23.12.1998 yildagi 532-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOVARLARNING AYRIM TURLARINI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISHNI DAVLAT TOMONIDAN NAZORAT QILISHNI KUCHAYTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotlari muhim turlarining va neft mahsulotlarining respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishini bartaraf etish ustidan nazoratni kuchaytirish, ichki iste’mol bozorini ular bilan ishonchli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi, “Yog‘moytamakisanoat” va “Oziqovqatsanoat” uyushmalari, “O‘zsharobsanoat” AJ, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi rahbarlari zimmasiga o‘z tasarruflaridagi korxonalardan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishi yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan idoralarning rahbarlari amaldagi qonunchilikka muvofiq respublika tashqarisiga olib chiqib ketilishi taqiqlangan mahsulotlarni bevosita ishlab chiqariladigan joyida nazorat qilishni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan tashqariga noqonuniy olib chiqib ketilishini bartaraf etish bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga 52 ta avtotransport sotib olish va ularning ta’minoti uchun mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman va shaharlar hokimliklari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va “Mahalla” jamg‘armasi bo‘linmalari bilan birgalikda muhim oziq-ovqat tovarlari turlarini chakana savdo shoxobchalari orqali sotish ustidan jamoat nazoratini kuchaytirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ommaviy axborot vositalari hamda O‘zbekiston Teleradiokompaniyasiga muhim oziq-ovqat tovarlari turlarining respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishi, shuningdek savdo qoidalari buzilishi hollarini matbuotda va televideniye orqali keng va har tomonlama yoritish tavsiya qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B. S. Hamidov va M. 3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
532-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son)