi tomonidan bajarilganda (mazkur holatlar ushbu organlarning tegishli hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda belgilanadi, ushbu hujjatlar maʼnosi va mazmuniga koʻra, hujjatlar qabul qilingan sanadan qatʼi nazar, soliqqa oid huquqbuzarlik yuz bergan soliq davriga taalluqli boʻlishi lozim).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik sodir etish vaqtida oʻn olti yoshga toʻlmagan jismoniy shaxs tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq majburiyatlari boʻyicha daʼvo muddatlari tugaganda.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7-bandi, 26-bandining toʻrtinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar kechishi oqibatida huquqbuzarlik sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahdid yoki majburlash taʼsirida yoxud moddiy, xizmat yoki boshqa jihatdan qaramlik sababli huquqbuzarlik sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan javobgarlikni yengillashtiruvchi deb topilishi mumkin boʻlgan boshqa holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holat deb eʼtirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 43-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112-modda. Moliyaviy sanksiyalar va ularni qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi boʻlib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1724, 09.10.2007-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga — soliq toʻlovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qoʻllaniladi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq toʻlovchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 35-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar faqat sud tartibida qoʻllaniladi, penya hisoblash hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllaniladigan moliyaviy sanksiya huquqbuzarlikning oqibatlariga nomutanosib boʻlgan, javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, shuningdek huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olib, sud ushbu Kodeksning 17-bobida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq, biroq belgilangan sanksiya eng kam miqdorining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda, sabablar va asoslarni albatta koʻrsatgan holda moliyaviy sanksiya qoʻllashga haqli.
(112-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va penya materiallar sudga berilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda tadbirkorlik subyekti — soliq toʻlovchi oʻziga nisbatan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlamaganligi uchun jarimalar qoʻllanilishidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-bob. Soliqqa oid huquqbuzarliklarning turlari hamda ularni sodir etganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-modda. Davlat soliq xizmati organida hisobga turishdan boʻyin tovlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining, bundan bir vaqtning oʻzida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qoʻyilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan soliq toʻlovchilar mustasno, davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan boʻyin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar faoliyat koʻpi bilan oʻttiz kun amalga oshirilgan boʻlsa, — eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan sof tushumning oʻn foizidan kam boʻlmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar faoliyat oʻttiz kundan ortiq amalga oshirilgan boʻlsa, — eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan sof tushumning ellik foizidan kam boʻlmagan miqdorda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining davlat soliq xizmati organida obyektlar boʻyicha hisobga turishdan boʻyin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar hisobga turish boʻyicha belgilangan muddatdan koʻpi bilan oʻttiz kun oʻtgan boʻlsa, — eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar hisobga turish boʻyicha belgilangan muddatdan oʻttiz kundan ortiq oʻtgan boʻlsa, — eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida.
(113-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114-modda. Kirim qilinmagan tovarlarni saqlash yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib koʻrsatish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirim qilinmagan tovar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(114-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 38, 38.1-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim qilinmagan tovarlar qoʻzgʻatilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yoki jinoyat ishi doirasida davlat daromadiga oʻtkazilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sanksiya qoʻllanilmaydi.
(114-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) summasiga qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 38.3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddani qoʻllash maqsadida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti hujjat bilan tasdiqlanganda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasining hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjatlar almashtirilganligi, soxtalashtirilganligi yoki yoʻq qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi.
(114-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — 2013-y., 52-son, 685-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 38.2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoki kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlar asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaganlik uchun soliq toʻlovchi — yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq toʻlovchi — jismoniy shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
(115-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 175-moddasining birinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116-modda. Buxgalteriya hisobini yuritish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobining mavjud emasligi yoki uni belgilangan tartibni buzgan holda yuritganlik hisoblanishi lozim boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlab boʻlmasligiga olib kelsa, soliq toʻlovchi — yuridik shaxsning mansabdor shaxsi maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi soliq toʻlovchi — yuridik shaxsni buxgalteriya hisobini tiklash majburiyatidan ozod qilmaydi.
(116-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1751-moddasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117-modda. Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanganlik uchun shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(117-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 — 9-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining Roʻyxati”, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 165, 1763-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118-modda. Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinmaydigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik—
(118-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Bunda mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan soliq summasini budjetga toʻlashi shart.
(118-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchilarga nisbatan jarima solish qoʻllanilmaydi va ular qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha budjet bilan qayta hisob-kitob qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119-modda. Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan va toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini ishlatish majburiy boʻlgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish majburiy boʻlgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʻrsatganlik —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik yoki fiskal xotirasining xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, shuningdek plastik kartochkalar asosida toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(119-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamsining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 40 — 40.3-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovning belgilangan muddatidan keyingi kundan eʼtiboran muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun, toʻlov kuni ham shunga kiradi, 0,045 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab boʻladi, agar penyani hisoblash soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilsa, — 0,06 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab boʻladi. Bunda boshqa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summaga teng boʻlgan qarz summasiga penya hisoblanmaydi. Penya miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasidan oshib ketishi mumkin emas. Penya undirilishi soliq toʻlovchini soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. Yuridik shaxs — tadbirkorlik subyekti ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan eʼtiboran barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penyalar hisoblash toʻxtatiladi. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qayta boshlangan taqdirda, penya belgilangan tartibda qoʻshib hisoblanadi hamda hisoblashlar toʻxtatib turilgan butun davr uchun undiriladi.
(120-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 36-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 18-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121-modda. Yer uchastkalaridan ularga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish yer soligʻining summasiga ekvivalent miqdorda:
(121-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga — toʻrt baravari miqdorida;
(121-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga — uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(121-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.15.00.00 Davlat soliq xizmati idoralari aktlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari va harakatsizligi ustidan shikoyat qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bob. Davlat soliq xizmati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari va harakatsizligi ustidan shikoyat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122-modda. Shikoyat berish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berish uchun davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga (yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga) yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 27-bobi (“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan shikoyatlar”), Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 112 — 114-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 34-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123-modda. Shikoyat berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga (yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga) shikoyat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunning 12-moddasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga shikoyat berilganligi shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 27-bobi (“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan shikoyatlar”), Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 112-114-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berish tegishincha shikoyat boʻyicha davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini toʻxtatib turadi. Soliq toʻlovchi qaysi davlat soliq xizmati organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari ustidan shikoyat qilayotgan boʻlsa, oʻsha organni davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi toʻgʻrisida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.
(123-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124-modda. Davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga shikoyat berish tartibi va muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining qarori, uning mansabdor shaxsining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat davlat soliq xizmatining tegishli yuqori turuvchi organiga yozma shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga shikoyat soliq toʻlovchi oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida beriladi. Shikoyatga uni asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125-modda. Shikoyatni davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining qarori, uning mansabdor shaxsining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan berilgan shikoyat davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan shikoyat olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining qarori, uning mansabdor shaxsining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish yakunlariga binoan davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining shikoyatga sabab boʻlgan qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish yakunlariga binoan mazmunan qaror chiqarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati yuqori turuvchi organining shikoyat yuzasidan qarori oʻttiz kun ichida qabul qilinadi. Shikoyat bergan shaxsga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yozma shaklda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAXSUS QISM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOʻLIM. YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN FOYDA SOLIGʻI
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.01 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foyda soligʻi toʻlovchi yuridik shaxslar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil boʻlish manbai Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan daromadlar, shuningdek ushbu Kodeks 132-moddasi birinchi qismining 2, 3 va 15-bandlarida koʻrsatilgan daromadlar olinganda notijorat tashkilotlar mazkur daromadlarga taalluqli qism boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlovchilar boʻladi. Bunda ushbu Kodeksning 132-moddasida koʻrsatilgan boshqa daromadlarni olganlik tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi. Dividendlar va foizlarga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda toʻlov manbaida soliq solinadi;
(126-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 40-moddasining birinchi, uchinchi-toʻrtinchi qismlari, 73 — 78-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ushbu Kodeksning XX boʻlimida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining obyekti quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining foydasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining va Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining ushbu boʻlimga muvofiq chegirmalar qilinmagan holda toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan baza jami daromad bilan ushbu boʻlimda nazarda tutilgan chegirib tashlanadigan xarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida, mazkur Kodeks 158-moddasining ikkinchi qismida, boshqa qonunlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hamda ushbu Kodeksning 159-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.
(128-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan soliq davrlariga tegishli, joriy soliq davriga oʻtkazilishi lozim boʻlgan zararlar mavjud boʻlsa, soliq solinadigan baza ushbu Kodeksning 161-moddasiga muvofiq taqsimlab oʻtkaziladigan zararlar summasiga kamaytiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.02 (Кучини йукотган) Jami daromad / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-bob. Jami daromad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129-modda. Jami daromadning tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami daromadga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining qiymati chet el valyutasida ifodalangan daromadlari milliy valyutada olingan daromadlar bilan jamlangan holda, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 1364, 21.05.2004-y.), “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1411, 17.09.2004-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar soliq toʻlovchining daromadi sifatida qaralmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birlashtiriladigan mablagʻlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 963-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarniig huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi (“Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali). Jamiyatning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari, jamiyatning sof aktivlari”), Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning III-bobi (“Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali)”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda), yoki muassis (ishtirokchi) ulushining miqdori kamaytirilganda, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa doirasida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
(129-modda uchinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarniig huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi (“Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali). Jamiyatning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari, jamiyatning sof aktivlari”), Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning III bobi (“Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali)”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) shartnoma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk boʻlingan taqdirda, hissasi miqdorida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) realizatsiya qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa shaxslardan dastlabki haq (boʻnak) tarzida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi PF-1154-sonli “Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qonun hujjatlariga muvofiq majburiyatlarni taʼminlash tariqasida garov yoki zakalat tarzida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar) ularga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtadigan paytga qadar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 264, 311-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) agar mablagʻlarni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa shaxsga oʻtkazish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan boʻlsa, tekin olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) olingan grantlar va insonparvarlik yordami;
(129-modda uchinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(129-modda uchinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining taʼminoti va uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga koʻra va (yoki) tekin kelib tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) tariqasida olingan mablagʻlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 934-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, shuningdek komitent yoxud boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash hisobiga kelib tushgan mol-mulk (haq toʻlovi bundan mustasno);
(129-modda uchinchi qismining 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) ijara (lizing) toʻlovining qismi tariqasida olgan moliyaviy ijara (lizing) obyekti qiymatining qoplamasi;
(129-modda uchinchi qismining 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BHMS) “Ijara hisobi” (roʻyxat raqami 1946, 2009-yil 24-aprel),“Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1961, 01.06.2009-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlardan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti muassislaridan (ishtirokchilaridan) uning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablagʻlar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qayta boshlangan taqdirda, ushbu mablagʻlar jami daromad tarkibiga kiritiladi hamda soliqqa tortiladi;
(129-modda uchinchi qismining 15-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) investor va davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar jami daromaddan chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130-modda. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shu jumladan yordamchi xizmatlar tomonidan realizatsiya qilishdan qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chegirib tashlangan holda olingan tushum tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromaddir.
(130-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yuklab joʻnatilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) qiymatidan kelib chiqqan holda tovarlarni joʻnatish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish hollarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vositachilik faoliyatidan daromadlar oladigan yuridik shaxslar uchun tushum deyilganda koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim boʻlgan haq summasi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashriyot va tahririyatlar uchun gazeta va jurnallarni realizatsiya qilishdan olingan tushum ularda reklamani joylashtirishdan olingan daromadlar kiritilgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni ijaraga berishdan foizlar, royalti, daromadlar olish imkonini beruvchi mol-mulkni va mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga foydalanishga berish, shuningdek talab qilish huquqidan boshqa shaxsning foydasiga voz kechishdan olingan daromadlar, agar ushbu daromadlar summasi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning umumiy summasidan ortiq boʻlsa, xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar deb eʼtirof etiladi. Mazkur norma notijorat tashkilotlarga tatbiq etilmaydi, ular uchun ushbu daromadlar boshqa daromadlar sifatida qaraladi.
(130-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit, sugʻurta tashkilotlari, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun ushbu Kodeksning tegishincha 148, 150 va 152-moddalarida koʻrsatilgan daromadlar xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar deb eʼtirof etiladi.
(130-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi — oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli kontraktlarni bajarishdan olinadigan daromadlar ularning haqiqatda bosqichma-bosqich bajarilishiga taalluqli qismida hisobot davri mobaynida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli kontraktning hisobot davri oxirida haqiqatda bajarilganligi kontraktni bajarishga kirishilganidan eʼtiboran qilingan xarajatlarning kontraktni bajarish uchun ketadigan xarajatlarning umumiy summasidagi solishtirma salmogʻini hisob-kitob qilish asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri oxiridagi daromad kontrakt boʻyicha qilingan xarajatlarning hisoblangan solishtirma salmogʻi va jami daromad summasining (kontrakt bahosining) hosilasi sifatida aniqlanadi. Mazkur kontrakt boʻyicha ilgari hisobga olingan daromadlar joriy hisobot davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni aniqlashda chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar (xizmatlar) boʻyicha, shuningdek obyektlarni foydalanishga tayyor qilib qurish chogʻida shartnomaviy baholardan kelib chiqib haq toʻlash uchun hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan, buyurtmachilar tomonidan bajarilgan (koʻrsatilgan) va tasdiqlangan ishlarning (xizmatlarning) qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymati daromadga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan bahosidan past baholarda (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olgan holda) realizatsiya qilinganda, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul topshirilganda soliq solish maqsadlari uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi yoki tovarlar olingan baho asosida (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olgan holda) aniqlanadi, ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun realizatsiya qilishdan olinadigan tushum belgilangan baholar (tariflar) asosida aniqlanadi.
(130-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni jahon bozorida haqiqiy vujudga kelgan narxlar boʻyicha, shu jumladan tannarxidan past narxlar boʻyicha eksport qilish masalalarini koʻrib chiquvchi maxsus vakolatli organning qarorlari asosida ushbu tovarlarning tannarxidan past narxlar boʻyicha xorijiy valyutaga eksport qilinganda, soliq solish maqsadida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum tovarlarni realizatsiya qilishning haqiqiy bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(130-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131-modda. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga tuzatish kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bitim shartlari oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) baholar oʻzgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishni kiritish bir yillik muddat ichida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha esa, kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 403-moddasining ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (ishni, xizmatni) yetkazib beruvchi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga tuzatish kiritishni ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish koʻrsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
(131-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132-modda. Boshqa daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa daromadlarga, agar ushbu Kodeks 130-moddasining beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(132-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 133-moddasiga muvofiq asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeks 134-moddasining birinchi qismiga muvofiq mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Kodeks 134-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Kodeksning 135-moddasiga muvofiq tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek ishlar va xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar hamda boshqa mol-mulk qiymati tariqasidagi daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ushbu Kodeksning 136-moddasiga muvofiq majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) ushbu Kodeksning 137-moddasiga muvofiq talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarimalar va penya, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud hujjati asosida qarzdor tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan jarimalar va penya;
(132-moddaning 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) ushbu Kodeksning 140-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy farq;
(132-moddaning 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) dividendlar va foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) royalti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar.
(132-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133-modda. Asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan foyda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromaddir.
(133-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyektlarining chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyektlarining ilgarigi qayta baholashlardagi ortgan summasining ushbu asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyekti qiymatining ilgarigi qayta baholashlardagi kamayishi summasidan ortgan qismi asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi.
(133-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134-modda. Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara toʻlovining summasi mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daromaddir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromad ijaraga beruvchining foizli daromadidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (roʻyxat raqami 1485, 27.06.2005-y.), Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BHMS) “Ijara hisobi” (roʻyxat raqami 1946, 24.04.2009-y.),“Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1961, 01.06.2009-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-modda. Tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi tekin olgan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek ishlar va xizmatlar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, soliq toʻlovchining daromadi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk, mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar tekin asosda olinayotganda, agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oluvchi shaxsning daromadlari bozor qiymati boʻyicha belgilanadi.
(135-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkning, mulkiy huquqlarning, ishlarning va xizmatlarning bozor qiymati hujjatlar bilan yoki baholovchi tashkilotning baholash toʻgʻrisidagi hisoboti bilan tasdiqlanadi. Hujjatlar bilan tasdiqlash deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
(135-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joʻnatish, yetkazib berish yoki topshirish hujjatlari;
(135-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchilarning narxlarga oid maʼlumotlari (prays-varaqlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalaridan olingan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja maʼlumotlari;

Qarz beruvchiga foizli daromad toʻlash majburiyatisiz zayom (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordam) olinayotganda qarz oluvchining daromadi zayomni (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordamni) olish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Daromadni aniqlashning xuddi shunday tartibi zayomni (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordamni) olish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan past boʻlgan stavkada foizlar toʻlash sharti bilan berilgan zayomlarga (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda toʻrtinchi qismining qoidalari kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan berilgan zayomlarga (ssudalarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
(135-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136-modda. Majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq daʼvo muddati oʻtgan hisobdan chiqarilgan majburiyatlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-151-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning yoki vakolatli davlat organining qaroriga binoan hisobdan chiqarilgan majburiyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalari oldidagi qarzining qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarilgan summalari daromad tarkibiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-modda. Talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olinadigan daromadlar asosiy qarz talablari boʻyicha qarzdor tomonidan toʻlangan summalar, shu jumladan qarzdor tomonidan asosiy qarzdan tashqari toʻlangan summalar bilan soliq toʻlovchi tomonidan olingan qarz qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq tarzida aniqlanadigan daromadlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138-modda. Ilgari chegirilgan xarajatlar yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzida olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoplash tarzida olinadigan daromadlarga soliq solinadigan bazani aniqlashda ilgari chegirilgan va joriy soliq davrida oʻrni qoplangan xarajatlar va (yoki) zararlar kiradi.
(138-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoplash summasi qaysi soliq davrida olingan boʻlsa, oʻsha soliq davrining daromadi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan bazani aniqlashda ilgari chegirib tashlanmagan xarajatlarning va (yoki) zararlarning oʻrnini qoplash summasi boshqa daromad tarkibiga kiritilmaydi.
(138-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiralarni tashkil etish xarajatlari soliq solinadigan bazani aniqlashda ilgari chegirib tashlangan shubhali qarzlar (tavakkalchilik operatsiyalari) boʻyicha zaxiralar qisqargan hollarda, ularning qisqarish summasi boshqa daromadlar tarkibida hisobga olinadi yoki buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq xarajatlarni kamaytiradi.
(138-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139-modda. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar deganda faoliyati soliq toʻlovchining asosiy faoliyatiga xizmat koʻrsatishga qaratilgan va mazkur soliq toʻlovchining maqsadi boʻlgan tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan xoʻjaliklar tushuniladi. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga yordamchi xoʻjaliklar, uy-joy-kommunal xoʻjaligi, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari, oshxonalar va bufetlar, oʻquv kombinatlari hamda shunga oʻxshash xoʻjaliklar, oʻz xodimlariga yoki boshqa shaxslarga xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi ishlab chiqarishlar va xizmatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlariga uy-joy fondi, mehmonxonalar (turistik mehmonxonalar bundan mustasno), boshqa joydan keluvchilar uchun uylar va yotoqxonalar, tashqi obodonlashtirish obyektlari, sunʼiy inshootlar, suv havzalari, plyajlar uchun inshoot hamda jihozlar, shuningdek aholini gaz, issiqlik va elektr bilan taʼminlash obyektlari, uy-joy-kommunal xoʻjaligi, ijtimoiy-madaniy soha, jismoniy tarbiya va sport obyektlariga texnik xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash uchun moʻljallangan uchastkalar, sexlar, bazalar, ustaxonalar, garajlar, maxsus mashinalar va mexanizmlar, omborxonalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-madaniy soha obyektlariga sogʻliqni saqlash, madaniyat obyektlari, bolalar maktabgacha tarbiya obyektlari, bolalar dam olish oromgohlari, sanatoriylar (profilaktoriylar), dam olish bazalari, pansionatlar, jismoniy tarbiya va sport obyektlari (shu jumladan treklar, otchoparlar, otxonalar, tennis kortlari, golf, badminton oʻyinlari uchun maydonchalar, sogʻlomlashtirish markazlari), aholiga maishiy xizmat koʻrsatish sohasining ishlab chiqarishga oid boʻlmagan obyektlari (hammomlar, saunalar, kir yuvish, tikish hamda maishiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa ustaxonalar) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olinadigan daromadlar xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan (olinadigan) mablagʻlar summasi va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar summasi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140-modda. Kursdagi ijobiy farq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta hisobvaraqlari boʻyicha, shuningdek chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha kursdagi ijobiy farq buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi hollarda daromadlar tarkibiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasiga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtayotgan sanada shu chet el valyutasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan yuqori bahoda sotilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasiga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtayotgan sanada shu chet el valyutasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan past bahoda sotib olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasi kursidagi oʻzgarish munosabati bilan balansning valyutaga oid moddalari tegishli hisobot davri uchun qayta baholanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholari chet el valyutasida belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oʻzaro hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilingan yoki olingan sanadan ushbu tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq toʻlangan sanagacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdagi oʻzgarish munosabati bilan yuzaga keluvchi ijobiy farq tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq toʻlangan sanadagi jami daromad tarkibiga buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq kiritiladi.
(140-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 1411, 17.09.2004-y.) 17 — 35-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” (roʻyxat raqami 1364, 21.05.2004-y.).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.03 (Кучини йукотган) Chegirmalar va ziyonlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-bob. Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-modda. Xarajatlarni guruhlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining xarajatlari soliq solinadigan foydani aniqlash paytida chegirib tashlanadi, ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa, qonun hujjatlariga va (yoki) soliq toʻlovchining hisobga olish siyosatiga muvofiq rasmiylashtirilgan zararlar ham soliq toʻlovchining xarajatlari boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 145-moddasining 40, 47-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-son BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (roʻyxat raqami 474, 14.08.1998-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining xarajatlari haqiqatda qaysi soliq davrida amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha davrda chegirib tashlanadi. Agar ayni bir xil xarajatlar xarajatlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan boʻlsa, soliq solinadigan foydani hisoblashda mazkur xarajatlar faqat bir marta chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi sarflagan va qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlar qiymati milliy valyutada ifodalangan xarajatlar bilan jamlab hisobga olinadi. Mazkur xarajatlarni qayta hisoblash soliq toʻlovchi tomonidan buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining xarajatlari chegirib tashlanadigan va chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegirib tashlanadigan xarajatlar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeksning 142-moddasiga muvofiq moddiy xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeksning 143-moddasiga muvofiq mehnatga haq toʻlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq amortizatsiya xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Kodeksning 145-moddasiga muvofiq boshqa xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ushbu Kodeksning 146-moddasiga muvofiq kelgusida soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan hisobot davridagi xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan xarajatlari, agar ular ushbu Kodeksning 147-moddasida koʻrsatilgan chegirib tashlanmaydigan biron bir xarajat tarkibida hisobga olinsa (uning bir qismi boʻlsa), chegirib tashlanadigan xarajatlar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga soliq toʻlovchining xarajati sifatida qaralmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini koʻrsatish uchun boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishi munosabati bilan, shuningdek komitent yoki boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi va (yoki) boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarga haq toʻlash hisobiga vositachi va (yoki) boshqa ishonchli vakil tomonidan topshirilgan mol-mulk tarzidagi toʻlovlar, agar bunday xarajatlar tuzilgan shartnomalarning shartlariga muvofiq vositachi yoki boshqa ishonchli vakilning yoxud boshqa topshiriq beruvchining xarajatlari tarkibiga kiritilishi lozim boʻlmasa;
(141-modda sakkizinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soliq toʻlovchi emitent tomonidan topshirilgan, aksiyadorlar oʻrtasida aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga binoan oʻzlariga tegishli aksiyalar miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadigan aksiyalarning qiymati yoxud emitentning ustav fondi (ustav kapitali) koʻpaytirilgan taqdirda aksiyalarni aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlashda dastlabki aksiyalar oʻrniga berilgan yangi aksiyalarning nominal qiymati bilan aksiyadorning dastlabki aksiyalarining nominal qiymati oʻrtasidagi farq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki oddiy shirkatga hissa sifatida berilgan mol-mulk, mulkiy huquqlar qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142-modda. Moddiy xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishlab chiqarilgan va (yoki) realizatsiya qilinadigan tovarlarni oʻrash va boshqacha tayyorlash uchun, shu jumladan sotuv oldidan tayyorlash uchun, boshqa ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun materiallar, uskunalar hamda boshqa mol-mulkni taʼmirlash uchun materiallar va ehtiyot qismlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) inventar, xoʻjalik anjomlari, amortizatsiya qilinadigan mol-mulk boʻlmagan boshqa mol-mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) soliq toʻlovchining texnologik, transport, boshqa ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan barcha turdagi yoqilgʻi, energiya, shu jumladan soliq toʻlovchining oʻzi tomonidan ishlab chiqarish hamda xoʻjalik ehtiyojlari uchun barcha turdagi energiyani hosil qilish, binolarni isitish, shuningdek energiyani bir shakldan oʻzga shaklga oʻtkazish va uzatish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yerlarni rekultivatsiya qilish va tabiatni muhofaza qilishning boshqa tadbirlari uchun xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar doirasida suv xoʻjaligi tizimlaridan soliq toʻlovchilar tomonidan isteʼmol qilinadigan suv uchun toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organ yoki soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida ishlab chiqarish va (yoki) tashish chogʻidagi texnologik yoʻqotishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organ yoki soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan tabiiy kamayish normalari doirasida tovar-moddiy zaxiralarni saqlash hamda tashish chogʻidagi yoʻqotishlar va buzilishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy xarajatlarga kiritiladigan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-son BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (roʻyxat raqami 1595, 17.07.2006-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yetkazib beruvchidan qabul qilingan qaytariladigan tara qiymati olingan tovar-moddiy zaxiralar narxiga qoʻshilgan boʻlsa, qaytariladigan tara qiymati ularning ehtimol tutilgan foydalanilishi yoki ularni realizatsiya qilish narxi boʻyicha ularni sotib olish uchun qilingan xarajatlarning umumiy summasidan chiqarib tashlanadi. Mahsulot yetkazib beruvchidan tovar-moddiy zaxiralar bilan qabul qilingan hamda qaytarilmaydigan tara va oʻrov idishlari qiymati ularni sotib olish xarajatlari summasiga kiritiladi. Tarani qaytariladigan yoki qaytarilmaydigan tara jumlasiga kiritish tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish shartnomasi (kontrakti) shartlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy xarajatlar summasi qaytariladigan chiqindilar qiymatiga kamaytiriladi. Ushbu moddaning qoʻllanilishi maqsadida qaytariladigan chiqindilar deganda xom ashyo (materiallar), yarim tayyor mahsulotlar, issiqlik beruvchi va boshqa turdagi moddiy resurslarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻlgan, boshlangʻich resurslarning isteʼmolboplik xususiyatlarini (kimyoviy yoki fizik xossalarini) qisman yoʻqotgan va shu tufayli xarajatlar oshib ketgan (mahsulot chiqishi kamayib ketgan) holda foydalaniladigan yoki belgilangan maqsadi boʻyicha foydalanilmaydigan qoldiqlari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralarning texnologiya jarayoniga muvofiq boshqa boʻlinmalarga boshqa turdagi tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish uchun toʻlaqonli xom ashyo (materiallar) sifatida oʻtkaziladigan qoldiqlari, shuningdek texnologiya jarayonini amalga oshirish natijasida olinadigan qoʻshimcha (yoʻl-yoʻlakay olingan) mahsulot qaytariladigan chiqindilar jumlasiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytariladigan chiqindilar quyidagi tartibda baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bu chiqindilardan asosiy yoki yordamchi ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin boʻlsa-yu, lekin bunda xarajatlar oshib ketsa (tayyor mahsulot chiqishi kamayib ketsa), ehtimol tutilgan foydalanish narxida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bu chiqindilar chetga realizatsiya qilinsa, realizatsiya qilish narxida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga haq toʻlash xarajatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) haqiqatda bajarilgan ish uchun mehnatga haq toʻlashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan ish haqi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Faxriy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-dekabrdagi 578-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyalari aʼzolarining gonorarlari, doktorantlar va aspirantlarning stipendiyalari mikdorini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish boʻlgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga toʻlanadigan toʻlovlar, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan tuzilgan shartnomalar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga oʻxshash organi) aʼzolariga yuridik shaxsning oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yillik ish yakunlari boʻyicha mukofot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxsning mukofotlash toʻgʻrisidagi lokal hujjatlarida nazarda tutilgan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va mansab maoshlariga ustamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar;
(143-moddaning beshinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuniga asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) taʼtilga qoʻshimcha haqlar va ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan moddiy yordam;
(143-moddaning 5-bandi “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylardagi ishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlar (ish staji uchun ustamalar, baland togʻli, choʻl va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha toʻlovlar);
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 153-moddasining toʻrtinchi, beshinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-apreldagi 200-sonli “Navoiy viloyati xalq xoʻjaliga tarmoqlari xodimlarining ish haqini hududiy tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-dekabrdagi 462-sonli “Doʻrmon-Qaynarsoy” komplekslarining xoʻjalik hisobidagi birlashgan direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, oʻta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda mansab maoshlariga ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157, 158-moddari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) koʻp smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy ishi yoʻlda kechadigan yoki koʻchib yurish va harakatlanish xususiyatiga ega boʻlgan xodimlarning joʻnab ketish paytidan qaytib kelish paytigacha yoʻldagi har bir sutka uchun toʻlanadigan ish haqiga ustamalar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ishlar vaxta usulida bajarilganda xodimlarning ish haqiga ustamalar;
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻta muhim va uzoqda joylashgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari tarmogʻida vaxta usuli toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 551, 28.11.1998-y.) 5.6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yigʻilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda yoʻlga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va (yoki) transport tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, mansab maoshi miqdorida toʻlanadigan summalar;
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻta muhim va uzoqda joylashgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari tarmogʻida vaxta usuli toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 551, 28.11.1998-y.) 5.7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) yer osti ishlarida doimiy band boʻlgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining meʼyoriy vaqti uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida dala taʼminoti.
(143-modda 6-bandining “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymatini qoplash.
(143-moddaning oltinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuniga asosan “l” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun hujjatlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) taʼtilga haq toʻlash, shuningdek undan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqulay va oʻziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qoʻshimcha taʼtilga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqish bilan bogʻliq taʼtilga va ijodiy taʼtillarga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan qoʻshimcha taʼtilga haq toʻlash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 232-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) asosiy ish joyi boʻyicha asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga beriladigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) donor xodimlarga koʻrikdan oʻtish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq toʻlash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qishloq xoʻjaligi ishlariga va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi boʻyicha saqlab qolinadigan ish haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) avvalgi ish joyi boʻyicha mansab maoshi miqdorlari muayyan bir muddat davomida saqlab qolingan holda boshqa yuridik shaxslardan ishga joylashtirilgan, shuningdek vazifani vaqtincha bajarib turganda xodimlarga maoshdagi farqni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda oʻqishi vaqtida asosiy ish joyi boʻyicha toʻlanadigan ish haqi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 166-moddasining birinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq toʻlash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 159-moddasining birinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) sogʻligʻining holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan xoli boʻlgan kamroq haq toʻlanadigan ishga oʻtkazilganda saqlanadigan avvalgi oʻrtacha oylik ish haqini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda toʻlash, shuningdek vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalariga ish haqining haqiqiy miqdorigacha qoʻshimcha haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) majburiy progul vaqti yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qaroriga koʻra haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan bogʻliq vaqt uchun haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun, oʻquvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan malakali xodimlari mehnatiga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) oliy oʻquv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga taʼtil vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan toʻlanadigan nafaqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) xodimlarga taʼtil uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlangan haq va ular boʻyicha pullik kompensatsiyalar.
(143-moddaning yettinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuniga asosan “o” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) nogironlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻshimcha toʻlovlar.
