Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2025 06.05.1993 yildagi 837-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1076-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 31-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. ASOSIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi suvga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan oqilona foydalanishni taʼminlash, suvlarni bulgʻanish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvlarning zararli taʼsirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv obyektlarining holatini yaxshilashdan, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda —OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Suv toʻgʻrisidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida suvga doir munosabatlar ushbu Qonun hamda unga muvofiq chiqariladigan suv toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida suvga doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlari — yer sathidan pastda yer qobigʻining togʻ jinslari qatlamlarida joylashgan suvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer usti suvlari — yer qobigʻining ustida joylashgan suvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
melioratsiya obyektlari — kollektor-drenaj va yer usti tashlama suvlarini toʻplash hamda ularni sugʻoriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga koʻmaklashadigan, kollektorlarni va kollektor-drenaj tarmogʻini, vertikal drenaj quduqlarini, melioratsiya nasos stansiyalarini (agregatlarini) va kuzatuv tarmogʻini oʻz ichiga oladigan suv xoʻjaligi obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvlar — suv obyektlarida toʻplangan barcha suvlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmoli (suvni isteʼmol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilari uyushmasi — yuridik shaxs boʻlgan suv isteʼmolchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchisi — oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan yoki suv xoʻjaligi obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
(21-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha toʻplanadigan va suv rejimining oʻziga xos shakllari va belgilari boʻlgan tabiiy (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sunʼiy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (koʻllar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sunʼiy (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarini muhofaza qilish — suv obyektlarini saqlash va tiklashga qaratilgan tadbirlar tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv rejimi — suv obyektlari va tuproq-gruntda suv sathi, tezligi, sarfi va hajmining vaqt boʻyicha oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslari — foydalaniladigan yoki foydalanilishi lozim boʻlgan suv obyektlari suvlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi — iqtisodiyotning suv resurslarini va suv obyektlarini oʻrganish, hisobga olish, boshqarish, ulardan foydalanish, ularni muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli taʼsiriga qarshi kurashishni qamrab oluvchi tarmogʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyekti — suv resurslarini toʻplash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni isteʼmol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv xoʻjaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari — suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, suv omborlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari);
(21-moddaning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvlarning zararli taʼsiri — suv toshishi, suv bosishi, zax bosishi va suvlarning oʻzga taʼsirlari natijasida ayrim tabiiy-xoʻjalik obyektlari va hududlarning yuvilishi, buzilishi, loyqa choʻkishi, botqoqlanishi, shoʻrlanishi va boshqa salbiy hodisalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv yetkazib berganlik va boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun haq toʻlash — suv taʼminoti tashkilotlari (suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari va boshqalar) tomonidan koʻrsatiladigan suv yetkazib berish boʻyicha xizmatlar (bundan suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno) va boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari (suv xoʻjaligi obyektlarini taʼmirlash, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, suvni boshqarish va hisobga olish vositalaridan foydalanishda koʻmaklashish) uchun shartnoma asosida toʻlovlarni amalga oshirish;
(21-moddaning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transchegaraviy suv obyektlari — ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib oʻtadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transchegaraviy suvlar — ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib oʻtadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan har qanday yer usti yoki yer osti suvlari”;
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni bilan kiritilgan—OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Suvga davlat egaligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki — umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim boʻlib, u davlat tomonidan qoʻriqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Yagona davlat suv fondi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat suv fondi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jilgʻalar, soylar, daryolar, suv omborlari, koʻllar, dengizlardan, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, hovuzlarning suvlari va boshqa yer usti suvlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlari, qor zaxiralari va muzliklardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transchegaraviy suv obyektlarining (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlarining) suvlaridan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.
(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda —OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARINING SUVGA DOIR MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qabul qilish, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;
(5-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda suv xoʻjaligiga oid strategik davlat dasturlarini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasarrufiga kiradigan boshqa masalalarni hal etish.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan kompleks va oqilona foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan kompleks va oqilona foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli taʼsirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish sohasida vazirliklar, idoralar, boshqa yuridik shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv fondini hosil qilish va undan foydalanish tartibini, suvdan foydalanish, suv isteʼmoli meʼyorlarini va suv obyektidan suv olish limitlarini (bundan buyon matnda suv olish limitlari deb yuritiladi) tasdiqlash tartibini belgilash;
(6-moddaning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda —OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvlarning davlat tomonidan hisobga olib borilishini hamda suvdan foydalanishni nazorat qilish va ularni muhofaza etishni taʼminlash, davlat suv kadastri va suv monitoringini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik avariyalar, falokatlar, ekologiya tangligi va suvlarning zararli taʼsiri oldini olish hamda ularga barham berish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun haq toʻlash, suv obyektlarini bulgʻatganlik va quritib qoʻyganlik uchun haq undirish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish;
(6-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligini rivojlantirish, suvdan oqilona foydalanish, suvdan samarali foydalanish, suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, suv va suvdan foydalanishga doir boshqa dasturlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibini tasdiqlash;
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
(6-moddaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hududidagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza qilish sohasida qonuniylik hamda huquq-tartibotni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilarining qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlarini ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlash;
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlari holatini hisobga olib borish va ularga baho berish, suvlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishi, belgilangan suv olish limitlariga rioya etilishi, suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish hisobini yuritishlari ustidan nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha aniq yoʻnaltirilgan roʻyxatlarni shakllantirish va tasdiqlashda, shuningdek ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilari uyushmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini taʼmirlash hamda tiklash, tomorqa yerlariga suv yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash, suvlarning zararli taʼsir koʻrsatishini, shuningdek bulgʻanishini oldini olish va uni bartaraf etish hamda avariyalar, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida vayron boʻlgan obyektlarni tiklash yuzasidan tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish.
(7-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. SUVDAN FOYDALANISH VA UNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA NAZORATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda —OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (yer usti suvlari), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (yer osti suvlari) oʻz vakolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hisoblanadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining vazifasi suvdan foydalanish borasida belgilab qoʻyilgan tartibga barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari va fuqarolar rioya qilishlari, suvni muhofaza qilish, suvning zararli taʼsirining oldini olish va bartaraf qilish vazifalarini, suvni hisobga olish qoidalarini, shuningdek suv toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab berilgan boshqa qoidalarni bajarishlarini taʼminlashdir.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi OʻRQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Suvlardan va suv obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz ustavlariga muvofiq hamda fuqarolar suvlardan va suv obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga koʻmaklashadi. Davlat organlari bu tadbirlarni oʻtkazishda suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek fuqarolarning takliflarini hisobga olishi mumkin.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda —OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB. SUVLARNING VA SUV OBYEKTLARINING HOLATIGA TAʼSIR ETUVCHI KORXONALAR, INSHOOTLARNI HAMDA BOSHQA OBYEKTLARNI JOYLASHTIRISH, LOYIHALASH, QURISH, REKONSTRUKSIYA QILISH, TAʼMIRLASH, TIKLASH VA ISHGA TUSHIRISH
