Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021 02.04.1999 yildagi 154-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUDJETDAN MABLAG‘ BILAN TA’MINLANADIGAN TAShKILOTLARDA XIZMAT YENGIL AVTOTRANSPORTIDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat yengil avtomobil transporti parkini maqbullashtirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, avtomobillarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1999-yil 1-apreldan boshlab vazirliklar, idoralar va davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlar bo‘yicha xizmat yengil avtotransporti soni 55 foizga qisqartirilsin. Biriktiriladigan yengil avtotransportning umumiy cheklangan soni 2067 ta, shu jumladan shaxsan biriktirilgan avtomobillar soni 1050 ta va navbatchi avtomobillar soni 1017 ta etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xizmat yengil avtomobillari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlar, davlat qo‘mitalari, idoralar va budjet mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan boshqa respublika jamoat tashkilotlari va organlari rahbarlari, shuningdek ularning o‘rinbosarlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shaharlar va tumanlari hokimlari, ularning birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan viloyat tuzilmalari rahbarlariga shaxsan biriktirilsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 123-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 10-son, 147-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Balansda hisobda turgan avtomobillar hisobiga Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan normativlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, vazirliklar, idoralar va ularning viloyat tuzilmalariga navbatchi yengil avtomobillar, shuningdek tuman va shahar moliya va soliq organlariga, xalq ta’limi organlariga bittadan yengil avtotransport nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999-yil 1-apreldan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-maydagi 153-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat avtomobil transportining yo‘l bosish yillik limiti va budjet tashkilotlarining navbatchi yengil avtotransportdan foydalanish normativlarini 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun foydalanganlik uchun har oyda kompensatsiya to‘lash tartibini 3-ilovaga muvofiq belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan va balansida yengil avtomobillar bo‘lgan muassasalar va tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi bilan birgalikda foydalanishga yaroqli bo‘lgan xizmat yengil avtomobillarni bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov natijalari bo‘yicha belgilangan cheklangan miqdordan ortiqcha bo‘lgan va kim oshdi savdosi asosida birja orqali sotiladigan avtomobillar ro‘yxatini belgilasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘shab qolgan yengil avtomobillar belgilangan tartibda 1999-yil 1-iyulgacha sotilishini ta’minlasinlar va tushgan mablag‘larni respublika budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlar bo‘yicha respublika budjeti daromadiga, mahalliy budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlar bo‘yicha mahalliy budjet daromadiga o‘tkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 100 km yo‘l bosishga yonilg‘i sarfining bazis liniya normalariga va mazkur qaror bilan tasdiqlangan avtotransport vositalari yillik limiti normalariga amal qilgan holda budjet tashkilotlari uchun xizmat yengil avtomobil transporti uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gazga limitlarni ikki hafta muddatda qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar cheklangan yo‘l bosishga va yoqilg‘i-energetika resurslarini sarflashning belgilangan limitiga qat’iy amal qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi organining so‘rovnomasi bo‘yicha neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gazning belgilangan limitdan ortiqcha sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotni keyinchalik ortiqcha sarflanishga yo‘l qo‘ygan korxonalarga javobgarlik choralari ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish uchun taqdim etadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-avgustdagi 238-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, belgilangan limit doirasida xizmatda foydalanish uchun transport vositalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan — faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan — tegishli ravishda faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda sotib olinadi yoki ijara bo‘yicha jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar har yili xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazishda xizmat avtomobillari soni limitlarini va ularni saqlash xarajatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 805-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/805/2013-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan vazirliklar va idoralarning maxsus avtomobillarini ta’minlash va ulardan foydalanishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi ixtiyorida bo‘lgan avtomototransport vositalari, shuningdek, boshqa texnika, agregat va uskunalar uchun yoqilg‘i mahsulotlarini sarflash va yillik yo‘l bosish limitlari hamda xizmat avtomobillari soni me’yorlari tegishlicha ushbu davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Transport vazirligi va “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 135-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/135/2622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 2-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
2-apreldagi 154-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta transport bilan yo‘l bosish yillik limiti va budjet tashkilotlarining navbatchi yengil avtotransportdan (maxsus avtotransportdan tashqari) foydalanish normativlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” 1998-yil 31-dekabrdagi 542-son qarorining 2-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va quyidagi yo‘l bosish yillik limitini belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xizmat ko‘rsatish turi‎