(143-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144-modda. Amortizatsiya xarajatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchi tomonidan hisobga olinadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu moddaning qoʻllanilishi maqsadida amortizatsiya qilinadigan mol-mulk deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) axborot-kutubxona fondi;
(144-moddaning ikkinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) muzey ashyolari;
(144-moddaning ikkinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga oʻtkazilgan asosiy vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) moddiy madaniy meros obyektlari;
(144-moddaning ikkinchi qismi 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, yoʻlaklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan obodonlashtirish inshootlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qiymati ilgari toʻliq chegirilgan mol-mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga oʻtkazilmagan kapital qoʻyilmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish maqsadida amortizatsiya qilinishi kerak boʻlgan mol-mulk amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari bilan guruhlarga taqsimlanadi:
Qirgʻoqni mustahkamlovchi, qirgʻoqni himoyalovchi inshootlar
10
Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sigʻimlar
11
Ichki xoʻjalik va xoʻjaliklararo sugʻorish tarmogʻi
12
Yopiq kollektor-drenaj tarmogʻi
13
Havo kemalarining uchish-qoʻnish yoʻllari, yoʻlaklari, toʻxtash joylari
14
Bogʻlarning va hayvonot bogʻlarining inshootlari
15
Sport-sogʻlomlashtirish inshootlari
16
Issiqxonalar va parniklar
17
Boshqa inshootlar
II
Uzatish qurilmalari
1
Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari
8
2
Ichki gaz quvurlari va quvurlar
3
Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari
4
Magistral quvurlar
5
Boshqalar
III
Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar
1
Issiqlik texnika uskunalari
8
2
Turbina uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari
3
Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar
4
Kompleks qurilmalar
5
Boshqa kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)
IV
Faoliyat turlari boʻyicha ish mashinalari va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)
1
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va uskunalar
15
2
Qishloq xoʻjaligi traktorlari, mashinalari va uskunalari
3
Kommutatsiyalar va maʼlumotlarni uzatish raqamli elektron uskunalari, raqamli tizimlar uzatish uskunalari, raqamli aloqa oʻlchov texnikasi
4
Yoʻldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa uskunalari
5
Uzatishlar tizimlari kommutatsiyalarining oʻxshash uskunalari
6
Kinostudiyalarning maxsus uskunalari, tibbiy va mikrobiologiya sanoati uskunalari
7
Kompressor mashinalari va uskunalari
8
Nasoslar
9
Yuk koʻtarish-transport, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari, tuproq, karyer hamda yoʻl-qurilish ishlari uchun mashinalar va uskunalar
10
Ustun-qoziq qoqish mashinalari va uskunalari, maydalash-yanchish, saralash, boyitish uskunalari
11
Texnologik jarayonlar uchun barcha turdagi sigʻimlar
12
Neft qazib chiqarish va burgʻulash uskunalari
13
Boshqa mashinalar va uskunalar
V
Harakatlanuvchan transport
1
Temir yoʻlning harakatdagi tarkibi
4
2
Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari
3
Havo transporti
4
Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti
20
5
Yengil avtomobillar
6
Sanoat traktorlari
7
Kommunal transport
10
8
Maxsus vaxta vagonlari
9
Boshqa transport vositalari
20
VI
Kompyuter, periferiya qurilmalari, maʼlumotlarni qayta ishlash uskunalari
1
Kompyuterlar
20
2
Periferiya qurilmalari va maʼlumotlarni qayta ishlash uskunalari
3
Nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasi
4
Boshqalar
VII
Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar
1
Koʻp yillik dov-daraxtlar
10
2
Boshqalar
15
(144-moddaning jadvali Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh boʻyicha amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qoʻllash orqali, biroq ushbu Kodeksda belgilangan eng yuqori normadan oshmagan holda hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani ushbu moddada belgilanganidan pastroq va soliq toʻlovchining hisob siyosatida mustahkamlab qoʻyilgan normalar boʻyicha hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan foydaning toʻliq hisoblanmagan amortizatsiya summasiga soliq solish maqsadlarida ushbu moddada nazarda tutilgan normalarga zid ravishda qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanishda boʻlgan asosiy vositalar obyektlarini oladigan soliq toʻlovchi ushbu asosiy vositalar obyekti boʻyicha amortizatsiya normasini mazkur asosiy vositalar obyektidan avvalgi mulkdorlar tomonidan foydalanilgan yillar (oylar) soniga kamaytirilgan foydalanish muddatini hisobga olgan holda belgilashga haqlidir. Agar mazkur asosiy vositadan avvalgi mulkdorlarda amalda foydalanish muddati ushbu asosiy vositalarning ushbu moddada tasniflanishi bilan belgilanadigan foydalanish muddatiga teng yoki undan ortiq boʻlsa, soliq toʻlovchi texnika xavfsizligi talablarini va boshqa omillarni hisobga olgan holda bu asosiy vositadan unumli foydalanish muddatini mustaqil ravishda, lekin uch yildan kam boʻlmagan muddatga belgilashga haqlidir. Foydalanishda boʻlgan asosiy vositalardan foydalanish muddatini aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, amortizatsiyani hisoblash yangi asosiy vositalarga boʻlgani singari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy aktivlar uchun qilingan xarajatlar soliq toʻlovchi tomonidan, ularning boshlangʻich qiymati va unumli foydalanilishi muddatidan, lekin soliq toʻlovchining faoliyati muddatidan ortiq boʻlmagan muddatdan kelib chiqqan holda, hisoblab chiqilgan normalar boʻyicha har oyda eskirish tariqasida jami daromaddan chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy aktivlar obyektidan unumli foydalanish muddatini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga yoki chet davlatning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek nomoddiy aktivlardan foydalanishning tegishli shartnomalar bilan bogʻliq unumli muddatidan kelib chiqqan holda patentning, guvohnomaning amal qilish muddati va (yoki) intellektual mulk obyektlaridan foydalanish muddatlarining boshqa cheklanishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unumli foydalanish muddatini aniqlab boʻlmaydigan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya normalari besh yilga, lekin soliq toʻlovchining faoliyat muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga moʻljallab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145-modda. Boshqa xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soliq toʻlovchining faoliyatini amalga oshirish uchun oʻzga yuridik yoki jismoniy shaxslar bajargan ishlar va xizmatlar qiymati, bularga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqarish (tayyorlash) boʻyicha ayrim operatsiyalarni bajarish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish, xom ashyoga (materiallarga) ishlov berish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy vositalarga texnik xizmat koʻrsatish va boshqa shu kabi ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzga yuridik va jismoniy shaxslarning transport xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish uchun yoki soliq toʻlovchining faoliyati bilan bogʻliq boshqa vazifalarni bajarish uchun oʻzga yuridik shaxslar tomonidan xodimlarni (texnik personalni) taqdim etishga doir xizmatlar uchun xarajatlari;
(145-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni ish holatida saqlash xarajatlari (texnik koʻrik va qarov, oʻrtacha, joriy hamda kapital taʼmirlash xarajatlari). Asosiy vositalarni kapital taʼmirlashni amalga oshirish xarajatlarining bir maromda kiritib borilishini taʼminlash uchun soliq toʻlovchi asosiy vositalarning kelgusi taʼmirlanishi uchun belgilangan tartibda zaxiralar tashkil etishga haqli;
(145-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ijara toʻlovlari, shuningdek ijaraga olingan asosiy vositalarni saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) konservatsiyaga qoʻyilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) vakolatli tashkilotlar tomonidan muayyan huquqlar yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berishni nazarda tutuvchi hujjatlarni berganlik uchun yigʻimlar, bojlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ekspertizadan oʻtkazish hamda mahsulotni sertifikatlashtirish bilan bogʻliq xarajatlar;
(145-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) mahsulotni sotish bozorlarini oʻrganish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) inventarni, xoʻjalik anjomlarini va maxsus ish kiyimlarini yuvish, tuzatish hamda dezinfeksiya qilish xarajatlari summasi yoki ularga toʻlangan haq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qatʼiy hisobotdagi blanklarni, kvitansiyalar va boshqa hujjatlarni tayyorlash xarajatlari summasi yoki ularni olish uchun toʻlangan haq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) tushumni inkassatsiya qilish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) reklama uchun xarajatlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuin 4-moddasining ikkinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) vakillik xarajatlari Vakillik xarajatlariga soliq toʻlovchining oʻzaro hamkorlik oʻrnatish yoki uni saqlab turish, shuningdek soliq toʻlovchining boshqaruv va nazorat organlari majlislariga kelgan ishtirokchilarni qabul qilish hamda ularga xizmat koʻrsatish maqsadlarida qiladigan xarajatlari kiradi. Bu xarajatlar mazkur shaxslarning rasmiy qabulini oʻtkazish, transport taʼminoti, ovqatlanishi va turar joyi, soliq toʻlovchining shtatida turmagan tarjimonlar xizmatiga haq toʻlash xarajatlaridir.
(145-moddaning 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli taʼmirlash va ularga kafolatli xizmat koʻrsatish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) telekommunikatsiyalar va pochta xizmatlari uchun toʻlanadigan haq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) xizmat safarlari uchun xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safarlari joyiga borish va qaytib kelish uchun haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qoʻyish haqi. Yoʻl hujjatlari boʻlmagan taqdirda, xarajatlar temir yoʻl transportidagi (yoki agar temir yoʻl aloqasi boʻlmasa, shaharlararo avtobusdagi) yoʻl haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda chegirib tashlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tasdiqlovchi hujjatlar asosida joyni ijaraga olish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qoʻyish xarajatlari;
(145-modda 14-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xizmat safarida boʻlingan vaqt uchun toʻlanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
(145-modda 14-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa xarajatlar;
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1268, 29.08.2003-y.), “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqam 2730, 19.11.2015-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan kompensatsiya toʻlovlari, ushbu Kodeksning 143-moddasida koʻrsatilganlari bundan mustasno;
(145-moddaning 15-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) soliq toʻlovchining faoliyatida talab etiladigan boshqa shaharlik, chet ellik mutaxassislarni ishga taklif qilish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) auditorlik tekshiruvlari boʻyicha xarajatlar;
(145-moddaning 17-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek xodimlarning malakasini oshirish xarajatlari;
(145-moddaning 20-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan hamda soliq toʻlovchining xarajatlariga kiritiladigan budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanadigan soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar ushbu Kodeks 147-moddasining 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(145-moddaning 21-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) assotsiatsiyalarga, jamgʻarmalarga va boshqa tashkilotlarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga toʻlanadigan badallar, agar bunday badallarni toʻlash soliq toʻlovchi faoliyatining amalga oshirilishi uchun majburiy shart boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilsa;
(145-moddaning 22-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va taʼminlash, texnika xavfsizligi, yongʻinga qarshi va soqchilik muhofazasini hamda texnikaviy foydalanish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni taʼminlash xarajatlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 216-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) litsenziya bitimlariga koʻra huquq egasi bilan shartnoma boʻyicha elektron-hisoblash mashinalari va maʼlumotlar bazalari dasturlaridan foydalanish huquqini olish bilan bogʻliq xarajatlar. Mazkur xarajatlarga elektron-hisoblash mashinalari va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlarni yangilashga doir xarajatlar ham kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan huquqlardan va xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalardan (xususan, ixtirolarga, sanoat namunalariga va intellektual mulkning boshqa turlariga boʻlgan patentlardan yuzaga keladigan huquqlardan) foydalanganlik uchun toʻlovlar;
(145-moddaning 25-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1031-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) buxgalteriya hisobotini eʼlon qilish, shuningdek boshqa axborotni, agar qonun hujjatlarida ularni eʼlon qilishni (oshkor qilishni) amalga oshirish majburiyati soliq toʻlovchining zimmasiga yuklangan boʻlsa, eʼlon qilish va boshqacha tarzda oshkor qilish xarajatlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning 26-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) xodimning mehnatda mayib boʻlishi yoki uning sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilishi yoxud xodim oila aʼzosining vafoti munosabati bilan beriladigan yoki xodimning vafoti munosabati bilan oila aʼzolariga beriladigan moddiy yordam;
(145-moddaning 27-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(145-moddaning 28-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) qonun hujjatlariga muvofiq qayta tashkil etilishi, xodimlar (shtatlar) sonining qisqarishi munosabati bilan ozod etiladigan xodimlarga toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) tibbiy yordam punktini saqlab turish xarajatlari, xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazganlik va profilaktika tadbirlari uchun tibbiyot muassasalariga toʻlanadigan haq;
(145-moddaning 30-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) sogʻliqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, sogʻlomlashtirish oromgohlari, madaniyat hamda sport obyektlari, taʼlim obyektlari, shuningdek, uy-joy fondi obyektlari taʼminotiga doir xarajatlar (shu jumladan, amortizatsiya ajratmalari va barcha turdagi taʼmirlash ishlarini oʻtkazish xarajatlari);
(145-moddaning 31-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) ixtiyoriy sugʻurta uchun sugʻurta mukofotlari (badallari), yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxslar foydasiga toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari (badallari), agar ushbu moddaning 33-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bundan mustasno;
(145-moddaning 32-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 942-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33) Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari summalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 942-moddasi.
(145-moddaning 33-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34) sugʻurtaning majburiy turlariga sugʻurta mukofotlari (badallari);
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 922-moddasi.
(145-moddaning 34-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35) atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida kompensatsiya toʻlovlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-maydagi 199-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36) faoliyat bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun xarajatlar, bundan asosiy vositalarni sotib olish, ularni oʻrnatish hamda kapital tusdagi boshqa xarajatlar mustasno. Loyiha-smeta hujjatlari, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va tegishli ilmiy-tadqiqot, loyihalash, izlanish hamda tajriba-konstruktorlik ishlari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar bunday xarajatlarni chegirmalar jumlasiga kiritish uchun asos boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37) ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperimental ishlarini oʻtkazish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari boʻyicha modellar va namunalarni tayyorlash hamda ularni sinash, ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha koʻrgazmalar va koʻriklar, tanlovlar tashkil etish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha boshqa tadbirlar, mualliflik haqini toʻlash, yangi texnologiyalar yaratish hamda qoʻllanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, yangi turdagi xom ashyo va materiallarni yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38) soliq toʻlovchi tomonidan geologik tadqiqotlar va tabiiy resurslarni qazib olish boʻyicha tayyorgarlik ishlari uchun amalga oshirilgan, jami daromaddan keyingi yillar mobaynida bir maromda yiliga 15 foizdan oshmagan miqdorda chegirib tashlanadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39) qazib oluvchi tarmoqlarda xarajatlarni qoplashning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmiga va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladigan tayyorgarlik ishlariga doir xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40) zararlar va yoʻqotishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tara bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar, bundan shubhali qarzlar boʻyicha tashkil etilgan zaxira hisobiga hisobdan chiqarish mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi operatsiyalar boʻyicha xarajatlar va zararlar, bundan ushbu Kodeksning 147-moddasiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar va zararlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud boʻlishi hamda buzilishi, ishlab chiqarishning toʻxtashi oqibatidagi yoʻqotishlar va boshqalar) tufayli koʻrilgan oʻrni qoplanmaydigan yoʻqotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarini oldini olish yoki ularni bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida mol-mulkni bepul topshirishdan koʻrilgan zararlar, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini bepul topshirishdan hamda ulardan bepul foydalanish va ularga xizmat koʻrsatishdan koʻrilgan zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan koʻrilgan zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) asosiy vositalarni har yili amalga oshiriladigan qayta baholash natijasida vujudga keladigan ilgarigi qoʻshimcha baholashdan (bahoning arzonlashtirilgan summasidan) olinadigan oʻsishdan ortadigan bahoni arzonlashtirish summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) yaroqsiz mahsulotdan koʻrilgan yoʻqotishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) ichki ishlab chiqarish sabablariga koʻra bekor turib qolishlardan koʻrilgan yoʻqotishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) tashqi sabablarga koʻra (yuridik shaxsning aybisiz) bekor turib qolishlardan koʻrilgan, aybdorlar tomonidan kompensatsiya qilinmaydigan yoʻqotishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) qarz summasi bilan mazkur qarzni yuzaga keltirgan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi oʻrtasidagi farqdan oshmaydigan summa doirasidagi qarzni talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechishdan koʻrilgan zararlar;
(145-moddaning 40-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida “m” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41) kreditlar (zayomlar) boʻyicha foizlar, bundan investitsiya davrida kapital qoʻyilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalar uchun olingan kreditlar va zayomlar boʻyicha foizlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42) kredit shartnomasida nazarda tutilgan stavkalar doirasida muddati oʻtgan va uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) boʻyicha foizlar, bundan investitsiya davrida kapital qoʻyilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalar uchun olingan kreditlar va zayomlar boʻyicha foizlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43) valyuta hisobvaraqlari, shuningdek chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha kursdagi salbiy farq, bu farq buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi hollarda jami daromaddan chegirib tashlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasi ushbu chet el valyutasiga boʻlgan mulk huquqining oʻtish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan past narxda sotilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasi ushbu chet el valyutasiga boʻlgan mulk huquqining oʻtish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan yuqori narxda sotib olinganda;
(145-modda 43-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasi kursining oʻzgarishi munosabati bilan tegishli hisobot davri uchun balansning valyuta moddalari qayta baholanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholari chet el valyutasida belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oʻzaro hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilingan yoki olingan sanadan ushbu tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq toʻlangan sanagacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdagi oʻzgarish munosabati bilan yuzaga keluvchi salbiy farq buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq toʻlangan sanadagi jami daromaddan chegirib tashlanadi;
(145-modda 43-bandining beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” (roʻyxat raqami 1364, 21.05.2004-y. ), “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1411, 17.09.2004-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44) oʻzining qimmatli qogʻozlarini chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45) moliyaviy ijara, shu jumladan lizing boʻyicha ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi boʻlgan mablagʻlarni toʻlashga doir xarajatlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BHMS) “Ijara hisobi” (roʻyxat raqami 1946, 24.04.2009-y.), “Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1961, 01.06.2009-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46) soliq toʻlovchi tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizlar tarzidagi xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47) favqulodda zararlar. Favqulodda zararlar — soliq toʻlovchilarning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiquvchi voqealar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va roʻy berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlarning moddalaridir. U yoki bu modda favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning odatdagi xoʻjalik faoliyati uchun xos boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektining muassislari (ishtirokchilari) tomonidan uning majburiyatlarini bajarish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu mablagʻlar chegirib tashlanadigan xarajatlar sifatida qaralmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini, bolani ikki yoshga toʻlguniga qadar parvarishlash nafaqalarini, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalarni toʻlash xarajatlari.
(145-moddaning 49-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1136, 08.05.2002-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50) xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan ishdan boʻshatish nafaqasi va boshqa toʻlovlar shuningdek pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqalar;
(145-moddaning 50-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51) mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarni mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shoʻr suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan taʼminlash xarajatlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 217-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishi chogʻida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54) xodim boshqa joyga ishga oʻtkazilganda yoxud koʻchib borganda koʻchish, mol-mulkini koʻchirib borish, joy ijarasi (yoʻl xarajatlari uchun beriladigan pul) xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55) mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlar.
(145-moddaning 55-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marhum oʻrtacha oylik ish haqining vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga toʻgʻri keladigan ulushi miqdoridagi toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi toʻlovlar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 193-moddasi.
(145-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 50 — 56-bandlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57) abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq.
(145-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuniga asosan 57-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, “Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2329, 21.02.2012-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58) yordamchi xoʻjaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan va soliq toʻlovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun beriladigan tovarlarning narxlaridagi farqlar (zararlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59) xoʻjalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61) ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini toʻlashga doir xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62) boshqa xarajatlar, bundan ushbu Kodeksning 147-moddasida koʻrsatilgan xarajatlar mustasno.
(145-moddaning 61 — 63-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan 61 va 62-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada keltirilgan xarajatlar agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa ular yuzaga kelgan paytda, joriy hisobot davrida soliq solinadigan foydani hisoblab chiqarishda chegirilmaydi, ular keyingi davrlarda, soliq toʻlovchining hisob siyosati bilan belgilangan, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddat ichida chegirilishi lozim. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:
(146-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yangi ishlab chiqarishlar, sexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va ommaviy ishlab chiqariladigan yangi mahsulot turlarini hamda texnologik jarayonlarni oʻzlashtirish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni, ularning oʻrnatilish sifatini tekshirib koʻrish maqsadida kompleks sinab koʻrish (ishlab turgan holatida) xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishchi kuchlari qabul qilish va yangi ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun kadrlar tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasi oʻrtasidagi ijobiy farq;
(146-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 1— 3-bandlarida koʻrsatilgan xarajatlar ular yuzaga kelgan paytda joriy hisobot davrida ham chegirilishi mumkin.
(146-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shubhali qarzlar boʻyicha zaxira tashkil etish uchun qilingan xarajatlar ushbu Kodeksga muvofiq umidsiz deb eʼtirof etilgan qarzdorlikni hisobdan chiqarilayotganda, hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan umidsiz qarzdorlik miqdoridan oshmaydigan summada chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147-modda. Chegirilmaydigan xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridagi ortiqcha yoʻqotishlar va buzilishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) umumiy ovqatlanish korxonalariga yoki boshqa chet tashkilotlarga joylarni bepul berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlar koʻrsatish qiymatini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 177-moddasida nazarda tutilgan, jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblanadigan xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) dala taʼminoti, xizmat maqsadida xodimning shaxsiy avtotransportdan foydalanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlangan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) pensiyalarga qoʻshimcha va ustamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) xodimlarga toʻlanadigan moddiy yordam, bundan ushbu Kodeksning 143 va 145-moddalarida nazarda tutilgan moddiy yordam mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) badallar, homiylik va xayriya yordami tarzidagi mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiq holda atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) kredit shartnomasida muddatli qarzlar uchun nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha boʻlgan, toʻlov muddati oʻtgan hamda uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) boʻyicha foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek obyekt yonidagi omborgacha tashib keltirilishi chogʻida yuz bergan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish boʻyicha xarajatlar, korroziyaga qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli taftish oʻtkazish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) xarajatlari, mazkur xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar yoki zararlar uchun javobgar boʻlgan mahsulot yetkazib beruvchi yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobidan oʻrnini qoplash mumkin boʻlmagan miqdordagi boshqa shunga oʻxshash xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) aybdorlari aniqlanmagan oʻgʻirliklar va kamomadlardan yoki zarur summalarning oʻrnini aybdor taraf hisobidan qoplash mumkin boʻlmaganda koʻrilgan zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) soliq toʻlovchining asosiy vositalari chiqib ketishidan (balansdan chiqarilishidan) koʻrilgan (buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan) zararlar, bundan ushbu Kodeks 145-moddasi 40-bandining “e” va “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan zararlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) xoʻjalik shartnomalari shartlarini va qonun hujjatlarini buzganlik uchun toʻlangan yoki tan olingan jarimalar, penya hamda boshqa turdagi sanksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti va boshqa shaxslar uchun toʻlangan soliqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) tekshiruvlar natijalariga koʻra qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) soliq toʻlovchining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlar (sogʻliqni saqlash, sport va madaniyat tadbirlari, dam olishni tashkil etish va hokazo) uchun xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) kasaba uyushmasi qoʻmitalariga yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni (xizmatlarni) bajarish uchun xarajatlar (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xoʻjaligiga yordam koʻrsatish va boshqa turdagi ishlar).
(147-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-bob. Kredit tashkilotlarining daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.01 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
(148-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kredit tashkilotining oʻz nomidan va oʻz hisobidan pul mablagʻlarini joylashtirishdan, kreditlar hamda zayomlar berishdan olinadigan foizlar, boshqa foizli daromadlar. Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan kreditlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq foizlarni toʻlash boʻyicha imtiyozli davr berilgan kreditlar boʻyicha foizli daromadlar kredit shartnomasiga koʻra olish muddati yetib kelmagunicha soliq solinadigan daromad sifatida qaralmaydi;
(148-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mijozlarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochganlik va yuritganlik hamda ularning topshirigʻiga binoan hisob-kitoblarni amalga oshirganlik uchun olingan haq, shu jumladan joʻnatma, inkasso, akkreditiv va boshqa operatsiyalar, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun moʻljallangan toʻlov kartalarini hamda boshqa maxsus vositalarni rasmiylashtirganlik va xizmat koʻrsatganlik uchun, hisobvaraqlar boʻyicha koʻchirmalarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etganlik uchun va summalarni qidirganlik uchun vositachilik haqi hamda boshqa pul mukofotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) pul mablagʻlarini inkassatsiya qilishdan, veksellardan, toʻlov va hisob-kitob hujjatlaridan hamda mijozlarga kassa xizmati koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) naqd pulli va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini oʻtkazishdan, shu jumladan chet el valyutasini sotib olish yoki sotish, jumladan mijozning hisobidan va uning topshirigʻi boʻyicha operatsiyalarda vositachilik va boshqa mukofotlar, valyuta boyliklari bilan operatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) uchinchi shaxslar uchun pul shaklida ijro etilishini nazarda tutuvchi bank kafolatlari, majburiyatlari, avallari va kafilliklari berishga doir operatsiyalardan olinadigan pul shaklidagi mukofot;
(148-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) hujjatlarni va qimmatliklarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar va seyflarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, boshqa boyliklar va bank hujjatlarini yetkazib berganlik, tashiganlik uchun haq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni tashiganlik va saqlab turganlik uchun haq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) forfeyting va faktoring operatsiyalarini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
(148-moddaning 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) kredit tashkilotlari tomonidan oʻz professional faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Balansning valyutaga oid moddalari qayta baholanganda olinadigan daromadlar, shuningdek chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki olish sanasidan ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq toʻlangan sanagacha boʻlgan davrda oʻzgarishi munosabati bilan yuzaga kelgan ijobiy farq ushbu Kodeksning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar sifatida qaraladi.
(148-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻstirmaslik maqomini olgan kredit boʻyicha hisoblangan foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq daromadlar hisobvaraqlaridan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149-modda. Kredit tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlarini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.03 (Кучини йукотган) Chegirmalar va ziyonlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlariga ushbu Kodeksning 142—146-moddalarida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kredit resurslari uchun toʻlovlar, pul mablagʻlari va qimmatliklarni tashish hamda saqlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mijozlarning depozit hisobvaraqlari, shu jumladan jismoniy shaxslarning omonatlari boʻyicha hisoblangan va toʻlangan foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan normalar doirasida tavakkalchilik operatsiyalari boʻyicha zaxiralarga ajratmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining soliq solinadigan foydasidan ular oʻz filiallariga beradigan mol-mulk qiymati chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-bob. Sugʻurta tashkilotlarining daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150-modda. Sugʻurta tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlari
(150-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.02 (Кучини йукотган) Jami daromad / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
(150-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari (badallari). Bunda birgalikda sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari (badallari) sugʻurtalovchining (birgalikda sugʻurta qiluvchining) daromadlari tarkibiga faqat uning birgalikda sugʻurta qilish shartnomasida belgilangan sugʻurta mukofotidagi ulushi miqdorida qoʻshiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) avvalgi hisobot davrlarida shakllantirilgan sugʻurtaviy texnik zaxiralarni kamaytirishning (qaytarishning) qayta sugʻurta qiluvchilarning sugʻurta zaxiralaridagi ulushi oʻzgarishi hisobga olingan holdagi summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha pul mukofoti, shuningdek qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha tantyemalar (foydadan olinadigan haq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qayta sugʻurta qilishga oʻtkazilgan tavakkalchilik boʻyicha sugʻurta toʻlovlari ulushining oʻrnini qayta sugʻurta qiluvchilar tomonidan qoplash summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha mukofotlar deposiga hisoblangan foizlar summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sugʻurta qildiruvchining (naf oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslarga nisbatan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan, qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchiga oʻtgan daromadlari;
(150-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) sugʻurta agenti, broker, vositachi xizmatlarini koʻrsatganlik uchun mukofot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) sugʻurta bozorining professional ishtirokchilariga xizmatlar koʻrsatganlik uchun sugʻurtalovchi tomonidan olingan pul mukofoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) sugʻurta xizmatlari koʻrsatishdan va qoʻshimcha sugʻurta faoliyatidan olingan boshqa daromadlar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.03 (Кучини йукотган) Chegirmalar va ziyonlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151-modda. Sugʻurta tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlarini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlariga ushbu Kodeksning 142—146-moddalarida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha toʻlangan toʻlov summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) avvalgi hisobot davrlarida shakllantirilgan sugʻurta texnik zaxiralari oʻsishining qayta sugʻurta qiluvchilarning sugʻurta zaxiralaridagi ulushi oʻzgarishi hisobga olingan holdagi summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish majburiyatlari boʻyicha amalga oshirilgan hamda hisoblangan toʻlov summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq oʻtgan yillardagi sugʻurta hodisalari boʻyicha tugallanmagan toʻlov summalari, shu jumladan daʼvo muddati doirasidagi majburiyatlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sugʻurta hodisasi roʻy berganligi haqida maʼlum qilingan, lekin zarar miqdori taqdim etilmagan shartnomalar boʻyicha sugʻurta summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sugʻurta tashkiloti sugʻurta hodisalari roʻy berishini bartaraf etish va uning oldini olishga doir tadbirlarni (preventiv tadbirlarni) moliyalashtirishga sarflaydigan mablagʻlar summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) sugʻurta tashkilotlari zaxira fondlarining miqdori sugʻurta tashkilotlari ustav fondining 25 foiziga yetguniga qadar mazkur tashkilotlar oʻz daromadlarining 20 foizigacha miqdorida zaxira fondlariga qiladigan ajratmalar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
(152-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.01 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan olinadigan, quyidagicha aniqlanadigan daromadlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar, bundan qarz qimmatli qogʻozlari (obligatsiyalar, depozit sertifikatlari) mustasno, va ishtirok etish ulushi boʻyicha — realizatsiya qilish qiymati va olish qiymati (hissa) oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz qimmatli qogʻozlari boʻyicha — realizatsiya qilish qiymati bilan realizatsiya qilish sanasidagi diskont amortizatsiyasi va (yoki) mukofot inobatga olingan holda olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qimmatli qogʻozlar bozorida vositachilik va boshqa xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mijozlarning mablagʻlaridan foydalanishdan yuzaga keladigan daromadning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) depozitar xizmatlar, shu jumladan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisida axborot taqdim etish, depo hisobvaragʻini yuritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
(152-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qimmatli qogʻozlar bilan birjada va birjadan tashqarida savdolarni tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
(152-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan investitsiya aktivlarini boshqarish boʻyicha daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) qimmatli qogʻozlar bozorida maslahat xizmatlari koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) professional faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
(152-moddaning 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.03 (Кучини йукотган) Chegirmalar va ziyonlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining chegiriladigan xarajatlarini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining chegiriladigan xarajatlariga ushbu Kodeksning 142—146-moddalarida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tegishli litsenziyaga ega boʻlgan savdoni tashkil etuvchilarga badallar tarzida toʻlanadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) professional faoliyatni amalga oshirish munosabati bilan paydo boʻladigan savdo qilish joylarini saqlab turish va ularga xizmat koʻrsatish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qimmatli qogʻozlar muomalasi va ularni hisobga olish bilan bogʻliq oʻzaro elektron aloqani tashkil etish hamda olib borish boʻyicha xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) oʻz mijozlarining topshirigʻiga binoan aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlarida ishtirok etish xarajatlari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.06 (Кучини йукотган) Norezidentlarning foydasini soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-bob. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154-modda. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadiga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining soliq solinadigan foydasini aniqlashda foyda soligʻini hisoblab chiqarish maqsadi uchun soliq solinadigan foyda summasi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar summasining 7 foizidan kam boʻlishi mumkin emas;
(154-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining daromadlariga doimiy muassasa faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha turdagi daromadlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining xarajatlariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirishdan olingan daromadlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, ular Oʻzbekiston Respublikasida yoki uning tashqarisida qilinganligidan qatʼi nazar, barcha turdagi xarajatlari kiradi.
(154-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 20-moddasi uchinchi qismining 8-bandida koʻrsatilgan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza tovarlarni realizatsiya qilish qiymati bilan ularni olish qiymati oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasida omborga tovarlar yetkazib berish xarajatlari hisobga olingan holdagi farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti doimiy muassasaga quyidagilar sifatida taqdim etilgan summalarni doimiy muassasaga chegirishga kiritish huquqiga ega emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi ushbu norezidentining mol-mulkidan va intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik yoki foydalanish huquqini berganlik uchun olinadigan royalti, gonorarlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi ushbu norezidentining xizmatlari uchun vositachilik daromadlari;
(154-modda beshinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining ushbu norezidenti tomonidan berilgan zayomlar boʻyicha pul mukofotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shu norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatidan olinadigan daromadlari bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hujjatlar bilan tasdiqlanmagan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasi ushbu norezidentining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qilingan boshqaruv va maʼmuriy xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa alomatlariga javob beradigan faoliyatidan, davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilguniga qadar olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 155-moddasida belgilangan tartibda toʻlov manbaida soliq solinadi. Bunda toʻlov manbaida soliq agenti tomonidan ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi u Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining soliq majburiyatlarini uzish hisobiga hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyatdan daromad olingan boʻlsa va shu daromaddan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov manbaida haqiqatda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi ushlab qolingan hamda budjetga oʻtkazilgan boʻlsa, ushbu norezidentning doimiy muassasasida ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisobga olinmaydi.
(154-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(154-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlariga soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlariga, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur daromadlarni olish bilan bogʻliq xarajatlar chegirib tashlanmagan holda toʻlov manbaida soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi banklari va lizing beruvchilari tomonidan xorijiy moliya institutlariga toʻlanadigan daromadlar soliqqa tortilmaydi.
(155-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) dividendlar va foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeksning 157-moddasiga muvofiq belgilanadigan, oddiy shirkat shartnomasi asosida birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan aksiyalar mustasno), ulushlari (paylari);
(155-moddaning uchinchi qismi 3-bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov manbaida soliqqa tortiladigan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlov manbaida ushlab qolish mol-mulkni realizatsiya qilish qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi;
(155-moddaning uchinchi qismi 3-bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga tegishli tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining oʻzi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar. Bunda tovarlarni realizatsiya qilishdan olinadigan mazkur daromadlar Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga toʻlanadigan summaning olib kirilgan tovarning kontrakt (faktura) qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) royalti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ushbu Kodeksning 134-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga topshirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 941, 942, 959-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) oʻtkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnitli tizimlar orqali belgilar, signallar, matnlar, tasvirlar, tovushlarni uzatganlik, qabul qilganlik va qayta ishlaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga haq toʻlanishini nazarda tutuvchi xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar xizmatlariga toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) dengiz, daryo va havo kemalaridan, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalaridan xalqaro tashishlarda foydalanishdan olinadigan daromadlar. Ushbu daromadlarga transport vositalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanishdan, ularni ijaraga berishdan yoki har qanday boshqa shakllarda foydalanishdan, shu jumladan konteynerlardan, konteynerlarni tashish uchun treylerlar va qoʻshimcha uskunalardan foydalanish, ularni saqlash yoki ijaraga berishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar) kiradi. Ayrim hollarda fraxt (shartnoma shartlaridan kelib chiqib) yukni ortish, qayta yuklash, tushirish va joylashtirish uchun toʻlovlarni ham oʻz ichiga oladi. Bunda, agar joʻnatish punkti yoki tayin etilgan punkt Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boʻlsa, tashish xalqaro tashish deb hisoblanadi, bundan faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan punktlar oʻrtasida amalga oshiriladigan tashish mustasno;
(155-moddaning uchinchi qismi 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) xalqaro tashishlarda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tashishlarda transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatishdan olinadigan daromadlar. Bunda yuk joʻnatuvchidan (yukni qabul qilib oluvchidan) olingan summa bilan yuk tashuvchiga toʻlanishi kerak boʻlgan, yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari bilan tasdiqlangan summa oʻrtasidagi farq sifatida hisoblangan haq summasi soliq solinadigan daromad hisoblanadi. Yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga norezidentning ushbu qismning 9-bandida koʻrsatilgan fraxtdan olinadigan daromadlariga soliq solish uchun belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlangan umumiy summaga soliq solinadi;
(155-modda uchinchi qismining 9-10-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 40-boʻlimi (“Transport ekspeditsiyasi”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar hamda penya;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 261-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 24 — 33-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111) tekinga olingan mol-mulk;
(155-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 111-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 502-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan olingan boshqa daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olgan daromadlariga quyidagilar kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining, faqat shu norezident nomidan amalga oshiriladigan va faqat tovarlar xarid qilish (olish), shuningdek tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish bilan bogʻliq tashqi savdo operatsiyalari (shu jumladan tovar ayirboshlash operatsiyalari) boʻyicha olingan daromadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining vakillik hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek xalqaro toʻlov kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar mustasno.
(155-modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromadni toʻlash deganda naqd pulli va (yoki) naqd pulsiz shaklda pulni, qimmatli qogʻozlarni, ishtirok etishdagi ulushni, tovarlarni, mol-mulkni berish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar toʻlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti oldidagi qarzdorlikni uzish hisobiga amalga oshiriladigan, daromad oluvchining — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining qarzi talabini hisobdan chiqarish yoki hisobga olish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining daromadlariga soliq solish mazkur Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti oʻz daromadlarini uchinchi shaxslar, boshqa davlatlardagi oʻz boʻlinmalari foydasiga va boshqa maqsadlarda tasarruf etishidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlov manbaida ushlab qolishni Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentiga daromad toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari amalga oshirishlari shart.
(155-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasi daromadni Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga toʻlash sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha hisoblab chiqariladi.
(155-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta badallaridan olingan daromadlar boʻyicha soliqlarning toʻlangan summalari sugʻurta hodisasi yuz berganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta uchun toʻlovga doir xarajatlar toʻlov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi ushlab qolingan va budjetga oʻtkazilgan sugʻurtalovchining — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining daromadlarini kamaytirish uchun hisobga olinadi. Mazkur qayta hisob-kitobni Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga daromadni toʻlagan va toʻlov manbaida soliqni ushlab qolgan yuridik shaxs bajarishi mumkin.
(155-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga toʻlov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi ushlab qolinmagan holda daromadni toʻlash ushbu Kodeksning 20-moddasiga muvofiq doimiy muassasani tashkil etishga olib keladigan faoliyatdan olinadigan daromadlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi sifatida amalga oshirishi va davlat soliq xizmati organida hisobda turganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(155-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga daromadlarni toʻlash toʻlov manbaida Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan taqdim etilgan, chet davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan, Oʻzbekiston Respublikasi qaysi davlat bilan soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomaga ega boʻlsa, oʻsha davlatda mazkur shaxsning rezidentligi borligi faktini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlgan taqdirda ham Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq toʻlov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi ushlab qolinmagan yoki yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasi qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi.