(IV-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda —OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tiklash va ishga tushirish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tiklash va ishga tushirishda, yangi texnologik jarayonlarni joriy etishda aholining sogʻligʻini saqlash va ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojlarini hamda maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirish talablariga rioya etgan holda suvdan oqilona foydalanish, shuningdek kollektor-drenaj suvlarini va oqova suvlarni chiqarib yuborishning qulay rejimi taʼminlanishi lozim. Bunda suv obyektlaridan olinadigan va shu obyektlarga qaytariladigan suvni hisobga olishni, suvlarni bulgʻanish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlashni, suvlarning zararli taʼsirining oldini olishni, yerlarning suv bosishini imkon qadar kamaytirishni, yerlarni shoʻrlanishdan, zax bosishdan yoki qaqrab qolishdan muhofaza qilishni, shuningdek qulay tabiiy sharoitlar va landshaftlarni saqlab qolishni taʼminlovchi tadbirlar nazarda tutiladi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari suv obyektlaridan dam olish va sport uchun foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan holda tuzilishi lozim.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda —OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Baliqchilik xoʻjaligi suv havzalarida korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ishga tushirish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchilik xoʻjaligi suv havzalarida yangi va taʼmirlangan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ishga tushirish chogʻida ushbu Qonun 15-moddasining talablariga rioya qilish bilan bir qatorda, baliq zaxiralariga yetkazilayotgan zararning oʻrnini qoplash, boshqa suv hayvonlari va oʻsimliklarini muhofaza qilish hamda ularni asrash, qayta tiklash va koʻpaytirishni taʼminlaydigan tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish lozim.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda —OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, taʼmirlanadigan va tiklanadigan joylarni belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, taʼmirlanadigan va tiklanadigan joylarni belgilash mazkur suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan qonunchilikka muvofiq kelishib olinadi.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash loyihalarining kelishib olinishi va davlat ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari hamda boshqa organlar bilan kelishib olinishi lozim, shuningdek qonunchilikka muvofiq davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Melioratsiya obyektlarini taʼmirlash va tiklash loyihalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish sharoitlariga koʻra aylanma suv taʼminotiga va chiqitsiz texnologiyaga oʻtkazilishi mumkin boʻlmagan sanoat korxonalarining suv bilan toʻxtovsiz taʼminlash tizimlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda —OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni ishga tushirishni taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvlarning bulgʻanishi va ifloslanishining oldini oluvchi qurilmalar bilan taʼminlanmagan, shuningdek suvlarning va suv obyektlarining holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi yangi hamda rekonstruksiya qilingan korxonalar, sexlar, agregatlarni, kommunal va boshqa obyektlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarning suv bosishi, zax bosishi, botqoqlanishi, shoʻrlanishining hamda tuproq eroziyasini oldini olishning loyihalarda nazarda tutilgan tadbirlari amalga oshirilmaguncha sugʻorish va suv bilan taʼminlash tizimlarini, suv omborlari va kanallarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyihalarga muvofiq suv qabul qiladigan va boshqa inshootlarni qurib bitkazmay turib, zax qochirish tarmoqlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyihalarga muvofiq baliqlarni saqlab qolish qurilmalari boʻlmagan suv olish inshootlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyihalarga muvofiq toshqin suvlarni va baliqlarni oʻtkazib yuboradigan qurilmalari tayyor boʻlmagan gidrotexnika inshootlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suv zaxiralari tasdiqlanmagan suv olish inshootlari guruhini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tartibga soluvchi qurilmalar bilan taʼminlamay turib va tegishli hollarda sanitariya muhofazasi zonalarini belgilamay turib, suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqlarni ishga tushirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlarini ularning oʻzanini loyihada koʻrsatilganidek tayyor qilib qoʻyish tadbirlari amalga oshirilmaguncha suv bilan toʻldirish taqiqlanadi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda —OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Suv obyektlaridan oʻtadigan koʻpriklar, oʻtish yoʻllarini hamda boshqa transport kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash loyihalarini kelishib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlaridan oʻtadigan koʻpriklar, oʻtish yoʻllarini va boshqa transport kommunikatsiyalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalari suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini nazorat qilish organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda zarur hollarda, energetika, arxitektura va qurilish organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan (daryo transporti yuzasidan) kelishib olinishi lozim, shuningdek toshqin suvlarini oʻtkazib yuborishni, suv obyektlaridan foydalanish rejimini, suvlarning ifloslanishiga, bulgʻanishiga va kamayib ketishiga yoʻl qoʻymaslikni, ularning zararli taʼsirining oldini olishni taʼminlovchi tadbirlar oʻtkazilishini nazarda tutishi kerak.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi suv obyektlaridan oʻtadigan koʻpriklar, oʻtish yoʻllarini hamda boshqa transport kommunikatsiyalarini taʼmirlash va tiklash loyihalari suv xoʻjaligi organlari bilan, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa organlar bilan kelishib olinishi hamda toshqin suvlarni oʻtkazib yuborishni, suv obyektlaridan foydalanish rejimini, suvlarning bulgʻanishi va ifloslanishining oldini olishni taʼminlovchi tadbirlar oʻtkazilishini nazarda tutishi kerak.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB. SUV OBYEKTLARIDA, SUV OBYEKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISH ZONALARI, SOHIL BOʻYI MINTAQALARIDA VA SANITARIYA MUHOFAZASI ZONALARIDA ISHLARNI BAJARISH
(V bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Suv obyektlarida, suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida ishlarni bajarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlarida, suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida, yer osti suvlari hosil boʻladigan hududlarda suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi qurilish, taʼmirlash, tiklash, oʻzan tubini chuqurlashtirish va portlatish ishlari, foydali qazilmalarni kavlab olish va suv oʻsimliklarini olish, kabellar, quvurlar hamda boshqa kommunikatsiyalarni oʻtkazish, daraxtlarni kesish, burgʻulash, qishloq xoʻjaligi ishlari va oʻzga ishlar qonunchilikka muvofiq bajariladi.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi ishlar ushbu Qonun talablariga muvofiq ravishda, ilmiy asoslangan norma va qoidalar asosida qishloq va suv xoʻjaligi, energetika, baliqchilik xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, maishiy va kommunal xoʻjalik manfaatlari hisobga olingan holda oʻtkaziladi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOB. SUVDAN FOYDALANUVCHILAR, SUV ISTEʼMOLCHILARI VA ULAR FOYDALANADIGAN OBYEKTLAR
(VI bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Suvdan foydalanuvchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, kommunal-maishiy soha, gidroenergetika korxonalari, boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar suvdan foydalanuvchilar boʻlishi mumkin.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-modda. Suv isteʼmolchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar suv isteʼmolchilari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182-modda. Suv isteʼmolchilari uyushmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilari uyushmalari asosan gidrografiya prinsipiga yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan boshqa shartlarga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaliklari, shuningdek yuridik shaxs boʻlgan boshqa suv isteʼmolchilari suv isteʼmolchilari uyushmalarining muassislari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer va dehqon xoʻjaliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv isteʼmolchilari suv isteʼmolchilari uyushmalarining aʼzolari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilari uyushmasi va uning xizmat koʻrsatish zonasida joylashgan aʼzolari, shuningdek boshqa suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari hamda oʻzga yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.
(182-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilari uyushmalarining faoliyatini moliyalashtirish oʻz aʼzolarining har yillik aʼzolik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilari uyushmalari suvdan foydalanish qoidalari buzilgan, suvdan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, shuningdek limitdan ortiqcha suv olingan, aʼzolik badallari, suv yetkazib berganlik va boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, qonunning hamda shartnoma shartlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilguniga qadar suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berishni toʻxtatishga haqli.
(182-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Suvdan foydalanish obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalanish obyektlari boʻlishi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik prinsiplari hamda boshqa shartlar asosida foydalanishga berilishi mumkin, bundan suv omborlari, sel-suv omborlari, shuningdek yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari mustasno.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-modda. Suv isteʼmoli manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari yoki ularning qismlari suv isteʼmoli manbalari boʻlishi va qonunchilikda belgilangan tartibda suv isteʼmoli uchun berilishi mumkin.
(191-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Suv obyektlaridan foydalanishni qisman yoki batamom taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida davlat ahamiyatiga yoxud alohida ilmiy yoki madaniy qimmatga ega boʻlgan suv obyektlaridan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda qisman yoki batamom taqiqlanishi mumkin.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BOB. SUVDAN FOYDALANISH VA SUV ISTEʼMOLI TURLARI
(VII bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Suvdan foydalanish turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektidan suv olish usuliga, suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etilishiga qarab suvdan foydalanish suvdan umumiy va maxsus foydalanishga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda oʻz ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish suvdan umumiy foydalanishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish suvdan maxsus foydalanishdir. Suvdan maxsus foydalanishga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan umumiy va maxsus foydalanish turlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(21-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxslarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv obyekti tanho foydalaniladigan suv obyektidir.
(21-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanho foydalanishga berilmagan suv obyekti birgalikda foydalaniladigan suv obyektidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda suv xoʻjaligi, sanitariya nazorati, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda foydalanishga beriladi.
(21-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari suvdan foydalanuvchilarga suv isteʼmolchilarining qishloq xoʻjaligi, ichimlik, davolash va maishiy ehtiyojlarini, aholining kurort, rekreatsiya va oʻzga ehtiyojlarini, sanoat, energetika, transport, baliqchilik xoʻjaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqova suvlarni oqizish uchun suv obyektlaridan foydalanishga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda hamda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
(21-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari bitta yoki ayni bir vaqtda bir nechta maqsadda foydalanishga berilishi mumkin.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-modda. Suv isteʼmoli turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadli foydalanilishiga koʻra suv isteʼmoli ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi suv isteʼmoliga va boshqa turlarga boʻlinadi. Suv obyektidan olinadigan suvning miqdoriga qarab suv isteʼmoli umumiy va maxsus suv isteʼmoliga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda oʻz shaxsiy ichimlik, maishiy, rekreatsiya, davolash ehtiyojlari, hayvonlarni sugʻorish va boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi suv isteʼmoli umumiy suv isteʼmolidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladigan suv isteʼmoli maxsus suv isteʼmolidir. Maxsus suv isteʼmoliga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan suv isteʼmoli ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslari qonunchilikda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda isteʼmol uchun beriladi.