Ishning smenaligi (soatlarda)‎ Yillik yo‘l bosish, km‎ Oylik yo‘l bosish, km‎
Shaxsan biriktirilgan avtotransportda 2 smenada‎ 14‎ 36500‎ 3320‎
Shaxsan biriktirilgan avtotransportda 1,5 smenada‎ 10‎ 27720‎ 2520‎
Shaxsan biriktirilgan avtotransportda 1 smenada‎ 7‎ 24640‎ 2240‎
Navbatchi avtotransportda 2 smenada‎ 14‎ 27720‎ 2520‎
Navbatchi avtotransportda 1,5 smenada‎ 10‎ 24640‎ 2240‎
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yo‘l bosish yillik limiti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, shaharlar va tumanlar hokimlariga shaxsan biriktirilgan avtotransport uchun 54020 km (oyiga — 4911 km) belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining, shaharlar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga va o‘rinbosarlariga shaxsan biriktirilgan avtotransport uchun 36036 km (oyiga — 3276 km) belgilanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 123-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 10-son, 147-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, muassasalar, tashkilotlar va hokimliklarga (shahar va tuman hokimliklari bundan mustasno) xodimlar sonidan kelib chiqqan holda navbatchi mashinalar uchun quyidagi normativlar belgilanadi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 123-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 10-son, 147-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xodimlar soni‎

Avtomobillar soni‎

100 kishigacha‎

1‎

100 dan 200 gacha‎

2‎

200 dan 300 gacha ‎

3‎

300 va undan ortiq‎

4‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xizmat avtotransportining belgilangan oylik yo‘l bosish limitlariga qat’iy amal qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi budjet tashkilotlarining avtotransportlari uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gazga limitlar ajratishda Yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish Hukumat komissiyasining 1994-yil 28-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 100 km yo‘l bosishga yoqilg‘i sarfining bazis liniya normalariga va avtotransport vositalarining mazkur Nizomda ko‘rsatilgan yo‘l bosish yillik limiti normalariga amal qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘z avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga o‘tkazayotgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarni rag‘batlantirish maqsadida ularga belgilangan yo‘l bosish limitini 10 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorga oshirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Budjet tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi avtokorxonalar rahbarlariga avtotransportning yo‘l bosishi belgilangan limitdan oshib ketganda ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatish uchun avtotransport vositalarini chiqarishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Avtokorxonalar rahbarlari mazkur Nizomning 6-bandini buzganligi uchun, chorakka belgilangan yo‘l bosish limiti ishlatib bo‘linganda xizmat ko‘rsatish uchun avtomobil berishni davom ettirsalar qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirliklarga, davlat qo‘mitalari va idoralarga, muassasalar va tashkilotlarga har qaysi xizmat avtotransport vositasi bo‘yicha chorak uchun belgilangan limitni muddatdan oldin foydalanilganda, kelgusi chorakning boshlanishiga qadar undan foydalanish qat’iy taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Avtokorxonalar rahbarlari choraklik yo‘l bosish limiti ishlatib bo‘lingan avtomobillarni aholiga xizmat ko‘rsatish uchun taksi sifatida foydalanishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
2-apreldagi 154-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” 1998-yil 31-dekabrdagi 542-son qarorining 2-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya miqdori va uni to‘lash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompensatsiya, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish faoliyati muntazam transportda yurish (xizmat safarlaridan tashqari) zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lgan va ushbu maqsadlar uchun o‘z shaxsiy yengil avtomobillaridan foydalanadigan xodimlariga to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompensatsiya to‘lash xarajatlari xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar summasining 30 foizi doirasida amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xo‘jalik hisobidagi korxonalar (birlashmalar)da va tashkilotlarda kompensatsiya to‘lash xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun foydani taqsimlash smetalarida nazarda tutilgan, korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kompensatsiya avtomobillar motorining ot kuchi soniga qarab quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ot kuchi soni‎ Bir oy uchun kompensatsiyaning cheklangan miqdori‎
100 ot kuchidan yuqori‎

Bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravari

70 ot kuchidan 100 ot kuchigacha‎

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari

70 ot kuchigacha‎

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya miqdorlari xodimga faqat xizmat maqsadlari uchun foydalaniladigan avtomobilni ishlatish yuzasidan qilinadigan xarajatlarni qoplashni hisobga olgan holda belgilangan.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona, muassasa va tashkilot rahbarining buyrug‘i xizmat maqsadlari uchun o‘zlarining yengil avtomobillaridan foydalanuvchi xodimlarga kompensatsiya to‘lash uchun asos bo‘ladi. Korxona, muassasa va tashkilot rahbari ishlatish sharoitlariga qarab kompensatsiyaning cheklangan miqdorini ko‘pi bilan 10 foizga oshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari tomonidan kompensatsiyani to‘lash yuqori tashkilotning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya olish uchun xodimlar korxona, muassasa va tashkilot buxgalteriyasiga shaxsiy avtomobil texnik pasportining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompensatsiya oyiga bir marta, kalendar kunlarning sonidan qat’i nazar, oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqi bilan bir vaqtda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim ta’tilda, xizmat safarida bo‘lgan, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi tufayli, shuningdek, u boshqa sabablarga ko‘ra ishga chiqmagan, shaxsiy avtomobildan foydalanmagan vaqtlar uchun kompensatsiya to‘lanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Tartibning 4-bandida ko‘rsatilgan normalar doirasidagi kompensatsiyaga soliq solinmaydi va o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqishda hisobga olinmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)