(155-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromadlar xorijiy banklarga va xalqaro banklararo telekommunikatsiya tizimlariga toʻlangan taqdirda, qaysi davlat bilan soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma mavjud boʻlsa, oʻsha davlatda xorijiy bankning yoki xalqaro banklararo telekommunikatsiya tizimining doimiy joylashgan yeri mavjudligi faktini tasdiqlash, agar ushbu doimiy joylashilgan yer hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalaridagi maʼlumotlar bilan tasdiqlangan boʻlsa, talab qilinmaydi.
(155-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
(155-moddaning oʻn toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
(155-moddaning oʻn beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
(155-moddaning oʻn oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan toʻlangan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari daromadlaridan ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi budjetga toʻlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining mazkur norezidenti Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyatlari boʻyicha daʼvo muddati ichida toʻlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetdan qaytarish huquqiga ega. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakldagi soliqni qaytarish uchun ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadni toʻlash paytida Oʻzbekiston Respublikasining mazkur norezidenti Oʻzbekiston Respublikasi soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomaga ega boʻlgan mamlakatda doimiy joylashgan joyiga (rezidentligiga) ega boʻlganligini tasdiqlovchi, tegishli chet davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan rasmiy tasdiqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga qaysi kontrakt yoki boshqa hujjatga muvofiq daromad toʻlangan boʻlsa, oʻsha kontrakt yoki boshqa hujjatning nusxalari, shuningdek daromadning toʻlanganligini va qaytarilishi lozim boʻlgan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini ushlab qolingan va budjetga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatlarining nusxalari.
(155-moddaning oʻn sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddaning oʻn birinchi va oʻn toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek ushbu Kodeksning 1551-moddasida koʻrsatilgan tasdiqlovchi hujjatlar chet tilida tuzilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organi ularning notarial tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasini talab etishga haqli. Bunda hujjatlarni taqdim etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ular konsullik orqali legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan holda amalga oshiriladi.
(155-moddaning oʻn beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha hisoblangan va toʻlangan soliqni qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qaytarish toʻgʻrisida chiqarilgan qaror asosida, ariza berilgan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida ushbu Kodeksning 57-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(155-moddaning oʻn oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda qoidalarini qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti mazkur shaxsning rezidentligini tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan vaqt davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qaysi davlat bilan soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma tuzilgan boʻlsa, oʻsha davlatning rezidenti deb eʼtirof etiladi. Agar rezidentlikni tasdiqlovchi hujjatda rezidentlik vaqtining davri koʻrsatilmagan boʻlsa, ushbu hujjat berilgan kalendar yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qaysi davlat bilan soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma tuzilgan boʻlsa, oʻsha davlatning rezidenti deb eʼtirof etiladi.
(155-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan yigirma ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1551-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda mazkur Kodeks 155-moddasi uchinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan mol-mulk bir yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan boshqa yuridik shaxsga — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga, jismoniy shaxsga — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga yoki rezidentiga realizatsiya qilingan taqdirda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini ushlab qolish va toʻlash majburiyati soliq agenti deb eʼtirof etiladigan daromadni toʻlash manbaiga (mol-mulkni sotib oluvchining zimmasiga) yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni realizatsiya qiluvchi yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti soliq agentiga mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini (mavjud boʻlsa) taqdim etishi shart. Taqdim etilgan hujjatlar asosida soliq agenti yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasini ushbu Kodeks 155-moddasi uchinchi qismining 3-bandiga muvofiq aniqlanadigan soliq solinadigan bazadan va ushbu Kodeks 160-moddasining 4-bandida belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi hamda ushlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq agenti olinayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkazilguniga (rasmiylashtirilguniga) qadar Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining ustav kapitalidagi aksiyalari, ulushlari (paylari) realizatsiya qilinganda — ushbu yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk realizatsiya qilinganda — koʻchmas mulk joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha, mustaqil ravishda yoki vakolatli shaxs orqali taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti qaysi valyutada daromad olayotgan boʻlsa, oʻsha valyutada tuziladi. Hisob-kitobga mol-mulk oldi-sotdi shartnomasining koʻchirma nusxasi va sotuvchi tomonidan taqdim etilgan mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari (mavjud boʻlsa) ilova qilinadi. Agar mol-mulkni olish qiymati hisob-kitob tuzilgan valyutada ifodalanmagan boʻlsa, u holda ushbu qiymat mol-mulkni olish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha hisob-kitob tuzilgan valyutada qayta hisoblab chiqariladi. Davlat soliq xizmati organlari hisob-kitob taqdim etilgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida soliq agenti yoki uning vakolatli shaxsi nomiga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining hisob-kitob taqdim etilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha hisoblangan milliy valyutadagi summasi koʻrsatilgan toʻlov xabarnomasini yozib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasi olingan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkazilguniga (rasmiylashtirilguniga) qadar budjetga toʻlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi hujjat asosida soliq agentiga yoki uning vakolatli shaxsiga olingan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organga taqdim etiladigan soliq toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olinadigan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organlar mulk huquqini soliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etilgan taqdirdagina roʻyxatdan oʻtkazishni (rasmiylashtirishni) amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda ikkinchi — sakkizinchi qismlarining qoidalari aksiyalar Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlarining birja bozori va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilinganda qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar qimmatli qogʻozlarning birja bozori va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilinganda Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlari bozoridagi hisob-kitob-kliring palatasi soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarning oldi-sotdisi boʻyicha amalga oshirilgan bitimlarga doir savdo yakunlari reyestri asosida soliq agenti hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida sotuvchining pul mablagʻlaridan realizatsiya qilingan aksiyalarning qiymati va ushbu Kodeks 160-moddasining 4-bandida belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini ushlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi sotuvchining hisobiga aksiyalar qiymatini toʻlash hisobidan pul mablagʻlarini oʻtkazish bilan bir vaqtda toʻlov valyutasida budjetga oʻtkaziladi. Soliq agenti bitim summasi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining ushlab qolingan summasi toʻgʻrisida aksiyalarni sotuvchining talabiga koʻra maʼlumotnoma berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq agenti yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobini taqdim etish muddatlarida soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi ushlab qolingan aksiyalar oldi-sotdisi boʻyicha bitimlar reyestrini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda sotuvchi ortiqcha toʻlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini qaytarish toʻgʻrisidagi arizani soliq agentining soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish huquqiga ega. Arizaga aksiyalarni realizatsiya qilish va olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari hamda soliq agenti tomonidan berilgan bitim summasi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining ushlab qolingan summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining ortiqcha toʻlangan summasini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(1551-moddaning oʻn beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-bob. Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga hamda oddiy shirkat ishtirokchilarining daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156-modda. Dividendlar va foizlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dividendlar va foizlarga toʻlov manbaida soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari boʻyicha daromadlar soliqqa tortishdan ozod etiladi.
(156-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
(156-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan kredit tashkilotlariga toʻlanadigan foizlarga toʻlov manbaida soliq solinmaydi, balki ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kredit tashkilotida soliq solinadi. Xuddi shunday tartib mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berishda ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) toʻlanadigan foizli daromadlarga ham tatbiq etiladi.
(156-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
(156-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(156-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(156-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157-modda. Oddiy shirkat shartnomasi sheriklariga (ishtirokchilariga) soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 380 va 381-moddalarida belgilangan tartibda aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromad boshqa daromadlar tarkibida jami daromadga kiritiladi va unga ushbu boʻlimga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy shirkat shartnomasining amal qilishi tugatilganda va mol-mulk ushbu shartnoma sheriklariga (ishtirokchilariga) qaytarilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) yoki uning huquqiy vorisi tomonidan qoʻyilma doirasida olingan mol-mulk va mulkiy huquqlar tarzidagi tushumlar, uning ulushi shartnoma sheriklarining (ishtirokchilarining) umumiy mulkidagi mol-mulkdan ajratilgan yoki bunday mol-mulk boʻlingan taqdirda, oddiy shirkat sherigining (ishtirokchisining) daromadlari tarkibiga kiritilmaydi;
(157-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaytarilayotgan mol-mulk qiymati bilan bu mol-mulkning ilgari oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha topshirilgan qiymati oʻrtasidagi salbiy farq soliq solish maqsadlari uchun zarar deb eʼtirof etilmaydi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-bob. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158-modda. Imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi:
(158-moddaning birinchi qismi 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
(158-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
(158-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ichki ishlar organlari huzuridagi qoʻriqlash boʻlinmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati koʻrsatishdan, nogironlar uchun moʻljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatishdan olingan foydasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari) yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan olingan foydasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) moddiy madaniy meros obyektlarini taʼmirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi;
(158-moddaning ikkinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
(158-moddaning ikkinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanishdan olingan foydasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) fond birjasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan olingan foydasi.
(158-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuniga asosan 6-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan koʻprogʻini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi ushbu qismda belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida kamaytiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159-modda. Soliq solinadigan foydani kamaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ekologiya, sogʻlomlashtirish va xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, sogʻliqni saqlash, mehnat organlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, taʼlim muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga beriladigan badallar, homiylik va xayriya tariqasidagi mablagʻlar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
(159-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
(159-moddaning birinchi qismi 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga, lizing obyekti qiymatining oʻrnini qoplashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda. Soliq solinadigan foydani kamaytirish yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xarajatlar qilingan soliq davridan eʼtiboran, texnologik jihoz boʻyicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran besh yil ichida amalga oshiriladi. Yangi texnologik jihoz xarid qilingan (import qilingan) paytdan eʼtiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklangan holda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun bekor qilinadi. Ushbu imtiyoz tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻllaniladi;
(159-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(159-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari badallari toʻlashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga, biroq soliq solinadigan bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamgʻarmalarining mulkida boʻlgan korxonalar foydasidan shu birlashmalar va jamgʻarmalarining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan ajratmalari summasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar uchun sof qoʻshimcha foyda summasiga;
(159-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 7-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(159-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Soliq solinadigan bazaga nisbatan soliq stavkalari, foizda
1.
Yuridik shaxslar (2 va 3-bandlarda nazarda tutilganlari bundan mustasno)
12
2.
Tijorat banklari
20
3.
Yuridik shaxslar:
sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchilar;
polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchilar;
asosiy faoliyat turi mobil aloqa xizmatlari koʻrsatishdan iborat boʻlganlar
20
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlarga 5 foizli stavka boʻyicha soliq solinadi.
(1591-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.04 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga toʻlov manbaida soliq solish stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan va toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagi stavkalar boʻyicha soliq solinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) dividendlar va foizlarga — 10 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlariga — 10 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) — 6 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Kodeksning 155-moddasida belgilangan daromadlar, bundan ushbu qismning 1—3-bandlarida koʻrsatilgan daromadlar mustasno — 20 foiz.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.08 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161-modda. Zararlarni taqsimlab oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan, chegirilishi lozim boʻlgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi zarar deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi koʻrilgan zararlarni ushbu zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi besh yil ichida kelgusiga taqsimlab oʻtkazishni amalga oshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan soliq davrida yoki oʻtgan soliq davrlarida ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan zarari (zararlari) boʻlgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining toʻlovchilari joriy soliq davrining soliq solinadigan foydasini koʻrilgan zararning toʻliq summasiga yoki bu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqsimlab oʻtkazilayotgan zararning har bir navbatdagi soliq davrida hisobga olinadigan jami summasi joriy soliq davrining ushbu Kodeksga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydaning 50 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan foyda taqsimlab oʻtkazilishi kerak boʻlgan zarar summasi miqdoriga faqat yil yakunlari boʻyicha kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birdan ortiq kalendar yilda koʻrilgan zararlar ular koʻrilgan ketma-ketlikda taqsimlab oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilingan soliq davrida koʻrgan zararlari keyingi soliq davrlariga taqsimlab oʻtkazilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi qayta tashkil etilishi munosabati bilan faoliyatini tugatgan taqdirda, soliq toʻlovchi-huquqiy voris soliq solinadigan foydani qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning qayta tashkil etish paytigacha koʻrgan zararlari summasiga ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda kamaytirishga haqli.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.08 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-bob. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti va soliqni toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar yil soliq davridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yilning choragi hisobot davridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 128-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining hisob-kitobi, agar ushbu moddada boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy muassasa joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatining xususiyati haqidagi hisobotni (erkin shaklda), shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining hisob-kitobini chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Faoliyat kalendar yil tugashidan avval tugatilgan taqdirda, bu hujjatlar faoliyat tugatilganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi shart.
(163-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164-modda. Soliq toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri mobaynida soliq toʻlovchilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini joriy toʻlovlarni kiritish orqali toʻlaydilar, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarning summasini aniqlash uchun soliq toʻlovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasi haqida maʼlumotnoma taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlar har oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan yil choragi boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasining uchdan bir qismi miqdorida toʻlanadi.
(164-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq toʻlovchilar joriy toʻlovlarni toʻlamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi hisobot davri uchun budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasiga nisbatan 10 foizdan koʻproq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy toʻlovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini, shuningdek sof foydadan olinadigan soliqni joriy toʻlovlarni toʻlamasdan yiliga bir marta, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165-modda. Soliqni toʻlov manbaida hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻi belgilangan stavkalarni chegirmalarni amalga oshirmasdan toʻlanadigan daromad summasiga nisbatan qoʻllash orqali hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Kodeksning 1551-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yuridik shaxslardan toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻini yuridik shaxslar quyidagilarni toʻlash paytida ushlab qolishi shart:
(165-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlar va foizlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga daromadlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasi toʻlov manbaida ushlab qolinmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnoma qoidalarining gʻayriqonuniy tarzda qoʻllanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga yoxud toʻliq ushlab qolinmasligiga sabab boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining ushlab qolinmagan summasini va u bilan bogʻliq penya summasini qonun hujjatlariga muvofiq budjetga kiritishi shart.
(165-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga dividendlar, foizlar va toʻlovlarni toʻlash sanasidan kechiktirmay budjetga oʻtkazishi. Banklar Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlov amalga oshirilgan oydan keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmay budjetga oʻtkazadi;
(165-modda toʻrtinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobini davlat soliq xizmati organlariga toʻlov amalga oshirilgan hisobot davri tugagandan keyin yigirma besh kundan kechiktirmay taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) davlat soliq xizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi, bu shaxslarning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, ularning nomi, daromadining umumiy summasi va soliq davri uchun ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining umumiy summasi koʻrsatilgan maʼlumotnomani soliq davri tugaganidan keyin oʻttiz kun ichida taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) daromad oluvchi shaxslarga ularning talabiga binoan, daromad summasi va soliq davri uchun ushlab qolingan soliqning umumiy summasi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda maʼlumotnoma taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166-modda. Soliqni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromad qilingan xarajatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi chegirib tashlanguniga qadar toʻliq miqdorda soliq toʻlovchining jami daromadiga qoʻshiladi. Soliq solinadigan bazani aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida foyda olish munosabati bilan qilingan hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va miqdorlarda chegiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlash paytida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasini hisobga olish uchun chet davlat vakolatli organining toʻlov xabarnomasi, maʼlumotnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlanganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOʻLIM. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.01 (Кучини йукотган) Daromaddan soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-bob. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega boʻlgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlovchilardir.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.06 (Кучини йукотган) Norezidentlar va chet ellik jismoniy shaxslarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168-modda. Jismoniy shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 182-moddasida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar boʻyicha soliq solinadi.
(168-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyektidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, ushbu Kodeksning XX boʻlimiga muvofiq yagona soliq toʻlovi yoki qatʼiy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining soliq solish obyekti boʻlmaydi.
(169-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170-modda. Soliq solinadigan baza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, ushbu Kodeksning 179 va 180-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq toʻlovchining daromadidan uning ixtiyoriga koʻra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.02 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslarning yillik jami daromadi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-bob. Jismoniy shaxslarning jami daromadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171-modda. Jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarni mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shoʻr suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan taʼminlash xarajatlari;
(171-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 217-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar, shu jumladan aʼzolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi aʼzolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qoʻmitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa toʻlovlar mustasno;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasining toʻrtinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari;
(171-modda ikkinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini oʻtkazish, vakillik xarajatlari, shahar yoʻlovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yoʻl kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini taʼminlash bilan bogʻliq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlar;
(171-moddaning ikkinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishi chogʻida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlari;
(171-modda ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) xodim boshqa joyga ishga oʻtkazilganda yoxud koʻchib borganda koʻchish, mol-mulkini koʻchirib borish, joy ijarasi (yoʻl xarajatlari uchun beriladigan pul) bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash yoki bu xarajatlarning oʻrnini qoplash xarajatlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 172-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) xizmat safarlaridagi quyidagi kompensatsiya toʻlovlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq toʻlashni qoʻshgan holda haqiqatda amalga oshirilgan toʻlovlar. Yoʻl hujjatlari boʻlmagan taqdirda, temir yoʻl transportidagi (agar temir yoʻl qatnovi boʻlmasa, shaharlararo avtobusdagi) yoʻl haqi qiymati miqdorida, biroq aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyni ijaraga olish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan toʻlovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda — qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida xizmat safarida boʻlingan vaqt uchun toʻlanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa toʻlovlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasi, “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqam 2730, 19.11.2015-y.), “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1268, 29.08.2003-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ishi yoʻlda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega boʻlgan, shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar);
(171-modda ikkinchi qismi 8-bandining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dala taʼminoti;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan “Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va normalar boʻyicha boshqa kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar), bundan ushbu Kodeksning 174 va 178-moddalarida koʻrsatilganlari mustasno;
(171-modda ikkinchi qismining 8-bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik toʻlovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib boʻlib qolgan taqdirda, zararning oʻrni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan kam boʻlmagan miqdorda qoplanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik oʻrtacha ish haqi miqdoridagi toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marhumning oʻrtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga toʻgʻri keladigan ulushi miqdoridagi toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi toʻlovlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 193-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) talabalarning taʼlim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining oliy oʻquv yurti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha pulli-kontrakt asosida oʻtkaziladigan toʻlovlar;
(171-modda ikkinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2431, 26.02.2013-y.).
(171-modda ikkinchi qismining 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash boʻyicha toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari. Hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda va sugʻurtalovchi sugʻurta qilinuvchiga sugʻurta mukofotining bir qismini yoki hammasini qaytarsa, qaytarilgan sugʻurta mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritiladi;
(171-modda ikkinchi qismining 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) yuridik shaxsdan — ish beruvchidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalar aʼzolari tomonidan uy-joy olish uchun olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklar tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal sifatida quruvchi shaxs tomonidan olingan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy olingan (mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) sanadan eʼtiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda koʻrsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi.
(171-moddaning ikkinchi qismi 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari.
(171-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida 15-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172-modda. Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va toʻlanadigan barcha toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qoʻshimcha toʻlovlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-dekabrdagi 578-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyalari aʼzolarining gonorarlari, doktorantlar va aspirantlarning stipendiyalari mikdorini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Faxriy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 173-moddasiga muvofiq ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 174-moddasiga muvofiq kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 175-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish boʻlgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga (ushbu Kodeks 169-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar bundan mustasno) toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga oʻxshash organi) aʼzolariga yuridik shaxsning oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar;
(172-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarniig huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 74-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 38-moddasining beshinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining xodimlariga xizmatni oʻtashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan toʻlanadigan pul taʼminoti, pul mukofotlari va boshqa toʻlovlar.
(172-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173-modda. Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) taʼtilga qoʻshimcha haqlar hamda ushbu Kodeks 178-moddasining 16-bandida nazarda tutilmagan moddiy yordam;
(173-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-avgustdagi PQ-158-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-sonli “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 18-martdagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jumhuriyat shahar elektr transporti korxonalari xodimlariga koʻp yillik xizmat uchun bir yoʻla mukofot berishning tartibi haqida”gi nizom, “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar koʻrinishidagi Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari va muassalari xodimlariga koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1026, 13.04.2001-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar.
(173-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuniga asosan 7-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylardagi ishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlar (ish staji uchun ustamalar, baland togʻli, choʻl va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha toʻlovlar). Bunda yuridik shaxslar xodimlarining choʻl va suvsiz joylarda, baland togʻli va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun ish haqiga koeffitsiyentlar hisoblashning eng yuqori summasi hisoblash sanasidagi holatga koʻra belgilangan eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida belgilanadi;
(174-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 153-moddasining toʻrtinchi, beshinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-apreldagi 200-sonli “Navoiy viloyati xalq xoʻjaliga tarmoqlari xodimlarining ish haqini hududiy tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-dekabrdagi 462-sonli “Doʻrmon-Qaynarsoy” komplekslarining xoʻjalik hisobidagi birlashgan direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, oʻta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
(174-moddaning 1 va 2-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) koʻp smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
(174-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) doimiy ishi yoʻlda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega boʻlgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarni vaxta usulida bajarilishini nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlanadigan ustamalar;
(174-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yigʻilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda yoʻlga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, maosh miqdorida toʻlanadigan summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) yer osti ishlarida doimiy band boʻlgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining meʼyoriy vaqti uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala taʼminoti;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan “Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) xizmat safarlari vaqtidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1268, 29.08.2003-y.), “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqam 2730, 19.11.2015-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganliklari munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash uchun ushbu Kodeks 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymatini qoplash.
(174-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuniga asosan 13-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175-modda. Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlashga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonun hujjatlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) taʼtilga haq toʻlash, shuningdek ushbu taʼtildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) noqulay va oʻziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qoʻshimcha taʼtilga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻqish bilan bogʻliq taʼtilga va ijodiy taʼtillarga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan qoʻshimcha taʼtilga haq toʻlash;
(175-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga beriladigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) donor xodimlarga koʻrikdan oʻtish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq toʻlash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 20-moddasining birinchi va uchinchi qismlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq toʻlash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi boʻyicha saqlab qolinadigan ish haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyida lavozim boʻyicha maoshi miqdorlari maʼlum bir muddat davomida saqlab qolingan holda ishga olingan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turganda xodimlarga maoshdagi farqni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda oʻqishlari vaqtida asosiy ish joyi boʻyicha ularga toʻlanadigan ish haqi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 166-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq toʻlash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 159-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) mehnat layoqatini vaqtincha yoʻqotgan xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qarori bilan majburiy progul vaqti yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan bogʻliq vaqt uchun haq toʻlash;
(175-moddaning 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda oʻquvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga haq toʻlash;
(175-moddaning 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(175-moddaning 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) yuridik shaxsning mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan pensiyalar va nafaqalarga qoʻshimchalar, stipendiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) oliy oʻquv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga taʼtil vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan toʻlanadigan nafaqalar;
(175-moddaning 17-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176-modda. Mulkiy daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 544-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, koʻchmas mulk boʻyicha esa, kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi farq daromad deb eʼtirof etiladi;
(176-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutugʻiga berilgan patent (litsenziya) egasi boʻlgan jismoniy shaxsning patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
(176-moddaning 4-5-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(176-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlaganidan keyin xususiy korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer xoʻjaligi boshligʻi ixtiyorida qoladigan foyda summasi.
(176-moddaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonuni 26-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 27-moddasining ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi tomonidan yuridik shaxsdan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar ushbu Kodeks 171-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilardir;
(177-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini koʻzlab, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni toʻlash, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻqitish, tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari haqini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash;
(177-moddaning birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriy-kurortlarda davolanish yoʻllanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi boʻlgan boshqa xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soliq toʻlovchining manfaatlarini koʻzlab tekinga, shu jumladan hadya shartnomasi asosida berilgan mol-mulk, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar qiymati;
(177-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xodimlarga realizatsiya qilinadigan narxi va shu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati oʻrtasidagi salbiy tafovut;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yoʻl, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish boʻyicha beriladigan imtiyozlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ish beruvchi tomonidan toʻlovlar hisobiga toʻlanib, xodimdan ushlab qolinishi lozim boʻlgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi yuridik shaxsdan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olgan taqdirda, ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati ularni olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs yuridik shaxsdan aksiz toʻlanadigan tovarlar yoki qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olsa, bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatida aksiz soligʻining va qoʻshilgan qiymat soligʻining tegishli summasi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178-modda. Boshqa daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) pensiyalar va qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar;
(178-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 284 — 294-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) stipendiyalar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nomli davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Aspirantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1339, 16.04.2004-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa turlardagi yordam;
(178-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) donorlik uchun pul mukofotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) hayvonlarni (qoramol, parranda, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni soʻyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) musobaqalarda, koʻriklarda, tanlovlarda sovrinli oʻrinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) grant beruvchidan olingan grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari boʻyicha olingan summalar;
(178-modda 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular boʻyicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) yaratilgan fan, adabiyot va sanʼat asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 15-moddasining uchinchi qismi,19-moddasining toʻrtinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor boʻlgan jismoniy shaxslar olgan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgʻalarining qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti va sovgʻalar;
(178-moddaning 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yoʻla beriladigan pul mukofoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan ishdan boʻshatish nafaqasi va boshqa toʻlovlar;
(178-moddaning 15-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 104 va 109-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlari haqini toʻlash boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari roʻyxati”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) ishlamaydigan pensionerlarga yuridik shaxs tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) sugʻurta tovoni summalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 934-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) maʼnaviy zararni kompensatsiya qilish boʻyicha pul toʻlovlari.
(178-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 17 — 20-bandlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1022-moddasi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.04 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-bob. Imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179-modda. Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari — toʻlaligicha;
(179-moddaning 1-bandi ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari — eng kam ish haqining oʻn ikki baravarigacha miqdorda;
(179-moddaning 1-bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 193-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yoʻllanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman qoplash summalari, turistik yoʻllanmalar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar qiymatini nogironlarga, shu jumladan mazkur korxonada ishlamaydigan nogironlarga toʻliq yoki qisman qoplash summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sogʻlomlashtirish oromgohlari, shuningdek sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish muassasalariga oʻz xodimlarining oʻn olti yoshga toʻlmagan (oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar) bolalari uchun yoʻllanmalar qiymatini toʻliq yoki qisman qoplash summalari;
(179-moddaning 2-bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oʻz xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat koʻrsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan toʻlangan summalar, shuningdek yuridik shaxsning davolash va tibbiy xizmat koʻrsatganlik, nogironlik profilaktikasi va nogironlarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olish uchun qilingan xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat koʻrsatganlik uchun yuridik shaxslar tomonidan sogʻliqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq toʻlangan taqdirda, shuningdek sogʻliqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan naqd pul mablagʻlari bevosita xodimga, xodim yoʻqligida, uning oila aʼzolariga, ota-onalariga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar xodimning bankdagi hisobvaragʻiga kiritilgan taqdirda, ushbu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan budjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari koʻmagida amalga oshirilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaganidan keyin xususiy korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer xoʻjaligi boshligʻi ixtiyorida qoladigan foyda summasi;
(179-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonuni 26-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 27-moddasining ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor boʻlgan jismoniy shaxslar olgan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgʻalarining qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti va sovgʻalar;
(179-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yoʻla beriladigan pul mukofoti;
(179-moddaning 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash uchun moʻljallanmagan joylarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ketma-ket keladigan oʻn ikki oylik davr ichida bir martadan ortiq bitim tuzilgan taqdirda, turar joylarni sotishdan olinadigan daromadlar mustasno.
(179-moddaning 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramol, parranda, moʻynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni soʻyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno. Mazkur daromadlar soliq toʻlovchi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, bogʻdorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining boshqaruvlari tomonidan berilgan, realizatsiya qilingan mahsulot soliq toʻlovchi tomonidan unga yoki uning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etgan taqdirda, soliq solishdan ozod qilinadi agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa;
(179-moddaning 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar natura shaklida olgan sovgʻalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari mazkur yuridik shaxsning xodimlari boʻlgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yoʻqotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila aʼzolari tomonidan olingan sovgʻalar va boshqa turlardagi yordam.
(179-moddaning 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekin olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabiyot va sanʼat asarlarining, adabiyot va sanʼat asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxoʻrlariga (huquqiy vorislariga) toʻlanadigan pul mukofotlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) davlat zayomining obligatsiyalari boʻyicha yutuqlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizlar, lotereya boʻyicha yutuqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakil qilingan organning xulosasi boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida bevosita jismoniy shaxsning grant beruvchidan olgan granti summasi.
(179-moddaning 18-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(179-moddaning 19-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining oʻn ikki baravari miqdori doirasida toʻlanadigan ishdan boʻshatish nafaqasi, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari (shu jumladan oilaning bemor aʼzosini parvarishlash nafaqasi) mustasno, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalaridan jismoniy shaxslarga beriladigan yordam tusidagi toʻlovlar;
(179-moddaning 20-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksning 109-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) fuqarolarning sugʻurta tovoni sifatida oladigan summalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 934-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) qonun hujjatlarida davlat stipendiyalari uchun belgilangan miqdorlarda taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan toʻlanadigan stipendiyalar;
(179-moddaning 22 va 23-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) uy-joy-kommunal xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari roʻyxati”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) davlat pensiyalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 289 — 291-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-moddasi.
(179-moddaning 26-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular boʻyicha foiz daromadlari, shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) fuqarolarning soliq solinadigan va Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari toʻlovi uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarining summalari;
(179-moddaning 28-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektiga — yuridik shaxsga uning majburiyatlarini bajarish uchun yoʻnaltiriladigan daromadlari summalari. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi va soliq summasi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun toʻliq miqdorda undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) quyidagi jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari summalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oila aʼzolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurishni ushbu maqsadlar uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklarning kreditlari hisobidan amalga oshirayotgan quruvchi shaxslar, shuningdek ularning mazkur kreditlar boʻyicha birgalikdagi qarz oluvchi boʻlgan oila aʼzolari tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganda.
(179-moddaning 30-bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan “Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurilishiga “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2792, 26.05.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan mol-mulk olingan (mol-mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) sanadan eʼtiboran besh yil ichida sotilsa, mazkur bandda nazarda tutilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi.
(179-moddaning 30-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalari;
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2107, 27.05.2010-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan summalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasining beshinchi, oltinchi qismlari, “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2111, 04.06.2010-y.).
(179-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 31-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomasi boʻyicha) olingan ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlar, agar mazkur ulushlar, paylar va aksiyalarni berish yaqin qarindoshlar oʻrtasida amalga oshirilsa;
(179-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuniga asosan 32-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33) paxta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari;
(179-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan 33-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34) aksiyadorlik jamiyatlari chet ellik xodimlarining boshqaruv xodimi sifatida oʻz faoliyatidan olgan daromadlari.
(179-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan 34-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solishdan quyidagi jismoniy shaxslar toʻliq ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasa, — Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, — Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat koʻrsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, — oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, — oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) xalqaro nohukumat tashkilotlarning mansabdor shaxslari — agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari boʻyicha;
(180-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(180-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan shaxslar — ushbu faoliyatdan olingan daromadlari boʻyicha;
(180-moddaning birinchi qismi 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga koʻra bajargan ishlari uchun olgan daromadlari boʻyicha.
(180-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan 9-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha) ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar. Mazkur imtiyoz tegishincha “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning maʼlumotnomasi asosida beriladi;
(180-moddaning ikkinchi qismi 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida beriladi;
(180-moddaning ikkinchi qismi 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
(180-moddaning ikkinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
(180-moddaning ikkinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) bolalikdan nogiron boʻlib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari. Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
(180-moddaning ikkinchi qismi 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari). Imtiyoz “Halok boʻlgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” yoki “Ichki ishlar organlari halok boʻlgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” shtampi qoʻyilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner boʻlmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi yoxud Ichki ishlar vazirligining tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organi xodimining halok boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yoki frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi;
(180-modda ikkinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
(180-moddaning ikkinchi qismi 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
(180-moddaning ikkinchi qismi 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor yolgʻiz onalar. Imtiyoz har bir bola uchun Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotnoma asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor va boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar. Imtiyoz erning (xotinning) vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, yangi nikohdan oʻtmaganlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya olinmasligi haqidagi maʼlumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi;
(180-modda ikkinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) bolaligidan nogiron boʻlgan, doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onadan biri. Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sogʻliqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnomasi, birgalikda yashashga taalluqli qismida — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining maʼlumotnomasi asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozlarga boʻlgan huquqlar kalendar yili davomida vujudga kelgan taqdirda, imtiyozlarga boʻlgan huquqlar vujudga kelgan paytdan eʼtiboran qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan bir nechta asos boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquqqa ega boʻlsa, unga xohishiga qarab faqat bitta imtiyoz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllash jismoniy shaxsning asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyi boʻyicha, asosiy ish joyi boʻlmagan taqdirda — yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chogʻida amalga oshiriladi. Imtiyozga boʻlgan huquq yoʻqotilgan taqdirda, jismoniy shaxs imtiyoz yoʻqotilgan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga maʼlum qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab oʻtilgan imtiyozlar jismoniy shaxslarning foizlar va dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga ham tatbiq etiladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy ish joyi boʻyicha hisoblansa, imtiyozni qoʻllash asosiy ish joyi boʻyicha amalga oshiriladi, agar foizlar va dividendlar asosiy boʻlmagan ish joyi boʻyicha hisoblansa, imtiyoz jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan qoʻllaniladi. Shunga oʻxshash tartib mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.03 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-modda. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning daromadlariga, bundan dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlar mustasno, 12 foizli stavka boʻyicha soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlarga 5 foizli stavka boʻyicha soliq solinadi.
(181-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182-modda. Jismoniy shaxslarning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga solinadigan soliq stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining Oʻzbekiston Respublikasidagi daromadlar manbaidan olingan, daromadlariga manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar boʻyicha soliq solinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlar va foizlarga — 10 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeks 155-moddasi uchinchi qismining 9-bandiga muvofiq belgilanadigan xalqaro tashishlarda transport xizmatlari koʻrsatishdan olinadigan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) — 6 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha olingan daromadlarga, ushbu qismning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilmagan boshqa daromadlarga — 20 foiz.
(182-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov manbaida soliq solish toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida sodir etilganligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
(182-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil oyi daromad toʻlash manbaidan jismoniy shaxslarning daromad soliqlarini ushlab qoluvchilar uchun hisobot davridir.
(183-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-bob. Daromadga toʻlov manbaida soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184-modda. Jismoniy shaxslarning daromadlariga toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni toʻlov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va toʻlash majburiyati, agar ushbu Kodeksning 194-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, yuridik shaxslar, faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari hamda chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari zimmasiga yuklatiladi.
(184-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mulkiy daromadlar, agar daromadning toʻlov manbai yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti, faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti, chet el yuridik shaxsining vakolatxonasi boʻlsa, shuningdek ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan hollarda;
(184-moddaning ikkinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Kodeksning 178-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar, agar daromadning toʻlov manbai yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti, faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti, chet el yuridik shaxsining vakolatxonasi boʻlsa.
(184-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga oid munosabatlarda boʻlmagan jismoniy shaxsga moddiy naf tarzida daromad toʻlovchi soliq agenti, jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini ushlab qolmaslikka haqlidir. Bunda jismoniy shaxs moddiy naf tarzidagi daromad boʻyicha ushbu Kodeksning 189-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashi shart.
(184-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185-modda. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini soliq agentlari tomonidan toʻlov manbaida ushlab qolish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov manbaida soliq solish soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda soliq agentlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq agentlari soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 184-moddasida koʻrsatilgan daromadlaridan hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini mazkur daromadlar haqiqatda toʻlanayotganda ushlab qolishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning hisoblangan summasini soliq toʻlovchidan ushlab qolish soliq agenti soliq toʻlovchiga toʻlayotgan har qanday pul mablagʻlari hisobidan, mazkur pul mablagʻlari haqiqatda soliq toʻlovchiga yoki uning topshirigʻiga binoan uchinchi shaxslarga toʻlanayotganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining toʻgʻri ushlab qolinishi va oʻz vaqtida budjetga oʻtkazilishi uchun javobgarlik daromad toʻlayotgan soliq agentining zimmasida boʻladi. Mazkur soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti ushlab qolinmagan summani hamda u bilan bogʻliq penyani budjetga toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng kam ish haqining karrali miqdorlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarish uchun eng kam ish haqi miqdorining joriy yil 1-yanvaridagi holati inobatga olinadi.