(211-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22,23 va 24-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob. SUV OBYEKTLARINI FOYDALANISHGA BERISH TARTIBI VA SHARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Suv obyektlarining, avvalo aholi ehtiyojlari uchun berilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari, avvalo, aholining ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojini va maishiy ehtiyojini qondirish uchun foydalanishga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Suv obyektlarini tanho foydalanishga berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari tanho foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud tegishli vakolatga ega davlat organi tomonidan qonunchilikda belgilanadigan tartibda batamom yoki qisman beriladi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari tanho foydalanish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish ruxsatnomasi albatta rasmiylashtirilgan holda beriladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma yer usti suvlari boʻyicha — suv xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, yer osti suvlari boʻyicha — geologiya va mineral resurslar organlari tomonidan beriladi.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sunʼiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — viloyat yoki tumanlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilari uyushmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — tuman ahamiyatiga molik suv obyektlaridan, shu jumladan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan beriladi.
(27-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Suvdan umumiy foydalanishni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan umumiy foydalanish ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan tartibda ruxsatsiz va cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
(28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanish va umumiy suv isteʼmoli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanishga va umumiy suv isteʼmoliga shu suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan holda belgilangan shartlarga koʻra yoʻl qoʻyiladi, zarur hollarda esa, bunday suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish qonunchilikka muvofiq taqiqlab qoʻyilishi mumkin.
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Suv olish limitlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv olish limitlari barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga nisbatan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv olish limitlari (ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) suv xoʻjaligi organlari tomonidan suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari boʻyicha belgilanadi, yer osti suvlari borasida esa geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa suv isteʼmolchilarining qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal va maishiy xoʻjaliklarning suv olish limitlari tegishli foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari uchun manbalarning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligi hisobga olingan holda qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun bir yilda ikki marta hamda boshqa ehtiyojlar uchun bir yilda bir marta belgilanadi va ular uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanuvchilarning suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlari (bundan suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno), shuningdek koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun shartnoma asosida haq toʻlanadi.
(30-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Suv obyektlaridan foydalanish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish uchun beriladi.
(31-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddati avvaldan belgilanmagan holda foydalanish — doimiy foydalanish deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan vaqtincha foydalanish muddati uch yildan kam boʻlmasligi va qirq toʻqqiz yildan oshmasligi kerak.
(31-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlaridan vaqtincha foydalanish muddatlari suvdan foydalanuvchi manfaatdor tomonlar iltimosnomasiga binoan, shu suv obyektlarini tanho foydalanish uchun berish toʻgʻrisida qaror chiqargan yoki undan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma bergan davlat organlari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX BOB. SUVDAN FOYDALANUVCHILARNING VA SUV ISTEʼMOLCHILARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
(IX bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Suvdan foydalanuvchilarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanuvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlari qanday maqsadlar uchun foydalanishga berilgan boʻlsa, faqat shu maqsadlarda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanishni amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda inshootlar, qurilmalar hamda boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
(32-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha olinmay qolgan suv uchun kompensatsiya talab qilish;
(32-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini boshqarishga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manbaning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligidan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan belgilangan suv olish limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
(32-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321-modda. Suv isteʼmolchilarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha olinmay qolgan suv uchun kompensatsiya talab qilish;
(321-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini boshqarishga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan belgilangan suv olish limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
(321-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(321-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining huquqlarini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining buzilgan huquqlari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tiklanishi lozim.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining huquqlarini cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda aholi sogʻligʻini saqlash maqsadini, davlatning boshqa manfaatlarini, shuningdek oʻzga suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining manfaatlarini koʻzlab, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining huquqlari cheklanishi mumkin. Bunda aholining ichimlik va maishiy ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish sharoitlari yomonlashmasligi lozim.
(34-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanuvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlaridan oqilona foydalanishi, suvni tejab sarflash, suvlarning sifatini tiklash va yaxshilash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan suv olish limitlariga va suvdan foydalanish qoidalariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan maxsus foydalanishda qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnomani rasmiylashtirishi;
(35-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ifloslantiruvchi moddalar mavjud boʻlgan oqova suvlarni suv obyektlariga oqizishni tamomila tugatish chora-tadbirlarini koʻrishi;
(35-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga, shuningdek suv obyektlariga, xoʻjalik obyektlari va tabiiy resurslarga (yerlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalarga) zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymasligi;
(35-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarini, suvni muhofaza qilish inshootlarini va boshqa inshootlarni, texnik qurilmalarni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ularni ishlatish sifatini yaxshilashi hamda ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni olish va berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda hisobotni taqdim etishi;
(35-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik, shuningdek suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar va koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida shartnomaviy asosda toʻlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejash va raqamli texnologiyalarni joriy etish choralarini koʻrishi;
(35-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan oqilona foydalanishda suv isteʼmolchilariga koʻmaklashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvlarning bulgʻanishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv obyektlariga suvlarning zararli taʼsirini bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishi, shuningdek yer usti va yer osti suvlari toʻplanadigan maydonlarning ifloslanishiga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini oʻz suv xoʻjaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan avariyalar va boshqa tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi va ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda, shuningdek suv obyektlarida taʼmirlash-tiklash ishlarida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etishi;
(35-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliqlarni, boshqa suv florasi va faunasini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanuvchilar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(35-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351-modda. Suv isteʼmolchilarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan oqilona foydalanishi, suvning maqsadsiz isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻymasligi, suvni tejab sarflash, suvlarning sifatini tiklash va yaxshilash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan suv olish limitlari va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni maxsus isteʼmol qilishda qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnomani rasmiylashtirishi;
(351-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ifloslantiruvchi moddalar mavjud boʻlgan oqova suvlarni suv obyektlariga oqizishni tamomila tugatish chora-tadbirlarini koʻrishi;
(351-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa suv isteʼmolchilari va suvdan foydalanuvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga, shuningdek suv obyektlariga, xoʻjalik obyektlari va tabiiy resurslarga (yerlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalarga) zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymasligi;
(351-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashi, ichki suv obyektlari va inshootlarini texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olinayotgan suv miqdori hisobini yuritishi va suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma bergan organlarga zarur axborotni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik, shuningdek suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar (bundan suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno) va koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida shartnomaviy asosda toʻlashi;
(351-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejash chora-tadbirlarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvlarni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan tartibda kelishilgan texnologiya, oʻrmon-melioratsiya, agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya tadbirlari va boshqa tadbirlarni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvlarning bulgʻanishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishda oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi suvdan foydalanuvchilarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining talabiga koʻra ishtirok etishi, shuningdek yer usti va yer osti suvlari toʻplanadigan maydonlarning ifloslanishiga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini oʻz suv xoʻjaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan avariyalar va boshqa tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi suvdan foydalanuvchilarni, mahalliy davlat hokimiyati organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi, shuningdek ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliqlarni, boshqa suv florasi va faunasini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(351-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X BOB. SUVDAN FOYDALANISH VA SUVNI ISTEʼMOL QILISH HUQUQINI BEKOR QILISH
(X bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda —OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqini bekor qilish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanishga, suv isteʼmoliga ehtiyoj qolmaganda yoki ulardan voz kechilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona, muassasa, tashkilot, fermer xoʻjaligi tugatilganda, dehqon xoʻjaligi tugatilganda (faoliyati tugatilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi inshootlari boshqa suvdan foydalanuvchilarga berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanho foydalanilayotgan suv obyektlarini qaytarib olishga zarurat tugʻilganda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish va suvlarni muhofaza qilish qoidalari buzilgan yoxud suvdan maqsadsiz foydalanilganda yoki suv maqsadsiz isteʼmol qilinganda hamda limitdan ortiqcha suv olinganda, suv resurslaridan foydalanganlik, suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar va koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlar toʻlanmagan taqdirda ham suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqi bekor qilinishi mumkin (ichimlik va maishiy ehtiyojlar uchun suvlardan foydalanish huquqi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqini bekor qilishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqini bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish;
(37-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarini qaytarib olish yoʻli bilan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilishini tugatish va ushbu ruxsatnomani bekor qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarini qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlari qonunchilikda belgilanadigan tartibda qaytarib olinadi.
