27.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2107
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 27.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2107
Кучга кириш санаси
06.06.2010
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 27-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2107]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-15-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 24-martdagi 24, 2010-15-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
(nizomning nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga (o‘zining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan erining (xotinining) yo‘naltiriladigan to‘lovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-iyuldagi 273-son va Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-iyuldagi 2025-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2107-2, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/2107-2/0735-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan erining (xotinining) o‘qishi uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlariga (keyingi o‘rinlarda o‘qish uchun to‘lov deb yuritiladi) kamaytirish (keyingi o‘rinlarda soliq chegirmasi deb yuritiladi) ko‘rinishida beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-iyuldagi 273-son va Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-iyuldagi 2025-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2107-2, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/2107-2/0735-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom maqsadlarida oliy ta’lim tashkiloti deganda oliy ta’limning ta’lim dasturlarini (bakalavriat va magistratura) amalga oshiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan, o‘z Ustavi va Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1222, 2002-yil 22-fevral) asosida faoliyat yurituvchi yuridik shaxs tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional ta’lim tashkiloti deganda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risidagi nizom asosida faoliyat yurituvchi tashkilot tushuniladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jismoniy shaxslarga soliq chegirmasi o‘qish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari (foizlari bilan);
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zining, farzandlarining yoki erining (xotinining) o‘qishi uchun to‘langanda soliq chegirmasi jismoniy shaxs — ta’lim oluvchiga, uning ota-onalariga, shuningdek, agar o‘qish uchun to‘lov ta’lim oluvchi yigirma olti yoshga to‘lguniga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa xotiniga (eriga) beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-iyuldagi 273-son va Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-iyuldagi 2025-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2107-2, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/2107-2/0735-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq chegirmasi 2010-yilning 1-yanvaridan keyin o‘tkazilgan o‘qish uchun to‘lov summalariga beriladi. O‘qish uchun to‘lov yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar hisobiga 2010-yilning 1-yanvariga qadar amalga oshirilgan hollarda, soliq chegirmasi 2010-yilning 1-yanvaridan keyin yuridik shaxslar tomonidan berilgan ssudalarni qoplash hisobiga ushlab qolingan mablag‘lar summasiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuridik shaxslar tomonidan talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan, ushbu yuridik shaxsning xarajati bo‘lgan mablag‘lar summasiga soliq chegirmasi tatbiq etilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar hisobot soliq davrida soliq chegirmasini to‘liq qo‘llashning imkoni bo‘lmasa (jami yillik daromad summasi ta’lim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasidan kam bo‘lsa), uning qoldig‘i keyingi soliq davrlariga ko‘chirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq chegirmasi davlat soliq xizmati organlari orqali jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish yo‘li bilan hamda soliq to‘lovchining yozma arizasiga binoan to‘lov manbaida — ish beruvchi tomonidan ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. To‘lov manbaida soliq chegirmasini taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. To‘lov manbaida soliq chegirmasi ta’lim uchun to‘lov quyidagilar hisobiga amalga oshirilganda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘langan summalarni jismoniy shaxsning soliq solinadigan daromadlaridan keyinchalik ushlab qolish sharti bilan berilgan ish beruvchining mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash evaziga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib beriladigan jismoniy shaxsning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jismoniy shaxslar soliq chegirmasini olish uchun ish beruvchiga daromadlarini o‘qish uchun to‘lovga (kreditni qoplashga foizlari bilan) o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston Respublikasining professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning taqdim etilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lov manbaida ushlab qolmaslik uchun asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. To‘lov manbaida soliq chegirmasi qo‘llanilganda jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya taqdim etilishi talab qilinmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 393-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jismoniy shaxsga to‘lov manbaida soliq chegirmasi taqdim etilmagan holda, soliq chegirmasi ushbu Nizomning III bobida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Professional va oliy ta’lim tashkilotlari hamda tijorat banklari tomonidan mablag‘larni qaytarib berish ushbu mablag‘lar olingan shaxslarning hisobvaraqlariga o‘tkazib berish orqali amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avval o‘tkazilgan pul mablag‘lari ish beruvchining hisob raqamiga qaytarib berilganda, to‘lov manbaida imtiyozni qo‘llagan ish beruvchi qaytarib berilgan summani jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritishi va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ushlab qolishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Soliq chegirmasini jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul hisobiga, jismoniy shaxslarning banklardagi omonat va boshqa hisob raqamlaridan yoki plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 396 — 398-moddalarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq xizmati organlariga jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirish yo‘li orqali berilishi mumkin. Bunda, soliq chegirmasi O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun jismoniy shaxs quyidagilarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston Respublikasining professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi summasidan ortiq bo‘lsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa jismoniy shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari o‘zlarida mavjud ma’lumotlar va taqdim etilgan hujjatlar asosida mustaqil ravishda soliq chegirmasini olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa jismoniy shaxslar tomonidan soliq chegirmasi ko‘rinishidagi imtiyoz summasi qo‘llanilganligini aniqlaydilar.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Soliq chegirmasini olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar bitta davlat soliq xizmati organida hisobda turmagan taqdirda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya quyidagi tartibda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy shaxs deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq soliq chegirmasini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa jismoniy shaxslar tomonidan soliq chegirmasi tariqasidagi imtiyoz summasi qo‘llanilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (ma’lumotnomalarni) taqdim etadi (masalan, ta’lim oluvchining otasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Ta’lim oluvchining otasi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda uning farzandi (farzandlari) va rafiqasi soliq chegirmasini qo‘llamaganliklari to‘g‘risida belgilangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi summasidan ortiq bo‘lsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa jismoniy shaxslarga, mazkur shaxslar tomonidan boshqa jismoniy shaxslar soliq chegirmasini qo‘llaganligi to‘g‘risida ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan ma’lumotnoma taqdim etilgandagina beriladi (masalan, ta’lim oluvchining onasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Avval jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya ta’lim oluvchining otasi tomonidan taqdim etilgan va u tomonidan ta’lim olishga yo‘naltirilgan mablag‘larning bir qismiga soliq chegirmasi qo‘llanilgan. Ta’lim oluvchining onasi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda otasining soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan qo‘llanilgan soliq chegirmasi summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan soliq chegirmalarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

MA’LUMOTNOMA

Berildi_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ga

(F.I.O.)

JSHSHIR‎‎‎‎
Ushbu jismoniy shaxs tomonidan o‘qish uchun mustaqil ravishda to‘langan summalarga chegirma qo‘llanilmaganligi tasdiqlandi.‎‎
Soliq inspeksiyasi boshlig‘i

______________(imzo)‎‎‎

_________________________________(F.I.O.)‎

‎‎M.O‘.

‎‎

T/r

‎‎

Sana‎‎

‎‎

(kk/oo/yy)‎‎‎

‎‎
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

MA’LUMOTNOMA

Berildi_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ga

(F.I.O.)

JSHSHIR‎‎‎‎
Ushbu jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan o‘qish uchun mustaqil to‘langan summalar bo‘yicha_______________________‎‎______
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________so‘m miqdorida chegirma qo‘llanilganligi tasdiqlandi.
Soliq inspeksiyasi boshlig‘i

______________(imzo)‎‎‎

_________________________________(F.I.O.)‎

‎‎M.O‘.

‎‎

T/r

‎‎

Sana‎‎

‎‎

(kk/oo/yy)‎‎‎

‎‎
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 21-son, 169-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 14.08.2025-y., 10/25/2107-2/0735-son)