(186-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu boʻlimda belgilangan soliq solinadigan baza hamda stavkalardan kelib chiqqan holda daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun boʻyicha har oyda jismoniy shaxsning asosiy ish joyi boʻyicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining hisoblab chiqarilgan summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxslarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.
(186-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan sovgʻa, moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya topshirganda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(186-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyi oʻzgargan taqdirda, jismoniy shaxs joriy yilda oʻziga toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidagi buxgalteriyaga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, oʻqish) joyidan maʼlumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ushbu Kodeks 179-moddasi 1-bandining toʻrtinchi xatboshisida hamda 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilmagan holda ushlab qolinadi. Maʼlumotnoma va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi ilgarigi asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
(186-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan buyon ilgarigi va yangi ish (xizmat, oʻqish) joylaridan olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng xodimga ilgarigi asosiy ish joyida toʻlovlar amalga oshirilgan taqdirda, mazkur toʻlovlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ushbu Kodeks 179-moddasi 1-bandining toʻrtinchi xatboshisidahamda 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilmagan holda solinadi.
(186-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish jami daromad summasidan ushbu Kodeks 179-moddasi 1-bandining toʻrtinchi xatboshisida hamda 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilmagan holda, belgilangan stavkalar boʻyicha hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun boʻyicha amalga oshiriladi.
(186-moddaning sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(186-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq agentlari jismoniy shaxsning talabiga binoan unga daromadlarining summalari va turlari haqida, shuningdek jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda maʼlumotnoma berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning asosiy boʻlmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yakuniy summasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisida taqdim etilgan deklaratsiyaning maʼlumotlari boʻyicha davlat soliq xizmati organi tomonidan hisoblab chiqariladi.
(186-moddaning oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187-modda. Hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soliq davri tugaganidan keyin oʻttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga toʻlov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda maʼlumotnoma taqdim etish.
(187-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yilning har oyida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etishi shart. Yil yakunlari boʻyicha hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlarning summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 25-martiga qadar taqdim etiladi.
(187-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 22.03.2013-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarda hisoblangan quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar, jismoniy shaxslarning daromadlaridan ushlangan soliq summalari va har bir jismoniy shaxs boʻyicha fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobraqamlariga toʻlangan badallar toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy daromadlar (bundan dividendlar va foizlar mustasno) va moddiy naf tarzidagi daromadlar, har bir jismoniy shaxs boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining toʻlov manbaida ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi axborot aks ettiriladi.
(187-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188-modda. Soliq toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining hisoblab chiqarilgan summasi budjetga soliq agenti tomonidan quyidagi muddatlarda toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini olish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda, biroq hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay. Ish haqi boʻyicha oyning birinchi yarmi uchun boʻnak (avans) olish uchun hujjatlar taqdim etilganda soliqni toʻlash amalga oshirilmaydi;
(188-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday toʻlovga qonun hujjatlarida ruxsat berilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yuridik shaxsning bank hisobvaragʻida ish haqini toʻlash va bir vaqtning oʻzida xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlarni budjetga oʻtkazish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmasa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi bank hisobvaragʻidagi qoldiq mablagʻlarga mutanosib summada budjetga oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.08 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiyalash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-bob. Daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189-modda. Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar
(189-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq agentlari boʻlmagan manbalardan olingan daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq toʻlovchining asosiy boʻlmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi uning arizasiga koʻra ushlab qolingan boʻlsa, daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etilmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan daromadlar mustasno.
(189-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentiga aylangan chet ellik jismoniy shaxs, mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlari qoidalaridan qatʼi nazar, ushbu Kodeksning 192-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etadi.
(189-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190-modda. Mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlarga soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar bunday faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmagan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaga muvofiq daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini davlat soliq xizmati organining yozma xabarnomasi asosida toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi olayotgan jismoniy shaxs daromadlar olish bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq, haqiqatda qilingan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, biroq chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish va ulardan foydalanish uchun zarur materiallar olishga doir xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-modda. Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya soliq toʻlovchining olingan yillik daromadi toʻgʻrisidagi yozma arizasidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasiga asosiy ish joyi boʻyicha toʻlangan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnoma ilova qilinadi.
(191-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, jinsi, fuqaroligi, doimiy yashash joyi manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlar turlarga ajratib koʻrsatilgan holda olingan jami yillik daromad (bir martalik operatsiyalardan hamda mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni deklaratsiya qilish uchun faqat ushbu operatsiyalarning oʻzidan olish moʻljallanayotgan daromad aks ettiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlarning manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromad olish bilan bogʻliq xarajatlar, majburiy toʻlovlar, chiqimlar va ajratmalarning summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisoblab chiqarilgan soliq summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqatda toʻlangan soliq summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyada jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiya qilish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya pochta orqali buyurtma xat shaklida, shuningdek elektron shakldagi axborot tarzida taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya blankalari soliq toʻlovchilarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyada toʻlanishi lozim boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda, jismoniy shaxs deklaratsiyaga zarur oʻzgarishlar kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻzgartirish haqidagi ariza jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash muddati tugaguniga qadar berilsa, soliq toʻlovchi ushbu Kodeksda belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻzgartirish haqidagi ariza jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash muddati tugaganidan keyin, biroq xatolar davlat soliq xizmati organi tomonidan aniqlanguniga qadar berilsa, soliq toʻlovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani toʻlagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs davlat soliq xizmati organining taqdim etilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyada aniqlangan xatolik toʻgʻrisidagi bildirishnomasini olgan kun davlat soliq xizmati organi tomonidan xatolik aniqlangan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192-modda. Daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning 189-moddasida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiya qilinishi shart boʻlmagan daromadlarni olgan soliq toʻlovchilar doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin.
(192-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs oʻtgan soliq davri uchun daromadlar toʻgʻrisida joriy yilning 1-apreligacha deklaratsiya taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti ushbu bobda belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya mazkur jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1-fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan boʻlsa, joriy yil uchun daromadlar boʻyicha deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etish tartibi ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni toʻlash deklaratsiya topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida amalga oshiriladi.
(192-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grant olgan jismoniy shaxs daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant boʻyicha olingan daromad summasini, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi miqdorini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish boʻyicha organning tegishli xulosasini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkini ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs, agar ushbu daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining toʻlov manbaida soliq solinmasa, belgilangan muddatlarda jami yillik daromad toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etish bilan bir qatorda ijaradan daromadlar paydo boʻlgan kundan eʼtiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kunlik muddatda dastlabki tarzdagi deklaratsiya ham taqdim etadi.
(192-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkning ijara shartnomasi davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilayotganda boshlangʻich deklaratsiya taqdim etilmaydi.
(192-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar olish tugagan taqdirda jismoniy shaxs doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq toʻlovchi daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmagan boʻlsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini oʻzidagi mavjud axborot asosida hisoblashga va toʻlanishi lozim boʻlgan, hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga oʻn kunlik muddat ichida toʻlov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq toʻlovchi tomonidan jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya yoki toʻgʻrilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yakuniy summasi ushbu deklaratsiya hisobga olingan holda aniqlanadi.
(192-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193-modda. Deklaratsiya boʻyicha soliq toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning maʼlumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini oʻtgan soliq davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab chiqarilgan daromad soligʻini xorijiy davlatda joylashgan bank hisobvaragʻidan chet el valyutasida toʻlashi mumkin. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlangan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki davlat soliq xizmati organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning beshinchi sanasigacha har oyda toʻlaydi. Yil tugagach, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad boʻyicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida toʻlangan summalar oʻrtasidagi farq kelgusi yilning 1-iyunidan kechiktirmay soliq toʻlovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi kerak.
(193-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq toʻlangan sana quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvaragʻidan toʻlangani taqdirda — ularning bankdagi hisobvaragʻidan mablagʻlar hisobdan chiqarilgan kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablagʻlari kiritilgan taqdirda — bank kassasiga mablagʻlar toʻlangan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.06 (Кучини йукотган) Norezidentlar va chet ellik jismoniy shaxslarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194-modda. Chet ellik jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
(194-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet ellik jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish oʻzarolik prinsipi boʻyicha tugatilishi yoki cheklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chogʻida bunday bitimlarning shartlariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik jismoniy shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha xarajatlarini oʻz zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlar kiritilishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik jismoniy shaxsning — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining daromadlariga ushbu boʻlimda belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk, yuridik shaxslarning — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav kapitalidagi aksiyalari va ulushlari (paylari) bir chet ellik jismoniy shaxs tomonidan boshqa jismoniy shaxsga — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentiga yoki norezidentiga, yuridik shaxsga — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga realizatsiya qilingan taqdirda, ushbu daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini ushlab qolish majburiyati, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq agenti deb eʼtirof etiluvchi daromadni toʻlash manbaiga (mol-mulkni sotib oluvchi zimmasiga) yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar qimmatli qogʻozlarning birja bozori va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilinganda Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozoridagi hisob-kitob-kliring palatasi soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik jismoniy shaxs tomonidan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblash, ushlab qolish, oʻtkazib berish, soliq agenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydigan shakl boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisob-kitobini va aksiyalar oldi-sotdisi boʻyicha bitimlar reyestrini taqdim etish, soliq toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish va mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish (rasmiylashtirish) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha ushbu Kodeksning 1551-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sotuvchida — chet ellik jismoniy shaxsda mol-mulk realizatsiya qilingan yildan keyingi yilning 1-apreliga qadar ushbu Kodeksning 192-moddasi uchinchi qismiga muvofiq daromadlarni deklaratsiya qilish boʻyicha majburiyat yuzaga kelsa, soliq agenti tomonidan ushbu moddaga muvofiq ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya taqdim etilayotganda davlat soliq xizmati organi tomonidan qayta hisoblab chiqarilishi mumkin.
(194-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan beshinchi — sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarini soliq solishdan ozod etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasini qoʻllash huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi budjetga toʻlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining bunday norezidenti toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini ushbu Kodeksning 38-moddasiga muvofiq soliq majburiyati boʻyicha daʼvo muddati mobaynida budjetdan qaytarib olish huquqiga ega. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki uning summasini kamaytirish toʻgʻrisidagi iltimos bayon etilgan arizani, shuningdek quyidagi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organiga taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisida xalqaro shartnomaga ega boʻlgan davlatning rezidenti ekanligini rasmiy jihatdan tasdiqlovchi hujjatni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan daromadlarni tasdiqlovchi hujjatni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi tegishli xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan hujjatni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organi arizani uch oy muddatda koʻrib chiqadi va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar ishonchli boʻlgan taqdirda, ushbu Kodeksning 58-moddasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini budjetdan qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi gʻayriqonuniy qoʻllanilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga asoslangan rad javobini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196-modda. Rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan soliqni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan, jismoniy shaxslardan — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlaridan olinadigan daromad soligʻi summalari Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlashda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini hisobga olish uchun chet davlat vakolatli organining maʼlumotnomasi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlanganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos boʻladi.
(196-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BOʻLIM. QOʻSHILGAN QIYMAT SOLIGʻI
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.01 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlovchilar, soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-bob. Soliq toʻlovchilar. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soliq solinadigan oborotlarga ega boʻlgan yuridik shaxslar, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlash boʻyicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, oʻz ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — yuridik shaxs.
(197-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notijorat tashkilotlar. Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotini hamda ushbu Kodeks 199-moddasi birinchi qismining 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan oborotlarni amalga oshirganda notijorat tashkilotlar ushbu oborotlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar boʻladi. Bunda ushbu Kodeksning 132-moddasida koʻrsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi;
(197-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ushbu Kodeksning XX boʻlimida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida toifadagi soliq toʻlovchilar uchun, aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchilar bundan mustasno, ushbu Kodeksninng 401-bobida belgilangan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi 2021-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrga belgilanadi.
(197-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyekti quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solinadigan oborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solinadigan import.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199-modda. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni va boshqa mol-mulkni joʻnatish (sotish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni bepul berish (ishlarni bepul bajarish, xizmatlarni bepul koʻrsatish), shu jumladan yuridik shaxs xodimlariga ularning mazkur yuridik shaxsdagi faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy ehtiyojlari uchun mol-mulkni bepul berish (ishlarni bepul bajarish, xizmatlarni bepul koʻrsatish), agar ushbu modda ikkinchi qismining 6-bandida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa;
(199-modda birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) almashtirish uchun mol-mulkni berish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodimga ish haqi hisobiga yoki muassisga (ishtirokchiga) dividendlar toʻlash hisobiga mol-mulk berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov bilan taʼminlangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, garovga qoʻyuvchi tomonidan garov narsasini berish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 281-moddasining beshinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zayom shartnomalari asosida tovar-moddiy zaxiralarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy boʻlinmasi tomonidan boshqa tarkibiy boʻlinmasiga, agar tarkibiy boʻlinmalar ushbu Kodeksga muvofiq mustaqil soliq toʻlovchilar boʻlsa, mol-mulkni berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mol-mulkni moliya ijarasiga (shu jumladan lizingga) berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan tovarni joʻnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) mol-mulkni operativ ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni oʻtkazish yoki ulardan foydalanish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarishda ushbu Kodeksning 147-moddasiga muvofiq xarajatlari chegirilmaydigan soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni berish, oʻz kuchi bilan ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish.
(199-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti boʻlmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soliq toʻlovchining xarajatlari sifatida qaraladigan, uning oʻz ehtiyojlari uchun tovarlarni berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, bundan ushbu moddaning birinchi qismi 7-bandida nazarda tutilgan xarajatlar mustasno;
(199-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy boʻlinmasi tomonidan boshqa tarkibiy boʻlinmasiga ishlab chiqarish ehtiyojlari (zavod ichki oboroti) uchun, agar tarkibiy boʻlinmalar ushbu Kodeksga muvofiq mustaqil soliq toʻlovchilar boʻlmasa, mol-mulk berilishi, ishlar bajarilishi, xizmatlar koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun oʻz kuchi bilan qurilish, montaj, qurilish-montaj ishlarini bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qaytariladigan tarani joʻnatish. Qaytariladigan tara mahsulot solib joʻnatilgan, qiymati ushbu mahsulot qiymatiga kiritilmaydigan hamda shu mahsulotni yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada (kontraktda) belgilangan shartlarda va muddatlarda mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim boʻlgan taradir. Agar tara belgilangan muddatda qaytarilmasa, bunday tarani berish soliq solinadigan oborotga kiritiladi;
(199-modda ikkinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yuridik shaxsning ishtirokchisi (muassisi) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqqanda (chiqib ketganda), shu jumladan tugatilganlik (bankrotlik) yoki qayta tashkil etilganlik munosabati bilan chiqqanda (chiqib ketganda) unga dastlabki hissa doirasida mol-mulkni berish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sherikka (ishtirokchiga) uning mazkur shartnoma boʻyicha sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkida boʻlgan ulushi qaytarilayotganda yoki bunday mol-mulk taqsimlanganda mol-mulkni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va tugallanmagan qurilish obyektlarini bepul asosda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) banklar va sugʻurta tashkilotlari tomonidan mol-mulkni oʻz filiallariga berish;
(199-modda ikkinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 16, 17-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sherikning (ishtirokchining) ulushi sifatida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlarni berish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 962-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) tovarlarni va boshqa mol-mulkni qayta ishlash asosida berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida mol-mulkni mulkdordan ishonchli boshqaruvchiga berish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 849-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, mol-mulkni mulkdorga berish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 861-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) obyekt qiymatini ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) oladigan ijara (lizing) toʻlovining bir qismi tarzida qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) tovarlardan foydalanishning kafolatli muddati davrida ularni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha haq olmasdan ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish.
(199-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 13-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200-modda. Soliq solinadigan va solinmaydigan oborotlarni belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti soliq solinadigan oborotdir, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan oborotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) quyidagi realizatsiya qilish oborotlari soliq solinmaydigan oborotdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 208, 209 va 210-moddalariga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan oborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilingan joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlmagan oborot. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi ushbu Kodeksning 202-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti uchun bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar mazkur ishlarni, xizmatlarni oluvchining soliq solinadigan oborotiga ushbu Kodeksning 207-moddasida belgilangan tartibda kiritiladi.
(200-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201-modda. Soliq solinadigan import
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar soliq solinadigan importdir, ushbu Kodeksning 211-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202-modda. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlariga, agar ularni realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻlsa, qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi shartlar yoxud ulardan biri mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa va bitim natijasida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqarilmaydigan boʻlsa (yuklab joʻnatilmaydigan va tashilmaydigan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joʻnatish yoki tashish boshlangan paytda tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi hududi ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishlar, xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan koʻchmas mulk bilan bogʻliq boʻlsa. Bunday ishlar, xizmatlar jumlasiga, xususan, qurilish, montaj, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash, taʼmirlash, restavratsiya qilish, koʻkalamzorlashtirish ishlari, shuningdek koʻchmas mulkni ijaraga berish kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishlar, xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan koʻchar mulk bilan bogʻliq boʻlsa. Bunday ishlarga, xizmatlarga montaj qilish, sozlash, yigʻish, qayta ishlash, ishlov berish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish kiradi
(202-modda uchinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) xizmatlar haqiqatda Oʻzbekiston Respublikasi hududida turizm, madaniyat, sanʼat, taʼlim, jismoniy tarbiya va sport sohasida koʻrsatilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ishlarni, xizmatlarni sotib oluvchi faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan boʻlsa. Ishlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi asosida, bunday asos boʻlmagan taqdirda esa, yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan joy, yuridik shaxsning doimiy faoliyat koʻrsatadigan ijro etuvchi organi joylashgan yer, agar ishlar (xizmatlar) muayyan doimiy muassasa orqali bajarilgan (koʻrsatilgan) boʻlsa, ushbu doimiy muassasa joylashgan yer asosida Oʻzbekiston Respublikasining hududida haqiqatda hozir boʻlib turgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining hududi sotib oluvchining faoliyati amalga oshiriladigan joy hisoblanadi. Ushbu bandning qoidalari quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquq oʻtkazilgan yoki ulardan foydalanish huquqi berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maslahat berish, auditorlik, yuridik (advokatlik), buxgalterlik, reklama, injiniring xizmatlari, shuningdek axborotga ishlov berish xizmatlari koʻrsatilganda. Injiniring xizmatlari jumlasiga mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish jarayoniga tayyorgarlik, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa obyektlar qurilishi hamda ulardan foydalanilishga tayyorgarlik boʻyicha muhandislik-maslahat berish yoʻsinidagi xizmatlar, loyihalash oldi va loyihalash xizmatlari (texnik-iqtisodiy asoslarni, loyiha-konstruktorlik yechimlarini tayyorlash va boshqa shunga oʻxshash xizmatlar) kiradi. Axborotga ishlov berish xizmatlari jumlasiga axborot massivlarini toʻplash va umumlashtirish, tizimlashtirish hamda bu axborotga ishlov berish natijalarini foydalanuvchilar tasarrufiga taqdim etish xizmatlari kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar berish agar xodimlar sotib oluvchi oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan joyda ishlayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchar mulk ijaraga berilganda, transport vositalari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olish boʻyicha vositachi (ishonchli vakil), shuningdek ushbu bandda nazarda tutilgan xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnomaning (kontraktning) asosiy ishtirokchisi nomidan jalb etuvchi shaxs xizmatlari koʻrsatilganda;
(202-modda uchinchi qismi 4-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa xizmatlari koʻrsatilganda;
(202-modda uchinchi qismi 4-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ushbu modda uchinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilmagan ishlarni bajarayotgan, xizmatlarni koʻrsatayotgan shaxsning tadbirkorlik yoki har qanday boshqa faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilsa. Ishlarni bajarayotgan, xizmatlar koʻrsatayotgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi asosida, bunday asos boʻlmagan taqdirda esa, yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan joy, yuridik shaxsning doimiy faoliyat koʻrsatadigan ijro etuvchi organi joylashgan yer, agar ishlar (xizmatlar) bu doimiy muassasa orqali bajarilgan boʻlsa, mazkur doimiy muassasa joylashgan yer asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda hozir boʻlib turgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining hududi ushbu faoliyat amalga oshiriladigan joy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish boshqa asosiy ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilishga nisbatan yordamchi xususiyatga ega boʻlsa, asosiy ishlar, xizmatlar realizatsiya qilingan joy yordamchi realizatsiya qilish joyi sifatida eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203-modda. Realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar joʻnatilgan (berilgan) kun, agar ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarlarni joʻnatish amalga oshirilmasa, tovarga boʻlgan mulk huquqi oluvchiga oʻtkazilgan kun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilgan mol-mulk (tovar) garovga qoʻyuvchi tomonidan topshirilganda garov narsasiga boʻlgan mulk huquqi oʻtkazilgan sana garovga qoʻyuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning xodimlariga ularning mazkur yuridik shaxsdagi faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy ehtiyojlari uchun ish haqi hisobiga, shu jumladan bepul tovarlar berilganda, ishlar bajarilganda, xizmatlar koʻrsatilganda tovar berilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar koʻrsatilgan hamda hisobvaraq-faktura va (yoki) ishlar bajarilgani, xizmatlar koʻrsatilgani faktini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar rasmiylashtirilgan kun oborot amalga oshirilgan sanadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tara shartnomada nazarda tutilgan muddatda qaytarilmasa, bu tarani qaytarish uchun belgilangan sana qaytarilishi lozim boʻlgan taraning realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana quyidagi shartlardan biri bajarilganda boshlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobvaraq-faktura yozib berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar bajarilganligi, xizmatlar koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilganda. Ushbu qism qoidalari boshlanishi bir hisobot davriga, tamomlanishi esa boshqa hisobot davriga toʻgʻri keladigan ishlarga, xizmatlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar, xizmatlar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilingan taqdirda, hisobvaraq-faktura yozilgan sana ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning (kontraktning) amal qilishi davrida ishlarni, xizmatlarni oluvchi ularning natijalaridan oʻz ishlab chiqarish faoliyatida doimiy asosda foydalanishi mumkin boʻlgan taqdirda, doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilish ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar, xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi norezidentidan olingan taqdirda, ishlar, xizmatlar olinganligi toʻgʻrisidagi hujjat rasmiylashtirilgan sana oborot amalga oshirilgan sanadir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-bob. Soliq solinadigan baza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204-modda. Soliq solinadigan bazani belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan baza, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, realizatsiya qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati asosida, unga qoʻshilgan qiymat soligʻini kiritmagan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan narxdan (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlar hisobga olingan holda) past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda, soliq toʻlovchiga oʻz ehtiyojlari uchun ushbu Kodeks 199-moddasi birinchi qismining 7-bandiga muvofiq tovarlar berilganda (ishlar bajarilganda, xizmatlar koʻrsatilganda), shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul berilganda soliq solish maqsadlari uchun soliq solinadigan baza tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxidan yoki tovarlar olingan narxdan (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlar hisobga olingan holda) kelib chiqib belgilanadi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(204-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni jahon bozorida haqiqiy vujudga kelgan narxlar boʻyicha, shu jumladan tannarxidan past narxlar boʻyicha eksport qilish masalalarini koʻrib chiquvchi maxsus vakolatli organning qarorlari asosida ushbu tovarlarning tannarxidan past narxlar boʻyicha xorijiy valyutaga eksport qilinganda, soliq solinadigan baza soliq solish maqsadida tovarlarni realizatsiya qilishning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(204-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan taqdirda, soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻini kiritmagan holda ularni qayta ishlash xizmatlarining qiymati asosida, aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha esa, ularni qayta ishlash xizmatlari qiymati asosida, ushbu Kodeksning 232-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish, qurilish-montaj va taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar, xizmatlar boʻyicha, shuningdek obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda shartnomaviy narxlardan kelib chiqqan holda hisob-kitob hujjatlari haq toʻlash uchun taqdim etilgan, bajarilgan va buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan ishlarning, xizmatlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir. Agar shartnomaga binoan bu ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati soliq solinadigan bazadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilingan tovarlar realizatsiya qilinganda, soliq solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda soliq solinadigan baza mazkur tovar import qilinganda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz toʻlanadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliq solinadigan bazaga aksiz soligʻining summasi kiritiladi, bundan ushbu moddaning yigirmanchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(204-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(204-moddaning toʻrtinchi—oʻn oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va qurilishi tugallanmagan obyektlarni realizatsiya qilish chogʻida, agar ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq ularning qoldiq (balans) qiymatidan kam boʻlmagan, qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan holda aniqlanadi.
(204-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berish chogʻida soliq solinadigan baza chiqib ketayotgan aktiv qiymati asosida, unga qoʻshilgan qiymat soligʻini kiritmagan holda aniqlanadi. Bunda chiqib ketayotgan aktivning qiymati shunday summa sifatida belgilanadiki, unga koʻra moliyaviy ijara ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan aktiv sifatida tan olinadi.
(204-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(204-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkiloti tomonidan garov bilan taʼminlangan majburiyatni qoplash hisobiga olingan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi bilan qarzni qoplash hisobiga mazkur garov mol-mulki olingan qarz summasi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganda, soliq solinadigan baza belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 200-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq realizatsiya qilishda soliq solinmaydigan oborotlar hisoblanuvchi chiptalar, abonementlar, yoʻllanmalar (joysiz davolanish uchun berilgan hujjatlar) va xizmatlar olishga huquq beruvchi boshqa hujjatlar mazkur xizmatlarni koʻrsatmaydigan yuridik shaxslar tomonidan oʻz xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun realizatsiya qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga oladigan, realizatsiya qilish bahosi va ularni olish bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 219-moddasining 5 va 6-bandlariga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisobga olish nazarda tutilmagan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda (mazkur mol-mulk qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan olinganligi yoki olinmaganligidan qatʼi nazar), soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga oladigan, uni realizatsiya qilish (chiqib ketish) qiymati bilan balans qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
(204-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda, ekspeditorning soliq solinadigan bazasi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ham oʻz ichiga oladigan, koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq tariqasida olinishi lozim boʻlgan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vositachilik shartnomasi, topshiriq yoki vositachilik xizmatlari koʻrsatish boʻyicha boshqa shartnoma asosida oʻzga shaxsning manfaatlarini koʻzlab xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq solinadigan baza qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ham oʻz ichiga oladigan, koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq (foiz) tariqasida olinishi lozim boʻlgan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vositachilik, topshiriq shartnomasiga binoan komitent yoki topshiriq beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan taqdirda, soliq solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda soliq solinadigan baza mazkur tovar import qilinganida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyuvchi garov mol-mulkini garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish hisobiga topshirgan taqdirda, garovga qoʻyuvchining soliq solinadigan oboroti miqdori garovga oluvchi tomonidan realizatsiya qilingan mol-mulk qiymatidan kelib chiqqan, biroq qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshmagan holda mazkur garovga qoʻyilgan mol-mulkka olingan zayom mablagʻlari summasidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(204-moddaning oʻn yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytariladigan tara soliq solinadigan oborotga kiritilgan taqdirda, tara belgilangan muddatda qaytarilmasa, soliq solinadigan baza mazkur taraning qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ham oʻz ichiga oladigan garov qiymati asosida belgilanadi.
(204-moddaning toʻrtinchi—oʻn oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik realizatsiya qilish uchun yuridik shaxslar tomonidan davlat rezervidan olingan, narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi belgilangan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza realizatsiya qilish narxi va davlat rezervidan olingan narx oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiya qilinganda soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, unga qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilish chogʻida toʻlanadigan aksiz soligʻi kiritilmagan holda aniqlanadi.
(204-moddaning yigirmanchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205-modda. Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining soliq solinadigan bazasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bitim shartlari oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) narxlar oʻzgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) bajarilgan ishlardan, koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan bazaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishni kiritish bir yillik muddat ichida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha esa, kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaga muvofiq soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish qoʻshimcha hisobvaraq-faktura yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan bazaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish koʻrsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
(205-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206-modda. Tovarlarni import qilishda soliq solinadigan baza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni import qilishda soliq solinadigan bazaga tovarlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni import qilishda toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻining, bojxona bojlarining summalari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentidan olinadigan ishlar, xizmatlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan taqdim etilgan ishlar, xizmatlar, agar ularning realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlsa va ushbu Kodeksga muvofiq ularga qoʻshilgan qiymat soligʻi solinishi kerak boʻlsa, ishlarni, xizmatlarni oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchisining soliq solinadigan oborotidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar, xizmatlarni oluvchida soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga toʻlanishi lozim boʻlgan summadan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromad boʻyicha toʻlov manbaida ushlab qolinishi lozim boʻlgan soliq summasi chegirib tashlanmagan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaga muvofiq budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi belgilangan stavka va soliq solinadigan bazadan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Olingan ishlar, xizmatlar uchun haq toʻlash chet el valyutasida amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan oborot bu oborot amalga oshirilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaga binoan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati ushbu Kodeksning 218-moddasiga muvofiq soliq summasini hisobga olish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar ushbu Kodeksning 208, 209 va 210-moddalarida sanab oʻtilgan ishlardan, xizmatlardan iborat boʻlsa, ushbu modda qoidalari qoʻllanilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(37-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208-modda. Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻidan, agar ushbu Kodeksning 212-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa quyidagi realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi:
(208-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan, davlat boji, patent boji, yigʻim yoki boshqa toʻlovlar undiriladigan xizmatlar;
(208-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, diniy ashyolarni realizatsiya qilish, diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar oʻtkazishga doir xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun moʻljallangan inventarlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar, shuningdek nogironlarga koʻrsatilayotgan ortopedik protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun moʻljallangan inventarlarni taʼmirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar boʻyicha xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mazkur muassasalar tomonidan realizatsiya qilinadigan mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar, konvertlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar toʻlash boʻyicha xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari. Ushbu imtiyozni olish uchun tegishli moliya organining budjetdan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi xulosasi asosdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) shahar yoʻlovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari), shuningdek temir yoʻl va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksidan, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish xizmatlari. Shahar yoʻlovchilar transportining xizmatlari jumlasiga yoʻlovchilar tashish boʻyicha avtomobil va elektr transporti bilan shahar doirasida muayyan yoʻnalishlar boʻyicha qatnov jadvaliga binoan koʻrsatiladigan xizmatlar kiradi. Ushbu bandning qoidalari yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalariga koʻra shahar yoʻlovchilar tashish transportida xodimlarni ishdan va (yoki) ishga tashish boʻyicha xizmatlarga, tadbirlar oʻtkazish uchun tashish boʻyicha xizmatlarga, shu jumladan shahar tashqarisiga tashishga ham tatbiq etiladi;
(208-moddaning 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) oliy, oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarida, shuningdek kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda taʼlim berishning haq evaziga oʻqitishga doir qismi boʻyicha xizmatlar;
(208-moddaning 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) tibbiy xizmatlar (kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) va veterinariya xizmatlari, dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan shunday vositalar va buyumlar. Ushbu bandning qoidalarini qoʻllash maqsadlarida:
(208-moddaning 13-bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatlar jumlasiga tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmati koʻrsatish, diagnostika, profilaktika va davolash xizmatlari, gomeopatik, stomatologik xizmatlar, tish protezlari tayyorlash boʻlimlari va kabinetlari, narkologiya ambulatoriyalari, haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish komissiyalari, dezinfeksiya stansiyalari, sanitariya va epidemiyaga qarshi kurash yoʻnalishidagi laboratoriyalar hamda boʻlinmalar, boshqa tibbiy hamda tibbiy-sanitariya yoʻnalishidagi muassasalar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya xizmatlari jumlasiga hayvonlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, hayvonlar kasalliklari paydo boʻlishining, tarqalishining oldini olish hamda bu kasalliklarni tugatish, aholini hayvonlar va odam uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilish, Oʻzbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilish, hayvonlarga veterinariya xizmati koʻrsatilishini amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida veterinar osoyishtalikni, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya, veterinariya-sanitariya xavfsizligini taʼminlash kiradi;
(208-moddaning 13-bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) havo kemalariga xizmat koʻrsatish yuzasidan bevosita Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida va Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻida amalga oshiriladigan xizmatlar, shu jumladan aeronavigatsiya xizmati;
(208-moddaning 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) sanatoriy-kurort, sogʻlomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport muassasalarining xizmatlari. Ushbu bandni qoʻllash maqsadida:
(208-modda 15-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriylar, shifoxonalar, profilaktoriylar, kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida koʻrsatiladigan xizmatlar ular yuridik shaxslar yoki yuridik shaxslarning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan koʻrsatilishidan qatʼi nazar sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish xizmatlari jumlasiga kiradi;
(208-modda 15-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar koʻrsatish uchun yoʻllanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasida belgilangan transportda xizmat koʻrsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan, ekskursiya xizmati, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan iborat boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport muassasalarining xizmatlari jumlasiga sport inshootlarida sport musobaqalari, bayramlari, sport-tomosha tadbirlari, sport inshootlarida oʻtkaziladigan kalendar va match uchrashuvlari, sport turlari boʻyicha oʻquv guruhlari hamda komandalarida, sogʻlomlashtirish, umumjismoniy tayyorgarlik, sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi, chiniqish, suzish, sogʻlomlashtirish maqsadidagi yugurish va yurish, atletika, ritmika va davolash gimnastikasi maktablari hamda klublarida jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari oʻtkazish boʻyicha, sport inshootlariga qatnovchilarga biletlarning (abonementlarning) qiymatida nazarda tutilgan sport-texnika asbob-uskunalarini, trenajyorlarni, inventarlarni, sport ust-boshlarini berib turish boʻyicha xizmatlar hamda boshqa xizmatlar kiradi;
(208-moddaning 16-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
(208-moddaning 17-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(208-moddaning 18-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) bosma mahsulotlar. Ushbu bandni qoʻllash maqsadida bosma mahsulotlar jumlasiga milliy valyuta (kupyura), kitob mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarining davriy bosma nashrlari (reklama tusidagi bosma nashrlar bundan mustasno), daftarlar hamda rasm va chizmachilik albomlari taalluqlidir.
(208-moddaning 19-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(208-moddaning 20-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(208-moddaning 21-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(208-moddaning 22-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) yuridik shaxslar oladigan, shuningdek grantlar hisobiga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash yuzasidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar. Uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash yuzasidan koʻrsatiladigan xizmatlar jumlasiga lift xoʻjaliklari, umumiy foydalanishdagi antennalarni oʻrnatish hamda ularni tasarruf etish boʻyicha xoʻjaliklar, yer resurslari va davlat kadastri, uy-joy fondidan foydalanish, uni saqlash va taʼmirlash boshqarmalari hamda boʻlimlarining bevosita aholi tomonidan haq toʻlanadigan xizmatlari, shu jumladan ushbu xizmatlarga xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari orqali haq toʻlash kiradi;
(208-moddaning 24-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(208-moddaning 25-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(208-moddaning 26-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni oʻrgatish xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari.