(38-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Suv xoʻjaligi tadbirlarini oʻtkazish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli shartlarini bekor qilish yoki oʻzgartirish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda fuqarolarga suv xoʻjaligi tadbirlarini (suv obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlarini va boshqalarni) oʻtkazish, suvlardan nooqilona foydalanish, ularni bulgʻatish, ifloslantirish, kamaytirish, shuningdek suvdan foydalanish va suv isteʼmoli shartlarini qonunga xilof ravishda bekor qilish yoki oʻzgartirish natijasida yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda qoplanadi.
(39-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlarining sohil boʻyi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida qonunga xilof ravishda qurilgan obyektlar hamda qonunga xilof ravishda oʻzlashtirilgan yer uchastkalarida suv xoʻjaligi tadbirlarini oʻtkazish chogʻida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanmaydi.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI bob. AHOLINING ISTEʼMOLI, MAISHIY VA BOSHQA EHTIYOJLARI UCHUN SUV OBYEKTLARIDAN FOYDALANISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun ajratiladigan suv obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojini, maishiy ehtiyojini va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun suvning sifati belgilangan sanitariya-gigiyena talablari va milliy standartlarga muvofiq boʻlgan suv obyektlari ajratiladi.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Aholini markazlashgan tartibda suv bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlarini markazlashgan tartibda suv bilan taʼminlash uchun suv obyektlaridan foydalanilganda, oʻzining kundalik boshqaruvida, egaligida yoki foydalanishida xoʻjalik-ichimlik vodoprovodlari boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar suv olish inshootlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalariga va ichimlik suv olish hamda uni isteʼmolchilarga yetkazib berish uchun suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomalariga muvofiq suv taʼminoti manbalaridan suv olishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar olayotgan suvlarini hisobga olib borishni tashkil etadi, suv bilan taʼminlash manbalaridagi suvning sifati holatini muntazam kuzatib boradi va manbalarda suv sifati oʻzgarganligi hamda ishlatilgan suv miqdori haqida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar, ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish, sanitariya nazorati organlariga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga maʼlumotlar berib turadi
(41-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Aholini markazlashtirilmagan tartibda suv bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlarini markazlashtirilmagan tartibda suv bilan taʼminlash uchun suv obyektlaridan foydalanganda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xoʻjaliklari va fuqarolar suvdan umumiy yoki maxsus foydalanish yoxud suvni umumiy yoki maxsus isteʼmol qilish tartibida bevosita yer usti yoki yer osti suv obyektlaridan suv olishga haqlidir. Zarur hollarda, bunday suv olish kanallar, kollektorlar, suv omborlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish chogʻida nazarda tutilishi va meʼyorlab qoʻyilishi lozim. Shu maqsadlar uchun moʻljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining qarorlariga muvofiq hamda suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya nazorati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari mazkur suv olish inshootlarining tegishli sanitariya-texnika holatida boʻlishini taʼminlashi shart.
(42-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-638-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Isteʼmolga yaroqli yer osti suvlaridan isteʼmolga va maishiy ehtiyojlarga aloqador boʻlmagan maqsadlarda foydalanishni cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolga yaroqli yer osti suvlaridan isteʼmolga va maishiy ehtiyojlarga aloqador boʻlmagan maqsadlarda foydalanishga, odatda, yoʻl qoʻyilmaydi. Yer yuzasida zarur suv manbalari boʻlmagan va isteʼmolga yaroqli yer osti suv zaxiralari yetarli boʻlgan joylarda ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq limitlarga mos ravishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari bunday suvlardan isteʼmol va maishiy ehtiyojlarga aloqador boʻlmagan maqsadlarda foydalanishga ruxsat berishlari mumkin.
(43-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII bob. SUV OBYEKTLARIDAN DAVOLASH, KURORT VA SOGʻLOMLASHTIRISH MAQSADLARIDA FOYDALANISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlaridan birinchi navbatda davolash va kurort maqsadlarida foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlaridan, avvalo, davolash va kurort maqsadlarida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari tegishliligiga koʻra shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlaridan, ayrim hollardagina sogʻliqni saqlash organlari va kurort boshqarmalari bilan kelishilgan holda boshqa maqsadlar uchun foydalanishga ruxsat berishi mumkin.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlariga oqindi suvlar tashlanishini taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlariga oqova suvlarni tashlash taqiqlanadi.
(45-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Dam olish va sport uchun suv obyektlaridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dam olish va sport uchun suv obyektlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(46-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII bob. SUV OBYEKTLARIDAN QISHLOQ XOʻJALIGI EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv isteʼmoli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, fermer va dehqon xoʻjaliklarining, shuningdek fuqarolarning sugʻoriladigan yerlarida qulay suv rejimini vujudga keltirish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlaridan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish limit boʻyicha suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilishning belgilangan tartibiga rioya etgan holda suvdan umumiy va maxsus foydalanish yoki suvni umumiy va maxsus isteʼmol qilish tartibida amalga oshiriladi. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv olish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq beriladi.
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishni va suv isteʼmolini rejalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli har yilgi suv bilan haqiqiy taʼminlanganlik hisobga olingan holda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollektor-drenaj tarmogʻida suvdan foydalanishni va suv isteʼmolini rejalashtirish melioratsiya qilinayotgan yerlarning holatini, kollektor-drenaj suvi sifatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmoli rejalari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari suv isteʼmoli rejalarini umumlashtiradi va suvdan foydalanish rejalarini tuzadi.
(48-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining suvdan foydalanish rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.
(48-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda — suv isteʼmolchilari boʻyicha;
(48-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda — “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boʻyicha;
(48-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha tuzilgan hamda umumlashtirilgan suvdan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi.
(48-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Sugʻoriladigan yerlarda suvdan foydalanish va suv isteʼmolining oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻoriladigan yerlarda kanallar, murakkab muhandislik inshootlari, melioratsiya tarmogʻi barpo etilganligi shunday yerlarning oʻziga xos xususiyatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv fondi yerlaridan, suv obyektlaridan, sugʻoriladigan yerlar doirasidagi suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari suv xoʻjaligi obyektlari va inshootlaridan yagona suv xoʻjaligi tizimi sifatida foydalaniladi, ular davlat mulkidir.
(49-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligidan foydalanuvchi tashkilotlarning suv xoʻjaligi obyektlari va inshootlari belgilangan tartibda, davlat-xususiy sheriklik prinsiplari asosida foydalanishga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlari, sel-suv omborlari, shuningdek yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari xususiylashtirilmaydi.
(49-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlarining sohil boʻyi mintaqalari, yer osti suvi chiqargichi sanitariya muhofazasi zonalarining xoʻjalik-ichimlik suvi maqsadidagi I va II poyaslari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻoriladigan dehqonchilik ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish limit boʻyicha suvdan foydalanishning yoki suvni isteʼmol qilishning belgilangan tartibiga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni faqat roʻyxatdan oʻtkazilgan, suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlangan suv ajratish joylaridan (kanallarning suv olish inshooti, quduq, nasos stansiyasi (agregati) va boshqa suv olish inshootlari) shartnomaviy asosda olishga ruxsat beriladi.
(49-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilar ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini samarali boshqarishi, limitdan ortiqcha suv olinishiga va suvdan maqsadsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda yangi suv obyektlari qurilishini va ishlab turganlari rekonstruksiya qilinishini, shuningdek sugʻoriladigan yerlarning kompleks rekonstruksiya qilinishini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan texnologiyalarni va ilgʻor sugʻorish texnikasini joriy etish orqali sugʻorish vositalari va usullarini takomillashtirishda suv isteʼmolchilariga koʻmaklashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suvlarning monitoringi asosida salbiy jarayonlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishi shart.
(50-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
501-modda. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv resurslaridan foydalanuvchi suv isteʼmolchilarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv resurslaridan foydalanuvchi suv isteʼmolchilari ushbu Qonunning 351-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari va dov-daraxtlarini sugʻorish, shuningdek yaylovlarga suv chiqarishning qulay rejimini saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan texnologiyalarni va ilgʻor sugʻorish texnikasini joriy etish orqali sugʻorish vositalari va usullarini takomillashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga ishlab chiqilgan va joriy etilgan suvni tejovchi texnologiyalarning kamida besh yil qoʻllanilishini taʼminlashi;
(501-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejash imkonini beradigan agrotexnika tadbirlarini, shu jumladan yerlarning shoʻrini yuvishda lazerli uskuna yoki uzun bazali yer tekislagichlar yordamida har uch yilda kamida bir marta tekislashni amalga oshirishi;
(501-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq unumdorligini saqlash imkonini beradigan melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish uchun berilgan suvlarning kollektor-drenaj tarmogʻiga va boshqa suv obyektlariga oqizib yuborilishiga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklashda qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etishi shart.
