24.07.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1604
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2020
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-son “Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Mulkni baholash milliy standartlari (MBMS) O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.