(208-moddaning 18-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) ichki ishlar organlari huzuridagi qoʻriqlov boʻlinmalari xizmatlari;
(208-moddaning 30-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan yer-kadastr, yer tuzish, tuproq va geobotanika ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) davlat rezervining tovar-moddiy zaxiralari, ular yangilanayotganda;
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat zaxirasi mahsulotlari va tovarlari uchun hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 319, 02.04.1997-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnika vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-noyabrdagi PQ-513-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalaridan foydalanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 2-bandining yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34) investor va davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida topshirilayotgan mol-mulk;
(208-moddaning 35-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35) davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha xizmatlar.
(208-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuniga asosan 35-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36) ommaviy axborot vositalarini va kitob mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari.
(208-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-329-sonli Qonuniga asosan 36-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 421-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1672-sonli “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan qurilayotgan koʻchmas mulk obyektlari.
(208-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan 37-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209-modda. Soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kreditlar, zayomlar boʻyicha foizlarni hisoblab chiqarish va undirish, kreditlar, zayomlar berish, kafilliklar (kafolatlar), shu jumladan bank kafolatlari berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) depozitlar qabul qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan vakil banklarda hisobvaraqlarini ochish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) toʻlovlar, oʻtkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va toʻlov vositalari bilan bogʻliq operatsiyalar, inkasso boʻyicha operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bogʻliq operatsiyalar, numizmatika maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan investitsiya vositachilarining qimmatli qogʻozlar depo-hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;
(209-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qimmatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar) bilan bogʻliq operatsiyalar. Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qogʻozlarni saqlash, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqni hisobga olish, qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish hamda qimmatli qogʻozlar reyestrini yuritish boʻyicha operatsiyalar, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha operatsiyalar kiradi, ularni tayyorlash boʻyicha xizmatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qimmatli qogʻozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni (paylarni) realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) kliring operatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) akkreditivlar ochish va ularga xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) pul mablagʻlarini konvertatsiya qilish boʻyicha operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) chet el valyutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) foiz tariqasidagi daromadiga tegishli qismi boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) forfeyting va faktoring operatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) lombard operatsiyalari (garovga qoʻyilgan mol-mulkka qisqa muddatli kreditlar berish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarining oboroti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) mijozlarning hisob raqamlariga banklar tomonidan elektron masofali xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlar.
(209-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuniga asosan 17-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210-modda. Soliqdan ozod qilinadigan sugʻurta xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish xizmatlari boʻyicha sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta qilish boʻyicha xizmatlar bu xizmatlar natijasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sugʻurta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qayta sugʻurta qilishga topshirilgan shartnomalar boʻyicha vositachilik haqi va tantyemalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻurta agenti, sugʻurta va qayta sugʻurta brokeri, syurveyer hamda sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qayta sugʻurta qilishga topshirilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta toʻlovlari ulushining qayta sugʻurtalovchilar tomonidan toʻlanadigan toʻlovini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha uchinchi shaxslardan subrogatsiya (regress) tartibida talab qilish boʻyicha daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) koʻrsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha depo mukofotlariga hisoblangan hamda qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan qayta sugʻurtalovchiga oʻtkazilgan foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) hayotni sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta qildiruvchilar taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlar, shu jumladan sugʻurta rezervlari va sugʻurta fondlari mablagʻlarini investitsiyalashdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha franshizlarni qoplashdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchiga oʻtgan, sugʻurta qildiruvchining (naf oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) qayta sugʻurta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular boʻyicha sugʻurta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) bevosita sugʻurta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurta toʻlovi (sugʻurta tovoni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) preventiv tadbirlar oʻtkazish uchun beriladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻurta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sugʻurtalovchi toʻlaydigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-modda. Soliqdan ozod qilinadigan import
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi tovarlarni import qilish qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning oʻzlari bilan birga yashayotgan oila aʼzolari shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik koʻmak koʻrsatish maqsadida olib kirilayotgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) mablagʻlari, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlar;
(211-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar, shuningdek dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariyaga moʻljallangan buyumlar ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan xom ashyo. Mazkur imtiyoz olib kirilayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ham ishlab chiqarilayotgan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi;
(211-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-fevraldagi 49-sonli“Tayyor dori vositalarining importini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar tadbiq qilinmaydigan dorivor vositalar vositalari roʻyxati", Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Import qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliќ kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar tadbiq qilinmaydigan dorivor vositalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xom ashyolar roʻyxati” (roʻyxat raqami 1952, 08.05.2009-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa. Import qilingan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan paytdan eʼtiboran uch yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi;
(211-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxati (roʻyxat raqami 2436, 20.03.2013-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) investor bilan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida olib kiriladigan mol-mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi mavjud boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
(211-moddaning 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) qonun hujjatlarida belgilanadigan roʻyxat boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch.
(211-moddaning 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2111-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Kodeksning 38-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasiga 20 foizli stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
(2111-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
(212-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq olib chiqish tovarlar eksportidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 5-bobi (“Eksport”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 213-moddasiga muvofiq tovarlarning eksport qilinganligi tasdiqlanmagan taqdirda, mazkur tovarlarni realizatsiya qilish oborotiga belgilangan stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213-modda. Tovarlarning eksport qilinganligini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni eksport qilish rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
(213-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayin etilgan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi qayd belgisi qoʻyilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(213-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi bilan vositachi yoki ishonchli vakil oʻrtasidagi vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning koʻchirma nusxasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining topshirigʻiga koʻra (vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasiga muvofiq) eksportga tovarlar yetkazib berishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga yetkazib berish uchun chet ellik shaxs bilan tuzilgan kontrakti (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni eksport rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasining koʻchirma nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazilayotganda nazorat qiluvchi organlarga ularning talabiga binoan taqdim etiladi.
(213-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214-modda. Chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga rasmiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el tarafi oʻzarolik prinsipiga amal qilgan taqdirda, chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek bu vakolatxonalar diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlarining, shu jumladan ular bilan birga yashayotgan oila aʼzolarining, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasalar hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan boʻlmasalar, shaxsiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi tomonidan keyinchalik chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga realizatsiya qilish uchun olinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
(214-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda nol darajali stavka qoʻllanilishi tatbiq etiladigan Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan chet el diplomatik vakolatxonalarining va diplomatik vakolatxonalariga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215-modda. “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha bajarilgan ishlarga, koʻrsatilgan xizmatlarga soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha bajarilgan ishlarga (koʻrsatilgan xizmatlarga), agar qayta ishlash mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan boʻlsa, nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha bajarilgan ishlarga (koʻrsatilgan xizmatlarga), agar keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq “erkin muomalaga chiqarish” rejimiga joylashtiriladigan boʻlsa, belgilangan stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 12-bobi (“Bojxona hududida qayta ishlash”), “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash (tolling) boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 987, 29.11.2000-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216-modda. Xalqaro yoʻnalishda tashishlarga soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro yoʻnalishda tashishlar boʻyicha koʻrsatiladigan quyidagi xizmatlarni realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish. Tranzit yuklarni tashish jumlasiga yukning tranzitini amalga oshirish uchun chet ellik shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar yoki xalqaro (idoralararo) transport bitimlari hamda bojxona organlarining mazkur tranzit yuklar haqiqatda olib kirilganligi va olib chiqilganligi toʻgʻrisida belgilari mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali chet el tranzit yuklarini tashish va ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish. Agar joʻnatish punkti yoki tayin etilgan punkt Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boʻlsa, tashishlar yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, xalqaro yoʻnalishlarda tashish hisoblanadi.
(216-moddaning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217-modda. Aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlarga soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv taʼminoti, kanalizatsiya, sanitariya tozalash, issiqlik taʼminoti boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarga, shu jumladan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari aholi nomidan oladigan, shuningdek idoraviy uy-joy fondi uylarida yashayotgan aholi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boʻlinmalari tomonidan olinadigan ana shunday xizmatlarga nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
(217-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
(2171-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-329-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 421-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-bob. Soliqni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini aniqlashda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi haqiqatda olingan va (yoki) soliq toʻlovchi tomonidan ishlab chiqarilgan hamda oʻz ehtiyojlari uchun foydalanilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) qoʻshilgan qiymat soligʻining summasini hisobga olish huquqiga ega, agar bunda quyidagi shartlar bajarilsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi ushbu Kodeksning 197-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) soliq solinadigan oborotlar, shu jumladan nol darajali stavka qoʻllaniladigan oborotlar maqsadida foydalanilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) olingan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) yetkazib beruvchi tomonidan yozilgan hisobvaraq-faktura yoki ushbu Kodeksning 222-moddasiga muvofiq taqdim etiladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi alohida ajratib koʻrsatilgan boshqa hujjat mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tovarlar import qilinganda qoʻshilgan qiymat soligʻi budjetga toʻlangan boʻlsa. Agar import qilingan tovarlar boʻyicha soliqni budjetga toʻlashdan ozod etish tarzida boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan imtiyoz berilgan boʻlsa ham qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Kodeksning 207-moddasida nazarda tutilgan hollarda qoʻshilgan qiymat soligʻi budjetga toʻlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlar eksportida chet ellik sotib oluvchi (toʻlovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirma mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻyilma sifatida olinganda oluvchi yetkazib beruvchi tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shartlarga rioya qilgan holda hisobga olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlarni eksportga realizatsiya qilish oboroti maqsadida foydalaniladigan, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) qoʻshilgan qiymat soligʻi tovarlar eksportidan soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga olinadi. Tovar vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha vositachi, ishonchli vakil orqali eksportga realizatsiya qilingan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻi vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta tushumining summasi ulushida hisobga olinadi.
(218-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlardan foydalanishning kafolatli muddati davrida ularni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha haq olmasdan ishlar bajarilganda, xizmatlar koʻrsatilganda moddiy resurslar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi, shu jumladan ehtiyot qismlar va detallar qiymati ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha olingan taqdirda, komitent, topshiriq beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobot davrida realizatsiya qilingan tovarlar ulushida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtilganda, shu jumladan belgilangan yillik aylanmaning (olingan tushumning) eng koʻp miqdoridan oshgan va (yoki) qoʻshilgan qiymat soligʻini ixtiyoriy toʻlashga oʻtilgan taqdirda, yuridik shaxs tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari, uzoq muddatli aktivlar boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan talablarni hisobga olgan holda oʻtilgan paytdan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish huquqiga ega boʻladi. Shunday tartib imtiyozlar bekor qilinganda, qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga kelgan soliq toʻlovchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(218-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchida soliq solinadigan va solinmaydigan oborotlar, shu jumladan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan oborotlar mavjud boʻlgan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻi ushbu Kodeksning 221-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bobni qoʻllash maqsadida mol-mulkni ijaraga berishga, intellektual mulk obyektlaridan foydalanish huquqini berishga xizmatlar sifatida qaraladi.
(218-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati doirasida foydalaniladigan koʻchmas mulk sotib olinganda, barpo etilganda, ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olinganda, oluvchi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini 36 kalendar oy davomida teng ulushlarda hisobga olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vositalar, bundan koʻchmas mulk mustasno, va nomoddiy aktivlar sotib olinganda, ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olinganda, oluvchi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini 12 oy davomida teng ulushlarda hisobga olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishi tugallanmagan obyekt sotib olinganda (barpo etilganda) soliq toʻlovchi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ushbu moddaning toʻqqizinchi va oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda, uni foydalanishga topshirgan paytdan eʼtiboran hisobga olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar ushbu moddaning toʻqqizinchi — oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan davr tugaguniga qadar realizatsiya qilingan taqdirda, hisobga olinishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining qolgan summasi toʻliq hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berishda hisobga kiritiladigan qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi toʻliq hisobga olinadi.
(218-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi — oʻn uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisobga olinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 2019-yilning 1-yanvariga qadar sotib olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha; tadbirkorlik faoliyati doirasida foydalanilmaydigan yoki soliq solinmaydigan aylanma maqsadida foydalaniladigan, sotib olinadigan koʻchmas mulk boʻyicha.
(219-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar tomonidan foydalanish uchun olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha;
(219-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tekinga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha, bundan oluvchi tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha ushbu Kodeksning 218-moddasi birinchi qismining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlangan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ushbu Kodeksning 147-moddasiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlarni amalga oshirish maqsadida olingan mol-mulk boʻyicha.
(219-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-modda. Hisobga olinadigan soliq summalariga tuzatish kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari hisobga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi quyidagi hollarda hisobga olishdan chiqarib tashlanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish uchun yuridik shaxslar tomonidan foydalanilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeks 218-moddasining birinchi qismida belgilangan qoidalarga rioya etilmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalardan, bunday normalar mavjud boʻlmaganda esa soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan normalardan ortiqcha moddiy resurslar boʻyicha yoʻqotishlar va buzilishlar.
(220-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiq suv taʼminoti (hisobga olish asboblari mavjud boʻlmagan taqdirda) va markaziy isitish uchun tasdiqlangan isteʼmol normalaridan ortiq miqdorda aholiga yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi boʻyicha.
(220-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga (qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlamaydiganlar toifasiga) oʻtganda ilgari hisobga olingan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari, uzoq muddatli aktivlar, shuningdek tayyor mahsulot qoldiqlari boʻyicha hisobga olishga kiritilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga tuzatish kiritiladi. Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyoz berilganligi munosabati bilan soliq solinmaydigan oborotlar yuzaga kelgan soliq toʻlovchilarga ham tuzatish kiritishning shunga oʻxshash tartibi tatbiq etiladi.
(220-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 205-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati oʻzgarganda sotib oluvchi ilgari hisobga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga tegishli tarzda tuzatish kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan hollar yuzaga kelgan soliq davrida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221-modda. Soliq solinmaydigan realizatsiya qilish oboroti mavjud boʻlgan taqdirda, soliqni hisobga oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinmaydigan oborot uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha mahsulot yetkazib beruvchilarga va import boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinmaydi, balki ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymatida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan va soliq solinmaydigan oborot mavjud boʻlganda soliq solinadigan oborotga, shu jumladan nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborotga, shuningdek yuridik shaxsning oʻz ehtiyojlari uchun (xarajatlar sifatida qaraladigan) oborotga toʻgʻri keladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olinadigan summa qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchining tanloviga binoan alohida-alohida va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini aniqlashning tanlangan usuli kalendar yil mobaynida oʻzgartirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutanosib usul qoʻllanilganda hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi soliq solinadigan oborotning umumiy oborot summasidagi ulushidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida-alohida usul qoʻllanilganda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan oborot maqsadlarida foydalanish uchun olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yuzasidan xarajatlar hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi summalari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritadi. Bunda alohida-alohida hisobni yuritish imkoni boʻlmagan umumiy xarajatlar boʻyicha xarajatlarni taqsimlash mutanosib usulda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222-modda. Hisobvaraq-faktura
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobvaraq-faktura qatʼiy hisobot hujjati boʻlib, unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hisobvaraq-fakturaning tartib raqami va yozib berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hisobvaraq-faktura ilova qilinadigan tovar joʻnatish hujjatlarining yoki shartnomaning raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) soliq toʻlovchining va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib oluvchining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, koʻrsatilgan xizmatlarning nomi va oʻlchov birliklari (ularni koʻrsatishning imkoniyati boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) oʻlchov birligidan (ularni koʻrsatishning imkoniyati boʻlsa) kelib chiqqan holda realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, koʻrsatilgan xizmatlarning hisobvaraq-faktura boʻyicha soni (hajmi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shartnoma (kontrakt) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda, qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻz ichiga oladigan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar (tariflar) qoʻllanilgan taqdirda esa, soliq summasini hisobga olgan holda oʻlchov birligiga toʻgʻri keladigan narx (tarif);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) realizatsiya qilinayotgan tovarlar, bajarilayotgan ishlar, koʻrsatilayotgan xizmatlar jami sonining (hajmining) qoʻshilgan qiymat soligʻisiz qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) aksiz toʻlanadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha aksiz soligʻining stavkasi va summasi;
(222-modda birinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) sotib oluvchisiga taqdim etilayotgan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi va summasi;
(222-modda birinchi qismining 91-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz toʻlanadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olingan holdagi qiymati.
(222-moddaning birinchi qismi 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobvaraq-faktura qogʻozdagi shaklda yoki elektron hujjat tarzida tuzilishi mumkin.
(222-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan oborotni va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmagan yuridik shaxslar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi shaxsga hisobvaraq-faktura taqdim etishlari shart, quyidagi hollar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yoʻlovchilar tashishni yoʻl chiptalari bilan rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitansiya berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tovarlarning eksport-import tarzida yetkazib berilishini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladigan moliyaviy ijara (shu jumladan lizing) shartnomasi boʻyicha mol-mulkni topshirish, ushbu Kodeks 204-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash majburiyatlari yuzaga keladigan hollar bundan mustasno. Bunda tegishli hujjatlar (moliyaviy ijara shartnomasining tarkibiy qismi boʻlgan ijara (lizing) toʻlovlari jadvali; hisobvaraq; ijaraga (lizingga) oluvchiga ijara (lizing) toʻlovlarini toʻlash uchun yuborilgan yozma bildirish va shu kabilar) bilan rasmiylashtirilgan har bir ijara (lizing) toʻloviga ham hisobvaraq-faktura yozilmaydi;
(222-modda ikkinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) bank operatsiyalarini mijozning shaxsiy hisobvaragʻidan koʻchirma berish orqali rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sugʻurta xizmatlarini topshiriq shartnomasi va (yoki) sugʻurta polisi orqali rasmiylashtirish;
(222-modda ikkinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ishlarni (xizmatlarni) haqiqatda mazkur ishlar bajarilganligini (xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar hisobvaraq-faktura oʻrnini bosadigan hujjatlardir. Bunda qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilgan taqdirda, ushbu hujjatlarda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi albatta ajratib koʻrsatilishi kerak.
(222-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusida tovarlarni yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish uchun oldindan toʻlangan haq (boʻnak) yozilgan hisobvaraq hisobvaraq- faktura boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmagan, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar hisobvaraq-fakturada qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini koʻrsatmaydilar hamda “qoʻshilgan qiymat soligʻisiz” degan shtamp bosadi (yozib qoʻyadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi uchun hisobvaraq-faktura qoʻshilgan qiymat soligʻini ushbu Kodeksning 218-moddasiga muvofiq hisobga olish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobvaraq-faktura tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanada yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz, aloqa xizmatlari, kommunal xizmatlar, temir yoʻlda tashishlar, transport-ekspeditorlik xizmati, bank operatsiyalari, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz yetkazib berishni amalga oshirayotgan soliq toʻlovchilar oyning oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozadi.
(222-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobvaraq-fakturada tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati va qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi milliy valyutada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilgan shartnomalarning shartlariga binoan tovarlariga, ishlari va xizmatlariga narxlar (tariflar) chet el valyutasida belgilanadigan yuridik shaxslar hisobvaraq-fakturalarni chet el valyutasida yozib, ayni bir vaqtda uni hisobvaraq-faktura yozib berilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha qayta hisoblagan holda milliy valyutada ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi soliq solinadigan bazaga uni koʻpaytirishga (kamaytirishga) qaratilgan tuzatish kiritgan taqdirda, mazkur tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi tomonidan tasdiqlanadigan qoʻshimcha hisobvaraq-faktura tuziladi.
(222-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi qoʻshimcha hisobvaraq-fakturada quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qoʻshimcha hisobvaraq-fakturaning raqami va tuzilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hisobvaraq-fakturani toʻldirishda zarur boʻlgan, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan rekvizitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tuzatish kiritilayotgan hisobvaraq-fakturaning raqami va sanasi;.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish miqdori (salbiy yoki ijobiy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga tuzatish kiritish miqdori (salbiy yoki ijobiy).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar oʻzlari olgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalarning, shuningdek realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarning reyestrini yuritishi shart. Bunda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestriga faqat qoʻshilgan qiymat soligʻi ajratib koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobvaraq-fakturaning shakli, uni toʻldirish tartibi, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(222-moddaning oʻn ikkinchi—oʻn uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 22.03.2013-y.).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil oyi hisobot davridir.
(223-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan oborotlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq solinadigan oborot boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan ushbu Kodeksning 218-moddasiga muvofiq hisobga olinadigan soliq summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni import qilish boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225-modda. Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
(225-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar, bundan kredit va sugʻurta tashkilotlari mustasno, qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini taqdim etadi. Soliq toʻlovchilar, bundan kredit va sugʻurta tashkilotlari mustasno, qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan va realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrlarini taqdim etadi.
(225-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash har oyda keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(226-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilinadigan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(226-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401-bob. Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2261-modda. Soddalashtirilgan tartibni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri davomida yalpi tushumi uch milliard soʻmdan oshmaydigan yuridik shaxslar, shu jumladan yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari hisoblangan yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning ushbu bobda belgilangan soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish uchun ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish toʻgʻrisida yozma xabarnomani quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yalpi tushumi uch milliard soʻmdan oshmagan yuridik shaxslar — joriy yilning 1-fevralidan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq davri davomida yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshgan yuridik shaxslar — yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshgan oydan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash istagini bildirgan yuridik shaxslar — hisobot davri boshlanishidan bir oy oldin, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar esa, oʻz faoliyatini amalga oshirishni boshlagunga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlar — hisobot yilining boshidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisida koʻrsatilganlar — yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshgan oydan keyingi oyning boshidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilganlar — hisobot davrining boshidan, yangi tashkil etilganlar esa, faoliyatini boshlagandan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning 35 — 40-boblarida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibiga hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibiga oʻtish toʻgʻrisida yozma xabarnoma taqdim etilgan oydan keyingi oyning boshidan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri davomida yalpi tushumi uch milliard soʻmdan oshgan, qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar, yalpi tushumi belgilangan meʼyoriy miqdordan oshgan oydan keyingi oyning boshidan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibiga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibiga oʻtilganda yuridik shaxs ushbu tartibga oʻtilgan paytdan eʼtiboran tovar-moddiy zaxirasi, uzoq muddatli aktivlar qoldiqlari, shuningdek tayyor mahsulot qoldiqlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ushbu Kodeksning 218-moddasida belgilangan talablarni inobatga olgan holda hisobga olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibini qoʻllayotgan yoki ushbu tartibga oʻtgan soliq toʻlovchilar qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning 37-bobida, boshqa qonun hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilagan imtiyozlarni qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchiga taqdim etilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi va summasini koʻrsatgan holda hisobvaraq-faktura taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-faktura qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchi uchun ushbu Kodeksning 218-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2262-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida hisobot davri bir oy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2263-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeksning 199 va 200-moddalarida belgilangan tartibda aniqlanadigan soliq solinadigan oborot. Bunda ushbu Kodeksning 38-bobida nazarda tutilgan, nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborot qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq solinmaydigan oborot hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeksning 201-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadigan soliq solinadigan import.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana ushbu Kodeksning 203-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati asosida, unga qoʻshilgan qiymat soligʻini kiritmasdan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq toʻlovchining soliq solinadigan bazasiga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 205-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan oborotlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq aniqlangan soliq solinadigan baza va ushbu Kodeksning 2264-moddasida belgilangan farqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda ushbu Kodeksning 39-bobida nazarda tutilgan soliqni hisobga olishni qoʻllamasdan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksga asosan zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan amalga oshiriladigan soliq solinadigan oborotlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlash boʻyicha majburiyat yuklatiladigan, shuningdek tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻini ushbu Kodeksning 206 va 207-moddalarida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda mazkur Kodeksning 2111-moddasida belgilangan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtgan soliq toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining farqlangan stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq stavkalari soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda
1.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi yuridik shaxslar, 2 — 6 bandlarda nazarda tutilganlar bundan mustasno
7
2.
Qurilish tashkilotlari
8
3.
Chakana, ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari
6
4.
Umumiy ovqatlanish, mehmonxona xoʻjaligi korxonalari
10
5.
Kasbiy xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxslar (auditorlik xizmatlari, soliq maslahati xizmatlari, konsalting xizmatlari, brokerlik xizmatlari va boshqalar)
15
6.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, realizatsiya qiladigan yuridik shaxslar oʻzining ishlab chiqarish mahsulotlari bundan mustasno
4
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻining turli farqlangan stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar ushbu faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritish hamda soliq toʻlovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2265-modda. Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini taqdim etadi. Hisobvaraq-faktura shakli, uni toʻldirish tartibi, shuningdek hisobvaraq-fakturalar reyestrini yuritish shakli va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq soliq hisob-kitobini taqdim etish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilinadigan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(401-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-bob. Soliq yuzasidan budjet bilan oʻzaro munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227-modda. Hisobga olinadigan soliq summasi hisobot davrida hisoblab chiqarilgan soliq summasidan oshib ketgan taqdirda, budjet bilan oʻzaro munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha qarzi mavjud boʻlmagan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha toʻlangan summasi ushbu Kodeksning 10-bobiga muvofiq soliq toʻlovchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasidan ortgan summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining soliq davri yakunlariga koʻra hisoblangan soliq summasidan ortiqchaligi saqlanib qolgan taqdirda, ushbu ortiqcha summa keyingi soliq davriga oʻtkaziladi va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborot hisobidan hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasi quyidagi ketma-ketlikda qaytariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha mavjud soliq qarzi qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoplash yoki soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha mavjud soliq qarzini qoplash ushbu Kodeksning 56-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddaning beshinchi qismiga muvofiq qaytarilgandan keyin saqlanib qolgan nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborot hisobidan hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasi soliq toʻlovchining yozma arizasi asosida uning bank hisobvaragʻiga, agar mazkur ariza ortiqcha summa hosil boʻlgan hisobot davri tugaganidan keyin oʻn ikki oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 228-moddasida belgilangan tartibda qaytarilishi mumkin.
(227-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228-modda. Soliq summasini qaytarib berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻiga oʻtkazish yoʻli bilan soliq toʻlovchiga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish uchun soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi hujjatlarni qogʻozdagi shaklda uch nusxada ilova etgan holda yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida taqdim etadi:
(228-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha yuridik shaxs qarzlarining solishtiruv dalolatnomasi. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarning solishtiruv dalolatnomasi hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar tuziladi va bir kalendar oy mobaynida amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar yuridik shaxsga ilgari qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytarib berilgan boʻlsa, qaytarilgan summalar va qaytarib berish sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tovarlarni eksport qilishni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar — ushbu Kodeks 213-moddasining birinchi qismiga muvofiq hujjatlarning koʻchirma nusxalarini, shuningdek chet el valyutasida realizatsiya qilingan tovarlar uchun tushum soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirmalarni;
(228-modda uchinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) tovarlar eksportini vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha vositachi, ishonchli vakil orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxslar — ushbu Kodeks 213-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq hujjatlarning koʻchirma nusxalarini, shuningdek chet el valyutasida realizatsiya qilingan tovarlar uchun tushum vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirmalarni yoki ularning koʻchirma nusxalarini;
(228-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga rasmiy foydalanish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilayotgan yuridik shaxslar — belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarning nusxalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha ishlar bajarayotgan, xizmatlar koʻrsatayotgan, shuningdek chet el yuklarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tashish (tranzit tashish) boʻyicha xizmatlar koʻrsatayotgan yuridik shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish uchun tuzilgan kontraktning nusxasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlarga, koʻrsatilgan xizmatlarga chet ellik sotib oluvchi (toʻlovchi) tomonidan haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank koʻchirmasi nusxasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni (xizmatlarni) sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan imzolangan ishlar bajarilganligini (xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hujjat nusxasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) aholiga suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti boʻyicha xizmatlar koʻrsatayotgan yuridik shaxslar — nol darajali stavka qoʻllanganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalarini.
(228-moddaning uchinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish toʻgʻrisidagi yozma arizani koʻrib chiqish, qaytarilishi lozim boʻlgan ortiqcha summani aniqlash va mablagʻlarni soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga ushbu moddaga muvofiq oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(228-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2775, 07.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII BOʻLIM. AKSIZ SOLIGʻI
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.01 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻi toʻlovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni (aksiz toʻlanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz soligʻi solinadigan (aksiz toʻlanadigan xizmatlar) mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benzin, dizel yoqilgʻisini yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida yakuniy isteʼmolchilar deganda oʻz ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi.
(229-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz toʻlanadigan tovarlarni import qiluvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy shirkat aksiz toʻlanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz toʻlanadigan tovarlarning ayrim turlari boʻyicha aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aksiz soligʻini toʻlovchi etib belgilanishi mumkin.
(229-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.01 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi operatsiyalar aksiz soligʻi solinadigan obyektdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni sotish (joʻnatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qoʻyilgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni garovga qoʻyuvchi tomonidan topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz toʻlanadigan tovarlarni bepul topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz toʻlanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz toʻlanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) aksiz toʻlanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) aksiz toʻlanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) aksiz toʻlanadigan tovarlarni ulush qoʻshish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek ulush qoʻshish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aksiz toʻlanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli boʻlgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz toʻlanadigan tovarlarni oʻz ehtiyojlari uchun topshirish;
LexUZ sharhi
Qarang: “Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 2310, 09.01.2012-y.) 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish, bundan ixtisoslashtirilgan gaz taʼminoti korxonalari orqali aholiga maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilinadigan suyultirilgan gaz mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) aksiz toʻlanadigan xizmatlar koʻrsatish.
(230-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan 7 va 8-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga aksiz soligʻi solinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli boʻlgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni topshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik koʻmak koʻrsatish maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablagʻlari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz toʻlanadigan tovarlarni import qilishga.
(230-moddaning ikkinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz soligʻi solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz soligʻi solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi qonun hujjatlarida belgilanadi;
(230-moddaning ikkinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) vakolatli davlat organining yozma tasdigʻi mavjud boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.03 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻini toʻlash tartibi, muddatlari va imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana
(231-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz toʻlanadigan tovarlar (xizmatlar) oluvchiga joʻnatilgan (topshirilgan) kun, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir.
(231-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilgan aksiz toʻlanadigan tovarlar garovga qoʻyuvchi tomonidan topshirilgan taqdirda, garov narsasiga boʻlgan mulk huquqi oʻtgan sana garovga qoʻyuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilinayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgan sana ularga doir operatsiya amalga oshirilgan sanadir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.01 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232-modda. Soliq solinadigan baza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻining stavkalari mutlaq summada (qatʼiy) belgilangan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha, agar ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning aksiz soligʻi hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga, bepul yoki boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha, shuningdek tovarlar tannarxidan past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda soliq toʻlovchi tovarlarni topshirish paytida uning haqiqiy tannarxidan kam boʻlmagan darajada belgilaydigan narx asosida hisoblangan qiymat soliq solinadigan bazadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar qiymatini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy va advalor stavkalardan tashkil topgan aralash stavkalar belgilangan, aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza aksiz toʻlanadigan tovarlarning natura holidagi hajmidan hamda (agar ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa) realizatsiya qilingan, aksiz toʻlanadigan tovarlarning aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
(232-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import qilinayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻini, qoʻshilgan qiymat soligʻini va mobil aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (aloqa kompaniyalari) tomonidan toʻlanadigan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovni oʻz ichiga olmaydigan, aksiz toʻlangan holda koʻrsatilgan xizmatlarning qiymati aksiz toʻlanadigan xizmatlar boʻyicha soliq solish bazasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish chogʻida realizatsiya qilingan hamda shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzin, dizel yoqilgʻisi va gazning natural holida ifodalangan hajmi soliq solinadigan baza hisoblanadi.
(232-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.03 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻini toʻlash tartibi, muddatlari va imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233-modda. Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan bazaga quyidagi hollarda soliq toʻlovchida tuzatish kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim shartlari oʻzgartirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholar oʻzgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan bazaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishni kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar boʻyicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq yangi hisobvaraq-faktura yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hol yuz berganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish koʻrsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
(233-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.03 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻini toʻlash tartibi, muddatlari va imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar eksportini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz toʻlanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarni yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayinlangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarning roʻyxati. Aksiz soligʻi stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻi stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan oʻlchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qatʼiy), shuningdek advalor va qatʼiy stavkalardan tashkil topgan aralash stavkada belgilanadi.
(235-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.03 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻini toʻlash tartibi, muddatlari va imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻini hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 232-moddasiga muvofiq aniqlanadigan soliq solinadigan bazadan va aksiz soligʻining belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishda aksiz soligʻi summasi realizatsiya qilinadigan benzinning, dizel yoqilgʻisining va gazning narxida hisobga olinadi. Benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilganda aksiz soligʻining hisoblangan summasi soliq toʻlovchining xarajatlari jumlasiga kiritiladi.
(236-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(237-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.03 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻini toʻlash tartibi, muddatlari va imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi, bundan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilish hollari mustasno. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiya qilinganda hisob-kitob avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
(239-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.03 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻini toʻlash tartibi, muddatlari va imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(240-moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(240-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan birinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilinadigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻini toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(240-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 327-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markalari bilan tamgʻalanishi lozim boʻlgan import qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi aksiz markalari olinguniga qadar toʻlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.01 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni aksiz markalari bilan tamgʻalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek uning bojxona hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamgʻalanishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori, “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 589, 07.01.1999-y.).
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.08.00 Yer ostidan foydalanganlik uchun toʻlovlar (shuningdek, 07.10.05.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX BOʻLIM. YER QAʼRIDAN FOYDALANUVCHILAR UCHUN SOLIQLAR VA MAXSUS TOʻLOVLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchilar toʻlaydigan soliqlar va maxsus toʻlovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida konlarni aniqlash va qidirish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olishni amalga oshirayotgan, shuningdek foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida yer qaʼridan foydalanuvchilardir.
(242-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qaʼridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus toʻlovlarni toʻlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha foyda soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar).
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-bob. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.01 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlovchilar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilar;
(243-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.01 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir. Tayyor mahsulotlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish maqsadida oʻz isteʼmoli va boshqa ehtiyojlari uchun moʻljallangan foydali qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyekti tayyor mahsulotning har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglevodorodlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat yoʻsinida dastlabki qayta ishlovdan oʻtkazilgan kavlab olingan uglevodorodlar, shu jumladan qoʻshilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish obyekti boʻlmaydi.
(244-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun soliq solish obyektidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilganlardan tashqari, quyidagilar qattiq foydali qazilmalar boʻyicha soliq solish obyektidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kavlab olingan (shu jumladan qoʻshilib chiqadigan) foydali qazilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar;
(244-modda yettinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida kavlab olingan hamda oʻzining xoʻjalik va roʻzgʻor ehtiyojlari uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar soliq solish obyekti boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.04 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245-modda. Soliq solinadigan baza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hisobot davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot boʻyicha alohida, pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga boʻlish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida tayyor mahsulot realizatsiya qilinmagan boʻlsa, soliq solinadigan baza realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi hisobot davrida tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning oʻrtacha olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyor mahsulot umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq solinadigan baza hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni kavlab olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq toʻlovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan oʻsha hisobot davrida hisoblangan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq summasiga hisobot davrida tarkib topgan oʻrtacha olingan bahodan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizatsiya qilingan yoki topshirilgan taqdirda oʻrtacha olingan bahoni hisob-kitob qilish uchun tannarx qabul qilinadi, lekin u deklaratsiya qilinayotgan baholardan yuqori boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyor mahsulot (tayyor mahsulotning bir qismi) boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻlgan yoki tayyor mahsulot (qayta ishlab hosil qilingan mahsulot) oʻzining ishlab chiqarish yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot uchun soliq solinadigan baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.04 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — yil choragi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
(246-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.04 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247-modda. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali qazilmalarning alohida turlari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda belgilanadi, lekin u yer qaʼridan foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan soliq summasidan past boʻlmasligi kerak.