(501-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Oqova suvlar bilan sugʻorish
(51-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqova suvlar bilan sugʻorish davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining ruxsati bilan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(51-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat, kommunal korxonalari va boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda fuqarolar tuproq unumdorligiga va yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlariga zararli taʼsir qiluvchi suvlarni qishloq xoʻjalik yerlarini sugʻorish uchun berishlari taqiqlanadi.
(51-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Oʻrmonlar, daraxtzorlar va koʻchatzorlar bilan band boʻlgan yerlarni sugʻorish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 47, 50-moddalari va 51-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan qoidalar oʻrmonlar, daraxtzorlar va koʻchatzorlar bilan band boʻlgan yerlarni sugʻorishga ham tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Jamoa bogʻlari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suv obyektlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa bogʻlari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini suv bilan taʼminlash belgilangan tartibda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suv resurslarini ajratish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining suv olish limitlarida nazarda tutiladi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fuqarolarning ekinzorlarni va tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suvga boʻlgan ehtiyojlarini umumlashtiradi, suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar tuzadi, ular oʻrtasidagi suvni isteʼmol qilish tartibini belgilaydi, shuningdek sugʻorish tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlarini tashkil etadi.
(53-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Suv isteʼmolchilarining suv obyektlaridan beriladigan suv oqimi maromini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishini taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilarining suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari bilan belgilangan tartibda kelishilmagan holda suv sarfini koʻpaytirish yoki kamaytirish maqsadida suv obyektlaridagi gidrotexnika inshootlarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishi, shuningdek ularga muvaqqat toʻsiqlar, nasos stansiyalari (agregatlar) va suvni koʻtaradigan hamda suv oladigan boshqa inshootlarni qurishi taqiqlanadi.
(54-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazilmagan suv ajratish joylaridan oʻzboshimchalik bilan suv olish taqiqlanadi.
(54-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Suv obyektlari va gidrotexnika inshootlari ustidan traktorlar, transport vositalarini va chorva mollarini haydab oʻtishning taqiqlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari va gidrotexnika inshootlari ustidan traktorlar, qishloq xoʻjalik mashinalari, avtomobillar va boshqa transport vositalarini haydab oʻtish, shuningdek moʻljallanmagan joylardan chorva mollarini haydab oʻtish va sugʻorish taqiqlanadi.
(55-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV bob. SUV OBYEKTLARIDAN SANOAT MAQSADLARIDA VA ENERGETIKA EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida hamda issiqlik va atom energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suv isteʼmolchilarining majburiyatlari
(56-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida hamda issiqlik va atom energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suv isteʼmolchilari, ushbu Qonunning 351-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, suv taʼminotining aylanma hamda takroriy tizimlarini joriy etish orqali suv sarfini kamaytirish va oqova suvlarning oqizib yuborilishini tugatish choralarini koʻrishi, shuningdek suvlarning radioaktiv ifloslanishi belgilangan normalardan oshishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
(56-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalanayotgan va ishga tushirilayotgan sanoat obyektlari uchun suv taʼminotining toʻxtovsiz tizimidan foydalanishni nazarda tutish man etiladi, ishlab chiqarishning shart-sharoitlari taqozosi bilan aylanma suv taʼminotiga moslashtirilishi mumkin boʻlmagan korxonalar va boshqa obyektlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aylanma suv taʼminotiga ega boʻlmagan ishlab turgan korxonalar uchun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan suv xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda ularni suv taʼminotining toʻxtovsiz tizimiga oʻtkazish muddatlari belgilanadi.
(56-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Ichimlik suvdan sanoat maqsadlari uchun foydalanishni cheklash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy ofat, avariyalar roʻy bergan taqdirda va boshqa favqulodda holatlarda, shuningdek korxona vodoprovod suvini limitdan ortiqcha olgan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organlari aholining ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojlarini va maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirish manfaatlarini koʻzlab, kommunal vodoprovodlardan sanoat maqsadlari uchun ichimlik suv isteʼmolini qisqartirishga yoki taqiqlab qoʻyishga va idoralarga qarashli ichimlik suv beradigan xoʻjalik vodoprovodlari suvidan sanoat maqsadlari uchun foydalanishni vaqtincha cheklab qoʻyishga haqlidir.
(57-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Yer osti suvlaridan texnika suv taʼminoti va boshqa sanoat maqsadlari uchun foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suvlar qatoriga kiritilgan yer osti chuchuk suvlaridan ishlab chiqarish-texnika maqsadlari uchun foydalanish taqiqlanadi, zarur yer usti suv manbaalari mavjud boʻlmagan hududlarda foydalanadigan hollar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik yoki shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilmagan yer osti suvlaridan (chuchuk, mineral va issiq suvlardan) foydalanishga loyiq tasdiqlangan zaxiralari boʻlsa, belgilab qoʻyilgan tartibda texnika suv taʼminoti uchun, mazkur suv tarkibidagi kimyoviy elementlarni ajratib olish, issiqlik energiyasi hosil qilish va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish talablariga rioya qilingan holda foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Suv obyektlaridan gidroenergetika ehtiyojlari uchun foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlaridan gidroenergetika ehtiyojlari uchun foydalanish iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari manfaatlari hisobga olinib, suv xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda, shuningdek, agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida, tegishli hollarda esa, suv xoʻjaligi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, suvlardan kompleks va oqilona foydalanish talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
(59-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidroenergetika ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan suv obyektlaridan tabiiy sharoitlarga, xoʻjalik ehtiyojlari va oʻzga ehtiyojlarga qarab, boshqa maqsadlar uchun ham foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidroenergetika korxonalari ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarining foydalanish qoidalarida belgilangan ish rejimiga, shu jumladan suv omborlarini toʻldirish va ishga tushirish, ulardan suv chiqarish hamda suvning yuqori va quyi sathi oʻzgarishining rejimiga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya va tabiat muhofazasi maqsadlarida suv omborlaridan suv chiqarib turilishini taʼminlashi shart.
(59-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XV bob. SUV OBYEKTLARIDAN BALIQCHILIK XOʻJALIGI EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Baliqchilik xoʻjaligi manfaatlarini koʻzlab baliqchilik xoʻjaligi havzalari suvidan foydalanishni cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqlarning qimmatli turlarini hamda suv bilan bogʻliq ovchilik obyektlarini saqlab qolish va urchitib koʻpaytirish uchun alohida muhim ahamiyatga ega boʻlgan baliqchilik xoʻjaligi havzalarida yoki shu havzalarning ayrim uchastkalarida suvdan foydalanuvchilarning huquqlari baliqchilik xoʻjaligi manfaatlarini koʻzlab cheklab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday havzalarning yoki shu havzalardagi uchastkalarning roʻyxatini hamda suvdan foydalanishni cheklash turlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va suv xoʻjaligi organlari belgilab beradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
(60-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Baliq zaxiralarini muhofaza qilish va baliqlarni urchitib koʻpaytirish tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchilik xoʻjaligi havzalaridagi gidrotexnika inshootlari va boshqa inshootlarni ishlatishda baliq zaxiralarini muhofaza qilish va baliqlarni urchitib koʻpaytirish shart-sharoitlarini taʼminlash tadbirlari oʻz vaqtida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchilik xoʻjaligiga qarashli suv havzalaridagi baliqlar urugʻ tashlaydigan joylarga va ularning qishlov uyalari joylashgan yerlarga tuproq toʻkish, baliq zaxiralari holatiga hamda ularning urchib koʻpayish sharoitlariga salbiy taʼsir etuvchi boshqa ishlarni bajarish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat maqsadlari, sugʻorish va boshqa ehtiyojlar uchun baliqchilik xoʻjaligi suv havzalaridan suv olishga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishib, suv chiqarish inshootlariga baliq tushib qolmasligini taʼminlaydigan maxsus moslamalar oʻrnatilgan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
(61-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda. Baliqchilik xoʻjaligi suv havzalaridan yoki ov qilish uchastkalaridan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanish uchun baliqchilik xoʻjaligi suv havzalari yoki ov qilish uchastkalari berib qoʻyilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ushbu Qonunning 35 va 351-moddalarida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliq zaxiralarining urchib koʻpayish sharoitlarini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini, sunʼiy hovuzlar va boshqa baliqchilik xoʻjaligi inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklashni amalga oshirishi, shuningdek ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur melioratsiya ishlari olib borishi hamda mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar joylashgan yerlardagi qirgʻoq uchastkalarini lozim darajada sanitariya holatida saqlashi shart.
(62-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda. Suv obyektlaridan baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga va shartlarga rioya etgan holda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlaridan baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(63-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda. Suv obyektlaridan sport va havaskorlik yoʻli bilan baliq ovlash uchun foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv havzalarida sport va havaskorlik yoʻli bilan baliq ovlashga ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga biriktirilgan joylarda ushbu jamiyatlarning ruxsatnomasi asosida bepul yoki haq evaziga ruxsat etiladi, bundan davlat qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining va davlat biosfera rezervatlarining hududidagi suv havzalari mustasno. Suv obyektlari yoki ularning ayrim uchastkalari ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda biriktirilishi mumkin.
(64-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchilik xoʻjaligi tashkilotlariga biriktirilgan tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida hamda hovuz xoʻjaliklarida, shuningdek ovchilik-baliq ovlash jamiyatlariga biriktirilgan joylarda sport va havaskorlik yoʻli bilan baliq ovlash ularning ruxsatiga koʻra amalga oshiriladi.
(64-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVI bob. SUV OBYEKTLARIDAN OVCHILIK XOʻJALIGI EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda. Ovchilik xoʻjaligini yurituvchi shaxslarning suvdan foydalanishga doir imtiyozli huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi suv qushlari va qimmatli moʻyna beradigan suv hayvonlari (qunduz, ondatra, suv kalamushi, nutriya va hokazolar) maskani boʻlgan daryolarda, koʻllarda va boshqa suv obyektlarida ovchilik xoʻjaligini yuritishni amalga oshirayotgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxsga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xoʻjaligi organlari suvdan kompleks foydalanish talablarini hisobga olgan holda suvdan foydalanishga doir imtiyozli huquqlar berishi mumkin.
(65-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda. Suv obyektlaridan ovchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlaridan ovchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(66-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVII BOB. MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARDA JOYLASHGAN SUV OBYEKTLARIDAN FOYDALANISH
(XVII bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda. Muhofaza etiladigan suv obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik suv obyektlari yoki ularning ayrim uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar deb eʼlon qilinadi va xoʻjalik maqsadida foydalanishdan chiqariladi.
(67-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlaridan foydalanish tartibi va ularni muhofaza qilish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlarining va davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalari suvlaridan baliq ovlash, ov qilish, suv oʻsimliklari va organizmlarini yigʻish uchun foydalanish, shuningdek bunday suvlarning tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlariga oqova suvlarni oqizishga, shuningdek ularda gidromelioratsiya ishlarini oʻtkazishga ushbu Qonunda belgilangan talablarga rioya qilingan holda yoʻl qoʻyiladi.
(68-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlaridan foydalanish tartibi va ularni muhofaza qilish rejimi qonunchilikda belgilanadi.
(68-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning suv obyektlarini olib qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning suv obyektlarini olib qoʻyishga zarur boʻlgan alohida hollarda, qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va vakolatli organlar tomonidan yoʻl qoʻyiladi.
(69-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVIII bob. SUV OBYEKTLARIDAN SUV TRANSPORTI EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-modda. Kema qatnaydigan suv yoʻllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryolar, koʻllar, suv omborlari, kanallar, basharti, suv yoʻllari sifatida foydalanish toʻla yoki qisman taqiqlangan yoxud ular tanho foydalanish uchun berib qoʻyilgan boʻlmasa, umum foydalanadigan suv yoʻllari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kema qatnovi uchun suv obyektlaridan foydalanish suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(70-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-modda. Suv yoʻllarini kema qatnaydigan suv yoʻllari qatoriga kiritish, shuningdek suv yoʻllaridan foydalanish qoidalarini belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv yoʻllarini kema qatnaydigan suv yoʻllari qatoriga kiritish, shuningdek suv yoʻllaridan foydalanish qoidalarini belgilab berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(71-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-modda. Suv obyektlaridan kichik kemalarda suzib yurish uchun foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlaridan kichik kemalarda (eshkakli va motorli qayiqlar, katerlar, yelkanli yaxtalar va shu kabilarda) suzib yurish uchun foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIX bob. OQOVA SUVLARNI OQIZISH UCHUN SUV OBYEKTLARIDAN FOYDALANISH
(XIX bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(73-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-modda. Suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari
(74-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga suv obyekti tarkibidagi ifloslovchi moddalarning belgilab qoʻyilgan meʼyorlardan oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan va suvdan foydalanuvchi hamda suv isteʼmolchisi bunday oqova suvlarni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilab qoʻyilgan darajaga yetkazib tozalab berish sharti bilangina yoʻl qoʻyiladi.
(74-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur talablar buzilayotgan boʻlsa, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va sanitariya nazorati organlari oqova suvlarni oqizishni cheklab, toʻxtatib yoki taqiqlab qoʻyishlari, hattoki ayrim sanoat qurilmalarini, sexlar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning faoliyatini toʻxtatib qoʻyishlari lozim. Aholining sogʻligʻiga xatarli hollarda, oqova suvlarni oqizish toʻxtatilib, hattoki ishlab chiqarish obyektlaridan va boshqa obyektlardan foydalanish toʻxtatib qoʻyishi lozim.
(74-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-modda. Suv obyektlaridan oqova suvlarni oqizish uchun foydalanish tartibi va shartlari
(75-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlaridan oqova suvlarni oqizish uchun foydalanish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(75-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XX bob. SUV OBYEKTLARIDAN YONGʻINGA QARSHI EHTIYOJLAR UCHUN HAMDA BOSHQA DAVLAT VA JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-modda. Suv obyektlaridan yongʻinga qarshi ehtiyojlar uchun foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻinga qarshi ehtiyojlar uchun har qanday suv obyektlaridan suv olishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-modda. Suv obyektlaridan yongʻinga qarshi ehtiyojlar uchun hamda boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlaridan yongʻinga qarshi ehtiyojlar uchun, shuningdek davlat va jamoatning boshqa ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXI bob. SUV OMBORLARI, GIDROUZELLAR VA BOSHQA INSHOOTLARDAN FOYDALANISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-modda. Suv omborlarini suv bilan toʻldirish va ulardan suv chiqarish rejimi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlarida toʻgʻonlar, dambalar, suv oʻtkazadigan va suv oladigan inshootlar, gidroenergetika majmualaridan hamda boshqa inshootlardan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanish qoidalari hamda suv omborlarining taʼsir zonalaridagi suvdan foydalanuvchilar, suv isteʼmolchilari, yer uchastkalarining mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning manfaatlari hisobga olingan holda suv omborlarini toʻldirish va ishlatish borasida belgilangan rejimga rioya qilishi shart.
(78-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlari turli suvdan foydalanuvchilarning va suv isteʼmolchilarining suvga boʻlgan ehtiyojini qondirishni tartibga solish maqsadida bunyod etiladi.
(78-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlarini suvga toʻldirish va ulardan suvni chiqarish rejimi, suv sathining oʻzgarish rejimi, gidrouzel orqali suv oʻtish rejimi, kemalarning bemalol va xavfsiz oʻtishi, shuningdek baliqlarning urugʻ tashlaydigan joylarga oʻta olishini taʼminlash suv omborlaridan foydalanish qoidalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79-modda. Suv omborlaridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlaridan foydalanish tartibi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va boshqa manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda, har bir suv ombori, suv omborlari tizmasi yoki tizimi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarda belgilanadi.
(79-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi OʻRQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-modda. Suv omborlarining tegishli texnika holatini va obodonchiligini taʼminlaydigan tadbirlarni uyushtirish va muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlarining tegishli texnik holatini va obodonlashtirilishini taʼminlaydigan tadbirlarni uyushtirish va muvofiqlashtirish, shuningdek ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish suv xoʻjaligi organlari hamda suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(80-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-modda. Koʻl va boshqa suv havzalaridan suv omborlari sifatida foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 78, 79 va 80-moddalaridagi qoidalar koʻllardan va suv omborlari tariqasida xizmat qilayotgan boshqa suv havzalaridan foydalanishga ham joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-modda. Gidrouzellar va boshqa gidrotexnika inshootlaridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryolar, soylar, kanallar va kollektorlardagi suv xoʻjaligi organlari tomonidan foydalaniladigan gidrouzellar hamda boshqa gidrotexnika inshootlari davlat mulki boʻlib, ulardan belgilangan tartibda foydalaniladi.