(247-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan — ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan — yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay.
(247-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash har oyda keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(247-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.05 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun maxsus toʻlovlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-bob. Qoʻshimcha foyda soligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlovchilar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim foydali qazilmalarni (foydali komponentlarni) kavlab olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi yer qaʼridan foydalanuvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalardan ishlab chiqariladigan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan boshqa shaxslar qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlovchisi etib belgilanishi mumkin.
(248-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yer qaʼridan foydalanuvchilar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻlmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan qonun hujjatlarida belgilangan hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromadning bir qismi (qoʻshimcha foyda) qoʻshimcha foyda soligʻini solish obyektidir.
(249-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha foyda summasi bilan qoʻshimcha foyda qismiga toʻgʻri keladigan sof tushumdan hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadigan sof qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
(250-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251-modda. Foydali qazilmalar va soliq solinadigan mahsulot roʻyxati, soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha foyda soligʻi solinadigan foydali qazilmalar va mahsulot turlari roʻyxati, shuningdek soliqni hisoblab chiqarish hamda toʻlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-iyundagi 252-sonli “Sanoatning kon qazish tarmoqlari ayrim korxonalarining yuqori daromadiga soliq solish toʻgʻrisida”gi qarori, “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1908, 24.02.2009-y.), “Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1909, 24.02.2009-y.).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.05 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun maxsus toʻlovlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-bob. Bonuslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252-modda. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bonus yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan bir martalik toʻlovdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qaʼridan foydalanuvchi quyidagi turdagi bonuslarni toʻlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzoli bonus yer qaʼridan foydalanuvchining tegishli litsenziya asosida foydali qazilmalarni aniqlash va qidirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun bir martalik qatʼiy belgilangan toʻlovdir.
(253-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzoli bonus litsenziya olingan kundan eʼtiboran soliq toʻlovchi tomonidan oʻttiz kundan kechiktirmay budjetga toʻlanadi va bu haqda soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yozma shaklda xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijoratbop topilma bonusi tegishli litsenziyada koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun, shu jumladan dastlabki belgilangan ajratib olinayotgan zaxiralarni koʻpaytirishga olib keluvchi konlarni qoʻshimcha qidirish oʻtkazish chogʻidagi foydali qazilmalar topilmasi uchun toʻlanadigan toʻlovdir. Tijoratbop topilma bonusi, agar avval mazkur kon boʻyicha tijoratbop topilma bonusi toʻlanmagan boʻlsa, foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olishda yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan ham toʻlanadi.
(254-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali qazilma konlarini keyinchalik ularni kavlab olishni nazarda tutmaydigan qidirish oʻtkazishda tijoratbop topilma bonusi toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan konda foydali qazilmalarning qazib olinadigan zaxiralari hajmi soliq solish obyektidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati soliq solinadigan bazadir. Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati quyidagicha hisoblab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun — foydali qazilmaning mazkur turi uchun tasdiqlangan deklaratsiya qilingan narxi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalqaro birjada belgilangan birja narxi boʻyicha, jahon bozorida narx mavjud boʻlmagan taqdirda esa, foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati — belgilangan tartibda kelishilgan tegishli konni sanoat yoʻsinida oʻzlashtirish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan kavlab olishning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqib, uni 20 foiz oshirgan holda.
(254-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymatini aniqlash va tijoratbop topilma bonusini toʻlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijoratbop topilma bonusining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olingan kundan eʼtiboran yigirma besh kundan kechiktirmay soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijoratbop topilma bonusini toʻlash foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olingan kundan eʼtiboran toʻqson kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(254-moddaning beshinchi — sakkizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuniga asosan beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.10.00 Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-bob. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255-modda. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma boʻlib, bu shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun mutlaq huquqlar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot taqsimotiga oid bitim quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob yuritish va hisobot berish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish va boshqa toʻlovlarni toʻlash shartlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorning ulushini olib chiqib ketish tartibini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investor mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati mobaynida quyidagilarni toʻlaydi:
(256-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-217-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 404-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) foyda soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yer soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʻlovlar, bundan qoʻshimcha foyda soligʻi mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yagona ijtimoiy toʻlov;
(256-moddaning birinchi qismi 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) aksiz soligʻi.
(256-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida 6-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 5-bandlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar (yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq bundan mustasno), agar mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va aksiz soligʻi Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi.
(256-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-217-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 404-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorga soliq solish quyidagi xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.01 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) foyda soligʻi mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarish chogʻida olingan daromad boʻyicha va faoliyatning boshqa turlari boʻyicha olingan daromad boʻyicha alohida-alohida toʻlanadi. Mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarish chogʻida olingan daromadlar yuzasidan foyda soligʻi solish obyekti bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli boʻlgan, chegirmalar qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymatidir;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.01 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.02 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.05 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun maxsus toʻlovlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) chet ellik investor yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun quyidagi soliqlar va maxsus toʻlovlar toʻlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot taqsimotiga oid bitim tuzilganda va (yoki) muayyan natijaga erishilganda, bitim shartlariga muvofiq belgilangan bonuslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral xom ashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq belgilanadigan va pul shaklida yoki kavlab olingan mineral xom ashyoning bir qismi tarzida toʻlanadigan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinng 2003-yil 1-maydagi 199-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) investorlarga va (yoki) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan operatorlarga yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan beriladigan tovarlarga (bajariladigan ishlarga, koʻrsatiladigan xizmatlarga) nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.06.00 Boshqa bojlar. Yagona boj toʻlovi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishga moʻljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq chet ellik investor tomonidan yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek chet ellik investor tomonidan olib chiqiladigan, mazkur bitimga muvofiq unga tegishli boʻlgan mahsulot bojxona toʻlovlarini solishdan ozod qilinadi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlanadigan yigʻimlar bundan mustasno. Olib kirilgan moddiy-texnika resurslaridan belgilangan maqsadga nomuvofiq foydalanilganda, shu jumladan ular oʻzga shaxsga berilgan taqdirda, budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan barcha bojxona toʻlovlari bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan boʻlsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajaruvchi operator soliq majburiyatlarining bajaruvchisi boʻladi. Bunda litsenziya olgan investor bir oylik muddatda davlat soliq xizmati organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini bajaruvchi boʻlib qatnashadigan ishtirokchi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor etishi shart.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.09.00 Suvdan foydalanganlik uchun toʻlovlar (shuningdek, 07.10.07.00 va 11.01.11.00larga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X BOʻLIM. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.01 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv isteʼmolini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardir:
(257-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari.
(257-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarining suv taʼminoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat oʻz ehtiyojlariga ishlatiladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlovchidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan suv hajmlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlovchilar boʻladi. Bunda ushbu Kodeksning 132-moddasida koʻrsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi;
(257-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻini toʻlovchilar, agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.
(257-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.01 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq solish obyektidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslarining yer usti manbalariga quyidagilar kiradi: daryolar, koʻllar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslarining yer osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanilgan suvning hajmi ushbu Kodeks 261-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliqqa tortilmaydigan suv hajmi chegirilgan holda soliq solinadigan baza hisoblanadi.
(259-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.04 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260-modda. Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv oʻlchagich asboblarining koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan oʻlchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suv isteʼmolining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sugʻorish normalaridan yoki maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(260-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmogʻidagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi boʻyicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv yetkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmogʻiga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar taqdim etishlari kerak. Davlat soliq xizmati organlari besh kun ichida ushbu maʼlumotlarni soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazishi lozim.
(260-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi issiq suv hamda bugʻ hosil qilinishi boʻyicha soliq solinadigan bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun oʻzi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib koʻrish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning hududida taʼmirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq toʻlovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlamaydi. Taʼmirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlaydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yer soligʻi toʻlovchilari boʻlmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sugʻoriladigan yerlarni sugʻorish uchun sarflanadigan suvning butun xoʻjalik boʻyicha oʻrtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari uchun soliq solinadigan baza ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat turlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan suv resurslarining hajmi hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmogʻidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(260-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.03 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261-modda. Imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
(261-moddaning birinchi qismi 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) suv uchun budjetga soliq oʻtkazgan yuridik shaxslardan suv olgan isteʼmolchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) birlamchi foydalanilgan suv uchun toʻlov amalga oshirilgan suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv isteʼmolchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan eʼtiboran. Ixtiyoriy ravishda tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun toʻliq miqdorda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sogʻliqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari hajmiga, bundan savdo tarmogʻida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
(261-moddaning ikkinchi qismi 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatishining oldini olish maqsadida chiqazib olinadigan yer osti suvlari hajmiga, ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qaʼriga qaytarib quyiladigan yer osti suvlari hajmiga, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) gidroelektr stansiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv hajmiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan shoʻrlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv hajmiga.
(261-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan 7-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262-modda. Soliq davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar yil soliq davridir.
(262-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.04 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagilar tomonidan yiliga bir marta taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15-dekabrigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 25-yanvarigacha.
(263-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay topshiriladi.
(263-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
(263-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264-modda. Soliq toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlaydilar, bundan yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 25-yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga moʻljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) va suv resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadilar. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq toʻlovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar.
(264-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy toʻlovlar quyidagicha toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻpni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) — har oyning 25-kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kamni tashkil etadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri mobaynida moʻljallanayotgan soliq solinadigan baza oʻzgargan taqdirda, soliq toʻlovchi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy toʻlovlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning oʻzgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash joriy toʻlovlar hisobga olingan holda soliq toʻlovchilar tomonidan, suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyida, hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi, bundan yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlar summasi hisob-kitobga koʻra budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy toʻlovlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-mayigacha amalga oshiriladi.
(264-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI BOʻLIM. MOL-MULK SOLIGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-bob. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.01 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchilar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega boʻlgan yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz mulkida koʻchmas mulkka ega boʻlgan yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari. Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʻlmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlsa, shu shaxs soliq toʻlovchidir.
(265-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan mol-mulk boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchilar boʻladi. Bunda ushbu Kodeksning 132-moddasida koʻrsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi;
(265-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻini toʻlovchilar, agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.
(265-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.01 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) koʻchmas mulk, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi boʻyicha olingan koʻchmas mulk;
(266-moddaning birinchi qismi 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar” (roʻyxat raqami 1299, 20.01.2004-y.) 3-bandi ikkinchi xatboshisi, 4-bandi.
(266-moddaning birinchi qismi ikkinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tugallanmagan qurilish obyektlari. Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli organning ruxsati olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.
(266-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar. Belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar jumlasiga montaj qilinishi talab etiladigan hamda rekonstruksiya va (yoki) modernizatsiya qilinayotgan obyektlarda loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan muddatlarga muvofiq kapital qoʻyilmalar hisobiga ishga tushiriladigan asbob-uskunalar kiradi. Loyiha-smeta hujjatlarida asbob-uskunalarni ishga tushirish muddatlari boʻlmagan taqdirda, buyurtmachi sifatida ish koʻrayotgan yuridik shaxsning rahbari tomonidan tasdiqlangan muddatlar soliq solish obyektini belgilash uchun qabul qilinadi, lekin bu muddatlar asbob-uskunalar montaj qilishga topshirilgan paytdan eʼtiboran bir yildan koʻp boʻlmasligi kerak.
(266-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan mulk qilib olingan (realizatsiya qilingan) koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu obyektlar joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin oʻn kun ichida maʼlum qilishi shart.
(266-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi.
(266-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 18-moddasi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.01 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267-modda. Soliq solinadigan baza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk boʻyicha — oʻrtacha yillik qoldiq qiymati. Koʻchmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlangʻich (tiklanish) qiymati bilan soliq toʻlovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
(267-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari va ishga tushirilmagan asbob-uskunalar boʻyicha — tugallanmagan qurilishning va oʻrnatilmagan asbob-uskunalarning oʻrtacha yillik qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan ushbu mol-mulkning oʻrtacha yillik qiymati soliq solinadigan bazadir.
(267-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.04 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268-modda. Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyektlarining oʻrtacha yillik qoldiq qiymati (oʻrtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga koʻra soliq solish obyektlarining qoldiq qiymatlarini (oʻrtacha yillik qiymatlarini) qoʻshishdan olingan summaning oʻn ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
(268-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha soliq solinadigan baza mazkur obyektlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan qiymat asosida aniqlanadi.
(268-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(268-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchi tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmogʻidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza quyidagilarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatiga (oʻrtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:
(269-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuni itahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kommunal xoʻjaligi obyektlarining. Kommunal xoʻjaligi obyektlariga quyidagilar kiradi: vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan), kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonxonalar (shu jumladan asbob-uskunalar);
(269-moddaning birinchi qismi 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha obyektlarining;
(269-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(269-moddaning birinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
(269-moddaning birinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari obyektlarining;
(269-moddaning birinchi qismi 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
(269-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yongʻin xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlarning. Obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yongʻin xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlarga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki davlat yongʻin nazorati organining maʼlumotnomasi asosida amalga oshiriladi;
(269-modda birinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, magistral truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalarining, shuningdek ushbu obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan koʻchmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlarining;
(269-moddaning birinchi qismi 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan “Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 4-bandining “a” kichik bandi.
(269-moddaning birinchi qismi 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) soliq toʻlovchining balansida boʻlgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlarning;
(269-moddaning birinchi qismi 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(269-moddaning birinchi qismi 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(269-moddaning birinchi qismi 15-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(269-moddaning birinchi qismi 16-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy taʼminot, taʼlim, madaniyat va sanʼat tashkilotlari;
(269-moddaning ikkinchi qismi 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) uy-joy-kommunal xoʻjaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligi korxonalari. Uy-joy-kommunal va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaliklari jumlasiga uy-joy fondini bevosita boshqarish, saqlash hamda undan foydalanishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, sanitariya tozalash va yigʻishtirish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shaharlar hamda shaharchalarni tashqi yoritish, vodoprovod suv olish inshootlaridan, taqsimlanadigan tarmoqlardan (tozalovchi inshootlari bilan) foydalanish va suvni taqsimlash, kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish (tozalash inshootlari bilan), gaz taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish hamda gazni taqsimlash, qozonxona, issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish va kommunal-maishiy ehtiyojlarga hamda aholiga issiqlikni taqsimlashni bevosita amalga oshiruvchi tashkilotlar, xizmat binolarining xoʻjalik boshqarmalari, oʻt oʻchirish komandalari, uy-joy-kommunal xoʻjaligining xoʻjalik boshqarmalari, uy-joy-kommunal xoʻjaligi va shahar xoʻjaligining umumfuqaroviy ahamiyatga molik boshqa korxonalari kiradi;
(269-moddaning ikkinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yangi tashkil etilgan korxonalar — davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek boshqa korxonalar hududida shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalardan foydalangan holda oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi;
(269-modda ikkinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlarini — yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan eʼtiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun toʻliq miqdorda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar — davlat mulki obyektlarini sotib oluvchilar uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi davlat mulki obyektlariga toʻgʻri keladigan soliq summasiga kamaytirilib, boʻshagan mablagʻlar xususiylashtirilgan obyektlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ularni rivojlantirishga maqsadli tarzda yoʻnaltiriladi. Ushbu imtiyoz oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan eʼtiboran 12 oy mobaynida qoʻllaniladi.
(269-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada nazarda tutilgan imtiyozlar normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlariga, boʻsh turgan binolarga, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlarga, shuningdek qaysi foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari boʻyicha ulardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xulosa chiqarilgan boʻlsa, oʻsha obyektlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(269-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2691-modda. Soliq stavkasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi soliq solinadigan bazaning 2 foizi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ muddatlarda belgilanmagan jihozlar va normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlariga mol-mulk soligʻi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ikki karra oshirilgan stavkada toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari, boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar boʻyicha, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ushbu maydonlardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarilgan xulosa asosida, oshirilgan stavkalar boʻyicha toʻlanadi.
(2691-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish ushbu Kodeks 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda soliq toʻlovchi — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
(271-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(271-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Agar koʻchmas mulk soliq toʻlovchining soliq boʻyicha hisobga olish joyida joylashmagan boʻlsa, hisob-kitob koʻchmas mulk joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
(271-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlar toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 10-yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay, davlat soliq xizmati organlariga moʻljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (tegishli yil uchun mol-mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatidan (oʻrtacha yillik qiymatidan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadilar. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha majburiyatlari soliq davrida yuzaga kelgan soliq toʻlovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar.
(271-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
(271-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy toʻlovlar quyidagicha toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri mobaynida moʻljallanayotgan soliq solinadigan baza oʻzgargan taqdirda soliq toʻlovchi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy toʻlovlarga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning oʻzgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davrida toʻlanishi lozim boʻlgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi joriy toʻlovlar hisobga olingan holda, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davrida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlar summasi hisob-kitobga koʻra budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy toʻlovlarni yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning maʼlumotlari asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(271-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay toʻlanishi kerak.
(271-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-bob. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.01 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkida soliq solinadigan mol-mulki boʻlgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq toʻlovchilaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʻlmasa, shuningdek koʻchmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlsa, oʻsha shaxs soliq toʻlovchidir.
(272-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.01 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish obyektidir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.01 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati toʻlovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.
(274-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boʻyicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti boʻyicha toʻlovchi boʻlgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir obyekt boʻyicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275-modda. Imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarning mulkida boʻlgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻlimining yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida beriladi;
(275-moddaning birinchi qismi 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oʻn nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi asos boʻladi;
(275-moddaning birinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi Stavkalari izohining 2-bandi.
(275-moddaning birinchi qismi 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining). Imtiyoz “Halok boʻlgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” yoki “Ichki ishlar organlari halok boʻlgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” shtampi qoʻyilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner boʻlmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi yoxud Ichki ishlar vazirligining tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organi xodimining halok boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yoki frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi.
(275-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
(275-modda birinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — muqobil energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida energiya taʼminoti tashkilotlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos boʻladi.
(275-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan 8-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 3, 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan imtiyozlar qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon oʻlchami doirasida beriladi.
(275-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obyektiga taalluqli boʻladi.
(275-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.02 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi stavkalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276-modda. Soliq stavkasini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar soliq solish obyektlaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanganda yoxud bu obyektlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan yashash uchun moʻljallanmagan binolar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi hamda ushbu Kodeksning 275-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(276-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, mol-mulk soligʻi jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi.
(276-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.04 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchining yashash joyidan qatʼi nazar, soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
(277-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 275-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1-yanvarga boʻlgan holatiga koʻra kadastr qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
(277-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida boʻlgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga oʻtgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1-yanvaridan eʼtiboran u mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini yoʻqotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ular barpo etilgan yildan keyingi yil boshidan eʼtiboran toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros boʻyicha oʻtgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq merosxoʻrlarda mulk huquqi vujudga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyekti yoʻq qilingan, vayron boʻlgan, buzib tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish mol-mulk yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan oydan eʼtiboran toʻxtatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan yoʻq qilinganlik, vayron boʻlganlik, buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar yil mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelgan (amal qilishi tugagan) taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (amal qilishi tugagan) oydan eʼtiboran amalga oshiriladi.
(277-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasi davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq toʻlovchilarga imzo qoʻydirilgan holda yoki toʻlov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi.
(277-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri uchun toʻlash hisobot yilining 15-oktabriga qadar amalga oshiriladi.
(277-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII BOʻLIM. YER SOLIGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-bob. Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278-modda. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga toʻlovlar yer soligʻi yoki yer uchun ijara haqi tariqasida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.02 (Кучини йукотган) Er soligʻi stavkalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.04 (Кучини йукотган) Er soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer soligʻi toʻlaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 17-moddasining birinchi qismi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.01 (Кучини йукотган) Er soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari yer soligʻini toʻlovchilaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi yer soligʻini toʻlovchi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi oʻz ulushi uchun yer soligʻini toʻlovchidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari boʻyicha yer soligʻi toʻlovchilar boʻladi. Bunda ushbu Kodeksning 132-moddasida koʻrsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi.
(279-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻini toʻlovchilar, agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.
(279-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.01 (Кучини йукотган) Er soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda boʻlgan yer uchastkalari soliq solish obyektidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sugʻorish tarmogʻi, sohil boʻyi yerlari va boshqa shu kabi yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bogʻlar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy chiqindilarni yigʻish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar);
(280-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira yerlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281-modda. Soliq solinadigan baza
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.01 (Кучини йукотган) Er soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining ushbu Kodeks 282-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.04 (Кучини йукотган) Er soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaysi yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq toʻlovchiga oʻtgan boʻlsa, oʻsha yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan eʼtiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan eʼtiboran kamaytiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.04 (Кучини йукотган) Er soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarda yer soligʻi boʻyicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan eʼtiboran kamaytiriladi. Yer soligʻi boʻyicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan eʼtiboran hisoblab chiqariladi (koʻpaytiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻini toʻlovchi yer soligʻini toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirganda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan yer uchastkalari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmaganda, soliq solinadigan baza olinadigan sof tushumning umumiy hajmida yer soligʻini toʻlash nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma salmogʻidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(281-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.03 (Кучини йукотган) Er soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282-modda. Imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻi toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari — oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanadigan yer uchastkalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda boʻlgan xodimlar kiritiladi;
(282-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan eʼtiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toʻxtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun toʻliq miqdorda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bogʻdorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish yoʻllari, sugʻorish ariqlari, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining yerlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) davlat qoʻriqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qoʻriqxonalarning (ovchilik xoʻjaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qoʻriqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bogʻlarning yerlari, yuqorida koʻrsatilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning xoʻjalik faoliyati yuritilayotgan yerlari bundan mustasno;
(282-moddaning ikkinchi qismi 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 72-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-5, 7-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xoʻjalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — tegishli muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega boʻlgan yer uchastkalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 73-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar (xoʻjalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yerlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 74-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xoʻjalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlari, xotira bogʻlari egallagan yerlar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 75-moddasi.
(282-moddaning ikkinchi qismi 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) suv fondi yerlari. Suv fondi yerlari jumlasiga suv havzalari (daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv xoʻjaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda berilgan suv havzalari hamda boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab ajratilgan mintaqa yerlari kiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 77-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 69-moddasining birinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat koʻrsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 69-moddasining uchinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) madaniyat, taʼlim va sogʻliqni saqlash obyektlari egallagan yerlar;
(282-modda ikkinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari egallagan yerlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 69-moddasining ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, shu jumladan tuproq koʻtarmasi, sunʼiy inshootlar, liniya-yoʻl binolari, temir yoʻl aloqasi hamda elektr taʼminoti qurilmalari, inshootlar va yoʻl qurilmalaridan iborat temir yoʻllar stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 69-moddasining ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) shahar elektr transporti yoʻllari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 67-moddasining birinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish hamda sogʻlomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda oʻquv-mashq bazalari egallagan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) aholi punktlarining suv taʼminoti va kanalizatsiya inshootlari: magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yongʻinga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, truboprovodlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, truboprovodlarni tozalash qurilmalari hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan yerlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 69-moddasining ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (koʻpaytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv taʼminotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) samolyotlarning uchish-qoʻnish maydonlari, yerda boshqarish yoʻlkalari va toʻxtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan yerlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 69-moddasining ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati davrida;
(282-moddaning ikkinchi qismi 18-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) konservatsiyaga qoʻyilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar, ularning konservatsiyasi davrida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) yuridik shaxs balansida boʻlgan va xoʻjalik faoliyatida foydalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) ihota oʻrmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota oʻrmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari; oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar; oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari; choʻl va chala choʻl zonalaridagi oʻrmonlar; shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi oʻrmonlar; suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi oʻrmonlar; alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar;
(282-modda ikkinchi qismining 22-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar, ularni oʻzlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular oʻzlashtirilgan vaqtdan eʼtiboran besh yil mobaynida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sugʻoriladigan yerlar, ishlar boshlanganidan eʼtiboran besh yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qatʼi nazar, uch yil muddatga. Kuzda oʻtkazilgan yangi koʻchatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi, bahorda oʻtkazilgan koʻchatlar uchun esa joriy soliq davrining 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) ilmiy tashkilotlarning qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga molik va oʻrmon fondidagi yerlari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda oʻquv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining bevosita ilmiy hamda oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari. Ushbu bandga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning seleksiyasi oʻtkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy va oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq toʻlashdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar — davlat mulki obyektlarini sotib oluvchilar uchun yer soligʻi summasi davlat mulki obyektlariga toʻgʻri keladigan soliq summasiga kamaytirilib, boʻshagan mablagʻlar xususiylashtirilgan obyektlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ularni rivojlantirishga maqsadli tarzda yoʻnaltiriladi. Ushbu imtiyoz oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan eʼtiboran 12 oy mobaynida qoʻllaniladi.
(282-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.02 (Кучини йукотган) Er soligʻi stavkalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283-modda. Soliq stavkasini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining aybi bilan qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet balli pasaygan) taqdirda, yer soligʻi yerning sifati yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer soligʻi qishloq xoʻjaligi yerlari uchun belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari, boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari joylashgan yer uchastkalari boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi ulardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarilgan xulosa asosida, oshirilgan stavkalar boʻyicha toʻlanadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(283-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(283-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284-modda. Soliq davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar yil soliq davridir.
(284-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.04 (Кучини йукотган) Er soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻi har bir soliq davrining 1-yanvariga boʻlgan holatga koʻra hisoblab chiqariladi va yer soligʻining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 10-yanvariga qadar taqdim etiladi.
(285-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻini hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 281-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan bazada (hisoblangan soliq summasida) soliq davri mobaynida oʻzgarish boʻlganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida davlat soliq xizmati organiga yer soligʻining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etishi shart.
(285-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri mobaynida qishloq xoʻjaligi ekinlarining umumiy maydonida va tarkibida oʻzgarishlar yuz bergan yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari yer soligʻining aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat soliq xizmati organiga joriy yilning 1-dekabriga qadar taqdim etadi.
(285-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.04 (Кучини йукотган) Er soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻini toʻlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yer soligʻi yillik summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida, har chorak birinchi oyining 10-sanasigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — yer soligʻi yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasigacha.
(286-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri mobaynida yer soligʻi toʻlashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani toʻlash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(286-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yer soligʻi toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yer soligʻini toʻlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(286-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.01 (Кучини йукотган) Er soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari yer soligʻini toʻlovchilardir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 17-moddasining ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish va soliqni toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
(287-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy, yashash uchun moʻljallanmagan imorat va inshootlar meros boʻyicha oʻtishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi oʻtgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxoʻrlardan undiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.01 (Кучини йукотган) Er soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyektidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) dehqon xoʻjaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 55-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 27-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 56-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) meros boʻyicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham oʻtgan yer uchastkalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 18-moddasining uchinchi qismi, 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 482-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti boʻlmaydi, ushbu modda birinchi qismining 7-bandida koʻrsatilganlari bundan mustasno.
(288-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289-modda. Soliq solinadigan baza
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.01 (Кучини йукотган) Er soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir maʼlumotlari soliq solinadigan bazadir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.04 (Кучини йукотган) Er soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalarining maydonlari boʻyicha soliq solinadigan baza ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.04 (Кучини йукотган) Er soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlarning maydonlari boʻyicha soliq solinadigan baza oʻz xodimlariga yer uchastkalari bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.03 (Кучини йукотган) Er soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-modda. Imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(290-moddaning birinchi qismi 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻlimining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻlimining yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida beriladi;
(290-moddaning birinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yolgʻiz pensionerlar. Yolgʻiz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolgʻiz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʼlumotnomasi, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
(290-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada oʻn olti yoshga toʻlmagan beshta va undan ortiq bolalari boʻlgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
(290-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolar. Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos boʻladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
(290-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(290-moddaning birinchi qismi 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — muqobil energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida energiya taʼminoti tashkilotlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos boʻladi.
(290-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan 8-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
(290-modda birinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
(290-moddaning birinchi qismi 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan imtiyozlar, bundan 6-bandda koʻrsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur imtiyozlar soliq toʻlovchining tanlashi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.
(290-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.02 (Кучини йукотган) Er soligʻi stavkalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291-modda. Soliq stavkasini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan, yashash uchun moʻljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan yer soligʻi yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning 290-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(291-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, yer soligʻi jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda uy-joy qurish va uylarni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda yer soligʻi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch baravar miqdorda toʻlanadi.
(291-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.04 (Кучини йукотган) Er soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292-modda. Soliq davri

293-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari yer soligʻini toʻlovchilar boʻlgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 290-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.
(293-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻi summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan toʻlov xabarnomasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslarga imzo qoʻydirilgan holda yoki toʻlov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi.
(293-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni oʻzgarganda va imtiyozlarga boʻlgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur oʻzgarishlardan keyin bir oy ichida yer soligʻini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq toʻlovchiga yer soligʻi summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan yangi yoki qoʻshimcha toʻlov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.04 (Кучини йукотган) Er soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294-modda. Soliq toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻi yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qatʼi nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki shaharning mahalliy budjetiga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan eʼtiboran toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer soligʻini toʻlash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan eʼtiboran toʻxtatiladi (kamaytiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyoz huquqi vujudga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanmaydi. Yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquqlar bekor qilingan taqdirda, bu soliq mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan eʼtiboran toʻlana boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi yer uchastkasidan foydalanish faktidan qatʼi nazar, jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri uchun yer soligʻi toʻlash jismoniy shaxslar tomonidan hisobot yilining 15-oktabriga qadar amalga oshiriladi.
(294-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
(XIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
(XIV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XV BOʻLIM. DAVLAT MAQSADLI JAMGʻARMALARIGA MAJBURIY TOʻLOVLAR
(XV boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.02.00 (Кучини йукотган) Yagona ijtimoiy toʻlov / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.03.00 (Кучини йукотган) Fuqarolarning Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-bob. Yagona ijtimoiy toʻlov
(51-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlovchilar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 311-moddasida belgilangan tartibga muvofiq yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlaydigan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar.
(305-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 172-moddasida koʻrsatilgan ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy toʻlovning soliq solish obyektidir. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun yagona ijtimoiy toʻlovning soliq solish obyekti ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi boʻyicha olingan, Oʻzbekiston Respublikasida budjet muassasalari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(306-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga toʻlanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham yagona ijtimoiy toʻlovning soliq solish obyektidir.
(306-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza ushbu Kodeksning 172-moddasiga muvofiq toʻlanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi, ushbu Kodeksning 308-moddasida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno.
(307-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 306-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza chet ellik xodimlarga toʻlanadigan daromadlar summasi sifatida aniqlanadi, biroq bu summa Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomasiga doir xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
(307-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-313-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlov quyidagilarga nisbatan hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash uchun ushbu Kodeks 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi grant mablagʻlari hisobiga olinadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan roʻyxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan berilgan grant mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida berilgan grant mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan chet ellik xodimlarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) paxta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslar tomonidan bu ishlarni bajarganlik uchun olinadigan daromadlarga.
(308-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3081-modda. Yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Kodeksning 311-moddasida va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan bazaga nisbatan soliq stavkalari, foizda
1.
Budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaxslar; qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan koʻproq qismi davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlsa, oʻsha yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari
25
2.
1-bandda nazarda tutilmagan boshqa toʻlovchilar
12
(3081-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310-modda. Yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish hamda toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlov soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlov ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq toʻlovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yil yakunlari boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovga doir hisob-kitob hisobot yilidan keyingi yilning 25-martiga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash har oyda, hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(310-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) — oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qishloq joylarda roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandchilik subyektlari — “Hunarmand” uyushmasining aʼzolari tomonidan – oʻz faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) “Usta-shogird” maktabi oʻquvchilari tomonidan ularning 25 yoshga toʻlguniga qadar boʻlgan ish davrida — yiliga eng kam oylik ish haqining 2,5 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda. Belgilangan miqdordagi yagona ijtimoiy toʻlovning toʻlanishi mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari, shuningdek maydoni toʻrt sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar yiliga eng kam oylik ish haqining kamida bir baravari miqdorida yagona ijtimoiy toʻlov toʻlaydi. Bunda dehqon xoʻjaligi rahbari yagona ijtimoiy toʻlovni majburiy tartibda toʻlaydi, boshqa aʼzolari va koʻrsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda toʻlaydi. Belgilangan miqdordagi yagona ijtimoiy toʻlovning toʻlanishi dehqon xoʻjaligi aʼzosining va jismoniy shaxsning mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik subyektlari — “Hunarmand” uyushmasining aʼzolari Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlashdan ozod etiladi, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironi boʻlgan shaxslar uchun esa yagona ijtimoiy toʻlovning miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozga boʻlgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki bekor boʻlgan taqdirda, yagona ijtimoiy toʻlovni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan yoki bekor boʻlgan oydan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan — har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari tomonidan — hisobot yilining 1-oktabrigacha. Bunda yagona ijtimoiy toʻlovning miqdori toʻlov kuniga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash majburiyati quyidagilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila aʼzolari uchun — oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari uchun — ushbu xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzgan yakka tartibdagi tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va toʻlov toʻlanayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart. Bunda oila aʼzolari — oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila aʼzosi uchun va yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xoʻjaliklari aʼzolari uchun — yil) uchun toʻlangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblash va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar yagona ijtimoiy toʻlovni jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash haqida jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya maʼlumotlari boʻyicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash muddatlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash boʻyicha majburiyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash ushbu Kodeks 310-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati mazkur Kodeksning 373-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda vaqtinchalik toʻxtatilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimiga yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar faoliyatini toʻxtatgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini davlat soliq xizmati organiga belgilangan muddatlarda taqdim etmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblash toʻxtatilmaydi.
(311-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(52-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(XVI boʻlimning nomi va 53-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-bob. Avtotransport yigʻimlari
(54-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320-modda. Avtotransport yigʻimlarining turlari
(320-modda nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport yigʻimlari jumlasiga quyidagilar kiradi.
(320-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida oʻtganligi uchun yigʻim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini oluvchi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim toʻlovchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida oʻtganligi uchun yigʻim toʻlovchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻimlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit tarzida oʻtish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323-modda. Soliq solinadigan baza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari dvigatelining ot kuchidagi quvvati yoki avtotransport vositalarining qiymati;
(323-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzit tarzida oʻtganida chet davlatlarning avtotransport vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324-modda. Imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʻimni toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qoʻl bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar;
(324-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) faoliyatining asosiy turi yoʻlovchilar tashish boʻlgan, qonun hujjatlariga muvofiq yoʻlovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega boʻlgan avtotransport korxonalari — yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari boʻyicha (yengil avtomobillar va yoʻnalishli taksilardan tashqari);
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-sonli “Litsenziyalar blankalarini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi xududida litsenziyalar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yuridik shaxslar — qirq tonnadan ortiq yuk koʻtaradigan, olingan kon avtosamosvallari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) homiylik (begʻaraz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek budjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;
(324-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) yuridik shaxslar — avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) avtotransport vositalarini ushbu moddaning 3—5-bandlarida koʻrsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325-modda. Yigʻimlarni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim ular Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotganda, qayta roʻyxatdan oʻtkazilayotganda quyidagi hollarda undiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar sifatida olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda, ushbu Kodeks 324-moddasining 9-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Yigʻim taraflarning yozma kelishuviga koʻra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan taqdirda, yigʻim lizing oluvchidan undiriladi. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan soʻng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti boʻlgan avtotransport vositasi qayta roʻyxatdan oʻtkazilayotganida takroran yigʻim undirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat taqdim etilmagan holda avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish yoki texnik koʻrikdan oʻtkazish amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlar avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida oʻtganligi uchun yigʻim chet davlatning avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi.