(82-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanuvchilarning gidromelioratsiya tarmogʻidagi gidrotexnika inshootlari, shu jumladan sugʻorish kanallari va kollektor-drenaj tarmoqlari suvdan foydalanuvchilar tomonidan mansubligi boʻyicha ishlatiladi.
(82-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi organlari suvdan foydalanuvchilar bilan shartnomaviy asosda gidromelioratsiya tarmogʻiga va undagi inshootlarga texnik xizmat koʻrsatishni oʻz zimmasiga olishi mumkin.
(82-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXII bob. OROL DENGIZI HAVZASIDA DAVLATLARARO SUVDAN FOYDALANISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-modda. Oʻzbekiston Respublikasining va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlarning hududida joylashgan transchegaraviy suv obyektlaridan foydalanishni tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlarning hududida joylashgan transchegaraviy suv obyektlaridan (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlaridan) foydalanishni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(83-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-modda. Transchegaraviy suv obyektlarida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transchegaraviy suv obyektlarida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli, suv xoʻjaligi va suvni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi transchegaraviy suv obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tartibga solinmagan qismida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(84-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXIII BOB. SUVDAN FOYDALANISH VA SUV ISTEʼMOLI TOʻGʻRISIDAGI NIZOLARNI HAL QILISH
(XXIII bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-modda. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qiluvchi organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari, shunga vakolatli boshqa organlar va sudlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(85-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilishga doir vakolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududidagi suv obyektlaridan foydalanish masalalari yuzasidan fuqarolar oʻrtasidagi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilish mazkur organlarning vakolatiga kiradi, suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda shunga vakolatli boshqa davlat organlari hal qilishi lozim boʻlgan nizolar bundan mustasno.
(86-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilishga doir vakolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hududda suv obyektlaridan foydalanish masalalari yuzasidan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda fuqarolar oʻrtasidagi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilish mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kiradi, suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda shunga vakolatli boshqa organlar hal qilishi lozim boʻlgan nizolar bundan mustasno.
(87-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(88-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(89-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilishga doir vakolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli viloyatlar yoki bitta viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar oʻrtasidagi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradi, suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari hamda shunga vakolatli boshqa davlat organlari hal qilishi lozim boʻlgan nizolar bundan mustasno.
(90-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi xalqaro nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar oʻrtasida transchegaraviy suvlardan va transchegaraviy suv obyektlaridan foydalanish va suvni isteʼmol qilish toʻgʻrisidagi nizolar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadigan tartibda hal qilinadi.
(91-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-modda. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolar taraflardan birining arizasiga binoan koʻrib chiqiladi. Arizaga suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish huquqi buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar ilova qilinadi.
(92-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-modda. Suvdan foydalanishga va suv isteʼmoliga doir nizolarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanishga va suv isteʼmoliga doir nizolar manfaatdor tomonlar ishtirokida koʻrib chiqiladi, ular nizo hal qilinadigan vaqt va joy haqida xabardor qilib qoʻyiladi.
(93-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94-modda. Suvdan foydalanishga va suv isteʼmoliga doir nizolar yuzasidan qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanishga va suv isteʼmoliga doir nizolarni koʻrib chiqish natijasi haqida shu nizoni hal qiluvchi organlar qaror chiqaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda bu qarorlarda ularni ijro etish tartibi va muddatlari, shuningdek buzilgan huquqni tiklash tadbirlari koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.
(94-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-modda. Suvdan foydalanishga va suv isteʼmoliga doir nizo yuzasidan chiqarilgan qarorlar ustidan shikoyat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanishga va suv isteʼmoliga doir nizo yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shu qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida yuqori turuvchi organga shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizo yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan qilingan shikoyat bu qarorning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizo yuzasidan chiqarilgan qarorning ijrosi qaror chiqargan organ, yuqori turuvchi organ tomonidan toʻxtatilishi yoki ijro muddati uzaytirilishi mumkin.
(95-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-modda. Suvdan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan mulkka oid nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan mulkka oid nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli sud tomonidan hal etiladi.
(96-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXIV BOB. SUVNI VA SUV OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH
(XXIV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-modda. Suvni muhofaza qilish vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamma suvlar (suv obyektlari) aholi sogʻligʻiga zarar yetkazishi, shuningdek baliq zaxiralarining kamayishi, suv taʼminoti sharoitining yomonlashishi hamda suvning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari pasayishi, suvning tabiiy tozalanish xususiyati kamayishi, suvning gidrologik va gidrogeologik rejimining buzilishi natijasida kelib chiqadigan boshqa koʻngilsiz hodisalarga olib kelishi hollaridan muhofaza qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-modda. Suvni va suv obyektlarini muhofaza qilishni, shuningdek suv rejimi va suvning holatini yaxshilashni taʼminlovchi tadbirlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xoʻjaligi, sanitariya nazorati organlari hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda texnologiya, oʻrmon-melioratsiya va agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya-texnika tadbirlarini oʻtkazishlari shart.
(98-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-638-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-modda. Suvni va suv obyektlarini chiqit va chiqindilar bilan ifloslantirishdan muhofaza qilish
(99-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish chiqitlari, maishiy va boshqa xil chiqitlar hamda chiqindilarni suv obyektlariga tashlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moylarning, yogʻochlarning, kimyoviy va neft mahsulotlarining hamda boshqa mahsulotlarning toʻkilib-sochilishi natijasida suvni va suv obyektlarini bulgʻatish va ifloslantirish;
(99-modda birinchi qismining uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv havzalarining yuzi, suv havzalarini qoplab turgan yaxlar va muzliklarning yuzasi, sanoat chiqitlari, maishiy chiqindi va boshqa tashlandiq chiqitlar, shuningdek yer usti va yer osti suvlarning sifatini yomonlashtirib yuboradigan neft va kimyoviy mahsulotlar bilan bulgʻatish va ifloslantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvlarni oʻgʻitlar, zaharli kimyoviy moddalar va boshqa zararli moddalar bilan bulgʻatish;
(99-modda birinchi qismining beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari rejimini buzish.
(99-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqova suvlarni suv obyektlariga oqizishga ushbu Qonunning 74 va 75-moddalarida koʻrsatib oʻtilgan talablarga rioya qilingan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
(99-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-modda. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlarining tuproq eroziyasi mahsulotlari bilan bulgʻanishi, ifloslanishi, kamayishi va loyqa choʻkishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, shuningdek qulay suv rejimini saqlash, foydalanish va taʼmirlash-tiklash ishlarini olib borish uchun normal shart-sharoit yaratish maqsadida qonunchilikka muvofiq suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari va sohil boʻyi mintaqalari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ichimlik, maishiy va davolash-sogʻlomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suvlarni muhofaza qilish maqsadida qonunchilikka muvofiq suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari belgilanadi.
(100-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlarining vazifasi, joylashgan oʻrni va texnik koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarida xoʻjalik faoliyatining maxsus rejimi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(100-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-modda. Yer osti suvlarini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlari chiqarish va undan foydalanish bilan shugʻullanuvchi idoralar suv chiqarilayotgan uchastka va unga tutash hududlarda yer osti suvlariga doir rejimlarga rioya etilishini kuzatib borishlari, shuningdek foydalanilayotgan suvning miqdori va sifatining hisobini yuritishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, foydali qazilmalar konlarini qidirish, ularni oʻrganish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq burgʻilash hamda boshqa kon-qidiruv ishlari bajarish chogʻida yer osti suvlari bor qatlamlar aniqlangani taqdirda, bu haqda geologiya va mineral resurslar organlariga maʼlum qilinishi hamda belgilangan tartibda yer osti suvlarini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrilishi lozim.
(101-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, sanoat oqova suvlarini oqizish uchun qaziladigan quduqlar suvli qatlamlarni ifloslantirish manbaiga aylanishi mumkin boʻlsa, bunday quduqlar qazish barcha hollarda man etiladi.
(101-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
(101-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz-oʻzidan suv chiqarib, suvi foydalanish uchun yaroqsiz boʻlgan quduqlarga suvni boshqarish uskunalari oʻrnatilishi, ular qonunchilikda belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyilishi yoki tugatilishi lozim.
(101-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifatli yer osti suvlari toʻplanadigan manbalar tegrasida qattiq va suyuq chiqindilar toʻplash, axlatxonalar barpo etish, yer osti suvlarining ifloslanish manbaiga aylanish ehtimoli boʻlgan sanoat, qishloq xoʻjalik obyektlari va boshqa obyektlar qurilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini koʻrish, shu jumladan quduqlarni kuzatish tarmogʻini yaratish faoliyati yer osti suvlarining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-modda. Kichik daryolarni muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik faoliyati kichik daryolarning holati va rejimiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qishloq xoʻjaligi kooperativlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari, suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda suvni, uning musaffoligi va sifatini saqlash chora-tadbirlarini koʻrishlari lozim.
(102-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik daryolarning suvni muhofaza qilish mintaqalari, bu mintaqalardagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xoʻjalik faoliyati rejimi qonunchilik bilan belgilanadi.
(102-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXV bob. SUV YETKAZADIGAN ZARARLI TAʼSIRNING OLDINI OLISH VA UNI BARTARAF QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning suv yetkazadigan zararli taʼsirning oldini olish hamda uni bartaraf etish boʻyicha majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xoʻjaligi, geologiya va mineral resurslar organlari, boshqa manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda yoki shunga vakolatli davlat organlarining yozma koʻrsatmalari boʻyicha:
(103-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv toshqinlarining, suv bosishi va zax bosishining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohillar, himoya dambalari va boshqa inshootlar buzilib ketishining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq eroziyasining, jarlar, oʻpirilishlar yuzaga kelishining, sel oqimlarining va suvlar yetkazadigan boshqa zararli taʼsirning oldini olish hamda uni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishi shart.
(103-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-modda. Suvning zararli taʼsiri natijasida yuz beradigan tabiiy ofatlarning oldini olish va ularni tugatishga doir eng zarur choralarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvning zararli taʼsiri natijasida yuz beradigan tabiiy ofatlarning oldini olish va ularni tugatishga doir eng zarur choralarni amalga oshirish yoʻllari qonunchilikda belgilab beriladi.
(104-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy tuman hududida toshqin va sel boʻlganda avariya holatlarining oldini olish hamda tugatish ishlarini bajarishni tuman davlat hokimiyati organlari tashkil etadilar.
(104-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvning zararli taʼsiri natijasida yuz beradigan tabiiy ofatlarning oldini olish va ularni tugatish ishlariga operativ rahbarlik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati organlari zarur hollarda toshqinga qarshi kurash komissiyalari va boshqa komissiyalar tuzadilar, bu komissiyalar tarkibiga tegishli korxona, tashkilot va muassasalarning vakillari, shuningdek suv xoʻjaligi va ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining vakillari kiradi.
(104-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-modda. Suv yetkazadigan zararli taʼsirdan muhofaza qilish, ularning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv yetkazadigan zararli taʼsirdan muhofaza qilish, zararli taʼsirning oldini olish va uni bartaraf etish tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning balansidagi obyektlarda tegishli budjet mablagʻlari hisobidan, suv isteʼmolchilari balansidagi obyektlarda esa ularning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(105-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-modda. Suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona isteʼmol qilish va suvlarni muhofaza qilishning iqtisodiy chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona isteʼmol qilish va suvlarni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy chora-tadbirlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik, suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar (bundan suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno) va koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari, suv obyektlarini ifloslantirganlik va ularga zararli taʼsir etishning oʻzga turlari uchun haq olishni;
(106-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishda, suvni muhofaza qilish va tejashda samarali boʻlgan faoliyatni amalga oshirishda yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, ekologik ragʻbatlantirishning va boshqacha ragʻbatlantirishning samarali chora-tadbirlari tizimini qoʻllashni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz ustavlariga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona isteʼmol qilish va suvlarni muhofaza qilishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarning tatbiq etilishini ragʻbatlantirishi va taqdirlashi mumkin.
(106-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXVI bob. SUVDAN FOYDALANISHNI DAVLAT YOʻLI BILAN HISOBGA OLISH VA REJALASHTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-modda. Suvni va undan foydalanishni davlat yoʻli bilan hisobga olish vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni va undan foydalanishni davlat yoʻli bilan hisobga olishning vazifasi yagona suv fondini tashkil etuvchi suvlarning miqdorini va sifatini, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilashdan iboratdir.
(107-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108-modda. Suvdan foydalanish va uni muhofaza etishni rejalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanishni rejalashtirish birinchi navbatda aholining ichimlik suvga boʻlgan va maishiy ehtiyojlarini qondirishni, suvning suvdan foydalanuvchilar oʻrtasida ilmiy asosda taqsimlanishini, suvni muhofaza qilishni va suv yetkazadigan zararli taʼsirning oldini olishni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanishni rejalashtirish chogʻida davlat suv kadastridagi maʼlumotlar, suv xoʻjaligi balanslari, suvdan kompleks foydalanish va suvni muhofaza qilish jadvallari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109-modda. Davlat suv kadastri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat suv kadastri suvni miqdor va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish, suvdan foydalanishni qayd qilish va hisobga olish maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-modda. Suv xoʻjaligi balanslari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvning mavjud miqdorini va undan foydalanish darajasini baholash uchun daryolar havzalari, havza irrigatsiya tizimlari hamda iqtisodiy mintaqalar boʻyicha suv xoʻjaligi balanslari tuziladi.
(110-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi balanslari ushbu Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan suvlardan foydalanishni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida tuziladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan umumlashtiriladi.
(110-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111-modda. Suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish jadvallari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilishning bosh va havza (hududiy) jadvallari, shu jumladan ekotizim ehtiyojlari uchun oqizib yuboriladigan suvlar aholining va iqtisodiyot tarmoqlarining suvga boʻlgan istiqboldagi ehtiyojlarini qondirish, shuningdek suvni muhofaza qilish va suv yetkazadigan zararli taʼsirlarning oldini olish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy suv xoʻjaligi tadbirlarini va boshqa tadbirlarni belgilab beradi.
(111-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112-modda. Suvni va undan foydalanishni davlat yoʻli bilan hisobga olish, davlat suv kadastri yuritish, suv xoʻjaligi balanslari tuzish hamda suvlardan kompleks foydalanishning va uni muhofaza qilishning jadvallarini ishlab chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni va undan foydalanishni davlat yoʻli bilan hisobga olish, davlat suv kadastrini yuritish, suv xoʻjaligi balanslari tuzish hamda suvdan kompleks foydalanishning va uni muhofaza qilishning jadvallarini ishlab chiqish ishlari budjet hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradigan tartibda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-modda. Suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilishda suvning hisobi va hisoboti hamda monitoringini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan maxsus foydalanuvchilar va maxsus suv isteʼmolchilari belgilangan tartibda suvdan foydalanishning hisobi va hisobotini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslari monitoringi suv resurslarining, shu jumladan yer osti suvlarining oʻzgarishini aniqlash, ularga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda suv resurslari holatining prognozlarini ishlab chiqish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan maxsus foydalanish va maxsus suv isteʼmoli chogʻidagi suv resurslarining hisobi, hisoboti hamda monitoringi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(113-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXVII BOB. SUV TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
(XXVII bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114-modda. Davlatning suvga boʻlgan egalik huquqini buzadigan bitimlarning haqiqiy emasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanish huquqini boshqaga berish hamda davlatning suvga egalik huquqini oshkora yoki yashirin shaklda buzadigan boshqa xil bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115-modda. Suv toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(115-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116-modda. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan suv obyektlarini qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan suv obyektlari ulardan qonunsiz foydalanish vaqtida qilingan xarajatlar qoplanmagan holda oʻz egasiga qaytarib olib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXVIII BOB. SUV TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH NATIJASIDA YETKAZILGAN ZARARLARNI QOPLASH
(XXVIII bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117-modda. Suv toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish natijasida yetkazilgan zararlarni undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qishloq xoʻjaligi kooperativlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari va fuqarolar suv toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish natijasida yetkazilgan zararlarni qonunchilikda belgilanadigan miqdorda va tartibda qoplashlari shart.
(117-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118-modda. Zarar yetkazishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlarning moddiy javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zarar xarajatlarini toʻlashida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar belgilangan tartibda moddiy javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXIX bob. XALQARO SHARTNOMALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119-modda. Xalqaro shartnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonunda nazarda tutilganlaridan oʻzga qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
837-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 512-modda; 2009-y., 52-son, 555-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son; 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son; 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son; 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son; 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)