(XVI1 boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVII BOʻLIM. DAVLAT BOJI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326-modda. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy toʻlovdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji konsullik yigʻimi tariqasida undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tariflari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327-modda. Davlat bojini toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilishi va (yoki) hujjatlar berilishi xususida vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini toʻlovchilardir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9-bandi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328-modda. Undirish obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan (shikoyatlardan), alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlari va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun;
(328-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) iqtisodiy sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalardan, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalardan, iqtisodiy sudning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish haqidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar boʻyicha iqtisodiy sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizalardan, chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishlar boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek iqtisodiy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlari va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun;
(328-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) maʼmuriy sudlarga beriladigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi arizalardan, davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi, notarial harakatni sodir etishni, fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuvlarini qayd etishni rad etganlik yuzasidan nizolashish yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlaganlik ustidan beriladigan shikoyatlardan, maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish haqidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek maʼmuriy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlari va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun;
(328-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuniga asosan 21-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) notariuslar va Oʻzbekiston Respublikasining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun;
(328-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni 21-moddasining birinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun, shuningdek fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi toʻgʻrisida takroriy guvohnoma berganlik uchun hamda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar, tuzatishlar kiritilishi va uning qayta tiklanishi munosabati bilan guvohnoma berganlik uchun;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 202-moddasining ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) chet eldan Oʻzbekiston Respublikasiga kelish huquqini beruvchi hujjatlarni, Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisida hujjatlarni berganlik uchun; yashash guvohnomasini berganlik yoki uning muddatini uzaytirganlik uchun; respublika hududiga kelish va respublika hududidan chet elga chiqish huquqini beradigan chet el pasportiga yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatga viza berganlik uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisida beriladigan arizalardan;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi”ning 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 6-bandining “g”, “e” kichik bandlari, 7-bandining “a” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlarni, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish huquqi uchun hujjatlar berganlik uchun;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida Pasport tizimi toʻgʻrisida”gi nizomning 19-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 6-bandining “a”, “b”, “v” kichik bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini turar joyga qayd etganlik va roʻyxatdan chiqarganlik, turgan joyi boʻyicha hisobga olganlik uchun, shuningdek chet davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni turar joyga qayd etganlik va roʻyxatdan chiqarganlik uchun.
(328-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 7-bandining “b”, “v” kichik bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qaror bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 8 — 10-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) ov qilish huquqiga ega ekanligi toʻgʻrisida ruxsatnoma berganlik uchun.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 7-bandining “g” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) daʼvogarlar — ish haqini undirib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) daʼvogarlar — alimentlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) daʼvogarlar — mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) daʼvogarlar — noqonuniy hukm etish, jinoiy javobgarlikka tortish, maʼmuriy jazo berish tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) daʼvogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) yuridik va jismoniy shaxslar — alimentlarni undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bogʻliq hujjatlarni ularga berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) yuridik va jismoniy shaxslar — davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) isteʼmolchilar — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari — isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʻzlab beriladigan daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) daʼvogarlar — oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) davlat organlari — oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan, tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlgan hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini, oʻz manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qilingan shikoyatlar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) nodavlat notijorat tashkilotlari — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari — pensionerlardan (nafaqa oluvchilardan) ortiqcha (noqonuniy) toʻlangan pensiyalarning va nafaqalarning summalarini undirish bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning joylardagi organlari — koʻchish joyiga bormagan yoki koʻchib borgan joylarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan koʻchirib keltiriluvchilarga nisbatan koʻchish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida taqdim etilgan daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda ularning joylardagi organlari — suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sugʻurta operatsiyalari bilan bogʻliq ishlar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — investorlarning, qimmatli qogʻozlar egalarining hamda davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari –barcha ishlar hamda hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʻyicha sudga arizalar berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) ichki ishlar organlari — alimentlar va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) undiruvchi yoki davlat ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qarzdor tomonidan qoplash toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi — intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining huquqlarini himoya qilishni koʻzlab qilinadigan daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan, shuningdek fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan shikoyatlar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari — qoʻmita vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan daʼvolar va arizalar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) mulkdorlar — xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33) yakka tartibdagi quruvchi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish chogʻida buyurtmachining vazifasi qonun hujjatlariga muvofiq qaysi yuridik shaxsning zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish masalalari yuzasidan yakka tartibdagi quruvchilar bilan nizolarni hal etish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34) qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq qaysi tijorat banklarining zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, oʻsha tijorat banklari — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari yuzasidan qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36) tadbirkorlik subyektlari — hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, uning joylardagi organlari — yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha;
(329-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-martdagi OʻRQ-526-sonli Qonuniga asosan 37-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son — 2019-yil 6-iyundan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari — moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni koʻzlab qilingan daʼvolar hamda berilgan arizalar yuzasidan.
(329-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-avgustdagi OʻRQ-560-sonli Qonuniga asosan 38-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 8 — 10, 32 — 36-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
(329-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330-modda. Iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) arizachi va javobgar — qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmagan korxonalarni tugatishga doir ishlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) daʼvogarlar — oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi, oʻrmon xoʻjaligi daromadi summalarini (shu jumladan, oʻrmon daraxtlarini oʻsib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek oʻzboshimchalik bilan oʻrmon daraxtlarini kesganlik, pichan oʻrganlik va mollarni oʻtlatganlik uchun jarimalarni) undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini, shuningdek oʻz manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha daʼvolar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari — “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga ketgan mablagʻlarni tashkilotlardan undirib olish boʻyicha daʼvolar, shu jumladan regress daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sugʻurta operatsiyalari bilan bogʻliq barcha ishlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda ularning joylardagi organlari — suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning tartib va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari — qoʻmita vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan daʼvolar va arizalar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — investorlarning, qimmatli qogʻozlar egalarining hamda davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi daʼvolar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʻyicha sudga arizalar berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) undiruvchi yoki davlat ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qarzdor tomonidan qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan hukumatlararo kelishuvlar asosida berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarzdor sifatida qatnashuvchi davlat organlari va tashkilotlari — subzayom oluvchilardan paydo boʻlgan qarzdorliklarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) davlat ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish shartnomalari boʻyicha sotib oluvchi hisoblangan davlat organlari va tashkilotlari — yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi — intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining huquqlarini himoya qilishni koʻzlab qilinadigan daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) arizachi va javobgar — huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) tadbirkorlik subyektlari — hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, uning joylardagi organlari — yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha;
(330-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-martdagi OʻRQ-526-sonli Qonuniga asosan 23-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son — 2019-yil 6-iyundan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari — moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni koʻzlab qilingan daʼvolar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
(330-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-avgustdagi OʻRQ-560-sonli Qonuniga asosan 24-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 21 va 22-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
(330-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3301-modda. Maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tadbirkorlik subyektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata aʼzolarining manfaatlarini, shuningdek oʻz manfaatlarini koʻzlab berilgan arizalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) nodavlat notijorat tashkilotlari — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar — fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) yuridik va jismoniy shaxslar — davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan beriladigan arizalar (shikoyatlar) boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) mulkdorlar — xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) taraflar — muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish haqidagi ishlar yuzasidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari — moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga doir ishlar yuzasidan;
(3301-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-avgustdagi OʻRQ-560-sonli Qonuniga asosan 14-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 1, 9, 11, 12-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
(3301-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331-modda. Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur boʻlgan, shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning koʻchirma nusxalari toʻgʻriligini ularga tasdiqlab berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shaxslar — mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish toʻgʻrisidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga davlatning merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) nogironlarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial harakatlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shaxslar — ularga quyidagilar uchun merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanni himoya qilish chogʻida, boshqa davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganligi munosabati bilan yoxud inson hayotini qutqarish, davlat mulkini va huquq-tartibotni muhofaza qilish boʻyicha fuqarolik burchini ado etish munosabati bilan halok boʻlgan shaxslarning mol-mulki uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy (kvartira) uchun yoki uy-joy-qurilish kooperatividagi pay uchun, agar ular meros qoldiruvchining vafot etish kunigacha birga yashagan, turar joyda qayd etilgan boʻlsa va meros qoldiruvchining vafotidan keyin ham shu uy-joyda (kvartirada) yashayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklardagi omonatlar, shaxsiy va mulkiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta summalari, davlat zayom obligatsiyalari uchun, ish haqi summalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, adabiyot va sanʼat asarlari, ixtiro, seleksiya yutugʻi, foydali model, sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasi muallifining mulkiy huquqlari, shuningdek ijrochining ijroga doir mulkiy huquqlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, adabiyot va sanʼat asarlari, ixtiro, seleksiya yutugʻi, foydali model, sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasini yaratish va ulardan foydalanish, shuningdek ijrolarni yaratish hamda ulardan foydalanish haqi summalari uchun.
(331-moddaning 5-bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shaxslar — pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlatganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) onalar — koʻp bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi haqidagi ishlar boʻyicha hujjatlar koʻchirma nusxalarining toʻgʻriligini tasdiqlab berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) maktab-internatlar — farzandlarining maktab-internatdagi taʼminoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) moliya organlari — farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining ixtisoslashtirilgan maktablaridagi taʼminoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etish va halok boʻlish hodisasiga korxonalar va tashkilotlar hisobidan sugʻurta qilingan jismoniy shaxslarning merosxoʻrlari — sugʻurta puliga vorislik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) surunkali ruhiy kasallikka chalingan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vasiylik belgilangan shaxslar — mol-mulkka vorislik qilishlari toʻgʻrisida guvohnoma olganliklari uchun;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning joylardagi organlari — xodimlarni tashkiliy yoʻsinda ishga qabul qilish tartibida tuziladigan mehnat shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun;
(331-moddaning 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 1941—1945-yillardagi urush nogironlari, 1941—1945-yillardagi urush frontlarida yaralangan shaxslar va 1941—1945-yillardagi urush frontlarida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan shaxslarning oila aʼzolari, 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari hamda Vatanni himoya qilishda va Sovet Armiyasida oʻz xizmat burchini oʻtayotganda yaralangan shaxslar, Afgʻoniston Respublikasida baynalmilal burchini oʻtagan shaxslar, shuningdek 1986—1987-yillarda Chernobil AESining zaharlangan mintaqasi doirasida avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar, 1986-yilda Chernobil AESidagi avariya munosabati bilan zaharlangan mintaqadan koʻchirilgan (shu jumladan, oʻz ixtiyori bilan chiqib ketgan) shaxslar, agar ular vafot etgan boʻlsa, ularning oila aʼzolari — imtiyozlar berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar koʻchirma nusxalarining toʻgʻriligini tasdiqlatganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi — mualliflik huquqi va turdosh huquqlar boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan mukofotning undirilishi toʻgʻrisidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;
(331-moddaning 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) shaxslar — ularga yoʻlovchilarning majburiy sugʻurtasi yuzasidan sugʻurta summalariga hamda fuqarolarga qarashli mol-mulkning majburiy sugʻurtasi yuzasidan sugʻurta tovoni summalari boʻyicha merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) fermer xoʻjaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar — ularga fermer xoʻjaligining mol-mulki boʻyicha merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar — ularga dehqon xoʻjaligi mol-mulki boʻyicha merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — majburiy badallarni toʻlash va kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332-modda. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat boji toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xalq taʼlimi organlari, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar — yetim bolalarni va ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni bolalar muassasalariga va oʻquv yurtlariga yuborish uchun tugʻilganlik toʻgʻrisida takroriy guvohnomalar berganlik uchun;
(332-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jismoniy shaxslar — tugʻilish, oʻlim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi oʻzgartirilgan hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chogʻida yoʻl qoʻyilgan xatolar munosabati bilan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar yozuvlari oʻzgartirilgan, toʻldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jismoniy shaxslar — ularga belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb yoki ruhiy holatining buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar yoxud qilgan jinoyatlari uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori asosida guvohnomalar berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jismoniy shaxslar — ularga reabilitatsiya qilingan qarindoshlarining vafot etganligi toʻgʻrisidagi takroriy guvohnomalar berganlik yoki ilgari berilgan guvohnomalarni almashtirganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333-modda. Chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat bojini toʻlashdan quyidagi hollarda ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) diplomatik pasport berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi hollarda xorijga chiqish uchun ruxsatnoma berganlik uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular chet el sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oʻn olti yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi guvohnomasini berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) toʻliq davlat taʼminotida boʻlganlar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu modda birinchi qismining 1—3-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarga biron bir oʻzgartirish kiritilgan taqdirda ham davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334-modda. Konsullik yigʻimini toʻlashdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik yigʻimlari quyidagi hollarda undirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining konsullik yigʻimlarini undirishdan voz kechish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomasi mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini repatriatsiya qilish ishlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) chet el diplomatik pasportlariga oʻzarolik asosida viza qoʻyganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mehnat staji, fuqarolarning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlarga doir hujjatlarni soʻrab olganlik va legallashtirganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) chet davlatlarning belgilangan tartibda akkreditatsiyadan yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari hamda filiallari xodimlaridan (ularning oila aʼzolaridan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan matbuot vakillaridan (ularning oila aʼzolaridan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) insonparvarlik yordamini kuzatib keluvchi chet davlatlarning fuqarolaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek budjet tashkilotlari taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi chet davlatlar fuqarolaridan, agar kontrakt shartlariga koʻra viza olish bilan bogʻliq xarajatlar qabul qiluvchi tarafga yuklatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni turar joyga qayd etganlik va roʻyxatdan chiqarganlik yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga olganlik uchun davlat boji toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
(335-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qariyalar va nogironlarning internat-uylarida yashovchi qariyalar va nogironlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan va yotoqxonalarda yashovchi oʻquvchilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklarini, davlat korxonalari negizida tuzilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida boʻlinmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
(335-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336-modda. Davlat bojini toʻlash va hisobga oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji, agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat boji undiriladigan harakatlar amalga oshirilguniga qadar naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda toʻlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6, 8-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchining davlat bojini naqd pulsiz shaklda toʻlaganligi fakti bankning toʻlov ijro etilganligi toʻgʻrisidagi belgisi boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchining davlat bojini naqd pul shaklida toʻlaganligi fakti bank tomonidan toʻlovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilagan shaklda toʻlovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoxud davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan toʻlovchiga beriladigan kvitansiya bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojini toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari amalga oshirilayotgan yuridik ahamiyatga molik harakatlarning turiga, toʻlovchilarning toifalariga yoki boshqa holatlarga koʻra ushbu Kodeksning 337, 338, 339 va 340-moddalarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻlov hujjatlari asosida budjet tasarrufiga oʻtkaziladi, davlat bojining xizmatlari uchun davlat boji undirilayotgan davlat organi tasarrufida qoldirilayotgan qismi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojining bir qismi davlat organi tasarrufida qoldirilgan taqdirda, davlat boji keyinchalik mablagʻlar budjet va davlat organi oʻrtasida qonun hujjatlarida belgilangan normativlar boʻyicha taqsimlangan holda yagona hisob varagʻiga toʻlanadi.
(336-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojining davlat organi tasarrufida qoldiriladigan miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
(336-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy nizo boʻyicha sudga daʼvo arizasi berilganda, shuningdek mol-mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda, merosga boʻlgan huquqni rasmiylashtirishda, agar daʼvo qiymati, shartnoma summasi yoki meros miqdori chet el valyutasida belgilansa, davlat boji qonun hujjatlarida belgilangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda chet el valyutasida undirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2760, 05.02.2016-y.).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337-modda. Sudlarda davlat bojini undirishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha arizalardan, maʼmuriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha sudlarga beriladigan shikoyatlardan, sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun davlat boji quyidagi tartibda undiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, shartnomalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki ularning shartlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi daʼvo arizalariga shartnoma toʻlaligicha yoki uning biron bir qismi nizolashilayotganligidan qatʼi nazar, shartnoma oldi nizolari boʻyicha arizalar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarshi daʼvo arizalaridan, shuningdek uchinchi shaxslarning ishga mustaqil daʼvo talablari bilan kirishganligi toʻgʻrisidagi arizalardan davlat boji umumiy asoslarda undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud dastlabki daʼvogarni uning roziligi bilan boshqa shaxs bilan almashtirganda, bu shaxs davlat bojini umumiy asoslarda toʻlashi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdan dastlabki daʼvogar chiqib ketgan va u huquqiy voris bilan almashtirilgan hollarda, davlat boji, agar u dastlabki daʼvogar tomonidan toʻlanmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda huquqiy vorisdan undiriladi.
(337-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya bir yoki bir nechta birlashgan daʼvo talablarini alohida ish yuritish uchun ajratgan taqdirda, daʼvo taqdim etilganda toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. Alohida ish yurituvga ajratganlik yuzasidan davlat boji ikkinchi bor toʻlanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari koʻrmasdan qoldirilgan takroran berilgan arizalar boʻyicha davlat boji qaytadan umumiy asoslarda toʻlanadi. Agar ariza koʻrmasdan qoldirilganligi munosabati bilan davlat boji qaytarilishi kerak boʻlgan, lekin qaytarilmagan boʻlsa, agar davlat boji budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq daʼvo muddati tugamagan boʻlsa, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat takroran berilgan arizaga ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji hisoblab chiqariladigan daʼvo bahosi daʼvogar tomonidan, belgilangan hollarda esa, fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual qonun hujjatlariga muvofiq sud tomonidan aniqlanadi.
(337-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishni muhokamaga tayyorlash paytida daʼvogar alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi ishni tugatish haqida ariza bergan boʻlsa, bunday hollarda javobgardan davlat boji undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan daʼvo talablari kamaytirilgan taqdirda, toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo summasi koʻpaytirilgan taqdirda, davlat bojining yetishmayotgan summasi daʼvoning koʻpaytirilgan summasiga muvofiq toʻlanadi.
(337-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan taqdirda daʼvo qanoatlantirilsa, davlat boji javobgardan (agar u davlat bojini toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa) davlat daromadiga belgilangan daʼvo summasiga muvofiq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo birgalikda bir nechta daʼvogar tomonidan bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda, davlat boji daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va daʼvogarlar tomonidan ular qoʻygan talablar ulushiga mutanosib tarzda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqqan holda davlat boji quyidagi hollarda ham undiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvo daʼvogar tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvo arizalarini qabul qiladigan sudya bir tusdagi bir necha talabni bir ish yurituviga birlashtirganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan bir yoki bir nechta daʼvogar tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilgan daʼvo toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda davlat bojini undirish sudning hal qiluv qaroriga binoan har bir javobgardan belgilangan qarz summasidan kelib chiqqan holda alohida-alohida amalga oshiriladi. Agar bunday daʼvo bir nechta daʼvogarlar tomonidan bir javobgarga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, davlat boji javobgardan umumiy belgilangan qarz summasidan kelib chiqqan holda budjetga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqa shaxsni ikkinchi javobgar sifatida jalb qilgan va daʼvo summasining bir qismini bir javobgardan, qolgan qismini esa ikkinchisidan undirishga hukm qilgan taqdirda va, agar bunda daʼvogar davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa, davlat boji daʼvoning qanoatlantirilgan umumiy summasidan hisoblab chiqariladi hamda har bir javobgardan unga belgilangan daʼvo summasi miqdoriga mutanosib ravishda budjetga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar oʻz talablarini daʼvo berilganidan keyin ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi tufayli qoʻllab-quvvatlamagan hollarda davlat bojining summasi javobgardan sud ajrimi boʻyicha budjetga undirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar arizada daʼvo summasini koʻrsatmagan hollarda sudya daʼvo arizasini qabul qilish asnosida, daʼvoning taxminiy bahosidan kelib chiqqan holda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat bojining miqdorini dastlabki tarzda belgilaydi. Agar sud hal qiluv qarorini chiqarganda daʼvoning umumiy summasi oshsa, davlat boji daʼvoning oshgan summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda vujudga kelgan farq daʼvogardan yoki daʼvo toʻliq qanoatlantirilgan taqdirda — javobgardan budjet daromadiga undirilishi lozim. Sud qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ish holatlariga bogʻliq ravishda daʼvogar arizada koʻrsatgan talablar doirasidan chiqib ketganda, davlat boji shunday tartibda hisoblab chiqariladi. Bunday hollarda daʼvo qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji javobgardan daʼvoning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi, davlat bojining qolgan qismi esa daʼvogardan undirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud mol-mulkni meros qilib olish huquqi toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan taqdirda, davlat boji mol-mulkning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda sud tomonidan hisoblab chiqariladi va har bir merosxoʻrdan uning ulushiga mutanosib ravishda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi, mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi, mol-mulkdagi ulushga boʻlgan huquqni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, umumiy mol-mulkdan ulush ajratish toʻgʻrisidagi va merosxoʻrlarning oʻzlariga tegishli mol-mulk ulushini talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalari uchun davlat boji ushbu mol-mulk yoki uning ulushi qiymatidan kelib chiqqan holda toʻlanishi lozim.
(337-moddaning oʻn sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning oʻzida mulkiy va nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan daʼvo arizalari uchun mulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha va nomulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari uchun belgilangan stavkalarga koʻra har bir talab boʻyicha alohida-alohida davlat boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiymat jihatidan baholanmaydigan talablar (oʻzboshimchalik bilan egallangan joylarni boʻshatish toʻgʻrisidagi, natura shaklida maydon berish toʻgʻrisidagi, topshirish balansini qabul qilishga majburlash bilan bogʻliq nizolar va boshqalar) nomulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nikohni bekor qilish bilan bir vaqtda mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalaridan nikohni bekor qilganlik uchun va mol-mulkni boʻlganlik uchun davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarishga asos boʻlgan sharoitlar bartaraf etilganidan soʻng takroran beriladigan daʼvo arizalariga (arizalarga, shikoyatlarga) davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat davlat boji takroran toʻlanishining oldini olish uchun ilova qilinishi mumkin.
(337-moddaning yigirma ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan hollarda daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda davlat boji, agar javobgar davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bildirilgan talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan boʻlsa, shu shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.
(337-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuniga asosan yigirma toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan sudda koʻrilishi kerak boʻlgan bir necha ishlar uchun bir toʻlov topshiriqnomasi boʻyicha davlat boji oʻtkazilgan hollarda topshiriqnoma ishlarning biriga ilova qilinadi. Mazkur ish boʻyicha toʻlangan davlat bojining summasi toʻgʻrisida qolgan ishlarga belgi qoʻyiladi va toʻlov topshiriqnomasi qoʻshib qoʻyilgan ish koʻrsatiladi.
(337-moddaning yigirma beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda, undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi. Daʼvo undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan daʼvo ishini yuritish tartibida qoʻzgʻatilgan taqdirda u toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji hisobiga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari mavjud boʻlmagan, bu xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan taqdirda, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga sudning ajrimiga koʻra davlat bojini kechiktirib toʻlashga ruxsat berilishi mumkin. Bank tasdigʻida sudga murojaat qilingan sanadan koʻpi bilan uch kun oldingi sana qayd etilgan boʻlishi lozim.
(337-moddaning yigirma oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvo bilan iqtisodiy sudga murojaat qilgan taqdirda aksiyadorlarga davlat bojini toʻlash muddati kechiktirilib, bu boj keyinchalik aybdor tarafdan undirib olinadi.
(337-modda yigirma yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338-modda. Notarial harakatlar bajarilganligi uchun davlat boji undirishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlar davlat notarial idoralari tomonidan bajarilganligi uchun davlat boji notarial harakatlar amalga oshirilganda undiriladi, notarial idoralardagi ishlarda mavjud boʻlgan hujjatlarning dublikatini, hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun esa ular berilayotganda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻlashdan bir taraf ozod etiladigan bitimlar boʻyicha davlat bojini boshqa taraf toʻliq toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idorasi depozitiga qabul qilish uchun pul summalari pochta orqali yoki bankdan kelib tushgan hollarda davlat bojining tegishli summalari kelib tushgan puldan ushlab qolinadi, ularning qoldigʻi esa depozitga qabul qilinadi. Ushlab qolingan davlat boji summalari davlat notarial idorasi depozit summalarini bankka navbatdagi topshirish chogʻida budjetga oʻtkazilib, bank kvitansiyasi notarial idora ishlarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idorasi binosidan tashqarida amalga oshiriladigan notarial harakatlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, bundan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarida notariuslarning sayyor qabullari chogʻida amalga oshiriladigan notarial harakatlar, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning ishonchnomalarini notarial tartibda tasdiqlash mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta merosxoʻr (shu jumladan qonun boʻyicha, vasiyatnoma boʻyicha va merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega merosxoʻrlar) boʻlgan hollarda davlat boji har bir merosxoʻrga tegishli meros ulushidan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan merosxoʻrlar (shu jumladan, meros qoldiruvchilarning bolalari boʻlmagan merosxoʻrlar) mavjud boʻlgan taqdirda davlat boji faqat voyaga yetgan merosxoʻrlardan ularning merosdagi ulushiga mutanosib ravishda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma merosxoʻrlarning arizasi boʻyicha meros mol-mulkning bir qismiga berilayotgan boʻlsa, davlat boji mol-mulkning berilayotgan guvohnomada koʻrsatilgan qismi uchun belgilangan stavka boʻyicha hisoblab chiqariladi. Keyinchalik mol-mulkning qolgan qismiga guvohnoma berilganida davlat boji mol-mulkning umumiy qiymatidan hisoblab chiqariladi, toʻlashga esa hisoblab chiqarilgan summa bilan birinchi guvohnoma berilganligi uchun toʻlangan summa oʻrtasidagi farq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun boʻyicha bir vaqtning oʻzida boshqa merosxoʻrlar mavjud boʻlgan taqdirda, meros mol-mulkning bir qismi merosxoʻrlarga vasiyatnoma boʻyicha oʻtgan hollarda davlat boji vasiyatnoma boʻyicha mol-mulkning qismidan alohida hisoblab chiqariladi, qolgan mol-mulkning qismidan esa umumiy tartibda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun boʻyicha va vasiyatnoma boʻyicha meros qilib olinayotgan mol-mulkdan merosning majburiy ulushi ajratilgan hollarda davlat boji qonunga binoan vorislik huquqi boʻyicha oʻtayotgan butun mol-mulkning qismidan, shu jumladan majburiy ulush bilan birga hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning ilgari berilgan guvohnomalar haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorlari asosida beriladigan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi takroriy guvohnomalar uchun davlat boji umumiy asoslarda undiriladi. Bunda birlamchi guvohnoma uchun toʻlangan davlat boji summasi qaytarilishi yoki soliq toʻlovchining arizasiga koʻra yangi guvohnoma berganlik uchun beriladigan summa hisobiga, agar summalar budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran fuqarolik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan daʼvo muddati tugamagan boʻlsa, oʻtkazilishi lozim. Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan har qanday shartnoma takroran tasdiqlangan taqdirda ham masala xuddi shunday tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idorasi reyestrida takroriy guvohnomalar va shartnomalarni qayd qilishda tegishli katakchada davlat boji qachon va qancha summada undirilganligi hamda undirish toʻgʻrisidagi yozuv qayerda borligi koʻrsatiladi. Bunda notarial idora ishlarida qoladigan asosiy hujjatlarga sudning tegishli guvohnomalar va shartnomalarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorlari ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan sertifikatlar va akkreditivlarga doir merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er-xotinning birgalikda yashaganda olingan va er-xotindan birining vafotidan keyin qolgan mol-mulkka doir merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun davlat boji meros boʻyicha haqiqatda oʻtayotgan mol-mulkning qismidan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji mutanosib ravishda undiriladigan notarial harakatlar bajarilganda uni hisoblab chiqarish taraflar koʻrsatgan summadan ushbu moddada belgilangan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiralar, dala hovlilari, garajlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlarni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji summasi ularning umumiy maydonidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi koʻchmas mulkning alohida toifalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat bojini hisoblab chiqarishning boshqacha tartibini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng kam va eng koʻp summa koʻrsatilgan shartnomalarni tasdiqlashda davlat boji eng koʻp summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayirboshlash shartnomalari boʻyicha davlat boji yuqori boʻlgan mol-mulkdan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartlariga koʻra toʻlovlar summasida ijaraga oluvchi tomonidan quriladigan imoratlar va boshqa inshootlar, xonalarni jihozlash qiymati, shuningdek ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan kapital taʼmirlash va boshqa shu kabilarning qiymati hisobga olinadigan mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda hisoblab chiqariladigan va undiriladigan davlat bojining summasi amalga oshiriladigan xarajatlarning qiymati hisobga olingan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro yozuvlari boʻyicha yozuvni amalga oshirganlik uchun tegishli davlat boji summasi undiruvchi uni toʻlashdan ozod qilingan taqdirda yozuv boʻyicha qarz undirilayotganda qarzdordan undiriladi.
(338-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
339-modda. Konsullik yigʻimini toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik yigʻimi konsullik harakatlari amalga oshirilguniga qadar toʻlanadi. Konsullik yigʻimlari budjet daromadiga oʻtkaziladi. Konsullik yigʻimlarining toʻlangan summalari qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik yigʻimlari summalarini budjetga, shuningdek chet elda toʻlangan konsullik yigʻimlarini Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi va uning konsullik muassasasining maxsus bank hisobvaraqlariga hisoblab chiqarish, undirish va hisobga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Konsullik harakatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarflangan xarajatlarni qoplash va kelib tushgan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1273, 18.09.2003-y.).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
340-modda. Davlat bojini boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan undirishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun davlat boji dalolatnomalarni roʻyxatda qayd etish chogʻida, takroriy guvohnomalar berganlik uchun esa, ular berilayotganida toʻlanadi.
(340-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elga chiqish, Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirganlik uchun, bu hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritganlik uchun, shuningdek yashash guvohnomasini, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berganlik yoki ularning muddatini uzaytirganlik yoxud chet ellik fuqarolarning pasportlariga yoki ularning oʻrnini bosadigan hujjatlariga chiqib ketish yoki kirib kelish huquqini beradigan vizalar qoʻyganlik uchun davlat boji tegishli hujjatlar olinguniga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi arizalardan esa, bunday arizalar berilguniga qadar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet eldan kirish va chet elga chiqish huquqini beruvchi hujjatlarni, yashash guvohnomasini, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berganlik yoki ularning muddatini uzaytirganlik, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi arizalardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan chet elga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlardan davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elga xizmat safariga yuborilgan xodimlar bilan birgalikda ularning xotini va bolalari xizmat safarining butun muddatiga safarga borganida davlat boji xizmat safariga yuborilganlarning oʻzlaridan undirilgani kabi tartibda va miqdorlarda undiriladi. Oila aʼzolari chet elga xizmat safariga yuborilgan shaxsning oldiga mehmon boʻlib oddiy safarga borganlarida davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vizalar berganlik uchun davlat boji har bir shaxsga alohida viza yoki bir nechta shaxsga umumiy viza berilayotganligidan qatʼi nazar, oʻn olti yoshga toʻlgan har bir shaxsdan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini turar joyga qayd etganlik va turgan joyi boʻyicha hisobga olganlik, ov qilish huquqi uchun ruxsatnoma berganlik uchun davlat boji hujjat berilayotganda toʻlanadi.
(340-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341-modda. Davlat boji toʻlovlarini va tushumlarini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji naqd pulsiz oʻtkazilganligiga doir toʻlov topshiriqnomalari, davlat bojini toʻlash uchun pul qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya davlat bojini undiradigan davlat organlarida qoladigan tegishli materiallarga qoʻshib qoʻyiladi.
(341-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni roʻyxatdan oʻtkazish reyestrida kiritilgan davlat boji summasi, davlat boji toʻlanganligi haqidagi hujjatning sanasi va raqami koʻrsatiladi.
(341-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
(341-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
(341-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
(341-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchilar davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan hollarda, tegishli hujjatlarga (reyestrlarga, daftarlarga va boshqa shu kabilarga) tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilingan holda belgi qoʻyiladi bundan pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomalarni tasdiqlash hollari mustasno.
(341-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji tushumlarini hisobga olish davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tegishli davlat organlari bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2760, 05.02.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji tushumlari boʻyicha hisobot davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342-modda. Davlat bojini qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman qaytarilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlanganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad etganda, shuningdek davlat notarial idoralari notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etganda;
(342-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilish rad etilganda;
(342-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) davlat boji toʻlangan daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) yoki apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati sudga kelib tushmaganda;
(342-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-513-sonli Qonuniga asosan 31-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/513/2449-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) agar ish sudga taalluqli boʻlmasa, ishni yuritish tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ariza koʻrmasdan qoldirilganda, agar u muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51) sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52) agar taraflar oʻrtasida nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish toʻgʻrisida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53) agar taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda;
(342-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan 51 — 53-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ishda qatnashgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) daʼvogar nizoni sudga qadar hal etish (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etmaganida, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) voyaga yetmagan bolalari boʻlmagan er-xotinning nikohi oʻzaro rozilik asosida bekor qilinganligini qayd etish uchun davlat boji toʻlanganda, agar er-xotinning yarashishi yoki ulardan birining sudga kelmaganligi tufayli nikohni bekor qilish amalga oshirilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) agar ishda qatnashayotgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish huquqi uchun hujjat berish rad etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa hollarda ham toʻliq yoki qisman qaytarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji summalarini qaytarish toʻlovchining yozma arizasiga binoan yoki sudning hal qiluv qarorlari asosida amalga oshiriladi. Davlat boji summasini qaytarish uchun arizachi davlat bojini undirgan tegishli davlat organiga yoki tashkilotga murojaat qilishi kerak. Davlat bojini undirgan davlat organi yoki tashkilotning rahbari uni qaytarish qonuniyligini tasdiqlagan taqdirda, davlat organi yoki tashkilot va davlat bojining boshqa oluvchilari ilgari oʻz hisobvaraqlariga oʻtkazilgan davlat boji summalarining tegishli qismlarini qonun hujjatlariga muvofiq qaytaradilar. Oʻz navbatida, davlat organi yoki tashkilot qaytarilishi lozim boʻlgan, ilgari davlat budjeti daromadiga oʻtkazilgan davlat boji summasining bir qismini qaytarish toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organiga yozma shaklda xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji summasini qaytarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj toʻlovlarining umumiy qoidalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVIII BOʻLIM. BOJXONA TOʻLOVLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343-modda. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari bojxona ishini amalga oshirishda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan bojxona toʻlovlarini undiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 344-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VIII boʻlimi (“Bojxona toʻlovlari”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlovchilar, bu toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash, qaytarish va undirish tartibi, shuningdek bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VIII boʻlimi (“Bojxona toʻlovlari”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishda aksiz soligʻi hamda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi, shuningdek mazkur soliqlar boʻyicha imtiyozlar ushbu Kodeksda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344-modda. Bojxona toʻlovlarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda hamda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda bojxona toʻlovlarining quyidagi turlari toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boj;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yigʻimlari. Bojxona yigʻimlarining roʻyxati va ularning stavkalari qonun hujjatlarida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VIII boʻlimi (“Bojxona toʻlovlari”), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 204-sonli “Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.05.00 (Кучини йукотган) Savdo huquqi uchun yigʻim, shu jumladan alohida tovar turlari bilan savdo qilish huquqi uchun litsenziya yigʻimlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIX BOʻLIM. TOVARLARNING AYRIM TURLARI BILAN CHAKANA SAVDO QILISH VA AYRIM TURDAGI XIZMATLAR KOʻRSATISH HUQUQI UCHUN YIGʻIM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim joriy qilingan tovarlar savdosini va xizmatlar koʻrsatishni belgilangan tartibda amalga oshirayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim toʻlovchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va xizmatlarning qonun hujjatlarida belgilanadigan roʻyxati tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish uchun yigʻim obyektidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347-modda. Yigʻimni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim yigʻim stavkalarining qonun hujjatlarida belgilangan oylik miqdori doirasida hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimning aniq stavkasi mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlari tomonidan belgilanadi va qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori stavkalardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim boʻyicha hisob-kitob faoliyat amalga oshirilayotgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil davomida tegishli ruxsat guvohnomasini (mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining qarorini) olgan soliq toʻlovchilar tomonidan — ruxsat guvohnomasi (mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining qarori) berilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritayotgan soliq toʻlovchilar tomonidan — har yili hisobot yilining 15-yanvarigacha taqdim etiladi.
(347-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XX BOʻLIM. SOLIQ SOLISHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348-modda. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun qoʻllaniladi va yagona soliq toʻlovini, yagona yer soligʻini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda toʻlashning maxsus qoidalari qoʻllanilishini, shuningdek mazkur soliqlar boʻyicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi.
(348-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliqlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jami umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻrniga toʻlanadi, ushbu Kodeksning 349-moddasida sanab oʻtilganlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri mobaynida, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan hollarda, soliq solish tartibi oʻzgargan taqdirda, soliq toʻlovchi bu haqda soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi. Bunda oʻtgan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻsha davrda amal qilgan soliq solish tartibidan kelib chiqqan holda toʻlash boʻyicha majburiyatlar soliq toʻlovchilarda saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari boʻlgan, soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllaydigan yuridik shaxslar investitsiya loyihasi amalga oshirilmaganligi toʻgʻrisida xulosani berishga haqli boʻlgan vakolatli organning xulosasi chiqarilganidan keyingi oydan eʼtiboran umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtadi.
(348-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldrilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349-modda. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda ayrim umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga doir majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq toʻlovchilar uchun, agar ushbu Kodeksning 373-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlov manbaida soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlari saqlanib qoladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda toʻlov manbaida undiriladigan foyda soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 207-moddasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan obyektlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ushbu Kodeksning 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ushbu Kodeksning 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bundan yagona yer soligʻini toʻlovchilar mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi (agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bundan yagona yer soligʻini toʻlovchilar mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bundan yagona yer soligʻini toʻlovchilar mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona ijtimoiy toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat bojlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim.
(349-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 (Кучини йукотган) Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.02 (Кучини йукотган) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.04 (Кучини йукотган) Notariuslarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.11 (Кучини йукотган) Boshqa tashkilotlarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-bob. Yagona soliq toʻlovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soliq davrida olingan yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshmagan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — soliq davrida oddiy shirkat faoliyatidan olingan yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) soliq davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshgan, lekin bir milliard soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, bundan ushbu moddaning 4-bandida koʻrsatilganlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) soliq davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bir milliard soʻmdan oshmagan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tijorat subyektlarining milliy reyestriga kiritilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) soliq davrida olingan yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshmagan oilaviy korxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) notijorat tashkilotlar daromadlarining soliq davrida tadbirkorlik faoliyatidan olingan qismi boʻyicha, soliq davrida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari bir milliard soʻmdan oshmasligi sharti bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha hamda vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar yillik aylanmaning (tushumning) belgilangan chegaraviy miqdorini tovar aylanmasidan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq toʻlovi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz soligʻiga tortiladigan mobil aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 57-bobiga muvofiq yagona yer soligʻi toʻlash nazarda tutilgan faoliyat doirasidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot taqsimotiga oid bitimlarning ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(350-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351-modda. Yagona soliq toʻlovini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 350-moddasi birinchi qismining 1 va 6-bandlarida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar yagona soliq toʻlovini toʻlashni nazarda tutadigan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan soliqlar toʻlashni tanlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtish uchun soliq toʻlovchilar yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtishi toʻgʻrisida soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda, yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtilayotgan joriy hisobot davri birinchi oyining 10-sanasidan kechiktirmay xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tuzilayotgan yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida tanlangan soliq solish tartibini koʻrsatish orqali yagona soliq toʻlovini toʻlash tartibini tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar yagona soliq toʻlovini toʻlashdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda, hisobot davri tugaganidan soʻng oʻn kun ichida davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot davridan boshlab umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davrida olingan yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshgan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar belgilangan chegaraviy miqdor oshib ketgan oydan keyingi oyning boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtadi.
(351-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(352-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli soliq solish obyektlari va (yoki) yagona soliq toʻlovi stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar shu faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliq toʻlovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlashlari kerak. Bunda ushbu Kodeks 355-moddasining ikkinchi qismi 2-bandida koʻrsatilgan daromadlarga asosiy (soha) faoliyat turi uchun belgilangan yagona soliq toʻlovi stavkalari boʻyicha soliq solinadi.
(353-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(353-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kamida oʻn ikki oydan soʻng yagona soliq toʻlovini toʻlashga qayta oʻtishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 351-moddasining beshinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar, agar joriy soliq davri yakunlariga olingan yalpi tushumi belgilangan chegaraviy miqdordan oshmasa, keyingi soliq davridan boshlab yagona soliq toʻlovini toʻlashga qayta oʻtishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq toʻlovini toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan birinchi chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar ushbu Kodeksning 199-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan oborotni amalga oshirsa, qoʻshilgan qiymat soligʻini ixtiyoriy asosda toʻlashi mumkin. Yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish uchun hisobot davri boshlanishidan kamida bir oy oldin, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar esa oʻz faoliyatini amalga oshirishni boshlaguniga qadar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar tomonidan rad etish soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda, keyingi soliq davri boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmay taqdim etiladigan yozma bildirish asosida, faqat navbatdagi soliq davrining boshidan eʼtiboran amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash ushbu Kodeksning VII boʻlimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(354-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yalpi tushum soliq solish obyektidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish maqsadida yalpi tushum tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qoʻshilgan qiymat soligʻini, va aksiz soligʻini chegirgan holda (ushbu soliqlarni toʻlaydigan soliq toʻlovchilar uchun) realizatsiya qilishdan tushgan tushum.
(355-modda ikkinchi qismi 1-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum deganda quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — oʻz kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan tushgan tushum. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi;
(355-moddaning ikkinchi qismi 1-bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun — tovar oboroti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar uchun — koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq summasi;
(355-moddaning ikkinchi qismi 1-bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(355-moddaning ikkinchi qismi 1-bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotereya oʻyinlarini tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun — oʻyin chiptalarini ularda koʻrsatilgan narx boʻyicha tarqatishdan tushgan tushum;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tannarxidan yoki olish bahosidan past baholarda (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olgan holda) realizatsiya qiluvchi, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tekin beruvchi yuridik shaxslar uchun — agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi yoki ularni olish bahosi (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olgan holda). Bunda baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun realizatsiya qilishdan olinadigan tushum belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi. Oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni jahon bozorida haqiqiy vujudga kelgan narxlar boʻyicha, shu jumladan tannarxidan past narxlar boʻyicha eksport qilish masalalarini koʻrib chiquvchi maxsus vakolatli organning qarorlari asosida ushbu tovarlarning tannarxidan past narxlar boʻyicha xorijiy valyutaga eksport qilinganda, soliq solish maqsadida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum tovarlarni realizatsiya qilishning haqiqiy bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ushbu norma ekologiya, sogʻlomlashtirish hamda xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, sogʻliqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, taʼlim muassasalariga bepul beriladigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
(355-moddaning ikkinchi qismi 1-bandi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) agar ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli kontraktlarni bajarishda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushadigan tushum ushbu Kodeks 130-moddasining yettinchi — oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda hisobot davri mobaynida uzoq muddatli kontraktlarni haqiqatda bosqichma-bosqich ijro etishga oid qismida hisobga olinadi.
(355-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda), shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar doirasida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) shartnoma muassislari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi hissasi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk boʻlingan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) tomonidan hissasi miqdorida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oldindan haq toʻlash (boʻnak) tariqasida boshqa shaxslardan olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) mulk huquqi ularga oʻtgan paytga qadar majburiyatlarni qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlash sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) budjetdan berilgan subsidiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) agar mablagʻlarni (mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni) oʻtkazish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilsa, tekin olingan mablagʻlar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) olingan grantlar va insonparvarlik yordami;
(355-modda toʻrtinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
(355-modda toʻrtinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining taʼminoti va ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga koʻra va (yoki) tekin kelib tushgan mablagʻlar.
(355-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan 9-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) tariqasida olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini koʻrsatishga oid boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, shuningdek komitent yoxud boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash hisobiga kelib tushgan mol-mulk (haq toʻlovi bundan mustasno);
(355-modda toʻrtinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) obyekt qiymatining ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) toʻlovining bir qismi tarzida qoplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektining muassislaridan (ishtirokchilaridan) uning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablagʻlar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu mablagʻlar soliq solish obyektiga kiritiladi va ularga soliq solinishi lozim;
(355-modda toʻrtinchi qismining 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) investor bilan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Balansning valyuta moddalarini qayta baholash chogʻida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar oʻrtasidagi saldo soliq solish obyekti hisoblanadi. Salbiy kurs farqi summasi ijobiy kurs farqi summasidan ortiq boʻlgan taqdirda oshib ketgan summa yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356-modda. Soliq solinadigan baza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 355-moddasiga muvofiq quyidagilar chegirib tashlangan holda hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solinadigan bazadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) toʻlov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar tariqasida olingan daromadlar;
(356-moddaning birinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan— Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular qaysi davrda paydo boʻlgan boʻlsa, oʻsha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻtkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq solinishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) koʻp oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va asosiy vositalarni tugatishda ularning ilgari qayta baholashlardagi qiymatining kamayishi summasidan ortgan qismi hisobiga olingan boshqa daromadlar;
(356-moddaning birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
(356-moddaning birinchi qismi 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi:
(356-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) lotereya oʻyinlarini tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun — yutuq (mukofot) fondining summasiga, biroq tarqatilgan chiptalarga chiqqan yutuqlarning (mukofotlarning) umumiy summasidan ortiq boʻlmagan miqdoriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) brokerlik tashkilotlari uchun — bitim summasidan birjaga oʻtkaziladigan vositachilik yigʻimi summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun — realizatsiya qilingan tovar ulushida tovarlarni import qilishda toʻlangan bojxona toʻlovlari summasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) turistik faoliyat subyektlari uchun — turistik xizmatlarni onlayn-bronlashtirish va sotish boʻyicha dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga.
(356-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan 5-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6) kalendar yil mobaynida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan belgilangan eng yuqori chegaraviy miqdordan oshganligi sababli yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — qatʼiy belgilangan soliqni toʻlash davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasiga.
(356-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan 6-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan baza quyidagilarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishdan oʻtkazishga, laboratoriya testlari va sinovlarini oʻtkazish uchun komplekslar olishga, biroq soliq solinadigan bazaning koʻpi bilan 25 foiziga. Soliq solinadigan bazani kamaytirish yuqorida koʻrsatilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan boshlab, texnologik asbob-uskuna boʻyicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab besh yil ichida amalga oshiriladi;
(356-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalar jumlasidan boʻlgan xodimlarga ipoteka kreditlari boʻyicha badallar toʻlashga va (yoki) mulk qilib uy-joy olishga tekin yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga, lekin soliq solinadigan bazaning koʻpi bilan 10 foiziga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357-modda. Yalpi tushumga tuzatish kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchida yalpi tushumga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bitim shartlari oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) baholar oʻzgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan yalpi tushumga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaga muvofiq yalpi tushumga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (ishni, xizmatni) yetkazib beruvchi yalpi tushumga tuzatish kiritishni ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish koʻrsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
(357-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358-modda. Imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq toʻlovini toʻlashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati hamda lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda boʻlgan xodimlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari — yagona yer soligʻi toʻlovchilar, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestriga kiritilgan kundan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa daromad turlari boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlashdan besh yil muddatga ozod etiladi.
(358-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil choragi hisobot davridir.
(359-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360-modda. Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish, uning hisob- kitoblarini taqdim etish va uni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq toʻlovi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun yagona soliq toʻlovi summasi budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga, lekin yagona soliq toʻlovi summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini ixtiyoriy ravishda toʻlashga kalendar yil boshidan eʼtiboran oʻtmagan toʻlovchilar yagona soliq toʻlovi summasini qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblab chiqarilgan hisobot davriga toʻgʻri keladigan summaga kamaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq toʻlovining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq toʻlovi quyidagicha toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay.
(360-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2065, 14.01.2010-y.), “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2203, 03.03.2011-y), “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2449, 04.04.2013-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361-modda. Soliqni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan tushum soliq toʻlovchining yalpi tushumiga toʻliq miqdorda qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan foyda soligʻining summasi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida yagona soliq toʻlovini toʻlash chogʻida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov xabarnomasi, chet davlat soliq organining maʼlumotnomasi yoki chet elda soliq toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat chet elda toʻlangan foyda soligʻining summasini hisobga olish uchun asos boʻladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.03 (Кучини йукотган) Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-bob. Yagona yer soligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yer soligʻini toʻlovchilar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xoʻjaliklari va taʼlim muassasalarining oʻquv-tajriba xoʻjaliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi:
(362-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va oʻzi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi boʻlgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻzlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va oʻzi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotini oʻz ichiga oluvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yagona yer soligʻini toʻlovchilar boʻladi.
(362-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar yagona yer soligʻini toʻlovchilar sifatida qaralmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon va ovchilik xoʻjaliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363-modda. Yagona yer soligʻini toʻlash tartibini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yer soligʻini toʻlash tartibini qoʻllash uchun soliq toʻlovchi har yili joriy soliq davrining 1-fevraliga qadar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga oʻtgan soliq davrida qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xoʻjaligi mahsulotining oʻzi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushi koʻrsatilgan maʼlumotnomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xoʻjaligi mahsulotining oʻzi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushini aniqlashda ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlar hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻtgan soliq davri yakunlari boʻyicha yagona yer soligʻi toʻlovchi ushbu Kodeks 362-moddasining ikkinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermasa, soliq toʻlovchi joriy soliq davrining boshidan boshlab ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashga oʻtishi kerak.
(363-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(363-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yer soligʻini toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchi umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq davrining birinchi choragi uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi.
(363-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashga oʻtgan yagona yer soligʻini toʻlovchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq faqat navbatdagi soliq davri boshidan boshlab yana yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtishga haqlidir.
(363-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 362-moddasining ikkinchi qismida belgilangan shartlarga javob beradigan qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xoʻjaliklari va taʼlim muassasalarining oʻquv-tajriba xoʻjaliklari faoliyatning yagona yer soligʻini toʻlash tatbiq etiladigan qismi boʻyicha soliq solishning boshqacha tartibini tanlash huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona yer soligʻi toʻlovchi mazkur faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishi va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashi shart.
(363-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(363-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yer soligʻini toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, dividendlar va foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar bundan mustasno.
(363-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikdagi faoliyatdan olinadigan daromadlarga yagona yer soligʻi toʻlovchida dividendlarga soliq solish uchun belgilangan stavkalar boʻyicha soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari obyektlari va maydonlaridan samarasiz foydalanilganligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan taqdirda, yagona yer soligʻini toʻlovchilar ushbu yer uchastkalari obyektlari va maydonlari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini ushbu Kodeks 2691-moddasining uchinchi qismida hamda 283-moddasining uchinchi qismida belgilangan tartibda toʻlaydi.
(363-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan oʻninchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364-modda. Maxsus qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari ijaraga (shu jumladan ichki xoʻjalik pudratiga) berilganida yagona yer soligʻini toʻlash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasida saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xoʻjaligini yuritish uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq solish obyektidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 46-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366-modda. Soliq solinadigan baza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan normativ qiymati soliq solinadigan bazadir.
(366-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida vujudga kelgan yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga boʻlgan huquq vujudga kelgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan boshlab kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarda yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozga boʻlgan huquqlar vujudga kelganda soliq solinadigan baza bu huquq vujudga kelgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozga boʻlgan huquq tugatilgan taqdirda, soliq solinadigan baza bu huquq tugatilgan oydan keyingi oydan boshlab koʻpaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367-modda. Imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yer soligʻini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
(367-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan eʼtiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun toʻliq miqdorda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar, yer uchastkasining qaysi qismida tomchilatib sugʻorishdan foydalanilayotgan boʻlsa, oʻsha qismida tomchilatib sugʻorish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga.
(367-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar — yagona yer soligʻi toʻlovchilarga ushbu Kodeks 282-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3671-modda. Yagona yer soligʻi stavkasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yer soligʻi stavkasi qishloq xoʻjaligi ekinlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
(3671-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368-modda. Soliq davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar yil soliq davridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yer soligʻi summasi yer uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer soligʻining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
(369-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yer soligʻining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1-mayigacha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer soligʻi yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab toʻlanadi. Yer uchastkasi olib qoʻyilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer soligʻini toʻlash yer uchastkasi olib qoʻyilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab toʻxtatiladi (kamaytiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida oʻzgargan, shuningdek yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq toʻlovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1-dekabrigacha yagona yer soligʻining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yer soligʻini toʻlash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
(369-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yilining 1-sentabrigacha — yillik soliq summasining 30 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yilining 1-dekabrigacha — soliqning qolgan summasi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.11 (Кучини йукотган) Boshqa tashkilotlarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-bob. Qatʼiy belgilangan soliq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir kalendar yilda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qatʼiy belgilangan soliqni toʻlovchilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir kalendar yil davomida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdor oshgan oyning keyingi oyidan boshlab yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish koʻradigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosigina qatʼiy belgilangan soliqni toʻlovchi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar qatʼiy belgilangan soliqni toʻlovchilar hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilganlar.
(370-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(371-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(372-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 370-moddasida koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida quyidagilarni ham toʻlaydi.
(373-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bojxona toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — suv resurslaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) aksiz soligʻi — aksiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yagona ijtimoiy toʻlov;
(373-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim.
(373-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va (yoki) yer uchastkasiga ega boʻlsalar, ushbu Kodeksning 48, 50-boblarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini muayyan muddatga toʻxtatsa, u oʻz faoliyatini toʻxtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani topshiradi. Bunda xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda topshiradi.
(373-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi arizani olgan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ kelgusi ish kuni tugaguniga qadar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi.
(373-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilganligi toʻgʻrisida taqdim qilingan va davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun qatʼiy belgilangan soliqni hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374-modda. Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining hisobini yuritishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish daftari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar cheklari daftari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorni soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari oxirgi yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran besh yil mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorda saqlanadi va ular raqamlangan, ip oʻtkazib bogʻlangan hamda tegishli davlat soliq xizmati organining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, bundan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlar olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, — yilning har bir choragi yakunlari boʻyicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har oyning yakunlari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3741-modda. Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar qatʼiy belgilangan soliqni ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda mazkur bobda belgilangan tartibga muvofiq toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor zimmasiga ushbu Kodeksning 311-moddasida belgilangan tartibda yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash majburiyati yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun hisobga olish kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun har bir yollangan xodimga yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblashni toʻxtatib turishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻz faoliyatini toʻxtatgan yakka tartibdagi tadbirkor davlat soliq xizmati organiga yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkalarini belgilangan muddatlarda taqdim etmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblash toʻxtatilmaydi.
(3741-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375-modda. Qatʼiy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar, qatʼiy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq toʻlovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanadi.
(375-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatning bir necha turi bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar qatʼiy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar boʻyicha alohida-alohida toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 10-kunidan kechiktirmay har oyda, soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy uchun belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanadi. Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qatʼiy belgilangan soliq eng yuqori stavka boʻyicha toʻlanadi.
(375-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyekti qatʼiy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin oʻn ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan eʼtiboran qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtilgan paytdan boshlab oʻn ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki faoliyat uch va undan koʻp oyga toʻxtatilgan taqdirda, qatʼiy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun toʻlanadi.
(375-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXI BOʻLIM. SOLIQ TOʻLOVCHILARNING AYRIM TOIFALARIGA SOLIQ SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.05 (Кучини йукотган) Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-bob. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar deyilganda chet davlatning fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek xorijiy nodavlat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.
(376-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq kiritilgan investitsiya hajmidan kelib chiqqan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yagona soliq toʻlovini toʻlashdan muayyan muddatga ozod qilinadilar.
(376-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 376-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan hududlarda joylashtirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foiz, aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa kamida 15 foiz boʻlganda;
(377-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berilganligi natijasida ularning qoʻllanilishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida 50 foizi yuridik shaxsni yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yoʻnaltirilganda.
(377-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-sonli “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ushbu Kodeks 376-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlarni olgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat tugaganidan keyin bir yil oʻtmasdan faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini oʻz mamlakatiga oʻtkazish va kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlarning summalari budjetga undirilganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bobda nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ushbu Kodeks 376-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlarni olgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yuridik shaxs belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar ushbu Kodeksning IV boʻlimida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda umumbelgilangan tartibda toʻlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2822, 26.08.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378-modda. Imtiyozlar qoʻllanilishi toʻgʻrisida bildirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bobda nazarda tutilgan imtiyozlarning qoʻllanilish mezonlariga mos keladigan yuridik shaxs imtiyozlarni qoʻllash boshlangan sana haqida soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda bildirishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 2822, 26.08.2016-y.) 12-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri mobaynida ushbu bobda nazarda tutilgan imtiyozlarga boʻlgan huquq yoʻqotilgan taqdirda, soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi davlat soliq xizmati organini soliq toʻlovchining imtiyozlarga boʻlgan huquqi yoʻqotilgan sana toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning (roʻyxat raqami 2822, 26.08.2016-y.) 13-bandi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.06 (Кучини йукотган) Oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyatni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-bob. Oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyatga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
379-modda. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sheriklarning (ishtirokchilarning) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikda foydalanadigan mol-mulki birgalikdagi faoliyatga qoʻshilgan hissa tarzida har bir sherikning (ishtirokchining) balansida hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish bilan bogʻliq holda vujudga keladigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash boʻyicha majburiyatlar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi shaxs (ishonchli shaxs) tomonidan ijro etiladi. Bunda, agar oddiy shirkat shartnomasi sheriklarining (ishtirokchilarining) biri yuridik shaxs boʻlsa, faqat yuridik shaxs ishonchli shaxs boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar ishtirokidagi birgalikdagi faoliyat natijalariga soliq solish, ushbu Kodeksning 380 va 381-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar oddiy shirkat shartnomasining barcha sheriklari (ishtirokchilari) yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻlsa, birgalikdagi faoliyatga soliq solish ushbu Kodeksning 382-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli shaxs vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs soliq solish obyektlari va birgalikdagi faoliyat boʻyicha soliq solish bilan bogʻliq obyektlar hisobini alohida-alohida yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bobda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatilayotgan ishonchli shaxs oddiy shirkat shartnomasi asosida birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishni boshlagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ishonchli shaxsning soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organida birgalikdagi faoliyat doirasida soliq majburiyatlarini bajaruvchi soliq toʻlovchi sifatida hisobga turishi shart.
(379-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
380-modda. Ishonchli shaxsda birgalikdagi faoliyatga soliq solish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli shaxs birgalikdagi faoliyatga soliq solishning ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda birgalikda chiqariladigan mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hisobini alohida-alohida yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli shaxs birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish oborotlari boʻyicha ushbu Kodeksda belgilangan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi (aksiz toʻlanadigan tovar realizatsiya qilingan taqdirda) toʻlaydi.
(380-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi boʻlmagan ishonchli shaxs birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi sifatida davlat soliq xizmati organida hisobga turishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli shaxs hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirgan holda birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda realizatsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan sof tushum bilan realizatsiya qilingan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga toʻgʻri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablagʻlar summasi oʻrtasidagi farq tarzida aniqlanadi.
(380-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) oʻrtasida har bir sherikning (ishtirokchining) hissasi ulushi asosida yoki oddiy shirkat shartnomasi shartlariga muvofiq taqsimlanadi hamda har bir sherikning (ishtirokchining) boshqa daromadlari tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy shirkat shartnomasining amal qilishi tugatilgan va mol-mulk ushbu shartnoma sheriklariga (ishtirokchilariga) qaytarilgan taqdirda, har bir sherikning (ishtirokchining) oʻzi kiritgan hissasi miqdori doirasida olingan mablagʻlari oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiya qilinmasdan oddiy shirkat shartnomasi sheriklari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlab olinsa, ishonchli shaxs tomonidan birgalikdagi faoliyat sheriklaridan (ishtirokchilaridan) ushbu Kodeks 381-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga mazkur Kodeksning 220-moddasida belgilangan tartibda tuzatish kiritilishi va bu summa ilgari uni ishonchli shaxsga topshirgan sherikka (ishtirokchiga) qaytarib berilishi lozim. Bunda ushbu qismga muvofiq tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliq summasi topshiriladigan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning qiymatiga kiritilmaydi va birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning tegishli hissasini oladigan sheriklar (ishtirokchilar) tomonidan hisobga olinadi. Tuzatish kiritilgan soliq summasi ushbu moddaning toʻqqizinchi qismiga muvofiq mazkur mol-mulkni topshirish rasmiylashtiriladigan hujjatlarda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli shaxs birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni sheriklariga (ishtirokchilariga) topshirayotganda ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq aniqlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini koʻrsatgan holda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi. Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni topshirish uchun rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobida sherikning (ishtirokchining) ushbu soliq summasini hisobga olishi uchun asos boʻladi. Hisobvaraq-fakturadagi “tovar joʻnatish hujjatlarining yoki shartnomalarning raqami va sanasi” satriga “birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning taqsimoti” degan belgi qoʻyiladi;
(380-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381-modda. Oddiy shirkat shartnomasi sherigida (ishtirokchisida) birgalikdagi faoliyatga soliq solish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirish sheriklar (ishtirokchilar) oʻrtasida kelishilgan qiymat boʻyicha yoki buxgalteriya hisobi hujjatlarida hisobga olinadigan balans qiymati boʻyicha amalga oshiriladi hamda unga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan olingan va birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirilayotgan mol-mulk boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilayotgan ishonchli shaxsda hisobga olish uchun qabul qilinadi. Bunda oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) birgalikdagi faoliyatga topshirilayotgan mol-mulk boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish uchun qabul qilmaydi. Agar kiritilayotgan mol-mulk boʻyicha ilgari qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish amalga oshirilgan boʻlsa, mol-mulk birgalikdagi faoliyatga topshirilgan davrda ilgari mazkur mol-mulk olinganda hisobga olish uchun qabul qilingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi kamayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi) oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirgan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblanmaydi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish vaqtida ilgari hisobga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga ushbu Kodeksning 220-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatish kiritilishi lozim. Bunda ushbu qismga muvofiq tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliq summasi topshirilayotgan mol-mulkning qiymatiga kiritilmaydi va birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi ishonchli shaxs tomonidan hisobga olinadi. Tuzatish kiritilgan soliq summasi ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq mazkur mol-mulkni topshirish rasmiylashtiriladigan hujjatlarda koʻrsatiladi.
(381-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy shirkat shartnomasining birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida mol-mulk topshirayotgan sherigi (ishtirokchisi) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda ishonchli shaxs tomonidan hisobga olinishi uchun topshirilayotgan mol-mulk boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini koʻrsatgan holda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi. Birgalikdagi faoliyatga topshirilgan mol-mulk boʻyicha rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot boʻyicha budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisob-kitob qilishda soliqning ushbu summasini ishonchli shaxs tomonidan hisobga olish uchun qabul qilishga asos boʻladi. Hisobvaraq-fakturada “joʻnatiladigan tovarlar hujjatlari yoki shartnomalar raqami va sanasi” degan katakchada “birgalikdagi faoliyatga hissa” degan belgi qoʻyiladi.
(381-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromadlarga soliq solish oddiy shirkat shartnomasi sherigiga (ishtirokchisiga) soliq solishning amaldagi tartibiga muvofiq oddiy shirkat shartnomasining har bir sherigida (ishtirokchisida) boshqa daromadlar tarkibida amalga oshiriladi. Bunda, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qatʼiy belgilangan soliq toʻlovchilar (yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar), shuningdek yagona yer soligʻini toʻlovchilar boʻlgan oddiy shirkat shartnomasi sheriklarining (ishtirokchilarning) birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlariga dividendlarga soliq solishda belgilangan stavkalar boʻyicha soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlariga, shu jumladan ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq birgalikdagi faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlarning birgalikdagi faoliyatdan olgan daromadlariga, agar yakka tartibdagi tadbirkorlar birgalikdagi faoliyat doirasida ushbu Kodeksning 375-moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq toʻlangan faoliyat turini amalga oshirayotgan boʻlsa, ushbu moddaning beshinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydi.
(381-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382-modda. Faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar amalga oshiradigan birgalikdagi faoliyatga soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyat faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi ishonchli shaxs mazkur mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan, ushbu Kodeks 350-moddasi birinchi qismining 2-bandida belgilangan miqdordan kam boʻlmagan tushumdan yagona soliq toʻlovini, shuningdek, agar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot aksiz toʻlanadigan mahsulot boʻlsa, aksiz soligʻini toʻlaydi.
(382-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq toʻlovi birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiya qilinmasdan, birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlab olingan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda yagona soliq toʻlovi summasi birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish doirasida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yagona soliq toʻlovi hisob-kitobining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(382-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 512-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.07 (Кучини йукотган) Dehqonchilik xoʻjaliklarini soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-bob. Dehqon xoʻjaliklariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383-modda. Dehqon xoʻjaliklariga soliq solish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari ushbu Kodeksda jismoniy shaxslar — soliq toʻlovchilar uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda dehqon xoʻjaliklari quyidagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim.
(383-modda ikkinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaligi aʼzolari ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlash bilan bir qatorda ushbu Kodeksning 311-moddasida nazarda tutilgan tartibda yagona ijtimoiy toʻlov toʻlaydi.
(383-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaligi aʼzolari qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish, oʻzlari yetishtirgan mahsulotni qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat bilan shugʻullangan taqdirda, ular yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtishlari hamda ushbu Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan tartibda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashlari shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.08 (Кучини йукотган) Bozorlarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-bob. Bozorlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384-modda. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 42-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish Qoidalarining 4 — 9-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlarning daromadlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tushumlar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 386-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish Qoidalarining 38-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
385-modda. Patta toʻlovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patta toʻlovini bozorlarda tovarlar, buyumlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotishni amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patta toʻlovi har bir sotish joyidan savdo qilingan har bir kun uchun yoki har bir tovar, buyum, chorva mol uchun undiriladigan qatʼiy belgilangan toʻlovdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs bilan tuzilgan ijara shartnomasiga binoan savdo joyi uchun ijara haqi toʻlanadigan hollarda, patta toʻlovi summasi ijara haqi tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patta toʻlovi har bir toʻlovchidan naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda, bir vaqtning oʻzida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining chekini yoki terminal chekini berish orqali undiriladi.
(385-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-359-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 685-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patta toʻlovi miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(385-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
386-modda. Boshqa tushumlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlarning boshqa tushumlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ijara toʻlovidan olingan daromadlar. Ijara toʻlovi bozor maʼmuriyatining tasarrufida boʻlgan binolar, inshootlar hamda boshqa mol-mulkdan foydalanganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi;
(386-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sotuvchilarga va sotib oluvchilarga xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) bozor maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi tovarlarini tayyorlash, xarid qilish va realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (dehqon bozorlari uchun). Bunda realizatsiya qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati oʻrtasidagi farq daromaddir;
(386-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara toʻlovining va bozor maʼmuriyati koʻrsatadigan xizmatlar qiymatining miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(386-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari (roʻyxat raqami 2412, 16.01.2013-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
387-modda. Bozorlarga soliq solish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlarning ushbu Kodeks 385 va 386-moddalarida koʻrsatilgan daromadlaridan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar zimmasida toʻlov manbaida soliqlar va majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha majburiyatlar hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga quyidagilarni toʻlash majburiyatlari saqlanib qoladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(387-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim.
(387-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar daromadlarining umumiy summasidan, 50 foizi bozorlar joylashgan joydagi tegishli mahalliy budjetlarga belgilangan tartibda yoʻnaltiriladi. Qolgan 50 foizi bozorlar maʼmuriyati tasarrufida qoladi va ulardan joriy xarajatlarni qoplash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, bozorlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning roʻyxatini kengaytirish, sifatini yaxshilash uchun foydalaniladi.
(387-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlari bozorlar tomonidan amalga oshirilganda, bunday faoliyatdan olingan daromadlarga ushbu Kodeksning 58-bobiga muvofiq qatʼiy belgilangan soliq solinadi. Bunda mazkur daromadlarga ushbu modda uchinchi qismining qoidalari tatbiq etilmaydi.
(387-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-241-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 556-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bozorlar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlagan shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlarni budjetga oʻtkazish olingan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan bir oyda bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bob qoidalari ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51 foizdan kam boʻlmagan yuridik shaxslar — savdo komplekslariga tatbiq etiladi.
(387-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.09 (Кучини йукотган) Gastrol-konsert faoliyatini olib boruvchi shaxslarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar konsert-tomosha faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.
(388-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya oladigan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan stavka boʻyicha davlat boji toʻlaydi.
(388-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji stavkalari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun davlat boji toʻlovchi yuridik shaxslar mazkur faoliyat turi boʻyicha ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan ozod etiladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno.
(389-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxslar zimmasida quyidagilarni toʻlash majburiyati saqlanib qoladi:
(389-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(389-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim;
(389-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat turlari bilan shugʻullanganlarida soliq toʻlovchi faoliyatning mazkur turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi shart. .
(389-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat turlari bilan shugʻullangan taqdirda, davlat boji ushbu Kodeksning XVII boʻlimida nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
(389-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun davlat boji toʻlovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq toʻlashdan ozod etiladi.
(390-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxslar zimmasida quyidagilarni toʻlash majburiyati saqlanib qoladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim.
(390-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun davlat boji toʻlovchi jismoniy shaxslar soliq solinadigan mol-mulk va (yoki) yer uchastkasiga ega boʻlsalar, ushbu Kodeksning 48 va 50-boblarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi.
(390-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan majburiy toʻlovlarni toʻlash bilan bir qatorda ushbu Kodeksning 311-moddasida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan tartibda yagona ijtimoiy toʻlov toʻlaydi.
(390-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.10 (Кучини йукотган) Advokatlik tashkilotlarni va advokatlarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-bob. Advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari, advokatlik byurolari va advokatlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391-modda. Advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolariga soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari nodavlat notijorat tashkilotlari sifatida faoliyatning advokatlar tomonidan yuridik yordam (xizmat) koʻrsatish bilan bogʻliq qismi boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlashdan ozod etiladilar, quyidagilar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim;
(391-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari (advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar ushbu Kodeksda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392-modda. Advokatlarning daromadlariga soliq solish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar tomonidan yuridik yordam (xizmat) koʻrsatganlik uchun olingan gonorarlar summalariga ushbu moddada belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi obyektidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam (xizmat) koʻrsatganlik uchun olingan summa bilan advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun oʻtkazilgan mablagʻlar summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan baza advokat daromadidan advokat gonorarida hisobga olinadigan yagona ijtimoiy toʻlov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlarning daromadlariga soliq solish ushbu Kodeksning 184—188-moddalariga muvofiq soliq agentlari — advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan amalga oshiriladi.